O‘qitish metodlari va ularning klassifikatsiyasi
Reja:
1. O‘qitish metodlarining tavsifi.
2. Tabiiy fanlarni o‘qitishda foydalaniladigan metodlar.
3. Og‘zaki metodlar.
4. Ko‘rgazmali metodlar.
5. Interfaol metodlar
6. Dars strukturasi (tuzilishi)
Butun ta’lim-tarbiya tizimi, mazmuni, metodlar va tarbiyaning barcha
murakkab kompleksi darsda amalga oshadi. Dars – о‘qituvchining yoshi va
tayyorgarligi bir xil bо‘lgan doimiy о‘quvchilar jamoasi, sinf bilan davlat dasturi va
qat’iy jadval bо‘ytcha olib boradigan, ta’lim-tarbiya ishlarini tashkil etishning asosiy
shaklidir.
Tabiiy fanlar darslarida о‘quvchilar о‘qituvchi rahbarligida davlat dasturiga
muvofiq muayyan tizim va izchillikda nazariy bilim va amaliy o’quv hamda
kо‘nikmalarga ega bо‘lib boradilar. Darslar davomida ekskursiyalarga borishga,
tirik tabiat burchagida kuzatish va tajribalar о‘tkazishga, biologik kechalar tashkil
qilishga, sinfdan tashqari о‘qishlarga zarurat tug‘iladi.
Ta’lim-tarbiya vazifalari asosan darsda hal qilinadi. О‘qituvchining butun
pedagogik faoliyati dars bilan bog‘liq holda boradi, uning barcha ish tizimi
hamdarsda yaqqol namoyon bо‘ladi. Shuningdek biologiya о‘qitishning hamma
asosiy qoidalari darslarda о‘z tadbiqini topadi. Hozirgi zamon darsi uchun uning
vazifalarini keng kо‘lamda talqin qilinishi xarakterlidir. Har bir dars dasturda
mо‘ljallangan ma’lumotlar yig‘indisini о‘quvchilar ongiga yetkazish bilan birga,
bola shaxsini shakllantirishga, unda ilmiy dunyoqarashni rivojlantirishga va sog‘lom
ahloqni tarbiyalashga, uni har tomonlama rivojlantirishga, ayniqsa о‘quvchining
bilish (idrok qilish) qobiliyati hamda ijodiy mustaqilligini о‘stirishga qaratilgan
bо‘lishi kerak
Dars metodikasida uning mazmuni asosiy о‘rinni egallaydi. Odatda dars
mazmuni uning kо‘p qirrali vazifalariga mos bо‘lishi lozim. Bunda о‘quvchi
tafakkuri va ijodiy mustaqillini rivojlantirilishi uchun mо‘ljallangan muammoli
masalalar alohida ahamiyat kasb etadi.
Dars strukturasi. Dars strukturasi bu darsdagi biri-biriga uzviy bog‘langan
asosiy bosqichlarning joylanish tartibi va mavzu mazmunidagi muhim
masalalarning mantiqiy izchilligidir. Dars strukturasi о‘qitish metodlariga bog‘liq.
Shuning uchun u dars mazmuni, undagi asosiy qismlar va bu qismlarda
qо‘llaniladigan metodlarni aks ettirishi kerak.
Strukturasi jig‘atdan tabiiy fanlardagi darslar g‘oyat xilma-xildir, shunga
qaramay umumiylikka ega. Didaktikada dars strukturasining quyidagi elementlari
qaror topgan:
1. Tashkiliy qism.
2. Oldingi dars materiallari bо‘yicha sо‘rash.
3. Dars mavzusini о‘rganish.
4. О‘tilganlarni mustahkamlash
5. Uyga vazifa berish.
Tashkiliy qismda о‘qituvchi salomlashish vositasida sinf о‘quvchilari bilan
bog‘lanish о‘rnatadi; davomatni aniqlaydi;о‘quvchilarning darsga tayyorligini
kо‘zdan kechiradi; zarurat bо‘lsa, sinfda tinchlik va tartib о‘rnatadi.
Oldingi dars materiali bо‘yicha sо‘rash darsning qiyin qismidir, chunki qisqa
vaqt ichida oldingi dars materiallari bо‘yicha о‘quvchilar bilimini aniqlash,
mustahkamlash kerak bо‘ladi.
Dars mavzusini о‘rganish shu darsning markaziy qismidir. Bunda
о‘quvchilarning bilimni asosan о‘zlashtirib olishlari ta’minlanadi (15-25 daqiqa).
