KURS ISHI
O‘QISH DARSLARIDA HIKOYA O‘TISH USLUBIYATI
MUNDARIJA
KIRISH
I BOB. O’QISH DARSLARINING MAQSAD VA VAZIFALARI,
TA’LIMIY-TARBIYAVIY AHAMIYATI
1.1
. KICHIK YOSHDAGI O’QUVCHILARNING BADIIY ASARNI
IDROK ETISHDAGI PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
1.2
. BOSHLANG’ICH SINFLARDA HIKOYANI TAHLIL
QILISHNING METODIK SHARTLARI
II BOB O‘QISH DARSLARIDA BOSHLANG‘ICH SINF
O‘QUVCHILARINI
HIKOYA
HAQIDAGI
TASSAVURLARINI
UYG‘OTISH USULLARI
2.1. BOSHLANG’ICH SINFLARDA HIKOYA O’QISH VA UNING
TAHLILIY METODLARI
2.2. OʻQISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA HIKOYANI TAHLIL
QILISH ORQALI OʻQUVCHILAR NUTQINI OʻSTIRISH
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Prеzidеntimiz Shаvkаt Mirziyоyеv о‘qituvchi vа
murаbbiylаr kunigа bаg‘ishlаngаn tаntаnаli mаrоsimdаgi nutqlаridа, “Bugun hаr
bir о‘qituvchi vа tаrbiyаchi, оliygоh dоmlаsi tа’lim vа ilm – fаn sоhаsidаgi еng
sо‘nggi ijоbiy yаngiliklаrni о‘quv jаrаyоnlаrigа tаtbiq еtа оlаdigаn, chuqur bilim
vа dunyоqаrаsh еgаsi, bir sо‘z bilаn аytgаndа, zаmоnаmiz vа jаmiyаtimizning еng
ilg‘оr vаkillаri bо‘lishlаri kеrаk. Bundаy ustоzlаr qо‘lidа tа’lim оlgаn
fаrzаndlаrimiz biz оrzu qilgаn О‘zbеkistоnning yоrug‘ kеlаjаgini bunyоd еtishgа
qоdir аvlоd bо‘lib kаmоl tоpаdi. Lеkin bu yuksаk nаtijаlаrgа еrishish uchun tа’lim
tizimidаgi mаvjud muаmmоlаrni hаl qilishimiz lоzim”.
Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini hozirgi kun talablari asosida
tayyorlashda “Ona tili o‘qitish metodikasi“ fani ham ustuvor vazifalarni bajarishda
salmoqli o‘rinni egallaydi. Zamonaviy ta’limda ta’lim muassasalaridagi o‘qitish
sifatini ta’minlashga qaratilgan tizimli islohotlar zamirida bo‘lajak
o‘qituvchilarning kasbiy mahorati, ularning zamonaviy ta’lim va innovatsion
texnologiyalar, ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘zlashtirish borasidagi zamonaviy bilim,
ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish dolzarb vazifalardan sanaladi.
Kurs ishining maqsadi: o‘qish darslarida hikoya o‘qishni tashkil etishning
amaliy-nazariy asoslari.
Kurs ishi vazifalari:
—mavzuga oid adabiyotlarni o‘rganish, uning o‘rganilganlik darajasini
aniqlash;
—kurs ishning nazariy va amaliy asoslarini belgilash;
—o‘quvchilarining real bilish imkoniyatlarini tahlil qilish;
—darslarda mustaqil fikrlash kontseptsiyasini asoslash va o‘qish taʼlimi
mazmuniga mos biluv topshiriqlari tizimini ishlab chiqish;
2
—biluv topshiriqlari tizimini taʼlimga tatbiq qilish va uning samaradorligini
o‘rganish. Boshlang`ich sinflarda hikoya o’rgatish va uni tashkil qilish ustida
ishlash xususiyatlarini o‘rganish, taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Kurs ishining obyekti: boshlang’ich sinf o’qish darslarida hikoya o’qitish va
uni tashkil qilish jarayoni ustida ishlash orqali o`quvchilar bilimini shakllantirish
jarayoni.
Kurs ishining predmeti: boshlang’ich sinf darslarida hikoya o’qitish tashkil
qilish va uni o’tkazish mazmuni, vositalari, shakl va metodlari
Kurs ishining tuzilishi vа hаjmi. Kirish, ikkitа bоb, xulоsа, fоydаlаnilgаn
аdаbiyоtlаr rоʻyhаtidan iborat.
I BOB. O’QISH DARSLARINING MAQSAD VA VAZIFALARI,
TA’LIMIY-TARBIYAVIY AHAMIYATI
1.1
. KICHIK YOSHDAGI O’QUVCHILARNING BADIIY
ASARNI IDROK ETISHDAGI PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
Boshlang’ich sinflarning o’qish darslari o’z mohiyati, maqsad va vazifalariga
ko’ra ta’lim tizimida alohida o’rin tutadi. Negaki uning zaminida savodxonlik va
axloqiy-ta’limiy tarbiya asoslari turadi. Shuning uchun ham boshqa predmetlar
ta’limini o’qish ta’limisiz tasavvur qilib bo’lmaydi. O’quvchi matnni to’g’ri, tez,
tushunib o’qish, mazmunini o’zlashtirish bilan ilk bor o’qish darslarida yuzlashadi.
O’qish darslari orqali o’quvchilarning Davlat ta’lim standarti (DTS) talablari
bo’yicha o’zlashtirishlari ko’zda tutilgan o’quv-biluv ko’nikma-malakalarida
hamda bilimlarni egallashlariga yo’l ochiladi. Aynan o’qish ta’limida insonning,
avvalo, o’zligini, qolaversa olamni anglashga bo’lgan intilishlariga turtki beriladi.
