O‘QUV MATIVATSIYASINING PSIXOLOGIK DIAGNOSTIKASI
Reja:
•Turli yosh davrlari va ularning o’quv faoliyatlari.
•O’quv motivlarining umumiy tasnifi.
•O’quv motivlarining psixologik xususiyatlari va ularni shaklantirish
•Xorij psixologiyasida o'qish motivlarining nazariy tahlili
Pedagogika va
psixologiyada o’quvchining
bilim
olishga
qiziqishini
shakllantirish, motivatsiyasini rivojlantirish muhim masalalardan biri hisoblanadi.
Mazkur
masalaning
murakkabligi
va
ko’p
jihatlarga
bog’liqligi
motivatsiya tushunchasining mohiyati, tabiati va tuzilmasiga ko’plab yondashuvlar
mavjudligi, shuningdek, uni o’rganish (V.Bespalko, A.Zimnyaya, I.Zaxarova, A.
Maslou, L.Stolyarenko, A.Rean, S. Rubinshteyn va boshqa) usullari ko’pligi bilan
asoslanadi.
Ayrim olimlar mazkur tushunchani insonning turli faoliyatlar orqali o’zini
namoyon etishga intilishi (V. Bespalko) deb ta‘riflaganlar. Bu faol va barqaror
intilish unga munosib sharoitlar yaratilgandagina sezilarli yutuqlar ko‗rinishida
ifodalanadi. Aks holda shaxsning o’zini namoyon etishga intilishi qaysidir qiziqarsiz
o’quv faoliyati davridayoq so’nib ketishi mumkin.
Motivatsiya (lot. motivatio) — subyektning qandaydir maqsadlar, qiziqishlari
mavjudligi asosidagi faoliyatga tashqi va ichki xohishining ifodasidir. Motivatsiya
barcha pedagogik ta‘sir tizimida shakllanadi, biroq avvalo bevosita o’qish
faoliyatida tarbiyalanadi. Ijobiy motivatsiyani shakllantirishda ta‘lim mazmuni,
ta‘limni tashkil etish, shaxsiy o’qitish kabi masalalar muhim o’rin tutadi. Hozirga
qadar fundamental bilimlar va amaliy muammolarini qamrab olganmotivatsiya
nazariyasi aniq batafsil o’z ifodasini topmagan.Motivatsiyaning quyidagi: bu
subyektning ehtiyojlarini qondirishga bog’liq bo’lgan faoliyatga tomon intilishidir;
ma‘lum kuchga predmetli-yo’naltirilgan faollikdir; predmet (moddiy yoki ideal)ga
qaratilgan faoliyatni uyg‗otuvchi va belgilovchi tanlovni amalga oshirish; shaxsiy
harakat va intilishlar asosida yotuvchi anglangan sabablarifodasi sifatidagi ta‘riflari
mavjud. Motivatsiya tushunchasi inson faoliyatidagixulq-atvorini tushuntirish
uchun foydalaniladi hamda jarayon, uslub, vosita sifatida fodalanadi.
O‘qish, o‘quv faoliyati motivlari haqidagi chet el olimlarining asarlarida ilgari
surilgan g‘oyalarini tahlil qilar ekanmiz, quyidagilarga e’tiborni qaratish joizdir.
Jumladan, nemis olimi Z.Freyd va U.Makdaugall motivatsion omil sifatida
hayvonlardagi organik ehtiyojlarni, ya’ni instinktni odamlarga nisbatan qo‘llay
boshlashdi va inson fe’l-atvoriga bo‘lgan qarashlar ichida birinchi nazariya sifatida
maydonga chiqdi.
Bulardan tashqari XX asr boshlarida yana ikki yangi yo‘nalish paydo bo‘ladi,
bu motivatsiyaning xulq nazariyasi va oliy asab faoliyati nazariyasidir.
