O'QUVCHILARDA JISMONIY RIVOJLANISHNI GIGIENIK BAHOLASH

Yuklangan vaqt

2024-04-07

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

5

Faytl hajmi

17,4 KB


O'QUVCHILARDA JISMONIY RIVOJLANISHNI GIGIENIK 
BAHOLASH 
 
 
 
Talaba va o‘quvchilarning o‘sishi va rivojlanishi hamma vaqt mos 
kelavermaydi. O‘sish va rivojlanish to‘lqinsimon boradi.Maktab o‘quvchi- si,kollej, 
litsey talabalarining normal o‘sishi va rivojlanishi haqida ko‘pgina son va sifat 
ko‘rsatkichlarni aniqlab  so‘ng aniq xulosaga kelish mumkin. 
Jismoniy rivojlanish deganda organizmning morfologik va funksional 
xususiyatlari 
tushuniladi. 
 
Jismoniy 
rivojlanish 
ko‘rsatkichlari 
orasida 
antropometrik ko‘rsatkichlar (somatometrik, somatoskopik va fiziometrik) asosiy 
o‘rinni egallaydi.Somatometrik o‘lchamlarga bo‘yning balandligi,ko‘krak qafasi 
aylanasi,bosh 
aylanasi,vazn 
o‘lchovlari 
kiradi.Somotoskopiya 
(tashqi 
kuzatish).Bunday tekshiruvda tashqi qoplam, yog‘ qatlami, mushaklar, skelet, 
oyoqlar 
shakli 
va 
tananing 
boshqa 
qismlari 
asosiy 
ko‘rsatkichlar 
hisoblanadi.Fiziometriya,bunda o‘pkaning tiriklik sig‘imi, yelka oldi muskullar 
kuchi o‘lchanadi. Jismoniy rivojlanish ma’lumotlari ma’lum yoshdagi ko‘p 
odamlarda o‘tkazilib,fiziologlar tuzgan jadvallarga solishtirilgan holda olib 
boriladi. Bunday jadvallarda o‘rta ma’lumotlar keltirilgan. 
Ish uchun zarur narsalar:Tarozi, rostometr, santimetr lenta, spirometr, qo‘l 
dinomometri, spirt, paxta . 
Ishning borishi:SOMATOMETRIYA 
1. Bo‘yning o‘lchami (sm). Bo‘yning balandligi, rostomer-bo‘y o‘lchash asbobi 
yordamida o‘chanadi. Tekshiriluvchi orqasi bilan rostomerga turadi. Bunda 
tekshiriluvchining kuraklari, dumbasi va tavoni rostomerga tegib turishi kerak. 
Tik turganda bo‘y rostomer shkalasining chap qismidan aniqlanadi. 
  O‘tirgan holda o‘lchanganda tekshiriluvchining kuraklari va dumbasi rostomerga 
tegib turishi kerak. O‘tirgan holda odamning bo‘yi rostomerning o‘ng tomonidan 
o‘lchanadi. 
O'QUVCHILARDA JISMONIY RIVOJLANISHNI GIGIENIK BAHOLASH Talaba va o‘quvchilarning o‘sishi va rivojlanishi hamma vaqt mos kelavermaydi. O‘sish va rivojlanish to‘lqinsimon boradi.Maktab o‘quvchi- si,kollej, litsey talabalarining normal o‘sishi va rivojlanishi haqida ko‘pgina son va sifat ko‘rsatkichlarni aniqlab so‘ng aniq xulosaga kelish mumkin. Jismoniy rivojlanish deganda organizmning morfologik va funksional xususiyatlari tushuniladi. Jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlari orasida antropometrik ko‘rsatkichlar (somatometrik, somatoskopik va fiziometrik) asosiy o‘rinni egallaydi.Somatometrik o‘lchamlarga bo‘yning balandligi,ko‘krak qafasi aylanasi,bosh aylanasi,vazn o‘lchovlari kiradi.Somotoskopiya (tashqi kuzatish).Bunday tekshiruvda