O‘quvchi yoshlarning -ma’naviy dunyoqarashini shakllantirishda muzey pedagogikasining o‘rni (Turkistondagi ilk muzeylarni tashkil etilishida ilmiy jamiyatlar va kolleksionerlarning roli)
Yuklangan vaqt
2024-06-09
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
21
Faytl hajmi
154,0 KB
Ilmiybaza.uz
O‘quvchi yoshlarning -ma’naviy dunyoqarashini shakllantirishda muzey
pedagogikasining o‘rni
Reja:
1. “Muzey” atamasi va muzey haqida tushuncha.
2.Turkistondagi
ilk
muzeylarni
tashkil
etilishida
ilmiy
jamiyatlar
va
kolleksionerlarning roli.
3.Turkistonda tashkil etilgan ilk muzeylar faoliyati.
Ilmiybaza.uz
1. “Muzey” atamasi va muzey haqida tushuncha. “Muzey”, museyon so‘zi
inson madaniyatiga ikki yarim ming yil ilgari, ya’ni antik davrda kirib keldi. Lekin
uning ma’nosi xozirgi muzey tushunchasidan ancha boshqacharoq edi. Qadimgi
Yunonistonda “Museyon”deb ma’budalar sha’niga e’zozlanadigan maskanlarni
aytganlar. Bu maskanlar tabiatning go‘zal joylarida, tog‘ etaklarida, daryo va ko‘l
bo‘ylarida,
bog‘u-rog‘larda
joylashgan
bo‘lardi.
Shuningdek
museyonlar
ibodatxona vazifasini xam o‘tagan. Yunon panteoniga to‘qqizta muza kirgan.
Shulardan ikkitasi, ya’ni Klio-tarix, Uraniya-astronomiya ma’budalari bo‘lib,
qolganlari insonlarga san’at taqdim etgan: Melpomena-tragediya, Taliya-
komediya, Terpsixora-raqs, Erato-muxabbat qo‘shiiqlari, Kalliopa-epik she’riyat,
Poligimiya-diniy qo‘shiqlar, Evterpa- lirik she’riyat ma’budalari xisoblangan.
Qadimgi antik Yunonistonda ko‘pxudolik dini xukm surgani uchun xamma narsani
o‘z ma’budasi bo‘lgan. Oldinlari ma’budalar xudoning vakillari xisoblangan.
Keyinchalik ilm-fan va san’atga xomiy xudolar degan tushuncha paydo bo‘lgan.
Museyonlarda ko‘pincha shoirlar, faylasuflar, san’at ustalari yig‘ilishar,
go‘zal ma’buda xaykallari ularga ilhom bag‘ishlar edi. Bu yerda she’riyat kechalari
ham bo‘lib o‘tar va xaqiqiy adabiyot-she’riyat markaziga aylangan edi.
Vaqt o‘tishi bilan museyonlan yo‘q bo‘lib ketdi. “Museyon” atamasi
“muzey”
Mashhur fransuz muzeologi J.Bazenni ta’kidlashicha, muzeylar tarixini yozish
uchun ikkita narsani tushintira olish kerak: birinchisi - muzeylar konsepsiyasi,
ikkinchisi - zamon konsepsiyasi.
Muzeylar o‘zlarining ilk paydo bo‘lgan kunidan boshlab o‘z zamonasini aks
ettirgan, o‘z zamonasining talab extiyojlarini ifoda qilgan, qisqa qilib aytsak
zamon ko‘zgusi bo‘lgan.
O‘z ildiziga qarab intilish, o‘zini o‘zi anglash uchun qiziqish uyg‘onishi,
insoniyatga xos bir fazilatdir. Muzeylarni paydo bo‘lishiga insoniyatdagi ana shu
xususiyat eng oliy sabablardan biridir.
Ilmiybaza.uz
Oldinlari faqat ma’lum bir shaxslar uchun xizmat qilgan muzeylar, asta-
sekin, ommaviylashib bordi va jamiyat madaniyatining ajralmas bir qismiga
aylandi.
Hozirgi kunda “Muzey” so‘zining bir qator tushunchalari mavjud bo‘lib,
ma’lum darajada bu fenomenning murakkabligini anglatadi. XX asr insoniyatga
yangi tipdagi muzeylarni taqdim etdi. Endi predmetlarni nafaqat saqlash va
ekspozitsiyaga qo‘yish, balki ularga xos atrof-muhitni, turli tarixiy-madaniy
jarayonlarning lavhalarini, inson faoliyatining turlarini ko‘rsatish vaqti kelganligi
anglandi. Ochiq osmon ostidagi muzeylar paydo bo‘ldi, ularning asosini
predmetlarni an’anaviy kolleksiyasi emas, balki o‘zining tabiiy atrof muhitida
namoyish etiladigan, xalq turmushini aks ettiruvchi me’moriy yodgorliklar tashkil
etdi. Shuningdek, asl nusxadagi predmetlarni emas, ularning kopiyalarini namoyish
etuvchi mezeylar ham paydo bo‘ldi.
