O‘QUVCHILARNING TA’LIMIY YUTUQLARINI BAHOLASH BO‘YICHA XALQARO DASTUR (PISA)

Yuklangan vaqt

2024-05-21

Yuklab olishlar soni

2

Sahifalar soni

6

Faytl hajmi

65,6 KB


Ilmiybaza.uz 
 
 
 
O‘QUVCHILARNING TA’LIMIY YUTUQLARINI BAHOLASH BO‘YICHA 
XALQARO DASTUR (PISA). 
 
O‘quvchilarning ta’limiy yutuqlarini baholash bo‘yicha xalqaro dastur- (inglizcha 
- Programme for International Student Assessment, PISA) - dunyoning barcha 
davlatlaridagi o‘quvchilarning savodxonligini baholash va ushbu bilimlarini amaliyotda 
qo‘llashni bilish darajasini baholovchi testdir. Bu testlar 3 yilda bir marotaba o‘tkaziladi. 
Bunda 15 yoshli o‘smirlar qatnashadi.1997 yilda ishlab chiqilgan. 2000 yilda birinchi 
marotaba qo‘llanilgan. Bu testlar Iqtisodiy xamkorlik va rivojlantirish tashkiloti 
tomonidan konsorsiumda yetakchi xalqaro ilmiy tashkilot bilan milliy markazlar 
ishtirokida tashkillanadi. Konsorsiumni Avstraliya pedagogik tadqiqotchilar birlashmasi 
(ACER) Niderlandiya (Gollandiya) Milliy Pedagogik O‘lchovlar (CITO) instituti 
ko‘magida boshqaradi, AQShning Pedagogik Test Xizmati (ETS), Yaponiya Ta’lim 
tizimadagi Milliy tadqiqotlar instituti (NIER); Aqsh Vestat (WESTAT) va dunyodagi 
boshqa nufuzli ta’lim tashkilotlari hamkorlikda olib boradi. 
Ushbu tadqiqotda Iqtisodiy Ko‘mak va Rivojlantirish Tashkilotiga kiruvchi 
davlatlar va shu tashkilot bilan xamkorlikdagi boshqa davlatlar ham ishtirok etadi. Bu 
davlatlar soni tobora ko‘payib bormoqda.  
PISA tadqiqotlar monitoring bo‘lib, turli davlatlardagi ta’lim tizimidagi 
o‘zgarishlarni aniqlash hamda solishtirishga yordam beradi va ta’limdagi strategik 
yechimlarni samarali baholab beradi. Bu tadqiqotlarning natijalari barcha davlatlarda juda 
katta ishtiyoq bilan kuzatiladi. Ushbu kuzatishni Olimpiada o‘yinlari bilan tenglashtirish 
mumkin.  
PISAda maktabining bilim sifati monitoringi 4 ta asosiy yo‘nalish bo‘yicha 
o‘tkaziladi: o‘qish savodxonligi, matematik savodxonligi, tabiiy fanlar savodxonligi va 
kompyuter savodxonligidir. 2000-2009 yillar natijasiga ko‘ra Sharqiy Osiyo davlatlarida 
Eng yaxshi o‘rta ta’lim Xitoy, Koreya, Singapur va Yaponiya davlatlarida xisoblanadi, 
Ilmiybaza.uz O‘QUVCHILARNING TA’LIMIY YUTUQLARINI BAHOLASH BO‘YICHA XALQARO DASTUR (PISA). O‘quvchilarning ta’limiy yutuqlarini baholash bo‘yicha xalqaro dastur- (inglizcha - Programme for International Student Assessment, PISA) - dunyoning barcha davlatlaridagi o‘quvchilarning savodxonligini baholash va ushbu bilimlarini amaliyotda qo‘llashni bilish darajasini baholovchi testdir. Bu testlar 3 yilda bir marotaba o‘tkaziladi. Bunda 15 yoshli o‘smirlar qatnashadi.1997 yilda ishlab chiqilgan. 2000 yilda birinchi marotaba qo‘llanilgan. Bu testlar Iqtisodiy xamkorlik va rivojlantirish tashkiloti tomonidan konsorsiumda yetakchi xalqaro ilmiy tashkilot bilan milliy markazlar ishtirokida tashkillanadi. Konsorsiumni Avstraliya pedagogik tadqiqotchilar birlashmasi (ACER) Niderlandiya (Gollandiya) Milliy Pedagogik O‘lchovlar (CITO) instituti ko‘magida boshqaradi, AQShning Pedagogik Test Xizmati (ETS), Yaponiya Ta’lim tizimadagi Milliy tadqiqotlar instituti (NIER); Aqsh Vestat (WESTAT) va dunyodagi boshqa nufuzli ta’lim tashkilotlari hamkorlikda olib boradi. Ushbu tadqiqotda Iqtisodiy Ko‘mak va Rivojlantirish Tashkilotiga kiruvchi davlatlar va shu tashkilot bilan xamkorlikdagi boshqa davlatlar ham ishtirok etadi. Bu davlatlar soni tobora ko‘payib bormoqda. PISA tadqiqotlar monitoring bo‘lib, turli davlatlardagi ta’lim tizimidagi o‘zgarishlarni aniqlash hamda solishtirishga yordam beradi va ta’limdagi strategik yechimlarni samarali baholab beradi. Bu tadqiqotlarning natijalari barcha davlatlarda juda katta ishtiyoq bilan kuzatiladi. Ushbu kuzatishni Olimpiada o‘yinlari bilan tenglashtirish mumkin. PISAda maktabining bilim sifati monitoringi 4 ta asosiy yo‘nalish bo‘yicha o‘tkaziladi: o‘qish savodxonligi, matematik savodxonligi, tabiiy fanlar savodxonligi va kompyuter savodxonligidir. 2000-2009 yillar natijasiga ko‘ra Sharqiy Osiyo davlatlarida Eng yaxshi o‘rta ta’lim Xitoy, Koreya, Singapur va Yaponiya davlatlarida xisoblanadi, Ilmiybaza.uz 
 