Shu maqsadda „O’qish kitobi" darsliklariga ona tabiat, atrofimizni o’rab turgan
3
olam, Vatanimiz tarixi va bugungi qiyofasi, kattalar va bolalar hayoti,
mehnatsevarlik, istiqlol va milliy-ma’naviy qadriyatlar, xalqlar do’stligi va tinclilik
kabi turli mavzular bo’yicha atroflicha tushunchalar berishga mo’ljallangan badiiy,
axloqiyta’limiy, ilmiy ommabop asarlar kiritiladi.
O’qish darslari savod o’rgatish davrida o’quvchilarni bo’g’in, so’z va gaplar
bilan tanishtirish va ularni o’qish, rasmlar asosida hikoya qilish tarzida
uyushtirilsa, o’qish texnikasi egallangandan so’ng o’qish muayyan mavzular
bo’yicha tanlangan badiiy, ilmiy-ommabop matnlar yuzasidan olib boriladi.
Boshlang’ich sinf „O’qish kitobi" darsliklariga kiritilgan muayyan mavzular
o’quvchilarni badiiy adabiyotning sehrli olamiga olib kirishi, dunyoqarashlarini
milliy istiqlol mafkurasi asosida to’g’ri shakllantirishga qaratilishi bilan
belgilanadi. Shunga ko’ra, o’qish darslarining yetakchi xususiyati o’quvchilarning
savodxonligini ta’minlash bilan birga, o’quvchilarni milliy mafkura asosida yuksak
axloqiy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga qaratiladi.
Boshlang’ich sinflarning o’qish darslarida o’rganiladigan asarlarning mavzu
doirasi ancha keng bo’lib, ular ona tabiat, yil fasllari, xalq og’zaki ijodi, mehnatga
muhabbat, asosiy bayram sanalari, milliy istiqlol va ma’naviyat kabi umumiy
mavzular doirasida birlashtirilgan. O’qish darslari uchun tanlangan mavzular
o’quvchilarga kundalik hayot, mustaqillikni mustahkamlash va insoniy
munosabatlar bo’yicha ham bilim va tarbiya berishni ko’zda tutadi. Bular ichida
istiqlol, vatan, ma’naviyat va tabiat haqidagi mavzular alohida ajralib turadi.
Ulardan ko’zlangan maqsad o’zlikni anglash, istiqlol, vatan va tabiat bilan bog’liq
tuyg’ularni uyg’otishdir. Vatanparvarlik, atrofimizdagi olam, mehnatsevarlik kabi
mavzular o’qish darsliklaridagi keng qamrovli mavzulardan bo’lib, 2-sinf „O ‘qish
kitobi“dagi „Оnа уurtim-oltin beshigim" bo’limiga kiritilgan, “O’zbekistonim” {H.
Imonberdiyev), “Istiqlol” (J.Jabborov), “O’lka” (E.Vohidov), “Yur tog’larga“
(U .Nosir), 3-sinfda “Ona bitta, Vatan yagona” bo’limidagi “Vatan haqida she’r”
(A.Avloniy), “O’zbegim” (E.Vohidov), “Vatan mo’tabardir” (X .Davron), “Bilib
qo’yki, seni Vatan kutadi” (T. Malik), 4-sinfda “O’zbrkiston — Vatanim manim”
bo’limidagi “Serquyosh o’lka” (Z. Diyor), „Iqboli buyuksan“ (A. Oripov),
4
„Toshkentnoma" (M .Shayxzoda), ,,Xarira“ (N .Norqobil) kabi asarlar misolida
atroflicha tahlilga tortiladi. Ijtimoiy-tarixiy mazmundagi mavzular Vatanimiz
o’tmoshini, xalqimiz hayoti, mardonavor kurashi, ulug’ siymolar tomonidan
amalga oshirilgan ishlar, tarixiy sanalar to’g’risida muayyan tasavvur beradi.
Beruniy, Amir Temur, Alisher Navoiy, Bobur va boshqa ajdodlarimiz haqidagi
matnlar shular jumlasidandir. Bu xildagi asarlar o’quvchilarni faqat o’tmishimiz
bilan tanishtirib qolmasdan, Vatan oldidagi farzandlik burchi va mas’uliyatini teran
anglashga ham yordam beradi. Ularda Vatanga muhabbat tuyg’usi shu tariqa
shakllanadi. Vatanimiz o’tmishi haqida hikoya qilingan asarlar bilan tanishish va
ularni tahlil qilish jarayonida o’quvchilar o’tmish bilan bugungi kunni taqqoslash
imkoniga ega bo’ladilar, jamiyat taraqqiyoti xususida qisqacha bo’lsada, tushuncha
hosil qiladilar. Bu borada ayniqsa milliy istiqlol bilan bog’liq H.
Imonberdiyevning, “O’zbekistonim”, J. Jabborovning „Istiqlol11(2-sinf), A.
Rustamovning „Bayroq nima?“, A. Obidjonning “O’ktam” (3-sinf), S.
Barnoyevning „Mangulikka tatigulik kun“, E. Malikovning „Assalom, Neksiya!“
(4-sinf) mavzusidagi asarlari yaqindan yordam beradi. Tabiatga oid mavzular
yordamida o’quvchilar tabiatdagi o’zgarishlar, yil fasllarining almashinuvi,
hayvonot olamiga doir bilimlarni egallaydilar. Bunday mavzudagi asarlar
o’quvchilarni kuzatuvchanlikka, tabiatni sevishga, unga nisbatan to’g’ri
munosabatga bo’lishga o’rgatadi. Tabiat tasviriga oid matnlar ustida ishlashda
tabiat bag’riga sayohat uyushtirilib, bolalar kuzatuvchanlikka o’rgatilsa,
vatanparvarlikka oid asarlar tahlili vatanning dongdor kishilari bilan uchrashuvlar
yoki mavzuga daxldor kinofilmlar namoyishi vositasida amalga oshirilsa, dars
samaradorligi yanada ortadi.
