O‘quv jarayonini loyihalashtirish va rejalashtirish
Yuklangan vaqt
2024-06-26
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
12
Faytl hajmi
26,6 KB
O‘quv jarayonini loyihalashtirish va rejalashtirish
Reja:
2.1. Darsning maqsadi va kutilayotgan natijalar.
2.2. Darsning tuzilishi va uni o‘tkazish tartiblari.
Tayanch
iboralar:
dars,
dars
strukturasi,
darsni
boshqarish,
loyihalashtirish,taxlil qilish, hisoblash, bayon qilish, namoyish etish, bilish,
sharhlash, foydalanish, baholash, tushunish, o‘zgartirish, qo‘llash, yaratish.
2.1. Darsning maqsadi va kutilayotgan natijalar.
O‘quv jarayonini loyihalashtirish - pedagogik texnologiyaning o‘ziga xos
xususiyati shundaki, unda ko‘zlangan o‘quv maqsadlarini amalga oshishini
ifodalovchi o‘quv jarayoni amalga oshiriladi va loyihalashtiriladi. Iqtisodiy bilim
asoslari fani darslarining maqsadi o‘qitish va o‘qish jarayonlarining eng muhim
omili bo‘lib, ta’lim jarayoni aynan shundan boshlanadi. U ma’lum bir o‘quv fanini
o‘rganish maqsadi va mazmunidan va/yoki tarbiyaviy ta’sir mazmunidan kelib
chiqqan holda shakllanadi va ushbu ta’lim shaklining asosiy mazmuniga mos keladi,
maqsad ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchining umumiy natijalarga qarab
harakatlanishini belgilaydi.
Shunga ko‘ra biz uni tashhisli ifodalashimiz kerak, ya’ni maqsad shunchalik
aniq va ma’lum bo‘lishi kerakki, unda quyidagilarga erishish lozim:
- shunday didaktik va tarbiyaviy jarayonni tashkil etish kerakki, u belgilangan
maqsadni ma’lum sharoitlarda va belgilangan vaqt ichida erishishni ta’minlashni
kafolatlashi kerak;
- o‘qitish jarayonini yakuni bo‘yicha, maqsadni amalga oshirish darajasi
to‘g‘risida konkret xulosa qilish mumkin bo‘lsin.
Bundan kelib chiqqan holda, o‘qitish maqsadlari ta’lim oluvchilar
harakatlarida ifodalangan ta’lim natijalari orqali ifodalanadi. Maqsad va
kutilayotgan natijalarni belgilashda diqqatni:
- rejalashtirilayotgan mavzu bo‘yicha BKMni ta’lim oluvchilar tomonidan
o‘zlashtirish darajasiga;
- rejalashtirilgan ta’lim natijalariga erishish bo‘yicha o‘qituvchining ta’lim
oluvchilar bilan hamkorlikda olib boradigan faoliyatiga qaratish lozim. Dars
jarayonini loyihalashning keyingi eng muhim komponenti kutilayotgan natijani
ifodalashdir. Kutilayotgan natija o‘qitish jarayonini samaradorligini aks ettiradi,
maqsadga erishish darajasini tavsiflaydi.
O‘qitish va o‘qish jarayoni qo‘yilgan maqsad kutilayotgan natijaga mos
kelgandagina samarali bo‘ladi. Shundan kelib chiqib, ta’lim jarayonining loyihalash
bosqichlarini kuyidagicha belgilash mumkin: O‘qitishning kutilayotgan natijalarini
ishlab chiqishda zamonaviy psixologik yondashuvlar qadim davrlardayoq yaratilgan
bo‘lib, Aristotel ta’lim maqsadlarining uchta asosiy kategoriyasini, ya’ni tafakkur,
sezish qobiliyati va qo‘l amallarini bir-biridan farqlagan. Pestalossi esa, bu
amallarga muvofiq inson tanasining uch organini keltiradi: bosh, yurak va qo‘l.
Bugungi kunga kelib, uchta soha bo‘yicha o‘quv maqsadini (kutilayotgan
natijalar, vazifalar)ni rejalashtirish qabul qilingan.
1. Ta’lim maqsadlarini belgilash va unga mos ravishda kutilayotgan
natijalarni belgilash.
2. Natijalar asosida nazorat topshiriqlarini va baholash mezonlarini ishlab
chiqish.