Yevropada esa birinchi o‘ntalik liderlari Finlyandiya va Niderlandiya (Gollandiya) 
davlatlaridir. 
2000 yil.   
2000 yilda testda 32 davlatdan 265000 o‘quvchi ishtirok etgan. Asosiy maqsad – 
o‘qish va o‘qiganini tushunish. Testlarning 3 dan 2 qismi shu maqsadga qaratilgan edi. 
Rossiya Federatsiyasi o‘qish bo‘yicha 462 ball yig‘di (27 o‘rin), matematikadan -478 
ball, ilmiy savodxonlikdan -460 ball yig‘di. 
2003 yil. 
PISA - 2003 da 43 davlatdan 275000dan ortiq o‘quvchi ishtirok etdi.O‘qish 
bo‘yicha 543 ball to‘plab Finlyandiya davlati yo‘lboshchi bo‘ldi. Rossiya 442 ball 
to‘pladi, AQSh -495 ball, Serbiya davlati -412 ball. 
Matematika bo‘yicha Gonkong davlati 550 ball to‘plab, yo‘lboshchi bo‘ldi, 
Rossiya Federatsiyasi 468 ball to‘pladi (32 o‘rin), AQSh -483 ball, Italiya -466 ball. 
Ilmiy savodxonlik bo‘yicha Finlyandiya 549 ball bilan yo‘lboshchi bo‘ldi. Rossiya 
Federatsiyasi 489 ball, AQSh -491 ball, Italiya -486 ball to‘pladi. 
2006 yil. 
2006 yili 57 davlat ichida Rossiya Federatsiyasi 440 ball bilan 36 o‘rinda edi. 556 
ball bilan Janubiy Koreya yo‘lboshchi bo‘ldi.  
Matematika bo‘yicha Taybey davlati 549 ball to‘plab, yo‘lboshchi bo‘ldi, Rossiya 
Federatsiyasi 476 ball to‘pladi, AQSh -468 ball, Isroil davlati -442 ball. 
Ilmiy savodxonlik bo‘yicha Finlyandiya 563 ball bilan yo‘lboshchi bo‘ldi. Rossiya 
Federatsiyasi 479 ball, AQSh -489 ball, Italiyada-475 ball. 
2009 yil. 
2009 yili 74 davlat ishtirok etgan. Rossiya Federatsiyasi 459 ball bilan 42 o‘rinda 
bo‘lib, 2006 yilga nisbatan natijani yaxshiladi. 556 ball bilan Xitoyning Shanxay shahri 
Ilmiybaza.uz Yevropada esa birinchi o‘ntalik liderlari Finlyandiya va Niderlandiya (Gollandiya) davlatlaridir. 2000 yil. 2000 yilda testda 32 davlatdan 265000 o‘quvchi ishtirok etgan. Asosiy maqsad – o‘qish va o‘qiganini tushunish. Testlarning 3 dan 2 qismi shu maqsadga qaratilgan edi. Rossiya Federatsiyasi o‘qish bo‘yicha 462 ball yig‘di (27 o‘rin), matematikadan -478 ball, ilmiy savodxonlikdan -460 ball yig‘di. 2003 yil. PISA - 2003 da 43 davlatdan 275000dan ortiq o‘quvchi ishtirok etdi.O‘qish bo‘yicha 543 ball to‘plab Finlyandiya davlati yo‘lboshchi bo‘ldi. Rossiya 442 ball to‘pladi, AQSh -495 ball, Serbiya davlati -412 ball. Matematika bo‘yicha Gonkong davlati 550 ball to‘plab, yo‘lboshchi bo‘ldi, Rossiya Federatsiyasi 468 ball to‘pladi (32 o‘rin), AQSh -483 ball, Italiya -466 ball. Ilmiy savodxonlik bo‘yicha Finlyandiya 549 ball bilan yo‘lboshchi bo‘ldi. Rossiya Federatsiyasi 489 ball, AQSh -491 ball, Italiya -486 ball to‘pladi. 2006 yil. 2006 yili 57 davlat ichida Rossiya Federatsiyasi 440 ball bilan 36 o‘rinda edi. 556 ball bilan Janubiy Koreya yo‘lboshchi bo‘ldi. Matematika bo‘yicha Taybey davlati 549 ball to‘plab, yo‘lboshchi bo‘ldi, Rossiya Federatsiyasi 476 ball to‘pladi, AQSh -468 ball, Isroil davlati -442 ball. Ilmiy savodxonlik bo‘yicha Finlyandiya 563 ball bilan yo‘lboshchi bo‘ldi. Rossiya Federatsiyasi 479 ball, AQSh -489 ball, Italiyada-475 ball. 2009 yil. 2009 yili 74 davlat ishtirok etgan. Rossiya Federatsiyasi 459 ball bilan 42 o‘rinda bo‘lib, 2006 yilga nisbatan natijani yaxshiladi. 556 ball bilan Xitoyning Shanxay shahri Ilmiybaza.uz 
 