Umuman, „O’qish kitobi" darsliklaridagi barcha mavzular o’quvchilarga
ta’lim -tarbiya berish bilan birga, ularning lug’atini boyitishga, og’zaki va yozma
nutqini to’g’ri shakllantirish va nutq madaniyatini o’stirishga ham qaratiladi.
Amaldagi „O’qish kitobi" darsliklarida materiallarning sinfdan sinfga o’tgan sari
mavzu jihatidan ham, mazmun jihatidan ham kengaya borishi hisobga olingan.
Masalan, 1-sinfda o’rgatiladigan „Ajdodlarimiz — faxrimiz", „Пт ~ aql chirog’i “,
5
„Zumrad bahor“, „Kumush qish “ kabi mavzular 2—4-sinflarda ham davom
ettirilgan. Bu esa o’quvchilarning oldingi bilimlarini to’ldiradi va boyitadi.
Uzluksiz ta ‘limning boshqa bosqichlaridan farqli o’laroq, boshlang’ich sinflarning
o’qish darslarida o’quvchilarning o’qish malakalarini shakllantirish, asar matni
ustida ishlash ta ‘limning didaktik maqsadi hisoblanadi. U turli mavzudagi matnlar
ustida ishlash orqali ma’naviy-ahloqiy, adabiy-estetik tarbiya bilan chambarchas
bog’lab olib boriladi. Darsliklardagi har bir mavzu uchun tanlangan matnlarning
janriy rang-barangligiga, poetik mukammalligiga, o’quvchilarning bilim darajasi
va yosh xususiyatlariga mos kelishiga alohida e’tibor qaratiladi.
Boshlang‘ich sinflarda badiiy asarni tahlil qilish metodikasida kichik
yoshdagi o‘quvchilarning badiiy asarni idrok qilishidagi psixologik xususiyatlar
hisobga olinadi. Ruhshunos olimlarning tekshirishlaridan ma’lum bo‘lishicha,
asarni idrok qilishga, bilim olishga xizmat qiladigan komponentlar bilan birga, uni
emotsional-estetik his etish ham kiradi. Badiiy asarni yaxshi idrok etish uchun uni
tushunishning o‘zigina yetarli emas. Asarni idrok etish murakkab jarayon bo‘lib,
asarga unda tasvirlangan voqelikka qandaydir munosabatning yuzaga kelishini o‘z
ichiga oladi. Psixologik tekshirishlar natijasida kichik yoshdagi o‘quvchilarning
adabiy qahramonlarni idrok etishi va baholashidagi psixologik xusisiyatlari
o‘rganilgan va ular adabiy qahramonga ikki xil munosabatda bo‘lishlari
aniqlangan:
1.Adabiy
qahramonga
emotsional
munosabat.
2.Elementar
tahlil
qilish.
Asarda qatnashuvchi shaxslarga baho berishda o‘quvchilar o‘z shaxsiy va axloqiy
tushunchalaridan foydalanadilar. Bunday axloqiy tushunchalar kichik yoshdagi
o‘quvchilarda chegaralangan bo‘ladi, albatta. Ular axloqiy sifatlardan botirlik,
to‘g‘rilik, mehnatsevarlik, yaxshilik tushunchalarini ko‘p ishlatadilar.
Asardagi qahramonlarning xarakteri ularning axloqiy sifatlarini anglash asosida
tushuniladi. Bunda qahramonning nima qilishi emas, nima uchun shunday qilishi
kerakligini bilish muhimdir. Ushbu jarayonda asar qahramonlarining axloqiy
sifatlari
ustida
qo‘proq
ishlash
lozim.
6
O‘qish darslarida o‘qilayotgan asarning ongli o‘zlashtirilishini ta’minlashda
o‘quvchilarning psixologik xususiyatlarini albatta hisobga olish zarur.
Boshlang‘ich sinflarda to‘g‘ri, tez, ongli va ifodali o‘qishga o‘rgatish vazifasi
o‘quvchilarda asarni tahlil qilish ko‘nikmasini shakllantirish bilan birga amalga
oshiriladi. O‘qish malakalarini shakllantirish bilan matn ustida ishlashning o‘zaro
bog‘liqligi asarni tahlil qilishga qanday yondashishni belgilab beradi.
Badiiy asar ustida ishlashning ikkinchi bosqichi asar tahlilidir. Asarni tahlil
qilishning asosiy yo‘nalishi matnning aniq mazmuni (voqealar va uning
rivojlanishi)ni, kompozistiyasini, ishtirok etuvchi shaxslarning axloqi va xarakterli
xususiyatlarini,
asarning
g‘oyasini
aniqlash
hisoblanadi.
Asarni tahlil qilishning metodik shartlaridan biri asar mazmunini uning tasviriy-
ifodaviy vositalari bilan bog‘liq holda qarashdir. Yana bir asosiy qoida asar ustida
ishlash jarayonida ta’lim-tarbiyaviy vazifalarni umumiy ravishda amalga oshirish
hisoblanadi. Bu qoidalar asar ustida ishlashning asosiy yo‘nalishini belgilaydi,
shuningdek, matnni tahlil qilish jarayonida o‘quvchilar bajaradigan topshiriqlarni
va muhokama qilish uchun ularga beriladigan savollarning xarakterini aniqlab
olishga yordam beradi.
O’qish malakalari deganda badiiy asar matnini to’g’ri, tez, ongli va ifodali
o’qish tushuniladi. O’qish darslarida o’quvchilarning o’qish malakalari
shakllantiriladi va takomillashtiriladi. O’qish malakasining sifatlari o’zaro bog’liq
bo’lib, ularning asosi ongli o’qish hisoblanadi. O’quvchi matnni tez va to ‘g ‘ri o
‘qisa-yu, anglab o’qimasa yoki uning tez o’qishi natijasida boshqalar matn
mazmunini tushunmasa, to’g’ri o’qisa-yu, o’ta sekin o’qisa, nutq birliklari orasida
to’xtamlarga e’tibor bermasa, matnda ifoda etilayotgan fikr tushunilmaydi.
