O‘QISH DARSLARIDA MUSTAQIL ISHLAR
REJA:
1. Asarni ichda o‘qish
2. O‘qilgan matn yuzasidan berilgan savollarga javob berish
3. O‘qilgan asar mazmunini to‘Iiq anglash, bilib olish uchun o‘qituvchi
topshirig‘ini bajarish.
4. O‘qilgan matn rejasini tuzishga tayyorlanish va reja tuzish.
Mustaqil ish mashqning faol turi bo‘lib, uni bajarish jarayonida o‘quvchilar
fikrlashga va mustaqil faoliyat yuritishga o‘rganadilar. Bir vaqtning o‘zida ikki yoki
uch sinf bilan ishlanadigan oz komplektli maktablarda mustaqil ish, ayniqsa, juda
zarur hamda katta ahamiyatga ega.
O‘qish darslarida mustaqil ishni bajarishga bolalar taxminiy tayyorlanadi,
albatta. O‘quvchilarni mustaqil ishga tayyorlashda topshiriqning maqsadi ularga
qisqa va aniq tushuntiriladi. Mustaqil ish uchun tanlangan matnning hajmi kichik va
o‘quvchilar saviyasiga mos bo‘lishi lozim. Mustaqil ish turlari har xil bo‘lib, uni
tanlashda o‘quvchilarning tayyorgarligi, o‘qiladigan matnning xarakteri, asarni
o‘rganish bosqichi hisobga olinadi.
Boshlang‘ich sinflarning o‘qish darslarida mustaqil ishning quyi-dagi
turlaridan foydalaniladi:
1. Asarni ichda o‘qish. 1-sinfda bu mashqni topshirishdan oldin ayrim so‘zlarni
kesma harflar bilan tuzdirish va uni o‘qishni mashq qildirish maqsadga muvofiq.
O‘quv yilinitig ikkinchi yarmidan boshlab ichda o‘qib, ayrim qatnashuvchi
shaxslarning gaplarini topish, uni o‘qish va o‘z so‘zi bilan gapirib berish, matndan
o‘qituvchi bergan savolga javob bo‘ladigan o‘rinni topish kabi topshiriqlar berilishi
mumkin.
2. O‘qilgan matn yuzasidan berilgan savollarga javob berish. Bu mashq
bolalarni diqqat-e’tibor bilan o‘qishga o‘rgatadi; bu ish turidan oz komplektli
maktablarda foydalanish dars tartibini belgilashga ham yordam beradi. Mashqning
bu turi asta murakkablashtira boriladi: avval o‘quvchilar matnga oid savollarga javob
berish bilan uning mazmunini o‘zlashtirsalar, keyin asarning asosiy g‘oyasini bilib
oladilar, voqea-hodisalar o‘rtasidagi sabab-natija bog‘lanishlarini tushunadilar.
Bunda ,,Nega?", ,,Nima uchun?" kabi savollardan foydalaniladi. Masalan,
4-sinf ,,O‘qish kitobi"dagi ,,Davlat" ertagi matni ustida ishlaganda ,,Ertakda
Davlat dehqonning uyida umrbod qolishga jazm qilibdi. Nima uchun ?" savoli
beriladi, bu savol hikoyaning asosiy mazmunini aniq-lashga ham yordam beradi. 2-
sinfdan boshlab bolalar nima uchun hikoya, she’r shunday nomlanganini aytib
berishga o‘rganadilar.
3. O‘qilgan asar mazmunini to‘Iiq anglash, bilib olish uchun o‘qituvchi
topshirig‘ini bajarish. Topshiriqlar quyidagicha bo‘lishi mumkin:
- o‘qing va omonatga xiyonatning jazosi qandayligini aytib bering. (,,Omonatga
xiyonat", 4-sinf)
— o‘qing va nima uchun hunarsiz kishi o‘limga yaqinligini tu-shuntirib bering.
(,,Hunarsiz kishi o‘limga yaqin", 4-sinf) va hokazo. Ba’zan topshiriqlar turli xildagi
qayta hikoyalashni talab qiladi:
a) matnning ayrim o‘rinlaridan foydalanib (ko‘chirma olib) qayta hikoyalash;
b) hikoyani bir sujet chizig‘i asosida qayta hikoyalash;
d) matnni qisqartib qayta hikoyalash;
e) matnning shaxsini o‘zgartirib qayta hikoyalash va boshq.
