O’rta asrlar va madaniyati

Yuklangan vaqt

2024-07-28

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

58

Faytl hajmi

91,0 KB


 
 
 
 
 
 
O’rta asrlar va madaniyati 
 
 
Reja 
1.O'rta asrlardagi «Dunyo qiyofasi». Yevropa va Sharq madaniyatining xristian va 
islom dini aqidalarida namoyon bo’lishi. 
2.O'rta asarlarda Yevropa xalqlari madaniyatining shakllanishi.Yevropa va Sharq 
madaniyati munosabatlari.  
4. Uyg’onish davri Yevropa madaniyatining shakllanishi. Gumanizm. Adabiyot va 
san'at rivoji. 
5. Islomiy madaniyatning shakllanishi va uning asosiy yo’nalishlari. 
 
Tayanch tushunchalar: Katolik cherkovi, sxolastika, universitetlar, Renessans, 
gumanizm, individuallik, kitob bosish, marifatchilik, ilmiy texnika inqilobi, realizm, 
modernizm, avangardizm, abstraksionizm, syurealizm, ommaviy madaniyat, kino 
san'ati.  
 
3.1. O'rta asrlardagi «Dunyo qiyofasi». Yevropa madaniyatining  
xristian dini aqidalarida namoyon bo’lishi 
 
O‘rta asrlar tushunchasi Yevropada V asrdan boshlanib to XVII asrning 
birinchi yarmiga qadar bo‘lgan davrni qamrab oladi. Bu davr antik madaniyatning 
inqirozini belgilab bergan Rim davlatining qulashi bilan boshlandi va Yevropa 
Uyg‘onish (Renessans) davriga kelib yakunlandi. Ana shu antik va Uyg‘onish 
davrlari o‘rtasi zulmat davri (ikki yuksalish davri oralig‘i) deb nom olgan. U fanda 
o‘rta asrlar davri deb ataladi.  
O’rta asrlar va madaniyati Reja 1.O'rta asrlardagi «Dunyo qiyofasi». Yevropa va Sharq madaniyatining xristian va islom dini aqidalarida namoyon bo’lishi. 2.O'rta asarlarda Yevropa xalqlari madaniyatining shakllanishi.Yevropa va Sharq madaniyati munosabatlari. 4. Uyg’onish davri Yevropa madaniyatining shakllanishi. Gumanizm. Adabiyot va san'at rivoji. 5. Islomiy madaniyatning shakllanishi va uning asosiy yo’nalishlari. Tayanch tushunchalar: Katolik cherkovi, sxolastika, universitetlar, Renessans, gumanizm, individuallik, kitob bosish, marifatchilik, ilmiy texnika inqilobi, realizm, modernizm, avangardizm, abstraksionizm, syurealizm, ommaviy madaniyat, kino san'ati. 3.1. O'rta asrlardagi «Dunyo qiyofasi». Yevropa madaniyatining xristian dini aqidalarida namoyon bo’lishi O‘rta asrlar tushunchasi Yevropada V asrdan boshlanib to XVII asrning birinchi yarmiga qadar bo‘lgan davrni qamrab oladi. Bu davr antik madaniyatning inqirozini belgilab bergan Rim davlatining qulashi bilan boshlandi va Yevropa Uyg‘onish (Renessans) davriga kelib yakunlandi. Ana shu antik va Uyg‘onish davrlari o‘rtasi zulmat davri (ikki yuksalish davri oralig‘i) deb nom olgan. U fanda o‘rta asrlar davri deb ataladi.  
 
O‘rta asrlar tushunchasining asosiy mazmuni muayyan davrning vaqt 
chegaralarini aniq belgilanishi bilan emas, balki bu davrni madaniyat inqirozi davri 
sifatida ham qabul qilinishidadir. Shu ma’noda o‘rta asrlar antik davrga nisbatan 
so‘zsiz yo‘qotishlar davri deb qaraladi. O‘rta asrlar madaniyatiga past nazar bilan 
qarash ko‘pincha antik davr madaniyatiga hayrixohlik bilan qarovchi tadqiqotchilar 
orasida tarqalgan edi. Albatta, bu – subyektiv va bir yoqlama yondashuvdan boshqa 
narsa emas. 
 O‘rta asrlarning “zulmat dunyosi” timsoliga aylanishida ushbu davrning 
ziyoli namoyandalari bo‘lgan yozuvchilar, shoirlar, tarixchilar, diniy ulamolar va 
davlat arboblarining ham “hissasi” bor, albatta. Chunki ular o‘z ijodida asosan 
zamonaviy hayotning murakkab jihatlarini aks ettirganlar. Bunday asarlarda 
kelajakka ishonchsizlik, hayotdan norozilik tuyg‘usi sezilib turadi. Shu sababdan 
ham bu muammolardan xalos bo‘lish imkoni sifatida o‘lim mavzusi markaziy o‘rin 
tutgan. Ularning nazarida o‘rta asrlar bekorga sarflangan umr, behuda ketgan yuzlab 
yillar sifatida qadrsizdir. O‘rta asrlarni faqat buzg‘unchilikdan iborat, antik davr 
madaniyati yutuqlarini chippakka chiqargan davr, deguvchilar ham ko‘plab topiladi. 
G‘arbiy “xristianlar dunyosi” “Rim dunyosi”ning tanazzuli oqibatida emas, 
balki Rim va varvarlar dunyolarining o‘zaro muvofiqlashuvi, birikishi natijasida yuzaga 
keldi. Haqiqatan ham o’rta asrlar davri yemirilish, zo‘ravonlik va shafqatsizlik, antik 
dunyo madaniyati va sivilizatsiyasining ko‘plab yutuqlaridan foydalanmaslik kabi 
holatlarni boshdan kechirdi. Ko‘plab antik davr shaharlari katta talafot ko‘rdi: 
ayrimlari buzib tashlandi, boshqalari savdo yo‘llari o‘z yo‘nalishini o‘zgartirishi 
sababli tanazzulga yuz tutdi. Shunga qaramasdan, ilk o‘rta asrlardayoq ayrim 
sohalarda ijobiy o‘zgarishlar yuz bera boshladi. Qullikning bekor qilinishi ijtimoiy 
taraqqiyotda tub o‘zgarishlar yasadi. 
Antik davrda asosiy energiya manbayi, bu qullarning jismoniy kuchi bo‘lib, 
ushbu manba yo‘qolgach, boshqa imkoniyatlar qidirila boshlandi. Agar antik davrda 
nazariy bilimlar muvaffaqiyatli rivojlangan bo‘lsa, o‘rta asrlar davri mashina va 
texnika vositalaridan foydalanish uchun keng yo‘l ochdi. Bu qullikning bekor 
qilinishi natijasi edi. Antik davr ruhan va jismonan o‘zaro muvozanatda bo‘lgan inson 
O‘rta asrlar tushunchasining asosiy mazmuni muayyan davrning vaqt chegaralarini aniq belgilanishi bilan emas, balki bu davrni madaniyat inqirozi davri sifatida ham qabul qilinishidadir. Shu ma’noda o‘rta asrlar antik davrga nisbatan so‘zsiz yo‘qotishlar davri deb qaraladi. O‘rta asrlar madaniyatiga past nazar bilan qarash ko‘pincha antik davr madaniyatiga hayrixohlik bilan qarovchi tadqiqotchilar orasida tarqalgan edi. Albatta, bu – subyektiv va bir yoqlama yondashuvdan boshqa narsa emas. O‘rta asrlarning “zulmat dunyosi” timsoliga aylanishida ushbu davrning ziyoli namoyandalari bo‘lgan yozuvchilar, shoirlar, tarixchilar, diniy ulamolar va davlat arboblarining ham “hissasi” bor, albatta. Chunki ular o‘z ijodida asosan zamonaviy hayotning murakkab jihatlarini aks ettirganlar. Bunday asarlarda kelajakka ishonchsizlik, hayotdan norozilik tuyg‘usi sezilib turadi. Shu sababdan ham bu muammolardan xalos bo‘lish imkoni sifatida o‘lim mavzusi markaziy o‘rin tutgan. Ularning nazarida o‘rta asrlar bekorga sarflangan umr, behuda ketgan yuzlab yillar sifatida qadrsizdir. O‘rta asrlarni faqat buzg‘unchilikdan iborat, antik davr madaniyati yutuqlarini chippakka chiqargan davr, deguvchilar ham ko‘plab topiladi. G‘arbiy “xristianlar dunyosi” “Rim dunyosi”ning tanazzuli oqibatida emas, balki Rim va varvarlar dunyolarining o‘zaro muvofiqlashuvi, birikishi natijasida yuzaga keldi. Haqiqatan ham o’rta asrlar davri yemirilish, zo‘ravonlik va shafqatsizlik, antik dunyo madaniyati va sivilizatsiyasining ko‘plab yutuqlaridan foydalanmaslik kabi holatlarni boshdan kechirdi. Ko‘plab antik davr shaharlari katta talafot ko‘rdi: ayrimlari buzib tashlandi, boshqalari savdo yo‘llari o‘z yo‘nalishini o‘zgartirishi sababli tanazzulga yuz tutdi. Shunga qaramasdan, ilk o‘rta asrlardayoq ayrim sohalarda ijobiy o‘zgarishlar yuz bera boshladi. Qullikning bekor qilinishi ijtimoiy taraqqiyotda tub o‘zgarishlar yasadi. Antik davrda asosiy energiya manbayi, bu qullarning jismoniy kuchi bo‘lib, ushbu manba yo‘qolgach, boshqa imkoniyatlar qidirila boshlandi. Agar antik davrda nazariy bilimlar muvaffaqiyatli rivojlangan bo‘lsa, o‘rta asrlar davri mashina va texnika vositalaridan foydalanish uchun keng yo‘l ochdi. Bu qullikning bekor qilinishi natijasi edi. Antik davr ruhan va jismonan o‘zaro muvozanatda bo‘lgan inson  
 
timsolini ko‘rsatishga intildi, ayniqsa Rim madaniyatida bu g‘oyani amalga oshirishda 
ko‘proq jismoniy kamolotni ta’minlash borasida muvaffaqiyat qozonildi. Shuningdek, 
Demokrit, Platon, Aristotel kabi antik davr mutafakkirlarini ijtimoiy-siyosiy va 
tabiiy-falsafiy qarashlarining Jordano Bruno, Galileo Galiley, Tomas Mor, 
Tommazo Kampanella kabi o‘rta asr nazariyotchi-olimlari tomonidan ilg‘or 
ta’limotlar yaratilishiga ko‘rsatgan ta’sirini rad etib bo‘lmaydi. Masalan, Platon va 
Aristotel tomonidan ilgari surilgan ideal davlat to‘g‘risidagi g‘oyalar Tomas Mor, 
Tommazo Kampanellalarning utopik qarashlarida yaqqol namoyon bo‘ldi. Aynan shu 
qarashlar asosida keyinchalik gumanizm, demokratiya to‘g‘risidagi yangidan-yangi 
ta’limotlar rivojlanib, bugungi kunda ham adolatli, farovon jamiyat qurishda jahon 
xalqlariga dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda. 
Aytish joizki, o‘rta asrlar madaniyati bevosita antik davr madaniyati, ilm-fan 
va san’ati ta’sirida yuksalgan hamda o‘sha davrda namoyon bo‘la boshlagan 
ijtimoiy-siyosiy va madaniy hodisalarni yanada boyitgan, keyingi Uyg‘onish davri 
uchun mustahkam zamin hozirlagan. 
O‘rta asrlar madaniyati diniy tafakkur bilan chambarchas bog‘liq edi. Din 
madaniyatning hamma sohalarida fanda, adabiyotda, maorifda, san'atda o‘z ta'sirini 
ko‘chaytirdi. Shuning uchun ham bu hol antik dunyodan o‘rta asrlarga o‘tish davrida 
G‘arbiy Yevropa madaniy taraqqiyotining pasayishiga olib keldi. 
O‘rta asrlarda cherkovning ta'siri juda katta edi. Barcha Yevropa 
mamlakatlarida cherkov yirik yer egasi bo‘lib oldi, ayni paytda u davlat ishlariga 
ham aralashib davlat va jamiyat hayotida yirik siyosiy kuchga aylandi. Dindorlar o‘z 
oralaridan qirol maslahatchilarini, kanslerlarni, davlat kotiblarini berar edi. Shu 
tariqa u davlatning boshqaruv tizimini o‘z qo‘liga olgan edi. 
O‘rta asrlar dunyoqarashining hususiyatlaridan biri diniy zohidlik 
(tarkidunyochilik) edi. Zohidlik yerdagi hayotni va odamni gunoh va yomonlikdan 
iborat deb ko‘rsatar edi. Har bir odam o‘z gunohlarini yuvish uchun sig‘inishi, ro‘za 
tutishi, tavba-tazarru qilishi kerak, lekin eng katta qahramonlik – dunyoviy hayotni 
tark etib monastirga ketish, deb targ‘ib qilinar edi. Lekin zohidlik rasmona ta'limot 
bo‘lishiga qaramasdan, ko‘pchilik zodagonlar va hattoki ruhoniylar amalda uni tez-
timsolini ko‘rsatishga intildi, ayniqsa Rim madaniyatida bu g‘oyani amalga oshirishda ko‘proq jismoniy kamolotni ta’minlash borasida muvaffaqiyat qozonildi. Shuningdek, Demokrit, Platon, Aristotel kabi antik davr mutafakkirlarini ijtimoiy-siyosiy va tabiiy-falsafiy qarashlarining Jordano Bruno, Galileo Galiley, Tomas Mor, Tommazo Kampanella kabi o‘rta asr nazariyotchi-olimlari tomonidan ilg‘or ta’limotlar yaratilishiga ko‘rsatgan ta’sirini rad etib bo‘lmaydi. Masalan, Platon va Aristotel tomonidan ilgari surilgan ideal davlat to‘g‘risidagi g‘oyalar Tomas Mor, Tommazo Kampanellalarning utopik qarashlarida yaqqol namoyon bo‘ldi. Aynan shu qarashlar asosida keyinchalik gumanizm, demokratiya to‘g‘risidagi yangidan-yangi ta’limotlar rivojlanib, bugungi kunda ham adolatli, farovon jamiyat qurishda jahon xalqlariga dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda. Aytish joizki, o‘rta asrlar madaniyati bevosita antik davr madaniyati, ilm-fan va san’ati ta’sirida yuksalgan hamda o‘sha davrda namoyon bo‘la boshlagan ijtimoiy-siyosiy va madaniy hodisalarni yanada boyitgan, keyingi Uyg‘onish davri uchun mustahkam zamin hozirlagan. O‘rta asrlar madaniyati diniy tafakkur bilan chambarchas bog‘liq edi. Din madaniyatning hamma sohalarida fanda, adabiyotda, maorifda, san'atda o‘z ta'sirini ko‘chaytirdi. Shuning uchun ham bu hol antik dunyodan o‘rta asrlarga o‘tish davrida G‘arbiy Yevropa madaniy taraqqiyotining pasayishiga olib keldi. O‘rta asrlarda cherkovning ta'siri juda katta edi. Barcha Yevropa mamlakatlarida cherkov yirik yer egasi bo‘lib oldi, ayni paytda u davlat ishlariga ham aralashib davlat va jamiyat hayotida yirik siyosiy kuchga aylandi. Dindorlar o‘z oralaridan qirol maslahatchilarini, kanslerlarni, davlat kotiblarini berar edi. Shu tariqa u davlatning boshqaruv tizimini o‘z qo‘liga olgan edi. O‘rta asrlar dunyoqarashining hususiyatlaridan biri diniy zohidlik (tarkidunyochilik) edi. Zohidlik yerdagi hayotni va odamni gunoh va yomonlikdan iborat deb ko‘rsatar edi. Har bir odam o‘z gunohlarini yuvish uchun sig‘inishi, ro‘za tutishi, tavba-tazarru qilishi kerak, lekin eng katta qahramonlik – dunyoviy hayotni tark etib monastirga ketish, deb targ‘ib qilinar edi. Lekin zohidlik rasmona ta'limot bo‘lishiga qaramasdan, ko‘pchilik zodagonlar va hattoki ruhoniylar amalda uni tez-  
 
tez buzib turishar edi. Shuning uchun o‘rta asrlar jamiyatini katta bir monastir, 
odamlarni esa faqat tavba qilib o‘z ruhlarini tozalash bilan shug‘ullanganlar, deb 
tasavvur qilish noto‘g‘ri bo‘lar edi. 
O‘rta asrlar dunyoqarashiga din har doim bir xil ta'sir ko‘rsatmagan. Ilk o‘rta 
asrlarda (V-XI asrlar) Rim katolik cherkovining ta'siri juda kuchli edi. XII-XIII 
asrlarga kelib cherkov rasmona tafakkur sifatida oliy boshchilikni o‘z qo‘lida 
saqlagan bo‘lsa-da, (universitetlarning rivojlanishi, din aqidalariga suyangan 
idealistik falsafaning, sxolastikaning paydo bo‘lishi) asta-sekin madaniy hayot 
cherkovsiz va ba'zida unga qarshi rivojlana boshladi. XIV-XVI asrlarni esa 
Yevropada yangi madaniyat Uyg‘onish davri madaniyati, gumanizm madaniyati 
rivojlanib dindan uzoqlashgan davr, deb qarash o‘rinlidir. O‘rta asrlar boshida 
savodli kishilar dehqonlar orasidagina emas, zodagonlar orasida ham kam edi, ayrim 
kishilar hattoki, imzo o‘rniga krest belgisini qo‘yar edi.  
Jismoniy ehtiyojlar va hayotdan lazzatlanishlar mutlaqlashtirilgan Rim 
jamiyatining achchiq saboqlariga tayanib, xristianlik insondagi ruhiyatga, uning 
ichki dunyosiga asosiy e’tiborni qaratdi. U insonni hamma narsadan o‘zini tiyishga, 
ko‘ngilli ravishdagi juvonmardlikka, hissiy, jismoniy tuyg‘ularni so‘ndirishga 
chaqiradi. Ruhiyatning jismoniy kamolotdan ustunligini e’lon qilib, xristianlik 
kishilarning ma’naviyati va axloqini yuksaltirishga intildi. 
Bu davrda oliy diniy hokimiyatni oliy siyosiy hokimiyat bilan yagona qo‘lda 
birlashtirishga urinish g‘oyasi kuzatiladi. Buni Rim papalarining (Sharqda – Arab 
xalifaligi) Yevropada hokimiyat jilovini o‘z qo‘llariga olishga intilishlarida ko’rish 
mumkin. Cherkovning qudratli ta’siri o‘laroq, Rim papalari xudoning yerdagi noiblari 
deb e’lon qilindi. XII asrga kelib esa, milliy, siyosiy va davlat manfaatlarini himoya qilish 
diniy faoliyat bilan sig‘isha olmaydigan o‘ziga xos soha ekanligi ayon bo‘la bordi. 
Ma’lumki, tabiat unsurlari, atrof-muhitdagi jismlar o‘rta asrlarda tirik 
mavjudotlar sifatida idrok etilgan. Shu sabab, turli yovuz kuchlar qurshovida 
bo‘lgan inson ularga qarshi kurashish, o‘zini himoya qilish vositalariga ega 
bo‘lmog‘i lozim edi. Natijada turli-tuman tumorlar taqib yurish, xilma-xil 
shakllardagi diniy marosimlarni o’tkazish urfga aylandi. Masalan, muqaddas suvni 
tez buzib turishar edi. Shuning uchun o‘rta asrlar jamiyatini katta bir monastir, odamlarni esa faqat tavba qilib o‘z ruhlarini tozalash bilan shug‘ullanganlar, deb tasavvur qilish noto‘g‘ri bo‘lar edi. O‘rta asrlar dunyoqarashiga din har doim bir xil ta'sir ko‘rsatmagan. Ilk o‘rta asrlarda (V-XI asrlar) Rim katolik cherkovining ta'siri juda kuchli edi. XII-XIII asrlarga kelib cherkov rasmona tafakkur sifatida oliy boshchilikni o‘z qo‘lida saqlagan bo‘lsa-da, (universitetlarning rivojlanishi, din aqidalariga suyangan idealistik falsafaning, sxolastikaning paydo bo‘lishi) asta-sekin madaniy hayot cherkovsiz va ba'zida unga qarshi rivojlana boshladi. XIV-XVI asrlarni esa Yevropada yangi madaniyat Uyg‘onish davri madaniyati, gumanizm madaniyati rivojlanib dindan uzoqlashgan davr, deb qarash o‘rinlidir. O‘rta asrlar boshida savodli kishilar dehqonlar orasidagina emas, zodagonlar orasida ham kam edi, ayrim kishilar hattoki, imzo o‘rniga krest belgisini qo‘yar edi. Jismoniy ehtiyojlar va hayotdan lazzatlanishlar mutlaqlashtirilgan Rim jamiyatining achchiq saboqlariga tayanib, xristianlik insondagi ruhiyatga, uning ichki dunyosiga asosiy e’tiborni qaratdi. U insonni hamma narsadan o‘zini tiyishga, ko‘ngilli ravishdagi juvonmardlikka, hissiy, jismoniy tuyg‘ularni so‘ndirishga chaqiradi. Ruhiyatning jismoniy kamolotdan ustunligini e’lon qilib, xristianlik kishilarning ma’naviyati va axloqini yuksaltirishga intildi. Bu davrda oliy diniy hokimiyatni oliy siyosiy hokimiyat bilan yagona qo‘lda birlashtirishga urinish g‘oyasi kuzatiladi. Buni Rim papalarining (Sharqda – Arab xalifaligi) Yevropada hokimiyat jilovini o‘z qo‘llariga olishga intilishlarida ko’rish mumkin. Cherkovning qudratli ta’siri o‘laroq, Rim papalari xudoning yerdagi noiblari deb e’lon qilindi. XII asrga kelib esa, milliy, siyosiy va davlat manfaatlarini himoya qilish diniy faoliyat bilan sig‘isha olmaydigan o‘ziga xos soha ekanligi ayon bo‘la bordi. Ma’lumki, tabiat unsurlari, atrof-muhitdagi jismlar o‘rta asrlarda tirik mavjudotlar sifatida idrok etilgan. Shu sabab, turli yovuz kuchlar qurshovida bo‘lgan inson ularga qarshi kurashish, o‘zini himoya qilish vositalariga ega bo‘lmog‘i lozim edi. Natijada turli-tuman tumorlar taqib yurish, xilma-xil shakllardagi diniy marosimlarni o’tkazish urfga aylandi. Masalan, muqaddas suvni  
 
iste’mol qilish kishining gunohlarini yuvib, sog‘lig’ini yaxshilaydi, uni yovuz 
kuchlar va jodulardan himoya qiladi, deb hisoblaganlar.  
Dinning jamiyat hayotining barcha jabhalariga bo‘lgan ta’siri butun o‘rta 
asrlar davomida salmoqli o‘rin tutdi. Bu ta’sir ayniqsa, badiiy madaniyat va fan 
sohasida juda kuchli namoyon bo‘ldi. Shu sababdan fanning voqelikka doimo 
shubha bilan qarashi, mohiyatan dalillar qidirishdan iborat bo‘lganligi, hech narsani 
haqiqat sifatida qabul qila olmasligi uni og‘ir ahvolga solib qo‘ydi. O‘rta asrlardagi 
ruhiy asosning tabiiy, moddiy asosdan ustun qo’yilishi fan sohasidagi turg‘unlikga 
olib keldi. Aynan shu davrda ijtimoiy mavqei va millatidan qat’iy nazar, har bir inson 
hayoti qadr-qimmatga ega, degan aqida tarqaldi. Gladiatorlar janglari va odamlarni 
qurbonlik qilishning taqiqlanishini ham turli dinlarda insonparvarlik g‘oyalarining 
ustuvorlik kasb etishiga olib keldi.  
 
O‘rta asrlar Yevropada natural xo‘jalik hukmronlik qilgan tarixiy davr edi. 
Bunday turmush tarzi inson tafakkurining tor manfaatlar doirasida qolib ketishiga olib 
keldi. Keyinroq xristian cherkovi jamiyatning barcha tomonlarini siyosiy tashkilot 
shakliga keltirishning namunaviy asosini yaratdi. Tobelik munosabatlariga asoslangan 
xristian tabaqachiligi negizida cherkov iyerarxiyasi yotadi (ruhoniylar-yepiskoplar-
kardinallar-Rim papasi). Qirol – xudoning vassali, saroy ayonlari – qirolning vassali, 
dehqon – saroy ayonining, ayol – erkakning, uy hayvoni – ayolning, tosh va o‘simliklar 
– uy hayvonining vassali va boshq. Toshdan xudogacha keng tarqalgan umumiy vassallik 
haqidagi ushbu g‘oya cherkov manfaatiga to‘la mos kelar edi. 
Din hayotni muqaddas shaklda tasvirlovchi g‘oyalarni yaratdi: falsafada - 
teologiya, adabiyotda ilohiy, didaktik shakllar, musiqada cherkov gimnlari – liturgiya va 
messa, tasviriy san’atda xristianlik sujetlari asosiy o‘rin tutadi. Asosiy fanlar ilohiyot va 
sxolastika (bu atama dogmatizm, mazmunsiz, yuzaki bilimni anglatgan) edi. Ilohiyot 
olam va inson haqidagi o‘z “ilmiy” manzarasini yaratdi. Unga ko’ra koinot xususidagi 
ilmda Yer – Olamning, Iyerussalim – dunyoning markazi, degan qarash hukmronlik 
qildi. Inson majoziy tarzda mikrokosmos, tana – yer, qon – suv, nafas – havo, harorat – 
olov, ya’ni u boshlang‘ich ibtidodan iborat, deb qaraldi. 
iste’mol qilish kishining gunohlarini yuvib, sog‘lig’ini yaxshilaydi, uni yovuz kuchlar va jodulardan himoya qiladi, deb hisoblaganlar. Dinning jamiyat hayotining barcha jabhalariga bo‘lgan ta’siri butun o‘rta asrlar davomida salmoqli o‘rin tutdi. Bu ta’sir ayniqsa, badiiy madaniyat va fan sohasida juda kuchli namoyon bo‘ldi. Shu sababdan fanning voqelikka doimo shubha bilan qarashi, mohiyatan dalillar qidirishdan iborat bo‘lganligi, hech narsani haqiqat sifatida qabul qila olmasligi uni og‘ir ahvolga solib qo‘ydi. O‘rta asrlardagi ruhiy asosning tabiiy, moddiy asosdan ustun qo’yilishi fan sohasidagi turg‘unlikga olib keldi. Aynan shu davrda ijtimoiy mavqei va millatidan qat’iy nazar, har bir inson hayoti qadr-qimmatga ega, degan aqida tarqaldi. Gladiatorlar janglari va odamlarni qurbonlik qilishning taqiqlanishini ham turli dinlarda insonparvarlik g‘oyalarining ustuvorlik kasb etishiga olib keldi. O‘rta asrlar Yevropada natural xo‘jalik hukmronlik qilgan tarixiy davr edi. Bunday turmush tarzi inson tafakkurining tor manfaatlar doirasida qolib ketishiga olib keldi. Keyinroq xristian cherkovi jamiyatning barcha tomonlarini siyosiy tashkilot shakliga keltirishning namunaviy asosini yaratdi. Tobelik munosabatlariga asoslangan xristian tabaqachiligi negizida cherkov iyerarxiyasi yotadi (ruhoniylar-yepiskoplar- kardinallar-Rim papasi). Qirol – xudoning vassali, saroy ayonlari – qirolning vassali, dehqon – saroy ayonining, ayol – erkakning, uy hayvoni – ayolning, tosh va o‘simliklar – uy hayvonining vassali va boshq. Toshdan xudogacha keng tarqalgan umumiy vassallik haqidagi ushbu g‘oya cherkov manfaatiga to‘la mos kelar edi. Din hayotni muqaddas shaklda tasvirlovchi g‘oyalarni yaratdi: falsafada - teologiya, adabiyotda ilohiy, didaktik shakllar, musiqada cherkov gimnlari – liturgiya va messa, tasviriy san’atda xristianlik sujetlari asosiy o‘rin tutadi. Asosiy fanlar ilohiyot va sxolastika (bu atama dogmatizm, mazmunsiz, yuzaki bilimni anglatgan) edi. Ilohiyot olam va inson haqidagi o‘z “ilmiy” manzarasini yaratdi. Unga ko’ra koinot xususidagi ilmda Yer – Olamning, Iyerussalim – dunyoning markazi, degan qarash hukmronlik qildi. Inson majoziy tarzda mikrokosmos, tana – yer, qon – suv, nafas – havo, harorat – olov, ya’ni u boshlang‘ich ibtidodan iborat, deb qaraldi.  
 
Xristian cherkovi o‘z maqsadi va mazmuni bilan hukmron tabaqa manfaatiga 
xizmat qilsada, uning maorif, madaniyat va, ma’lum darajada, fanni rivojlanishiga 
qo‘shgan hissasini alohida qayd etish lozim. Dastlabki kutubxonalar monastirlarda 
bo‘lgan. Monax-hattotlar, ko‘pincha diniy mavzuda bo‘lsada, kitoblarning yangi 
nusxalarini yaratganlar. Yevropada XI asrga qadar maktablar ham cherkovlar 
qoshida tashkil etilgan bo‘lib, ularda o‘rta asrlarning barcha buyuk allomalari ta’lim 
olganlar. 
O‘rta asrlarda uch turdagi maktablar mavjud bo‘lgan. Boshlang‘ich 
maktablarda asosan oddiy savod chiqarilgan, xolos. Bunday maktablar monastirlar 
va cherkovlar qoshida tashkil etilar va ruhoniylarni tayyorlar edi. O‘qish hech bir 
xalq gaplashmaydigan lotin tilida olib borilar edi, o‘quvchilar diniy duolar va 
qonunlarni yodlashar edilar. O‘quvchilarning ko‘pchiligi bunday boshlang‘ich 
maktablardan chalasavod bo‘lib chiqar edi. Cherkov qoshida ichki va tashqi 
maktablar faoliyat ko‘rsatgan. Ichki maktablarda tug‘ilganidanoq monaxlikka 
mahkum qilingan bolalar yashab, ta’lim olganlar. Shuningdek, bu davrdagi 
maktablarda ilohiyot bilan shug‘ullanadigan yoki oddiy hayotga qaytadigan 
badavlat kishilarning farzandlari ham o‘qiganlar. Ikkala maktab ham deyarli bitta 
maqsadga – lotin tilini o‘rgatishga yo‘naltirilgan edi. Shunga qaramasdan, VIII-IX 
asrlardagi savodxonlik holati to‘g‘risida Buyuk Karl qalamiga mansub bo‘lgan 
quyidagi misralar asosida xulosa chiqarish mumkin: “Imperator (Genrix IV) shu 
darajada o‘qimishli ediki, o‘ziga yuborilgan barcha xatlarni bemalol o‘qish va 
tushunish imkoniyatiga ega edi”. 
Yepiskoplik kafedralari qoshida tashkil etilgan o‘rta maktablarda o‘quvchilar 
yetti “ozod san'at” fanlarini ya'ni, grammatika, ritorika, dialektika yoki logika 
(trivium), arifmetika, geometriya, geografiya, astronomiya va musiqa (kvadrivium) 
kabi fanlarni o‘rganar edilar. 
Keyinchalik “ozod san'at” fanlari oliy maktablarda o’qitila boshlandi. Dastlab 
ularni 
Studiageneralia 
(“umumiy 
fanlar”) 
keyinchalik 
esa 
universitetlar 
(korporatsiya) deb atashgan. Chunonchi, dastlab “universitet” so‘zi aynan ta’lim 
muassasi bilan bog‘liq emas edi. Universitet deb ma’lum kasb egalari bo‘lgan kishilar 
78 
Xristian cherkovi o‘z maqsadi va mazmuni bilan hukmron tabaqa manfaatiga xizmat qilsada, uning maorif, madaniyat va, ma’lum darajada, fanni rivojlanishiga qo‘shgan hissasini alohida qayd etish lozim. Dastlabki kutubxonalar monastirlarda bo‘lgan. Monax-hattotlar, ko‘pincha diniy mavzuda bo‘lsada, kitoblarning yangi nusxalarini yaratganlar. Yevropada XI asrga qadar maktablar ham cherkovlar qoshida tashkil etilgan bo‘lib, ularda o‘rta asrlarning barcha buyuk allomalari ta’lim olganlar. O‘rta asrlarda uch turdagi maktablar mavjud bo‘lgan. Boshlang‘ich maktablarda asosan oddiy savod chiqarilgan, xolos. Bunday maktablar monastirlar va cherkovlar qoshida tashkil etilar va ruhoniylarni tayyorlar edi. O‘qish hech bir xalq gaplashmaydigan lotin tilida olib borilar edi, o‘quvchilar diniy duolar va qonunlarni yodlashar edilar. O‘quvchilarning ko‘pchiligi bunday boshlang‘ich maktablardan chalasavod bo‘lib chiqar edi. Cherkov qoshida ichki va tashqi maktablar faoliyat ko‘rsatgan. Ichki maktablarda tug‘ilganidanoq monaxlikka mahkum qilingan bolalar yashab, ta’lim olganlar. Shuningdek, bu davrdagi maktablarda ilohiyot bilan shug‘ullanadigan yoki oddiy hayotga qaytadigan badavlat kishilarning farzandlari ham o‘qiganlar. Ikkala maktab ham deyarli bitta maqsadga – lotin tilini o‘rgatishga yo‘naltirilgan edi. Shunga qaramasdan, VIII-IX asrlardagi savodxonlik holati to‘g‘risida Buyuk Karl qalamiga mansub bo‘lgan quyidagi misralar asosida xulosa chiqarish mumkin: “Imperator (Genrix IV) shu darajada o‘qimishli ediki, o‘ziga yuborilgan barcha xatlarni bemalol o‘qish va tushunish imkoniyatiga ega edi”. Yepiskoplik kafedralari qoshida tashkil etilgan o‘rta maktablarda o‘quvchilar yetti “ozod san'at” fanlarini ya'ni, grammatika, ritorika, dialektika yoki logika (trivium), arifmetika, geometriya, geografiya, astronomiya va musiqa (kvadrivium) kabi fanlarni o‘rganar edilar. Keyinchalik “ozod san'at” fanlari oliy maktablarda o’qitila boshlandi. Dastlab ularni Studiageneralia (“umumiy fanlar”) keyinchalik esa universitetlar (korporatsiya) deb atashgan. Chunonchi, dastlab “universitet” so‘zi aynan ta’lim muassasi bilan bog‘liq emas edi. Universitet deb ma’lum kasb egalari bo‘lgan kishilar 78  
 
