O‘quvchilarning mehnat, jismoniy va estetik tarbiyasi
Yuklangan vaqt
2024-09-27
Yuklab olishlar soni
4
Sahifalar soni
21
Faytl hajmi
81,8 KB
O‘quvchilarning mehnat, jismoniy va estetik tarbiyasi
Reja:
1.
Mehnat tarbiyasi maqsad va vazifalari.
2.
Mehnat tarbiyasining mazmuni va metodlari.
3.
Jismoniy tarbiyaning maqsad va vazifalari.
4.
Jismoniy tarbiya vositalari.
5.
Estetik tarbiyaning maqsad va vazifalari.
6.
Estetik tarbiya vositalari.
Tayanch iboralar: Mehnat tarbiyasi, Jismoniy tarbiy, Umid nihollari,
Barkamol avlod, Universiada, Jismoniy madaniyat, go'zallik,Estetik tarbiya).
Mehnat tarbiyasining mohiyati, maqsad va vazifalari. Mehnat tarbiyasi
o'quvchilarga mehnatning mohiyatini chuqur anglatish, ularda mehnatga ongli
munosabat, shuningdek, muayyan ijtimoiy-foydali harakat yoki kasbiy ko'nikma va
malakalarini shakllantirishga yo'naltirilgan pedagogik faoliyat jarayoni bo'lib,
ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Mehnat tarbiyasini
shunday tashkil etish kerakki, inson mehnat jarayoni va uning natijasidan
qanoatlanishini tarkib toptirishga ko'maklashsin. Mehnat tarbiyasining provard
maqsadi shaxs xarakterining asosiy xislati sifatida uning mehnatga bo'lgan
ehtiyojini shakllantirishdir.
O'quvchilarning ijtimoiy rivojlanishini ta'minlashda mehnat tarbiyasi muhim
shartlardan biri bo'lib hisoblanadi. Uning amalga oshirilishi davlat tomonidan olib
borilayotgan ijtimoiy va iqtisodiy siyosat mazmuni bilan belgilanadi.
O'zbekistonda, bozor iqtisodiyoti munosabatlarini shakllantirishning asosiy
tamoyillari jamiyatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy islohotlarning asosi sanaladi.
Hozirgi davrda texnika va texnologiyalar rivojlanishini yuksak bosqichga ko'tarish
uchun ishlab chiqarishni keng ko'lamda komputerlashtirish, iste'mol mahsulotlarini
jahon standartlari darajasida ishlab chiqishni yo'lga qo'yish talab etiimoqda.
Bularning barchasi yuksak intellektual va jismoniy kamolotga ega bo'lish, ishlab
chiqarish jarayonlarining ilmiy-texnikaviy va iqtisodiy asoslaridan to'laqonli
xabardor bo'lish, mehnatga ongli, ijodiy munosabatda bo'ladigan yoshlarni
tarbiyalashni taqozo etadi. Bu esa, o'z navbatida, ta'lim muassasalarida mehnat
ta'limi va tarbiyasini tashkil etishga nisbatan ulkan talablarni qo'yadi.
Mehnat tarbiyasining maqsadi o'quvchilarda mehnatga ongli munosabatni
shakllantirishdir. Mazkur maqsadga erishish yo'lida quyidagi vazifalarni ijobiy hal
etish maqsadga muvofiq:
- yosh avlodda mehnat qilish istagini qaror toptirish va ularni zamonaviy
ishlab chiqarishning turli sohalarida faoliyat yuritishga tayyorlash;
- o'quvchilarda umumjamiyat manfaati yo'lida mehnat qilish ehtiyojini hosil
qilish;
- ularning aqliy qobiliyatlarini rivojlantirish;
- o'quvchilarning mavjud bilimlarini uzluksiz ravishda takomillashtirib
borishlari uchun zarur shart-sharoitni yaratish;
- ularda mehnat ko'nikma va malakalarini tarkib toptirish;
- o'quvchilar faoliyatida yuqori madaniyat, maqsadga intilish, tashkilotchilik,
mehnat intizomi, tadbirkorlik, tejamkorlik, ishni sifatli bajarish, moddiy boyliklarga
ehtiyotkorona munosabatda bo'lish, hayotiy faoliyat yo'nalishini belgilash
malakalarini shakllantirish;
- o'quvchilarda davlat iqtisodiy siyosati mazmuniga tayangan holda ular
yashab turgan hududlar ishlab chiqarish xususiyatlariga muvofiq kasblarni
egallashga boigan qiziqishni oshirish;
- o'quvchilarni kasbga yo'llash, ularni mehnat faoliyatining barcha turlari,
shuningdek, ular yashayotgan hududda ehtiyoj mavjud bo'lgan mutaxassisliklar
bilan tanishtirish.
Mazkur vazifalar tizimida o'quvchilarni mehnatga psixologik va amaliy
jihatdan tayyorlash ularning qiziqish va qobiliyatlarini aniqlash orqali amalga
oshiriladi.
