O‘QITISH TEXNOLOGIYASI: TIZIMLI KOMPONENTLARI, ISHLAB CHIQISHNING VA AMALGA OSHIRISHNING PROTSESSUAL TUZILISHI
Yuklangan vaqt
2024-06-26
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
21
Faytl hajmi
158,0 KB
O‘QITISH TEXNOLOGIYASI: TIZIMLI KOMPONENTLARI, ISHLAB
CHIQISHNING VA AMALGA OSHIRISHNING PROTSESSUAL
TUZILISHI
I. Reja:
1. O‘qitish texnologiyasi – pedagogik tizim komponenti.
2. O‘qitish texnologiyasi (elementli) tuzilishi.
3. O‘qitish texnologiyasining funksional tuzilishi.
4. O‘qitish texnologiyasining loyixalashtirish va amalga oshirish algoritmi.
5. Maqsadlashtirish.
II. Asosiy turkum va tushunchalar:
Model, tuzilish, komponent (tarkibiy qismlar), element (belgilar), funksional
tuzilish, loyixalashtirish, maqsadlashtirish, maqsad, vazifa, natija.
1. O‘qitish texnologiyasi – pedagogik tizim komponenti
Tizim – uning ichki tuzilishini yaratadigan, elementlarning uzviy bog‘langan va
o‘zaro xarakatdagi qat’iy bir tartibini tashkil etgan bir butun ob’ektdir. Bu aniq
bir maqsadga yo‘naltirilgan faoliyatning ishlab turuvchi tuzilishi.
Pedagogik tizim - quyidagi komponentlardan tarkib topgan:
1. Ta’lim beruvchi – o‘qituvchi, ustoz, ishlab chiqarish ta’limi ustasi.
2. Ta’lim oluvchilar – talaba, qatnashchi, tinglovchi.
3. Maqsad - ta’lim olish, ya’ni ta’limning nimaga intilishi.
4. Natija – (1) bu ta’limning nimaga kelishi: bu ta’lim jarayonining vaqti
tugagandan so‘ng ta’lim oluvchi nimani bilishi, bila olishi va qadrlashi shart; (2)
ta’lim jarayonini ketishi samarasini namoyon qiladi, maqsadga erishish darajasini
tavsiflab beradi. O‘qitish va bilim olish jarayoni natijalari qo‘yilgan maqsadga mos
kelgandagina tugaydi.
5. O‘quv axborotlar mazmuni – ta’limning predmet bo‘yicha mazmunini
xosil qiluvchi darslik va o‘quv adabiyotlar matnlarini, lug‘atlar, axborot manbalarini
o‘z ichiga oladi. O‘quv dasturlari bilan aniqlanadi va ta’lim beruvchi tomonidan
maqsadga qarab tuzatish kiritiladi.
6. O‘qitish texnologiyasi – (1) ta’lim modeli: ta’lim berish usullari, shakllari
va vositalari; yo‘llari va vositalari (2) kommunikatsiya, (3) axborotlar va (4)
boshqarish.
7. Analitik-natijaviy komponentlar (tarkibiy qismlari) – o‘qitish
texnologiyasida olingan natijalarning samaraliligi va optimalliligini (osonligini)
o‘lchash yo‘llari va vositalari.
Agar pedagogik tizim tuzilishining biron-bir komponenti yo‘q bo‘lsa, unda
ta’lim jarayonining o‘zi bo‘lmaydi yoki u zararli natija beradi. Yoki bo‘lmasa,
samarali natija tasodifiy bo‘lishi mumkin.1.1. Pedagogik tizim modeli
Таълим берувчи
Таълим йыллари ва
воситалари, ахборотлар,
коммуникация ва бошқарув
Таълим
олувчилар
Натижалар
Ўқув ахборотлар
мазмуни
Аналитик-натижавий
компонент
Бошланғич ҳолат
Кўрсатилган
/инвариатив
натижа
Педагогик тизим
Ўқитиш
технологияси
Мақсадлар
Izox:
1. «Boshlang‘ich holat» - pedagogik tizimning komponenti xisoblanmaydi –
bu o‘qitish texnologiyasini loyixalashtirishning boshidagi keng qamrovli axboroti.
