O‘quvchi yoshlarning -ma’naviy dunyoqarashini shakllantirishda muzey pedagogikasining o‘rni

Yuklangan vaqt

2024-10-01

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

19

Faytl hajmi

48,4 KB


 
Ilmiybaza.uz 
 
 
 
 
 
O‘quvchi yoshlarning -ma’naviy dunyoqarashini shakllantirishda muzey 
pedagogikasining o‘rni 
 
 
Reja: 
1. “Muzey” atamasi va muzey xaqida tushuncha.  
2.Turkistondagi ilk muzeylarni tashkil etilishida ilmiy jamiyatlar va 
kolleksionerlarning roli.  
3.Turkistonda tashkil etilgan ilk muzeylar faoliyati. 
 
 
 
  1. “Muzey” atamasi va muzey xaqida tushuncha. “Muzey”, museyon so‘zi 
inson madaniyatiga ikki yarim ming yil ilgari, ya’ni antik davrda kirib keldi. Lekin 
uning ma’nosi xozirgi muzey tushunchasidan ancha boshqacharoq edi. Qadimgi 
Yunonistonda “Museyon”deb ma’budalar sha’niga e’zozlanadigan maskanlarni 
aytganlar. Bu maskanlar tabiatning go‘zal joylarida, tog‘ etaklarida, daryo va ko‘l 
bo‘ylarida, bog‘u-rog‘larda joylashgan bo‘lardi. Shuningdek museyonlar ibodatxona 
vazifasini xam o‘tagan. Yunon panteoniga to‘qqizta muza kirgan. Shulardan ikkitasi, 
ya’ni Klio-tarix, Uraniya-astronomiya ma’budalari bo‘lib, qolganlari insonlarga 
san’at taqdim etgan: Melpomena-tragediya, Taliya- komediya, Terpsixora-raqs, 
Erato-muxabbat qo‘shiiqlari, Kalliopa-epik she’riyat, Poligimiya-diniy qo‘shiqlar, 
Evterpa- lirik she’riyat ma’budalari xisoblangan. Qadimgi antik Yunonistonda 
ko‘pxudolik dini xukm surgani uchun xamma narsani o‘z ma’budasi bo‘lgan. 
Oldinlari ma’budalar xudoning vakillari xisoblangan. Keyinchalik ilm-fan va 
san’atga xomiy xudolar degan tushuncha paydo bo‘lgan. 
Ilmiybaza.uz O‘quvchi yoshlarning -ma’naviy dunyoqarashini shakllantirishda muzey pedagogikasining o‘rni Reja: 1. “Muzey” atamasi va muzey xaqida tushuncha. 2.Turkistondagi ilk muzeylarni tashkil etilishida ilmiy jamiyatlar va kolleksionerlarning roli. 3.Turkistonda tashkil etilgan ilk muzeylar faoliyati. 1. “Muzey” atamasi va muzey xaqida tushuncha. “Muzey”, museyon so‘zi inson madaniyatiga ikki yarim ming yil ilgari, ya’ni antik davrda kirib keldi. Lekin uning ma’nosi xozirgi muzey tushunchasidan ancha boshqacharoq edi. Qadimgi Yunonistonda “Museyon”deb ma’budalar sha’niga e’zozlanadigan maskanlarni aytganlar. Bu maskanlar tabiatning go‘zal joylarida, tog‘ etaklarida, daryo va ko‘l bo‘ylarida, bog‘u-rog‘larda joylashgan bo‘lardi. Shuningdek museyonlar ibodatxona vazifasini xam o‘tagan. Yunon panteoniga to‘qqizta muza kirgan. Shulardan ikkitasi, ya’ni Klio-tarix, Uraniya-astronomiya ma’budalari bo‘lib, qolganlari insonlarga san’at taqdim etgan: Melpomena-tragediya, Taliya- komediya, Terpsixora-raqs, Erato-muxabbat qo‘shiiqlari, Kalliopa-epik she’riyat, Poligimiya-diniy qo‘shiqlar, Evterpa- lirik she’riyat ma’budalari xisoblangan. Qadimgi antik Yunonistonda ko‘pxudolik dini xukm surgani uchun xamma narsani o‘z ma’budasi bo‘lgan. Oldinlari ma’budalar xudoning vakillari xisoblangan. Keyinchalik ilm-fan va san’atga xomiy xudolar degan tushuncha paydo bo‘lgan.
 
Ilmiybaza.uz 
 
Museyonlarda ko‘pincha shoirlar, faylasuflar, san’at ustalari yig‘ilishar, go‘zal 
ma’buda xaykallari ularga ilhom bag‘ishlar edi. Bu yerda she’riyat kechalari ham 
bo‘lib o‘tar va xaqiqiy adabiyot-she’riyat markaziga aylangan edi. 
 Vaqt o‘tishi bilan museyonlan yo‘q bo‘lib ketdi. “Museyon” atamasi “muzey”  
Mashhur fransuz muzeologi J.Bazenni ta’kidlashicha, muzeylar tarixini yozish 
uchun ikkita narsani tushintira olish kerak: birinchisi - muzeylar konsepsiyasi, 
ikkinchisi - zamon konsepsiyasi.  
Muzeylar o‘zlarining ilk paydo bo‘lgan kunidan boshlab o‘z zamonasini aks 
ettirgan, o‘z zamonasining talab extiyojlarini ifoda qilgan, qisqa qilib aytsak zamon 
ko‘zgusi bo‘lgan. 
O‘z ildiziga qarab intilish, o‘zini o‘zi anglash uchun qiziqish uyg‘onishi, 
insoniyatga xos bir fazilatdir. Muzeylarni paydo bo‘lishiga insoniyatdagi ana shu 
xususiyat eng oliy sabablardan biridir. 
Oldinlari faqat ma’lum bir shaxslar uchun xizmat qilgan muzeylar, asta-sekin, 
ommaviylashib bordi va jamiyat madaniyatining ajralmas bir qismiga aylandi.  
Hozirgi kunda “Muzey” so‘zining bir qator tushunchalari mavjud bo‘lib, ma’lum 
darajada bu fenomenning murakkabligini anglatadi. XX asr insoniyatga yangi 
tipdagi muzeylarni taqdim etdi. Endi predmetlarni nafaqat saqlash va ekspozitsiyaga 
qo‘yish, balki ularga xos atrof-muhitni, turli tarixiy-madaniy jarayonlarning 
lavhalarini, inson faoliyatining turlarini ko‘rsatish vaqti kelganligi anglandi. Ochiq 
osmon ostidagi muzeylar paydo bo‘ldi, ularning asosini predmetlarni an’anaviy 
kolleksiyasi emas, balki o‘zining tabiiy atrof muhitida namoyish etiladigan, xalq 
turmushini aks ettiruvchi me’moriy yodgorliklar tashkil etdi. Shuningdek, asl 
nusxadagi predmetlarni emas, ularning kopiyalarini namoyish etuvchi mezeylar ham 
paydo bo‘ldi. 
“Muzey” 
tushunchasining ko‘p qirraligiga 
yana bir sabab, nazariy 
muzeyshunoslikning 
rivojlanishi va 
mutaxassislarning 
turli tadqiqotchilik 
yondashuvi, hamda maqsad vazifalarning har xilligidir. So‘rov xarakteriga ega 
bo‘lgan nashlarda mezeylar asosan ilmiy-tadqiqot va madaniy - ma’rifiy muassasa 
sifatida izohlanadi va ularning ijtimoiy funksiyalariga mos tarzda komplektlash, 
xisobga olish, saqlov, madaniy, tarixiy yodgorliklarni targ‘ib etish va o‘rganish 
ishlarini olib boradi deb yozilgan. 
Ilmiybaza.uz Museyonlarda ko‘pincha shoirlar, faylasuflar, san’at ustalari yig‘ilishar, go‘zal ma’buda xaykallari ularga ilhom bag‘ishlar edi. Bu yerda she’riyat kechalari ham bo‘lib o‘tar va xaqiqiy adabiyot-she’riyat markaziga aylangan edi. Vaqt o‘tishi bilan museyonlan yo‘q bo‘lib ketdi. “Museyon” atamasi “muzey” Mashhur fransuz muzeologi J.Bazenni ta’kidlashicha, muzeylar tarixini yozish uchun ikkita narsani tushintira olish kerak: birinchisi - muzeylar konsepsiyasi, ikkinchisi - zamon konsepsiyasi. Muzeylar o‘zlarining ilk paydo bo‘lgan kunidan boshlab o‘z zamonasini aks ettirgan, o‘z zamonasining talab extiyojlarini ifoda qilgan, qisqa qilib aytsak zamon ko‘zgusi bo‘lgan. O‘z ildiziga qarab intilish, o‘zini o‘zi anglash uchun qiziqish uyg‘onishi, insoniyatga xos bir fazilatdir. Muzeylarni paydo bo‘lishiga insoniyatdagi ana shu xususiyat eng oliy sabablardan biridir. Oldinlari faqat ma’lum bir shaxslar uchun xizmat qilgan muzeylar, asta-sekin, ommaviylashib bordi va jamiyat madaniyatining ajralmas bir qismiga aylandi. Hozirgi kunda “Muzey” so‘zining bir qator tushunchalari mavjud bo‘lib, ma’lum darajada bu fenomenning murakkabligini anglatadi. XX asr insoniyatga yangi tipdagi muzeylarni taqdim etdi. Endi predmetlarni nafaqat saqlash va ekspozitsiyaga qo‘yish, balki ularga xos atrof-muhitni, turli tarixiy-madaniy jarayonlarning lavhalarini, inson faoliyatining turlarini ko‘rsatish vaqti kelganligi anglandi. Ochiq osmon ostidagi muzeylar paydo bo‘ldi, ularning asosini predmetlarni an’anaviy kolleksiyasi emas, balki o‘zining tabiiy atrof muhitida namoyish etiladigan, xalq turmushini aks ettiruvchi me’moriy yodgorliklar tashkil etdi. Shuningdek, asl nusxadagi predmetlarni emas, ularning kopiyalarini namoyish etuvchi mezeylar ham paydo bo‘ldi. “Muzey” tushunchasining ko‘p qirraligiga yana bir sabab, nazariy muzeyshunoslikning rivojlanishi va mutaxassislarning turli tadqiqotchilik yondashuvi, hamda maqsad vazifalarning har xilligidir. So‘rov xarakteriga ega bo‘lgan nashlarda mezeylar asosan ilmiy-tadqiqot va madaniy - ma’rifiy muassasa sifatida izohlanadi va ularning ijtimoiy funksiyalariga mos tarzda komplektlash, xisobga olish, saqlov, madaniy, tarixiy yodgorliklarni targ‘ib etish va o‘rganish ishlarini olib boradi deb yozilgan.
 
