O‘RTA ASR SHARQ ILMIY TAFAKKURINING TARIXIY ASOSLARI (O‘rta asr sharq ilmiy tafakkurining tarixiy asoslari, O‘rta asrlarda Sharq olami buyuk alloma va mutafakkirlari ilmiy merosining zamonaviy sivilizatsiya tarixida tutgan o‘rni)

Yuklangan vaqt

2024-04-20

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

10

Faytl hajmi

827,9 KB


Ilmiybaza.uz 
 
 
 
 
 
O‘RTA ASR SHARQ ILMIY TAFAKKURINING TARIXIY 
ASOSLARI 
 
 
Reja: 
1. O‘rta asr sharq ilmiy tafakkurining tarixiy asoslari 
2. O‘rta asrlarda Sharq olami buyuk alloma va mutafakkirlari ilmiy merosining 
zamonaviy sivilizatsiya tarixida tutgan o‘rni 
3. O‘rta Osiyolik mutafakkirlar.  
4. Ilm-fan ravnaqi 
 
Tayanch iboralar: Markaziy Osiyo, arablar, Sivilizatsiyamizning Sharq 
xalqlari madaniyatiga ta’siri, Imom al-Buxoriy, Imom at-Termiziy, buyuk 
hadisshunos olimlar, "Al jome’ as-sahih" asari, Imom ul-A’zam Abu Hanifa, imom 
Moturidiy va Burhoniddin al-Marg’inoniyqarashlari, "Al-Hidoya" asari, Al-
Xorazmiy, al-Farg’oniy, Forobiy, Beruniy va Ibn Sinoning ilmiy-falsafiy qarashlari. 
Tasavvuf va uning tariqatlari. Ma’rifatparvar mutafakkir,  faylasuflar, olimlar va 
shoirlar, "Baytulhikma", "Donishmandlik uyi", matematika, astronomiya, fizika, 
ximiya, geodeziya, farmakologiya, tibbiyot, tarix, falsafa, adabiyot. 
 
 
 
 
 