U ta’lim oluvchilarning bilimliligi va tarbiyaviyligi darajasiga, ularning umumta’lim
malakalarini shakllanganlik darajasiga hamda o‘quv material bazasining holatiga
tegishli.
Boshlang‘ich holatni «oydinlashtirilishi» maqsadlashtirish uchun juda
muhimdir.
2. «Ko‘rsatilgan, invariativ natija» - ob’ektiv qonuniy predmet doirasida
moddiy va texnik faoliyat (masalan ishlab chiqarishda) ta’minlangan. Shuning uchun
ishlab chiqarish texnologiyalari qattiq berilgan texnologik tartibni ta’riflaydi va har
doim qo‘yilgan maqsad natijalariga mos kelishini ta’minlab beradi. Shu bilan birga,
ta’lim faoliyati shaxsiy-sub’ektiv, his-tuyg‘uli xususiyatga ega va u mualliflik,
individual, ijodiy, improvizatsion ta’biiy ta’limga asoslangan. U ta’lim beruvchining
psixologik-kasbiy xususiyatlari va ta’lim oluvchilarning shaxsiy o‘ziga xos keng
qirrali xususiyatlari orqali namoyon bo‘ladi. Shuning uchun o‘qitish texnologiyasida
ko‘rsatilgan tartibdan chetga chiqishlar ro‘y beradi. Bu esa yoki bu texnologiyalarni
amalga oshirishda sub’ektlar tomonidan erishilgan ta’lim natijalarining bir muncha
keyinga surilishiga, variativ xususiyatga ega bo‘lishiga olib keladi. Biroq erishilgan
natija turli holatda o‘rtacha indeksga yaqin bo‘ladi.
2. O‘qitish texnologiyasi strukturasi (tuzilishi)
Struktura (lot. structura – tuzilishi, joylashishi), tarkibiy qismlarning aniq uzviy
bog‘liqliqligi va o‘zaro joylashishi; tuzilishi, biron-bir narsani tuzishdir.
Struktura elementlari (tarkibiy qismlari, belgilari) – shartli ravishda ajratib
bo‘lmaydigan va qismlarini qisman taqqoslay bo‘ladigan elementlardir.
Struktura komponentlari (tarkibiy qismlari) – elementlar uchun bog‘lovchi
so‘z xisoblanadi.
O‘qitish texnollogiyasi – quyidagi element komponentlarini o‘z ichiga olgan
strukturaviy tuzilishni tashkil etuvchi tizimli kategoriya:
1. Ta’lim berish yo‘llari va vositalari:
Ta’lim usullari;
Ta’lim shakllari;
Ta’lim texnikasi va uslublari;
Ta’lim vositalari.
2. Kommunikatsiya yo‘llari va vositalari:
(1) Tezkor qaytar aloqa asosida ta’lim beruvchi bilan ta’lim oluvchilarning
o‘zaro bevosita xarakati;
(2) Qaytar aloqa vaqti bo‘yicha bo‘lingan ta’lim beruvchi bilan ta’lim
oluvchilar o‘rtasidagi bevosita xarakat:
Ta’lim beruvchining minimal ishtirokida ta’lim oluvchilarning ta’lim
resurslari bilan o‘zaro xarakati;
Faol o‘zaro xarakat: ta’lim beruvchi bitta ta’lim oluvchi bilan, ikkita
ta’lim oluvchi orasida;
Ta’lim jarayonining hamma qatnashchilari bilan faol o‘zaro xarakat:
ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilar guruxi bilan; ta’lim oluvchi guruxlar orasida.
