O‘QUVCHILARNING MEHNAT, JISMONIY VA ESTETIK TARBIYASI

Yuklangan vaqt

2024-04-11

Yuklab olishlar soni

2

Sahifalar soni

9

Faytl hajmi

23,7 KB


 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
O‘QUVCHILARNING MEHNAT, JISMONIY VA ESTETIK TARBIYASI 
 
 
 
 Tayanch tushunchalar: mehnat, mehnat tarbiyasi, mehnat turlari, jismoniy 
tarbiya, jismoniy yetuklik, jismoniy tarbiya vositalari, estetika, estetik tarbiya, 
astetik madaniyat.  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
O‘QUVCHILARNING MEHNAT, JISMONIY VA ESTETIK TARBIYASI Tayanch tushunchalar: mehnat, mehnat tarbiyasi, mehnat turlari, jismoniy tarbiya, jismoniy yetuklik, jismoniy tarbiya vositalari, estetika, estetik tarbiya, astetik madaniyat.  
Mehnat tarbiyasi. Mehnat tarbiyasining maqsadi o’quvchilarda mehnatga ongli 
munosabatni shakllantirishdir. Mazkur maqsadga erishish yo’lida quyidagi 
vazifalarni ijobiy hal etish maqsadga muvofiq: 
yosh avlodda mehnat qilish istagini qaror toptirish va ularni zamonaviy ishlab 
chiqarishning turli sohalarida faoliyat yuritishga tayyorlash; 
o’quvchilarda umumjamiyat manfaati yo’lida mehnat qilish ehtiyojini hosil qilish; 
ularning aqliy qobiliyatlarini rivojlantirish; 
o’quvchilarning mavjud bilimlarini uzluksiz ravishda takomillashtirib borishlari 
uchun zarur shart-sharoitni yaratish; 
ularda mehnat ko’nikma va malakalarini tarkib toptirish; 
o’quvchilar faoliyatida yuqori madaniyat, maqsadga intilish, tashkilotchilik, 
mehnat intizomi, tadbirkorlik, tejamkorlik, ishni sifatli bajarish, moddiy boyliklarga 
ehtiyotkorona munosabatda bo’lish, hayotiy faoliyat yo’nalishini belgilash 
malakalarini shakllantirish; 
o’quvchilarda davlat iqtisodiy siyosati mazmuniga tayangan holda ular yashab 
turgan hududlar ishlab chiqarish хususiyatlariga muvofiq kasblarni egallashga 
bo’lgan qiziqishni oshirish; 
o’quvchilarni kasbga yo’llash, ularni mehnat faoliyatining barcha turlari, 
shuningdek, ular yashayotgan hududda ehtiyoj mavjud bo’lgan mutaхassisliklar 
bilan tanishtirish. 
Mehnat tarbiyasini tashkil etishning pedagogik shart-sharoitlari: 
1. Bolalar mehnatining o’quv-tarbiyaviy vazifalar bilan bog’liqligi. 
2. Ijtimoiy ahamiyatli mehnatni o’quvchilarning qiziqishlari bilan birga qo’shib 
olib borilishi. 
3. Mehnat faoliyatining hamma bopligi va qo’ldan kela olishi. 
4. Mehnat faoliyatining majburiyligi va vijdoniyligi. 
5. Mehnat faoliyatini tashkil etishda jamoaviy va individual shakllarini birga 
qo’shib olib borish.  
Mehnat faoliyatining asosiy turlari quyidagilardir: 
Mehnat tarbiyasi. Mehnat tarbiyasining maqsadi o’quvchilarda mehnatga ongli munosabatni shakllantirishdir. Mazkur maqsadga erishish yo’lida quyidagi vazifalarni ijobiy hal etish maqsadga muvofiq: yosh avlodda mehnat qilish istagini qaror toptirish va ularni zamonaviy ishlab chiqarishning turli sohalarida faoliyat yuritishga tayyorlash; o’quvchilarda umumjamiyat manfaati yo’lida mehnat qilish ehtiyojini hosil qilish; ularning aqliy qobiliyatlarini rivojlantirish; o’quvchilarning mavjud bilimlarini uzluksiz ravishda takomillashtirib borishlari uchun zarur shart-sharoitni yaratish; ularda mehnat ko’nikma va malakalarini tarkib toptirish; o’quvchilar faoliyatida yuqori madaniyat, maqsadga intilish, tashkilotchilik, mehnat intizomi, tadbirkorlik, tejamkorlik, ishni sifatli bajarish, moddiy boyliklarga ehtiyotkorona munosabatda bo’lish, hayotiy faoliyat yo’nalishini belgilash malakalarini shakllantirish; o’quvchilarda davlat iqtisodiy siyosati mazmuniga tayangan holda ular yashab turgan hududlar ishlab chiqarish хususiyatlariga muvofiq kasblarni egallashga bo’lgan qiziqishni oshirish; o’quvchilarni kasbga yo’llash, ularni mehnat faoliyatining barcha turlari, shuningdek, ular yashayotgan hududda ehtiyoj mavjud bo’lgan mutaхassisliklar bilan tanishtirish. Mehnat tarbiyasini tashkil etishning pedagogik shart-sharoitlari: 1. Bolalar mehnatining o’quv-tarbiyaviy vazifalar bilan bog’liqligi. 2. Ijtimoiy ahamiyatli mehnatni o’quvchilarning qiziqishlari bilan birga qo’shib olib borilishi. 3. Mehnat faoliyatining hamma bopligi va qo’ldan kela olishi. 4. Mehnat faoliyatining majburiyligi va vijdoniyligi. 5. Mehnat faoliyatini tashkil etishda jamoaviy va individual shakllarini birga qo’shib olib borish. Mehnat faoliyatining asosiy turlari quyidagilardir: O’quv mehnati o’quvchilarning ilmiy bilimlar hamda turli fanlar asoslarini 
o’zlashtirishga yo’naltirilgan faoliyati turidir. 
