O'quvchilarning bilim, ko'nikma va malakalarini tashxis etish

Yuklangan vaqt

2024-09-27

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

15

Faytl hajmi

41,8 KB


 
 
 
 
 
 
O'quvchilarning bilim, ko'nikma va malakalarini tashxis etish 
 
 
Reja: 
1. 
Ta’lim olganlikni tashxis etishning mohiyati.  
2. 
O’quv jarayonida nazorat va hisobga olish funktsiyalari.  
3. 
Ta’lim olganlikni tashxis etish tamoyillari.  
4. 
O’quv faoliyati natijalarini hisobga olish turlari, shakllari va 
metodlari.  
5. 
Bilim, ko’nikma va malakalarni baholash mezonlari. 
 
 
Tayanch iboralar: Tashxis, nazorat qilish, baholash, nazorat va hisobga olish, 
tekshirish, baho, xolislik, tizimlilik, ko'rgazmalilik, joriy nazorat, oraliq nazorat, 
yakuniy nazorat, og'zaki tekshirish, yozma tekshirish, amaliy tekshirish, uy 
vazifalarini tekshirish, reyting shkalalash, test. 
 
 
Ta'lim olganlikni tashxis etishning mohiyati. Tashxisning mohiyati haqida 
gapirishdan oldin tashxisni umumiy yondashuv hamda tashxislashni amaliy 
pedagogik faoliyat jarayoni sifatida farqlab olaylik. Tashxis — bu didaktik jarayon 
kechadigan barcha sharoitlarni oydinlashtirishning natijalarini belgilash demak. 
Tashxissiz didaktik jarayonni samarali boshqarish, mavjud sharoit uchun optimal 
natijalarga erishish mumkin emas. 
Ta'lim olganlikni tashxislash orqali erishilgan natijalar va ta'lim olganlik 
ajratib olinadi. Shuningdek, ta'lim olganlik tashxislash vaqtida belgilangan maqsadni 
amalga oshirish darajasi sifatida ham qaraladi. Didaktik tashxislashning maqsadi 
o'quv jarayonida kechadigan barcha jihatlarni uning mahsuli bilan bog'liq holda, o'z 
O'quvchilarning bilim, ko'nikma va malakalarini tashxis etish Reja: 1. Ta’lim olganlikni tashxis etishning mohiyati. 2. O’quv jarayonida nazorat va hisobga olish funktsiyalari. 3. Ta’lim olganlikni tashxis etish tamoyillari. 4. O’quv faoliyati natijalarini hisobga olish turlari, shakllari va metodlari. 5. Bilim, ko’nikma va malakalarni baholash mezonlari. Tayanch iboralar: Tashxis, nazorat qilish, baholash, nazorat va hisobga olish, tekshirish, baho, xolislik, tizimlilik, ko'rgazmalilik, joriy nazorat, oraliq nazorat, yakuniy nazorat, og'zaki tekshirish, yozma tekshirish, amaliy tekshirish, uy vazifalarini tekshirish, reyting shkalalash, test. Ta'lim olganlikni tashxis etishning mohiyati. Tashxisning mohiyati haqida gapirishdan oldin tashxisni umumiy yondashuv hamda tashxislashni amaliy pedagogik faoliyat jarayoni sifatida farqlab olaylik. Tashxis — bu didaktik jarayon kechadigan barcha sharoitlarni oydinlashtirishning natijalarini belgilash demak. Tashxissiz didaktik jarayonni samarali boshqarish, mavjud sharoit uchun optimal natijalarga erishish mumkin emas. Ta'lim olganlikni tashxislash orqali erishilgan natijalar va ta'lim olganlik ajratib olinadi. Shuningdek, ta'lim olganlik tashxislash vaqtida belgilangan maqsadni amalga oshirish darajasi sifatida ham qaraladi. Didaktik tashxislashning maqsadi o'quv jarayonida kechadigan barcha jihatlarni uning mahsuli bilan bog'liq holda, o'z
 
 
vaqtida aniqlash, baholash va tahlil qilishdan iborat. Yuqoridagilardan ma'lum 
bo'ladiki, tashxis ta'lim oluvchilarning bilim, ko'nikma va malakalarini an'anaviy 
tekshirishga nisbatan kengroq va chuqurroq ma'no kasb etadi. Ta'limni baholash yoki 
tekshirish faqat natijalarni qayd etadi, biroq ularning kelib chiqishini izohlamaydi. 
Tashxis natijalarni ularga erishish yo’llari va vositalari, usullari bilan aloqadorlikda 
baholaydi, 
ta'lim 
mahsulining 
shakllanish 
jarayonlari 
va 
bosqichlarni 
aniqlaydi.Tashxislash nazorat, tekshirish, baholash, statistik ma'lumotlar to'plash, 
ularni tahlil qilish, dinamika, tendensiyalarni aniqlash, voqealarning keyingi rivojini 
taxminlashni o'z ichiga oladi. 
O'quvchilarning bilim, ko'nikma va malakalarini nazorat qilish, baholash 
tashxislashning zaruriy tarkibiy qismlari sanaladi. Ular pedagogik texnologiyaning 
ancha qadimiy usullaridir. Nazorat va baholash maktab amaliyoti rivojining doimiy 
hamrohi bo'lib kelgan. Shunga qaramay, bugun ham baholashning mazmuni, 
texnologiyalari haqida qizg'in munozaralar davom etmoqda. Avval bo'lgani kabi 
pedagoglar baho nimani qayd etishi lozimligini aniqlashga urinmoqdalar. Ular baho 
nimani ko'rsatishi lozimligi: ta'lim oluvchi o'zlashtirishning qat'iy belgilovchisi sifat 
ko'rsatkichi bo'lishi kerakmi, yo aksincha, u yoki bu ta'lim tizimining ustunligi va 
kamchiliklarining ko'rsatkichi bo'lishi kerakmi degan masalada bahslashib 
kelmoqda. Ta'limni baholashda ziddiyatli qarashlarning tug'ilishini buyuk pedagog 
Ya.A.Komenskiy ham ta'kidlab o'tgan edi. U pedagoglarni o'zlari ega bo'lgan 
baholash huquqidan aql bilan foydalanishga chaqirgan. Ta'lim oluvchilarga nisbatan 
nazoratning obyektiv bo'lishiga erishish didaktik tizimlarning asosida yotadi.  
Olimlarning ta'kidlashicha, demokratlashgan ta'lim tizimida yuzaki (formal) 
nazorat bo'lmasligi lozim. Didaktik nazorat o'qitishning o'ziga xos metodi sifatida 
aniq ifodalangan ta'lim beruvchi, rivojlantiruvchi yo'nalganlikga ega bo'lishi, o'z-
o'zini nazorat qilish bilan birlashishi, eng avvalo, ta'lim oluvchining o'zi uchun zarur 
va foydali bo'lishi lozim. Ta'lim tizimini demokratlashtirish bilim, ko'nikma va 
malakalarni nazorat va baholashdan emas, balki baho yordamida o'qishga 
undashning eskirgan shakllaridan voz kechishni talab qiladi. O'quvchilarning o'quv 
mehnatini rag'batlantirishning yangi usullarini izlash, ta'lim va tarbiya sohasida kuch 
to'plab borayotgan shaxsiy foyda tamoyili yangicha yondashuvlarni belgilab beradi. 
Tashxislash tizimida baho rag'batlantirish vositasi sifatida bir qator afzalliklarga ega 
vaqtida aniqlash, baholash va tahlil qilishdan iborat. Yuqoridagilardan ma'lum bo'ladiki, tashxis ta'lim oluvchilarning bilim, ko'nikma va malakalarini an'anaviy tekshirishga nisbatan kengroq va chuqurroq ma'no kasb etadi. Ta'limni baholash yoki tekshirish faqat natijalarni qayd etadi, biroq ularning kelib chiqishini izohlamaydi. Tashxis natijalarni ularga erishish yo’llari va vositalari, usullari bilan aloqadorlikda baholaydi, ta'lim mahsulining shakllanish jarayonlari va bosqichlarni aniqlaydi.Tashxislash nazorat, tekshirish, baholash, statistik ma'lumotlar to'plash, ularni tahlil qilish, dinamika, tendensiyalarni aniqlash, voqealarning keyingi rivojini taxminlashni o'z ichiga oladi. O'quvchilarning bilim, ko'nikma va malakalarini nazorat qilish, baholash tashxislashning zaruriy tarkibiy qismlari sanaladi. Ular pedagogik texnologiyaning ancha qadimiy usullaridir. Nazorat va baholash maktab amaliyoti rivojining doimiy hamrohi bo'lib kelgan. Shunga qaramay, bugun ham baholashning mazmuni, texnologiyalari haqida qizg'in munozaralar davom etmoqda. Avval bo'lgani kabi pedagoglar baho nimani qayd etishi lozimligini aniqlashga urinmoqdalar. Ular baho nimani ko'rsatishi lozimligi: ta'lim oluvchi o'zlashtirishning qat'iy belgilovchisi sifat ko'rsatkichi bo'lishi kerakmi, yo aksincha, u yoki bu ta'lim tizimining ustunligi va kamchiliklarining ko'rsatkichi bo'lishi kerakmi degan masalada bahslashib kelmoqda. Ta'limni baholashda ziddiyatli qarashlarning tug'ilishini buyuk pedagog Ya.A.Komenskiy ham ta'kidlab o'tgan edi. U pedagoglarni o'zlari ega bo'lgan baholash huquqidan aql bilan foydalanishga chaqirgan. Ta'lim oluvchilarga nisbatan nazoratning obyektiv bo'lishiga erishish didaktik tizimlarning asosida yotadi. Olimlarning ta'kidlashicha, demokratlashgan ta'lim tizimida yuzaki (formal) nazorat bo'lmasligi lozim. Didaktik nazorat o'qitishning o'ziga xos metodi sifatida aniq ifodalangan ta'lim beruvchi, rivojlantiruvchi yo'nalganlikga ega bo'lishi, o'z- o'zini nazorat qilish bilan birlashishi, eng avvalo, ta'lim oluvchining o'zi uchun zarur va foydali bo'lishi lozim. Ta'lim tizimini demokratlashtirish bilim, ko'nikma va malakalarni nazorat va baholashdan emas, balki baho yordamida o'qishga undashning eskirgan shakllaridan voz kechishni talab qiladi. O'quvchilarning o'quv mehnatini rag'batlantirishning yangi usullarini izlash, ta'lim va tarbiya sohasida kuch to'plab borayotgan shaxsiy foyda tamoyili yangicha yondashuvlarni belgilab beradi. Tashxislash tizimida baho rag'batlantirish vositasi sifatida bir qator afzalliklarga ega
 
