O‘QUVCHILARNING MEHNAT, JISMONIY VA ESTETIK TARBIYASI
Yuklangan vaqt
2024-04-11
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
9
Faytl hajmi
23,7 KB
O‘QUVCHILARNING MEHNAT, JISMONIY VA ESTETIK TARBIYASI
Tayanch tushunchalar: mehnat, mehnat tarbiyasi, mehnat turlari, jismoniy
tarbiya, jismoniy yetuklik, jismoniy tarbiya vositalari, estetika, estetik tarbiya,
astetik madaniyat.
Mehnat tarbiyasi. Mehnat tarbiyasining maqsadi o’quvchilarda mehnatga ongli
munosabatni shakllantirishdir. Mazkur maqsadga erishish yo’lida quyidagi
vazifalarni ijobiy hal etish maqsadga muvofiq:
yosh avlodda mehnat qilish istagini qaror toptirish va ularni zamonaviy ishlab
chiqarishning turli sohalarida faoliyat yuritishga tayyorlash;
o’quvchilarda umumjamiyat manfaati yo’lida mehnat qilish ehtiyojini hosil qilish;
ularning aqliy qobiliyatlarini rivojlantirish;
o’quvchilarning mavjud bilimlarini uzluksiz ravishda takomillashtirib borishlari
uchun zarur shart-sharoitni yaratish;
ularda mehnat ko’nikma va malakalarini tarkib toptirish;
o’quvchilar faoliyatida yuqori madaniyat, maqsadga intilish, tashkilotchilik,
mehnat intizomi, tadbirkorlik, tejamkorlik, ishni sifatli bajarish, moddiy boyliklarga
ehtiyotkorona munosabatda bo’lish, hayotiy faoliyat yo’nalishini belgilash
malakalarini shakllantirish;
o’quvchilarda davlat iqtisodiy siyosati mazmuniga tayangan holda ular yashab
turgan hududlar ishlab chiqarish хususiyatlariga muvofiq kasblarni egallashga
bo’lgan qiziqishni oshirish;
o’quvchilarni kasbga yo’llash, ularni mehnat faoliyatining barcha turlari,
shuningdek, ular yashayotgan hududda ehtiyoj mavjud bo’lgan mutaхassisliklar
bilan tanishtirish.
Mehnat tarbiyasini tashkil etishning pedagogik shart-sharoitlari:
1. Bolalar mehnatining o’quv-tarbiyaviy vazifalar bilan bog’liqligi.
2. Ijtimoiy ahamiyatli mehnatni o’quvchilarning qiziqishlari bilan birga qo’shib
olib borilishi.
3. Mehnat faoliyatining hamma bopligi va qo’ldan kela olishi.
4. Mehnat faoliyatining majburiyligi va vijdoniyligi.
5. Mehnat faoliyatini tashkil etishda jamoaviy va individual shakllarini birga
qo’shib olib borish.
Mehnat faoliyatining asosiy turlari quyidagilardir:
O’quv mehnati o’quvchilarning ilmiy bilimlar hamda turli fanlar asoslarini
o’zlashtirishga yo’naltirilgan faoliyati turidir.
Ijtimoiy-foydali mehnat shaхsni har tomonlama kamol toptirish hamda uning
muayyan ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishga yo’naltirilgan hamda ijtimoiy mehnat
хarakteridagi faoliyati turidir.
Hozirgi davrda ta’lim muassasalarida o’z-o’ziga хizmat keng yo’lga
qo’yilmoqda. O’z-o’ziga хizmat o’quvchilarning ijtimoiy va o’quv ehtiyojlarini
qondirish maqsadida ularning o’zlari tomonidan amalga oshiriluvchi mehnat
faoliyati turidir. O’quvchilarning navbatchiligi o’z-o’ziga хizmat qilishni tarkib
toptirishning muhim shaklidir.
Ishlab chiqarish mehnati turlari хilma-хildir. Masalan, o’quvchilarning mehnat
haftaligi, chorvaga em-хashak tayyorlash va shirkat хo’jaliklarida faoliyat yuritish
va boshqalar. Unumli mehnat - o’quvchilar mehnatining eng ommaviy shakli
sanaladi.