3. Axborot yo‘llari va vositalari:
Axborotni berish – monolog, dialog, polilog;
Axborotni qabul qilish (qaytar aloqa) – tashxislash (diagnostika), baho,
kuzatuv.
4. Boshqaruv yo‘llari va vositalari:
aniqlash;
rejalashtirish;
nazorat;
baho;
axborot to‘plash, uni yeg‘ish va taxlil;
dinamika va tendensiyalarni ochib berish;
qaror qabul qiluvchi boshqaruvni olish.
2.1. Ta’lim texnologiyasi modeli
Йўллари
ва
воситалари
Таълим
Бошқарув
коммуникация
Ахборотлар
Усуллар
Шакллар
Воситалар
Техника
Тезкор
қайтар
алоқа
асосида таълим берувчи
билан таълим олувчи-
ларнинг ўзаро бевосита
харакати;
Қайтар алоқани вақти
быйича былинган
таълим берувчи билан
таълим олувчилар ўрта-
сидаги бевосита харакат:
-Таълим берувчининг
минимал иштирокида
таълим олувчиларнинг
таълим ресурслари би-
лан ўзаро харакати;
-Фаол ызаро харакат:
таълим берувчи битта
таълим олувчи билан,
иккита таълим олувчи
орасида;
-Таълим жараёнининг
ҳамма қатнашчилари
билан фаол ўзаро хара-
кат: таълим берувчи
таълим олувчилар гуру-
хи билан; таълим
олувчи гурухлар ораси-
да.
Монолог
Диалог
Полилог
Ахборотларни
етказиш
йыллари:
Қайтар алоқа
йыллари:
Диагностика
(ташхис)
Баҳо
Кузатув,
назорат
Режалаштириш
Назорат
Баҳо
Динамика ва тенден-
цияларни очиб бериш
Ахборотларни
йиғиш, тўплаш ва
тахлил
Қарор
қабул
қилувчи
бошқа-
рувни олиш.
Коррекциялаш
Аниқлаш
(прогнозлаш)
Мониторинг
3. Ta’lim texnologiyasining funksional
strukturasi (tuzilishi)
TT funksional strukturasi (tuzilishi) – bu yo‘naltirilgan faoliyatni ta’minlab
turuvchi tizimning dinamik xususiyatdir. Ko‘rinib turibdiki, quyidagi asosiy
funksional bloklarni o‘z ichiga oladi: orientir oluvchi, loyixalashtiruvchi, bajaruvchi
va analitik-baholovchi.
МАҚСАД
Аналитик-
бахоловчи
блок
Бажарувчи
блок
Билим олиш жараёни
Н
А
Т
И
Ж
А
Л
А
Р
Ориентир
қилувчи блок
Лойихалаш-
тирувчи блок
Ўқитиш жараёни
Ташқи талаблар
Тузатиш/коррекция
Тўсиқлар
Eslatma:
1. «Tashqi talablar» – o‘quv xonalarni bezatishda va jixozlashda texnik va
boshqa ta’lim vositalarining soni, ijtimoiy muxitning holatida namoyon bo‘ladi.
2. «To‘siqlar» – ular ta’limiy jarayon qatnashchilarining individual, shaxsiy
va psixologik xususyatlari, ta’lim beruvchilarning aqliy yetukligi, tayyorgarligi va
ularning imkoniyatlari kabi omillarni ta’lim berish texnologiyalarini amalga oshirish
va loyihalashtirish jarayonida to‘liq e’tiborga olinmasligi natijasida vujudga keladi.
3. «Tuzatish / korreksiya» - Ta’lim berish jarayonini tugatishda uning
yo‘nalishi va natijalarini qayta taxlil qilish nima uchun muhim ahamiyatga ega?