birikmasiga, ya’ni hamkasblar, masalan, hunarmandlar uyushmalari, ittifoqlariga ta’lim 
beruvchi o‘qituvchi va talabalarni biriktirgan birlashmalarga aytilgan. 
Birinchi universitetlar XI asrda paydo bo’lgan. Universitet – lotincha 
“majmua” ma’nosini ham anglatadi. Atama umumiylik ma’nosini berib, unda turli 
sohalar birlashtirilganligi aks etgan. Shaharlarning kengayishi, savdo-sotiqning 
rivojlanishi, qirol hokimiyatining ehtiyoji bilimli kishilarni talab qilar edi. Shuning 
uchun shaharlarda xususiy kishilar yoki shahar kengashlari tomonidan ochiladigan, 
cherkovga qarashli bo‘lmagan maktablar ochila boshlandi. Bu vaqtga kelib bilimlar 
hajmi shu darajada ediki, endi ularni o’zlashtirish, ko‘paytirish va saqlash uchun bu 
bilimlar majmuasining ayrim qismlarini yillar davomida o‘rganish zarur edi. 
Jamiyatda ma’lum sohalar uchun mutaxassislar, masalan, huquqshunoslar, 
shifokorlar, o’qituvchilar tayyorlash uchun maxsus ta’lim tizimi tashkil qilish 
zaruriyati tug‘ildi. Akademik va ilmiy darajalar (bakalavr, magistr, doktor) tizimi, 
umumiy va maxsus fanlarni uzviylikda o‘qitish tartiblari ham o‘sha davrlarda 
yaratilib, to bugungi kungacha takomillashib keldi. Darajalarning taqsimlanishi, o‘z 
navbatida, universitet bosqichlarining paydo bo‘lishiga olib keldi. Ko‘pchilik 
universitetlarda ilohiyot, huquqshunoslik va tibbiyot fakultetlari ochilib, ularda 
ta’lim 10 yil va undan ham ko‘proq davom etar edi. Shuningdek, G‘arbiy Yevropa 
universitetlari o‘ziga xos madaniyat markazi bo‘lib ham xizmat qildi. Bunda barcha 
universitetlarda ta’lim umumiy til (G‘arbiy Yevropa uchun) – lotin tilida olib 
borilishi yetakchi o‘rin egalladi. Universitet diplomlarini xalqaro miqyosda tan olish 
an’anasi ham o‘rta asrlarda paydo bo‘lgan. Bakalavr, magistr, doktor kabi darajalar 
tabaqalanishi universitet ta’limining ko‘p bosqichliligiga mos kelar edi. Universitetlarda 
turli mamlakalardan kelgan yoshlar studentlar (“studere” – lotincha, “qunt bilan 
o‘qish”) ittifoqiga birlashganlar, shundan universitet so‘zi kelib chiqgan. 
Universitetlar shahar ma'murlariga qarshi uzoq vaqt kurash olib borib, o‘zini o‘zi 
boshqarish huquqini olganlar. Turli fan o‘qituvchilari o‘zlarining birlashmalarini – 
fakultetlarini tashkil etib, ularga dekanlar boshchilik qilar edi. O‘qituvchilar bilan 
studentlarga 
saylangan 
rektor 
boshchilik 
qilgan. 
Yevropadagi 
qadimgi 
universitetlardan Parij universiteti hisoblanadi. Unga 1257-yilda fransuz qiroli 
79 
birikmasiga, ya’ni hamkasblar, masalan, hunarmandlar uyushmalari, ittifoqlariga ta’lim beruvchi o‘qituvchi va talabalarni biriktirgan birlashmalarga aytilgan. Birinchi universitetlar XI asrda paydo bo’lgan. Universitet – lotincha “majmua” ma’nosini ham anglatadi. Atama umumiylik ma’nosini berib, unda turli sohalar birlashtirilganligi aks etgan. Shaharlarning kengayishi, savdo-sotiqning rivojlanishi, qirol hokimiyatining ehtiyoji bilimli kishilarni talab qilar edi. Shuning uchun shaharlarda xususiy kishilar yoki shahar kengashlari tomonidan ochiladigan, cherkovga qarashli bo‘lmagan maktablar ochila boshlandi. Bu vaqtga kelib bilimlar hajmi shu darajada ediki, endi ularni o’zlashtirish, ko‘paytirish va saqlash uchun bu bilimlar majmuasining ayrim qismlarini yillar davomida o‘rganish zarur edi. Jamiyatda ma’lum sohalar uchun mutaxassislar, masalan, huquqshunoslar, shifokorlar, o’qituvchilar tayyorlash uchun maxsus ta’lim tizimi tashkil qilish zaruriyati tug‘ildi. Akademik va ilmiy darajalar (bakalavr, magistr, doktor) tizimi, umumiy va maxsus fanlarni uzviylikda o‘qitish tartiblari ham o‘sha davrlarda yaratilib, to bugungi kungacha takomillashib keldi. Darajalarning taqsimlanishi, o‘z navbatida, universitet bosqichlarining paydo bo‘lishiga olib keldi. Ko‘pchilik universitetlarda ilohiyot, huquqshunoslik va tibbiyot fakultetlari ochilib, ularda ta’lim 10 yil va undan ham ko‘proq davom etar edi. Shuningdek, G‘arbiy Yevropa universitetlari o‘ziga xos madaniyat markazi bo‘lib ham xizmat qildi. Bunda barcha universitetlarda ta’lim umumiy til (G‘arbiy Yevropa uchun) – lotin tilida olib borilishi yetakchi o‘rin egalladi. Universitet diplomlarini xalqaro miqyosda tan olish an’anasi ham o‘rta asrlarda paydo bo‘lgan. Bakalavr, magistr, doktor kabi darajalar tabaqalanishi universitet ta’limining ko‘p bosqichliligiga mos kelar edi. Universitetlarda turli mamlakalardan kelgan yoshlar studentlar (“studere” – lotincha, “qunt bilan o‘qish”) ittifoqiga birlashganlar, shundan universitet so‘zi kelib chiqgan. Universitetlar shahar ma'murlariga qarshi uzoq vaqt kurash olib borib, o‘zini o‘zi boshqarish huquqini olganlar. Turli fan o‘qituvchilari o‘zlarining birlashmalarini – fakultetlarini tashkil etib, ularga dekanlar boshchilik qilar edi. O‘qituvchilar bilan studentlarga saylangan rektor boshchilik qilgan. Yevropadagi qadimgi universitetlardan Parij universiteti hisoblanadi. Unga 1257-yilda fransuz qiroli 79  
 
xonadoni ruhoniysi Rober de Sarbon asos solgan. Uning ustavi yevropaning boshqa 
mamlakatlari universitetlariga ham asos bo’lib xizmat qilgan. Parij universitetida 4 
ta fakultet – artistik, tibbiyot, yuridik va ilohiyot (din haqidagi fan) fakultetlari 
bo‘lgan. 
1500-yilda Yevropada 65 ta universitet bor edi. Ularning eng mashhurlari 
Oksford va Kembrij (Angliya, 13 asrda asos solingan), Bolonya, Neapolitan va 
Salamank (Italiya, 13 asrda asos solingan) Praga, Krakov (Chexiya,14 asrda asos 
solingan), Erfurt va Keln (Germaniya, 14 asrda asos solingan) universitetlari edi. 
Universitetlarda o‘qitishning asosiy usuli leksiya (lotincha, o‘qish) edi. 
Studentlar o‘qituvchilarning leksiyalarini tinglab, yozib olar edilar. Undan tashqari, 
disput (bahs-munozara)lar o‘tkazilar edi. O‘rta asrlar universitetlaridagi fan 
sxolastika degan nom olgan («shola» – «maktab» so‘zi shundan olingan). Sxolastika 
so‘zi bugungi kunda ko‘chma ma'noda hayotdan ajralib qolgan, behuda, mavhum 
fikr yuritishni anglatadi. Chunki u ilohiyotga asoslangan edi. Uning asosiy 
hususiyati – biron-bir yangilik ochmasdan, xristian dinining mazmunini 
ifodalashdan iborat edi. Sxolastlar hamma savollarga Bibliya va boshqa diniy 
kitoblardan tayyor javob qidirar edilar. “Xudoni tanishni o‘z oldiga maqsad qilib 
qo‘ymagan har qanday bilim gunohdir” degan edi bir mashhur ilohiyotchi. Bu 
so‘zlar o‘sha davrning fani qay darajada dinga tayanganini yorqin ifodalaydi. 
Lekin sxolastika o‘zining ilk rivojida antik merosni ham qaytadan o‘rganishga 
undadi (masalan, Aristotel fikrlaridan foydalanish). O‘rta asrlar sxolastika 
olimlaridan eng mashhurlari – Parij universitetining professorlari Per Abelyar 
(1079-1142, u Parij universitetiga asos solgan edi), Albert Buyuk (1193-1280, 
ilohiyot va tabiiyotshunoslik fanlari bo‘yicha ko‘pgina to‘plamlar mualifi), Foma 
Akvinskiy (1225-1274, u o‘zining “Ilohiyot summasi” degan kitobi bilan mashhur, 
uni o‘rta asrlar dunyoqarashining ensiklopedik olimi, deyishgan)lar edi.  
Shaharlarda cherkov ta'limotiga zid fikrdagi olimlar paydo bo‘ladi. Masalan, 
Angliyada mashhur olim-ruhoniy Rodjer Bekon (1214-1292) bilimni kuzatishlar va 
tajribalar yo‘li bilangina hosil qilish mumkin, fanning maqsadi tabiatni o‘rganib, uni 
odamlarga xizmat qildirishdan iborat, degan edi. So‘nggi sxolast olimlardan biri 
xonadoni ruhoniysi Rober de Sarbon asos solgan. Uning ustavi yevropaning boshqa mamlakatlari universitetlariga ham asos bo’lib xizmat qilgan. Parij universitetida 4 ta fakultet – artistik, tibbiyot, yuridik va ilohiyot (din haqidagi fan) fakultetlari bo‘lgan. 1500-yilda Yevropada 65 ta universitet bor edi. Ularning eng mashhurlari Oksford va Kembrij (Angliya, 13 asrda asos solingan), Bolonya, Neapolitan va Salamank (Italiya, 13 asrda asos solingan) Praga, Krakov (Chexiya,14 asrda asos solingan), Erfurt va Keln (Germaniya, 14 asrda asos solingan) universitetlari edi. Universitetlarda o‘qitishning asosiy usuli leksiya (lotincha, o‘qish) edi. Studentlar o‘qituvchilarning leksiyalarini tinglab, yozib olar edilar. Undan tashqari, disput (bahs-munozara)lar o‘tkazilar edi. O‘rta asrlar universitetlaridagi fan sxolastika degan nom olgan («shola» – «maktab» so‘zi shundan olingan). Sxolastika so‘zi bugungi kunda ko‘chma ma'noda hayotdan ajralib qolgan, behuda, mavhum fikr yuritishni anglatadi. Chunki u ilohiyotga asoslangan edi. Uning asosiy hususiyati – biron-bir yangilik ochmasdan, xristian dinining mazmunini ifodalashdan iborat edi. Sxolastlar hamma savollarga Bibliya va boshqa diniy kitoblardan tayyor javob qidirar edilar. “Xudoni tanishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ymagan har qanday bilim gunohdir” degan edi bir mashhur ilohiyotchi. Bu so‘zlar o‘sha davrning fani qay darajada dinga tayanganini yorqin ifodalaydi. Lekin sxolastika o‘zining ilk rivojida antik merosni ham qaytadan o‘rganishga undadi (masalan, Aristotel fikrlaridan foydalanish). O‘rta asrlar sxolastika olimlaridan eng mashhurlari – Parij universitetining professorlari Per Abelyar (1079-1142, u Parij universitetiga asos solgan edi), Albert Buyuk (1193-1280, ilohiyot va tabiiyotshunoslik fanlari bo‘yicha ko‘pgina to‘plamlar mualifi), Foma Akvinskiy (1225-1274, u o‘zining “Ilohiyot summasi” degan kitobi bilan mashhur, uni o‘rta asrlar dunyoqarashining ensiklopedik olimi, deyishgan)lar edi. Shaharlarda cherkov ta'limotiga zid fikrdagi olimlar paydo bo‘ladi. Masalan, Angliyada mashhur olim-ruhoniy Rodjer Bekon (1214-1292) bilimni kuzatishlar va tajribalar yo‘li bilangina hosil qilish mumkin, fanning maqsadi tabiatni o‘rganib, uni odamlarga xizmat qildirishdan iborat, degan edi. So‘nggi sxolast olimlardan biri  
 
Duns Skott (1260-1309) boshqa sxolastlarga nisbatan din bilan fan o‘rtasidagi, 
e'tiqod bilan bilim o‘rtasidagi katta farqni ochishga uringan, u matematika va tabiiy 
fanlarga katta ahamiyat bergan olimlardan edi. 
XIV asrdan boshlab, ayniqsa, XV-XVI asrlarga kelib sxolastika inqirozga 
uchraydi. 
O‘rta asrlarda astrologiya va alximiya kabi o‘ziga xos fanlar taraqqiy qildi. 
Astrologlar kelajakda nimalar bo‘lishini go‘yo yulduzlarga qarab bilish mumkin, der 
edilar. Shuning uchun ko‘pgina kishilar bir ishni boshlashdan avval ulardan 
maslahat so‘rar edilar. Bu astronomiyaning rivojiga olib keldi. Alximiklar har 
qanday metallni oltinga aylantirishga yordam beradigan “Sehrli tosh” qidirish bilan 
ovora edilar. Bunday tadqiqotlar ximiyaga oid bilimlarning to‘planishiga, bo‘yoqlar, 
metallar qotishmalari, dorivor moddalar tayyorlash usullarini kashf etishga yordam 
berdi. 
O‘rta asrlarda cherkovning hukmronligiga qaramasdan, kishilar man'faatlarini 
va ideallarini ifodalovchi madaniyat rivoj topdi. Bu ayniqsa, o‘rta asrlar adabiyotida 
o‘z ifodasini topdi. Ritsarlar o‘z qahramonliklari haqida harbiy qo‘shiqlar va 
dostonlar yaratishga harakat qildilar. Fransiyada XI asr oxiri – XII asr boshlarida 
yaratilgan ritsarlar hayoti haqida hikoya qiluvchi “Roland haqida qo‘shiq” epik 
poemasi mashhur bo‘lgan. Unda Buyuk Karlning Ispaniyadagi harbiy yurishlari 
ideallashtirib ko‘rsatilgan, Rolandning qahramonligi (xristianlarni musulmonlarga 
qarshi urushida), o‘z senoriga sodiqligi tasvirlangan. Shunga o‘xshash “Mening 
Sidim haqida qo‘shiq” degan poemada ham (XII asr) ispanlarni arablarga qarshi 
kurashi tasvirlangan. XII asrda ritsar romanlari paydo bo‘ldi. Ulardan eng 
mashhurlari qadimgi britan qiroli Artur haqida, Amandas Gallskiy haqidagi 
romanlar edi. 
Shaharlarda esa XII-XIII asrlarda she'r bilan yozilgan kichik hajviy hikoyalar: 
fransuzlarda fablio, nemislarda shvanklar, italiyaliklarda novellalar mashhur edi. 
Butun Yevropada o‘sha davrda masal va ertaklardan satirik poema “Tulki 
haqida roman” mashhur edi. Unda Ayiq niqobida – zodagon, eshak niqobida – 
axmoq ruhoniy, bo‘ri niqobida – o‘lja qidirivchi ritsar, tulki niqobida – aqlli, topqir 
Duns Skott (1260-1309) boshqa sxolastlarga nisbatan din bilan fan o‘rtasidagi, e'tiqod bilan bilim o‘rtasidagi katta farqni ochishga uringan, u matematika va tabiiy fanlarga katta ahamiyat bergan olimlardan edi. XIV asrdan boshlab, ayniqsa, XV-XVI asrlarga kelib sxolastika inqirozga uchraydi. O‘rta asrlarda astrologiya va alximiya kabi o‘ziga xos fanlar taraqqiy qildi. Astrologlar kelajakda nimalar bo‘lishini go‘yo yulduzlarga qarab bilish mumkin, der edilar. Shuning uchun ko‘pgina kishilar bir ishni boshlashdan avval ulardan maslahat so‘rar edilar. Bu astronomiyaning rivojiga olib keldi. Alximiklar har qanday metallni oltinga aylantirishga yordam beradigan “Sehrli tosh” qidirish bilan ovora edilar. Bunday tadqiqotlar ximiyaga oid bilimlarning to‘planishiga, bo‘yoqlar, metallar qotishmalari, dorivor moddalar tayyorlash usullarini kashf etishga yordam berdi. O‘rta asrlarda cherkovning hukmronligiga qaramasdan, kishilar man'faatlarini va ideallarini ifodalovchi madaniyat rivoj topdi. Bu ayniqsa, o‘rta asrlar adabiyotida o‘z ifodasini topdi. Ritsarlar o‘z qahramonliklari haqida harbiy qo‘shiqlar va dostonlar yaratishga harakat qildilar. Fransiyada XI asr oxiri – XII asr boshlarida yaratilgan ritsarlar hayoti haqida hikoya qiluvchi “Roland haqida qo‘shiq” epik poemasi mashhur bo‘lgan. Unda Buyuk Karlning Ispaniyadagi harbiy yurishlari ideallashtirib ko‘rsatilgan, Rolandning qahramonligi (xristianlarni musulmonlarga qarshi urushida), o‘z senoriga sodiqligi tasvirlangan. Shunga o‘xshash “Mening Sidim haqida qo‘shiq” degan poemada ham (XII asr) ispanlarni arablarga qarshi kurashi tasvirlangan. XII asrda ritsar romanlari paydo bo‘ldi. Ulardan eng mashhurlari qadimgi britan qiroli Artur haqida, Amandas Gallskiy haqidagi romanlar edi. Shaharlarda esa XII-XIII asrlarda she'r bilan yozilgan kichik hajviy hikoyalar: fransuzlarda fablio, nemislarda shvanklar, italiyaliklarda novellalar mashhur edi. Butun Yevropada o‘sha davrda masal va ertaklardan satirik poema “Tulki haqida roman” mashhur edi. Unda Ayiq niqobida – zodagon, eshak niqobida – axmoq ruhoniy, bo‘ri niqobida – o‘lja qidirivchi ritsar, tulki niqobida – aqlli, topqir  
 
shaharlik talqin qilingan. Yana mashhur asarlardan biri “Atirgul haqida roman”dir. 
Uni XIII asrda Gilom de Loris bilan Jan de Men yozgan. Bu she'riy asar 
ruhoniylarga, maqtanchoq zodagonga bag’ishlangan edi. 
Shaharlarda o‘rta asrlar teatrlari ham rivojlana boshladi. Dastlab ular 
misteriya yoki diniy syujetlar asosidagi dramatik sahnalar, keyinchalik esa ularda 
dinga aloqasi bo‘lmagan syujetlar ham, komik-satirik xarakterga ega bo‘lgan farslar 
ham qo‘yila boshlandi. 
O‘sha davrda karnavallar ham paydo bo‘lib, ular ritsarlar va shaharliklar 
orasida mashhur va sevimli mashg‘ulotlardan edi. Ular maskalar kiyib, musiqa bilan 
ko‘chalarda yurishlar qilar edilar. 
Xalq og‘zaki ijodi (folklor) mahsuli bo‘lgan qo‘shiq, ertak, balladalarda 
dehqonlarning hayoti haqidagi tasavvurlari aks etardi. Poetik (she'riy) ijodda 
xalqning yaxshi hayot haqidagi orzu-armonlari, zodagonlarning jabr-zulmiga, 
adolatsizlikka qarshi noroziligi ifodalangan. Masalan, nemis balladalaridan birida 
nasl-nasabi bilan maqtangan ritsarga dehqon: “Agar men dalaga bo‘g‘doy ekmasam, 
kun bo‘yi kuymalanib poliz chopmasam, sening nasl-nasabing qirilib ketardi” deb 
javob beradi. 
Qishloqlarda va qasrlarda, yo‘llarda va karvonsaroylarda darbadar artistlar-
huqqavoz (jonglyor)lar va shpilmanlar tomosha ko‘rsatar edi. Ular musiqa chalib, 
ayiq va maymunlarni o‘ynatib tomoshalar ko‘rsatar, qo‘shiqlar va dostonlar aytishar, 
fokuslar ko‘rsatib, akrobatika mashqlari qilishar, kichik pyesalarni o‘ynashar edilar. 
Ular ijodining ahamiyatini bu tomoshalarga ko‘plab tomoshabinlarning kirishida 
ko‘rish mumkin. Huqqavozlar ruhoniylarni va zodagonlarni qattiq masxara qilar 
edilar. 
O‘rta asr san’ati evolutsiyasi ham chuqur o‘zgarishlar bilan tavsiflanadi. Ilk 
o‘rta asrlarda (V–IX asrlarda) franklar san’ati yetakchi o‘rin egallagan. Chunki bu 
davrda franklar davlati deyarli butun Yevropa hududini egallagan edi. Hokimiyat 
merovinglar sulolasi qo‘lida bo‘lgani uchun V-VIII asrlar san’ati ko‘p hollarda 
merovinglar san’ati deb ham yuritiladi. Mohiyat-mazmuniga ko‘ra bu san’at 
xristianlikkacha bo‘lgan davrga xos edi.  
shaharlik talqin qilingan. Yana mashhur asarlardan biri “Atirgul haqida roman”dir. Uni XIII asrda Gilom de Loris bilan Jan de Men yozgan. Bu she'riy asar ruhoniylarga, maqtanchoq zodagonga bag’ishlangan edi. Shaharlarda o‘rta asrlar teatrlari ham rivojlana boshladi. Dastlab ular misteriya yoki diniy syujetlar asosidagi dramatik sahnalar, keyinchalik esa ularda dinga aloqasi bo‘lmagan syujetlar ham, komik-satirik xarakterga ega bo‘lgan farslar ham qo‘yila boshlandi. O‘sha davrda karnavallar ham paydo bo‘lib, ular ritsarlar va shaharliklar orasida mashhur va sevimli mashg‘ulotlardan edi. Ular maskalar kiyib, musiqa bilan ko‘chalarda yurishlar qilar edilar. Xalq og‘zaki ijodi (folklor) mahsuli bo‘lgan qo‘shiq, ertak, balladalarda dehqonlarning hayoti haqidagi tasavvurlari aks etardi. Poetik (she'riy) ijodda xalqning yaxshi hayot haqidagi orzu-armonlari, zodagonlarning jabr-zulmiga, adolatsizlikka qarshi noroziligi ifodalangan. Masalan, nemis balladalaridan birida nasl-nasabi bilan maqtangan ritsarga dehqon: “Agar men dalaga bo‘g‘doy ekmasam, kun bo‘yi kuymalanib poliz chopmasam, sening nasl-nasabing qirilib ketardi” deb javob beradi. Qishloqlarda va qasrlarda, yo‘llarda va karvonsaroylarda darbadar artistlar- huqqavoz (jonglyor)lar va shpilmanlar tomosha ko‘rsatar edi. Ular musiqa chalib, ayiq va maymunlarni o‘ynatib tomoshalar ko‘rsatar, qo‘shiqlar va dostonlar aytishar, fokuslar ko‘rsatib, akrobatika mashqlari qilishar, kichik pyesalarni o‘ynashar edilar. Ular ijodining ahamiyatini bu tomoshalarga ko‘plab tomoshabinlarning kirishida ko‘rish mumkin. Huqqavozlar ruhoniylarni va zodagonlarni qattiq masxara qilar edilar. O‘rta asr san’ati evolutsiyasi ham chuqur o‘zgarishlar bilan tavsiflanadi. Ilk o‘rta asrlarda (V–IX asrlarda) franklar san’ati yetakchi o‘rin egallagan. Chunki bu davrda franklar davlati deyarli butun Yevropa hududini egallagan edi. Hokimiyat merovinglar sulolasi qo‘lida bo‘lgani uchun V-VIII asrlar san’ati ko‘p hollarda merovinglar san’ati deb ham yuritiladi. Mohiyat-mazmuniga ko‘ra bu san’at xristianlikkacha bo‘lgan davrga xos edi.  
 
Bu davrda kiyim-kechak, qurol-yaroq, naqshlar bilan bezalgan ot-ulov 
anjomlarini tayyorlash bilan bog‘liq holda hunarmandchilik yuksaldi.  
Ilk o’rta asrlarga oid frank me’morchiligi namunalari juda kam saqlanib qolgan 
bo‘lib, ular hozirgi Fransiya hududidagi bir nechta kichkina cherkovlardangina iborat 
xolos. Varvarlar me’morchiligi (xristianlikkacha bo‘lgan davr) namunasiga Ravenndagi 
ostgot qiroli Teodarix (520-530-yillar) qasri misol bo‘la oladi. 
Miniatyura – kitoblarni rasmlar bilan bezash keng tarqaldi. Monastirlarda 
diniy kitoblarni yozish va bezashga moslashtirilgan maxsus ustaxonalar-
«skriptoriylar» faoliyat ko‘rsatgan. Biroq dunyoviy kitoblar hali juda kam bo‘lgan. 
O‘rta asrlar bizga boy me'morchilik san'ati yodgorliklarini qoldirdi. V-X 
asrlarda ko‘pincha mustahkam bo‘lmagan yog‘och imoratlar qurilgan. Me’morlar 
V-VI asrdayoq shaharlarni rejalashtirishning yangi uslublarini yaratishdi. Yangi 
ko‘rinishdagi shahar markazida bosh maydon va ibodatxona joylashib, undan 
shaharning turli tomonlariga ko‘chalar tarqalgan. Xuddi shu paytdan ko‘p qavatli, 
peshtoqli uylar, boylarning mustahkam koshonalari, saroylari paydo bo‘ldi. Vizantiyada 
cherkov va ibodatxonalar qurilishi ham yuksak san’at darajasiga ko‘tarildi. 532-537-
yillarda imperator Yustinianning buyrug‘i bilan bunyod etilgan Muqaddas Sofiya 
ibodatxonasi bunga misol bo‘la oladi. Bino gumbazi diametrining o‘zi 30 metrdan 
ortiq bo‘lib, ibodatxona ichidagi ustunlar, uning devorlari turli rangdagi marmarlar 
va mozaikalar bilan qoplangan. 
Yevropada qurilish-me’morchilik sohasi, ayniqsa, XI asrdan boshlab tez rivojlandi. 
Dastlabki paytda binolar va, hatto, zadogonlar qal’alari ham yog‘ochdan qurilgan. O‘rta 
yer dengizi havzasidagi shaharlar qurilishida toshni ashyo sifatida ishlatish uchun bir 
necha asr kerak bo‘ldi. Toshning yumshoq turlari bo‘lmagan mamlakatlarda, jumladan, 
Angliya va Polshada binolar pishiq g‘ishtdan qurilgan. Ibodatxonalar va monastirlar 
toshdan qurilgan. 
XI asrda Yevropada katta qurilishlar, gumbazli g‘ishtin binolar paydo bo‘ldi. 
IX-XIII asrlarda Yevropada ikkita arxitektura uslubi roman va gotik uslublari 
almashdi. Ko‘pincha roman va gotik arxitektura uslublari ibodatxonalar qurilishida 
Bu davrda kiyim-kechak, qurol-yaroq, naqshlar bilan bezalgan ot-ulov anjomlarini tayyorlash bilan bog‘liq holda hunarmandchilik yuksaldi. Ilk o’rta asrlarga oid frank me’morchiligi namunalari juda kam saqlanib qolgan bo‘lib, ular hozirgi Fransiya hududidagi bir nechta kichkina cherkovlardangina iborat xolos. Varvarlar me’morchiligi (xristianlikkacha bo‘lgan davr) namunasiga Ravenndagi ostgot qiroli Teodarix (520-530-yillar) qasri misol bo‘la oladi. Miniatyura – kitoblarni rasmlar bilan bezash keng tarqaldi. Monastirlarda diniy kitoblarni yozish va bezashga moslashtirilgan maxsus ustaxonalar- «skriptoriylar» faoliyat ko‘rsatgan. Biroq dunyoviy kitoblar hali juda kam bo‘lgan. O‘rta asrlar bizga boy me'morchilik san'ati yodgorliklarini qoldirdi. V-X asrlarda ko‘pincha mustahkam bo‘lmagan yog‘och imoratlar qurilgan. Me’morlar V-VI asrdayoq shaharlarni rejalashtirishning yangi uslublarini yaratishdi. Yangi ko‘rinishdagi shahar markazida bosh maydon va ibodatxona joylashib, undan shaharning turli tomonlariga ko‘chalar tarqalgan. Xuddi shu paytdan ko‘p qavatli, peshtoqli uylar, boylarning mustahkam koshonalari, saroylari paydo bo‘ldi. Vizantiyada cherkov va ibodatxonalar qurilishi ham yuksak san’at darajasiga ko‘tarildi. 532-537- yillarda imperator Yustinianning buyrug‘i bilan bunyod etilgan Muqaddas Sofiya ibodatxonasi bunga misol bo‘la oladi. Bino gumbazi diametrining o‘zi 30 metrdan ortiq bo‘lib, ibodatxona ichidagi ustunlar, uning devorlari turli rangdagi marmarlar va mozaikalar bilan qoplangan. Yevropada qurilish-me’morchilik sohasi, ayniqsa, XI asrdan boshlab tez rivojlandi. Dastlabki paytda binolar va, hatto, zadogonlar qal’alari ham yog‘ochdan qurilgan. O‘rta yer dengizi havzasidagi shaharlar qurilishida toshni ashyo sifatida ishlatish uchun bir necha asr kerak bo‘ldi. Toshning yumshoq turlari bo‘lmagan mamlakatlarda, jumladan, Angliya va Polshada binolar pishiq g‘ishtdan qurilgan. Ibodatxonalar va monastirlar toshdan qurilgan. XI asrda Yevropada katta qurilishlar, gumbazli g‘ishtin binolar paydo bo‘ldi. IX-XIII asrlarda Yevropada ikkita arxitektura uslubi roman va gotik uslublari almashdi. Ko‘pincha roman va gotik arxitektura uslublari ibodatxonalar qurilishida  
 
o‘z ifodasini topdi. Buni o‘sha davr taqozosi cherkov hukmronligining ta'siri, deb 
baholash mumkin.  
Binokorlik qurilish ishlarida qadimgi Rim me'morchiligi namunalaridan ham 
foydalanilar edi, shuning uchun IX-XII asrlarda paydo bo‘lgan bu uslub roman 
uslubi (“Rim” – lotincha ”Roma” so‘zidan olingan) deb atalgan. Amalda, roman 
arxitektura uslubi antik-rim uslubidan o‘zining qo‘polligi, og‘irligi bilan farq qilar 
edi. Roman uslubidagi binolarning juda qalin va katta gumbazlarining og‘irligiga 
bardosh berishi uchun devorlari qalin qilib qurilar edi. Ularning derazalari esa 
kichik, minoralari pastroq va keng edi. Yarim doiraviy arkning shakli hamma joyda 
– gumbazlarda, derazalarda, ibodatxonaga kirishdagi eshiklarda ham ko‘zga 
tashlanadi. Roman uslubida qurilgan ibodatxonalar o‘sha davrning notinchligini aks 
ettirardi, katolik cherkovining kuch-qudratini ko‘rsatish uchun zodagonlar 
o‘rtasidagi urushlar ibodatxonalarni qal'aga o‘xshatib, salobatli va haybatli qilib 
qurishni taqozo etardi. 
Roman uslubida qo‘rilgan mashhur yodgorliklarga Fransiyadagi Puate va 
Arledagi soborlarni, Klyunidagi cherkov, Klermon-Ferandagi Notr Dam dyu Por 
cherkovi, Germaniyadagi Shpeyer, Vorms, Mayni, Aaxen soborlarini ko‘rsatish 
mumkin. 
Texnik jihatdan ustunroq ikkinchi uslub – gotik uslubi edi. U XII-XIII asrlarda 
dastlab Shimoliy Fransiyada paydo bo‘lib, keyinchalik butun Yevropaga tarqaldi 
(gotika – german qabilalaridan hisoblangan gotlar nomidan olingan). 
Binokorlikdagi mahoratning o‘sib borishi yarim doira shakldagi qo‘pol 
gumbazlarni ancha yengil va o‘tkir uchli baland qubbalar bilan almashtirishga 
imkon berdi. Gotik uslubida qurilgan binolarga qalin devorlar kerak bo‘lmay qoldi. 
Roman uslubidagi derazalar kichik bo‘lib, soborlar ichi yarim qorong‘u bo‘lsa, gotik 
uslubidan binolardagi derazalar katta va rangli oynalar natijasida soborlar ichi 
yorug‘ bo‘lar edi. 
Gotik uslubida qurilgan soborlarning asosiy hususiyati binoni osmonga tobora 
yuqori ko‘tarilayotganday qilib ko‘rsatish edi. Bunga tik qiya tomlar, o‘tkir uchli 
arklar, eng tepasida ingichka nayza o‘rnatilgan baland minoralar orqali erishilgan 
82 
o‘z ifodasini topdi. Buni o‘sha davr taqozosi cherkov hukmronligining ta'siri, deb baholash mumkin. Binokorlik qurilish ishlarida qadimgi Rim me'morchiligi namunalaridan ham foydalanilar edi, shuning uchun IX-XII asrlarda paydo bo‘lgan bu uslub roman uslubi (“Rim” – lotincha ”Roma” so‘zidan olingan) deb atalgan. Amalda, roman arxitektura uslubi antik-rim uslubidan o‘zining qo‘polligi, og‘irligi bilan farq qilar edi. Roman uslubidagi binolarning juda qalin va katta gumbazlarining og‘irligiga bardosh berishi uchun devorlari qalin qilib qurilar edi. Ularning derazalari esa kichik, minoralari pastroq va keng edi. Yarim doiraviy arkning shakli hamma joyda – gumbazlarda, derazalarda, ibodatxonaga kirishdagi eshiklarda ham ko‘zga tashlanadi. Roman uslubida qurilgan ibodatxonalar o‘sha davrning notinchligini aks ettirardi, katolik cherkovining kuch-qudratini ko‘rsatish uchun zodagonlar o‘rtasidagi urushlar ibodatxonalarni qal'aga o‘xshatib, salobatli va haybatli qilib qurishni taqozo etardi. Roman uslubida qo‘rilgan mashhur yodgorliklarga Fransiyadagi Puate va Arledagi soborlarni, Klyunidagi cherkov, Klermon-Ferandagi Notr Dam dyu Por cherkovi, Germaniyadagi Shpeyer, Vorms, Mayni, Aaxen soborlarini ko‘rsatish mumkin. Texnik jihatdan ustunroq ikkinchi uslub – gotik uslubi edi. U XII-XIII asrlarda dastlab Shimoliy Fransiyada paydo bo‘lib, keyinchalik butun Yevropaga tarqaldi (gotika – german qabilalaridan hisoblangan gotlar nomidan olingan). Binokorlikdagi mahoratning o‘sib borishi yarim doira shakldagi qo‘pol gumbazlarni ancha yengil va o‘tkir uchli baland qubbalar bilan almashtirishga imkon berdi. Gotik uslubida qurilgan binolarga qalin devorlar kerak bo‘lmay qoldi. Roman uslubidagi derazalar kichik bo‘lib, soborlar ichi yarim qorong‘u bo‘lsa, gotik uslubidan binolardagi derazalar katta va rangli oynalar natijasida soborlar ichi yorug‘ bo‘lar edi. Gotik uslubida qurilgan soborlarning asosiy hususiyati binoni osmonga tobora yuqori ko‘tarilayotganday qilib ko‘rsatish edi. Bunga tik qiya tomlar, o‘tkir uchli arklar, eng tepasida ingichka nayza o‘rnatilgan baland minoralar orqali erishilgan 82  
 