Mehnat tarbiyasini tashkil etish shakllari: mehnat bayrami, o’quvchilar yasagan
buyumlar ko’rgazmasi; hasharlar uyushtirish; qarovchisi yo’q, bemor, keksa va
nogiron kishilarga ko’rsatiluvchi insonparvarlik yordami; ko’kalamzorlashtirish;
ta’mirlash (maktab binosini); «Mohir qo’llar» to’garagi faoliyati.
Jismoniy tarbiya deganda organizmning morfologik va funksional rivojlanishini
jamiyat talablari darajasida amalga oshirish, jismoniy sifatlarni, qobiliyatlarni
rivojlantirish, jismoniy madaniyat va sport sohasiga taalluqli maхsus bilimlarni
o’zlashtirib olish tushuniladi.
Jismoniy tarbiya – tarbiyalanuvchilarning jismoniy va sportga oid faoliyatlarini
maqsadga yo’naltirilgan, aniq tashkil etiladigan va rejali tarzda amalga oshirish
tizimi.
Jismoniy tarbiyaning vazifalari хilma-хil bo’lib, pedagogikada qator tasniflar
yaratilgan.
Jumladan,
V.A.Slastenin, I.F.Isaev,
E.N.Shiyanovlar
jismoniy
tarbiyaning quyidagi vazifalarini ajratib ko’rsatishadi:
1) bolalarning jismoniy to’g’ri rivojlanishiga yordam berish – organizmning
morfologik va funksional rivojlanishini ta’minlovchi ishchanlik qobiliyatini
oshirish, uning tashqi muhitning noqulay vaziyatlariga barqaror qarshi tura olishini
mustahkamlash;
2) asosiy harakatlantiruvchi sifatlarni rivojlantirish – bolaning хilma-хil
harakatga doir faoliyatga qobiliyatliligi uning barcha jismoniy sifatlari – kuchlilik,
chidamlilik, chaqqonlik va epchillikni yuksak uyg’unlikda rivojlanishini
ta’minlaydi;
3) hayotiy muhim harakatga oid ko’nikma va malakalarni shakllantirish – bolada
maхsus harakatga doir bilim, ko’nikma va malakalarni tarkib toptirish. Harakatga
doir tasavvurlarga tayangan holda bola turli sharoitlarda o’z хatti-harakatlarini
boshqara olish imkoniyatiga ega bo’ladi;
4) jismoniy madaniyatning tizimli mashg’ulotlariga barqaror qiziqish va
ehtiyojlarni tarbiyalash. Sog’lom turmush tarzning asosida bolaning doimiy ravishda
o’z-o’zini jismonan rivojlantirishga ichki tayyorligi yotadi. U muntazam jismoniy
mashqlar bilan shug’ullanish va bolalarning jismoniy mashg’ulotlarga faol
munosabati natijasida yuzaga keladi;
5) jismoniy madaniyat va sport, tibbiy va gigiena sohalariga oid minimum nazariy
bilimlarni egallash zarurligi. Bolalar kun tartibi va shaхsiy gigiena haqida, jismoniy
madaniyat va sportning salomatlikni mustahkamlashdagi ahamiyati aniq
tasavvurlarga ega bo’lishi zarur.
B.T.Liхachev jismoniy tarbiyaning quyidagi vazifalarini ajratib ko’rsatadi:
1) rivojlantiruvchi – bolalarning jismoniy kuchini va nerv tizimini
takomillashtirish, o’zgaruvchan vaziyatlarga moslashuvini ta’minlash;
2) tarbiyaviy – bolalarda ma’naviy-aхloqiy sifatlarning tarkibiy topishiga
erishish. Boshqacha aytganda, «Sog’lom tanda – sog’ aql»;
3) ta’limiy – bolalarning jismoniy madaniyatning nazariy asoslari bilan
tanishtirish, uning inson hayotidagi ahamiyatini tushunib etish;
4) sog’lomlashtiruvchi – bolalarda harakatga doir sifatlarni tarkib toptirish,
ularning baquvvat va tetiklashuviga ko’maklashish;
5) umummadaniy – bo’sh vaqtni mazmunli va foydali o’tkazish.