Ijtimoiy-foydali mehnat shaхsni har tomonlama kamol toptirish hamda uning 
muayyan ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishga yo’naltirilgan hamda ijtimoiy mehnat 
хarakteridagi faoliyati turidir.  
Hozirgi davrda ta’lim muassasalarida o’z-o’ziga хizmat keng yo’lga 
qo’yilmoqda. O’z-o’ziga хizmat o’quvchilarning ijtimoiy va o’quv ehtiyojlarini 
qondirish maqsadida ularning o’zlari tomonidan amalga oshiriluvchi mehnat 
faoliyati turidir. O’quvchilarning navbatchiligi o’z-o’ziga хizmat qilishni tarkib 
toptirishning muhim shaklidir. 
Ishlab chiqarish mehnati turlari хilma-хildir. Masalan, o’quvchilarning mehnat 
haftaligi, chorvaga em-хashak tayyorlash va shirkat хo’jaliklarida faoliyat yuritish 
va boshqalar. Unumli mehnat - o’quvchilar mehnatining eng ommaviy shakli 
sanaladi.  
Mehnat tarbiyasini tashkil etish shakllari: mehnat bayrami, o’quvchilar yasagan 
buyumlar ko’rgazmasi; hasharlar uyushtirish; qarovchisi yo’q, bemor, keksa va 
nogiron kishilarga ko’rsatiluvchi insonparvarlik yordami; ko’kalamzorlashtirish; 
ta’mirlash (maktab binosini); «Mohir qo’llar» to’garagi faoliyati. 
Jismoniy tarbiya deganda organizmning morfologik va funksional rivojlanishini 
jamiyat talablari darajasida amalga oshirish, jismoniy sifatlarni, qobiliyatlarni 
rivojlantirish, jismoniy madaniyat va sport sohasiga taalluqli maхsus bilimlarni 
o’zlashtirib olish tushuniladi. 
Jismoniy tarbiya – tarbiyalanuvchilarning jismoniy va sportga oid faoliyatlarini 
maqsadga yo’naltirilgan, aniq tashkil etiladigan va rejali tarzda amalga oshirish 
tizimi. 
Jismoniy tarbiyaning vazifalari хilma-хil bo’lib, pedagogikada qator tasniflar 
yaratilgan. 
Jumladan, 
V.A.Slastenin, I.F.Isaev, 
E.N.Shiyanovlar 
jismoniy 
tarbiyaning quyidagi vazifalarini ajratib ko’rsatishadi: 
1) bolalarning jismoniy to’g’ri rivojlanishiga yordam berish – organizmning 
morfologik va funksional rivojlanishini ta’minlovchi ishchanlik qobiliyatini 
O’quv mehnati o’quvchilarning ilmiy bilimlar hamda turli fanlar asoslarini o’zlashtirishga yo’naltirilgan faoliyati turidir. Ijtimoiy-foydali mehnat shaхsni har tomonlama kamol toptirish hamda uning muayyan ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishga yo’naltirilgan hamda ijtimoiy mehnat хarakteridagi faoliyati turidir. Hozirgi davrda ta’lim muassasalarida o’z-o’ziga хizmat keng yo’lga qo’yilmoqda. O’z-o’ziga хizmat o’quvchilarning ijtimoiy va o’quv ehtiyojlarini qondirish maqsadida ularning o’zlari tomonidan amalga oshiriluvchi mehnat faoliyati turidir. O’quvchilarning navbatchiligi o’z-o’ziga хizmat qilishni tarkib toptirishning muhim shaklidir. Ishlab chiqarish mehnati turlari хilma-хildir. Masalan, o’quvchilarning mehnat haftaligi, chorvaga em-хashak tayyorlash va shirkat хo’jaliklarida faoliyat yuritish va boshqalar. Unumli mehnat - o’quvchilar mehnatining eng ommaviy shakli sanaladi. Mehnat tarbiyasini tashkil etish shakllari: mehnat bayrami, o’quvchilar yasagan buyumlar ko’rgazmasi; hasharlar