Ilmiybaza.uz 
 
Xalqaro amaliyotda asosan, Muzeylarning Halqaro kengashi (IKOM) tomonidan 
ishlab chiqilgan qonundan foydalaniladi. Bu esa o‘z navbatida 1974 yilgi Ustavga 
ham kiritilgan. O‘zgarishalar kiritilgan ushbu Ustavning oxirgi variantida (ya’ni 
1995 yil) quyidagilar ta’kidlanadi: “Muzey - bu doimiy, kommercheskiy bo‘lmagan 
muassasadir, u jamiyat uchun xizmat qiladi va odamlar uchun ochiqdir. Muzey 
eksponatlarni to‘playdi, saqlaydi, o‘rganadi, targ‘ib qiladi va ekspozitsiyaga 
qo‘yadi”. Mazkur tushuncha uzoq rivojlanish yo‘lini bosib o‘tdi, lekin ko‘p 
masalalar yechilmay qoldi. Masalan, botanika bog‘lari zooparklarni ham muzey deb 
xisoblash mumkinmi? Axir ular tabiatning flora va fauna dunyosini kolleksiyalariga 
ega, ularning saqlanib qolishini ta’minlaydi, o‘rganadi, namoish qiladi, shu bilan bir 
qatorda ommaning dam olish borasidagi talablarini qondiradi. Lekin bu kolleksiyalar 
tabiatning o‘lik emas, jonli namunalardan tashkil topgan. 
Shunga o‘xshash savollar tug‘ilganda mutaxassislarning fikrlari bo‘linadi. 
Birlari “muzey” deb faqat an’anaviy tipdagi ilmiy, tarixiy yoki kolleksiyalarda o‘z 
faoliyatini asoslaydigan muassasalarga aytiladi deb xisoblaydi. Shuning uchun ular 
zoologiya va botanika bog‘lari, ko‘plab ilmiy muzeylar, tabiiy va tarixiy 
yodgorliklarni muzey deb xisoblashmaydi. Boshqa muzeyshunoslar esa, madaniy 
merosga nisbatan muzey xarkteri va rolini kengroq izohlaydilar. Ular inson 
atrofidagi barcha tabiiy, madaniy, ijtimoiiy muhit mezeyga xos deb biladilar. Mazkur 
fikrlarni inobatga olgan holda, barcha botanika bog‘lari, zooparklarni, tabiiy va 
tarixiy yodgorliklarni IKOM o‘ziga a’zo qilib olgan. 
Muzey jamiyatga xizmat qilishi lozim va uni rivojlantirishi kerak degan fikrlarni 
ham mutaxassislar bir ovozdan ma’qullamaydilar. Jamiyat qiziqishini nimadan 
iboratligini kim qanday mezonlar asosida belgilaydi? Axir jamiyatdagi turli 
guruhlarning qiziqishi va talabi bir xil emasku. Muzeylar kim uchun faoliyat 
ko‘rsatadi? Jamiyat ravnaqi va ilmiy progress uning ishlayotgan olimlari uchun yoki 
keng ommaning, estetik va ta’lim talablarini qondirish uchunmi? Misol keltirilgan 
ziddiyatli 
savollar 
turli 
mamlakatlarning 
mutaxassislari 
tomonidan 
(muzeyshunoslar, faylasuflar, sotsiologlar, tarixchilar, san’atshunoslar ham shular 
jumlasidandir) muzey atrofida yuz yillar maboynida muxokama qilinib kelingan. 
Ular shunga guvohlik berishadiki, muzey – bu juda murakkab fenomen va unga baxs 
muzokarasiz va hammaga ma’lum bo‘ladigan aniqlik kiritib bo‘lmaydi. 
Ilmiybaza.uz Xalqaro amaliyotda asosan, Muzeylarning Halqaro kengashi (IKOM) tomonidan ishlab chiqilgan qonundan foydalaniladi. Bu esa o‘z navbatida 1974 yilgi Ustavga ham kiritilgan. O‘zgarishalar kiritilgan ushbu Ustavning oxirgi variantida (ya’ni 1995 yil) quyidagilar ta’kidlanadi: “Muzey - bu doimiy, kommercheskiy bo‘lmagan muassasadir, u jamiyat uchun xizmat qiladi va odamlar uchun ochiqdir. Muzey eksponatlarni to‘playdi, saqlaydi, o‘rganadi, targ‘ib qiladi va ekspozitsiyaga qo‘yadi”. Mazkur tushuncha uzoq rivojlanish yo‘lini bosib o‘tdi, lekin ko‘p masalalar yechilmay qoldi. Masalan, botanika bog‘lari zooparklarni ham muzey deb xisoblash mumkinmi? Axir ular tabiatning flora va fauna dunyosini kolleksiyalariga ega, ularning saqlanib qolishini ta’minlaydi, o‘rganadi, namoish qiladi, shu bilan bir qatorda ommaning dam olish borasidagi talablarini qondiradi. Lekin bu kolleksiyalar tabiatning o‘lik emas, jonli namunalardan tashkil topgan. Shunga o‘xshash savollar tug‘ilganda mutaxassislarning fikrlari bo‘linadi. Birlari “muzey” deb faqat an’anaviy tipdagi ilmiy, tarixiy yoki kolleksiyalarda o‘z faoliyatini asoslaydigan muassasalarga aytiladi deb xisoblaydi. Shuning uchun ular zoologiya va botanika bog‘lari, ko‘plab ilmiy muzeylar, tabiiy va tarixiy yodgorliklarni muzey deb xisoblashmaydi. Boshqa muzeyshunoslar esa, madaniy merosga nisbatan muzey xarkteri va rolini kengroq izohlaydilar. Ular inson atrofidagi barcha tabiiy, madaniy, ijtimoiiy muhit mezeyga xos deb biladilar. Mazkur fikrlarni inobatga olgan holda, barcha botanika bog‘lari, zooparklarni, tabiiy va tarixiy yodgorliklarni IKOM o‘ziga a’zo qilib olgan. Muzey jamiyatga xizmat qilishi lozim va uni rivojlantirishi kerak degan fikrlarni ham mutaxassislar bir ovozdan ma’qullamaydilar. Jamiyat qiziqishini nimadan iboratligini kim qanday mezonlar asosida belgilaydi? Axir jamiyatdagi turli guruhlarning qiziqishi va talabi bir xil emasku. Muzeylar kim uchun faoliyat ko‘rsatadi? Jamiyat ravnaqi va ilmiy progress uning ishlayotgan olimlari uchun yoki keng ommaning, estetik va ta’lim talablarini qondirish uchunmi? Misol keltirilgan ziddiyatli savollar turli mamlakatlarning mutaxassislari tomonidan (muzeyshunoslar, faylasuflar, sotsiologlar, tarixchilar, san’atshunoslar ham shular jumlasidandir) muzey atrofida yuz yillar maboynida muxokama qilinib kelingan. Ular shunga guvohlik berishadiki, muzey – bu juda murakkab fenomen va unga baxs muzokarasiz va hammaga ma’lum bo‘ladigan aniqlik kiritib bo‘lmaydi.
 
Ilmiybaza.uz 
 
“Muzey” tushunchasining talqiniga nisbatan nazariy muzeyshunoslikda ham 
turlicha yondoshiladi, lekin ko‘pchilik tadqiqotchilar muzeyning bajaradigan 
funksiyalariga ko‘ra uni ijtimoiiy institut deb hisoblaydilar. 
  2.Turkistondagi ilk muzeylarni tashkil etilishida ilmiy jamiyatlar va 
kolleksionerlarning roli. Turkistondagi muzeylar va ularning xususiyatlarini 
o‘rganish mustaqillik davridagi muzeylar taraqqiyoti ildizlarini aniqlash, qiyosiy 
tahlil qilish yordamida muzey ishi amaliyotidagi ijobiy va salbiy tomonlarni 
aniqlashga yordam beradi. Sovet davridagi mutaxassislar Turkiston muzeylari va 
ularning faoliyatini sobiq tuzum mafkurasi doirasida yoritgan bo‘lsa, bugungi kunda 
avvalgi tarixiy jarayonga xolis baho berish imkoniga ega bo‘lindi. Bu esa sovet davri 
muzeyshunoslari tajribalarining ijobiy tomonlari rad etilmagan holda davr va sobiq 
mafkura ta’siridan xoli, jahon andozalaridan kelib chiqqan tarzda tanqidiy 
yondashuv asosida tadqiqot olib borishni belgilaydi. 
1876 yil 16 martdagi «Turkestanskie vedomosti» gazetasi tahririyatining 
General-gubernator idorasiga rasmiy maktubida gazeta muharriri N.A.Maevning 
Toshkentda muzey ochish haqidagi bayonnomasi yuborilayotgani xabar qilinadi1. 
Demak, Rossiya istilosining dastlabki o‘n yili o‘tganidan so‘ng Turkistonda muzey 
tashkil etilishi lozimligi olimlar tomonidan qayd etilgan. 
Rossiya imperiyasining 1853 yili Oqmachitni bosib olishidan to 1876 yili 
Qo‘qon xonligi tugatilishiga qadar ularning barcha yurishlarida olimlar ishtirok etib, 
turli hujjat, qo‘lyozma, kitob va boshqa osori-atiqalarni to‘plashgan. General-
gubernator K.P.Fon Kaufman farmoniga asosan Samarqand istilosidan so‘ng qo‘lga 
kiritilgan xalifa Usmon Qur’oni sharqshunos A.L.Kun tashabbusi bilan Peterburg 
ommaviy kutubxonasiga jo‘natiladi. Buxoro amirligida Muzaffarning to‘ng‘ich 
o‘g‘li Abdumalik To‘ra boshchiligidagi qo‘zg‘alonni bostirish davomida rus harbiy 
ekspeditsiyasi Shahrisabz va Kitob beklaridan 97 ta qadimiy qo‘lyozmani olib 
qaytgani ma’lum2. 
Xivaga 1873 yilgi yurish davomida qo‘shin tarkibida qatnashgan sharqshunos 
olim A.L.Kunga (1840–1888) Peterburg kutubxonasi va muzeylari uchun ilmiy 
ahamiyatga molik hamma narsalarni sinchiklab tekshirish hamda to‘plash 
                                                                 
