O‘RTA ASR IQTISODIY QARASHLARI.
Reja:
1.A.Forobiyning iqtisodiy fikrlari
2.Ibn Sinoning iqtisodiy qarashlari
3. Margʻinoniyning «Hidoya» asari
O’rta Osiyo Yevropani Osiyo bilan bog‘lovchi yirik moddiy- madaniy va
savdo markaziga aylandi. Bu jarayonlar bir-biridan minglab chaqirim uzoqlikdagi
davlatlar, xalqlar o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni shakllantirdi. Osiyoda va
Yevropadagi tovarlarga bo‘lgan talab va taklifni (bozoring asosiy unsurlarini)
yaxshi bilmay turib uzoq va xatarli yo‘lga chiqish mumkinmidi, katta karvonlarni
tog‘u toshlardan, qum cho‘llardan olib o‘tish osonmidi, buning uchun ma’lum
qoidalarga, amallarga tayanib ish ko‘rish kerak bo‘ldi. Yevropaga qancha va qaysi
tovarlarni olib borish, u yerdan nima olib qaytish, karvon yo‘lidagi davlatlar,
xalqlar talab-etiyojini yaxshi bilish talab etilgan. Oqibatda turli bilim sohalari,
matematika (al-jabr), geometriya (handasa), astronomiya (falakiyot) va boshqa
ko‘pgina fanlar rivojlandi. Bu davrda butun dunyoga tanilgan Xorazmiy ,
Farg‘oniy, Ibn Sino, Ibn Ro‘shd, Yusuf Xos Hojib, Nizomulmulk va boshqa
ko‘plab mutafikkirlar yashab, ijod qilishdi. Ularning asarlarida muhim iqtisodiy
g‘oyalar ham o‘z aksini topgan. Sharq uyg‘onishi davridagi olimlar shu davrdagi
tijorat, mulkdorlik sirlarini bayon etganlar. Ularning ko‘plari hozirgi kunda ham
o‘z ahamiyatini saqlab kelmoqda.
1.A.Forobiyning iqtisodiy fikrlari
O’rta asrda ilg‘or iqtisodiy fikrlarni ilgari surgan buyuk mutafakkirlardan bir
Aristotelning izdoshi, uning asarlarini tahlil qilgan «ikkinchi muallim» Abu Nasr
Forobiy (870-950) hisoblanadi. U ko‘p qirrali olim bo‘lib, o‘z bilimini oshirish
yo‘lidatinmay mehnat qilgan, qaysi yurtda mashhur olim borligini eshitishi bilan
suhbatlashib, undan saboq olish uchun yo‘lga chiqqan.
Forobiy bir asami bir marta o‘qib tushunolmasa, uni qayta-qayta o‘qirdi.
