O‘qish malakalari va ularni takomillashtirish usullari
Yuklangan vaqt
2025-02-02
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
6
Faytl hajmi
29,9 KB
O‘qish malakalari va ularni takomillashtirish usullari
REJA:
1. O‘qish malakalari
2. Ongli o‘qish
3. To‘g‘ri o‘qish
4. Tez o‘qish
5. Ifodali o‘qish
6. Badiiy o‘qish
Dastur talablarini to‘liq bajarish va amalga oshirish uchun, birinchi navbatda,
o‘qish ko‘nikmalarini to‘g‘ri va puxta egallash va takomillashtirib borish zarur.
O‘qish ko‘nikmalari savod o‘rgatish jarayonida shakllanadi, o‘qitishning keyingi
bosqichlarida takomillashadi.
O‘qish malakalari deganda badiiy asar matnini to‘g‘ri, tez, ongli va ifodali
o‘qish
tushuniladi.
O‘qish
darslarida
o‘quvchilarning
o‘qish
malakalari
shakllantiriladi va takomillashtiriladi.
O‘qish malakasining sifatlari o‘zaro bog‘liq bo‘lib, ularning asosi ongli o‘qish
hisoblanadi. O‘quvchi matnni tez va to‘g‘ri o‘qisa-yu, anglab o‘qimasa yoki uning
tez o‘qishi natijasida boshqalar matn mazmunini tushunmasa, to‘g‘ri o‘qisa-yu, o‘ta
sekin o‘qisa, nutq bir-liklari orasida to‘xtamlarga e’tibor bermasa, matnda ifoda
etilayotgan fikr tushunilmaydi. Muayyan tezlikda va to‘g‘ri o‘qish ongli o‘qishga
xizmat qiladi, to‘g‘ri, tez va ongli o‘qish esa ifodali o‘qishning asosi hisoblanadi.
O‘qish darslarida asar ustida ishlashni shunday tashkil etish kerakki, asar
mazmunini tahlil qilish o‘qish malakalarini takomillashtirishga yo‘naltirilgan
bo‘lsin.
To‘g‘ri o‘qish. To‘g‘ri o‘qish deganda xato qilmasdan, yanglishtirnasdan o‘qish
tushuniladi, ya’ni to‘g‘ri o‘qish so‘zning tovush-hatf tarkibini, gramrriatik
shakllarini buzmasdan, so‘zdagi tovush yoki bo‘g‘inni tushirib qoldirmay, boshqa
tovushni qo‘shmay, harflar o‘r-nini almashtirmay, aniq talaffuz qilib, so‘zga urg‘uni
to‘g‘ri qo‘yib o‘qish hisoblanadi. M.Odilova va T. Ashrapovalar ,,Adabiy talaffuz
me’yorlariga qo‘yilgan barcha talablar to‘g‘ri o‘qish ko‘nikmasiga ham taalluqlidir",
— deb ta’kidlaydilar. Rus metodisti Yakovleva to‘g‘ri o‘qishga quyidagicha ta’rif
bergan: ,,To‘g‘ri o‘qish — bu materialning tovush tomonidan xatosiz va bir tekisda
ravon nusxa ko‘chirishdir". Demak, to‘g‘ri o‘qish so‘zning tovush tarkibini,
grammatik shaklini buzmasdan adabiy-orfoepik me’yorlar asosida o‘qishdir.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida idrok etish, talaffuz qilish va matn mazmunini
tushunish o‘rtasida puxta sintez yo‘q bo‘lgani uchun ular o‘qishda xatoga yo‘l
qo‘yadilar. Bu esa matn mazmunini tushunishni qiyinlashtiradi.
To‘g‘ri o‘qish so‘zning uzun-qisqaligiga, o‘quvchining so‘z boyligiga, ya’ni
so‘zning leksik ma’nosini qanchalik bilishiga hamda so‘zning bo‘g‘in va morfemik
tarkibiga bog‘liq. O‘quvchilar ko‘pincha quyidagi sabablarga ko‘ra xatoga yo‘l
qo‘yadilar:
1. So‘zni talaffuz qilish bilan uning ma’nosini tushunish o‘rtasida puxta sintez
bo‘lmagani uchun bola so‘zning oldin tovush tomonini ko‘radi, uni talaffuz qilishga
oshiqadi. So‘zning ma’nosini esa e’tibordan chetda qoldiradi.
