ORQA MIYA REFLEKSLARINI O’RGANISH

Yuklangan vaqt

2024-04-07

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

3

Faytl hajmi

15,5 KB


ORQA MIYA REFLEKSLARINI O’RGANISH 
 
 
 
Nerv hujayrasi va uning o‘simtalari, ya’ni neyron yuksak darajada rivojlangan 
organizmlar nerv to‘qimasining asosiy struktura birligi hisoblanadi. Neyronlar 
tuzilishi va funksiyasiga ko‘ra asosan 3 tipga bo‘linadi: 
Impulsni retseptorlardan markaziy asab tizimiga  o‘tkazuvchi afferent, ya’ni 
sezuvchi neyronlar; 
1) Impulsni harakatlanayotgan a’zoga, ya’ni effektorga o‘tkazuvchi efferent, 
ya’ni harakatlantirish neyronlari; 
2) Qo‘zg‘alishni, bir nerv hujayrasidan ikkinchi nerv hujayrasiga o‘tkazuvchi 
oraliq neyronlardan tuzilgan. 
Ichki va tashqi ta’sirga organizmning markaziy nerv sistemasi orqali beradigan 
javobi refleks deb ataladi. Refleks organizmning tevarak-atrof muxit bilan aniq, 
nozik bog‘lanishi va organizm ichidagi protsesslarni boshqarish xamda nazorat 
qilish reaksiyasi bo‘lib , uning biologik axamiyati ana shunda. 
Markaziy nerv sistemasining barcha bo‘limlari, xatto bosh miya yarim sharlari 
xam refleks prinsipi asosida ishlaydi. Refleks xosil bo‘lishida qo‘zg‘alish o‘tadigan 
yo‘l refleks yoyi deb ataladi. Ta’sirga javob berish refleks yoyidagi turli qismlarning 
ketma-ket  qo‘zg‘alishidan iborat. 
Refleks yoyi sxemasi 5 ta turli zvenolardan tuzilgan. 
1) retseptorlar; 
2) afferent zveno (afferent neyron); 
3) markaziy zveno (oraliq nerv hujayralari); 
4) efferent zveno (efferent neyron); 
5) effektor organ (efferent neyron); 
Yuqoridagi zvenolardan birortasi anatomik yoki fiziologik jihatdan buzilsa, 
refleks hosil bo‘lmaydi..    
      Ish uchun zarur asbob va reaktivlar:  
ORQA MIYA REFLEKSLARINI O’RGANISH Nerv hujayrasi va uning o‘simtalari, ya’ni neyron yuksak darajada rivojlangan organizmlar nerv to‘qimasining asosiy struktura birligi hisoblanadi. Neyronlar tuzilishi va funksiyasiga ko‘ra asosan 3 tipga bo‘linadi: Impulsni retseptorlardan markaziy asab tizimiga o‘tkazuvchi afferent, ya’ni sezuvchi neyronlar; 1) Impulsni harakatlanayotgan a’zoga, ya’ni effektorga o‘tkazuvchi efferent, ya’ni harakatlantirish neyronlari; 2) Qo‘zg‘alishni, bir nerv hujayrasidan ikkinchi nerv hujayrasiga o‘tkazuvchi oraliq neyronlardan tuzilgan. Ichki va tashqi ta’sirga organizmning markaziy nerv sistemasi orqali beradigan javobi refleks deb ataladi. Refleks organizmning tevarak-atrof muxit bilan aniq, nozik bog‘lanishi va organizm ichidagi protsesslarni boshqarish xamda nazorat qilish reaksiyasi bo‘lib , uning biologik axamiyati ana shunda. Markaziy nerv sistemasining barcha bo‘limlari, xatto bosh miya yarim sharlari xam refleks prinsipi asosida ishlaydi. Refleks xosil bo‘lishida qo‘zg‘alish o‘tadigan yo‘l refleks yoyi deb ataladi. Ta’sirga javob berish refleks yoyidagi turli qismlarning ketma-ket qo‘zg‘alishidan iborat. Refleks yoyi sxemasi 5 ta turli zvenolardan tuzilgan. 1) retseptorlar; 2) afferent zveno (afferent neyron); 3) markaziy zveno (oraliq nerv hujayralari); 4) efferent zveno (efferent neyron); 5) effektor organ (efferent neyron); Yuqoridagi zvenolardan birortasi anatomik yoki fiziologik jihatdan buzilsa, refleks hosil bo‘lmaydi.. Ish uchun zarur asbob va reaktivlar: Ilmoqli shtativ, preparat tayyorlash uchun asboblar, paxta , ilmoq, NS1 
kislotaning 0,5 va 1% li eritmasi, 1% li novokain, suv, baqa. 
Ishni bajarish tartibi. Buning uchun:  
1. Baqaning faqat bosh miyasini kesib, pastki jag‘idan shtativ ilmog‘iga osib 
qo‘yiladi. Kichik stakanga 0,5% li xlorid kislota quyib, baqaning orqa oyog‘i shu 
eritmaga tushiriladi. Bu vaqtda u oyog‘ini tortib oladi. Demak, u ta’sirga javob berdi. 
So‘ngra boldir terisini xalqa shaklida kesib shilib olinadi. Oradan 1-2 minut o‘tgach, 
baqaning o‘sha oyog‘iga 0,5% li NS1 kislota bilan yana ta’sir etiladi. Lekin bu safar 
u oyog‘ini tortib olmaydi, chunki endi retseptor, ya’ni refleks yoyining bir elementi 
olib tashlandi. Terisi kesilmagan oyog‘iga kislotaning kuchliroq eritmasi bilan ta’sir 
etilsa, baqaning faqat shu oyog‘igina emas, balki ikkinchi oyog‘i va butun tanasi 