 
bo'ladi. Birinchi navbatda, baholovchi fikrlar (ballar) qo'llanishi mumkin bo'lgan 
tashxislash natijalari shaxsning o'z darajasini belgilashga ko'maklashadi, bu esa 
raqobatli ta'lim sharoitlarini yaratishda muhim omil sanaladi. Ta'lim (shuningdek, 
nazorat)ning ixtiyoriyligi tamoyili bilan boyitilgan baho o'tmishda ko'plab 
o'quvchilar uchun majburiy ta'limning zaruriy vositasidan shaxsiy reyting — 
insonning jamiyatdagi mavqei ko'rsatkichini tadrijiy aniqlash usuliga aylanadi. 
O’quv jarayonida nazorat va hisobga olish funktsiyalari. Ta'lim 
jarayonining muhim tarkibiy qismlaridan biri — nazorat va hisobga olishdir. Bu 
tushunchalar o'ziga xos mohiyat va xususiyatlarga ega. O'qituvchi nazorat va 
hisobga olishni to'g'ri tashkil etsa, ta'lim jarayonining samaradorligi ortadi. Buning 
uchun o'qituvchi o'quvchining o'quv materiallarini o'zlashtirish darajasini aniqlab 
borishi lozim. 
Nazorat (ta'lim jarayonida) ta'lim oluvchining bilim, ko'nikma va malakalari 
darajasini aniqlash, o'lchash va baholash jarayonini anglatadi. Aniqlash va o'lchash 
esa tekshirish deb ataladi. 
Tekshirish — nazoratning tarkibiy qismi bo'lib, uning asosiy didaktik vazifasi 
o'qituvchi va o'quvchilar o'rtasida aks aloqani ta'minlash, pedagog tomonidan o'quv 
materialini o'zlashtirish haqida obyektiv axborot olinishi hamda bilimlardagi 
kamchilik va nuqsonlarni o'z vaqtida aniqlashdir. Tekshirishning maqsadi nafaqat 
o'quvchining bilim darajasi, sifati, balki uning o'quv mehnati hajmini ham 
aniqlashdan iborat. O'quvchilarning bilim va malakalarini tekshirish quyida 
ko'rsatilgan mantiqiy ketma-ketlikda olib borilishi kerak: 
Tekshirish tizimidagi birinchi bo'g'in ta'lim oluvchilarning bilim darajasini 
oldindan aniqlash hisoblanadi. Odatda, u o'quv yili boshida o'quvchilar tomonidan 
avvalgi o'quv yilida o'zlashtirilgan bilimlari darajasini aniqlash maqsadida 
o'tkaziladi. Bu kabi tekshirish, shuningdek, o'quv yilining o'rtasida yangi bo'lim 
(kurs)ni o'rganishga kirishilganda ham o'tkazilishi mumkin va o'rinli bo'ladi. 
Bilimlarni tekshirishning ikkinchi bo'g'ini har bir mavzuni o'zlashtirish 
jarayonidagi joriy tekshirishdir. Joriy tekshirish ta'lim oluvchilar tomonidan o'quv 
dasturida belgilangan ayrim alohida elementlarni o'zlashtirish darajasini tashxislash 
imkonini beradi. Mazkur tekshirishning asosiy vazifasi o'rgatishdir. Bunday 
tekshirishning shakl va metodlari turlicha bo'lib, ular o'quv materiali mazmuni, 
bo'ladi. Birinchi navbatda, baholovchi fikrlar (ballar) qo'llanishi mumkin bo'lgan tashxislash natijalari shaxsning o'z darajasini belgilashga ko'maklashadi, bu esa raqobatli ta'lim sharoitlarini yaratishda muhim omil sanaladi. Ta'lim (shuningdek, nazorat)ning ixtiyoriyligi tamoyili bilan boyitilgan baho o'tmishda ko'plab o'quvchilar uchun majburiy ta'limning zaruriy vositasidan shaxsiy reyting — insonning jamiyatdagi mavqei ko'rsatkichini tadrijiy aniqlash usuliga aylanadi. O’quv jarayonida nazorat va hisobga olish funktsiyalari. Ta'lim jarayonining muhim tarkibiy qismlaridan biri — nazorat va hisobga olishdir. Bu tushunchalar o'ziga xos mohiyat va xususiyatlarga ega. O'qituvchi nazorat va hisobga olishni to'g'ri tashkil etsa, ta'lim jarayonining samaradorligi ortadi. Buning uchun o'qituvchi o'quvchining o'quv materiallarini o'zlashtirish darajasini aniqlab borishi lozim. Nazorat (ta'lim jarayonida) ta'lim oluvchining bilim, ko'nikma va malakalari darajasini aniqlash, o'lchash va baholash jarayonini anglatadi. Aniqlash va o'lchash esa tekshirish deb ataladi. Tekshirish — nazoratning tarkibiy qismi bo'lib, uning asosiy didaktik vazifasi o'qituvchi va o'quvchilar o'rtasida aks aloqani ta'minlash, pedagog tomonidan o'quv materialini o'zlashtirish haqida obyektiv axborot olinishi hamda bilimlardagi kamchilik va nuqsonlarni o'z vaqtida aniqlashdir. Tekshirishning maqsadi nafaqat o'quvchining bilim darajasi, sifati, balki uning o'quv mehnati hajmini ham aniqlashdan iborat. O'quvchilarning bilim va malakalarini tekshirish quyida ko'rsatilgan mantiqiy ketma-ketlikda olib borilishi kerak: Tekshirish tizimidagi birinchi bo'g'in ta'lim oluvchilarning bilim darajasini oldindan aniqlash hisoblanadi. Odatda, u o'quv yili boshida o'quvchilar tomonidan avvalgi o'quv yilida o'zlashtirilgan bilimlari darajasini aniqlash maqsadida o'tkaziladi. Bu kabi tekshirish, shuningdek, o'quv yilining o'rtasida yangi bo'lim (kurs)ni o'rganishga kirishilganda ham o'tkazilishi mumkin va o'rinli bo'ladi. Bilimlarni tekshirishning ikkinchi bo'g'ini har bir mavzuni o'zlashtirish jarayonidagi joriy tekshirishdir. Joriy tekshirish ta'lim oluvchilar tomonidan o'quv dasturida belgilangan ayrim alohida elementlarni o'zlashtirish darajasini tashxislash imkonini beradi. Mazkur tekshirishning asosiy vazifasi o'rgatishdir. Bunday tekshirishning shakl va metodlari turlicha bo'lib, ular o'quv materiali mazmuni,
 