“Muzey” tushunchasining ko‘p qirraligiga yana bir sabab, nazariy
muzeyshunoslikning rivojlanishi va mutaxassislarning turli tadqiqotchilik
yondashuvi, hamda maqsad vazifalarning har xilligidir. So‘rov xarakteriga ega
bo‘lgan nashlarda mezeylar asosan ilmiy-tadqiqot va madaniy - ma’rifiy muassasa
sifatida izohlanadi va ularning ijtimoiy funksiyalariga mos tarzda komplektlash,
xisobga olish, saqlov, madaniy, tarixiy yodgorliklarni targ‘ib etish va o‘rganish
ishlarini olib boradi deb yozilgan.
Xalqaro amaliyotda asosan, Muzeylarning Halqaro kengashi (IKOM)
tomonidan ishlab chiqilgan qonundan foydalaniladi. Bu esa o‘z navbatida 1974
yilgi Ustavga ham kiritilgan. O‘zgarishalar kiritilgan ushbu Ustavning oxirgi
variantida (ya’ni 1995 yil) quyidagilar ta’kidlanadi: “Muzey - bu doimiy,
kommercheskiy bo‘lmagan muassasadir, u jamiyat uchun xizmat qiladi va odamlar
uchun ochiqdir. Muzey eksponatlarni to‘playdi, saqlaydi, o‘rganadi, targ‘ib qiladi
va ekspozitsiyaga qo‘yadi”. Mazkur tushuncha uzoq rivojlanish yo‘lini bosib o‘tdi,
lekin ko‘p masalalar yechilmay qoldi. Masalan, botanika bog‘lari zooparklarni ham
muzey deb xisoblash mumkinmi? Axir ular tabiatning flora va fauna dunyosini
kolleksiyalariga ega, ularning saqlanib qolishini ta’minlaydi, o‘rganadi, namoish
Ilmiybaza.uz
qiladi, shu bilan bir qatorda ommaning dam olish borasidagi talablarini qondiradi.
Lekin bu kolleksiyalar tabiatning o‘lik emas, jonli namunalardan tashkil topgan.
Shunga o‘xshash savollar tug‘ilganda mutaxassislarning fikrlari bo‘linadi.
Birlari “muzey” deb faqat an’anaviy tipdagi ilmiy, tarixiy yoki kolleksiyalarda o‘z
faoliyatini asoslaydigan muassasalarga aytiladi deb xisoblaydi. Shuning uchun ular
zoologiya va botanika bog‘lari, ko‘plab ilmiy muzeylar, tabiiy va tarixiy
yodgorliklarni muzey deb xisoblashmaydi. Boshqa muzeyshunoslar esa, madaniy
merosga nisbatan muzey xarkteri va rolini kengroq izohlaydilar. Ular inson
atrofidagi barcha tabiiy, madaniy, ijtimoiiy muhit mezeyga xos deb biladilar.
Mazkur fikrlarni inobatga olgan holda, barcha botanika bog‘lari, zooparklarni,
tabiiy va tarixiy yodgorliklarni IKOM o‘ziga a’zo qilib olgan.
Muzey jamiyatga xizmat qilishi lozim va uni rivojlantirishi kerak degan fikrlarni
ham mutaxassislar bir ovozdan ma’qullamaydilar. Jamiyat qiziqishini nimadan
iboratligini kim qanday mezonlar asosida belgilaydi? Axir jamiyatdagi turli
guruhlarning qiziqishi va talabi bir xil emasku. Muzeylar kim uchun faoliyat
ko‘rsatadi? Jamiyat ravnaqi va ilmiy progress uning ishlayotgan olimlari uchun
yoki keng ommaning, estetik va ta’lim talablarini qondirish uchunmi? Misol
keltirilgan ziddiyatli savollar turli mamlakatlarning mutaxassislari tomonidan
(muzeyshunoslar, faylasuflar, sotsiologlar, tarixchilar, san’atshunoslar ham shular
jumlasidandir) muzey atrofida yuz yillar maboynida muxokama qilinib kelingan.
Ular shunga guvohlik berishadiki, muzey – bu juda murakkab fenomen va unga
baxs muzokarasiz va hammaga ma’lum bo‘ladigan aniqlik kiritib bo‘lmaydi.
“Muzey” tushunchasining talqiniga nisbatan nazariy muzeyshunoslikda ham
turlicha yondoshiladi, lekin ko‘pchilik tadqiqotchilar muzeyning bajaradigan
funksiyalariga ko‘ra uni ijtimoiiy institut deb hisoblaydilar.
2.Turkistondagi ilk muzeylarni tashkil etilishida ilmiy jamiyatlar va
kolleksionerlarning roli. Turkistondagi muzeylar va ularning xususiyatlarini
o‘rganish mustaqillik davridagi muzeylar taraqqiyoti ildizlarini aniqlash, qiyosiy
tahlil qilish yordamida muzey ishi amaliyotidagi ijobiy va salbiy tomonlarni
aniqlashga yordam beradi. Sovet davridagi mutaxassislar Turkiston muzeylari va
Ilmiybaza.uz
ularning faoliyatini sobiq tuzum mafkurasi doirasida yoritgan bo‘lsa, bugungi
kunda avvalgi tarixiy jarayonga xolis baho berish imkoniga ega bo‘lindi. Bu esa
sovet davri muzeyshunoslari tajribalarining ijobiy tomonlari rad etilmagan holda
davr va sobiq mafkura ta’siridan xoli, jahon andozalaridan kelib chiqqan tarzda
tanqidiy yondashuv asosida tadqiqot olib borishni belgilaydi.
