O‘QUVCHILARNING BILIM, KO‘NIKMA VA MALAKALARINI TASHXIS ETISH.

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

13

File size

Fayl hajmi

31,4 KB


O‘QUVCHILARNING BILIM, KO‘NIKMA VA MALAKALARINI
TASHXIS ETISH.
Reja:
1.  Ta’lim olganlikni tashxis etishning mohiyati. 
2. Ta’lim olganlikni tashxis etish tamoyillari. 
3. O‘quv faoliyatini nazorat qilish turlari, shakl va metodlari.
4. Bilim, ko‘nikma, malakalarni va kompetensiyalarini  baholash mezonlari.
5.Ta’lim sifati monitoringi.
Tayanch  tushunchalar: tashxis,  tashxis  etish,  nazorat,  hisobga  olish,
tekshirish, baholash, baho, ta’lim sifati, monitoring.
1.Ta’lim olganlikni tashxis etishning mohiyati. Tashxis - bu didaktik jarayon
kechadigan  barcha  sharoitlarni  oydinlashtirish,  uning  natijalarini  belgilash
demakdir.  Tashxissiz  didaktik  jarayonni  samarali  boshqarish,  mavjud  sharoit
uchun optimal natijalarga erishish mumkin emas.
Didaktik tashxislashning maqsadi o‘quv jarayonida kechadigan barcha jihatlarni
uning  mahsuli  bilan  bog‘liq  holda,  o‘z  vaqtida  aniqlash,  baholash  va  tahlil
qilishdan iborat.
Tashxislash nazorat, tekshirish, baholash, statistic ma’lumotlar to‘plash, ularni
tahlil  qilish, dinamika, tendensiyalarni  aniqlash, voqealarning keyingi  rivojini
taxminlashni o‘z ichiga oladi. 
O‘quvchilarning  bilim,  ko‘nikma  va  malakalarini  nazorat  qilish,  baholash
tashxislashning zaruriy tarkibiy qismlari sanaladi.
Logotip
O‘QUVCHILARNING BILIM, KO‘NIKMA VA MALAKALARINI TASHXIS ETISH. Reja: 1. Ta’lim olganlikni tashxis etishning mohiyati. 2. Ta’lim olganlikni tashxis etish tamoyillari. 3. O‘quv faoliyatini nazorat qilish turlari, shakl va metodlari. 4. Bilim, ko‘nikma, malakalarni va kompetensiyalarini baholash mezonlari. 5.Ta’lim sifati monitoringi. Tayanch tushunchalar: tashxis, tashxis etish, nazorat, hisobga olish, tekshirish, baholash, baho, ta’lim sifati, monitoring. 1.Ta’lim olganlikni tashxis etishning mohiyati. Tashxis - bu didaktik jarayon kechadigan barcha sharoitlarni oydinlashtirish, uning natijalarini belgilash demakdir. Tashxissiz didaktik jarayonni samarali boshqarish, mavjud sharoit uchun optimal natijalarga erishish mumkin emas. Didaktik tashxislashning maqsadi o‘quv jarayonida kechadigan barcha jihatlarni uning mahsuli bilan bog‘liq holda, o‘z vaqtida aniqlash, baholash va tahlil qilishdan iborat. Tashxislash nazorat, tekshirish, baholash, statistic ma’lumotlar to‘plash, ularni tahlil qilish, dinamika, tendensiyalarni aniqlash, voqealarning keyingi rivojini taxminlashni o‘z ichiga oladi. O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilish, baholash tashxislashning zaruriy tarkibiy qismlari sanaladi.
Ta’lim  jarayonida  nazorat  va  hisobga  olish,  ularning  vazifalari. Ta’lim
jarayonining muhim tarkibiy qismlaridan biri - nazorat va hisobga olishdir. Bu
tushunchalar o‘ziga xos mohiyat va xususiyatlarga ega. O‘qituvchi nazorat va
hisobga  olishni  to‘g‘ri  tashkil  etsa,  ta’lim  jarayonining  samaradorligi  ortadi.
Buning uchun o‘qituvchi o‘quvchining o‘quv materiallarini o‘zlashtirish darajasini
aniqlab borishi lozim.
Nazorat  (ta’lim jarayonida) ta’lim oluvchining bilim, ko‘nikma va malakalari
darajasini  aniqlash,  o‘lchash  va baholash  jarayonini  anglatadi.  Aniqlash  va
o‘lchash esa tekshirish deb ataladi. 
Tekshirish - nazoratning tarkibiy qismi bo‘lib, uning asosiy didaktik vazifasi
o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘ rtasida aks aloqani ta’minlash, pedagog tomonidan
o‘quv materialini o‘zlashtirish haqida obyektiv axborot olinishi hamda bilimlardagi
kamchilik va nuqsonlarni o‘z vaqtida aniqlashdir. Tekshirishning maqsadi nafaqat
o‘quvchining  bilim  darajasi,  sifati,  balki  uning  o‘quv  mehnati  hajmini  ham
aniqlashdan iborat.
O‘quvchilarning bilim va malakalarini tekshirish quyida ko‘rsatilgan mantiqiy
ketma-ketlikda olib borilishi kerak:
Tekshirish  tizimidagi  birinchi  bo‘g‘in ta’lim  oluvchilarning  bilim  darajasini
oldindan  aniqlash hisoblanadi.  Odatda,  u  o‘quv  yili  boshida  o‘  quvchilar
tomonidan  avvalgi  o‘quv  yilida  o‘zlashtirilgan  bilimlari  darajasini  aniqlash
maqsadida o‘tkaziladi. Bu kabi tekshirish, shuningdek, o‘quv yilining o‘rtasida
yangi bo‘lim (kurs)ni o‘rganishga kirishilganda ham o‘tkazilishi mumkin va o‘rinli
bo‘ladi.
Bilimlarni  tekshirishning  ikkinchi  bo’g’ini  har bir  mavzuni  o‘zlashtirish
jarayonidagi  joriy  tekshirishdir.  Joriy  tekshirish  ta’lim  oluvchilar  tomonidan
o‘quv dasturida belgilangan ayrim alohida elementlarni o‘zlashtirish darajasini
tashxislash imkonini beradi. Mazkur tekshirishning asosiy vazifasi o‘rgatishdir.
Bunday tekshirishning shakl va metodlari turlicha bo‘lib, ular o‘quv materiali
mazmuni, murakkabligi, o‘ quvchilarning yoshi va tayyorgarligi, ta’lim bosqichi
va maqsadlari, muayyan pedagogik sharoitlarga bog‘liq bo‘ladi.