 
murakkabligi, o'quvchilarning yoshi va tayyorgarligi, ta'lim bosqichi va maqsadlari, 
muayyan pedagogik sharoitlarga bog'liq bo'ladi. 
Takroriy tekshirish bilim, ko'nikma va malakalarni tekshirishning uchinchi 
bo'g'ini sanalib, joriy tekshirish kabi mavzuli bo'lishi mumkin. Yangi mavzuni 
o'rganish bilan birga o'quvchilar avval o'rganilganlarni takrorlaydilar. Takroriy 
tekshirish bilimlarni mustahkamlashga ko'maklashadi, biroq o'quv ishlari bosqichini 
tavsiflash, bilimlarni o'zlashtirish mustahkamligi darajasini tashxislash imkonini 
bermaydi. Ushbu tekshirish tashxisning boshqa turlari va metodlari bilan birga 
qo'llanilsagina kutilgan samarani beradi. 
Tizimning to'rtinchi bo'g'ini o'quvchilarning bilim, ko'nikma va malakalarini 
yaxlit bo’lim yoki kursning alohida mavzusi bo'yicha davriy tekshirish 
hisoblanadi. Mazkur tekshirishning maqsadi — kursning turli qismlarida 
o'rganilgan o'quv materialining strukturaviy elementlari o'rtasidagi o'zaro 
aloqalarni o'zlashtirish sifatini tashxislash. Davriy tekshirishning asosiy vazifasi — 
tizimlashtirish va umumlashtirish. 
Tekshirishni tashkil etishda beshinchi bo'g'in ta'lim oluvchilarning, ta'lim 
jarayonining barcha bosqichlarida egallangan bilim, ko'nikma va malakalarini 
yakuniy tekshirish va hisobga olishdir. O'zlashtirishning yakuniy hisobi har bir 
chorak va o'quv yili oxirida o'tkaziladi. U olingan baholarni qo'shib, o'rtacha 
arifmetik ballni mexanik tarzda chiqarishdangina iborat bo'lmasligi lozim. Bu, 
avvalo, mazkur bosqichda belgilangan maqsadga muvofiq tarzda amaldagi ta'lim 
olganlik darajasi (sifati)ni tashxislashdir. 
Tekshirishdan tashqari nazorat o'z ichiga baholashni (jarayon sifatida) va 
bahoni (natija sifatida) ham oladi. Baholash deb bilim, ko'nikma va malakalarni 
o'quv dasturida ko'rsatilgan etalon (ko'rstakich, qolip, o'lchagich)lar bilan 
solishtirishni aytamiz. Baho deb baholashning ball shaklida ko'rsatilgan son jihatdan 
o'lchamiga aytiladi. O'zlashtirish tabellari, sinf, guruh jurnallari, reyting daftarchalari 
va shu kabilarda baholar shartli belgilar, kod signallari, xotiralash belgilari va 
hokazolar baho ko'rinishida qayd etiladi. O'quvchining o'zlashtirish darajasini 
baholash uchun nazorat yakunlari (natijalari) asos bo'ladi. Bunda o'quvchilar 
ishining ham sifat, ham miqdor ko'rsatkichlari hisobga olinadi. Miqdor 
ko'rsatkichlari ko'proq ballar yoki foizlarda, sifat ko'rsatkichlari esa a'lo, yaxshi, 
murakkabligi, o'quvchilarning yoshi va tayyorgarligi, ta'lim bosqichi va maqsadlari, muayyan pedagogik sharoitlarga bog'liq bo'ladi. Takroriy tekshirish bilim, ko'nikma va malakalarni tekshirishning uchinchi bo'g'ini sanalib, joriy tekshirish kabi mavzuli bo'lishi mumkin. Yangi mavzuni o'rganish bilan birga o'quvchilar avval o'rganilganlarni takrorlaydilar. Takroriy tekshirish bilimlarni mustahkamlashga ko'maklashadi, biroq o'quv ishlari bosqichini tavsiflash, bilimlarni o'zlashtirish mustahkamligi darajasini tashxislash imkonini bermaydi. Ushbu tekshirish tashxisning boshqa turlari va metodlari bilan birga qo'llanilsagina kutilgan samarani beradi. Tizimning to'rtinchi bo'g'ini o'quvchilarning bilim, ko'nikma va malakalarini yaxlit bo’lim yoki kursning alohida mavzusi bo'yicha davriy tekshirish hisoblanadi. Mazkur tekshirishning maqsadi — kursning turli qismlarida o'rganilgan o'quv materialining strukturaviy elementlari o'rtasidagi o'zaro aloqalarni o'zlashtirish sifatini tashxislash. Davriy tekshirishning asosiy vazifasi — tizimlashtirish va umumlashtirish. Tekshirishni tashkil etishda beshinchi bo'g'in ta'lim oluvchilarning, ta'lim jarayonining barcha bosqichlarida egallangan bilim, ko'nikma va malakalarini yakuniy tekshirish va hisobga olishdir. O'zlashtirishning yakuniy hisobi har bir chorak va o'quv yili oxirida o'tkaziladi. U olingan baholarni qo'shib, o'rtacha arifmetik ballni mexanik tarzda chiqarishdangina iborat bo'lmasligi lozim. Bu, avvalo, mazkur bosqichda belgilangan maqsadga muvofiq tarzda amaldagi ta'lim olganlik darajasi (sifati)ni tashxislashdir. Tekshirishdan tashqari nazorat o'z ichiga baholashni (jarayon sifatida) va bahoni (natija sifatida) ham oladi. Baholash deb bilim, ko'nikma va malakalarni o'quv dasturida ko'rsatilgan etalon (ko'rstakich, qolip, o'lchagich)lar bilan solishtirishni aytamiz. Baho deb baholashning ball shaklida ko'rsatilgan son jihatdan o'lchamiga aytiladi. O'zlashtirish tabellari, sinf, guruh jurnallari, reyting daftarchalari va shu kabilarda baholar shartli belgilar, kod signallari, xotiralash belgilari va hokazolar baho ko'rinishida qayd etiladi. O'quvchining o'zlashtirish darajasini baholash uchun nazorat yakunlari (natijalari) asos bo'ladi. Bunda o'quvchilar ishining ham sifat, ham miqdor ko'rsatkichlari hisobga olinadi. Miqdor ko'rsatkichlari ko'proq ballar yoki foizlarda, sifat ko'rsatkichlari esa a'lo, yaxshi,
 
