O‘quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini tashxis etish
Yuklangan vaqt
2024-09-27
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
14
Faytl hajmi
41,8 KB
O‘quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini tashxis etish
Reja:
1.
Ta’lim olganlikni tashxis etishning mohiyati.
2.
O’quv jarayonida nazorat va hisobga olish funktsiyalari.
3.
Ta’lim olganlikni tashxis etish tamoyillari.
4.
O’quv faoliyati natijalarini hisobga olish turlari, shakllari va
metodlari.
5.
Bilim, ko’nikma va malakalarni baholash mezonlari.
Tayanch iboralar: Tashxis, nazorat qilish, baholash, nazorat va hisobga olish,
tekshirish, baho, xolislik, tizimlilik, ko'rgazmalilik, joriy nazorat, oraliq nazorat,
yakuniy nazorat, og'zaki tekshirish, yozma tekshirish, amaliy tekshirish, uy
vazifalarini tekshirish, reyting shkalalash, tes.
Ta'lim olganlikni tashxis etishning mohiyati. Tashxisning mohiyati haqida
gapirishdan oldin tashxisni umumiy yondashuv hamda tashxislashni amaliy
pedagogik faoliyat jarayoni sifatida farqlab olaylik. Tashxis — bu didaktik jarayon
kechadigan barcha sharoitlarni oydinlashtirishning natijalarini belgilash demak.
Tashxissiz didaktik jarayonni samarali boshqarish, mavjud sharoit uchun optimal
natijalarga erishish mumkin emas.
Ta'lim olganlikni tashxislash orqali erishilgan natijalar va ta'lim olganlik
ajratib olinadi. Shuningdek, ta'lim olganlik tashxislash vaqtida belgilangan maqsadni
amalga oshirish darajasi sifatida ham qaraladi. Didaktik tashxislashning maqsadi
o'quv jarayonida kechadigan barcha jihatlarni uning mahsuli bilan bog'liq holda, o'z
vaqtida aniqlash, baholash va tahlil qilishdan iborat. Yuqoridagilardan ma'lum
bo'ladiki, tashxis ta'lim oluvchilarning bilim, ko'nikma va malakalarini an'anaviy
tekshirishga nisbatan kengroq va chuqurroq ma'no kasb etadi. Ta'limni baholash yoki
tekshirish faqat natijalarni qayd etadi, biroq ularning kelib chiqishini izohlamaydi.
Tashxis natijalarni ularga erishish yo’llari va vositalari, usullari bilan aloqadorlikda
baholaydi,
ta'lim
mahsulining
shakllanish
jarayonlari
va
bosqichlarni
aniqlaydi.Tashxislash nazorat, tekshirish, baholash, statistik ma'lumotlar to'plash,
ularni tahlil qilish, dinamika, tendensiyalarni aniqlash, voqealarning keyingi rivojini
taxminlashni o'z ichiga oladi.
O'quvchilarning bilim, ko'nikma va malakalarini nazorat qilish, baholash
tashxislashning zaruriy tarkibiy qismlari sanaladi. Ular pedagogik texnologiyaning
ancha qadimiy usullaridir. Nazorat va baholash maktab amaliyoti rivojining doimiy
hamrohi bo'lib kelgan. Shunga qaramay, bugun ham baholashning mazmuni,
texnologiyalari haqida qizg'in munozaralar davom etmoqda. Avval bo'lgani kabi
pedagoglar baho nimani qayd etishi lozimligini aniqlashga urinmoqdalar. Ular baho
nimani ko'rsatishi lozimligi: ta'lim oluvchi o'zlashtirishning qat'iy belgilovchisi sifat
ko'rsatkichi bo'lishi kerakmi, yo aksincha, u yoki bu ta'lim tizimining ustunligi va
kamchiliklarining ko'rsatkichi bo'lishi kerakmi degan masalada bahslashib
kelmoqda. Ta'limni baholashda ziddiyatli qarashlarning tug'ilishini buyuk pedagog
Ya.A.Komenskiy ham ta'kidlab o'tgan edi. U pedagoglarni o'zlari ega bo'lgan
baholash huquqidan aql bilan foydalanishga chaqirgan. Ta'lim oluvchilarga nisbatan
nazoratning obyektiv bo'lishiga erishish didaktik tizimlarning asosida yotadi.
Olimlarning ta'kidlashicha, demokratlashgan ta'lim tizimida yuzaki (formal)
nazorat bo'lmasligi lozim. Didaktik nazorat o'qitishning o'ziga xos metodi sifatida
aniq ifodalangan ta'lim beruvchi, rivojlantiruvchi yo'nalganlikga ega bo'lishi, o'z-
o'zini nazorat qilish bilan birlashishi, eng avvalo, ta'lim oluvchining o'zi uchun zarur
va foydali bo'lishi lozim. Ta'lim tizimini demokratlashtirish bilim, ko'nikma va
malakalarni nazorat va baholashdan emas, balki baho yordamida o'qishga
undashning eskirgan shakllaridan voz kechishni talab qiladi. O'quvchilarning o'quv
mehnatini rag'batlantirishning yangi usullarini izlash, ta'lim va tarbiya sohasida kuch
to'plab borayotgan shaxsiy foyda tamoyili yangicha yondashuvlarni belgilab beradi.