Mehnat tarbiyasi o'quvchilarning aqliy, ma'naviv-axloqiy, jismoniy va estetik
tarbiyasi bilan o'zaro bog'liq holda yaxlit tizimda amalga oshiriladi. Chunonchi:
1. Aqliy tarbiya o'quvchilar mehnat tarbiyasi, ularni kasbga tayyorlashning
asosi sanaladi. Zero, mehnat - nazariy va amaliy bilimlarni egallashga yordam
beradi, bilim esa o'z navbatida shaxsni mehnatga tayyorlashni takomillashtiradi.
Mehnat tarbiyasining samaradorligi o'quvchilarni mehnat faoliyatiga tayyorlash
jarayonida har tomonlama rivojlangan shaxsni tarbiyalash vazifasi bilan belgilanadi.
2. Mehnat tarbiyasi axloqiy tarbiyaning asosiy vositasi hisoblanadi. Chunki
mehnat faoliyati yordamida o'quvchida mehnatsevarlik, intizomlilik, irodalilik,
tashabbuskorlik, mustaqil harakat qilish kabi axloqiy xislatlar ham shakllanadi.
3. Mehnat tarbiyasi estetik tarbiya bilan mustahkam aloqada olib boriladi.
Mehnat tarbiyasi mazmuniga estetik elementlarni singdirish asosida uni amalga
oshirish o'quvchilar mehnat tarbiyasida katta ahamiyat kasb etadi. Mehnatda
go'zallik va o'z mehnatidan zavqlanish uning yanada samarali kechishiga yordam
beradi.
4. «Milliy istiqlol g'oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» risolasida milliy
istiqlol mafkurasining ijtimoiy-iqtisodiy asoslari haqida fikr yuritilar ekan: «Milliy
istiqlol mafkurasi o'z mohiyatiga ko'ra, har bir fuqaroning munosib turmush
darajasini ta'minlaydigan farovon hayot kechirishga chorlaydi. Har bir insonni, u
qaysi shakldagi mulkchilik asosida mehnat faoliyati bilan shug'ullanmasin, shaxsiy
manfaatlarini xalq va vatan manfaati bilan o'zaro uyg'unlashtirib yashashga
undaydi. ... Har bir fuqaroning farovonligi ~ butun jamiyatning farovonligidir,
g'oyasini ilgari suradi», - deb ta'kidlanishi ham bejiz emas.
Yuqoridagilarga
asoslanib,
o'quvchilar
mehnat
tarbiyasida
quyidagi
mezonlarni asos qilib olish maqsadga muvofiq. Bular:
—o'quvchilar tomonidan mehnatning ijtimoiy ahamiyatining tushunilishi;
—ularning ixtiyoriy ravishda mehnat qilishlari;
—ularda mehnat qilmay hayot kechiruvchilarga nisbatan nafrat uyg'otish;
—o'quvchilarda mehnat va mehnat ahliga hurmat tuyg'ularini qaror toptirish;
—ularda mehnatda javobgarlikni his etish tuyg'usini tarbiyalash;
—ularning mehnatga ongli munosabatda bo'lishlariga erishish;
—mehnatda ijodkorlikni qo'llab-quvvatlash;
—o'quvchilarda jamiyat va umumxalq mulkini ko'z qorachig'iday asrash
tuyg'ularini shakllantirish;
—mehnatda do'stlik, o'rtoqlik va hamkorlikka erishish;
— o'quvchilarning
mehnatni
go'zallik
manbayi
sifatida
tushunishlariga erishish va boshqalar.
Yuqoridagi mezonlar asosida o'quvchilarni bo'lg'usi kasbiy faoliyatga tayyorlash
jarayonini barcha ta'lim-tarbiya ishlarini mustahkam aloqada, hozirgi zamon
talablariga mos holda olib borish taqozo etiladi.
Sharq mutafakkirlari mehnat tarbiyasi haqida. Ta'lim-tarbiya tarixiga
nazartashlar ekanmiz, dastlabki xalq og'zaki ijodi namunalaridan tortib, buyuk
mutafakkirlar ijodigacha yoshlarni mehnatsevar bo'lib yetishishi, kasb-hunar
o'rganish, mehnat ahlini hurmat qilish hamda mehnat insonni ulug'lash masalalariga
alohida e'tibor berilganligiga guvoh bo'lamiz. Buni biz turli davrlarda yaratilgan
ta'limiy-axloqiy asarlar va xalq og'zaki ijodi namunalari topishmoq, xalq qo'shiqlari,
masal, maqol, ertak va dostonlarda mehnat va kasb-hunar odobi, axloqi va
qoidalarini o'zlashtirish muhim hayotiy zarurat ekanligi ta'kidlanadi.
Bundan tashqari «Avesto», Kaykovusning «Qobusnoma», Abu Nasr
Forobiyning «Fozil odamlar shahri», Abu Rayhon Beruniyning «Geodeziya»,
«Minerologiya», Mahmud Qoshg'ariyning «Devonu lug'otit turk», Yusuf Xos
Hojibning «Qutadg'u bilig», Alisher Navoiyning bir qator asarlari va shu kabi
ma'rifiy meros namunalarida mehnatsevarlik, kasb-hunarning ahamiyati haqida
muhim fikrlar bayon etilgan. Bular dastlabki xalq og'zaki ijodi namunalaridagi xalq
eposlari, ertak, maqol va topishmoqlardan boshlangan.