Muayyan tezlikda va to’g’ri o’qish ongli o’qishga xizmat qiladi, to’g’ri, tez va
ongli o’qish esa ifodali o’qishning asosi hisoblanadi. Analitik bosqich savod
o’rgatish davriga to’g’ri keladi, bunda so’zni bo’g’in -harf tomonidan tahlil qilish
va bo’g’inlab o’qish malakasi shakllantiriladi. Sintetik bosqich uchun so’zni
sidirg’a o’qish xarakterlidir; bunda so’zni ko’rish orqali idrok qilish va uning
talaffuzi so’z ma’nosini anglash bilan asosan mos keladi.
7
O’qish so’z ma’nosini idrok qilish bilan amalga oshadi. O’quvchilar sintetik
bosqichga 3-sinfda o’tadilar. Bundan keyingi yillarda o’qish avtomatlasha boradi.
O’qish darslarida asar ustida ishlashni shunday tashkil etish kerakki, asar
mazmunini tahlil qilish o’qish malakalarini takomillashtirishga yo’naltirilgan
bo’lsin. To’g’ri o’qish. To’g’ri o’qish deganda xato qilmasdan, yanglishmasdan
o’qish tushuniladi, ya’ni to’g’ri o’qish so’zning tovush-harf tarkibini, grammatik
shakllarini buzmasdan, so’zdagi tovush yoki bo’g’inni tushirib qoldirmay, boshqa
tovushni qo’shmay, harflar o’rnini almashtirmay, aniq talaffuz qilib, so’zga urg’uni
to’g’ri qo’yib o’qish hisoblanadi. M .Odilova va T.Ashrapovalar „Adabiy talaffuz
me’yorlariga qo’yilgan barcha talablar to’g’ri o’qish ko’nikmasiga ham
taalluqlidir", — deb ta’kidlaydilar. Rus metodisti Yakovleva to’g’ri o’qishga
quyidagicha ta’rif bergan: „To’g’ri o’qish — bu materialning tovush tomonidan
xatosiz va bir tekisda ravon nusxa ko’chirishdir". Demak, to’g’ri o’qish so’zning
tovush tarkibini, grammatik shaklini buzmasdan adabiy-orfoepik me’yorlar asosida
o’qishdir. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida idrok etish, talaffuz qilish va matn
mazmunini tushunish o’rtasida puxta sintez yo’q bo’lgani uchun ular o’qishda
xatoga yo’l qo’yadilar. Bu esa matn m azmunini tushunishni qiyinlashtiradi.
To’g’ri o’qish so’zning uzun-qisqaligiga, o’quvchining so’z boyligiga, ya’ni
so’zning leksik ma’nosini qanchalik bilishiga hamda so’zning bo’g’in va morfemik
tarkibiga bog’liq.
O’quvchilar ko’pincha quyidagi sabablarga ko’ra xatoga yo’l qo’yadilar:
1. So’zni talaffuz qilish bilan uning ma’nosini tushunish o ‘rtasida puxta
sintez bo’lm agani uchun bola so’zning oldin tovush tomonini ko’radi, uni talaffuz
qilishga oshiqadi. So’zning ma’nosini esa e’tibordan chetda qoldiradi.
2. So’z ko’p bo’g’inli bo’lib, bola uni oldin eshitmagan bo’lsa, xatoga yo’l
qo’yadi. 3. So’zning ma’nosini bilmaslik tufayli xatoga yo’l qo’yadi.
4. Tez o’qiyman deb xatoga yo’l qo’yadi.
5. To’g’ri o’qish yorug’likka va yorug’likning tushishiga ham bog’liq.
6. Undosh tovush so’zning o’rtasida va oxirida kelgan yopiq bo’g’inli
so’zlarni o’qishda qiynaladilar.
8
1.2
. BOSHLANG’ICH SINFLARDA HIKOYANI TAHLIL
QILISHNING METODIK SHARTLARI
Zamonaviy maktab oldiga qo‘yilgan vazifalar, kichik maktab yoshidagi
o‘quvchilar umumiy rivojlanishining o‘sganligi, psixologiya va xususiy metodika
sohasidagi yutuqlar sinfda o‘qish mazmuni va o‘qitish metodlariga o‘zgartirish
kiritishni talab etmoqda. Shularga bog‘liq holda badiiy asarni tahlil qilish
metodikasi takomillashtira borildi: takroriy bayon qilish mashqlari kamaytirildi,
ijodiy va o‘qilgan matn yuzasidan o‘z fikrini bayon qilish ko‘nikmasini
o‘stiradigan mashqlar ko‘paytirildi, asar qismlari ustida emas, balki yaxlit asar
ustida ishlanadigan bo‘ldi, asar g‘oyasi va obrazlarini tushuntirishda
o‘quvchilaming mustaqilligi ortdi, matn ustida ishlashda xilma-xil topshiriq
turlaridan, ta limda texnika vositalaridan va ilg‘or pedagogik texnologiya
usullaridan ko‘proq foydalanila boshlandi va hokazo. XX asrning 60-yillarida
yaratilgan maktab dasturida kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda
shakllantiriladigan matn ustida ishlash ko‘nikmalari belgilab berildi, shuningdek,
1-4-sinflarda o‘qish malakasiga qo‘yilgan talablar ancha aniq ajratildi. XX asming
70-yillari boshlarida mazmuni va metodik apparati jihatidan hayotga
yaqinlashtirilgan o‘qish kitoblari yaratildi. Mustaqillik tufayli ta lim sohasida ham
katta islohotlar amalga oshirildi. 1999-yil boshlang‘ich ta limning ham “Davlat ta
lim standart”i yaratildi, o‘quv dasturlari yangilandi. 2005-yil tajriba-sinov natijalari
9
hisobga olinib, davlat ta lim standartlari va o‘quv dasturlari qayta ko‘rib chiqildi,
“O‘qish kitobi” darsliklari ham yangilandi. O‘zbek maktablarida taniqli rus
metodist-olimlari T. G. Ramzayeva,M. S. Vasileva, V. G. Goreskiy, К. T.