1 ЎзР МДА, И–1-фонд, 16-рўйхат, 965-иш, 4-варақ.  
2 Содиқова Н. Маданий ёдгорликлар хазинаси. – Тошкент: Фан, 1981. – Б. 33.; Тарих шоҳидлиги ва сабоқлари 
/ Масъул муҳаррир Д.А.Алимова. Тошкент: Шарқ, 2001. – Б. 353-401. 
Ilmiybaza.uz “Muzey” tushunchasining talqiniga nisbatan nazariy muzeyshunoslikda ham turlicha yondoshiladi, lekin ko‘pchilik tadqiqotchilar muzeyning bajaradigan funksiyalariga ko‘ra uni ijtimoiiy institut deb hisoblaydilar. 2.Turkistondagi ilk muzeylarni tashkil etilishida ilmiy jamiyatlar va kolleksionerlarning roli. Turkistondagi muzeylar va ularning xususiyatlarini o‘rganish mustaqillik davridagi muzeylar taraqqiyoti ildizlarini aniqlash, qiyosiy tahlil qilish yordamida muzey ishi amaliyotidagi ijobiy va salbiy tomonlarni aniqlashga yordam beradi. Sovet davridagi mutaxassislar Turkiston muzeylari va ularning faoliyatini sobiq tuzum mafkurasi doirasida yoritgan bo‘lsa, bugungi kunda avvalgi tarixiy jarayonga xolis baho berish imkoniga ega bo‘lindi. Bu esa sovet davri muzeyshunoslari tajribalarining ijobiy tomonlari rad etilmagan holda davr va sobiq mafkura ta’siridan xoli, jahon andozalaridan kelib chiqqan tarzda tanqidiy yondashuv asosida tadqiqot olib borishni belgilaydi. 1876 yil 16 martdagi «Turkestanskie vedomosti» gazetasi tahririyatining General-gubernator idorasiga rasmiy maktubida gazeta muharriri N.A.Maevning Toshkentda muzey ochish haqidagi bayonnomasi yuborilayotgani xabar qilinadi1. Demak, Rossiya istilosining dastlabki o‘n yili o‘tganidan so‘ng Turkistonda muzey tashkil etilishi lozimligi olimlar tomonidan qayd etilgan. Rossiya imperiyasining 1853 yili Oqmachitni bosib olishidan to 1876 yili Qo‘qon xonligi tugatilishiga qadar ularning barcha yurishlarida olimlar ishtirok etib, turli hujjat, qo‘lyozma, kitob va boshqa osori-atiqalarni to‘plashgan. General- gubernator K.P.Fon Kaufman farmoniga asosan Samarqand istilosidan so‘ng qo‘lga kiritilgan xalifa Usmon Qur’oni sharqshunos A.L.Kun tashabbusi bilan Peterburg ommaviy kutubxonasiga jo‘natiladi. Buxoro amirligida Muzaffarning to‘ng‘ich o‘g‘li Abdumalik To‘ra boshchiligidagi qo‘zg‘alonni bostirish davomida rus harbiy ekspeditsiyasi Shahrisabz va Kitob beklaridan 97 ta qadimiy qo‘lyozmani olib qaytgani ma’lum2. Xivaga 1873 yilgi yurish davomida qo‘shin tarkibida qatnashgan sharqshunos olim A.L.Kunga (1840–1888) Peterburg kutubxonasi va muzeylari uchun ilmiy ahamiyatga molik hamma narsalarni sinchiklab tekshirish hamda to‘plash 1 ЎзР МДА, И–1-фонд, 16-рўйхат, 965-иш, 4-варақ. 2 Содиқова Н. Маданий ёдгорликлар хазинаси. – Тошкент: Фан, 1981. – Б. 33.; Тарих шоҳидлиги ва сабоқлари / Масъул муҳаррир Д.А.Алимова. Тошкент: Шарқ, 2001. – Б. 353-401.
 
Ilmiybaza.uz 
 
topshirilgan edi. Natijada xon kutubxonasidan 300 ga yaqin qo‘lyozma-kitoblar 
musodara qilingan. Xiva xonlarining tanga pul zarb qiladigan 200 nusxa qolipi, bir 
qancha muhr, xonning taxti, 172 nusxa mo‘g‘ullar davri tangalari, qo‘ng‘irotlar 
sulolalariga oid tangalardan 3 nusxadan, ko‘plab etnografik buyumlarni to‘plab 
imperiya poytaxtiga jo‘natilgan3. Xiva ustalarining kandakorlik san’ati namunasi 
bo‘lgan taxt 1874 yil nodir ashyolar to‘plami qurol-aslahalar palatasiga yuborilgan. 
Xivadan olib ketilgan ayollar va bolalar kiyimlari, oltin va kumush zargarlik 
buyumlari, Sarskoe selo qo‘riqxonasi, Peterburg badiiy rag‘batlantirish jamiyati 
muzeyi, Moskva politexnika muzeylariga taqsimlab berilgan. Xiva xonligidan 
talangan qimmatbaho buyumlarning katta qismi Rossiya Davlat Ermitaji, 
Etnografiya muzeylariga ham olib ketilgan4. 
Qo‘qon xonligini tugatish paytida (1875–1876) tarix, tibbiyot, huquqshunoslik 
va diniy ilmlarga oid 130 ga yaqin qo‘lyozma musodara qilinadi. Bu qo‘lyozmalar 
dastlab Turkiston xalq kutubxonasi, so‘ng Rossiyaga olib ketilib, imperator Xalq 
kutubxonasiga topshirilgan5. 
Respublika Markaziy Davlat arxividagi hujjatlar ichida Turkiston General-
gubernatori Kaufmanga 1878 yil 27 oktyabrda yuborilgan tashakkurnoma saqlanib, 
unda Kavkaz noibi boshqarmasi Toshkentdan yuborilgan yetti yashik etnografik 
buyumlar olinib, Tiflis muzeyiga joylashtirilgani haqida xabar beriladi6. 
Yuqoridagi ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, O‘rta Osiyoning istilo qilinishi 
davomida tartibli va uyushgan holda kolleksiyalar to‘plashga asos solingan. Bu 
jarayon rasmiy tarzda amalga oshirilgan. Bundan tashqari O‘rta Osiyo xalqlari 
madaniyatiga oid osori-atiqalarni arzon-garovga sotib olib, xususiy boylik orttirish 
payida bo‘lgan kishilar ham kam emasdi. Ular qatorida Zarafshon okrugi boshlig‘i 
general A.Abramov, Sirdaryo viloyati harbiy gubernatori general N.Golovachev, 
Amudaryo bo‘limi boshlig‘i A.Galkin va boshqalar bo‘lib, ular to‘plagan 
kolleksiyalar ham ushbu davrga oid7. 
                                                                 
3 Лунин Б.В. Средняя Азия в дореволюционном и советском востоковедении. – Ташкент: Фан, 1966. – С. 114-
120. 
4 Тарих шоҳидлиги ва сабоқлари / Масъул муҳаррир Д.А.Алимова. Тошкент: Шарқ, 2001. – Б. 353-401. 
5 Чабров Г.Н. Накопление сокровищ и культурных ценностей в государствах Средней Азии с древнейших 
времен до падения феодальных деспотий // Рукопись. Научный архив Государственного музея истории 
Узбекистана. 1957. – 1963. – 126 с. 
6 ЎзР МДА, И–1-фонд, 19-рўйхат, 428-иш, 23-варақ. 
7 Содиқова Н. Маданий ёдгорликлар хазинаси. – Тошкент: Фан, - 1981. – Б. 34-35.  
Ilmiybaza.uz topshirilgan edi. Natijada xon kutubxonasidan 300 ga yaqin qo‘lyozma-kitoblar musodara qilingan. Xiva xonlarining tanga pul zarb qiladigan 200 nusxa qolipi, bir qancha muhr, xonning taxti, 172 nusxa mo‘g‘ullar davri tangalari, qo‘ng‘irotlar sulolalariga oid tangalardan 3 nusxadan, ko‘plab etnografik buyumlarni to‘plab imperiya poytaxtiga jo‘natilgan3. Xiva ustalarining kandakorlik san’ati namunasi bo‘lgan taxt 1874 yil nodir ashyolar to‘plami qurol-aslahalar palatasiga yuborilgan. Xivadan olib ketilgan ayollar va bolalar kiyimlari, oltin va kumush zargarlik buyumlari, Sarskoe selo qo‘riqxonasi, Peterburg badiiy rag‘batlantirish jamiyati muzeyi, Moskva politexnika muzeylariga taqsimlab berilgan. Xiva xonligidan talangan qimmatbaho buyumlarning katta qismi Rossiya Davlat Ermitaji, Etnografiya muzeylariga ham olib ketilgan4. Qo‘qon xonligini tugatish paytida (1875–1876) tarix, tibbiyot, huquqshunoslik va diniy ilmlarga oid 130 ga yaqin qo‘lyozma musodara qilinadi. Bu qo‘lyozmalar dastlab Turkiston xalq kutubxonasi, so‘ng Rossiyaga olib ketilib, imperator Xalq kutubxonasiga topshirilgan5. Respublika Markaziy Davlat arxividagi hujjatlar ichida Turkiston General- gubernatori Kaufmanga 1878 yil 27 oktyabrda yuborilgan tashakkurnoma saqlanib, unda Kavkaz noibi boshqarmasi Toshkentdan yuborilgan yetti yashik etnografik buyumlar olinib, Tiflis muzeyiga joylashtirilgani haqida xabar beriladi6. Yuqoridagi ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, O‘rta Osiyoning istilo qilinishi davomida tartibli va uyushgan holda kolleksiyalar to‘plashga asos solingan. Bu jarayon rasmiy tarzda amalga oshirilgan. Bundan tashqari O‘rta Osiyo xalqlari madaniyatiga oid osori-atiqalarni arzon-garovga sotib olib, xususiy boylik orttirish payida bo‘lgan kishilar ham kam emasdi. Ular qatorida Zarafshon okrugi boshlig‘i general A.Abramov, Sirdaryo viloyati harbiy gubernatori general N.Golovachev, Amudaryo bo‘limi boshlig‘i A.Galkin va boshqalar bo‘lib, ular to‘plagan kolleksiyalar ham ushbu davrga oid7. 3 Лунин Б.В. Средняя Азия в дореволюционном и советском востоковедении. – Ташкент: Фан, 1966. – С. 114- 120. 4 Тарих шоҳидлиги ва сабоқлари / Масъул муҳаррир Д.А.Алимова. Тошкент: Шарқ, 2001. – Б. 353-401. 5 Чабров Г.Н. Накопление сокровищ и культурных ценностей в государствах Средней Азии с древнейших времен до падения феодальных деспотий // Рукопись. Научный архив Государственного музея истории Узбекистана. 1957. – 1963. – 126 с. 6 ЎзР МДА, И–1-фонд, 19-рўйхат, 428-иш, 23-варақ. 7 Содиқова Н. Маданий ёдгорликлар хазинаси. – Тошкент: Фан, - 1981. – Б. 34-35.
 