3. O‘quv jarayonining texnologik xaritasi (dars ishlanmasi)ni ishlab chiqish.
Ta’lim jarayonini loyihalash bosqichlari.
Ta’lim maqsadlari-bu muayyan ta’lim jarayoni yakunida ta’lim oluvchi
tomonidan o‘zlashtirilishi, yangi hosil qilinishi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va
malakalarni oldindan belgilash mahorati hisoblanadi.
Agar darsning maqsadlari aniqlanmasdan o‘tkazilsa, u holda uning mazmuni
va didaktik tuzilishi u yoki bu darajada tasodifga bog‘liq bo‘ladi. Darsning
maqsadlari aniq bo‘lgan taqdirdagina ularning mazmunini belgilash va darsni
didaktik nuqtai nazardan ishlab chiqishga kirishish mumkin. Shu bois, har bir
o‘qituvchi va pedagog uchun o‘quv maqsadlarini belgilash, to‘g‘ri qo‘ya olish va
tanlash ko‘nikmalariga ega bo‘lish ta’lim jarayonida juda muhim ahamiyat kasb
etadi. Har bir darsning o‘quv maqsadlari oldindan aniqlanishi lozim. Aniqlangan
o‘quv maqsadlari, dars mazmuni bo‘yicha qaysi materiallarni tanlash, uni o‘tkazish
bo‘yicha qanday metodik va didaktik materiallardan foydalanish lozimligini
belgilab beradi. Shunday qilib, har qanday ta’lim o‘quv maqsadlarining yo‘nalishlari
O‘rganilgan materialni eslab qolish va tiklashdan to muammoni yechishga qadar
maqsadlar, ya’ni dasturda, qo‘llanmada, o‘qituvchining kundalik amaliyotida
qo‘yilayotgan o‘qitish maqsadlari kiradi.
Ushbu soha maqsadlari ―O‘quvchi nimani o‘ylaydi va biladi? degan savolga
javob beradi.
Bunda o‘quvchining avval egallagan bilimlarini hisobga olish lozim.
Faoliyatning u yoki bu turlarini shakllantirish bilan bog‘liq maqsadlarga tegishli. Bu
sohadagi maqsadlar ―o‘quvchi nimani bajaradi? degan savolga javob beradi. Ushbu
maqsadlar orasida yozuv ko‘nikmalari, nutqiy ko‘nikmalar, rasm va grafiklar orqali
tasvirlash ko‘nikmalari ta’lim doirasidagi maqsadlardan joy olgan;
Ta’limiy (bilishga, tafakkur sohasiga oid maqsadlar) Idrok etish, qiziqish,
ta’sirga tayyorgarlik, qadriyatlar tizimini o‘zlashtirish, ularni faol namoyon bo‘lishi
kiradi.
Soha maqsadlari ―O‘quvchi nimani his qiladi? degan savolga javob beradi.
Bular, qiziqish va moyillik, munosabat shakllantirish, u yoki bu his-tuyg‘ularni
boshdan kechirish, uni faoliyatda bajarishdir. Rivojlantiruvchi (amalda bajariladigan
maqsadlar) Tarbiyaviy (emotsional qadriyatlar, hissiyotlar sohasiga oid maqsadlar)
jarayonida o‘quv maqsadlari ta’lim mazmuni, metodlari va vositalarini belgilar
ekan. Kutilayotgan natijalar -biror bir mavzuga yoki biror bir bo‘limga oid dars
bo‘yicha o‘lchanishi mumkin bo‘lgan aniq yakuniy bilim, ko‘nikma va malakalarni
ifodalaydi. Kutilayotgan natijalar aniq ifoda etilganligi dars samaradorligiga erishish
mumkin bo‘ladi. Shuning uchun ularni ifodalashda, maqsadlar bilan birga
kutilayotgan natijalarga erishish ko‘rsatkichlarini, baholash mezonlarini va bu
natijalarga erishish uchun lozim bo‘lgan shart-sharoitlar tavsifini berish ham lozim
bo‘ladi.
Kutilayotgan natijalarni belgilashda quyidagi talablarni e’tiborga olish zarur:
- real bo‘lishi kerak;
- aniq bo‘lishi kerak;
- vaqt jihatdan belgilangan;
- o‘lchamli bo‘lishi kerak.