(binolarning balandligi katta soborlarda 150 metrgacha yetardi). Mazkur uslubdagi 
binolarning mumkin qadar balandroq qilib qurishga intilishning yana bir sababi bor. 
Gap shundaki, aholi soni oshib borgan, baland va mustahkam qal’a devorlari bilan 
o‘ralgan shahar maydonini kengaytirish oson bo‘lmagan. Bu esa, eniga o‘sishga 
imkon topa olmagan binolarning bo‘yiga o‘sishiga olib keldi. Yarim doirali qubbali 
peshtoq o‘rniga endilikda uchi nayzasimon peshtoq qilinadigan bo‘ldi. Bu uchli 
peshtoq va gumbazlarni Yevropaga dastlab musulmon ustalari olib kirdilar. 
Gumbazlar sinch ustiga o‘rnatilib, ibodatxonaning baland va ko‘rkam ishlangan 
ustunlariga tayanib turardi. Shu tariqa, hozirgi zamon qurilishida ishlatiladigan 
temir-beton va po‘lat karkaslar (sinchli) kabi qurilmalar paydo bo‘ldi. 
Bunday hashamatli ulkan va go‘zal soborlarga ibodat qilish uchun kelgan 
dindorlar qoyil qolib, xudoning kuch-qudrati oldida o‘zlarini zaif va notavon deb his 
qilar edilar. Soborlar ko‘p vaqtlargacha shaharning birdan-bir katta binosi bo‘lib, 
unda ibodatlardan tashqari, shahar aholisining yig‘ilishlari, diniy mazmundagi teatr 
tomoshalari, 
universitet 
professorlarining 
leksiyalari, 
hattoki, 
tuzilgan 
shartnomalarni imzolash kabi marosimlar ham o‘tkazilgan. 
Gotik uslubidagi mashhur arxitektura yodgorliklari Fransiyada Parijdagi Bibi 
Maryam, Ruan, Reyms, Shartr soborlari, Angiliyada – Londondagi Vestminster 
abbatligi va Linkoln shahridagi sobor, Italiyada Milan sobori, Chexiyada Praga 
sobori, Polshada Krakov soborlari hisoblanadi. Undan tashqari, ma'muriy 
binolardan Bryusseldagi shahar ratushasi, Fransiyada Ambuazdagi qirol saroyi, 
xususiy binolardan fransuz Jak Kerning uyi (Burj shahri) mashhur yodgorliklar 
hisoblanadi. 
Roman va gotik uslublaridan tashqari, o‘rta asrlar arxitekturasida yana ikkita 
uslub mashhur bo‘lgan. Bu – Italiyada vizantiya uslubi (Avliyo Mark sobori, 
Venetsiyada Dojlar saroyi) va Ispaniyada arab yoki mavritan uslublaridir (Sevilye 
sobori, Granadadagi Algambra saroyi, Sevilyeda Alqasar qal'asi). 
Haykaltaroshlik va tasviriy san'at arxitektura bilan mahkam bog‘langan edi. 
Soborlar xudo, avliyolar, yepiskoplar va qirollarning yuzlarcha va hatto minglarcha 
relyef va haykallari bilan bezatilgan, devorlariga esa juda ko‘p suratlar solingan edi. 
(binolarning balandligi katta soborlarda 150 metrgacha yetardi). Mazkur uslubdagi binolarning mumkin qadar balandroq qilib qurishga intilishning yana bir sababi bor. Gap shundaki, aholi soni oshib borgan, baland va mustahkam qal’a devorlari bilan o‘ralgan shahar maydonini kengaytirish oson bo‘lmagan. Bu esa, eniga o‘sishga imkon topa olmagan binolarning bo‘yiga o‘sishiga olib keldi. Yarim doirali qubbali peshtoq o‘rniga endilikda uchi nayzasimon peshtoq qilinadigan bo‘ldi. Bu uchli peshtoq va gumbazlarni Yevropaga dastlab musulmon ustalari olib kirdilar. Gumbazlar sinch ustiga o‘rnatilib, ibodatxonaning baland va ko‘rkam ishlangan ustunlariga tayanib turardi. Shu tariqa, hozirgi zamon qurilishida ishlatiladigan temir-beton va po‘lat karkaslar (sinchli) kabi qurilmalar paydo bo‘ldi. Bunday hashamatli ulkan va go‘zal soborlarga ibodat qilish uchun kelgan dindorlar qoyil qolib, xudoning kuch-qudrati oldida o‘zlarini zaif va notavon deb his qilar edilar. Soborlar ko‘p vaqtlargacha shaharning birdan-bir katta binosi bo‘lib, unda ibodatlardan tashqari, shahar aholisining yig‘ilishlari, diniy mazmundagi teatr tomoshalari, universitet professorlarining leksiyalari, hattoki, tuzilgan shartnomalarni imzolash kabi marosimlar ham o‘tkazilgan. Gotik uslubidagi mashhur arxitektura yodgorliklari Fransiyada Parijdagi Bibi Maryam, Ruan, Reyms, Shartr soborlari, Angiliyada – Londondagi Vestminster abbatligi va Linkoln shahridagi sobor, Italiyada Milan sobori, Chexiyada Praga sobori, Polshada Krakov soborlari hisoblanadi. Undan tashqari, ma'muriy binolardan Bryusseldagi shahar ratushasi, Fransiyada Ambuazdagi qirol saroyi, xususiy binolardan fransuz Jak Kerning uyi (Burj shahri) mashhur yodgorliklar hisoblanadi. Roman va gotik uslublaridan tashqari, o‘rta asrlar arxitekturasida yana ikkita uslub mashhur bo‘lgan. Bu – Italiyada vizantiya uslubi (Avliyo Mark sobori, Venetsiyada Dojlar saroyi) va Ispaniyada arab yoki mavritan uslublaridir (Sevilye sobori, Granadadagi Algambra saroyi, Sevilyeda Alqasar qal'asi). Haykaltaroshlik va tasviriy san'at arxitektura bilan mahkam bog‘langan edi. Soborlar xudo, avliyolar, yepiskoplar va qirollarning yuzlarcha va hatto minglarcha relyef va haykallari bilan bezatilgan, devorlariga esa juda ko‘p suratlar solingan edi.  
 
Agar antik san'atkorlar ko‘pincha inson gavdasining go‘zalligini ulug‘lagan 
bo‘lsalar, o‘rta asrlar san'atkorlari odamlarning fikr boyligi, tuyg‘u va kayfiyatlarini 
ko‘rsatib berishga harakat qilganlar. Ayniqsa onaning bolaga bo‘lgan mehr-
muhabbatini ulug‘lashi (Bibi Maryam, «Madonna») yoki Iusus Xristosning qayg‘u-
alami, qahr-g‘azabi tasvirlari yaratilishi (ikonografiya) kuchli ta'surot qoldiradi. 
Ilk o‘rta asrlarda xristian Yevropasida haykaltaroshlik va tasviriy san’at 
taqiqlanmagan bo‘lishiga qaramasdan, ularda ham ancha vaqt davomida asosan diniy 
mavzular ustunlik qilgan. Asosan bu Iso payg‘ambar, Momo Xudo, apostollar 
(payg‘ambarlar) timsollari edi. Dastlab Iso tasvirlari yunon va rim afsonalari 
timsollarini eslatgan. Xristianlarning ayrim tamoyillariga qarama-qarshi bo‘lishiga 
qaramasdan, antik dunyoning madaniy-tarixiy an’analari xristian dini tomonidan 
butunlay uloqtirib tashlanishi mumkin emas edi. Xristian dinini qabul qilgan ko‘plab 
odamlarda hali eski madaniyat an’analari bilan bog‘liq bo‘lgan turli estetik 
ehtiyojlar saqlanib qolgan edi. 
Eng dastlabki xristianlarda Xudo tasvirini yaratish muammosi bo‘lmagan, chunki 
dastlabki xristianlar yahudiylar bo‘lib, ularning dinida tasviriy san’at umuman 
taqiqlangan edi. Xristian dinining g‘arbga tarqalib borishi bilan yangi xristianlar Xudo 
timsolini ko‘rishni xohlaydilar. Diniy markaz bo‘lmaganligi bois bunday muammolarni 
hal qilish imkoni yo‘q edi. Isoni Orfey ko‘rinishida, chiroyli yoki xunuk qilib 
tasvirlashga urinishlar bo‘ldi. Ikonalarni yaratishning yo‘lga qo‘yilishi ma’lum 
ma’noda mazkur muammolarning yechimini topish imkonini berdi. Ikonografiya – bu 
Iso payg‘ambar timsolini yaratishda rassom asoslanishi, qat’iy amal qilishi lozim 
bo‘lgan qonun-qoidalar majmuasidir. Ikona savodsiz omma uchun xudo bilan ruhiy-
hissiy bog‘lanish, aloqa shakli sanalgan. Tasvirda xudoni bandalarning gunoh 
kechmishlarini mag‘firat etishga qaratilgan motamsaro ko‘rinishi ifodalangan. 
Ikonalar yaratishning turli milliy, hududiy maktablari paydo bo‘la boshladi 
(masalan, Vizantiya, rus maktablari). Ikona chizishda rassomlar yirik tasvirlarga 
turli qismlar, kiyim va umumiy rangning haqiqatga yaqin bo‘lishiga intilmaganlar. 
Tasvir keng qamrovli bo‘lib, real hayotiylikdan chetlash orqali tomoshabin 
e’tiborini to‘la badiiy asarning ruhiy mazmuniga qaratish imkonini bergan. 
Agar antik san'atkorlar ko‘pincha inson gavdasining go‘zalligini ulug‘lagan bo‘lsalar, o‘rta asrlar san'atkorlari odamlarning fikr boyligi, tuyg‘u va kayfiyatlarini ko‘rsatib berishga harakat qilganlar. Ayniqsa onaning bolaga bo‘lgan mehr- muhabbatini ulug‘lashi (Bibi Maryam, «Madonna») yoki Iusus Xristosning qayg‘u- alami, qahr-g‘azabi tasvirlari yaratilishi (ikonografiya) kuchli ta'surot qoldiradi. Ilk o‘rta asrlarda xristian Yevropasida haykaltaroshlik va tasviriy san’at taqiqlanmagan bo‘lishiga qaramasdan, ularda ham ancha vaqt davomida asosan diniy mavzular ustunlik qilgan. Asosan bu Iso payg‘ambar, Momo Xudo, apostollar (payg‘ambarlar) timsollari edi. Dastlab Iso tasvirlari yunon va rim afsonalari timsollarini eslatgan. Xristianlarning ayrim tamoyillariga qarama-qarshi bo‘lishiga qaramasdan, antik dunyoning madaniy-tarixiy an’analari xristian dini tomonidan butunlay uloqtirib tashlanishi mumkin emas edi. Xristian dinini qabul qilgan ko‘plab odamlarda hali eski madaniyat an’analari bilan bog‘liq bo‘lgan turli estetik ehtiyojlar saqlanib qolgan edi. Eng dastlabki xristianlarda Xudo tasvirini yaratish muammosi bo‘lmagan, chunki dastlabki xristianlar yahudiylar bo‘lib, ularning dinida tasviriy san’at umuman taqiqlangan edi. Xristian dinining g‘arbga tarqalib borishi bilan yangi xristianlar Xudo timsolini ko‘rishni xohlaydilar. Diniy markaz bo‘lmaganligi bois bunday muammolarni hal qilish imkoni yo‘q edi. Isoni Orfey ko‘rinishida, chiroyli yoki xunuk qilib tasvirlashga urinishlar bo‘ldi. Ikonalarni yaratishning yo‘lga qo‘yilishi ma’lum ma’noda mazkur muammolarning yechimini topish imkonini berdi. Ikonografiya – bu Iso payg‘ambar timsolini yaratishda rassom asoslanishi, qat’iy amal qilishi lozim bo‘lgan qonun-qoidalar majmuasidir. Ikona savodsiz omma uchun xudo bilan ruhiy- hissiy bog‘lanish, aloqa shakli sanalgan. Tasvirda xudoni bandalarning gunoh kechmishlarini mag‘firat etishga qaratilgan motamsaro ko‘rinishi ifodalangan. Ikonalar yaratishning turli milliy, hududiy maktablari paydo bo‘la boshladi (masalan, Vizantiya, rus maktablari). Ikona chizishda rassomlar yirik tasvirlarga turli qismlar, kiyim va umumiy rangning haqiqatga yaqin bo‘lishiga intilmaganlar. Tasvir keng qamrovli bo‘lib, real hayotiylikdan chetlash orqali tomoshabin e’tiborini to‘la badiiy asarning ruhiy mazmuniga qaratish imkonini bergan.  
 
O‘rta asr rasmlarida mazmunan va geografik jihatdan, vaqt nuqtayi nazaridan 
o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan voqea-hodisalarni ham birlashtirishga intilishni kuzatish 
mumkin. Masalan, XV asrda yaratilgan va hozirgi kunda Florensiya muzeyida 
saqlanayotgan naqshinkor idishdagi «Paris ustidan sud» asarida mashhur afsonaning 
birdaniga bir nechta ko‘rinishlari tasvirlangan: Parisning cho‘ponlik davri, Momo-
Xudolar yig‘ini, oltin olmaning taqdim etilishi va hokazo. O‘rta asr rasmlaridagi 
umumiy vaqt tasodif emas, balki qonuniyatdir.  
O‘rta asrlar musiqasida ham asosiy mavzu xudoni kuylash, injil asotirlarilari, 
avliyolar hayoti, ruhiy-axloqiy poklanish, gunohdan mag‘firat bo‘lish aqidalari 
asosiy o’rin olgan edi. Musiqaviy madaniyat negizini cherkov qo‘shiq-kuyi (liturgiya), 
she’riyat va dramaturgiyani o‘zida uyg‘unlashtirgan cherkov tantanalari tashkil etar edi.  
Haykallar, relyeflar va rasmlar o‘sha davrda juda katta ahamiyatga ega 
bo‘lgan, ular «savodsiz kishilar uchun diniy kitob» bo‘lib xizmat qilgan, 
odamlarning dinga e'tiqodini mustahkamlanishiga ham xizmat qilgan. 
Roman haykaltaroshlari odamlarni ko‘pincha nimjon, xunuk va ozg‘in qilib 
tasvirlar edilar. Ular odamlarning qayg‘u-alamlarini yoki xursandchiliklarini 
kuchliroq aks ettirish niyatida haykallarning turishini va harakatlarini ko‘pincha 
g‘ayri tabiiy ko‘rinishda aks ettirar edilar (Xristos haykali, XI asrga oid Ispaniyada, 
Apostol Pyotr relyefi, XII asrga oid Fransiyada va boshqalar). 
Gotik uslubidagi haykallarda odamlarning qiyofasi roman uslubida yasalgan 
haykallardagiga qaraganda to‘g‘riroq tasvirlangan, qaddi-qomatlari qandayligi 
kiyimlarining burmalaridan bilinib turadi, ularning ko‘rinishlarida harakat ko‘proq 
ifodalangan (Ispaniyada Toledodagi Madonna haykali, Fransiyada Mariya va 
Yelizaveta haykallari (Reyms sobori), Germaniyadagi Ekkexard va Uta haykallari 
(Naumburg sobori) va boshqalar). Undan tashqari, gotik uslubida qurilgan 
binolarning tashqi devorlarida, ko‘pincha soborlarda haybatli yarim qush-yarim 
hayvon va boshqa afsonaviy mahluqlarning haykallarini uchratish mumkin 
(Parijdagi Bibi Maryam sobori). Bu haykallarda odamlarning do‘zaxdagi «yovuz 
kunlar» haqidagi tasavvurlari aks ettirilgan. 
84 
O‘rta asr rasmlarida mazmunan va geografik jihatdan, vaqt nuqtayi nazaridan o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan voqea-hodisalarni ham birlashtirishga intilishni kuzatish mumkin. Masalan, XV asrda yaratilgan va hozirgi kunda Florensiya muzeyida saqlanayotgan naqshinkor idishdagi «Paris ustidan sud» asarida mashhur afsonaning birdaniga bir nechta ko‘rinishlari tasvirlangan: Parisning cho‘ponlik davri, Momo- Xudolar yig‘ini, oltin olmaning taqdim etilishi va hokazo. O‘rta asr rasmlaridagi umumiy vaqt tasodif emas, balki qonuniyatdir. O‘rta asrlar musiqasida ham asosiy mavzu xudoni kuylash, injil asotirlarilari, avliyolar hayoti, ruhiy-axloqiy poklanish, gunohdan mag‘firat bo‘lish aqidalari asosiy o’rin olgan edi. Musiqaviy madaniyat negizini cherkov qo‘shiq-kuyi (liturgiya), she’riyat va dramaturgiyani o‘zida uyg‘unlashtirgan cherkov tantanalari tashkil etar edi. Haykallar, relyeflar va rasmlar o‘sha davrda juda katta ahamiyatga ega bo‘lgan, ular «savodsiz kishilar uchun diniy kitob» bo‘lib xizmat qilgan, odamlarning dinga e'tiqodini mustahkamlanishiga ham xizmat qilgan. Roman haykaltaroshlari odamlarni ko‘pincha nimjon, xunuk va ozg‘in qilib tasvirlar edilar. Ular odamlarning qayg‘u-alamlarini yoki xursandchiliklarini kuchliroq aks ettirish niyatida haykallarning turishini va harakatlarini ko‘pincha g‘ayri tabiiy ko‘rinishda aks ettirar edilar (Xristos haykali, XI asrga oid Ispaniyada, Apostol Pyotr relyefi, XII asrga oid Fransiyada va boshqalar). Gotik uslubidagi haykallarda odamlarning qiyofasi roman uslubida yasalgan haykallardagiga qaraganda to‘g‘riroq tasvirlangan, qaddi-qomatlari qandayligi kiyimlarining burmalaridan bilinib turadi, ularning ko‘rinishlarida harakat ko‘proq ifodalangan (Ispaniyada Toledodagi Madonna haykali, Fransiyada Mariya va Yelizaveta haykallari (Reyms sobori), Germaniyadagi Ekkexard va Uta haykallari (Naumburg sobori) va boshqalar). Undan tashqari, gotik uslubida qurilgan binolarning tashqi devorlarida, ko‘pincha soborlarda haybatli yarim qush-yarim hayvon va boshqa afsonaviy mahluqlarning haykallarini uchratish mumkin (Parijdagi Bibi Maryam sobori). Bu haykallarda odamlarning do‘zaxdagi «yovuz kunlar» haqidagi tasavvurlari aks ettirilgan. 84  
 
Roman uslubidagi rassomchilik haqida gapirganda, bu yerda ham 
haykaltaroshlikka 
o‘xshab 
suratlar 
xunukroq 
solingan. 
Ular 
ko‘pincha 
ibodatxonalarning devorlariga solingan. Bu suratlarda «aziz avliyolar» va xudoning 
o‘zi qahr-g‘azab bilan xo‘mrayib qarab turgani tasvirlangan (Madonna, Avliyo 
Kliment cherkovi, XII asr, Ispaniya, Ikona Avliyo Sergey va Vakx, VI asr, 
Vizantiya). 
Gotik uslubdagi soborlarning devorlarida suratlar uchun joy kam qoldirilgan. 
Egik qo‘rg‘oshin chambar bilan bir-biriga ulangan rangdor tiniq rangli oyna 
parchalaridan ishlangan vitrajlar surat yoki manzaralar g‘oyat katta derazalarni 
quyidan yuqorisiga qadar qoplab olar edi (Parijdagi Shartrda, Reymsdagi soborlar 
vitrajlari). Yorug‘lik vitrajlar orqali ibodatxona binosiga kirib ustun kollonalarda, 
ravoqlarda va polda jilvalanar va unga chiroyli, tantanali tus berar edi. 
O‘rta asrlar rassomlik san'atining katta yutuqlaridan biri – bu kitob 
miniatyurasi edi. Bu miniatyuralar o‘rta asr kishilarining hayotini har tomonlama 
aks ettirar edi. Lekin miniatyuralardagi suratlar yalpoq, tekis bo‘lib ko‘rinadi, chunki 
yaqindagi va uzoqdagi narsalar bir xil kattalikda tasvirlanar edi. 
O‘rta asrlardagi Vizantiya Yevropada eng ilg‘or o‘ziga xos madaniyatga ega 
bo‘lgan davlat edi. Qit’ani german qabilalari bosib olgan bir paytda, yunon-rim 
madaniyati davomchisi bo‘lgan Vizantiyada maorif, ilm-fan va san’at yuksak 
darajada rivojlandi. Vizantiyaliklar ta’limning har qanday turiga, ilm-fanga katta 
e’tibor bilan qaraganlar. Mamlakatda davlat tili yunon tili bo‘lib, qadimgi Rim 
maorifi tartibi to‘la saqlab qolingan edi. Bolalar 6-7 yoshdan maktabga berilib, 
ularga 2-3 yil davomida o‘qish, yozish va hisob o‘rgatilar edi. Diniy maktablar bilan 
birga davlat maktablari va xususiy maktablar ham faoliyat ko‘rsatgan. Umuman, 
aholining barcha toifalari uchun boshlang‘ich ta’lim olish imkoniyati mavjud edi. 
Konstantinopolda IX asrda Magnavr oliy maktabi ochildi. Poytaxtda 1045-yilda 
tashkil qilingan universitetda huquqshunoslik va falsafa fakultetlari, oliy tibbiyot 
maktabi mavjud edi.  
Vizantiyada matematika, ayniqsa, algebra muvaffaqiyatli rivojlandi. 
Matematika 
va 
astronomiyaning 
taraqqiyoti 
kundalik 
amaliy 
hayotga-
Roman uslubidagi rassomchilik haqida gapirganda, bu yerda ham haykaltaroshlikka o‘xshab suratlar xunukroq solingan. Ular ko‘pincha ibodatxonalarning devorlariga solingan. Bu suratlarda «aziz avliyolar» va xudoning o‘zi qahr-g‘azab bilan xo‘mrayib qarab turgani tasvirlangan (Madonna, Avliyo Kliment cherkovi, XII asr, Ispaniya, Ikona Avliyo Sergey va Vakx, VI asr, Vizantiya). Gotik uslubdagi soborlarning devorlarida suratlar uchun joy kam qoldirilgan. Egik qo‘rg‘oshin chambar bilan bir-biriga ulangan rangdor tiniq rangli oyna parchalaridan ishlangan vitrajlar surat yoki manzaralar g‘oyat katta derazalarni quyidan yuqorisiga qadar qoplab olar edi (Parijdagi Shartrda, Reymsdagi soborlar vitrajlari). Yorug‘lik vitrajlar orqali ibodatxona binosiga kirib ustun kollonalarda, ravoqlarda va polda jilvalanar va unga chiroyli, tantanali tus berar edi. O‘rta asrlar rassomlik san'atining katta yutuqlaridan biri – bu kitob miniatyurasi edi. Bu miniatyuralar o‘rta asr kishilarining hayotini har tomonlama aks ettirar edi. Lekin miniatyuralardagi suratlar yalpoq, tekis bo‘lib ko‘rinadi, chunki yaqindagi va uzoqdagi narsalar bir xil kattalikda tasvirlanar edi. O‘rta asrlardagi Vizantiya Yevropada eng ilg‘or o‘ziga xos madaniyatga ega bo‘lgan davlat edi. Qit’ani german qabilalari bosib olgan bir paytda, yunon-rim madaniyati davomchisi bo‘lgan Vizantiyada maorif, ilm-fan va san’at yuksak darajada rivojlandi. Vizantiyaliklar ta’limning har qanday turiga, ilm-fanga katta e’tibor bilan qaraganlar. Mamlakatda davlat tili yunon tili bo‘lib, qadimgi Rim maorifi tartibi to‘la saqlab qolingan edi. Bolalar 6-7 yoshdan maktabga berilib, ularga 2-3 yil davomida o‘qish, yozish va hisob o‘rgatilar edi. Diniy maktablar bilan birga davlat maktablari va xususiy maktablar ham faoliyat ko‘rsatgan. Umuman, aholining barcha toifalari uchun boshlang‘ich ta’lim olish imkoniyati mavjud edi. Konstantinopolda IX asrda Magnavr oliy maktabi ochildi. Poytaxtda 1045-yilda tashkil qilingan universitetda huquqshunoslik va falsafa fakultetlari, oliy tibbiyot maktabi mavjud edi. Vizantiyada matematika, ayniqsa, algebra muvaffaqiyatli rivojlandi. Matematika va astronomiyaning taraqqiyoti kundalik amaliy hayotga-  
 
hunarmandchilik, dengizchilik, savdo, harbiy ish, qishloq xo‘jaligi rivojlanishiga 
bo‘ysundirilgan edi. Muvaffaqiyat qozongan muhim sohalardan yana biri tibbiyot 
bo‘lgan. 
Tibbiyot 
va 
hunarmandchilik 
ehtiyojlari 
kimyoning 
rivojlanishini 
rag‘batlantirdi. Vizantiyaliklar shisha, emal bo‘yoq tayyorlashning antik davrdan 
saqlanib qolgan sirlaridan xabardor bo‘lishgan. Imperiyada VII asrda kashf qilingan 
“yunon olovi” (neft va smola qorishmasidan tayyorlangan yonuvchi modda) dengiz 
floti va quruqlikdagi janglarda vizantiyaliklarga ko‘plab g‘alabalar keltirgan. 
Vizantiyada tarix va geografiya fanlari ham taraqqiy qilgan. Geograflar 
yaratgan xaritalar, shaharlar loyihasi chizmalari o‘z davrida ushbu sohaning yuksak 
muvafaqqiyati belgisi edi. Tarixchilar tomonidan yaratilgan asarlar ham o‘zining 
haqqoniyligi, aniqligi va xolisligi bilan ajralib turardi. 
Xulosa qilib shuni ta’kidlash joizki, o‘rta asr Yevropa madaniyati mazmun 
jihatidan xilma-xilligiga qaramasdan, jahon madaniyati tarixida o‘ziga xos o‘rin 
egallaydi. O‘rta asrlar madaniyatini yanada yuksalishi uning so‘nggi davriga to‘g‘ri 
keladi, u tarixga Uyg‘onish davri madaniyati nomi bilan kirgan. 
3.2. Uyg’onish (Renessans) davri Yevropa madaniyati 
Uyg‘onish 
davri 
(Renessans) 
– 
G’arbiy 
va 
Markaziy 
Yevropa 
mamlakatlarining madaniy va g‘oyaviy rivojlanishidagi davr bo‘lib, u o‘rta asrlar 
madaniyatidan yangi davr madaniyatiga o‘tish davri hisoblanadi. U Italiyada XIV-
XVI asrlarda, boshqa mamlakatlarda XV asrning oxiri – XVI asrlarda rivojlangan. 
Uyg‘onish davri madaniyatining beshigi go‘zal Florensiya shahri hisoblanadi. 
XIV-XV asrlarda Italiyada boshqa mamlakatlarga nisbatan shaharlar yuksala 
boshladi. Uning boy shaharlarida sanoat yaxshi rivojlana boshlaydi, dastlabki 
manufakturalar paydo bo‘ladi. Bu shaharlar yirik savdo markazlariga aylanib, 
Yevropaning boshqa mamlakatlari va yaqin Sharq mamlakatlari bilan savdo-sotiq 
ishlarini olib borganlar. Bu shaharlardagi yirik banklar halqaro ahamiyatga ega 
bo‘lgan operatsiyalarni amalga oshira boshlaydi. Badavlat kishilarning yangi avlodi 
avlodi yuzaga kela boshlaydi. Bu avlod dunyoga yangicha qarar edi. Ular savdo-
sotiq va sanoatda yollanma ishchilar kuchidan foydalanish yo‘li bilan boylik 
orttirishga intilardi. Shuning uchun ularning boyligi ortib bordi va bu boylikning bir 
hunarmandchilik, dengizchilik, savdo, harbiy ish, qishloq xo‘jaligi rivojlanishiga bo‘ysundirilgan edi. Muvaffaqiyat qozongan muhim sohalardan yana biri tibbiyot bo‘lgan. Tibbiyot va hunarmandchilik ehtiyojlari kimyoning rivojlanishini rag‘batlantirdi. Vizantiyaliklar shisha, emal bo‘yoq tayyorlashning antik davrdan saqlanib qolgan sirlaridan xabardor bo‘lishgan. Imperiyada VII asrda kashf qilingan “yunon olovi” (neft va smola qorishmasidan tayyorlangan yonuvchi modda) dengiz floti va quruqlikdagi janglarda vizantiyaliklarga ko‘plab g‘alabalar keltirgan. Vizantiyada tarix va geografiya fanlari ham taraqqiy qilgan. Geograflar yaratgan xaritalar, shaharlar loyihasi chizmalari o‘z davrida ushbu sohaning yuksak muvafaqqiyati belgisi edi. Tarixchilar tomonidan yaratilgan asarlar ham o‘zining haqqoniyligi, aniqligi va xolisligi bilan ajralib turardi. Xulosa qilib shuni ta’kidlash joizki, o‘rta asr Yevropa madaniyati mazmun jihatidan xilma-xilligiga qaramasdan, jahon madaniyati tarixida o‘ziga xos o‘rin egallaydi. O‘rta asrlar madaniyatini yanada yuksalishi uning so‘nggi davriga to‘g‘ri keladi, u tarixga Uyg‘onish davri madaniyati nomi bilan kirgan. 3.2. Uyg’onish (Renessans) davri Yevropa madaniyati Uyg‘onish davri (Renessans) – G’arbiy va Markaziy Yevropa mamlakatlarining madaniy va g‘oyaviy rivojlanishidagi davr bo‘lib, u o‘rta asrlar madaniyatidan yangi davr madaniyatiga o‘tish davri hisoblanadi. U Italiyada XIV- XVI asrlarda, boshqa mamlakatlarda XV asrning oxiri – XVI asrlarda rivojlangan. Uyg‘onish davri madaniyatining beshigi go‘zal Florensiya shahri hisoblanadi. XIV-XV asrlarda Italiyada boshqa mamlakatlarga nisbatan shaharlar yuksala boshladi. Uning boy shaharlarida sanoat yaxshi rivojlana boshlaydi, dastlabki manufakturalar paydo bo‘ladi. Bu shaharlar yirik savdo markazlariga aylanib, Yevropaning boshqa mamlakatlari va yaqin Sharq mamlakatlari bilan savdo-sotiq ishlarini olib borganlar. Bu shaharlardagi yirik banklar halqaro ahamiyatga ega bo‘lgan operatsiyalarni amalga oshira boshlaydi. Badavlat kishilarning yangi avlodi avlodi yuzaga kela boshlaydi. Bu avlod dunyoga yangicha qarar edi. Ular savdo- sotiq va sanoatda yollanma ishchilar kuchidan foydalanish yo‘li bilan boylik orttirishga intilardi. Shuning uchun ularning boyligi ortib bordi va bu boylikning bir  
 