Takroriy tekshirish bilim, ko‘nikma va malakalarni tekshirishning  uchinchi
bo‘g‘ini  sanalib, joriy tekshirish kabi mavzuli bo‘lishi mumkin. Yangi mavzuni
Logotip
Ta’lim jarayonida nazorat va hisobga olish, ularning vazifalari. Ta’lim jarayonining muhim tarkibiy qismlaridan biri - nazorat va hisobga olishdir. Bu tushunchalar o‘ziga xos mohiyat va xususiyatlarga ega. O‘qituvchi nazorat va hisobga olishni to‘g‘ri tashkil etsa, ta’lim jarayonining samaradorligi ortadi. Buning uchun o‘qituvchi o‘quvchining o‘quv materiallarini o‘zlashtirish darajasini aniqlab borishi lozim. Nazorat (ta’lim jarayonida) ta’lim oluvchining bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini aniqlash, o‘lchash va baholash jarayonini anglatadi. Aniqlash va o‘lchash esa tekshirish deb ataladi. Tekshirish - nazoratning tarkibiy qismi bo‘lib, uning asosiy didaktik vazifasi o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘ rtasida aks aloqani ta’minlash, pedagog tomonidan o‘quv materialini o‘zlashtirish haqida obyektiv axborot olinishi hamda bilimlardagi kamchilik va nuqsonlarni o‘z vaqtida aniqlashdir. Tekshirishning maqsadi nafaqat o‘quvchining bilim darajasi, sifati, balki uning o‘quv mehnati hajmini ham aniqlashdan iborat. O‘quvchilarning bilim va malakalarini tekshirish quyida ko‘rsatilgan mantiqiy ketma-ketlikda olib borilishi kerak: Tekshirish tizimidagi birinchi bo‘g‘in ta’lim oluvchilarning bilim darajasini oldindan aniqlash hisoblanadi. Odatda, u o‘quv yili boshida o‘ quvchilar tomonidan avvalgi o‘quv yilida o‘zlashtirilgan bilimlari darajasini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi. Bu kabi tekshirish, shuningdek, o‘quv yilining o‘rtasida yangi bo‘lim (kurs)ni o‘rganishga kirishilganda ham o‘tkazilishi mumkin va o‘rinli bo‘ladi. Bilimlarni tekshirishning ikkinchi bo’g’ini har bir mavzuni o‘zlashtirish jarayonidagi joriy tekshirishdir. Joriy tekshirish ta’lim oluvchilar tomonidan o‘quv dasturida belgilangan ayrim alohida elementlarni o‘zlashtirish darajasini tashxislash imkonini beradi. Mazkur tekshirishning asosiy vazifasi o‘rgatishdir. Bunday tekshirishning shakl va metodlari turlicha bo‘lib, ular o‘quv materiali mazmuni, murakkabligi, o‘ quvchilarning yoshi va tayyorgarligi, ta’lim bosqichi va maqsadlari, muayyan pedagogik sharoitlarga bog‘liq bo‘ladi. Takroriy tekshirish bilim, ko‘nikma va malakalarni tekshirishning uchinchi bo‘g‘ini sanalib, joriy tekshirish kabi mavzuli bo‘lishi mumkin. Yangi mavzuni
o‘rganish bilan birga o‘quvchilar avval o‘rganilganlarni takrorlaydilar. Takroriy
tekshirish  bilimlarni  mustahkamlashga  ko‘maklashadi,  biroq  o‘quv  ishlari
bosqichini tavsiflash, bilimlarni o‘zlashtirish mustahkamligi darajasini tashxislash
imkonini bermaydi. Ushbu tekshirish tashxisning boshqa turlari va metodlari bilan
birga qo‘llanilsagina kutilgan samarani beradi.
Tizimning to‘rtinchi bo‘g‘ini o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini
yaxlit  bo‘lim  yoki  kursning  alohida  mavzusi  bo‘yicha  davriy  tekshirish
hisoblanadi. Mazkur tekshirishning maqsadi - kursning turli qismlarida o‘rganilgan
o‘quv  materialining  strukturaviy  elementlari  o‘rtasidagi  o‘zaro  aloqalarni
o‘zlashtirish  sifatini  tashxislash.  Davriy  tekshirishning  asosiy  vazifasi  -
tizimlashtirish va umumlashtirish.
Tekshirishni  tashkil  etishda  beshinchi  bo‘g‘in ta’lim  oluvchilarning,  ta’lim
jarayonining barcha bosqichlarida egallangan bilim, ko‘nikma va malakalarini
yakuniy tekshirish va hisobga olishdir. O‘zlashtirishning yakuniy hisobi har bir
chorak va o‘quv yili oxirida o‘tkaziladi. U olingan baholarni qo‘shib, o‘rtacha
arifmetik ballni mexanik tarzda chiqarishdangina iborat bo‘lmasligi lozim. Bu,
avvalo, mazkur bosqichda belgilangan maqsadga muvofiq tarzda amaldagi ta’lim
olganlik darajasi (sifati)ni tashxislashdir.
Tekshirishdan  tashqari  nazorat  o‘z  ichiga  baholashni  (jarayon  sifatida)  va
bahoni (natija sifatida) ham oladi.
Baholash deb bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘quv dasturida ko‘rsatilgan etalon
(ko‘rstakich,  qolip,  o‘lchagich)lar  bilan  solishtirishni  aytamiz.  Baho  deb
baholashning ball shaklida ko‘rsatilgan son jihatdan o‘lchamiga aytiladi.
O‘zlashtirish  tabellari,  sinf,  guruh  jurnallari,  reyting  daftarchalari  va  shu
kabilarda baholar shartli belgilar, kod signallari, xotiralash belgilari va xokazolar
baho  ko‘rinishida  qayd  etiladi.  O‘quvchining  o‘zlashtirish  darajasini  baholash
uchun nazorat yakunlari (natijalari) asos bo‘ladi. Bunda o‘quvchilar ishining ham
sifat, ham miqdor ko‘rsatkichlari hisobga olinadi.
O‘qituvchi o‘qitish bilan bir vaqtda o‘quvchilarning o‘rganilayotgan mavzuni
qanday qilib idrok etishini, esda saqlashga harakat qilishini va uni amalda qo‘llash
malakalarini egallashini hisobga olib borishi kerak.