Tashxislash tizimida baho rag'batlantirish vositasi sifatida bir qator afzalliklarga ega
bo'ladi. Birinchi navbatda, baholovchi fikrlar (ballar) qo'llanishi mumkin bo'lgan
tashxislash natijalari shaxsning o'z darajasini belgilashga ko'maklashadi, bu esa
raqobatli ta'lim sharoitlarini yaratishda muhim omil sanaladi. Ta'lim (shuningdek,
nazorat)ning ixtiyoriyligi tamoyili bilan boyitilgan baho o'tmishda ko'plab
o'quvchilar uchun majburiy ta'limning zaruriy vositasidan shaxsiy reyting —
insonning jamiyatdagi mavqei ko'rsatkichini tadrijiy aniqlash usuliga aylanadi.
O’quv jarayonida nazorat va hisobga olish funktsiyalari. Ta'lim
jarayonining muhim tarkibiy qismlaridan biri — nazorat va hisobga olishdir. Bu
tushunchalar o'ziga xos mohiyat va xususiyatlarga ega. O'qituvchi nazorat va
hisobga olishni to'g'ri tashkil etsa, ta'lim jarayonining samaradorligi ortadi. Buning
uchun o'qituvchi o'quvchining o'quv materiallarini o'zlashtirish darajasini aniqlab
borishi lozim.
Nazorat (ta'lim jarayonida) ta'lim oluvchining bilim, ko'nikma va malakalari
darajasini aniqlash, o'lchash va baholash jarayonini anglatadi. Aniqlash va o'lchash
esa tekshirish deb ataladi.
Tekshirish — nazoratning tarkibiy qismi bo'lib, uning asosiy didaktik vazifasi
o'qituvchi va o'quvchilar o'rtasida aks aloqani ta'minlash, pedagog tomonidan o'quv
materialini o'zlashtirish haqida obyektiv axborot olinishi hamda bilimlardagi
kamchilik va nuqsonlarni o'z vaqtida aniqlashdir. Tekshirishning maqsadi nafaqat
o'quvchining bilim darajasi, sifati, balki uning o'quv mehnati hajmini ham
aniqlashdan iborat. O'quvchilarning bilim va malakalarini tekshirish quyida
ko'rsatilgan mantiqiy ketma-ketlikda olib borilishi kerak:
Tekshirish tizimidagi birinchi bo'g'in ta'lim oluvchilarning bilim darajasini
oldindan aniqlash hisoblanadi. Odatda, u o'quv yili boshida o'quvchilar tomonidan
avvalgi o'quv yilida o'zlashtirilgan bilimlari darajasini aniqlash maqsadida
o'tkaziladi. Bu kabi tekshirish, shuningdek, o'quv yilining o'rtasida yangi bo'lim
(kurs)ni o'rganishga kirishilganda ham o'tkazilishi mumkin va o'rinli bo'ladi.
Bilimlarni tekshirishning ikkinchi bo'g'ini har bir mavzuni o'zlashtirish
jarayonidagi joriy tekshirishdir. Joriy tekshirish ta'lim oluvchilar tomonidan o'quv
dasturida belgilangan ayrim alohida elementlarni o'zlashtirish darajasini tashxislash
imkonini beradi. Mazkur tekshirishning asosiy vazifasi o'rgatishdir. Bunday
tekshirishning shakl va metodlari turlicha bo'lib, ular o'quv materiali mazmuni,
murakkabligi, o'quvchilarning yoshi va tayyorgarligi, ta'lim bosqichi va maqsadlari,
muayyan pedagogik sharoitlarga bog'liq bo'ladi.
Takroriy tekshirish bilim, ko'nikma va malakalarni tekshirishning uchinchi
bo'g'ini sanalib, joriy tekshirish kabi mavzuli bo'lishi mumkin. Yangi mavzuni
o'rganish bilan birga o'quvchilar avval o'rganilganlarni takrorlaydilar. Takroriy
tekshirish bilimlarni mustahkamlashga ko'maklashadi, biroq o'quv ishlari bosqichini
tavsiflash, bilimlarni o'zlashtirish mustahkamligi darajasini tashxislash imkonini
bermaydi. Ushbu tekshirish tashxisning boshqa turlari va metodlari bilan birga
qo'llanilsagina kutilgan samarani beradi.
Tizimning to'rtinchi bo'g'ini o'quvchilarning bilim, ko'nikma va malakalarini
yaxlit bo’lim yoki kursning alohida mavzusi bo'yicha davriy tekshirish
hisoblanadi. Mazkur tekshirishning maqsadi — kursning turli qismlarida
o'rganilgan o'quv materialining strukturaviy elementlari o'rtasidagi o'zaro
aloqalarni o'zlashtirish sifatini tashxislash. Davriy tekshirishning asosiy vazifasi —
tizimlashtirish va umumlashtirish.
Tekshirishni tashkil etishda beshinchi bo'g'in ta'lim oluvchilarning, ta'lim
jarayonining barcha bosqichlarida egallangan bilim, ko'nikma va malakalarini
yakuniy tekshirish va hisobga olishdir. O'zlashtirishning yakuniy hisobi har bir
chorak va o'quv yili oxirida o'tkaziladi. U olingan baholarni qo'shib, o'rtacha
arifmetik ballni mexanik tarzda chiqarishdangina iborat bo'lmasligi lozim. Bu,
avvalo, mazkur bosqichda belgilangan maqsadga muvofiq tarzda amaldagi ta'lim
olganlik darajasi (sifati)ni tashxislashdir.