qismini madaniyatni rivojlantririshga sarf qilish imkoniyati yuzaga keladi. Ayniqsa, 
fan va texnikaning rivojlanishidan badavlat kishilar manfaatdor edilar. Buni o‘sha 
davrning murakkab xo‘jalik hayoti taqozo etar edi. Yangi ishlab chiqarish 
munosabatlarining shakllanishi Uyg‘onish davri iqtisodiy hayotiga xos xususiyatdir. 
Manufaktura texnikasini rivojlantirish, navigatsiya ishlari, murakkab komersiya va 
bank hisoblari, tabiiy fanlar va matematikaning rivojlanishini talab qilardi. 
 Shuningdek, aynan Italiyada antik Rim madaniyati an’analari, ayniqsa, lotin 
tili, antik davr shaharlari, pullari va boshqalar eng ko‘p saqlanib qolgan edi. O‘tmish 
ulug‘vorligini tasdiqlovchi tarixiy xotiraning ham saqlanib qolganligi yangi 
madaniyatning shakllanishida katta ahamiyat kasb etdi. 
Undan tashqari, cherkov ruhoniylari, zodagonlar, shahar boylari «narigi 
dunyoda» emas, balki shu dunyoda yaxshi hayot kechirish uchun o‘zlariga sharoitlar 
yarata boshladilar. Ular bir-birlarinikidan hashamatliroq saroylar qurdirishga, 
uylarini zeb-ziynatlar bilan to‘ldirishga va chiroyliroq kiyinishga harakat qilardilar. 
O‘sayotgan shaharlarda yangidan paydo bo‘lgan badavlat kishilar bilan birga aqliy 
mehnat bilan shug‘ullanuvchi alohida kishilar guruhi, ya'ni ziyolilar – 
adabiyotchilar, shoirlar, publitsistlar, vrachlar, o‘qituvchilar, injenerlar, texniklar, 
buxgalterlar, huquqshunoslar, musavvirlar, haykaltaroshlar va me'morlarningyangi 
avlodi shakllana boshladi. Bu yangi avlod ziyolilari yangi madaniyatning – 
Uyg‘onish davri madaniyatining asosiy yaratuvchilari edi. 
Uyg‘onish davri (Renessans) madaniyati antik davr madaniy merosiga 
murojaat qildi, bamisoli uning «qayta uyg‘onishi»ga sababchi bo‘ldi (uyg‘onish 
davri nomi ham shundan). Cherkov tomonidan qoralangan va avvalgi asrlarda 
unutilib ketgan qadimgi madaniyat guyo yangidan uyg‘onayotgandek edi. 
Qadimgi madaniyatni qadrlovchilar qadimgi Grek va Rim qo‘lyozmalarini 
qidirib topib, antik tasviriy san'atni, haykaltaroshlikni va me'morchilikni har xil 
yodgorliklarini o‘rganishar va kolleksiya qilishar edi. Italiya jamiyatida qadimgi 
klassik tillarga (grek va lotin tillari), qadimgi falsafa, tarix va adabiyotga chuqur 
qiziqish paydo bo‘ldi. Qadimgi madaniyat asarlari quvnoqligi, insonning 
go‘zalligini kuylovchi asarlar bo‘lganligi bilan o‘rta asrlar cherkov san'atidan farq 
qismini madaniyatni rivojlantririshga sarf qilish imkoniyati yuzaga keladi. Ayniqsa, fan va texnikaning rivojlanishidan badavlat kishilar manfaatdor edilar. Buni o‘sha davrning murakkab xo‘jalik hayoti taqozo etar edi. Yangi ishlab chiqarish munosabatlarining shakllanishi Uyg‘onish davri iqtisodiy hayotiga xos xususiyatdir. Manufaktura texnikasini rivojlantirish, navigatsiya ishlari, murakkab komersiya va bank hisoblari, tabiiy fanlar va matematikaning rivojlanishini talab qilardi. Shuningdek, aynan Italiyada antik Rim madaniyati an’analari, ayniqsa, lotin tili, antik davr shaharlari, pullari va boshqalar eng ko‘p saqlanib qolgan edi. O‘tmish ulug‘vorligini tasdiqlovchi tarixiy xotiraning ham saqlanib qolganligi yangi madaniyatning shakllanishida katta ahamiyat kasb etdi. Undan tashqari, cherkov ruhoniylari, zodagonlar, shahar boylari «narigi dunyoda» emas, balki shu dunyoda yaxshi hayot kechirish uchun o‘zlariga sharoitlar yarata boshladilar. Ular bir-birlarinikidan hashamatliroq saroylar qurdirishga, uylarini zeb-ziynatlar bilan to‘ldirishga va chiroyliroq kiyinishga harakat qilardilar. O‘sayotgan shaharlarda yangidan paydo bo‘lgan badavlat kishilar bilan birga aqliy mehnat bilan shug‘ullanuvchi alohida kishilar guruhi, ya'ni ziyolilar – adabiyotchilar, shoirlar, publitsistlar, vrachlar, o‘qituvchilar, injenerlar, texniklar, buxgalterlar, huquqshunoslar, musavvirlar, haykaltaroshlar va me'morlarningyangi avlodi shakllana boshladi. Bu yangi avlod ziyolilari yangi madaniyatning – Uyg‘onish davri madaniyatining asosiy yaratuvchilari edi. Uyg‘onish davri (Renessans) madaniyati antik davr madaniy merosiga murojaat qildi, bamisoli uning «qayta uyg‘onishi»ga sababchi bo‘ldi (uyg‘onish davri nomi ham shundan). Cherkov tomonidan qoralangan va avvalgi asrlarda unutilib ketgan qadimgi madaniyat guyo yangidan uyg‘onayotgandek edi. Qadimgi madaniyatni qadrlovchilar qadimgi Grek va Rim qo‘lyozmalarini qidirib topib, antik tasviriy san'atni, haykaltaroshlikni va me'morchilikni har xil yodgorliklarini o‘rganishar va kolleksiya qilishar edi. Italiya jamiyatida qadimgi klassik tillarga (grek va lotin tillari), qadimgi falsafa, tarix va adabiyotga chuqur qiziqish paydo bo‘ldi. Qadimgi madaniyat asarlari quvnoqligi, insonning go‘zalligini kuylovchi asarlar bo‘lganligi bilan o‘rta asrlar cherkov san'atidan farq  
 
qilar edi. Qadimgi madaniyat sinchiklab o‘rganilib to‘la ravishda taqlid qilinmagan, 
balki yangicha ishlanib yangicha dunyoqarashni vujudga kelishiga yordam berdi. 
Katolitsizm inqirozi shu darajada jiddiy ediki, xristian dinida paydo bo‘lgan 
yangi oqim – protestantizm qudratli Reformatsiya harakatining vujudga kelishiga 
sabab bo‘ldi. 
Uyg‘onish davrining asosiy g’oyasi – gumanizm (insonparvarlik) bo‘lib, u 
rivojlanayotgan yangi avlod kishilarining dunyoqarashi edi. 
Gumanizm – insonparvarlik («homo» – odam, «humanus» – insoniy) degan 
ma'noni beradi. Gumanistik dunyoqarash insonning cheksiz imkoniyatlariga, uning 
irodasi va aql-zakovatiga ishonch bilan qarab katolik sxolastikasini va zohidlikni 
inkor qilar edi. Agar qadimgi yozuvchilar insonni xudoning ojiz, itoatkor bandasi, 
deb tasvirlagan bo‘lsalar, gumanistlarning asarlarida esa inson o‘z taqdirini o‘zi hal 
qiladigan, ko‘zlagan maqsadiga erisha olishi yoki erisha olmasligi o‘zining 
qobiliyati va g‘ayrat-shijoatiga bog‘liq bo‘lgan siymo, deb tasvirlana boshlandi. 
Yetuk, ozod ijodkor shaxs idealini, voqelikdagi go‘zallik va uyg‘unlikni qaror 
toptirish pafosi, borliqning asosi bo‘lgan insonga murojaat qilish, olamning 
yaxlitligi va uning izchil qonuniyatlarini his qilish Uyg‘onish davri madaniyatiga 
o‘lkan g‘oyaviy mazmun, ulug‘vorlik, qahramonona ko‘lam bag‘ishladi. 
XV asrning ikkinchi yarmida gumanizm Yevropaning boshqa mamlakatlariga 
ham keng tarqaldi. Ayniqsa, qo‘shni Germaniyada gumanistik g‘oyalar katolik 
cherkoviga qarshi kurashni ifodalovchi yo‘nalishda rivojlandi. XVI asrga kelib 
gumanizm butunlay umumevropa madaniy harakatiga aylanib, o‘rta asrlar 
sxolastikasiga katta zarba yetkazgan edi. 
Bu yangi buyuk aqliy harakatga ulug‘ shoirlar va yozuvchilar, olimlar va 
san'atning turli sohalarida ijod qilgan madaniyat arboblari o‘z hissalarini qo‘shdilar. 
Gumanistik g‘oyalar o‘rta asrning so‘nggi, yangi davrning birinchi shoiri, buyuk 
siymo Dante Aligyeri (1265-1321)ning «Komediya», «Ziyofat», «Monarxiya» 
asarlarida bayon etilgan. Dante xristian aqidalarini o‘zgarmas haqiqat sifatida tan olgan 
holda, ilohiy va insoniy munosabatlarni yangicha talqin qiladi, ularni bir-biriga zid 
qo‘ymasdan, har ikkalasini o‘zaro birlikda deb biladi. U bu dunyoda insonni rohat 
qilar edi. Qadimgi madaniyat sinchiklab o‘rganilib to‘la ravishda taqlid qilinmagan, balki yangicha ishlanib yangicha dunyoqarashni vujudga kelishiga yordam berdi. Katolitsizm inqirozi shu darajada jiddiy ediki, xristian dinida paydo bo‘lgan yangi oqim – protestantizm qudratli Reformatsiya harakatining vujudga kelishiga sabab bo‘ldi. Uyg‘onish davrining asosiy g’oyasi – gumanizm (insonparvarlik) bo‘lib, u rivojlanayotgan yangi avlod kishilarining dunyoqarashi edi. Gumanizm – insonparvarlik («homo» – odam, «humanus» – insoniy) degan ma'noni beradi. Gumanistik dunyoqarash insonning cheksiz imkoniyatlariga, uning irodasi va aql-zakovatiga ishonch bilan qarab katolik sxolastikasini va zohidlikni inkor qilar edi. Agar qadimgi yozuvchilar insonni xudoning ojiz, itoatkor bandasi, deb tasvirlagan bo‘lsalar, gumanistlarning asarlarida esa inson o‘z taqdirini o‘zi hal qiladigan, ko‘zlagan maqsadiga erisha olishi yoki erisha olmasligi o‘zining qobiliyati va g‘ayrat-shijoatiga bog‘liq bo‘lgan siymo, deb tasvirlana boshlandi. Yetuk, ozod ijodkor shaxs idealini, voqelikdagi go‘zallik va uyg‘unlikni qaror toptirish pafosi, borliqning asosi bo‘lgan insonga murojaat qilish, olamning yaxlitligi va uning izchil qonuniyatlarini his qilish Uyg‘onish davri madaniyatiga o‘lkan g‘oyaviy mazmun, ulug‘vorlik, qahramonona ko‘lam bag‘ishladi. XV asrning ikkinchi yarmida gumanizm Yevropaning boshqa mamlakatlariga ham keng tarqaldi. Ayniqsa, qo‘shni Germaniyada gumanistik g‘oyalar katolik cherkoviga qarshi kurashni ifodalovchi yo‘nalishda rivojlandi. XVI asrga kelib gumanizm butunlay umumevropa madaniy harakatiga aylanib, o‘rta asrlar sxolastikasiga katta zarba yetkazgan edi. Bu yangi buyuk aqliy harakatga ulug‘ shoirlar va yozuvchilar, olimlar va san'atning turli sohalarida ijod qilgan madaniyat arboblari o‘z hissalarini qo‘shdilar. Gumanistik g‘oyalar o‘rta asrning so‘nggi, yangi davrning birinchi shoiri, buyuk siymo Dante Aligyeri (1265-1321)ning «Komediya», «Ziyofat», «Monarxiya» asarlarida bayon etilgan. Dante xristian aqidalarini o‘zgarmas haqiqat sifatida tan olgan holda, ilohiy va insoniy munosabatlarni yangicha talqin qiladi, ularni bir-biriga zid qo‘ymasdan, har ikkalasini o‘zaro birlikda deb biladi. U bu dunyoda insonni rohat  
 
farog‘atga quyidagi ikkita yo‘l olib boradi, deb hisoblaydi: falsafiy ta’lim, ya’ni inson 
tafakkuri, uning qobiliyati hamda muqaddas ruhdan kelib chiquvchi «ma’naviy ta’lim». 
Shoir gumanizmi tarkidunyochilik (asketizm)ga qarshi qaratilgan va inson kuchiga to‘liq 
ishonch ruhi bilan sug‘orilgan. Dantening fikricha, inson o‘z farovonligi uchun o‘zi 
kurashishi lozim. Boylik yoki merosga asoslangan nufuz va obro‘ kishi taqdirida hal 
qiluvchi omil bo‘la olmaydi, aksincha inson o‘zining shaxsiy fazilat va sifatlariga tayanib 
baxt saodatga erishmog‘i lozim.  
«Monarxiya» asarida shoir o‘zining cherkovga nisbatan siyosiy nuqtai nazarini 
bayon qilgan. Uning fikricha, cherkov odamlar turmushiga aralashmasdan, faqat «narigi 
dunyo» masalalari bilan shug‘ullanishi darkor. Siyosat esa, inson tafakkuriga, uning 
manfaatlariga bo‘ysunishi kerak. 
Uning «Ilohiy komediyasi» o‘rta asrlar ideologiyasini yaqqol namoyon 
ettiruvchi asarlardandir. Bu asar 3 qismdan iborat bo‘lib («Do‘zax», «Tozalov», 
«Jannat»), o‘zida olam tuzilishi to‘g‘risida o‘rta asrlar tushunchasini ifodalagan. 
Florensiyalik Franchesko Petrarka (1304-1374) va Djovanni Bokkachcho 
(1313-1375) uyg’onish davri adabiyotining yirik namoyondolaridan edilar. 
Franchesko Petrarka birinchi bo‘lib antik davr madaniyatiga, Gomer va Vergiliylar 
ijodiga qaytish to‘g‘risida gapiradi. Petrarka xristianlikni rad etmaydi, ammo uning 
ta’limotida din o‘zgacha, insonparvar yo‘nalish kasb etgan. Shoir sxolastikaga, uning 
inson muammosiga nisbatan befarqligiga qarshi chiqadi. Petrarka she’riyat, ritorika, 
adabiyot, etika, estetikaning inson axloqiy va ruhiy kamolotida tutgan o‘rnini, 
ahamiyatini ta’kidlab, ushbu sohalar rivoji madaniyat yuksalishini ta’minlaydi, deb 
hisoblaydi. Shoir antik davr madaniyati va ma’rifatini o‘tib ketgan oltin asr, 
yo‘qotilgan jamiyat deb hisoblab, ushbu merosni zamondoshlariga aniq va 
tushunarli holda yetkazishga harakat qiladi. U avvalo, insonning ichki, axloqiy 
muammolariga e’tiborini qaratadi. Bu narsa Uyg‘onish davri individualizmining 
muhim belgisi edi. «Mening sirim» nomli asarida Petrarka insonning eng chuqur 
ichki ziddiyatlari va ularni bartaraf etish yo‘llarini ko‘rsatadi. 
farog‘atga quyidagi ikkita yo‘l olib boradi, deb hisoblaydi: falsafiy ta’lim, ya’ni inson tafakkuri, uning qobiliyati hamda muqaddas ruhdan kelib chiquvchi «ma’naviy ta’lim». Shoir gumanizmi tarkidunyochilik (asketizm)ga qarshi qaratilgan va inson kuchiga to‘liq ishonch ruhi bilan sug‘orilgan. Dantening fikricha, inson o‘z farovonligi uchun o‘zi kurashishi lozim. Boylik yoki merosga asoslangan nufuz va obro‘ kishi taqdirida hal qiluvchi omil bo‘la olmaydi, aksincha inson o‘zining shaxsiy fazilat va sifatlariga tayanib baxt saodatga erishmog‘i lozim. «Monarxiya» asarida shoir o‘zining cherkovga nisbatan siyosiy nuqtai nazarini bayon qilgan. Uning fikricha, cherkov odamlar turmushiga aralashmasdan, faqat «narigi dunyo» masalalari bilan shug‘ullanishi darkor. Siyosat esa, inson tafakkuriga, uning manfaatlariga bo‘ysunishi kerak. Uning «Ilohiy komediyasi» o‘rta asrlar ideologiyasini yaqqol namoyon ettiruvchi asarlardandir. Bu asar 3 qismdan iborat bo‘lib («Do‘zax», «Tozalov», «Jannat»), o‘zida olam tuzilishi to‘g‘risida o‘rta asrlar tushunchasini ifodalagan. Florensiyalik Franchesko Petrarka (1304-1374) va Djovanni Bokkachcho (1313-1375) uyg’onish davri adabiyotining yirik namoyondolaridan edilar. Franchesko Petrarka birinchi bo‘lib antik davr madaniyatiga, Gomer va Vergiliylar ijodiga qaytish to‘g‘risida gapiradi. Petrarka xristianlikni rad etmaydi, ammo uning ta’limotida din o‘zgacha, insonparvar yo‘nalish kasb etgan. Shoir sxolastikaga, uning inson muammosiga nisbatan befarqligiga qarshi chiqadi. Petrarka she’riyat, ritorika, adabiyot, etika, estetikaning inson axloqiy va ruhiy kamolotida tutgan o‘rnini, ahamiyatini ta’kidlab, ushbu sohalar rivoji madaniyat yuksalishini ta’minlaydi, deb hisoblaydi. Shoir antik davr madaniyati va ma’rifatini o‘tib ketgan oltin asr, yo‘qotilgan jamiyat deb hisoblab, ushbu merosni zamondoshlariga aniq va tushunarli holda yetkazishga harakat qiladi. U avvalo, insonning ichki, axloqiy muammolariga e’tiborini qaratadi. Bu narsa Uyg‘onish davri individualizmining muhim belgisi edi. «Mening sirim» nomli asarida Petrarka insonning eng chuqur ichki ziddiyatlari va ularni bartaraf etish yo‘llarini ko‘rsatadi.  
 
Petrarka o‘zining ishqiy sonetlari (Lauraga atalgan), va Djovanni Bokkachcho 
o‘zining 100 novelladan iborat mashhur kitobi «Dekameron» bilan gumanistik 
adabiyotga va Italiya adabiy tiliga asos soldilar. 
Florensiyalik Leonardo Bruni (1369-1444) gumanistik ruhda yangi pedagogik 
tizimga asos soldi. U birinchilardan bo‘lib, xotin-qizlar o‘qishining tarafdori edi. 
O‘zining 12 kitobdan iborat «Florensiya tarixi» asarida XIII-XIV asrlar ijtimoiy 
harakatlariga katta ahamiyat bergan edi. 
Fransuz satirik yozuvchisi, monax, botanik va shifokor Fransua Rable (1494-
1553) o‘zining «Gargantyua va Pantagryuel» romanida hukmron doiralarni masxara 
qilib, urushlarni qoralagan. Ma’lum darajada utopik g‘oyalarni o‘zida aks ettirgan 
bu roman tarbiya, urush va monastir hayoti mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda 
Rablening jamiyat, uni rivojlantirish, inson huquqlari, jamiyatdagi ayollarning o‘rni, 
kishilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarga doir qarashlari aks ettirilgan. Bu romanda 
katoliklar va protestantlar o‘rtasidagi kurash tasvirlangan (Papamaniya mamlakatiga 
kelganlarida katoliklar «qiltanoqday ingichka, ozg‘in edilar, bu yerda esa ular 
birdaniga cho‘chqaday semirib ketdilar», chunki «dunyoning hamma tomonidan» 
ularga daromad kelib turadi). 
Ingliz yozuvchisi Tomas Mor (1487-1535) o‘zining «Davlatni eng yaxshi 
tartibda tuzish haqida va yangi Utopiya oroli to‘g‘risida qimmatli kitob» asarida 
xalqning boshiga tushayotgan azoblarning sababchisi xususiy mulk, deb hisoblab 
adolatli va baxtiyor mamlakat – Utopiya orolini (aslida yo‘q joy) chiroyli tasvirlagan 
(Bu orolda hamma mehnat qiladi, bo‘sh vaqtida fan, san'at bilan shug‘ullanadi, bu 
yerda hech kim birovlarning hisobiga yashamaydi, hamma baxtli va go‘zal hayot 
kechiradi). Lekin bu maqsadga erishish yo‘lini ko‘rsatmagan, shuning uchun amalga 
oshirib bo‘lmaydigan orzu – utopiya deb atalgan. 
Gumanizmning yana bir yorqin namoyandasi fransuz faylasufi Mishel 
Monten (1533-1592) edi. U o‘zining «Tajribalar» asarida sxolastikani tanqid qilib, 
insonni eng buyuk qadriyat deb e’lon qiladi. Monten inson shaxsining mustaqilligi 
va erkinligi g‘oyasini ilgari suradi. Uning ta’limoti individualizm, riyokorlik 
ruhidagi qarashlarga qarshi yo‘naltirilgan. U insonning mustaqil, erkin tafakkurini 
Petrarka o‘zining ishqiy sonetlari (Lauraga atalgan), va Djovanni Bokkachcho o‘zining 100 novelladan iborat mashhur kitobi «Dekameron» bilan gumanistik adabiyotga va Italiya adabiy tiliga asos soldilar. Florensiyalik Leonardo Bruni (1369-1444) gumanistik ruhda yangi pedagogik tizimga asos soldi. U birinchilardan bo‘lib, xotin-qizlar o‘qishining tarafdori edi. O‘zining 12 kitobdan iborat «Florensiya tarixi» asarida XIII-XIV asrlar ijtimoiy harakatlariga katta ahamiyat bergan edi. Fransuz satirik yozuvchisi, monax, botanik va shifokor Fransua Rable (1494- 1553) o‘zining «Gargantyua va Pantagryuel» romanida hukmron doiralarni masxara qilib, urushlarni qoralagan. Ma’lum darajada utopik g‘oyalarni o‘zida aks ettirgan bu roman tarbiya, urush va monastir hayoti mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda Rablening jamiyat, uni rivojlantirish, inson huquqlari, jamiyatdagi ayollarning o‘rni, kishilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarga doir qarashlari aks ettirilgan. Bu romanda katoliklar va protestantlar o‘rtasidagi kurash tasvirlangan (Papamaniya mamlakatiga kelganlarida katoliklar «qiltanoqday ingichka, ozg‘in edilar, bu yerda esa ular birdaniga cho‘chqaday semirib ketdilar», chunki «dunyoning hamma tomonidan» ularga daromad kelib turadi). Ingliz yozuvchisi Tomas Mor (1487-1535) o‘zining «Davlatni eng yaxshi tartibda tuzish haqida va yangi Utopiya oroli to‘g‘risida qimmatli kitob» asarida xalqning boshiga tushayotgan azoblarning sababchisi xususiy mulk, deb hisoblab adolatli va baxtiyor mamlakat – Utopiya orolini (aslida yo‘q joy) chiroyli tasvirlagan (Bu orolda hamma mehnat qiladi, bo‘sh vaqtida fan, san'at bilan shug‘ullanadi, bu yerda hech kim birovlarning hisobiga yashamaydi, hamma baxtli va go‘zal hayot kechiradi). Lekin bu maqsadga erishish yo‘lini ko‘rsatmagan, shuning uchun amalga oshirib bo‘lmaydigan orzu – utopiya deb atalgan. Gumanizmning yana bir yorqin namoyandasi fransuz faylasufi Mishel Monten (1533-1592) edi. U o‘zining «Tajribalar» asarida sxolastikani tanqid qilib, insonni eng buyuk qadriyat deb e’lon qiladi. Monten inson shaxsining mustaqilligi va erkinligi g‘oyasini ilgari suradi. Uning ta’limoti individualizm, riyokorlik ruhidagi qarashlarga qarshi yo‘naltirilgan. U insonning mustaqil, erkin tafakkurini  
 
bug‘uvchi loqaydlik, riyokorlik, taqlid qilishni qoralaydi. Xudoga nisbatan u skeptik 
munosabatda bo‘ladi. Shuning uchun inson faoliyatiga hech qanday aloqasi yo‘q 
xudo qandaydir shaxssiz mohiyatdir. Montenning din erkinligi haqidagi fikri 
taraqqiyparvar ahamiyatga ega. Uningcha, bironta din boshqa dinlar ustidan ustunlikka 
ega emas.  
Montenning gumanizmi ham naturalistik ruhda: inson tabiatning bir qismi, 
shuning uchun o‘z hayotida ona-tabiat nimani o‘rgatsa, shunga amal qilishi kerak. 
Falsafa murabbiylik vazifasini bajaradi. U odamlarni to‘g‘ri, tabiiy va olijanob hayotga 
yo‘naltirishi kerak. 
Montenning g‘oyalari falsafaning Yevropadagi kelgusi rivojiga, xususan, Bekon, 
Dekart, Gassendi ta’limotiga, fransuz ma’rifatparvarlaridan Volter, Lanetrilar 
ta’limotining shakllanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. 
Gumanizmdan farqli ravishda (inson ikkinchi Xudo) reformatsiya, insonning 
azaliy gunohkorligi haqidagi g‘oyani saqlab qoladi. Italiyada reformatorlik harakati 
yetakchisi Djon Sovnarola (1452-1498) edi. U cherkov tomonidan ta’qib qilinib, 
gulxanda yoqib o‘ldirilgan. 
Reformatorlikning asosiy namoyandalari nemis ruhoniysi Martin Lyuter (1483-
1546), fransuz ruhoniysi Djon Kalvin (1509-1564) va Tomas Myunser (1490-1525) edi. 
Tomas Myunser reformatsiyaning xalqchil qanotiga boshchilik qiladi, uning xatti-
harakatlari dehqonlar urushiga turtki bo’ldi. Reformatsiyaning aniq boshlangan 
sanasi Lyuter tomonidan Vittenburgdagi cherkov eshigiga indulgensiyalarni 
sotishga qarshi qaratilgan 95 ta tezisni osib qo‘ygan kun – 1517-yil 31-oktabr 
hisoblanadi. Martin Lyuter hukmdorlarga murojaat qilib, ulardan zambaraklar 
tayyorlash, yo‘llar qurish, ko‘priklar bunyod etish va boshqa ishlarga sarflanayotgan 
xarajatlarning ma’lum qismini yoshlar ta’lim-tarbiyasiga ajratishga chaqirdi. 
Reformatsiya xristian dinidagi yangi oqim – protestantizmning paydo 
bo‘lishiga olib keldi. Protestantizmning eng asosiy tamoyillaridan biri xristian 
dinining dastlabki davrlaridagi sofligiga erishish edi. O‘rta asrlardan amal qilina 
boshlangan qator an’analar, urf-odatlar protestantlar tomonidan ortiqcha va noto‘g‘ri 
deb topildi. Ular xristian dinidan chetlanishga olib keladi, degan g‘oyani ilgari surdi. 
bug‘uvchi loqaydlik, riyokorlik, taqlid qilishni qoralaydi. Xudoga nisbatan u skeptik munosabatda bo‘ladi. Shuning uchun inson faoliyatiga hech qanday aloqasi yo‘q xudo qandaydir shaxssiz mohiyatdir. Montenning din erkinligi haqidagi fikri taraqqiyparvar ahamiyatga ega. Uningcha, bironta din boshqa dinlar ustidan ustunlikka ega emas. Montenning gumanizmi ham naturalistik ruhda: inson tabiatning bir qismi, shuning uchun o‘z hayotida ona-tabiat nimani o‘rgatsa, shunga amal qilishi kerak. Falsafa murabbiylik vazifasini bajaradi. U odamlarni to‘g‘ri, tabiiy va olijanob hayotga yo‘naltirishi kerak. Montenning g‘oyalari falsafaning Yevropadagi kelgusi rivojiga, xususan, Bekon, Dekart, Gassendi ta’limotiga, fransuz ma’rifatparvarlaridan Volter, Lanetrilar ta’limotining shakllanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. Gumanizmdan farqli ravishda (inson ikkinchi Xudo) reformatsiya, insonning azaliy gunohkorligi haqidagi g‘oyani saqlab qoladi. Italiyada reformatorlik harakati yetakchisi Djon Sovnarola (1452-1498) edi. U cherkov tomonidan ta’qib qilinib, gulxanda yoqib o‘ldirilgan. Reformatorlikning asosiy namoyandalari nemis ruhoniysi Martin Lyuter (1483- 1546), fransuz ruhoniysi Djon Kalvin (1509-1564) va Tomas Myunser (1490-1525) edi. Tomas Myunser reformatsiyaning xalqchil qanotiga boshchilik qiladi, uning xatti- harakatlari dehqonlar urushiga turtki bo’ldi. Reformatsiyaning aniq boshlangan sanasi Lyuter tomonidan Vittenburgdagi cherkov eshigiga indulgensiyalarni sotishga qarshi qaratilgan 95 ta tezisni osib qo‘ygan kun – 1517-yil 31-oktabr hisoblanadi. Martin Lyuter hukmdorlarga murojaat qilib, ulardan zambaraklar tayyorlash, yo‘llar qurish, ko‘priklar bunyod etish va boshqa ishlarga sarflanayotgan xarajatlarning ma’lum qismini yoshlar ta’lim-tarbiyasiga ajratishga chaqirdi. Reformatsiya xristian dinidagi yangi oqim – protestantizmning paydo bo‘lishiga olib keldi. Protestantizmning eng asosiy tamoyillaridan biri xristian dinining dastlabki davrlaridagi sofligiga erishish edi. O‘rta asrlardan amal qilina boshlangan qator an’analar, urf-odatlar protestantlar tomonidan ortiqcha va noto‘g‘ri deb topildi. Ular xristian dinidan chetlanishga olib keladi, degan g‘oyani ilgari surdi.  
 