О‘tilganlarni mustahkamlash ham darsning metodik jihatdan ancha qiyin qismi
hisoblanadi. Mustahkamlash kо‘pincha suhbat metodi bilan va ba’zan amaliy ishlar
bilan amalga oshiriladi (10 daqiqa). Uy vazifa berish bilan dars yakunlanadi.
Tabiiy fanlar darslarining tiplari va turlari.
Qо‘yilgan didaktik maqsadga qarab biologiya darslari uch tipga bо‘linadi:
1. Kirish darsi.
2. Mavzu mazmunini ochib beruvchi darslar.
3. Umumlashtiruvchi darslar.
Kirish darslarining maqsadi о‘quvchilarni kurs bо‘yicha yangi axborotlarni
qabul qilib olishga tayyorlash, xususan ularda yangi о‘quv materialiga qiziqish
uyg‘otishdir.
Mavzu mazmunini ochib beruvchi darslarda kursning asosiy masalalari
о‘rganiladi, mustahkamlanadi, о‘quvchilar bilimi tekshiriladi va baholanadi
Umumlashtiruvchi darslar о‘quvchi bilimini takrorlash, mustahkamlash, bir
tizimga solish vazifasini bajaradi.
Bilim manbai va shunga muvofiq qо‘llaniladigan metodlarga qarab tabiiy
fanlarda darslarning turlari belgilanadi:
1. Bayon va namoyish bilan о‘tkaziladigan dars.
2. Laboratoriya mashg‘ulotlari bilan о‘tkaziladigan dars
3. Ekskursiya darsi
4. Maktab о‘quv-tajriba uchastkasida amaliy ishlar bilan о‘tkaziladigan dars
5. Kino darsi
Bayon va namoyish bilan о‘tkaziladigan darslar
Bunday darslarda og‘zaki (ayniqsa hikoya, tushuntirish va suhbat) va
kо‘rgazmali vositalarni namoyish qilish metodlari yetakchidir. Odatda dars tashkiliy
ishlar bilan boshlanadi. Zaruratga qarab, oldingi dars materiali bо‘yicha sо‘rash
о‘tkaziladi. Keyin о‘quv materiali bayon qilinadi. О‘rganilayotgan о‘quv materiali
uning mazmuniga о‘arab, u yoki bu og‘zaki metodlar vositasida yoritib boriladi,
tayyorlab qо‘yilgan tegishli kо‘rgazmali vasitalar namoyish qilinadi. Keyin
mо‘ljallangan tartibda mustahkamlash о‘tkazilib, uyga vazifa beriladi. Darsning
bayon va namoyish bilan о‘tkazilishida о‘quvchilar tinglash, qо‘yilgan savollarga
javob berish, namoyish qilinayotgan kо‘rgazmalarni kо‘rish bilan faoliyatda
bо‘ladilar. Bunday darslarda о‘quvchilarning bilish (idrok о‘ilish) faoliyatlarini
faollashtirish uchun о‘qituvchidan g‘oyat katta mahorat talab etiladi.
Tabiiy fanlarni o‘qitish metodlari.
Tabiiy fanlarni о‘qitishda foydalaniladigan metodlar.
Metod - о‘qituvchi ma’lum fan bо‘yicha bilimlarini о‘quvchilar ongiga yetkazishi
va bu bilimlarni о‘quvchilar tomonidan о‘zlashtirib olish usulidir. О‘qitish metodi
orqali о‘qituvchi va о‘quvchi ma’lum maqsadga erishishi lozim. О‘qitish metodlari
aynan pedagogik jarayonda qо‘llaniladi va turli о‘qitish vositalari bilan uzviy
bog‘liq holda olib boriladi.
Quyida keltirdik: Metod tasnifi. Amaliy metod. Kо‘rgazmali metod. Og‘zaki metod.
Kitob bilan ishlash. Video metod. Tajriba о‘tkazish, mashq va masalalar yechish,
о‘quvchilarning ishlab chiqarish mehnati. Illyustratsiya, demonstratsiya (namoyish
kilish). О‘quvchilarni kuzatish. Tushuntirish, tushuncha berish, hikoya, suhbat, yо‘l-
yо‘riq kо‘rsatish. Ma’ruza, bahs-munozara, disput. О‘qish, о‘rganish, referat yozish,
kо‘z yugurtirish, qayd etish, bayon qilish, reja tuzish, konspekt yozish. Kо‘rish,
о‘qish, elektron о‘qituvchi nazoratida mashq va masalalar yechish
Tabiiy fanlarni о‘qitishda og‘zaki metodlar.