Golenkina, L. A. Gorbushina,M. I.Omorokova, E. A.Nikitina, N. S.
Rojdestvenskiy, o‘zbek olimlaridan A. Zunnunov, K. Qosimova, Q. Abdullayeva,
S.Matchonov, M.Yusupov, M.Umarova, X. G ulomova kabilar ishlab chiqqan
takomillashgan sinfda o‘qish metodikasidan ijodiy foydalanilmoqda.
Boshlang‘ich sinflarda badiiy asar quyidagi muhim metodik qoidalar asosida
tahlil
qilinadi:
1. Asar mazmunini tahlil qilish va to‘g‘ri, tez, ongli, ifodali o‘qish malakalarini
shakllantirish bir jarayonda boradi (asarning mazmunini tushuntirishga oid
topshiriq o‘qish malakalarini takomillashtirish topshirig‘i ham hisoblanadi).
2. Asarning g‘oyaviy asoslari va mavzusini, uning obrazlari, sujet chizig‘i,
kompozitsiyasi va tasviriy vositalarini tushuntirish o‘quvchilaming shaxs sifatida
umumiy kamol topishiga yaxshi xizmat qiladi, shuningdek, bog‘lanishli nutqining
o‘sishi (lug‘atining boyishi va faollashishi) ni ta minlaydi.
3. O‘quvchilaming hayotiy tajribasiga tayanish asar mazmunini ongli idrok
etishning asosi va uni tahlil qilishning zaruriy sharti hisoblanadi.
4. Sinfda o‘qishga o‘quvchilaming bilish faoliyatini faollashtirish, atrof-muhit
haqidagi bilimlarini kengaytirish va ilmiy dunyoqarash asoslarini
shakllantirishning
samarali
vositasi
sifatida
qaraladi.
Asarni tahlil qilishda hisobga olish zarur bo‘lgan muhim omillardan biri uning
o‘quvchilarga hissiy tasiridir. O‘quvchilar muallifning asosiy fikrini tushunibgina
qolmay, muallif hayajonlangan voqeadan ham hayajonlansinlar. Matnni tahlil
qilish o‘quvchida fikr qo‘zg‘atishi, hayotiy tajribasining muallif qayd etgan
dalillarga to‘g‘ri kelish-kelmasligini aniqlashi zarur. Tahlil davomida asarning
estetik qimmati, badiiy go‘zalligi ham alohida qayd qilib o‘tiladi. O‘qish
metodikasi adabiyotshunoslik, psixologiya, pedagogika ishlab bergan nazariy
qoidalarga asoslanadi. Sinfda o‘qishni to‘g‘ri uyushtirish uchun o‘qituvchi badiiy
asarning o‘ziga xos xususiyatlarini, ta `limning turli bosqichlarida o‘qish
10
jarayonining psixologik asoslarini, kichik maktab yoshidagi o‘quvchilaming
matnni idrok etish va o‘zlashtirish xususiyatlarini hisobga olishi zarur.
O‘qish darslari o‘quvchilarda badiiy asarlarning bir-biridan farqini ajrata
olish, yozuvchining hayotiy voqealami qanday badiiy vositalar orqali aks ettirgani
va qanday obrazlar yaratganini aniqlay olish, mustaqil o‘qish va asami tahlil qilish
malakasi sinfdan-sinfga o‘tgan sari o‘stirib boriladi. O‘quvchilar adabiy
malumotlami o‘zlashtirish orqali badiiy asarning mazmuni, g‘oyasi va ahamiyatini
anglab ola boshlaydilar. O‘quvchilar adabiy tushunchalarni o‘rganish natijasida
badiiy adabiyot sanatning bir turi ekanligi, uning hayot bilan aloqadorligini bilib
oladilar. Adabiy tushunchalarni shakllantirish bilan birga o‘quvchilaming nutqini
o‘stirish ham muhim o‘rin tutadi. Boshlang‘ich sinflarda asar tahlilida adabiy janr
turlari — ertak, hikoya, masal, sher, doston, maqol, topishmoq bilan birga badiiy
til vositalari — sifatlash, o‘xshatish, jonlantirish, mubolag‘a bilan ham amaliy
ravishda tanishtiriladi. Badiiy asar tilini tahlil qilish orqali o‘quvchilarda o‘z ona
tiliga muhabbat hissi, badiiy asarni ongli o‘qish ko‘nikmasi o‘stiriladi, asar
g‘oyasini chuqur idrok etishga zamin hozirlanadi, o‘quvchilar nutqi rivojlantiriladi.
Xalq og‘zaki ijodida ertak janrining bolalar tomonidan yaxshi qabul qilinib, qiziqib
o‘qilishining sabablaridan biri ertak tilining ta sirchanligi, o `tk ir sujetliligi va xalq
tiliga yaqinligidir. Ertak o‘qib bo‘lingach, uning badiiy tili ustida ishlashga alohida
ahamiyat berish zarur.