1876 yil 16 martdagi «Turkestanskie vedomosti» gazetasi tahririyatining General-
gubernator idorasiga rasmiy maktubida gazeta muharriri N.A.Maevning
Toshkentda muzey ochish haqidagi bayonnomasi yuborilayotgani xabar qilinadi1.
Demak, Rossiya istilosining dastlabki o‘n yili o‘tganidan so‘ng Turkistonda muzey
tashkil etilishi lozimligi olimlar tomonidan qayd etilgan.
Rossiya imperiyasining 1853 yili Oqmachitni bosib olishidan to 1876 yili
Qo‘qon xonligi tugatilishiga qadar ularning barcha yurishlarida olimlar ishtirok
etib, turli hujjat, qo‘lyozma, kitob va boshqa osori-atiqalarni to‘plashgan. General-
gubernator K.P.Fon Kaufman farmoniga asosan Samarqand istilosidan so‘ng
qo‘lga kiritilgan xalifa Usmon Qur’oni sharqshunos A.L.Kun tashabbusi bilan
Peterburg ommaviy kutubxonasiga jo‘natiladi. Buxoro amirligida Muzaffarning
to‘ng‘ich o‘g‘li Abdumalik To‘ra boshchiligidagi qo‘zg‘alonni bostirish davomida
rus harbiy ekspeditsiyasi Shahrisabz va Kitob beklaridan 97 ta qadimiy
qo‘lyozmani olib qaytgani ma’lum2.
Xivaga 1873 yilgi yurish davomida qo‘shin tarkibida qatnashgan
sharqshunos olim A.L.Kunga (1840–1888) Peterburg kutubxonasi va muzeylari
uchun ilmiy ahamiyatga molik hamma narsalarni sinchiklab tekshirish hamda
to‘plash topshirilgan edi. Natijada xon kutubxonasidan 300 ga yaqin qo‘lyozma-
kitoblar musodara qilingan. Xiva xonlarining tanga pul zarb qiladigan 200 nusxa
qolipi, bir qancha muhr, xonning taxti, 172 nusxa mo‘g‘ullar davri tangalari,
qo‘ng‘irotlar sulolalariga oid tangalardan 3 nusxadan, ko‘plab etnografik
1 ЎзР МДА, И–1-фонд, 16-рўйхат, 965-иш, 4-варақ.
2 Содиқова Н. Маданий ёдгорликлар хазинаси. – Тошкент: Фан, 1981. – Б. 33.; Тарих шоҳидлиги ва сабоқлари
/ Масъул муҳаррир Д.А.Алимова. Тошкент: Шарқ, 2001. – Б. 353-401.
Ilmiybaza.uz
buyumlarni to‘plab imperiya poytaxtiga jo‘natilgan3. Xiva ustalarining kandakorlik
san’ati namunasi bo‘lgan taxt 1874 yil nodir ashyolar to‘plami qurol-aslahalar
palatasiga yuborilgan. Xivadan olib ketilgan ayollar va bolalar kiyimlari, oltin va
kumush zargarlik buyumlari, Sarskoe selo qo‘riqxonasi, Peterburg badiiy
rag‘batlantirish jamiyati muzeyi, Moskva politexnika muzeylariga taqsimlab
berilgan. Xiva xonligidan talangan qimmatbaho buyumlarning katta qismi Rossiya
Davlat Ermitaji, Etnografiya muzeylariga ham olib ketilgan4.
Qo‘qon
xonligini
tugatish
paytida
(1875–1876)
tarix,
tibbiyot,
huquqshunoslik va diniy ilmlarga oid 130 ga yaqin qo‘lyozma musodara qilinadi.
Bu qo‘lyozmalar dastlab Turkiston xalq kutubxonasi, so‘ng Rossiyaga olib ketilib,
imperator Xalq kutubxonasiga topshirilgan5.
Respublika Markaziy Davlat arxividagi hujjatlar ichida Turkiston General-
gubernatori Kaufmanga 1878 yil 27 oktyabrda yuborilgan tashakkurnoma saqlanib,
unda Kavkaz noibi boshqarmasi Toshkentdan yuborilgan yetti yashik etnografik
buyumlar olinib, Tiflis muzeyiga joylashtirilgani haqida xabar beriladi6.
Yuqoridagi ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, O‘rta Osiyoning istilo
qilinishi davomida tartibli va uyushgan holda kolleksiyalar to‘plashga asos
solingan. Bu jarayon rasmiy tarzda amalga oshirilgan. Bundan tashqari O‘rta Osiyo
xalqlari madaniyatiga oid osori-atiqalarni arzon-garovga sotib olib, xususiy boylik
orttirish payida bo‘lgan kishilar ham kam emasdi. Ular qatorida Zarafshon okrugi
boshlig‘i general A.Abramov, Sirdaryo viloyati harbiy gubernatori general
N.Golovachev, Amudaryo bo‘limi boshlig‘i A.Galkin va boshqalar bo‘lib, ular
to‘plagan kolleksiyalar ham ushbu davrga oid7.