Ilmiybaza.uz 
 
Rus olimlarining turli kolleksiyalar to‘plash faoliyati bir tomondan Peterburg, 
Moskva muzeylari, kutubxonalari, ko‘rgazma zallar zaxiralarini O‘rta Osiyo 
buyumlari va qo‘lyozmalari bilan to‘ldirishga yo‘naltirilgan bo‘lsa-da, ikkinchi 
tomondan ma’lum vaqt o‘tib, mahalliy muzeylar tashkil etish hamda ilmiy 
jamiyatlarni rivojlantirish ishiga yordam berdi. O‘z ishlarining fidoyilari bo‘lgan 
olim, o‘lkashunos, shifokor mahalliy aholi vakillari bilan birgalikda Turkistonda 
yevropacha tamoyildagi muzeylar to‘plamlari, qo‘lyozmalar kolleksiyalarini yig‘ish, 
ommaviy kutubxonalarni tashkil etish ishlarini boshladilar.  
Toshkentda 1870 yili Turkiston xalq kutubxonasining tashkil etilishi, xususiy 
kolleksiya to‘plovchilari xizmati tufayli qator qimmatbaho buyumlar fan uchun 
asrab qolindi. Xalq kutubxonasida saqlanayotgan arab, fors va turkiy qo‘lyozmalar 
tavsifi Ye.F.Kal tomonidan 1883 yilda nashr etilib, ilmiy jamoatchilikda katta 
qiziqish uyg‘otdi.  
Kutubxonaning qo‘lyozmalar bo‘limi 1898 yili Andijon qo‘zg‘alonidan so‘ng 
Dukchi Eshon Muhammad Alidan musodara qilingan asarlar bilan boyitildi8. 
Professor V.A.Jukovskiyning ma’lumotiga ko‘ra, kutubxonada islom tarixi, tasavvuf 
ilmiga oid 194 ta qo‘lyozma bo‘lgan. Shulardan kutubxona katalogiga 1912 yili 311 
tasi kiritilganligi sharqshunos A.A.Semyonov tomonidan qayd etilgan9. 
Qilingan sa’y-harakatlar, ilmiy tadqiqotlarning aksariyat qismi fidoyi olimlar, 
kichik 
amaldorlarning 
shaxsiy 
tashabbusi 
bo‘lgan. 
General-gubernatorlik 
ma’murlari tomonidan sohaga juda kam mablag‘ ajratilgan. Sharqshunos 
V.V.Bartoldning yozishicha, «O‘rta Osiyo xalqlari qadimgi madaniyatini o‘rganish, 
yodgorliklarni asrashni foydasizgina emas, balki zararli hamdir» deb hisoblangan10. 
Zero, bunday munosabat xorijdan kelgan sayyohlar va mahalliy antikvar buyumlar 
to‘plovchilarni, yodgorliklar, maqbaralarni talon-toroj qilishlariga olib keladi. 
Jumladan, Sharl Uiyfalfi boshchiligidagi fransuz ilmiy ekspeditsiyasi Samarqand 
                                                                 
8 Зиёдов Ш., Муминов А. Библиотека Дукчи Ишана. В «Манокиб-и Дукчи Ишан» (Аноним жития Дукчи Ишана 
– предводителя Андижанского восстания 1898 г.) Перевод с турки, введение и комментарии Б. М. 
Бабаджанова. Ташкент–Берн–Алматы: Дайк-Пресс, 2004. – С. 344-385. 
9 Семенов А.А. Государственная публичная библиотека и фонды восточных рукописей Узбекистана // 
Альманах «Литературный Ташкент». 1945. – С.112-115.; Его же. Среднеазиатские рукописные фонды и 
важность их изучения // Материалы первой Всесоюзной Научной конференции Востоковедов в г. Ташкенте. 
– Ташкент, 1958. – С. 915. 
10 Унинг Шарқ маданий ёдгорликларига бўлган муносабати ҳақида муфассал қаранг: Бартольд В.В. Задачи 
русского востоковедения в Туркестане. Сочинения. Т. IX. 1976. – С. 522-533. 
Ilmiybaza.uz Rus olimlarining turli kolleksiyalar to‘plash faoliyati bir tomondan Peterburg, Moskva muzeylari, kutubxonalari, ko‘rgazma zallar zaxiralarini O‘rta Osiyo buyumlari va qo‘lyozmalari bilan to‘ldirishga yo‘naltirilgan bo‘lsa-da, ikkinchi tomondan ma’lum vaqt o‘tib, mahalliy muzeylar tashkil etish hamda ilmiy jamiyatlarni rivojlantirish ishiga yordam berdi. O‘z ishlarining fidoyilari bo‘lgan olim, o‘lkashunos, shifokor mahalliy aholi vakillari bilan birgalikda Turkistonda yevropacha tamoyildagi muzeylar to‘plamlari, qo‘lyozmalar kolleksiyalarini yig‘ish, ommaviy kutubxonalarni tashkil etish ishlarini boshladilar. Toshkentda 1870 yili Turkiston xalq kutubxonasining tashkil etilishi, xususiy kolleksiya to‘plovchilari xizmati tufayli qator qimmatbaho buyumlar fan uchun asrab qolindi. Xalq kutubxonasida saqlanayotgan arab, fors va turkiy qo‘lyozmalar tavsifi Ye.F.Kal tomonidan 1883 yilda nashr etilib, ilmiy jamoatchilikda katta qiziqish uyg‘otdi. Kutubxonaning qo‘lyozmalar bo‘limi 1898 yili Andijon qo‘zg‘alonidan so‘ng Dukchi Eshon Muhammad Alidan musodara qilingan asarlar bilan boyitildi8. Professor V.A.Jukovskiyning ma’lumotiga ko‘ra, kutubxonada islom tarixi, tasavvuf ilmiga oid 194 ta qo‘lyozma bo‘lgan. Shulardan kutubxona katalogiga 1912 yili 311 tasi kiritilganligi sharqshunos A.A.Semyonov tomonidan qayd etilgan9. Qilingan sa’y-harakatlar, ilmiy tadqiqotlarning aksariyat qismi fidoyi olimlar, kichik amaldorlarning shaxsiy tashabbusi bo‘lgan. General-gubernatorlik ma’murlari tomonidan sohaga juda kam mablag‘ ajratilgan. Sharqshunos V.V.Bartoldning yozishicha, «O‘rta Osiyo xalqlari qadimgi madaniyatini o‘rganish, yodgorliklarni asrashni foydasizgina emas, balki zararli hamdir» deb hisoblangan10. Zero, bunday munosabat xorijdan kelgan sayyohlar va mahalliy antikvar buyumlar to‘plovchilarni, yodgorliklar, maqbaralarni talon-toroj qilishlariga olib keladi. Jumladan, Sharl Uiyfalfi boshchiligidagi fransuz ilmiy ekspeditsiyasi Samarqand 8 Зиёдов Ш., Муминов А. Библиотека Дукчи Ишана. В «Манокиб-и Дукчи Ишан» (Аноним жития Дукчи Ишана – предводителя Андижанского восстания 1898 г.) Перевод с турки, введение и комментарии Б. М. Бабаджанова. Ташкент–Берн–Алматы: Дайк-Пресс, 2004. – С. 344-385. 9 Семенов А.А. Государственная публичная библиотека и фонды восточных рукописей Узбекистана // Альманах «Литературный Ташкент». 1945. – С.112-115.; Его же. Среднеазиатские рукописные фонды и важность их изучения // Материалы первой Всесоюзной Научной конференции Востоковедов в г. Ташкенте. – Ташкент, 1958. – С. 915. 10 Унинг Шарқ маданий ёдгорликларига бўлган муносабати ҳақида муфассал қаранг: Бартольд В.В. Задачи русского востоковедения в Туркестане. Сочинения. Т. IX. 1976. – С. 522-533.
 
Ilmiybaza.uz 
 
tarixiy obidalarining qoplama koshin namunalaridan yetti yashigini olib ketgan. 
Mustamlaka ma’murlarining e’tiborsizligi tufayli, G.Vamberi, V.Frank, G.Mozer va 
boshqalar tomonidan ko‘plab qimmatbaho buyum, nodir qo‘lyozmalar Yevropa 
mamlakatlariga olib ketildi. 
Lekin ayrim holatlarda O‘rta Osiyoga mutaxassislar kelishining ijobiy jihatlari 
ham bo‘lganligini ta’kidlash joiz. Samarqand me’moriy obidalari bilan tanishib 
qaytgan shvesiyalik me’mor Martin Rossiya moliya vaziri S.Vittega yozgan xatida 
shahardagi me’morchilik ansamblining jahon madaniyati uchun ulkan ahamiyatini 
ta’kidlash bilan birga, bu ulug‘vor yodgorliklarni muhofaza qilish va o‘rganishni 
tashkil etishni so‘raydi. Natijada 1895 yili bu tadbir uchun ma’lum mablag‘ ajratilib, 
o‘lchash, chizmalar chizish, tadqiqot ishlari boshlab yuboriladi11. «Go‘ri Amir» 
fotoalbomi ham shu davrda nashr etiladi12.  
Rossiya istilosidan so‘ng ilmiy tadqiqot ishlarining aksariyati Turkistonning 
moddiy boyliklarini o‘rganish, ulardan ratsional foydalanishga yo‘naltiriladi. 
A.P.Fedchenko, 
V.V.Dokuchaev, 
I.V.Mushketov 
va 
boshqalarning 
tuproqshunoslikka oid tadqiqotlari O‘rta Osiyoda zamonaviy ilmiy fanlarga asos 
soldi13. 
Muzeylar tashkil etish tashabbuskorlari: A.P.Fedchenko, I.V.Mushketov, 
V.F.Oshanin, V.V.Bartold va boshqalar Turkistonni atroflicha o‘rgangan ilg‘or rus 
ziyolilari edi. Ularning asarlaridan geologiya, geografiya, botanika, zoologiya, 
mineralogiya sohalari qatorida numizmatika, tarix, etnografiyaga oid ma’lumotlar, 
qadimiy yodgorliklarni o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar ham mavjud edi. Ilmiy 
jamiyatlar, muassasalar va ayrim mahalliy shaxslar o‘z to‘plamlarini Turkiston 
o‘lkasi mineralogiyasi, zoologiyasi, numizmatikasi, etnografiyasiga oid ajoyib ashyo 
va buyumlar bilan to‘ldirib bordilar. Mazkur tabiiy kolleksiyalarni birlashtirish va 
ular asosida muzey tashkil etish masalasi ilmiy jamoatchilik tomonidan kun tartibiga 
qo‘yildi. A.P.Fedchenkoning Turkiston general gubernatoriga yozgan axborotida: 
«Turkistonni muvaffaqiyatli rivojlantirish uchun u bilan asosli ravishda tanishib 
chiqish lozim, muzey esa buning uchun eng yaxshi vositadir», – deb yozadi14. Bu 
                                                                 