O‘quv fani bo‘yicha darsni loyihalashtirish jarayonida o‘qitishning
kutilayotgan natijalarini ishlab chiqish mas’uliyatli bosqich hisoblanadi. Chunki
ushbu bosqichda yo‘l qo‘yilgan kamchilik va xatolar darsni amalga oshirishning
keyingi bosqichlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli pedagogik texnologiyada
o‘qituvchi o‘quv maqsadini va o‘qitishdan kutilayotgan natijalarni belgilashga
alohida e’tibor qaratishi lozim.
O‘qitishning kutilayotgan natijalarini ifodalash uchun ishlatiladigan fe’llar
quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
- umumiy tavsifga ega maqsadlarni ifodalash uchun fe’llar: taxlil qilish,
hisoblash, bayon qilish, namoyish etish, bilish, sharhlash, foydalanish, baholash,
tushunish, o‘zgartirish, qo‘llash, yaratish;
- ijodiy tipdagi (izlanuvchan harakatlar) maqsadlarni ifodalash uchun fe’llar:
turlantirish, shaklini o‘zgartirish, modifikatsiyalash, qayta guruhlash, qayta qurish,
oldindan aytish, savol qo‘yish, qaytadan tashkil etish, umumlashtirish,
tizimlashtirish, soddalashtirish;
- og‘zaki va yozma nutq sohasidagi maqsadlarni ifodalash uchun fe’llar:
ajratish, so‘z shaklida ifodalash, qayd qilish, belgilash, yakun yasash, ta’kidlash,
ifodali o‘qib berish, so‘zlash, o‘qish, qismlarga ajratish, hikoya qilish, gapirib
berish;
- shaxslararo munosabatlar sohasidagi maqsadlarni ifodalash uchun
fe’llar:muloqotga kirish, fikrni ifodalash, roziligini (rozimasligini) bildirish, javob
berish, minnatdorlik bildirish, maqtash (ma’qullash), ko‘maklashish, taklif etish,
qo‘shilish, hamkorlik qilish, ishtirok etish.
Pedagogik texnologiya asosidagi darsni loyihalashtirish quyidagi tartibda
amalga oshiriladi:
1-ish. O‘qitishning kutilayotgan natijalarini loyihalash jarayoni.
2- ish. Nazorat topshiriqlarini ishlab chiqish. Nazorat topshiriqlar mazmuni
kutilayotgan natijalarga mos kelishi va o‘qituvchi maqsadlarini, darsning tuzilmasi
va mazmunini, darsni o‘tkazish usul va vositalarini, qayta aloqa shakli va joyini
belgilab berishi lozim.
3-ish. O‘qituvchining maqsadlarini ishlab chiqish.
4-ish. Dars mazmunini tanlab olish va tuzilmasini ishlab chiqish.
5-ish. Darsni o‘tish uchun usul va vositalarni tanlash.
6-ish. O‘quvchilar bilan qayta aloqa shakli va joyini loyihalash.
O‘quv maqsadlari taksonomiyasini belgilashda pedagogik texnologiyaning
quyidagi qoidalariga rioya qilish tavsiya etiladi:
1. o‘qitish sharoitlari va o‘qitish jarayonida o‘quvchilarning o‘quv amallari
yakuniy nazorat vaqtidagi kutilayotgan harakatlarga aynan mos kelishi;
2. o‘quvchilarga yakuniy harakatga o‘xshash, ammo teng bo‘lmagan
amallarni bajarishda mashq qilishiga imkoniyat berish;
3. o‘quvchilarga har bir harakat natijasini darhol e’lon qilish;
4. o‘quvchidan kutilayotgan harakatlarni ijobiy mustahkamlash va noto‘g‘ri
harakatlarga tanbeh bermaslik.
Pedagogik texnologiya asosida o‘quv jarayonini amalga oshirishda B.Skinner
tomonidan taklif etilgan qator tamoyillarni qo‘llash mumkin. Jumladan: Kichik
qadamlar tamoyili. Ushbu tamoyilga asosan o‘quv materialini imkon qadar mayda
qismlarga bo‘lish lozim. Javobni zudlik bilan tasdiqlash tamoyili. O‘quvchi to‘g‘ri
javob (echim) berganligi haqida ma’lumot olish imkoniyatiga ega bo‘lishi lozim.
Buning uchun u o‘z javobini to‘g‘ri javob etaloni bilan taqqoslashi kerak. O‘qish
sur’atini individuallashtirish tamoyili. Bu tamoyilga asosan har bir o‘quvchining
individual xususiyatlarini hisobga olgan holda topshiriqlar tizimini ishlab chiqish
tavsiya etiladi. Topshiriqlarning murakkabligini asta-sekin oshirib borish tamoyili.