Javob aniq - jarayon yo‘nalishi va natijalarining mos kelmaslik sabablarini tushunish
uchun asosiy g‘oyani, xatolarning qaerda va nima uchun yuzaga kelganligini
aniqlash, tezlik bilan xatolarni tuzatish, ularni o‘z vaqtida amalga oshirish kerak. Bu
kelajakda har qanday, xattoki juda yaxshi tashkillashtirilgan jarayonlarda, xatolarni
qayta takrorlamaslikka, keyingi ishlarda barcha to‘siq va tashqi muhitni hisobga
olishda yordam beradi.
3.1. Texnologik jarayonning texnik (ishlab chiqarish) mohiyati
Xom-ashyodan oxirgi mahsulotni qayta tayyorlash uchun uning ustida
boshqarish jarayonini olib borish lozim bo‘ladi. Buning natijasida oxirgi ob’ekt
(mahsulot) bir qancha oraliq jarayonlardan o‘tib, talab qilingan so‘nggi holatga
o‘tadi.
Jarayon xom-ashyoni oraliq holatga olib keluvchi tashqi ta’sirlar, mahsulot
xususiyatlarining hisobi va qonuniylikka asoslangan holda loyihalashtiriladi va
amalga oshiriladi.
Jarayonning borishi o‘lchov protseduralari, tashxis va nazoratning
standartlashtirilgan vositalari yordamida 2 ta aniq oraliq holatlarda kuzatiladi.
Jarayon natijasida mahsulotni nafaqat birinchi marta ishlab chiqarilgan joyda, balki
unga mos sharoit yaratsa bo‘ladigan yer yuzining har qanday nuqtasida ishlab
chiqarish mumkin (litsenziya asosidagi mahsulot).
Lekin har qanday tizimda flyuktuatsiya (parametr (o‘lchov)larning birdaniga
o‘zgarishi) bo‘lishi mumkin va bunda ob’ektning hamma xususiyatlarini nazorat
qilib bo‘lmaydi, ya’ni, birinchidan, ta’sir ob’ekti va uni amalga oshiruvchi orasida
doimiy qaytar aloqa bo‘lishi lozim, ikkinchidan, oxirgi mahsulot xususiyatining bir
qiymatli bo‘lmagan holda topshirilishini sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan holat
sifatida qabul qilish lozim, ya’ni ular ehtimolga yaqin qiymatlarning faqatgina ba’zi
ishonarli oraliqda (intervalida) aniq belgilangan bo‘lishi mumkin. Aynan shuning
uchun yaroqsiz mahsulot yaratilishi mumkin va olingan mahsulot oldindan
loyihalashtirilgan va talabga javob bera olmaydigan xususiyatlarga ega bo‘lishi
mumkin.
Texnologik (texnik) jarayon jadvali (1)
(4) Махсулот сифатига
қўйилган бошланғич
талаблар
Дастлабки (бошланғич) махсулотга
бошланғич стандартлаштирилган таъсир
Оралиқдаги ҳолатга стандартлаштирилган
таъсир
(5) Якуний махсулот
сифатига қўйилган
талаблар
(1) Махсулот
(3) Якуний
махсулот
(2) Оралиқдаги ҳолат
Кириш (Л.Г.)
Чиқиш (Л.Г.)
Жараён
3.2. Pedagogik texnologik jarayon mohiyati
1. Orientatsiya (yo‘naltirish). Maqsadlashtirish.
1.1. Pedagogik g‘oyalarni shakllantirish va uning konseptual asosi.
1.2. Maqsadlashtirish – ta’lim tizimi oldida turgan umumiy pedagogik
maqsadni transformatsiya (o‘zgartirish) qilish. Quyidagi o‘quv kursda (predmetda,
aniq pedagogik jarayon qismida) berilgan pedagogik vazifalar va o‘quv faoliyatning
maksimal aniqlangan natijalari.
1.3. Boshlang‘ich vaziyatning pedagogik (tashxislash) diognostikasi –
kutilgan natijalarga erishishda (tashqi sharoitlar, to‘siqlar) yordam beradigan
yoki to‘sqinlik qiladigan sabablarning to‘liq taassurotini olishga yo‘naltirilgan
tadqiqot protsedurasi.