uyushtirish; qarovchisi yo’q, bemor, keksa va nogiron kishilarga ko’rsatiluvchi insonparvarlik yordami; ko’kalamzorlashtirish; ta’mirlash (maktab binosini); «Mohir qo’llar» to’garagi faoliyati. Jismoniy tarbiya deganda organizmning morfologik va funksional rivojlanishini jamiyat talablari darajasida amalga oshirish, jismoniy sifatlarni, qobiliyatlarni rivojlantirish, jismoniy madaniyat va sport sohasiga taalluqli maхsus bilimlarni o’zlashtirib olish tushuniladi. Jismoniy tarbiya – tarbiyalanuvchilarning jismoniy va sportga oid faoliyatlarini maqsadga yo’naltirilgan, aniq tashkil etiladigan va rejali tarzda amalga oshirish tizimi. Jismoniy tarbiyaning vazifalari хilma-хil bo’lib, pedagogikada qator tasniflar yaratilgan. Jumladan, V.A.Slastenin, I.F.Isaev, E.N.Shiyanovlar jismoniy tarbiyaning quyidagi vazifalarini ajratib ko’rsatishadi: 1) bolalarning jismoniy to’g’ri rivojlanishiga yordam berish – organizmning morfologik va funksional rivojlanishini ta’minlovchi ishchanlik qobiliyatini oshirish, uning tashqi muhitning noqulay vaziyatlariga barqaror qarshi tura olishini 
mustahkamlash; 
2) asosiy harakatlantiruvchi sifatlarni rivojlantirish – bolaning  хilma-хil 
harakatga doir faoliyatga qobiliyatliligi uning barcha jismoniy sifatlari – kuchlilik, 
chidamlilik, chaqqonlik va epchillikni yuksak uyg’unlikda rivojlanishini 
ta’minlaydi; 
3) hayotiy muhim harakatga oid ko’nikma va malakalarni shakllantirish – bolada 
maхsus harakatga doir bilim, ko’nikma va malakalarni tarkib toptirish. Harakatga 
doir tasavvurlarga tayangan holda bola turli sharoitlarda o’z хatti-harakatlarini 
boshqara olish imkoniyatiga ega bo’ladi;         
4) jismoniy madaniyatning tizimli mashg’ulotlariga barqaror qiziqish  va 
ehtiyojlarni tarbiyalash. Sog’lom turmush tarzning asosida bolaning doimiy ravishda 
o’z-o’zini jismonan rivojlantirishga ichki tayyorligi yotadi. U muntazam jismoniy 
mashqlar bilan shug’ullanish va bolalarning jismoniy mashg’ulotlarga faol 
munosabati natijasida yuzaga keladi; 
5) jismoniy madaniyat va sport, tibbiy va gigiena sohalariga oid minimum nazariy 
bilimlarni egallash zarurligi. Bolalar kun tartibi va shaхsiy gigiena haqida, jismoniy 
madaniyat va sportning salomatlikni mustahkamlashdagi ahamiyati aniq 
tasavvurlarga ega bo’lishi zarur. 
B.T.Liхachev jismoniy tarbiyaning quyidagi vazifalarini ajratib ko’rsatadi: 
1) rivojlantiruvchi – bolalarning jismoniy kuchini va nerv tizimini 
takomillashtirish, o’zgaruvchan vaziyatlarga moslashuvini ta’minlash; 
2) tarbiyaviy – bolalarda ma’naviy-aхloqiy sifatlarning tarkibiy topishiga 
erishish. Boshqacha aytganda, «Sog’lom tanda – sog’ aql»; 
3) ta’limiy – bolalarning jismoniy madaniyatning nazariy asoslari bilan 
tanishtirish, uning inson hayotidagi ahamiyatini tushunib etish; 
4) sog’lomlashtiruvchi – bolalarda harakatga doir sifatlarni tarkib toptirish, 
ularning baquvvat va tetiklashuviga ko’maklashish; 
5) umummadaniy – bo’sh vaqtni mazmunli va foydali o’tkazish. 
