O‘RTA ASRLAR DAVRIDA O‘LKADAGI IJTIMOIY-IQTISODIY, SIYOSIY VA MA’NAVIY JARAYONLAR (IX-XII asrlarda o'zbek davlatchiligi, Mo'g'illar istilosi vazulmiga qarshi kurash, Amir Temur va temuriylar davri)
Yuklangan vaqt
2024-05-22
Yuklab olishlar soni
3
Sahifalar soni
44
Faytl hajmi
67,5 KB
O‘RTA ASRLAR DAVRIDA O‘LKADAGI IJTIMOIY-IQTISODIY,
SIYOSIY VA MA’NAVIY JARAYONLAR.
Reja
1. Ilk o’rta asrlarda o’zbek davlatchiligi.Siyosiy ijtimoiy,iqtisodiy va madaniy
hayoti.
2. IX-XII asrlarda o’zbek davlatchiligi.Ajdodlarimizning jahon sivilizatsiyasi
taraqqiyotiga qo’shgan xissasi.
3. Mo’g’illar istilosi vazulmiga qarshi kurash.
4. Amir Temur va temuriylar davrida siyosiy,ijtimoiy va madaniy hayoti.
Ilk o’rta asrlarda o’zbek davlatchiligi. Siyosiy ijtimoiy,iqtisodiy va madaniy
hayoti.
Qabila boshliqlari, ishboshilar o‘zlariga tegishli yer maydonlarini sug‘orish
tarmoqlarining yuqori qismidan, ayniqsa, to‘g‘on boshi atrofidan ajratib olganlar.
Bu yo‘l bilan ular suvdan dehqonchilikda bemalol foydalanish, suv taqsimotini
nazoratga olib, qishloq aholisi ustidan o‘z ta’sirini o‘tkazish imkoniyatiga ega
bo‘lganlar. Shu tariqa, ular ziroatkor aholi ustidan hukmronlik qila boshlaganlar.
O‘sha davrda ular dehqonlar deb atalgan.
Dehqonlar
shaharlarda
hashamatli qasr
va
saroylarga, savdo va
hunarmandchilik do‘kon-u rastalaridan iborat kattagina xo‘jalikka ham ega
bo‘lganlar. Qishloqlarda esa ekinzor paykallardan tashqari, ularning ko‘shk va
istehkomli qo‘rg‘onlari, tegirmonlari bo‘lgan. Ko‘pdan ko‘p xizmatkorlar
dehqonlarning xo‘jaligida qishin-yozin mehnat qilganlar. Har bir katta yer egasining
30–40, 50–100 va ba’zan undan ortiq maxsus askarlar guruhi – chokarlari bo‘lgan.
Chokarlar baquvvat va abjir hamda o‘z xojasiga sadoqatli o‘spirinlardan tanlab
olingan. Bunday sodiq va jangovar chokarlari bilan dehqonlar yov hujumi paytlarida
dushmanga qarshi harbiy yurishlarda qatnashgan. Boshqa vaqtlarda ular dehqon
xo‘jaligidagi tartibga qarab turganlar.
Qishloqlarda dehqonlarning mavqeyi ortib, katta-katta yerlarga ega bo‘lib
oldilar. Bu esa o‘z navbatida mamlakatning ijtimoiy hayotiga ta’sir o‘tkazdi. Yer
egaligining tarkib topishi oqibatida mamlakatning ijtimoiy hayotida keskin
o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Qishloq jamoalari yerli mulkdor dehqon va unga qaram
bo‘lgan yersiz va erksiz kadivarlarga ajralib borgan. Qishloq jamoalari yerlarida
yashab yer va suvdan iborat umumiy mulkka ega bo‘lgan erkin ziroatchilar tabaqasi
kashovarzlar deb atalardi. Keyinchalik ularning ma’lum bir qismi yerlaridan
mahrum bo‘lib, bora-bora kadivarlarga aylanib borganlar. Ayrim dehqonlar esa o‘z
viloyatlarida hatto mustaqil hokim bo‘lib olganlar. V asrning o‘rtalariga kelib,
garchi ekin yerlarining ma’lum bir qismi mulkdor dehqonlar qo‘l ostidagi
mulklardan iborat bo‘lsa ham, ammo ziroatkor vohalardagi sug‘oriladigan
yerlarning asosiy qismi hali ham qishloq jamoalarining qaramog‘ida edi.
Mamlakatimiz hududida ilk oʻrta asrlar davrida tashkil topgan yirik
davlatlardan biri Eftaliylar davlatidir. Eftaliylarning etnik jihatdan qaysi qabilaga
mansubligi, tillari tarixda yetarlicha tadqiq qilingan emas. Olimlarning xulosalariga
qaraganda, milodning IV asr oʻrtalarida kushonlar bilan Eftaliylar boshqa qabilalar
bilan birlashganlar. "Eftal" soʻzi esa eftaliylar shohi Vaxshunvor Eftalon nomi bilan
bogʻliqdir. Vaxshunvor 457- yildan e'tiboran Chohaniyon, Tohariston, Badaxshonni
oʻziga boʻysundirib Oʻrta Osiyoda katta davlatga asos soldi.
V asrning ikkinchi yarmi va VI asr boshlarida Eftaliylar davlati hududlariga
Oʻrta Osiyo, Sharqiy Eron, Shimoliy Hindiston va Sharqiy Turkiston erlari kirar edi.
Eftaliylar zamonida saltanat yakka xukmdor tomonidan boshqarilgan. Davlat
boshqaruv tipi konfederativ podshohlik boʻlib, boshqaruv shakli cheklangan
monarxiya boʻlgan. Taxt vorisini aniqlab, taqdim etadigan kengash mavjud boʻlgan.
Bu kengash sulolaning moʻtabar vakillari, amirlar, yirik arkonlardan iborat boʻlgan.
Eng muhimi, Eftaliylar davrida davlatimiz qonunlar asosida boshqarilib, bu turkiy
tuzuklardan iborat boʻlgan. Katta hududni egallagan bu davlatda ba’zi katta
viloyatlar mahalliy sulolalar tomonidan boshqarilgan.
Eftaliylarning harbiy qoʻshinlari katta kuchga ega boʻlgan. Askarlari qoʻlida
harbiy qurol-yaroqlardan gurzi, oʻq-yoy va asosiysi qilich muhim oʻrin tutgan. Ular
lashkarlarining asosini otliq askarlar tashkil etgan. Milodiy V asrda sosoniylar va
eftaliylar davlati oʻrtasidagi harbiy toʻqnashuvlarda eftaliylar qoʻshinining ustun
kelishi, ular harbiy maxoratining yuqori darajada ekanligidan dalolat beradi.
Sosoniylarning sharqqa yurishlari eftaliylarning qarshiligi tufayli toʻxtadi.
Ular Eron podshohlarining ichki siyosatiga ham aralashib turdilar, xatto shohlardan
qaysi birini saylash va tayinlash masalasini hal qilish ularning qoʻlida boʻlgan. Eron
davlati har- yili eftaliylarga oʻlpon toʻlab turgan.
Eftaliylar davlatining poytaxti haqida ma’lumotlar yoʻq. Bunday markaz
Poykan (Boykent) yoki Balx boʻlgan degan taxminlar bor. Bu davrda jamiyatda
yerga egalik munosabati shakllanayotgan boʻlsada, qullar mehnatidan foydalanish
davom etgan. Qaror topayotgan yerga egalik qilish munosabatlariga koʻra, katta
yerlarni egallab olganlar dehqon nomi bilan atalgan. “Dehqon” qishloq hokimi
ma’nosini anglatgan. Oʻzining kichikroq yerida xoʻjalik yuritganlar kashivarzlar,
yeridan ajralib qolib dehqon xoʻjaliklarida yollanib ishlaganlar kadivarlar deb
nomlangan.
Shu davr me'morchiligida qasrlar qurilishi ayniqsa ahamiyatli boʻlgan. Bu
qasrlar 2 qavatli, shipi tekis, gumbazsimon va ravoqsimon qilib yopilgan bir necha
xonadan iborat boʻlgan. Saroy va qasrlar qurilishida V asrdan boshlab pishiq
gʻishtlar ishlatila boshlangan. Saroy ibodatxonalar devorlari rangdor tasvirlar bilan
bezatilgan. Eftaliylar me'morchiligining ajoyib namunalaridan biri Buxoro
yaqinidagi Varaxsha saroyi boʻlib, u buxorxudotlarning VI-VII asrlardagi
qarorgohlar boʻlgan.
Eftaliylar davrida hunarmandchilikning kulolchilik, shishasozlik, chilangirlik,
boʻzchilik, zargarlik, qurolsozlik kabi turlari yaxshi taraqqiy etgan. Eftaliylar Eron,
Vizantiya, Hindiston, Xitoy kabi mamlakatlar bilan elchilik, savdo-sotiq
munosabatlarini olib borishgan. Xususan, 456- yili Eftaliylar Xitoyga oʻzi elchilarini
yuborganlari tarixda qayd etilgan.
Shunday qilib, V-VI asrlarda yurtimizda Eftaliylar sulolasi 100 yildan ortiq
hukmronlik qildi. Bu sulola vakillari tarqoq mamlakatni birlashtirib, siyosiy,
iqtisodiy, madaniy munosabatlar va tashqi aloqalar taraqqiyotining yuksalishiga
erishdi. Ammo 563-567- yillarda turk xoqonlari tomonidan berilgan zarbadan soʻng
Eftaliylar inqiroz sari yuzlandilar va xoqonlik ta’siriga tushib qoldilar.
VI asr boshlarida Oltoy o‘lkasida siyosiy jarayonlar faollashadi. O‘sha paytda
hozirgi Mo‘g‘uliston va qisman Xitoyning shimoliy hududlari ustidan Jujan xonligi
hukmronlik qilardi. VI asr boshlarida Oltoydagi turkiy qavmlar orasida Ashin
urug‘ining mavqei ko‘tariladi. Ashin urug‘iga mansub Asan va Tuu 460-
545- yillarda boshqa urug’larni o’zlariga bo’ysundiradilar va Oltoyda turkiy
qabilalar ittifoqiga asos soladilar.Tuuning o‘g‘li Bumin Tele qabilasini ham
bo‘ysundiradi. Bumin Jujan xonligiga tobelikdan chiqish uchun kurashadi va
551- yilda Jujan xonining qo‘shinlarini engib, ularni o‘ziga bo‘ysundiradi. Tuuning
oʻgʻli Bumin 551- yilda Markaziy Osiyoda eng kuchli hisoblangan jujanlar xonini
yengib, Turk xoqonligi davlatiga asos soldi. Xoqonlikda birinchi hukmdor Bumin
boʻlib, u taxtga Ili xoqon unvoni bilan oʻtirdi. 553-572- yillarda hukmronlik qilgan
Muqan xoqon davrida esa xoqonlik Markaziy Osiyoda siyosiy ustunlikni oʻz qoʻliga
oldi.
Aynan mana shu, davrda turklarning gʻarbda jujan qabilalari va eftaliylarga
qarshi faol harbiy harakatlari boshlandi. 552-555- yillardayoq Buminnnng ukasi
Istami “Oʻn tuman qoʻshinining” sarkardasi boʻlib, harbiy yerlarni oʻziga
boʻysundira boshlagan edi. Eftaliylar davlati tor-mor etilgandan soʻng bosib olingan
hududlar bevosita gʻoliblarning oliy hokimiyatiga boʻysundirilgan edi.
Turk xoqonligining tarixi uzluksiz urushlar va oʻzaro ichki kurashlar bilan
toʻlgan edi. Buning natijasida 581-603- yillar oraligʻida u ikki qismga Sharqiy va
g’arbiy turk xoqonliklariga boʻlinib ketdi.
VII asrning birinchi choragida G‘arbiy xoqonlik nihoyatda kuchaygan. Uning
sharqiy chegarasi Oltoyga, janubda esa Sind (Hind) daryosi bo‘ylariga borib yetgan.
G‘arbiy xoqonlik o‘ziga qaram viloyatlarni boshqarishda mahalliy sulolalarni saqlab
qolgan. Muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ayrim o‘lkalarda esa xoqon xonadoniga
tegishli mansabdorlar tayinlangan. Xoqon To‘ng yabg‘u (618–630) hukmronlik
qilgan davrda boshqaruv tartiblari isloh qilingan. Islohotga ko‘ra, mahalliy
hukmdorlarga xoqonlikning “yabg‘u” unvoni berilib, ular xoqonning noibiga
(vakiliga) aylanadilar. Shu bilan birga O‘rta Osiyo, Sharqiy Turkiston va
Toxaristonning deyarli mustaqil hokimliklari ustidan siyosiy nazorat kuchaytiriladi.
Ular huzuriga xoqonlikning noiblari – tudunlar yuboriladi. Biroq ichki kurash
oqibatida G‘arbiy turk xoqonligi zaiflashib boradi.
Qadimgi turklarning tasavvuriga koʻra, davlatchilikni oʻzida mujassam
etuvchi shaxs xoqon yoki uning sulolasi boʻlgan. Xoqon uch kuchga tayanar edi.
Bular Osmon-Tangri irodasi, yer-suv saxovati va turk xalqining faoliyati edi.
Xoqonning rafiqasi Xotun unvoniga ega boʻlgan. Keyinchalik bu unvonni olgan ayol
etnik mansubligidan qat'i nazar umuman hukmdorning rafiqasini anglatadigan boʻlib
qoldi. Taxtga vorislik tartibiga koʻra, taxt otadan oʻgʻilga emas akadan ukaga, kichik
amakidan katta jiyanga meros qolar edi. Shahzodalar oʻzlarining hukmdorlik
navbatlari kutib, ungacha oʻzlariga berilgan uluslarda hokimlik qilar edilar.
Hokimiyatni hukmron sulola qoʻlida jamlash odati Markaziy Osiyo davlatlarida
boshqaruvning an'anaviy usuli boʻlib, u ikki yoqlama samara berardi. Bir tomondan,
koʻchmanchi chorvachilik hukmron boʻlgan sharoitlarda boshqaruvning va
mudofaaning barqarorligi ta’minlansa, ikkinchi tomondan, sulolaning oʻz ichida
ham nisbatan osoyishtalikka erishilar edi.
Turk davlati yetarli darajada ishlab chiqilgan jinoiy qonunchilikka ega
boʻlgan. Jazoning asosiy turlari qatl etish, kompozisiya, ya’ni tovon toʻlash
hisoblangan. oʻlim jazosi davlatga qarshi jinoyatlar uchun (isyon koʻtarish, sotqinlik
va xokazo) hamda odam oʻldirganlik uchun berilgan. Odam oʻldirganlik uchun qatl
etish yoki odam a’zosini kesib tashlash talion deyilgan. Shaxsga qarshi qaratilgan
boshqa jinoyatlar kompozisiya, ya’ni etkazilgan zararni oʻn barobar qilib toʻlash,
tovon kabi usullar qoʻllanilgan.
Xoqonlikda aholi va qoʻshin boʻlinishida oʻnlik tizimi mavjud boʻlgan. Ular
orasida shaxsiy soqchilar, xoqonlarning zirixli gvardiyasi ajralib turgan. 10, 20 va
40 kishilik alohida qoʻshilmalar shadlar yoki yobgʻu qoʻmondonligida boʻlgan.
Qoʻshinda xizmat qilish majburiy hisoblangan. Davlat, odatda 100 ming kishilik
qoʻshin olish qudratiga ega boʻlgan. Bunday qoʻshin davlat qudratining asosiy
tayanchi hisoblangan.
.
Xulosa qilib aytish mumkinki, Turk xoqonligida davlatchilik Oʻrta Osiyoning
qadimiy an'analari va turkiy-qabilalar tomonidan keltirilgan an'analar asosida oʻziga
xos xususiyat kasb etdi. Bunda siyosiy ittifoq Oʻrta Osiyodagi mustaqil va yarim
mustaqil mulklarning federasiyasi shakllandi. Bu federasiyada tashkil topgan
davlatchilik ma’lum ma’noda yuqori bosqichga koʻtarilgan boʻlib, oʻsha davrning
hayotiy talablari va xususiyatlarini oʻzida aks ettirgan. Bu esa oʻzbek davlatchiligi
poydevorini mustahkam lash tomon qoʻyilgan muhim qadamlardan biri boʻldi.