Jumladan, reformatsiya davrida aynan diniy mavzulardagi qator pyesalar taqiqlandi. 
Protestantizm ikonalarga sig‘inishni ham qoraladi. Ikonalarga sig‘inish deyarli 
butlarga sig‘inish bilan tenglashtirildi. Ammo protestantlar tasviriy san’atni unchalik 
qoralamadilar. 
Gumanizmning adabiyotdagi yorqin namoyandasi yirik ingliz yozuvchisi 
Vilyam Shekspir (1564-1616) edi. U butun hayotini teatr bilan bog‘lab, 37 ta pyesa 
(komediya, tragediya, drama) va ko‘pgina sonetlar yozib qoldirgan. Ularning ichida 
mashhurlari «Qaysar qizning quyulishi», «Yuliy Sezar», «Makbet», «Hamlet», 
«Otello», «Qirol Lir», «Romeo va Julyetta» asarlaridir. Boshqa gumanist 
yozuvchilarga o‘xshab Shekspir o‘z asarlarida insonni ulug‘ligini va hukmron 
tuzumning razilligini tasvirlagan. «Ko‘rganlarim – bari razolat!», deb hayqiradi u. 
Uning qahramonlari pok vijdonli, kuchli, jasur va dovyurak kishilar, ular jafo 
chekadilar va kurashadilar, lekin dunyoni o‘zgartira olmaydilar. 
Ispan gumanist yozuvchisi Migel Servantes (1547-1616)ning asosiy asarlari 
«Don Kixot» va «Galateya» romani, «Numansiya» tragediyasi jahon madaniyatiga 
katta ta'sir ko‘rsatdi. Ritsarlik romanlariga parodiya shaklida yozilgan «Don Kixot» 
asarida Ispaniyadagi xo‘jalik hayotining keng realistik tasviri yaratilgan. 
Uyg‘onish davrida gumanistik adabiyot singari xo‘jalikning rivojlanishi va 
o‘qimishli kishilarning ko‘payib borishi bilan fan ancha ilgari siljidi. Odamlar 
qo‘lida birinchi marta termometr va barometr, teleskop va mikroskop paydo bo‘ldi. 
Mikroskopning paydo bo‘lishi eng mayda tirik organizmlarning (mikroorganizmlar) 
hayotini, hayvon va o‘simliklarning tuzilishini tadqiq qilish imkonini yaratdi. 
Olimlar yuqumli kasalliklarni qo‘zg‘atuvchi mikroblarni va ularga qarshi kurash 
yo‘llarini o‘rgana boshladilar. Bu tibbiyot va biologiya fanining rivojlanishiga olib 
keldi. 
Geografiya fani sohasida nihoyatda katta yutuqlarga erishildi. Olimlarning 
Yer shar shaklida bo‘lishi haqidagi taxminlari XV asrda sayyohlarning qiziqishini 
yanada oshirdi. Italiyalik olim, astronom Polo Toskanelli bu g‘oyadan kelib chiqib 
dunyo xaritasini tuzdi. Kartada Osiyo qit’asi Atlantika okeanining g‘arbiy 
qirg‘oqlarida tasvirlangan bo‘lib, olimning fikricha, Yevropa qirg‘oqlaridan g‘arbga 
Jumladan, reformatsiya davrida aynan diniy mavzulardagi qator pyesalar taqiqlandi. Protestantizm ikonalarga sig‘inishni ham qoraladi. Ikonalarga sig‘inish deyarli butlarga sig‘inish bilan tenglashtirildi. Ammo protestantlar tasviriy san’atni unchalik qoralamadilar. Gumanizmning adabiyotdagi yorqin namoyandasi yirik ingliz yozuvchisi Vilyam Shekspir (1564-1616) edi. U butun hayotini teatr bilan bog‘lab, 37 ta pyesa (komediya, tragediya, drama) va ko‘pgina sonetlar yozib qoldirgan. Ularning ichida mashhurlari «Qaysar qizning quyulishi», «Yuliy Sezar», «Makbet», «Hamlet», «Otello», «Qirol Lir», «Romeo va Julyetta» asarlaridir. Boshqa gumanist yozuvchilarga o‘xshab Shekspir o‘z asarlarida insonni ulug‘ligini va hukmron tuzumning razilligini tasvirlagan. «Ko‘rganlarim – bari razolat!», deb hayqiradi u. Uning qahramonlari pok vijdonli, kuchli, jasur va dovyurak kishilar, ular jafo chekadilar va kurashadilar, lekin dunyoni o‘zgartira olmaydilar. Ispan gumanist yozuvchisi Migel Servantes (1547-1616)ning asosiy asarlari «Don Kixot» va «Galateya» romani, «Numansiya» tragediyasi jahon madaniyatiga katta ta'sir ko‘rsatdi. Ritsarlik romanlariga parodiya shaklida yozilgan «Don Kixot» asarida Ispaniyadagi xo‘jalik hayotining keng realistik tasviri yaratilgan. Uyg‘onish davrida gumanistik adabiyot singari xo‘jalikning rivojlanishi va o‘qimishli kishilarning ko‘payib borishi bilan fan ancha ilgari siljidi. Odamlar qo‘lida birinchi marta termometr va barometr, teleskop va mikroskop paydo bo‘ldi. Mikroskopning paydo bo‘lishi eng mayda tirik organizmlarning (mikroorganizmlar) hayotini, hayvon va o‘simliklarning tuzilishini tadqiq qilish imkonini yaratdi. Olimlar yuqumli kasalliklarni qo‘zg‘atuvchi mikroblarni va ularga qarshi kurash yo‘llarini o‘rgana boshladilar. Bu tibbiyot va biologiya fanining rivojlanishiga olib keldi. Geografiya fani sohasida nihoyatda katta yutuqlarga erishildi. Olimlarning Yer shar shaklida bo‘lishi haqidagi taxminlari XV asrda sayyohlarning qiziqishini yanada oshirdi. Italiyalik olim, astronom Polo Toskanelli bu g‘oyadan kelib chiqib dunyo xaritasini tuzdi. Kartada Osiyo qit’asi Atlantika okeanining g‘arbiy qirg‘oqlarida tasvirlangan bo‘lib, olimning fikricha, Yevropa qirg‘oqlaridan g‘arbga  
 
suzib, Hindistonga borish mumkin. Olim Yer ekvatori uzunligini xato tasavvur qilib, 
12 ming kilometrga yanglishgan.  
Keyinchalik Kolumb, Vasko da Gama, Magellanning sayohatlaridan so‘ng 
Amerika va Avstraliya qit'alari kashf qilindi. Dovyurak sayohatchilar quruqlik, 
dengiz va okeanlarning katta qismini tekshirdilar. 
Dengiz sayohatining rivojlanishi astronomiyaga doir aniq bilimlarga ega 
bo‘lishni talab qilardi. Olamning tuzilishi haqidagi diniy ta'limotga zarba berildi. 
Polyak olimi Nikolay Kopernik (1473-1543) osmon jismlarini 30 yildan ortiqroq 
kuzatib, yer Quyosh atrofida va o‘z o‘qi atrofida aylanishi, yer planetalarning biri 
bo‘lib, boshqa planetalar ham Quyosh atrofida aylanishini kashf qildi. 1543-yilda 
Kopernik o‘zining «Osmon jismlarining aylanishi haqida» kitobini e'lon qildi. 
Boshqa italyan olimi Jordano Bruno (1548-1600) Kopernik ta'limotini 
rivojlantirdi. U «Olamning cheki yo‘q. Olam beqiyos katta va cheksizdir» degan edi. 
U juda ko‘p olamlar mavjudligi to‘g‘risida dohiyona taxminni ilgari suradi. Hozir 
fan tomonidan bu dadil fikr to‘la tasdiqlangan. Lekin o‘sha davrda bu dinga qarshi 
katta zarba edi, shuning uchun Bruno inkvizitsiya sudi bilan tiriklay o‘tda kuydirildi. 
Yana bir italyan olimi Galileo Galiley (1564-1642) 32 marta katta qilib 
ko‘rsatadigan teleskop yaratib, uning yordamida osmon jismlarini kuzatish orqali 
oyda tog‘lar borligini, Quyoshda dog‘lar borlig‘ini, Yupiter planetasi atrofida 4 ta 
yo‘ldosh borligini kashf etdi. U Olamning geliosentrik tizimini yoqlab chiqqanligi 
uchun inkvizitsiya sudiga tortilgan va Kopernik ta'limotidan voz kechishga majbur 
qilingan. U umrining oxirini surgunda o‘tkazdi. 
Yangi, davr madaniyatining rivojlanishida kitob bosishning ixtiro qilinishi 
katta ahamiyatga ega bo‘ldi.  
XIV asrda Yevropada qog‘oz tayyorlash keng yoyiladi. XV asrning 
boshlarida g‘arbiy Yevropada diniy adabiyotni ko‘paytirish uchun ksilografik usul 
qo‘lanilar edi. Yog‘och yoki mis taxtachada harflarning o‘yilgan nusxalari 
tayyorlanib, keyin qog‘ozga bosilar edi. Lekin bu usul mukammal bo‘lmay katta 
mehnat talab qilar edi. 
91 
suzib, Hindistonga borish mumkin. Olim Yer ekvatori uzunligini xato tasavvur qilib, 12 ming kilometrga yanglishgan. Keyinchalik Kolumb, Vasko da Gama, Magellanning sayohatlaridan so‘ng Amerika va Avstraliya qit'alari kashf qilindi. Dovyurak sayohatchilar quruqlik, dengiz va okeanlarning katta qismini tekshirdilar. Dengiz sayohatining rivojlanishi astronomiyaga doir aniq bilimlarga ega bo‘lishni talab qilardi. Olamning tuzilishi haqidagi diniy ta'limotga zarba berildi. Polyak olimi Nikolay Kopernik (1473-1543) osmon jismlarini 30 yildan ortiqroq kuzatib, yer Quyosh atrofida va o‘z o‘qi atrofida aylanishi, yer planetalarning biri bo‘lib, boshqa planetalar ham Quyosh atrofida aylanishini kashf qildi. 1543-yilda Kopernik o‘zining «Osmon jismlarining aylanishi haqida» kitobini e'lon qildi. Boshqa italyan olimi Jordano Bruno (1548-1600) Kopernik ta'limotini rivojlantirdi. U «Olamning cheki yo‘q. Olam beqiyos katta va cheksizdir» degan edi. U juda ko‘p olamlar mavjudligi to‘g‘risida dohiyona taxminni ilgari suradi. Hozir fan tomonidan bu dadil fikr to‘la tasdiqlangan. Lekin o‘sha davrda bu dinga qarshi katta zarba edi, shuning uchun Bruno inkvizitsiya sudi bilan tiriklay o‘tda kuydirildi. Yana bir italyan olimi Galileo Galiley (1564-1642) 32 marta katta qilib ko‘rsatadigan teleskop yaratib, uning yordamida osmon jismlarini kuzatish orqali oyda tog‘lar borligini, Quyoshda dog‘lar borlig‘ini, Yupiter planetasi atrofida 4 ta yo‘ldosh borligini kashf etdi. U Olamning geliosentrik tizimini yoqlab chiqqanligi uchun inkvizitsiya sudiga tortilgan va Kopernik ta'limotidan voz kechishga majbur qilingan. U umrining oxirini surgunda o‘tkazdi. Yangi, davr madaniyatining rivojlanishida kitob bosishning ixtiro qilinishi katta ahamiyatga ega bo‘ldi. XIV asrda Yevropada qog‘oz tayyorlash keng yoyiladi. XV asrning boshlarida g‘arbiy Yevropada diniy adabiyotni ko‘paytirish uchun ksilografik usul qo‘lanilar edi. Yog‘och yoki mis taxtachada harflarning o‘yilgan nusxalari tayyorlanib, keyin qog‘ozga bosilar edi. Lekin bu usul mukammal bo‘lmay katta mehnat talab qilar edi. 91  
 
1445-yilda nemis olimi Iogann Gutenberg (1400-1468) kitob bosishni ixtiro 
qildi. U dastlab yog‘ochdan, so‘ng metaldan harflar quyish usulini kashf etdi. Yig‘ib, 
tarqaluvchi shriftlar yordamida istalgan sahifa tuzish mumkin edi. Undan tashqari, 
Gutenberg kitob bosadigan matbaa dastgohini (press-stanok) ham kashf etdi. Buning 
natijasida qog‘ozning ikki tomoniga ham yozuv bosiladigan bo‘ldi. Dastlab, bu 
ixtiro o‘ta maxfiy holatda saqlandi. Lekin 15 yildan so‘ng bu kashfiyot 
Germaniyadan boshqa mamlakatlarga ham yoyildi.  
XV asr oxirida venetsiyalik noshir-gumanist Ald Manutsiy (1448-1515) 
1490-yilda o‘zining birinchi bosmaxonasini ochdi. Fransiyalik Anri Eten (1460-
1520) esa o‘zining noshirlik firmasini ochib, u yerda 120 tadan ortiqroq matematika, 
falsafa, astronomiyaga oid kitoblarni bosib chiqardi. XVI asrda Yevropa 
shaharlarida 1100 bosmaxona ishga tushgan edi. Kitoblar ko‘paydi va arzonlashdi. 
Kitob bosishning ixtiro qilinishi insoniyat tarixidagi eng buyuk kashfiyotlardan 
biridir. Chunki u maorif, fan va adabiyotni ilgari siljitdi. 
Uyg‘onish davri san'at sohasida ham g‘oyat buyuk burilish davri bo‘ldi. 
Rassomlar voqelikning jamiki boyligini badiiy aks ettirishni – hajm, kenglik, nurni 
ifodalash san'atini, inson qaddi-qomatini va real muhit-interyer, manzarani 
tasvirlashni izchil egallab bordilar. Uyg‘onish davrining buyuk rassomlari Djotto 
(1266-1337) va Mazachcho (1401-1428) edilar. Ular asosan diniy syujetlar sohasida 
ijod qilgan bo‘lsalar-da, lekin ularning asarlarida realistik xislatlar paydo bo‘ladi. 
Djottoning mashhur freskalaridan «Iuda bo‘sasi» asarida xoinlik harakati 
ifodalangan bo‘lib, unda go‘zal va tik qaragan Xristosning lablaridan bo‘sa olish 
uchun lablarini cho‘zib turgan Iudaning ko‘zlarida sotqinlik va yovuzlik aks 
ettirilgan. 
Leonardo 
da 
Vinchi 
(1452-1519) 
Uyg‘onish 
davrining 
mashhur 
rassomlaridan hisoblanadi. U faqatgina buyuk rassom bo‘lib qolmasdan, balki 
iste'dodli injener, fizik, anatom, matematik, astronom, geolog, arxitektor va 
haykaltarosh edi. U «baxt, mehnat qilgan kishigagina keladi» deb hisoblar edi. 
Rassomchilikni Leonardo da Vinchi san'atning asosiy turi deb hisoblar edi. Shuning 
uchun ham rassomchilikka ijodiy yondashib, kishining his-tuyg‘ularigacha 
1445-yilda nemis olimi Iogann Gutenberg (1400-1468) kitob bosishni ixtiro qildi. U dastlab yog‘ochdan, so‘ng metaldan harflar quyish usulini kashf etdi. Yig‘ib, tarqaluvchi shriftlar yordamida istalgan sahifa tuzish mumkin edi. Undan tashqari, Gutenberg kitob bosadigan matbaa dastgohini (press-stanok) ham kashf etdi. Buning natijasida qog‘ozning ikki tomoniga ham yozuv bosiladigan bo‘ldi. Dastlab, bu ixtiro o‘ta maxfiy holatda saqlandi. Lekin 15 yildan so‘ng bu kashfiyot Germaniyadan boshqa mamlakatlarga ham yoyildi. XV asr oxirida venetsiyalik noshir-gumanist Ald Manutsiy (1448-1515) 1490-yilda o‘zining birinchi bosmaxonasini ochdi. Fransiyalik Anri Eten (1460- 1520) esa o‘zining noshirlik firmasini ochib, u yerda 120 tadan ortiqroq matematika, falsafa, astronomiyaga oid kitoblarni bosib chiqardi. XVI asrda Yevropa shaharlarida 1100 bosmaxona ishga tushgan edi. Kitoblar ko‘paydi va arzonlashdi. Kitob bosishning ixtiro qilinishi insoniyat tarixidagi eng buyuk kashfiyotlardan biridir. Chunki u maorif, fan va adabiyotni ilgari siljitdi. Uyg‘onish davri san'at sohasida ham g‘oyat buyuk burilish davri bo‘ldi. Rassomlar voqelikning jamiki boyligini badiiy aks ettirishni – hajm, kenglik, nurni ifodalash san'atini, inson qaddi-qomatini va real muhit-interyer, manzarani tasvirlashni izchil egallab bordilar. Uyg‘onish davrining buyuk rassomlari Djotto (1266-1337) va Mazachcho (1401-1428) edilar. Ular asosan diniy syujetlar sohasida ijod qilgan bo‘lsalar-da, lekin ularning asarlarida realistik xislatlar paydo bo‘ladi. Djottoning mashhur freskalaridan «Iuda bo‘sasi» asarida xoinlik harakati ifodalangan bo‘lib, unda go‘zal va tik qaragan Xristosning lablaridan bo‘sa olish uchun lablarini cho‘zib turgan Iudaning ko‘zlarida sotqinlik va yovuzlik aks ettirilgan. Leonardo da Vinchi (1452-1519) Uyg‘onish davrining mashhur rassomlaridan hisoblanadi. U faqatgina buyuk rassom bo‘lib qolmasdan, balki iste'dodli injener, fizik, anatom, matematik, astronom, geolog, arxitektor va haykaltarosh edi. U «baxt, mehnat qilgan kishigagina keladi» deb hisoblar edi. Rassomchilikni Leonardo da Vinchi san'atning asosiy turi deb hisoblar edi. Shuning uchun ham rassomchilikka ijodiy yondashib, kishining his-tuyg‘ularigacha  
 
tasvirlashga harakat qiladi. Uning buyuk asarlari «Maxfiy kecha», «Madonna Litta», 
«Djakonda» butun jahonda mashhurdir. «Mona Liza» («Djokonda») – yosh ayol 
portreti, hozirgi kunga qadar san’atning shu sohasidagi eng mashhur asardir. Rassom 
bu suratda yosh ayolning tashqi qiyofasinigina emas, balki uning ichki dunyosini, 
kechinmalarini va kayfiyatini ajoyib, sirli tarzda aks ettirgan. Asarda ma’naviy va 
jismoniy 
go‘zallik, 
xususiylik 
va 
umuminsoniylik 
vobastaligi, 
o‘zaro 
muvofiqlashuv mahorat bilan tasvirlangan. Uning 500 yil muqaddam yaratilganiga 
qaramasdan, tasvirdagi timsol yuzasidan bahslar davom etmoqda. Ayrim 
mutaxassislar rassom asarida o‘zini tasvirlaganini qayd etadilar. Tasviriy san’atda 
ma’lum soniyadagi, aniq bir holat tasvirlanadi. Ammo Leonardo da Vinchi asarining 
o‘ziga xosligi, hayratlanarli jihati shundaki, tomoshabinda ayolning yuzidagi 
tabassum, uning nigohi har daqiqada o‘zgarib turibdi, degan fikr paydo bo‘ladi. 
Leonardo da Vinchi ijodi shunisi bilan qimmatliki, u ijodda o‘zini sinovchi, 
tajribachi sifatida namoyon qiladi. Ijod san’atkor uchun cheksiz izlanishlar, 
yangidan yangi muammolar yechimini qidirishidan iborat edi. Tasvirdagi soyalar, 
ranglar hamohangligi, hatto bo‘yoqlar tarkibi betinim kuzatishlar, tajribalar, sinovlar 
natijasida yuzaga kelgan. Odamlar holatlarining, yuz ko‘rinishlarining turli 
shakldagi chizmalari fikrimiz tasdig‘idir. 
Uyg‘onish davrida ijod qilgan italiyalik buyuk rassomlardan Rafael Santining 
(1483-1520) «Sikstin madonnasi», Vechelo Titsianning (1477-1576) «Ippolito 
Riminaldi portreti», «Flora»si, Sandro Bottichellining (1444-1510) «Veneraning 
tug‘ilishi», «Go‘daklik madonna»si, Veronezening (1528-1588) «Yoshlik va 
qarilik» kabi asarlari butun dunyoga mashhur bo‘lgan asarlardir.  
Donatello (1386-1466) va Mikelandjelo Buonarotti (1475-1504) Uyg‘onish 
davrining buyuk haykaltaroshlari edilar. Donatello bir vaqtda ham haykaltarosh, 
ham yirik musavvir-portretchi rassom edi. U o‘zining haykallarida antik davrga 
taqlid qilib, go‘zal va nihoyatda real asarlar yaratishga harakat qiladi. Buni uning 
«Avliyo Georgiy», «Nikkolo da Utssano byusti» asarlarida ko‘rish mumkin. 
Mikelandjelo ham buyuk haykaltarosh va rassom edi, uning ko‘pgina asarlari 
bibliya va antik syujetlarga bag‘ishlangan. Uning yaratgan haykallari va chizgan 
tasvirlashga harakat qiladi. Uning buyuk asarlari «Maxfiy kecha», «Madonna Litta», «Djakonda» butun jahonda mashhurdir. «Mona Liza» («Djokonda») – yosh ayol portreti, hozirgi kunga qadar san’atning shu sohasidagi eng mashhur asardir. Rassom bu suratda yosh ayolning tashqi qiyofasinigina emas, balki uning ichki dunyosini, kechinmalarini va kayfiyatini ajoyib, sirli tarzda aks ettirgan. Asarda ma’naviy va jismoniy go‘zallik, xususiylik va umuminsoniylik vobastaligi, o‘zaro muvofiqlashuv mahorat bilan tasvirlangan. Uning 500 yil muqaddam yaratilganiga qaramasdan, tasvirdagi timsol yuzasidan bahslar davom etmoqda. Ayrim mutaxassislar rassom asarida o‘zini tasvirlaganini qayd etadilar. Tasviriy san’atda ma’lum soniyadagi, aniq bir holat tasvirlanadi. Ammo Leonardo da Vinchi asarining o‘ziga xosligi, hayratlanarli jihati shundaki, tomoshabinda ayolning yuzidagi tabassum, uning nigohi har daqiqada o‘zgarib turibdi, degan fikr paydo bo‘ladi. Leonardo da Vinchi ijodi shunisi bilan qimmatliki, u ijodda o‘zini sinovchi, tajribachi sifatida namoyon qiladi. Ijod san’atkor uchun cheksiz izlanishlar, yangidan yangi muammolar yechimini qidirishidan iborat edi. Tasvirdagi soyalar, ranglar hamohangligi, hatto bo‘yoqlar tarkibi betinim kuzatishlar, tajribalar, sinovlar natijasida yuzaga kelgan. Odamlar holatlarining, yuz ko‘rinishlarining turli shakldagi chizmalari fikrimiz tasdig‘idir. Uyg‘onish davrida ijod qilgan italiyalik buyuk rassomlardan Rafael Santining (1483-1520) «Sikstin madonnasi», Vechelo Titsianning (1477-1576) «Ippolito Riminaldi portreti», «Flora»si, Sandro Bottichellining (1444-1510) «Veneraning tug‘ilishi», «Go‘daklik madonna»si, Veronezening (1528-1588) «Yoshlik va qarilik» kabi asarlari butun dunyoga mashhur bo‘lgan asarlardir. Donatello (1386-1466) va Mikelandjelo Buonarotti (1475-1504) Uyg‘onish davrining buyuk haykaltaroshlari edilar. Donatello bir vaqtda ham haykaltarosh, ham yirik musavvir-portretchi rassom edi. U o‘zining haykallarida antik davrga taqlid qilib, go‘zal va nihoyatda real asarlar yaratishga harakat qiladi. Buni uning «Avliyo Georgiy», «Nikkolo da Utssano byusti» asarlarida ko‘rish mumkin. Mikelandjelo ham buyuk haykaltarosh va rassom edi, uning ko‘pgina asarlari bibliya va antik syujetlarga bag‘ishlangan. Uning yaratgan haykallari va chizgan  
 
suratlarida kurashchan insonlar haqidagi, qahramonlar va zabardast, irodali, jasur va 
kuchli, go‘zal insonlar haqidagi orzulari aks etgan. Uning shu yo‘nalishda yaratilgan 
«Dovud», «Arqonlarni uzayotgan qo‘l», «Pieta» kabi asarlari mashhurdir. Mashhur 
rassomning Vatikandagi Sekstin kapellasidagi suratlari soni 700 ga yaqin bo‘lib, u 
uzunligi 40, eni 13 va balandligi 20 metrli xonada chizilgan. Mikelanjelo 4 yil 
davomida mashaqqatli mehnat qilib, 1512-yilda kapella freskalarini tantanali 
ochishga tayyorlaydi. Uning haykaltarosh sifatida yaratgan eng buyuk ishlaridan biri 
«Dovud» bo’lib, u g‘oyat katta marmar toshdan ishlangan. Bu haykalning balandligi 
5,5 metrni tashkil etadi, zamondoshlari uni «gigant» deb atashadi. Mikelanjelo bu 
haykalda dahshatli bir mahluqni yakkama-yakka jangda tosh bilan urib o‘ldirgan 
afsonaviy cho‘pon yigitni tasvirlagan. Florensiyaning markaziy maydoniga 
o‘rnatilgan bu haykal o‘sha vaqtdan buyon shaharning homiysi hisoblanib keladi. 
Umrining oxirida Mikelanjelo me’morchilik bilan shug‘ullanadi. Rimda Pyotr 
soborining juda katta gumbazi loyihasini tuzgan, u avliyo Pyotr Sobori qurilishini 
nihoyasiga yetkazadi. Sobor Uyg‘onish davrining eng katta namunasidir. Gumbazning 
balandligi 132 metr bo’lib, uni ustunlar ko‘tarib turgan. 
Uyg‘onish davri arxitekturasida dunyoviy inshootlar – jamoat binolari, 
saroylar, shahar uylari yetakchi o’rin ola boshladi. Arxitektorlar orderlar, ark 
galereyalari, kolonnalar, gumbazlar, qubbalardan foydalanib, o‘zlari bunyod etgan 
imoratlarga ulug‘vor aniqlik, insoniy borliqqa xos uyg‘unlik va mutanosiblik baxsh 
etdilar. Italiyada buyuk arxitektorlardan Filippo Brunelleski (1377-1446) birinchi 
bo‘lib, katta gumbazli inshootlar qurish muammosini yechgan edi. Uning imoratlari 
o‘zining proporsional ko‘rinishi bilan ajralib turadi. Florensiyadagi «Tarbiyalash 
uyi», «Kapella Patsi» asarlari shular jumlasidandir. Boshqa buyuk arxitektorlardan 
D. Bramantening (1444-1514) «Tempietto», A. Palladioning «Palatso porto», «Villa 
Rotonda», «San Djordjio Cherkovi» kabi inshootlari dunyoga mashhurdir. 
Me'morchilik 
san'atining 
buyuk 
yodgorliklaridan 
Rimdagi 
Avliyo 
Petr 
ibodatxonasini qayd etish mumkin. U tanaffuslar bilan 100 yil davomida (1506-
1590) qurilgan. Uning gumbazi qurilishini Mikelandjelo boshlab, Djakomo dela 
Porta tamomlagan. Uning balandligi 132 metrni, maydoni 15 ming kv. m. tashkil 
suratlarida kurashchan insonlar haqidagi, qahramonlar va zabardast, irodali, jasur va kuchli, go‘zal insonlar haqidagi orzulari aks etgan. Uning shu yo‘nalishda yaratilgan «Dovud», «Arqonlarni uzayotgan qo‘l», «Pieta» kabi asarlari mashhurdir. Mashhur rassomning Vatikandagi Sekstin kapellasidagi suratlari soni 700 ga yaqin bo‘lib, u uzunligi 40, eni 13 va balandligi 20 metrli xonada chizilgan. Mikelanjelo 4 yil davomida mashaqqatli mehnat qilib, 1512-yilda kapella freskalarini tantanali ochishga tayyorlaydi. Uning haykaltarosh sifatida yaratgan eng buyuk ishlaridan biri «Dovud» bo’lib, u g‘oyat katta marmar toshdan ishlangan. Bu haykalning balandligi 5,5 metrni tashkil etadi, zamondoshlari uni «gigant» deb atashadi. Mikelanjelo bu haykalda dahshatli bir mahluqni yakkama-yakka jangda tosh bilan urib o‘ldirgan afsonaviy cho‘pon yigitni tasvirlagan. Florensiyaning markaziy maydoniga o‘rnatilgan bu haykal o‘sha vaqtdan buyon shaharning homiysi hisoblanib keladi. Umrining oxirida Mikelanjelo me’morchilik bilan shug‘ullanadi. Rimda Pyotr soborining juda katta gumbazi loyihasini tuzgan, u avliyo Pyotr Sobori qurilishini nihoyasiga yetkazadi. Sobor Uyg‘onish davrining eng katta namunasidir. Gumbazning balandligi 132 metr bo’lib, uni ustunlar ko‘tarib turgan. Uyg‘onish davri arxitekturasida dunyoviy inshootlar – jamoat binolari, saroylar, shahar uylari yetakchi o’rin ola boshladi. Arxitektorlar orderlar, ark galereyalari, kolonnalar, gumbazlar, qubbalardan foydalanib, o‘zlari bunyod etgan imoratlarga ulug‘vor aniqlik, insoniy borliqqa xos uyg‘unlik va mutanosiblik baxsh etdilar. Italiyada buyuk arxitektorlardan Filippo Brunelleski (1377-1446) birinchi bo‘lib, katta gumbazli inshootlar qurish muammosini yechgan edi. Uning imoratlari o‘zining proporsional ko‘rinishi bilan ajralib turadi. Florensiyadagi «Tarbiyalash uyi», «Kapella Patsi» asarlari shular jumlasidandir. Boshqa buyuk arxitektorlardan D. Bramantening (1444-1514) «Tempietto», A. Palladioning «Palatso porto», «Villa Rotonda», «San Djordjio Cherkovi» kabi inshootlari dunyoga mashhurdir. Me'morchilik san'atining buyuk yodgorliklaridan Rimdagi Avliyo Petr ibodatxonasini qayd etish mumkin. U tanaffuslar bilan 100 yil davomida (1506- 1590) qurilgan. Uning gumbazi qurilishini Mikelandjelo boshlab, Djakomo dela Porta tamomlagan. Uning balandligi 132 metrni, maydoni 15 ming kv. m. tashkil  
 
etadi. Uzoq vaqt qurilgan bu ibodatxonada Uyg‘onish davri arxitektura uslubi bilan 
bir qatorda barokko uslubi ham ulanib ketgan. Barokko me'morchilik uslubi XVI 
asrning oxiri – XVII asr boshlarida butun Yevropada tarqaladi, unda gotik uslubi 
hamda ko‘pgina naqshlar va boshqa bezaklar ishlatilar edi. Fransiyada buyuk 
arxitektor Lesko Uyg‘onish davrida qirollar saroyi – Luvrni (Parijda) qurgan edi. Bu 
saroy Italiya arxitektura uslubida qurilgan. 
Italiyadagi Uyg‘onish davrining san'ati Yevropadagi boshqa mamlakatlar 
san'atining yuksalishiga ijobiy ta'sir ko‘rsatdi. Lekin shuni aytib o‘tish lozimki, 
Ispaniya, Germaniya, Niderlandiya, Fransiya va Angliyada yetishib chiqqan buyuk 
rassomlar, Italiya san'at ustalarining yutuqlarini o‘zlashtirish bilan birga, jahon 
san'atiga ko‘plab yangiliklar ham kiritdilar. 
XVI asr boshlarida Germaniyada Uyg‘onish davri san'atining gullab-
yashnashi reformatsiya va hukmron doiralar zulmiga qarshi kurash bilan bog‘langan 
edi. 
Germaniyaning buyuk rassomlari va gravyurachilaridan biri Albrext Dyurer 
(1471-1528) edi. U asli Nyurnberglik bo‘lib, shu shaharning gumanistlari bilan 
chambarchas bog‘liq edi. Dyurer yoshligidan gravyuralar yasab (tasvir misga 
chizilib, keyin kislota bilan bo‘yab ustiga qog‘oz qo‘yib ko‘chirma qilinar edi), ular 
bilan kitoblarni bezar edi. U buyuk portret ustasi edi. Uning portretlari katta realistik 
kuchga ega, ularda inson ruhiy olamining boyligi ko‘rsatilgan. Shuningdek, uning 
yorqin, ma'noli va o‘tkir peyzaj rasmlari va natyurmortlari ham mashhurdir. Uning 
faqatgina katta gravyuralardan iborat 100 dan ortiq asarlari qolgan («Qariya 
portreti», «Avtoportret», «Avliyo Cheronim» kabilar). 
XVI asr nemis mussavirlik san'atining boshqa yirik namoyondalari – Lukas 
Kranax (1472-1553) va Gans Golbeynlar (1497-1543) edi. Kranax reformatsiyaning 
qizg‘in tarafdori edi va bu uning asarlarida o’z aksini topdi. U reformatsiya 
arboblarining portretlarini chizgan edi. Gans Golbeyn (Augsburglik) o‘zining 
suratlarida Dehqonlar urushidagi sahnalarni tasvirlagan. Lekin u portretchi rassom 
sifatida nom chiqardi. U yaratgan Erazm Rotterdamskiy, Tomas Mor, ingliz qirollari 
etadi. Uzoq vaqt qurilgan bu ibodatxonada Uyg‘onish davri arxitektura uslubi bilan bir qatorda barokko uslubi ham ulanib ketgan. Barokko me'morchilik uslubi XVI asrning oxiri – XVII asr boshlarida butun Yevropada tarqaladi, unda gotik uslubi hamda ko‘pgina naqshlar va boshqa bezaklar ishlatilar edi. Fransiyada buyuk arxitektor Lesko Uyg‘onish davrida qirollar saroyi – Luvrni (Parijda) qurgan edi. Bu saroy Italiya arxitektura uslubida qurilgan. Italiyadagi Uyg‘onish davrining san'ati Yevropadagi boshqa mamlakatlar san'atining yuksalishiga ijobiy ta'sir ko‘rsatdi. Lekin shuni aytib o‘tish lozimki, Ispaniya, Germaniya, Niderlandiya, Fransiya va Angliyada yetishib chiqqan buyuk rassomlar, Italiya san'at ustalarining yutuqlarini o‘zlashtirish bilan birga, jahon san'atiga ko‘plab yangiliklar ham kiritdilar. XVI asr boshlarida Germaniyada Uyg‘onish davri san'atining gullab- yashnashi reformatsiya va hukmron doiralar zulmiga qarshi kurash bilan bog‘langan edi. Germaniyaning buyuk rassomlari va gravyurachilaridan biri Albrext Dyurer (1471-1528) edi. U asli Nyurnberglik bo‘lib, shu shaharning gumanistlari bilan chambarchas bog‘liq edi. Dyurer yoshligidan gravyuralar yasab (tasvir misga chizilib, keyin kislota bilan bo‘yab ustiga qog‘oz qo‘yib ko‘chirma qilinar edi), ular bilan kitoblarni bezar edi. U buyuk portret ustasi edi. Uning portretlari katta realistik kuchga ega, ularda inson ruhiy olamining boyligi ko‘rsatilgan. Shuningdek, uning yorqin, ma'noli va o‘tkir peyzaj rasmlari va natyurmortlari ham mashhurdir. Uning faqatgina katta gravyuralardan iborat 100 dan ortiq asarlari qolgan («Qariya portreti», «Avtoportret», «Avliyo Cheronim» kabilar). XVI asr nemis mussavirlik san'atining boshqa yirik namoyondalari – Lukas Kranax (1472-1553) va Gans Golbeynlar (1497-1543) edi. Kranax reformatsiyaning qizg‘in tarafdori edi va bu uning asarlarida o’z aksini topdi. U reformatsiya arboblarining portretlarini chizgan edi. Gans Golbeyn (Augsburglik) o‘zining suratlarida Dehqonlar urushidagi sahnalarni tasvirlagan. Lekin u portretchi rassom sifatida nom chiqardi. U yaratgan Erazm Rotterdamskiy, Tomas Mor, ingliz qirollari  
 
Genrix VIII va Eduard VI, gersog Norfolklarning portretlari chuqur psixiologiyasi, 
haqqoniyligi, to‘la realligi, ko‘rkamligi bilan ajralib turadi. 
XVI asr oxiridan Ispaniyada san'at gullab-yashnay boshladi va bu jarayon 
qariyb yuz yil davom etdi. Bu davr ispan madaniyatining «oltin asri» deb ataladi. 
Ispaniyaning jahonga mashhur rassomlari Bartolomeo Estebano Murilo 
(1617-1682) va Diego Rodriges Velaskes (1599-1660) hisoblanadi. Muriloning 
chizgan Madonnalari o‘zining go‘zalligi bilan Rafaelning madonnalari bilan 
tenglasha oladi. Bolalarning suratini chizishda Murilo mohir usta edi. Masalan, 
uning «Qo‘zichoq bilan bola» asari mashhur. 
Atoqli rassom Velaskes saroy rassomi edi. U 40 yil ispan qirollari saroyida 
xizmat qiladi. Shuning uchun uning ko‘pgina asarlarini qirol, uning oila a'zolari va 
oliy martabali zodagonlarning va saroyda yashaydigan masxarabozlarning 
portretlari tashkil etadi. Lekin rassom bu portretlarning buyurtmachilariga aslo 
xushomadgo‘ylik qilmasdan, ularning o‘zlari qanday bo‘lsa shundayligicha 
tasvirlagan edi. Uning «Papa Inokentiy X portreti», «Infanta», «Karlik Morr 
portreti» va boshqa asarlari shular jumlasidandir. Undan tashqari Velaskesning 
mo‘yqalamiga mehnat mavzusiga, jang mavzusiga oid suratlar ham mansub. Uning, 
ayniqsa «Kuznitsa Dulkana», «Ip yigiruvchi ayollar», «Bred shahrining olinishi» 
asarlari mashhur. Velaskesning asarlarida ispan rassomlik san'atining eng yaxshi 
an’analari, ayniqsa uning realizmi to‘la aks ettirilgan. Uning qabr toshiga 
zamondoshlari «Haqiqat rassomiga» degan so‘zlarni bejiz yozib qoldirmagan. 
Gollandiyada san'at XVI asrning oxiri – XVII asrlarda gullab-yashnadi. 
G’arbiy Yevropaning biror bir mamlakatida Gollandiyadagidek rassomchilik 
shunchalik tez yuksalib, keng tarqalgani yo‘q. Gollandiyada rassomlarga suratlarni 
saroy va cherkov ahllari buyurtma bermas edi (protestant ibodatxonalarida ikonalar 
yo‘q edi). Bu yerda faqat boylargina emas, balki byurgerlar, hunarmandlar va yaxshi 
yashayotgan dehqonlar ham suratlar sotib olib, o‘z uylarini bezar edilar. Shuning 
uchun rassomlar o‘z tevarak-atrofdagi tabiat manzaralari, turmush hodisalari 
haqidagi suratlarni ko‘proq chizardilar. Gollandiyada rassomlik san'atining portret, 
peyzaj, natyurmort kabi janrlari rivojlanadi. 
Genrix VIII va Eduard VI, gersog Norfolklarning portretlari chuqur psixiologiyasi, haqqoniyligi, to‘la realligi, ko‘rkamligi bilan ajralib turadi. XVI asr oxiridan Ispaniyada san'at gullab-yashnay boshladi va bu jarayon qariyb yuz yil davom etdi. Bu davr ispan madaniyatining «oltin asri» deb ataladi. Ispaniyaning jahonga mashhur rassomlari Bartolomeo Estebano Murilo (1617-1682) va Diego Rodriges Velaskes (1599-1660) hisoblanadi. Muriloning chizgan Madonnalari o‘zining go‘zalligi bilan Rafaelning madonnalari bilan tenglasha oladi. Bolalarning suratini chizishda Murilo mohir usta edi. Masalan, uning «Qo‘zichoq bilan bola» asari mashhur. Atoqli rassom Velaskes saroy rassomi edi. U 40 yil ispan qirollari saroyida xizmat qiladi. Shuning uchun uning ko‘pgina asarlarini qirol, uning oila a'zolari va oliy martabali zodagonlarning va saroyda yashaydigan masxarabozlarning portretlari tashkil etadi. Lekin rassom bu portretlarning buyurtmachilariga aslo xushomadgo‘ylik qilmasdan, ularning o‘zlari qanday bo‘lsa shundayligicha tasvirlagan edi. Uning «Papa Inokentiy X portreti», «Infanta», «Karlik Morr portreti» va boshqa asarlari shular jumlasidandir. Undan tashqari Velaskesning mo‘yqalamiga mehnat mavzusiga, jang mavzusiga oid suratlar ham mansub. Uning, ayniqsa «Kuznitsa Dulkana», «Ip yigiruvchi ayollar», «Bred shahrining olinishi» asarlari mashhur. Velaskesning asarlarida ispan rassomlik san'atining eng yaxshi an’analari, ayniqsa uning realizmi to‘la aks ettirilgan. Uning qabr toshiga zamondoshlari «Haqiqat rassomiga» degan so‘zlarni bejiz yozib qoldirmagan. Gollandiyada san'at XVI asrning oxiri – XVII asrlarda gullab-yashnadi. G’arbiy Yevropaning biror bir mamlakatida Gollandiyadagidek rassomchilik shunchalik tez yuksalib, keng tarqalgani yo‘q. Gollandiyada rassomlarga suratlarni saroy va cherkov ahllari buyurtma bermas edi (protestant ibodatxonalarida ikonalar yo‘q edi). Bu yerda faqat boylargina emas, balki byurgerlar, hunarmandlar va yaxshi yashayotgan dehqonlar ham suratlar sotib olib, o‘z uylarini bezar edilar. Shuning uchun rassomlar o‘z tevarak-atrofdagi tabiat manzaralari, turmush hodisalari haqidagi suratlarni ko‘proq chizardilar. Gollandiyada rassomlik san'atining portret, peyzaj, natyurmort kabi janrlari rivojlanadi.  
 