2. So‘z ko‘p bo‘g‘inli bo‘lib, bola uni oldin eshitmagan bo‘lsa, xatoga yo‘l
qo‘yadi.
3. So‘zning ma’nosini bilmaslik tufayli xatoga yo‘l qo‘yadi.
4. Tez o‘qiyman deb xatoga yo‘l qo‘yadi.
5. To‘g‘ri o‘qish yorug‘likka va yorug‘likning tushishiga ham bog‘liq.
6. Undosh tovush so‘zning o‘rtasida va oxirida kelgan yopiq bo‘g‘inli so‘zlarni
o‘qishda qiynaladilar.
Xato o‘qishning oldini olish uchun quyidagilar e’tiborga olinadi:
1. Matnni o‘qitishdan oldin undagi o‘qilishi qiyin so‘z, birikma va gaplarni
aniqlash va ular ustida ishlash usullarini belgilab olish. Tuzilishi murakkab so‘zlarni
bo‘g‘inlab o‘qilishini mashq qildirish.
2. Matnni o‘qishdan oldin uning mazmunini tushunishni qi-yinlashtiradigan
so‘zlarning lug‘aviy ma’nosini tushuntirish. So‘z ma’nosini izohlash usullarini
aniqlash.
3. Vazifalarni aniq va tushunarli qilib berish.
4. Matnni diqqat-e’tibor bilan o‘qishlari uchun sharoit yaratish.
5. Oldin ichda o‘qitish, so‘ng ovoz chiqarib o‘qitish.
6. O‘qitishda o‘quvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olish, ya’ni
matnni oson, o‘rtacha qiyinlikda va qiyin o‘qiladigan
o‘rinlarini belgilab olib, unga kuchi yetadigan o‘quvchilarga oldindan
taqsimlab berish.
7. O‘quvchilarning o‘qishini muntazam tekshirib turish.
8. Xatoning xarakteriga qarab, uni metodik tomondan to‘g‘ri tuzatish yo‘lini
aniqlash.
9. O‘quvchilarni xato qilish mumkin bo‘lgan o‘rindan ogohlantirib turish.
10. Xatcho‘pdan foydalanish.
11. Xato o‘qish o‘quvchining shaxsiy ko‘ruv sezgisiga bog‘liq bo‘l-sa, bu
jihatni ham hisobga olish.
O‘qituvchining tuzilishi murakkab so‘zlarni oldindan xattaxtaga yoki kartonga
bo‘g‘inlarga bo‘lib yozib qo‘yib, o‘quvchilarga ovoz chiqarib birgalikda o‘qitishi
yaxshi natija beradi.
O‘quvchilar yo‘l qo‘ygan xato ikki xil yo‘l bilan tuzatiladi:
1. O‘quvchi so‘z oxiridagi qo‘shimchani noto‘g‘ri o‘qisa, uni o‘qishdan
to‘xtatmasdan xatoni to‘g‘rilash mumkin.
2. Xato o‘qish bilan gaplarning mazmuni buzilsa, qayta o‘qitish usulidan
foydalaniladi. Bunda o‘quvchiga o‘qigan matni yuzasidan savol berilsa, o‘quvchi
e’tiborli bo‘lib qayta o‘qiydi.
Tez o‘qish. Tez o‘qish me’yoriy tezlikda o‘qish bo‘lib, bunda o‘qish sur’ati
matnning mazmunini tushunishdan ajralib qolmasligi kerak. O‘qish tezligi matnni
tushunish tezligi bilan muvofiq ravishda o‘sib borishi lozim. O‘qilayotgan asar
mazmunini o‘zlashtirishni, matn mazmunini ongli idrok etishni ta’minlaydigan
o‘qish tez o‘qish deyiladi.
O‘qish sifatlarini yaxshi o‘zlashtirgan holda o‘quvchilarning o‘qish sur’ati bir-
biridan farq qiladi. Bu dastur talablarini bajarmadi, degan gap emas. Og‘zaki nutq
tempiga to‘g‘ri keladigan o‘qish sur’ati normal tezlik hisoblanadi. Chunki o‘ta tez
ham, o‘ta sekin o‘qish ham matn mazmunini o‘zlashtirishni qiyinlashtiradi.