tashqi qoplam, yog‘ qatlami, mushaklar, skelet, oyoqlar shakli va tananing boshqa qismlari asosiy ko‘rsatkichlar hisoblanadi.Fiziometriya,bunda o‘pkaning tiriklik sig‘imi, yelka oldi muskullar kuchi o‘lchanadi. Jismoniy rivojlanish ma’lumotlari ma’lum yoshdagi ko‘p odamlarda o‘tkazilib,fiziologlar tuzgan jadvallarga solishtirilgan holda olib boriladi. Bunday jadvallarda o‘rta ma’lumotlar keltirilgan. Ish uchun zarur narsalar:Tarozi, rostometr, santimetr lenta, spirometr, qo‘l dinomometri, spirt, paxta . Ishning borishi:SOMATOMETRIYA 1. Bo‘yning o‘lchami (sm). Bo‘yning balandligi, rostomer-bo‘y o‘lchash asbobi yordamida o‘chanadi. Tekshiriluvchi orqasi bilan rostomerga turadi. Bunda tekshiriluvchining kuraklari, dumbasi va tavoni rostomerga tegib turishi kerak. Tik turganda bo‘y rostomer shkalasining chap qismidan aniqlanadi. O‘tirgan holda o‘lchanganda tekshiriluvchining kuraklari va dumbasi rostomerga tegib turishi kerak. O‘tirgan holda odamning bo‘yi rostomerning o‘ng tomonidan o‘lchanadi. 2.Ko‘krak qafasi aylanasi. Ko‘krak qafasining aylanasi uchta      holatda-maksimal 
nafas olganda, nafas chiqarganda va pauzada o‘lchanadi. Bunda tekshiriluvchi 
qo‘llarini yonga ochib turadi. Erkaklarda ko‘krak aylanasi o‘lchanganda (sm) lenta 
kurakning pastki uchiga va ko‘krak bezini o‘rtasiga qo‘yiladi.Ayollarda 
ko‘krakning yuqori qismidan aylantirib o‘lchanadi. 
2. Bosh aylanasi peshona usti bilan aylantirib o‘lchanadi. 
4. Vazn tibbiyot tarozisida o‘lchanadi. 
Somatoskopiya 
1. Tashqi qoplam.. Terining elastikligini bilish uchun bosh va ko‘rsatkich 
barmoqlar bilan teri yuqoriga tortib qo‘yib yuboriladi. 
2. Muskullar. Muskullarni ushlab ko‘rib uni yaxshi rivojlangan yoki yaxshi 
rivojlanmaganini bilish mumkin. 
3. Suyak skeleti. Suyaklarni ushlab ko‘rib yirik yoki nozik ekaligini bilish kerak. 
4. Oyoqlar shakli. Oyoqlar shakli N, O va X shaklida bo‘ladi. Normal oyoqlarda 
son, boldirlar, tizzalar bir-biriga tegib turadi. O- shaklida tizza bilan oyoq panja 
bir-biriga to‘g‘ri kelmaydi. X- shaklida tizza ichkariga bukilgan bo‘ladi. 
5. Ko‘krak qafasi shakli. Uch xil ko‘krak qafasi shakli farq qilinadi. 1-konik, 2-
silindrik, 3-yassi.  
Konussimon ko‘krak qafasi muskullari rivojlangan odamda bo‘ladi. Yassi 
ko‘krak qafasi muskullari yaxshi rivojlanmagan odamlarda kuzatiladi.Silindrik 
ko‘krak qafasi normal xisoblanadi. 
6.Qaddi-qomat. Qaddi-qomat bosh, yelka kamari, ko‘krak qafasining shakli, 
umurtqa pog‘onasi, qorin, tos kamari, muskul va nerv sistemasiga bog‘liq bo‘ladi. 
Normal qaddi-qomatda bosh to‘g‘ri joylashadi, yelka biroz orqada, umurtqa 
pog‘onasi normal egriliklarga ega, ko‘krak qafasi silindr yoki konus shaklida 
bo‘ladi. 
FIZIOMETRIYA 