3 Лунин Б.В. Средняя Азия в дореволюционном и советском востоковедении. – Ташкент: Фан, 1966. – С. 114-
120.
4 Тарих шоҳидлиги ва сабоқлари / Масъул муҳаррир Д.А.Алимова. Тошкент: Шарқ, 2001. – Б. 353-401.
5 Чабров Г.Н. Накопление сокровищ и культурных ценностей в государствах Средней Азии с древнейших
времен до падения феодальных деспотий // Рукопись. Научный архив Государственного музея истории
Узбекистана. 1957. – 1963. – 126 с.
6 ЎзР МДА, И–1-фонд, 19-рўйхат, 428-иш, 23-варақ.
7 Содиқова Н. Маданий ёдгорликлар хазинаси. – Тошкент: Фан, - 1981. – Б. 34-35.
Ilmiybaza.uz
Rus olimlarining turli kolleksiyalar to‘plash faoliyati bir tomondan
Peterburg, Moskva muzeylari, kutubxonalari, ko‘rgazma zallar zaxiralarini O‘rta
Osiyo buyumlari va qo‘lyozmalari bilan to‘ldirishga yo‘naltirilgan bo‘lsa-da,
ikkinchi tomondan ma’lum vaqt o‘tib, mahalliy muzeylar tashkil etish hamda ilmiy
jamiyatlarni rivojlantirish ishiga yordam berdi. O‘z ishlarining fidoyilari bo‘lgan
olim, o‘lkashunos, shifokor mahalliy aholi vakillari bilan birgalikda Turkistonda
yevropacha tamoyildagi muzeylar to‘plamlari, qo‘lyozmalar kolleksiyalarini
yig‘ish, ommaviy kutubxonalarni tashkil etish ishlarini boshladilar.
Toshkentda 1870 yili Turkiston xalq kutubxonasining tashkil etilishi, xususiy
kolleksiya to‘plovchilari xizmati tufayli qator qimmatbaho buyumlar fan uchun
asrab qolindi. Xalq kutubxonasida saqlanayotgan arab, fors va turkiy qo‘lyozmalar
tavsifi Ye.F.Kal tomonidan 1883 yilda nashr etilib, ilmiy jamoatchilikda katta
qiziqish uyg‘otdi.
Kutubxonaning qo‘lyozmalar bo‘limi 1898 yili Andijon qo‘zg‘alonidan
so‘ng Dukchi Eshon Muhammad Alidan musodara qilingan asarlar bilan boyitildi8.
Professor V.A.Jukovskiyning ma’lumotiga ko‘ra, kutubxonada islom tarixi,
tasavvuf ilmiga oid 194 ta qo‘lyozma bo‘lgan. Shulardan kutubxona katalogiga
1912 yili 311 tasi kiritilganligi sharqshunos A.A.Semyonov tomonidan qayd
etilgan9.
Qilingan sa’y-harakatlar, ilmiy tadqiqotlarning aksariyat qismi fidoyi
olimlar, kichik amaldorlarning shaxsiy tashabbusi bo‘lgan. General-gubernatorlik
ma’murlari tomonidan sohaga juda kam mablag‘ ajratilgan. Sharqshunos
V.V.Bartoldning yozishicha, «O‘rta Osiyo xalqlari qadimgi madaniyatini
o‘rganish, yodgorliklarni asrashni foydasizgina emas, balki zararli hamdir» deb
8 Зиёдов Ш., Муминов А. Библиотека Дукчи Ишана. В «Манокиб-и Дукчи Ишан» (Аноним жития
Дукчи Ишана – предводителя Андижанского восстания 1898 г.) Перевод с турки, введение и
комментарии Б. М. Бабаджанова. Ташкент–Берн–Алматы: Дайк-Пресс, 2004. – С. 344-385.
9 Семенов А.А. Государственная публичная библиотека и фонды восточных рукописей Узбекистана //
Альманах «Литературный Ташкент». 1945. – С.112-115.; Его же. Среднеазиатские рукописные фонды и
важность их изучения // Материалы первой Всесоюзной Научной конференции Востоковедов в г. Ташкенте.
– Ташкент, 1958. – С. 915.
Ilmiybaza.uz
hisoblangan10. Zero, bunday munosabat xorijdan kelgan sayyohlar va mahalliy
antikvar
buyumlar
to‘plovchilarni,
yodgorliklar,
maqbaralarni
talon-toroj
qilishlariga olib keladi. Jumladan, Sharl Uiyfalfi boshchiligidagi fransuz ilmiy
ekspeditsiyasi Samarqand tarixiy obidalarining qoplama koshin namunalaridan
yetti yashigini olib ketgan. Mustamlaka ma’murlarining e’tiborsizligi tufayli,
G.Vamberi, V.Frank, G.Mozer va boshqalar tomonidan ko‘plab qimmatbaho
buyum, nodir qo‘lyozmalar Yevropa mamlakatlariga olib ketildi.