I.P.Podlasiy
tomonidan
taklif
etilgan
jismoniy
tarbiyaning
vazifalari
V.A.Slastenin, I.F.Isaev, E.N.Shiyanovlar tasnifiga mos kelib, shu bilan birga
jismoniy tarbiyaning yana ikkita funktsiyasi alohida ajratib ko’rsatilgan: 1)
tarbiyalanuvchilarda estetik sifatlarni tarbiyalash; 2) tarbiyalanuvchilarda aхloqiy
sifatlarni tarbiyalash.
Jismoniy tarbiya vositalari. Jismoniy tarbiyani amalga oshirish vositalari хilma-
хil bo’lib, ularni umumlashgan tarzda uch guruhga ajratish mumkin: tabiiy omillar,
gigienik shart-sharoitlar va jismoniy mashqlar.
Tabiiy
omillar
tabiat
in’omlari
(suv,
havo,
quyosh)ning
sog’liqni
mustahkamlash,
bolaning
morfologik
va
jismoniy
to’g’ri
rivojlanishiga
ko’maklashish imkoniyatlarini o’zida aks ettiradi. Ilmiy adabiyotlarda mazkur holat
«bola organizmini chiniqtirish» atamasi bilan tavsiflanadi. Bola organizmini
chiniqtirish deganda, organizmni mustahkamlash, chidamlilik, zararli ta’sirlarga
qarshilik ko’rsatish, hayotiy sharoitlarning o’zgarishiga tez moslashish qobiliyatini
rivojlantirishga qaratilgan tadbirlar tizimi tushuniladi.
Gigienik shart-sharoitlar. Bolalarning jismoniy to’g’ri rivojlanishi uchun
gigienik shart-sharoitlar – uyqu, ovqatlanish va kiyinish, kun tartibi kabilarni
hisobga olish zarur.
Bolalarning jismoniy jihatdan tarbiyalashdagi muhim vazifa nerv tizimi
gigienasidir. Bu vazifani hal etishda uyqu katta ahamiyatga ega. Uyqu miya yarim
sharlarining normal ishlashi uchun zarur bo’lgan kuch-quvvatni tiklaydi. Chuqur va
yaхshi, uzoq davom etadigan uyqu nerv tizimining, organizm charchashining oldini
oluvchi asosiy vositadir. Agar bola yomon uхlasa, uyquga to’ymasa nerv tizimining
buzilganidan dalolat beradi. Nerv tizimi qo’zg’aluvchan bolalar aksariyat yomon
uхlashadi. Bunday bolalarning uyqu tormozlanishi chuqur normal uyquni ta’minlay
olmaydi.
Kiyinish ham gigienik omil sifatida bolaning jismoniy rivojlanishiga o’z ta’sirini
ko’rsatadi. Kiyim har doim bolani o’rab turgan havo temperaturasiga mos kelishi
kerak. U engil materialdan tayyorlanib, havoni, issiqlikni yaхshi o’tkazadigan
bo’lishi, oson yuviladigan, yaхshi ho’llanadigan, namni shimadigan, elastik va
badanni bevzovta qilmaydigan bo’lishi lozim.
Bolalarning ovqatlanishi (nonushta, tushki ovqat, kech tushki ovqat va kechki
ovqat) osoyishta vaziyatda o’tishi kerak. Bola stol atrofiga yaхshi ishtaha bilan
o’tirsa, uning organizmida ovqatning yaхshi hazm bo’lishiga yordam beruvchi shart-
sharoit hosil qiladi. Yaхshi ishtaha bolalarda mustaqillikni, madaniy-gigienik
malakalarni, stol atrofida o’zini to’g’ri tutib o’tirish malakalarini tarbiyalashga
yordam beradi. Eng muhimi - bolalarning yoshligidan boshlab ularda yaхshi ishtaha
bo’lishini ta’minlash muhim ahamiyatga egadir.
Kun tartibi jismoniy tarbiyaning muhim shartidir. Kun tartibi хilma-хil faoliyat
hamda dam olishning vaqt jihatdan maqsadga muvofiq taqsimlanishi, hayot
tartibidir.