Inson xulqi affektiv kognitiv determinatsiyasi muammosini tahlil qila turib,
kognitiv psixologiyaning boshqa vakili X.Xekxauzen shunday xulosaga keladi-ki,
faoliyat determinatsiyasi kognitiv (bilish) va affektiv jihatlari bir-biri bilan
chambarchas bog‘liq ekan, ulardan qaysi biri rag‘batlantiruvchi kuch ekanligi
haqidagi savol o‘z ma’nosini yo‘qotmadi.
Ta’lim-tarbiya jarayonida o‘qish motivatsiyasining o‘rni butun dunyo olimlari
tomonidan tan olingan va har tomonlama o‘rganilgan. O‘quv samaradorligini
oshirishda o‘quv motivatsiyasining rolini chet el olimlari o‘z tadqiqotlarida tadqiq
qildilar. Shu nuqtai nazardan turib, qo‘zg‘atuvchilardan tashqarida sodir bo‘ladigan
xatti-harakatlarni tushuntirish bo‘yicha bir talay modellar ishlab chiqilgan bo‘lib,
ularni ko‘rib chiqish ichki motivatsiyaning mexanizmlarini tahlil qilishda qo‘l
keladi. Shunday modellardan birini Olport taklif qiladi. Olport ichki motivatsiya
bilan bog‘liq bo‘lgan uchta motivatsion tushunchalarni tahlil qiladi; funksional
avtonomiya, еtarli darajadagi harakat va «Men»ning jalb kilinganligi. U funksional
avtonomiya tamoyilini faoliyat dastavval boshqa sabab bo‘yicha paydo bo‘lishi
mumkin bo‘lgan holda, o‘zi uchun maqsadga aylanishi holatini tushuntirish uchun
kiritadi.
E.Torndayk tajribalarining alohida tomoni ularning juda tor va cheklangan
xarakterga ega ekanligidadir: ular real o‘quv jarayoni bilan juda oz darajada
bog‘langandir.
Amerikalik mualliflar ko‘proq o‘quv jarayoni anglab еtilgan motivlari bilan
emas, balki ayrim jihatlari kamroq fahmlanadigan ko‘rinishda bo‘lib, o‘quv
jarayoniga mayl-istak uyg‘otadigan muammo o‘qishni motivlashtirish masalalari
bilan shug‘ullanadilar. Bunday ilmiy ishlarning mualliflari, masalan, o‘quvchining
sonlarni yodlashiga, alohida hatti-harakatlariga qaysi psixologik jihatlar ta’sir
ko‘rsatishlarini o‘rganadilar va shu yo‘l orqali motivlashtirishning ayrim
komponentlarini aniqlashga harakat qiladilar. Bu sohada ular E.Torndaykning
izdoshlari hisoblanadilar.
E.Torndayk o‘quv jarayonini shunday ta’riflaydi: «O‘quv jarayoni u yoki bu
javob reaksiyasining ma’lum holati bilan muayyan bo‘shliqlikda, ya’ni ushbu
reaksiya hamda vaziyat o‘rtasida ma’lum aloqa o‘rnatilishi bilan izohlanadi.
Torndayk kishi o‘zi hohlagan reaksiyaning takrorlanishiga nisbatan
ro‘yxushlikning hamda o‘zi hohlagan reaksiyaga nisbatan bo‘lgan maylning ta’sirini
o‘rganishga harakat qiladi va shunday xulosaga keladi: «Bir xil sharoitda yuzaga
kelgan jazolash omillari rag‘batlantirish omillaridan ancha bo‘sh va kuchsizdir».
Keyingi kitobida esa: «Rag‘batlantirish umuman o‘ziga eltuvchi barcha aloqalarni
yoqlash va kuchaytirish an’anasiga ega, jazolash esa tez-tez (lekin har doim ham
emas) aloqalarni muayyandan noaniqka o‘zgartirish xususiyatiga egadir», -deb
yozadi.
Bruner ham o‘qishni motivlashtirish masalasiga E.Torndaykdan boshqacha
qaraydi.