 
qoniqarli va hokazo baholovchi fikrlar yordamida qayd etiladi. Har bir baholovchi 
fikrga oldindan kelishilgan (belgilangan) ball, ko'rsatkich (masalan, o'rin — 1, 2, 3, 
4 va hokazo) tayinlanadi. Bunda baho o'lchash va hisoblashlar natijasida olinadigan 
son emas, balki baholovchi fikrga yuklangan ma'no ekanini unutmaslik muhim. 
Baholarni son sifatida qo’yilishga berilib ketishning oldini olish uchun bir qator 
mamlakatlarda baholar harfli (A, V, S, D va hokazo) ifodaga ega. 
Bahoni amalda egallangan bilim, ko'nikma va malakalar bilan davlat ta'lim 
standartiga ko'ra o'zlashtirilishi belgilangan bilim, ko'nikma va malakalar umumiy 
hajmi o'rtasidagi nisbat sifatida tushunish (ta'riflash)dan ta'lim darajasining miqdoriy 
mazmuni kelib chiqadi. 
B= Т
А  ∙ 100% 
O'zlashtirish (ta'lim samaradorligi) ko'rsatkichi B-AT100% nisbat asosida 
hisoblanadi. Bunda: 
B — o'zlashtirish (ta'lim samaradorligi) bahosi; 
A - amalda o'zlashtirilgan bilim va malakalarning hajmi; 
T— o'zlashtirish uchun taklif etilgan bilim va malakalarning to'liq hajmi. 
Ko'rinib turibdiki, o'zlashtirish ko'rsatkichi (baho) bu o'rinda 100% — axborotni 
to'liq o'zlashtirish va 0% — uning umuman mavjud emasligi o'rtasida bo'ladi. 
Ma'lumki, baholash funksiyasi ta'lim darajasini qayd etish bilangina cheklanmaydi. 
Baho - pedagog ixtiyoridagi o'qishni, ijobiy motivatsiyani rag'batlantirishning va 
shaxsga ta'sir ko'rsatishning yagona vositasi. Aynan xolis (obyektiv) baholash ta'sirida, 
o'quvchilarda adekvat o'z-o'zini baholash, shaxsiy muvaffaqiyatlarga tanqidiy 
munosabat yuzaga keladi. Shu bois bahoning ahamiyati, vazifalarining xilma-xilligi 
o'quvchilar o'quv faoliyatining barcha jihatlarini aks ettiradigan va ularni aniqlashni 
ta'minlaydigan ko'rsatkichlarni izlab topishni talab etadi. 
O'qituvchi o'qitish bilan bir vaqtda o'quvchilarning o'rganilayotgan mavzuni 
qanday qilib idrok etishini, esda saqlashga harakat qilishini va uni amalda qo'llash 
malakalarini egallashini hisobga olib borishi kerak. Hisobga olish — bu o'qitishning 
muayyan bir davrida o'quvchilar va o'qituvchi faoliyatini umumlashtirib xulosalash. 
Hisobga olish natijasida o'qituvchi ham, o'quvchi ham o'zlarining keyingi 
bajaradigan ishlarining shaklini va mazmunini belgilaydi. O'zlashtirishni hisobga 
qoniqarli va hokazo baholovchi fikrlar yordamida qayd etiladi. Har bir baholovchi fikrga oldindan kelishilgan (belgilangan) ball, ko'rsatkich (masalan, o'rin — 1, 2, 3, 4 va hokazo) tayinlanadi. Bunda baho o'lchash va hisoblashlar natijasida olinadigan son emas, balki baholovchi fikrga yuklangan ma'no ekanini unutmaslik muhim. Baholarni son sifatida qo’yilishga berilib ketishning oldini olish uchun bir qator mamlakatlarda baholar harfli (A, V, S, D va hokazo) ifodaga ega. Bahoni amalda egallangan bilim, ko'nikma va malakalar bilan davlat ta'lim standartiga ko'ra o'zlashtirilishi belgilangan bilim, ko'nikma va malakalar umumiy hajmi o'rtasidagi nisbat sifatida tushunish (ta'riflash)dan ta'lim darajasining miqdoriy mazmuni kelib chiqadi. B= Т А ∙ 100% O'zlashtirish (ta'lim samaradorligi) ko'rsatkichi B-AT100% nisbat asosida hisoblanadi. Bunda: B — o'zlashtirish (ta'lim samaradorligi) bahosi; A - amalda o'zlashtirilgan bilim va malakalarning hajmi; T— o'zlashtirish uchun taklif etilgan bilim va malakalarning to'liq hajmi. Ko'rinib turibdiki, o'zlashtirish ko'rsatkichi (baho) bu o'rinda 100% — axborotni to'liq o'zlashtirish va 0% — uning umuman mavjud emasligi o'rtasida bo'ladi. Ma'lumki, baholash funksiyasi ta'lim darajasini qayd etish bilangina cheklanmaydi. Baho - pedagog ixtiyoridagi o'qishni, ijobiy motivatsiyani rag'batlantirishning va shaxsga ta'sir ko'rsatishning yagona vositasi. Aynan xolis (obyektiv) baholash ta'sirida, o'quvchilarda adekvat o'z-o'zini baholash, shaxsiy muvaffaqiyatlarga tanqidiy munosabat yuzaga keladi. Shu bois bahoning ahamiyati, vazifalarining xilma-xilligi o'quvchilar o'quv faoliyatining barcha jihatlarini aks ettiradigan va ularni aniqlashni ta'minlaydigan ko'rsatkichlarni izlab topishni talab etadi. O'qituvchi o'qitish bilan bir vaqtda o'quvchilarning o'rganilayotgan mavzuni qanday qilib idrok etishini, esda saqlashga harakat qilishini va uni amalda qo'llash malakalarini egallashini hisobga olib borishi kerak. Hisobga olish — bu o'qitishning muayyan bir davrida o'quvchilar va o'qituvchi faoliyatini umumlashtirib xulosalash. Hisobga olish natijasida o'qituvchi ham, o'quvchi ham o'zlarining keyingi bajaradigan ishlarining shaklini va mazmunini belgilaydi. O'zlashtirishni hisobga
 