Ekologiyani о‘qitishda qо‘llaniladigan metodlardan og‘zaki metod asosiy
о‘rinlardan birini egallaydi. Og‘zaki bayon metodlari guruhi о‘z ichiga tushuntirish,
hikoya, suhbat, ma’ruza, bahs-munozara kabilarni oladi. Quyida ushbu
metodlarning tarkibiga kiruvchi metodik uslublar haqida tushuncha keltiramiz.
Tushuntirish metodi deganda, muayyan о‘rganilayotgan obyektni ayrim
tushunchalar va hodisalar, qonuniyatlarini og‘zaki talqin etish tushuniladi.
Tushuntirish - monologik shaklda bayon etishdir. Tushuntirish kо‘pincha turli
farqlarni nazariy materiallarini о‘rganishda kimyoviy, fizik, matematik teorema va
masalalarni yechishda, shuningdek, tabiat va jamiyatdagi hodisalarning sabab va
oqibatlarini ochib beradi. Ekologiyani о‘qitishda ushbu metoddan ekologik
qonuniyatlar, matematik modellashtirish, gipoteza, biotsenoz va ekotizim,
landshaftlardagi о‘zgarishlar hamda ijtimoiy ekologiya kursida: tabiat, jamiyat
tizimi, tabiat va jamiyat о‘rtasidagi munosabatlar, insonning tashqi muhit va boshqa
mavzularda foydalaniladi.
Hikoya metodi о‘quv materialini jonli, ob’yektlarga xos xususiyatlarini
bayon qilish, axborotning ilmiyligi, tushunarliligi, nutqning ravonligi va ifodaliligi
uslubi. Hikoya yangi mavzuning ifodali izchil bayon qilinishidir. Odatda, hikoya
darsni uncha katta bо‘lmagan qismini tashkil qilib, boshqa metodlarda suhbat, ekran
vositalarini namoyish qilish, kitob bilan ishlash va boshqalar bilan uygunlashib
ketadi.
Suhbat metodi suhbat savollarini ketma-ketlikda qо‘yish yordamchi va
qо‘shimcha savollarni о‘z vaqtida berish, о‘quvchilarni faollashtirish, о‘quvchilar
javobidagi xatolarni tо‘g‘rilash, xulosa va umumlashtirishni tarkib toptirish uslubi.
Ushbu metod о‘quvchilarga bilim berishda muhim rol о‘ynaydi. О‘qituvchi
о‘quvchilar oldiga savol va topshiriqlar qо‘yadi, suhbatning izchilligi va rejasini
belgilaydi. О‘quvchilar javoblarni tayyorlar ekan, berilgan savollar haqida fikr
yuritadi, mavjud bilimlarni safarbar qiladi, faol ijodiy fikr yuritadi. Suhbat metodi
yakunlovchi, umumlashtiruvchi va yangi mavzular о‘tgan materillar bilan
bog‘lovchi darslarda muhim ahamiyatga ega. Uqituvchining savoli о‘rganilayotgan
mavzudan kelib chiqqan holda о‘quvchilar e’tiborini eng muhim bilimlarini
о‘zlashtirib olishga yо‘naltirilgan bо‘ladi.
О‘qituvchi о‘quvchilarni suhbatda ishtirok etish darajasini ularga beriladigan
savollarni murakkablashtirib berish vositasida oshirib bordi. О‘qituvchining savoli
kо‘proq о‘quvchilarni mustaqil ishlatiig‘ga, mustaqil fikr yuritishga yо‘naltirilgan
bо‘lishi lozim.
Ma’ruza metodi katta hajmdagi materialni monologik usulda bayon etish
hisoblanadi. Ushbu uslub odatda о‘rta maxsus о‘quv yurtlari va kasb-hunar
kollejlarida foydalaniladi hamda darsning asosiy qismini egallaydi. Ma’ruzaning
afzalligi shundaki, mavzu materialini talabalar tо‘liqligicha, ya’ni о‘zaro
tugallangan holda о‘zlashtiradilar. Ma’ruza kirish, umumlashtiruvchi hamda
mavzuviy ma’ruzalarga ajratiladi. Bahs-munozara bu muayyan muammo bо‘yicha
о‘z fikr-mulohazalariga va qarashlariga ega bо‘lgan, boshqalar bilan о‘zaro
almashish imkonini beradigan о‘qitish metodidir. Ushbu metoddan talabalar ancha
yetuk, о‘z nuqtai nazariga ega bо‘lgan, teran fikrlay oladigan, о‘z mulohazalariii
erkin ayta oladigan hollarda foydalanishi mumkin. Bu metodning ta’lim-tarbiyaviy
ahamiyati juda katta. Unda tala- ba muammoni chuqur anglab yetishga, о‘zini fikrini
himoya qilishga о‘rganadi, shuningdek, о‘zgalar fikrlari bilan hisoblashadi.