4. O‘qilgan matn rejasini tuzishga tayyorlanish va reja tuzish. Bunda quyidagi
ish turlaridan foydalaniladi:
1) o‘qilgan matnga oid rasm chizish;
2) rasmga matndagi so‘zlar yoki o‘z so‘zi bilan sarlavha qo‘yish;
3) o‘qituvchi tomonidan tartibsiz berilgan savollardan foydalanib reja tuzish;
4) matnni qismlarga bo‘lish va har bir qismga sarlavha qo‘yish va hokazo.
Mustaqil ishning qanday bajarilganligini hisobga olish o‘quvchi-larning
tayyorlik darajasini aniqlashda va keying! bosqichlarda mustaqil mashqni to‘g‘ri
tashkil qilish uchun material tar.lashda o‘qituvchiga yordam beradi.
Badiiy asarni o‘qishga tayyorgarlik
Reja:
Badiiy asarni o‘qishga tayyorgarlik
Film namoyish qilish
O‘qituvchi hikoyasi
Asar bilan tanishtirish
1. Badiiy asarni o‘qishga tayyorgarlik. Asarni o‘qishga kirishishdan oldin
o‘quvchilarni badiiy asarni o‘qishga tayyorlash lozim bo‘ladi. Chunki o‘quvchilar
asar mazmunini to‘g‘ri idrok etishlari uchun hayot haqida ma’lum tasawurga ega
bo‘lishlari zarur. Buning uchun tayyorgarlik ishlari o‘tkaziladi.
Ma’lumki, sinfda o‘qish asosida badiiy va ilmiy-ommabop matn-lar turadi.
O‘quvchilarni matn bilan tanishtirish o‘qishga tayyorgarlik bosqichidan boshlanadi.
Tayyorgarlik bosqichi yozuvchilar haqida ma’lumot berish, o‘quvchilarni
asarda tasvirlanadigan voqea-hodisalarni idrok qilish, asar pafosini his etish,
notanish va ko‘p ma’noli so‘zlar, murakkabroq tarzdagi obrazli ifodalarni izohlash
kabi masalalarni o‘z ichiga oladi. Agar asar yil fasllari haqida bo‘lsa, tabiat qo‘yniga
sayohat uyushtirish ham sinfda o‘qish muvaffaqiyatini ta’minlashga xizmat qiladi.
Matn bilan dastlabki tanishuvdan so‘ng quyidagicha savollar bilan murojaat
qilish darsda o‘quvchilarning faolligini oshiradi:
1. Hikoyadagi qaysi epizodni qiziqarli deb o‘ylaysiz?
2. Hikoya qahramonlaridan qaysi birining xatti-harakatini ma’qul-laysiz? Qaysi
birining fe ‘l-atvori, o ‘zini tutishi sizga yoqmadi?
3. Hayotda shunday kishilarni uchratganmisiz?
Tayyorgarlik ishlarining vazifalari quyidagilar:
1. O‘quvchilarning asarda aks ettirilgan voqea-hodisalar haqidagi tasawurlarini
boyitish, matnni ongli idrok qilishga ta’sir etadigan yangi ma’lumotlarberish,badiiy
asarda tasvirlangandalillarni o‘quvchilarning o‘z hayotida kuzatganlari bilan bog‘lay
olishlariga sharoit yaratish.
2. Yozuvchining hayoti va ijodiga qiziqish uyg‘otish. Masalan, 4-sinfda Zafar
Diyorning hayoti va ijodi haqida quyidagicha ma’lumotlar berish mumkin: Zafar
Diyor Namangan viloyatining Chust tumanida tug‘ilgan. Ota-onasi dehqon bo‘lgan.
Ular kambag‘allikda kun ke-chirishgan. Zafar Diyor to‘rt yoshga to‘lganda uning
oilasi Toshkentga ko‘chib keladi. Onasi bosmaxonada ishlaydi. Shoirning o‘zi esa
eski maktabda o‘qiydi. Keyinchalik Toshkentdagi 7-bolalar uyida tarbiyala-nadi.
Shoirning birinchi she’rlar to‘plami 21 yoshida bosilib chiqadi.
3. O‘quvchilarni asarni hissiy idrok etishga tayyorlash.
4. Asar mazmunini tushunishga xalal beradigan so‘zlarning lug‘aviy
ma’nolarini tushuntirish. Masalan, 4-sinf ,,O‘qish kitobi"dagi ,,Xarita" matni ustida
ishlaganda so‘z va iboralar lug‘ati quyidagicha bo‘lishi mumkin:
Og‘zing ochilib qolsin — hayron bo ‘lib qolgin
Qolipdan chiqqan g‘ishtdek — hamma tomoni birdek tekis
Loqayd — befarq
Kashfiyot — izlanishlar natijasida yaratilgan narsa; ixtiro - Ayilday botdi —
qattiq tegdi, ranjitdi
Pisanda qilmoq — oldindan biror shart qo ‘ymoq; ta ‘kidlamoq.