1. Yelka oldi muskullari kuchini o‘lchash uchun dinamometr asbobidan 
foydalaniladi.Dinamometr oldin o‘ng qo‘lga olinib bir urinishda bor kuch bilan 
siqiladi,so‘ng chap qo‘l bilan xam bor kuch bilan siqiladi. Natija daftarga yozilib, 
2.Ko‘krak qafasi aylanasi. Ko‘krak qafasining aylanasi uchta holatda-maksimal nafas olganda, nafas chiqarganda va pauzada o‘lchanadi. Bunda tekshiriluvchi qo‘llarini yonga ochib turadi. Erkaklarda ko‘krak aylanasi o‘lchanganda (sm) lenta kurakning pastki uchiga va ko‘krak bezini o‘rtasiga qo‘yiladi.Ayollarda ko‘krakning yuqori qismidan aylantirib o‘lchanadi. 2. Bosh aylanasi peshona usti bilan aylantirib o‘lchanadi. 4. Vazn tibbiyot tarozisida o‘lchanadi. Somatoskopiya 1. Tashqi qoplam.. Terining elastikligini bilish uchun bosh va ko‘rsatkich barmoqlar bilan teri yuqoriga tortib qo‘yib yuboriladi. 2. Muskullar. Muskullarni ushlab ko‘rib uni yaxshi rivojlangan yoki yaxshi rivojlanmaganini bilish mumkin. 3. Suyak skeleti. Suyaklarni ushlab ko‘rib yirik yoki nozik ekaligini bilish kerak. 4. Oyoqlar shakli. Oyoqlar shakli N, O va X shaklida bo‘ladi. Normal oyoqlarda son, boldirlar, tizzalar bir-biriga tegib turadi. O- shaklida tizza bilan oyoq panja bir-biriga to‘g‘ri kelmaydi. X- shaklida tizza ichkariga bukilgan bo‘ladi. 5. Ko‘krak qafasi shakli. Uch xil ko‘krak qafasi shakli farq qilinadi. 1-konik, 2- silindrik, 3-yassi. Konussimon ko‘krak qafasi muskullari rivojlangan odamda bo‘ladi. Yassi ko‘krak qafasi muskullari yaxshi rivojlanmagan odamlarda kuzatiladi.Silindrik ko‘krak qafasi normal xisoblanadi. 6.Qaddi-qomat. Qaddi-qomat bosh, yelka kamari, ko‘krak qafasining shakli, umurtqa pog‘onasi, qorin, tos kamari, muskul va nerv sistemasiga bog‘liq bo‘ladi. Normal qaddi-qomatda bosh to‘g‘ri joylashadi, yelka biroz orqada, umurtqa pog‘onasi normal egriliklarga ega, ko‘krak qafasi silindr yoki konus shaklida bo‘ladi. FIZIOMETRIYA 1. Yelka oldi muskullari kuchini o‘lchash uchun dinamometr asbobidan foydalaniladi.Dinamometr oldin o‘ng qo‘lga olinib bir urinishda bor kuch bilan siqiladi,so‘ng chap qo‘l bilan xam bor kuch bilan siqiladi. Natija daftarga yozilib, 2-jadval bilan solishtiriladi. 
2.O‘pkaning tiriklik sig‘imini o‘lchash. 
Ishdan maqsad: o‘pkaning tiriklik sig‘imi aniqlanadigan spirometr bilan 
tanishish va o‘pkaning tiriklik sig‘imini o‘lchash usulini o‘rganishdan iborat. 
Odam normal nafas olganda, o‘pkaga 500-600 ml. havo kiradi va shuncha havo 
yana tashqariga chiqadi. Bu havo nafas olish havosi deyiladi. Normal nafas 
olingandan keyin, yana 1500 ml. havo olish mumkin. Bu qo‘shimcha havo deyiladi. 
Shuningdek, normal nafas chiqarilgandan keyin yana 1500 ml. havo chiqarish 
mumkin. Bu havo zapas  yoki rezerv  havo deyiladi. Chuqur nafas chiqarilgandan 
