O‘qish turlari

Yuklangan vaqt

2025-02-02

Yuklab olishlar soni

2

Sahifalar soni

12

Faytl hajmi

35,8 KB


 
 
O‘qish turlari 
 
O‘qish turlari 
Boshlang‘ich ta’limda o‘qishning uch turidan foydalaniladi: 
1. Ovozli o‘qish. 
2. Ichda o‘qish. 
3. Shivirlab o‘qish. 
Ovozli o‘qish ovozga asoslangan o‘qish bo‘lib, undan ta’lim jarayonida keng 
foydalaniladi. 
Ovozli o‘qishning yakka, jo‘r va rollarga bo‘lib o‘qish usullari mavjud. Yod 
aytish ham ovozli o‘qishning bir shaklidir. 
Ichda o‘qish ham tovushga asoslangan, lekin unda ovozsiz o‘qiladi. 
Shivirlab o‘qish yarim ovoz bilan o‘qishdir. Malakali kitobxon o‘qishning har 
uch turini bilishi zarur. 
Ovozli o‘qishning ham, ovozsiz ichda o‘qishning ham, shivirlab o‘qishning 
ham o‘z qo‘llanish o‘rni va afzalliklari hamda kamchiliklari bor. Masalan, 2-sinf 
o‘quvchilari ichda o‘qiganda kam so‘z o‘qiydi, so‘zning ma’nolarini tushunmay 
qoladi, o‘qiganlarining mazmunini to‘liq o‘zlashtira olmaydilar. 
Psixologik izlanishlar shuni ko‘rsatadiki, o‘qishni endi o‘rganayotgan 
o‘quvchilar o‘qilayotgan matnni tushunib borishlari uchun eshitish sezgisiga ham 
e’tibor qaratganlar. 2-sinf o‘quvchilarida o‘qish ko‘nikmalari yaxshi shakllanmagani 
uchun ichda o‘qish jarayonida ayrim so‘zlarni noto‘g‘ri o‘qish natijasida uning 
ma’nosini tushunmaganlar. Shularni nazarda tutgan holda, 1—2-sinflarda ovozli va 
shivirlab o‘qishdan foydalaniladi. 
3—4-sinflarda ovozli o‘qish bilan birga ichda o‘qishdan ham foydalaniladi. Bu 
sinflarda ichda o‘qish ancha samarali bo‘ladi, lekin bunda ichda o‘qish mexanik 
o‘qishga aylanmasligi kerak. Ichda o‘qish biror maqsadga yo‘naltirilishi, ya’ni 
quyidagicha turli topshiriqlar asosida ichda o‘qitilishi lozim: 
— She’rni ichingizda o‘qib, ifodali o‘qishga tayyorlaning. 
— Ichda o‘qing, ma’nosi tushunarsiz so‘zlarni aniqlab, lug‘at daf-taringizga 
yozing. Lug‘atdan foydalanib, ularning ma’nosini izohlashga harakat qiling. 
— Hikoyani ichingizda o‘qib, uni qismlarga bo‘ling. 
O‘qish turlari O‘qish turlari Boshlang‘ich ta’limda o‘qishning uch turidan foydalaniladi: 1. Ovozli o‘qish. 2. Ichda o‘qish. 3. Shivirlab o‘qish. Ovozli o‘qish ovozga asoslangan o‘qish bo‘lib, undan ta’lim jarayonida keng foydalaniladi. Ovozli o‘qishning yakka, jo‘r va rollarga bo‘lib o‘qish usullari mavjud. Yod aytish ham ovozli o‘qishning bir shaklidir. Ichda o‘qish ham tovushga asoslangan, lekin unda ovozsiz o‘qiladi. Shivirlab o‘qish yarim ovoz bilan o‘qishdir. Malakali kitobxon o‘qishning har uch turini bilishi zarur. Ovozli o‘qishning ham, ovozsiz ichda o‘qishning ham, shivirlab o‘qishning ham o‘z qo‘llanish o‘rni va afzalliklari hamda kamchiliklari bor. Masalan, 2-sinf o‘quvchilari ichda o‘qiganda kam so‘z o‘qiydi, so‘zning ma’nolarini tushunmay qoladi, o‘qiganlarining mazmunini to‘liq o‘zlashtira olmaydilar. Psixologik izlanishlar shuni ko‘rsatadiki, o‘qishni endi o‘rganayotgan o‘quvchilar o‘qilayotgan matnni tushunib borishlari uchun eshitish sezgisiga ham e’tibor qaratganlar. 2-sinf o‘quvchilarida o‘qish ko‘nikmalari yaxshi shakllanmagani uchun ichda o‘qish jarayonida ayrim so‘zlarni noto‘g‘ri o‘qish natijasida uning ma’nosini tushunmaganlar. Shularni nazarda tutgan holda, 1—2-sinflarda ovozli va shivirlab o‘qishdan foydalaniladi. 3—4-sinflarda ovozli o‘qish bilan birga ichda o‘qishdan ham foydalaniladi. Bu sinflarda ichda o‘qish ancha samarali bo‘ladi, lekin bunda ichda o‘qish mexanik o‘qishga aylanmasligi kerak. Ichda o‘qish biror maqsadga yo‘naltirilishi, ya’ni quyidagicha turli topshiriqlar asosida ichda o‘qitilishi lozim: — She’rni ichingizda o‘qib, ifodali o‘qishga tayyorlaning. — Ichda o‘qing, ma’nosi tushunarsiz so‘zlarni aniqlab, lug‘at daf-taringizga yozing. Lug‘atdan foydalanib, ularning ma’nosini izohlashga harakat qiling. — Hikoyani ichingizda o‘qib, uni qismlarga bo‘ling.  
 
— Ichingizda o‘qib, ovoz chiqarib to‘g‘ri o‘qishga tayyorlaning. 
— Ichingizda o‘qing. Tabiatning ko‘rinishi tasvirlangan o‘rinni toping. 
Bu kabi topshiriqlar sinfdan sinfga o‘tgan sari murakkablashib boradi. Bunda 
o‘quvchilarning asarni qanchalik idrok etganliklari tekshirilib borilishi zarur. 
Ichda o‘qish quyidagi afzalliklarga ega: 
1. Bir vaqtning o‘zida butun sinf o‘quvchilari o‘qiydi. 
2. O‘quvchilarda asar matni ustida mustaqil ishlash ko‘nikmalari 
takomillashadi. 
3. O‘qituvchi har bir o‘quvchining mustaqil ishlash jarayonida o‘zlashtirish 
darajasini aniqlaydi. 
4. Ichda o‘qishda ongli o‘qishga talab va e’tibor kuchayadi. Ichda o‘qishda 
o‘qituvchi o‘quvchilar o‘qishidagi kamchiliklarni aniqlay olmaydi. Bu undan 
foydalanishni cheklab qo‘yadi.  
Ovozli o‘qishning afzalliklari quyidagilar: 
1. O‘qituvchi o‘quvchilarning xato va kamchiliklarini, o‘qish ko‘-nikmalarini 
aniqlay oladi. 
2. Kichik yoshdagi o‘quvchilar ovoz chiqarib o‘qisalar, matn mazmunini tez 
tushunib oladilar. 
3. Ovozli o‘qishdan kitobxon estetik zavq oladi. 
4. Ovozli o‘qishda ifodalilikka katta e’tibor beriladi. 
5. Ovozli o‘qish o‘quvchilar lug‘atini boyitish va nutqini o‘stirishda katta 
ahamiyatga ega. 
Shivirlab (yarim ovozli) o‘qish darsning tashkiliy qismlarida, o‘qituvchi sinf 
jurnali bilan mashg‘ul paytda yoki o‘quvchilarni darsga tayyorlash bosqichlarida 
o‘tkaziladi. 
Maktabda o‘qishning bu uch turi almashtirib turiladi. 1—2-sinflarda ovozli va 
shivirlab (pichirlab) o‘qishdan ichda o‘qishga o‘tilsa, 3—4-sinflarda ichda o‘qishdan 
ovozli o‘qishga o‘tiladi. 3—4-sinflarda o‘qish turlaridan foydalanishda chegara 
qo‘yilmaydi. 
Boshlang‘ich sinflarda o‘qishning hamma turiga bir xil talab qo‘yiladi, ya’ni 
o‘qish to‘g‘ri bo‘lishi, tez, ongli va ifodali bo‘lishi zarur. 
 