 
Ilmiybaza.uz O‘RTA ASR SHARQ ILMIY TAFAKKURINING TARIXIY ASOSLARI Reja: 1. O‘rta asr sharq ilmiy tafakkurining tarixiy asoslari 2. O‘rta asrlarda Sharq olami buyuk alloma va mutafakkirlari ilmiy merosining zamonaviy sivilizatsiya tarixida tutgan o‘rni 3. O‘rta Osiyolik mutafakkirlar. 4. Ilm-fan ravnaqi Tayanch iboralar: Markaziy Osiyo, arablar, Sivilizatsiyamizning Sharq xalqlari madaniyatiga ta’siri, Imom al-Buxoriy, Imom at-Termiziy, buyuk hadisshunos olimlar, "Al jome’ as-sahih" asari, Imom ul-A’zam Abu Hanifa, imom Moturidiy va Burhoniddin al-Marg’inoniyqarashlari, "Al-Hidoya" asari, Al- Xorazmiy, al-Farg’oniy, Forobiy, Beruniy va Ibn Sinoning ilmiy-falsafiy qarashlari. Tasavvuf va uning tariqatlari. Ma’rifatparvar mutafakkir, faylasuflar, olimlar va shoirlar, "Baytulhikma", "Donishmandlik uyi", matematika, astronomiya, fizika, ximiya, geodeziya, farmakologiya, tibbiyot, tarix, falsafa, adabiyot.
Ilmiybaza.uz 
O‘rta asrlarda Sharq olamida yashab ijod etgan buyuk alloma va 
mutafakkirlarning ilmiy merosini chuqur muhokama qilish va anglash, uning 
zamonaviy sivilizatsiya tarixida tutgan o‘rni va roliga baho berishdan iborat. Ana 
shu bebaho ilmiy merosni yanada teran tadqiq etish va ommalashtirishga qaratilgan 
sa’y-harakatlarga yangi turtki berish, Sharqning ulug‘ allomalari tomonidan amalga 
oshirilgan kashfiyotlar zamonaviy ilm-fan va taraqqiyot uchun naqadar dolzarb. 
O‘rta asrlar Sharq tarixi shundan dalolat beradiki, madaniyat va ta’lim-tarbiya, 
tibbiyot, adabiyot, san’at va arxitektura sohalaridagi beqiyos yuksalish, ilmiy 
maktablarning vujudga kelishi, yangi-yangi iste’dodli avlodlar to‘lqinining paydo 
bo‘lishi va voyaga yetishi – bularning barchasi birinchi navbatda iqtisodiyot, 
qishloq va shahar xo‘jaligining ancha jadal o‘sishi, hunarmandlik va savdo-
sotiqning yuksak darajada rivojlanishi, yo‘llar qurilishi, yangi karvon yo‘llarining 
ochilishi va avvalambor nisbiy barqarorlikning ta’minlanishi bilan bevosita bog‘liq 
bo‘lgan. 
Chunki, tinchlik va barqarorlik bo‘lmasa, ilm-fan sohasida hech qanday o‘sish, 
taraqqiyot bo‘lishi mumkin emas. Qayerda tinchlik va barqarorlik bo‘lsagina ilm-
fan markazlari, akademiyalar, oliy o‘quv yurtlari paydo bo‘ladi. Eng asosiysi, 
ta’lim-tarbiya ravnaq topib, unga qiziqish, e’tibor kuchayadi. Tinchlik-barqarorlik 
bo‘lgan joydagina odamlar o‘qib-o‘rganishni, har tomonlama rivojlanishni istaydi. 
Odamlar kechasi uyquga yotib, ertalab turishga qo‘rqmaydigan, ertaga ularning 
boshiga qandaydir muammo yoki ofatlar kelmasligini bilgan taqdirdagina shunday 
bo‘ladi. Bu haqiqat ko‘p asrlar davomida o‘z tasdig‘ini topgan. Sharq olamida, 
xususan, Markaziy Osiyo xalqlari hayotida rivojlangan madaniyatning mavjud 
bo‘lgani haqida qadimgi baqtriya, so‘g‘d, o‘rxun, xorazm yozuvlarida bitilgan 
Ilmiybaza.uz O‘rta asrlarda Sharq olamida yashab ijod etgan buyuk alloma va mutafakkirlarning ilmiy merosini chuqur muhokama qilish va anglash, uning zamonaviy sivilizatsiya tarixida tutgan o‘rni va roliga baho berishdan iborat. Ana shu bebaho ilmiy merosni yanada teran tadqiq etish va ommalashtirishga qaratilgan sa’y-harakatlarga yangi turtki berish, Sharqning ulug‘ allomalari tomonidan amalga oshirilgan kashfiyotlar zamonaviy ilm-fan va taraqqiyot uchun naqadar dolzarb. O‘rta asrlar Sharq tarixi shundan dalolat beradiki, madaniyat va ta’lim-tarbiya, tibbiyot, adabiyot, san’at va arxitektura sohalaridagi beqiyos yuksalish, ilmiy maktablarning vujudga kelishi, yangi-yangi iste’dodli avlodlar to‘lqinining paydo bo‘lishi va voyaga yetishi – bularning barchasi birinchi navbatda iqtisodiyot, qishloq va shahar xo‘jaligining ancha jadal o‘sishi, hunarmandlik