1.4.
Ko‘zlangan
natijalarni,
ularni
o‘tkazish
maqsadida
tabiiy
imkoniyatlarga mos keladigan diognostik xulosalar bo‘yicha korrektirovka(tuzatish
kiritish) qilish
1.5. Ta’lim jarayonini prognozlash (oldindan aytib berish) – O‘T hali
amalga oshirilmasdan oldin mavjud bo‘lgan aniq sharoitlarda uning
kutiladigan samarasini baxolash.
2. Loyixalashtirish
2.1. Ta’lim modelini konstruksiya qilish – quyidagi sharoitlarda va
ko‘rsatilgan vaqt ichida qo‘yilgan maqsadni va olinishi kerak bo‘lgan natijalarni
amalga oshirishga imkon beradigan optimal ta’lim usullari, vositalari va shakllarini
tanlash;
2.2. Kommunikatsiya yo‘llari va vositalarini tanlash;
2.3. Axborot tizimini barpo qilish – (1) axborotlarni yetkazish yo‘llari va
vositalarini tanlash; (2) tezkor qaytar aloqa tizimini barpo qilish;
2.4. Boshqaruv tizimini ishlab chiqish – (1) rejalashtirish; (2) natijalarni
nazorat qilish va baholash yo‘llari va vositalarini aniqlash; dasturlarni va monitoring
instrumentlarini (asboblarini) ishlab chiqish; ta’lim oluvchilar faoliyatini
qiziqtiruvchi choralarni aniqlash;
3. Bajarish / Amalga oshirish
Ta’lim jarayoni sub’ektlari tomonidan qo‘yilgan maqsadga erishishning
shakllangan yo‘llari va vositalarini amalga oshirish jarayoni.
4. Baholovchi –analitik, natijaviy xarakat.
4.1. Qo‘yilgan maqsadga ta’lim jarayoni qatnashchilari erishgan natijalarning
(mosliligini) adekvatliligini baholash.
4.2. Jarayon taxlili (qaerda va qachon xatolar vujudga kelganligini aniqlash
uchun) birlamchi mo‘ljalga jarayon yo‘nalishi va natijalarning to‘liq mos emasligi
sabablarini ko‘rsatish. Kelajakda bu xatolarni qaytarmaslik uchun keyingi sikllarda
bu hamma to‘siqlar va tashqi sharoitni nazarda tutish lozim.
4.3. O‘qitish texnologiyasiga (zaruriy sharoitlarda) tuzatish kiritish
4. O‘T ishlab chiqish va amalga oshirishning
protsessual tuzilishi
Тайёргарлик босқичи
(йўналтирилган харакат)
1. Технологик даврни аниқлаб беради.
2. Мақсадлаштиришни амалга оширади.
3. Педагогик диагностиканининг (аниқликнинг)
бошланғич вазиятини олиб боради.
4. Олдиндан қўйилган натижаларни кўриб чиқади.
5. Таълим жараёнининг боришини кўриб чиқади.
Таълим берувчи
Фаолият
мазмуни
Харакатнинг
кетма-кетлиги
Лойихалаштирувчи босқич
(лойихалаштирувчи харакат)
Амалга оширувчи босқич
(тезкорликдаги бевосита харакат)
ТТ лойихалаштиради: таълим моделини танлайди, коммуникация
йўлларини аниқлаб беради, ахборот ва бошқарув тизимини
ишлаб чиқади; ўзининг ва таълим олувчиларнинг фаолиятини
ишлаб чиқади.
Таълим берувчи
Таълим берувчи
Таълим олувчилар
Таълим
олувчиларга
ол-
диндаги (былажак) фаолият
вазифаларини ва натижала-
рини қўяди ва тушунтиради,
таълим
моделини
қабул
қилишни амалга оширади;
таълим
олувчилар
билан
ҳамкорликда фаолият кўрса-
тиш учун яхши шароит яра-
тади;
таълим
жараёнини
қайтар алоқа тизими асоси-
да бошқаради.