keyin chuqar nafas olinganda o‘pkaga kirgan havo miqdori o‘pkaning tiriklik sig‘imi 
deyiladi. 
O‘pkaning tiriklik sig‘imi- nafas olish havosi, qo‘shimcha va rezerv havo 
yig‘indisi (500+1500+1500)dan iborat bo‘lib, u o‘rtacha 3500 ml. ga teng. 
O‘pkaning tiriklik sig‘imi kishining jinsiga, yoshiga, kasbiga va sog‘lig‘iga qarab 
o‘zgarib turadi. Qanchalik chuqur nafas chiqarilmasin, o‘pkadagi havoning 
hammasi batamom chiqib ketmaydi; uning bir qismi o‘pkada qoladi. Bu havo qoldiq 
havo deyiladi; uning miqdori taxminan 1000 ml. ga teng bo‘ladi. O‘pkaning tiriklik 
sig‘imini o‘lchash uchun spirometrdan foydalaniladi. Spirometr ikkita silindrdan 
tuzilgan bo‘lib, uning kattasiga suv to‘ldirilgan, kichigi esa katta silindr ichiga 
kiritilgan. Kichik silindr katta silindr ichida oson harakatlanishi uchun uning 
yuqorigi berk tomoni tosh osilgan ip orqali haltakka birlashtirilgan. Katta silindr 
tubining o‘rtasiga temir naycha o‘rnatilgan bo‘lib, uning yuqorigi uchi silindrdagi 
suvdan bir oz ko‘tarilib turadi, ikkinchi uchi esa silindr tagidan tashqariga chiqarilib, 
rezina naycha bilan birlashtirilgan. Agar rezina naycha orqali havo puflansa, kichik 
silindr yuqoriga ko‘tariladi, kirgan havo miqdorini shkalaga yozilgan raqamlardan 
bilish mumkin. 
Ishni bajarish tartibi. O‘pkaning tiriklik sig‘imini o‘lchash uchun spirometr 
strelkasini nolga to‘g‘rilab, uning rezina naychasining uchi spirt bilan artiladi va 
odatdagicha nafas olib, rezina naycha orqali spirometr ichiga nafas chiqariladi. 
Spirometr ichiga nafas chiqarishni bir necha marta takrorlab, o‘pkadan 
2-jadval bilan solishtiriladi. 2.O‘pkaning tiriklik sig‘imini o‘lchash. Ishdan maqsad: o‘pkaning tiriklik sig‘imi aniqlanadigan spirometr bilan tanishish va o‘pkaning tiriklik sig‘imini o‘lchash usulini o‘rganishdan iborat. Odam normal nafas olganda, o‘pkaga 500-600 ml. havo kiradi va shuncha havo yana tashqariga chiqadi. Bu havo nafas olish havosi deyiladi. Normal nafas olingandan keyin, yana 1500 ml. havo olish mumkin. Bu qo‘shimcha havo deyiladi. Shuningdek, normal nafas chiqarilgandan keyin yana 1500 ml. havo chiqarish mumkin. Bu havo zapas yoki rezerv havo deyiladi. Chuqur nafas chiqarilgandan keyin chuqar nafas olinganda o‘pkaga kirgan havo miqdori o‘pkaning tiriklik sig‘imi deyiladi. O‘pkaning tiriklik sig‘imi- nafas olish havosi, qo‘shimcha va rezerv havo yig‘indisi (500+1500+1500)dan iborat bo‘lib, u o‘rtacha 3500 ml. ga teng. O‘pkaning tiriklik sig‘imi kishining jinsiga, yoshiga, kasbiga va sog‘lig‘iga qarab o‘zgarib turadi. Qanchalik chuqur nafas chiqarilmasin, o‘pkadagi havoning hammasi batamom chiqib ketmaydi; uning bir qismi o‘pkada qoladi. Bu havo qoldiq havo deyiladi; uning miqdori taxminan 1000 ml. ga teng bo‘ladi. O‘pkaning tiriklik