va savdo- sotiqning yuksak darajada rivojlanishi, yo‘llar qurilishi, yangi karvon yo‘llarining ochilishi va avvalambor nisbiy barqarorlikning ta’minlanishi bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan. Chunki, tinchlik va barqarorlik bo‘lmasa, ilm-fan sohasida hech qanday o‘sish, taraqqiyot bo‘lishi mumkin emas. Qayerda tinchlik va barqarorlik bo‘lsagina ilm- fan markazlari, akademiyalar, oliy o‘quv yurtlari paydo bo‘ladi. Eng asosiysi, ta’lim-tarbiya ravnaq topib, unga qiziqish, e’tibor kuchayadi. Tinchlik-barqarorlik bo‘lgan joydagina odamlar o‘qib-o‘rganishni, har tomonlama rivojlanishni istaydi. Odamlar kechasi uyquga yotib, ertalab turishga qo‘rqmaydigan, ertaga ularning boshiga qandaydir muammo yoki ofatlar kelmasligini bilgan taqdirdagina shunday bo‘ladi. Bu haqiqat ko‘p asrlar davomida o‘z tasdig‘ini topgan. Sharq olamida, xususan, Markaziy Osiyo xalqlari hayotida rivojlangan madaniyatning mavjud bo‘lgani haqida qadimgi baqtriya, so‘g‘d, o‘rxun, xorazm yozuvlarida bitilgan
Ilmiybaza.uz 
yodgorliklar, devoriy tasviriy san’at asarlari va haykalchalar, arxitektura namunalari 
dalolat beradi. 
XI-XIII asrlarda asos solingan Xorazm davlati, Fors ko‘rfazigacha bo‘lgan 
hududlardagi qo‘shni xalqlar yerlarini birlashtirgan holda, Osiyo qit’asining katta 
qismini qamrab olgan. 
Milodgacha bo‘lgan II asrdan milodiy XV asrga qadar qadimiy xalqaro 
transport arteriyasi vazifasini bajarib, Xitoy, Hindiston va Markaziy Osiyo, O‘rta va 
Yaqin Sharq, O‘rtayer dengizi mintaqasi kabi hudud va mamlakatlarni bog‘lab 
kelgan Buyuk Ipak yo‘lining ulkan, beqiyos rolini baholashning o‘zi qiyin. 
Mazkur yo‘l nafaqat yuqorida zikr etilgan hududlar o‘rtasida savdo-sotiq 
aloqalarini, balki qit’alar va davlatlar o‘rtasida axborot almashuvini ta’minlashga 
xizmat qildi, yangi texnologiya va ishlanmalarning (ipak, chinni buyumlar, porox, 
qog‘oz va boshqa ko‘plab mahsulotlar) tez tarqalishida, qishloq xo‘jaligi ekinlari va 
agrotexnologiyalarning, shuningdek, madaniy qadriyatlarning rivojlanishida muhim 
vosita vazifasini bajardi va shu tariqa sivilizatsiyalararo muloqot va texnologiyalar 
almashuvi uchun shart-sharoitlar yaratdi. 
Bu davrlarda turli mamlakatlar xalqlarining ilmiy bilim va yutuqlar bilan bir-
birini boyitib borishi alohida rol o‘ynadi. Buyuk Ipak yo‘li orqali Yevropaga, 
Yevropadan esa Osiyoga Sharq va G‘arb olamidagi ulug‘ alloma va mutafakkirlar 
faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar yetkazildi. Sokrat, Platon, Aristotel, Ptolomey va 
antik davrga mansub boshqa buyuk allomalarning ilmiy asarlari, g‘oya va 
kashfiyotlarini o‘rganish uchun amaliy imkoniyat vujudga keldi. 
Ma’lumki, o‘sha davrlarning an’analariga ko‘ra, ma’rifatparvar mutafakkir va 
faylasuflar, olimlar va shoirlar odatda hukmdorlar va sultonlar saroylarida panoh 
topganlar. Ular orasida IX-XI asrlarda Xivada tashkil etilgan Ma’mun akademiyasi 
va "Baytulhikma", ya’ni "Donishmandlik uyi" degan nom bilan shuhrat qozongan 
Bag‘dod akademiyasida, shuningdek, XV asrda Samarqandda shakllangan Mirzo 
Ilmiybaza.uz yodgorliklar, devoriy tasviriy san’at asarlari va haykalchalar, arxitektura namunalari dalolat beradi. XI-XIII asrlarda asos solingan Xorazm davlati, Fors ko‘rfazigacha bo‘lgan hududlardagi qo‘shni xalqlar yerlarini birlashtirgan holda, Osiyo qit’asining katta qismini qamrab olgan. Milodgacha bo‘lgan II asrdan milodiy XV asrga qadar qadimiy xalqaro transport arteriyasi vazifasini bajarib, Xitoy, Hindiston va Markaziy Osiyo, O‘rta va Yaqin Sharq, O‘rtayer dengizi mintaqasi kabi hudud va mamlakatlarni bog‘lab kelgan Buyuk Ipak yo‘lining ulkan, beqiyos rolini baholashning o‘zi qiyin. Mazkur