Tayyorgarlik ishlarining ta’limiy shakllari xilma-xil bo‘lib, o‘qituvchi asar
mazmuni va sharoitga qarab ish turini tanlaydi. Tayyorgarlik davrida nimalar haqida
ma’lumot berish maqsad qilingan bo‘lsa, avvalo, o‘quvchilarning o‘zlaridan ular
haqida bilganlari so‘rab aniqlanadi. Masalan, ,,Kitobga ixlos" asarini o‘qishga
tayyorgarlikda o‘quvchilarning dastlabki bilimlari quyidagicha aniqlanadi:
O‘qituvchi: — Bugun biz Vatanimizning o‘tmishiga sayohat qilamiz.
Sayohatimiz Buxoro shahriga bo‘ladi. Sayohatchilar ikki guruhga bo‘linadi. Buxoro
darvozalari ochilishi uchun bir necha tilsimlarni yechishimiz zarur. Buning uchun
har bir guruh o‘ziga berilgan savol-topshiriqlarni bajarib, shohsupaga ko‘tarilishi
zarur.
1-guruh uchun savol-topshiriqlar:
1. Tarixda yashagan buyuk olimlar, shoirlar, yozuvchilar, sar-kardalardan
kimlarni bilasiz?
2. Buxoroda qaysi buyuk shaxslar yashagan?
3. Buxorodagi tarixiy binolar, joylar nomini ayting.
2-guruh uchun ham shu tarzdagi savol-topshiriqlar beriladi yoki har ikkala
guruh uchun shu savol-topshiriqlar berilib, ,,Kim oldin shohsupaga etib boradi?"
sharti qo‘yiladi.
Xattaxtaga buyuk shaxslar portreti, tarixiy joylar tasvirlangan rasmlar ilib
qo‘yiladi.
Tayyorgarlik shakllaridan biri — ekskursiyadir. Bu ish turidan tabiat tasviriga
bag‘ishlangan yoki ishlab chiqarish, qurilish, shahar, qishloq hayotiga, kasbga doir
mavzular va tarixiy asarlar o‘rganilganda foydalanish mumkin. Chunonchi, 2-sinfda
,,Metropoliten" kabi mavzularni o‘rganishdan oldin ekskursiya qilish maqsadga
muvofiq. Ekskursiya o‘quvchilarning asarda ifoda etilgan hodisalarni aniq va ongli
o‘zlashtirishlariga yordam beradi, bilimlarini chuqurlashtiradi, tabiat hodisalarini
kuzatish va ularni aniq tasvirlash ko‘nikmalarini shakllantiradi.
Ekskursiya bolalarda tabiatga mehr uyg‘otadi, uni sevish va tabiat ehsonlarini
asrash hissini tarbiyalaydi.
Ishlab chiqarish korxonalariga, muzey va boshqa joylarga ekskur-siyalar esa
tarixiy voqealarni to‘g‘ri idrok etishlarini ta’minlaydi, kattalar mehnati bilan
tanishtiradi, o‘quvchida mehnatga muhabbat uyg‘otadi, kasbga yo‘naltiradi.
2. Film namoyish qilish. Tarixiy materiallarni, asar muallifi hayoti-ni
o‘rganishdan oldin film namoyish qilihsa, o‘quvchilarning asarni idrok qilishlari
faollashadi. Masalan, 2-sinfda ,,Gulzorda" hikoyasini o‘qishda ,,Mehrobdan chayon"
filmidan parcha ko‘rsatilishi, 3—4-sinflarda Ibn Sino haqidagi asarlarni o‘rganishda
,,Ulug‘bek xazinasi", Alisher Navoiy haqidagi asarlar bilan tanishtirishda ,,Alisher
Navoiy" filmi namoyish etilishi mumkin.
Kinofilm va diafilmlardan o‘quvchilarni asarni o‘qishga tayyorlash davrida
foydalaniladi. Ular o‘quvchilarning tasawur qilishlariga, tii shunchalarini
oydinlashtirishga, ongli o‘qish va hissiy idrok etishlariga yordam beradi.
O‘quvchilarning film namoyishida tug‘ilgan ayrim savollariga ularning o‘zlari yangi