Mana shunday ertaklardan biri «Aql va boylik» ertagidir. Bunda chol to'rt
o'g'liga qarata «Kim aqlli va davlatmand bo'lsa, o'sha oila boshlig'i bo'lib qoladi»,
degan so'zlariga o'g'illaridan biri zumrad ko'zli oltin uzugi, ikkinchisi zarbof
choponini, uchinchisi esa qimmatbaho kamarini ko'rsatadi. Kenja o'g'il esa otasining
savoliga «Menda zumrad ko'zli uzuk ham, zarbof chopon ham, qimmatbaho kamar
ham yo'q. Lekin mehnatkash qo’lim, botir yuragim, aqlli boshim bor», — deydi va
otasi uni oila boshlig'i qilib, uy-ro'zg'orini meros qoldiradi.
Ko'rinib turibdiki, xalq bu ertak vositasida yoshlarga insonni hayotda baxtli qila
oladigan narsa mehnat degan g'oyani ilgari surgan.
Faqat ertaklarda emas, xalq maqollarida ham mehnatsevarlik, mehnatda
hamkorlik, mehnatning insonni baxtli-saodatli qilishi ifodalangan. Masalan:
Daryo suvini bahor toshirar,
Inson qadrini mehnat oshirar.
Oltin o 'tda bilinar,
Odam mehnatda.
Mehnatda do 'st ortar,
G'iybatdan dushman.
kabi maqollar shular jumlasidandir.
Yusuf Xos Hojibning «Qutadg'u bilig» asarida esa shahar va qishloq xalqini
ijtimoiy tabaqalarga ajratib, dehqonlar, hunarmandlar, chorvadorlar, olimlar,
tabiblar va boshqalar haqida so'zlab, ularning jamiyat hayotidagi o'rniga alohida
to'xtalib o'tadi. Turli kasblar, ayniqsa, dehqonchilik, hunarmandchilik va
chorvachilikka oid fikrlarini bayon etadi. U dehqon, hunarmand va chorvadorlarni
jamiyatning moddiy boyliklarini yaratuvchi sifatida ta'riflaydi.
XV asrning yirik mutafakkiri Alisher Navoiyning mehnatkash insonni
ulug'lovchi, mehnat tarbiyasi haqidagi fikrlari «Hayratul abror», «Farhod va
Shirin», «Mahbub-ul qulub» asarlari ham mavjud. Alisher Navoiyning haqiqiy
inson uchun eng yaxshi fazilatlardan biri mehnatsevarlik deb ko'rsatadi. U
«Hayratul abror»ning beshinchi maqolatida kishilarning saxovatiga ko'z tikishdan
ko'ra o'z qo'li bilan hayot kechirish ulug'roq va oliyjanobroq ekanligini «Hotam
Toyi» hikoyatida keltiradi. Hotam Toyi bir kuni qo'y-qo'zilar so'ydirib, xalqqa katta
ziyofat beradi. So'ng biroz dam olish uchun dalaga chiqadi. Unga yelkasida o'tin
ko'tarib kelayotgan bir chol uchraydi. Hotam Toyi unga «Dashtda yurib bexabar
qolgandirsan, tashla bu og'ir yukni, Hotam uyiga borib ziyofatda izzat ko'rgil», -
deydi. Shunda chol kulib: «Ey, oyog'iga hirs band solgan, g'ayrat vodiysiga qadam
urmagan kishi, sen ham bu tikan mehnatini chekkin va Hotamning minnatidan
qutulgin», - deb
javob qiladi. Hotam Toyi cholning bu so'zlariga tan beradi va halol mehnat
bilan kun kechirishi uning himmatidan baland ekanligini anglaydi.
Alisher Navoiy mehnatning insonni go'zallashtirishi, faqat mehnat tufayligina
insonning kamol topishi mumkinligini ta'kidlaydi. Shu maqsadda u qator
mehnatsevar badiiy obrazlarni yaratadi. Masalan, «Farhod va Shirin» dostonining
asosiy qahramoni Farhod ana shunday qahramonlar jumlasidandir. Farhod
Armaniston o'lkasiga qadam qo'yganda, o'z yurtida Qorandan o'rgangan tosh yo'nish
hunarini ishlatib, og'ir mehnatdan ezilgan xalqqa yordam beradi. O'z hunari,
mehnati tufayli bir tomondan xalqning og'ir mehnatini yengillashtirgan bo'lsa,
ikkinchi tomondan sevgilisi Shirinning hurmatiga sazovor bo'ladi. Farhodning
mehnatsevar va ijodkorligidan ilhomlangan Alisher Navoiy o'z dostonining ikkinchi
nomini «Mehmonnoma» deb ataydi.