Tekshirishdan tashqari nazorat o'z ichiga baholashni (jarayon sifatida) va
bahoni (natija sifatida) ham oladi. Baholash deb bilim, ko'nikma va malakalarni
o'quv dasturida ko'rsatilgan etalon (ko'rstakich, qolip, o'lchagich)lar bilan
solishtirishni aytamiz. Baho deb baholashning ball shaklida ko'rsatilgan son jihatdan
o'lchamiga aytiladi. O'zlashtirish tabellari, sinf, guruh jurnallari, reyting daftarchalari
va shu kabilarda baholar shartli belgilar, kod signallari, xotiralash belgilari va
hokazolar baho ko'rinishida qayd etiladi. O'quvchining o'zlashtirish darajasini
baholash uchun nazorat yakunlari (natijalari) asos bo'ladi. Bunda o'quvchilar
ishining ham sifat, ham miqdor ko'rsatkichlari hisobga olinadi. Miqdor
ko'rsatkichlari ko'proq ballar yoki foizlarda, sifat ko'rsatkichlari esa a'lo, yaxshi,
qoniqarli va hokazo baholovchi fikrlar yordamida qayd etiladi. Har bir baholovchi
fikrga oldindan kelishilgan (belgilangan) ball, ko'rsatkich (masalan, o'rin — 1, 2, 3,
4 va hokazo) tayinlanadi. Bunda baho o'lchash va hisoblashlar natijasida olinadigan
son emas, balki baholovchi fikrga yuklangan ma'no ekanini unutmaslik muhim.
Baholarni son sifatida qo’yilishga berilib ketishning oldini olish uchun bir qator
mamlakatlarda baholar harfli (A, V, S, D va hokazo) ifodaga ega.
Bahoni amalda egallangan bilim, ko'nikma va malakalar bilan davlat ta'lim
standartiga ko'ra o'zlashtirilishi belgilangan bilim, ko'nikma va malakalar umumiy
hajmi o'rtasidagi nisbat sifatida tushunish (ta'riflash)dan ta'lim darajasining miqdoriy
mazmuni kelib chiqadi.
B= Т
А ∙ 100%
O'zlashtirish (ta'lim samaradorligi) ko'rsatkichi B-AT100% nisbat asosida
hisoblanadi. Bunda:
B — o'zlashtirish (ta'lim samaradorligi) bahosi;
A - amalda o'zlashtirilgan bilim va malakalarning hajmi;
T— o'zlashtirish uchun taklif etilgan bilim va malakalarning to'liq hajmi.
Ko'rinib turibdiki, o'zlashtirish ko'rsatkichi (baho) bu o'rinda 100% — axborotni
to'liq o'zlashtirish va 0% — uning umuman mavjud emasligi o'rtasida bo'ladi.
Ma'lumki, baholash funksiyasi ta'lim darajasini qayd etish bilangina cheklanmaydi.
Baho - pedagog ixtiyoridagi o'qishni, ijobiy motivatsiyani rag'batlantirishning va
shaxsga ta'sir ko'rsatishning yagona vositasi. Aynan xolis (obyektiv) baholash ta'sirida,
o'quvchilarda adekvat o'z-o'zini baholash, shaxsiy muvaffaqiyatlarga tanqidiy
munosabat yuzaga keladi. Shu bois bahoning ahamiyati, vazifalarining xilma-xilligi
o'quvchilar o'quv faoliyatining barcha jihatlarini aks ettiradigan va ularni aniqlashni
ta'minlaydigan ko'rsatkichlarni izlab topishni talab etadi.
O'qituvchi o'qitish bilan bir vaqtda o'quvchilarning o'rganilayotgan mavzuni
qanday qilib idrok etishini, esda saqlashga harakat qilishini va uni amalda qo'llash
malakalarini egallashini hisobga olib borishi kerak. Hisobga olish — bu o'qitishning
muayyan bir davrida o'quvchilar va o'qituvchi faoliyatini umumlashtirib xulosalash.
Hisobga olish natijasida o'qituvchi ham, o'quvchi ham o'zlarining keyingi
bajaradigan ishlarining shaklini va mazmunini belgilaydi. O'zlashtirishni hisobga
olish o'quvchilarning bilish faoliyatini rag'batlantirib, ma'lum bir harakatlarni
bajarish uchun uning irodasini tarbiyalaydi. Shuningdek, o'zlashtirishni hisobga
olish o'qituvchining faoliyatini ham tashkil etadi. O'qitish metodlari va shakllarining
tobora takomillashuvi natijasida baho o'qituvchining pedagogik mahorati
ko'rsatkichiga aylanmoqda va o'qituvchining o'z malakasini oshirib borishida muhim
ahamiyatga ega bo'lmoqda.
To'g'ri tashkil etilgan hisobga olish natijasida o'qituvchi o'quvchilarning
o'zlashtirishini aniq baholay oladi, ularning o'z bilimlarini takomillashtirishga
intilishini yuzaga keltiradi, aqliy va axloqiy rivojlanishiga ta'sir etadi.