sig‘imini o‘lchash uchun spirometrdan foydalaniladi. Spirometr ikkita silindrdan tuzilgan bo‘lib, uning kattasiga suv to‘ldirilgan, kichigi esa katta silindr ichiga kiritilgan. Kichik silindr katta silindr ichida oson harakatlanishi uchun uning yuqorigi berk tomoni tosh osilgan ip orqali haltakka birlashtirilgan. Katta silindr tubining o‘rtasiga temir naycha o‘rnatilgan bo‘lib, uning yuqorigi uchi silindrdagi suvdan bir oz ko‘tarilib turadi, ikkinchi uchi esa silindr tagidan tashqariga chiqarilib, rezina naycha bilan birlashtirilgan. Agar rezina naycha orqali havo puflansa, kichik silindr yuqoriga ko‘tariladi, kirgan havo miqdorini shkalaga yozilgan raqamlardan bilish mumkin. Ishni bajarish tartibi. O‘pkaning tiriklik sig‘imini o‘lchash uchun spirometr strelkasini nolga to‘g‘rilab, uning rezina naychasining uchi spirt bilan artiladi va odatdagicha nafas olib, rezina naycha orqali spirometr ichiga nafas chiqariladi. Spirometr ichiga nafas chiqarishni bir necha marta takrorlab, o‘pkadan chiqarilgan havoning o‘rtacha miqdori topiladi. Masalan, spirometrga 6 marta 
nafas chiqarish natijasida strelka 3000 ml. ni ko‘rsatsa, u vaqtda o‘rtacha nafas 
chiqarish havosining miqdori 3000:6=500 ml ga teng bo‘ladi. 
Qo‘shimcha havo miqdorini aniqlash uchun kichik silindrni yuqoriga ko‘tarib, 
uning strelkasi ma’lum raqamga to‘g‘rilanadi. Keyin normal nafas olib (nafas 
chiqarmasdan) tezda spirometr naychasini og‘izga tutib, spirometrdan chuqur nafas 
olinadi. Bu vaqtda spirometr strelkasi pastga tushib, ma’lum bir raqam ro‘parasida 
to‘xtaydi. Shu yo‘l bilan o‘pkaga qancha qo‘shimcha havo kirganligi aniqlanadi. 
Masalan, chuqur nafas olguncha strelka 3000 ml ni, nafas olingandan keyin 1500 ml 
ni ko‘rsatsa, bu vaqtda o‘pkaga kirgan havo miqdori 3000—1500=1500 ml ga teng 
bo‘ladi. 
 Rezerv havo miqdorini aniqlash uchun spirometr strelkasini nolga qo‘yib, oddiy 
nafas havosi tashqariga chiqariladi va nafas olmasdan turib,rezina naycha orqali 
spirometr ichiga kuchli nafas chiqariladi. Bu vaqtda strelka ko‘rsatgan raqam rezerv 
havo miqdorini bildiradi.  
Nafas olish, qo‘shimcha va rezerv havo miqdorini  4-jadvalga yozib, o‘pkaning 
tiriklik sig‘imi topiladi. 
O‘pkaning tiriklik sig‘imini o‘lchash uchun chuqur nafas olib, spirometrga kuch 
bilan nafas chiqariladi. Bunda spirometr strelkasi to‘xtagan joydagi raqam o‘pkaning 
tiriklik sig‘imini ifodalaydi. 
O‘pkadagi qoldiq havo miqdorini aniqlash uchun mumkin qadar chuqur nafas 
chiqariladi, so‘ngra ma’lum miqdorda vodorod solingan xaltadan bir necha marta 
nafas olinadi va oxirida shu xalta ichiga chuqur nafas chiqariladi. Bunda xaltadagi 
vodorodning bir qismi o‘pkaga o‘tadi, shu vodorod miqdori o‘pkadagi qoldiq havo 