Mehnatga muhabbat, ijodkorlik dostonning markaziy masalalaridan biri bo'lib
hisoblanadi. Navoiy «Mahbub-ul qulub» asarida esa turli ijtimoiy guruhlarning
hayotidagi o'rnini belgilaydi, fazilat va nuqsonlarini ko'rsatadi. Dehqonlar to'g'risida
fikr yuritar ekan, «Dehqonki dona sochar, yerni yormoq bila rizq yo'lin ochar. ...
Olam ma'murlig'i alardin va olam ahli masrurlig'i alardin. Har qayonki, qilsalar
harakot, elga ham qut yetkurur, ham barakot», - deb dehqonlarni, ya'ni, mehnatkash
insonni ulug’laydi. Shu bilan birga shoir bu asarida tekinxo'rlarni, nojo'ya ish
tutuvchi kishilarni, ochko'z va ta'magirlarni, mehnat qilmay hayot kechiruvchi
shaxslarni tanqid qiladi.
Ma'rifatparvar shoir Furqat ham o'zining ma'rifiy she'rlarida ilm, hunar haqida
fikr yuritar ekan, har bir sog'lom fikrlovchi insonni hunar egallashga da'vat etadi,
hunarga mehr qo'ygan, uni o'rganishni da'vat etgan kishining jahonda qadri baland
bo’lajagini uqtiradi.
Mehnat tarbiyasining mazmuni, shakl va metodlari. Mehnat tarbiyasini
tashkil etish jarayonida o'quvchilar dastlab ishlab chiqarish jarayonlarining ilmiy
asoslari bilan tanishadilar.
Mehnat tarbiyasi maqsadga muvofiq, tizimli, izchil tashkil etiladi. Mehnat
ta'limi sinf xonalari, o'quv-tajriba maydoni, mashina-traktor saroyi, o'quv-tarbiyaviy
tadbirlar jarayoni, ishlab chiqarish korxonalari va xo'jaliklarning dalalarida olib
boriladi. Natijada ma'lum qiymatga ega bo'lgan ijtimoiy-foydali mahsulotlar
yaratiladi hamda ilg'or kasb sohiblariga xos bo'lgan shaxslik fazilatlari shakllanadi.
Shu jihatdan olib qaraganda, bugungi kunda mehnat ta’limining mazmuni, maqsad
va vazifalari o'zgardi, texnologik ta'lim ustuvorlik kasb etdi, o'quvchilarni kasbga
yo'naltirish tizimi yangilandi. Mehnatni ilmiy tashkil etishning birinchi darsini ham
o'quvchi ta'lim jarayonida oladi. Mehnat tarbiyasi bilan mehnat ta'limi bir-biri bilan
o'zaro bog'langan. Mehnat faoliyati ma'lum bilimga ega bo'lishni talab etadi. Zero,
bilim va ko'nikmalar o'quvchini mehnat faoliyatiga tayyorlaydi. Ta'lim jarayonida
olgan bilimlarini amaliyotda sinab ko'radilar, umumiy mehnat jarayonida
o'quvchilarning kombinatlar, jamoa hamda fermer xo'jaliklari, korxona, zavod va
fabrikalarda texnik va texnologik bilimlari mustahkamlanadi, shuningdek, ular
tashkilotchilik malakalariga ham ega bo'ladilar.
Sinfdan tashqari ishlar jarayonida mehnat tarbiyasi ayniqsa muhim ahamiyat
kasb etadi. Sinfdan tashqari mashg'ulotlarning turli shakllari o'quvchining texnik
ijodkorligini rivojlantiradi, u yoki bu bilim sohasida bilimga bo'lgan qiziqishini
shakllantiradi. To'garaklarda o'quvchining qiziqish va qobiliyatlari namoyon
bo'ladi. O'quvchilarning to'garaklardagi faoliyati ma'lum pedagogik talablarga rioya
qilganda samarali bo'ladi. Chunonchi:
— to'garak faoliyati ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lishi lozim, ya'ni, o'quvchilar
tayyorlagan buyumlar kishilar uchun amaliy qiymatga ega bo'lishi zarur;
— texnik ijodkorlik o'quv muassasasidagi o'quv-mehnat jarayoni bilan uzviy
aloqada bo'lishi kerak (maktab, kollej, oliy ta'lim va boshqalar);
— ijtimoiy – foydali, unumli mehnat jarayonida o'quvchining texnik
ijodkorligini tashkil etishda faoliyatni ijtimoiy buyurtmadan ijodkorlikka aylantirish
kerak bo'ladi.
To'garak faoliyati jarayonida o'quvchilar o'z kollejlari uchun o'quv-kojrsatmali
qurollar: jadvallar, rasmlar, diagrammalar, kolleksiyalar, oddiy modellar, yuqori
sinflarda — stendlar, harakatdagi modellarni yaratishi mumkin.
Tabiatshunoslik, botanika, zoologiyadan amaliy mashg'ulotlarda o'quvchilar
o'quv-tajriba uchastkalarida ishlaydilar, jonli burchaklar tashkil etadilar, o'quv
maskanini ko'kalamzorlashtiradilar.