Lekin ayrim holatlarda O‘rta Osiyoga mutaxassislar kelishining ijobiy
jihatlari ham bo‘lganligini ta’kidlash joiz. Samarqand me’moriy obidalari bilan
tanishib qaytgan shvesiyalik me’mor Martin Rossiya moliya vaziri S.Vittega
yozgan xatida shahardagi me’morchilik ansamblining jahon madaniyati uchun
ulkan ahamiyatini ta’kidlash bilan birga, bu ulug‘vor yodgorliklarni muhofaza
qilish va o‘rganishni tashkil etishni so‘raydi. Natijada 1895 yili bu tadbir uchun
ma’lum mablag‘ ajratilib, o‘lchash, chizmalar chizish, tadqiqot ishlari boshlab
yuboriladi11. «Go‘ri Amir» fotoalbomi ham shu davrda nashr etiladi12.
Rossiya istilosidan so‘ng ilmiy tadqiqot ishlarining aksariyati Turkistonning
moddiy boyliklarini o‘rganish, ulardan ratsional foydalanishga yo‘naltiriladi.
A.P.Fedchenko,
V.V.Dokuchaev,
I.V.Mushketov
va
boshqalarning
tuproqshunoslikka oid tadqiqotlari O‘rta Osiyoda zamonaviy ilmiy fanlarga asos
soldi13.
Muzeylar tashkil etish tashabbuskorlari: A.P.Fedchenko, I.V.Mushketov,
V.F.Oshanin, V.V.Bartold va boshqalar Turkistonni atroflicha o‘rgangan ilg‘or rus
ziyolilari edi. Ularning asarlaridan geologiya, geografiya, botanika, zoologiya,
mineralogiya sohalari qatorida numizmatika, tarix, etnografiyaga oid ma’lumotlar,
10 Унинг Шарқ маданий ёдгорликларига бўлган муносабати ҳақида муфассал қаранг: Бартольд В.В. Задачи
русского востоковедения в Туркестане. Сочинения. Т. IX. 1976. – С. 522-533.
11 Содиқова Н. Маданий ёдгорликлар хазинаси. – Тошкент: Фан, 1981. – Б. 36.
12 ЎзР МДА, Р–394-фонд, 1-рўйхат, 143-иш, 19-варақ.
13 Лунин Б. Средняя Азия в дореволюционном и советском востоковедении. – Ташкент: Фан, 1965.; Его же.
Средняя Азия в научном наследии отечественных востоковедов: Историографический очерк. – Ташкент,
1979.
Ilmiybaza.uz
qadimiy yodgorliklarni o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar ham mavjud edi. Ilmiy
jamiyatlar, muassasalar va ayrim mahalliy shaxslar o‘z to‘plamlarini Turkiston
o‘lkasi mineralogiyasi, zoologiyasi, numizmatikasi, etnografiyasiga oid ajoyib
ashyo va buyumlar bilan to‘ldirib bordilar. Mazkur tabiiy kolleksiyalarni
birlashtirish va ular asosida muzey tashkil etish masalasi ilmiy jamoatchilik
tomonidan kun tartibiga qo‘yildi. A.P.Fedchenkoning Turkiston general
gubernatoriga yozgan axborotida: «Turkistonni muvaffaqiyatli rivojlantirish uchun
u bilan asosli ravishda tanishib chiqish lozim, muzey esa buning uchun eng yaxshi
vositadir», – deb yozadi14. Bu masala 1871 yili tabiatshunoslik, antropologiya va
etnografiya havaskorlari jamiyatining Turkiston bo‘limi majlisida yana ko‘tarildi.
O‘rta Osiyo olimlari ilmiy jamiyati uni bir necha yillar mobaynida hal qilishni
qayta-qayta so‘raydi. Nihoyat, Sirdaryo viloyati harbiy gubernatori general
N.Golovachyov 1876 yilning 9 yanvarida muzeyni komplektlash bo‘yicha
yig‘ilishga N.A.Maev, V.F.Oshanin, A.I.Vilkins, D.Yu.Yujakov va I.I.Krauzelarni
taklif etadi hamda muzey ochishga qaror qilinadi.
2.Turkistonda tashkil etilgan ilk muzeylar faoliyati.
Turkistonda
muzeylar
qurilishining
boshlanishi,
dastlabki
muzeylar
tashabbuskorlari va yaratuvchilari A.P.Fedchenko, V.F. Oshanin, V.V. Bartold,
I.V. Mushketov kabi tadqiqotchi olimlarning nomi bilan bog‘lik. Yuqorida qayd
etilganidek muassasalar, ilmiy jamiyatlar, olimlar, mahalliy aholi ko‘p yillar
mobaynida Turkiston o‘lkasi zoologiyasi, numizmatikasi, minerologiyasi,
etnografiyasiga oid kolleksiyalar bilan o‘z fondlarini to‘ldirib borganlar. Vaqt
o‘tishi bilan ushbu kolleksiyalarni birlashtirish va muzey tashkil etish masalasi
ko‘tarildi.
Shu tariqa, 1876 yil O‘rta Osiyoda birinchi muzey tashkil topdi15. Lekin
davlat tomonidan bino berilmagani uchun, N.A.Maev o‘zining ipakchilik
maktabidan muzey uchun ikki xona ajratdi. Ko‘p o‘tmay, muzey Statistika bo‘limi
ixtiyoriga o‘tkaziladi. Muzey ta’minoti uchun yiliga 300 so‘m ajratilganidan
14 ЎзР МДА, И–1-фонд, 16-рўйхат, 259-иш, 10-варақ.
