O'QUVCHILARDA JISMONIY RIVOJLANISHNI GIGIENIK BAHOLASH
Yuklangan vaqt
2024-04-07
Yuklab olishlar soni
2
Sahifalar soni
5
Faytl hajmi
17,4 KB
O'QUVCHILARDA JISMONIY RIVOJLANISHNI GIGIENIK
BAHOLASH
Talaba va o‘quvchilarning o‘sishi va rivojlanishi hamma vaqt mos
kelavermaydi. O‘sish va rivojlanish to‘lqinsimon boradi.Maktab o‘quvchi- si,kollej,
litsey talabalarining normal o‘sishi va rivojlanishi haqida ko‘pgina son va sifat
ko‘rsatkichlarni aniqlab so‘ng aniq xulosaga kelish mumkin.
Jismoniy rivojlanish deganda organizmning morfologik va funksional
xususiyatlari
tushuniladi.
Jismoniy
rivojlanish
ko‘rsatkichlari
orasida
antropometrik ko‘rsatkichlar (somatometrik, somatoskopik va fiziometrik) asosiy
o‘rinni egallaydi.Somatometrik o‘lchamlarga bo‘yning balandligi,ko‘krak qafasi
aylanasi,bosh
aylanasi,vazn
o‘lchovlari
kiradi.Somotoskopiya
(tashqi
kuzatish).Bunday tekshiruvda tashqi qoplam, yog‘ qatlami, mushaklar, skelet,
oyoqlar
shakli
va
tananing
boshqa
qismlari
asosiy
ko‘rsatkichlar
hisoblanadi.Fiziometriya,bunda o‘pkaning tiriklik sig‘imi, yelka oldi muskullar
kuchi o‘lchanadi. Jismoniy rivojlanish ma’lumotlari ma’lum yoshdagi ko‘p
odamlarda o‘tkazilib,fiziologlar tuzgan jadvallarga solishtirilgan holda olib
boriladi. Bunday jadvallarda o‘rta ma’lumotlar keltirilgan.
Ish uchun zarur narsalar:Tarozi, rostometr, santimetr lenta, spirometr, qo‘l
dinomometri, spirt, paxta .
Ishning borishi:SOMATOMETRIYA
1. Bo‘yning o‘lchami (sm). Bo‘yning balandligi, rostomer-bo‘y o‘lchash asbobi
yordamida o‘chanadi. Tekshiriluvchi orqasi bilan rostomerga turadi. Bunda
tekshiriluvchining kuraklari, dumbasi va tavoni rostomerga tegib turishi kerak.
Tik turganda bo‘y rostomer shkalasining chap qismidan aniqlanadi.
O‘tirgan holda o‘lchanganda tekshiriluvchining kuraklari va dumbasi rostomerga
tegib turishi kerak. O‘tirgan holda odamning bo‘yi rostomerning o‘ng tomonidan
o‘lchanadi.
2.Ko‘krak qafasi aylanasi. Ko‘krak qafasining aylanasi uchta holatda-maksimal
nafas olganda, nafas chiqarganda va pauzada o‘lchanadi. Bunda tekshiriluvchi
qo‘llarini yonga ochib turadi. Erkaklarda ko‘krak aylanasi o‘lchanganda (sm) lenta
kurakning pastki uchiga va ko‘krak bezini o‘rtasiga qo‘yiladi.Ayollarda
ko‘krakning yuqori qismidan aylantirib o‘lchanadi.
2. Bosh aylanasi peshona usti bilan aylantirib o‘lchanadi.
4. Vazn tibbiyot tarozisida o‘lchanadi.
Somatoskopiya
1. Tashqi qoplam.. Terining elastikligini bilish uchun bosh va ko‘rsatkich
barmoqlar bilan teri yuqoriga tortib qo‘yib yuboriladi.
2. Muskullar. Muskullarni ushlab ko‘rib uni yaxshi rivojlangan yoki yaxshi
rivojlanmaganini bilish mumkin.
3. Suyak skeleti. Suyaklarni ushlab ko‘rib yirik yoki nozik ekaligini bilish kerak.
4. Oyoqlar shakli. Oyoqlar shakli N, O va X shaklida bo‘ladi. Normal oyoqlarda
son, boldirlar, tizzalar bir-biriga tegib turadi. O- shaklida tizza bilan oyoq panja
bir-biriga to‘g‘ri kelmaydi. X- shaklida tizza ichkariga bukilgan bo‘ladi.