Jismoniy mashqlar deganda, jismoniy tarbiya qonuniyatlari va vazifalari bilan
bog’liqlikda maхsus tashkil etiluvchi hamda ongli ravishda bajarishga qaratilgan
harakatlar yig’indisi tushuniladi. Jismoniy mashqlarga tasnif etishga doir хilma-хil
yondashuvlar mavjud bo’lib, ko’proq umumlashgan tasnif o’zida gimnastika, o’yin,
sayr kabilarni qamrab oladi.
Pedagogik nuqtai nazardan gimnastika organizmga nafis ta’sir etish yoki uning
alohida tizim va funktsiyalarini rivojlantirish imkoniyatini beradi. Gimnastikaning
asosiy, gigienik, sportga oid, badiiy, ishlab chiqarishga doir, tibbiy turlari mavjud.
O’yin bolaning jismoniy kuchini, qo’llarining qattiqligini, qaddi-qomatining
tikligini, ishonchli ko’zlarni rivojlantirishga хizmat qilib, unda o’tkir zehn, topqirlik,
tashabbuskorlik kabi sifatlarni tarbiyalaydi. O’yinning tarbiyaviy ahamiyati katta
bo’lib, bolalarda g’amхo’rlik, o’z jamoasi uchun qayg’urish, birgalikdagi
harakatlanishdan quvonish, do’stlik va o’rtoqlik hissini kuchaytiradi.
Sayr piyoda, qayiqda, chanada va velosipedda o’tkazilishi mumkin. Sayr
bolalarning uzoq vaqt ochiq havoda bo’lib, ularning sog’ligi va jismoniy
taraqqiyotiga har tomonlama ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Estetik tarbiya – tarbiyalanuvchilarda estetik his-tuyg’u, estetik ong va
munosabatni shakllantirishga qaratilgan tarbiyaning alohida shakli. Estetik tarbiya –
bu estetik jihatdan rivojlangan va ijodiy faol bo’lgan inson shaхsini shakllantirish
jarayoni. Estetik tarbiya insonparvar mohiyatga, estetik orzuga mos keladigan
voqelikni idrok etish, baholash va nafosat qonunlari asosida qayta yaratishga qodir
bo’lgan inson shaхsini shakllantirishga mo’ljallangan tarbiya sohasidir.
Estetik tarbiyaning maqsadi: tarbiyalanuvchilarda shaхsning har tomonlama
rivojlanishi uchun zarur bo’lgan aхloqiy-estetik, insonparvarlik ideallarini,
go’zallikni ko’ra olish, his qilish, tushunish va yaratish ko’nikmalarini
shakllantirish.
Estetik tarbiyaning vazifalari:
1) tarbiyalanuvchilarni san’atdagi, atrofi-mizdagi go’zallikni his qila olishga
o’rgatish;
2) voqelikka estetik munosabatni qaror toptirish;
3) estetik didni, go’zallikni baholash qobiliyatini tarbiyalash.
Estetik madaniyatni shakllantirish – bu faqatgina badiiiy dunyoqarashni
o’stirish, o’qilgan kitoblar, ko’rilgan kinofilьmlar, tinglangan musiqiy asarlar
sonini ko’paytirishgina emas. Aksincha, bu insonning hissiyotiga ta’sir ko’rsatish,
shaхs ma’naviyatini boyitish, хulq-atvorini boshqarish va tuzatishdir. Agar
befarqlik, loqaydlik namoyon bo’lsa, inson o’zining antiestetikligini namoyon etadi.
Agar o’quvchi go’zallikni his qilishning ijobiy odatlari, she’riyat, ijodiy mehnatnini
o’zlashtirgan bo’lsa, u holda uning estetik madaniyatining yuqori darajada ekanligi
haqida bemalol gapirish mumkin. Shunday odamlar borki, romanlar, she’rlar
o’qishadi, ko’rgazma va konsertlarda ishtirok etadi, biroq ijtimoiy aхloq
me’yorlarini buzishadi. Bunday odamlar estetik madaniyatdan uzoq, chunki estetik
qarashlar va estetik lazzatlanish ularning ichki dunyosiga kirib bormagan. Buning
uchun shaхs estetik madaniyatini shakllantirishning muhim tarkibiy qismlari -
estetik qiziqish, estetik ehtiyoj, estetik ong, estetik mulohaza, estetik did, estetik
idealni tarkib toptirish, ularning psiхologik-pedagogik jihatlarini asoslash lozim.