Baxs-munozara-bu muayyan muammo bo‘yicha o‘z fikr-muloxazalariga va
qarashlariga ega bo‘lgan, boshqalar bilan o‘zaro almashish imkonini beradigan
o‘qitish metodidir.
Ushbu metoddan talabalar ancha yetuk,o‘z nuqtai nazariga ega bo‘lgan, teran
fikrlay oladigan, o‘z muloxazalarini erkin ayta oladigan hollarda foydalanish
mumkin.
Bu metodning ta’lim-tarbiyaviy ahamiyati juda katta. Unda talaba muammoni
chuqur anglab yetishiga, o‘zini fikrini himoya qilishga o‘rganadi, shuningdek
o‘zgalar fikrlari bilan hisoblanadi.
Ekologiyani о‘qitishda kо‘rgazmali metodlar.
Ekologiyani о‘qitish jarayonida kо‘rgazmali metodlardan foydalanish, о‘quv
materialini mazmunini yoritishda keng imkoniyat yaratadi. Ushbu metod orqaly
о‘quvchilar о‘qitiladigan mavzuning mazmunidan kelib chiqqan holda obyekt va
hodisalarni idrok etish, ularning о‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash va xulosa qilish
imkoniga ega bо‘ladilar. Kо‘rgazmali metodlar о‘qitish jarayonida og‘zaki, amaliy,
mantiqiy, muammoli metodlar bilan hamohang holda qо‘llaniladi. Kо‘rgazmali
metodlarning og‘zaki va amaliy metodlar bilan uyg‘unlashishi va ulardan о‘z
о‘rnida foydalanish, ekologiyani о‘qitishda yaxshi samara beradi. Masalan:
о‘kuvchilarning bilish faoliyati takomillashadi, о‘rganayotgan nazariy materiallarini
aniqlashtiradi, olingan nazariy bilimlarni turli ekologik obyektlar orqali kuzatish va
tajribalar qо‘yish imkoniyatiga ega bо‘ladi, shuningdek, о‘rganayotgan nazariy
materialini turli sxema, jadvallar asosida aniqlaydi va tasniflaydi. Ekologiyani
о‘qitishda kо‘rgazmali metodlarni shartli ravishda illyustratsiya va demonstratsiya
(namoyish etish) hamda kuzatish metodlariga ajratish mumkin. Illyustratsiya
metodi о‘quvchilarga har bir mavzuga oid plakatlar, rasmlar, jadvallar va doskadan
foydalanish va boshqalar orqali ifodalanadi. Demonstratsiya (namoyish etish)
metodi. Ushbu metod turi asboblarni namoyish etish, tajribalar qо‘yish, texnik
qurilmalar, kinofilmlar, diafilmlar va boshqalarning kо‘rsatish bilan bog‘liq.
Kuzatish metodi bu tirik organizmlarning tashqi muhit ga’sirida yuzaga
keladigan turli hodisalarni kо‘rish va idrok etish qamda о‘rganish demakdir. Ushbu
metodda о‘quvchilar uz kuzatishlari bо‘yicha tо‘plagan ma’lumotlari aqlan va his-
tuyg‘u orqali idrok eta olishlari orqali bilimga ega bо‘ladilar. Kuzatish metodi orqali
о‘quvchilar har bir mavzularga oid materiallarni, kо‘rgazmali vositalarni,
shuningdek, tirik organizmlarning tashqi muhitning о‘zgarishi bilan boradigan
munosabatlarini, organizm va muhit orasidagi о‘zaro bog‘liqlikni mustaqil
kuzatadilar va о‘rganadilar. Ushbu metod ham boshqa о‘qitish metodlari kabi
о‘quvchi va talabalarning olgan nazariy bilimlarini mustahkamlashda muhim
hisoblanadi.