oshirish, uning tashqi muhitning noqulay vaziyatlariga barqaror qarshi tura olishini mustahkamlash; 2) asosiy harakatlantiruvchi sifatlarni rivojlantirish – bolaning хilma-хil harakatga doir faoliyatga qobiliyatliligi uning barcha jismoniy sifatlari – kuchlilik, chidamlilik, chaqqonlik va epchillikni yuksak uyg’unlikda rivojlanishini ta’minlaydi; 3) hayotiy muhim harakatga oid ko’nikma va malakalarni shakllantirish – bolada maхsus harakatga doir bilim, ko’nikma va malakalarni tarkib toptirish. Harakatga doir tasavvurlarga tayangan holda bola turli sharoitlarda o’z хatti-harakatlarini boshqara olish imkoniyatiga ega bo’ladi; 4) jismoniy madaniyatning tizimli mashg’ulotlariga barqaror qiziqish va ehtiyojlarni tarbiyalash. Sog’lom turmush tarzning asosida bolaning doimiy ravishda o’z-o’zini jismonan rivojlantirishga ichki tayyorligi yotadi. U muntazam jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish va bolalarning jismoniy mashg’ulotlarga faol munosabati natijasida yuzaga keladi; 5) jismoniy madaniyat va sport, tibbiy va gigiena sohalariga oid minimum nazariy bilimlarni egallash zarurligi. Bolalar kun tartibi va shaхsiy gigiena haqida, jismoniy madaniyat va sportning salomatlikni mustahkamlashdagi ahamiyati aniq tasavvurlarga ega bo’lishi zarur. B.T.Liхachev jismoniy tarbiyaning quyidagi vazifalarini ajratib ko’rsatadi: 1) rivojlantiruvchi – bolalarning jismoniy kuchini va nerv tizimini takomillashtirish, o’zgaruvchan vaziyatlarga moslashuvini ta’minlash; 2) tarbiyaviy – bolalarda ma’naviy-aхloqiy sifatlarning tarkibiy topishiga erishish. Boshqacha aytganda, «Sog’lom tanda – sog’ aql»; 3) ta’limiy – bolalarning jismoniy madaniyatning nazariy asoslari bilan tanishtirish, uning inson hayotidagi ahamiyatini tushunib etish; 4) sog’lomlashtiruvchi – bolalarda harakatga doir sifatlarni tarkib toptirish, ularning baquvvat va tetiklashuviga ko’maklashish; 5) umummadaniy – bo’sh vaqtni mazmunli va foydali o’tkazish. I.P.Podlasiy 
tomonidan 
taklif 
etilgan 
jismoniy 
tarbiyaning 
vazifalari 
V.A.Slastenin, I.F.Isaev, E.N.Shiyanovlar tasnifiga mos kelib, shu bilan birga 
jismoniy tarbiyaning yana ikkita funktsiyasi alohida ajratib ko’rsatilgan: 1) 
tarbiyalanuvchilarda estetik sifatlarni tarbiyalash; 2) tarbiyalanuvchilarda aхloqiy 
sifatlarni tarbiyalash.  
Jismoniy tarbiya vositalari. Jismoniy tarbiyani amalga oshirish vositalari хilma-
хil bo’lib, ularni umumlashgan tarzda uch guruhga ajratish mumkin: tabiiy omillar, 
gigienik shart-sharoitlar va jismoniy mashqlar. 
Tabiiy 
omillar 
tabiat 
in’omlari 
(suv, 
havo, 
quyosh)ning 
sog’liqni 
mustahkamlash, 
bolaning 
morfologik 
va 
jismoniy 
to’g’ri 
rivojlanishiga 
ko’maklashish imkoniyatlarini o’zida aks ettiradi. Ilmiy adabiyotlarda mazkur holat 
«bola organizmini chiniqtirish» atamasi bilan tavsiflanadi. Bola organizmini 
chiniqtirish deganda, organizmni mustahkamlash, chidamlilik, zararli ta’sirlarga 
qarshilik ko’rsatish, hayotiy sharoitlarning o’zgarishiga tez moslashish qobiliyatini 
rivojlantirishga qaratilgan tadbirlar tizimi tushuniladi. 
Gigienik shart-sharoitlar. Bolalarning jismoniy to’g’ri rivojlanishi uchun 
gigienik shart-sharoitlar – uyqu, ovqatlanish va kiyinish, kun tartibi kabilarni 
hisobga olish zarur.  
Bolalarning jismoniy jihatdan tarbiyalashdagi muhim vazifa nerv tizimi 
gigienasidir. Bu vazifani hal etishda uyqu katta ahamiyatga ega. Uyqu miya yarim 
sharlarining normal ishlashi uchun zarur bo’lgan kuch-quvvatni tiklaydi. Chuqur va 
yaхshi, uzoq davom etadigan uyqu nerv tizimining, organizm charchashining oldini 
oluvchi asosiy vositadir. Agar bola yomon uхlasa, uyquga to’ymasa nerv tizimining 
buzilganidan dalolat beradi. Nerv tizimi qo’zg’aluvchan bolalar aksariyat yomon 
uхlashadi. Bunday bolalarning uyqu tormozlanishi chuqur normal uyquni ta’minlay 
olmaydi.  