15 Туркестанские ведомости, 1876. № 48.
Ilmiybaza.uz
tashqari, ba’zi shaxslarning moddiy yordamlari ham kelib tushgan. N.A.Maevning
yozishicha, muzey faoliyati uchun yiliga 1600 so‘mlik mablag‘ talab etilgan16.
1877 yilning yanvariga kelib, muzey etnografiya, ishlab chiqarish texnologiyasi,
qishloq xo‘jaligi, tabiat tarixi va arxeologiya bo‘yicha 1500 dan ortiq ashyolarga,
800 ga yaqin qadimiy tangalarga ega bo‘ldi17. Muzey tez rivojlandi. Mazkur
eksponatlar asosida etnografiya-texnika, tabiat, tarixiy-arxeologiya, numizmatika,
qishloq xo‘jaligi bo‘limlari mavjud edi. Ekspozitsiya o‘lkamizning an’anaviy
amaliy san’ati surat namunalaridan boshlangan bo‘lib, Ili vohasida yashagan
uyg‘urlarning G‘uljadan yuborilgan an’anaviy kiyim-kechaklari ham namoyish
etilgan. Shuningdek, ko‘rgazmaga qurol-yarog‘lar, musiqa asboblari kolleksiyasi,
hunarmand to‘qimachilarning ipak, jun, paxta tolasidan to‘qilgan gazlamalari
namunalari, Hisor olachasi, Shahrisabz bahrombegisi, Qoshg‘ar bozorlarida
sotiladigan ingliz gazlamalari namunalari ham qo‘yilgan bo‘lib, undan kitobat va
yozish qurollaridan boshlab, chinni, tunj, loydan ishlangan haykalchalar, mahalliy
qog‘oz va ipak namunalari, zargarlik buyumlari, tumor kabi diniy tasavvurlar bilan
bog‘liq ashyolar ham o‘rin olgan edi. Tabiatshunoslik bo‘limida yo‘lbars, qo‘tos
tulumlari bilan bir qatorda turli-tuman hasharot, qushlarning kolleksiyasi,
o‘simliklar gerbariysi mavjud bo‘lgan. Ma’danlar bo‘limida O‘rta Osiyoning turli
hududlaridan keltirilgan toshko‘mir, oltingugurt, tuz, neft, turli tog‘ jinslari va
ma’danlar, temir, mis rudalari namunalarini ko‘rish mumkin edi. Numizmatika
bo‘limida miloddan avvalgi III asrdan milodning IV asriga qadar Yunon-Baqtriya,
Kushonlar, Sosoniylar, hind hamda musulmon tangalarining eng noyob namunalari
bo‘lgan. Arxeologiya bo‘limida To‘ytepa, Shohruhiya, Issiqko‘l rayonlaridan
keltirilgan me’moriy obidalarning sirli koshinlari joylashtirilgan. Qishloq xo‘jalik
bo‘limi turli o‘simliklar urug‘lari, asalarichilikka oid ashyolar, ipakchilikka oid
kolleksiyalar, dendrologiya namunalaridan iborat edi18.
16 Содиқова Н. Маданий ёдгорликлар хазинаси. – Тошкент: Фан, 1981. – Б. 39.
17 Туркестанские ведомости, 1877. № 18.
18 Содиқова Н. Маданий ёдгорликлар хазинаси. – Тошкент: Фан, 1981. – Б. 40.
Ilmiybaza.uz
Muzey predmetlari maxsus to‘planmagan bo‘lsa-da, unda qimmatbaho,
nodir va noyob buyumlarning asl nusxalari mavjud edi. Mazkur muassasaning
tashkil etilishi fanning turli tarmoqlarida foydalanish mumkin bo‘lgan xilma-xil
kolleksiyalarni to‘plashni davom ettirishga turtki berdi. Natijada ekspozitsiyalarni
kengaytirish va bo‘limlarni ma’lum darajada tartibga solish uchun dastur ishlab
chiqilib, geografiya, antropologiya bo‘limlari ajratildi, texnika, sanoat va
etnografiya bo‘limlariga bo‘lindi.
Muzey Nizomi ishlab chiqilib tasdiqlandi. Unda muzey ixtisosi vazifasi, ish
ko‘lami belgilab berildi19. Dastlab muzeyni besh kishidan iborat nazorat komiteti
boshqardi.
Nizomga
muvofiq
muzeyga
geologiya,
botanika,
zoologiya,
etnografiya, arxeologiya, numizmatika, sanoat va qishloq xo‘jaligi bo‘yicha
eksponatlar to‘plash va saqlash huquqi berildi. Mazkur Nizomda: «Muzey
ommaning O‘rta Osiyo o‘lkasi bilan tanishuvi va to‘plangan materiallarni olimlar
o‘z sohalari bo‘yicha o‘rganishlari uchun ochildi», –deyilgan edi20. Lekin muzey
bu talabga to‘liq javob bera olmas edi, chunki eksponatlarning bir-biriga aloqasi
yo‘k, alohida kolleksiyalardan iborat edi. Nizomning bu bandidan muzey
tashkilotchilari, uning vazifasini ilmiy-ma’naviy muassasa sifatida belgilaganlari
ko‘rinib turibdi. Albatta, o‘z davri uchun Turkistonda tashkil etilgan birinchi
muzeyning ahamiyati katta edi. Undagi kolleksiya to‘plamlari va ekspozitsiyaning
sifati hamda ko‘lami yillar o‘tib o‘sib bordi.