«O‘quv jarayoni» nomli izlanishlarida Bruner o‘quvchining real, еtarli darajada
uzoq davom etadigan o‘qish jarayoni tufayli tug‘iladigan amaliy va nazariy
muammolarni izohlashga harakat qiladi. Bruner o‘qishni motivatsiyalash, yoki
o‘qish jarayoniga nisbatan o‘quvchilarning moyilligini orttiruvchi omillar haqida
emas, balki uning bilan birga, o‘quvchining motivlari haqida ham fikr yuritadi.
Garchi uning fikrlari umumiy xarakterda bo‘lsa ham, ulardagi ayrim yo‘nalishlar
diqqatga sazovordir.
Bu birinchi galda, o‘qish jarayonida bilish xarakteridagi motivlarning
ahamiyati va yangi narsani bilishdan paydo bo‘ladigan ichki qanoat hissi, himoya
masalalarining qo‘yilishidir.
Ta’lim berishda rag‘batlantirish va jazolashning roli haqida juda ko‘p yozilgan,
lekin «yangilikni ochish»da qiziqishning, ichki kechinmalarning ahamiyati haqida
juda kam gapirilgan. Agar biz pedagog sifatida bolalarni borgan sari kattaroq o‘quv
mavzularini egallashga o‘rgatishni istasak, aftidan, o‘quv dasturini puxta maydalab
o‘rganishda ko‘proq ichki «rag‘batlantirishni» qo‘llashimiz lozim. Keyingi
paytlarda muhokama etilayotgan predmetning murakkab bo‘limlarini o‘rganish
usullaridan biri shundaki, o‘quvchilarning imkoniyatlari hisobga olinsin, ularning
o‘z qobiliyatlari va kuchlarini еtarli darajada sarflay olishlari uchun sharoit
yaratilsin, toki ular samarali mehnat faoliyatidan qoniqish hosil qilsinlar. Tajribali
pedagoglar bunday mehnat gashtining kuchini yaxshi biladilar. Biron-bir
muammoni hal qilishga chuqur sho‘ng‘ib ketgan kishi nimalarni his qilishini
o‘quvchilar bilishi lozim.
Murakkab o‘quv materialini o‘zlashtirishda ichki motivning moyillik
uyg‘otuvchi kuch sifatidagi ahamiyati haqida Bruner shunday deb yozadi:
«Shubhasiz, masalan, mavzu o‘rganilishi jihatidan qanchalik davomli va materiali
jihatidan keng bo‘lsa, o‘quvchi shunchalik ko‘p intellektual «rag‘batlantirish» olishi
kerakki, ana shunda u keyingi mavzuni еtarli qiziqish bilan o‘rganishga kirishadi.
O‘quvchi uchun materialni u qadar chuqur tushunmaslik, deylik, navbatdagi sinfga
ko‘chish singari tashqi jihatlar rag‘batlantirish bo‘lib xizmat qilgan hollarda,
navbatdagi bilimlarni egallash uchun bo‘lgan intilish bola sinfdan-sinfga ko‘chishni
tark etganda, ya’ni maktabni tugatganda to‘xtaydi».
O‘quvchining ta’limini motivatsiyalash va diagnostika qilish haqida fikr
yuritgan olimlar G.Levald (1985) va G.Rozenfeldlarning fikricha, bu ish amalga
oshiriladigan vaziyatni ham hisobga olish kerak, chunki bu ta’lim motivatsion
diagnostikasi uchun muhimdir.
G.Levald (1985) ta’lim diagnostikasi vaziyatni, yo‘nalishni hisobga oladigan
yoki tabiiy sharoitga mos bo‘lishi lozim, -deydi. Masalan, rag‘batlantiruvchi
material haqiqiy hayotga mos kelishi lozim, chunki sun’iy shart-sharoit, muhit
shaxsiy xususiyatlarning yuzaga chiqishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Vaziyat nazariyasini diagnostika qilish vazifalarini tadbiq qilgan G.Rozenfeld
(1975) ko‘rsatadiki, vaziyat atrof-borliqning vaqtinchalik va fazoviy tavsifidir va u
sub’ekt bilan ob’ektning integratsiyasi tomonidan belgilanadi.