yo‘l nafaqat yuqorida zikr etilgan hududlar o‘rtasida savdo-sotiq aloqalarini, balki qit’alar va davlatlar o‘rtasida axborot almashuvini ta’minlashga xizmat qildi, yangi texnologiya va ishlanmalarning (ipak, chinni buyumlar, porox, qog‘oz va boshqa ko‘plab mahsulotlar) tez tarqalishida, qishloq xo‘jaligi ekinlari va agrotexnologiyalarning, shuningdek, madaniy qadriyatlarning rivojlanishida muhim vosita vazifasini bajardi va shu tariqa sivilizatsiyalararo muloqot va texnologiyalar almashuvi uchun shart-sharoitlar yaratdi. Bu davrlarda turli mamlakatlar xalqlarining ilmiy bilim va yutuqlar bilan bir- birini boyitib borishi alohida rol o‘ynadi. Buyuk Ipak yo‘li orqali Yevropaga, Yevropadan esa Osiyoga Sharq va G‘arb olamidagi ulug‘ alloma va mutafakkirlar faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar yetkazildi. Sokrat, Platon, Aristotel, Ptolomey va antik davrga mansub boshqa buyuk allomalarning ilmiy asarlari, g‘oya va kashfiyotlarini o‘rganish uchun amaliy imkoniyat vujudga keldi. Ma’lumki, o‘sha davrlarning an’analariga ko‘ra, ma’rifatparvar mutafakkir va faylasuflar, olimlar va shoirlar odatda hukmdorlar va sultonlar saroylarida panoh topganlar. Ular orasida IX-XI asrlarda Xivada tashkil etilgan Ma’mun akademiyasi va "Baytulhikma", ya’ni "Donishmandlik uyi" degan nom bilan shuhrat qozongan Bag‘dod akademiyasida, shuningdek, XV asrda Samarqandda shakllangan Mirzo
Ilmiybaza.uz 
Ulug‘bekning ilmiy maktabida samarali mehnat qilgan bir guruh olimlar butun 
dunyoga dong taratdilar. 
Tadqiqotchi-olimlarning fikricha, Sharq, xususan, Markaziy Osiyo mintaqasi 
IX-XII va XIV-XV asrlarda bamisoli po‘rtanadek otilib chiqqan ikki qudratli ilmiy-
madaniy yuksalishning manbai hisoblanib, jahonning boshqa mintaqalaridagi 
Renessans jarayonlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan Sharq uyg‘onish davri – Sharq 
Renessansi sifatida dunyo ilmiy jamoatchiligi tomonidan haqli ravishda tan olingan. 
Shu bilan birga, ko‘plab tadqiqotchilar qayd etganidek, agar Yevropa 
Uyg‘onish davrining natijalari sifatida adabiyot va san’at asarlari, arxitektura 
durdonalari, tibbiyot va insonni anglash borasida yangi kashfiyotlar yuzaga kelgan 
bo‘lsa, Sharq Uyg‘onish davrining o‘ziga xos xususiyati, avvalo, matematika, 
astronomiya, fizika, ximiya, geodeziya, farmakologiya, tibbiyot kabi aniq va tabiiy 
fanlarning, shuningdek, tarix, falsafa va adabiyotning rivojlanishida namoyon 
bo‘ldi. 
O‘rta asrlarning ilk davrida Sharqda amalga oshirilgan buyuk ilmiy 
kashfiyotlar haqida gapirar ekanmiz, zamonaviy matematika, trigonometriya va 
geografiya fanlari taraqqiyotiga beqiyos hissa qo‘shgan Muhammad ibn Muso al-
Xorazmiy nomini birinchilar qatorida tilga olamiz. U o‘nlik pozitsion hisoblash 
tizimini, nol belgisi va qutblar koordinatalarini birinchilardan bo‘lib asoslab berdi 
va amaliyotga tatbiq etdi. Bu esa matematika va astronomiya fanlari rivojida keskin 
burilish yasadi. 
Al-Xorazmiy algebra faniga asos soldi, ilmiy ma’lumot va traktatlarni bayon 
etishning aniq qoidalarini ishlab chiqdi, u astronomiya, geografiya va iqlim 
nazariyasi bo‘yicha ko‘plab ilmiy asarlar muallifidir. Allomaning dunyo ilm-fani 
rivojidagi xizmatlari umume’tirof etilgan bo‘lib, Sharq olimlari orasida faqat uning 
nomi va asarlari "algoritm" va "algebra" kabi zamonaviy ilmiy atamalarda 
abadiylashtirildi. 
Ahmad Farg‘oniy tomonidan IX asrda yaratilgan “Astronomiya asoslari” 
fundamental asarida olamning tuzilishi, Yerning o‘lchovi haqidagi dastlabki 
ma’lumotlar, sayyoramizning sharsimon ko‘rinishga ega ekani xususidagi dalillar 