O‘qish tezligi bir daqiqada o‘qiladigan so‘zlar soni bilan belgilanadi. 2005-
yilda e’lon qilingan o‘qish dasturida 1-sinfning 2-yarim yilligida o‘qish sur’ati 20-
25 so‘z (notanish matnni o‘qish tezligi ham 20-25 so‘z); o‘quv yili oxirida 25-30
so‘z; 2-sinfning 1-yarim yilligida matnni o‘qish tezligi 30-35 so‘z; 2-yarim yilligida
40-50 so‘z; 3-sinfning 1-yarim yilligida 60-70 so‘z; 2-yarim yilligida 70-80 so‘z; 4-
sinfning 1-yarim yilligida ichda ovozsiz 110—130 so‘z, ovozli o‘qishda 90-100 so‘z
deb belgilangan.
Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, bir daqiqada bola 250 so‘zli matnni o‘qisa, undagi
200 ta so‘zni eslab qolar ekan. Agar harflab, bo‘g‘inlab o‘qisa, uning diqqat
markazida so‘z emas, bo‘g‘in bo‘ladi. Natijada u so‘zlarni eslab qola olmaydi. Bu 4-
sinf o‘quvchilarining o‘qish tezligiga tatbiq etilsa, 125 so‘zdan 100 so‘zni eslab
qoladi. Bu esa yuqori ko‘rsatkichlarga erishish imkonini beradi. 4-sinfda bir
daqiqada 170—180 ta so‘z o‘qiydigan o‘quvchilar ham bor.
O‘qish tezligi to‘rt yil davomida to‘g‘ri va ongli o‘qish bilan bog‘liq holda asta
ortib boradi. O‘qish tezligini tekshirganda o‘qituvchi o‘qiladigan materialning
xarakterini, ya’ni g‘oyaviy-mavzuviy murakkabligini, so‘z va gaplarning tuzilishini,
ularning bolalar nutqida qay dara-jada ishlatilishini, o‘qishning to‘g‘ri va ongli
bo‘lishini hisobga oladi. O‘quvchilarning o‘qish tezligi har xil bo‘ladi, albatta.
O‘qituvchining vazifasi barcha o‘quvchilarning o‘qish tezligini, iloji boricha bir xil-
likka keltirishdan iborat. O‘qish sur’atini oshirishda tez aytishlarni, maqollarni yod
oldirish va matnni ovoz chiqarib o‘qishni mashq qilish kabilar samarali usullardan
hisoblanadi.
Ongli o‘qish. Ongli o‘qish yaxshi o‘qishning asosiy sifati hisoblanadi. Ongli
o‘qish o‘qilgan matnning aniq mazmunini, asarning g‘oyaviy yo‘nalishini,
obrazlarini va badiiy vositalarining rolini tushunib o‘qish, shuningdek, asarda
tasvirlangan voqea-hodisalarga o‘z munosabatini ifodalay olishdir. Ongli o‘qish o‘z
navbatida, o‘quvchilarning zarur hayotiy tajribasiga, so‘zning leksik ma’nosini,
gapda so‘zlarning bog‘lanishini tushunishga va bir qator metodik shartlarga bog‘liq.
Hozirda ongli o‘qish atamasi adabiyotlarda va maktab tajribasida ikki ma’noda:
birinchidan, o‘qish jarayonini egallashga nisbatan o‘qish texnikasi ma’nosida,
ikkinchidan, keng ma’nodagi o‘qishga nisbatan o‘qish sifatlaridan biri ma’nosida
qo‘llanadi.
Matnni ongli o‘qish uchun o‘quvchilar to‘g‘ri, me’yorida o‘qishni egallagan
bo‘lishlari va o‘qish jarayonida qiynalmasligi talab etiladi. O‘quvchilar matnni ongli
o‘qishlari uchun matn mazmuni va badiiy vositalari jihatidan tahlil qilinadi.
Ongli o‘qishning muhim sharti asar qurilishi va mazmunini tushunish
hisoblanadi. O‘qituvchi ongli o‘qishni matnni ifodali o‘qishga (agar ovoz chiqarib
o‘qilsa) va asar mazmuni yuzasidan berilgan savollarga javobning to‘g‘riligiga, asar
voqealari va qahramonlarning xatti-harakatiga bildirgan munosabatiga qarab
baholaydi. Ongli o‘qish va ifodali o‘qish bir-birini taqozo qiladi, ammo bir-biriga
aynan o‘xshamaydigan o‘qish sifatlaridir.