11 Содиқова Н. Маданий ёдгорликлар хазинаси. – Тошкент: Фан, 1981. – Б. 36. 
12 ЎзР МДА, Р–394-фонд, 1-рўйхат, 143-иш, 19-варақ. 
13 Лунин Б. Средняя Азия в дореволюционном и советском востоковедении. – Ташкент: Фан, 1965.; Его же. 
Средняя Азия в научном наследии отечественных востоковедов: Историографический очерк. – Ташкент, 1979. 
14 ЎзР МДА, И–1-фонд, 16-рўйхат, 259-иш, 10-варақ. 
Ilmiybaza.uz tarixiy obidalarining qoplama koshin namunalaridan yetti yashigini olib ketgan. Mustamlaka ma’murlarining e’tiborsizligi tufayli, G.Vamberi, V.Frank, G.Mozer va boshqalar tomonidan ko‘plab qimmatbaho buyum, nodir qo‘lyozmalar Yevropa mamlakatlariga olib ketildi. Lekin ayrim holatlarda O‘rta Osiyoga mutaxassislar kelishining ijobiy jihatlari ham bo‘lganligini ta’kidlash joiz. Samarqand me’moriy obidalari bilan tanishib qaytgan shvesiyalik me’mor Martin Rossiya moliya vaziri S.Vittega yozgan xatida shahardagi me’morchilik ansamblining jahon madaniyati uchun ulkan ahamiyatini ta’kidlash bilan birga, bu ulug‘vor yodgorliklarni muhofaza qilish va o‘rganishni tashkil etishni so‘raydi. Natijada 1895 yili bu tadbir uchun ma’lum mablag‘ ajratilib, o‘lchash, chizmalar chizish, tadqiqot ishlari boshlab yuboriladi11. «Go‘ri Amir» fotoalbomi ham shu davrda nashr etiladi12. Rossiya istilosidan so‘ng ilmiy tadqiqot ishlarining aksariyati Turkistonning moddiy boyliklarini o‘rganish, ulardan ratsional foydalanishga yo‘naltiriladi. A.P.Fedchenko, V.V.Dokuchaev, I.V.Mushketov va boshqalarning tuproqshunoslikka oid tadqiqotlari O‘rta Osiyoda zamonaviy ilmiy fanlarga asos soldi13. Muzeylar tashkil etish tashabbuskorlari: A.P.Fedchenko, I.V.Mushketov, V.F.Oshanin, V.V.Bartold va boshqalar Turkistonni atroflicha o‘rgangan ilg‘or rus ziyolilari edi. Ularning asarlaridan geologiya, geografiya, botanika, zoologiya, mineralogiya sohalari qatorida numizmatika, tarix, etnografiyaga oid ma’lumotlar, qadimiy yodgorliklarni o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar ham mavjud edi. Ilmiy jamiyatlar, muassasalar va ayrim mahalliy shaxslar o‘z to‘plamlarini Turkiston o‘lkasi mineralogiyasi, zoologiyasi, numizmatikasi, etnografiyasiga oid ajoyib ashyo va buyumlar bilan to‘ldirib bordilar. Mazkur tabiiy kolleksiyalarni birlashtirish va ular asosida muzey tashkil etish masalasi ilmiy jamoatchilik tomonidan kun tartibiga qo‘yildi. A.P.Fedchenkoning Turkiston general gubernatoriga yozgan axborotida: «Turkistonni muvaffaqiyatli rivojlantirish uchun u bilan asosli ravishda tanishib chiqish lozim, muzey esa buning uchun eng yaxshi vositadir», – deb yozadi14. Bu 11 Содиқова Н. Маданий ёдгорликлар хазинаси. – Тошкент: Фан, 1981. – Б. 36. 12 ЎзР МДА, Р–394-фонд, 1-рўйхат, 143-иш, 19-варақ. 13 Лунин Б. Средняя Азия в дореволюционном и советском востоковедении. – Ташкент: Фан, 1965.; Его же. Средняя Азия в научном наследии отечественных востоковедов: Историографический очерк. – Ташкент, 1979. 14 ЎзР МДА, И–1-фонд, 16-рўйхат, 259-иш, 10-варақ.
 
Ilmiybaza.uz 
 
masala 1871 yili tabiatshunoslik, antropologiya va etnografiya havaskorlari 
jamiyatining Turkiston bo‘limi majlisida yana ko‘tarildi. O‘rta Osiyo olimlari ilmiy 
jamiyati uni bir necha yillar mobaynida hal qilishni qayta-qayta so‘raydi. Nihoyat, 
Sirdaryo viloyati harbiy gubernatori general N.Golovachyov 1876 yilning 9 
yanvarida muzeyni komplektlash bo‘yicha yig‘ilishga N.A.Maev, V.F.Oshanin, 
A.I.Vilkins, D.Yu.Yujakov va I.I.Krauzelarni taklif etadi hamda muzey ochishga 
qaror qilinadi. 
   2.Turkistonda tashkil etilgan ilk muzeylar faoliyati. 
Turkistonda 
muzeylar 
qurilishining 
boshlanishi, 
dastlabki 
muzeylar 
tashabbuskorlari va yaratuvchilari A.P.Fedchenko, V.F. Oshanin, V.V. Bartold, I.V. 
Mushketov kabi tadqiqotchi olimlarning nomi bilan bog‘lik. Yuqorida qayd 
etilganidek muassasalar, ilmiy jamiyatlar, olimlar, mahalliy aholi ko‘p yillar 
mobaynida Turkiston o‘lkasi zoologiyasi, numizmatikasi, minerologiyasi, 
etnografiyasiga oid kolleksiyalar bilan o‘z fondlarini to‘ldirib borganlar. Vaqt o‘tishi 
bilan ushbu kolleksiyalarni birlashtirish va muzey tashkil etish masalasi ko‘tarildi. 
Shu tariqa, 1876 yil O‘rta Osiyoda birinchi muzey tashkil topdi15. Lekin davlat 
tomonidan bino berilmagani uchun, N.A.Maev o‘zining ipakchilik maktabidan 
muzey uchun ikki xona ajratdi. Ko‘p o‘tmay, muzey Statistika bo‘limi ixtiyoriga 
o‘tkaziladi. Muzey ta’minoti uchun yiliga 300 so‘m ajratilganidan tashqari, ba’zi 
shaxslarning moddiy yordamlari ham kelib tushgan. N.A.Maevning yozishicha, 
muzey faoliyati uchun yiliga 1600 so‘mlik mablag‘ talab etilgan16. 
1877 yilning yanvariga kelib, muzey etnografiya, ishlab chiqarish texnologiyasi, 
qishloq xo‘jaligi, tabiat tarixi va arxeologiya bo‘yicha 1500 dan ortiq ashyolarga, 
800 ga yaqin qadimiy tangalarga ega bo‘ldi17. Muzey tez rivojlandi. Mazkur 
eksponatlar asosida etnografiya-texnika, tabiat, tarixiy-arxeologiya, numizmatika, 
qishloq xo‘jaligi bo‘limlari mavjud edi. Ekspozitsiya o‘lkamizning an’anaviy amaliy 
san’ati surat namunalaridan boshlangan bo‘lib, Ili vohasida yashagan uyg‘urlarning 
G‘uljadan yuborilgan an’anaviy kiyim-kechaklari ham namoyish etilgan. 
Shuningdek, 
ko‘rgazmaga 
qurol-yarog‘lar, 
musiqa 
asboblari 
kolleksiyasi, 
hunarmand to‘qimachilarning ipak, jun, paxta tolasidan to‘qilgan gazlamalari 
                                                                 
15 Туркестанские ведомости, 1876. № 48. 
16 Содиқова Н. Маданий ёдгорликлар хазинаси. – Тошкент: Фан, 1981. – Б. 39. 
17 Туркестанские ведомости, 1877. № 18. 
Ilmiybaza.uz masala 1871 yili tabiatshunoslik, antropologiya va etnografiya havaskorlari jamiyatining Turkiston bo‘limi majlisida yana ko‘tarildi. O‘rta Osiyo olimlari ilmiy jamiyati uni bir necha yillar mobaynida hal qilishni qayta-qayta so‘raydi. Nihoyat, Sirdaryo viloyati harbiy gubernatori general N.Golovachyov 1876 yilning 9 yanvarida muzeyni komplektlash bo‘yicha yig‘ilishga N.A.Maev, V.F.Oshanin, A.I.Vilkins, D.Yu.Yujakov va I.I.Krauzelarni taklif etadi hamda muzey ochishga qaror qilinadi. 2.Turkistonda tashkil etilgan ilk muzeylar faoliyati. Turkistonda muzeylar qurilishining boshlanishi, dastlabki muzeylar tashabbuskorlari va yaratuvchilari A.P.Fedchenko, V.F. Oshanin, V.V. Bartold, I.V. Mushketov kabi tadqiqotchi olimlarning nomi bilan bog‘lik. Yuqorida qayd etilganidek muassasalar, ilmiy jamiyatlar, olimlar, mahalliy aholi ko‘p yillar mobaynida Turkiston o‘lkasi zoologiyasi, numizmatikasi, minerologiyasi, etnografiyasiga oid kolleksiyalar bilan o‘z fondlarini to‘ldirib borganlar. Vaqt o‘tishi bilan ushbu kolleksiyalarni birlashtirish va muzey tashkil etish masalasi ko‘tarildi. Shu tariqa, 1876 yil O‘rta Osiyoda birinchi muzey tashkil topdi15. Lekin davlat tomonidan bino berilmagani uchun, N.A.Maev o‘zining ipakchilik maktabidan muzey uchun ikki xona ajratdi. Ko‘p o‘tmay, muzey Statistika bo‘limi ixtiyoriga o‘tkaziladi. Muzey ta’minoti uchun yiliga 300 so‘m ajratilganidan tashqari, ba’zi shaxslarning moddiy yordamlari ham kelib tushgan. N.A.Maevning yozishicha, muzey faoliyati uchun yiliga 1600 so‘mlik mablag‘ talab etilgan16. 1877 yilning yanvariga kelib, muzey etnografiya, ishlab chiqarish texnologiyasi, qishloq xo‘jaligi, tabiat tarixi va arxeologiya bo‘yicha 1500 dan ortiq ashyolarga, 800 ga yaqin qadimiy tangalarga ega bo‘ldi17. Muzey tez rivojlandi. Mazkur eksponatlar asosida etnografiya-texnika, tabiat, tarixiy-arxeologiya, numizmatika, qishloq xo‘jaligi bo‘limlari mavjud edi. Ekspozitsiya o‘lkamizning an’anaviy amaliy san’ati surat namunalaridan boshlangan bo‘lib, Ili vohasida yashagan uyg‘urlarning G‘uljadan yuborilgan an’anaviy kiyim-kechaklari ham namoyish etilgan. Shuningdek, ko‘rgazmaga qurol-yarog‘lar, musiqa asboblari kolleksiyasi, hunarmand to‘qimachilarning ipak, jun, paxta tolasidan to‘qilgan gazlamalari 15 Туркестанские ведомости, 1876. № 48. 16 Содиқова Н. Маданий ёдгорликлар хазинаси. – Тошкент: Фан, 1981. – Б. 39. 17 Туркестанские ведомости, 1877. № 18.
 