2-sinf „O‘qish kitobi“da keltirilgan “Kamaychi shoh” ertagida “yov qora
bulutday yopirilib kelayotgan ekan”, “Kuychi terak”ertagida “Terakning shoxlari
xuddi surnay chalgandek ovoz chiqarib, yaproqlari esa shildirab raqsga tushar
ekan”, “To‘rg‘aylar qo‘shiq aytib, ularga jo‘r bo‘lar ekanlar”, “Oh, deb nola qilibdi
terak”, “Ustun ularning nag‘malariga jo‘r bo‘lib, sho‘x-sho‘x kuy chalibdi” kabi
badiiy vositalar yordamida tasvirlangan manzaralar juda ko‘p. Ular ustida ishlash
o‘quvchi nutqini o‘stirish bilan birga ularni fikr yuritishga, mulohaza qilishga ham
o‘rgatadi. Ertaklarda o‘xshatishlar, jonlantirish va mubolag‘alardan foydalanilgan.
O‘quvchilarga ularni izohlab berish, keyinchalik matndan toptirish, qayta
hikoyalashda ulardan nutqlarida foydalanishga o‘rgatish zarur. Asar o‘qib
11
bo‘lingach, badiiy til vositalari ustida ishlanadi. Chunki ularning manosi matndan,
asar mazmunidan anglashiladi. Ayniqsa,masallarda allegoriyani ochishda ko‘chma
manoli so‘zlardan ko‘p foydalaniladi. Ular bolalarga masal mazmunini
tushunishga halal bergani uchun ayrim ko‘chma manoda ishlatilgan so‘zlar asami
o‘qishdan oldin tushuntiriladi. 3-sinf “O‘qish kitobi”dan o‘rin olgan “Ayamajiz”
(Qudrat Hikmat)sherida “Bo‘ralar qor kapalak”, “Bog‘lar sokin mizg‘ishar, Misoli
oq kapalak”, “Muz oynalar sovuq yeb” misralarida o‘xshatish, jonlantirish; “Saxiy
ona tabiat, quchog‘ida havo sof” misralarida metafora; “Ayamajiz izg‘iydi,
Ko‘chalarda tutoqib, Shox-shabbani tortqilar, Yalmog‘izdek yutoqib» kabi
misralarda jonlantirish va o‘xshatishlar qo‘llangan. Bular ustida ishlaganda
quyidagicha
savol-topshiriqlardan
foydalanish
mumkin:
1.
Shoir
qorni
nimaga
o‘xshatadi?
(oq
kapalakka).
2.
Ayamajizni
nimaga
o‘xshatadi?
(Yalmog‘izga).
3. “Muz oynalar sovuq yeb” misrasini qanday tushunasiz? Oyna sovuq qoiadimi?
Darslikning “Kumush qish” bo‘limida “Qish” matni berilgan.Ushbu matnda ham
ko‘plab jonlantirishlar qo‘llangan. Masalan,hamma yoqda sovuq izg‘irin kezadi,
“Ingrar og‘riq kabi qari tol, oynalarni bezar qish — gulkor”, “Daraxt kurtaklari
rohatlanib uxlamoqda”, “hozir urug‘lar tinch uyquda” kabi. Matn tahlilida
Matnning birinchi qismini o‘qing. Unda qaysi so‘z o‘z manosidan boshqa manoda
qo‘llangan?” yoki “Matnning ikkinchi qismida jonsiz narsalar jonlidek
tasvirlangan o‘rinlarni topib o‘qing”. Boshqa manoda qo‘llangan so‘zlarni o‘z
manosida qo‘llab gap tuzing. Bu so‘zlar qanday manoda qo‘llanganda tasirchan
bo‘ladi? kabi savol topshiriqlardan foydalanish mumkin. Maqol janrida ham
ko‘chma manoli so‘zlar ko‘p qo‘llanadi. Misol uchun “ Yurt boshiga ish tushsa, Er
yigit hozir” maqolida boshiga so‘zi metafora yo‘li bilan manosi ko‘chgan,
o‘quvchilarga uning manosi qanday usul bilan ko‘chganligi aytilmaydi, faqat
boshqa manoda qo‘llanganligi o‘z manosi bilan taqqoslangan holda o‘quvchilarga
o‘rgatiladi.Tarixiy asarlarda ham ta sirchan, tasviriy-bo‘yoqdor so‘zlar ko‘p
uchraydi. Jumladan, “Bobur va kabutar» asarida hazrat, ayonlar,oliy hazrat so‘zlari
qo‘llangan.Asar matnida qadimiy davr bilan bog‘liq qo‘shimchalarning
12
qo‘llanilishi ham asarga joziba bag‘ishlaydi. Masalan: “Kabutar ne deydur?” kabi.
Mazkur asarda ikkinchi shaxs qo‘shimchasi o‘rnida hurmat manosidagi uchinchi
shaxs qo‘shimchasi qo‘llangan: “Xatda: Oliy hazrat, qovun ayni pishdi. Kelib qo‘l
urib bersalar”. Shu o‘rindagi “qo‘l urib bersalar” birikmasi ibora
hisoblanadi.Iboralar doim ko‘chma mano ifodalab, nutqning ta’sirchanligini
oshiradi. Matndan iboralar aniqlangach, manosini izohlashdan tashqari, ularga
manodosh yoki qarama-qarshi ma`noli iboralarni toptirish ham yaxshi samara
beradi. Topishmoqlarda ham jonlantirish va o‘xshatishlar juda ko‘p. Masalan,
“Ayoz bobo nowot sotdi, Olgan edim, qo lim qotdi” topishmog‘ida o‘xshatish,
“Chiq-chiq” ishlab tolmaydi, tunda uxlab qolmaydi, topishmog‘ida jonlantirish
qo‘llangan. “Chumoli va tipratikan”, “o‘jartoshbaqa” masallarida ham badiiy til
vositalari mavjud. Xususan, ularda “O‘g‘irlik mol aylar jonsarak”, “Bola ko‘nglini
ko‘tarar”, “Kosang joningga huzur”, “Senga qalqon usti-bosh”. “Parcha go‘sht
bo‘lib yurar”, “Jish Toshbaqa” kabi ibora, birikma va gapiar uchraydiki, ular ustida
ishlashda “Bunday majorolar qachon va kimlar orasida bo‘lib o‘tishi mumkin?”,
“Ularga hayotdan misollar keltiring” kabi topshiriqlar berish, ulardagi manoni
boshqacha yo‘sinda bayon ettirish, o‘zaro taqqoslash, tasirchanligidagi farqni
aniqlatish katta ta’limiy ahamiyat kasb etadi. Masalan: “Bola ko‘nglin ko‘tarar” —
Bolasiga yaxshi gapiar gapirar, “Kosang joningga huzur”— Kosang joningni,
sog‘lig‘ingni asraydi” kabi.O‘qish kitoblarida turli janrdagi badiiy asarlar va ilmiy-
ommabop maqolalar berilgan. Istalgan asarning obyektiv mazmuni butun borliq,
mavjudot, uning turli tomonlari, dalillar va ularning bir-biriga ta `siri hisoblanadi.