— Ichingizda o‘qib, ovoz chiqarib to‘g‘ri o‘qishga tayyorlaning. — Ichingizda o‘qing. Tabiatning ko‘rinishi tasvirlangan o‘rinni toping. Bu kabi topshiriqlar sinfdan sinfga o‘tgan sari murakkablashib boradi. Bunda o‘quvchilarning asarni qanchalik idrok etganliklari tekshirilib borilishi zarur. Ichda o‘qish quyidagi afzalliklarga ega: 1. Bir vaqtning o‘zida butun sinf o‘quvchilari o‘qiydi. 2. O‘quvchilarda asar matni ustida mustaqil ishlash ko‘nikmalari takomillashadi. 3. O‘qituvchi har bir o‘quvchining mustaqil ishlash jarayonida o‘zlashtirish darajasini aniqlaydi. 4. Ichda o‘qishda ongli o‘qishga talab va e’tibor kuchayadi. Ichda o‘qishda o‘qituvchi o‘quvchilar o‘qishidagi kamchiliklarni aniqlay olmaydi. Bu undan foydalanishni cheklab qo‘yadi. Ovozli o‘qishning afzalliklari quyidagilar: 1. O‘qituvchi o‘quvchilarning xato va kamchiliklarini, o‘qish ko‘-nikmalarini aniqlay oladi. 2. Kichik yoshdagi o‘quvchilar ovoz chiqarib o‘qisalar, matn mazmunini tez tushunib oladilar. 3. Ovozli o‘qishdan kitobxon estetik zavq oladi. 4. Ovozli o‘qishda ifodalilikka katta e’tibor beriladi. 5. Ovozli o‘qish o‘quvchilar lug‘atini boyitish va nutqini o‘stirishda katta ahamiyatga ega. Shivirlab (yarim ovozli) o‘qish darsning tashkiliy qismlarida, o‘qituvchi sinf jurnali bilan mashg‘ul paytda yoki o‘quvchilarni darsga tayyorlash bosqichlarida o‘tkaziladi. Maktabda o‘qishning bu uch turi almashtirib turiladi. 1—2-sinflarda ovozli va shivirlab (pichirlab) o‘qishdan ichda o‘qishga o‘tilsa, 3—4-sinflarda ichda o‘qishdan ovozli o‘qishga o‘tiladi. 3—4-sinflarda o‘qish turlaridan foydalanishda chegara qo‘yilmaydi. Boshlang‘ich sinflarda o‘qishning hamma turiga bir xil talab qo‘yiladi, ya’ni o‘qish to‘g‘ri bo‘lishi, tez, ongli va ifodali bo‘lishi zarur.  
 
 
Badiiy asar matni ustida ishlash 
Boshlang‘ich sinflarda to‘g‘ri, tez, ongli va ifodali o‘qishga o‘rgatish vazifasi 
o‘quvchilarda asarni tahlil qilish ko‘nikmasini shakllantirish bilan birga amalga 
oshiriladi. O‘qish malakalarini shakllantirish bilan matn ustida ishlashning o‘zaro 
bog‘liqligi asarni tahlil qilishga qanday yondashishni belgilab beradi. 
Badiiy asar ustida ishlashning 2-bosqichi asar tahlilidir. Asarni tahlil qilishning 
asosiy yo‘nalishi matnning aniq mazmuni (voqealar va uning rivojlanishi)ni, 
kompozitsiyasini, ishtirok etuvchi shaxslar-ning axloqi va xarakterli xususiyatlarini, 
asarning g‘oyasini aniqlash hisoblanadi. 
Asarni tahlil qilishning metodik shartlaridan biri asar mazmunini uning 
tasviriy-ifodaviy vositalari bilan bog‘liq holda qarashdir. Yana bir asosiy qoida asar 
ustida ishlash jarayonida ta’lim-tarbiyaviy vazifalarni umumiy ravishda amalga 
oshirish hisoblanadi. Bu qoidalar asar ustida ishlashning asosiy yo‘nalishini 
belgilaydi, shuningdek, matnni tahlil qilish jarayonida o‘quvchilar bajaradigan 
topshiriqlarni va muhokama qilish uchun ularga beriladigan savollarning xarakterini 
aniqlab olishga yordam beradi. 
Asar tahlili jarayonida matn ustida ishlashning quyidagi turlaridan 
foydalaniladi: 
1. Tanlab o‘qish. Bunda o‘quvchi matnning berilgan vazifaga mos qismini 
o‘qiydi. Vazifa asarning mazmunini oydinlashtirish, sabab-natija bog‘lanishini 
belgilash, badiiy xususiyatini ochish, o‘qilgan matnga o‘z shaxsiy munosabatini 
ifodalashdan iborat bo‘lishi mum-kin. Masalan, 4-sinfda ,,Oltin kuz" matnidan 
,,Tabiatdagi o‘zgarishlar berilgan qismlarni topib o‘qing", ,,Baqa va taqa" ertagidagi 
,,Taqa-chining nasihati berilgan joyni topib o‘qing" kabi topshiriqlar berilishi 
mumkin. 
Tanlab o‘qish matn ustida ishlashning eng samarali usulidir. Tanlab o‘qishdan 
matn ustida ishlashning barcha bosqichlarida turli xil qiyin-chilikda, murakkablikda 
foydalaniladi. U o‘quvchilarda yaxshi o‘qish sifatlarini o‘stirish bilan birga ularning 
ijodiy tasawuri, nutqi va zeh-nini o‘stirishga yordam beradi. Eng oddiy tanlab o‘qish 
asar mazmuni yuzasidan bo‘ladi. Masalan, 4-sinfda ,,Toshkentnoma"(M.Shayxzoda) 
asari yuzasidan tanlab o‘qish uchun quyidagi topshiriqlar beriladi: 
Badiiy asar matni ustida ishlash Boshlang‘ich sinflarda to‘g‘ri, tez, ongli va ifodali o‘qishga o‘rgatish vazifasi o‘quvchilarda asarni tahlil qilish ko‘nikmasini shakllantirish bilan birga amalga oshiriladi. O‘qish malakalarini shakllantirish bilan matn ustida ishlashning o‘zaro bog‘liqligi asarni tahlil qilishga qanday yondashishni belgilab beradi. Badiiy asar ustida ishlashning 2-bosqichi asar tahlilidir. Asarni tahlil qilishning asosiy yo‘nalishi matnning aniq mazmuni (voqealar va uning rivojlanishi)ni, kompozitsiyasini, ishtirok etuvchi shaxslar-ning axloqi va xarakterli xususiyatlarini, asarning g‘oyasini aniqlash hisoblanadi. Asarni tahlil qilishning metodik shartlaridan biri asar mazmunini uning tasviriy-ifodaviy vositalari bilan bog‘liq holda qarashdir. Yana bir asosiy qoida asar ustida ishlash jarayonida ta’lim-tarbiyaviy vazifalarni umumiy ravishda amalga oshirish hisoblanadi. Bu qoidalar asar ustida ishlashning asosiy yo‘nalishini belgilaydi, shuningdek, matnni tahlil qilish jarayonida o‘quvchilar bajaradigan topshiriqlarni va muhokama qilish uchun ularga beriladigan savollarning xarakterini aniqlab olishga yordam beradi. Asar tahlili jarayonida matn ustida ishlashning quyidagi turlaridan foydalaniladi: 1. Tanlab o‘qish. Bunda o‘quvchi matnning berilgan vazifaga mos qismini o‘qiydi. Vazifa asarning mazmunini oydinlashtirish, sabab-natija bog‘lanishini belgilash, badiiy xususiyatini ochish, o‘qilgan matnga o‘z shaxsiy munosabatini ifodalashdan iborat bo‘lishi mum-kin. Masalan, 4-sinfda ,,Oltin kuz" matnidan ,,Tabiatdagi o‘zgarishlar berilgan qismlarni topib o‘qing", ,,Baqa va taqa" ertagidagi ,,Taqa-chining nasihati berilgan joyni topib o‘qing" kabi topshiriqlar berilishi mumkin. Tanlab o‘qish matn ustida ishlashning eng samarali usulidir. Tanlab o‘qishdan matn ustida ishlashning barcha bosqichlarida turli xil qiyin-chilikda, murakkablikda foydalaniladi. U o‘quvchilarda yaxshi o‘qish sifatlarini o‘stirish bilan birga ularning ijodiy tasawuri, nutqi va zeh-nini o‘stirishga yordam beradi. Eng oddiy tanlab o‘qish asar mazmuni yuzasidan bo‘ladi. Masalan, 4-sinfda ,,Toshkentnoma"(M.Shayxzoda) asari yuzasidan tanlab o‘qish uchun quyidagi topshiriqlar beriladi:  
 