Olimlarning fikricha, 1876–1880 yillar Toshkent muzeyi faoliyatining
muhim bosqichi bo‘ldi. Shu yillarda numizmatika, etnografiya bo‘limlari boy
kolleksiyalar bilan to‘ldirildi.
Albatta, moziyga nazar solinsa, ilk muzeyning ahamiyati katta edi. Toshkent
muzeyi xalqning O‘rta Osiyodagi yangi muassasa sifatida o‘zini anglashga,
o‘tmish, tarixga hurmat tuyg‘usi bilan shakllantirishga xizmat qildi. Ilg‘or fikrli
mahalliy ziyolilar jamoatchilikni qadimiy yodgorliklarni asrab-avaylashga, ularni
kelajak avlodlar uchun saqlab qolish hamda muhofaza qilishga mablag‘ to‘plashga
19 Туркестанские ведомости. 1888. – № 5.
20 ЎзР МДА, И–1-фонд, 16-рўйхат, 359-иш, 32-варақ.
Ilmiybaza.uz
da’vat etdilar. Vaqtli matbuotda tarixiy yodgorliklarning holati haqida muntazam
maqolalar chop etila boshlanib, tarixiy topilmalar, xazina izlovchilar, muzeydagi
qiziqarli eksponatlar bilan o‘quvchilarni ham tanishtirish boshlandi. Madaniy
yodgorliklarni muhofaza qilishda muzeylarning ahamiyati batafsil tahlil etildi.
Muzey kolleksiyalarining tez-tez ko‘chirilishi hamda o‘g‘irlanishi natijasida
u jiddiy zarar ko‘rsa ham fidoyilar sa’y-harakatlari tufayli fondlar doimiy ravishda
boyitib borildi. Toshkent muzeyi 1884 yilga kelib gerbariy, numizmatika to‘plami
Samarqand kolleksiyalaridan tashqari 3000 ta turli buyum-ashyolarga ega edi21.
Oradan yana ikki yil o‘tib, eksponatlar soni 4000 dan oshib ketdi22.
Rossiya imperiyasining «Turkiston o‘lkasini boshqarish haqidagi Nizomi» 1886
yili 16 iyulda e’lon qilindi. Unga binoan ta’sis etilgan maxsus qo‘mitaga muzey
ham bo‘ysunar edi23. Ammo maxsus komitet faoliyati 1904 yilning oktyabrida
to‘xtatilgach, muzey boshqaruvi bevosita mahkama hukmdori ixtiyoriga o‘tdi24.
Muzey qoshida 1906 yili Nazorat komiteti qaytadan tuzildi, kutubxona va
muzey ishlarining yangi qonun-qoidalari tasdiqlandi, byudjeti birmuncha oshirildi.
Shu paytdan e’tiboran muzey va kutubxona uchun bino qurish masalasi ko‘tarildi.
Yangi keltirilgan qo‘lyozma, kitob, kolleksiya, eksponatlarning ko‘pligi bu ishni
kechiktirib bo‘lmas zaruriyatligini ko‘rsatardi. Mazkur masala yuzasidan
tayyorlangan axborotda general-gubernator va mahkama boshqaruvchisining dala
hovlilarini sotish muzey va kutubxona uchun bino qurishning yagona
imkoniyatidir degan fikr bildiriladi. Sababi, ushbu binolardan kam foydalanilgan,
qolaversa ularning saqlanishi uchun ma’lum mablag‘ sarflanishi ro‘kach qilinadi25.
Turkiston general-gubernatori kengashi ushbu tadbirni ma’qullab, muzey binosi
loyihasi tuzildi. Loyiha va sarf-xarajatlar smetasi 1911 yili bosh shtab injenerlik
komiteti tomonidan ko‘rib chiqilsa-da, ularning barchasi qog‘ozda qolib ketadi.
21 Туркестанские ведомости. 1894. – № 1.
22 Сирдарё вилояти обзори. – Тошкент. 1887. – Б. 329-330.
23 Туркестанские ведомости. 1889. – № 54.
24 Туркестанские ведомости. 1904. – № 156.
25 Туркестанские ведомости. 1907. – № 166.
Ilmiybaza.uz
Toshkent muzeyi bo‘limlarining kengayishi notekis, jamg‘armalarning
to‘latilishi ilmiy asossiz davom etdi. Shunga qaramasdan, muzey tarixiy
bo‘limining keyingi taraqqiyotida 1885 yili tuzilgan arxeologiya havasmandlari
to‘garagining faoliyati muhim ahamiyat kasb etdi. To‘garak tashkil etgan
arxeologik ekspeditsiyalarning dastlabki arxeologiya va numizmatika materiallari
1899 yildan muzeyga topshirila boshlanadi26.