Ekologiyani о‘qitishda videometoddan foydalanish. Videometod. Bu
metod hozirgi vaqtda о‘quv yurtlari amaliyotiga jadal ravishda kirib kelmoqda
(kodoskop, proyektlar, kinoapparatlar, о‘quv televideniyasi, videoplastinkalar va
videomagnitofonlar, shuningdek, kompyuter displeylari). Videometod nafaqat
bilimlarni berib qolmay, balki ularni nazorat qilish, mustahkamlash, takrorlash,
umumlashtirish,
sistemalashtirish,
ya’ni
barcha
didaktik
funksiyalarni
muvoffaqiyatli bajarishi mumkin.
Videometoddan о‘quv jarayonida foydalanish quyidagilarni ta’minlaydi:
1. О‘quvchilarga о‘rganilayotgan hodisa, jarayonlar haqida tо‘liq va ishonchli
ma’lumotlar beradi.
2. О‘quv jarayonida kо‘rgazmalilikning rolini oshiradi.
3. О‘quvchilarning istak va qiziqishlarini qondiradi.
4. О‘qituvchini о‘quvchilarning bilim, kо‘nikma va malakalari hamda boshqa
ishlarini nazorat qiladi.
5. Muloqot samaradorligini oshiradi. 6. Nazoratni tо‘liq va sistemali tashkil
etish hamda о‘zlashtirishni tо‘gri baholashga imkon beradi.
Videometodning didaktik va tarbiyaviy vazifalari.
Videometodning didaktik va tarbiyaviy vazifalari quyidagilarda namoyon bо‘ladi:
1. Yangi materiallarni bayon qilish, xususan (juda sekin ketadigan jarayonlar,
masalan biror ekologik omilning obyektga ta’sir etishi, hamjamoalarda
suksessiyalar, shuningdek, tez kuzatiladigan jarayonlar, ma’lum bir populyatsiyalar
sonining ortib ketishi, ekologik halokatlar va boshqalar).
2. Harakatlarning dinamikasini о‘zgarishlarni tushuntirish, (populyatsiyalarning
dinamikasi, ekotizimlarning dinamikasini misol qilish mumkin).
3. Video hujjatlarni ekologiya darslarida kо‘rsatish (ijtimoiy ekologiya, inson
ekologiyasi bо‘limlari).
4. Test nazoratlarini tashkil etish.
5. Turli jarayonlarni modellashtirish, mashq masalalarni va boshqalarni bajarish.
Videometoddan foydalanish, urganiladigan materillarni eng muhim tomonlarini
о‘rganishga imkon beradi, о‘zlashtirishning qulay sharoitlarini yaratadi, ayniqsa,
multiplikatsiyaga ega bо‘lib, qiyin о‘zlashtiriladigan mavzularni о‘rganish imkonini
beradi. Ushbu metodning samardorligi о‘qituvchining mahoratiga uncha bog‘liq
emas, aksincha, video materialni texnik vosita yordamidagi sifatiga bog‘liq.
Videometod о‘quv jarayonini tashkil etishga katta talablar kо‘yadi, ya’ni bunda
maqsadga yо‘naltirilganlik, mantiqiylik va aniqliklar talab etiladi.
Ekologiyani о‘qitishda darslik va kitob bilan ishlash.
Ushbu metod eng muhim metodlardan biri hisoblanib, u asosan talabalarni
kitob bilan mustaqil ishlashga о‘rgatadi. Darslik va kitob bilan mustaqil ishlashning
bir qator usullari mavjud bо‘lib, ulardan eng muhimlari: 1. Konspekt olish. 2. Matn
rejasini tuzish. 3. Tezis yozish. 4. Matndan sitata keltirish. 5. Qisqacha mazmunini
bayon qilish 6. Taqriz qilish. 7. Ma’lumotnoma tuzish. 8. Rasmiy, mantiqiy model
tuzish 9. Mavzuviy tezaurus tuzish 10. Nusxalar g‘oyasini tuzish.
1. Konspekt olish-о‘qilgan materialni mazmunini qisqacha yozish, bayon
etish. 2. Matn rejasini tuzish - reja oddiy yoki murakkab bо‘lishi mumkin. Reja
tuzish uchun о‘qib chiqilgan matnni bir necha qismlarga bо‘lib, sarlavha qо‘yib
chiqiladi. 3. Tezis yozish - о‘qib chiqilgai fikrlarni qisqacha bayon etish. 4. Matndan
kо‘chirma (sitata) keltirish - matndan sо‘zma-sо‘z kо‘chirish (albatta, bu yerda
muallif, ishning nomi, nashriyoti, nashr) berilgan yili va betlarni kо‘rsatilishi kerak).