yo‘lboshchi bo‘ldi. PISA - 2009 reytingida Rossiya davlati Serbiya va Bolgariya 
davlatidan bir pog‘ona yuqori, Tursiya va Birlashgan Arab Amirliklaridan esa bir pog‘ona 
past o‘ringa ega bo‘ldi.  
Matematika bo‘yicha Rossiya Federatsiyasi 468 ball bilan 38 o‘rinni egalagan 
bo‘lsa, ilmiy savodxonlik bo‘yicha esa 478 ball (39 o‘rin) yig‘di. 
Gruziya davlati o‘qish bo‘yicha 374 ball (67 o‘rin), matematika bo‘yicha-379 ball 
(65 o‘rin), ilmiy savodxonlik bo‘yicha 373 ball (69 o‘rin) to‘pladi. 
2012 yil. 
2012 yili PISAda 65 davlat ishtirok etdi. Ulardan 34 nafari Iqtisodiy xamkorlik va 
rivojlantirish tashkilotidan. Birinchi bor ommaviy test va baholash jarayoniga 
o‘quvchilarga dastlab berilgan topshiriqlar qatoriga yangi turdagi topshiriqlar, takliflar 
kiritildi: yangi ob’ektni tekshirishni talab qiluvchi interaktiv muammolar, vertual 
moslamalar (MR3 – pleer, konditsioner) va ob’ektiv qonuniyatlarga asoslangan javoblar. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Maktab matematika va tabiiy fanlar ta’lim sifatining  
Xalqaro monitoringi (TIMSS) 
Ilmiybaza.uz yo‘lboshchi bo‘ldi. PISA - 2009 reytingida Rossiya davlati Serbiya va Bolgariya davlatidan bir pog‘ona yuqori, Tursiya va Birlashgan Arab Amirliklaridan esa bir pog‘ona past o‘ringa ega bo‘ldi. Matematika bo‘yicha Rossiya Federatsiyasi 468 ball bilan 38 o‘rinni egalagan bo‘lsa, ilmiy savodxonlik bo‘yicha esa 478 ball (39 o‘rin) yig‘di. Gruziya davlati o‘qish bo‘yicha 374 ball (67 o‘rin), matematika bo‘yicha-379 ball (65 o‘rin), ilmiy savodxonlik bo‘yicha 373 ball (69 o‘rin) to‘pladi. 2012 yil. 2012 yili PISAda 65 davlat ishtirok etdi. Ulardan 34 nafari Iqtisodiy xamkorlik va rivojlantirish tashkilotidan. Birinchi bor ommaviy test va baholash jarayoniga o‘quvchilarga dastlab berilgan topshiriqlar qatoriga yangi turdagi topshiriqlar, takliflar kiritildi: yangi ob’ektni tekshirishni talab qiluvchi interaktiv muammolar, vertual moslamalar (MR3 – pleer, konditsioner) va ob’ektiv qonuniyatlarga asoslangan javoblar. Maktab matematika va tabiiy fanlar ta’lim sifatining Xalqaro monitoringi (TIMSS) Ilmiybaza.uz 
 