Toshkent muzeyining muvaffaqiyatli faoliyati Turkiston o‘lkasidagi boshqa
shaharlarda ham muzey tashkil etish uchun yo‘l ochdi. Bu borada ikkinchi
muzeyning Samarqand shahrida ochilishi to‘la asosga ega edi, albatta. Sababi, bu
qadimgi shahar o‘z yodgorliklari bilan nafaqat olim va sayohatchilarni, balki
jamoatchilikning keng qatlamlarini o‘ziga jalb etardi. Samarqandda havaskor
o‘lkashunoslar, yodgorlik buyumlarini to‘plovchilar, kolleksionerlar ham talaygina
edi.
Zarafshon okrugi boshlig‘i mahkamasi (keyinchalik Samarqand viloyati
harbiy
gubernatori
idorasida)
arxeologik
qazishmalarda
topilgan
ashyo,
qo‘lyozmalar, in’om etilgan buyumlar to‘plana borgan. Bu borada Zarafshon
okrugi boshlig‘ining arxeologiya, numizmatika va qo‘lyozmalarni to‘plash,
aniqlash va ekspozitsiyalash hamda saqlash bo‘yicha maxsus topshiriqlar amaldori
M.N.Rostislavovning sa’y-harakatlari e’tiborga sazovor27. Uning taklifi bilan 1874
yili maxsus ajratilgan mablag‘ga qadimgi qo‘lyozma, tanga-chaqalar sotib olinadi.
To‘plangan ashyo buyumlar ijaraga olingan binolarda saqlangan.
Samarqandlik usta Mirza Qosimov shahardagi me’moriy yodgorliklarning
sirli qoplamlari lavhalarini to‘plovchi kolleksiyachi sifatida tanilgan edi. Jizzax
yaqinidagi «Temur darvoza» qoyatosh lavhalari ham shu ajoyib rassom va xattot
tomonidan qog‘ozga ko‘chirilgan. M.Qosimov Ulug‘bek madrasasining qo‘lyozma
chizmasini ham tayyorlagan. Uning rasmlari to‘plami 1886 yili Toshkentdagi
26 ЎзР МДА, Р–72-фонд, 1-рўйхат, 3-иш, 9-варақ.
27 Упфал Г.Я., Забродин Е.Б. К вопросу о дате возникновения Самаркандского музея / Очерки истории
музейного дела в СССР, вып. У. 11, - М: 1971.
Ilmiybaza.uz
Turkiston hunarmandchilik sanoati ko‘rgazmasida namoyish etilib, munosib
taqdirlanadi28.
Mahalliy kolleksiya to‘plovchilar orasida samarqandlik Mirza Abdulla
Buxoriy ham bo‘lib, u savdogar va mahalliy ipak, jun, ip gazlama buyumlari
fabrikasining xo‘jayini ham edi. Mirza Abdulla 1878 yili Toshkentda ko‘rgazma
tashkil etib, unda xonatlas, ayollar bosh kiyimlari kabilardan iborat kolleksiyasini
namoyish etgan29.
Abu Said Mahsum – Shayboniyxon madrasasi mudarrisi, mahalliy
o‘lkashunos, qadimgi buyumlar havasmandi va to‘plovchisi bo‘lgan. U mohir
xattot bo‘lib, Go‘ri Amir, Shohi Zinda dahmalari va boshqa me’moriy
inshootlardagi o‘qilishi qiyin bo‘lgan yozuvlardan nusxa ko‘chirgan. To‘plangan
qadimgi buyum, tanga-chaqalarni saqlaydigan maxsus stol va vitrinalarni
ta’mirlash, zarur jihozlar tayyorlash uchun viloyat ma’muriyati ma’lum miqdorda
mablag‘ ajratadi. To‘plangan tangalar 1875 yilning iyulida 700 dona bo‘lsa,
kutubxonadagi qo‘lyozma va kitoblar esa 30 taga yetadi30. Zarafshon okrugi
mahkamasida saqlanayotgan kolleksiyaning bir qismi 1883 yili Toshkent muzeyiga
topshirilsa-da, Samarqanddagi osori-atiqalar ko‘payaverdi. Muzey ochish ishida
viloyat statistika komiteti xodimlarining xizmatlari katta bo‘lib, ular asosiy bazani
vujudga keltirdilar.
Samarqanddagi yodgorliklar majmuasi O‘rta Osiyodagi barcha sharqshunos
olim, kolleksioner, o‘lkashunoslar e’tiborini tortdi. Xususan, I.V.Mushketov
Samarqanddagi qabrtoshlar haqida gapirar ekan, mahalliy boshqarma huzuridagi
Samarqand va uning atrofidagi yodgorliklar majmuining nihoyatda qimmatli
ekanligini ta’kidlaydi31.
28 Маев Н.А. «Туркестанская выставка» – Ташкент. 1886. – 7.; Альмеев Р.В. Музеи Узбекистана и социально-
культурные перспективы их развития. Ташкент: Издательско-полиграфический дом имени Гафура Гуляма,
2007. – С. 11.
29 Лунин Б.В. Самаркандский любитель старины Мирза Бухары // Общественные науки в Узбекистане. 1963.
– № 6. – С. 39.
30 Туркестанские ведомости. 1875 г. – № 8.
31 Мушкентов И.В. Туркестан. Том 1. Санкт-Петербург. 1908. – С. 306.