Niderland rassomchiligi o‘zining Yan Van Eyk (1366-1441), Piter Breygel 
(1525-1569), Piter Paul Rubens (1577-1640), Rembrant van Reyn (1606-1669) kabi 
rassomlari bilan mashhurdir. Piter Breygelning «Dehqonlar raqsi», «Go‘daklar 
savalanishi», «Ko‘rlar» kabi suratlari mashhurdir. Ayniqsa, «Ko‘rlar» asarida 
musavvir odamzod tragediyasini yaratishga harakat qiladi – ko‘r odam ko‘rlarni 
yetaklab ketmoqda. 
Rubens ham portret, ham peyzaj ustasi edi. Uning qahramonlari kuchliligi, 
to‘laqonligi va xushchaqchaqligi bilan ajralib turadi. Rebensning bugungi kunda 
ham «Diananing ovdan qaytishi», «Xotini Izabella Brandt bilan avtoportreti», 
«Negrlar boshlari», «Bug‘ular ovidagi sahna» asarlari dunyo muzeylarini bezab 
turibdi. 
Gollandiya rassomlik san'atining buyuk ustasi Rembrandt van Reyn edi. U 
o‘zining asarlarida inson, uning xarakteri, aqli va ruhiy kechinmalariga asosiy e'tibor 
berardi. Rembrandt faqatgina o‘zining 100 ga yaqin portretini chizgan edi. Uning 
bizgacha 1,5 mingta asarlari yetib kelgan. Rembrandtni «yorug‘lik va soya sehrgari» 
deb atashadi, chunki u soya va yorug‘lik tushayotgan tomonni munosib rang berib 
ko‘rsatishda katta yutuqlarga erishdi. Uning «Saskiya portreti», «Oqpadar o‘g‘ilning 
qaytishi», «Kampirning portreti» va boshqa suratlari bilan butun Yevropa 
faxrlanadi. Lekin u kambag‘allashib muhtojlikda umr kechirdi va hatto o‘limidan 
so‘ng kambag‘allar qabristoniga dafn etilgan. 
Uyg‘onish davrining buyuk san'atkorlari yaratgan nodir asarlar kishilarni 
hozir ham qoyil qoldirib kelmoqda. 
 3.3.XVIII asr – Yevropa ma'rifatparvarligi asri. XIX asr Yevropasida 
madaniyat sohasida yuz bergan o’zgarishlar 
 
Industrlashtirish davrining boshlariga kelib progressiv g‘oyaviy oqim – 
ma'rifatparvarlik paydo bo‘ldi. Ma’rifatning lug‘aviy ma’nosi bu – bilish, tanish, 
ya’ni bilim demakdir. Bu so‘zning ko‘plik ma’nosi maorifdir. Atama sifatida u 
tabiat, jamiyat va inson mohiyati haqidagi turli bilimlar, ma’lumotlar majmuini 
anglatadi. Ma’rifatning butun mazmunini bilim va madaniyat tashkil etadi. Shu 
Niderland rassomchiligi o‘zining Yan Van Eyk (1366-1441), Piter Breygel (1525-1569), Piter Paul Rubens (1577-1640), Rembrant van Reyn (1606-1669) kabi rassomlari bilan mashhurdir. Piter Breygelning «Dehqonlar raqsi», «Go‘daklar savalanishi», «Ko‘rlar» kabi suratlari mashhurdir. Ayniqsa, «Ko‘rlar» asarida musavvir odamzod tragediyasini yaratishga harakat qiladi – ko‘r odam ko‘rlarni yetaklab ketmoqda. Rubens ham portret, ham peyzaj ustasi edi. Uning qahramonlari kuchliligi, to‘laqonligi va xushchaqchaqligi bilan ajralib turadi. Rebensning bugungi kunda ham «Diananing ovdan qaytishi», «Xotini Izabella Brandt bilan avtoportreti», «Negrlar boshlari», «Bug‘ular ovidagi sahna» asarlari dunyo muzeylarini bezab turibdi. Gollandiya rassomlik san'atining buyuk ustasi Rembrandt van Reyn edi. U o‘zining asarlarida inson, uning xarakteri, aqli va ruhiy kechinmalariga asosiy e'tibor berardi. Rembrandt faqatgina o‘zining 100 ga yaqin portretini chizgan edi. Uning bizgacha 1,5 mingta asarlari yetib kelgan. Rembrandtni «yorug‘lik va soya sehrgari» deb atashadi, chunki u soya va yorug‘lik tushayotgan tomonni munosib rang berib ko‘rsatishda katta yutuqlarga erishdi. Uning «Saskiya portreti», «Oqpadar o‘g‘ilning qaytishi», «Kampirning portreti» va boshqa suratlari bilan butun Yevropa faxrlanadi. Lekin u kambag‘allashib muhtojlikda umr kechirdi va hatto o‘limidan so‘ng kambag‘allar qabristoniga dafn etilgan. Uyg‘onish davrining buyuk san'atkorlari yaratgan nodir asarlar kishilarni hozir ham qoyil qoldirib kelmoqda. 3.3.XVIII asr – Yevropa ma'rifatparvarligi asri. XIX asr Yevropasida madaniyat sohasida yuz bergan o’zgarishlar Industrlashtirish davrining boshlariga kelib progressiv g‘oyaviy oqim – ma'rifatparvarlik paydo bo‘ldi. Ma’rifatning lug‘aviy ma’nosi bu – bilish, tanish, ya’ni bilim demakdir. Bu so‘zning ko‘plik ma’nosi maorifdir. Atama sifatida u tabiat, jamiyat va inson mohiyati haqidagi turli bilimlar, ma’lumotlar majmuini anglatadi. Ma’rifatning butun mazmunini bilim va madaniyat tashkil etadi. Shu  
 
o‘rinda ta’kidlash o’rinliki, insoniyatning bir jamiyatdan ikkinchi jamiyatga, bir tarixiy 
davrdan ikkinchisiga o‘tishi, avvalo, ma’rifatparvarlikdan boshlanadi. Zamonaviy 
yetuk, ongli, yurtim deb yashovchi, uzoqni ko‘zlovchi ma’naviyatli, fidoyi siymolar 
tabiatan ma’rifatparvar bo‘ladilar. Bunday siymolar jamiyatning buguni va kelajagi 
uchun muhim g‘oyalarni ko‘tarib chiqadilar va amalga oshirish uchun izchil kurash olib 
boradilar.  
XVIII asrda katolik cherkovi absolutizmni va mavjud tartiblarni himoya qilar, 
xalq orasida bu tartiblar xudo tomonidan o‘rnatilgan, degan ko‘r-ko‘rona ishonchni 
mustahkamlashga intilar edi.  
Biroq ilg‘or yozuvchilar, olimlar ilm-fan va maorifni dinga qarama-qarshi 
qo‘yar, o‘sib kelayotgan yangi tabaqalar bilan xalq manfaatlarini himoya qilardilar. 
Ijtimoiy fikrning bu yo‘nalishi "Ma’rifat" yo’nalishi bo’lib, uning vakillari esa 
tarixga XVIII asr ma’rifatparvarlari nomi bilan kirdilar. Barcha baxtsizlik va 
nohaqliklardan insoniyatning aziyat chekishi bilimsizlikdan ekanligiga, faqat ma’rifatgina 
xalq va uning ideali "Ozodlik, Tenglik, Qardoshlik"ni o‘rnatishga qodir ekanligiga 
ma’rifatparvarlar chuqur ishonganlar. Ma’rifatparvarlar ilg‘or g‘oyalarni ilgari surib, 
umrini yashab bo‘lgan tartiblarni bekor qilish va yangi zamonaviy tartiblarni joriy 
qilish sari kurashga otlanganlar. Ma'rifatchilik g‘oyalari ilohiyot va diniy axloqqa 
qarshi chiqqan ilg‘or bu davr mutafakkirlarining falsafiy ta'limotlarida, shuningdek, 
sotsial-utopistlarning 
qarashlarida 
bayon 
qilingan 
edi. 
Ma'rifatparvarlik 
namoyandalari «tabiiy tenglik»ka asoslangan «aql-idrok» hukmronligini o‘rnatish 
uchun, siyosiy erkinlik va fuqarolararo tenglik uchun kurashdilar. Yangi ijtimoiy 
tartibga erishish yo‘lida bilim, ma'rifatni tarqatishga alohida ahamiyat berdilar. 
Ko‘pgina ma'rifatparvarlar diniy jaholatni tanqid qilishga katta hissa qo’shdilar, 
ulardan ayrimlari materialist edi. 
Ma'rifatparvarlikning yirik vakillaridan Angliyada Jon Lokk (1632-1704) 
insonning barcha bilimlari tajribalaridan kelib chiqadi, deb ta'kidlagan empirik bilish 
nazariyasini ishlab chiqdi. 
96 
o‘rinda ta’kidlash o’rinliki, insoniyatning bir jamiyatdan ikkinchi jamiyatga, bir tarixiy davrdan ikkinchisiga o‘tishi, avvalo, ma’rifatparvarlikdan boshlanadi. Zamonaviy yetuk, ongli, yurtim deb yashovchi, uzoqni ko‘zlovchi ma’naviyatli, fidoyi siymolar tabiatan ma’rifatparvar bo‘ladilar. Bunday siymolar jamiyatning buguni va kelajagi uchun muhim g‘oyalarni ko‘tarib chiqadilar va amalga oshirish uchun izchil kurash olib boradilar. XVIII asrda katolik cherkovi absolutizmni va mavjud tartiblarni himoya qilar, xalq orasida bu tartiblar xudo tomonidan o‘rnatilgan, degan ko‘r-ko‘rona ishonchni mustahkamlashga intilar edi. Biroq ilg‘or yozuvchilar, olimlar ilm-fan va maorifni dinga qarama-qarshi qo‘yar, o‘sib kelayotgan yangi tabaqalar bilan xalq manfaatlarini himoya qilardilar. Ijtimoiy fikrning bu yo‘nalishi "Ma’rifat" yo’nalishi bo’lib, uning vakillari esa tarixga XVIII asr ma’rifatparvarlari nomi bilan kirdilar. Barcha baxtsizlik va nohaqliklardan insoniyatning aziyat chekishi bilimsizlikdan ekanligiga, faqat ma’rifatgina xalq va uning ideali "Ozodlik, Tenglik, Qardoshlik"ni o‘rnatishga qodir ekanligiga ma’rifatparvarlar chuqur ishonganlar. Ma’rifatparvarlar ilg‘or g‘oyalarni ilgari surib, umrini yashab bo‘lgan tartiblarni bekor qilish va yangi zamonaviy tartiblarni joriy qilish sari kurashga otlanganlar. Ma'rifatchilik g‘oyalari ilohiyot va diniy axloqqa qarshi chiqqan ilg‘or bu davr mutafakkirlarining falsafiy ta'limotlarida, shuningdek, sotsial-utopistlarning qarashlarida bayon qilingan edi. Ma'rifatparvarlik namoyandalari «tabiiy tenglik»ka asoslangan «aql-idrok» hukmronligini o‘rnatish uchun, siyosiy erkinlik va fuqarolararo tenglik uchun kurashdilar. Yangi ijtimoiy tartibga erishish yo‘lida bilim, ma'rifatni tarqatishga alohida ahamiyat berdilar. Ko‘pgina ma'rifatparvarlar diniy jaholatni tanqid qilishga katta hissa qo’shdilar, ulardan ayrimlari materialist edi. Ma'rifatparvarlikning yirik vakillaridan Angliyada Jon Lokk (1632-1704) insonning barcha bilimlari tajribalaridan kelib chiqadi, deb ta'kidlagan empirik bilish nazariyasini ishlab chiqdi. 96  
 
Robert Ouen (1771-1858) utopik sotsialist edi, uning ta'limotiga ko‘ra, 
odamlarning hamma illatlari va kamchiliklarida odamning o‘zi emas, balki ular 
yashayotgan ijtimoiy tuzum ayblidir. 
Fransiyada Monteske (1689-1755) atoqli ma'rifatparvarlardan biri edi, u 
absolyut monarxiya illatlarini qoralab cheklangan konstitutsion monarxiyani yoqlab 
chiqdi. Volter (1694-1778) garchi absolyut monarxiya va cherkovni tanqid qilsa-da, 
lekin inqilobni xohlamasdi va xalqni itoatgo‘ylikda ushlab turish uchun dinni saqlab 
qolish kerak, deb hisoblardi: «Agar xudo bo‘lmaganida, uni o‘ylab topish kerak 
bo‘lur edi», deydi u.  
Jan Jak Russo (1712-1778) boylar ham, kambag‘allar ham bo‘lmaydigan, 
hamma bir-birining manfaatiga zarar yetkazmay mehnat qiladigan teng huquqli 
mayda mulkdorlar jamiyatini oliy maqsad qilib qo‘ygan edi. 
Deni Didro (1713-1784) yirik yozuvchi va faylasuf edi. «Ensiklopediya, ya'ni 
fan, san'at va kasb-hunar izohli lug‘ati»ning asoschisi va muharriri edi. 1751-yildan 
boshlab Deni Didro tashabbusi bilan ko‘plab ma’rifatparvarlar ko‘p tomli 
"ensiklopediya"ni tayyorlash va nashr etish bilan shug‘ullana boshladilar. Ensiklopediya 
mualliflari orasida Volter, Jan Jak Russo singari taniqli siymolar bor edi. Ular o‘z 
zamonining ilmiy bilimlari va ilg‘or g‘oyalarini bayon etish va ularga ta’rif berish 
borasida tinimsiz izlanishlarda bo‘ldilar. Olimlarning sa’y-harakatlari bilan 35 tomlik 
izohli lug‘at - ensiklopediya nashr etildi. Ensiklopediyadan matematika, astronomiya, 
fizika, kimyo, geografiya va turli ishlab chiqarish sohalari va texnologiyalariga oid 
qiziqarli maqolalar o‘rin olgan edi. Unda sanoat buyumlarini yasash, qishloq 
xo‘jaligi mahsulotlarini yuritishning ilg‘or usullari batafsil bayon qilingan edi. Bu 
esa mamlakat ishlab chiqaruvchi kuchlarini rivojlantirish tomon keng imkoniyatlar 
ochib berdi. Bundan tashqari, ensiklopediyada mualliflar butun insoniyat faoliyatiga 
aql-idrok, ma’rifat va ilm-fan asos bo‘lishi kerakligini chuqur asoslab berdilar, 
xususiy mulkchilik, sohibkorlikni himoya qildilar, qishloq xo‘jaligi, sanoat va 
savdo-sotiq yo‘liga zid bo’lgan barcha to‘siqlarni olib tashlanishini talab qildilar, 
millat, ya’ni butun jamiyat tabaqalarga bo‘lingan "fuqarolar"dan emas, balki qonun 
oldida teng huquqlar va teng majburiyatlarga ega fuqarolardan iborat bo‘lishi kerak, deb 
Robert Ouen (1771-1858) utopik sotsialist edi, uning ta'limotiga ko‘ra, odamlarning hamma illatlari va kamchiliklarida odamning o‘zi emas, balki ular yashayotgan ijtimoiy tuzum ayblidir. Fransiyada Monteske (1689-1755) atoqli ma'rifatparvarlardan biri edi, u absolyut monarxiya illatlarini qoralab cheklangan konstitutsion monarxiyani yoqlab chiqdi. Volter (1694-1778) garchi absolyut monarxiya va cherkovni tanqid qilsa-da, lekin inqilobni xohlamasdi va xalqni itoatgo‘ylikda ushlab turish uchun dinni saqlab qolish kerak, deb hisoblardi: «Agar xudo bo‘lmaganida, uni o‘ylab topish kerak bo‘lur edi», deydi u. Jan Jak Russo (1712-1778) boylar ham, kambag‘allar ham bo‘lmaydigan, hamma bir-birining manfaatiga zarar yetkazmay mehnat qiladigan teng huquqli mayda mulkdorlar jamiyatini oliy maqsad qilib qo‘ygan edi. Deni Didro (1713-1784) yirik yozuvchi va faylasuf edi. «Ensiklopediya, ya'ni fan, san'at va kasb-hunar izohli lug‘ati»ning asoschisi va muharriri edi. 1751-yildan boshlab Deni Didro tashabbusi bilan ko‘plab ma’rifatparvarlar ko‘p tomli "ensiklopediya"ni tayyorlash va nashr etish bilan shug‘ullana boshladilar. Ensiklopediya mualliflari orasida Volter, Jan Jak Russo singari taniqli siymolar bor edi. Ular o‘z zamonining ilmiy bilimlari va ilg‘or g‘oyalarini bayon etish va ularga ta’rif berish borasida tinimsiz izlanishlarda bo‘ldilar. Olimlarning sa’y-harakatlari bilan 35 tomlik izohli lug‘at - ensiklopediya nashr etildi. Ensiklopediyadan matematika, astronomiya, fizika, kimyo, geografiya va turli ishlab chiqarish sohalari va texnologiyalariga oid qiziqarli maqolalar o‘rin olgan edi. Unda sanoat buyumlarini yasash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yuritishning ilg‘or usullari batafsil bayon qilingan edi. Bu esa mamlakat ishlab chiqaruvchi kuchlarini rivojlantirish tomon keng imkoniyatlar ochib berdi. Bundan tashqari, ensiklopediyada mualliflar butun insoniyat faoliyatiga aql-idrok, ma’rifat va ilm-fan asos bo‘lishi kerakligini chuqur asoslab berdilar, xususiy mulkchilik, sohibkorlikni himoya qildilar, qishloq xo‘jaligi, sanoat va savdo-sotiq yo‘liga zid bo’lgan barcha to‘siqlarni olib tashlanishini talab qildilar, millat, ya’ni butun jamiyat tabaqalarga bo‘lingan "fuqarolar"dan emas, balki qonun oldida teng huquqlar va teng majburiyatlarga ega fuqarolardan iborat bo‘lishi kerak, deb  
 
ta’kidladilar. Mazkur ensiklopediya fransuz ma’rifatparvarlarining ilg‘or ilmiy va 
ijtimoiy-siyosiy tafakkurining eng yorqin yodgorligi bo‘lib qoldi. 
Didro, Klod-Andrian Golvetsiy va Pol Anri Ditrix Golbaxlar XVIII asr 
fransuz falsafasining mashhur namoyondalari edilar. Ular odamning butun fikrlari, 
fazilati uni o‘rab turuvchi muhitning ta'sirida sodir bo‘ladi, muhit o‘zgarsa, odam 
ham o‘zgaradi, degan fikrni ilgari surdilar. 
XIX asrning boshida, jamiyatda qarama-qarshiliklarining kuchayishi, buning 
natijasida xalq ommasi qashshoqligining o‘sishi zaminida, utopik sotsialistlar Sen-
Simon, Sharl Furye (Fransiyada) va Robert Ouen (Angliyada) «idrok hukmronligi» 
va «mangu adolat» o‘rnatilishini yoqlab chiqdilar. Sen-Simon (1760-1825) hamma 
odam mehnat bilan yashashi kerak va «odamga shunday sharoit yaratish kerakki, 
uning shaxsiy manfaatlari jamiyat manfaatlari bilan doimo muvofiqlikda bo‘lsin» 
deydi. Lekin uning utopiyasi diniy-axloqiy qobiqga o‘ralgan edi. U o‘zining 
ta'limotini «yangi xristianlik» deb atagani be'jiz emas. 
Nemis klassik falsafasi va ma'rifatchiligining dastlabki namoyondalari 
Gottfrid Vilgelm Leybnits (1646-1716), Georg Vilyam Fridrix Gegel (1770-1831) 
va Lyudvig Feyerbax (1804-1874) lar edi. 
Leybnits faylasuf-idealist edi. U dunyoning negizini ruhiy substansiyalar – 
monadalar tashkil qiladi va ularga oliy monada – xudo boshchilik qiladi, deydi. 
Kant esa idealizm va materializm orasida o‘rtacha yo‘lni topishga intildi. U 
makon, zamon va tabiat qonunlarining ob'ektiv mavjudligini inkor etar ekan, ayni 
paytda ular kishining bilish qobiliyatiga xos xususiyatlar deb hisoblardi. 
Gegel ob'ektiv idealizm asosida dialektikaning tizimli nazariyasini yaratdi. U 
«olamiy ruh» (absolyut)ni tan olib, uning rivojlanishi va faoliyati o’ziga xos sifatidir 
deb hisoblagan. 
Feyerbarx materialist edi. U Gegel falsafasini tanqid qilib, ruh manbai tabiat 
va jamiyatning tasodifiy va stixiyali kuchlariga insonning qaramlik tuyg‘usidir va 
tengsizlikni ma'rifatchilik va yangi din (insoniy birlashuv, Men va Senning o‘zaro 
bog‘liqligi) orqali bartaraf qilish mumkin, deb hisoblagan.  
ta’kidladilar. Mazkur ensiklopediya fransuz ma’rifatparvarlarining ilg‘or ilmiy va ijtimoiy-siyosiy tafakkurining eng yorqin yodgorligi bo‘lib qoldi. Didro, Klod-Andrian Golvetsiy va Pol Anri Ditrix Golbaxlar XVIII asr fransuz falsafasining mashhur namoyondalari edilar. Ular odamning butun fikrlari, fazilati uni o‘rab turuvchi muhitning ta'sirida sodir bo‘ladi, muhit o‘zgarsa, odam ham o‘zgaradi, degan fikrni ilgari surdilar. XIX asrning boshida, jamiyatda qarama-qarshiliklarining kuchayishi, buning natijasida xalq ommasi qashshoqligining o‘sishi zaminida, utopik sotsialistlar Sen- Simon, Sharl Furye (Fransiyada) va Robert Ouen (Angliyada) «idrok hukmronligi» va «mangu adolat» o‘rnatilishini yoqlab chiqdilar. Sen-Simon (1760-1825) hamma odam mehnat bilan yashashi kerak va «odamga shunday sharoit yaratish kerakki, uning shaxsiy manfaatlari jamiyat manfaatlari bilan doimo muvofiqlikda bo‘lsin» deydi. Lekin uning utopiyasi diniy-axloqiy qobiqga o‘ralgan edi. U o‘zining ta'limotini «yangi xristianlik» deb atagani be'jiz emas. Nemis klassik falsafasi va ma'rifatchiligining dastlabki namoyondalari Gottfrid Vilgelm Leybnits (1646-1716), Georg Vilyam Fridrix Gegel (1770-1831) va Lyudvig Feyerbax (1804-1874) lar edi. Leybnits faylasuf-idealist edi. U dunyoning negizini ruhiy substansiyalar – monadalar tashkil qiladi va ularga oliy monada – xudo boshchilik qiladi, deydi. Kant esa idealizm va materializm orasida o‘rtacha yo‘lni topishga intildi. U makon, zamon va tabiat qonunlarining ob'ektiv mavjudligini inkor etar ekan, ayni paytda ular kishining bilish qobiliyatiga xos xususiyatlar deb hisoblardi. Gegel ob'ektiv idealizm asosida dialektikaning tizimli nazariyasini yaratdi. U «olamiy ruh» (absolyut)ni tan olib, uning rivojlanishi va faoliyati o’ziga xos sifatidir deb hisoblagan. Feyerbarx materialist edi. U Gegel falsafasini tanqid qilib, ruh manbai tabiat va jamiyatning tasodifiy va stixiyali kuchlariga insonning qaramlik tuyg‘usidir va tengsizlikni ma'rifatchilik va yangi din (insoniy birlashuv, Men va Senning o‘zaro bog‘liqligi) orqali bartaraf qilish mumkin, deb hisoblagan.  
 
XVIII-XIX asrlar sanoat, fan-texnika sohasida muhim yangiliklar davri bo‘ldi. 
Jumladan, bu davrda ilmiy va texnikaviy bilimlar jamiyat tafakkurini butunlay yangi 
sifat darajasiga ko‘tarildi. 
Yevropa va Shimoliy Amerikaning ko‘plab mamlakatlarida XIX asr 
o‘rtalarida 
industrlashtirish 
yoki 
sanoat 
to‘ntarishi 
nihoyasiga 
yetdi. 
Manfaatdorlikning madaniyatdagi belgilovchi o‘rni fan va texnika taraqqiyotiga 
yangi turtki berdi. Bug‘ va elektrlashtirish, telefon va telegraf davri, astronomiya, 
geologiya, biologiya, kimyo sohalarida ajoyib kashfiyotlarga boy davr bo‘ldi. 
Xususan, bu asrda qo’lga kirirtilgan 250 mingdan ziyod kashfiyotlar makon, zamon va 
materiya ustidan texnika hukmronligining cheksiz o‘sganligidan guvohlik beradi. 
Tabiat, inson, madaniyat kabi tushunchalar talqini sezilarli o‘zgardi. Tabiat 
moddiy boyliklar va energiyaning bitmas-tuganmas manbaiga aylanib qoldi. XIX 
asrda insonning koinot sardori, barcha moddiy va ma’naviy boyliklarning ijodkori 
va sohibi sifatida jamiyatdagi o’rni yuksalib bordi. 
Ishlab 
chiqarish 
munosabatlarining, 
texnikaning 
rivojlanishi, 
turli 
materiallarning puxtaligi va boshqa xossalarini o‘rganish vaqtni, predmetlarning 
xajmini, masofani, harakat tezligini, haroratni, bosim va shu kabilari aniqroq 
o‘lchashni taqozo qilar edi. Bu esa ilm-fanning ahamiyatini yanada oshirdi. 
Bu davrga kelib jonsiz tabiatni, ya'ni moddalarning tuzilishini, olamning 
tuzilishini, jonli tabiatni, ya'ni tabiat qonunlarini, jamiyatni, odamning tafakkurini, 
aql-idrokining rivojlanishini o‘rganilishi va bu sohada qo‘lga kiritilgan yutuqlar 
fanning hamma sohalarida jo‘shqin rivojlanish yuz berishiga olib keldi. 
Hozirgi zamon fani o‘zining tez sur'atlar bilan yuksalib borgan taraqqiyotini 
xuddi XVII asrdan boshladi, deyish mumkin. XVI asrda ilmiy fikr ba'zi bir 
cheklangan sohalarda, masalan, astronomiya, meditsinadagina namoyon bo‘ldi. 
XVII asrning birinchi yarmida ilmiy bilimlar va ularning asosiy prinsiplari va 
metodlarining Bekon (Angliyada), Galiley (Italiyada), Dekart (Fransiyada) singari 
ulug‘ jarchilari paydo bo‘lishi bilan fan asri boshlandi. Ilmiy bilimlarning g‘olibona 
rivojlanishi XVII asrning ikkinchi yarmidan boshlandi. Bu rivojlanish Yevropaning 
barcha mamlakatlariga yoyiladi va xalqaro tus oldi. Olimlar bir-birlari bilan xat 
XVIII-XIX asrlar sanoat, fan-texnika sohasida muhim yangiliklar davri bo‘ldi. Jumladan, bu davrda ilmiy va texnikaviy bilimlar jamiyat tafakkurini butunlay yangi sifat darajasiga ko‘tarildi. Yevropa va Shimoliy Amerikaning ko‘plab mamlakatlarida XIX asr o‘rtalarida industrlashtirish yoki sanoat to‘ntarishi nihoyasiga yetdi. Manfaatdorlikning madaniyatdagi belgilovchi o‘rni fan va texnika taraqqiyotiga yangi turtki berdi. Bug‘ va elektrlashtirish, telefon va telegraf davri, astronomiya, geologiya, biologiya, kimyo sohalarida ajoyib kashfiyotlarga boy davr bo‘ldi. Xususan, bu asrda qo’lga kirirtilgan 250 mingdan ziyod kashfiyotlar makon, zamon va materiya ustidan texnika hukmronligining cheksiz o‘sganligidan guvohlik beradi. Tabiat, inson, madaniyat kabi tushunchalar talqini sezilarli o‘zgardi. Tabiat moddiy boyliklar va energiyaning bitmas-tuganmas manbaiga aylanib qoldi. XIX asrda insonning koinot sardori, barcha moddiy va ma’naviy boyliklarning ijodkori va sohibi sifatida jamiyatdagi o’rni yuksalib bordi. Ishlab chiqarish munosabatlarining, texnikaning rivojlanishi, turli materiallarning puxtaligi va boshqa xossalarini o‘rganish vaqtni, predmetlarning xajmini, masofani, harakat tezligini, haroratni, bosim va shu kabilari aniqroq o‘lchashni taqozo qilar edi. Bu esa ilm-fanning ahamiyatini yanada oshirdi. Bu davrga kelib jonsiz tabiatni, ya'ni moddalarning tuzilishini, olamning tuzilishini, jonli tabiatni, ya'ni tabiat qonunlarini, jamiyatni, odamning tafakkurini, aql-idrokining rivojlanishini o‘rganilishi va bu sohada qo‘lga kiritilgan yutuqlar fanning hamma sohalarida jo‘shqin rivojlanish yuz berishiga olib keldi. Hozirgi zamon fani o‘zining tez sur'atlar bilan yuksalib borgan taraqqiyotini xuddi XVII asrdan boshladi, deyish mumkin. XVI asrda ilmiy fikr ba'zi bir cheklangan sohalarda, masalan, astronomiya, meditsinadagina namoyon bo‘ldi. XVII asrning birinchi yarmida ilmiy bilimlar va ularning asosiy prinsiplari va metodlarining Bekon (Angliyada), Galiley (Italiyada), Dekart (Fransiyada) singari ulug‘ jarchilari paydo bo‘lishi bilan fan asri boshlandi. Ilmiy bilimlarning g‘olibona rivojlanishi XVII asrning ikkinchi yarmidan boshlandi. Bu rivojlanish Yevropaning barcha mamlakatlariga yoyiladi va xalqaro tus oldi. Olimlar bir-birlari bilan xat  
 