O'quvchilarning o'zlashtirish natijalarini hisobga olishda quyidagilarga e'tiborni
qaratish lozim:
1) o'quv dasturi asosida mavzu va bo'limni o'rganishda o'quvchilarning bilim,
ko'nikma va malakalarini har tomonlama nazorat qilish;
2) har bir yakunlangan mavzu bo'yicha o'quvchilarning faoliyati to'g'risida
to'liq xulosa chiqarish;
3) o'rtacha arifmetik ma'lumotlarga tayanibgina o'quvchilarning o'zlashtirish
darajasini baholamaslik;
4) o'quvchilarning mavjud bilimlariga aniq, batafsil ma'lumot (tavsif) berish
uchun ularning bir necha o'quv yilidagi statistic o'zlashtirish ma'lumotlarga
asoslanib tahlil etish.
Demak, o'zlashtirishni nazorat qilish va hisobga olish nazorat, o'qitish,
tarbiyalash va rivojlantirish vazifalarini bajaradi.
Nazorat qilish vazifasi o'quvchilarning bilim, ko'nikma va malakalari darajasini
aniqlash va baholashdan iborat. Bu o'quv materiallarini o'rganishning keyingi
bosqichiga o'tish imkoniyatlarini aniqlashtiradi hamda o'qituvchining o'quv
metodlarini va usullarini to'g'ri tanlaganini nazorat qiladi. Nazorat qilish vazifasi
o'quv materiallarini o'rganishning maqbul yo'llarini topish bilan bog'liqdir.
O’qitish vazifasi o'quvchilarning bilimini tekshirishda aniq ko'rinadi. Yangi
mavzuni
mustahkamlash
jarayonida
yoki
uy
vazifalarini
tekshirishda
o'quvchilarning o'tilgan mavzuni takrorlashga, ular uchun tushunarsiz bo'lgan
ma'lumotlarni bilib olishlariga imkon tug'iladi. Chunki guruhdagi boshqa
o'quvchilar javob berayotgan o'quvchining fikrlarini diqqat bilan tinglashadi va
avval egallangan bilimlarni mustahkamlab, qo'shimcha ma'lumotlar bilan
boyitishadi. O'rtoqlarining javoblariga qo'shimcha qilishga yoki yechilmay qolgan
savollarga javob berishga shaylanish orqali o'rganilgan mavzuni aniqlashtirishga
harakat qiladi.
Nazoratning tarbiyalash vazifasi shundan iboratki, o'quvchilar tekshirishga
tayyor bo’lish uchun darslarni o'z vaqtida tayyorlaydilar, bo'sh vaqtlaridan unumli
foydalanishga harakat qiladilar, intizomga o'rganadilar.
Shuningdek, tekshirish va baholash o'quvchining o'z bilimlari va qobiliyatlarini
o'zi mustaqil aniqlashiga ham yordam beradi. O'zidagi kamchiliklarni ko'ra olishga
va uni tugatish yo'llarini izlashga ko'maklashadi. Lekin o'quvchining bilimini
baholashda o'qituvchi nohaqlikka yo'l qo'ysa, o'quvchi bilan o'qituvchi o'rtasida
ziddiyat kelib chiqadi. Uy vazifalarining esa haddan ziyod ko'p bo'lishi ham
o'quvchilarning yuzaki dars tayyorlashiga olib keladi.
Eng asosiysi, o'zlashtirishni hisobga olish, shaxsning ijobiy fazilatlarini
shakllantirish, yaxshi o'qishga xohish uyg'otish, o'quv ishlariga vijdonan yondashish,
javob berishga tayyorlanishda mustaqil bo’lish hamda bilish faoliyatini
chuqurlashtirishga qaratilmog'i lozim. Agar nazoratning o'qitish va tarbiyalash
vazifalari to'g'ri amalga oshirilsa, shaxsning tafakkurini rivojlantirishga, xis-tuyg'ulari
va axloqiy sifatlarini tarbiyalashga imkon tug'iladi. Bu esa o'z-o'zidan nazoratning
rivojlantiruvchi vazifasi sanaladi.
Ta’lim olganlikni tashxis etish tamoyillari. Pedagogikada o'quvchilarning
ta'lim olganligini tashxislash va nazorat qilish tamoyillarining tizimi ishlab
chiqilgan. Ulardan eng muhimlari xolislik (obyektivlik), tizimlilik (sistemalilik),
ko'rgazmalilik (oshkoralik) sanaladi. Xolislik (obyektivlik) tashxis testlari
(topshiriqlari, savollari), tashxis jarayoni mazmunining ilmiy asoslanganligi,
pedagogning barcha ta'lim oluvchilarga do'stona munosabati hamda bilim,
malakalarni baholashning aniq ko'rinishda belgilangan mezonlaridan iborat. Amalda
tashxisning xolisligi qo'yilgan baholar nazorat metodlari va vositalaridan, tashxis
o'tkazgan o'qituvchidan qat'i nazar hamma vaqt mos kelishini anglatadi.