 
olish o'quvchilarning bilish faoliyatini rag'batlantirib, ma'lum bir harakatlarni 
bajarish uchun uning irodasini tarbiyalaydi. Shuningdek, o'zlashtirishni hisobga 
olish o'qituvchining faoliyatini ham tashkil etadi. O'qitish metodlari va shakllarining 
tobora takomillashuvi natijasida baho o'qituvchining pedagogik mahorati 
ko'rsatkichiga aylanmoqda va o'qituvchining o'z malakasini oshirib borishida muhim 
ahamiyatga ega bo'lmoqda. 
To'g'ri tashkil etilgan hisobga olish natijasida o'qituvchi o'quvchilarning 
o'zlashtirishini aniq baholay oladi, ularning o'z bilimlarini takomillashtirishga 
intilishini yuzaga keltiradi, aqliy va axloqiy rivojlanishiga ta'sir etadi. 
O'quvchilarning o'zlashtirish natijalarini hisobga olishda quyidagilarga e'tiborni 
qaratish lozim:  
1) o'quv dasturi asosida mavzu va bo'limni o'rganishda o'quvchilarning bilim, 
ko'nikma va malakalarini har tomonlama nazorat qilish; 
2) har bir yakunlangan mavzu bo'yicha o'quvchilarning faoliyati to'g'risida 
to'liq xulosa chiqarish; 
3) o'rtacha arifmetik ma'lumotlarga tayanibgina o'quvchilarning o'zlashtirish 
darajasini baholamaslik; 
4) o'quvchilarning mavjud bilimlariga aniq, batafsil ma'lumot (tavsif) berish 
uchun ularning bir necha o'quv yilidagi statistic o'zlashtirish ma'lumotlarga 
asoslanib tahlil etish. 
Demak, o'zlashtirishni nazorat qilish va hisobga olish nazorat, o'qitish, 
tarbiyalash va rivojlantirish vazifalarini bajaradi.  
Nazorat qilish vazifasi o'quvchilarning bilim, ko'nikma va malakalari darajasini 
aniqlash va baholashdan iborat. Bu o'quv materiallarini o'rganishning keyingi 
bosqichiga o'tish imkoniyatlarini aniqlashtiradi hamda o'qituvchining o'quv 
metodlarini va usullarini to'g'ri tanlaganini nazorat qiladi. Nazorat qilish vazifasi 
o'quv materiallarini o'rganishning maqbul yo'llarini topish bilan bog'liqdir. 
O’qitish vazifasi o'quvchilarning bilimini tekshirishda aniq ko'rinadi. Yangi 
mavzuni 
mustahkamlash 
jarayonida 
yoki 
uy 
vazifalarini 
tekshirishda 
o'quvchilarning o'tilgan mavzuni takrorlashga, ular uchun tushunarsiz bo'lgan 
ma'lumotlarni bilib olishlariga imkon tug'iladi. Chunki guruhdagi boshqa 
o'quvchilar javob berayotgan o'quvchining fikrlarini diqqat bilan tinglashadi va 
olish o'quvchilarning bilish faoliyatini rag'batlantirib, ma'lum bir harakatlarni bajarish uchun uning irodasini tarbiyalaydi. Shuningdek, o'zlashtirishni hisobga olish o'qituvchining faoliyatini ham tashkil etadi. O'qitish metodlari va shakllarining tobora takomillashuvi natijasida baho o'qituvchining pedagogik mahorati ko'rsatkichiga aylanmoqda va o'qituvchining o'z malakasini oshirib borishida muhim ahamiyatga ega bo'lmoqda. To'g'ri tashkil etilgan hisobga olish natijasida o'qituvchi o'quvchilarning o'zlashtirishini aniq baholay oladi, ularning o'z bilimlarini takomillashtirishga intilishini yuzaga keltiradi, aqliy va axloqiy rivojlanishiga ta'sir etadi. O'quvchilarning o'zlashtirish natijalarini hisobga olishda quyidagilarga e'tiborni qaratish lozim: 1) o'quv dasturi asosida mavzu va bo'limni o'rganishda o'quvchilarning bilim, ko'nikma va malakalarini har tomonlama nazorat qilish; 2) har bir yakunlangan mavzu bo'yicha o'quvchilarning faoliyati to'g'risida to'liq xulosa chiqarish; 3) o'rtacha arifmetik ma'lumotlarga tayanibgina o'quvchilarning o'zlashtirish darajasini baholamaslik; 4) o'quvchilarning mavjud bilimlariga aniq, batafsil ma'lumot (tavsif) berish uchun ularning bir necha o'quv yilidagi statistic o'zlashtirish ma'lumotlarga asoslanib tahlil etish. Demak, o'zlashtirishni nazorat qilish va hisobga olish nazorat, o'qitish, tarbiyalash va rivojlantirish vazifalarini bajaradi. Nazorat qilish vazifasi o'quvchilarning bilim, ko'nikma va malakalari darajasini aniqlash va baholashdan iborat. Bu o'quv materiallarini o'rganishning keyingi bosqichiga o'tish imkoniyatlarini aniqlashtiradi hamda o'qituvchining o'quv metodlarini va usullarini to'g'ri tanlaganini nazorat qiladi. Nazorat qilish vazifasi o'quv materiallarini o'rganishning maqbul yo'llarini topish bilan bog'liqdir. O’qitish vazifasi o'quvchilarning bilimini tekshirishda aniq ko'rinadi. Yangi mavzuni mustahkamlash jarayonida yoki uy vazifalarini tekshirishda o'quvchilarning o'tilgan mavzuni takrorlashga, ular uchun tushunarsiz bo'lgan ma'lumotlarni bilib olishlariga imkon tug'iladi. Chunki guruhdagi boshqa o'quvchilar javob berayotgan o'quvchining fikrlarini diqqat bilan tinglashadi va
 