yozishib turar, o‘z kuzatishlari, ixtirolari, kashfiyotlari, nazariyalari haqida bir-
biriga xabar yuborar edilar. Shuning uchun birin-ketin ilmiy markazlar – 
akademiyalar vujudga keldi, ularda tajribalar o‘tkazilar va olingan natijalar haqida 
olimlar bu markazlarga ilmiy ma'lumotlar yuborib turishardi. Dastlabki ilmiy 
markazlar Fransiyadagi «Tajriba akademiyasi» va Angliyadagi «Qirol jamiyati» 
shaklida yuzaga kelgan edi. «Qirol jamiyati»ga yirik olimlar Nyuton, Boyl, Guk, 
Levenguklar a'zo bo‘lishgan. 1652-yilda Germaniyada imperator Leopold 
akademiyasi, 1666-yilda Parijda tabiiy fanlar akademiyasi, 1700-yilda Berlinda 
Fanlar 
akademiyasi, 
1724-1725-yillarda 
Sankt 
Peterburgda, 
1739-yilda 
Stokgolmda, 1759-yilda Myunxenda Fanlar akademiyalari tashkil qilindi. 
Yangi fanning bayrog‘i aniqlik va ishonchlilik bo‘ldi. 
Yangi fanning XVII-XVIII asrlardagi taraqqiyoti bir tomondan, eng muhim 
ilmiy asbob-uskunalar – termometr, simobli va suvli barometr, havo nasosi, 
mayatnikli soat, elektr mashina, teleskop, mikroskop va boshqalarning ixtiro 
qilinishi va takomillashtirilishi asosida bo‘lsa, ikkinchi tomondan, matematika 
fanining tez rivojlanishi asosida bordi. 
Mashhur ingliz olimi Isaak Nyuton (1643-1727) va nemis olimi Leybnits 
(1646-1716) XVII-XVIII asrlarda hozirgi zamon oliy matematikasiga asos soldilar. 
Ular diffensial va integral hisoblash qoidasini yaratdilar. Nyutonning eng asosiy 
xizmatlaridan biri butun olam tortilish qonunini kashf qilganligidir. Matematika va 
fizika sohasida ko‘p ishlar qilgan Paskal (1623-1662) gidrostatikaga asos 
solganlardan biri edi. Boyl (1626-1691) va Mariott (1620-1684) aerostatikaga asos 
soldilar. 
Nemis fizigi Gers va rus olimi P. Lebedev tomonidan elektromagnit 
to‘lqinlarining ochilishi va uning hususiyatlarini o’rganilishi katta ahamiyatga ega 
edi. 1895-yilda nemis olimi Vilgelm Rentgen tomonidan kalta elektromagnit 
to‘lqinlarning noravshan narsalarni ko‘rsatish xususiyati texnika va meditsina 
sohasida katta ahamiyatga ega bo‘ldi. 
Radioaktivlik hodisalarni ochishda va aniqlashda fiziklardan Antuan 
Bekkerel, Djozef Tompson (elektronni ochgan), Per va Mariya Kyurilar, Ernest 
yozishib turar, o‘z kuzatishlari, ixtirolari, kashfiyotlari, nazariyalari haqida bir- biriga xabar yuborar edilar. Shuning uchun birin-ketin ilmiy markazlar – akademiyalar vujudga keldi, ularda tajribalar o‘tkazilar va olingan natijalar haqida olimlar bu markazlarga ilmiy ma'lumotlar yuborib turishardi. Dastlabki ilmiy markazlar Fransiyadagi «Tajriba akademiyasi» va Angliyadagi «Qirol jamiyati» shaklida yuzaga kelgan edi. «Qirol jamiyati»ga yirik olimlar Nyuton, Boyl, Guk, Levenguklar a'zo bo‘lishgan. 1652-yilda Germaniyada imperator Leopold akademiyasi, 1666-yilda Parijda tabiiy fanlar akademiyasi, 1700-yilda Berlinda Fanlar akademiyasi, 1724-1725-yillarda Sankt Peterburgda, 1739-yilda Stokgolmda, 1759-yilda Myunxenda Fanlar akademiyalari tashkil qilindi. Yangi fanning bayrog‘i aniqlik va ishonchlilik bo‘ldi. Yangi fanning XVII-XVIII asrlardagi taraqqiyoti bir tomondan, eng muhim ilmiy asbob-uskunalar – termometr, simobli va suvli barometr, havo nasosi, mayatnikli soat, elektr mashina, teleskop, mikroskop va boshqalarning ixtiro qilinishi va takomillashtirilishi asosida bo‘lsa, ikkinchi tomondan, matematika fanining tez rivojlanishi asosida bordi. Mashhur ingliz olimi Isaak Nyuton (1643-1727) va nemis olimi Leybnits (1646-1716) XVII-XVIII asrlarda hozirgi zamon oliy matematikasiga asos soldilar. Ular diffensial va integral hisoblash qoidasini yaratdilar. Nyutonning eng asosiy xizmatlaridan biri butun olam tortilish qonunini kashf qilganligidir. Matematika va fizika sohasida ko‘p ishlar qilgan Paskal (1623-1662) gidrostatikaga asos solganlardan biri edi. Boyl (1626-1691) va Mariott (1620-1684) aerostatikaga asos soldilar. Nemis fizigi Gers va rus olimi P. Lebedev tomonidan elektromagnit to‘lqinlarining ochilishi va uning hususiyatlarini o’rganilishi katta ahamiyatga ega edi. 1895-yilda nemis olimi Vilgelm Rentgen tomonidan kalta elektromagnit to‘lqinlarning noravshan narsalarni ko‘rsatish xususiyati texnika va meditsina sohasida katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Radioaktivlik hodisalarni ochishda va aniqlashda fiziklardan Antuan Bekkerel, Djozef Tompson (elektronni ochgan), Per va Mariya Kyurilar, Ernest  
 
Rezerfordlar katta hissa qo‘shganlar. Bu yutuqlar atomning ichki dunyosini 
o‘rganishga yordam berdi. 
Fizika fanini rivojlanishida Albert Eynshteyn katta rol o‘ynadi. (1879-1955). 
U o‘zining xususiy va umumiy nisbiylik nazariyasi va yorug‘likning kvant 
nazariyasi bilan hozirgi zamon fizikasiga asos soldi. 
Sanoat to‘ntarishi munosabati bilan turli materiallarning ximiyaviy 
xossalarini chuqurroq o‘rganish, bo‘yoqlar, gazlamalarni ohorlash uchun vositalarni 
tayyorlash usullarini topish imkoniyati vujudga keldi. 
Ximiya va fizika sohasidagi buyuk kashfiyotlardan 1869 yilda rus olimi D. I. 
Mendeleyev tomonidan ximiyaviy elementlarning davriy sistemasining tuzilishini 
alohida qayd etish zarur. 
Yer osti foydali qazilmalarini ishlab chiqarishga joriy etilishi munosabati 
bilan yer qobig‘i xossalarini o‘rganish zarurati vujudga keldi. Ko‘pgina tog‘ 
jinslarining vujudga kelish jarayoni aniqlandi. Bu geologiya fanining rivojlanishiga 
turtki berdi 
Meditsina sohasida muhim kashfiyotlar qilindi. Golland olimi A. Levenguk 
(1707-1778) 300 marta katta qilib ko‘rsatadigan mikroskop yaratdi. Bu o‘simlik va 
hayvonot dunyosi, inson tanasining tuzilishini, juda mayda organizmlar – 
bakteriyalarni aniqlash imkonini berdi. XVIII asrda ingliz vrachi E. Jenner chechak 
kasalligiga qarshi emlash usulini ishlab chiqdi. Nemis olimi R. Virxoz (1821-1902) 
hozirgi zamon patologik anotomiya asoslarini yaratdi. Yuqumli kasalliklar keltirib 
chiqaruvchi mikroblarning kashf etilishi, meditsina mikrobiologiyasining yuzaga 
kelishi bu davr meditsinasining taraqqiy etishida g‘oyat katta ahamiyatga ega bo‘ldi. 
Mikrobiologiyani yanada rivojlanishi natijasida XX asrda viruslar to‘g‘risidagi fan 
– virusologiya vujudga keldi. Bu fanga 1892-yilda Rossiyada D. I. Ivanovskiyning, 
1898-yilda Germaniyada F. Lyofler, P. Froshning va 1917-yilda Fransiyada F. D. 
Erelning ilmiy ishlari asos bo‘ldi. 
XIX asrda biologiya fani ham katta yutuqlarga erishdi. Ayniqsa, ingliz olimi 
Charlz Darvin ta'limoti biologiya sohasidagi tadqiqotlar yo‘nalishini tubdan 
o‘zgartirib yubordi. Olim uzoq vaqt davomida o‘simlik, hayvonot va inson 
Rezerfordlar katta hissa qo‘shganlar. Bu yutuqlar atomning ichki dunyosini o‘rganishga yordam berdi. Fizika fanini rivojlanishida Albert Eynshteyn katta rol o‘ynadi. (1879-1955). U o‘zining xususiy va umumiy nisbiylik nazariyasi va yorug‘likning kvant nazariyasi bilan hozirgi zamon fizikasiga asos soldi. Sanoat to‘ntarishi munosabati bilan turli materiallarning ximiyaviy xossalarini chuqurroq o‘rganish, bo‘yoqlar, gazlamalarni ohorlash uchun vositalarni tayyorlash usullarini topish imkoniyati vujudga keldi. Ximiya va fizika sohasidagi buyuk kashfiyotlardan 1869 yilda rus olimi D. I. Mendeleyev tomonidan ximiyaviy elementlarning davriy sistemasining tuzilishini alohida qayd etish zarur. Yer osti foydali qazilmalarini ishlab chiqarishga joriy etilishi munosabati bilan yer qobig‘i xossalarini o‘rganish zarurati vujudga keldi. Ko‘pgina tog‘ jinslarining vujudga kelish jarayoni aniqlandi. Bu geologiya fanining rivojlanishiga turtki berdi Meditsina sohasida muhim kashfiyotlar qilindi. Golland olimi A. Levenguk (1707-1778) 300 marta katta qilib ko‘rsatadigan mikroskop yaratdi. Bu o‘simlik va hayvonot dunyosi, inson tanasining tuzilishini, juda mayda organizmlar – bakteriyalarni aniqlash imkonini berdi. XVIII asrda ingliz vrachi E. Jenner chechak kasalligiga qarshi emlash usulini ishlab chiqdi. Nemis olimi R. Virxoz (1821-1902) hozirgi zamon patologik anotomiya asoslarini yaratdi. Yuqumli kasalliklar keltirib chiqaruvchi mikroblarning kashf etilishi, meditsina mikrobiologiyasining yuzaga kelishi bu davr meditsinasining taraqqiy etishida g‘oyat katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Mikrobiologiyani yanada rivojlanishi natijasida XX asrda viruslar to‘g‘risidagi fan – virusologiya vujudga keldi. Bu fanga 1892-yilda Rossiyada D. I. Ivanovskiyning, 1898-yilda Germaniyada F. Lyofler, P. Froshning va 1917-yilda Fransiyada F. D. Erelning ilmiy ishlari asos bo‘ldi. XIX asrda biologiya fani ham katta yutuqlarga erishdi. Ayniqsa, ingliz olimi Charlz Darvin ta'limoti biologiya sohasidagi tadqiqotlar yo‘nalishini tubdan o‘zgartirib yubordi. Olim uzoq vaqt davomida o‘simlik, hayvonot va inson  
 
dunyosini o‘rganib, ularning mavjud turlari hozir qanday bo‘lsa, shunday holda 
darhol vujudga kelmagan, balki uzoq yillar davomida rivojlanish jarayonida 
shakllangan, tabiatning tabiiy rivojlanishi natijasida turlar kelib chiqqan, degan 
xulosaga keladi. 
Darvin ta'limoti, I. Kant bilan P. Laplasning Quyosh tizimi sistemasi gaz 
tumanligidan rivojlanganligi haqidagi gipotezasi, yer qobig‘ining o‘zgarishlari 
haqidagi geologiya fani erishgan yutuqlar tabiatning o‘zgarmasligi haqidagi 
tasavvurni rad etdi, uning rivojlanib borishini isbotladi. 
XVIII asrning oxirlariga kelib Angliyada ip-yigiruv mashinalari, mexanik 
to‘quv dastgohlaridan keng foydalanila boshlandi. Shuningdek, bug‘ mashinalari 
o‘rnatilgan fabrikalar qurila boshlandi. Bu jarayon fan-texnika inqilobining yuz bera 
boshlanganligiga muhim ishora edi.To‘quv dastgohining takomillashuvi sanoat 
to‘ntarishiga asos bo‘lgan muhim ixtirolardan biri bo‘ldi. 1733-yilda Jon Keynning 
uchar moki ixtiro qilganligi, mehnat unumdorligini ikki barobarga oshirdi, 1765-
yilda Jeyms Xargrivsning "Jenni" deb atalgan charxni kashf qilishi yigiruv sohasida 
mehnati unumdorligining 18-20 barobar oshishiga olib keldi. 1784-yilda Ednunt 
Kartrayt tomonidan mexanik to‘quv dastgohining ixtiro qilinishi mehnat 
unumdorligini 40 barobarga oshirish imkonini berdi. Natijada ishlab chiqarilayotgan 
mahsulotlar sifati yaxshilandi va tannarxi arzonlashdi. Ish mexanizmi, ya’ni 
mashinaning inson qo‘l mehnatiga o‘rin qoldirmay xomashyoni bevosita o‘zi 
ishlashga o‘tishi sanoat to‘ntarishining boshlanishi bo‘ldi.  
Ip-gazlama ishlab chiqarishning tez kengayishi muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. 
XVIII asrning oxirlarida paxta tozalash mashinasi ixtiro qilindi. XIX asrning boshlarida 
fransuz injeneri Jakkard yaratgan to‘quv dastgohida rangli iplarni turlicha joylashtirish 
yo‘li bilan turli guldor gazlamalar tayyorlashga erishildi. So‘ngra chitga gul bosish 
jarayoni mexanizatsiyalashtirildi. Bunda chitni silindrik vallar orasidan o‘tkazish yo‘li 
bilan bo‘yash usuli topildi va bunday dastgohlar o‘rnatilgan fabrikalar ko‘plab paydo 
bo‘ldi. Natijada manufaktura ishlab chiqarishidan fabrika ishlab chiqarishiga o‘tildi, 
bu esa sanoat to‘ntarishining eng katta yutug’i edi. 
dunyosini o‘rganib, ularning mavjud turlari hozir qanday bo‘lsa, shunday holda darhol vujudga kelmagan, balki uzoq yillar davomida rivojlanish jarayonida shakllangan, tabiatning tabiiy rivojlanishi natijasida turlar kelib chiqqan, degan xulosaga keladi. Darvin ta'limoti, I. Kant bilan P. Laplasning Quyosh tizimi sistemasi gaz tumanligidan rivojlanganligi haqidagi gipotezasi, yer qobig‘ining o‘zgarishlari haqidagi geologiya fani erishgan yutuqlar tabiatning o‘zgarmasligi haqidagi tasavvurni rad etdi, uning rivojlanib borishini isbotladi. XVIII asrning oxirlariga kelib Angliyada ip-yigiruv mashinalari, mexanik to‘quv dastgohlaridan keng foydalanila boshlandi. Shuningdek, bug‘ mashinalari o‘rnatilgan fabrikalar qurila boshlandi. Bu jarayon fan-texnika inqilobining yuz bera boshlanganligiga muhim ishora edi.To‘quv dastgohining takomillashuvi sanoat to‘ntarishiga asos bo‘lgan muhim ixtirolardan biri bo‘ldi. 1733-yilda Jon Keynning uchar moki ixtiro qilganligi, mehnat unumdorligini ikki barobarga oshirdi, 1765- yilda Jeyms Xargrivsning "Jenni" deb atalgan charxni kashf qilishi yigiruv sohasida mehnati unumdorligining 18-20 barobar oshishiga olib keldi. 1784-yilda Ednunt Kartrayt tomonidan mexanik to‘quv dastgohining ixtiro qilinishi mehnat unumdorligini 40 barobarga oshirish imkonini berdi. Natijada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifati yaxshilandi va tannarxi arzonlashdi. Ish mexanizmi, ya’ni mashinaning inson qo‘l mehnatiga o‘rin qoldirmay xomashyoni bevosita o‘zi ishlashga o‘tishi sanoat to‘ntarishining boshlanishi bo‘ldi. Ip-gazlama ishlab chiqarishning tez kengayishi muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. XVIII asrning oxirlarida paxta tozalash mashinasi ixtiro qilindi. XIX asrning boshlarida fransuz injeneri Jakkard yaratgan to‘quv dastgohida rangli iplarni turlicha joylashtirish yo‘li bilan turli guldor gazlamalar tayyorlashga erishildi. So‘ngra chitga gul bosish jarayoni mexanizatsiyalashtirildi. Bunda chitni silindrik vallar orasidan o‘tkazish yo‘li bilan bo‘yash usuli topildi va bunday dastgohlar o‘rnatilgan fabrikalar ko‘plab paydo bo‘ldi. Natijada manufaktura ishlab chiqarishidan fabrika ishlab chiqarishiga o‘tildi, bu esa sanoat to‘ntarishining eng katta yutug’i edi.  
 
Metall va unga ishlov berish takomillashib bordi. XVIII asrda Angliyada 
toshko‘mir yordamida cho‘yan, keyinroq temirni ko‘plab ishlab chiqarish muammosi 
hal etildi. 1795-yilda Kort cho‘yan tarkibidagi uglerodni kuydirish uchun, erib 
turgan cho‘yanga koks aralashtirish yo‘li bilan sof temir ishlab chiqarish usulini 
joriy qildi. XIX asrning 60-yillarida fransuz injeneri Martin cho‘yanni temir 
aralashmasida yoki po‘lat parchalari va shlak aralashmasida qayta quyish yo‘li bilan 
po‘lat olinadigan pech qurdi. Undan sal oldinroq, ya’ni XIX asrning 50-yillarida 
Bessener cho‘yanni po‘latga yoki temirga aylantirish uchun ichida olovbardosh 
g‘isht terilgan juda katta aylanma konveyr tuzilmasini yaratdi. Tokarlik, frezer 
stanoklari mashinasozlikka negiz yaratdi. Bir xil standart detallar, vintlar, rezbali 
gaykalar va boshqa ashyolar tayyorlandi. Parmalovchi vint kesuvchi stanoklar 
yaratildi. 
Jeyms Uatt bug‘ mashinasini ixtiro qildi. Bug‘ mashinasining ixtiro qilinishi 
fabrika va zavodlargagina emas, balki transport uchun ham yangi dvigatel 
yaratilishiga olib keldi. Bug‘ mashinasi asosiy dvigatel bo‘lib qoldi. XIX asr tarixga 
temir va bug‘ asri bo‘lib kirdi. O‘sha vaqtlarda bug‘ mashinasidan qatnov uchun 
foydalanish to‘g‘risida fikrlar paydo bo‘ldi. Natijada XIX asrda parovozlar amaliy 
ravishda qo‘llanila boshlandi. Endi ular temir izlardan yura boshladi. 1814-yilda 
ingliz konstruktori va iхtirochisi Jorj Stefanson soatiga 10 km tezlikda 8 ta vagonni 
tortib yuradigan birinchi parovozni yaratdi. XIX asrning 20-yillaridan e’tiboran 
temir yo‘llar qurila boshlandi. 1830-yilda jahonda 332 km temir yo‘l bo‘lib, ularning 
katta qismi Angliyaga to‘g‘ri kelar edi. 1870-yilga kelib 200 ming km temir yo‘l 
qurilgan edi. 
Bug‘ mashinasini kemaga o‘rnatib va eshkakli charxlar bilan ta’minlab, undan 
suvda qatnash uchun foydalanish mumkin edi. 1807-yilda amerikalik mexanik Robert 
Fulton Amerikada eshkakli charxlari bo‘lgan birinchi paroxodni qurib, sinab ko‘rdi. 
XIX asrning 20-yillariga kelib bug‘ mashinalari bilan harakatga keltiriladigan 
g‘ildirakli daryo paroxodlaridan keng foydalanila boshlandi. XIX asrning 30-yillari 
oxirlaridan g‘ildirakli paroxodlar okean orqali Hindiston va Amerikaga qatnay 
boshlagan. Keyinchalik g‘ildiraklar o‘rnini eshkak vintlar egalladi. XIX asrning 50-
Metall va unga ishlov berish takomillashib bordi. XVIII asrda Angliyada toshko‘mir yordamida cho‘yan, keyinroq temirni ko‘plab ishlab chiqarish muammosi hal etildi. 1795-yilda Kort cho‘yan tarkibidagi uglerodni kuydirish uchun, erib turgan cho‘yanga koks aralashtirish yo‘li bilan sof temir ishlab chiqarish usulini joriy qildi. XIX asrning 60-yillarida fransuz injeneri Martin cho‘yanni temir aralashmasida yoki po‘lat parchalari va shlak aralashmasida qayta quyish yo‘li bilan po‘lat olinadigan pech qurdi. Undan sal oldinroq, ya’ni XIX asrning 50-yillarida Bessener cho‘yanni po‘latga yoki temirga aylantirish uchun ichida olovbardosh g‘isht terilgan juda katta aylanma konveyr tuzilmasini yaratdi. Tokarlik, frezer stanoklari mashinasozlikka negiz yaratdi. Bir xil standart detallar, vintlar, rezbali gaykalar va boshqa ashyolar tayyorlandi. Parmalovchi vint kesuvchi stanoklar yaratildi. Jeyms Uatt bug‘ mashinasini ixtiro qildi. Bug‘ mashinasining ixtiro qilinishi fabrika va zavodlargagina emas, balki transport uchun ham yangi dvigatel yaratilishiga olib keldi. Bug‘ mashinasi asosiy dvigatel bo‘lib qoldi. XIX asr tarixga temir va bug‘ asri bo‘lib kirdi. O‘sha vaqtlarda bug‘ mashinasidan qatnov uchun foydalanish to‘g‘risida fikrlar paydo bo‘ldi. Natijada XIX asrda parovozlar amaliy ravishda qo‘llanila boshlandi. Endi ular temir izlardan yura boshladi. 1814-yilda ingliz konstruktori va iхtirochisi Jorj Stefanson soatiga 10 km tezlikda 8 ta vagonni tortib yuradigan birinchi parovozni yaratdi. XIX asrning 20-yillaridan e’tiboran temir yo‘llar qurila boshlandi. 1830-yilda jahonda 332 km temir yo‘l bo‘lib, ularning katta qismi Angliyaga to‘g‘ri kelar edi. 1870-yilga kelib 200 ming km temir yo‘l qurilgan edi. Bug‘ mashinasini kemaga o‘rnatib va eshkakli charxlar bilan ta’minlab, undan suvda qatnash uchun foydalanish mumkin edi. 1807-yilda amerikalik mexanik Robert Fulton Amerikada eshkakli charxlari bo‘lgan birinchi paroxodni qurib, sinab ko‘rdi. XIX asrning 20-yillariga kelib bug‘ mashinalari bilan harakatga keltiriladigan g‘ildirakli daryo paroxodlaridan keng foydalanila boshlandi. XIX asrning 30-yillari oxirlaridan g‘ildirakli paroxodlar okean orqali Hindiston va Amerikaga qatnay boshlagan. Keyinchalik g‘ildiraklar o‘rnini eshkak vintlar egalladi. XIX asrning 50-  
 
60-yillarida G‘arb mamlakatlarida yelkanli dengiz floti o‘z o‘rnini paroxodlarga 
bo‘shatib berdi. Parovozlar va paroxodlarning paydo bo‘lishi, shubhasiz, savdo-sotiqning 
taraqqiy etishiga sabab bo‘ldi. 
XIX asrning 80-yillaridayoq fransuz uchuvchilari aka-uka Mongolfelar issiq 
havo bilan to‘ldirilgan havo sharida parvoz qildilar. Keyinchalik Parijda vodorod bilan 
to‘ldirilgan aerostatlar sinovdan o‘tkazildi. Shu bilan birga, aerostatdan sakrash uchun 
parashut ham ixtiro qilindi. Bu havo sharlari va aerostatlar hozirgi kundagi zamonaviy 
samolyotlarning dastlabki avlodi edi. Dunyoda birinchi bo‘lib rus olimi Aleksandr 
Motaysk samolyot qurishga muvaffaq bo‘ldi. 
Aloqa vositalari ham takomillashib bordi. Qadim zamonlardan ma’lum bo‘lgan 
mash’al signallari o‘rniga endilikda elektr simli telegraf tarqaldi. Morze alifbosi ixtiro 
qilindi va xarf bosuvchi qurilma yaratildi. XIX asrning o‘rtalariga kelib quruqlikdagi 
telegraf tarmoqlaridan tashqari suv osti kabellari ham o‘tkazila boshlandi. 
Angliyadan Amerikaga Atlantika okeani tubi orqali dastlabki telegraf kabeli XIX 
asrning 60-yillari oxirida o‘tkazilgan edi. 
Yangi texnikalarning kashf etilishi yoqilg‘iga bo‘lgan talabning oshib borishiga 
sabab bo‘ldi. Natijada XIX asrning o‘rtalarida kerosin ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. 
XIX asrning 60-yillari oxirlarida dastlabki ichki yonuv dvigatellari ixtiro qilindi, ammo 
ulardan amalda foydalanish XIX asrning 70-yillariga to‘g‘ri keldi. 
Tomas Edison 1877-yilda ovoz yozib oluvchi qurilmani yaratdi.  
XIX asrda qo’lga kiritilgan yangiliklardan yana biri dunyoda birinchi elektr 
stansiyasini ishga tushirilishi bo’ldi. Rus injenerlari P. N. Yablochkov va A. N. 
Lodigin elektr lampochkasini ixtiro qildi, dunyoda elektr nuri "rus nuri" deb atala 
boshlandi. 
Bu davr muvaffaqiyatlari ta'siri ostida Gollandiyada va Angliyada, keyinroq 
boshqa mamlakatlarda ham XVII asrda va ayniqsa, XVIII asrda badiiy adabiyotda 
realistik g‘oyalar ustuvor o’rin egallay boshladi. 
Daniel Defoning «Robinzon Kruzo» va Jonaton Sviftning «Gulliverning 
sayohatlari» kabi va boshqa asarlarida insonparvarlik kuylanadi, ochko‘zlik, 
ikkiyuzlamachilik, zulm va adolatsizlik qoralanadi. Buyuk fransuz dramaturgi Jan 
60-yillarida G‘arb mamlakatlarida yelkanli dengiz floti o‘z o‘rnini paroxodlarga bo‘shatib berdi. Parovozlar va paroxodlarning paydo bo‘lishi, shubhasiz, savdo-sotiqning taraqqiy etishiga sabab bo‘ldi. XIX asrning 80-yillaridayoq fransuz uchuvchilari aka-uka Mongolfelar issiq havo bilan to‘ldirilgan havo sharida parvoz qildilar. Keyinchalik Parijda vodorod bilan to‘ldirilgan aerostatlar sinovdan o‘tkazildi. Shu bilan birga, aerostatdan sakrash uchun parashut ham ixtiro qilindi. Bu havo sharlari va aerostatlar hozirgi kundagi zamonaviy samolyotlarning dastlabki avlodi edi. Dunyoda birinchi bo‘lib rus olimi Aleksandr Motaysk samolyot qurishga muvaffaq bo‘ldi. Aloqa vositalari ham takomillashib bordi. Qadim zamonlardan ma’lum bo‘lgan mash’al signallari o‘rniga endilikda elektr simli telegraf tarqaldi. Morze alifbosi ixtiro qilindi va xarf bosuvchi qurilma yaratildi. XIX asrning o‘rtalariga kelib quruqlikdagi telegraf tarmoqlaridan tashqari suv osti kabellari ham o‘tkazila boshlandi. Angliyadan Amerikaga Atlantika okeani tubi orqali dastlabki telegraf kabeli XIX asrning 60-yillari oxirida o‘tkazilgan edi. Yangi texnikalarning kashf etilishi yoqilg‘iga bo‘lgan talabning oshib borishiga sabab bo‘ldi. Natijada XIX asrning o‘rtalarida kerosin ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. XIX asrning 60-yillari oxirlarida dastlabki ichki yonuv dvigatellari ixtiro qilindi, ammo ulardan amalda foydalanish XIX asrning 70-yillariga to‘g‘ri keldi. Tomas Edison 1877-yilda ovoz yozib oluvchi qurilmani yaratdi. XIX asrda qo’lga kiritilgan yangiliklardan yana biri dunyoda birinchi elektr stansiyasini ishga tushirilishi bo’ldi. Rus injenerlari P. N. Yablochkov va A. N. Lodigin elektr lampochkasini ixtiro qildi, dunyoda elektr nuri "rus nuri" deb atala boshlandi. Bu davr muvaffaqiyatlari ta'siri ostida Gollandiyada va Angliyada, keyinroq boshqa mamlakatlarda ham XVII asrda va ayniqsa, XVIII asrda badiiy adabiyotda realistik g‘oyalar ustuvor o’rin egallay boshladi. Daniel Defoning «Robinzon Kruzo» va Jonaton Sviftning «Gulliverning sayohatlari» kabi va boshqa asarlarida insonparvarlik kuylanadi, ochko‘zlik, ikkiyuzlamachilik, zulm va adolatsizlik qoralanadi. Buyuk fransuz dramaturgi Jan  
 