Mehnat tarbiyasi oilada tabaqalashtirilgan holda olib boriladi: bolalar o'z-o'ziga
xizmat qiladilar, uy hayvonlarini parvarishlaydilar, ro'zg'or texnikalarini ta'mirlash
bilan shug'ullanadilar. Oila budjeti va uni yuritish bilan bog'liq topshiriqlarni
bajaradilar, oilada bolalar va kattalar mehnatini hamkorlikda tashkil etishning
imkoniyatlari cheksiz.
So'nggi yillarda o'quvchilar mehnat tarbiyasiga jamoatchilik katta e'tibor
bermoqda. Yirik fermer xo'jaliklari, qo'shma korxonalarning jamoalari maktablarni
otaliqqa olmoqda, ularning moddiy bazasini yaratish, o'quvchilarning bilim
olishlari, ijtimoiy-foydali mehnatni tashkil etishda yordam bermoqdalar.
1-Rasm. Mehnat faoliyatining asosiy turlari
Mehnat faoliyatining asosiy turlari quyidagilardir:
O'quv mehnati o'quvchilarning ilmiy bilimlar hamda turli fanlar asoslarini
o'zlashtirishga yo'naltirilgan faoliyati turidir.
Ijtimoiy-foydali mehnat shaxsni har tomonlama kamol toptirish hamda uning
muayyan ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishga yo'naltirilgan hamda ijtimoiy mehnat
xarakteridagi faoliyati turidir.
Hozirgi davrda ta'lim muassasalarida o'z-o'ziga xizmat keng yo’lga
qo'yilmoqda. O'z-o'ziga xizmat o'quvchilarning ijtimoiy va o'quv ehtiyojlarini
qondirish maqsadida ularning o'zlari tomonidan amalga oshiriluvchi mehnat
faoliyati turidir. O'quvchilarning navbatchiligi o'z-o'ziga xizmat qilishni tarkib
toptirishning muhim shaklidir.
Unumli mehnat turlari xilma-xildir. Masalan, o'quvchilarning mehnat haftaligi,
chorvaga yem-xashak tayyorlash va shirkat xo'jaliklarida faoliyat yuritish va
boshqalar. Unumli mehnat — o'quvchilar mehnatining eng ommaviy shakli
sanaladi.
O'quvchilar hozirgi davrda «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati faoliyatida
ishtirok etadilar, Dorivor o'simliklar, urug'larni yig'ish, maktab binolarini
ta'minlashda qatnashmoqdalar, fermer, shirkat va jamoa xo'jaliklarida ishlab
chiqarishni tashkil etishda ishtirok etmoqdalar. Ayni vaqtda, juda ko'plab
maktablarda yordamchi xo'jalik mavjud. Korxona va xo'jaliklar ta'lim muassasasiga
majmuaviy
yondashuv
asosida
mehnat
tarbiyasini
tashkil
etishga
ko'maklashmoqdalar. O'quvchilar ishlab chiqarish subyektlarining iqtisodiy
rivojlanishi bilan tanishadilar, Bu jarayon ularni turli kasblarni egallash shartlari va
Mehnat faoliyati
O’quv mehnati
Ijtimoiy foydali mehnat
Unumli mehnat
O’z-o’ziga xizmat
sharoitlari bilan tanishtirishga yordam beradi.
Mehnat tarbiyasi o'quvchilarni mehnatga psixologik va amaliy jihatdan
tayyorlashni nazarda tutadi. Zero, mavjud sharoitda ro'y berayotgan ijtimoiy-
iqtisodiy o'zgarishlar shaxs kamolotiga nisbatan juda katta talablarni qo'ymoqda.
Xususan, mehnatga muhim ijtimoiy burch sifatida qarash, ma'lum faoliyatni
bajarishda mas'uliyatni his etish, mehnatga va uning natijasi, shuningdek, mehnat
jamoasiga hurmat, mehnat faoliyatini tashkil etishda tashabbuskorlik, faollik
ko'rsatish, o'z aqliy va jismoniy qobiliyatini to'liq namoyon etishga boigan ichki
ehtiyoj, mehnatni ilmiy tashkil etish yo'lida amaliy harakatni olib borish shular
jumlasidandir.
Mehnatga psixologik jihatdan tayyor bo'lish esa tarbiyaviy ishlar tizimida
amalga oshirilib, ularning har biri quyidagi vazifalarni hal etishga yordam beradi:
- o'quvchilar tomonidan mehnatning ijtimoiy ahamiyati, mehnatni tashkil etish
hayotiy zaruriyat ekanligining anglab yetilishiga erishish;
- ularda mehnat faoliyatini amalga oshirishga nisbatan rag'bat uyg'otish;
- o'quvchilarda mehnat ko'nikma va malakalarini shakllantinsh va hokazolar.