VII-VIII asrlarda markazlashgan Arab xalifaligi Misr, Suriya, Falastin, Iroq,
Vizantiya va Eronni boʻysundirib, kuchli imperiyaga aylanadi. Xalifalik Oʻrta Osiyo
yerlariga ham yetib keldi.
651- yili arablar jangsiz Marv shahrini egallaydilar. Arablar Amudaryo
(Jayxun)ning shimolida joylashgan yerlarga “Movarounnahr”, ya’ni “daryoning
ortidagi yerlar” deb nom beradi. Hozirgi Afgʻonistonning shimoliy, Eronning
shimoliy-sharqiy qismi hamda Janubiy Turkmanistondan to Amudaryogacha
boʻlgan hududlar esa Xuroson deb yuritilgan. Avval boshida Xurosonning markaziy
shahri Marv, keyinchalik Hirot boʻlgan.
Arablarning Movarounnahrga qarshi harbiy yurishlari oʻz maqsad va rejalari
bilan 2 davrga boʻlinadi. 1-davrda Xalifalik istilo etishni emas, balki harbiy jihatdan
tayyorgarlik koʻrish, mahalliy hukmdorlar kuch-qudratini sinab koʻrish, geografik,
harbiy, iqtisodiy, siyosiy joylashuvini oʻrganish, kichik yurishlar orqali oʻljalar
orttirish rejasini amalga oshiradi. Bu davr 650-704- yillarni oʻz ichiga oladi.
Movarounnahrga ilk bor hujumlar 654-yilda Maymurg‘ va 667-yilda
Chag‘oniyondan boshlanadi. Manbalarda qayd etilishicha, bu davrda Xorazm
arablar tomonidan ikki marotaba talon-toroj etilgan. Narshaxiyning yozishicha, 673-
yilning kuzida xalifa Muoviya I (661-680) farmoni bilan Ubaydulloh ibn Ziyod
Amudaryodan kechib o‘tib, Buxoro hududiga bostirib kiradi.
Xalifa Abdumalik ibn Marvon (685-705) davrida ichki nizolarga chek
qoʻyilgandan soʻnggina arab siyosiy arboblari va zadogonlari Movarounnahrga
harbiy yurish vaqti keldi, deb topdilar. Yangi tayin etilgan Xuroson noibi Qutayba
ibn Muslimga Movarounnahrni butkul egallash va qat'iyat bilan harakat qilish
topshiriladi.
714-715- yillar boshida Qutayba Qashqargacha boʻlgan yerlarni qoʻlga
kiritadi. Oʻsha- yili arab xalifasi Volid vafot etadi. Xalifalik taxtiga Sulaymon ibn
Abdumalik oʻtiradi. Qutayba Sulaymonga nisbatan gʻanimlik munosabatida boʻlib
uni qoʻllab quvvatlamas edi. Qutayba uning taxtga chiqishidan norozi boʻlib, isyon
koʻtaradi. Natijada, bu isyon muvaffaqiyatsiz tugab, Qutaybaning oʻzi 715- yili
Fargʻonada oʻldiriladi.
Oʻrta Osiyo bosib olinganidan soʻng bu hududlarni boshqarish markazi Marv
shahri boʻlib qolgan edi. Bu yerda xalifalikning noibi turgan va u Movarounnahr,
Xurosonni idora qilgan. Dehqonlar xalifalik noibining mahalliy aholi orasidan
boʻlgan vakiliga boʻysunganlar. Bunday kishilar amir unvoniga ega hisoblanar
edilar. Xalifa davlatni boshqarishda vazir ul-vuzaro (ulugʻ vazir)ga tayangan. Harbiy
ishlar, umuman, harbiy qoʻshinlar amir ul-umaro qoʻli ostida boʻlgan. Xalifa turli
masalalarni devon ad-dar, ya’ni kengashda koʻrib chiqar edi. Devon ad-dar uchta
asosiy devonga boʻlingan, ular: devon al-mashriq, devon al-magʻrib va devon al-
xarajdan iborat boʻlgan.
Xalifalik o‘lkani zabt etish jarayonida uning deyarli barcha obod dehqonchilik
vohalarini, juda ko‘p shahar va qishloqlarga o‘t qo‘yib vayron etdi. Suv inshootlari
buzib tashlandi. Ekin maydonlari suvsizlikdan qurib qoldi. Zabt etilgan shahar va
qishloq aholisidan oltin, kumush, qimmatbaho buyumlar va ko‘plab qurol-yarog‘lar
tortib olindi. Sulh tuzishga majbur bo‘lgan Buxoro, Poykand, Sug‘d hukmdorlaridan
katta miqdorda boj-u tovonlar undirib olindi. Xalifalik qo‘shinlariga minglab nafar
mahalliy yigitlarni jalb etdilar.
Arablar Movarounnahrni bosib olgach, bu yerdagi yer-mulklar xalifaga
qarashli bo‘lib qoldi. Xalifa davlat yerlarini iqto tariqasida in’om qilgan. Davlat
yerlari ayrim harbiy yo‘lboshchilar va amaldorlarga umr bo‘yi yoki mulkka vorislik
tariqasida berilgan. Biroq yerlarning asosiy egasi xalifa sanalar va u iqtodorlardan
ushr olish huquqiga ega edi. Yirik yer egalari – dehqonlar arab xalifaligi davrida
ham o‘z yerlarining egalari bo‘lib qoldilar, biroq ular endilikda ijaradorga aylanib,
daromadning ma’lum qismini xalifalik xazinasiga jo‘natish majburiyatini olgan
edilar.
Arablar tomonidan Movarounnahr bosib olingach, “Xiroj”, “ushr”, “zakot”,
“jizya” kabi soliqlar joriy etiladi. “Juz’ya” jon boshiga solinadigan soliq bo‘lib,
musulmon bo‘lmagan fuqarolardan asosan pul yoki mahsulot shaklida undirilgan.
Islomni qabul qilmagan boylardan 48, o‘rtahollardan 24, kambag‘àl dehqon va
hunarmandlardan 12 dirhamdan jizya solig‘i olingan. “Xiroj” esa dehqonlar
daromadidan undirilgan va bu daromadning 1/3 qismiga, hatto undan ortig‘iga ham
teng bo‘lgan. “Zakot” odatda pul daromadlarining 1/40 ulushi (2,5%) ga teng
bo‘lishi kerak edi. Shuningdek, “Ushr” (arabcha o‘ndan bir) degan soliq ham
bo‘lgan. Bu soliq turi davlat foydasiga olinadigan soliq bo‘lib, natura va pul shaklida
asosan dehqonchilik mahsulotlaridan olingan. Bulardan tashqari aholiga mahalliy va
mavsumiy soliq va majburiyatlar ham yuklangan edi. Aholidan olinadigan
markazlashgan soliqlar hajmi daromadning qariyb yarmini tashkil etardi.
Arablar og‘ir soliqlarni o‘z vaqtida to‘lay olmagan fuqarolarni haqoratlab va
xo‘rlab taxtachalarga “qarzdor” degan yozuvlar yozdirib, ularning bo‘yniga osdirib
qo‘yar edilar. Arablar islom dinini qabul qilib musulmon bo‘lgan mahalliy aholi
vakillarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlab, ularga imtiyozlar berdilar. Jumladan,
islomni qabul qilganlar “juz’ya” va “xiroj” kabi soliqlardan ozod qilingan. Bu ikki
soliqdan ozod qilish siyosatini xalifa Umar II ham qo‘llagan va qonun ijrosini
Xurosonga 717-yilda noiblikka tayinlangan Jarroh ibn Abdulladan talab qilgan.
720-722-yillarda So‘g‘diyonada yuz bergan G‘o‘rak (Samarqand hukmdori)
va
Divashtich
(Panjikent
hokimi)
boshchiligidagi
qo‘zg‘olon
arablar
hukmronlikligiga qarshi dastlabki yirik xalq harakatlaridan biri bo‘lgan. Unda
arablar siyosati va zulmidan g‘azabga kelgan o‘n minglab mahalliy xalq vakillari
ishtirok etgan. Xurosonning yangi tayinlangan va zolimligi bilan nom chiqargan
noibi Said Xarashiy katta muntazam harbiy kuch bilan mazkur qo‘zg‘olonni
shafqatsizlik bilan bostirishga muvaffaq bo’ladi. Qo‘zg‘olon rahbarlaridan biri
bo‘lgan Divashtich ushlanib qatl etiladi.
736-737-yillarda Toxariston va So‘g‘dda arablarga qarshi yana qo‘zg‘olon
ko‘tariladi. Natijada arablar juda og‘ir ahvolga tushib qoladi va bu vaziyatdan
qutulish maqsadida Xuroson va Movarounnahming noiblari hamda amirlari bir
necha marta o‘zgartiriladi. Xususan, 738-748-yillarda Xuroson noibi Nasr ibn
Sayyor davrida ko‘rilgan tadbirlar tufayli arablar o‘lkada o‘z mavqelarini
mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ldi. U ma’lum bir muddat davomida
mamlakatda nisbiy osoyishtalik o‘mata oldi.
.
Movarounnahrda yana bir xalq qo‘zg‘olonlardan biri 769-783- yillarda bo‘lib
o‘tgan. Qo‘zg‘ olonchilar oq libos kiyganlari uchun tarixda u “Oq kiyimlilar”
qo‘zg‘oloni nomi bilan tilga olinadi. Bu harakatning rahbari Hoshim ibn Hakim
ismli hunarmand bo‘lgan. U boshi va yuziga ko‘k parda tutib yurganligi uchun uni
“Muqanna”, ya’ni “Niqobdor” laqabi bilan atashgan. Muqanna Xurosonda kichik
lashkarboshidan vazirlik darajasigacha ko‘tarilgan.
Muqanna ajnabiylar hukmronligi va zulmiga qarshi qo‘zg‘alishga da’vat qilib,
Movarounnahrga yo‘l oladi va o‘z yaqinlari bilan Naxshab va Kesh shahriga yetib
boradi. Kesh yaqinida tog‘ tepasiga bino qilingan Som qal’asini o‘z qarorgohiga
aylantiradi. Tez orada butun Qashqadaryo vohasi “Oq kiyimlilar” qo‘liga o‘tadi.
Natijada “Oq kiyimlilar” harakati kengayib, katta xalq qo‘zg‘oloniga aylanadi. U
ayniqsa Sug‘dda avj olib, Eloq (Ohangaron) vodiysi va Shoshga ham o‘zining
ta’sirini o‘tkazadi. Qo‘zg‘olonda turli tabaqalar qatnashadi.
“Oq kiyimlilar” qo‘zg‘oloniga zarba berish uchun xalifa Mansur 775-yilda
katta harbiy kuchni Movarounnahrga safarbar qiladi. Muqannaga qarshi kurashgan
arablarning Jabroil ibn Yahyo va Maoz ibn Muslim boshchiligidagi birlashgan
kuchlari ham ular ustidan sezilarli yutuqqa erisha olmagan. Faqat 777-778- yillar
davomidagi urush harakatlari chogida buxorolik bir kishi tomonidan iste’dodli
sarkarda Sug‘diyonning oidirilishi “oq kiyimlilar” uchun juda katta yo‘qotish
boigan. Shundan so‘nggina arablar Samarqandni ishg‘ol qilganlar. Narshax va
Samarqandda “Oq kiyimlilar” yengilgach, mahalliy mulkdor tabaqa vakillari
arablarga yordam bera boshlaydilar. Kurashning oxirgi bosqichi Kesh vodiysida
bo‘lib o‘tadi. 783-yilda Muqannaning Som qal’asidagi qarorgohi qamalga olinadi.
Uzoq davom etgan qamaldan so‘ng kurashdan tinkasi qurigan qo‘zg‘olonchilar
taslim bo‘ladilar. Istilochilarga taslim bo‘lishni istamagan Muqanna o‘zini yonib
turgan tandirga tashlab halok bo‘ladi.
. IX-XII asrlarda o’zbek davlatchiligi.Ajdodlarimizning jahon sivilizatsiyasi
taraqqiyotiga qo’shgan xissasi.
.
IX asr boshlariga kelib Arab xalifaligida yuzaga kelgan bo'hronli vaziyat,
siyosiy tanglik, Xuroson va Movarounnahrda kechayotgan ziddiyatli jarayonlar, eng
muhimi, bu hududda yuz bergan Rofe ibn Lays qo'zg'oloni (806-810) mazkur o‘lka
xalqlari uchun xalifalik tobeligidan qutilish, yurt mustaqilligini qo‘lga kiritish
yo‘lida qulay imkoniyatlami vujudga keltirgandi. Xususan, mashhur xalifa Xorun
ar-Rashid (786-809) vafotidan so'ng xalifalik taxtini egallash uchun uning o'g'illari
– Amin va Ma‘mun o‘rtasida keskin kurash boshlangan edi. Bir necha yilga
cho'zilgan bu siyosiy mojaro nafaqat xalifalik markazini tang ahvolga solib
qolmasdan, balki unga tobe bo‘lgan hududlardagi voqealar rivojiga ham sezilarli
ta’sir ko‘rsatdi.
Ma’munga xizmat qilgan xurosonlik Tohir ibn Husayn (Hirot viloyatining
Bushang shahridan) qo‘shini Aminga qarshi kurashib, 813-yilda Bag‘dodni egallab,
xalifalik taxtiga ko‘tariladi. Xalifalikda Tohir ibn Husayn katta hurmat-e’tiborga
loyiq nufuzli kishi bo‘lib qoldi. 821-yilda u Xurosonning noibi etib tayinlandi.
Movarounnahr ham Xuroson noibligi tarkibiga kirar edi. Tohir o‘z qo‘l ostidagi
keng viloyatlarni mustaqil davlatga aylantirish uchun ochiqdan-ochiq harakat qilib,
noiblikka tayinlangan kunidan bir yil o‘tar-o‘tmas, jome’ masjidida juma namozida
o‘qiladigan xutbadan xalifa nomini chiqarib tashlashga buyruq berdi. Bu o‘sha davr
uchun xalifaga qarshi ko‘tarilgan isyon bilan teng edi. Bu voqeadan ko‘p vaqt
o‘tmay Tohir ibn Husayn to‘satdan (822-yilda) vafot etdi.
Tohirning o‘limi haqida mish-mishlar tarqalgani uchun xalifa uning o‘rniga
navbatma-navbat o‘g‘illari Talxa ibn Tohir (822-830) va Abdulloh ibn Tohir (830-
844)ni Xuroson noibi qilib qo‘yadi. Shu bilan Xuroson va Movarounnahrda yangi
Tohiriylar sulolasi hukmronligi boshlanadi. Abdullohning noibligi davrida (830-
844) Xuroson xalifaga rasman tobe bo‘lsa-da, amalda mustaqil davlatga aylanib,
poytaxt Marvdan Nishopurga ko‘chirildi.
Tohiriy hukmdorlar, ayniqsa, so‘nggi hukmdorlar: Tohir ibn Abdulloh (844-
862), Muhammad ibn Tohir (862-873) davrida oddiy xalq ahvoli ancha og‘irlashadi.
Ular haddan ziyod oipon va soliqlar to‘lashga majbur etiladi. Jumladan, birgina 844-
yilda ulardan olinadigan soliq miqdori 48 mln. dirhamni tashkil etgan. Bu holatlar
tohiriylarga qarshi xalq g‘alayonlarini kuchayishiga sabab boigan. IX asrning 60-
yillaridan e’tiboran Tohiriy hukmdorlariga qarshi xalq harakatlari yanada kuchaydi.