— She’rdan o‘zbek xalqining mehmondo‘stligi tasvirlangan o‘rinni topib 
o‘qing. 
— Yoz faslining zo‘rligi tasvirlangan o‘rinni topib o‘qing. 
,,Dehqonbobo va o‘n uch bolakay qissasi" (A. Oripov) asari matni yuzasidan 
,,Matndan Dehqonboboning Vatan haqidagi gaplarini topib o‘qing" kabi topshiriq 
berilishi mumkin. 
Tanlab o‘qishning yana ham murakkabroq turlari matndan sabab-natija 
munosabati bilan bog‘langan dalillarni taqqoslashni, umumlashtirishni talab 
qiladigan o‘rinlarini topib o‘qish hisoblanadi. Masalan, ,,Xarita" (N.Norqobilov) 
hikoyasi yuzasidan topshiriqlar quyidagicha_bo‘lishi mumkin: 
— Sinf rahbari Rasulni nima uchun Samadga biriktirib qo‘ydi? Shu o‘rinni 
topib o‘qing. 
— Samadning Rasuldan arazlash sababi ifodalangan o‘rinni topib o‘qing. 
Bunda o‘quvchi biror qatnashuvchi shaxs o‘zini qanday tutishini, nima uchun 
u shundayligini tasdiqlash uchun matndan material tanlab o‘qiydi. 
Tanlab o‘qish ongli va ifodali o‘qish malakasini shakllantirishni matn ustida 
ishlash ko‘nikmasini shakllantirish bilan birga qo‘shib olib borishga, bolalarning 
ijodiy tasawurini, nutqi va zehnini o‘stirishga imkon beradi. Shuning uchun undan 
o‘qish darslarida keng foydalaniladi. 
Tanlab o‘qish matn rejasini tuzishda (matn qismiga uning mazmu-nini 
ifodalaydigan gapni, ya’ni reja qismini topishda) qahramonga tavsif berish (matndan 
qahramonning muayyan bir xususiyatini, harakatini tavsiflovchi materiallar 
tanlash)da, asar g‘oyasini aniqlash (g‘oyani anglatgan o‘rinni topib o‘qish)da tatbiq 
etiladi. 
2. O‘quvchilarning berilgan savol va topshiriqlarga o‘z so‘zlari bilan javob 
berishi. Mashqning bu turi o‘quvchilarda o‘qilganlar yiizasidan muhokama yuritish 
ko‘nikmasini o‘stirishga, asarda qatnashuvchi qahramonlarni baholashga, muallif 
tasvirlagan hayotiy lavhalar bilan asar g‘oyasi o‘rtasidagi bog‘lanishni aniqlashga 
imkon beradi. Ishning bu turida beriladigan savollar ma’lum maqsadga 
yo‘naltirilgan va rnuayyan izchillikda bo‘lishi, o‘quvchilarni mustaqil fikriashga 
undashi lozim. Boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida savol va topshiriqlar qaysi 
maqsadga yo‘naltirilganiga ko‘ra quyidagicha tasnif qilinadi: 
— She’rdan o‘zbek xalqining mehmondo‘stligi tasvirlangan o‘rinni topib o‘qing. — Yoz faslining zo‘rligi tasvirlangan o‘rinni topib o‘qing. ,,Dehqonbobo va o‘n uch bolakay qissasi" (A. Oripov) asari matni yuzasidan ,,Matndan Dehqonboboning Vatan haqidagi gaplarini topib o‘qing" kabi topshiriq berilishi mumkin. Tanlab o‘qishning yana ham murakkabroq turlari matndan sabab-natija munosabati bilan bog‘langan dalillarni taqqoslashni, umumlashtirishni talab qiladigan o‘rinlarini topib o‘qish hisoblanadi. Masalan, ,,Xarita" (N.Norqobilov) hikoyasi yuzasidan topshiriqlar quyidagicha_bo‘lishi mumkin: — Sinf rahbari Rasulni nima uchun Samadga biriktirib qo‘ydi? Shu o‘rinni topib o‘qing. — Samadning Rasuldan arazlash sababi ifodalangan o‘rinni topib o‘qing. Bunda o‘quvchi biror qatnashuvchi shaxs o‘zini qanday tutishini, nima uchun u shundayligini tasdiqlash uchun matndan material tanlab o‘qiydi. Tanlab o‘qish ongli va ifodali o‘qish malakasini shakllantirishni matn ustida ishlash ko‘nikmasini shakllantirish bilan birga qo‘shib olib borishga, bolalarning ijodiy tasawurini, nutqi va zehnini o‘stirishga imkon beradi. Shuning uchun undan o‘qish darslarida keng foydalaniladi. Tanlab o‘qish matn rejasini tuzishda (matn qismiga uning mazmu-nini ifodalaydigan gapni, ya’ni reja qismini topishda) qahramonga tavsif berish (matndan qahramonning muayyan bir xususiyatini, harakatini tavsiflovchi materiallar tanlash)da, asar g‘oyasini aniqlash (g‘oyani anglatgan o‘rinni topib o‘qish)da tatbiq etiladi. 2. O‘quvchilarning berilgan savol va topshiriqlarga o‘z so‘zlari bilan javob berishi. Mashqning bu turi o‘quvchilarda o‘qilganlar yiizasidan muhokama yuritish ko‘nikmasini o‘stirishga, asarda qatnashuvchi qahramonlarni baholashga, muallif tasvirlagan hayotiy lavhalar bilan asar g‘oyasi o‘rtasidagi bog‘lanishni aniqlashga imkon beradi. Ishning bu turida beriladigan savollar ma’lum maqsadga yo‘naltirilgan va rnuayyan izchillikda bo‘lishi, o‘quvchilarni mustaqil fikriashga undashi lozim. Boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida savol va topshiriqlar qaysi maqsadga yo‘naltirilganiga ko‘ra quyidagicha tasnif qilinadi:  
 