Ilmiybaza.uz Ulug‘bekning ilmiy maktabida samarali mehnat qilgan bir guruh olimlar butun dunyoga dong taratdilar. Tadqiqotchi-olimlarning fikricha, Sharq, xususan, Markaziy Osiyo mintaqasi IX-XII va XIV-XV asrlarda bamisoli po‘rtanadek otilib chiqqan ikki qudratli ilmiy- madaniy yuksalishning manbai hisoblanib, jahonning boshqa mintaqalaridagi Renessans jarayonlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan Sharq uyg‘onish davri – Sharq Renessansi sifatida dunyo ilmiy jamoatchiligi tomonidan haqli ravishda tan olingan. Shu bilan birga, ko‘plab tadqiqotchilar qayd etganidek, agar Yevropa Uyg‘onish davrining natijalari sifatida adabiyot va san’at asarlari, arxitektura durdonalari, tibbiyot va insonni anglash borasida yangi kashfiyotlar yuzaga kelgan bo‘lsa, Sharq Uyg‘onish davrining o‘ziga xos xususiyati, avvalo, matematika, astronomiya, fizika, ximiya, geodeziya, farmakologiya, tibbiyot kabi aniq va tabiiy fanlarning, shuningdek, tarix, falsafa va adabiyotning rivojlanishida namoyon bo‘ldi. O‘rta asrlarning ilk davrida Sharqda amalga oshirilgan buyuk ilmiy kashfiyotlar haqida gapirar ekanmiz, zamonaviy matematika, trigonometriya va geografiya fanlari taraqqiyotiga beqiyos hissa qo‘shgan Muhammad ibn Muso al- Xorazmiy nomini birinchilar qatorida tilga olamiz. U o‘nlik pozitsion hisoblash tizimini, nol belgisi va qutblar koordinatalarini birinchilardan bo‘lib asoslab berdi va amaliyotga tatbiq etdi. Bu esa matematika va astronomiya fanlari rivojida keskin burilish yasadi. Al-Xorazmiy algebra faniga asos soldi, ilmiy ma’lumot va traktatlarni bayon etishning aniq qoidalarini ishlab chiqdi, u astronomiya, geografiya va iqlim nazariyasi bo‘yicha ko‘plab ilmiy asarlar muallifidir. Allomaning dunyo ilm-fani rivojidagi xizmatlari umume’tirof etilgan bo‘lib, Sharq olimlari orasida faqat uning nomi va asarlari "algoritm" va "algebra" kabi zamonaviy ilmiy atamalarda abadiylashtirildi. Ahmad Farg‘oniy tomonidan IX asrda yaratilgan “Astronomiya asoslari” fundamental asarida olamning tuzilishi, Yerning o‘lchovi haqidagi dastlabki ma’lumotlar, sayyoramizning sharsimon ko‘rinishga ega ekani xususidagi dalillar
Ilmiybaza.uz 
mavjud bo‘lib, mazkur kitob XVII asrga qadar Yevropa universitetlarida 
astronomiya bo‘yicha asosiy darslik sifatida o‘qitib kelingan hamda Buyuk 
geografik kashfiyotlar davrida Kolumb, Magellan va boshqa sayohatchilarning 
kashfiyotlari uchun ilmiy asos bo‘lib xizmat qilgan. Ahmad Farg‘oniyning amaliy 
yutuqlaridan biri uning o‘rta asrlardagi asosiy astronomik asbob – usturlob 
nazariyasini ishlab chiqqani va shuningdek, Nil daryosida “nilomer” degan, ko‘p 
asrlar davomida suv sathini o‘lchaydigan asosiy vosita sifatida xizmat qilib kelgan 
mashhur inshootni yaratgani bo‘ldi. 
Fazoviy trigonometriya asoschisi deb tan olingan, o‘zining matematika va 
astronomiya sohasidagi kashfiyotlari bilan shuhrat qozongan yana bir buyuk alloma 
Abu Nasr ibn Iroqdir. Uni haqli ravishda “Ikkinchi Ptolomey” deb ataydilar. 
Ulug‘ qomusiy alloma Abu Rayhon Beruniyning ilmiy dahosi bilan 
yaratilgan mislsiz kashfiyotlarga to‘liq baho berishning o‘zi qiyin. Beruniyning 150 
dan ziyod ilmiy ishlaridan bizgacha faqat 31 tasi yetib kelganiga qaramasdan, alloma 
qo‘lyozmalarining qo‘limizdagi ana shu to‘liq bo‘lmagan namunalari ham uning 
naqadar serqirra meros qoldirganidan dalolat beradi. 
Beruniy dunyo ilm-fanida birinchilardan bo‘lib dengizlar nazariyasi va Yerning 
sharsimon globusini yaratish yuzasidan o‘ziga xos yangi g‘oyalarni taklif etdi, Yer 
radiusini hisoblab chiqdi, vakuum, ya’ni bo‘shliq holatini izohlab berdi, Kolumb 
sayohatidan 500-yil oldin Tinch va Atlantika okeanlari ortida qit’a mavjudligi 
haqidagi qarashni ilgari surdi, minerallar tasnifi va ularning paydo bo‘lish 