Aristotelning «Jon haqida» asarining Forobiy o‘qigan nusxasi topilgan bo‘lib,
kitob chetiga uning tomonidan «Men bu kitobni yuz marta o 'qidim», boshqa bir
kitobda esa «Bu kitobni qirq marta o ‘qidim, lekin yana o ‘qishim kerak», deb
yozilgan. Forobiy Aristotel asarlarini o‘qib-o‘rganish bilan birga ularga sharhlar
ham yozgan. Buyuk alloma Ibn Sino Aristotelning «Metafizika» asarini Forobiy
yozgan sharhlar yordami bilangina to‘liq tushunganligi haqida yozgan.Forobiy
bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan moddiy ehtiyojlar to‘g‘risida
ta’limot yaratdi. Uning fikricha odamlarning ehtiyoji jamiyat shakllanishining
asosiy sababidir. «Tabiatan har bir odam shunday yaralganki, u yashashi va kamol
topishi uchun ko‘p narsalarga ehtiyoj sezadi. Ularni u bir o‘zi topa olmaydi va
ularga erishish uchun kishilar jamoasiga muhtoj bo‘ladiki, uning har biri u ehtiyoj
sezayotgan narsalardan biron-birini beradi. Bunda har bir odam boshqalarga
nisbatan xuddi shunday holatda bo'ladi». Jamiyat shakllanishi uchun moddiy
ehtiyojlar to‘g‘risida bunday tushuncha o‘sha davrdagi ilg‘or fikrlardan
hisoblanadi. Shu bilan birga moddiy boylik yaratishdagi mehnat va mehnat
qurollarining ahamiyatini, har xil hunar turlarini uqtirib o'tgach, qullikka keskin
qarshi chiqdi.Forobiy Platonga o'xshab ideal tuzum to‘g‘risida fikr yuritdi. U
kelajak haqida o‘ylab, baxtga erishishning zarur va birlamchi shartini tashkil
etuvchi o‘zaro yordam va do‘stlik tufayli bo‘ladigan shahami ideal shahar, deb
hisoblagan; yer yuzida barcha xalqlarning o‘zaro yordami asosida bir butun yagona
jamiyat qurish mumkinligi to‘g‘risida, mahsulotlarni adolatli taqsimlash haqida
fikrlar bildirgan. Ammo Forobiy mazkur o‘zaro yordamning iqtisodiy asosi -
mehnat mahsulotlarini ayirboshlashning zarurligini ko‘rsatib bera olmadi. Shu
narsani qayd qilib o‘tish kerakki, Forobiy iqtisodiy masalalarni ikkinchi o‘ringa
surib qo‘ydi. Bu ayniqsa, uning davlat to‘g‘risidagi talqinida ko‘rinadi, unda adolat
o‘matish, ommani ma'rifatli qilish iming asosiy fimksiyalaridan, deb e'tirof etiladi.
Forobiyning mulkchilik to‘g‘risidagi qarashlari. Abu Nasr Forobiy mulkchilik
haqida fikr yuritib, mulkka egalik qilish, undan maqsadga muvofiq foydalanish,
o‘ziga to‘q yashash to‘g‘risidagi ilg‘or fikrlarni ilgari suradi. U odamlarga,
avlodlarga zarar keltirmaydigan mol-mulk orttirish foydali ish ekanligi, boshqalar
uchun zarar keltiradigan boylik to‘plash, mol-mulk orttirish esa yomon odat
ekanligini aytib o‘tadi.
Forobiy kishilarni mulkiy qonunlar asosida tarbiyalash masalasiga alohida
e’tibor beradi. Uningcha ma’rifatli, qonun asosida ish yuritadigan, huquqiy
madaniyatli kishilar jamiyat taraqqiyotida muhim rol o‘ynaydilar va aksincha,
“...shahar aholisi ma'rifatsiz, tajribasiz odamlar va bolalardan iborat bo‘lsa, u holda
ular qonun o'rnatgan tartib va boshqaruv usulini qabul qilmaydilar”. Ko‘rinib
turibdiki, qonun-qoidalar asosida ish yuritishga alohida e’tibor qaratilgan. Huquqiy
tarbiya, madaniyat mulkni to‘g‘ri tasarmf etish, undan unumli foydalanish va
mulkni ko‘paytirishga undaydi. Forobiyning ta'kidlashicha “Mulk orttirishda
unchalik xavf yo‘q... Mulkni ehtiyot qilib saqlab, o‘z ehtiyoji uchun ishlatsa,
buyomon hisoblanmaydi’’.