Tizimlilik (sistemalilik) tamoyilining talabi shundan iboratki, tashxislash
nazoratini ta'lim jarayonining barcha bosqichlarida — bilimlarni boshlang'ich idrok
etishdan to amalda qo'llashgacha bo'lgan bosqichlarida olib borish kerak.Tizimlilik
barcha ta'lim oluvchilar o'quv muassasasida bo'lgan birinchi kundan boshlab
oxirigacha muntazam tashxisga jalb etilishini anglatadi. Ta'lim oluvchining bilimi va
egallashi lozim bo'lgan barcha jihatlarni ishonchli tekshirish uchun ta'lim nazoratini
tez-tez o'tkazish kerak. Tizimlilik tamoyili tashxis o'tkazishga bir butun yondashuvni
talab etadi-ki, bunda nazorat, tekshirish, baholashning turli shakllari, metodlari,
vositalari uzviy o'zaro bog'liqlikda va birlikda qo’llaniladi, bir maqsadga xizmat
qiladi. Bu kabi yondashuv tashxisning ayrim metodlari va vositalarini
mutlaqlashtirishga yo'l qo'ymaydi.
Ko'rgazmalilik (oshkoralik) tamoyili avvalo, barcha ta'lim oluvchilarni aynan
bir xil mezonlar bo'yicha ochiq sinovdan o'tkazishni anglatadi. Tashxis jarayonida
belgilanadigan har bir o'quvchi reytingi ko'rgazmali, qiyosiy xarakterga ega.
Oshkoralik tamoyili, shuningdek, baholarni e'lon qilish va motivatsiyalashni talab
etadi. Baho mo'ljal (orientir) bo'lib, ta'lim oluvchilar unga muvofiq o'zlariga
qo'yiladigan talablar va pedagogning xolisligi haqida fikr yuritadi. Tamoyilni amalga
oshirishning zarur sharti tashxislash natijalarini e'lon qilish, ularni manfaatdor
shaxslar ishtirokida muhokama va tahlil qilish, nuqsonlarni tugatishning istiqbolli
rejalarini tuzish hisoblanadi.
O’quv faoliyati natijalarini hisobga olish turlari, shakllari va metodlari.
Respublikamiz oliy o’quv yurtlarida Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligining 2010
yil 25 avgustdagi 333 – sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim
muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi
to’g’risidagi muvaqqat Nizom”iga oid nazorat turlari quyidagicha:
- joriy nazorat;
- oraliq nazorat;
- yakuniy nazorat.
Joriy nazorat o'qituvchi tomonidan o'quvchilarning har bir o'quv ishini
muntazam nazorat qilishni hamda ularning o'rganilgan mavzularni o'zlashtirish
bo'yicha bilim, ko'nikma va malakalari darajasini tekshirishni o'z ichiga oladi. Bilim
darajasini tekshirish fanning har bir mavzusi bo'yicha kundalik ballar qo'yib borishni
nazarda tutadi. Joriy nazorat o'qituvchini har bir o'quvchining o'quv faoliyati
bo'yicha tezkor ma'lumotlarbilan ta'minlaydi, o'qitish jarayonini boshqarishda
yaxshi natija beradi, o'zlashtirmagan o'quvchilarni o'z vaqtida aniqlaydi,
o'zlashtirmaslikni bartaraf etish bo'yicha choralar belgilaydi.
Oraliq nazorat — bu o'quvchilar tomonidan mazkur fanning muayyan bob yoki
bo'limlarining o'zlashtirilganini tekshirish. Oraliq nazoratni o'qituvchi dars jadvali
asosida darsda o'quv materialining o'ziga xos xususiyatini hisobga olgan xolda
o'tkazadi. Oraliq nazorat o'tkazishdan oldin o'quvchilar ogohlantiriladi. Har bir
oraliq tekshirish alohida-alohida shkala asosida baholanadi.
Yakuniy nazorat— choraklik, yarim yillik, yillik va davlat attestatsiyasi sinovlari
singari turlarga bo'linadi. Yakuniy nazorat og'zaki, yozma, test hamda amaliy
topshiriqlarni bajarish metodlari asosida o'tkaziladi.
Nazoratning shakli o'quv ishini tashkil etish shakliga bog'liq bo'ladi. O'qituvchi
uni mavzudan kelib chiqib tanlaydi. Nazoratning asosiy besh shakli mavjud:
- nazoratning ommaviy (frontal) shaklida o'qituvchi o'quvchilarga
materialning ma'lum bir hajmi bo'yicha savol beradi, o'quvchilar unga qisqa javob
qaytaradi. Mazkur so'rash ko'pchilik o'quvchini nazorat qilishni ta'minlaydi va butun
guruhni faollashtiradi. Ammo bu nazoratni o'quvchilarning bilim darajasini har
tomonlama aniqlash uchun qo'llab bo'lmaydi;
- nazoratning guruhli shaklida o'quvchilarning ma'lum bir qismi nazorat
qilinadi. O'qituvchi tomonidan o'quvchilar guruhiga vazifa beriladi va uni shu guruh
bajaradi. Lekin masalani hal qilishda boshqa o'quvchilar ham qatnashishi mumkin.
Guruh ishlayotgan paytda qolgan o'quvchilar bo'sh qolmaydi, ular o'rtoqlarining
bajargan ishlarini baholash uchun o'z ustilarida ishlab o'tiradi;
- nazoratning individual shaklidan har bir o'quvchining bilim, ko'nikma va
malakasi bilan mukammal tanishish uchun foydalaniladi. Nazoratning bu shaklida,
odatda o'quvchilar javob berish uchun sinf taxtasi oldiga chaqiriladi;
- nazoratning kombinatsiyalangan (biriktirilgan)shakli individual nazoratni
ommaviy va guruhli shakllar bilan birlashtirishni taqozo etadi. Bu nazoratdan hajmi
katta mavzularni barcha o'quvchilardan so'rash kerak bo'lgan vaqtda foydalanadi.