Jamiyatda kechayotgan ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlar, mulkka egalik, xususiy
mulkni yaratish yo'lida qonun doirasida olib borilayotgan amaliy faoliyatni qo'llab-
quvvatlashga yo'naltirilgan ijtimoiy harakatlar mehnat tarbiyasiga yangicha
yondashuvni talab etmoqda.
Mehnat tarbiyasining yangi texnologiyalar asosida o'quv dasturlari, ta'lim
metodlarining variativligi tamoyili yotadi. Dasturlar kasb-hunar kollejlari
ixtisoslashgan turli kasblar bo'yicha yaratiladi. Ularda kasbiy taiimni o'zlashtirishga
nisbatan qo'yilgan davlat talablari o'z ifodasini topadi.
Ta'lim jarayonida egallangan bilim, ko'nikma va malakalar mehnat tarbiyasida
pedagogik faoliyatning yakuniy natijasi emas, balki inson qobiliyatining
rivojlanishi, ya'ni, mehnatga bo'lgan layoqatini rivojlantirishning samarali
vositasidir. Bu esa mehnat tarbiyasida an'anaviy metodlarni emas, balki bilim
olishning faol metodlaridan foydalanib, o'quvchilarda tadqiqotchilik hamda
ixtirochilik malakalarini rivojlantirish metodlarini qo'llashni nazarda tutadi.
Bundan tashqari muammoli, izlanuvchan tadqiqot metodlari, konstruktorlash,
loyihalash, texnik modellashtirish, mehnatni tashkil etish jarayonida uning eng
yaxshi variantlarini izlab topish, ijodiy topshiriqlarni to'g'ri tanlay olish,
shuningdek, tanlovlar, yoshlarning ijodiy ko'rgazmalarni tashkil etish ham eng
samarali metodlardan sanaladi.
Mehnat ta'limi va tarbiyasining tashkiliy-metodik shakllari o'qituvchi
tomonidan tanlanadi. Bu shunday shakl va metodlar boiishi kerakki, u o'quvchiga
mehnati muvaffaqiyatidan quvonch baxsh etsin, o'z mehnatidan o'zi faxrlansin.
Mehnat tarbiyasining texnologiyalari o'quvchining nazariy bilimlarini
amaliyotda qo'llash imkoniyatini yaratishi zarur. Bu esa, o'z navbatida, mehnat
ta'limi mazmunini ham takomillashtiradi. U kompleks xarakter kasb etib,
o'quvchilarda o'quv texnika va texnologiyalari haqida tasawur hosil qilishi, amaliy
masalalarni hal etish malakasini shakllantirishi, sifat natijalarini ta'minlashi lozim.
Ayniqsa, o'quv topshiriqlarini hal etishga ijodiy yondashish, ishlab chiqarishning
texnik-iqtisodiy, ijtimoiy ko'rsatkichlarini yuqoriga ko'tarishga intilish hosil qilishi
maqsadga muvofiqdir.
Mehnat tarbiyasida sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlar rejasida mehnat tarbiyasi
yo'nalishidagi tadbirlarning o'rin olishini ta'minlash muhim pedagogik vazifalardan
biridir. Mehnat tarbiyasi turli an'anaviy va noan'anaviy shakllarda tashkil etiladi.
2 - Rasm. Mehnat tarbiyasining tashkiliy shakllari
Demak, o'quvchilarning mehnat faoliyatini tashkil etish jarayonida quyidagi
vazifalar amalga oshiriladi:
O'quvchilarning mehnat ta'limi jarayonida ularning mehnatga qiziqishlarini
oshirish, kasbiy yoki mehnat faoliyatiga tayyor bo'lishni ta'minlash.
O'quvchilar kuchini to'g'ri taqsimlash, faoliyat turlari va uni ijro etishda o'rin
almashtirish vositasida ularda rahbarlik va ijrochilik malakalarini hosil qilish.
O'quvchilarning mehnat faoliyatiga rag'batlantirishning samarali metod va
vositalaridan foydalanishga e'tiborni qaratish.
Mehnat faoliyatining turidan qat'i nazar mehnat madaniyatini shakllantirish,
Mehnat tarbiyasi
-mehnat bayrami, o’quvchilar yasagan buyumlar ko’rgazmasi
- hasharlar uyushtirish
- qarovchisi yo’q, bemor, keksa va nogiron kishilarga ko’rsatiluvchi insonparvarlik ordami
- ko’kalamzorlashtirish
- ta’mirlash(maktab binosini)
- “Mohir qo’llar” to’garagining faoliyati
kasbiy faoliyatni rejalashtirish, vaqtdan oqilona foydalanish, o'z joyini tartibli
saqlash hamda mehnat qurollariga ehtiyotkorona munosabatda bo'lish.