 
Maktab matematika va tabiiy fanlar ta’lim sifatining Xalqaro monitoringi 
(inglizcha – TIMSS – Trends in Mathematics and Science Study) - bu dastur bilim 
yutuqlarini baholash xalqaro uyushmasi tomonidan tashkillangan (IEA). Ushbu tadqiqot 
boshlang‘ich ta’limning 4-sinf o‘quvchilari va 8-sinf o‘quvchilarini turli davlatlarda 
matematika va tabiiy fanlar bilimlarining darajasi va sifatini solishtirishga xamda milliy 
ta’lim tizimidagi farqlarni aniqlashga ko‘maklashadi. 
Ushbu tatqiqot 4 yilda bir marta o‘tkaziladi. Shu kunga qadar 6 marta o‘tkazildi. 
1995, 1999, 2003, 2007, 2011 va 2015 yillarda.  
1995 yildan 3 marotaba (oxirgisi 2015 yilda) maktab bitiruvchilarining (Rossiyada 
11-sinf, AQShda -12-sinf) yutuqlarini aniqlashni o‘z ichiga olgan xolda kengaytirilgan 
tadqiqot ishlari (Advanced TIMSS) olib borildi.  
 
TIMSS tadqiqotlari bo‘yicha qisqacha ma’lumot 
 
TIMSS xalqaro tadqiqotining asosiy vazifasi maktabning matematika va tabiiy 
fanlar ta’limi sifatiga solishtirma baho berish. Har 4 yil davomida 4- va 8-sinf 
o‘quvchilarining ta’lim yutuqlariga baho berib boriladi va shu bilan birga, nafaqat 
ularining bilim va ko‘nikmasi, balki ularning ushbu fanlarga bo‘lgan munosabati, 
qiziqishi, xamda ta’limga bo‘lgan motivatsiyasini solishirishga imkon beradi. 
Tadqiqotning asosiy rejasi: 4 yil davomida 4-sinf o‘quvchisi 8-sinfga yetgunga qadar 
uning matematika va tabiy fanlar bilimining natijalari kuzatib boriladi. Shu yo‘sinda 
maktabning boshlang‘ich va yuqori sinf o‘quvchilarining bilim yutuqlarining monitoringi 
amalga oshiriladi. 
Taqdqiqot o‘tkazuvchi davlatlarda maktabda matematika va tabiiy fanlar 
ta’limning mazmun mohiyati va o‘quv jarayoni, ta’lim muassasasi, o‘qituvchilar, 
o‘quvchilar, ularning oilalari bilan bog‘liq omillar qo‘shimcha o‘rganiladi. Xalqaro testga 
qo‘shimcha bo‘lib tadqiqotda ishtirok etuvchi maktab ma’muriyati, o‘quvchilar va 
o‘qituvchilar so‘rovnomadan o‘tkaziladi. Olingan ma’lumotlar test natijalariga ya’ni 
Ilmiybaza.uz Maktab matematika va tabiiy fanlar ta’lim sifatining Xalqaro monitoringi (inglizcha – TIMSS – Trends in Mathematics and Science Study) - bu dastur bilim yutuqlarini baholash xalqaro uyushmasi tomonidan tashkillangan (IEA). Ushbu tadqiqot boshlang‘ich ta’limning 4-sinf o‘quvchilari va 8-sinf o‘quvchilarini turli davlatlarda matematika va tabiiy fanlar bilimlarining darajasi va sifatini solishtirishga xamda milliy ta’lim tizimidagi farqlarni aniqlashga ko‘maklashadi. Ushbu tatqiqot 4 yilda bir marta o‘tkaziladi. Shu kunga qadar 6 marta o‘tkazildi. 1995, 1999, 2003, 2007, 2011 va 2015 yillarda. 