Logotip
o‘rganish bilan birga o‘quvchilar avval o‘rganilganlarni takrorlaydilar. Takroriy tekshirish bilimlarni mustahkamlashga ko‘maklashadi, biroq o‘quv ishlari bosqichini tavsiflash, bilimlarni o‘zlashtirish mustahkamligi darajasini tashxislash imkonini bermaydi. Ushbu tekshirish tashxisning boshqa turlari va metodlari bilan birga qo‘llanilsagina kutilgan samarani beradi. Tizimning to‘rtinchi bo‘g‘ini o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini yaxlit bo‘lim yoki kursning alohida mavzusi bo‘yicha davriy tekshirish hisoblanadi. Mazkur tekshirishning maqsadi - kursning turli qismlarida o‘rganilgan o‘quv materialining strukturaviy elementlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni o‘zlashtirish sifatini tashxislash. Davriy tekshirishning asosiy vazifasi - tizimlashtirish va umumlashtirish. Tekshirishni tashkil etishda beshinchi bo‘g‘in ta’lim oluvchilarning, ta’lim jarayonining barcha bosqichlarida egallangan bilim, ko‘nikma va malakalarini yakuniy tekshirish va hisobga olishdir. O‘zlashtirishning yakuniy hisobi har bir chorak va o‘quv yili oxirida o‘tkaziladi. U olingan baholarni qo‘shib, o‘rtacha arifmetik ballni mexanik tarzda chiqarishdangina iborat bo‘lmasligi lozim. Bu, avvalo, mazkur bosqichda belgilangan maqsadga muvofiq tarzda amaldagi ta’lim olganlik darajasi (sifati)ni tashxislashdir. Tekshirishdan tashqari nazorat o‘z ichiga baholashni (jarayon sifatida) va bahoni (natija sifatida) ham oladi. Baholash deb bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘quv dasturida ko‘rsatilgan etalon (ko‘rstakich, qolip, o‘lchagich)lar bilan solishtirishni aytamiz. Baho deb baholashning ball shaklida ko‘rsatilgan son jihatdan o‘lchamiga aytiladi. O‘zlashtirish tabellari, sinf, guruh jurnallari, reyting daftarchalari va shu kabilarda baholar shartli belgilar, kod signallari, xotiralash belgilari va xokazolar baho ko‘rinishida qayd etiladi. O‘quvchining o‘zlashtirish darajasini baholash uchun nazorat yakunlari (natijalari) asos bo‘ladi. Bunda o‘quvchilar ishining ham sifat, ham miqdor ko‘rsatkichlari hisobga olinadi. O‘qituvchi o‘qitish bilan bir vaqtda o‘quvchilarning o‘rganilayotgan mavzuni qanday qilib idrok etishini, esda saqlashga harakat qilishini va uni amalda qo‘llash malakalarini egallashini hisobga olib borishi kerak.
Hisobga olish - bu o‘qitishning muayyan bir davrida o‘quvchilar va o‘qituvchi
faoliyatini umumlashtirib xulosalash.
Hisobga olish natijasida o‘qituvchi  ham, o‘quvchi  ham  o‘zlarining keyingi
bajaradigan ishlarining shaklini va mazmunini belgilaydi. O‘zlashtirishni hisobga
olish o‘quvchilarning bilish faoliyatini rag‘batlantirib, ma’lum bir harakatlarni
bajarish uchun uning irodasini tarbiyalaydi. Shuningdek, o‘zlashtirishni hisobga
olish  o‘qituvchining  faoliyatini  ham  tashkil  etadi.  O‘qitish  metodlari  va
shakllarining  tabora  takomillashuvi  natijasida  baho  o‘qituvchining  pedagogik
mahorati  ko‘rsatkichiga  aylanmoqda  va  o‘qituvchining  o‘z  malakasini  oshirib
borishida muhim ahamiyatga ega bo‘lmoqda.
O‘zlashtirishni nazorat qilish va hisobga olish nazorat, o‘qitish, tarbiyalash va
rivojlantirish vazifalarini bajaradi.
Nazorat  qilish vazifasi  o‘quvchilarning  bilim,  ko‘nikma  va  malakalari
darajasini aniqlash va baholashdan iborat. Bu o‘quv materiallarini o‘rganishning
keyingi  bosqichiga  o‘tish  imkoniyatlarini  aniqlashtiradi  hamda  o‘qituvchining
o‘quv metodlarini va usullarini to‘g‘ri tanlaganini nazorat qiladi. Nazorat qilish
vazifasi o‘quv materiallarini o‘rganishning maqbul yo‘llarini topish bilan bog‘
liqdir.
O‘qitish vazifasi o‘quvchilarning bilimini tekshirishda aniq ko‘rinadi. Yangi
mavzuni  mustahkamlash  jarayonida  yoki  uy  vazifalarini  tekshirishda
o‘quvchilarning o‘tilgan mavzuni takrorlashga, ular uchun tushunarsiz bo‘lgan
ma’lumotlarni bilib olishlariga imkon tug‘iladi.
Nazoratning  tarbiyalash vazifasi shundan iboratki, o‘quvchilar tekshirishga
tayyor bo‘lish uchun darslarni o‘z vaqtida tayyorlaydilar, bo‘sh vaqtlaridan unumli
foydalanishga harakat qiladilar, intizomga o‘ rganadilar.
Agar nazoratning o‘qitish va tarbiyalash vazifalari to‘g‘ri amalga oshirilsa,
shaxsning  tafakkurini  rivojlantirishga,  xis-tuyg‘ulari  va  axloqiy  sifatlarini
tarbiyalashga imkon tug‘iladi. Bu esa o‘z-o‘zidan nazoratning rivojlantiruvchi
vazifasi sanaladi.
2.Ta’lim olganlikni nazorat qilish va tashxislash tamoyillari.