Jismoniy tarbiya mohiyati. Jismoniy tarbiya, shu jumladan muntazam
ravishdagi jismoniy mashqlar kishi organizmining har qanday muhitga
chidamliligini oshirishga, sog’lig’ini mustahkamlashga, ongli ravishda uzoq umr
ko‘rish imkoniyatlarini kuchaytirishga qaratilgan faoliyatdir. Bugungi kunda
hukumatimiz bunday muhim omillarni e’tiborga olib qolmasdan, balki ularni
muntazam ravishda amalga oshirib borishni davlat siyosati darajasigacha
ko‘tarmoqda. Jumladan, «Umid nihollari» (o‘rta umumta’lim o‘quv muassasalari
o‘quvchilari uchun), «Barkamol avlod» (o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi o‘quv
muassasalari o‘quvchilari uchun), «Universiada» (oliy o‘quv yurtlari talabalari
uchun) kabi respublika miqyosidagi musobaqalar davlatimiz tomonidan talaba-
yoshlarimizning ham jismonan, ham ma’nan yuksakligini o‘ylab qilinayotgan
tadbirlardir. Bular orqali yoshlarni barkamol shaxs darajasida tarbiyalashga
erishamiz va ular yuksak unumli ongli mehnat qilishga tayyor bo’ladi hamda o‘z
ona-Vatanini sodiqlik bilan qo‘riqlashdek xislatlarga ega bo’ladi. Yuqorida qayd
etilgan tadbirlardan asosiy maqsad - yosh avlodni bolalik chog’ldan boshlab
jismoniy jihatdan sog’lom va baquvvat hamda irodali qilib tarbiyalashdan iboratdir.
Jismoniy tarbiyaning maqsadi - insonni har tomonlama jismoniy jihatdan
chiniqqan, mustahkam irodali, qat’iyatli va Vatanni himoya qila oladigan sabot-
matonatli shaxsni tarkib toptirishdir. Bunda kishining ijodiy imkoniyatlari doirasini
kengaytiriladi va ularning mehnat tarbiyasiga hamda ijtimoiy-foydali mehnatga
yo‘naltirilishiga e’tibor kuchaytiriladi. Bular bolalardagi harakat ko'nikmalarining
ortib
borishi,
jismoniy
sifatlarning
takomillashuvi
va
sog‘lig‘ining
mustahkamlanishiga har tomonlama yordam beradi.
Jismoniy tarbiyaning vazifalari quyidagilar:
1. Inson a’zolarining funktsional kamoloti (ichki a’zolar, asab va harakat,
suyak-muskul tizimi, tana uyg’unligi va ularning funktsional faoliyatini boshqarish
layoqati)ga egalikni ta’minlash.
2. O’quvchilarning sog’ligini mustahkamlash.
3. Ularni gigiena qoidalariga amal qilishga ko’niktirish.
4. O’quvchilar mohirligini har tomonlama o’stirish.
5. O’quvchilarning jinsiy jihatdan to’g’ri kamolga yetishlari uchun sharoit
yaratish.
6. O’quvchilarda mustahkam iroda, qat’iy xarakter, intizomga so’zsiz amal
qilish ko’nikmalarini shakllantirish.
Physical education functions
1. The members of the functional maturation (internal organs, nerves and,
bone-muscular system, and the harmony of the body and the ability to manage
their functional activity) to ensure ownership.
2. Readers health.
3. them to follow the rules of hygiene experience.
4. The ratification of all-round growth of the students.
5. readers to create conditions for the sexually motivated.
6. The students' strong willpower, strong character, strict observance of
discipline skills1
Jismoniy madaniyat tushunchasi - bu ancha keng tushuncha bo’lib, u jismoniy
tarbiya
va
jismoniy
rivojlanish
hamda
ma’naviy
takomillashuvlarning
uyg‘unlashgan ko‘rinishidir.
Abu Ali ibn Sino sog’liqni saqlashda yettita narsaga e’tibor berishni tavsiya
etadi:
• fe’l-atvorni yaxshilash;
• narsalarni tanlab yeb-ichish;
• gavdani chiqindidan tozalash;
• badanning to‘g‘ri tuzilishini saqlash;
• toza havodan nafas olish;
• mos kiyim tanlash;
•jismoniy va ruhiy harakatlarni mo‘tadil qilish.
Umuman olganda jismoniy madaniyat umumiy madaniyatning bir qismi
bo’lib, ushbu sohadagi jamoatchilik yutuqlarini va bu yutuqlarni qo‘lga kiritishning
metod hamda vositalarining majmuasi asosida jismoniy rivojlanishga va
yo‘nalishga tegishli bilimlarni egallashga ta’sir ko‘rsatuvchi jihatdir.
1 Curriculum, cultural traditions and pedagogy: understanding the work of teachers in England,
France and Germany (2012).
Sportda va boshqa jismoniy mashqlarni bajarishda yoshlardan tezkorlik bilan
vaziyatni baholash va shu baho asosida harakat shaklini bajarishga o‘tishni taqozo
etadi. Bu tezkorlikni, ya’ni eng qisqa vaqtda, eng unumli (maqsadli) harakatni
amalga oshirish hamma yoshlardan talab qilinadi. Bu esa ularning musobaqaviy
fikrlash doirasini ham kengaytirishga olib keladi. Ular ichidan yuqoridagi qayd
etilganidek tez o‘ylab, tez harakat qilish natijasida birinchi, ikkinchi va hokazo
o‘rinlarda ushbu jarayonlarni bajarganlar baholanadi. Ushbu jarayonda jismoniy
sog‘lomlik bilan tez qaror qabul qilish tafakkuri asosiy manba bo‘lib hisoblanadi.