Ilmiybaza.uz 
 
namunalari, Hisor olachasi, Shahrisabz bahrombegisi, Qoshg‘ar bozorlarida 
sotiladigan ingliz gazlamalari namunalari ham qo‘yilgan bo‘lib, undan kitobat va 
yozish qurollaridan boshlab, chinni, tunj, loydan ishlangan haykalchalar, mahalliy 
qog‘oz va ipak namunalari, zargarlik buyumlari, tumor kabi diniy tasavvurlar bilan 
bog‘liq ashyolar ham o‘rin olgan edi. Tabiatshunoslik bo‘limida yo‘lbars, qo‘tos 
tulumlari bilan bir qatorda turli-tuman hasharot, qushlarning kolleksiyasi, 
o‘simliklar gerbariysi mavjud bo‘lgan. Ma’danlar bo‘limida O‘rta Osiyoning turli 
hududlaridan keltirilgan toshko‘mir, oltingugurt, tuz, neft, turli tog‘ jinslari va 
ma’danlar, temir, mis rudalari namunalarini ko‘rish mumkin edi. Numizmatika 
bo‘limida miloddan avvalgi III asrdan milodning IV asriga qadar Yunon-Baqtriya, 
Kushonlar, Sosoniylar, hind hamda musulmon tangalarining eng noyob namunalari 
bo‘lgan. Arxeologiya bo‘limida To‘ytepa, Shohruhiya, Issiqko‘l rayonlaridan 
keltirilgan me’moriy obidalarning sirli koshinlari joylashtirilgan. Qishloq xo‘jalik 
bo‘limi turli o‘simliklar urug‘lari, asalarichilikka oid ashyolar, ipakchilikka oid 
kolleksiyalar, dendrologiya namunalaridan iborat edi18.  
Muzey predmetlari maxsus to‘planmagan bo‘lsa-da, unda qimmatbaho, nodir va 
noyob buyumlarning asl nusxalari mavjud edi. Mazkur muassasaning tashkil etilishi 
fanning turli tarmoqlarida foydalanish mumkin bo‘lgan xilma-xil kolleksiyalarni 
to‘plashni davom ettirishga turtki berdi. Natijada ekspozitsiyalarni kengaytirish va 
bo‘limlarni ma’lum darajada tartibga solish uchun dastur ishlab chiqilib, geografiya, 
antropologiya bo‘limlari ajratildi, texnika, sanoat va etnografiya bo‘limlariga 
bo‘lindi. 
Muzey Nizomi ishlab chiqilib tasdiqlandi. Unda muzey ixtisosi vazifasi, ish 
ko‘lami belgilab berildi19. Dastlab muzeyni besh kishidan iborat nazorat komiteti 
boshqardi. Nizomga muvofiq muzeyga geologiya, botanika, zoologiya, etnografiya, 
arxeologiya, numizmatika, sanoat va qishloq xo‘jaligi bo‘yicha eksponatlar to‘plash 
va saqlash huquqi berildi. Mazkur Nizomda: «Muzey ommaning O‘rta Osiyo o‘lkasi 
bilan tanishuvi va to‘plangan materiallarni olimlar o‘z sohalari bo‘yicha 
o‘rganishlari uchun ochildi», –deyilgan edi20. Lekin muzey bu talabga to‘liq javob 
bera olmas edi, chunki eksponatlarning bir-biriga aloqasi yo‘k, alohida 
                                                                 
18 Содиқова Н. Маданий ёдгорликлар хазинаси. – Тошкент: Фан, 1981. – Б. 40. 
19 Туркестанские ведомости. 1888. – № 5. 
20 ЎзР МДА, И–1-фонд, 16-рўйхат, 359-иш, 32-варақ. 
Ilmiybaza.uz namunalari, Hisor olachasi, Shahrisabz bahrombegisi, Qoshg‘ar bozorlarida sotiladigan ingliz gazlamalari namunalari ham qo‘yilgan bo‘lib, undan kitobat va yozish qurollaridan boshlab, chinni, tunj, loydan ishlangan haykalchalar, mahalliy qog‘oz va ipak namunalari, zargarlik buyumlari, tumor kabi diniy tasavvurlar bilan bog‘liq ashyolar ham o‘rin olgan edi. Tabiatshunoslik bo‘limida yo‘lbars, qo‘tos tulumlari bilan bir qatorda turli-tuman hasharot, qushlarning kolleksiyasi, o‘simliklar gerbariysi mavjud bo‘lgan. Ma’danlar bo‘limida O‘rta Osiyoning turli hududlaridan keltirilgan toshko‘mir, oltingugurt, tuz, neft, turli tog‘ jinslari va ma’danlar, temir, mis rudalari namunalarini ko‘rish mumkin edi. Numizmatika bo‘limida miloddan avvalgi III asrdan milodning IV asriga qadar Yunon-Baqtriya, Kushonlar, Sosoniylar, hind hamda musulmon tangalarining eng noyob namunalari bo‘lgan. Arxeologiya bo‘limida To‘ytepa, Shohruhiya, Issiqko‘l rayonlaridan keltirilgan me’moriy obidalarning sirli koshinlari joylashtirilgan. Qishloq xo‘jalik bo‘limi turli o‘simliklar urug‘lari, asalarichilikka oid ashyolar, ipakchilikka oid kolleksiyalar, dendrologiya namunalaridan iborat edi18. Muzey predmetlari maxsus to‘planmagan bo‘lsa-da, unda qimmatbaho, nodir va noyob buyumlarning asl nusxalari mavjud edi. Mazkur muassasaning tashkil etilishi fanning turli tarmoqlarida foydalanish mumkin bo‘lgan xilma-xil kolleksiyalarni to‘plashni davom ettirishga turtki berdi. Natijada ekspozitsiyalarni kengaytirish va bo‘limlarni ma’lum darajada tartibga solish uchun dastur ishlab chiqilib, geografiya, antropologiya bo‘limlari ajratildi, texnika, sanoat va etnografiya bo‘limlariga bo‘lindi. Muzey Nizomi ishlab chiqilib tasdiqlandi. Unda muzey ixtisosi vazifasi, ish ko‘lami belgilab berildi19. Dastlab muzeyni besh kishidan iborat nazorat komiteti boshqardi. Nizomga muvofiq muzeyga geologiya, botanika, zoologiya, etnografiya, arxeologiya, numizmatika, sanoat va qishloq xo‘jaligi bo‘yicha eksponatlar to‘plash va saqlash huquqi berildi. Mazkur Nizomda: «Muzey ommaning O‘rta Osiyo o‘lkasi bilan tanishuvi va to‘plangan materiallarni olimlar o‘z sohalari bo‘yicha o‘rganishlari uchun ochildi», –deyilgan edi20. Lekin muzey bu talabga to‘liq javob bera olmas edi, chunki eksponatlarning bir-biriga aloqasi yo‘k, alohida 18 Содиқова Н. Маданий ёдгорликлар хазинаси. – Тошкент: Фан, 1981. – Б. 40. 19 Туркестанские ведомости. 1888. – № 5. 20 ЎзР МДА, И–1-фонд, 16-рўйхат, 359-иш, 32-варақ.
 
Ilmiybaza.uz 
 
kolleksiyalardan iborat edi. Nizomning bu bandidan muzey tashkilotchilari, uning 
vazifasini ilmiy-ma’naviy muassasa sifatida belgilaganlari ko‘rinib turibdi. Albatta, 
o‘z davri uchun Turkistonda tashkil etilgan birinchi muzeyning ahamiyati katta edi. 
Undagi kolleksiya to‘plamlari va ekspozitsiyaning sifati hamda ko‘lami yillar o‘tib 
o‘sib bordi. 
Olimlarning fikricha, 1876–1880 yillar Toshkent muzeyi faoliyatining muhim 
bosqichi bo‘ldi. Shu yillarda numizmatika, etnografiya bo‘limlari boy kolleksiyalar 
bilan to‘ldirildi. 
Albatta, moziyga nazar solinsa, ilk muzeyning ahamiyati katta edi. Toshkent 
muzeyi xalqning O‘rta Osiyodagi yangi muassasa sifatida o‘zini anglashga, o‘tmish, 
tarixga hurmat tuyg‘usi bilan shakllantirishga xizmat qildi. Ilg‘or fikrli mahalliy 
ziyolilar jamoatchilikni qadimiy yodgorliklarni asrab-avaylashga, ularni kelajak 
avlodlar uchun saqlab qolish hamda muhofaza qilishga mablag‘ to‘plashga da’vat 
etdilar. Vaqtli matbuotda tarixiy yodgorliklarning holati haqida muntazam maqolalar 
chop etila boshlanib, tarixiy topilmalar, xazina izlovchilar, muzeydagi qiziqarli 
eksponatlar bilan o‘quvchilarni ham tanishtirish boshlandi. Madaniy yodgorliklarni 
muhofaza qilishda muzeylarning ahamiyati batafsil tahlil etildi.  
Muzey kolleksiyalarining tez-tez ko‘chirilishi hamda o‘g‘irlanishi natijasida u 
jiddiy zarar ko‘rsa ham fidoyilar sa’y-harakatlari tufayli fondlar doimiy ravishda 
boyitib borildi. Toshkent muzeyi 1884 yilga kelib gerbariy, numizmatika to‘plami 
Samarqand kolleksiyalaridan tashqari 3000 ta turli buyum-ashyolarga ega edi21. 
Oradan yana ikki yil o‘tib, eksponatlar soni 4000 dan oshib ketdi22. 
Rossiya imperiyasining «Turkiston o‘lkasini boshqarish haqidagi Nizomi» 1886 
yili 16 iyulda e’lon qilindi. Unga binoan ta’sis etilgan maxsus qo‘mitaga muzey ham 
bo‘ysunar edi23. Ammo maxsus komitet faoliyati 1904 yilning oktyabrida 
to‘xtatilgach, muzey boshqaruvi bevosita mahkama hukmdori ixtiyoriga o‘tdi24. 
Muzey qoshida 1906 yili Nazorat komiteti qaytadan tuzildi, kutubxona va muzey 
ishlarining yangi qonun-qoidalari tasdiqlandi, byudjeti birmuncha oshirildi. Shu 
paytdan e’tiboran muzey va kutubxona uchun bino qurish masalasi ko‘tarildi. Yangi 
                                                                 