1. Asar mazmunini o‘zlashtirish va qayta hikoyalashga doir savol-topshiriqlar. 
2. Asar tilini o‘rganish va o‘zlashtirishga doir savol-topshiriqlar. 
Sabab-natija tarzidagi savollardan ham foydalaniladi. Agar o‘qituvchi asar 
g‘oyasini tushunishda o‘quvchilarga yordam berishni ko‘zda tutsa, savol sabab-
natija tarzida bo‘ladi. Anvar Obidjonning ,,Odobli bo‘lish osonmi?" ertagi (4-sinf) 
g‘oyasi o‘quvchilarni salomlashish odobi bilan tanishtirish, ularda muomala 
madaniyatini tarbiyalashdir. Ertakdagi asosiy fikrni aniqlash uchun o‘qituvchi 
,,Anvar Obidjon aytmoqchi bo‘lgan salom berish mavridlarini o‘z’so‘zingiz bilan 
aytib bering", ,,Nima uchun echki sichqonga nasihat qildi?", ,,Toshbaqaning 
sichqoncha haqidagi fikrini gapirib bering" kabi savol-topshiriqlardan foydalanishi 
mumkin. Qambar O‘tayevning ,,Non qayerdan keladi?" (4-sinf) she’ri asosida esa 
,,Non nima? Uni ta’riflang", ,,Non qayerdan kelar ekan?", ,,Nonni nima uchun 
qadrlash kerak?" kabi savol-topshiriqlardan foydalanish katta ahamiyat kasb etadi. 
Boshlang‘ich sinflarda savol-topshiriqlarga javob berishga katta o‘rin berilgan. 
O‘qituvchining vazifasi anashu savol-topshiriqlar ustida ishlash usullarini oldindan 
belgilab olishdir. Ijodiy xarakterdagi savollar o‘quvchilarni mustaqil fikriashga 
undaydi. 4-sinf ,,O‘qish kitobi"dan o‘rin olgan ,,Qodir bilan Sobir" matni yuzasidan 
o‘quvchilarni o‘z fikrini aytishga undovchi ,,Sobir o‘qishdan kechikish sababini 
ochiq aytib to‘g‘ri qildimi?", „Uning o‘mida siz bo‘lganingizda nima qilar-dingiz?" 
kabi savollar o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatlarini, og‘zaki nutqini o‘stiradi va 
matnni yaxshi o‘zlashtirishlariga yordam beradi. Asardagi voqealar tizimiga oid 
savol-topshiriqlar tuzish va undan tahlil jarayonida ijodiy foydalanish ham katta 
ahamiyatga ega. Masalan, 4-sinf ,,O‘qish kitobi"dagi Qudrat Hikmatning ,,Bahor" 
she’ri asosida ,,She’rda dastlab nimalar haqida gapiriladi?", ,,She ‘rdagi fikr 
yuritilgan narsalami ketma-ket aytib bering", ,,Shoir bahomi tasvirlashda qanday 
tasvir usullaridanfoydalangan?"kabi savol-topshiriqlardan foydalanish o‘quvchilar 
faolligini oshiradi. 
Savol-topshiriqlar ustida jamoa, juft va yakka tartibda ishlash mumkin. 
3. O‘quvchilarni savol tuzishga o‘rgatish. O‘quvchilarni savol tuzishga 
o‘rgatish matn ustida ishlashda yaxshi natija beradi. Metodist olimlarning fikricha, 
to‘g‘ri berilgan savolda yarim javob tayyor bo‘ladi. O‘quvchilar matnni ongli 
1. Asar mazmunini o‘zlashtirish va qayta hikoyalashga doir savol-topshiriqlar. 2. Asar tilini o‘rganish va o‘zlashtirishga doir savol-topshiriqlar. Sabab-natija tarzidagi savollardan ham foydalaniladi. Agar o‘qituvchi asar g‘oyasini tushunishda o‘quvchilarga yordam berishni ko‘zda tutsa, savol sabab- natija tarzida bo‘ladi. Anvar Obidjonning ,,Odobli bo‘lish osonmi?" ertagi (4-sinf) g‘oyasi o‘quvchilarni salomlashish odobi bilan tanishtirish, ularda muomala madaniyatini tarbiyalashdir. Ertakdagi asosiy fikrni aniqlash uchun o‘qituvchi ,,Anvar Obidjon aytmoqchi bo‘lgan salom berish mavridlarini o‘z’so‘zingiz bilan aytib bering", ,,Nima uchun echki sichqonga nasihat qildi?", ,,Toshbaqaning sichqoncha haqidagi fikrini gapirib bering" kabi savol-topshiriqlardan foydalanishi mumkin. Qambar O‘tayevning ,,Non qayerdan keladi?" (4-sinf) she’ri asosida esa ,,Non nima? Uni ta’riflang", ,,Non qayerdan kelar ekan?", ,,Nonni nima uchun qadrlash kerak?" kabi savol-topshiriqlardan foydalanish katta ahamiyat kasb etadi. Boshlang‘ich sinflarda savol-topshiriqlarga javob berishga katta o‘rin berilgan. O‘qituvchining vazifasi anashu savol-topshiriqlar ustida ishlash usullarini oldindan belgilab olishdir. Ijodiy xarakterdagi savollar o‘quvchilarni mustaqil fikriashga undaydi. 4-sinf ,,O‘qish kitobi"dan o‘rin olgan ,,Qodir bilan Sobir" matni yuzasidan o‘quvchilarni o‘z fikrini aytishga undovchi ,,Sobir o‘qishdan kechikish sababini ochiq aytib to‘g‘ri qildimi?", „Uning o‘mida siz bo‘lganingizda nima qilar-dingiz?" kabi savollar o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatlarini, og‘zaki nutqini o‘stiradi va matnni yaxshi o‘zlashtirishlariga yordam beradi. Asardagi voqealar tizimiga oid savol-topshiriqlar tuzish va undan tahlil jarayonida ijodiy foydalanish ham katta ahamiyatga ega. Masalan, 4-sinf ,,O‘qish kitobi"dagi Qudrat Hikmatning ,,Bahor" she’ri asosida ,,She’rda dastlab nimalar haqida gapiriladi?", ,,She ‘rdagi fikr yuritilgan narsalami ketma-ket aytib bering", ,,Shoir bahomi tasvirlashda qanday tasvir usullaridanfoydalangan?"kabi savol-topshiriqlardan foydalanish o‘quvchilar faolligini oshiradi. Savol-topshiriqlar ustida jamoa, juft va yakka tartibda ishlash mumkin. 3. O‘quvchilarni savol tuzishga o‘rgatish. O‘quvchilarni savol tuzishga o‘rgatish matn ustida ishlashda yaxshi natija beradi. Metodist olimlarning fikricha, to‘g‘ri berilgan savolda yarim javob tayyor bo‘ladi. O‘quvchilar matnni ongli  
 
o‘zlashtira olsalargina, matn yuzasidan savol bera oladilar. O‘quvchilarga savol 
tuzishni o‘rgatishni 2-sinfdan bosh-lash maqsadga muvofiqdir. 
O‘quvchilarni ongli ravishda savol tuzishga o‘rgatish uchun o‘qituvchi matnga 
o‘zi tuzgan yoki ,,O‘qish kitobi"da berilgan savollarni tahlil qiladi. Tahlil uchun 
,,Nega u yoki bu savol qo‘yilgan?", ,,Unda kirn yoki nima haqida gap boradi?", 
,,Savol ko‘proq qaysi so‘zlar bilan boshlanadi?" kabi savollarni ishlatadi va matndan 
foydalangan holda bu savollarga javob berishni o‘rgatadi. Ikkinchidan, o‘qituvchi 
o‘quvchilar e’tiborini matnga savol tuzish yo‘liga qaratadi va savol tuzishdan oldin 
matnni diqqat bilan o‘qish, qatnashuvchi shaxslarni ko‘rsatish, savol tuziladigan 
qismni ajratish kerakligini tushuntiradi. Savol tuzishga o‘rgatishning boshlang‘ich 
bosqichida bu mashq jamoa bo‘lib bajariladi va ta’limiy xarakterda bo‘ladi; buning 
uchun qulayroq savpl ajratilib, nima uchun u qiziqarli ekani yoki, aksincha, noqulay 
bo‘lsa nima uchun noqulayligi tushuntiriladi. Masalan, 3-sinfda ,,Ahillik ulug‘ baxt" 
ertagida 
„ 
Odamlarning 
chaining 
bolalari 
haqidagi 
fikri 
yuzasidan 
savo/faЈ/>zg"topshirig‘i berilgach, o‘quvchilar ,,Odamlar aqlli chaining bolalari 
haqida nima deyishdi?" kabi savol tuzishlari mumkin. 
4-sinfda ,,Qovun sayli" (Sh. Sa’dulla) hikoyasi yuzasidan quyidagicha savol 
tuzish topshirig‘i beriladi: 
— Hikoyadagi birinchi xatboshini o‘qing va shu qism yuzasidan savol tuzing. 
— Hikoyadagi birinchi xatboshida qo‘llangan so‘zlarning ma’-nosini izohlash 
bo‘yicha savol-topshiriqlar tuzing. (Bejirim, serto‘r so‘zlarining ma’nosini izohlang) 
— Hikoya qahramonlari yuzasidan savollar tuzing. 
Keyinchalik o‘quvchilar muhokama va ijodiy savollar berishni ham o‘zlashtirib 
oladilar. 
4. Matnni tasvirlash. Matnni tasvirlash matn ustida ishlashda katta ahamiyatga 
ega bo‘lib, o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantiradi, undan to‘g‘ri 
foydalanish esa asarda yozuvchi tasvirlagan hayotiy manzaralarni o‘quvchilar aniq 
tasawur qilishlari uchun qulay imkoniyat yaratadi. Matnni ikki xil tasvirlash 
mumkin: 1) so‘z bilan tasvirlash; 2) grafik tasvirlash. 
So‘z bilan tasvirlash o‘ziga xos murakkab ish turi bo‘lib, unda manzarani so‘z 
yordamida aniq qayta tiklash talab etiladi. So‘z bilan tasvirlash, shuningdek, grafik 
tasvirlash uchun ham o‘quvchi matnni, undagi voqea sodir bo‘lgan vaziyatni, 
o‘zlashtira olsalargina, matn yuzasidan savol bera oladilar. O‘quvchilarga savol tuzishni o‘rgatishni 2-sinfdan bosh-lash maqsadga muvofiqdir. O‘quvchilarni ongli ravishda savol tuzishga o‘rgatish uchun o‘qituvchi matnga o‘zi tuzgan yoki ,,O‘qish kitobi"da berilgan savollarni tahlil qiladi. Tahlil uchun ,,Nega u yoki bu savol qo‘yilgan?", ,,Unda kirn yoki nima haqida gap boradi?", ,,Savol ko‘proq qaysi so‘zlar bilan boshlanadi?" kabi savollarni ishlatadi va matndan foydalangan holda bu savollarga javob berishni o‘rgatadi. Ikkinchidan, o‘qituvchi o‘quvchilar e’tiborini matnga savol tuzish yo‘liga qaratadi va savol tuzishdan oldin matnni diqqat bilan o‘qish, qatnashuvchi shaxslarni ko‘rsatish, savol tuziladigan qismni ajratish kerakligini tushuntiradi. Savol tuzishga o‘rgatishning boshlang‘ich bosqichida bu mashq jamoa bo‘lib bajariladi va ta’limiy xarakterda bo‘ladi; buning uchun qulayroq savpl ajratilib, nima uchun u qiziqarli ekani yoki, aksincha, noqulay bo‘lsa nima uchun noqulayligi tushuntiriladi. Masalan, 3-sinfda ,,Ahillik ulug‘ baxt" ertagida „ Odamlarning chaining bolalari haqidagi fikri yuzasidan savo/faЈ/>zg"topshirig‘i berilgach, o‘quvchilar ,,Odamlar aqlli chaining bolalari haqida nima deyishdi?" kabi savol tuzishlari mumkin. 4-sinfda ,,Qovun sayli" (Sh. Sa’dulla) hikoyasi yuzasidan quyidagicha savol tuzish topshirig‘i beriladi: — Hikoyadagi birinchi xatboshini o‘qing va shu qism yuzasidan savol tuzing. — Hikoyadagi birinchi xatboshida qo‘llangan so‘zlarning ma’-nosini izohlash bo‘yicha savol-topshiriqlar tuzing. (Bejirim, serto‘r so‘zlarining ma’nosini izohlang) — Hikoya qahramonlari yuzasidan savollar tuzing. Keyinchalik o‘quvchilar muhokama va ijodiy savollar berishni ham o‘zlashtirib oladilar. 4. Matnni tasvirlash. Matnni tasvirlash matn ustida ishlashda katta ahamiyatga ega bo‘lib, o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantiradi, undan to‘g‘ri foydalanish esa asarda yozuvchi tasvirlagan hayotiy manzaralarni o‘quvchilar aniq tasawur qilishlari uchun qulay imkoniyat yaratadi. Matnni ikki xil tasvirlash mumkin: 1) so‘z bilan tasvirlash; 2) grafik tasvirlash. So‘z bilan tasvirlash o‘ziga xos murakkab ish turi bo‘lib, unda manzarani so‘z yordamida aniq qayta tiklash talab etiladi. So‘z bilan tasvirlash, shuningdek, grafik tasvirlash uchun ham o‘quvchi matnni, undagi voqea sodir bo‘lgan vaziyatni,  
 