 
avval egallangan bilimlarni mustahkamlab, qo'shimcha ma'lumotlar bilan 
boyitishadi. O'rtoqlarining javoblariga qo'shimcha qilishga yoki yechilmay qolgan 
savollarga javob berishga shaylanish orqali o'rganilgan mavzuni aniqlashtirishga 
harakat qiladi.  
Nazoratning tarbiyalash vazifasi shundan iboratki, o'quvchilar tekshirishga 
tayyor bo’lish uchun darslarni o'z vaqtida tayyorlaydilar, bo'sh vaqtlaridan unumli 
foydalanishga harakat qiladilar, intizomga o'rganadilar. 
Shuningdek, tekshirish va baholash o'quvchining o'z bilimlari va qobiliyatlarini 
o'zi mustaqil aniqlashiga ham yordam beradi. O'zidagi kamchiliklarni ko'ra olishga 
va uni tugatish yo'llarini izlashga ko'maklashadi. Lekin o'quvchining bilimini 
baholashda o'qituvchi nohaqlikka yo'l qo'ysa, o'quvchi bilan o'qituvchi o'rtasida 
ziddiyat kelib chiqadi. Uy vazifalarining esa haddan ziyod ko'p bo'lishi ham 
o'quvchilarning yuzaki dars tayyorlashiga olib keladi.  
Eng asosiysi, o'zlashtirishni hisobga olish, shaxsning ijobiy fazilatlarini 
shakllantirish, yaxshi o'qishga xohish uyg'otish, o'quv ishlariga vijdonan yondashish, 
javob berishga tayyorlanishda mustaqil bo’lish hamda bilish faoliyatini 
chuqurlashtirishga qaratilmog'i lozim. Agar nazoratning o'qitish va tarbiyalash 
vazifalari to'g'ri amalga oshirilsa, shaxsning tafakkurini rivojlantirishga, xis-tuyg'ulari 
va axloqiy sifatlarini tarbiyalashga imkon tug'iladi. Bu esa o'z-o'zidan nazoratning 
rivojlantiruvchi vazifasi sanaladi. 
Ta’lim olganlikni tashxis etish tamoyillari. Pedagogikada o'quvchilarning 
ta'lim olganligini tashxislash va nazorat qilish tamoyillarining tizimi ishlab 
chiqilgan. Ulardan eng muhimlari xolislik (obyektivlik), tizimlilik (sistemalilik), 
ko'rgazmalilik (oshkoralik) sanaladi. Xolislik (obyektivlik) tashxis testlari 
(topshiriqlari, savollari), tashxis jarayoni mazmunining ilmiy asoslanganligi, 
pedagogning barcha ta'lim oluvchilarga do'stona munosabati hamda bilim, 
malakalarni baholashning aniq ko'rinishda belgilangan mezonlaridan iborat. Amalda 
tashxisning xolisligi qo'yilgan baholar nazorat metodlari va vositalaridan, tashxis 
o'tkazgan o'qituvchidan qat'i nazar hamma vaqt mos kelishini anglatadi.  
Tizimlilik (sistemalilik) tamoyilining talabi shundan iboratki, tashxislash 
nazoratini ta'lim jarayonining barcha bosqichlarida — bilimlarni boshlang'ich idrok 
etishdan to amalda qo'llashgacha bo'lgan bosqichlarida olib borish kerak.Tizimlilik 
avval egallangan bilimlarni mustahkamlab, qo'shimcha ma'lumotlar bilan boyitishadi. O'rtoqlarining javoblariga qo'shimcha qilishga yoki yechilmay qolgan savollarga javob berishga shaylanish orqali o'rganilgan mavzuni aniqlashtirishga harakat qiladi. Nazoratning tarbiyalash vazifasi shundan iboratki, o'quvchilar tekshirishga tayyor bo’lish uchun darslarni o'z vaqtida tayyorlaydilar, bo'sh vaqtlaridan unumli foydalanishga harakat qiladilar, intizomga o'rganadilar. Shuningdek, tekshirish va baholash o'quvchining o'z bilimlari va qobiliyatlarini o'zi mustaqil aniqlashiga ham yordam beradi. O'zidagi kamchiliklarni ko'ra olishga va uni tugatish yo'llarini izlashga ko'maklashadi. Lekin o'quvchining bilimini baholashda o'qituvchi nohaqlikka yo'l qo'ysa, o'quvchi bilan o'qituvchi o'rtasida ziddiyat kelib chiqadi. Uy vazifalarining esa haddan ziyod ko'p bo'lishi ham o'quvchilarning yuzaki dars tayyorlashiga olib keladi. Eng asosiysi, o'zlashtirishni hisobga olish, shaxsning ijobiy fazilatlarini shakllantirish, yaxshi o'qishga xohish uyg'otish, o'quv ishlariga vijdonan yondashish, javob berishga tayyorlanishda mustaqil bo’lish hamda bilish faoliyatini chuqurlashtirishga qaratilmog'i lozim. Agar nazoratning o'qitish va tarbiyalash vazifalari to'g'ri amalga oshirilsa, shaxsning tafakkurini rivojlantirishga, xis-tuyg'ulari va axloqiy sifatlarini tarbiyalashga imkon tug'iladi. Bu esa o'z-o'zidan nazoratning rivojlantiruvchi vazifasi sanaladi. Ta’lim olganlikni tashxis etish tamoyillari. Pedagogikada o'quvchilarning ta'lim olganligini tashxislash va nazorat qilish tamoyillarining tizimi ishlab chiqilgan. Ulardan eng muhimlari xolislik (obyektivlik), tizimlilik (sistemalilik), ko'rgazmalilik (oshkoralik) sanaladi. Xolislik (obyektivlik) tashxis testlari (topshiriqlari, savollari), tashxis jarayoni mazmunining ilmiy asoslanganligi, pedagogning barcha ta'lim oluvchilarga do'stona munosabati hamda bilim, malakalarni baholashning aniq ko'rinishda belgilangan mezonlaridan iborat. Amalda tashxisning xolisligi qo'yilgan baholar nazorat metodlari va vositalaridan, tashxis o'tkazgan o'qituvchidan qat'i nazar hamma vaqt mos kelishini anglatadi. Tizimlilik (sistemalilik) tamoyilining talabi shundan iboratki, tashxislash nazoratini ta'lim jarayonining barcha bosqichlarida — bilimlarni boshlang'ich idrok etishdan to amalda qo'llashgacha bo'lgan bosqichlarida olib borish kerak.Tizimlilik
 
 
barcha ta'lim oluvchilar o'quv muassasasida bo'lgan birinchi kundan boshlab 
oxirigacha muntazam tashxisga jalb etilishini anglatadi. Ta'lim oluvchining bilimi va 
egallashi lozim bo'lgan barcha jihatlarni ishonchli tekshirish uchun ta'lim nazoratini 
tez-tez o'tkazish kerak. Tizimlilik tamoyili tashxis o'tkazishga bir butun yondashuvni 
talab etadi-ki, bunda nazorat, tekshirish, baholashning turli shakllari, metodlari, 
vositalari uzviy o'zaro bog'liqlikda va birlikda qo’llaniladi, bir maqsadga xizmat 
qiladi. Bu kabi yondashuv tashxisning ayrim metodlari va vositalarini 
mutlaqlashtirishga yo'l qo'ymaydi.  
Ko'rgazmalilik (oshkoralik) tamoyili avvalo, barcha ta'lim oluvchilarni aynan 
bir xil mezonlar bo'yicha ochiq sinovdan o'tkazishni anglatadi. Tashxis jarayonida 
belgilanadigan har bir o'quvchi reytingi ko'rgazmali, qiyosiy xarakterga ega. 
Oshkoralik tamoyili, shuningdek, baholarni e'lon qilish va motivatsiyalashni talab 
etadi. Baho mo'ljal (orientir) bo'lib, ta'lim oluvchilar unga muvofiq o'zlariga 
qo'yiladigan talablar va pedagogning xolisligi haqida fikr yuritadi. Tamoyilni amalga 
oshirishning zarur sharti tashxislash natijalarini e'lon qilish, ularni manfaatdor 
shaxslar ishtirokida muhokama va tahlil qilish, nuqsonlarni tugatishning istiqbolli 
rejalarini tuzish hisoblanadi. 
O’quv faoliyati natijalarini hisobga olish turlari, shakllari va metodlari. 
Respublikamiz oliy o’quv yurtlarida Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligining 2010 
yil 25 avgustdagi 333 – sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim 
muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi 
to’g’risidagi muvaqqat Nizom”iga oid nazorat turlari quyidagicha: 
- joriy nazorat; 
- oraliq nazorat; 
- yakuniy nazorat. 
Joriy nazorat o'qituvchi tomonidan o'quvchilarning har bir o'quv ishini 
muntazam nazorat qilishni hamda ularning o'rganilgan mavzularni o'zlashtirish 
bo'yicha bilim, ko'nikma va malakalari darajasini tekshirishni o'z ichiga oladi. Bilim 
darajasini tekshirish fanning har bir mavzusi bo'yicha kundalik ballar qo'yib borishni 
nazarda tutadi. Joriy nazorat o'qituvchini har bir o'quvchining o'quv faoliyati 
bo'yicha tezkor ma'lumotlarbilan ta'minlaydi, o'qitish jarayonini boshqarishda 
yaxshi natija beradi, o'zlashtirmagan o'quvchilarni o'z vaqtida aniqlaydi, 
barcha ta'lim oluvchilar o'quv muassasasida bo'lgan birinchi kundan boshlab oxirigacha muntazam tashxisga jalb etilishini anglatadi. Ta'lim oluvchining bilimi va egallashi lozim bo'lgan barcha jihatlarni ishonchli tekshirish uchun ta'lim nazoratini tez-tez o'tkazish kerak. Tizimlilik tamoyili tashxis o'tkazishga bir butun yondashuvni talab etadi-ki, bunda nazorat, tekshirish, baholashning turli shakllari, metodlari, vositalari uzviy o'zaro bog'liqlikda va birlikda qo’llaniladi, bir maqsadga xizmat qiladi. Bu kabi yondashuv tashxisning ayrim metodlari va vositalarini mutlaqlashtirishga yo'l qo'ymaydi. Ko'rgazmalilik (oshkoralik) tamoyili avvalo, barcha ta'lim oluvchilarni aynan bir xil mezonlar bo'yicha ochiq sinovdan o'tkazishni anglatadi. Tashxis jarayonida belgilanadigan har bir o'quvchi reytingi ko'rgazmali, qiyosiy xarakterga ega. Oshkoralik tamoyili, shuningdek, baholarni e'lon qilish va motivatsiyalashni talab etadi. Baho mo'ljal (orientir) bo'lib, ta'lim oluvchilar unga muvofiq o'zlariga qo'yiladigan talablar va pedagogning xolisligi haqida fikr yuritadi. Tamoyilni amalga oshirishning zarur sharti tashxislash natijalarini e'lon qilish, ularni manfaatdor shaxslar ishtirokida muhokama va tahlil qilish, nuqsonlarni tugatishning istiqbolli rejalarini tuzish hisoblanadi. O’quv faoliyati natijalarini hisobga olish turlari, shakllari va metodlari. Respublikamiz oliy o’quv yurtlarida Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligining 2010 yil 25 avgustdagi 333 – sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to’g’risidagi muvaqqat Nizom”iga oid nazorat turlari quyidagicha: - joriy nazorat; - oraliq nazorat; - yakuniy nazorat. Joriy nazorat o'qituvchi tomonidan o'quvchilarning har bir o'quv ishini muntazam nazorat qilishni hamda ularning o'rganilgan mavzularni o'zlashtirish bo'yicha bilim, ko'nikma va malakalari darajasini tekshirishni o'z ichiga oladi. Bilim darajasini tekshirish fanning har bir mavzusi bo'yicha kundalik ballar qo'yib borishni nazarda tutadi. Joriy nazorat o'qituvchini har bir o'quvchining o'quv faoliyati bo'yicha tezkor ma'lumotlarbilan ta'minlaydi, o'qitish jarayonini boshqarishda yaxshi natija beradi, o'zlashtirmagan o'quvchilarni o'z vaqtida aniqlaydi,
 