1995 yildan 3 marotaba (oxirgisi 2015 yilda) maktab bitiruvchilarining (Rossiyada 11-sinf, AQShda -12-sinf) yutuqlarini aniqlashni o‘z ichiga olgan xolda kengaytirilgan tadqiqot ishlari (Advanced TIMSS) olib borildi. TIMSS tadqiqotlari bo‘yicha qisqacha ma’lumot TIMSS xalqaro tadqiqotining asosiy vazifasi maktabning matematika va tabiiy fanlar ta’limi sifatiga solishtirma baho berish. Har 4 yil davomida 4- va 8-sinf o‘quvchilarining ta’lim yutuqlariga baho berib boriladi va shu bilan birga, nafaqat ularining bilim va ko‘nikmasi, balki ularning ushbu fanlarga bo‘lgan munosabati, qiziqishi, xamda ta’limga bo‘lgan motivatsiyasini solishirishga imkon beradi. Tadqiqotning asosiy rejasi: 4 yil davomida 4-sinf o‘quvchisi 8-sinfga yetgunga qadar uning matematika va tabiy fanlar bilimining natijalari kuzatib boriladi. Shu yo‘sinda maktabning boshlang‘ich va yuqori sinf o‘quvchilarining bilim yutuqlarining monitoringi amalga oshiriladi. Taqdqiqot o‘tkazuvchi davlatlarda maktabda matematika va tabiiy fanlar ta’limning mazmun mohiyati va o‘quv jarayoni, ta’lim muassasasi, o‘qituvchilar, o‘quvchilar, ularning oilalari bilan bog‘liq omillar qo‘shimcha o‘rganiladi. Xalqaro testga qo‘shimcha bo‘lib tadqiqotda ishtirok etuvchi maktab ma’muriyati, o‘quvchilar va o‘qituvchilar so‘rovnomadan o‘tkaziladi. Olingan ma’lumotlar test natijalariga ya’ni Ilmiybaza.uz 
 
o‘quvchilarning bilimiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlashga, tadqiqotda ishtirok etuvchi 
davlatlarning matematika va tabiiy fanlarning holatini ko‘rsatib berishga yordam beradi. 
Ushbu tadqiqotni olib borishda va majmua ishlanmasida dunyoning ko‘plab ilmiy 
tadqiqot markazlari va professional tashkilotlar ishtirok etadi. Ta’lim sohasidagi test 
xizmatlari: (ETS- Educational Testing Service SShA), Kanadaning statistik markazi 
(Statistics Canada), ta’lim yutuqlarini baholash xalqaro assotsiatsiyasining Sekretariati 
(IEA, Niderland(gollandlar)lar), ta’lim yutuqlarini baholash xalqaro assotsiatsiyasining 
ma’lumotlar markazi (DPC IEA – Data ProcessingCenter IEA, Germaniya) va hokazo. 
Turli davlat mutaxassislarining koordinatsiyasini kuchaytirish uchun dunyoning yetuk 
mutaxassislaridan iborat bo‘lgan maslahat qo‘mitalari tashkil etildi. Hozirgi tadqiqot 
koordinatsiyasi Boston kollejida xalqaro koordinatsiya markazi tomonidan amalga 
oshirilgan. (ISC – International Study Center, Boston College SShA) 
Rossiyada ushbu tadqiqot (ta’lim sifatini baholash markazi) Rossiya ta’lim 
akademiyasining fan, ta’lim mohiyati va uslubi instituti xamda fan va ta’lim vazirligi va 
regionlarning ta’lim boshqaruv organlari tomonidan amalga oshiriladi.  
 