21 Туркестанские ведомости. 1894. – № 1. 
22 Сирдарё вилояти обзори. – Тошкент. 1887. – Б. 329-330. 
23 Туркестанские ведомости. 1889. – № 54. 
24 Туркестанские ведомости. 1904. – № 156. 
Ilmiybaza.uz kolleksiyalardan iborat edi. Nizomning bu bandidan muzey tashkilotchilari, uning vazifasini ilmiy-ma’naviy muassasa sifatida belgilaganlari ko‘rinib turibdi. Albatta, o‘z davri uchun Turkistonda tashkil etilgan birinchi muzeyning ahamiyati katta edi. Undagi kolleksiya to‘plamlari va ekspozitsiyaning sifati hamda ko‘lami yillar o‘tib o‘sib bordi. Olimlarning fikricha, 1876–1880 yillar Toshkent muzeyi faoliyatining muhim bosqichi bo‘ldi. Shu yillarda numizmatika, etnografiya bo‘limlari boy kolleksiyalar bilan to‘ldirildi. Albatta, moziyga nazar solinsa, ilk muzeyning ahamiyati katta edi. Toshkent muzeyi xalqning O‘rta Osiyodagi yangi muassasa sifatida o‘zini anglashga, o‘tmish, tarixga hurmat tuyg‘usi bilan shakllantirishga xizmat qildi. Ilg‘or fikrli mahalliy ziyolilar jamoatchilikni qadimiy yodgorliklarni asrab-avaylashga, ularni kelajak avlodlar uchun saqlab qolish hamda muhofaza qilishga mablag‘ to‘plashga da’vat etdilar. Vaqtli matbuotda tarixiy yodgorliklarning holati haqida muntazam maqolalar chop etila boshlanib, tarixiy topilmalar, xazina izlovchilar, muzeydagi qiziqarli eksponatlar bilan o‘quvchilarni ham tanishtirish boshlandi. Madaniy yodgorliklarni muhofaza qilishda muzeylarning ahamiyati batafsil tahlil etildi. Muzey kolleksiyalarining tez-tez ko‘chirilishi hamda o‘g‘irlanishi natijasida u jiddiy zarar ko‘rsa ham fidoyilar sa’y-harakatlari tufayli fondlar doimiy ravishda boyitib borildi. Toshkent muzeyi 1884 yilga kelib gerbariy, numizmatika to‘plami Samarqand kolleksiyalaridan tashqari 3000 ta turli buyum-ashyolarga ega edi21. Oradan yana ikki yil o‘tib, eksponatlar soni 4000 dan oshib ketdi22. Rossiya imperiyasining «Turkiston o‘lkasini boshqarish haqidagi Nizomi» 1886 yili 16 iyulda e’lon qilindi. Unga binoan ta’sis etilgan maxsus qo‘mitaga muzey ham bo‘ysunar edi23. Ammo maxsus komitet faoliyati 1904 yilning oktyabrida to‘xtatilgach, muzey boshqaruvi bevosita mahkama hukmdori ixtiyoriga o‘tdi24. Muzey qoshida 1906 yili Nazorat komiteti qaytadan tuzildi, kutubxona va muzey ishlarining yangi qonun-qoidalari tasdiqlandi, byudjeti birmuncha oshirildi. Shu paytdan e’tiboran muzey va kutubxona uchun bino qurish masalasi ko‘tarildi. Yangi 21 Туркестанские ведомости. 1894. – № 1. 22 Сирдарё вилояти обзори. – Тошкент. 1887. – Б. 329-330. 23 Туркестанские ведомости. 1889. – № 54. 24 Туркестанские ведомости. 1904. – № 156.
 
Ilmiybaza.uz 
 
keltirilgan qo‘lyozma, kitob, kolleksiya, eksponatlarning ko‘pligi bu ishni 
kechiktirib bo‘lmas zaruriyatligini ko‘rsatardi. Mazkur masala yuzasidan 
tayyorlangan axborotda general-gubernator va mahkama boshqaruvchisining dala 
hovlilarini sotish muzey va kutubxona uchun bino qurishning yagona imkoniyatidir 
degan fikr bildiriladi. Sababi, ushbu binolardan kam foydalanilgan, qolaversa 
ularning saqlanishi uchun ma’lum mablag‘ sarflanishi ro‘kach qilinadi25. Turkiston 
general-gubernatori kengashi ushbu tadbirni ma’qullab, muzey binosi loyihasi 
tuzildi. Loyiha va sarf-xarajatlar smetasi 1911 yili bosh shtab injenerlik komiteti 
tomonidan ko‘rib chiqilsa-da, ularning barchasi qog‘ozda qolib ketadi. 
Toshkent muzeyi bo‘limlarining kengayishi notekis, jamg‘armalarning 
to‘latilishi ilmiy asossiz davom etdi. Shunga qaramasdan, muzey tarixiy bo‘limining 
keyingi taraqqiyotida 1885 yili tuzilgan arxeologiya havasmandlari to‘garagining 
faoliyati muhim ahamiyat kasb etdi. To‘garak tashkil etgan arxeologik 
ekspeditsiyalarning dastlabki arxeologiya va numizmatika materiallari 1899 yildan 
muzeyga topshirila boshlanadi26. 
Toshkent muzeyining muvaffaqiyatli faoliyati Turkiston o‘lkasidagi boshqa 
shaharlarda ham muzey tashkil etish uchun yo‘l ochdi. Bu borada ikkinchi 
muzeyning Samarqand shahrida ochilishi to‘la asosga ega edi, albatta. Sababi, bu 
qadimgi shahar o‘z yodgorliklari bilan nafaqat olim va sayohatchilarni, balki 
jamoatchilikning keng qatlamlarini o‘ziga jalb etardi. Samarqandda havaskor 
o‘lkashunoslar, yodgorlik buyumlarini to‘plovchilar, kolleksionerlar ham talaygina 
edi. 
Zarafshon okrugi boshlig‘i mahkamasi (keyinchalik Samarqand viloyati harbiy 
gubernatori idorasida) arxeologik qazishmalarda topilgan ashyo, qo‘lyozmalar, 
in’om etilgan buyumlar to‘plana borgan. Bu borada Zarafshon okrugi boshlig‘ining 
arxeologiya, numizmatika va qo‘lyozmalarni to‘plash, aniqlash va ekspozitsiyalash 
hamda saqlash bo‘yicha maxsus topshiriqlar amaldori M.N.Rostislavovning sa’y-
harakatlari e’tiborga sazovor27. Uning taklifi bilan 1874 yili maxsus ajratilgan 
                                                                 
25 Туркестанские ведомости. 1907. – № 166. 
26 ЎзР МДА, Р–72-фонд, 1-рўйхат, 3-иш, 9-варақ. 
27 Упфал Г.Я., Забродин Е.Б. К вопросу о дате возникновения Самаркандского музея / Очерки истории 
музейного дела в СССР, вып. У. 11, - М: 1971. 
Ilmiybaza.uz keltirilgan qo‘lyozma, kitob, kolleksiya, eksponatlarning ko‘pligi bu ishni kechiktirib bo‘lmas zaruriyatligini ko‘rsatardi. Mazkur masala yuzasidan tayyorlangan axborotda general-gubernator va mahkama boshqaruvchisining dala hovlilarini sotish muzey va kutubxona uchun bino qurishning yagona imkoniyatidir degan fikr bildiriladi. Sababi, ushbu binolardan kam foydalanilgan, qolaversa ularning saqlanishi uchun ma’lum mablag‘ sarflanishi ro‘kach qilinadi25. Turkiston general-gubernatori kengashi ushbu tadbirni ma’qullab, muzey binosi loyihasi tuzildi. Loyiha va sarf-xarajatlar smetasi 1911 yili bosh shtab injenerlik komiteti tomonidan ko‘rib chiqilsa-da, ularning barchasi qog‘ozda qolib ketadi. Toshkent muzeyi bo‘limlarining kengayishi notekis, jamg‘armalarning to‘latilishi ilmiy asossiz davom etdi. Shunga qaramasdan, muzey tarixiy bo‘limining keyingi taraqqiyotida 1885 yili tuzilgan arxeologiya havasmandlari to‘garagining faoliyati muhim ahamiyat kasb etdi. To‘garak tashkil etgan arxeologik ekspeditsiyalarning dastlabki arxeologiya va numizmatika materiallari 1899 yildan muzeyga topshirila boshlanadi26. Toshkent muzeyining muvaffaqiyatli faoliyati Turkiston o‘lkasidagi boshqa shaharlarda ham muzey tashkil etish uchun yo‘l ochdi. Bu borada ikkinchi muzeyning Samarqand shahrida ochilishi to‘la asosga ega edi, albatta. Sababi, bu qadimgi shahar o‘z yodgorliklari bilan nafaqat olim va sayohatchilarni, balki jamoatchilikning keng qatlamlarini o‘ziga jalb etardi. Samarqandda havaskor o‘lkashunoslar, yodgorlik buyumlarini to‘plovchilar, kolleksionerlar ham talaygina edi. Zarafshon okrugi boshlig‘i mahkamasi (keyinchalik Samarqand viloyati harbiy gubernatori idorasida) arxeologik qazishmalarda topilgan ashyo, qo‘lyozmalar, in’om etilgan buyumlar to‘plana borgan. Bu borada Zarafshon okrugi boshlig‘ining arxeologiya, numizmatika va qo‘lyozmalarni to‘plash, aniqlash va ekspozitsiyalash hamda saqlash bo‘yicha maxsus topshiriqlar amaldori M.N.Rostislavovning sa’y- harakatlari e’tiborga sazovor27. Uning taklifi bilan 1874 yili maxsus ajratilgan 25 Туркестанские ведомости. 1907. – № 166. 26 ЎзР МДА, Р–72-фонд, 1-рўйхат, 3-иш, 9-варақ. 27 Упфал Г.Я., Забродин Е.Б. К вопросу о дате возникновения Самаркандского музея / Очерки истории музейного дела в СССР, вып. У. 11, - М: 1971.
 
Ilmiybaza.uz 
 
mablag‘ga qadimgi qo‘lyozma, tanga-chaqalar sotib olinadi. To‘plangan ashyo 
buyumlar ijaraga olingan binolarda saqlangan. 
Samarqandlik usta Mirza Qosimov shahardagi me’moriy yodgorliklarning sirli 
qoplamlari lavhalarini to‘plovchi kolleksiyachi sifatida tanilgan edi. Jizzax 
yaqinidagi «Temur darvoza» qoyatosh lavhalari ham shu ajoyib rassom va xattot 
tomonidan qog‘ozga ko‘chirilgan. M.Qosimov Ulug‘bek madrasasining qo‘lyozma 
chizmasini ham tayyorlagan. Uning rasmlari to‘plami 1886 yili Toshkentdagi 
Turkiston hunarmandchilik sanoati ko‘rgazmasida namoyish etilib, munosib 
taqdirlanadi28. 
Mahalliy kolleksiya to‘plovchilar orasida samarqandlik Mirza Abdulla Buxoriy 
ham bo‘lib, u savdogar va mahalliy ipak, jun, ip gazlama buyumlari fabrikasining 
xo‘jayini ham edi. Mirza Abdulla 1878 yili Toshkentda ko‘rgazma tashkil etib, unda 
xonatlas, ayollar bosh kiyimlari kabilardan iborat kolleksiyasini namoyish etgan29. 
Abu Said Mahsum – Shayboniyxon madrasasi mudarrisi, mahalliy o‘lkashunos, 
qadimgi buyumlar havasmandi va to‘plovchisi bo‘lgan. U mohir xattot bo‘lib, Go‘ri 
Amir, Shohi Zinda dahmalari va boshqa me’moriy inshootlardagi o‘qilishi qiyin 
bo‘lgan yozuvlardan nusxa ko‘chirgan. To‘plangan qadimgi buyum, tanga-
chaqalarni saqlaydigan maxsus stol va vitrinalarni ta’mirlash, zarur jihozlar 
tayyorlash uchun viloyat ma’muriyati ma’lum miqdorda mablag‘ ajratadi. 
To‘plangan tangalar 1875 yilning iyulida 700 dona bo‘lsa, kutubxonadagi qo‘lyozma 
va kitoblar esa 30 taga yetadi30. Zarafshon okrugi mahkamasida saqlanayotgan 
kolleksiyaning 
bir 
qismi 
1883 
yili 
Toshkent 
muzeyiga 
topshirilsa-da, 
Samarqanddagi osori-atiqalar ko‘payaverdi. Muzey ochish ishida viloyat statistika 
komiteti xodimlarining xizmatlari katta bo‘lib, ular asosiy bazani vujudga keltirdilar. 
Samarqanddagi yodgorliklar majmuasi O‘rta Osiyodagi barcha sharqshunos 
olim, kolleksioner, o‘lkashunoslar e’tiborini tortdi. Xususan, I.V.Mushketov 
Samarqanddagi qabrtoshlar haqida gapirar ekan, mahalliy boshqarma huzuridagi 
                                                                 