qatnashuvchilarning tashqi ko‘rinishini, xarakterli xususiyatlarini yaxshi bilishi 
zarur. So‘z bilan tasvirlashda so‘zlarni aniq tanlash talab qilinadi, bu esa o‘quvchilar 
nutqini rivojlantirishda foydali vositalardan biri hisoblanadi. 
Tasvirlashdan o‘qituvchi turli maqsadlarda, chunonchi, reja tuzishga asos 
sifatida, qayta hikoyalashga tayyorlashda, voqea yuz bergan sharoitni aniqlashda 
foydalanadi. Tasvirlashdan tnustaqil ish sifatida ham foydalaniladi: o‘qituvchi 
matnning ma’lum qismidan o‘quvchilarga juda ma’qul bo‘lgan manzarani so‘z bilan 
yoki grafik tasvirlashni, unga muallif so‘zini tanlashni hamda turli tabiat man-
zaralarini, qatnashuvchi kishilarning tashqi ko‘rinishini, voqea sodir bo‘lgan joylarni 
tasvirlashni topshiriq qilib berishi mumkin. 
Matnni so‘z bilan tasvirlashga o‘rgatishni darslikda berilgan rasmni matndagi 
shu rasmga mos qism bilan taqqoslab tasvirlashdan boshlash kerak. 
So‘z bilan tasvirlash bosqichma-bosqich, maxsus tayyorgarlikdan so‘ng amalga 
oshiriladi: 
1. Matndan manzara, vaziyat yoki qahramonlarning tashqi ko‘-rinishi 
tasvirlangan o‘rinlar aniqlanadi. 
2. Nisbiy tugallangan o‘rinlar ajratiladi. 
3. Tasvirlashga leksik-uslubiy tayyorgarlik ko‘riladi, ya’ni yozuvchi, 
shoir qo‘llagan lug‘aviy birliklarga o‘quvchilar diqqati tortiladi va ular tahlil 
qilinadi. Tasvirlashda so‘zni aniq tanlashga yordam beriladi. 
4. So‘z bilan tasvirlashga o‘rgatishning dastlabki paytida xattaxtaga 
foydalaniladigan so‘zlar yozib qo‘yilishi zarur. So‘z bilan tasvirlash qayta 
hikoyalashga aylanib qolmasligi lozim. 
Grafik tasvirlash ko‘proq uyda bajariladi. Buning uchun o‘quvchilar 
tasvirlanadigan matn qismini ajratadilar, uni diqqat bilan o‘qib chiqadilar, 
mazmunini o‘zlashtiradilar va unga mos rasm chizadilar. Bunda o‘quvchilar bilan 
qanday ranglardan foydalanish, ranglar ifoda-laydigan ma’nolar bo‘yicha suhbat 
o‘tkaziladi. Rasmlar ko‘rgazmasi tashkil etiladi. Har bir rasm muallifi o‘zi chizgan 
rang tasvirini izohlab beradi. Kompyuterlashtirilgan sinflarda grafik tasvirlash sinfda 
ham bajartirilishi mumkin. Bunda o‘quvchilarning ijodiy yondashuvlariga imkon 
beriladi. 
qatnashuvchilarning tashqi ko‘rinishini, xarakterli xususiyatlarini yaxshi bilishi zarur. So‘z bilan tasvirlashda so‘zlarni aniq tanlash talab qilinadi, bu esa o‘quvchilar nutqini rivojlantirishda foydali vositalardan biri hisoblanadi. Tasvirlashdan o‘qituvchi turli maqsadlarda, chunonchi, reja tuzishga asos sifatida, qayta hikoyalashga tayyorlashda, voqea yuz bergan sharoitni aniqlashda foydalanadi. Tasvirlashdan tnustaqil ish sifatida ham foydalaniladi: o‘qituvchi matnning ma’lum qismidan o‘quvchilarga juda ma’qul bo‘lgan manzarani so‘z bilan yoki grafik tasvirlashni, unga muallif so‘zini tanlashni hamda turli tabiat man- zaralarini, qatnashuvchi kishilarning tashqi ko‘rinishini, voqea sodir bo‘lgan joylarni tasvirlashni topshiriq qilib berishi mumkin. Matnni so‘z bilan tasvirlashga o‘rgatishni darslikda berilgan rasmni matndagi shu rasmga mos qism bilan taqqoslab tasvirlashdan boshlash kerak. So‘z bilan tasvirlash bosqichma-bosqich, maxsus tayyorgarlikdan so‘ng amalga oshiriladi: 1. Matndan manzara, vaziyat yoki qahramonlarning tashqi ko‘-rinishi tasvirlangan o‘rinlar aniqlanadi. 2. Nisbiy tugallangan o‘rinlar ajratiladi. 3. Tasvirlashga leksik-uslubiy tayyorgarlik ko‘riladi, ya’ni yozuvchi, shoir qo‘llagan lug‘aviy birliklarga o‘quvchilar diqqati tortiladi va ular tahlil qilinadi. Tasvirlashda so‘zni aniq tanlashga yordam beriladi. 4. So‘z bilan tasvirlashga o‘rgatishning dastlabki paytida xattaxtaga foydalaniladigan so‘zlar yozib qo‘yilishi zarur. So‘z bilan tasvirlash qayta hikoyalashga aylanib qolmasligi lozim. Grafik tasvirlash ko‘proq uyda bajariladi. Buning uchun o‘quvchilar tasvirlanadigan matn qismini ajratadilar, uni diqqat bilan o‘qib chiqadilar, mazmunini o‘zlashtiradilar va unga mos rasm chizadilar. Bunda o‘quvchilar bilan qanday ranglardan foydalanish, ranglar ifoda-laydigan ma’nolar bo‘yicha suhbat o‘tkaziladi. Rasmlar ko‘rgazmasi tashkil etiladi. Har bir rasm muallifi o‘zi chizgan rang tasvirini izohlab beradi. Kompyuterlashtirilgan sinflarda grafik tasvirlash sinfda ham bajartirilishi mumkin. Bunda o‘quvchilarning ijodiy yondashuvlariga imkon beriladi.  
 