Bu harakatlarga g‘oziylar boshchilik qildilar (“g‘oziylar” asosan ko‘chmanchi
qabilalar hujumini bartaraf qilish maqsadida kambag‘al hunarmandlar va yersiz
ziroatchilardan tashkil topgan qurolli qo‘shin edi). Ularning harakatini aka-uka
Yoqub va Amir ibn Lays boshqardi. Ular dastlab Seyistonda hokimiyatni qoiga
olgach, 873-yilda Tohiriylarning qo‘shinlariga katta zarba berib, Xuroson poytaxti
Nishopurni egalladilar. Shu davrdan e’tiboran tohiriylar sulolasi barham topdi.
Movarounnahrda Arab xalifaligi hukmronligidan so‘ng dastlabki mustaqil
davlat Somoniylar davlati hisoblanadi. Yuqorida aytilganidek, xalifa Ma’mun o‘ziga
sodiqlik bilan xizmat qilgan mahalliy hukmdorlarga bir qator huquqlar bergan edi.
Bunday huquqlar mahalliy hukmdor Somonxudot nabiralariga ham beriladi. Ulardan
Nuhga Samarqandni, Ahmadga Farg‘onani, Yahyoga Shosh va Ustrushonani
boshqarish huquqlari berilgan edi. IX asr o‘rtalariga kelib Ahmad va uning katta o‘g
li Nasr Somoniylar Movarounnahrning katta qismini birlashtirishga muvaffaq boiadi
va Samarqandni poytaxt deb e io n qiladi. Nasr Somoniy (865-888) davrida
Movarounnahr
mavqeyi
ancha
kuchaydi.
IX
asrning oxirgi
choragida
Movarounnahrning deyarli barcha viloyatlari somoniylar tasarrufiga o‘tadi. Nasr
butun Movarounnahrning hukmdoriga aylanadi. U kumush dirham zarb etadi.
873-yilda Tohiriylar taxtdan ag‘darilgach, uning tarkibiga kirgan Buxoro ham
Somoniylar tasarrufiga o‘tadi. Nasr ukasi Ismoilni Buxoroga noib etib tayinlaydi
(874) va Movarounnahr to‘liq Somoniylar qo‘liga o‘tadi. Keyinchalik ikki aka-uka
o‘rtasidagi kelishmovchiliklar sababli 888-yilda urush kelib chiqib, bu urushda
Ismoil Somoniy g‘olib chiqib, 892- yildan boshlab esa Ismoil Somoniy
Movarounnahrning yagona hukmdori boʻlib qoladi.
Ismoil Somoniy oʻz davrining qobiliyatli, sergʻayrat va zukko davlat arbobi
boʻlib, Movarounnahr hududida yirik markazlashgan davlatga asos soldi. U oʻz
davlatiga doimo xavf solib turgan koʻchmanchilar ustiga 893- yilda qoʻshin tortdi,
Taroz shahrini egallab, shimoldan boʻladigan hujumlarga barham berdi. Kuchayib
borayotgan va mustaqillikka intilayotgan Ismoil Somoniy siyosati Arab xalifaligini
tashvishga solayotgan edi. Shu bois xalifa Mu'tazid Somoniy bilan Xuroson noibi
Amr ibn Laysni toʻqnashtirib, oʻz maqsadiga erishmoqchi boʻldi. 900- yilda Ismoil
hal qiluvchi jangda Amr ibn Laysni engib, Xurosonni ham oʻziga qoʻshib oldi.
Natijada, xalifa Somoniy davlatini tan olib, unga hukmdorlik yorligʻini yuborishga
majbur boʻldi. Ana shu tariqa IX asr oxirlarida Movarounnahr Arab xalifaligi
hukmronligidan xalos boʻldi.
Somoniylar davlati muayyan tarixiy bosqichlarda ijtimoiy-siyosiy va boshqa
sohalarda qanchalik yuksalish, muhim o'zgarish jarayonlarini boshdan kechirmasin,
biroq keyinchalik asta-sekin tushkunlik, parokandalik sari yuz tutgan. X asming
ikkinchi yarmidan boshlab, xususan keyingi Somoniy hukmdorlar: Abdumalik ibn
Nuh (954-961), Mansur ibn Abdumalik (961-976), Nuh ibn Mansur (976-997),
Mansur ibn Nuh (997-999), Abdumalik ibn Mansur (999-1000) davrida mamlakatda
ham mahalliy hukmdorlar, amaldorlar o‘rtasida, ham hukmdor sulola vakillari
o‘rtasida o‘zaro ichki nizolar, ziddiyatlar to‘xtovsiz kuchayib bordi. Natijada
Somoniylar davlati inqirozga uchrab, Movarounnahr va Xurosondagi Somoniylarga
tegishli boigan hududlar Qoraxoniylar va G‘aznaviylar tomonidan bolib olinadi.
Somoniylar davlati tepasida amir turgan. Amirlikning ma’muriy tizimi
quyidagicha boʻlgan: dargoh (amir saroyi) va devon (davlat idorasi). Saroydagi eng
ulugʻ mansabdor – xojibi buzurg (ulugʻ xojib) boʻlib, unga saroy ahliga koʻz-quloq
boʻlib turish vazifasi yuklatilgan edi. Undan keyin sohibi haros (saroy soqchilari
boshligʻi) turgan. Amiri haros oliy hukmdor farmonlarini ijro etgan. Dargohning
xoʻjalik ishlari bilan vakil shugʻullangan. Davlat boshqaruvi Buxoro Registoni
atrofida joylashgan unta devon qoʻlida boʻlgan. Devoni vazir yoki xojayi kalon
barcha ma’muriy, siyosiy na xoʻjalik muassasalarini nazorat qilgan. Vazir barcha
harbiy kuchlarni ham boshqargan.
Somoniylar davrida 10 ta devonlar boʻlgan:
Barcha devonlarning viloyat va shaharlarda boʻlimlari boʻlib, hokimlarga
boʻysungan. Faqat devoni barid muassasalari markaziy davlatga boʻysungan.
Shaharlar
maxsus
raislar
tomonidan
boshqarilgan.
Amaldorlar
orasida
ruhoniylarning nufuzi yuqori boʻlib, ular Shayxulislomga itoat qilganlar.
Somoniylar qoʻshinlari muntazam va mahalliy hokimlar qoʻlidagi ixtiyoriy
yoʻllangan lashkardan tashkil topgan edi. Somoniylarda sud ishlari shariat qonun-
qoidalariga asoslangan edi. Sud ishlari qozilik devoni tomonidan boshqarilgan. Sud
jarayoni qozikalon, qozilar, mufti, raislar tarafidan amalga oshirilgan. Ogʻir jinoyat
qilganlar oʻlimga yoki uzoq muddat qamoq jazosiga mahkum etilgan.
Davlat xizmatchilari (amaldorlar) boy dehqonlar (yirik yer egalari)dan
tayinlangan. Bunda ular yuqori tabaqadan boʻlishlaridan qat'i nazar, bilimdon,
ma’rifatli kishilar boʻlishlari shart edi. Amaldorlar arab va fors tillarini, shariat
qoidalari (qonunlari)ni yaxshi bilishlari talab qilingan. Shuningdek, ular dunyoviy
bilimlardan ham yaxshi xabardor boʻlishlari koʻzda tutilgan.
X asrlarda xoʻjalikning barcha sohalari rivojlana boshladi. Jumladan,
konchilik nihoyat darajada taraqqiy etdi. Temir, mis, qoʻrqoshin, oltin, kumush,
feruza va boshqa qimmatbaho toshlar qazib olindi. Xatto Fargʻonada toshkoʻmir va
neft topib ishlatilgan. Bu davrda mamlakatda bir tomondan dehqonchilik ikkinchi
tomondan hunarmandchilikning rivojlanishi ichki va tashqi savdoning kuchayishiga
olib keldi.
X asrda tashqi savdo muomalasida sarroflik cheklaridan keng foydalanilgan.
Ichki bozorda “fals” deb atalgan mis chaqa, savdo sotiqda esa kumush tanga-
dirhamlar ishlatilgan. Somoniylar “ismoiliy”, “muhammadiy”, “qitrifiy” nomlari
bnlan bir necha kumush dirhamlar chiqarganlar. Somoniylar davlati yer egaligiga
asoslanganligi tufayli undagi mulkiy boʻlinish ham turli xil shakllarga ega boʻlgan.
Bular quyidagilardir:
1. Mulki sultoniy – sulton (amir)ga tegishli yerlar. Undan tushadigan
daromadlar davlat xazinasiga oʻtkazilar edi. Bu daromad juda katta yer-mulklarni,
shu jumladan, koʻp sonli dehqon mulklarini ham oʻz ichiga oladi.
2. Mulk yerlari – xususiy mulk yerlari. U asosan hukmron sulola vakillari
hamda yuqori tabaqa namoyondalari ixtiyoridagi yerlar.
3. Vaqf yerlari – bu machit, madrasa va boshda diniy muassasalar tasarrufiga
berilgan yerlar. Ulardan keladigan barcha daromadlar musulmon ruhoniylari
manfaatlari uchun sarf qilingan. Bu yerlar soliq toʻlashdan qisman yoki butunlay
ozod etilgan.
Markazlashgan davlatdagi siyosiy barqarorlik jamiyat hayotining turli
tomonlarining rivojlanishiga ta’sir koʻrsatdi. Bu jarayon ijtimoiy hayotda iqtisodiyot
va madaniyatda ham oʻz ifodasini topdi. Bu yerdagi shaharlar qisqa muddat ichida
musulmon Sharqining har tomonlama rivojlangan yirik shaharlariga aylandi. Bu esa,
oʻz navbatida, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotida muhim ahamiyat
kasb etadi.
Somoniylar davlati har qancha kuchli boʻlib koʻrinsa-da biroq u barcha
ijtimoiy ziddiyatlarni xal eta olmadi. Bu oxir oqibatda uni ichdan yemirdi.
Somoniylar davlati ichidagi oʻzaro ziddiyatlarning kuchayib borishi, hambagʻal
tabaqalar va yersiz aholinnng qoʻzgʻolonlari uning zaiflashuviga olib keldi.
Shuningdek, oliy hokimiyat tizimi bilan mahalliy hokimlar oʻrtasidagi ixtiloflarning
chuqurlashib borishi esa uning inqirozi bilan tugallandi. Buning natijasida X asr
oxiriga kelib, bu hududda qoraxoniylardan iborat yangi sulolaning hukmronligi
vujudga keldi va mustahkam lanib bordi.
Qoraxoniylar davlati. X asr oʻrtalariga kelib Yettisuv va Qashqar hududida
yashovchi qarluq, chigil va yagʻmo qabilalarining birlashuv jarayoni yangi pallaga
kirdi. Qarluqlar madaniy taraqqiyotda boshqa qabilalardan ancha yuqori turgan.
Qoraxoniylar davlatining vujudga kelishida chigillar, toʻxsilar, argʻunlar,
yagʻmolar, turgashlar, qipchoqlar, oʻgʻizlar, qirqizlar singari urugʻ qabilalari ham
muhim rol oʻynadilar. Bu davlatga yagʻmo urugʻidan chiqqan, oʻz qavmi bilan islom
dinini qabul qilgan Sotuq Abdul Karim qoraxon (Buqroxon) asos solgan. “qora”
iborasi qadimgi turkiy tilda “buyuklik”, “ulugʻlik” ma’nolarini anglatgan.
X asrning oxiriga kelib siyosiy jihatdan kuchaygan, harbiy qudratga ega
boʻlgan Qoraxoniylar davlati Movarounnahr sarhadlari tomon yurish boshlaydi. Bu
davrda Somoniylar tushkunlikka yuz tutib, hukmdorlarining nufuzi va ta’siri tushib
ketgan edi. Somoniylar hokimiyatining asosiy tayanchi boʻlib kelgan turk
gʻulomlari, ularning sarkardalari somoniy hukmdorlarning izmiga boʻysunmay
qoʻygan edilar. Natijada, 999- yilga kelib Buxoro qoraxoniylar tomonidan ishgʻol
qilindi. 1001- yilda Mahmud Gʻaznaviy bilan tuzilgan shartnomaga koʻra,
Amudaryoning shimolidagi barcha hududlar qoraxoniylarga tegishli boʻlib qoldi.
Shu tariqa Somoniylar davlati oʻrnida 2 ta – Qoraxoniylar va Gʻaznaviylar davlati
tashkil topdi.
Somoniylar davrida vujudga kelgan markazlashgan davlat oʻrnida
mamlakatni udel tizimi (ayrim viloyatlarga boʻlingan tizim) asosida boshqaruv
oʻrnatildi. Qashqardan Amudaryogacha choʻzilib ketgan katta hudud bir necha
viloyatlarga boʻlingan edi. Movarounnahr viloyatlarining poytaxti Samarqand,
Fargʻonaning poytaxti esa oʻzgan boʻlib, qashqarda bosh xoqon istiqomat qilgan.
Shunday ulkan hududdagi barcha yerlar qoraxoniylar xonadanining
(sulolasining) shaxsiy mulki hisoblanib, uning tepasida ulugʻ (bosh) xon turgan.
Sulola boshligʻi “xonlar xoni” yoki “sultonlar sultoni” nomi bilan yuritilgan.
Rasman bu “Tamqachxon” deb atalgan.
Udellar (viloyatlar)ni qoraxoniylar avlodi vakillari boshqargan. Masalan,
Sharofuddin ismli Tamqachxon viloyatlarni aka-ukalari, oʻgʻillari va qarindosh-
urugʻlariga boʻlib bergan, oʻzi esa bevosita Qashqar va Bolasoqunni boshqargan.
Demak, ilgarigi xonlar, amirlar singari davlat boshqaruvida sulola vorisligi saqlanib
qolgan. Ammo “xonlar xoni” (Tamqachxon) bilan viloyat xonlari (iloqxonlar)
oʻrtasida aloqa, munosabatlar mustahkam boʻlmagan. Qoraxoniylar davlati boshligʻi
lavozimi xoqon taxti merosiy sanalgan. Ma’muriy idoralar ikkiga boʻlingan: dargoh
va devonga. Xoqonning ulugʻ xojibi xoqon bilan fuqaro oʻrtasida vositachilik
qilgan.
Xoqon harbiy qoʻshinlari cherik deyilgan, unga sipoxsolar qoʻmondonlik
qilgan. Qoʻshin oʻnlik, yuzlik, mingliklarga boʻlingan. Xoqon qoshida doim
toʻqqizta sariq bayroq xilpirab turgan. Xoqonlikda elchi yalovoch deb atalgan.
Tamqachxonlar oʻz pullarini chiqarganlar. Bu pullar misdan yasalgan (zarb etilgan)
tangalardan iborat edi. Milliy pul chiqarash, ma’lumki, davlat mustaqilligining
muhim alomatlaridan biridir.
Qoraxoniylar oʻz xususiyatlarini saqlab qolgan holda, somoniylar davridagi
idora boshqaruv tartib-qoidalarini qoʻllaganlar va somoniylar davlatida xizmat
qilgan quyi pogʻonadagi ilmli xodimlardan foydalanganlar.
Xoqonlik hududlari el viloyatlarga boʻlingan. El-yurt hokimlari "Iloqxon"
viloyat noiblari "takin" deb yuritilgan. Iloqxonlar oʻz nomlari bilan chaqa tangalar
zarb qilar, viloyatlarning mustaqilligi uchun intilar edilar. Viloyat boshqaruv
ma’muriyatida somoniylar davridagidek sohibbaridlar, mustavfiylar xizmat qilardi.
Shaharlar va shahar hokimi, rais va muxtasiblar tomonidan boshqarilar edi. Har bir
xon oʻziga mustaqil boʻlishga intilgan, bu esa davlatning zaiflanishiga olib keladi.
Imomlar, saidlar, sadrlar katta imtiyozga ega boʻlganlar. qoraxoniylar ularni izzat
qilib qoʻllab-quvvatlaganlar.