 
o'zlashtirmaslikni bartaraf etish bo'yicha choralar belgilaydi. 
Oraliq nazorat — bu o'quvchilar tomonidan mazkur fanning muayyan bob yoki 
bo'limlarining o'zlashtirilganini tekshirish. Oraliq nazoratni o'qituvchi dars jadvali 
asosida darsda o'quv materialining o'ziga xos xususiyatini hisobga olgan xolda 
o'tkazadi. Oraliq nazorat o'tkazishdan oldin o'quvchilar ogohlantiriladi. Har bir 
oraliq tekshirish alohida-alohida shkala asosida baholanadi. 
Yakuniy nazorat— choraklik, yarim yillik, yillik va davlat attestatsiyasi sinovlari 
singari turlarga bo'linadi. Yakuniy nazorat og'zaki, yozma, test hamda amaliy 
topshiriqlarni bajarish metodlari asosida o'tkaziladi. 
Nazoratning shakli o'quv ishini tashkil etish shakliga bog'liq bo'ladi. O'qituvchi 
uni mavzudan kelib chiqib tanlaydi. Nazoratning asosiy besh shakli mavjud: 
- nazoratning ommaviy (frontal) shaklida o'qituvchi o'quvchilarga 
materialning ma'lum bir hajmi bo'yicha savol beradi, o'quvchilar unga qisqa javob 
qaytaradi. Mazkur so'rash ko'pchilik o'quvchini nazorat qilishni ta'minlaydi va butun 
guruhni faollashtiradi. Ammo bu nazoratni o'quvchilarning bilim darajasini har 
tomonlama aniqlash uchun qo'llab bo'lmaydi; 
- nazoratning guruhli shaklida o'quvchilarning ma'lum bir qismi nazorat 
qilinadi. O'qituvchi tomonidan o'quvchilar guruhiga vazifa beriladi va uni shu guruh 
bajaradi. Lekin masalani hal qilishda boshqa o'quvchilar ham qatnashishi mumkin. 
Guruh ishlayotgan paytda qolgan o'quvchilar bo'sh qolmaydi, ular o'rtoqlarining 
bajargan ishlarini baholash uchun o'z ustilarida ishlab o'tiradi; 
- nazoratning individual shaklidan har bir o'quvchining bilim, ko'nikma va 
malakasi bilan mukammal tanishish uchun foydalaniladi. Nazoratning bu shaklida, 
odatda o'quvchilar javob berish uchun sinf taxtasi oldiga chaqiriladi; 
- nazoratning kombinatsiyalangan (biriktirilgan)shakli individual nazoratni 
ommaviy va guruhli shakllar bilan birlashtirishni taqozo etadi. Bu nazoratdan hajmi 
katta mavzularni barcha o'quvchilardan so'rash kerak bo'lgan vaqtda foydalanadi. 
Har bir o'quvchiga alohida topshiriq beriladi va bir vaqtda bir necha o'quvchini 
tekshirish mumkin bo'ladi; 
- o'z-o'zini nazorat qilish shakli ta'lim jarayonida ichki aks aloqaning 
bo'lishini ta'minlaydi. Nazoratning bu shakli psixologik mezonlarga asoslanadi. 
Uning samaradorligi o'qituvchining kasbiy mahoratiga bog'liq bo'ladi; 
o'zlashtirmaslikni bartaraf etish bo'yicha choralar belgilaydi. Oraliq nazorat — bu o'quvchilar tomonidan mazkur fanning muayyan bob yoki bo'limlarining o'zlashtirilganini tekshirish. Oraliq nazoratni o'qituvchi dars jadvali asosida darsda o'quv materialining o'ziga xos xususiyatini hisobga olgan xolda o'tkazadi. Oraliq nazorat o'tkazishdan oldin o'quvchilar ogohlantiriladi. Har bir oraliq tekshirish alohida-alohida shkala asosida baholanadi. Yakuniy nazorat— choraklik, yarim yillik, yillik va davlat attestatsiyasi sinovlari singari turlarga bo'linadi. Yakuniy nazorat og'zaki, yozma, test hamda amaliy topshiriqlarni bajarish metodlari asosida o'tkaziladi. Nazoratning shakli o'quv ishini tashkil etish shakliga bog'liq bo'ladi. O'qituvchi uni mavzudan kelib chiqib tanlaydi. Nazoratning asosiy besh shakli mavjud: - nazoratning ommaviy (frontal) shaklida o'qituvchi o'quvchilarga materialning ma'lum bir hajmi bo'yicha savol beradi, o'quvchilar unga qisqa javob qaytaradi. Mazkur so'rash ko'pchilik o'quvchini nazorat qilishni ta'minlaydi va butun guruhni faollashtiradi. Ammo bu nazoratni o'quvchilarning bilim darajasini har tomonlama aniqlash uchun qo'llab bo'lmaydi; - nazoratning guruhli shaklida o'quvchilarning ma'lum bir qismi nazorat qilinadi. O'qituvchi tomonidan o'quvchilar guruhiga vazifa beriladi va uni shu guruh bajaradi. Lekin masalani hal qilishda boshqa o'quvchilar ham qatnashishi mumkin. Guruh ishlayotgan paytda qolgan o'quvchilar bo'sh qolmaydi, ular o'rtoqlarining bajargan ishlarini baholash uchun o'z ustilarida ishlab o'tiradi; - nazoratning individual shaklidan har bir o'quvchining bilim, ko'nikma va malakasi bilan mukammal tanishish uchun foydalaniladi. Nazoratning bu shaklida, odatda o'quvchilar javob berish uchun sinf taxtasi oldiga chaqiriladi; - nazoratning kombinatsiyalangan (biriktirilgan)shakli individual nazoratni ommaviy va guruhli shakllar bilan birlashtirishni taqozo etadi. Bu nazoratdan hajmi katta mavzularni barcha o'quvchilardan so'rash kerak bo'lgan vaqtda foydalanadi. Har bir o'quvchiga alohida topshiriq beriladi va bir vaqtda bir necha o'quvchini tekshirish mumkin bo'ladi; - o'z-o'zini nazorat qilish shakli ta'lim jarayonida ichki aks aloqaning bo'lishini ta'minlaydi. Nazoratning bu shakli psixologik mezonlarga asoslanadi. Uning samaradorligi o'qituvchining kasbiy mahoratiga bog'liq bo'ladi;
 