nazariyasini ishlab chiqdi, geodeziya faniga asos soldi. Shuning uchun ham XI asr 
butun dunyodagi tabiiy fanlar tarixchilari tomonidan “Beruniy asri” deb atalishi 
bejiz emas. 
“Islom olamining eng mashhur faylasufi va qomusiy allomasi hamda 
insoniyatning eng buyuk mutafakkirlaridan biri” degan unvonga sazovor bo‘lgan 
Abu Ali ibn Sinoning hayoti va faoliyati avlodlarda alohida g‘urur va ehtirom 
tuyg‘ularini uyg‘otadi. Ilmiy tadqiqot ishlarini 16 yoshida boshlagan bu ulug‘ zot 
o‘z umri davomida 450 dan ortiq asar yaratdi. Ularning aksariyati avvalo tibbiyot va 
falsafa, shuningdek, mantiq, kimyo, fizika, astronomiya, matematika, musiqa, 
Ilmiybaza.uz mavjud bo‘lib, mazkur kitob XVII asrga qadar Yevropa universitetlarida astronomiya bo‘yicha asosiy darslik sifatida o‘qitib kelingan hamda Buyuk geografik kashfiyotlar davrida Kolumb, Magellan va boshqa sayohatchilarning kashfiyotlari uchun ilmiy asos bo‘lib xizmat qilgan. Ahmad Farg‘oniyning amaliy yutuqlaridan biri uning o‘rta asrlardagi asosiy astronomik asbob – usturlob nazariyasini ishlab chiqqani va shuningdek, Nil daryosida “nilomer” degan, ko‘p asrlar davomida suv sathini o‘lchaydigan asosiy vosita sifatida xizmat qilib kelgan mashhur inshootni yaratgani bo‘ldi. Fazoviy trigonometriya asoschisi deb tan olingan, o‘zining matematika va astronomiya sohasidagi kashfiyotlari bilan shuhrat qozongan yana bir buyuk alloma Abu Nasr ibn Iroqdir. Uni haqli ravishda “Ikkinchi Ptolomey” deb ataydilar. Ulug‘ qomusiy alloma Abu Rayhon Beruniyning ilmiy dahosi bilan yaratilgan mislsiz kashfiyotlarga to‘liq baho berishning o‘zi qiyin. Beruniyning 150 dan ziyod ilmiy ishlaridan bizgacha faqat 31 tasi yetib kelganiga qaramasdan, alloma qo‘lyozmalarining qo‘limizdagi ana shu to‘liq bo‘lmagan namunalari ham uning naqadar serqirra meros qoldirganidan dalolat beradi. Beruniy dunyo ilm-fanida birinchilardan bo‘lib dengizlar nazariyasi va Yerning sharsimon globusini yaratish yuzasidan o‘ziga xos yangi g‘oyalarni taklif etdi, Yer radiusini hisoblab chiqdi, vakuum, ya’ni bo‘shliq holatini izohlab berdi, Kolumb sayohatidan 500-yil oldin Tinch va Atlantika okeanlari ortida qit’a mavjudligi haqidagi qarashni ilgari surdi, minerallar tasnifi va ularning paydo bo‘lish nazariyasini ishlab chiqdi, geodeziya faniga asos soldi. Shuning uchun ham XI asr butun dunyodagi tabiiy fanlar tarixchilari tomonidan “Beruniy asri” deb atalishi bejiz emas. “Islom olamining eng mashhur faylasufi va qomusiy allomasi hamda insoniyatning eng buyuk mutafakkirlaridan biri” degan unvonga sazovor bo‘lgan Abu Ali ibn Sinoning hayoti va faoliyati avlodlarda alohida g‘urur va ehtirom tuyg‘ularini uyg‘otadi. Ilmiy tadqiqot ishlarini 16 yoshida boshlagan bu ulug‘ zot o‘z umri davomida 450 dan ortiq asar yaratdi. Ularning aksariyati avvalo tibbiyot va falsafa, shuningdek, mantiq, kimyo, fizika, astronomiya, matematika, musiqa,
Ilmiybaza.uz 
adabiyot va tilshunoslik sohalariga bag‘ishlangan. Leonardo da Vinchi, 
Mikelanjelo, Frensis Bekon va boshqa ko‘plab olimlar avlodi uning asarlarini 
o‘qib, hayratga tushganlar. 
Biz doim g‘urur va iftixor bilan e’tirof etamizki, tibbiyot tarixida eng mashhur 
bo‘lgan, “Tib qonunlari” deb atalgan o‘zining bebaho fundamental asari bilan Ibn 
Sino keyingi bir necha yuz yillar uchun tibbiyot fanlari taraqqiyotining asosiy 
yo‘nalishlarini oldindan belgilab berdi, hozirgi kunda ham o‘z dolzarbligini 
yo‘qotmagan amaliy tibbiyot va farmakologiya sohalarining eng muhim usullariga 
asos soldi. Bejiz emaski, bu kitob Yevropada XV asrda chop etilgan dastlabki 
kitoblardan biri bo‘lgan va Yevropaning yetakchi universitetlarida qariyb 500-yil 