Pedagogikada o‘quvchilarning ta’lim olganligini tashxislash va nazorat qilish
tamoyillarining  tizimi  ishlab  chiqilgan.  Ulardan  eng  muhimlari  xolislik
Logotip
Hisobga olish - bu o‘qitishning muayyan bir davrida o‘quvchilar va o‘qituvchi faoliyatini umumlashtirib xulosalash. Hisobga olish natijasida o‘qituvchi ham, o‘quvchi ham o‘zlarining keyingi bajaradigan ishlarining shaklini va mazmunini belgilaydi. O‘zlashtirishni hisobga olish o‘quvchilarning bilish faoliyatini rag‘batlantirib, ma’lum bir harakatlarni bajarish uchun uning irodasini tarbiyalaydi. Shuningdek, o‘zlashtirishni hisobga olish o‘qituvchining faoliyatini ham tashkil etadi. O‘qitish metodlari va shakllarining tabora takomillashuvi natijasida baho o‘qituvchining pedagogik mahorati ko‘rsatkichiga aylanmoqda va o‘qituvchining o‘z malakasini oshirib borishida muhim ahamiyatga ega bo‘lmoqda. O‘zlashtirishni nazorat qilish va hisobga olish nazorat, o‘qitish, tarbiyalash va rivojlantirish vazifalarini bajaradi. Nazorat qilish vazifasi o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini aniqlash va baholashdan iborat. Bu o‘quv materiallarini o‘rganishning keyingi bosqichiga o‘tish imkoniyatlarini aniqlashtiradi hamda o‘qituvchining o‘quv metodlarini va usullarini to‘g‘ri tanlaganini nazorat qiladi. Nazorat qilish vazifasi o‘quv materiallarini o‘rganishning maqbul yo‘llarini topish bilan bog‘ liqdir. O‘qitish vazifasi o‘quvchilarning bilimini tekshirishda aniq ko‘rinadi. Yangi mavzuni mustahkamlash jarayonida yoki uy vazifalarini tekshirishda o‘quvchilarning o‘tilgan mavzuni takrorlashga, ular uchun tushunarsiz bo‘lgan ma’lumotlarni bilib olishlariga imkon tug‘iladi. Nazoratning tarbiyalash vazifasi shundan iboratki, o‘quvchilar tekshirishga tayyor bo‘lish uchun darslarni o‘z vaqtida tayyorlaydilar, bo‘sh vaqtlaridan unumli foydalanishga harakat qiladilar, intizomga o‘ rganadilar. Agar nazoratning o‘qitish va tarbiyalash vazifalari to‘g‘ri amalga oshirilsa, shaxsning tafakkurini rivojlantirishga, xis-tuyg‘ulari va axloqiy sifatlarini tarbiyalashga imkon tug‘iladi. Bu esa o‘z-o‘zidan nazoratning rivojlantiruvchi vazifasi sanaladi. 2.Ta’lim olganlikni nazorat qilish va tashxislash tamoyillari. Pedagogikada o‘quvchilarning ta’lim olganligini tashxislash va nazorat qilish tamoyillarining tizimi ishlab chiqilgan. Ulardan eng muhimlari xolislik
(obyektivlik),  tizimlilik  (sistemalilik),  ko‘rgazmalilik  (oshkoralik)  sanaladi.
Xolislik (obyektivlik)  tashxis  testlari  (topshiriqlari, savollari), tashxis jarayoni
mazmunining  ilmiy  asoslanganligi,  pedagogning  barcha  ta’lim  oluvchilarga
do‘stona  munosabati  hamda bilim, malakalarni  baholashning  aniq ko‘rinishda
belgilangan mezonlaridan iborat. Amalda tashxisning xolisligi qo‘yilgan baholar
nazorat metodlari va vositalaridan, tashxis o‘tkazgan o‘qituvchidan qat’iy nazar
xamma vaqt mos kelishini anglatadi.
Tizimlilik  (sistemalilik)  tamoyilining  talabi  shundan  iboratki,  tashxislash
nazoratini ta’lim jarayonining barcha bosqichlarida - bilimlarni boshlang‘ich idrok
etishdan  to  amalda  qo‘llashgacha  bo‘lgan  bosqichlarida  olib  borish
kerak.Tizimlilik  barcha  ta’lim  oluvchilar  o‘quv  muassasida  bo‘lgan  birinchi
kundan boshlab oxirigacha muntazam tashxisga jalb etilishini anglatadi. Ta’lim
oluvchining bilimi va egallashi lozim bo‘lgan barcha jihatlarni ishonchli tekshirish
uchun  ta’  lim  nazoratini  tez-tez  o‘tkazish  kerak.  Tizimlilik  tamoyili  tashxis
o‘tkazishga  bir  butun  yondashuvni  talab  etadiki,  bunda  nazorat,  tekshirish,
baholashning turli shakllari, metodlari, vositalari uzviy o‘zaro bog‘liqlikda va
birlikda qo‘llaniladi, bir maqsadga xizmat qiladi. Bu kabi yondashuv tashxisning
ayrim metodlari va vositalarini mutloqlashtirishga yo‘l qo‘ymaydi.
Ko‘rgazmalilik  (oshkoralik)  tamoyili avvalo  barcha  ta’lim  oluvchilar-ni
aynan bir xil mezonlar bo‘yicha ochiq sinovdan o‘tkazishni anglatadi. Tashxis
jarayonida belgilanadigan har bir o‘quvchi reytingi ko‘rgazmali, qiyosiy xarakterga
ega. Oshkoralik tamoyili, shuningdek, baholarni e’lon qilish va motivatsiyalashni
talab etadi. Baho mo‘ljal (orientir) bo‘lib, ta’lim oluvchilar unga muvofiq o‘zlariga
qo‘yiladigan talablar va pedagogning xolisligi haqida fikr  yuritadi. Tamoyilni
amalga  oshirishning  zarur  sharti  tashxislash  natijalarini  e’lon  qilish,  ularni
manfaatdor  shaxslar  ishtirokida  muhokama  va  tahlil  qilish,  nuqsonlarni
tugatishning istiqbolli rejalarini tuzish hisoblanadi.
3.O‘quvchilarning  o‘quv  faoliyatini  nazorat  qilish  turlari,  shakl  va
metodlari. Hozirgi  davr  pedagogik  amaliyotida  o‘quvchilar  o‘quv  faoliyatini
nazorat qilishning qo‘yidagi turlaridan foydalaniladi: joriy nazorat; oraliq nazorat;
yakuniy nazorat.