Bunday jarayonlarda yoshlar o‘zlari bajarayotgan mashqlarning mazmunini ongli
ravishda tushunsalar jarayon samarali va mazmunli kechadi hamda bu orqali ular
o‘z harakatlarini ongli boshqaradilar, ya’ni ularda to‘g‘ri harakat to‘g‘risida
tasavvur hosil bo'ladi. Bunda fikr yuritish faoliyati yoshlarga harakatlarni aytib
bajarish, o‘z o‘rtoqlarining harakatlarini kuzatish, tahlil qilishda muhim hisoblanib,
ular jismoniy madaniyatning tarkibiy qismlarini tashkil etadi.
Yoshlar jismoniy madaniyatini yuksaltirishda quyidagi ommaviy- jismoniy
tadbirlarning mazmun-mohiyati to‘g‘risida ma’lumotlar berib borish muhimdir:
• «Umid nihollari» - o‘rta maktab o‘quvchilarining respublika sport
musobaqalari;
• «Barkamol avlod» - o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari ta’lim
oluvchilarining respublika miqyosidagi sport musobaqalari;
• «Universiada» - oliy o‘quv yurtlari talabalari o‘rtasida o‘tkaziladigan
respublika sport musobaqalari va shu kabilar.
Shuningdek. quyidagi mavzularda suhbatlar o‘tkazish ham yoshlar jismoniy
madaniyatining rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi:
• sog‘ tanda - sog‘lom aql;
• ma’naviy sog‘lom shaxs kim?;
• ma’naviy va jismoniy poklik jismoniy madaniyat shakllanishida qanday
imkoniyatlarni kengaytiradi?;
• sogiom avlod - yurtimizning asosiy qo‘riqchilaridir;
• sog'lig'imiz o‘z qo’imizda;
• kuch—tezkorlik—chaqqonlik—>chidamlilik—>aql-idroklilik—>
sog’lom
fikrlilik -jismoniy madaniyat asoslaridir;
• inson jasorati jismoniy madaniyatning qaysi asosi hisoblanadi;
• qahramonlik, jasorat va jismoniy madaniyat va shu kabilar.
Jismoniy tarbiyani tashkil etish yo‘llari quyidagicha:
• Ertalabki badantarbiya.
• Mashg‘ulotIargacha bo‘lgan badantarbiya.
• Jismoniy tarbiya daqiqasi
• Madaniy jismoniy yayov yurishlar va sayr qilishlar
• Darsdan tashqari mashg‘ulot!arda umumiy jismoniy tarbiya
• Sport musobaqalari
Jismoniy tarbiya vositalari quyidagicha:
• sanitariya-gigiyena omillari;
• tabiatdagi sog’lomlashtiruvchi kuchlar;
•jismoniy tarbiya vazifalarini hal etishga yo‘naltirilgan jismoniy mashqlar
tizimi.
Nafosat tarbiyasi haqida tushuncha. Nafosat tarbiyasi (estetik tarbiya - lotincha
«estezio» go'zallikni his qilaman) - o'quvchilarni voqelik, tabiat, ijtimoiy va mehnat
munosabatlari va turmush go'zalliklarini anglash, idrok etish va to'g'ri tushunishga
o'rgatish, ularning badiiy didini o'stirish, ularda go'zallikka muhabbat uyg'otish, ular
tomonidan go'zallikni yaratish qobiliyatlarini tarbiyalashga yo'naltirilgan pedagogik
jarayon.
Nafosat tarbiyasi «badiiy tarbiya» sifatida ham qo'llaniladi. Umuman, nafosat
tarbiyasi keng ma'noga ega bo'lib, faqat san'at vositasidagina emas, balki, hayot,
mehnat, ijtimoiy munosabatlar, tabiat va boshqalar vositasida go'zallikni his qilishga
yo'naltirilgan pedagogik faoliyatni o'z ichiga oladi. Badiiy tarbiya esa san'at
(adabiyot, musiqa, qo'shiq, tasviriy san'atning boshqa yo'nalishlari) vositasida
shaxsda estetik his-tuyg'ularni shakllantirishni nazarda tutadi.
Nafosat tarbiyasi insonda go'zallikni his qilish tuyg'usini shakllanishiga yordam
beradi, uni rivojlantiradi. Inson doimo o'z hayotini go'zallik asosida qurishga intiladi.
Nafosat tarbiyasi axloqiy, aqliy, huquqiy, ekologik, jismoniy va mehnat tarbiyasi
bilan chambarchas bog'liqdir. Tabiat, adabiyot, teatr, musiqa, she'riyat, tasviriy
san'at va boshqalarga bo'lgan muhabbat shaxsning har tomonlama rivojlanishiga
xizmat qiladi. Nafosat tarbiyasi axloqiy tarbiyani samarali tashkil etishda katta