O‘quv topshiriqlari oddiydan murakkabga qarab borishi, o‘quvchi bir maqsadga
erishgandan keyin boshqa maqsadni amalga oshirish lozim. Bilimlarni turli
shakllarda mustahkamlash. Har bir o‘qitish qadamlarini umumiylashtirishni bir
necha bor mazmunga mos ravishda turli holatlarda qaytarish va yetarli miqdorda
puxtalik bilan tanlangan misollar yordamida namoyish etish. O‘qituvchi, ma’lum bir
mavzuni o‘rganish bo‘yicha ishni tashkil qilmoqchi bo‘lganda, uning oldida
darslarning qaysi didaktik turkumini tanlash kerak? Har bir darsda axborotning
qanchalik hajmi qayta ishlanishi kerak? Qayta aloqaning qaysi mexanizmlarini
darsning qaysi qismida qo‘llash kerak?
Qanday usullar samaraliroq bo‘ladi?-degan qator savollar paydo bo‘ladi.
Yetakchi olimlar S.V. Ivanov, V.A. Onishuk, N.P. Guziklar tomonidan dars
tipologiyalari o‘rganilgan bo‘lib, ular kirish darslari; material bilan dastlabki
tanishuv darslari; tushunchalar shakllanishi, qonunlar, qoidalarni o‘ratish darslari;
bilimlarni amaliyotda qo‘llash darslari; ko‘nikmalar darslari; qaytarish va
umumlashtirish darslari; nazorat darslari; aralash yoki kombinatsiyalangan darslar;
yangi bilimlarni o‘zlashtirish darslari; yangi ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirish
darslari; bilimlarni kompleks holda qo‘llash darslari; bilimlarni tizimlashtirish va
umumlashtirish darslari; bilimlarni, malakani va ko‘nikmalarni tekshirish, baholash
va tuzatish darsi; mavzu va uni o‘rganish metodikasining umumiy taxlili darsi;
kombinatsiyalangan
seminar
mashg‘ulotlari;
bilimlarni
tizimlashtirish
va
umumlashtirish darslari; materialni fanlararo umumlashtirish darslari; dars-
praktikum kabi turlarini ajratib ko‘rsatganlar. Darsni olib borish jarayonida, qaysi
dars turidan foydalanishdan qat’iy nazar, o‘quv maqsadlari to‘g‘ri shakllantirilsa va
pedagogik texnologiyalar o‘z o‘rnida qo‘llanilsa, albatta bunday darslar samarali
bo‘ladi.
2.2. Darsning tuzilishi va uni o‘tkazish tartiblari.
Jamiyat va uning ijtimoiy taraqqiyoti iqtisodiy bilim asoslari fanining
ob’ektini tashkil etadi. Bu fanning predmeti o‘tmishda ro‘y bergan voqea-hodisalar
bo‘lib, ularni ilmiy, xolis o‘rganish va o‘quvchiga o‘rgatish, umuman iqtisodiy bilim
asoslari fanini o‘qitish bugungi kunda davlat siyosati darajasida belgilanadi.
O‘quvchilarni ijtimoiy ongini shakllantirishda iqtisodiy bilim asoslari fanining o‘rni
va ahamiyati bugun har qachongidan ham yuqori. Shu sababli mazkur fan
o‘qituvchilari darsni zamon talablari asosida tashkil etishga alohida e’tibor qaratishi
lozim. iqtisodiy bilim asoslari fanini o‘qitishga qo‘yilgan Davlat ta’lim standartlarini
bajarishda dars jarayonini loyihalash muhim ahamiyatga ega. Dars jarayonini
loyihalashda o‘qitish metodlarini to‘g‘ri tanlash, ya’ni metodlarni darsning
vazifalari va mazmuniga mosligi, o‘qituvchi va o‘quvchilarning imkoniyatlariga
muvofiq bo‘lishi talab etiladi.