Logotip
(obyektivlik), tizimlilik (sistemalilik), ko‘rgazmalilik (oshkoralik) sanaladi. Xolislik (obyektivlik) tashxis testlari (topshiriqlari, savollari), tashxis jarayoni mazmunining ilmiy asoslanganligi, pedagogning barcha ta’lim oluvchilarga do‘stona munosabati hamda bilim, malakalarni baholashning aniq ko‘rinishda belgilangan mezonlaridan iborat. Amalda tashxisning xolisligi qo‘yilgan baholar nazorat metodlari va vositalaridan, tashxis o‘tkazgan o‘qituvchidan qat’iy nazar xamma vaqt mos kelishini anglatadi. Tizimlilik (sistemalilik) tamoyilining talabi shundan iboratki, tashxislash nazoratini ta’lim jarayonining barcha bosqichlarida - bilimlarni boshlang‘ich idrok etishdan to amalda qo‘llashgacha bo‘lgan bosqichlarida olib borish kerak.Tizimlilik barcha ta’lim oluvchilar o‘quv muassasida bo‘lgan birinchi kundan boshlab oxirigacha muntazam tashxisga jalb etilishini anglatadi. Ta’lim oluvchining bilimi va egallashi lozim bo‘lgan barcha jihatlarni ishonchli tekshirish uchun ta’ lim nazoratini tez-tez o‘tkazish kerak. Tizimlilik tamoyili tashxis o‘tkazishga bir butun yondashuvni talab etadiki, bunda nazorat, tekshirish, baholashning turli shakllari, metodlari, vositalari uzviy o‘zaro bog‘liqlikda va birlikda qo‘llaniladi, bir maqsadga xizmat qiladi. Bu kabi yondashuv tashxisning ayrim metodlari va vositalarini mutloqlashtirishga yo‘l qo‘ymaydi. Ko‘rgazmalilik (oshkoralik) tamoyili avvalo barcha ta’lim oluvchilar-ni aynan bir xil mezonlar bo‘yicha ochiq sinovdan o‘tkazishni anglatadi. Tashxis jarayonida belgilanadigan har bir o‘quvchi reytingi ko‘rgazmali, qiyosiy xarakterga ega. Oshkoralik tamoyili, shuningdek, baholarni e’lon qilish va motivatsiyalashni talab etadi. Baho mo‘ljal (orientir) bo‘lib, ta’lim oluvchilar unga muvofiq o‘zlariga qo‘yiladigan talablar va pedagogning xolisligi haqida fikr yuritadi. Tamoyilni amalga oshirishning zarur sharti tashxislash natijalarini e’lon qilish, ularni manfaatdor shaxslar ishtirokida muhokama va tahlil qilish, nuqsonlarni tugatishning istiqbolli rejalarini tuzish hisoblanadi. 3.O‘quvchilarning o‘quv faoliyatini nazorat qilish turlari, shakl va metodlari. Hozirgi davr pedagogik amaliyotida o‘quvchilar o‘quv faoliyatini nazorat qilishning qo‘yidagi turlaridan foydalaniladi: joriy nazorat; oraliq nazorat; yakuniy nazorat.
Joriy  nazorat o‘qituvchi  tomonidan  o‘quvchilarning  har  bir  o‘quv  ishini
muntazam nazorat qilishni hamda ularning o‘rganilgan mavzularni o‘zlashtirish
bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini tekshirishni o‘z ichiga oladi.
Bilim darajasini tekshirish fanning har bir mavzusi bo‘yicha kundalik ballar qo‘yib
borishni nazarda tutadi. Joriy nazorat o‘qituvchini har bir o‘quvchining o‘quv
faoliyati  bo‘yicha  tezkor  ma’lumotlar  bilan  ta’minlaydi,  o‘qitish  jarayonini
boshqarishda  yaxshi  natija  beradi,  o‘zlashtirmagan  o‘quvchilarni  o‘z  vaqtida
aniqlaydi, o‘zlashtirmaslikni bartaraf etish bo‘yicha choralar belgilaydi.
Oraliq nazorat - bu o‘quvchilar tomonidan mazkur fanning muayyan bob yoki
bo‘limlarining o‘zlashtirilganini tekshirish. Oraliq nazoratni o‘qituvchi dars jadvali
asosida darsda o‘quv materialining o‘ziga xos xususiyatini hisobga olgan holda
o‘tkazadi.
Oraliq nazorat o‘tkazishdan oldin o‘quvchilar ogohlantiriladi. Har bir oraliq
tekshirish alohida-alohida shkala asosida baholanadi.
Yakuniy  nazorat -  choraklik,  yarim  yillik,  yillik  va  davlat  attestatsiyasi
sinovlari singari turlarga bo‘linadi. Yakuniy nazorat og‘zaki, yozma, test hamda
amaliy topshiriqlarni bajarish metodlari asosida o‘tkaziladi.
Nazoratning  shakli  o‘quv  ishini  tashkil  etish  shakliga  bog‘liq  bo‘ladi.
O‘qituvchi uni mavzudan kelib chiqib tanlaydi. Nazoratning asosiy  besh shakli
mavjud:
nazoratning  ommaviy  (frontal)  shaklida  o‘qituvchi  o‘quvchilarga
materialning ma’lum bir hajmi bo‘yicha savol beradi, o‘quvchilar unga qisqa javob
qaytaradi. Mazkur so‘rash ko‘pchilik o‘quvchini nazorat qilishni ta’minlaydi va
butun guruhni faollashtiradi. Ammo bu nazoratni o‘quvchilarning bilim darajasini
har tomonlama aniqlash uchun qo‘llab bo‘lmaydi.
nazoratning guruhli  shaklida o‘quvchilarning ma’  lum  bir  qismi  nazorat
qilinadi. O‘qituvchi tomonidan o‘quvchilar guruhiga vazifa beriladi va uni shu
guruh bajaradi. Lekin masalani hal qilishda boshqa o‘quvchilar ham qatnashishi
mumkin.  Guruh  ishlayotgan  paytda  qolgan  o‘quvchilar  bo‘sh  qolmaydi,  ular
o‘rtoqlarining bajargan ishlarini baholash uchun o‘z ustilarida ishlab o‘tiradi.