 
O'quvchilarning o'quv faoliyatini nazorat qilish metodlari quyidagilar: 
og'zaki tekshirish, yozma tekshirish, amaliy topshiriqlarni bajarishga asoslangan 
tekshirish, uy vazifalarini tekshirish. 
Og'zaki tekshirish. Bu metod bilimlarni nazorat qilish va baholashning ancha 
keng tarqalgan an'anaviy usullaridan biridir. Og'zaki tekshirishning mohiyati 
shunda ko'rinadiki, o'qituvchi o'quvchilarga o'rganilgan mavzuning mazmunidan 
kelib chiqib, savollar beradi va ularni javob berishga undaydi. Ana shu tarzda 
ularning o'zlashtirish darajasini aniqlaydi. Og'zaki tekshirish o'quvchilarning 
bilimlarini tekshirishni savol-javob usuli asosida amalga oshiriladi. Ushbu usul 
ayrim hollarda suhbat usuli deb ham ataladi. Og'zaki tekshirishda o'qituvchi 
o'rganilayotgan mavzuni alohida qismlarga ajratadi va ularni har biridan 
o'quvchilarga savollar beradi. Biroq o'quvchilarning nutqini o'stirish hamda 
ularning chuqur va mustahkam bilimga ega bo'lishlari uchun ulardan shu yoki oldingi 
mavzuni butunlay esga tushirishni talab qilish mumkin. 
Yozma tekshirish — o'quvchilarning bilim, ko'nikma va malakalarini nazorat 
qilish va baholashning eng samarali usullaridan biri bo'lib, ularning ijodiy 
qobiliyatlarini baholash imkonini beradi. Mazkur usulning mohiyati shundaki, 
o'qituvchi alohida mavzu yoki o'quv dasturining ma'lum bo'limini o'tib bo'lganidan 
so'ng oz vaqtning ichida barcha o'quvchilarni tekshirishi mumkin. Yozma tekshirish 
nazorat ishi, insho, bayon, diktant va b. yordamida olib boriladi. Ammo o'qituvchi 
va o'quvchi o'rtasida bevosita aloqaning yo'qligi sababli uning fikrlashini kuzatish 
imkoni bo'lmaydi. 
Amaliy topshiriqlarni bajarishga asoslangan tekshirish. Bajarilayotgan amaliy 
harakatlar (sport, mehnat harakatlari)ning to'g'riligini kuzatish yoki olingan 
natijalarga tayanishdan iborat bo'lishi mumkin. Amaliy tekshirish tabiiy-matematik 
sikldagi 
fanlardan 
o'quvchilarning 
o'zlashtirishini 
hisobga 
olishda 
keng 
foydalaniladi. Bu usul yordamida o'quvchilarning olgan bilimlarini amaliyotda 
qo'llay olish malakasi aniqlanadi. 
Uy vazifalarini tekshirish. O'quvchilarning o'zlashtirishini nazorat qilish 
uchun ularning uyga berilgan vazifalarni bajarishini tekshirish katta ahamiyatga 
ega. Uy vazifalarini tekshirish o'qituvchiga o'quvchilarning o'quv ishiga bo'lgan 
munosabatini, o'rganilgan materialni qanchalik egallaganligini, uy vazifalarini 
O'quvchilarning o'quv faoliyatini nazorat qilish metodlari quyidagilar: og'zaki tekshirish, yozma tekshirish, amaliy topshiriqlarni bajarishga asoslangan tekshirish, uy vazifalarini tekshirish. Og'zaki tekshirish. Bu metod bilimlarni nazorat qilish va baholashning ancha keng tarqalgan an'anaviy usullaridan biridir. Og'zaki tekshirishning mohiyati shunda ko'rinadiki, o'qituvchi o'quvchilarga o'rganilgan mavzuning mazmunidan kelib chiqib, savollar beradi va ularni javob berishga undaydi. Ana shu tarzda ularning o'zlashtirish darajasini aniqlaydi. Og'zaki tekshirish o'quvchilarning bilimlarini tekshirishni savol-javob usuli asosida amalga oshiriladi. Ushbu usul ayrim hollarda suhbat usuli deb ham ataladi. Og'zaki tekshirishda o'qituvchi o'rganilayotgan mavzuni alohida qismlarga ajratadi va ularni har biridan o'quvchilarga savollar beradi. Biroq o'quvchilarning nutqini o'stirish hamda ularning chuqur va mustahkam bilimga ega bo'lishlari uchun ulardan shu yoki oldingi mavzuni butunlay esga tushirishni talab qilish mumkin. Yozma tekshirish — o'quvchilarning bilim, ko'nikma va malakalarini nazorat qilish va baholashning eng samarali usullaridan biri bo'lib, ularning ijodiy qobiliyatlarini baholash imkonini beradi. Mazkur usulning mohiyati shundaki, o'qituvchi alohida mavzu yoki o'quv dasturining ma'lum bo'limini o'tib bo'lganidan so'ng oz vaqtning ichida barcha o'quvchilarni tekshirishi mumkin. Yozma tekshirish nazorat ishi, insho, bayon, diktant va b. yordamida olib boriladi. Ammo o'qituvchi va o'quvchi o'rtasida bevosita aloqaning yo'qligi sababli uning fikrlashini kuzatish imkoni bo'lmaydi. Amaliy topshiriqlarni bajarishga asoslangan tekshirish. Bajarilayotgan amaliy harakatlar (sport, mehnat harakatlari)ning to'g'riligini kuzatish yoki olingan natijalarga tayanishdan iborat bo'lishi mumkin. Amaliy tekshirish tabiiy-matematik sikldagi fanlardan o'quvchilarning o'zlashtirishini hisobga olishda keng foydalaniladi. Bu usul yordamida o'quvchilarning olgan bilimlarini amaliyotda qo'llay olish malakasi aniqlanadi. Uy vazifalarini tekshirish. O'quvchilarning o'zlashtirishini nazorat qilish uchun ularning uyga berilgan vazifalarni bajarishini tekshirish katta ahamiyatga ega. Uy vazifalarini tekshirish o'qituvchiga o'quvchilarning o'quv ishiga bo'lgan munosabatini, o'rganilgan materialni qanchalik egallaganligini, uy vazifalarini