Qoraxoniylar davrida bir qator ijtimoiy oʻzgarishlar sodir boʻldi. Ularning
asosiy tayanchi boʻlmish koʻchmanchi chorvadorlarning bir qismi dehqonchilik
bilan shugʻullanib oʻtroq hayotga oʻtdi. oʻtroq dehqon aholisi oʻrtasida feodal
munosabatlarning rivojlanishi tez sur'atlar bilan bordi va sinfiy tabaqalanish jarayoni
kuchaydi.
Ilgari jamiyatda, davlatda katta mavqega, imtiyozlarga ega boʻlgan yirik yer
egalari (ma’lumki, ular dehqonlar deb atalardi) qoraxoniylar hukmronligi davrida
oʻz imtiyoz-ustunliklarini yoʻqotdilar, xatto koʻplari yerlaridan mahrum boʻldilar,
oddiy xalq qatoriga tushib qoldilar. Shu vaqtdan boshlab "dehqon" soʻzi yerda
ishlaydigan oddiy tabaqaga tegishli boʻlib qoldi. Davlat ixtiyoriga oʻtgan dehqon
yerlari harbiylar, ruhoniylar va boshqa oliy tabaqa vakillariga xizmatlari evaziga iqta
sifatida boʻlib beriladi. Shu davrdan boshlab, zamindorlar "iqtadorlar" deb atala
boshlandi.
Qoraxoniylar davrida hududimizda turklashish jarayoni, ya’ni turkiy
qabilalarning, turkiy tilning bu zaminda yashab kelayotgan sharqiy Eron tilida
soʻzlovchi qabilalarga, elatlarga tasiri, turkiy urf-odatlarining yoyilishi, hayotga
kirib borishi kuchaydi. Qoraxoniylar hukmronligi davri oʻzbek, uygʻur, qozoq,
qirqiz, turkman, qoraqalpoq va boshqa turkiy xalqlarning etnik shakllanishida
muhim bosqich boʻldi.
Turkiylarning mavqei oshdi, oʻtroq aholi son jihatdan koʻpaydi, aholi
oʻrtasida ijtimoiy tabaqalanish jarayoni kuchaydi. Mamlakatda dehqonchilik,
chorvachilik, hunarmandchilik, me'morchilik, madaniyat, san'at ravnaq topdi.
XI asrning 40- yillariga kelib qoraxoniylar oʻrtasidagi sulolaviy kurashlar
oqibatida xonlik ikkiga boʻlinib ketadi. Harbiy xonlik markazi Buxoro boʻlib, unga
Movarounnahr va Fargʻonaning harbiy hududlari kirgan. Sharqiy xonlik markazi
Bolasoqun boʻlib uning tarkibiga Talos, Isfijob, Shosh, Fargʻonaning sharqiy qismi,
Yettisuv va Qashgʻar yerlari kirgan. Qoraxoniylarning yer, mol, dunyo va davlat
talashib gʻaznaviylar, saljuqiylar va qoraxoniylar bilan olib borgan urushlari
natijasida davlat kuchsizlanib boradi. 1130- yilda qoraxoniylar davlati saljuqiy
Sulton Sanjarga qaram boʻlib qoldi. 1211- yilda esa Xorazmshox Aloviddin
Muhammad qoraxoniylarga soʻnggi zarbani berdi va Movarounnahrda qoraxoniylar
sulolasini tugatdi.
Xorazmshoxlar davlati 1017- yilda Mahmud Gʻaznaviy tomonidan zabt etib,
oʻz mustaqilligidan mahrum boʻlgan Xorazm koʻp vaqt oʻtmay (1044), saljuqiylar
davlatiga qaram boʻlib qoldi. Saljuqiylar hukmdori Malikshoh oʻz ma’murlaridan
Anushtakinni Xorazmga noib hukmdor qilib tayinlaydi. Anushtakin vafotidan soʻng
Xorazmda uning vorisi Qutbiddin Muhammad (1097-1127) noiblik qildi.
Xorazmning mustaqilligi uchun kurash XII asrning ikkinchi choragidan
boshlanadi. U Qutbiddin Muhammadning oʻgʻli Otsiz (1127-1156) nomi bilan
bogʻliqdir. Mohir diplomat va gʻayratli lashkarboshi Otsiz va uning vorislari
Xorazmni saljuqiylar tasarrufidan ajratib olindi. Otsiz siyosatini uning vorislari
Elarslon (1156-1172) va Alouddin Takash (1172-1200) davom ettirdilar.
1156- yilda Sulton Sanjarga qarshi koʻchmanchilar isyon koʻtardi. Buning
oqibatida Saljuqiylar davlati keskin zarbaga uchrab, parchalanib ketdi. Xorazmning
hukmronlik doirasi kengayib, uning mustaqilligi yanada mustahkamlandi. Xorazm
davlati, ayniqsa, Otsizning nabirasi Takash davrida kengaydi. U 1187- yili
Nishopurni, 1192- yilda Rayni, 1193- yilda Marvni egalladi. 1194- yilda Saljuqiylar
sultoni Tugʻrulbek II ga zarba berdi. Butun Sharq va gʻarbiy Eron hududlari Takash
qoʻliga oʻtdi va Xorazmshohlar davlatining yerlari ikki barobardan koʻproq
kengaydi.
Takash davlati harbiy feodal davlat edi. Uning doimiy 150 ming kishilik
qoʻshini bor edi. Xorazmshohlar davlatining siyosiy tizimi ancha samarali edi. Unda
devon bosh idora hisoblanar edi. Devon tepasida turgan vazir davlat ichki va tashqi
siyosatini oʻz qoʻli ostidagi xodimlar orqali amalga oshirar edi. Takashning xotini
Turkonxotun tufayli Xorazmga kelgan turk zodagonlari va qipchoqlar davlatning
barcha mas'uliyatli lavozimlarini va qoʻshinda qoʻmondonlik oʻrnini egallaydilar.
Takashdan soʻng uning oʻgʻli Sulton Muhammad Alovuddin (1200-1220)
ham Xorazm davlatini kengaytirish siyosatini davom ettiradi. Dastlab u Xirot va
uning atroflari hamda Xurosonning Xorazm davlatiga kiritilmagan viloyatlarini
egalladi, U qoraxoniylarga zarba berib, Movarounnahrni ular qoʻlidan tortib olishga
harakat qildi.
XIII asr boshida Xorazm juda keng maydonni egallagan buyuk davlatga
aylangan edi. Uning shimoliy-gʻarbiy va harbiy chegarasi Orol va Kaspiy dengizi
sohillaridan janubiy gʻarbda Iroqqa qadar borar edi. Janubiy-sharqiy hududlari
qazna viloyatidan, shimoliy-sharqiy chegarasi esa Yettisuv va Dashti qipchoqdan
oʻtar edi. Bu ulkan davlatning poytaxti Urganch shahri edi. Biroq qoʻlga kiritilgan
muvaffaqiyatlar Xorazmshoh Alovuddin Muhammadni esankiratib qoʻydi. U oʻzini
dunyoda eng qudratli, yengilmas shoh deb hisobladi. Shu bilan birga oʻzini
“Iskandari soniy” (“Ikkinchi Iskandar”) deb ham atay boshladi.
1217- yil Xorazmshoh lashkarlarining Bogʻdodga qarshi yurishida omad
uncha boqmadi. Biroq, 1219- yil moʻgʻullar Movarounnahrga hujum boshlaganligi
toʻgʻrisida xabar keldi. Xorazmshoh faqat tashqi koʻrinishdangina kuchli koʻrinar
edi. Viloyat hukmdorlarining isyonlari, xalqning norozilik harakatlari Xorazmshoh
davlatni zaiflashtirdi. Chingizxon boshliq moʻgʻullar hujumiga bardosh bera olmay,
saltanat tez fursatda qoʻladi.
XI-XII asrlarda moʻgʻullar ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotda qoloq
hisoblanar edi. Ularda xali urugʻ-aymoqchilik munosabatlari kuchli boʻlib, asosan
chorvachilik, ovchilik va oʻzaro tovar ayirboshlash, savdo-sotiq bilan shugʻullanib
kelishgan. XII asr oxiri – XIII asr boshlarida moʻgʻul urugʻ boshliqlari orasida ichki
kurashlar avj oldi. Bu kurashlarda Temuchin ismli bahodir gʻolib chiqib, 1204-
1205- yillarda koʻchmanchi chorvador urugʻlarni siyosiy jihatdan birlashtirishga
muvaffaq boʻldi. 1206- yilda u Onon daryosining yuqori qismida qurultoy chaqirdi.
Bu qurultoyda Temuchinga Chingizxon unvoni berildi, ya’ni kuchli, qattiq, shiddatli
xon ma’nosini bildirgan.
Ana shu tariqa Temuchin koʻp sonli jangari qabilalar saltanatining kuchli
hukmdoriga aylandi. Bu saltanat qudratining oʻzagini Chingizxon yurgizgan
qattiqoʻl va huquqiy jihatdan asoslangan, markazlashgan siyosat tashkil etdi. Diniy
va ijtimoiy faoliyatning barcha sohalarini oʻz ichiga olgan bu huquqiy siyosat
1206- yildagi qurultoyda qabul qilingan, “Yasoq” qonunida asoslab berilgan edi.
Ta’kidlash joizki, “Yasoq” koʻp yillik hayot tajribasi, qabila va urugʻlarning urfu-
odati, an'anasi, oʻzini oqlagan udumlar asosida tuzilgan edi.
“Yasoq”ning e'lon qilinishi Chingizxonning mutloq hukmdorligini, oʻta qattiq
intizomli va kuchli harbiylashgan mamlakatning yuzaga kelganligini isbotlaydi.
Ikir-chikirlarigacha mukammal ishlab chiqilgan va harakatga keltirilgan bu ulkan
tizim oʻzga davlatlar uchun jiddiy xavf edi. Chingizxon qoʻshinlari turli qismga
boʻlingan boʻlib, oʻn jangchiga bir boshlik-oʻnboshi va shunga oʻxshab yuzboshi,
mingboshi va tumanboshilar qoʻyilgan. Davlat unvonlari va mansablar – ulugʻ, oʻrta
va kichik hokimlar dorugʻalar, oliy va quyi hokimlardan iborat boʻlgan. Chingizxon
davlatining poytaxti Qoraqurum edi. Yozuv va oʻqishdan bexabar boʻlgan xon bu
boradagi davlat ishlarida uygʻurlar va savdogarlar xizmatidan keng foydalanar edi.
Chingizxon 1207- yilda oʻz mamlakatining shimoliy yerlarini, 1207-
1208- yillarda Yenisoy daryosi xavzasini, 1211-1215- yillarda Xitoyni egalladi.
Ayniqsa, Sin sulolasining qulatilishi va uning natijasida erishilgan behisob harbiy
oʻlja va boylik, zamonaviy jang asboblari va uskunalar Chingizxon qoʻshinini yangi
yurishlarga ilhomlantirdi. Moʻgʻullar davlati qisqa muddat ichida Oʻrta Osiyodagi
Xorazmshohlar davlatiga chegaradosh mamlakatga aylandi.
Shunday siyosiy sharoitda Chingizxon va Xorazmshoh davlatlari oʻrtasida
elchilik munosabatlari oʻrnatildi. 1216- yil Chingizxon xuzuriga Xorazmshoh oʻz
elchilarini yuboradi. Oʻzaro totuvlik va doʻstlik qaror topib, ikki davlat hududlarida
savdogarlarning erkin qatnoviga xoxish bildirildi. Soʻng, 1218- yili Xorazmshoh
yangi elchilarni yuboradi. Bunga javoban Chingizxon Mahmud Yalovoch
boshchiligida Xorazmshoh davlatiga elchi yuboradi. Ammo munosabatlar borgan
sari keskinlashib bormoqda edi.
1218- yil Chingizxon Xorazmga navbatdagi 500 tuya hamda 450
savdogarlardan iborat savdo karvonini joʻnatadi. Biroq Oʻtror noibi Inalxonning
farmoniga koʻra, karvon talanadi, savdogarlar qirib tashlanadi. O‘tror shahridagi
elchi va savdogarlar fojiasi ikki o‘rtada urush bo‘lishini muqarrar qilib qo‘ydi.
O‘tror fojiasi xususida turli ma’lumotlar mavjud. Tarixchi Nasaviyning yozishicha,
karvon O ‘tror shahriga yetib kelganida shahar hokimi, Turkon xotunning
amakivachchasi Inolchiqxon undagi qimmatbaho mollami ko‘rib, ochko‘zligi avj
oladi va niyati buzilib, Xorazmshohga “karvondagilar o‘zlarini josusdek
tutayaptilar”, deb shoshilinch xabar yuboradi. Xorazmshoh hokimga karvonni
mamlakat ichkarisiga kiritmay, to‘xtatib turish haqida buyruq yuboradi. Lekin
Turkon Xotun himoyasiga ishongan Inolchiq katta fojiaga qo‘l uradi, ya’ni uning
buyrag‘i bilan karvon qo‘lga olinadi, savdogarlar va boshqa kishilar qatl etilib,
karvondagi mollar musodara qilinadi. Tasodif tufayli tirik qolgan bir tuyakash
Chingizxon huzuriga yetib borib, fojia haqida unga xabar berishga muvaffaq bo‘ladi.
Arab tarixchisi Ibn al-Asming yozishicha, Inolchiqxon katta karvonni
O‘trorga yetib kelganligi haqida Xorazmshohga xabar beradi. Xorazmshoh
karvondagi barcha savdogar va xizmatchilarni o‘ldirishni va boyliklami saroyga
yuborishni buyuradi.
Xorazmshoh albatta, O‘tror fojiasi aybdorlarini Chingizxonga topshirish
talablarini bajara olmasligi aniq edi. Chunki bir tomondan, Inolchiq Turkon Xotunni
amakivachchasi bo‘lsa, ikkinchi tomondan, qipchoq sarkardalari bilan qarindosh
edi. Tabiiyki, ular bu ishga, ya’ni Inolchiqni hibsga olib, Chingizxonga yuborilishiga
yo‘l qo‘ymasdilar. Shu sabab Chingizxon bilan munosabatlar yanada keskinlashdi.
Shuni ta’kidlash joizki, Xorazmshohning o‘g‘li Jaloliddin Manguberdi otasiga
elchilarga nisbatan xushmuomalada bo‘lishni, 0 ‘tror fojiasining asosiy aybdori
Inolchiqni Chingizxon huzuriga jo ‘natishni maslahat beradi. U Sirdaryo bo‘ylaridan
to Suriyagacha cho‘zilgan katta davlatdagi musulmonlarning qoni to‘kilgandan
ko‘ra, bitta odamning qoni to‘kilishini afzal bilgan edi. Biroq, shoh Jaloliddinning
dono maslahatini inobatga olmaydi. Jaloliddin bo‘lajak dahshatli urushni, qirg‘inni
awaldan ko‘ra bilgan edi.
Chingizxon bu voqeadan nihoyatda dargʻazab boʻlsada, gʻazabini bosib, Ibn
Kufroj Buhroni ikki ishonchli mulozim kuzatuvchilar bilan birga Xorazmshoh
xuzuriga elchi qilib yuboradi. Chingizxon aybdorni jazolash, Inalxonni unga
topshirishni talab qiladi. Xorazmshoh Chingizxonning talabiga javoban elchini
oʻldirishni va ikki mulozimni soqol-moʻylovini qirib sharmandali qilib qaytarib
yuborishni buyuradi. Bu voqealar ikki davlat oʻrtasida harbiy toʻqnashuv muqarrar
ekanligini koʻrsatadi.
Xorazm
mamlakatining
harbiy
qudrati,
geografik
holati
davlat
boshqaruvidagi qarama-qarshilik va zaifliklarini obdon oʻrgangan Chingizxon
ijtimoiy-siyosiy vaziyat urush uchun nihoyatda qulay ekanini tushunadi hamda
1218- yil chaqirilgan navbatdagi qurultoyda harbiy harakatlar taktikasini ishlab
chiqadi.