davomida tibbiyot ilmi ayni shu asar asosida o‘qitib kelingan. 
Ibn Sino va Beruniyning bizgacha yetib kelgan Aristotelning “Koinot 
haqida kitob” asariga taalluqli yozishmalari buyuk allomalarimizning ilmiy 
muloqot olib borish, antik davr falsafiy qarashlarini chuqur anglash va ularni 
rivojlantirish borasida naqadar yuksak darajaga ko‘tarilganining mumtoz 
namunasidir. 
X-XI asrlarda Xorazm zaminida ijod qilgan Beruniy, Ibn Sino va boshqa buyuk 
alloma va mutafakkirlarimizning xizmatlari ularning ilmiy ishlari va asarlari doirasi 
bilangina chegaralanib qolmaydi, balki insoniyatning intellektual tarixida chuqur iz 
qoldirgan ilmiy maktab – Xorazm Ma’mun akademiyasini shakllantirishdek muhim 
masalani ham qamrab oladi. 
X asrning qomusiy allomasi Abu Nasr Forobiyni zamondoshlari, universal 
bilimlarga ega bo‘lgani bois, “Sharq Aristoteli” deb ataganlar. U ko‘plab fanlarni 
ilmiy kashfiyotlar bilan boyitdi, turli mamlakatlar olimlarining falsafiy qarashlarini 
rivojlantirdi va 160 dan ortiq asar yozdi. Ulardan eng mashhurlari “Mohiyat 
xususida so‘z”, “Fanlarning paydo bo‘lishi haqida kitob”, “Tafakkur mohiyati” va 
boshqa asarlar hisoblanadi. Forobiy asarlarining asosiy qismi ko‘plab Yevropa va 
Ilmiybaza.uz adabiyot va tilshunoslik sohalariga bag‘ishlangan. Leonardo da Vinchi, Mikelanjelo, Frensis Bekon va boshqa ko‘plab olimlar avlodi uning asarlarini o‘qib, hayratga tushganlar. Biz doim g‘urur va iftixor bilan e’tirof etamizki, tibbiyot tarixida eng mashhur bo‘lgan, “Tib qonunlari” deb atalgan o‘zining bebaho fundamental asari bilan Ibn Sino keyingi bir necha yuz yillar uchun tibbiyot fanlari taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlarini oldindan belgilab berdi, hozirgi kunda ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan amaliy tibbiyot va farmakologiya sohalarining eng muhim usullariga asos soldi. Bejiz emaski, bu kitob Yevropada XV asrda chop etilgan dastlabki kitoblardan biri bo‘lgan va Yevropaning yetakchi universitetlarida qariyb 500-yil davomida tibbiyot ilmi ayni shu asar asosida o‘qitib kelingan. Ibn Sino va Beruniyning bizgacha yetib kelgan Aristotelning “Koinot haqida kitob” asariga taalluqli yozishmalari buyuk allomalarimizning ilmiy muloqot olib borish, antik davr falsafiy qarashlarini chuqur anglash va ularni rivojlantirish borasida naqadar yuksak darajaga ko‘tarilganining mumtoz namunasidir. X-XI asrlarda Xorazm zaminida ijod qilgan Beruniy, Ibn Sino va boshqa buyuk alloma va mutafakkirlarimizning xizmatlari ularning ilmiy ishlari va asarlari doirasi bilangina chegaralanib qolmaydi, balki insoniyatning intellektual tarixida chuqur iz qoldirgan ilmiy maktab – Xorazm Ma’mun akademiyasini shakllantirishdek muhim masalani ham qamrab oladi. X asrning qomusiy allomasi Abu Nasr Forobiyni zamondoshlari, universal bilimlarga ega bo‘lgani bois, “Sharq Aristoteli” deb ataganlar. U ko‘plab fanlarni ilmiy kashfiyotlar bilan boyitdi, turli mamlakatlar olimlarining falsafiy qarashlarini rivojlantirdi va 160 dan ortiq asar yozdi. Ulardan eng mashhurlari “Mohiyat xususida so‘z”, “Fanlarning paydo bo‘lishi haqida kitob”, “Tafakkur mohiyati” va boshqa asarlar hisoblanadi. Forobiy asarlarining asosiy qismi ko‘plab Yevropa va
Ilmiybaza.uz 
sharq tillariga tarjima qilingan va hozirgi kunga qadar chuqur tadqiqotlar mavzusi 
bo‘lib kelmoqda. 
O‘rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining butun bir avlodi haqida so‘z 
yuritar ekanmiz, Amir Temur va Temuriylar davri deb nom olgan davr haqida, nomi 
ilm-ma’rifat osmonida bamisoli yorqin yulduz bo‘lib porlab kelayotgan Mirzo 
Ulug‘bek va uning Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi singari ko‘plab safdoshlari va 