O‘quvchilar asar voqealari rivojini seriyali rasmlar asosida muayyan izchillikda 
tasvirlashlari ham, har bir rasm seriyasi ostida shu qismda ifoda etilgan muhim 
fikrlarni yozib qo‘yishlari ham mumkin. Bular asar matnini to‘liq qayta hikoyalash, 
shuningdek, o‘qilgan hikoya, maqolaning rejasini tuzish, matn mazmunini, uning 
tasviriy vosita-larini bilib olishga yordam beradi. 
5. Asar rejasini tuzish. Reja matn mazmunini ongli va chuqur tus-hunishda, 
asosiy fikrni ajratishda, voqealarning izchilligini belgilash-da, matn qismlarining 
o‘zaro bog‘lanishini tushunishda o‘quvchilarga yordam beradi. Reja ustida ishlash 
o‘quvchilar nutqi va tafakkurini o‘stiradi. Ular matnni mazmunan tugallangan 
qismlarga bo‘lishga va har bir qismning asosini topishga, ularga qisqa va aniq 
sarlavha topishga, uni reja qismi sifatida shakllantirishga o‘rganadilar. 
Reja tuzishga tayyorgarlik ishlari savod o‘rgatish davridayoq boshlanadi. 
Tayyorgarlik mashqining eng oddiy turi berilgan sarlavhalardan kichik matn 
mazmuniga mosini topib qo‘yish hisoblanadi. Bunday mashqqa o‘rgatishda 
o‘qituvchi sarlavha asosiy fikrni ifodalashini ta’kidlaydi, bplalar topgan sarlavhani 
tahlil qilib, u yoki bu sarlavha nima uchun mos yoki mos emasligini tushuntiradi. 
Reja tuzishga tayyorgarlik ishining ikkinchi turi o‘qituvchi rahbarligida tanlab o‘qish 
hisoblanadi, bolalar matndan o‘qituvchi bergan savolga javob bo‘ladigan o‘rinni 
topib o‘qiydilar. 
Reja 
tuzish 
,,oddiydan 
murakkabga" 
tamoyili 
asosida 
asta-sekin 
murakkablashtirilib, muayyan izchillikda o‘tkazib boriladi. O‘quvchilar 1-sinfda 
o‘qilgan kichik matnga o‘qituvchi rahbarligida so‘roq gap tar zida sarlavha 
tanlashlari, 2-sinfda kichik maqolaning rejasini o‘qituvchi rahbarligida so‘roq yoki 
darak gap tarzida tuzishlari, 3-sinfda o‘qilgan matn rejasini jamoa bo‘lib tuzishlari, 
4-sinfda mustaqil reja tuza olish-lari kerak. 
Rejaning eng oddiy shakli rasmli reja hisoblanadi. Buning uchun avval bolalar 
kitobda berilgan rasmlardan matn qismiga mosini tan-lashga va uni nomlashga 
o‘rgatiladi, keyin matn qismiga tayyor rasm berilmaydi, uni bolalarning o‘zlari so‘z 
bilan tasvirlaydilar. Hikoya o‘qiladi va qismlari bo‘yicha tahlil qilinadi, so‘ng 
o‘quvchilar matnning 1-qismini o‘qiydilar, o‘qituvchi ulardan qanday rasm chizish 
mumkin-ligini so‘raydi. Qolgan qismlari ustida ham ishlar shu tarzda ishlanadi. 
O‘quvchilar asar voqealari rivojini seriyali rasmlar asosida muayyan izchillikda tasvirlashlari ham, har bir rasm seriyasi ostida shu qismda ifoda etilgan muhim fikrlarni yozib qo‘yishlari ham mumkin. Bular asar matnini to‘liq qayta hikoyalash, shuningdek, o‘qilgan hikoya, maqolaning rejasini tuzish, matn mazmunini, uning tasviriy vosita-larini bilib olishga yordam beradi. 5. Asar rejasini tuzish. Reja matn mazmunini ongli va chuqur tus-hunishda, asosiy fikrni ajratishda, voqealarning izchilligini belgilash-da, matn qismlarining o‘zaro bog‘lanishini tushunishda o‘quvchilarga yordam beradi. Reja ustida ishlash o‘quvchilar nutqi va tafakkurini o‘stiradi. Ular matnni mazmunan tugallangan qismlarga bo‘lishga va har bir qismning asosini topishga, ularga qisqa va aniq sarlavha topishga, uni reja qismi sifatida shakllantirishga o‘rganadilar. Reja tuzishga tayyorgarlik ishlari savod o‘rgatish davridayoq boshlanadi. Tayyorgarlik mashqining eng oddiy turi berilgan sarlavhalardan kichik matn mazmuniga mosini topib qo‘yish hisoblanadi. Bunday mashqqa o‘rgatishda o‘qituvchi sarlavha asosiy fikrni ifodalashini ta’kidlaydi, bplalar topgan sarlavhani tahlil qilib, u yoki bu sarlavha nima uchun mos yoki mos emasligini tushuntiradi. Reja tuzishga tayyorgarlik ishining ikkinchi turi o‘qituvchi rahbarligida tanlab o‘qish hisoblanadi, bolalar matndan o‘qituvchi bergan savolga javob bo‘ladigan o‘rinni topib o‘qiydilar. Reja tuzish ,,oddiydan murakkabga" tamoyili asosida asta-sekin murakkablashtirilib, muayyan izchillikda o‘tkazib boriladi. O‘quvchilar 1-sinfda o‘qilgan kichik matnga o‘qituvchi rahbarligida so‘roq gap tar zida sarlavha tanlashlari, 2-sinfda kichik maqolaning rejasini o‘qituvchi rahbarligida so‘roq yoki darak gap tarzida tuzishlari, 3-sinfda o‘qilgan matn rejasini jamoa bo‘lib tuzishlari, 4-sinfda mustaqil reja tuza olish-lari kerak. Rejaning eng oddiy shakli rasmli reja hisoblanadi. Buning uchun avval bolalar kitobda berilgan rasmlardan matn qismiga mosini tan-lashga va uni nomlashga o‘rgatiladi, keyin matn qismiga tayyor rasm berilmaydi, uni bolalarning o‘zlari so‘z bilan tasvirlaydilar. Hikoya o‘qiladi va qismlari bo‘yicha tahlil qilinadi, so‘ng o‘quvchilar matnning 1-qismini o‘qiydilar, o‘qituvchi ulardan qanday rasm chizish mumkin-ligini so‘raydi. Qolgan qismlari ustida ham ishlar shu tarzda ishlanadi.  
 