Tadqiqotning tasnifi 
 
TIMSS tadqiqotini ishlanmasiga asos qilib maxsus xujjat olingan “TIMSS 
Assessment Frameworks and Specifications”, unda ushbu yo‘nalishlarga umumiy 
yondashgan xolda matematika va tabiiy fanlarga test va test topshiriqlariga tushuncha 
berilgan, shuningdek o‘quvchi topshiriqni bajarayotganda o‘rganish faoliyatining barcha 
turlari namoyish etiladi, so‘rovnoma davomida olinayotgan ma’lumotlar o‘quvchiga, 
o‘qituvchiga va ta’lim muassasiga berilgan tariflarning sanab o‘tilgan turlari va 
topshiriqlari ko‘rsatiladi.  
 
Xalqaro TIMSS tadqiqoti o‘z ichiga quyidagilarni oladi: 
 
-Test yutuqlari 
-So‘rovnomalar 
Ilmiybaza.uz o‘quvchilarning bilimiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlashga, tadqiqotda ishtirok etuvchi davlatlarning matematika va tabiiy fanlarning holatini ko‘rsatib berishga yordam beradi. Ushbu tadqiqotni olib borishda va majmua ishlanmasida dunyoning ko‘plab ilmiy tadqiqot markazlari va professional tashkilotlar ishtirok etadi. Ta’lim sohasidagi test xizmatlari: (ETS- Educational Testing Service SShA), Kanadaning statistik markazi (Statistics Canada), ta’lim yutuqlarini baholash xalqaro assotsiatsiyasining Sekretariati (IEA, Niderland(gollandlar)lar), ta’lim yutuqlarini baholash xalqaro assotsiatsiyasining ma’lumotlar markazi (DPC IEA – Data ProcessingCenter IEA, Germaniya) va hokazo. Turli davlat mutaxassislarining koordinatsiyasini kuchaytirish uchun dunyoning yetuk mutaxassislaridan iborat bo‘lgan maslahat qo‘mitalari tashkil etildi. Hozirgi tadqiqot koordinatsiyasi Boston kollejida xalqaro koordinatsiya markazi tomonidan amalga oshirilgan. (ISC – International Study Center, Boston College SShA) Rossiyada ushbu tadqiqot (ta’lim sifatini baholash markazi) Rossiya ta’lim akademiyasining fan, ta’lim mohiyati va uslubi instituti xamda fan va ta’lim vazirligi va regionlarning ta’lim boshqaruv organlari tomonidan amalga oshiriladi. Tadqiqotning tasnifi TIMSS tadqiqotini ishlanmasiga asos qilib maxsus xujjat olingan “TIMSS Assessment Frameworks and Specifications”, unda ushbu yo‘nalishlarga umumiy yondashgan xolda matematika va tabiiy fanlarga test va test topshiriqlariga tushuncha berilgan, shuningdek o‘quvchi topshiriqni bajarayotganda o‘rganish faoliyatining barcha turlari namoyish etiladi, so‘rovnoma davomida olinayotgan ma’lumotlar o‘quvchiga, o‘qituvchiga va ta’lim muassasiga berilgan tariflarning sanab o‘tilgan turlari va topshiriqlari ko‘rsatiladi. Xalqaro TIMSS tadqiqoti o‘z ichiga quyidagilarni oladi: -Test yutuqlari -So‘rovnomalar Ilmiybaza.uz 
 
-Uslubiy ta’minlanganligi 
-Dastur ta’minoti 
 
Xalqaro testlar quyidagi omillar orqali ishlab chiqiladi: 
 
Tekshirilayotgan ishlar va ta’lim turlarining mosligi 
Loyixada ishtirok etgan davlatlarning xalqaro testlariga mosligi 
Testlarning bir-biriga bog‘liqligining ta’minoti. 
Tekshirilayotgan ishlarning yo‘nalishlar bo‘yicha mohiyati 
Testlarning o‘quvchi yoshiga mosligi 
Ommaviy tadqiqotning qo‘yilgan talablarga mosligi. 
 