1219- yilning kuzida Chingizxonning deyarli 200 minglik qoʻshini toʻrt
yoʻnalish boʻyicha Xorazm yerlariga yopirilib keladi. Oʻgillari Chigʻatoy va Oʻqtoy
Oʻtror (Sirdaryo boʻyida)ga, yana bir oʻgʻli Joʻji Urganchga, Chingizxonning oʻzi
Buxoroga hujum boshlaydi.
Harbiy kengashdayagona to‘g‘ri taklifni (ko‘pchilik nomidan) Shahobiddin
al-Xivaqiy kiritdi. U 400 ming kishilik Xorazm qo‘shinini Sirdaryoning narigi
tomoniga to‘plash, uzoq yo‘ldan charchab kelgan mo‘g‘ul qo‘shiniga dam olgani
qo‘ymay, hujum qilib tor-mor etishni taklif qildi. Kengash ishtirokchisi shahzoda
Jaloliddin Manguberdi mo‘g‘ul qo‘shinini Movarounnahrga kirib kelishigayo‘l
qo‘yish, keyinchalik mahalliy sharoitni bilganlikdan foydalanib, unga to‘rt
tomondan hujum qilib, tor-mor etish taklifini o‘rtaga tashladi. Ba’zilar esa, ko‘p
sonli Xorazm qo‘shinini qal’alarga bo‘lib tashlash va har bir qal’aning mudofaasini
tashkil etishni o‘sha qal’a himoyachilariga topshirish taklifini kiritdi. Bu taklif
Xorazm davlati uchun kuchli dushman bilan yakkama-yakka kurashishda halokatli
taklif edi.
Ma’lum sabablarga ko‘ra, Xorazmshohga ushbu taklif ma’qul keldi. Tarixchi
Nasaviyning yozishicha, Xorazmshoh o‘zining ko‘p sonli qudratli qo‘shinini
qaFalarga bo‘lib yuborib, tuzatib bo‘lmaydigan katta xatoga yo‘l qo‘yadi. Hatto,
yevropalik tarixchi olimlar ham o‘z asarlarida Xorazmshoh Muhammadni
Chingizxonga qarshi kurashda noto‘g‘ri taktika qo‘llab, o‘z mamalakatini halokatga
olib borganlikda ayblaydilar. Sulton Muhammadning qabul qilgan qat’iy qarori
bilan amalga oshirilgan himoya natijasida mo‘g‘ullar bo‘linib-bo‘lmib ketgan harbiy
qismlarni osongina birin-ketin tor-mor qilib, qisqa fursatda Movarounnahrni
egallashlariga qulay imkoniyat tug‘ilgan edi.
Mo‘g‘ul istilochilari yo‘lidagi dastlabki yirik shahar O‘tror edi. Lekin, shahar
mudofaachilari mo‘g‘ullarning quturib qilgan hujumlariga qaramay, ulami qattiq
turib qaytarmoqda edilar. Manbalarga ko‘ra, O‘tror qamali besh oydan ortiqroq
davom etgan va uning himoyasida 80 mingdan ziyod askar ishtirok etgan. Qamal
paytida mo‘g‘ullarga ham katta talafot yetkazilgan. Inolchiq sarkardalaridan
Qoracha Hojib qarshilik ko‘rsatish befoyda deb, mo‘g‘ullarga taslim bo‘lishni taklif
qiladi. Inolchiqdan rad javobini olgach, u o‘z q
shini bilan shahardan chiqib
mo‘g‘ullarga taslim bo‘ladi.
Nihoyat, boshqa himoyachilar ham dushmanga taslim bo‘ladi va mo‘g‘ullar
shaharga bostirib kirib, juda qattiq vahshiyliklar qiladi. Himoyachilar qirib
tashlanadi. Hokim Inolchiq esa, tezda qo‘lga olinib, uning ko‘zi va qulog‘iga
qo‘rg‘oshinni eritib quyadilar. Mo‘g‘ullar sotqin Qoracha Hojibni o‘z hukmdoriga
sodiq boimagan - bizga ham sodiq boimaydi, deb qatl etdilar. Shunday qilib, 0 ‘tror
shahrining mudofaasi Xorazmshohning loqaydligi tufayli fojia bilan tugaydi. Bu
vaqtda Jo‘chi boshliq mo‘g‘ul qo‘shini Sirdaryoning quyi qismida joylashgan
Sig‘noq shahrini yetti kunlik qamaldan so‘ng ishg‘ol qildi. Dushman shahar
himoyachilaridan qattiq o‘ch oldi.
Xo‘jand shahriga endigina hokim etib tayinlangan jasur sarkarda Temur
Malik taqdiriga esa dushmanning katta kuchiga qarshi kurashish yozilgan edi. Jon-
jahdi bilan Xo‘jandni himoya qilgan Temur Malik kuchlar nisbatidagi katta farqni
yaxshi tushunib, 72 ta qayiq tayyorlatdi. Qayiqlari hamda odamlari bilan ko‘p
qurbonlar berib, daryo oqimi bo‘ylab suzib, mashaqqatlar bilan bilan Urganchga
yetib keldi. Xo‘jand ham dushman tomonidan egallandi. Temur Malik Xorazmda
urushga qurbi yetadigan kattagina qo‘shin to‘plab, mo‘g‘ullarga qarshi kurash olib
boradi. Hatto Sirdaryoning quyi oqimlaridagi Yangikent shahrini mo‘g‘ullardan
tortib olishga ham erishadi. U keyinchalik Jaloliddin Manguberdi bilan birlashdi.
1220-yil fevralida Chingizxon katta kuch bilan qadim Buxoroni qamal qildi.
Noteng dushmanga qarshi Gurxon boshchiligidagi 400 jangchi 12 kun davomida
Buxoroning Ark qal'asida taslim boʻlmay, umrining oxirigacha kurashadilar.
Alamga mingan moʻgʻullar bunga javoban buxoroliklarning 30 mingini qirib
tashlaydilar. 1220- yil martida Samarqandga qarshi harakat boshlanadi. Janglar
natijasida shaharliklarning 75 foizi halok boʻlgan yoki asirlikka olingan.
Samarqand jangidan soʻng Alovuddin Muhammad tahlikaga tushib, oʻz
mamlakatidan qocha boshlaydi. Avval Iroqqa, soʻng Kaspiy boʻylariga ketadi.
1221- yilning fevralida u ayanchli tarzda vafot etadi. Manbalarga ko‘ra,
Xorazmshoh o‘limi oldidan saltanatni faqat Jaloliddingina saqlab qolishi
mumkinligiga ko‘zi yetgach, uning beliga qilich taqadi. Jaloliddinni taxt vorisi va
valiahd deb e’lon qilingani hamda qolgan farzandlarining uning izmidan chiqmasligi
haqidagi barcha vasiyatlarini yozma ravishda Jaloliddinga beradi.
1220-yil kuzida mo‘g‘ullar qattiq hujumlar bilan Termiz shahrini egallab, uni
talon-taroj qildi. Endi Chingizxon xorazmshohlaming markazi, tayanchi bo‘lgan
Urganch shahrini egallashga bel bog‘ladi. Chingizxon bu shahar istilosiga eng sara
50 ming kishilik askar kuchlarni tashlaydi. Shahar aholisi mudofaaga yaxshi
tayyorgarlik ko‘rib, mo‘g‘ullarga qattiq qarshilik ko‘rsatdilar. Urganchga
mo‘g‘ullar bostirib kelayotganini eshitgan Xorazmshohning o‘g‘illari Uzloqshoh va
Oqshohlar shaharni tashlab qochgan edilar. Lekin, ular uzoqqa bora olmadi va Niso
(hozirgi Ashxobod) shahri yaqinida mo‘g‘ullar bilan bo‘lgan jangda halok bo‘ldilar.
Shahami himoya qilish esa, qo‘rqoq va amalparast, o‘zini sulton deb e’lon qilgan
Xumortegin degan kimsaga tekkan edi.
Uzoq davom etgan ko‘cha janglarida minglab dushman askarlari o‘ldiriladi.\
Mo‘g‘ullar shu paytgacha Movarounnahrning hech bir shahrida bunchalik qurbon
bermagan edilar. Bu qonli kurash, manbalarda qayd etilishicha, besh oy davom
etgan. Moʻgʻullar shafqatsiz jang olib boradilar. Shahar ximoyasida sabot turgan 76
yoshli shayx Najmiddin Kubro (asl ismi Ahmad ibn Umar Xivakiy) ning “Yo Vatan,
yo sharafli oʻlim” deb qilgan xitobi ila har qaysi uy uchun jang olib boriladi.
Urganch kurashi yetti oy davom etadi. Xaligacha moʻgʻullar hech yerda bunchalik
koʻp talofat koʻrmagan edi. Shubhasiz, harbiy kuchda va intizomda ustun boigan
mo‘g‘ullarga qarshi kurashgan urganchliklarning g‘alaba qozonishi mushkul edi.
Ilojsizlikdan holi tang boiib, taslim bolgan Urganch bosqinchilar tomonidan talon-
taroj etiladi. Juvayniyning yozishicha, 100 ming nafar hunarmand asirga olinib,
qolganlari qirib tashlanadi. Shaharning bosh to‘g‘oni buzib yuboriladi va Urganchni
suv bosib, vayron boladi.
Mo‘g‘ullar istilosidan so‘ng mamlakat hududini tasvirlash nihoyatda og‘ir. Bu
hududlarda gullab-yashnayotgan shahar va qishloqlar bamisoli kultepaga aylandi,
hayot butunlay izdan chiqdi. Bir paytlar aholisi gavjum bo‘lgan guzarlar, bozorlar
va savdo yo‘llari bo‘m-bo‘sh bo‘lib qoldi. Mo‘g‘ullar bosqini o‘lka xalqlarining
moddiy va ma’naviy taraqqiyotini bir necha yuz yillar orqaga surib yubordi. Yozma
manbalar, nodir va bebaho kitoblar yondirildi, oyoq osti qilindi. Ular xalqning turli
sohadagi arboblari, olim-u donolarini, ulug‘ kishilarining ko‘pchiligini qirib
tashladilar. Umuman, taraqqiyotga shu qadar katta zarba berildiki, uni XIV asrning
deyarli yarmiga qadar ham tiklash juda mashaqqatli kechdi.
Poytaxt Urganchda Jaloliddinga qarshi turli fitnalar tashkil etildi. Natijada u
shaharni tashlab ketishga majbur bo‘ldi. Jaloliddin Niso ostonasida 300 dan ortiq
qo‘shini bilan uning yo‘lini to‘sib turgan 700 dan ortiq mo‘g‘ul qo‘shinini yengadi.
G‘aznaga kelib, yangi kuch to‘play boshlab, mo‘g‘ullar ustidan bir necha bor zafar
quchadi. Qandahor shahrini qamal qilayotgan mo‘g‘ullami shiddatli janglardan
so‘ng tor-mor qiladi. G‘aznada uning qo‘shiniga har tomondan harbiy kuchlar
qo‘shila boshlaydi.
Xalaj qabilasi harbiy boshlig‘i Sayfiddin Ag‘roq, Balx hokimi A’zam Malik,
Afg‘on lashkarining sardori Muzaffar Malik va qarluqlar yo‘lboshchisi Al-Hasan
qo‘shinlari Jaloliddinga kelib qo‘shildi. U Valiyon qa’lasini qamal qilayotgan
mo‘g‘ul qo‘shinlarini ham yakson qilgach, bu g‘alaba xabari Chingizxongayetib
boradi va bundan bezovtalangan xon o‘zining eng sinalgan sarkardasi Shiki Xutuxu
no‘yon boshchiligidagi 45 ming kishilik qo‘shinini Jaloliddinga qarshi yuboradi.
Jaloliddin Valiyon qal’asini qamal qilayotgan mo‘g‘ul qo‘shinlariga qarshi hujum
qilib, ularni tor-mor etadi. Bu Jaloliddinning dushman ustidan qozongan dastlabki
yirik g‘alabasi edi.
Ikki yirik qo‘shin Afg‘onistonning Parvona dashti yaqinida to‘qnashadi.
Ushbu jangda Sulton Jaloliddin o‘zining harbiy talantini yana bir bor namoyon etadi.
Jang shafqatsiz, beomon bo‘ladi. Jangda Jaloliddin qo‘shinlari o‘zidan kuchli
bo‘lgan mo‘g‘ul qo‘shinlarini tor-mor qiladi. Parvonadagi jang mo‘g‘ullaming
birinchi katta mag‘lubiyati edi. Jaloliddinning Parvonadagi g‘alabasining eng
e’tiborli tomonlaridan biri shunda ediki, bir qancha shahar aholisi bu g‘alabadan
xabar topadi, undan ruhlanib, mo‘g‘ullarga qarshi isyon ko‘taradi, ularning
noiblarini o‘ldiradi.
Biroq
g‘alabadan
keyin
qo‘lga
kiritilgan
o‘ljalarni
taqsimlashda
Jaloliddinning lashkarboshilari o‘rtasida o‘zaro kelishmovchilik boshlanadi. Nizo
tufayli lashkarboshilar Sayfiddin Ag‘roq, Aminlar har biri 20 mingdan ortiq lashkar
bilan arazlab ketib qoladi (keyinchalik mo‘glullar ularning barchasini alohida-
alohida yengib, qirib tashlashadi). Jaloliddinning ularni qaytarish yo‘lidagi
urinishlari naf bermadi. Bu voqeadan so‘ng Jaloliddinning harbiy kuchi zaiflashib
qoladi. Fursatdan foydalangan Chingizxon G‘aznaga askar tortadi va ajralib
chiqqanlarni alohida-alohida tor-mor etadi. Jaloliddin tengsiz janglar olib borib,
Sind (Hind) daryosi qirg‘oqlariga yaqinlashib boradi.
Sind daryosi bo‘yida bo‘yida 1221-yilning 25-noyabrida ikki o‘rtada qattiq
jang bo‘ladi. Jaloliddin Chingizxon qo‘shinining ilg‘orini yengadi. Mo‘g‘ullarning
pistirmalarga qo‘yilgan 10 ming nafar saralangan askari jangni yakunlaydi.
Jaloliddin taslim bo‘lishni xohlamay otda Sind daryosiga sakrab, narigi qirg‘oqqa
suzib o‘tadi. U bilan birga uning to‘rt ming kishilik askari ham daryodan o‘tib oladi.
Hozirgi paytda ham bu daryoning bir tomoni “Ot sakrash”, narigi tomoni “Cho‘li
Jaloliy” deb ataladi. Jaloliddinning jasoratiga qoyil qolgan Chingizxon uni ta’qib
qilish fikridan qaytadi. Hatto, u o‘g‘illariga qarab: “Ota o‘g‘il mana shunday bo‘lishi
lozim”, – degan ekan. Chingizxon bungacha hech bir shoh, hukmdor yoki
sarkardaga tan bermagan va hech kimni o‘ziga munosib raqib ko‘rmagan edi.
Jaloliddin Sind darayosidan kechib o‘tganidan so‘ng qolgan jangchilarini
to‘plab, Shimoliy Hindiston hududidagi bir qancha davlatlar hukmdorlari bilan
aloqa o‘rnatishga harakat qildi. Jaloliddin Hindistonda turli jang va fitnalarni
boshdan kechirib, uch yil-u yetti oy hukmronlik qiladi. Bu yerda u katta davlat barpo
etarkan, unga tevarakatrofdan yangi-yangi kuchlar kelib qo‘shiladi. U o‘z davlat
chegaralarini kengaytirib, katta kuch to‘plab, so‘ng mo‘g‘ullar bilan kurash olib
borishni rejalashtirgan edi. Shu maqsadda harbiy yurish qilib, Iroqqa lashkar tortadi.
Iroq va Eronning obro‘li amaldorlari u tomonga o‘tadi. Misr va Suriya hukmdorlari
ham unga tobeliklarini bildirib, elchi yuboradi. 1226-yilgacha Ozarbayjon va
Gurjistonni jang bilan egallab, 1227-yil 5-sentabrda Jaloliddin Isfahon yaqinida
Eronni mo‘g‘ullardan himoya qiladi va ular ustidan katta g‘alabani qo‘lga kiritadi.