Har bir o'quvchiga alohida topshiriq beriladi va bir vaqtda bir necha o'quvchini
tekshirish mumkin bo'ladi;
- o'z-o'zini nazorat qilish shakli ta'lim jarayonida ichki aks aloqaning
bo'lishini ta'minlaydi. Nazoratning bu shakli psixologik mezonlarga asoslanadi.
Uning samaradorligi o'qituvchining kasbiy mahoratiga bog'liq bo'ladi;
O'quvchilarning o'quv faoliyatini nazorat qilish metodlari quyidagilar:
og'zaki tekshirish, yozma tekshirish, amaliy topshiriqlarni bajarishga asoslangan
tekshirish, uy vazifalarini tekshirish.
Og'zaki tekshirish. Bu metod bilimlarni nazorat qilish va baholashning ancha
keng tarqalgan an'anaviy usullaridan biridir. Og'zaki tekshirishning mohiyati
shunda ko'rinadiki, o'qituvchi o'quvchilarga o'rganilgan mavzuning mazmunidan
kelib chiqib, savollar beradi va ularni javob berishga undaydi. Ana shu tarzda
ularning o'zlashtirish darajasini aniqlaydi. Og'zaki tekshirish o'quvchilarning
bilimlarini tekshirishni savol-javob usuli asosida amalga oshiriladi. Ushbu usul
ayrim hollarda suhbat usuli deb ham ataladi. Og'zaki tekshirishda o'qituvchi
o'rganilayotgan mavzuni alohida qismlarga ajratadi va ularni har biridan
o'quvchilarga savollar beradi. Biroq o'quvchilarning nutqini o'stirish hamda
ularning chuqur va mustahkam bilimga ega bo'lishlari uchun ulardan shu yoki oldingi
mavzuni butunlay esga tushirishni talab qilish mumkin.
Yozma tekshirish — o'quvchilarning bilim, ko'nikma va malakalarini nazorat
qilish va baholashning eng samarali usullaridan biri bo'lib, ularning ijodiy
qobiliyatlarini baholash imkonini beradi. Mazkur usulning mohiyati shundaki,
o'qituvchi alohida mavzu yoki o'quv dasturining ma'lum bo'limini o'tib bo'lganidan
so'ng oz vaqtning ichida barcha o'quvchilarni tekshirishi mumkin. Yozma tekshirish
nazorat ishi, insho, bayon, diktant va b. yordamida olib boriladi. Ammo o'qituvchi
va o'quvchi o'rtasida bevosita aloqaning yo'qligi sababli uning fikrlashini kuzatish
imkoni bo'lmaydi.
Amaliy topshiriqlarni bajarishga asoslangan tekshirish. Bajarilayotgan amaliy
harakatlar (sport, mehnat harakatlari)ning to'g'riligini kuzatish yoki olingan
natijalarga tayanishdan iborat bo'lishi mumkin. Amaliy tekshirish tabiiy-matematik
sikldagi
fanlardan
o'quvchilarning
o'zlashtirishini
hisobga
olishda
keng
foydalaniladi. Bu usul yordamida o'quvchilarning olgan bilimlarini amaliyotda
qo'llay olish malakasi aniqlanadi.
Uy vazifalarini tekshirish. O'quvchilarning o'zlashtirishini nazorat qilish
uchun ularning uyga berilgan vazifalarni bajarishini tekshirish katta ahamiyatga
ega. Uy vazifalarini tekshirish o'qituvchiga o'quvchilarning o'quv ishiga bo'lgan
munosabatini, o'rganilgan materialni qanchalik egallaganligini, uy vazifalarini
bajarishdagi mustaqillik darajasini aniqlashga imkon beradi.
Ma'lumki, bugun ta'lim tizimida reyting nazoratidan keng foydalanilmoqda.
Reyting – bu inglizcha so’z bo’lib, uning ma’nosi «individual koefisient» yoki
«baho» demakdir. Reyting tizimi (RT) – bu talabalarni faol o’quv faoliyatiga
rag’batlantiruvchi va muhim asosli kuchga ega bo’lgan talabalar bilimini nazorat
qilish va baholash tizimi.
Reyting
deganda
baholash,
tartibga
keltirish,
klassifikatsiyalash(tizimlashtirish, sinflash), bironta hodisani oldindan belgilangan
shkala bo'yicha baholash tushuniladi. Reyting nazorati o'quvchining ma'lum bir
fandan reytingini aniqlaydi.
Shkalalash — aniq jarayonlarni raqamlar tizimi yordamida modellashtirish.
Reyting nazoratida o'quvchilarning o'quv faoliyatini nazorat qilishning yuqorida
keltirilgan metodlari bilan birga test usulidan ham samarali foydalanilmoqda. Test
so'rovidan nafaqat o'quvchilarning bilim, ko'nikma va malakalari darajasini aniqlash,
balki 1993-yildan boshlab O'zbekiston Respublikasida abituriyentlarni oliy o'quv
yurtlariga tanlov asosida qabul qilish jarayonida ham samarali foydalanib
kelinmoqda.