Forobiyning mulkchilik to‘g‘risidagi iqtisodiy fikrlarining to‘g‘ri ekanligini
hayotning o‘zi ko‘rsatib berdi. Mamlakatimizda mulkdorlar sinfining shakllanib,
ularning soni ko‘payib, iqtisodiyotni rivojlantirishda roli ortib borayotgan hozirgi
davrda Forobiyning mulk va unga egalik qilish haqidagi g‘oyalari yana ham
faollashib bormoqda.Forobiyning taqsimotga bolgan iqtisodiy qarashlari. Taqsimot
Forobiyning iqtisodiy qarashlarida o‘ziga xos usulda talqin etiladi. Uningcha
jamiyat va kishilar qoTidagi mol-mulkini, noz-ne’matlarni to‘g‘ri taqsimlash
davlat miqyosidagi asosiy muammolardan biri hisoblanadi. Taqsimot maqsadga
muvofiq amalga oshirilmas ekan, ko‘pchilik kishilar bachkanalashib ketadi,
odamlar faqir ahvolga tushib qoladi.
Shu narsa ayonki, mavjud narsalar taqsimlanadi. Shu bois maqsadga
muvofiq taqsimotni amalga oshirish maqsadida Forobiy mavjud bo’lgan barcha
boyliklarni to‘g‘ri hisobga olishni nazarda tutadi. U shunday yozadi: “Avvalo yer
va joylarning ntiqdori, keyin ularning egalari va tutgan o ‘rinlari, so'ngra nihoyatda
zarur narsalar bo ‘Igan oziq-ovqatlar, ekiladigan yerlar, saroy va shaxsiy uylar
miqdori hisobga oiinishi zarur”. Forobiy Platonning: “Taqsimot juda qiyin ish,
lekin juda zarur ishdir”, - degan fikrini alohida ko‘rsatib o‘tadi. Biz bundan
Forobiy taqsimot muammosining qiyinligini, uni to‘g‘ri hal etish jamiyat hayotida
muhim ahamiyatga ega ekanligini yaxshi tushunganligini ko‘ramiz.
Abu Rayhon Beruniy Muhammad ibn Ahmad - XI asming qomusiy olimi,
Beruniy juda yoshligidan ilm va fanga qiziqadi. U sevgan fanlar - astronomiya,
matematika, geodeziya, geografiya va mineralogiya bo‘lgan.
Beruniyning matematikaga va fanning boshqa sohalariga qo'shgan hissasini
yozib qoldirgan 100 dan ortiq asarlaridan ham ko‘rish mumkin. Ulardan eng
yiriklari “Hindiston”, “Qadimiy xalqlardan qolgan yodgorliklar”, “Qonuni
Mas’udiy”, “Geodeziya”, “Mineralogiya” va “Astronomiya”. Qolganlarini
quyidagicha taqsimlash mumkin: matematikaga doirlari -22 ta; astronomik
asboblar haqida -10 ta; astrologiklari -21 ta; turli fanlar (fizika, mineralogiya,
adabiyot, tarix va boshqalar) -38 ta; turli tillardan taijima asarlar - 21 ta.
Beruniyning bu asarlaridan atigi 30 ga yaqini bizning kunlargacha yetib kelgan.
2 Ibn Sinoning iqtisodiy qarashlari
Ulug‘ mutafakkir Ibn Sinoning 280 dan ko‘proq asarlari mavjud bo‘lib,
ular tibbiyot, matematika, astronomiya, kimyo, falsafa, iqtisodiyot va boshqa
sohalarga bag‘ishlangan.
Ibn Sinoning inson ehtiyojlari to‘g‘risi- dagi, mehnat va uning moddiy
ishlab chiqarishdagi roli to‘g‘risidagi fikrlari diqqatga sazovor. Uning fikricha:
«Hayvon tabiat ne’matlariga qanoat qiladi, insonga esa tabiat ne’matlari
kamlik qiladi, u oziq-ovqat, kiyim-kechak va uy-joyga ehtiyoj sezadi. Hayvonlar
tabiat ne’matlarini o‘zlashtiradi, inson esa o‘z mehnati bilan o‘ziga ovqat, kiyim-
kechak, uy-joy yaratadi. Shu maqsadda inson dehqonchilik bilan shug‘ullanishi
kerak. Hayvonlar garchi poda bo‘lib yashasalar ham, yolg‘iz yashay oladi, odamlar