O‘qituvchi darsning loyihasini ishlab chiqishda quyidagi topshiriqlarni
ketma-ket bir butunlikda amalga oshirishi kerak:
1-bosqich: o‘qituvchi dastur, darslik, metodik qo‘llanma va sinf
o‘quvchilarining umumiy tavsifi bilan tanishib chiqishi lozim;
2-bosqich: darsning asosiy vazifalari majmuasini: o‘qitish, ta’limiy maqsad,
tarbiyaviy maqsad va rivojlantiruvchi maqsadlarni va vazifalarini belgilash;
3-bosqich: darsning asosiy bosqichlarini to‘g‘ri, aniq va izchillikda
joylashtirish;
4-bosqich: darsning har bir bosqichi mazmunidagi asosiy o‘rinli ajratib olish;
5-bosqich: darsning har bir qismi uchun o‘qitish metodlarini, vositalarini,
texnologiyalarni tanlash;
6-bosqich:darsning har bir qismi uchun o‘qitishning yetakchi; umumsinfiy,
kichik guruh va individual shaklini tanlab olish;
7-bosqich: bo‘sh o‘zlashtiruvchi va tayyorgarligi kuchli bo‘lgan o‘quvchilar
uchun tafovutlangan mashq va vazifalarni tanlash;
8-bosqich: tegishli sinf o‘quvchilari uchun vaqt me’yorlariga muvofiq uy
vazifasining maqbul hajmini tanlash.
Dars - o‘qituvchilar va o‘quvchilar faoliyatini tashkil etishning shakli bo‘lib,
u bolalarni o‘qitish, tarbiyalash va kamol toptirish vazifalarini amalga oshiradi. Dars
o‘quv ishlarini tashkil etishning asosiy tashkiliy shaklidir. Darsda o‘quv-tarbiya
ishlarining barcha komponentlari: maqsad, mazmun, vositalar, metodlar, tashkil
etish va boshqarish faoliyati hamda uning barcha didaktik elementlari
mujassamlangan. Metod tanlash nafaqat o‘quv maqsadidan, balki o‘quv material
mazmuniga va bu fanning murakkabligiga bog‘liq. Bundan tashqari metodlarni
tanlashda o‘quvchilarning soni, ularning o‘quv imkoniyatlari, ta’limning
davomiyligi, o‘quv-moddiy sharoitlar va o‘qituvchining mahoratiga bog‘liq. O‘quv
guruhidagi o‘quvchilarning soni muhim ahamiyatga ega. Agar ular ko‘pchilik
bo‘lmasa, eng faol usuldan foydalanib, o‘qitishni jadal sur’atda olib borish mumkin.
Agar o‘quvchilar ko‘p bo‘lsa, ularning har biriga yetarli e’tibor berish uchun
vaqtingiz yetishi amri mahol. Katta guruhlar uchun o‘quv materialini og‘zaki bayon
qilish usullari (ma’ruza, hikoya, tushuntirish) ko‘proq mos keladi.
O‘qitish metodlarini tanlashda va ta’lim samaradorligini oshirishda
o‘quvchilarning o‘quv imkoniyatlarini hisobga olish juda muhim: yoshi,
tayyorgarlik darajasi hamda jamoada o‘zaro munosabatlarning o‘ziga xosligini. O‘z-
o‘zini boshqarishning birinchi darajasi. O‘quvchi vazifani to‘liq qabul qiladi, ish
oxirigacha uni to‘liq saqlaydi. Diqqat bilan, chalg‘imasdan ishlaydi. Asosan aniq
ishlaydi, xatoga yo‘l qo‘ysa, tekshirayotganida buni sezadi va to‘g‘rilaydi.
O‘quvchi: ishini topshirishiga shoshilmaydi, ishni to‘g‘ri , chiroyli, tartibli
bajarilganini yana bir bor tekshiradi. O‘z-o‘zini boshqarishning ikkinchi darajasi.
O‘quvchi vazifani to‘liq qabul qiladi, uni ish oxirigacha saqlaydi. Ish jarayonida
ba’zi bir xatolarga yo‘l qo‘yishi mumkin, lekin ularni sezmaydi va tuzatmaydi. Ishni
tekshirish hozir maktablarimizda qo‘llanilayotgan sinf dars tizimi quyidagi tashkiliy
shakllarda olib boriladi:
1. Har qaysi sinf yoshi va bilimiga ko‘ra bir xil darajadagi bolalarning doimiy
guruhiga ega bo‘ladi.
2. Dars mashg‘uloti asosan minutga mo‘ljallangan bo‘lib, qat’iy jadval orqali
olib boriladi.
3. Dars bevosita o‘qituvchining rahbarligida jamoa va yakka shaklda olib
boriladi.
4. Dars o‘tilayotgan materialning mazmuniga qarab xilma-xil usul bilan olib