Badiiy asarda hayot obrazlar orqali tasvirlanadi. Shuni ta’kidlash kerakki, badiiy
asar markazida inson, uning jamiyat va tabiatga munosabati turadi.
13
II BOB O‘QISH DARSLARIDA BOSHLANG‘ICH SINF
O‘QUVCHILARINI HIKOYA HAQIDAGI TASSAVURLARINI
UYG‘OTISH USULLARI
2.1. BOSHLANG’ICH SINFLARDA HIKOYA O’QISH VA UNING
TAHLILIY METODLARI
Hikoya kichik hajmli badiiy asar bo’lib, unda kishi hayotidagi ma’lum bir
voqea, hayotning muhim tomonlari umumlashtirib tasvirlanadi. Hikoya ko’pincha
kishi hayotida bo’lgan bir epizodni tasvir etadi. Uning mazmuni ertakdagidan
ortiqroq hayotiydir Hikoya mazmunan boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun mos
janr hisoblanadi. Kichik yoshdagi o’quvchilarni qahramonlarning xattiharakati,
tashqi ko’rinishi, portret tasviri, voqea-hodisalar haqidagi hikoyalar ko’proq
qiziqtiradi. Shuning uchun, bolalarni hikoya bilan tanishtirish uning syujetini
tushuntirishga bog’lab olib boriladi. Boshlang’ich sinflarda hikoyani o’qishga
bag’ishlangan izohli o’qish darslarida o’qilgan hikoya mazmunini ochish, lug’at
ustida ishlash, o’qilgan matnni qayta hikoyalash kabilar asosiy ish turlaridan
foydalaniladi. Ushbu jaryonda asosiy ish turi hikoyani tahlil qilishdir. Hikoya
mazmuni odatda savollar asosida tahlil qilinadi.
Hikoyani tahlil qilish. Ushbu dars jarayonida hikoya o’qituvchi tomonidan
tushuntirib o’qib beriladi.So’ngra darsning asosiy qismi hisoblangan hikoyani
tahlil qilish bosqichiga o’tiladi. Bu eng muhim bosqich bo’lib, asosan
o’quvchining fikrlashi hamda nutqini o’stirishga xizmat qiladi. O’qituvchi
14
tomonidan o’qib tushuntirib bergan hikoya asosida tahliliy suhbat o’tkaziladi.
Ya’ni, hikoya qahramonlari, undagi voqealar rivoji, qaysi epizod yoqqanligi va h.k.
Bu orqali o’quvchida fikrlash hamda keng dunyoqarashni shakllantirish imkoni
paydo bo’ladi. Dars jarayoni taxminan shunday tashkil etilsa maqsadga muvofiq:
1. Matn mazmuni yuzasidan o’qituvchi savollariga javob berish.
2. Hikoya matni asosidagi savol-topshiriqlami bajarish.
3. Hikoya mazmuni yuzasidan o’quvchilaming savollar tuzishi.
4. Hikoya mazmuniga mos rasmlar chizish.
5. Hikoya matnini qismlarga bo’lish.
6. Har bir qismga sarlavha topish.
7. Hikoyaga reja tuzish.
8. Reja asosida qayta hikoyalash (to‘liq, qisqartirib va ijodiy qayta
hikoyalash).
9. Reja asosida bayon yozish.
Lekin hikoyani tahlil qilishda syujetni to’liq tushuntirishga berilib ketib,
qahramonlarga tavsif berish, asar qurilishi va tilini tahlil qilish kabi ish turlari
e’tibordan chetda qolmasligi lozim.Ertak janriga xos matnlar jozibadorligi bilan
bolani o’ziga tortadi. Lekin hikoya janri ham hayotiyligi bilan o’ziga xos.
Hikoyada voqealar tez rivojlanib boradi. Unda inson hayoti, u bilan bog’liq
hayotiy lavhalar bayon etiladi. O’quvchilar qahramonlaming xarakteri, ulardagi
xususiyatlar bilan qiziqadilar. Masalan, 3-sinf „O’qish kitobi“dagi „Dadam qurgan
dengiz“ (Hakim Nazir), «Olma“ (Malik Murodov) va boshqa qiziqarli hikoyalar
berilgan. Ular mavzu jihatdan xilma- xil bo’lib, qahramonlarining xarakter-
xususiyatlari bilan ham farq qiladi. Boshlang’ich sinflarda hikoya syujeti,
kompozitsiyasi, qahramonlarini o’rganish bo’yicha turli tahlillar matn ustida
ishlash asosida olib boriladi. Bunda o’quvchining ijodiy faolligi ortadi, ijodiy
fikrlash doirasi kengayadi. Shuningdek, tahlilda o‘qilayotgan hikoya matnining
tushunarliligi ham hal qiluvchi ahamiyatga ega. Tushunarlilik deganda, biz
hikoyani qanchalik bolaning dunyoqarashi, tafakkuriga mos tanlanishini
anglashimiz mumkin. Hikoyani tahlil qilishda savollarni, odatda, o’qituvchi beradi,
15
ammo asar mazmuni, qatnashuvchi shaxslarning xulq-atvorini ochish yuzasidan
o’quvchilarga ham savol tuzdirish juda foydali. Bu usul bolalarga juda yoqadi va
ishni jonlantiradi, asar mazmunini yaxshi tushunish, o’z fikrini izchil bayon qilish
malakasini egallash, mazmun va voqealar orasidagi bog’lanishni to’liq esda saqlab
qolishda o’quvchilarga yordam beradi. Hikoyani izohli o‘qish darsini quyidagicha
reja asosida olib borish mumkin:
1. Hikoyani o’qishga tayyorlash (hikoyadagi kabi odamlar hayoti va davrga
xarakteristika berish va boshqa.).