Test — aniq maqsad asosida, muayyan holat darajasini sifat va miqdoriy
ko'rsatkichlarda belgilashga imkon beruvchi sinov vositasi. Umuman olganda test
so’zi inglizchadan olingan bo’lib, u sinov, tekshirish, tadqiqot ma’nolarini bildirib
“Sinalayotgan shaxsning psixo xususiyatlarini, shuningdek, intellektual rivoji,
qobiliyati va malakasini tekshirishda qo’llaniladigan standart mashqlar” demakdir.
Pedagogik amaliyotda testning bir qator afzalliklari ko'zga tashlanadi. Ular
quyidagilardir:
1) nazorat uchun vaqtning kam sarflanishi;
2) nazariy va amaliy bilim darajasini obyektiv sharoitda aniqlash imkonining
mavjudligi;
3) bir vaqtning o'zida ko'p sonli o'quvchiiar bilan nazoratni tashkil etish
mumkinligi;
4) bilim natijalarining o'qituvchi tomonidan qisqa muddatda tekshirilishi;
5) barcha o'quvchilarga bir xil murakkablikdagi savollar berilib, ular uchun bir
xil sharoitning yaratilishi.
Ta’lim tizimi uzluksiz ravishda islohotlarni amalga oshirishni talab etadigan
sohadir. Ta’lim tizimida isloxotlarni amalga oshirish jarayonida o'qituvchilarning
bilim, ko'nikma va malakalarini nazorat qilish va baholash ham yangicha mazmun
kasb etdi. Davlat ta'lim standartlarining ishlab chiqilganligi, yangi o'quv dasturining
amaliyotga joriy etilganligi, erkin va mustaqil fikrlovchi shaxsni tarbiyalashga
nisbatan yuqori talabning qo'yilayotganligi, Ta’lim amaliyotiga pedagogik
texnologiyalar olib kirilayotganligi, o'quvchilarni kasbga muvaffaqiyatli yo'llash
maqsadida psixologik va pedagogik diagnostika barcha turdagi Ta’lim
muassasalarida keng ko'lamda amalga oshirilayotganligi kabi holatlar ko'zga
tashlanayotgan bir vaqtda o'quvchilarning bilim, ko'nikma va malakalarini eng
samarali shakl, metod va vositalar yordamida nazorat qilish hamda baholash muhim
ahamiyatga ega.
O'quvchilar bilimini baholashning besh balli tizimining eskirganligi va zamon
talablariga javob bera olmagani uchun uni reyting tizimi asosida baholash uslubi
bilan almashtirish davr taqozasiga aylandi. Shu o'rinda «qanday sabablarga ko'ra
besh balli baholash mezoni o'zini oqlamadi?» degan savolga javob berish o'rinlidir:
Birinchidan, O'zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi» ta'limni dekmokratik va insonparvarlik tamoyillari asosida rivojlantirishni
nazarda tutadi. Besh balli baholash tizimi qattiq qo'llikni, o'qituvchining
mustabidligi hamda uning Ta’lim jarayonida yakka hukmronligini ta'minlashga
xizmat qilib kelgan. Demak, ushbu jarayonda talab va amaldagi holat bir-biriga
muvofiq kelmaydi.
Ikkinchidan, baholash mezoni o'qituvchi va o'quvchi o'rtasida ixtiloflarni
keltirib chiqarishga emas, aksincha, o'zaro faol hamkorlik, bir-birini tushuna
olishlari uchun xizmat qilishi lozim.
Uchinchidan, baholash mezoni faqatgina o'quvchilar tomonidan bilim,
ko'nikma va malakalarning o'zlashtirilish darajasini nazorat qilish uchungina emas,
balki ta'limni tashxis etishning faol ko'makchisiga aylanishi zarur.
Baholashning besh balli tizimi birdan beshgacha farqlanuvchi dastlabki
baholar qo'yish tartibini bildirib, mohiyati esa baholarning o'rtasidan kelib chiqqan
holda choraklik (yillik) o'zlashtirish natijalarini aniqlash tartibidan iborat.
Masalan, o'quvchi biror o'quv fanidan uchta nazorat ishini 3, 4 va 5 ga
bajargan, joriy nazorat bo'yicha ham shunday natijalarni qayd etgan bo'lsa, unga
chorak uchun «4» baho qo'yiladi. Bu esa joriy, oraliq va yakuniy nazorat paytida
yaxshi tayyorgarlik ko'rgan o'quvchining ijobiy baholanishi o'rniga, chorak yoki yil
oxirida muayyan mavzudan «5» bahoga berilgan javoblarining mutlaqo inobatga
olmasligiga sabab bo'ladi.
Reyting tizimida o'zlashtirish natijasi nazoratning ko'rsatilgan barcha
shakllardan o'tish jarayonida to'plangan ballarni qo'shish yo'li bilan aniqlanadi.
Harbir nazorat turi uchun 10 balldan taqsimlanganda (o'quv fani uchun 100 ball
hisobida) unga 7, 5, 8, 7 ball qo'yilsa, o'quvchining chorak yoki yarim yillik uchun
to'plagan bali 27 ballni tashkil etadi, bu esa 55 foizdan kam, shuning uchun u
yetarlicha reyting balini to'plamaguncha va barcha nazorat shaklidan o'tmaguncha
attestatsiya qilinmaydi. Demak, reyting tizimi olingan baho bilan egallangan bilim
o'rtasida tafovut kelib chiqishining oldini oladi.