shogirdlari xususida eslamasdan o‘tolmaymiz. 
Barchamizga yaxshi ma’lumki, Amir Temurning nabirasi bo‘lgan, 40-yil 
Samarqandda hukmdorlik qilgan Mirzo Ulug‘bek astronomiya sohasidagi buyuk 
alloma sifatida shuhrat qozongan va uning nomi haqli ravishda Kopernik, Jordano 
Bruno, Galiley va boshqa ulug‘ ilm-fan daholari qatorida tilga olinadi. 
Mirzo Ulug‘bekning XV asrda tuzgan astronomiya jadvalida 1018 ta 
yulduzning holati va joylashuvi bayon qilingan bo‘lib, bu asar astronomik o‘lchovlar 
bo‘yicha 16 asr davomida yaratilgan birinchi yangi katalog edi. 
Mirzo Ulug‘bekning safdoshi Al-Koshiy birinchi bo‘lib o‘nlik kasrlarni 
ilmiy iste’molga joriy etdi, erkin darajalar ildizlarining izchil yaqinlashib borishi 
va ularni topish metodlarini ishlab chiqdi. 
Mirzo Ulug‘bek observatoriyasi bilan Samarqandni o‘rab turadigan eng baland 
tepaliklardan birida joylashgan, buyuk alloma nomi bilan ataladigan muzeyga tashrif 
chog‘ida yanada batafsil tanishish mumkin. 
Abu Abdulloh Ro‘dakiy, Firdavsiy, Nizomiy Ganjaviy, Sa’diy, Hofiz 
Sheroziy, Jomiy, Alisher Navoiy, Bobur va boshqa ko‘plab buyuk faylasuflar, 
shoir va ma’rifatparvarlarning ijodiy merosida donishmandlik va borliq olamni 
gumanistik anglashning juda ulkan, bitmas-tuganmas xazinasi saqlanib kelmoqda. 
Bu meros haqiqatan ham jahon ahamiyatiga molik bebaho boylik hisoblanadi. 
Dunyo tarixidagi birinchi turkiy tillar lug‘ati bo‘lmish “Devoni lug‘atit-turk” 
kitobi muallifi Mahmud Koshg‘ariy bo‘lib, u o‘z asarida yuksak mahorat bilan 
to‘plashga erishgan so‘z boyligining tom ma’nodagi oltin zarralarini – turkiy maqol 
Ilmiybaza.uz sharq tillariga tarjima qilingan va hozirgi kunga qadar chuqur tadqiqotlar mavzusi bo‘lib kelmoqda. O‘rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining butun bir avlodi haqida so‘z yuritar ekanmiz, Amir Temur va Temuriylar davri deb nom olgan davr haqida, nomi ilm-ma’rifat osmonida bamisoli yorqin yulduz bo‘lib porlab kelayotgan Mirzo Ulug‘bek va uning Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi singari ko‘plab safdoshlari va shogirdlari xususida eslamasdan o‘tolmaymiz. Barchamizga yaxshi ma’lumki, Amir Temurning nabirasi bo‘lgan, 40-yil Samarqandda hukmdorlik qilgan Mirzo Ulug‘bek astronomiya sohasidagi buyuk alloma sifatida shuhrat qozongan va uning nomi haqli ravishda Kopernik, Jordano Bruno, Galiley va boshqa ulug‘ ilm-fan daholari qatorida tilga olinadi. Mirzo Ulug‘bekning XV asrda tuzgan astronomiya jadvalida 1018 ta yulduzning holati va joylashuvi bayon qilingan bo‘lib, bu asar astronomik o‘lchovlar bo‘yicha 16 asr davomida yaratilgan birinchi yangi katalog edi. Mirzo Ulug‘bekning safdoshi Al-Koshiy birinchi bo‘lib o‘nlik kasrlarni ilmiy iste’molga joriy etdi, erkin darajalar ildizlarining izchil yaqinlashib borishi va ularni topish metodlarini ishlab chiqdi. Mirzo Ulug‘bek observatoriyasi bilan Samarqandni o‘rab turadigan eng baland tepaliklardan birida joylashgan, buyuk alloma nomi bilan ataladigan muzeyga tashrif chog‘ida yanada batafsil tanishish mumkin. Abu Abdulloh Ro‘dakiy, Firdavsiy, Nizomiy Ganjaviy, Sa’diy, Hofiz Sheroziy, Jomiy, Alisher Navoiy, Bobur va boshqa ko‘plab buyuk faylasuflar, shoir va ma’rifatparvarlarning ijodiy merosida donishmandlik va borliq olamni gumanistik anglashning juda ulkan, bitmas-tuganmas xazinasi saqlanib kelmoqda. Bu meros haqiqatan ham jahon ahamiyatiga molik bebaho boylik hisoblanadi. Dunyo tarixidagi birinchi turkiy tillar lug‘ati bo‘lmish “Devoni lug‘atit-turk” kitobi muallifi Mahmud Koshg‘ariy bo‘lib, u o‘z asarida yuksak mahorat bilan to‘plashga erishgan so‘z boyligining tom ma’nodagi oltin zarralarini – turkiy maqol