Logotip
Joriy nazorat o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarning har bir o‘quv ishini muntazam nazorat qilishni hamda ularning o‘rganilgan mavzularni o‘zlashtirish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini tekshirishni o‘z ichiga oladi. Bilim darajasini tekshirish fanning har bir mavzusi bo‘yicha kundalik ballar qo‘yib borishni nazarda tutadi. Joriy nazorat o‘qituvchini har bir o‘quvchining o‘quv faoliyati bo‘yicha tezkor ma’lumotlar bilan ta’minlaydi, o‘qitish jarayonini boshqarishda yaxshi natija beradi, o‘zlashtirmagan o‘quvchilarni o‘z vaqtida aniqlaydi, o‘zlashtirmaslikni bartaraf etish bo‘yicha choralar belgilaydi. Oraliq nazorat - bu o‘quvchilar tomonidan mazkur fanning muayyan bob yoki bo‘limlarining o‘zlashtirilganini tekshirish. Oraliq nazoratni o‘qituvchi dars jadvali asosida darsda o‘quv materialining o‘ziga xos xususiyatini hisobga olgan holda o‘tkazadi. Oraliq nazorat o‘tkazishdan oldin o‘quvchilar ogohlantiriladi. Har bir oraliq tekshirish alohida-alohida shkala asosida baholanadi. Yakuniy nazorat - choraklik, yarim yillik, yillik va davlat attestatsiyasi sinovlari singari turlarga bo‘linadi. Yakuniy nazorat og‘zaki, yozma, test hamda amaliy topshiriqlarni bajarish metodlari asosida o‘tkaziladi. Nazoratning shakli o‘quv ishini tashkil etish shakliga bog‘liq bo‘ladi. O‘qituvchi uni mavzudan kelib chiqib tanlaydi. Nazoratning asosiy besh shakli mavjud: nazoratning ommaviy (frontal) shaklida o‘qituvchi o‘quvchilarga materialning ma’lum bir hajmi bo‘yicha savol beradi, o‘quvchilar unga qisqa javob qaytaradi. Mazkur so‘rash ko‘pchilik o‘quvchini nazorat qilishni ta’minlaydi va butun guruhni faollashtiradi. Ammo bu nazoratni o‘quvchilarning bilim darajasini har tomonlama aniqlash uchun qo‘llab bo‘lmaydi. nazoratning guruhli shaklida o‘quvchilarning ma’ lum bir qismi nazorat qilinadi. O‘qituvchi tomonidan o‘quvchilar guruhiga vazifa beriladi va uni shu guruh bajaradi. Lekin masalani hal qilishda boshqa o‘quvchilar ham qatnashishi mumkin. Guruh ishlayotgan paytda qolgan o‘quvchilar bo‘sh qolmaydi, ular o‘rtoqlarining bajargan ishlarini baholash uchun o‘z ustilarida ishlab o‘tiradi.
nazoratning individual shaklidan har bir o‘quvchining bilim, ko‘nikma va
malakasi  bilan  mukammal  tanishish  uchun  foydalaniladi.  Nazoratning  bu
shaklida,odatda o‘quvchilar javob berish uchun sinf taxtasi oldiga chaqiriladi.
nazoratning kombinatsiyalangan (biriktirilgan)shakli individual nazoratni
ommaviy va guruhli shakllar bilan birlashtirishni taqozo etadi. Bu nazoratni hajmi
katta mavzularni barcha o‘quvchilardan so‘rash kerak bo‘lgan vaqtda foydalanadi.
Har bir o‘quvchiga alohida topshiriq beriladi va bir vaqtda birnecha o‘quvchini
tekshirish mumkin bo‘ladi.
O‘z-o‘zini  nazorat  qilish  shakli ta’lim  jarayonida  ichki  aks  aloqaning
bo‘lishini ta’minlaydi. Nazoratning bu shakli psixologik mezonlarga asoslanadi.
Uning samaradorligi o‘ qituvchining kasbiy mahoratiga bog‘liq bo‘ladi.
O‘quvchilarning  o‘quv  faoliyatini  nazorat  qilish  metodlari quyidagilar:
og‘zaki tekshirish, yozma tekshirish, amaliytop shiriqlarni bajarishga asoslangan
tekshirish, uy vazifalarini tekshirish.
Og‘zaki tekshirish. Bu metod bilimlarni nazorat qilish va baholashning ancha
keng tarqalgan an’anaviy usullaridan biridir.
Og‘zaki tekshirishning mohiyati shunda ko‘rinadiki, o‘qituvchi o‘ quvchilarga
o‘ rganilgan mavzuning mazmunidan kelib chiqib, savollar beradi va ularni javob
berishga  undaydi. Ana shu tarzda ularning o‘zlashtirish darajasini  aniqlaydi.
Og‘zaki  tekshirish  o‘quvchilarning  bilimlarini  tekshirishni  savol-javob  usuli
asosida amalga oshiriladi. Ushbu usul ayrim hollarda suhbat  usuli  deb ham
ataladi.  Og‘zaki  tekshirishda  o‘qituvchi  o‘rganilayotgan  mavzuni  alohida
qismlarga ajratadi va ularni har biridan o‘quvchilarga savollar beradi. Biroq
o‘quvchilarning nutqini o‘stirish hamda ularning chuqur va mustahkam bilimga
ega bo‘lishlari uchun ulardan shu yoki oldingi mavzuni butunlay esga tushirishni
talab qilish mumkin.
Yozma tekshirish - o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat
qilish  va  baholashning  eng  samarali  usullaridan  biri  bo‘lib,  ularning  ijodiy
qobiliyatlarini baholash imkonini beradi. Mazkur usulning mohiyati shundaki, o‘
qituvchi  alohida  mavzu  yoki  o‘quv  dasturining  ma’lum  bo‘limini  o‘tib
bo‘lganidan so‘ng oz vaqtning ichida barcha o‘ quvchilarni tekshirishi mumkin.
YOzma  tekshirish  nazorat  ishi,  insho,  bayon,  diktant  va  b.  yordamida  olib
Logotip
nazoratning individual shaklidan har bir o‘quvchining bilim, ko‘nikma va malakasi bilan mukammal tanishish uchun foydalaniladi. Nazoratning bu shaklida,odatda o‘quvchilar javob berish uchun sinf taxtasi oldiga chaqiriladi. nazoratning kombinatsiyalangan (biriktirilgan)shakli individual nazoratni ommaviy va guruhli shakllar bilan birlashtirishni taqozo etadi. Bu nazoratni hajmi katta mavzularni barcha o‘quvchilardan so‘rash kerak bo‘lgan vaqtda foydalanadi. Har bir o‘quvchiga alohida topshiriq beriladi va bir vaqtda birnecha o‘quvchini tekshirish mumkin bo‘ladi. O‘z-o‘zini nazorat qilish shakli ta’lim jarayonida ichki aks aloqaning bo‘lishini ta’minlaydi. Nazoratning bu shakli psixologik mezonlarga asoslanadi. Uning samaradorligi o‘ qituvchining kasbiy mahoratiga bog‘liq bo‘ladi. O‘quvchilarning o‘quv faoliyatini nazorat qilish metodlari quyidagilar: og‘zaki tekshirish, yozma tekshirish, amaliytop shiriqlarni bajarishga asoslangan tekshirish, uy vazifalarini tekshirish. Og‘zaki tekshirish. Bu metod bilimlarni nazorat qilish va baholashning ancha keng tarqalgan an’anaviy usullaridan biridir. Og‘zaki tekshirishning mohiyati shunda ko‘rinadiki, o‘qituvchi o‘ quvchilarga o‘ rganilgan mavzuning mazmunidan kelib chiqib, savollar beradi va ularni javob berishga undaydi. Ana shu tarzda ularning o‘zlashtirish darajasini aniqlaydi. Og‘zaki tekshirish o‘quvchilarning bilimlarini tekshirishni savol-javob usuli asosida amalga oshiriladi. Ushbu usul ayrim hollarda suhbat usuli deb ham ataladi. Og‘zaki tekshirishda o‘qituvchi o‘rganilayotgan mavzuni alohida qismlarga ajratadi va ularni har biridan o‘quvchilarga savollar beradi. Biroq o‘quvchilarning nutqini o‘stirish hamda ularning chuqur va mustahkam bilimga ega bo‘lishlari uchun ulardan shu yoki oldingi mavzuni butunlay esga tushirishni talab qilish mumkin. Yozma tekshirish - o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilish va baholashning eng samarali usullaridan biri bo‘lib, ularning ijodiy qobiliyatlarini baholash imkonini beradi. Mazkur usulning mohiyati shundaki, o‘ qituvchi alohida mavzu yoki o‘quv dasturining ma’lum bo‘limini o‘tib bo‘lganidan so‘ng oz vaqtning ichida barcha o‘ quvchilarni tekshirishi mumkin. YOzma tekshirish nazorat ishi, insho, bayon, diktant va b. yordamida olib
boriladi. Ammo o‘qituvi va o‘quvchi o‘rtasida bevosita aloqaning yo‘qligi sababli
uning fikrlashini kuzatish imkoni bo‘lmaydi.