Yo‘nalishlar bo‘yicha har bir variantga baholash uchun matematika va tabiiy 
fanlardan savollar kiritilgan. Turli tipdagi topshiriqlar qo‘llaniladi (qisqa, to‘liq va 
mukammal javoblarni, amaliy topshiriqlarning javoblarini tanlagan holda).  
4- va 8-sinf o‘quvchilarini matematika va tabiiy fanlardan baholashda test 
topshiriqlarning nazariyasidan foydalaniladi (inglizcha, ruscha). Ushbu nazariya 
cheklangan miqdorda 60-70 tadan topshiriqlarni o‘z ichiga olib, har bir davlatdan ishtirok 
etgan o‘quvchining, o‘qituvchining va ta’lim muassasasining ko‘rsatkichlarini 
(so‘rovnomaga asosan) aniqlab beradi.  
Matematika va tabiiy fanlar natijalari 4- va 8-sinflarda alohida o‘rganiladi va tahlil 
qilinadi. Statistik o‘rganishlar natijasida har bir o‘quvchini 1000 ballik shkala bo‘yicha 
baholab, matematika va tabiiy fanlarga alohida ballar beriladi. 
1995 yilda xalqaro shkalalar 4- va 8-sinflarda o‘rnatilgan. Bunda tadqiqotda 
ishtirok etgan davlatlarning o‘rtacha bali 500 ball deb hisobga olingan. Keyingi tadqiqot 
natijalari 1995 yilgi shkala bo‘yicha o‘rnatilmoqda, bu natijalarni solishtirishga va 
ularning o‘zgarish tendensiyalarini aniqlashga yordam beradi. 
Ilmiybaza.uz -Uslubiy ta’minlanganligi -Dastur ta’minoti Xalqaro testlar quyidagi omillar orqali ishlab chiqiladi: Tekshirilayotgan ishlar va ta’lim turlarining mosligi Loyixada ishtirok etgan davlatlarning xalqaro testlariga mosligi Testlarning bir-biriga bog‘liqligining ta’minoti. Tekshirilayotgan ishlarning yo‘nalishlar bo‘yicha mohiyati Testlarning o‘quvchi yoshiga mosligi Ommaviy tadqiqotning qo‘yilgan talablarga mosligi. Yo‘nalishlar bo‘yicha har bir variantga baholash uchun matematika va tabiiy fanlardan savollar kiritilgan. Turli tipdagi topshiriqlar qo‘llaniladi (qisqa, to‘liq va mukammal javoblarni, amaliy topshiriqlarning javoblarini tanlagan holda). 4- va 8-sinf o‘quvchilarini matematika va tabiiy fanlardan baholashda test topshiriqlarning nazariyasidan foydalaniladi (inglizcha, ruscha). Ushbu nazariya cheklangan miqdorda 60-70 tadan topshiriqlarni o‘z ichiga olib, har bir davlatdan ishtirok etgan o‘quvchining, o‘qituvchining va ta’lim muassasasining ko‘rsatkichlarini (so‘rovnomaga asosan) aniqlab beradi. Matematika va tabiiy fanlar natijalari 4- va 8-sinflarda alohida o‘rganiladi va tahlil qilinadi. Statistik o‘rganishlar natijasida har bir o‘quvchini 1000 ballik shkala bo‘yicha baholab, matematika va tabiiy fanlarga alohida ballar beriladi. 1995 yilda xalqaro shkalalar 4- va 8-sinflarda o‘rnatilgan. Bunda tadqiqotda ishtirok etgan davlatlarning o‘rtacha bali 500 ball deb hisobga olingan. Keyingi tadqiqot natijalari 1995 yilgi shkala bo‘yicha o‘rnatilmoqda, bu natijalarni solishtirishga va ularning o‘zgarish tendensiyalarini aniqlashga yordam beradi.