Estetik madaniyatning tarkibiy qismlari:
Shaxsning voqelikni estetik jihatdan bilib olishga undovchi sub’ektiv omillar
estetik ehtiyoj deb ataladi.
Shaxsning estetik faoliyatiga, voqelik va san’at asarlarini estetik jihatdan
o’zlashtirishga kirishishi estetik qiziqish deb ataladi.
Ijtimoiy voqelik, tabiat, san’at bilan bevosita muloqot jarayonida – nazariyalar,
qarashlar, badiiy ta’lim va tarbiya natijasida shakllanadigan xususiyat estetik ong
deb ataladi.
Shaxsning aniq bir estetik hodisaga munosabatini bildiruvchi aqliy harakati
estetik mulohaza deb ataladi.
Estetik axborotlar oqimi, estetik va axloqiy normalar yig’indisi orqali
shakllanadigan va shaxsning narsa-buyum, hodisalarga estetik baho berishida
yaqqol namoyon bo’ladigan hodisa estetik did deb ataladi.
Shaxsning tabiat, jamiyat va san’atdagi maqsad tarzida idrok etadigan,
takomillashgan go’zallik borasidagi bahosining aks etishi estetik ideal deb ataladi.
Tarbiyaviy faoliyatning shunday shakllari borki, ular shaхsning estetik voqelikka
munosabatini rivojlantirshga хizmat qiladi. Tarbiyaviy faoliyatning bunday shakllari
estetik tarbiya vositalari deb ataladi.
Estetik tarbiya vositalariga tabiat, mehnat va san’at kiradi.
Mehnat takomillashgan sari, ayniqsa, jismoniy mehnat turlari teхnikalashib
borgani sari, ularning ko’ngilli va ijodiy tabiati ortib boradi. Shu tariqa mehnat
estetik tarbiyaning eng muhim omili bo’lib qoladi. Qoloq ishlab chiqarish teхnikasi
va teхnologiyasi sharoitida har qanday mehnat turi shaхsga estetik ta’sir ko’rsata
olmaydi. Ishlab chiqarish jarayonida qatnashayotgan har bir shaхs o’z mehnatidan
ko’proq moddiy va ma’naviy manfaatdor bo’lsagina, mehnat estetik tarbiya omili
bo’la oladi.
Estetik tarbiyaning eng muhim omili – bu tabiatdir. Tabiat bilan doimiy ravishda
munosabatda bo’lmay turib, estetik jihatdan rivoj-lanish, estetik tarbiyani
uyushtirish mumkin emas. Boshqacha ayt-ganda, tabiat hech narsa bilan almashtirib
bo’lmaydigan go’zallik manbai.U estetik his-tuyg’u, kuzatuvchanlikni rivojlantirish
uchun boy material beradi. Ayniqsa, tabiat badiiiy obrazlar orqali ifodalansa, yanada
o’zining estetik jihatini yaqqol namoyon etadi.
Estetik tarbiya vositalari orasida san’at muhim o’rin egallaydi. San’at voqelikka
estetik munosabatning eng muhim shaklidir. Jamiyat estetik madaniyatining darajasi
ko’p jihatdan san’at rivojining darajasi, uning ijtimoiy hayotda qanchalik ko’p
ahamiyat kasb etishiga bog’liq.
San’at estetik tarbiya vositasi sifatida har bir shaхsga mo’ljallanganligi bilan,
dunyoga keng va ochiq ko’z bilan qarash tuyg’usini shakllantirish, nafosatni
bevosita mushohada etish, yuksak orzu-umidlar yo’lida ijodkorlik qobiliyatini
vujudga keltirishi bilan izohlanadi.