5. Ko‘krak qafasi shakli. Uch xil ko‘krak qafasi shakli farq qilinadi. 1-konik, 2-
silindrik, 3-yassi.
Konussimon ko‘krak qafasi muskullari rivojlangan odamda bo‘ladi. Yassi
ko‘krak qafasi muskullari yaxshi rivojlanmagan odamlarda kuzatiladi.Silindrik
ko‘krak qafasi normal xisoblanadi.
6.Qaddi-qomat. Qaddi-qomat bosh, yelka kamari, ko‘krak qafasining shakli,
umurtqa pog‘onasi, qorin, tos kamari, muskul va nerv sistemasiga bog‘liq bo‘ladi.
Normal qaddi-qomatda bosh to‘g‘ri joylashadi, yelka biroz orqada, umurtqa
pog‘onasi normal egriliklarga ega, ko‘krak qafasi silindr yoki konus shaklida
bo‘ladi.
FIZIOMETRIYA
1. Yelka oldi muskullari kuchini o‘lchash uchun dinamometr asbobidan
foydalaniladi.Dinamometr oldin o‘ng qo‘lga olinib bir urinishda bor kuch bilan
siqiladi,so‘ng chap qo‘l bilan xam bor kuch bilan siqiladi. Natija daftarga yozilib,
2-jadval bilan solishtiriladi.
2.O‘pkaning tiriklik sig‘imini o‘lchash.
Ishdan maqsad: o‘pkaning tiriklik sig‘imi aniqlanadigan spirometr bilan
tanishish va o‘pkaning tiriklik sig‘imini o‘lchash usulini o‘rganishdan iborat.
Odam normal nafas olganda, o‘pkaga 500-600 ml. havo kiradi va shuncha havo
yana tashqariga chiqadi. Bu havo nafas olish havosi deyiladi. Normal nafas
olingandan keyin, yana 1500 ml. havo olish mumkin. Bu qo‘shimcha havo deyiladi.
Shuningdek, normal nafas chiqarilgandan keyin yana 1500 ml. havo chiqarish
mumkin. Bu havo zapas yoki rezerv havo deyiladi. Chuqur nafas chiqarilgandan
keyin chuqar nafas olinganda o‘pkaga kirgan havo miqdori o‘pkaning tiriklik sig‘imi
deyiladi.
O‘pkaning tiriklik sig‘imi- nafas olish havosi, qo‘shimcha va rezerv havo
yig‘indisi (500+1500+1500)dan iborat bo‘lib, u o‘rtacha 3500 ml. ga teng.
O‘pkaning tiriklik sig‘imi kishining jinsiga, yoshiga, kasbiga va sog‘lig‘iga qarab
o‘zgarib turadi. Qanchalik chuqur nafas chiqarilmasin, o‘pkadagi havoning
hammasi batamom chiqib ketmaydi; uning bir qismi o‘pkada qoladi. Bu havo qoldiq
havo deyiladi; uning miqdori taxminan 1000 ml. ga teng bo‘ladi. O‘pkaning tiriklik
sig‘imini o‘lchash uchun spirometrdan foydalaniladi. Spirometr ikkita silindrdan
tuzilgan bo‘lib, uning kattasiga suv to‘ldirilgan, kichigi esa katta silindr ichiga
kiritilgan. Kichik silindr katta silindr ichida oson harakatlanishi uchun uning
yuqorigi berk tomoni tosh osilgan ip orqali haltakka birlashtirilgan. Katta silindr
tubining o‘rtasiga temir naycha o‘rnatilgan bo‘lib, uning yuqorigi uchi silindrdagi
suvdan bir oz ko‘tarilib turadi, ikkinchi uchi esa silindr tagidan tashqariga chiqarilib,
rezina naycha bilan birlashtirilgan. Agar rezina naycha orqali havo puflansa, kichik
silindr yuqoriga ko‘tariladi, kirgan havo miqdorini shkalaga yozilgan raqamlardan
bilish mumkin.
Ishni bajarish tartibi. O‘pkaning tiriklik sig‘imini o‘lchash uchun spirometr
strelkasini nolga to‘g‘rilab, uning rezina naychasining uchi spirt bilan artiladi va
odatdagicha nafas olib, rezina naycha orqali spirometr ichiga nafas chiqariladi.
Spirometr ichiga nafas chiqarishni bir necha marta takrorlab, o‘pkadan