Улар олдига қўйилган вази-
фани ечиш жараёнида хара-
катларни тақсимлайди, шах-
сий фаолиятларни бошқара-
ди.
Таълим берувчи
Таълим олувчилар
Таълимнинг натижавийли-
гини аниқлайди:
Ўзининг БМКда якуний
бащони амалга оширади,
ўзини-ўзи аниқлайди.
Якуний бос=ич
(якуний, бащоловчи-аналитик
харакат)
Якуний назоратни, ўқув машғулотларнинг мазмуни ва сифати-
ни баҳолашни ва тахлилини олиб боради, педагогик ва ўқув
фаолиятнинг бориши ва натижаларини текширади. Билимлилик
даражасини текширади: БМК шакилланганлик даражасини
жорий қилади. Қарор қабул қилади: яна бир мартда қайтаради,
бошқатдан ўргатади, алохида саволларга, янги мавзуга ўтади.
эътибор беради.
5. Maqsadlashtirish
Maqsadlashtirish – texnologiyalashtirishning eng muhim omili: undan
pedagogik texnologiyalarni loyixalashtirish, o‘quv jarayonini konstruksiya qilish va
tashkillashtirish boshlanadi.
Maqsad: – taxmin qilingan natija modeli ko‘rinishidagi maxsulot. Bu faoliyat
yakunida ta’lim sub’etlarining olishi taxmin qilingan bilimlari.
Natija – (1) o‘quv faoliyatidan olinadigan mahsulot (bilim)– ta’lim
oluvchilarning rivojlanishida ko‘rinarli siljish; (2) u ta’lim jarayonini samarali
kechishini namoyon etadi, maqsadga erishish darajasini tavsiflaydi: ta’lim berish
va o‘rganish jarayoni qo‘yilgan maqsad natijalariga mos kelgandagina
yakunlanadi. Bu ta’lim sub’ektlarining faoliyat yakunida olgan bilimlari
xisoblanadi.
Maqsad ko‘yishning o‘qiga xos yo‘llari: (1) mazmunini o‘rganish orqali;
(2) o‘qituvchi faoliyati orqali; (3) ta’lim oluvchilarning o‘quv faoliyati orqali; (4)
ta’lim oluvchining ichki rivojlanish jarayoni orqali. Biroq bunday yondoshuvlar
taxmin qilingan natijalarni (imkoniyatning tushunarsiz va aniq bo‘lmagan ta’rifi,
instrumentalsiz) to‘liq namoyon qilmaydi.
Texnologiyalashtirish sharoitida maqsad ta’lim oluvchilar xarakatlarida
namoyon bo‘lgan ta’lim natijalari orqali shakllantiriladi: (1) ta’lim natijalari
xarakat tiliga o‘giriladi (fe’l shaklida) va bir ma’noda ifoda etiladi; (2) maqsadlar
kategoriyalarda (darajalarda) tizimlashtiriladi, ketma-ketlikda joylashtiriladi va
qiyinlashib (ierarxiya) o‘sib boradi – pedagogik taksonomiya; (3) maqsadlar
diagnostik aniqlangan holda namoyon bo‘ladi: shu qadar aniq va ravshanki,
kutilgan natijani diskreptiv (bayon qiluvchi) modeli hosil bo‘ladi, unda o‘quv
axborotlar mazmunini tanlash va tuzish uchun ular asosiy masalaga aylanadi, ta’lim
modelini qurishda, bir ma’noda, ta’lim oluvchilar – ekspertlar oldiga qo‘yilgan
maqsadlarga erishish uchun, ishonchli va ob’ektiv baho berish, ta’lim oluvchilarga
qaratilgan ularning o‘quv faoliyatini tushuntirish; turli qiziquvchi shaxslarni
tushunish (ota-onalar, ish beruvchilar va bosh.).