Jaloliddinning bu yutuqlari, uning kuch-qudrati, obro‘-e’tiborining oshib
borishi xalifa an-Nosirni bezovta qila boshlaydi va u qanday bo‘lmasin Jaloliddinni
yo‘q qilish payiga tushadi. Al-Nosir mo‘g‘ullarga qarshi kuchlarni birlashtirish
o‘rniga, Jaloliddinni yo‘q qilishga va boshqa musulmon hukmdorlarni unga qarshi
qo‘yishga harakat qildi. Bu harakatlari bilan mo‘g‘ullarga qarshi kurashda yagona
qo‘shin tuzilishini imkonsiz qildi. Jaloliddin Xorazmshohlar davlati hududida unga
qarshi bo‘lgan ana shunday ichki raqiblar bilan kurashishga ko‘p vaqt va kuch
ajratishga majbur bo‘ladi.
1230-yil avgustda Ko‘niya, Jazira, Damashq va Misrning birlashgan
qo‘shinidan Jaloliddin Manguberdi kuchlari Arzinjon yaqinidagi jangda
mag‘lubiyatga uchradi. Jaloliddin Manguberdining kuchsizlanganidan foydalangan
mo‘g‘ullar katta qo‘shin bilan 1231-yilda Ozarbayjonga bostirib kirib, Jaloliddin
Manguberdini ta’qib etishadi. Mo‘g‘ullar uning qarorgohiga uyushtirgan tungi
hujum natijasida Jaloliddin Manguberdining oz sonli qo‘shinini tor-mor keltiradilar,
Jaloliddin Manguberdini o‘zi esa ta’qibdan qutulib Kurdiston tog‘lariga chiqib
ketadi. Bu yerda qaroqchi kurdlar qo‘liga asir tushib, o‘ttiz uch yoshida fojiali halok
bo‘lgan. U oʻn yil davomida Markaziy Osiyoning turli nuqtalarida moʻgʻullarga
qarshi kurashdi. Oʻz xalqi yerining mustaqilligi va ozodligi yoʻlida astoydil
kurashdi. Garchi hxalok boʻlgan boʻlsa-da Jaloliddin Manguberdi boʻysunmas
Oʻzbekistonparvar, milliy qahramon sifatida tarixda oʻchmas iz qoldirdi.
O‘zbekiston hukumati 1998-yilda Jaloliddin Manguberdining mo‘g‘ul
bosqinchilariga qarshi kurashda ko‘rsatgan mislsiz jasorati, Vatanga va o‘z xalqiga
sadoqat va cheksiz muhabbatini qadrlash va uning porloq ruhini abadiylashtirish
maqsadida “Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligini nishonlash haqida”
qaror qabul qildi. Qarorga ko‘ra, uning yurti Xorazmda Jaloliddin Manguberdiga
haykal o‘rnatildi, yirik ko‘cha, maydon, jamoa korxonalariga va boshqalarga uning
nomi qo‘yildi. Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligi mustaqil
O‘zbekistonda 1999-yili keng nishonlandi. Jaloliddin Manguberdi haqida videofilm,
doston, pyesalar yaratildi, 2000- yil 30-avgustda “Jaloliddin Manguberdi” ordeni
ta’sis etildi.
Zabt etilgan oʻlka va viloyatlarni Chingizxon hayotlik paytidayoq oʻgʻillari va
nabiralariga taqsimlab berdi. Sharqiy Turkiston, Yettisuv va Movarounnahrga uning
ikkinchi oʻgʻli Chigʻatoy ega boʻldi. Chingizxon vafotidan soʻng (1227- y.) Oʻqtoy
moʻgʻullar davlatining ulugʻ xoqoni qilib tayinlandi. Turkiy aholi odati boʻyicha
podshoh yoki xoqon deb, ulus hukmdorlari esa xon deb yuritilardi.
Chigʻatoy davlatini boshqarishda oʻziga boʻysundirilgan xalqlarning yuqori
tabaqa vakillari xizmatidan foydalanar edi. U Movarounnahrni bevosita idora etish
ishlarini xorazmlik savdogar sudxoʻr Mahmud Yalovochga beradi. Mahmud
Yalovoch xalqdan turli soliqlar undirib berar edi. Kalon dehqonlardan olinadigan
asosiy soliq boʻlib, xosilning 10/1 qismini tashkil qilgan. Kopchur chorvadordan
olinib, “Yasoq” qonuni boʻyicha aholidan Shulsi deb atalgan soliq undirilgan.
Yuqoridagi soliq va majburiyatlardan tashqari aholi yana mahalliy toʻralarning
zulmidan azob chekar edilar.
Bosqinchilar va mahalliy zodagonlarining zulm va sitamlariga qarshi xalq bir
necha bor kurashga koʻtarildi. 1238- yilda Buxoroga yaqin Torob qishlogʻida
boshlangan qoʻzgʻolonga shu qishloqlik hunarmand Mahmud Torobiy boshchilik
qildi. qoʻzgʻolonga Buxoro ruhoniylarining boshligʻi Shamsuddin Mahbubiy ham
qoʻshildi. Qoʻzgʻolonchilar moʻgʻul lashkarlarini Buxoro ostonalarida tor-mor
keltirdilar. Magʻlubiyatga uchragan moʻgʻullar Karmanaga chekinadilar. Mahmud
Torobiy oʻzini Buxoro va atrof yurtlarning hukmdori deb, Shamsuddin Mahbubiy
esa sadr deb rasmiy ravishda e'lon qildi.
Karmana ostonalarida qoʻzgʻolonchilar bilan moʻgʻullar oʻrtasida qattiq jang
boʻladi.
Bu
jangda
moʻgʻullardan
10
ming
kishi
oʻldiriladi.
Ammo
qoʻzgʻolonchilarning rahbari Mahmud Torobiy va Shamsuddin Mahbubiylar ham
jangda xalok boʻladi. Mahmud Torobiyning ukalari Muhammad va Ali
qoʻzgʻolonga rahbarlikni oʻz qoʻllariga olgan boʻlsalar-da, ular yoshlik va
tajribasizlik qildilar. Xoʻjandga yetib kelgan Mahmud Yalovoch qoʻzgʻolonni
shafqatsizlik bilan bostiradi va qoʻzgʻolonchilar qattiq jazolanadi. Mahmud Torobiy
qoʻzgʻolonining ahamiyati katta edi.
Mahmud Yalovoch amalidan chetlatiladi va Pekinga hukmdor qilib
tayinlanadi. Chigʻatoy ulusiga Yalovochning oʻgʻli Ma’sudbek noib hamda ijarador
qilib tayinlanadi.
XIII asrning oʻrtalarida moʻgʻullar davlatining umumsiyosiy ahvoli
ogʻirlashdi. Chingiziylar oʻrtasida ziddiyatlar kuchayadi. 1251- yil Qoraqurumda
chaqirilgan qurultoyda ziddiyatlarga chek qoʻyish maqsadida Guluxonning bosh
farzandi Munka ulugʻ xoqon etib saylanadi. Munka davrida Chigʻatoy ulusi
tugatiladi. Ammo tez orada Chigʻatoy nabirasi Olquxon Oltin oʻrdaga qarshi keskin
choralar koʻrib, 1260- yillarda Chigʻatoy ulusini qaytadan tiklashga muvaffaq
boʻladi.
Chigʻatoy xonlaridan biri Kebek (1318-1326) qadimgi Nasaf shahri yonida
oʻziga saroy qurdirgan. Saroy moʻgʻul tilida "Qarshi" deb yuritilgan. Keyinchalik
bu saroy atrofida yangi shahar qad koʻtaradi va u ham "Qarshi" deb atala boshlanadi.
Chigʻatoy ulusi hukmdorlari davrida yerga egalik qilishning toʻrt turi mavjud
edi:
1. Mulki devon, ya’ni davlatga qarashli yerlar;
2. Mulki inju-xon noiblari va ularning avlod-ajdodlariga qarashli yerlar;
3. Mulki vaqf-masjid, madrasa, xonaqoh, mozor va maqbaralarga tegishli
yerlar;
4. Xususiy mulk yerlar.
1269- yilda Chigʻatoy ulusi ikki qismga boʻlinib ketadi. Uning Sharqiy
qismida – Sharqiy Turkiston, Yettisuvda moʻgʻullarning Duqlat amirligi, harbiy
qismida esa Movarounnahr amirligi tashkil topadi. Moʻgʻullar bosqini oʻlkamiz
moddiy va madaniyati taraqqiyotini bir necha yuz- yillar orqaga yubordi.
Amir Temur va temuriylar davrida siyosiy,ijtimoiy va madaniy hayot.
Amir Temur 1336- yilning aprel oyida Kesh shahri yaqinidagi Xoʻja Ilgʻor
qishlogʻida (hozirgi Yakkabogʻ tumani hududida) barlos qabilasi ulugʻlaridan
Taragʻay Bahodir xonadonida dunyoga keldi. Temurbekning otasi Muhammad
Taragʻoy va amakisi Hoji Barlos barlos qabilasining yirik mulkdorlaridan boʻlgan.
Amir Temurning yoshligi ona yurti Keshda kechdi. Amir Tarag‘ay o‘g‘lini
yoshligidan aslzodalarga yarasha o‘qitgan va har taraflama bilim bergan: katta-
kichik bilan muomala ilmini, ov qilish va harbiy ilmlarni o‘rgatgan. Yosh Temurni
yetti yoshidayoq madrasaga o‘qishga beradilar. U madrasaga kelganda alifbodan
mukammal xabardor bo‘lgan. O‘n ikki yoshidan boshlab bolalarga xos bo‘lgan
ermak o‘yinlardan voz kechib, keyinchalik o‘z tengqurlari bilan sipohiylikka oid
o‘yinlar bilan shug‘ullanadi. Amir Temur yoshlik chog‘laridanoq chavandozlik va
ovga ishqiboz bo‘lib, kamondan nishonga o‘q uzish, ot choptirib turli mashq va
harbiy o‘yinlar bilan mashg‘ul bo‘lishni yoqtirar edi.
Amir Temur o‘z zamonisining o‘qimishli va uquvli hukmdorlaridan bo‘lib
yetishadi. Tibbiyot, matematika, falakiyot, me’morchilik va tarix ilmidan ham
yaxshigina xabardor bo‘lgan. Amir Temur bilan yuzma-yuz o‘tirib suhbatlashishga
muyassar bo‘lgan buyuk arab faylasufi Ibn Xaldunning ta’kidlashicha, Amir Temur
turk, arab, fors xalqlari tarixini chuqur o‘rgangan, diniy, dunyoviy va falsafiy
bilimlarning eng murakkab jihatlarigacha yaxshi o‘zlashtira olgan zot ekan.
O‘zining ilk harbiy faoliyatini Amir Temur qo‘l ostidagi navkarlari bilan ayrim
viloyat amirlariga xizmat qilishdan boshlagan. Ularning o‘zaro kurashlarida
qatnashib, jasorat ko‘rsatgan va janglarda chiniqqan. Harbiy mahorat va
oliyhimmatlilik Amir Temurning shuhratini oshirib, uning dong‘i butun
Qashqadaryo vohasi, xususan Kesh viloyatiga yoyilgan.
XIV asrning 60-yillarida Amir Temur siyosat maydoniga kirib kelganda O‘rta
Osiyoda hali mo‘g‘ullar hukmronligi davom etayotgan edi. 1346-yili Chig‘atoy
ulusi xoni Qozonxon amir Qazag‘an tomonidan oidiriladi, 1358-yilda amir
Qozog‘on ham oidiriladi, natijada ulus 10 ga yaqin bekliklarga bolinib ketadi.
Xorazmda so‘fiylar, Qashqadaryoda barloslar, Ohangaron vodiysida jaloyirlar,
Buxoroda sadrlar, Termiz atrofida sayyidlar hukmronligi boshlanadi. XIV asrning
50-60- yillarida Movarounnahrda siyosiy tarqoqlik gʻoyatda kuchayib, oʻzaro
kurash yanada keskinlashdi. Davlat ishlari esa butunlay izdan chiqqan edi. Siyosiy
parokandalik, oʻzaro urush va janjallar iqtisodiy tanglikka sabab boʻlib, oʻlka
aholisini, ayniqsa dehqonchilik xoʻjaligini xonavayron qilgan edi.
Mana shunday vaziyatda, 1348- yilda Moʻgʻuliston xoni qilib koʻtarilgan
Chigʻatoy naslidan boʻlgan Tugʻluq Temurxon Moʻgʻuliston amirlari ulusning
gʻarbiy qismi – Movarounnahrni ham bosib olishga harakat qildi. Bir necha bor
Movarounnahr ustiga yurish qilib, uni talab qaytdi. Natijada moʻgʻullar istibdodi va
zulmiga qarshi xalq harakati boshlandi. Shunday siyosiy beqarorlik davrida
Temurbek siyosat maydoniga dastlabki qadamlarni qoʻymoqda edi.
1360 va 1361- yillarda Tugʻluq Temur Movarounnahrdagi ogʻir siyosiy
vaziyatdan foydalanib, uni butunlay oʻziga boʻysundirishga harakat qiladi. U hech
qanday qarshiliksiz Qashqadaryo vohasiga bostirib kirdi. Oʻsha vaqtlarda
Qashqardaryo viloyatining hokimi Hoji Barlos dushmanga qarshi kurashish oʻrniga
Xurosonga qochdi va oʻsha yerda oʻldirildi.
Amir Temur amakisining viloyatini qoʻldan bermaslik maqsadida Tugʻluq
Temurxon ishonchini qozonib uning xizmatiga oʻtdi va Kesh viloyatiga hokim etib
tayinlandi. Tugʻluq Temurxon oʻgʻli Ilyosxojani Movarounnahrning hokimi etib
yubordi. Ammo Temurbek unga xizmat qilishni istamadi va Balx hokimi amir
Husayn ibn Musallab bilan ittifoq tuzdi. Temurbek Amir Husaynning singlisi Oʻljoy
Turkon ogʻoga uylangach, ularning ittifoqi qarindoshlik aloqalari tufayli yanada
mustahkamlandi. Amir Temurbek avval oʻzboshimcha amirlarga qarshi ichki,
soʻngra esa moʻgʻullarga qarshi tashqi kurash olib bordi. Seyistondagi janglarda
qoʻli va oyogʻidan ogʻir yaralandi.
1363- yil Tugʻluq Temurxon vafot etib, Moʻgʻulistonda xonlik taxtini
Ilyosxoja egallaydi. Oʻsha- yili Amudaryoning chap sohilidagi Qunduz shahar
yonida moʻgʻullar bilan boʻlgan 1-jangda Temurbek gʻalaba gʻozondi. Shundan
soʻng
moʻgʻullarni
toʻxtovsiz
ta’qib
etish
boshlandi.
Moʻgʻullar
ham
Movarounnahrni osongina berib qoʻyishni istamas edilar. Ilyosxoja 1365- yilda
katta qoʻshin bilan Sirdaryo tomon yoʻlga chiqdi. Husayn va Temurbek ham zudlik
bilan jangga tayyorlandilar.
Ular oʻrtasidagi jang 1365- yilning 22- mayida Chinoz bilan Toshkent
oʻrtasida boʻldi. Jang paytida qattiq jala yogʻib, hammayoq loy boʻlganligidan
tarixda u "Loy jangi" nomi bilan mashhur boʻlib qolgan. Jangda Temurbek bilan
Husayn kelishib harakat qilmaganliklari oqibatida ularning birlashgan qoʻshini
magʻlubiyatga uchradi. Bu magʻlubiyat dushmanga Movarounnahrga, xususan,
uning markaziy shahri Samarqandga tomon yoʻl ochib berdi. Moʻgʻullar
Movarounnahrning markaziy viloyatlarida odatiy talon-torojni yana davom
ettirdilar.