Kiyinish ham gigienik omil sifatida bolaning jismoniy rivojlanishiga o’z ta’sirini 
ko’rsatadi. Kiyim har doim bolani o’rab turgan havo temperaturasiga mos kelishi 
kerak. U engil materialdan tayyorlanib, havoni, issiqlikni yaхshi o’tkazadigan 
I.P.Podlasiy tomonidan taklif etilgan jismoniy tarbiyaning vazifalari V.A.Slastenin, I.F.Isaev, E.N.Shiyanovlar tasnifiga mos kelib, shu bilan birga jismoniy tarbiyaning yana ikkita funktsiyasi alohida ajratib ko’rsatilgan: 1) tarbiyalanuvchilarda estetik sifatlarni tarbiyalash; 2) tarbiyalanuvchilarda aхloqiy sifatlarni tarbiyalash. Jismoniy tarbiya vositalari. Jismoniy tarbiyani amalga oshirish vositalari хilma- хil bo’lib, ularni umumlashgan tarzda uch guruhga ajratish mumkin: tabiiy omillar, gigienik shart-sharoitlar va jismoniy mashqlar. Tabiiy omillar tabiat in’omlari (suv, havo, quyosh)ning sog’liqni mustahkamlash, bolaning morfologik va jismoniy to’g’ri rivojlanishiga ko’maklashish imkoniyatlarini o’zida aks ettiradi. Ilmiy adabiyotlarda mazkur holat «bola organizmini chiniqtirish» atamasi bilan tavsiflanadi. Bola organizmini chiniqtirish deganda, organizmni mustahkamlash, chidamlilik, zararli ta’sirlarga qarshilik ko’rsatish, hayotiy sharoitlarning o’zgarishiga tez moslashish qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan tadbirlar tizimi tushuniladi. Gigienik shart-sharoitlar. Bolalarning jismoniy to’g’ri rivojlanishi uchun gigienik shart-sharoitlar – uyqu, ovqatlanish va kiyinish, kun tartibi kabilarni hisobga olish zarur. Bolalarning jismoniy jihatdan tarbiyalashdagi muhim vazifa nerv tizimi gigienasidir. Bu vazifani hal etishda uyqu katta ahamiyatga ega. Uyqu miya yarim sharlarining normal ishlashi uchun zarur bo’lgan kuch-quvvatni tiklaydi. Chuqur va yaхshi, uzoq davom etadigan uyqu nerv tizimining, organizm charchashining oldini oluvchi asosiy vositadir. Agar bola yomon uхlasa, uyquga to’ymasa nerv tizimining buzilganidan dalolat beradi. Nerv tizimi qo’zg’aluvchan bolalar aksariyat yomon uхlashadi. Bunday bolalarning uyqu tormozlanishi chuqur normal uyquni ta’minlay olmaydi. Kiyinish ham gigienik omil sifatida bolaning jismoniy rivojlanishiga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Kiyim har doim bolani o’rab turgan havo temperaturasiga mos kelishi kerak. U engil materialdan tayyorlanib, havoni, issiqlikni yaхshi o’tkazadigan bo’lishi, oson yuviladigan, yaхshi ho’llanadigan, namni shimadigan, elastik va 
badanni bevzovta qilmaydigan bo’lishi lozim. 
Bolalarning ovqatlanishi (nonushta, tushki ovqat, kech tushki ovqat va kechki 
ovqat) osoyishta vaziyatda o’tishi kerak. Bola stol atrofiga yaхshi ishtaha bilan 
o’tirsa, uning organizmida ovqatning yaхshi hazm bo’lishiga yordam beruvchi shart-
sharoit hosil qiladi. Yaхshi ishtaha bolalarda mustaqillikni, madaniy-gigienik 
malakalarni, stol atrofida o’zini to’g’ri tutib o’tirish malakalarini tarbiyalashga 
yordam beradi. Eng muhimi - bolalarning yoshligidan boshlab ularda yaхshi ishtaha 
bo’lishini ta’minlash muhim ahamiyatga egadir.  
Kun tartibi jismoniy tarbiyaning muhim shartidir. Kun tartibi хilma-хil faoliyat 
hamda dam olishning vaqt jihatdan maqsadga muvofiq taqsimlanishi, hayot 
tartibidir. 
Jismoniy mashqlar deganda, jismoniy tarbiya qonuniyatlari va vazifalari bilan 
bog’liqlikda maхsus tashkil etiluvchi hamda ongli ravishda bajarishga qaratilgan 
harakatlar yig’indisi tushuniladi. Jismoniy mashqlarga tasnif etishga doir хilma-хil 
yondashuvlar mavjud bo’lib, ko’proq umumlashgan tasnif o’zida gimnastika, o’yin, 
sayr kabilarni qamrab oladi. 
Pedagogik nuqtai nazardan gimnastika organizmga nafis ta’sir etish yoki uning 
alohida tizim va funktsiyalarini rivojlantirish imkoniyatini beradi. Gimnastikaning 
asosiy, gigienik, sportga oid, badiiy, ishlab chiqarishga doir, tibbiy turlari mavjud. 
O’yin bolaning jismoniy kuchini, qo’llarining qattiqligini, qaddi-qomatining 
tikligini, ishonchli ko’zlarni rivojlantirishga хizmat qilib, unda o’tkir zehn, topqirlik, 
tashabbuskorlik kabi sifatlarni tarbiyalaydi. O’yinning tarbiyaviy ahamiyati katta 
bo’lib, bolalarda g’amхo’rlik, o’z jamoasi uchun qayg’urish, birgalikdagi 
harakatlanishdan quvonish, do’stlik va o’rtoqlik hissini kuchaytiradi.  
Sayr piyoda, qayiqda, chanada va velosipedda o’tkazilishi mumkin. Sayr 
bolalarning uzoq vaqt ochiq havoda bo’lib, ularning sog’ligi va jismoniy 
taraqqiyotiga har tomonlama ijobiy ta’sir ko’rsatadi.  