O‘quv motivlari- bu o‘quvchilarni o‘quv faoliyatining turli tomonlariga
yo‘naltirishdir. Masalan, o‘quvchining o‘zi o‘rganayotgan ob’ekt bilan bajaradigan
ishiga qaratilgan bo‘lsa, ularni bilish motivlari deb atash mumkin. Agar o‘quv
faoliyati o‘quv jarayonida turli kishilar bilan to‘g‘ri muloqot qilishga yo‘naltirilgan
bo‘lsa, ijtimoiy motivlar namoyon bo‘ladi. Boshqacha qilib aytganda, ba’zan
o‘quvchilarda bilish jarayoni, qolganlarida esa boshqalar bilan muloqot o‘qish
faoliyatini motivlashtirib turadi.
A.K.Markova motivlarni 2 ta katta guruhlarga ajratgan.
O‘quv faoliyatining mazmuni va uni bajarish bilan bog‘liq bilish motivlari.
O‘quvchining boshqa kishilar bilan o‘zaro ijtimoiy (sotsial) motivlari.
Bu motiv turlari psixologik adabiyotlarda keng o‘rganilgan.
Psixologlar tomonidan o‘quv motivatsiyasining salbiy va ijobiy tomonlari
mavjudligi ta’kidlab o‘tilgan. Salbiy motivlar o‘quvchi tomonidan agar u o‘qimasa,
ko‘ngilsizlik, noqulayliklar va noaniqliklarni vujudga kelishi bilan bog‘liq holda
anglangan undovchilardir.
Ijobiy motivlar o‘qish bilan bog‘liq ijtimoiy ahamiyatga ega burchni bajarish,
muvaffaqiyat qozonish, bilim egallashning yangi usullarini o‘zlashtirib olish,
atrofdagilar bilan yaxshi munosabat o‘rnatishda o‘z aksini topadi.
Motivlarning yana bir xususiyati uning vujudga kelishi tezligi va kuchida o‘z
aksini topadi. Bu xususiyat o‘quvchi qancha vaqt mobaynida ushbu motiv
tomonidan undalgan o‘quv faoliyati bilan shug‘ullana olishida namoyon bo‘ladi.
O‘qituvchining diqqat markazida o‘quv motivlarining namoyon bo‘lish shakllari
turishi kerak. Bu asosda o‘qituvchi o‘quvchi faoliyatining motivlari haqida dastlabki
tasavvurga ega bo‘ladi. Shundan so‘ng motivlarning ichki xususiyatlari salbiy
modallikka ega bo‘lgan ko‘ngilsizlikdan qochish kabi beqaror motivlarga e’tibor
berishimiz lozim.
Psixologik ma’lumotlarga ko‘ra, har qanday faoliyat muayyan motivlar
ta’sirida vujudga keladi va еtarli shart-sharoitlar yaratilgandagina amalga oshadi.
Shuning uchun ham ta’lim jarayonida o‘zlashtirish, bilimlarni egallash va
o‘rganishni amalga oshirishni ta’minlash uchun o‘quvchilarda o‘quv motivlari
mavjud bo‘lishi shart.
Bilish motivlari shaxsning (sub’ektning) gnesologik maqsad qo‘yish sari, ya’ni
belgilangan maqsadni qaror toptirishga, bilim va ko‘nikmalarni egallashga
yo‘naltiriladi. Odatda bunday turdosh va jinsdosh motivlar nazariy ma’lumotlarning
ko‘rsatishicha, tashqi va ichki nomlar bilan atalib, muayyan toifani yuzaga keltiradi.