Bu davrda Samarqandda sarbadorlar harakatining faollari boʻlib, ular shahar
aholisini moʻgʻullarga qarshi qoʻzgʻolonga undadi. Qoʻzgʻolonga madrasa talabasi
Mavlonozoda, paxta tituvchilar mahallasining oqsoqoli Abu Bakr Quluyi Naddof va
mergan Xurdak Buxoriylar boshchilik qiladilar. Sarbadorlar moʻgʻullarga
Samarqand shahrida qaqshatqich zarba berdilar. Temurbek va Husaynlar
sarbadorlarning dushman ustidan qozongan gʻalabalaridan mamnun boʻlganliklarini
va ular bilan uchrashmoqchi ekanliklarini bildiradilar. Biroq sarbadorlarning
boshliqlari Amir Husayn huzuriga kelganlarida ular qatl etiladi. Faqat Mavlonzodani
Temurbek oʻz himoyasiga olib, qutqarib qoladi. Shu tariqa sarbadorlar harakati
boshliqsiz qoldirilib, Movarounnahrda Amir Husaynning hukmronligi oʻrnatiladi.
Ammo koʻp oʻtmay Husayn bilan Temurbek oʻrtasidagi munosabat yomonlashib,
ochiqdan-ochiq nizoga aylanadi.
1370- yil mart oyida Temur yaxshi qurollangan qoʻshini bilan Keshdan
chiqib, Balxni qamal qilib, shaharni egalladi. Movarounnahrning hukmdori Amir
Husayn qatl etildi. Oʻsha- yili Balxda qoʻshin boshliqlarining qurultoyida Temur
Amir deb e'lon qilindi va uning hukmronligi rasman qaror topadi. Amir Temur
qadimgi odatga binoan oq kigiz ustiga oʻtqazilib, yuqori koʻtariladi. Amir
Temurning piri Sayyid Baraka duoyi fotiha qilgach, u Movarounnahrning hukmdori
deb e'lon qilinadi. Hokimiyat tepasiga kelgan Amir Temur oʻz oldiga
markazlashgan, kuchli, qudratli davlat barpo etish vazifasini qoʻyadi.
Amir Temur davlat mustaqilligi va muhofaza yo‘lidagi ichki va tashqi
siyosatida asosan qo‘shinga suyanar edi. Shuning uchun ham u qo‘shin boshliqlarini
tanlash va ularni tarbiyalash, harbiy qismlar va ularning joylashish tartibi, navkar va
sarbozlarning qurollanishi hamda ichki intizom masalalariga nihoyatda katta
ahamiyat berardi. Sohibqiron intizomli qo‘shin tuzishga, jang paytida qo‘shin
qismlarini oqilona boshqarishga, jang taqdirini hal qiladigan joylarga harbiy
kuchlarni tezkorlik bilan yo‘llashga, mavjud to‘siq va g‘ovlarni tadbirkorlik bilan
bartaraf etishga, qo‘shindagi jangovar ruhni yuksak darajada ushlab turishga
erishgan.
Amir Temur dastlab oʻziga mustahkam tayanch barpo etish maqsadida barlos
qabilasidan maxsus qoʻshin tashkil qiladi, soʻngra oʻz davlati chegaralarini mumkin
qadar kengaytirishga kirishadi. Avval u Amudaryo va Sirdaryo oraligʻidagi yerlarni,
shuningdek, Fargʻona va Shosh viloyatlarini oʻz tasarrufiga oladi. Amir Temur
Chigʻatoy ulusining oldingi chegaralarini tiklash maqsadida 1372- yilda Xorazmga
birinchi bor yurish qildi. Xorazmliklar magʻlubiyatga uchragan boʻlsalar ham, Amir
Temurga boʻysunmadilar. Shu boisdan Amir Temur Xorazmga 5 marta yurish qilib,
nihoyat, 1388- yilda uni butunlay qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻldi. Tashqi
siyosatda oʻz yurishini Amir Temur dastavval Xurosondan boshladi. 1381- yil u
Hirotni, 1381-84- yillarda Eronning katta qismini egalladi. Amir Temur Eron,
Ozarbayjon, Iroq va Shom (Suriya) ustiga 3 marta lashkar tortdi. Bu yurishlar tarixda
“uch yillik”, “besh yillik” va “yetti- yillik” urushlar nomi bilan mashhur.
Amir Temur Oltin Oʻrdaning faqat Sirdaryoning quyi oqimidagi Xorazm va
Movarounnahrga iqtisodiy, siyosiy va madaniy jihatdan bevosita bogʻliq
yerlarinigina qoʻshib olmoqchi edi. Bu davrda Oltin Oʻrda va Oq Oʻrdada 2 mustaqil
hokimiyat qaror topib, ular oʻrtasida kuchli nizolar davom etardi. Urusxonning
tazyiqidan qochib, oʻz huzuriga homiylik istab kelgan Oq Oʻrda xonzodalaridan
Toʻxtamishga Amir Temur bir necha bor harbiy yordam berdi. 1379- yilda
Toʻxtamish Amir Temurning homiyligida Oq Oʻrda, keyinroq Oltin Oʻrdani qoʻlga
kiritgandan soʻng, Amir Temur kutgandek uning ta’siri va panohi ostida qolmadi.
Toʻxtamish oyoqqa turib olgach, mustaqil siyosat yurgizib, kezi kelganda hatto
Amir Temurga qarshi ish koʻra boshladi. 1387-88- yillarda Toʻxtamish Amir
Temurning
navbatdagi
harbiy
yurishi
vaqtida
fursatdan
foydalanib,
Movarounnahrga hujum qiladi. Natijada Amir Temur Toʻxtamishga qarshi 1389,
1391 va 1394-95- yillarda 3 marta katta yurish qildi. Ayniqsa soʻnggi 2 yurish uning
uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻldi.
Amir Temur va Toʻxtamish qoʻshinlari oʻrtasida soʻnggi shiddatli jang
1395- yilda Shimoliy Kavkazda Terek daryosi vodiysida sodir boʻldi. Bu daf'a
jangda ham Amir Temur oʻz dushmaniga qaqshatqich zarba berdi va Toʻxtamish
hukmronligiga barham berildi. Shundan soʻng Amir Temur oʻzining diqqat-
e'tiborini Eron, Iroq, Suriya, Kichik Osiyoni zabt etishga qaratdi.
Shunday qilib, 1399-1404- yillardagi harbiy yurishlar natijasida Shomning
Halb, Xums, Baalbek, Damashq kabi yirik shaharlari va arab Iroqining Ubuliston
oʻlkasi bilan Bagʻdod zabt etiladi. Usmonli turk imperiyasi sultoni Boyazid I
yildirimga tegishli Kamoh qal'asini, soʻngra Anqarani qamal qiladi. Boyazid zudlik
bilan Anqaraga koʻmakka oshiqadi. Amir Temur bilan Boyazid qoʻshinlari oʻrtasida
jang 1402- yilning 20- iyulida Anqara yonida boshlandi, bu jangda Boyazidning 160
minglik qo‘shini mag‘lubiyatga uchraydi.
1404- yil mayida Amir Temur Kichik Osiyodan Samarqandga qaytib keladi
va oʻzining Xitoyga boʻladigan harbiy yurishiga taraddud koʻradi. Safar uchun
kerakli ma’lumotlar- yillar davomida Xitoyga yuborilgan savdo karvonlari orqali
allaqachon toʻplab olingandi. 1404- yilning oxirida qahraton qishda u yaxshi
qurollangan 200 minglik qoʻshin bilan Samarqanddan Xitoy safariga chiqadi. Lekin
Xitoy ustiga yurish Sohibqironning Oʻtrorda vafoti (1405- yil 18- fevral) tufayli
amalga oshmay qoladi.
Amir Temur qo‘shiniga chorvadorlar qatori o‘troq aholidan ham askar
to‘plangan. Askariy qismlarni viloyatlardan to‘plash bilan tavochi mansabidagi
amaldorlar shug‘ullanar edi. Qo‘shinda harbiy kuchlarning asosini tashkil qilgan
otliq askarlar bilan bir qatorda piyodalar ham xizmat qilgan. Amir Temur qo‘shini
son jihatdan aniq tashkil etilgan, uning jangovar tartibi takomillashib borgan, o‘z
zamonasining ilg‘or qurol va texnikasi bilan ta’minlangan, qismlar bir-biridan
kiyim-bosh, bayroq va tug‘lari bilan farqlangan. Bunday farqlanish jangda qo‘shinni
boshqarishda qo‘l kelgan.
Amir Temur qo‘shini o‘ntalik askariy birikmalar asosida tuzilgan harbiy
qismlardan iborat edi. Lashkar tuman – o‘n minglik, hazora – minglik, qo‘shun –
yuzlik va ayl – o‘nlik birikmalariga bo‘lingan. Amir Temur o‘n minglik askarni
boshqarish uchun tuman og‘asi, minglik bo‘linmalar uchun mirihazora, yuzliklar
uchun qo‘shunboshi va o‘nliklar uchun esa aylboshi kabi harbiy mansablarni ta’sis
etadi. Amir Temur jang qilishning yangi harbiy uslublarini qo‘llagan. Sohibqiron
Sharqda birinchilardan bo‘lib qo‘shinga o‘tsochar qurol – to‘pni olib kirgan. Tog‘li
hududlarda jang harakatlari olib boruvchi maxsus harbiy qism va bo‘linmalar tashkil
qilingan. Jang vaqtida qo‘shin qanotlarini dushman hujumidan muhofaza qilish va
o‘z navbatida, g‘anim kuchlarini yon tomondan aylanib o‘tib, unga ortdan zarba
berish maqsadida tuzilgan otliq qism – qunbulning joriy etilishi bo‘lgan.
Amir Temur davlat boshqaruvida suyurgʻol siyosatini qoʻlladi, davlatni
markazdan turib idora etdi. Amir Temur davrida davlatning markaziy ma’muriyati
boshida devonbegi-bosh vazir boshliq 7 vazirlikdan iborat arkoni davlat, Vazirlik
mahkamasi turardi. Birinchi vazir – soliq-oʻlponlar va mamlakat obodonligi bilan
shugʻullangan. Ikkinchisi – harbiy ishlar vaziri boʻlgan. Uchinchi – vazir savdo
ishlari, tamgʻa, zakot va meros ishlariga qaragan. Toʻrtinchisi – moliya vaziri, davlat
xazinasini boshqargan. Chegara viloyatlari va tobe mamlakatlar boshqaruvini
nazorat qilish uchun maxsus 3 ta vazir tayin etilgan. Davlat siyosatida qoʻshinga
alohida ahamiyat berilgan.
Amir Temur nomi bilan bogʻliq boʻlgan, uning siyosiy, huquqiy qarashlari
toʻplami “Tuzuki Temuriy” (“Temur tuzuklari”), “Voqioti Temuriy” (“Temurning
boshidan kechirganlari”) kabi nomlari bilan sharq va gʻarbda mashhur boʻlgan asari
xorijiy tillarga tarjima qilingan va mamlakatimizda hamda Angliya, Fransiya,
AQSh, Finlyandiya, Daniya, Eron, Hindiston, Turkiya, Misr kabi davlatlarning
kutubxonalarida saqlanmoqda.
Kitob asosan 2 qismdan iborat. 1-qismda Sohibqiron Temurning 7 yoshidan
(1342) to uning soʻnggi kunigacha boʻlgan hayoti, siyosiy faoliyati tasvirlanadi.
Boshqacha aytganda A.Temurning asta-sekin Movarounnahrda hokimiyatni qoʻlga
kiritishi va undan keyin mashhur yurishlari asosida Toʻxtamishxon (1376-1395),
Turk sultoni Boyazid- yildirim (1389-1402) kabi jahongir shohlarni magʻlubiyatga
uchratgani va juda katta hududda Temuriylar imperiyasiga asos solgani aniq-qisqa
hikoya qilinadi.
2-qismda esa, Jahongir Sohibqiron Temur nomidan shaxzodalarga qarata
aytilgan vasiyatlar, pand-nasihatlardir. Unda Jahongir oʻz vorislariga qarata davlatni
idora qilish san'atining nozik sirlari, tamoyillari haqida, Amir vazirlar va beklarni
tanlash, ularni joy-joyiga qoʻyish, qoʻshin boshliqlari, ularning xizmatlarini
taqdirlash, sipohiylar va ularning maoshlari kabi masalalar hususida vasiyat qiladi.
U zabt etilgan mamlakatlardan moddiy boyliklar bilan birga juda koʻp
hunarmandlar, san'at ahllari va olimlarni Movarounnahrga olib keladi va
mamlakatni obod etishda ulardan foydalanadi. Amir Temurga har bir zafarli voqea
va sevinchli hodisani muhtasham me'morlik obidasi barpo etish bilan nishonlash
odat boʻlgan. Amir Temur Tabrizda masjid, Sherozda saroy, Bagʻdodda madrasa,
Turkistonda mashhur shayx Xoja Ahmad Yassaviy qabri ustiga maqbara bino
qildirsa-da, lekin oʻzining sahovat va himmatini Kesh (Shahrisabz) va Samarqandda
oliy imoratlar qurdirishda koʻrsatdi. Oʻzining ona Oʻzbekistoni Keshda otasining
qabri ustiga maqbara, oʻgʻli Jahongirga maqbara bilan masjid qurdirdi. Keshda
dunyoga dongʻi ketgan mashhur Oqsaroy qad koʻtardi.
Samarqandda Isfahon, Sheroz, Halab, Xorazm, Buxoro, Qarshi va Kesh
shaharlarining me'moru binokorlari qoʻli bilan saroylar, masjidlar, madrasalar,
maqbaralar quriladi. Shahar tashqarisida esa bogʻ-rogʻlar va boʻstonlar barpo etiladi.
Amir Temur 35 yil davomida mamlakatni boshqardi. Hindiston va Xitoydan
Qora dengizga qadar, Orol dengizidan Fors qo‘ltig‘iga qadar bo‘lgan g‘oyat katta
hududni qamrab olgan ulkan saltanatni vujudga keltirdi. Bundan tashqari, Kichik
Osiyo, Suriya, Misr va Quyi Volga, Don bo‘ylari, Balxash ko‘li va Elsuvi daryosi,
Shimoliy Hindistongacha bo‘lgan mamlakatlarni o‘ziga bo‘ysundirdi. U nafaqat
Movarounnahr va Turkistonni obod qildi, balki bo‘ysundirilgan mamlakatlarning
shaharlarini ham qayta qurdirdi. Bag‘dod, Darband va Baylakon shaharlari shular
jumlasidandir. Eng muhimi Eron, Ozarbayjon va Iroqdagi tarqoqlik va
boshboshdoqlikka barham berib, Sharq bilan G‘arbni bog‘lovchi qadimiy karvon
yo‘llarini tikladi. Bu bilan nafaqat Movarounnahr, balki Uzoq va Yaqin Sharq
mamlakatlarining iqtisodiy va madaniy taraqqiyotiga, xalqlar va mamlakatlarni bir-
biri bilan yaqinlashtirishga ulkan hissa qo‘shdi.
Amir Temur Yevropaning Fransiya, Angliya va Kastiliya kabi yirik
qirolliklari bilan bevosita savdo va diplomatik aloqalar o‘rnatdi. Siyosiy tarqoqlik
tugatilib, markazlashgan davlatning tashkil topishi katta ijobiy oqibatlarga olib
keldi. Mamlakat ishlab chiqarish kuchlarini mo‘g‘ullarning bir yarim asrlik
hukmronligi natijasida tanazzulga uchragan iqtisodni tiklash uchun qulay sharoit
vujudga keldi. Ayni vaqtda xo‘jalikning asosi bo‘lgan sug‘orma dehqonchilikda
muayyan siljishlar ro‘y berdi. Yangi kanallar qazilib, sug‘orma dehqonchilik
maydonlari kengaydi. Hunarmandchilik, ichki va tashqi savdo rivojlandi, fan va
madaniyat ravnaq topib, shaharlar obodlashdi va gavjumlashdi.