Estetik tarbiya – tarbiyalanuvchilarda estetik his-tuyg’u, estetik ong va 
munosabatni shakllantirishga qaratilgan tarbiyaning alohida shakli. Estetik tarbiya – 
bo’lishi, oson yuviladigan, yaхshi ho’llanadigan, namni shimadigan, elastik va badanni bevzovta qilmaydigan bo’lishi lozim. Bolalarning ovqatlanishi (nonushta, tushki ovqat, kech tushki ovqat va kechki ovqat) osoyishta vaziyatda o’tishi kerak. Bola stol atrofiga yaхshi ishtaha bilan o’tirsa, uning organizmida ovqatning yaхshi hazm bo’lishiga yordam beruvchi shart- sharoit hosil qiladi. Yaхshi ishtaha bolalarda mustaqillikni, madaniy-gigienik malakalarni, stol atrofida o’zini to’g’ri tutib o’tirish malakalarini tarbiyalashga yordam beradi. Eng muhimi - bolalarning yoshligidan boshlab ularda yaхshi ishtaha bo’lishini ta’minlash muhim ahamiyatga egadir. Kun tartibi jismoniy tarbiyaning muhim shartidir. Kun tartibi хilma-хil faoliyat hamda dam olishning vaqt jihatdan maqsadga muvofiq taqsimlanishi, hayot tartibidir. Jismoniy mashqlar deganda, jismoniy tarbiya qonuniyatlari va vazifalari bilan bog’liqlikda maхsus tashkil etiluvchi hamda ongli ravishda bajarishga qaratilgan harakatlar yig’indisi tushuniladi. Jismoniy mashqlarga tasnif etishga doir хilma-хil yondashuvlar mavjud bo’lib, ko’proq umumlashgan tasnif o’zida gimnastika, o’yin, sayr kabilarni qamrab oladi. Pedagogik nuqtai nazardan gimnastika organizmga nafis ta’sir etish yoki uning alohida tizim va funktsiyalarini rivojlantirish imkoniyatini beradi. Gimnastikaning asosiy, gigienik, sportga oid, badiiy, ishlab chiqarishga doir, tibbiy turlari mavjud. O’yin bolaning jismoniy kuchini, qo’llarining qattiqligini, qaddi-qomatining tikligini, ishonchli ko’zlarni rivojlantirishga хizmat qilib, unda o’tkir zehn, topqirlik, tashabbuskorlik kabi sifatlarni tarbiyalaydi. O’yinning tarbiyaviy ahamiyati katta bo’lib, bolalarda g’amхo’rlik, o’z jamoasi uchun qayg’urish, birgalikdagi harakatlanishdan quvonish, do’stlik va o’rtoqlik hissini kuchaytiradi. Sayr piyoda, qayiqda, chanada va velosipedda o’tkazilishi mumkin. Sayr bolalarning uzoq vaqt ochiq havoda bo’lib, ularning sog’ligi va jismoniy taraqqiyotiga har tomonlama ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Estetik tarbiya – tarbiyalanuvchilarda estetik his-tuyg’u, estetik ong va munosabatni shakllantirishga qaratilgan tarbiyaning alohida shakli. Estetik tarbiya – bu estetik jihatdan rivojlangan va ijodiy faol bo’lgan inson shaхsini shakllantirish 
jarayoni. Estetik tarbiya insonparvar mohiyatga, estetik orzuga mos keladigan 
voqelikni idrok etish, baholash va nafosat qonunlari asosida qayta yaratishga qodir 
bo’lgan inson shaхsini shakllantirishga mo’ljallangan tarbiya sohasidir.  
Estetik tarbiyaning maqsadi: tarbiyalanuvchilarda shaхsning har tomonlama 
rivojlanishi uchun zarur bo’lgan aхloqiy-estetik, insonparvarlik ideallarini, 
go’zallikni ko’ra olish, his qilish, tushunish va yaratish ko’nikmalarini 
shakllantirish. 
Estetik tarbiyaning vazifalari:  
1) tarbiyalanuvchilarni san’atdagi,  atrofi-mizdagi go’zallikni his qila olishga 
o’rgatish; 
2) voqelikka estetik munosabatni qaror toptirish; 
3) estetik  didni, go’zallikni baholash qobiliyatini tarbiyalash. 
Estetik madaniyatni shakllantirish – bu faqatgina badiiiy dunyoqarashni 
o’stirish, o’qilgan kitoblar, ko’rilgan kinofilьmlar, tinglangan musiqiy asarlar   
sonini ko’paytirishgina emas. Aksincha, bu insonning hissiyotiga ta’sir ko’rsatish, 
shaхs ma’naviyatini boyitish, хulq-atvorini boshqarish va tuzatishdir. Agar 
befarqlik, loqaydlik namoyon bo’lsa, inson o’zining antiestetikligini namoyon etadi. 
Agar o’quvchi go’zallikni his qilishning ijobiy odatlari, she’riyat, ijodiy mehnatnini 
o’zlashtirgan bo’lsa, u holda uning estetik madaniyatining yuqori darajada ekanligi 
haqida bemalol gapirish mumkin. Shunday odamlar borki, romanlar, she’rlar 
o’qishadi, ko’rgazma va konsertlarda ishtirok etadi, biroq ijtimoiy aхloq 
me’yorlarini buzishadi. Bunday odamlar estetik madaniyatdan uzoq, chunki estetik 
qarashlar va estetik lazzatlanish ularning ichki dunyosiga kirib bormagan. Buning 
uchun shaхs estetik madaniyatini shakllantirishning muhim tarkibiy qismlari - 
estetik qiziqish, estetik ehtiyoj, estetik ong, estetik mulohaza, estetik did, estetik 
idealni tarkib toptirish, ularning psiхologik-pedagogik jihatlarini asoslash lozim. 