Amaliy topshiriqlarni bajarishga asoslangan tekshirish.
Bajarilayotgan  amaliy  harakatlar  (sport,  mehnat  harakatlari)ning  to‘g‘riligini
kuzatish yoki olingan natijalarga tayanishdan iborat bo‘lishi  mumkin. Amaliy
tekshirish tabiiy-matematik sikldagi fanlardan o‘ quvchilarning o‘ zlashtirishini
hisobga olishda keng foydalaniladi. Bu usul yordamida o‘ quvchilarning olgan
bilimlarini amaliyotda qo‘llay olish malakasi aniqlanadi.
Uy  vazifalarini  tekshirish.  O‘quvchilarning  o‘zlashtirishini  nazorat  qilish
uchun ularning uyga berilgan vazifalarni bajarishini tekshirish katta ahamiyatga
ega. Uy vazifalarini tekshirish o‘qituvchiga o‘quvchilarning o‘quv ishiga bo‘lgan
munosabatini,  o‘rganilgan  materialni  qanchalik  egallaganligini,  uy  vazifalarini
bajarishdagi mustaqillik darajasini aniqlashga imkon beradi.
4.Bilim, ko‘nikma, malakalarni va kompetensiyalarini baholash mezonlari.
O‘ quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini baholash mezonlari hamma vaqt
bahstalab mavzu bo‘lib kelgan. Chunki u turli adabiyotlarda turlicha yoritilgan.
Biroq mavjud qarashlarni umumlashtirib aytish mumkinki, o‘quvchilarning bilim,
ko‘nikma  va  malakalarini  baholash  mezonlari  har  bir  fanning  maqsad  va
vazifalariga, shuningdek, sinf (guruh)dagi o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasiga
tayangan holda belgilanadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib shunday xulosa chiqarish mumkin:
«5» baho qo‘yiladi, agar: a) o‘quvchi dasturdagi materialni to‘liq o‘zlashtirib
olgan bo‘lsa; b) o‘rganilgan mavzu bo‘yicha asosiy fikrlarni ochib bera olsa; v)
egallangan bilimlarni amalda erkin qo‘llay olsa; g) o‘rganilgan mavzuni bayon
qilishda, yozma ishlarda xatolarga yo‘l qo‘ymasdan, ma’lumotlarni tushuntirib
bera olsa.
«4» baho qo‘yiladi, agar: a) o‘quvchi o‘rganilgan mavzuning mohiyatini bilsa;
b)  o‘qituvchining  savollariga  qiynalmasdan  javob  bera  olsa;  v)  egallangan
bilimlarni amaliyotda qo‘llay olsa; g) og‘zaki javob berishda jiddiy xatolarga yo‘l
qo‘ymasdan, o‘qituvchining qo‘shimcha savollari bilan xatolarini to‘g‘rilay olsa
hamda yozma ishda uncha jiddiy bo‘lmagan xatoga yo‘l qo‘ysa qo‘yiladi.
Logotip
boriladi. Ammo o‘qituvi va o‘quvchi o‘rtasida bevosita aloqaning yo‘qligi sababli uning fikrlashini kuzatish imkoni bo‘lmaydi. Amaliy topshiriqlarni bajarishga asoslangan tekshirish. Bajarilayotgan amaliy harakatlar (sport, mehnat harakatlari)ning to‘g‘riligini kuzatish yoki olingan natijalarga tayanishdan iborat bo‘lishi mumkin. Amaliy tekshirish tabiiy-matematik sikldagi fanlardan o‘ quvchilarning o‘ zlashtirishini hisobga olishda keng foydalaniladi. Bu usul yordamida o‘ quvchilarning olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llay olish malakasi aniqlanadi. Uy vazifalarini tekshirish. O‘quvchilarning o‘zlashtirishini nazorat qilish uchun ularning uyga berilgan vazifalarni bajarishini tekshirish katta ahamiyatga ega. Uy vazifalarini tekshirish o‘qituvchiga o‘quvchilarning o‘quv ishiga bo‘lgan munosabatini, o‘rganilgan materialni qanchalik egallaganligini, uy vazifalarini bajarishdagi mustaqillik darajasini aniqlashga imkon beradi. 4.Bilim, ko‘nikma, malakalarni va kompetensiyalarini baholash mezonlari. O‘ quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini baholash mezonlari hamma vaqt bahstalab mavzu bo‘lib kelgan. Chunki u turli adabiyotlarda turlicha yoritilgan. Biroq mavjud qarashlarni umumlashtirib aytish mumkinki, o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini baholash mezonlari har bir fanning maqsad va vazifalariga, shuningdek, sinf (guruh)dagi o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasiga tayangan holda belgilanadi. Yuqoridagilardan kelib chiqib shunday xulosa chiqarish mumkin: «5» baho qo‘yiladi, agar: a) o‘quvchi dasturdagi materialni to‘liq o‘zlashtirib olgan bo‘lsa; b) o‘rganilgan mavzu bo‘yicha asosiy fikrlarni ochib bera olsa; v) egallangan bilimlarni amalda erkin qo‘llay olsa; g) o‘rganilgan mavzuni bayon qilishda, yozma ishlarda xatolarga yo‘l qo‘ymasdan, ma’lumotlarni tushuntirib bera olsa. «4» baho qo‘yiladi, agar: a) o‘quvchi o‘rganilgan mavzuning mohiyatini bilsa; b) o‘qituvchining savollariga qiynalmasdan javob bera olsa; v) egallangan bilimlarni amaliyotda qo‘llay olsa; g) og‘zaki javob berishda jiddiy xatolarga yo‘l qo‘ymasdan, o‘qituvchining qo‘shimcha savollari bilan xatolarini to‘g‘rilay olsa hamda yozma ishda uncha jiddiy bo‘lmagan xatoga yo‘l qo‘ysa qo‘yiladi.