miqdorini ko‘rsatadi. Masalan, xaltada 4000 ml vodorod bo‘lsin. Bu xaltadan bir 
necha marta nafas olinsa ham, uning hajmi o‘zgarmaydi, chunki qancha vodorod 
olinsa, shuncha havo o‘pkadan xaltaga chiqariladi. Bunda faqat xaltadagi havoning 
tarkibi o‘zgaradi. Agar xaltada 3000 ml vodorod va o‘pkadan kirgan 1000 ml havo 
bo‘lsa, u vaqtda 1000 ml vodorodga 330 ml o‘pka havosi to‘g‘ri keladi. Bunday 
vaqtda o‘pkaga o‘tgan 1000 ml vodorodga 330 ml havo to‘g‘ri keladi. Shunday qilib, 
chiqarilgan havoning o‘rtacha miqdori topiladi. Masalan, spirometrga 6 marta nafas chiqarish natijasida strelka 3000 ml. ni ko‘rsatsa, u vaqtda o‘rtacha nafas chiqarish havosining miqdori 3000:6=500 ml ga teng bo‘ladi. Qo‘shimcha havo miqdorini aniqlash uchun kichik silindrni yuqoriga ko‘tarib, uning strelkasi ma’lum raqamga to‘g‘rilanadi. Keyin normal nafas olib (nafas chiqarmasdan) tezda spirometr naychasini og‘izga tutib, spirometrdan chuqur nafas olinadi. Bu vaqtda spirometr strelkasi pastga tushib, ma’lum bir raqam ro‘parasida to‘xtaydi. Shu yo‘l bilan o‘pkaga qancha qo‘shimcha havo kirganligi aniqlanadi. Masalan, chuqur nafas olguncha strelka 3000 ml ni, nafas olingandan keyin 1500 ml ni ko‘rsatsa, bu vaqtda o‘pkaga kirgan havo miqdori 3000—1500=1500 ml ga teng bo‘ladi. Rezerv havo miqdorini aniqlash uchun spirometr strelkasini nolga qo‘yib, oddiy nafas havosi tashqariga chiqariladi va nafas olmasdan turib,rezina naycha orqali spirometr ichiga kuchli nafas chiqariladi. Bu vaqtda strelka ko‘rsatgan raqam rezerv havo miqdorini bildiradi. Nafas olish, qo‘shimcha va rezerv havo miqdorini 4-jadvalga yozib, o‘pkaning tiriklik sig‘imi topiladi. O‘pkaning tiriklik sig‘imini o‘lchash uchun chuqur nafas olib, spirometrga kuch bilan nafas chiqariladi. Bunda spirometr strelkasi to‘xtagan joydagi raqam o‘pkaning tiriklik sig‘imini ifodalaydi. O‘pkadagi qoldiq havo miqdorini aniqlash uchun mumkin qadar chuqur nafas chiqariladi, so‘ngra ma’lum miqdorda vodorod solingan xaltadan bir necha marta nafas olinadi va oxirida shu xalta ichiga chuqur nafas chiqariladi. Bunda xaltadagi vodorodning bir qismi o‘pkaga o‘tadi, shu vodorod miqdori o‘pkadagi qoldiq havo miqdorini ko‘rsatadi. Masalan, xaltada 4000 ml vodorod bo‘lsin. Bu xaltadan bir necha marta nafas olinsa ham, uning hajmi o‘zgarmaydi, chunki qancha vodorod olinsa, shuncha havo o‘pkadan xaltaga chiqariladi. Bunda faqat xaltadagi havoning tarkibi o‘zgaradi. Agar xaltada 3000 ml vodorod va o‘pkadan kirgan 1000 ml havo bo‘lsa, u vaqtda 1000 ml vodorodga 330 ml o‘pka havosi to‘g‘ri keladi. Bunday vaqtda o‘pkaga o‘tgan 1000 ml vodorodga 330 ml havo to‘g‘ri keladi. Shunday qilib, o‘pkadagi qoldiq havo miqdori: 1000+330=1330 ml bo‘ladi.  
 
o‘pkadagi qoldiq havo miqdori: 1000+330=1330 ml bo‘ladi.