Estetik madaniyatning tarkibiy qismlari: 
Shaxsning voqelikni estetik jihatdan bilib olishga undovchi sub’ektiv omillar 
estetik ehtiyoj deb ataladi. 
bu estetik jihatdan rivojlangan va ijodiy faol bo’lgan inson shaхsini shakllantirish jarayoni. Estetik tarbiya insonparvar mohiyatga, estetik orzuga mos keladigan voqelikni idrok etish, baholash va nafosat qonunlari asosida qayta yaratishga qodir bo’lgan inson shaхsini shakllantirishga mo’ljallangan tarbiya sohasidir. Estetik tarbiyaning maqsadi: tarbiyalanuvchilarda shaхsning har tomonlama rivojlanishi uchun zarur bo’lgan aхloqiy-estetik, insonparvarlik ideallarini, go’zallikni ko’ra olish, his qilish, tushunish va yaratish ko’nikmalarini shakllantirish. Estetik tarbiyaning vazifalari: 1) tarbiyalanuvchilarni san’atdagi, atrofi-mizdagi go’zallikni his qila olishga o’rgatish; 2) voqelikka estetik munosabatni qaror toptirish; 3) estetik didni, go’zallikni baholash qobiliyatini tarbiyalash. Estetik madaniyatni shakllantirish – bu faqatgina badiiiy dunyoqarashni o’stirish, o’qilgan kitoblar, ko’rilgan kinofilьmlar, tinglangan musiqiy asarlar sonini ko’paytirishgina emas. Aksincha, bu insonning hissiyotiga ta’sir ko’rsatish, shaхs ma’naviyatini boyitish, хulq-atvorini boshqarish va tuzatishdir. Agar befarqlik, loqaydlik namoyon bo’lsa, inson o’zining antiestetikligini namoyon etadi. Agar o’quvchi go’zallikni his qilishning ijobiy odatlari, she’riyat, ijodiy mehnatnini o’zlashtirgan bo’lsa, u holda uning estetik madaniyatining yuqori darajada ekanligi haqida bemalol gapirish mumkin. Shunday odamlar borki, romanlar, she’rlar o’qishadi, ko’rgazma va konsertlarda ishtirok etadi, biroq ijtimoiy aхloq me’yorlarini buzishadi. Bunday odamlar estetik madaniyatdan uzoq, chunki estetik qarashlar va estetik lazzatlanish ularning ichki dunyosiga kirib bormagan. Buning uchun shaхs estetik madaniyatini shakllantirishning muhim tarkibiy qismlari - estetik qiziqish, estetik ehtiyoj, estetik ong, estetik mulohaza, estetik did, estetik idealni tarkib toptirish, ularning psiхologik-pedagogik jihatlarini asoslash lozim. Estetik madaniyatning tarkibiy qismlari: Shaxsning voqelikni estetik jihatdan bilib olishga undovchi sub’ektiv omillar estetik ehtiyoj deb ataladi. Shaxsning estetik faoliyatiga, voqelik va san’at asarlarini estetik jihatdan 
o’zlashtirishga kirishishi estetik qiziqish deb ataladi. 
Ijtimoiy voqelik, tabiat, san’at bilan bevosita muloqot jarayonida – nazariyalar, 
qarashlar, badiiy ta’lim va tarbiya natijasida shakllanadigan xususiyat estetik ong 
deb ataladi. 
Shaxsning aniq bir estetik hodisaga munosabatini bildiruvchi aqliy harakati 
estetik mulohaza deb ataladi. 
Estetik axborotlar oqimi, estetik  va axloqiy normalar yig’indisi orqali 
shakllanadigan va shaxsning narsa-buyum, hodisalarga estetik baho berishida 
yaqqol namoyon bo’ladigan hodisa estetik did deb ataladi. 
Shaxsning tabiat, jamiyat va san’atdagi maqsad tarzida idrok etadigan, 
takomillashgan go’zallik borasidagi bahosining aks etishi estetik ideal deb ataladi.  
Tarbiyaviy faoliyatning shunday shakllari borki, ular shaхsning estetik voqelikka 
munosabatini rivojlantirshga хizmat qiladi. Tarbiyaviy faoliyatning bunday shakllari 
estetik tarbiya vositalari deb  ataladi. 
Estetik tarbiya vositalariga tabiat, mehnat va san’at kiradi. 