harakatga keladi. 
2. Baqaning orqa miya organlarida refleks borligini ko‘rgandan keyin, uning bir 
oyog‘i sonining orqa tomonidagi terisini kesib, muskullar orasidan quymich nervi 
topiladi. Uning tagidan ip o‘tkazib olinadi. So‘ngra shu oyog‘i kislotaning kuchli 
eritmasiga botirilsa xam u qisqarmaydi, ya’ni efferent nerv tolasi buzilganligi 
sababli refleks hosil bo‘lmaydi. Buni shu nervga novokain ta’sir ettirib ham kuzatish 
mumkin, bunda o‘tirg‘ich nervi novokain ta’sirida 1—2 minutda sezuvchanligini 
yo‘qotadi. 
3. Orqa miya kanaliga maxsus sim-finder kiritib asab tizimi buziladi. Shundan 
keyin baqaning oyog‘i kislotaga tegizilsa ham refleks xosil bo‘lmaydi.  
Odamdagi  proprioretseptiv reflekslar. 
   Ishdan maqcad odamdagi ba’zi proprioretseptiv reflekslarni kuzatishdan iborat. 
Odamda muskul, pay va bo‘g‘imlarda joylashgan retseptorlarning ta’sirlanishi 
natijasida xosil bo‘ladigan reflekslar proprioretseptiv reflekslar deb ataladi. Bu 
reflekslardan tizza refleksini, Axillov payining refleksini kuzatish mumkin. Bu 
reflekslar buzilsa asab tizimida o‘zgarishlar paydo bo‘ladi. 
1.Tizza refleksi. Buni ko‘rish uchun tekshirilayotgan odam oyog‘ini chalishtirib 
o‘tiradi. Agar uning to‘rt boshli muskuli payiga maxsus bolg‘acha bilan sekin urilsa, 
boldir muskullari (oyog‘i) yoziladi. Bunda reflektor yoyi 111-1V bel segmentlari 
Ilmoqli shtativ, preparat tayyorlash uchun asboblar, paxta , ilmoq, NS1 kislotaning 0,5 va 1% li eritmasi, 1% li novokain, suv, baqa. Ishni bajarish tartibi. Buning uchun: 1. Baqaning faqat bosh miyasini kesib, pastki jag‘idan shtativ ilmog‘iga osib qo‘yiladi. Kichik stakanga 0,5% li xlorid kislota quyib, baqaning orqa oyog‘i shu eritmaga tushiriladi. Bu vaqtda u oyog‘ini tortib oladi. Demak, u ta’sirga javob berdi. So‘ngra boldir terisini xalqa shaklida kesib shilib olinadi. Oradan 1-2 minut o‘tgach, baqaning o‘sha oyog‘iga 0,5% li NS1 kislota bilan yana ta’sir etiladi. Lekin bu safar u oyog‘ini tortib olmaydi, chunki endi retseptor, ya’ni refleks yoyining bir elementi olib tashlandi. Terisi kesilmagan oyog‘iga kislotaning kuchliroq eritmasi bilan ta’sir etilsa, baqaning faqat shu oyog‘igina emas, balki ikkinchi oyog‘i va butun tanasi harakatga keladi. 2. Baqaning orqa miya organlarida refleks borligini ko‘rgandan keyin, uning bir oyog‘i sonining orqa tomonidagi terisini kesib, muskullar orasidan quymich nervi topiladi. Uning tagidan ip o‘tkazib olinadi. So‘ngra shu oyog‘i kislotaning kuchli eritmasiga botirilsa xam u qisqarmaydi, ya’ni efferent nerv tolasi buzilganligi sababli refleks hosil bo‘lmaydi. Buni shu nervga novokain ta’sir ettirib ham kuzatish mumkin, bunda o‘tirg‘ich nervi novokain ta’sirida 1—2 minutda sezuvchanligini yo‘qotadi. 3. Orqa miya kanaliga maxsus sim-finder kiritib asab tizimi buziladi. Shundan keyin baqaning oyog‘i kislotaga tegizilsa ham refleks xosil bo‘lmaydi. Odamdagi proprioretseptiv reflekslar. Ishdan maqcad odamdagi ba’zi proprioretseptiv reflekslarni kuzatishdan iborat. Odamda muskul, pay va bo‘g‘imlarda joylashgan retseptorlarning ta’sirlanishi natijasida xosil bo‘ladigan reflekslar proprioretseptiv reflekslar deb ataladi. Bu reflekslardan tizza refleksini, Axillov payining refleksini kuzatish mumkin. Bu reflekslar buzilsa asab tizimida o‘zgarishlar paydo bo‘ladi. 1.Tizza refleksi. Buni ko‘rish uchun tekshirilayotgan odam oyog‘ini chalishtirib o‘tiradi. Agar uning to‘rt boshli muskuli payiga maxsus bolg‘acha bilan sekin urilsa, boldir muskullari (oyog‘i) yoziladi. Bunda reflektor yoyi 111-1V bel segmentlari atrofida tutashadi. 
2. Axillov refleksini  ko‘rish uchun tekshirilayotgan odam stulga tizzasi bilan 
cho‘kkalab o‘tiradi. Agar Axillov payiga bolg‘acha bilan sekin urilsa, oyoq panjalari 
yoziladi,bunda reflektor yoyi  1-11 dumg‘aza segmentlari atrofida tutashadi. 
 
atrofida tutashadi. 2. Axillov refleksini ko‘rish uchun tekshirilayotgan odam stulga tizzasi bilan cho‘kkalab o‘tiradi. Agar Axillov payiga bolg‘acha bilan sekin urilsa, oyoq panjalari yoziladi,bunda reflektor yoyi 1-11 dumg‘aza segmentlari atrofida tutashadi.