28 Маев Н.А. «Туркестанская выставка» – Ташкент. 1886. – 7.; Альмеев Р.В. Музеи Узбекистана и социально-
культурные перспективы их развития. Ташкент: Издательско-полиграфический дом имени Гафура Гуляма, 
2007. – С. 11. 
29 Лунин Б.В. Самаркандский любитель старины Мирза Бухары // Общественные науки в Узбекистане. 1963. 
– № 6. – С. 39. 
30 Туркестанские ведомости. 1875 г. – № 8. 
Ilmiybaza.uz mablag‘ga qadimgi qo‘lyozma, tanga-chaqalar sotib olinadi. To‘plangan ashyo buyumlar ijaraga olingan binolarda saqlangan. Samarqandlik usta Mirza Qosimov shahardagi me’moriy yodgorliklarning sirli qoplamlari lavhalarini to‘plovchi kolleksiyachi sifatida tanilgan edi. Jizzax yaqinidagi «Temur darvoza» qoyatosh lavhalari ham shu ajoyib rassom va xattot tomonidan qog‘ozga ko‘chirilgan. M.Qosimov Ulug‘bek madrasasining qo‘lyozma chizmasini ham tayyorlagan. Uning rasmlari to‘plami 1886 yili Toshkentdagi Turkiston hunarmandchilik sanoati ko‘rgazmasida namoyish etilib, munosib taqdirlanadi28. Mahalliy kolleksiya to‘plovchilar orasida samarqandlik Mirza Abdulla Buxoriy ham bo‘lib, u savdogar va mahalliy ipak, jun, ip gazlama buyumlari fabrikasining xo‘jayini ham edi. Mirza Abdulla 1878 yili Toshkentda ko‘rgazma tashkil etib, unda xonatlas, ayollar bosh kiyimlari kabilardan iborat kolleksiyasini namoyish etgan29. Abu Said Mahsum – Shayboniyxon madrasasi mudarrisi, mahalliy o‘lkashunos, qadimgi buyumlar havasmandi va to‘plovchisi bo‘lgan. U mohir xattot bo‘lib, Go‘ri Amir, Shohi Zinda dahmalari va boshqa me’moriy inshootlardagi o‘qilishi qiyin bo‘lgan yozuvlardan nusxa ko‘chirgan. To‘plangan qadimgi buyum, tanga- chaqalarni saqlaydigan maxsus stol va vitrinalarni ta’mirlash, zarur jihozlar tayyorlash uchun viloyat ma’muriyati ma’lum miqdorda mablag‘ ajratadi. To‘plangan tangalar 1875 yilning iyulida 700 dona bo‘lsa, kutubxonadagi qo‘lyozma va kitoblar esa 30 taga yetadi30. Zarafshon okrugi mahkamasida saqlanayotgan kolleksiyaning bir qismi 1883 yili Toshkent muzeyiga topshirilsa-da, Samarqanddagi osori-atiqalar ko‘payaverdi. Muzey ochish ishida viloyat statistika komiteti xodimlarining xizmatlari katta bo‘lib, ular asosiy bazani vujudga keltirdilar. Samarqanddagi yodgorliklar majmuasi O‘rta Osiyodagi barcha sharqshunos olim, kolleksioner, o‘lkashunoslar e’tiborini tortdi. Xususan, I.V.Mushketov Samarqanddagi qabrtoshlar haqida gapirar ekan, mahalliy boshqarma huzuridagi 28 Маев Н.А. «Туркестанская выставка» – Ташкент. 1886. – 7.; Альмеев Р.В. Музеи Узбекистана и социально- культурные перспективы их развития. Ташкент: Издательско-полиграфический дом имени Гафура Гуляма, 2007. – С. 11. 29 Лунин Б.В. Самаркандский любитель старины Мирза Бухары // Общественные науки в Узбекистане. 1963. – № 6. – С. 39. 30 Туркестанские ведомости. 1875 г. – № 8.
 
Ilmiybaza.uz 
 
Samarqand va uning atrofidagi yodgorliklar majmuining nihoyatda qimmatli 
ekanligini ta’kidlaydi31. 
Asosiy muzeylar qatorida Toshkentda 1914 yili S.P.Zaverinning Turkiston 
mollari namunalarining savdo muzeyi Toshkent savdo-sanoat korxonasi ochildi. 
Uning dasturiga quyidagilar kiritildi: 
Turkiston o‘lkasi Xiva, Buxoro, Afg‘oniston, Xitoy va Mongoliyaning savdo 
an’analarini o‘rganish; 
Import va eksport savdo muammolarining statistik materiallarini yig‘ish; 
Turkiston bilan savdo-sotiq aloqalarini olib boruvchi mamlakatlarning turli 
xildagi mollarni qadoqlash, namunalarini yig‘ish; 
Mollarning sifatini tekshirish va solishtirish: 
Yuklarni sug‘urta qilish bo‘yicha ma’lumotnoma berish; 
O‘zlarining namunalari, kataloglari, ro‘yxatlari, materiallari, shuningdek 
mollarni sotish shartlari va ularning ko‘tara narxlari bilan tanishtirish; 
Mollarning doimiy ko‘rgazmasi va shunga o‘xshash xizmatlarni o‘z zimmasiga 
olgan.. 
Mazkur muzey ba’zi bir sabablarga ko‘ra tez orada yopiladi. 
Turkistonda ommaviy kutubxona va ommaviy muzeylarni ochilishi aslida rus 
mustamlakachilarini Turkiston ma’naviy boyliklarini ilmiy asosda o‘rganish, ularni 
Imperiya manfaatlari yo‘lida o‘zlashtirishni markazlashtiradigan muassasalar 
xizmatini o‘tishi kerak edi. Ularda Turkiston xalqlarini moddiy va ma’naviy 
boyliklari to‘planib, qiymati aniqlanar va eng noyoblari va jahon ahamiyatiga 
moliklari markazga, Sankt-Peterburg va Moskvaga olib ketilar edi. Shu tariqa yillar 
davomida olib borilgan ilmiy qidiruv va arxeologik qazilmalar natijasida topilgan 
ko‘plab yodgorliklar Rossiya va boshqa chet ellarga olib ketildi. 
Shuni ta’kidlamoq lozimki, Turkistonda ilk muzeylarning tashkil topishi 
o‘lkadagi boshqa ko‘plab muzeylarning tashkil etilishiga turtki berdi. 
Xulosa sifatida ushbu davrdagi muzey ishining quyidagi salbiy hamda ijobiy 
tomonlarini ko‘rsatish maqsadga muvofiqdir. Bu davrda kolleksiyalarni birlashtirish 
va muzey tashkil etish masalasi juda murakkab kechdi. Chunki chor hokimiyati 
Turkiston xalqi orasida tarix va madaniyatga oid bilimlarni keng tashviqot qilish 
                                                                 
31 Мушкентов И.В. Туркестан. Том 1. Санкт-Петербург. 1908. – С. 306.  
Ilmiybaza.uz Samarqand va uning atrofidagi yodgorliklar majmuining nihoyatda qimmatli ekanligini ta’kidlaydi31. Asosiy muzeylar qatorida Toshkentda 1914 yili S.P.Zaverinning Turkiston mollari namunalarining savdo muzeyi Toshkent savdo-sanoat korxonasi ochildi. Uning dasturiga quyidagilar kiritildi: Turkiston o‘lkasi Xiva, Buxoro, Afg‘oniston, Xitoy va Mongoliyaning savdo an’analarini o‘rganish; Import va eksport savdo muammolarining statistik materiallarini yig‘ish; Turkiston bilan savdo-sotiq aloqalarini olib boruvchi mamlakatlarning turli xildagi mollarni qadoqlash, namunalarini yig‘ish; Mollarning sifatini tekshirish va solishtirish: Yuklarni sug‘urta qilish bo‘yicha ma’lumotnoma berish; O‘zlarining namunalari, kataloglari, ro‘yxatlari, materiallari, shuningdek mollarni sotish shartlari va ularning ko‘tara narxlari bilan tanishtirish; Mollarning doimiy ko‘rgazmasi va shunga o‘xshash xizmatlarni o‘z zimmasiga olgan.. Mazkur muzey ba’zi bir sabablarga ko‘ra tez orada yopiladi. Turkistonda ommaviy kutubxona va ommaviy muzeylarni ochilishi aslida rus mustamlakachilarini Turkiston ma’naviy boyliklarini ilmiy asosda o‘rganish, ularni Imperiya manfaatlari yo‘lida o‘zlashtirishni markazlashtiradigan muassasalar xizmatini o‘tishi kerak edi. Ularda Turkiston xalqlarini moddiy va ma’naviy boyliklari to‘planib, qiymati aniqlanar va eng noyoblari va jahon ahamiyatiga moliklari markazga, Sankt-Peterburg va Moskvaga olib ketilar edi. Shu tariqa yillar davomida olib borilgan ilmiy qidiruv va arxeologik qazilmalar natijasida topilgan ko‘plab yodgorliklar Rossiya va boshqa chet ellarga olib ketildi. Shuni ta’kidlamoq lozimki, Turkistonda ilk muzeylarning tashkil topishi o‘lkadagi boshqa ko‘plab muzeylarning tashkil etilishiga turtki berdi. Xulosa sifatida ushbu davrdagi muzey ishining quyidagi salbiy hamda ijobiy tomonlarini ko‘rsatish maqsadga muvofiqdir. Bu davrda kolleksiyalarni birlashtirish va muzey tashkil etish masalasi juda murakkab kechdi. Chunki chor hokimiyati Turkiston xalqi orasida tarix va madaniyatga oid bilimlarni keng tashviqot qilish 31 Мушкентов И.В. Туркестан. Том 1. Санкт-Петербург. 1908. – С. 306.