O‘quvchilar chizgan rasmlariga nom (sarlavha) qo‘yadilar. Ular qo‘ygan nom 
sarlavha xattaxtaga reja qismi tarzida yozib boriladi. 
O‘quvchilar rasmli reja tuzishdan mantiqiy reja tuzishga o‘tadilar. Bunday reja 
tuzish quyidagi izchillikda o‘rgatiladi: 
1. O‘qituvchi qismlarga bo‘lingan matnga tanlab reja tuzadi va matn rejasining 
o‘rnini almashtirib, sarlavha tarzida xattaxtaning chap tomoniga yozib qo‘yadi. 
O‘quvchilar matnning l-qismini o‘qiydilar, shu qism mazmuniga mos sarlavhani 
topadilar, uni o‘qituvchi xattaxtaning o‘ng tomoniga yozadi. Ana shu tarzda 
xattaxtada o‘qilgan matnning rejasi hosil bo‘ladi. 
2. Matn qismlarini tahlil qilish jarayonida o‘quvchilar o‘qituvchi rahbarligida 
har bir qismdagi asosiy g‘oyani aniqlaydilar va unga sarlavha topadilar, o‘qituvchi 
sarlavhalarni reja tarzida xattaxtaga yozib boradi. 
3. Qismlarga bo‘linmagan matn tanlanadi, sarlavhalar matn rejasi tartibida 
xattaxtaga yoziladi. O‘quvchilarga berilgan sarlavhalardan foydalanib, matnni 
qismlarga bo‘lish topshiriladi. Ular matnni o‘qishadi va sarlavhalarga tegishli qismni 
ajratadilar. 
4. Qismlarga bo‘linmagan matn tanlanadi, sarlavhalar aralash tarzda xattaxtaga 
yoziladi. O‘quvchilarga yuqoridagiday qismlarga bo‘lish topshiriladi. O‘quvchilar 
matnni o‘qib, nisbiy tugallangan qismni ajratadilar va unga mos sarlavhani 
xattaxtadan tanlaydilar. Ish shu tarzda davom ettirilib, matn rejasi tuziladi. 
O‘quvchilarda reja tuzish ko‘nikmasi hosil bo‘lgach, 3-4-sinflarda ular matnni 
mustaqil ravishda qismlarga bo‘ladilar, har bir qismga reja tuzadilar. Rejani darak 
va atov gap tarzida shakllantiradilar, unda har bir qism bir turdagi gaplar shaklida 
bo‘lishi lozim. 
O‘quvchilar lug‘atini boyitish, nutqining hissiy ta’sirini kuchay-tirish, badiiy 
vositalardan foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish, nutq madaniyatini o‘stirish 
maqsadida asardagi badiiy vositalar ustida ishlanadi. Masalan, 4-sinf ,,O‘qish kitobi" 
darsligidagi ,,Kitobga ixlos" matnidagi badiiy vositalar ustida quyidagicha ishlash 
mumkin: 
Kartonga ko‘chma ma’noli so‘zlar yozib qo‘yiladi. Ularning ma’nosini 
izohlash bo‘yicha quyidagicha savol-topshiriqlar beriladi: 
O‘quvchilar chizgan rasmlariga nom (sarlavha) qo‘yadilar. Ular qo‘ygan nom sarlavha xattaxtaga reja qismi tarzida yozib boriladi. O‘quvchilar rasmli reja tuzishdan mantiqiy reja tuzishga o‘tadilar. Bunday reja tuzish quyidagi izchillikda o‘rgatiladi: 1. O‘qituvchi qismlarga bo‘lingan matnga tanlab reja tuzadi va matn rejasining o‘rnini almashtirib, sarlavha tarzida xattaxtaning chap tomoniga yozib qo‘yadi. O‘quvchilar matnning l-qismini o‘qiydilar, shu qism mazmuniga mos sarlavhani topadilar, uni o‘qituvchi xattaxtaning o‘ng tomoniga yozadi. Ana shu tarzda xattaxtada o‘qilgan matnning rejasi hosil bo‘ladi. 2. Matn qismlarini tahlil qilish jarayonida o‘quvchilar o‘qituvchi rahbarligida har bir qismdagi asosiy g‘oyani aniqlaydilar va unga sarlavha topadilar, o‘qituvchi sarlavhalarni reja tarzida xattaxtaga yozib boradi. 3. Qismlarga bo‘linmagan matn tanlanadi, sarlavhalar matn rejasi tartibida xattaxtaga yoziladi. O‘quvchilarga berilgan sarlavhalardan foydalanib, matnni qismlarga bo‘lish topshiriladi. Ular matnni o‘qishadi va sarlavhalarga tegishli qismni ajratadilar. 4. Qismlarga bo‘linmagan matn tanlanadi, sarlavhalar aralash tarzda xattaxtaga yoziladi. O‘quvchilarga yuqoridagiday qismlarga bo‘lish topshiriladi. O‘quvchilar matnni o‘qib, nisbiy tugallangan qismni ajratadilar va unga mos sarlavhani xattaxtadan tanlaydilar. Ish shu tarzda davom ettirilib, matn rejasi tuziladi. O‘quvchilarda reja tuzish ko‘nikmasi hosil bo‘lgach, 3-4-sinflarda ular matnni mustaqil ravishda qismlarga bo‘ladilar, har bir qismga reja tuzadilar. Rejani darak va atov gap tarzida shakllantiradilar, unda har bir qism bir turdagi gaplar shaklida bo‘lishi lozim. O‘quvchilar lug‘atini boyitish, nutqining hissiy ta’sirini kuchay-tirish, badiiy vositalardan foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish, nutq madaniyatini o‘stirish maqsadida asardagi badiiy vositalar ustida ishlanadi. Masalan, 4-sinf ,,O‘qish kitobi" darsligidagi ,,Kitobga ixlos" matnidagi badiiy vositalar ustida quyidagicha ishlash mumkin: Kartonga ko‘chma ma’noli so‘zlar yozib qo‘yiladi. Ularning ma’nosini izohlash bo‘yicha quyidagicha savol-topshiriqlar beriladi:  
 
- Birikmalarni o ‘qing. Tagiga chizilgan so ‘darning ma ‘nosiga diqqat qiling. 
Ularning qaysi ma ‘noda qo ‘llanganini izohlashga harakat qiling. 
olovning qip-qizil tillari - guaillab yonayotgan olovning yuqoriga bo‘ralab-
bo‘ralab ko‘tarilishi; 
olovning ... tillari osmonni yalar — baland ko‘tarilar; 
o‘zini o‘tga urmoqchi- olovning ichiga kirmoqchi. 
O‘quvchilarga yordam berish maqsadida shu so‘zlarni o‘z ma’nosida qo‘llab, 
taqqoslash uslubidan foydalanish mumkin: 
olovning tili — odamning till; 
odam tili bilan yalaydi — olov tili bilan osmonni yalaydi; 
o‘tga urmoqchi — bolani urmoqchi. 
Qaysi birikmada ,,til", ,,yalaydi", ,,uradi" so‘zlari o‘z ma’nosida, qaysi 
birikmada ko‘chma ma’noda qo‘llanganligi aniqlanadi. 
O‘xshatishlar ustida quyidagicha ishlanadi: gaplar oldindan xattaxtaga yoki 
kartonga yozib qo‘yiladi va ular yuzasidan topshiriq beriladi: 
- Gapni o‘qing. Alanga nimaga o‘xshatilyapti? 
... yong‘in borgan sari kuchayar, qimmatli kitoblarni ajdahodek yutayotgan 
alanga quturib, hujra eshigidan tutun aralash chiqib turar edi. 
- Parchani o‘qing. Suv alangaga qanday ta’sir qildi? Nima uchun? ...Chelaklab 
sepilgan suv unga kor qilmas, aksincha, moydek ta’sir qilayotgandek edi. 
- Quyidagiparchada Ibn Sinoning holati nimaga o‘xshatilyapti? 
...Ibn Sino xuddi yaqin kishisini ko‘rib, qabristondan qaytgan kishidek. boshini 
quyi solib, yarim-yorti kuygan bir necha kitobni qo‘ltiqlagan holda uyiga jo‘nadi... 
So‘ngra iboralar ustida ishlanadi. Bunda quyidagicha topshiriqlar beriladi: 
- Berilgan gaplarni o ‘qing, tagiga chizilgan iboralaming ma ‘nosiga diqqat 
qiling. Ularni bir so‘z bilan almashtirish mumkinmi? Yoki ular-ning ma’nosini 
boshqa so‘z bilan ifodalash mumkinmi? 
1. Askarlarning suroni quloqni qomatga keltiradi — qattiq eshitiladi. 
2. Kechasi uyqusi kelib, ko‘iiga qum tiqila boshlaganda ... — ko‘zi og‘riy 
boshlaganda, uyqusi kela boshlaganda. 
3. Ba’zilar mehnati bekorga ketayotganini ko‘rib, qo ‘llarini go ‘Itiqqa urdilar 
— ishonchini yo‘qotdilar. 
- Birikmalarni o ‘qing. Tagiga chizilgan so ‘darning ma ‘nosiga diqqat qiling. Ularning qaysi ma ‘noda qo ‘llanganini izohlashga harakat qiling. olovning qip-qizil tillari - guaillab yonayotgan olovning yuqoriga bo‘ralab- bo‘ralab ko‘tarilishi; olovning ... tillari osmonni yalar — baland ko‘tarilar; o‘zini o‘tga urmoqchi- olovning ichiga kirmoqchi. O‘quvchilarga yordam berish maqsadida shu so‘zlarni o‘z ma’nosida qo‘llab, taqqoslash uslubidan foydalanish mumkin: olovning tili — odamning till; odam tili bilan yalaydi — olov tili bilan osmonni yalaydi; o‘tga urmoqchi — bolani urmoqchi. Qaysi birikmada ,,til", ,,yalaydi", ,,uradi" so‘zlari o‘z ma’nosida, qaysi birikmada ko‘chma ma’noda qo‘llanganligi aniqlanadi. O‘xshatishlar ustida quyidagicha ishlanadi: gaplar oldindan xattaxtaga yoki kartonga yozib qo‘yiladi va ular yuzasidan topshiriq beriladi: - Gapni o‘qing. Alanga nimaga o‘xshatilyapti? ... yong‘in borgan sari kuchayar, qimmatli kitoblarni ajdahodek yutayotgan alanga quturib, hujra eshigidan tutun aralash chiqib turar edi. - Parchani o‘qing. Suv alangaga qanday ta’sir qildi? Nima uchun? ...Chelaklab sepilgan suv unga kor qilmas, aksincha, moydek ta’sir qilayotgandek edi. - Quyidagiparchada Ibn Sinoning holati nimaga o‘xshatilyapti? ...Ibn Sino xuddi yaqin kishisini ko‘rib, qabristondan qaytgan kishidek. boshini quyi solib, yarim-yorti kuygan bir necha kitobni qo‘ltiqlagan holda uyiga jo‘nadi... So‘ngra iboralar ustida ishlanadi. Bunda quyidagicha topshiriqlar beriladi: - Berilgan gaplarni o ‘qing, tagiga chizilgan iboralaming ma ‘nosiga diqqat qiling. Ularni bir so‘z bilan almashtirish mumkinmi? Yoki ular-ning ma’nosini boshqa so‘z bilan ifodalash mumkinmi? 1. Askarlarning suroni quloqni qomatga keltiradi — qattiq eshitiladi. 2. Kechasi uyqusi kelib, ko‘iiga qum tiqila boshlaganda ... — ko‘zi og‘riy boshlaganda, uyqusi kela boshlaganda. 3. Ba’zilar mehnati bekorga ketayotganini ko‘rib, qo ‘llarini go ‘Itiqqa urdilar — ishonchini yo‘qotdilar.  
 