Ifodali o‘qish. Ifodali o‘qish intonatsiya — ohang yordamida asarning g‘oyasi
va jozibasini to‘g‘ri, aniq, yozuvchi niyatiga mos ravishda ifodalay bilishdir. „Ifodali
o‘qish adabiyotni aniq va ko‘rgaz-mali o‘qitishning dastlabki va asosiy shaklidir",
deb ta’kidlaydi metodist olima M.A.Ribnikova10. Demak, ,,Ifodali o‘qishning
asosiy vazifasi asarning mazmunini va emotsionalligini intonatsiya orqali
o‘quvchilarga ko‘rgazmali qilib ko‘rsatishdir. Ifodali o‘qishning asosiy tamoyili
o‘qiladigan asar g‘oyasi va badiiy qimmatini chuqur tushuntirishdir"".
Intonatsiya (ohang). Intonatsiya og‘zaki nutqning birgalikda harakat qiluvchi
elementlari: urg‘u, nutq tempi va ritmi, pauza, ovozning past-balandligining
yig‘indisidir. Bu elementlar bir-biriga ta’sir etadi va hammasi birgalikda asarning
mazmunini, g‘oyasini, qahramonlarning turli kayfiyatini, ichki kechinmalarini
ifodalaydi.
O‘quvchilar ifodali nutq asoslarini egallashlari uchun muhim shartlar
quyidagilardan iborat:
1. Nutq jarayonida nafasni to‘g‘ri olish va to‘g‘ri taqsimlay bilish.
2. Har bir tovushning to‘g‘ri artikulatsiyasi va aniq diksiya (burro gapirish)
malakasini egallash.
3. Adabiy talaffuz me’yorlarini egallash’2.
Bu shartlar faqat ifodali o‘qishgagina emas, balki ifodali nutq-qa, ya’ni hikoya
qilishga ham taalluqlidir. O‘quvchining har qanday og‘zaki hikoyasi ifodali bo‘lishi
zarur.
Ifodali o‘qishning asosiy vositalaridan biri ovozdir. Ovoz nafas bilan uzviy
bog‘lanadi. Shuning uchun o‘qituvchi bolalarning ifodali nutqi ustida ishlashni
talaffuz qilayotganda o‘z nafasini boshqara olish va ovozdan to‘g‘ri foydalanishga
o‘rgatishdan boshlaydi. Ovoz kuchi baland-pastlik, uzun-qisqalik, tezlik (temp),
yoqimli-yoqimsizlik
xususiyatlari
bilan
xarakterlanadi.
O‘quvchilar
matn
mazmuniga qarab, baland yoki past ovozda o‘qish (gapirish)ga, nutqda tez, o‘rtacha
yoki sekin tempni tanlashga, biror tuyg‘uni ifodalashga o‘rganadilar. Ifodali
o‘qishga o‘rgatishda o‘quvchilar pauza va logik urg‘u bilan ham tanishtiriladi.
Ifodali o‘qishga tayyorlanish shartli ravishda uch bosqichga bo‘linadi:
1. Asarning aniq mazmunini tushunish, unda qatnashgan shaxslarning xatti-
harakatini tahlil qilish, asarning g‘oyasini belgilash, ya’ni asarning g‘oyaviy-
mavzuviy asosini, uning obrazlarini badiiy vositalari bilan yaxlit holda tushunish.
2. Matnning qaysi joyida to‘xtam (pauza) qilishni, mantiqiy urg‘uning o‘rnini,
o‘qish tempini belgilab olish.
3. O‘qishni mashq qilish, muallif fikrini, uning tasvirlangan voqea-hodisalarga
va qatnashuvchi shaxslarga munosabatini ovoz bilan ifodalay olish uchun matnni
qayta o‘qish.
Asarning mazmuni va g‘oyaviy yo‘nalishini tahlil qilish ifodali o‘qishga
o‘rgatish bilan bog‘lab olib boriladi. Ifodali o‘qishga o‘rgatishda matn mazmunini
tushunish, muallif hikoya qilgan voqealarga o‘z munosabatini bildirish asosiy vazifa
hisoblanadi. O‘quvchilarda ifodali o‘qish malakasini shakllantirish uchun asarni
o‘qituvchining ifodali o‘qishi muhim ahamiyatga ega.