Maqsadlar shakllanadi – (1) pedagogik vazifalarni xal qilish tizimiga
o‘xshab: ta’limiy, rivojlantiruvchi, tarbiyalovchi, motivatsion; (2) o‘quv
faoliyatining kutiladigan natijalariga o‘xshab.
Uning unumli umumiy tavsifini ta’lim (bilim egallash) darajasi orqali berish
kerak – ta’lim beruvchilarning didaktik xususiyatlari va bilim orrtirish faoliyati
darajasi – psixologik xususiyat. Birinchisi asoslan olingan natijalarni ko‘rsatadi,
ikkinchisi esa ularga erishish yo‘llarini. Ikkala xususiyat bir-biriga yaqin va ular bir
birini doimo to‘ldirib turadi.
5.1. Maqsadni qo‘yish yo‘llari: taqqoslovchi taxlil
1. Мавзуни
ўрганиш орқали
2.
Таълим
берувчи
фаолияти орқали
«Мавзуни...,
теоремани...,
асосий
қонун-қоидалар-ни...,
йўлларини
ва
бош.
ўрганиб чиқиш.»
Ўқув жараёнига алоқадор
инструментал
хисобланмайди:
қўйилган
мақсад
ютуқларини
мухокама
(суд) қилишни рухсат
этмайди
Ўқув
фаолиятга
тегишли
ёки
ўқув
машғулотлар қисмига
алоқадор
доирани
кўрсатади
Қуйидаги мақсад қўйиш
йўлларининг сифатли тавсифи
+
─
«Таълим олувчиларни
теорема билан, қонун-
қоидалар
билан...,
йўллари
билан...,
намойиш...
ва
бош.
билан
таништириб
чиқиш».
Таълим берувчи ызининг
харакатларини белгилашда
уларнинг
оқибатларини,
таълимнинг
реал
натижаларини
солиштириш имкониятига
эга эмас. Бу натижалар
қуйидаги йўл билан мақсад
қўйишни кўзда тутмаган.
Қисман,
қайсидир
даражада
таълим
берувчининг
шахсий
фаолиятини
ойдинлаштиради
ва
тўғирлайди.
3.
Таълим
олувчиларнинг
фаолияти орқали
4. Таълим олувчининг
ички интеллектуал, хис-
туйғуси, шахсиятини ва
бош. ривожлантириш
«Билим..., малака...,
қизиқишларини...
шакллантириш,
қобилиятини
ривожлантириш
ва
бош.»
«Теоремаларни...,
қонунларни,
вазифаларни
ечишнинг... йўлларини
ўрганиш,
мустахкамлаш
ва
бош.»
Таълимнинг
кутиладиган натижалари
ва оқибатлари аниқ эмас
Режалаштиришда
ва
ва ўқув машғулотни
ўтказишда баъзи бир
аниқликларни
киритиш.
Ўқув
машғулотлари
натижаларига
қараб
силжиш,
мақадга
эришишишга
ишонч
хосил қилувчи мўлжал
йўқ
Умумлаштирилган
таълимий мақсад ўқв
предметнинг
таълим
босқичи
даражасида
шакллантирилди
5.
Таълим
олувчилар
харакатида намоён
бўладиган
таълим
натижалари орқали.
«Теореманинг
ассосий
щолатини
ассослаб
беради,
баённинг
содадиллиги
(элементарлилиги)
даражасида
мазмунини...,
қонунларини...
ва
принципларни...
тушунтириб беради.
Таълим
олувчилар
харакати тилида таълим
натижаларининг
бир
маъноли
таржимаси
йўқлиги
бир
қанча
қийинчиликларни
туғдиради.
Таълим
берувчи
–
эксперт
таълим
натижаларини
ишончли
таниши
мумкин.
Мисол
Мақсадларни
жойлаштириш
йўллари