4. ... ko‘pchilikning hafsalasi pir bo‘ldi — ... ishini to‘xtatdi. 
5. ... kiyimi bilan o‘zi yonib ketishi titrgan gap edi — aniq edi. 
6. Oxiri baxayr bo‘lsin — yaxshilik bilan tugasin. 
7. ...nima to‘g‘risida bosh qotirayotganini bilib turibman — o‘ylayotganini; 
8. Bu yerda qolsam bir kuni meni chaqirib, oyog‘imga bolta uradi-lar — yo‘q 
qiladilar va shu kabilar. 
Hozir maktab tajribasida izohli o‘qish, ijodiy o‘qish, adabiy o‘qish usulidan, 
muammoli o‘qitish metodlaridan, ilg‘or pedagogik texnologiya, interaktiv 
metodlardan keng foydalanilmoqda. Masalan, A. Qodiriyning ,,Chin do‘st" 
hikoyasini o‘rganishda izohli o‘qish me-todidan foydalanish mumkin. Chunki bu 
asar matnida o‘quvchilarga lug‘aviy ma’nosi tushunarsiz bo‘lgan so‘zlar uchraydi. 
Masalan, hikoyadagi saboqdosh, mirzaboshi, havolanmas, asrandi, g‘arq, holda, 
tnahdum, marsiya, xun, hamnishin, dildor, notavon, g‘urbatkabi so‘zlar izoh talab 
etadi. 
Metodik adabiyotlarda badiiy asar matnini tahlil qilishning uch usuli: badiiy 
asami yoiuvchiga ergashib yaxlit o‘rganish, obrazlar vositasida o‘rganish, mavzuli-
muammoli o‘rganish alohida ajratib ko‘rsatiladi. 
Boshlang‘ich sinflarda, asosan, matn asosidagi tahlildan foydala-niladi, ya’ni, 
o‘qituvchi asarni tahlil qilishda asar matniga asoslanadi. Uni o‘zgartirmagan holda 
undagi ma’noni, jozibani o‘quvchilarga yetkazib beradi. 
Boshlang‘ich sinflarda muammoli tahlil usulidan ham foydalanish mumkin. 
Masalan, ,,Bobur va Humoyun" hikoyasini o‘rganishda o‘quvchilarga ,,Bobuming 
aytgan gaplari o‘rinlimi?", ,,Hikoyadagiday holat sodir bo‘lishi mumkinmi?" kabi 
muammoli savollar berish o‘rinli bo‘ladi. O‘quvchilar asarni ichda o‘qiydilar, jamoa 
bo‘lib fikr alma-shadilar, bahslashadilar. Bahs davomida o‘quvchilar ma’naviy 
olamida ham, aqliy dunyosida ham muayyan o‘zgarishlar, rivojlanishlar sodir 
bo‘ladi. Asar tahlilida qo‘llanadigan tanlab o‘qish, unga munosabat bildirish, 
munosabatlarning turli xilda bo‘lishi ham munozarani keltirib chiqaradi. Munozarali 
o‘rin muammoni yuzaga keltiradi. Endi o‘quv jarayoni oldida muammoni to‘g‘ri hal 
etish vazifasi turadi. 
Shunday qilib, boshlang‘ich sinflarda ham badiiy asar matnini tahlil qilishda, 
umuinan, badiiy asarlarni o‘rganishda o‘quvchi shaxsiga kuchli ta’sir qiluvchi, 
4. ... ko‘pchilikning hafsalasi pir bo‘ldi — ... ishini to‘xtatdi. 5. ... kiyimi bilan o‘zi yonib ketishi titrgan gap edi — aniq edi. 6. Oxiri baxayr bo‘lsin — yaxshilik bilan tugasin. 7. ...nima to‘g‘risida bosh qotirayotganini bilib turibman — o‘ylayotganini; 8. Bu yerda qolsam bir kuni meni chaqirib, oyog‘imga bolta uradi-lar — yo‘q qiladilar va shu kabilar. Hozir maktab tajribasida izohli o‘qish, ijodiy o‘qish, adabiy o‘qish usulidan, muammoli o‘qitish metodlaridan, ilg‘or pedagogik texnologiya, interaktiv metodlardan keng foydalanilmoqda. Masalan, A. Qodiriyning ,,Chin do‘st" hikoyasini o‘rganishda izohli o‘qish me-todidan foydalanish mumkin. Chunki bu asar matnida o‘quvchilarga lug‘aviy ma’nosi tushunarsiz bo‘lgan so‘zlar uchraydi. Masalan, hikoyadagi saboqdosh, mirzaboshi, havolanmas, asrandi, g‘arq, holda, tnahdum, marsiya, xun, hamnishin, dildor, notavon, g‘urbatkabi so‘zlar izoh talab etadi. Metodik adabiyotlarda badiiy asar matnini tahlil qilishning uch usuli: badiiy asami yoiuvchiga ergashib yaxlit o‘rganish, obrazlar vositasida o‘rganish, mavzuli- muammoli o‘rganish alohida ajratib ko‘rsatiladi. Boshlang‘ich sinflarda, asosan, matn asosidagi tahlildan foydala-niladi, ya’ni, o‘qituvchi asarni tahlil qilishda asar matniga asoslanadi. Uni o‘zgartirmagan holda undagi ma’noni, jozibani o‘quvchilarga yetkazib beradi. Boshlang‘ich sinflarda muammoli tahlil usulidan ham foydalanish mumkin. Masalan, ,,Bobur va Humoyun" hikoyasini o‘rganishda o‘quvchilarga ,,Bobuming aytgan gaplari o‘rinlimi?", ,,Hikoyadagiday holat sodir bo‘lishi mumkinmi?" kabi muammoli savollar berish o‘rinli bo‘ladi. O‘quvchilar asarni ichda o‘qiydilar, jamoa bo‘lib fikr alma-shadilar, bahslashadilar. Bahs davomida o‘quvchilar ma’naviy olamida ham, aqliy dunyosida ham muayyan o‘zgarishlar, rivojlanishlar sodir bo‘ladi. Asar tahlilida qo‘llanadigan tanlab o‘qish, unga munosabat bildirish, munosabatlarning turli xilda bo‘lishi ham munozarani keltirib chiqaradi. Munozarali o‘rin muammoni yuzaga keltiradi. Endi o‘quv jarayoni oldida muammoni to‘g‘ri hal etish vazifasi turadi. Shunday qilib, boshlang‘ich sinflarda ham badiiy asar matnini tahlil qilishda, umuinan, badiiy asarlarni o‘rganishda o‘quvchi shaxsiga kuchli ta’sir qiluvchi,  
 
ularning saviyasiga mos, bilimlarning o‘zlashtirilishini ta’minlovchi metod va 
usullardan, tahlil turlaridan foydalanish mumkin. 
 
ularning saviyasiga mos, bilimlarning o‘zlashtirilishini ta’minlovchi metod va usullardan, tahlil turlaridan foydalanish mumkin.