1
O‘QUVCHI-YOSHLAR JAMOASIGA PEDAGOGIK RAHBARLIK
Reja:
1. Jamoaning rivojlanishi - jamoa hayotining qonuni ekanligi;
2. jamoani dastlabki jipslashtirish;
3. jamoani shakllantirish - uning har bir a’zosini individual
rivojlantirishning asosidir.
Bugungi kunda pedagog olimlar bolalar jamoasi rivojlanishi jarayonini tahlil
qilar ekan, uni quyidagi ikki bosqichga bo‘ladi:
Jamoa hayotidagi har bir bosqichni ajratib ko‘rsatish yuqorida bayon etilgan
fikrlarga zid emas, balki shaxsning rivojlanishida jamoaning yetakchi ahamiyatini
ta’kidlaydi. Rus pedagogi A.S.Makarenko jamoa munosabatlarining ichki jihatlariga
katta ahamiyat bergan edi. U jamoada shakllangan quyidagi eng muhim belgilami
ajratib ko‘rsatgan edi:
1. Doimiy tetiklik, tarbiyalanuvchilaming faoliyatga tayyorligi;
2. o’z jamoasi qadriyatlarining mohiyatini tushunish, uning uchun
g‘ururlanish asosida o‘z qadr-qiymatini anglash;
3. Uning a’zolari o‘rtasidagi do‘stona birlik;
4. Jamoaning har bir a’zosidagi do‘stona birlik;
5. Tartibli, ishchan harakatga yo‘llovchi faollik;
6. o’z hissiyot va so‘zlarini boshqara olish ko‘nikmasi
Xo‘sh, bolalar jamoasining olg‘a harakat qilib borishiga nima yordam beradi?
Uning rivojlanishiga nima imkon beradi? Bunday kuch istiqboldir. Hayot shuni
ko‘rsatadiki, kishining kelajakka umid va ishonch bilan intilishi, hayotiy istiqbolini
2
yurtimizning taqdiri bilan bog‘lab, mustaqil diyorimizning bugungi jamiyat
sharoitida m a’naviy va ma’rifiy qiyofasini yaratishda hissa qo‘shgan kishi va jamoa
tobora shakllanib, rivojlanib boradi. Bu intilish va hayotiy istiqbolda kishining m
a’naviy va madaniy ehtiyojlarining jami, uning rivojlanganlik darajasi, butun
ma’naviy qiyofasi aks etadi. «Istiqbolning eng muhim pedagogik xususiyatlaridan
biri shuki, degandi A.S.Makarenko, u oldinga qo‘yilgan maqsad sifatida bolani
istagan natijaga erishish imkoniyati bilan qiziqtiradi, unda kelajakni barpo etishda
qatnashish istagini uyg‘otadi. Quvnoq kayfiyat va olg‘a intiluvchilikni vujudga
keltiradi». Pedagogik nuqtai nazardan istiqbol deganda, shaxsning bolalar guruhini,
umuman jamoani rivojlantirishning ichki ehtiyojlarigajavob beruvchi, uning
a’zolarini rivojlanish darajasiga, ularning yosh va individual xususiyatlariga hamda
jamiyatimiz vazifalariga mos keladigan vazifalar, maqsadlar, ishlari tushuniladi.
Jamoani vujudga keltirish va talaba-yoshlarni tarbiyalash maqsadi bilan
tashkil etiladigan istiqbollar ularning hammasi uchun xarakterli bo'lgan ayrim
umumiy xususiyatlarga ega bo‘ladi:
1. Bevosita bolalarning qiziqishiga hamda vazifani bajarish uchun birgalikda
jamoa bo‘lib kurash olib borishning quvonchli manzarasiga asoslangan ishlarning
maroqli bo‘lishi;
2. Ishlarning ijtimoiy foydali qiymati va ularning butun xalqimiz olib
borayotgan kurash bilan bog‘liqligi;
3. Istiqbol uchun kurashning borishini aniq tashkil etish;
4. Talaba-yoshlarda konkret axloqiy sifatlarni tarbiyalashda pedagogik
maqsadga muvofiqlik.
Har xil istiqbollarni tashkil etishdagi asosiy metodik usul bolalarni birorta
istiqbolga erishish uchun kurashga tayyorlashdan iboratdir. Bu tayyorgarlikka ish
rejalari, loyihalar va boshqalarni muhokama qilish kiradi. So‘ngra istiqbol sari
harakat qilishga yordam beradigan amaliy ish bajarilishi lozim. Bu ish jamoani
tashkil etish va jipslashtirish jarayonidagi eng muhim bosqichlaridan biridir. Shunga
erishish kerakki, barcha yoshlar umumiy faoliyatda ishtirok etsin va bu ishtirok etish
faol, ijobiy xarakterga ega bo‘lsin. Topshiriqlarni jamoaning barcha a’zolari
3
o‘rtasida to‘g‘ri taqsimlash bolalarni qiziqarli ishlarni bajarishga jalb qilishning
asosiy yo‘lidir. Bolalarning aql-idroki emas, balki ularning xis-tuyg‘ulariga ham
ta’sir ko‘rsatish uchun har qanday ish aniq tashkil etilishi, chiroyli jihozlanishi
kerak.
Ayniqsa, bayramlarni chiroyli va tantanali qilib tashkil etmoq kerak. Bu
bayramlarda ota-onalar va mehmonlar ishtirok etsa, bayram davomida bolalar
mukofotlansa, musobaqa yakunlari e’lon qilinsa, yaxshi bo‘ladi. Bolalarning
tayyorgarlikda jamoa maqsadiga erishish jarayoniga jalb qilishning tarbiyaviy
ahamiyati shu v jihatdan kattaki, bu yo'l bilan bolalarni maqsadga qaratilgan jamoa
axloqiy xulq-atvorini egallashga mashq qildirish uchun shart-sharoit yaratiladi.
Jamoa hayotining m e’yori umumiy maqsadga intilishga va qiziqarli ishlar bilan
shug‘ullanishga emas, balki jamoada bolalar o‘rtasidagi munosabatlar usuliga,
ularning
tevarak-atrofdagi
vaziyatga
bo‘lgan
munosabatlariga,
jamoadan
tashqaridagi aloqalariga ham bog‘liqdir.
Har bir talaba-yoshda o‘z jamoasi uchun faxrlanish tuyg‘usini, shaxsiy qadr-
qimmat hissini tarbiyalash zarur. Mazkur usul va uslublar jamoani shakllantirishga
asosiy yo‘l va vosita sifatida asos bo‘ladi. Jamoani shakllantirishda jamoa a’zolari
va ularning faoliyatlariga qo‘yiladigan yagona talablar muhim ahamiyat kasb etadi.
Yagona talab bolalarning dars jarayonidagi tanaffus, jamoat joylari hamda uydagi
xulq-atvor qoidalarini o‘z ichiga oladi. Puxta o‘ylab qo‘yilgan talablar tizimining
muntazam amalga oshirilishi o‘quv muassasasida muayyan tartibning o‘matilishini
ta’minlaydi.
Pedagoglar tomonidan qo‘yiladigan talablar quyidagi sharoitlarda ijobiy
natija beradi:
1. Qo‘yilayotgan talablar ta’lim oluvchi shaxsini hurmat qilish bilan
qo‘shilishi kerak;
2. Qo‘yilayotgan talablar muayyan o‘quv muassasasidagi mavjud sharoitni
hisobga olgan holda qo‘yilishi lozim;
3. Qo‘yilayotgan talablar aniq boMishi kerak;