Reyting tizimi yana bir qator afzalliklarga ega, chunonchi:
- Ta’lim jarayonida baholash tizimi imkoniyatlarini kengaytirish;
- o'quvchi bilimini eng adolatli mezonlar yordamida aniqlash;
- ta'limni standartlashtirish jarayoni uchun zarur imkoniyatlarni ochib berish;
- Ta’lim standartlarida ko'zda tutilgan o'quv dasturiga kirgan majburiy
ixtiyoriy mavzularning to’laligicha o'zlashtirilishi;
- o'quvchilarda o'z ustida mustaqil ishlashga intilish, erkin fikr yuritish,
bilimlarni egallashga nisbatan izchil yondashuv yuzaga keladi;
- o'quvchilarda yomon baho olishga bo'lgan qo'rquv yo'qolib, uning o'rniga
bilimlarni ixtiyoriy o'zlashtirish, mavjud kamchilik va nuqsonlarni bartaraf etish
yo'lida mustaqil ishlash imkoniyati yaratiladi. Boshqacha aytganda, qo'rquv o'rniga
intilish, rejalashtirish, harakat qilishga ehtiyoj tug'iladi, o'rganishga nisbatan
qiziqish ortadi.
Bilim, ko'nikma va malakalarini baholash mezonlari. O'quvchilarning bilim,
ko'nikma va malakalarini baholash mezonlari hamma vaqt bahs talab mavzu bo’lib
kelgan. Chunki u turli adabiyotlarda turlicha yoritilgan. Biroq mavjud qarashlarni
umumlashtirib aytish mumkinki, o'quvchilarning bilim, ko'nikma va malakalarini
baholash mezonlari har bir fanning maqsad va vazifalariga, shuningdek, sinf
(guruh)dagi o'quvchilarning o'zlashtirish darajasiga tayangan holda belgilanadi.
Shuningdek, baholash mezonlarini ishlab chiqishda o'quvchilarning og'zaki javob
berishlari, ko'nikma va malakalariga alohida-alohida yondashiladi. Masalan, ximiya
darsidan baholash mezonlariga o'quvchilarning og'zaki javoblari, amaliy topshiriqlarni
bajara olishlari va amalda mavjud bilimlarini namoyish eta olishlari inobatga olinadi.
Buni «4» baho misolida aniqiashtiramiz.
Og'zaki javob berishda «4» baho qo'yiladi, agar: a) o'rganilayotgan mavzu
yuzasidan to'g'ri javoblar bersa; b) material mantiqiy ketma-ketlikda aniq bayon
etilsa; d) o'qituvchi talabi bilan tuzatilgan ikki-uchta unchalik ahamiyatga ega
bo'lmagan xatolarga yoki ba'zi to'liq bo'lmagan javoblarga yo'l qo'ysa.
Yozma topshiriqni bajarishda «4» baho qo'yiladi, agar: a) masalani yechishda
va izohlashda muhim xato bo'lmasa; b) topshiriqni bajarish va izohlashda muhim
ahamiyatga ega bo'lmagan bir-ikki xatoga yo'l qo'yilsa yoki bitta izohning mohiyati
ochib berilmagan bo'lsa.
Amaliy bilimlarni namoyish eiishda «4» baho qo 'yiladi, agar: a) ishni to'liq,
muhim xatolarsiz bajarsa, natija chiqara olsa; b) ishni bajarishda, tajribani
tugallashda ikki-uch muhim bo'lmagan xatolarga yo'l qo'ysa. Yuqoridagilardan
kelib chiqib shunday xulosa chiqarish mumkin:
5»baho qo'yiladi, agar: a) o'quvchi dasturdagi materialni to'liq o'zlashtirib
olgan bo'lsa; b) o'rganilgan mavzu bo'yicha asosiy fikrlarni ochib bera olsa; e)
egallangan bilimlarni amalda erkin qo'llay olsa; g) o'rganilgan mavzuni bayon
qilishda, yozma ishlarda xatolarga yo'l qo'ymasdan, ma'lumotlarni tushuntirib bera
olsa.
«4»baho qo'yiladi, agar: a) o'quvchi o'rganilgan mavzuning mohiyatini bilsa;
b) o'qituvchining savollariga qiynalmasdan javob bera olsa; e) egallangan bilimlarni
amaliyotda qo'llay olsa; g) og'zaki javob berishda jiddiy xatolarga yo'l qo'ymasdan,
o'qituvchining qo'shimcha savollari bilan xatolarini to'g'rilay olsa hamda yozma
ishda uncha jiddiy bo'lmagan xatoga yo'l qo'ysa.
«3»baho qo'yiladi, agar: a) o'quvchi o'rganilgan mavzuni o'zlashtirgan, lekin
mustaqil tushuntirib berishda o'qituvchining aniqlashtiruvchi savollariga ehtiyoj
sezsa; b) savollarning mantiqiy tuzilishini o'zgartirib berganda, javob berishga
qiynalsa; e) yozma ishda xatolari bor bo'lsa.
«2» baho qo'yiladi, agar: a) o'quvchi o'rganilgan mavzu haqida tushunchaga
ega, biroq mavzuni o'zlashtirmagan, b) yozma ishda qo'pol xatolarga yo'l qo'ysa.