2. Hikoyani o’qish (bunda to’liq va ma’no jihatdan tugal qismni o’qituvchi
yoki oldindan tayyorlangan o’quvchi ifodali o’qishi mumkin)
3. Lug’at ustida ishlash.
4. Idrok etishni tekshirish (qatnashuvchilarning xatti-harakatlari, shaxslar va
voqealar o’rtasidagi munosabatlar, badiiy vositalar yuzasidan qisqacha suhbat).
5. Hikoyani qayta o’qish (qismlarga bo’lib, rollarga bo’lib o’quvchilarga
o’qitish). 6. Hikoyaning har bir bo’limi (qismi) yuzasidan suhbat uyushtirish,
hikoya rejasini tuzish.
7.Hikoyani ifodali o’qishga yoki sahnalashtirishga tayyorlanish (sinfda yoki
uyda).
Aynan ta’lim va ma’rifat bashariyat farovonligining asosiy omillaridan
hisoblanadi, insonlarni ezgulikka da’vat etadi, saxovatli, sabr-qanoatli bo’lishga
undaydi”. Buning uchun, avvalo, yoshlarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasiga katta
e’tibor qaratish zarur. Biz ham mazkur ishimiz orqali Prezidentimiz ta’kidlagan
asosiy maqsadga erishishga harakat qilmoqdamiz. O‘qish darslarida boshlang‘ich
sinf o‘quvchilarini hikoya haqidagi tassavurlarini uyg‘otishda ayniqsa, yoshlar
tarbiyasida tarbiya vositalari, olimlari va asarlarining hech bir jihatlarini e’tibordan
chetta qoldirmaslik kerak. Biz ushbu ishimizda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini
hikoya haqidagi tassavurlarini uyg‘otishda ularning milliy-ma’naviy tarbiyasida
hikoya va rivoyatlardan foydalanish uslubiyati haqida o’z ilmiy – uslubiy
ishlanmalarimizni keltiramiz maqsadga muvofiqdir.
16
Hikoya badiiy adabiyotda kichik epik janr, hayot, hodisalari ixcham ifoda
etilgan ba’zan uydirmalardan iborat bo‘lgan qiziqarli voqea va hodisalar kiradi.
Hikoyaning kelib chiqishi xalq og‘zaki ijodining afsona, ertak, latifa kabi
shakllariga borib taqaladi. Sharq adabiyotida ham g’arb adabiyotida ham hikoya
qadim an’analariga ega. Biroq u mustaqil janr sifatida faqat yozma adabiyotdagina
shakllangan. Demak, hikoyadan foydalanish natijasida biron bir ko’zlangan
maqsadimiz nuqtai nazardan so‘zlab beramiz. Bunda o‘quvchilarni tarbiya olish
jarayonida ularning e’tiborini qaratish va fanga bo‘lgan qiziqishini oshirishimiz va
bu hikoya zamirida qanday ezgu – niyatlar yotganini tushuntirishimiz lozim
bo‘ladi. Hikoya mazmunan boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun mos janr
hisoblanadi. Kichik yoshdagi o’quvchilarni qahramonlarning xatti-harakati, tashqi
ko’rinishi, portret tasviri, voqeahodisalari haqidagi hikoyalar ko’proq qiziqtiradi.
Shuning uchun bolalarni badiiy asar turi bo’lgan hikoya bilan tanishtirish uning
syujetini tushuntirishga bog’lab olib boriladi.
Boshlang’ich sinflarda hikoyani o’qishga bag’ishlangan izohli o’qish
darslarida o’qilgan hikoya mazmunini ochish, lug’at ustida ishlash, o’qilgan
matnni qayta hikoyalash kabilar asosiy ish turlaridan hisoblanadi. Hikoya mazmuni
odatda savollar asosida tahlil qilinadi. So’roqlardan ikki maqsadda: hikoya
mazmunini tahlil qilish hamda dalillar, mulohazalar, xulosalarni taqqoslash, voqea-
hodisalar, xatti-harakat o’rtasidagi bog’lanishlarni aniqlash va umumlashtirish
uchun foydalaniladi. Hikoyani o’qish darsida o’quvchilar tushunmaydigan so’z va
iboralar ma’nosini tushuntirish ham muhim, aks holda ular hikoya mazmunini
tushuna olmaydilar. Hikoyani o’qishda uning mazmunini tahlil qilish va shu asosda
o’quvchilar nutqini o’stirish markaziy o’rin egallaydi. Hikoya o’qib bo’lingach,
o’quvchilar o’ylashi, o’z mulohazalarini aytishi uchun tayyorlanishga vaqt berish
kerak. O’qilgan asar yuzasidan beriladigan dastlabki savollardan maqsad hikoya
bolalarga yoqqan-yoqmaganligi, undagi qaysi qahramonning xarakteri bolaga ta’sir
etganini bilishdan iborat. Shundan keyingina hikoya syujeti, voqeaning
yo‘nalishini ochishga, personajlar xarakterini tushunishga, nihoyat, asarning asosiy
g’oyasini bilib olishga yordam beradigan savollardan foydalaniladi.
17