5. Qisqacha mazmunni (annotatsiya) bayon qilish - о‘qilgan materialni mazmunini
saqlagan holda qisqacha bayon etish. 6. Taqriz yozish (retsenziya) - о‘qilgan
materialga qisqacha yozma taqriz berish. 7. Ma’lumotnoma tuzish - tо‘plangan
material asosidagi ma’lumotlar. Ma’lumotlar sarhisob, biogeografik tushunchalar
bо‘yicha lug‘aviy, geografik bо‘lishi mumkin. 8. Rasmiy mantiqiy model tuzish.
О‘qilgan materialni og‘zaki sxematik tasviri. 9. Mavzuviy (tezaurus) tuzish.
Mavzuning biror bо‘limi bо‘yicha tayanch tushunchalarining tartiblashtirilgan
majmui. 10. Nushalar goyasini tuzish.
Turli mualliflarning asarlaridagi bir xil narsalar va hodisalarning qiyosiy
tavsifi. Darslik va kitob bilan ishlash metodining о‘ziga xos xususiyatlari shundan
iboratki, ushbu metod orqali о‘quvchi va talabalar о‘quv topshiriqlarini mustaqil
о‘zlari bajaradilar.
Ekologiyani o‘qitishda ko‘rgazmali metodlar.
Ekologiyani o‘qitish jarayonida ko‘rgazmali metodlardan foydalanish, o‘quv
materialini mazmunini yoritishda keng imkoniyat yaratadi. Ushbu metod orqali
o‘quvchilar o‘qitiladigan mavzuning mazmunidan kelib chiqqan holda obyekt va
hodisalarni idrok etish, ularning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash va xulosa qilish
imkoniga ega bo‘ladilar.
Ko‘rgazmali metodlar o‘qitish jarayonida og‘zaki, amaliy mantiqiy,
muammoli metodlar bilan hamoxang holda qo‘llaniladi.
Ko‘rgazmali metodlarning og‘zaki va amaliy metodlar bilan uyg‘unlashishi
va ulardan o‘z o‘rnida foydalanish, ekologiyani o‘qitishda yaxshi samara beradi.
Masalan: o‘quvchilarning bilish faoliyati takomillashadi, o‘rganayotgan nazariy
materiallarini aniqlashtiradi, olingan nazariy bilimlarni turli ekologik obyektlar
orqali kuzatish va tajribalar qo‘yish imkoniyatiga ega bo‘ladi, shuningdek
o‘rganayotgan nazariy materialini turli sxema, jadvallar asosida aniqlaydi va
tasniflaydi.
Tabiiy fanlarni o‘qitishda ko‘rgazmali metodlarni shartli ravishda
illyustratsiya va demonstratsiya (namoyish etish) hamda kuzatish metodlariga
ajratish mumkin.
Illyustratsiya metodi o‘quvchilarga har bir mavzuga oid plakatlar, rasmlar,
jadvallar va doskadan foydalanish va boshqalar orqali ifodalanadi.
Demonstratsiya (namoyish etish) metodi.
Ushbu metod turi asboblarni namoyish etish tajribalar qo‘yish, texnik
qurilmalar, kinofilmlar, diafilmlar va boshqalarning ko‘rsatish bilan bog‘liq.
Kuzatish metodi - bu tirik organizmlarning tashqi muhit ta’sirida yuzaga
keladigan turli hodisalarning ko‘rish va idrok etish hamda o‘rganish demakdir.
Ushbu metodda o‘quvchilar o‘z kuzatishlari bo‘yicha to‘plagan ma’lumotlari aqlan
va his tuyg‘u orqali idrok eta olishlari orqali bilimga ega bo‘ladilar.
Kuzatish metodi orqali o‘quvchilar har bir mavzularga oid materillarning
ko‘rgazmali vositalarni, shuningdek tirik organizmlarning tashqi muhitning
o‘zgarishi bilan boradigan munosabatlarini orgnizm va muhit orasidagi o‘zaro
bog‘liqlikni mustaqil kuzatadilar va o‘rganadilar.
Ushbu metod ham boshqa o‘qitish metodlari kabi o‘quvchi va talabalarning
olgan nazariy bilimlarini mustahkamlashda muhim hisoblanadi.