1402-yilda jahonga, ayniqsa, Bolqon yarimoroli hamda Yevropadagi xalqlar
va mamlakatlarga tahdid solgan Turkiya sulton Boyazid I Yildirim tor-mor
keltirilganidan so‘ng, fransuzlar Amir Temurning oltindan haykalchasini quydirib,
ostiga “Yevropa xaloskoriga” deb yozdirib qo‘yilgan ekan. Bugun bu ulug‘ zotni
buyuk bunyodkor, ulug‘ davlat arbobi, mohir sarkarda, ilm-fan va madaniyat
homiysi sifatida butun dunyo tan oldi. Davlat arboblari, olim-u fozil kishilar hazrat
sohibqiron haqida iliq fikrlarni aytmoqdalar, uning hayoti va faoliyatiga yuksak
baho bermoqdalar.Hozirgi paytga kelib Amir Temur va Temuriylar haqida 33
mamlakatda 500 dan ziyod chet ellik tadqiqotchilarning asarlari chop etilgan.
Sohibqiron Amir Temur mashhur davlat arbobi, mohir sarkarda sifatida
O‘zbekistonda davlatchilikning yuksalishida muhim o‘rin tutadi. Tarixiy
manbalarda Amir Temur Sohibqiron nomi bilan bir qatorda “Sohibi jahon” hamda
“Sohibi adl” – “Adolat sohibi” nomlari bilan ulug‘lanadi. Xalqaro YUNESKO
tashkilotining tashabbusi bilan 1996-yilda Toshkent, Samarqand va xorijiy
mamlakatlarda Amir Temur tavalludining 660 yilligi keng miqyosda nishonlandi va
shu yil O‘zbekistonda “Amir Temur yili” deb e’lon qilindi. 2017-yil 30-iyunda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev “Kamolot” yoshlar ijtimoiy
harakatining IV qurultoyida so‘zlagan nutqi davomida yoshlarga harbiy ta’lim-
tarbiya beradigan kursantlar maktablariga “Temurbeklar maktabi” deb nom berish
taklifini ilgari surdi.
Amir Temurning vafotidan soʻng vorislar oʻrtasida toju taxt talashuvi
boshlanadi. Amir Temurning vasiyatiga muvofiq, Pirmuhammadni taxtga oʻtqazish
tarafdorlari kuchli boʻlsa-da, biroq Mironshohning oʻgʻli Xalil Sulton Mirzo
1405- yilning 18- mart kuni Samarqandni egallab, oʻzini Movarounnahrning oliy
hukmdori deb e'lon qildi. Oqibatda amirlar, viloyat noiblari va shahzodalarning
noroziligi kuchayib, isyon koʻtaradilar. Amir Temur taxtining asosiy valiahdi
Pirmuhammad Amudaryodan kechib oʻtib, Xalil Sultonga qarshi Nasafga tomon
askar tortadi. Amir Temur saltanatida boshlangan oʻzaro urushlar shu tariqa avj olib
ketadi. Pirmuhammad 1407- yil 21- fevralda vaziri Pir Ali Toz boshliq fitnachilar
qoʻlida shahid boʻldi. 1408- yil 22- aprel kuni qoraqoʻyunli turkmanlarining qabila
boshligʻi Qora Yusuf bilan boʻlgan jangda Mironshoh halok boʻladi. Ozarbayjon va
Iroq viloyatlari Temuriylar qoʻlidan ketdi.
1409- yil Temurning kenja oʻgʻli Shohruh Temur saltanatining bir qismini
qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻldi. Movarounnahrni toʻngʻich oʻgʻli Ulugʻbek
ixtiyoriga beradi, oʻzi esa Hirotga qaytib Xuroson davlatini idora qilishni davom
ettiradi. 1409- yilda Mirzo Ulugʻbek Samarqand taxtiga oʻtirganda 15 yoshli
oʻspirin edi. Shahzoda balogʻatga yetgunga qadar davlatni boshqarishni Shohrux
oʻzining sodiq amirlaridan biri Shohmalikning ixtiyoriga topshiradi.
Ulugʻbek otasining roziligi bilan 1425- yilning erta bahorida Moʻgʻuliston
ustiga yurish boshladi. Issiqkoʻl yaqinida sodir boʻlgan toʻqnashuvda Ulugʻbek
moʻgʻullar ustidan gʻalaba qozonib, katta oʻlja bilan Samarqandga qaytadi. Oʻljalar
orasida ikki boʻlak nefrit (kosh) toshi ham bor edi. Keyinchalik bu nefritdan Amir
Temur sagʻanasiga qabr toshi yasattiriladi. Ammo uning keyingi yurishlari
muvaffaqiyatsiz boʻldi. Shu bois u butun faoliyatini davlatning ichki siyosatini
mustahkamlashga qaratdi. Movarounnahrni idora etishda, ayniqsa, mamlakat tashqi
siyosatida Ulugʻbek ayrim hollardagina, mustaqil harakat qilgan boʻlsada, ammo
aslida u saltanat oliy hukmdori Shohruxning Movarounnahrdagi intizomli va
itoatkor noibi boʻlib qoladi.
1447- yil 19- mart kuni Shohrux nevarasi Sulton Muhammad (Boysunqurning
oʻgʻli) isyonini bostirish vaqtida betoblanib, Ray viloyatida olamdan oʻtadi. Xuroson
va Movarounnahrda shahzodalar oʻrtasida toju taxt uchun kurash yana avjga minib,
mamlakatni beqarorlik chulgʻab oladi. Bu kurash oqibatida zamonasining mashhur
olimi va hukmdori Mirzo Ulugʻbek 1449- yil 27- oktabrda 55 yoshida Samarqand
yaqinida fojiali suratda shahid boʻladi.
Muhammad Taragʻay – Ulugʻbekning tarixdagi oʻrni uning davlat arbobi
sifatidagi koʻp- yillik faoliyatidan koʻra ham afzalroq buyuk olimlik, ilmu urfon
xomiysi maqomidagi ulkan xizmatlari bilan belgilanadi. Ulugʻbek farmoni bilan
1417- yilda
Buxoroda,
1417-1420- yillarda
Samarqandda
va
1433- yilda
Gʻijduvonda madrasalar qad koʻtardi.
Ulugʻbek atrofida uyushgan koʻplab buyuk qomusiy olim sohiblari- Qozizoda
Rumiy, Gʻiyosiddin Jamshid Koshiy, Muxammad Ali Qushchi, Muhammad
Xavofiylar ilm-fanning turli sohalarida, ayniqsa astronomiya, matematika singari
aniq fanlar boʻyicha barakali ijod qildilar hamda oʻzlaridan salmoqli ilmiy meros
qoldirib ketdilar. Ulugʻbek rasadxonasida 1018 ta yulduzlar harakati oʻrganilib
jadval tuzildi. Uning qalamiga mansub “Ziji Kurogoniy” asari oʻzining ilmiy
yechimlari, xulosalari bilan hozirga qadar ham jahon olimlari etiborini qozonib
kelmoqda. Mirzo Ulugʻbek “Toʻrt ulus tarixi” nomli tarixiy asar hamda musiqaga
bagʻishlangan besh risola ham yozgan.
Xuroson yerlarida esa Sulton Xusayn Bayqaro davrida siyosiy barqarorlikni
saqlash xalq turmush darajasini koʻtarish, obodonchilik borasida koʻplab ishlar
amalga oshirildi. Mashhaddagi Gavxarshod masjidi, Marv va Hirotdagi bir qator
binolarning ta’mirlanishi, Ixlosiya madrasasi, “Qudsiya” masjidi, “Safoiya”
hammomi, “Shifoiya” davolash uyi kabi inshootlar shu davrdagi ishlar
jumlasidandir. Bu davrda she'riyat va rassomlik borasida alohida maktab yuzaga
keldi.
Shunday qilib, Temur va temuriylar davrida oʻlkamizda fan va madaniyat
barq urib oʻsdi, rivojlandi va kamol topdi. Fan va madaniyatning qaysi bir sohasini
koʻzdan kechirmaylik, diyorimiz XIV-XV asrlarda jahon sivilizatsiyasining oldingi
saflaridan joy olganligining guvohi boʻlamiz. Temuriylar sulolasi davri jahon fani
va madaniyatining Mirzo Ulugbek, Alisher Navoiy, Bahovuddin Naqshband, Xoja
Ubaydullox Axror kabi ulug vakillarni yetishtirib berdi. Bu davrda zamonasining
iste'dodli shoirlari va adiblari Lutfiy, Bobur, Abdurahmon Jomiy va boshqa olimlar
yashab ijod etishgan. Lutfiy nafis uzbek tilida asarlar yozish bilan birga tojik tilida
ham qasidalar bitdi. Lutfiyning “Zafarnoma”, “Gul va Navroʻz” dostonlari shu davr
badiiy adabiyotining durdonalaridan biridir. Bu davr madaniyati taraqqiyotida ulugʻ
shoir Abduraxmon Jomiyning roli buyukdir. Jomiyning yirik va mashxur asari
yettita katta dostondan iborat “Xaft avrang”, “Bahoriston” kabilardir.
Alisher Navoiy homiyligida Mirxond, Xondamir, Vosifiy va boshqa
tarixchilar ijod qildilar. Xondamir 63 yillik umri davomida taxminan 13 ta asar
yozgan, ulardan bizgacha sakkiztasi yetib kelgan.
Shunday qilib, Temur va temuriylar davrida oʻlkamizda fan va madaniyat
barq urib oʻsdi, rivojlandi va kamol topdi. Fan, madaniyatning qaysi bir sohasi, qaysi
bir tarmogʻini koʻzdan kechirmaylik, ona diyorimiz XIV-XV asrlarda jahon
sivilizatsiyasining eng oldingi saflaridan joy olganligining guvohi boʻlamiz.
Tayanch so’zlar: eftaliylar; kadivarlar; kashovarzlar; dehqon; xalqning etnik
shakllanishi; islom; xiroj; jizya; ushr; kommunikasiya; pochta aloqasi islohot;
dargoh; devon; iqto; ilokxon; vazir; renessans; hadis; soʻfiylik; pochta xizmati; ilmiy
aloqalar tuman; ulus; qurultoy; bosqoq; xon; bosqin; begar; payza; aloqa :
sarbadorlar harakati; markazlashgan davlat; “Temur tuzuklari”; devonxona; shayx
ul-islam; suyurgʻol; aloqa vositalari; ma’lumot uzatish.
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar.
1. Eftaliylar davlatining yuzaga kelishi, hududiy kengayishi to’g’risida
nimalarni bilasiz?
2. Eftaliylar davrida erga egalik qilish munosabatlarida qanday
o’zgarishlar bo’ldi?
3. Turk xoqonligiga qachon asos solingan?
4. Turk xoqonligi davrida O’rta Osiyo hududidagi davlat boshqaruvi
tizimi qanday bo’lgan?
5. G’arbiy va Sharqiy xoqonliklarda kechgan ijtimoiy - iqtisodiy va
madaniy hayotdagi muhim tafovutlar nimalarda ko’zga tashlanadi?
6. Arabistonda islom dini qanday omillar ta’sirida yuzaga keldi?
7. Arab istilochilarining O’rta Osiyoga yurishlari haqida so’zlang.
8. Arab bosqinchilariga qarshi yurtimiz zaminida qanday xalq
qo’zg’olonlari yuz bergan?
9.Ismoil Somoniyning davlat boshqaruvi sohasida amalga oshirgan islohoti
qanday maqsadlarni ko’zda tutgan edi?
10.Somoniylar sulolasi inqirozining asosiy sabablarini nimalarda, deb
o’ylaysiz?
11.Qoraxoniylar davlatining yuzaga kelishi jarayoni qanday tarixiy sharoitda
kechdi?
12.Xorazmshohlar saltanatidagi davlat boshqaruvi tizimi haqidagi
tushunchalaringiz?
13.Xorazm davlatidagi ichki ziddiyatlar, muxolifatchilik holatlarining
kuchayib borishi qanday oqibatlarga sabab bo’ldi?
14. Movarounnahr shaharlari qanday mudofaa qilindi?
15. Jaloliddin Manguberdi shaxsi, uning mo’g’ullarga qarshi qurashlardagi
beqiyosjasorati haqida so’zlang.
16. Chig’atoy ulusi qanday vujudga keldi, u qay tarzda boshqarildi?
17. Amir Temur qanday vaziyatda siyosiy kurash maydoniga kirib keldi?
tizimi qanday
tamoyillarga asoslangan edi?
18. Amir Temurni harbiy sarkarda sifatida ta’riflab bering.
19. Mirzo Ulug’bek amalga oshirgan ichki davlat siyosatining muhim jihatlari
nimada?
20. Temuriylar sulolasi inqirozining asosiy sabablarini gapirib bering.
21. Temuriylar davrida bunyod etilgan moddiy madaniyat namunalari qatoriga
nimalarni kiritish mumkin?
22. Movarounnahrda ilm-fan ravnaqini ta’minlagan omillar to’g’risida so’zlab
bering.
23. Ulug’bek akademiyasining yutug’i va yuksak shuhratini asoslab bering.
24. Temuriylar davrida tarixshunoslik fani erishgan muhim yutuqlar to’g’risida
ma’lumot bering.
Adabiyotlar:
1. Karimov I.A. Istiqlol va ma’naviyat. -T.: O’zbekiston, 1994. 52-73 betlar.
2. Usmonov Q., Sodiqov M., Burxonova S. O’zbekiston tarixi. Darslik.. –T.:
Iqtisod-moliya, 2006.
3. Azamat Ziyo. O’zbek davlatchiligi tarixi -T.: Sharq. 2000, 72-90-betlar.
4. Usmonov Q., Sodiqov M., Oblomurodov N. O’zbekiston tarixi. O’quv
qo’llanma. -T.: Meros, 2002, 85-107 –betlar.
5. Murtazaeva R.X. Istoriya Uzbekistana. Uchebnik. -T.: 2005.
6. Usmonov Q, Sodiqov M., Oblomurodov N. O’zbekiston tarixi fanidan
ma’ruzalar matni. 1 qism. - T.: Moliya, 2000, 75-94- betlar.
7.I.A.Karimov . Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir.
8.T.:"O’zbekiston", 1996, 74-86 bet.
9.Z.Buniyadov.Anushtagin Xorazmshohlar davlati (1097-1231). T.: G’ofur
G’ulom, 1998, 134-150-betlar.
10.A.Ibrohimov.Bizkim,O’zbeklar...T.:Sharq.,1999.
11.T.Saidqulov.O’rta Osiyo xalqlar tarixining tarixshunosligidan lavhalar. T.:
“O’qituvchi”, 1993, 3 bob.
12.N.Hakimov, M.Sodiqov va boshqalar. Vatan madaniyati tarixi. T.: 1995, 40-74-
betlar.
13.X.Zayniddin. Jaloliddin Manguberdi. T.: “Fan”, 1993 y.
14.I.A.Karimov. O’tmishsiz kelajak, hukmronliksiz taraqqiyot bo’lmaydi. Asarlar
4-jild. T.: “O’zbekiston” 1997,
15.181-192-betlar.
16.Azamat Ziyo O’zbek davlatshiligining tarixi T.:Sharq.,2000
17.A.Ibrohimov.Bizkim,O’zbeklar...T.:Sharq.,1999.
18.B.Axmedov. Amir Temur(tarixiy roman) ,T.: “Meros”, 1995.
19.A.Axmedov. Ulug’bek(esse).T. “Kamalak” 1994.
20.A.Muxamadjonov. Amir Temur vaTemuriylar davri. T.: “Fan”1996.
21.Mo’minov. Amir Temurning O’rta Osiyo xalqlari tarixida tutgan o’rni va roli.
T.: “Fan”, 1993.
22.Temur va Ulug’bek davri tarixi. T.: Qomuslar bosh tahririyati. 1996.
23.N. Shomiy. Zafarnoma.T.: “O’zbekiston” ,1996.
24.Shu.Yazdiy.Zafarnoma. T.: “Sharq”, 1997.
25.A.Qayumov. Alisher Navoiy (esse)T.: “Fan”, 1994.