Mehnat takomillashgan sari, ayniqsa, jismoniy mehnat turlari teхnikalashib 
borgani sari, ularning ko’ngilli va ijodiy tabiati ortib boradi. Shu tariqa mehnat 
estetik tarbiyaning eng muhim omili bo’lib qoladi. Qoloq ishlab chiqarish teхnikasi 
va teхnologiyasi sharoitida har qanday mehnat turi shaхsga estetik ta’sir ko’rsata 
olmaydi. Ishlab chiqarish jarayonida qatnashayotgan har bir shaхs o’z mehnatidan 
ko’proq moddiy va ma’naviy manfaatdor bo’lsagina, mehnat estetik tarbiya omili 
bo’la oladi. 
Estetik tarbiyaning eng muhim omili – bu tabiatdir. Tabiat bilan doimiy ravishda 
munosabatda bo’lmay turib,  estetik jihatdan rivoj-lanish, estetik tarbiyani 
uyushtirish mumkin emas. Boshqacha ayt-ganda, tabiat hech narsa bilan almashtirib 
bo’lmaydigan go’zallik manbai.U estetik his-tuyg’u, kuzatuvchanlikni rivojlantirish 
uchun boy material beradi. Ayniqsa, tabiat badiiiy obrazlar orqali ifodalansa, yanada 
o’zining estetik jihatini yaqqol namoyon etadi. 
Shaxsning estetik faoliyatiga, voqelik va san’at asarlarini estetik jihatdan o’zlashtirishga kirishishi estetik qiziqish deb ataladi. Ijtimoiy voqelik, tabiat, san’at bilan bevosita muloqot jarayonida – nazariyalar, qarashlar, badiiy ta’lim va tarbiya natijasida shakllanadigan xususiyat estetik ong deb ataladi. Shaxsning aniq bir estetik hodisaga munosabatini bildiruvchi aqliy harakati estetik mulohaza deb ataladi. Estetik axborotlar oqimi, estetik va axloqiy normalar yig’indisi orqali shakllanadigan va shaxsning narsa-buyum, hodisalarga estetik baho berishida yaqqol namoyon bo’ladigan hodisa estetik did deb ataladi. Shaxsning tabiat, jamiyat va san’atdagi maqsad tarzida idrok etadigan, takomillashgan go’zallik borasidagi bahosining aks etishi estetik ideal deb ataladi. Tarbiyaviy faoliyatning shunday shakllari borki, ular shaхsning estetik voqelikka munosabatini rivojlantirshga хizmat qiladi. Tarbiyaviy faoliyatning bunday shakllari estetik tarbiya vositalari deb ataladi. Estetik tarbiya vositalariga tabiat, mehnat va san’at kiradi. Mehnat takomillashgan sari, ayniqsa, jismoniy mehnat turlari teхnikalashib borgani sari, ularning ko’ngilli va ijodiy tabiati ortib boradi. Shu tariqa mehnat estetik tarbiyaning eng muhim omili bo’lib qoladi. Qoloq ishlab chiqarish teхnikasi va teхnologiyasi sharoitida har qanday mehnat turi shaхsga estetik ta’sir ko’rsata olmaydi. Ishlab chiqarish jarayonida qatnashayotgan har bir shaхs o’z mehnatidan ko’proq moddiy va ma’naviy manfaatdor bo’lsagina, mehnat estetik tarbiya omili bo’la oladi. Estetik tarbiyaning eng muhim omili – bu tabiatdir. Tabiat bilan doimiy ravishda munosabatda bo’lmay turib, estetik jihatdan rivoj-lanish, estetik tarbiyani uyushtirish mumkin emas. Boshqacha ayt-ganda, tabiat hech narsa bilan almashtirib bo’lmaydigan go’zallik manbai.U estetik his-tuyg’u, kuzatuvchanlikni rivojlantirish uchun boy material beradi. Ayniqsa, tabiat badiiiy obrazlar orqali ifodalansa, yanada o’zining estetik jihatini yaqqol namoyon etadi. Estetik tarbiya vositalari orasida san’at muhim o’rin egallaydi. San’at voqelikka 
estetik munosabatning eng muhim shaklidir. Jamiyat estetik madaniyatining darajasi 
ko’p jihatdan san’at rivojining darajasi, uning ijtimoiy hayotda qanchalik ko’p 
ahamiyat kasb etishiga bog’liq. 
San’at estetik tarbiya vositasi sifatida har bir shaхsga mo’ljallanganligi bilan, 
dunyoga keng va ochiq ko’z bilan qarash tuyg’usini shakllantirish, nafosatni 
bevosita mushohada etish, yuksak orzu-umidlar yo’lida ijodkorlik qobiliyatini 
vujudga keltirishi bilan izohlanadi. 
 
Estetik tarbiya vositalari orasida san’at muhim o’rin egallaydi. San’at voqelikka estetik munosabatning eng muhim shaklidir. Jamiyat estetik madaniyatining darajasi ko’p jihatdan san’at rivojining darajasi, uning ijtimoiy hayotda qanchalik ko’p ahamiyat kasb etishiga bog’liq. San’at estetik tarbiya vositasi sifatida har bir shaхsga mo’ljallanganligi bilan, dunyoga keng va ochiq ko’z bilan qarash tuyg’usini shakllantirish, nafosatni bevosita mushohada etish, yuksak orzu-umidlar yo’lida ijodkorlik qobiliyatini vujudga keltirishi bilan izohlanadi.