«3» baho yiladi, agar: a) o‘quvchi o‘rganilgan mavzuni o‘zlashtirgan, lekin
mustaqil tushuntirib berishda o‘qituvchining aniqlashtiruvchi savollariga ehtiyoj
sezsa; b) savollarning mantiqiy tuzuilishini o‘zgartirib berganda, javob berishga
qiynalsa; v) yozma ishda xatolari bor bo‘lsa.
«2» baho qo‘yiladi, agar: a) o‘quvchi o‘rganilgan mavzu haqida tushunchaga
ega, biroq mavzuni o‘ zlashtirmagan, b) yozma ishda qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘ysa
qo‘yiladi.
5.Ta’lim  sifati  monitoring. “Monitoring” atamasi  ilk maratoba Birlashgan
Millatlar tashkilotining 1972-yil  iyun oyida Stokgolm konferensiyasini  tashkil
etish arafasida “nazorat” atamasiga muqobil sifatida ishlatila boshlangan.
“Monitoring - inglizcha atama bo‘lib, “uzluksiz kuzatish” degan ma’nosini
anglatadi. Monitoringga ijtimoiy boshqaruv nazariyasida eng muhim, boshqaruv
sohasidagi nisbatan mustaqil bo‘lim sifatida qaraladi hamda ta’lim monitoringi
doirasida pedagogik faoliyat natijalari yuzaga chiqariladi va baholanadi.
Respublikamizda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘qitish sofati monitoring
tizimi samarali yo‘lga qo‘yilgan.
Umumiy o‘rta ta’lim sifatini nazorat qilishning turlari quyidagilardan iborat:
ichki  nazorat  -  O‘zbekiston  Respublikasi  Xalq  ta’limi  vazirligi  tomonidan
tasdiqlangan tartib asosida umumiy o‘rta ta’lim muassasasining monitoring guruhi
tomonidan amalga oshiriladi; tashqi nazorat - ta’lim sohasidagi vakolatli davlat
organlari, hududiy xalq ta’limi boshqaruvi organlari tomonidan amalga oshiriladi;
davlat- jamoatchilik nazorati - qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hududiy xalq
ta’limi boshqaruvi organlari va nodavlat notijorat tashkilotlar hamkorligida amalga
oshiriladi; milliy va xalqaro darajada baholash - Hukumatning tegishli qarori
hamda xalqaro shartnomalar asosida xalq ta’limi boshqaruvi organlari, nodavlat
notijorat tashkilotlar va xalqaro tashkilotlar hamkorligida amalga oshiriladi
Umumiy o‘rta ta’lim sifatini nazorat qilishning turlari quyidagilardan iborat:
ichki  nazorat;  tashqi  nazorat;  davlat-  jamoatchilik  nazorati;  milliy va  xalaaro
darajada baholash.
O‘qituvchilar yoki maktab ma’muriyati, o‘quvchilarning o‘zlari, ota-onalar va
jamoatchilik  vakillari  o‘quvchilarning  bilimlarini  o‘quv  maqsadlari  asosida
tekshiradilar.  Mazkur  yo‘nalish  o‘ziga  xos  bir  qator  afzalliklarga  ega  bo‘lib,
Logotip
«3» baho yiladi, agar: a) o‘quvchi o‘rganilgan mavzuni o‘zlashtirgan, lekin mustaqil tushuntirib berishda o‘qituvchining aniqlashtiruvchi savollariga ehtiyoj sezsa; b) savollarning mantiqiy tuzuilishini o‘zgartirib berganda, javob berishga qiynalsa; v) yozma ishda xatolari bor bo‘lsa. «2» baho qo‘yiladi, agar: a) o‘quvchi o‘rganilgan mavzu haqida tushunchaga ega, biroq mavzuni o‘ zlashtirmagan, b) yozma ishda qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘ysa qo‘yiladi. 5.Ta’lim sifati monitoring. “Monitoring” atamasi ilk maratoba Birlashgan Millatlar tashkilotining 1972-yil iyun oyida Stokgolm konferensiyasini tashkil etish arafasida “nazorat” atamasiga muqobil sifatida ishlatila boshlangan. “Monitoring - inglizcha atama bo‘lib, “uzluksiz kuzatish” degan ma’nosini anglatadi. Monitoringga ijtimoiy boshqaruv nazariyasida eng muhim, boshqaruv sohasidagi nisbatan mustaqil bo‘lim sifatida qaraladi hamda ta’lim monitoringi doirasida pedagogik faoliyat natijalari yuzaga chiqariladi va baholanadi. Respublikamizda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘qitish sofati monitoring tizimi samarali yo‘lga qo‘yilgan. Umumiy o‘rta ta’lim sifatini nazorat qilishning turlari quyidagilardan iborat: ichki nazorat - O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan tartib asosida umumiy o‘rta ta’lim muassasasining monitoring guruhi tomonidan amalga oshiriladi; tashqi nazorat - ta’lim sohasidagi vakolatli davlat organlari, hududiy xalq ta’limi boshqaruvi organlari tomonidan amalga oshiriladi; davlat- jamoatchilik nazorati - qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hududiy xalq ta’limi boshqaruvi organlari va nodavlat notijorat tashkilotlar hamkorligida amalga oshiriladi; milliy va xalqaro darajada baholash - Hukumatning tegishli qarori hamda xalqaro shartnomalar asosida xalq ta’limi boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va xalqaro tashkilotlar hamkorligida amalga oshiriladi Umumiy o‘rta ta’lim sifatini nazorat qilishning turlari quyidagilardan iborat: ichki nazorat; tashqi nazorat; davlat- jamoatchilik nazorati; milliy va xalaaro darajada baholash. O‘qituvchilar yoki maktab ma’muriyati, o‘quvchilarning o‘zlari, ota-onalar va jamoatchilik vakillari o‘quvchilarning bilimlarini o‘quv maqsadlari asosida tekshiradilar. Mazkur yo‘nalish o‘ziga xos bir qator afzalliklarga ega bo‘lib,