Tashqi motivlar jazolash, taqdirlash, xavf-xatar va talab qilish, guruhiy tazyiq,
ezgu niyat, orzu-istak kabi qo‘zg‘atuvchilar ta’sirida vujudga keladi. Bularning
barchasi bevosita o‘quv maqsadiga nisbatan tashqi omillar, sabablar bo‘lib
hisoblanadi. Mazkur holatda bilimlar va malakalar o‘ta muhimroq boshqa hukmron
(yetakchi) maqsadlarni amalga oshirishni ta’minlash vazifasini bajaradi (yoqimsiz
holat va kechinmalar yoki noxush, noqulay vaziyatdan qochish ijtimoiy, yoki
shaxsiy muvaffaqiyatga erishish; muvaffaqiyatga erishuv muddaosi mavjudligi va
hokazo). Bu turdagi yoki jinsdagi tashqi motivlar ta’sirida ta’lim jarayonida bilim
va ko‘nikmalarni egallashda qiyinchiliklar kelib chiqadi va ular asosiy maqsadni
amalga oshirishga to‘sqinlik qiladi. Masalan, kichik maktab yoshidagi
o‘quvchilarning asosiy maqsadi o‘qish emas, balki ko‘proq o‘yin faoliyatiga
moyillikdir. Mazkur vaziyatda o‘qituvchining o‘qishga ularni jalb qilish niyati
o‘quvchilarning o‘yin maqsadining ushalishiga halaqit berishi mumkin, lekin bunga
izoh, talab dalillar еtishmaydi.
Motivlarning navbatdagi toifasiga, ya’ni ichki motivlar turkumiga individual
xususiyatli motivlar kiradiki, ular o‘quvchi shaxsida o‘qishga nisbatan individual
maqsadni ruyobga chiqaruvchi qo‘zg‘alish negizida paydo bo‘ladi. Chunonchi
bilishga nisbatan qiziqishning vujudga kelishi shaxsning ma’naviy (madaniy)
darajasini oshirish uchun undagi intilishlarning еtilishidir. Bunga o‘xshash
motivlarning ta’sirida o‘quv jarayonida nizoli, ziddiyatli holatlar (vaziyatlar) yuzaga
kelmaydi. Albatta, bunday toifaga taalluqli motivlar paydo bo‘lishiga qaramay,
ba’zan qiyinchiliklar vujudga kelishi ehtimol, chunki bilimlarni o‘zlashtirish uchun
irodaviy zo‘r berishga to‘g‘ri keladi. Bunday xossalarga ega bo‘lgan irodaviy zo‘r
berishlar tashqi halaqit beruvchi qo‘zg‘atuvchilar (qo‘zg‘ovchilar) kuchi va
imkoniyatini kamaytirishga qaratilgan bo‘ladi. Pedagogik psixologiya nuqtai
nazaridan ushbu jarayonga yondashilganda, muloqotli vaziyatgina optimal (oqilona)
deyiladi.
Hozirgi davrda o‘qish motivatsiyasini diagnostika qilishning boshqa yo‘llari
tavsiya qilinayapti: laboratoriya eksperimentlarini pedagogik tajribalar bilan (tabiiy
diagnostika uslublarini qo‘llash), shuningdek real o‘quv jarayoni sharoitida
o‘quvchining ijtimoiy xulqini uzoq muddat o‘rganish bilan to‘ldirish mumkin
(A.K.Markova), bu o‘qish motivatsiyasini diagnostika qilish natijalarini tekshirish
sifatida xizmat qilishi mumkin deb ta’kidlaydi.
O‘qish motivatsiyasini diagnostika qilish uni o‘tkazish uchun uslub tanlash
tamoyillarini aniqlashtirishni talab qiladi. Ta’lim motivatsiyasini diagnostika
qilishga bo‘lgan zamonaviy yondashuvlardan kelib chiqqan holda, eng kamida,
quyidagilarni ajratish mumkinligi N.Ye.Yefimova tomonidan tavsiya qilingan, biz
ularni quyida keltiramiz.