Batist Moler (Poklen) o‘zining komediyalarida xalq orasidan chiqqan topqir, 
olijanob, gapga chechan kishilar obrazlarini dvoryanlar muhitidan chiqqan 
bekorchilar, xasis va shuxratparast kishilar obrazlariga qarama-qarshi qo‘yadi. 
Uning pyesalari («Don Juan», «Tartyuf», «Xasis», «Dvoryanlikdagi meshchan») 
hamon dunyo teatrlarida qo‘yilib kelinmoqda. 
XVIII asrning yana bir buyuk dramaturgi Pyer Bomarshe ham o‘zining 
«Sevilya sartaroshi» va «Figaronning uylanishi» komediyalarida aristokratiyaning 
tantiq va bekorchiligini, pastkashligini ko‘rsatadi. XIX asr boshlarida ijod qilgan 
buyuk fransuz yozuvchisi Viktor Gyugo o‘zining asarlarida hukmdorlar zulmini, 
ruhoniylarning riyokorligi va yolg‘onchiligini ko‘rsatadi («Parijdagi Bibi Maryam 
sobori», «Kuluvchi kishi», «Xo‘rlanganlar», «To‘qson uchinchi yil»). 
XVIII asrning boshlarida o‘z uslubiy shakliga ega bo‘lmagan yangi 
sentimentalizm oqimi vujudga keldi. Bu oqim insonning ichki his-tuyg‘ulari dunyosiga 
qaratilgan edi. U XVIII asrning 50-60-yillarida Angliyada shakllandi. Sentimentalizmda 
hissiyot yaxshilik va yomonlikni belgilovchi, insonning qadr-qimmatini aniqlovchi 
asosiy me’yor sifatida talqin qilinadi. Sentimentalizm iborasini birinchi bo‘lib Stern 
o‘z asarida qo‘llagan bo‘lib «hissiyotga sajda qilish» ma’nosini anglatadi. Bu uslubda 
asosan adabiyotshunos olimlar ijod qilgan. Sentimentalizmning vakillari J. Tomson («Yil 
fasllari», 1730-yil), E. Yung («Tungi yo‘llar», 1742-1745-yillar) she’riyatida ko‘zga 
tashlanadi. Ushbu yo‘nalishdagi asarlarda his-tuyg‘ularning tabiiyligi ulug‘lanadi. 
XIX asr boshlarida Yevropada romantizm nomini olgan badiiy yo‘nalish paydo 
bo‘ldi. Bu davrda jamiyatning turli tabaqalari orasida ishonchsizlik va qoniqmaslik hissi 
sezila boshlandi. Va’da qilingan "aql hukmronligi", tenglik va adolat o‘rniga va 
qalloblik, yuqori tabaqa tomonidan ishchilarni ayovsiz ekspluatatsiya qilish, 
qashshoqlik kuchayib bormoqda edi. Shu sababli ham bu davr ijodkorlari asarlarida 
shaxsning o’z erkinligi yo‘lidagi kurashni madh etila boshlandi. Ular e’tiborini 
insonlarning kuchli, bo‘ysunmaslik xarakteri o‘ziga ko‘proq jalb etgan edi. 
Romantiklarning tipik qahramonlari – bu jamiyat turmush tarziga qarshi 
borayotgan va kuchli irodali bo‘ysunmas insonlardir. Jorj Bayron asaridagi Kain va 
Chayld Garold, Adam Mitsikevich asaridagi Konrad Vallenord shunday 
Batist Moler (Poklen) o‘zining komediyalarida xalq orasidan chiqqan topqir, olijanob, gapga chechan kishilar obrazlarini dvoryanlar muhitidan chiqqan bekorchilar, xasis va shuxratparast kishilar obrazlariga qarama-qarshi qo‘yadi. Uning pyesalari («Don Juan», «Tartyuf», «Xasis», «Dvoryanlikdagi meshchan») hamon dunyo teatrlarida qo‘yilib kelinmoqda. XVIII asrning yana bir buyuk dramaturgi Pyer Bomarshe ham o‘zining «Sevilya sartaroshi» va «Figaronning uylanishi» komediyalarida aristokratiyaning tantiq va bekorchiligini, pastkashligini ko‘rsatadi. XIX asr boshlarida ijod qilgan buyuk fransuz yozuvchisi Viktor Gyugo o‘zining asarlarida hukmdorlar zulmini, ruhoniylarning riyokorligi va yolg‘onchiligini ko‘rsatadi («Parijdagi Bibi Maryam sobori», «Kuluvchi kishi», «Xo‘rlanganlar», «To‘qson uchinchi yil»). XVIII asrning boshlarida o‘z uslubiy shakliga ega bo‘lmagan yangi sentimentalizm oqimi vujudga keldi. Bu oqim insonning ichki his-tuyg‘ulari dunyosiga qaratilgan edi. U XVIII asrning 50-60-yillarida Angliyada shakllandi. Sentimentalizmda hissiyot yaxshilik va yomonlikni belgilovchi, insonning qadr-qimmatini aniqlovchi asosiy me’yor sifatida talqin qilinadi. Sentimentalizm iborasini birinchi bo‘lib Stern o‘z asarida qo‘llagan bo‘lib «hissiyotga sajda qilish» ma’nosini anglatadi. Bu uslubda asosan adabiyotshunos olimlar ijod qilgan. Sentimentalizmning vakillari J. Tomson («Yil fasllari», 1730-yil), E. Yung («Tungi yo‘llar», 1742-1745-yillar) she’riyatida ko‘zga tashlanadi. Ushbu yo‘nalishdagi asarlarda his-tuyg‘ularning tabiiyligi ulug‘lanadi. XIX asr boshlarida Yevropada romantizm nomini olgan badiiy yo‘nalish paydo bo‘ldi. Bu davrda jamiyatning turli tabaqalari orasida ishonchsizlik va qoniqmaslik hissi sezila boshlandi. Va’da qilingan "aql hukmronligi", tenglik va adolat o‘rniga va qalloblik, yuqori tabaqa tomonidan ishchilarni ayovsiz ekspluatatsiya qilish, qashshoqlik kuchayib bormoqda edi. Shu sababli ham bu davr ijodkorlari asarlarida shaxsning o’z erkinligi yo‘lidagi kurashni madh etila boshlandi. Ular e’tiborini insonlarning kuchli, bo‘ysunmaslik xarakteri o‘ziga ko‘proq jalb etgan edi. Romantiklarning tipik qahramonlari – bu jamiyat turmush tarziga qarshi borayotgan va kuchli irodali bo‘ysunmas insonlardir. Jorj Bayron asaridagi Kain va Chayld Garold, Adam Mitsikevich asaridagi Konrad Vallenord shunday  
 
qahramonlar sirasiga kiradi. Bu davrning yana bir xarakterli jihati shundaki, 
yozuvchi va rassomlar ko‘proq tarixga (avvalo o‘rta asrlarga), ertaklar, afsonalarga 
murojaat qildilar. Natijada romantizm yo’nalishida Viktor Gyugo, Valter Skott, 
Aleksandr Dyuma va boshqalar. ko’plab tarixiy drama va tarixiy romanlarni 
yaratdilar.  
Ma'rifatparvarlik g‘oyalari nemis klassik adabiyoti uchun asosiy zamin bo‘ldi. 
XVIII asrning 70-80-yillarida «Bo‘ron va tazyiq» adabiy harakati keng 
yoyildi. Bu oqimning yirik namoyondalari Iogann Fridrix Shiller (1759-1805) va 
Iogann Volfgang Gyotelar (1749-1832) edi. 
Shiller ko‘pgina pyesalar yozgan. Uning «Qaroqchilar», «Orlean qizi» (Janna 
Darkga bag‘ishlangan), «Vilgelm Tell», «Mariya Styuart» asarlari mashhur. Gyote 
insonning ijodiy kuchlarini tarannum qildi, ayniqsa, buni uning she'riy tragediyasi 
«Faust»da yaqqol ko‘rish mumkin. 
Yevropaning shoir va yozuvchilari asarlarida bo’lgani kabi Rossiyaning ham 
barcha muammolari A. S. Pushkin M. Yu. Lermontov lirikasi va nasriy asarlarida, N. V. 
Gogolning sahna uchun mo‘ljallangan hajviy asarlarida, I. Krilovning masallarida, 
I. S. Turgenevning ixcham prozasi, F. M. Dostoyevskiy va L. Tolstoylarning chuqur 
falsafiy, fojiali povest va romanlarida o‘z aksini topdi.  
XIX asrning 30-yillaridan Yevropa adabiyotida tanqidiy realizm yo‘nalishi 
tarkib topa boshlaydi. Bu yo‘nalishga mansub yozuvchilar o‘z asarlarida 
jamiyatning ko‘pgina ziddiyatlarini haqqoniy aks ettirib, oddiy mehnatkash kishilar 
hayotini achinish va hayrixohlik bilan tasvirlaganlar. 
Bu tendensiyani Onore de Balzak («Gorio ota», «Yevgeniya Grande»), Gi de 
Mopassan («Azizim», «Hayot»), Anatol Frans («Pingvinlar oroli»), Romen Rollan 
(«Jan Kristov») – Fransiyada; Charlz Dikkens («Devid Kopperfild», «Pikvik klubi 
xotiralari»), Tomas Gardi («Bilinmas Djud»), Djon Golsuorsi («Forsaytlar 
to‘g‘risida saga»), Bernard Shou (ko‘pgina pyesalari), Gerbert Uells («Vaqt 
mashinasi») – Angliyada; Tomas Mann («Buddenbroki») va Genrix Mann («Sodiq 
fuqaro») – Germaniyada; Mark Tven («Tom Soyer»), Teodor Drayzer («Finansist», 
qahramonlar sirasiga kiradi. Bu davrning yana bir xarakterli jihati shundaki, yozuvchi va rassomlar ko‘proq tarixga (avvalo o‘rta asrlarga), ertaklar, afsonalarga murojaat qildilar. Natijada romantizm yo’nalishida Viktor Gyugo, Valter Skott, Aleksandr Dyuma va boshqalar. ko’plab tarixiy drama va tarixiy romanlarni yaratdilar. Ma'rifatparvarlik g‘oyalari nemis klassik adabiyoti uchun asosiy zamin bo‘ldi. XVIII asrning 70-80-yillarida «Bo‘ron va tazyiq» adabiy harakati keng yoyildi. Bu oqimning yirik namoyondalari Iogann Fridrix Shiller (1759-1805) va Iogann Volfgang Gyotelar (1749-1832) edi. Shiller ko‘pgina pyesalar yozgan. Uning «Qaroqchilar», «Orlean qizi» (Janna Darkga bag‘ishlangan), «Vilgelm Tell», «Mariya Styuart» asarlari mashhur. Gyote insonning ijodiy kuchlarini tarannum qildi, ayniqsa, buni uning she'riy tragediyasi «Faust»da yaqqol ko‘rish mumkin. Yevropaning shoir va yozuvchilari asarlarida bo’lgani kabi Rossiyaning ham barcha muammolari A. S. Pushkin M. Yu. Lermontov lirikasi va nasriy asarlarida, N. V. Gogolning sahna uchun mo‘ljallangan hajviy asarlarida, I. Krilovning masallarida, I. S. Turgenevning ixcham prozasi, F. M. Dostoyevskiy va L. Tolstoylarning chuqur falsafiy, fojiali povest va romanlarida o‘z aksini topdi. XIX asrning 30-yillaridan Yevropa adabiyotida tanqidiy realizm yo‘nalishi tarkib topa boshlaydi. Bu yo‘nalishga mansub yozuvchilar o‘z asarlarida jamiyatning ko‘pgina ziddiyatlarini haqqoniy aks ettirib, oddiy mehnatkash kishilar hayotini achinish va hayrixohlik bilan tasvirlaganlar. Bu tendensiyani Onore de Balzak («Gorio ota», «Yevgeniya Grande»), Gi de Mopassan («Azizim», «Hayot»), Anatol Frans («Pingvinlar oroli»), Romen Rollan («Jan Kristov») – Fransiyada; Charlz Dikkens («Devid Kopperfild», «Pikvik klubi xotiralari»), Tomas Gardi («Bilinmas Djud»), Djon Golsuorsi («Forsaytlar to‘g‘risida saga»), Bernard Shou (ko‘pgina pyesalari), Gerbert Uells («Vaqt mashinasi») – Angliyada; Tomas Mann («Buddenbroki») va Genrix Mann («Sodiq fuqaro») – Germaniyada; Mark Tven («Tom Soyer»), Teodor Drayzer («Finansist»,  
 
«Titan»), Jek London («Martin Iden») kabi – AQShda ijod qilgan ko‘plab 
yozuvchilarning asarlarida yaqqol ko‘rish mumkin. 
Lekin XIX asrning oxiri va ayniqsa, XX asrning boshlarida ayrim qatlamlar 
o‘zlarining g‘oyaviy ta'sirini kuchaytirish uchun madaniyatni hamma sohalaridan 
foydalana boshladilar. 
Bu maqsadga Fridrix Nitsshe falsafasi xizmat qildi. Nitsshe odamlar o‘rtasida 
tenglikni rad etar edi, jamiyatning ayrim a'zolarini («oliy toifali», deb) qullar sinfi 
ustidan hukmronlik qilishga huquqi bor, deb hisoblagan. Bunday falsafa adabiyotda 
shovinistik asarlar paydo bo‘lishga sabab bo‘ldi. 
Fan bilan dinni va idealizm falsafasini birlashtirish uchun urunishlar, kuchga, 
shovinizmga va rasizmga topinish kabi harakatlar madaniyatda yuz berayotgan 
tanazzul alomatlaridan dalolat berar edi. 
Madaniyatda, ayniqsa adabiyotda XIX asr oxirlarida yangi yo‘nalish 
«dekadentlik» vujudga keladi (fransuzcha “decadence” - tushkunlik, inqiroz, 
tanazzul). Dekadentlar odam yovuzlik kuchlari oldida kuchsiz va shuning uchun real 
dunyodan o‘zining «men» dunyosiga qaytishi lozim, deb hisoblar edilar. Shuning 
uchun ular umidsizlik, hayotdan yuz o‘girish kayfiyatlarini ifodalaganlar va 
o‘zlarining asarlarida ko‘pincha fantastik dunyoni yaratishga urinar edilar. 
Bundaylar jumlasiga shoir Pol Verlen va yozuvchi Artyur Rembo (Fransiyada), R. 
Rilke (Avstriya), M. Meterlink (Belgiya), yozuvchi Oskar Uayld (Angliya, «Baxtli 
shahzoda», «Yulduzli bola» ertaklari)larni ko‘rsatish mumkin. Dekadentlar san'at 
«toza» bo‘lishi kerak, u siyosat va ijtimoiy manfaatlardan uzoq bo‘lishi lozim, deb 
hisoblaganlar. Lekin baribir ko‘pgina dekadentlar o‘z ijodlarida ommaning 
qashshoqligi va iztiroblarini chetlab o‘tolmaganlar. 
Umuman olganda, XVIII-XIX asrda ijod qilgan yozuvchilar o‘z asarlari bilan 
jahon adabiyoti xazinasini yanada boyitdilar. 
Ma'rifatparvarlik g‘oyalari XVII-XVIII asrlarda yuz bergan inqilob va milliy 
ozodlik harakatida, XIX-XX asrlarda esa ayniqsa, musiqada ham o‘z aksini topdi. 
Germaniya va Avstriyada Iogann Fridrix Gendel, Iogann Sebastyan Bax, Volfgan 
Amadey Motsart, Lyudvig van Betxoven, Iozef Gaydn, Frans Shubert va Robert 
«Titan»), Jek London («Martin Iden») kabi – AQShda ijod qilgan ko‘plab yozuvchilarning asarlarida yaqqol ko‘rish mumkin. Lekin XIX asrning oxiri va ayniqsa, XX asrning boshlarida ayrim qatlamlar o‘zlarining g‘oyaviy ta'sirini kuchaytirish uchun madaniyatni hamma sohalaridan foydalana boshladilar. Bu maqsadga Fridrix Nitsshe falsafasi xizmat qildi. Nitsshe odamlar o‘rtasida tenglikni rad etar edi, jamiyatning ayrim a'zolarini («oliy toifali», deb) qullar sinfi ustidan hukmronlik qilishga huquqi bor, deb hisoblagan. Bunday falsafa adabiyotda shovinistik asarlar paydo bo‘lishga sabab bo‘ldi. Fan bilan dinni va idealizm falsafasini birlashtirish uchun urunishlar, kuchga, shovinizmga va rasizmga topinish kabi harakatlar madaniyatda yuz berayotgan tanazzul alomatlaridan dalolat berar edi. Madaniyatda, ayniqsa adabiyotda XIX asr oxirlarida yangi yo‘nalish «dekadentlik» vujudga keladi (fransuzcha “decadence” - tushkunlik, inqiroz, tanazzul). Dekadentlar odam yovuzlik kuchlari oldida kuchsiz va shuning uchun real dunyodan o‘zining «men» dunyosiga qaytishi lozim, deb hisoblar edilar. Shuning uchun ular umidsizlik, hayotdan yuz o‘girish kayfiyatlarini ifodalaganlar va o‘zlarining asarlarida ko‘pincha fantastik dunyoni yaratishga urinar edilar. Bundaylar jumlasiga shoir Pol Verlen va yozuvchi Artyur Rembo (Fransiyada), R. Rilke (Avstriya), M. Meterlink (Belgiya), yozuvchi Oskar Uayld (Angliya, «Baxtli shahzoda», «Yulduzli bola» ertaklari)larni ko‘rsatish mumkin. Dekadentlar san'at «toza» bo‘lishi kerak, u siyosat va ijtimoiy manfaatlardan uzoq bo‘lishi lozim, deb hisoblaganlar. Lekin baribir ko‘pgina dekadentlar o‘z ijodlarida ommaning qashshoqligi va iztiroblarini chetlab o‘tolmaganlar. Umuman olganda, XVIII-XIX asrda ijod qilgan yozuvchilar o‘z asarlari bilan jahon adabiyoti xazinasini yanada boyitdilar. Ma'rifatparvarlik g‘oyalari XVII-XVIII asrlarda yuz bergan inqilob va milliy ozodlik harakatida, XIX-XX asrlarda esa ayniqsa, musiqada ham o‘z aksini topdi. Germaniya va Avstriyada Iogann Fridrix Gendel, Iogann Sebastyan Bax, Volfgan Amadey Motsart, Lyudvig van Betxoven, Iozef Gaydn, Frans Shubert va Robert  
 
Shuman, Polshada Friderik Shopen, Vengriyada Ferens List, Italiyada Joakino 
Rossini va Juzeppe Verdi kabi buyuk kompozitorlar yetishib chiqdi. 
Lyudvig Betxoven (1770-1827) ijodiga mansub 3, 5 va 9-simfoniyalar, 
«Egmont», «Leonora» uvertyuralari, 10 ta sonatasi, 119-kantatasi, Motsartning «Don 
Juan», «Figaro to‘yi», «Sehrli Fleyt», Rossining «Sevilya sartaroshi», «Vilgelm Tell», 
«Italiyalik ayol Jazoirda», «Otello», «Semiramida» operalari – bular Yevropa 
musiqa san’atining go‘zal shoh asarlari sirasiga kiradi. Ularda yuksak insoniylik, 
sevgi-muhabbat va boshqa olijanob tuyg‘ular, ma’rifatparvarlik g‘oyalari kuylanadi. 
Shu o‘rinda mashhur venger bastakori, pianisti, dirijyori Ferens List (1811-
1886) pianinochilikda yangi yo‘nalishga asos soldi, fortapyanoga orkestr 
ohangdorligini baxsh etganligini alohida ta’kidlash lozim. U Budapeshtdagi musiqa 
akademiyasining dastlabki asoschilaridan (1875) va birinchi prezidenti edi. U 13 ta 
bir qismli simfonik poemalar muallifi, fortapyano va orkestr uchun 2 ta konsert sohibi, 
«Sayohatchi albomi», «Jahongashtalik yillari» sikllari va 19 ta venger rapsodiyalari 
ijodkoridir. 
Iste’dodli italiyan skripkachisi (g‘ijjakchi) va bastakori Nikolo Pagonini 
(1782-1840) ijodi ham olamshumul ahamiyatga molikdir. U haqli ravishda musiqali 
romantizm asoschilaridan biridir. U mashhur g‘ijjakchi ham edi yakka ovoz va soz 
uchun yozilgan 24 ta sahna asarini yoddan sahnada ijod etgan, 32 ta skripka va 
orkestr uchun konsert yaratgan daho san’atkordir. 
Nemis bastakori, organisti Iogan Bax (1685-1750) ham 
musiqa 
madaniyatining turli janrlarida yetuk asarlar yaratgan. Uning «Matfeyaga ehtiroslari» 
oratoriysi va fortapyano uchun yozilgаn «Klavirdagi temp» nomli g‘amgin ruhdagi 
shoh musiqa asarlari bor. 
Buyuk rus bastakorlaridan Mixail Glinka rus klassik musiqasi asoschisi 
hisoblanadi. U «Ivan Susanin» (1831), «Ruslan va Lyudmila» (1842) operalari, 
«Kamarinskaya», «Ispan uvertyuralari» va ko‘plab simfonik asarlar muallifidir. U rus 
romansining birinchi klassigi hisoblanadi. Shuningdek, bastakor va ayni chog‘da 
taniqli kimyogar olim A. Borodinning «Knyaz Igor» operasi ham mashhur san’at 
asarlaridan hisoblanadi. P. Chaykovskiy – bastakor, simfonist, dramaturg sifatida 
Shuman, Polshada Friderik Shopen, Vengriyada Ferens List, Italiyada Joakino Rossini va Juzeppe Verdi kabi buyuk kompozitorlar yetishib chiqdi. Lyudvig Betxoven (1770-1827) ijodiga mansub 3, 5 va 9-simfoniyalar, «Egmont», «Leonora» uvertyuralari, 10 ta sonatasi, 119-kantatasi, Motsartning «Don Juan», «Figaro to‘yi», «Sehrli Fleyt», Rossining «Sevilya sartaroshi», «Vilgelm Tell», «Italiyalik ayol Jazoirda», «Otello», «Semiramida» operalari – bular Yevropa musiqa san’atining go‘zal shoh asarlari sirasiga kiradi. Ularda yuksak insoniylik, sevgi-muhabbat va boshqa olijanob tuyg‘ular, ma’rifatparvarlik g‘oyalari kuylanadi. Shu o‘rinda mashhur venger bastakori, pianisti, dirijyori Ferens List (1811- 1886) pianinochilikda yangi yo‘nalishga asos soldi, fortapyanoga orkestr ohangdorligini baxsh etganligini alohida ta’kidlash lozim. U Budapeshtdagi musiqa akademiyasining dastlabki asoschilaridan (1875) va birinchi prezidenti edi. U 13 ta bir qismli simfonik poemalar muallifi, fortapyano va orkestr uchun 2 ta konsert sohibi, «Sayohatchi albomi», «Jahongashtalik yillari» sikllari va 19 ta venger rapsodiyalari ijodkoridir. Iste’dodli italiyan skripkachisi (g‘ijjakchi) va bastakori Nikolo Pagonini (1782-1840) ijodi ham olamshumul ahamiyatga molikdir. U haqli ravishda musiqali romantizm asoschilaridan biridir. U mashhur g‘ijjakchi ham edi yakka ovoz va soz uchun yozilgan 24 ta sahna asarini yoddan sahnada ijod etgan, 32 ta skripka va orkestr uchun konsert yaratgan daho san’atkordir. Nemis bastakori, organisti Iogan Bax (1685-1750) ham musiqa madaniyatining turli janrlarida yetuk asarlar yaratgan. Uning «Matfeyaga ehtiroslari» oratoriysi va fortapyano uchun yozilgаn «Klavirdagi temp» nomli g‘amgin ruhdagi shoh musiqa asarlari bor. Buyuk rus bastakorlaridan Mixail Glinka rus klassik musiqasi asoschisi hisoblanadi. U «Ivan Susanin» (1831), «Ruslan va Lyudmila» (1842) operalari, «Kamarinskaya», «Ispan uvertyuralari» va ko‘plab simfonik asarlar muallifidir. U rus romansining birinchi klassigi hisoblanadi. Shuningdek, bastakor va ayni chog‘da taniqli kimyogar olim A. Borodinning «Knyaz Igor» operasi ham mashhur san’at asarlaridan hisoblanadi. P. Chaykovskiy – bastakor, simfonist, dramaturg sifatida  
 
jahonshumul shuhrat qozondi. Uning «Yevgeniy Onegin» (1878), «Mazepa» (1883) 
operalari, «Uyqudagi go‘zal», «Oq qush ko‘li» balet-dramatik asarlari mavjud. Dunyoga 
mashhur oltita simfoniyasi, ayniqsa, «Manfred» simfoniyasi, «Romeo va Julyetta» 
asarlari bastakor nomini abadiylikka muhrlagan. 
XVII asrning oxiri va XVIII asrlarda G’arbiy Yevropa tasviriy san'atida o‘sha 
davr jamiyatining har xil qatlamlari manfaati aks ettirilgan. Absolyut monarxiyalar 
saroylarida dabdabali saroy san'ati ravnaq topdi. Lekin hukmdor doiralar 
qarashlariga mos keladigan rasmlar ham chizilgan. Bundan tashqari, rassomchilikda 
real odamlarning obrazlari va ularning hayoti aks ettirilgan portretlar ham paydo 
bo‘ldi. 
Absolyut monarxiya didiga to‘g‘ri keladigan, nafisligi bilan ajralib turadigan 
suratlarni fransuz Fransua Bushe (1703-70) chizgan. U rokoko uslubida, ya'ni 
hayotni real aks ettirishdan uzoqlashib, erotika lavhalariga ahamiyat bergan. «Hissiy 
rohat» Bushe ideali va u yaratgan san'atning ruhidir. Lekin shunga qaramasdan, 
nafislik va jozibadorlikda bu san'at («Etyud», «Atir gulli qiz», «Diananing 
cho‘milishi» kabi asarlarda) yuksak cho‘qqiga ko‘tarildi, u ko‘pincha xotin-qizlarni 
tasvirlar edi, lekin bu uning kamchiligi emas, balki kuchli tomoni edi.  
Tasviriy san’atda ruhoniylarga yoqadigan axloqiy, ma'naviy jihatdan mos 
keladigan suratlar paydo bo‘ladi. San'atni «axloqiy» qilishda fransuz musavviri Jan 
Batist Gryoz (1725-1805) katta hissa qo‘shdi. Uning «Singan ko‘za», «Ayol 
boshining etyudi», «Yosh yigitning portreti» kabi asarlari mashhurdir. 
Davr talabiga javob beradigan asarlarga yana bir fransuz musavviri 
Shardenning (1699-1779) asarlarini ko‘rsatish mumkin. Uni Didro buyuk kolorist 
deb atagan. Natyurmort, portret yoki mayishiy sahnalar uning asarlarida o‘zining 
tabiiyligi va ranglarni mohirlik bilan berilishi jihatidan ajralib turadi, Masalan, buni 
Shardenning «Natyurmort», «Kir yuvuvchi», «Guvernant ayol» kabi asarlarida 
kuzatish mumkin. 
Jiddiy ijtimoiy-siyosiy mavzularga oid rasmlarni yaratishda fransuz rassomi 
Jak Lui David (1748-1825) katta yutuqlarga erishdi. U o‘zining «Goratsiylar 
jahonshumul shuhrat qozondi. Uning «Yevgeniy Onegin» (1878), «Mazepa» (1883) operalari, «Uyqudagi go‘zal», «Oq qush ko‘li» balet-dramatik asarlari mavjud. Dunyoga mashhur oltita simfoniyasi, ayniqsa, «Manfred» simfoniyasi, «Romeo va Julyetta» asarlari bastakor nomini abadiylikka muhrlagan. XVII asrning oxiri va XVIII asrlarda G’arbiy Yevropa tasviriy san'atida o‘sha davr jamiyatining har xil qatlamlari manfaati aks ettirilgan. Absolyut monarxiyalar saroylarida dabdabali saroy san'ati ravnaq topdi. Lekin hukmdor doiralar qarashlariga mos keladigan rasmlar ham chizilgan. Bundan tashqari, rassomchilikda real odamlarning obrazlari va ularning hayoti aks ettirilgan portretlar ham paydo bo‘ldi. Absolyut monarxiya didiga to‘g‘ri keladigan, nafisligi bilan ajralib turadigan suratlarni fransuz Fransua Bushe (1703-70) chizgan. U rokoko uslubida, ya'ni hayotni real aks ettirishdan uzoqlashib, erotika lavhalariga ahamiyat bergan. «Hissiy rohat» Bushe ideali va u yaratgan san'atning ruhidir. Lekin shunga qaramasdan, nafislik va jozibadorlikda bu san'at («Etyud», «Atir gulli qiz», «Diananing cho‘milishi» kabi asarlarda) yuksak cho‘qqiga ko‘tarildi, u ko‘pincha xotin-qizlarni tasvirlar edi, lekin bu uning kamchiligi emas, balki kuchli tomoni edi. Tasviriy san’atda ruhoniylarga yoqadigan axloqiy, ma'naviy jihatdan mos keladigan suratlar paydo bo‘ladi. San'atni «axloqiy» qilishda fransuz musavviri Jan Batist Gryoz (1725-1805) katta hissa qo‘shdi. Uning «Singan ko‘za», «Ayol boshining etyudi», «Yosh yigitning portreti» kabi asarlari mashhurdir. Davr talabiga javob beradigan asarlarga yana bir fransuz musavviri Shardenning (1699-1779) asarlarini ko‘rsatish mumkin. Uni Didro buyuk kolorist deb atagan. Natyurmort, portret yoki mayishiy sahnalar uning asarlarida o‘zining tabiiyligi va ranglarni mohirlik bilan berilishi jihatidan ajralib turadi, Masalan, buni Shardenning «Natyurmort», «Kir yuvuvchi», «Guvernant ayol» kabi asarlarida kuzatish mumkin. Jiddiy ijtimoiy-siyosiy mavzularga oid rasmlarni yaratishda fransuz rassomi Jak Lui David (1748-1825) katta yutuqlarga erishdi. U o‘zining «Goratsiylar  
 
qasami», «Ko’kat sotuvchi», «Maratning o‘limi», «Sabiyankalar» asarlari bilan 
san’atga oddiy kishilar va inqilob mavzusini olib kirdi. 
Fransuz musavviri Engr (1780-1867) o‘zining portret sohasidagi asarlari bilan 
mashhur. U kompozitsiya ustasi edi. Uning asarlari haqqoniyligi, o‘tkir xarakterliligi 
bilan ajratilib turadi («Gomer Apofeozi», «Stamati oilasi»). 
Fransuz rassomi Ejen Delakrua (1749-1863) tasviriy san'atda romantizmning 
taniqli vakili edi. Uning asarlarida erksevarlik, faol kurash ruhi seziladi («Xios 
orolidagi qirg‘in», «Xalqni yetaklovchi ozodlik», Dante va Vergiliy», «Gamlet»). 
San'atda realizm tomon burilish, milliy ozodlik kurashi qahramonlarini 
tasvirlash buyuk ispan rassomi Fransisko Goyya (1746-1828) ijodi uchun 
xarakterlidir. Masalan, u qirol buyurtmasiga binoan uning oilasining guruhiy 
portretini chizadi. Ularning kiyimlari, bezaklari saroy san’atiga xos tarzda 
tasvirlangan bo‘lsa-da, Goyya qirol qiyofasini undagi xunuk belgilari bilan, 
qirolichaning yoqimsiz, takabbur va johil qiyofasini dadil va realistik tarzda aks 
ettirdi. Uning asarlarida oddiy kishilarning jismoniy va ma'naviy go‘zalligi aks 
ettirilgan («Qo‘zg‘olonchilarni otish», «Urish asoratlari», «Ular yovvoyi 
hayvonlarga aylandilar», «Izabelya de Porsel portreti»). Onome Dole (1808-1879), 
Gyustav Kurbe (1819-1877), Fransua Mille (1814-1875) kabi fransuz rassomlari 
demokratik, realistik san'at bayrog‘ini baland ko‘tardilar. 
XIX asrning oxiri va XX asr boshlarida san'atda yangi oqim – impressionizm 
(bir lahzali taassurot) oqimi paydo bo‘ldi. Bu oqim namoyondalari real borliqni juda 
tabiiy, to‘g‘ridan-to‘g‘ri, jonli va o‘zgaruvchan qilib ifodalashga, o‘zlarining bir 
lahzalik taassurotlarini berishga intildilar. Impressionizm rassomchilikning ming yillik 
an’analariga nuqta qo‘ydi. Ular birinchilardan bo‘lib abstraksionizmga qadam qo‘ydi. 
Rassomlar real shakl va ranglardan voz kechib, o‘z taassurotlarini tasvirlash bilan 
cheklandilar. Impressionistlar ko‘proq o‘z diqqatini tasvirlash imkoniyatlariga 
qaratdilar. Bu ular yo‘nalishining dasturiy talabi emas, balki, faqatgina ularning shaxsiy 
tushunchalari ham edi. Ular odamni yoki tabiat ko‘rinishini tasvirlashda rasmni asl 
nusxaga aniq o‘xshashini emas, balki uning shakli va rangini saqlagan holda ko‘proq 
chiziqlarini tasvirlashga harakat qilganlar. 1870-1880-yillarda impressionistlar, 
qasami», «Ko’kat sotuvchi», «Maratning o‘limi», «Sabiyankalar» asarlari bilan san’atga oddiy kishilar va inqilob mavzusini olib kirdi. Fransuz musavviri Engr (1780-1867) o‘zining portret sohasidagi asarlari bilan mashhur. U kompozitsiya ustasi edi. Uning asarlari haqqoniyligi, o‘tkir xarakterliligi bilan ajratilib turadi («Gomer Apofeozi», «Stamati oilasi»). Fransuz rassomi Ejen Delakrua (1749-1863) tasviriy san'atda romantizmning taniqli vakili edi. Uning asarlarida erksevarlik, faol kurash ruhi seziladi («Xios orolidagi qirg‘in», «Xalqni yetaklovchi ozodlik», Dante va Vergiliy», «Gamlet»). San'atda realizm tomon burilish, milliy ozodlik kurashi qahramonlarini tasvirlash buyuk ispan rassomi Fransisko Goyya (1746-1828) ijodi uchun xarakterlidir. Masalan, u qirol buyurtmasiga binoan uning oilasining guruhiy portretini chizadi. Ularning kiyimlari, bezaklari saroy san’atiga xos tarzda tasvirlangan bo‘lsa-da, Goyya qirol qiyofasini undagi xunuk belgilari bilan, qirolichaning yoqimsiz, takabbur va johil qiyofasini dadil va realistik tarzda aks ettirdi. Uning asarlarida oddiy kishilarning jismoniy va ma'naviy go‘zalligi aks ettirilgan («Qo‘zg‘olonchilarni otish», «Urish asoratlari», «Ular yovvoyi hayvonlarga aylandilar», «Izabelya de Porsel portreti»). Onome Dole (1808-1879), Gyustav Kurbe (1819-1877), Fransua Mille (1814-1875) kabi fransuz rassomlari demokratik, realistik san'at bayrog‘ini baland ko‘tardilar. XIX asrning oxiri va XX asr boshlarida san'atda yangi oqim – impressionizm (bir lahzali taassurot) oqimi paydo bo‘ldi. Bu oqim namoyondalari real borliqni juda tabiiy, to‘g‘ridan-to‘g‘ri, jonli va o‘zgaruvchan qilib ifodalashga, o‘zlarining bir lahzalik taassurotlarini berishga intildilar. Impressionizm rassomchilikning ming yillik an’analariga nuqta qo‘ydi. Ular birinchilardan bo‘lib abstraksionizmga qadam qo‘ydi. Rassomlar real shakl va ranglardan voz kechib, o‘z taassurotlarini tasvirlash bilan cheklandilar. Impressionistlar ko‘proq o‘z diqqatini tasvirlash imkoniyatlariga qaratdilar. Bu ular yo‘nalishining dasturiy talabi emas, balki, faqatgina ularning shaxsiy tushunchalari ham edi. Ular odamni yoki tabiat ko‘rinishini tasvirlashda rasmni asl nusxaga aniq o‘xshashini emas, balki uning shakli va rangini saqlagan holda ko‘proq chiziqlarini tasvirlashga harakat qilganlar. 1870-1880-yillarda impressionistlar,  
 
ayniqsa fransuz rassomlari Eduard Mane (1832-1883), Klod Mone (1840-1926), 
Ogyust Renuar (1841-1919), E. Dega (1834-1917), K. Pissaro (1830-1903)lar 
ko‘pgina portretlar, natyurmortlar, peyzajlarida turli-tuman ranglar va soya ifodasi 
yordamida hayotni chaplamay, oniy va tasodifiydek tuyuluvchi harakatlar va 
holatlarni tasvirladilar. Ular san'atiga uzuq-yuluq, muvozanatsiz ko‘rinuvchi 
kompozitsiyalar, g‘alati nuqtai nazarlar, rakurslar, figuralar xos edi.  
Yangi yo‘nalishning ilk vakili fransuz rassomi Eduard Mane edi («O‘tloq ustidagi 
nonushta», «Olimpiya»), lekin impressionizm Mane bilan bir vaqtda ijod qilgan Mone, 
Renuar, Dega va Pissarro kabi rassomlarning asarlarida katta yutuqlarga erishdi. 
Impressionalistik asarlarning birinchi namunasi Klod Monening 1874-yilda yaratgan 
«Taassurot», «Quyosh chiqishi» polotnosi hisoblanadi. Mone chizgan rasmda sof optik 
obraz nozik nur sochib suvdan ko‘kga ko‘tarilayotgan quyosh tasvirlangan. Shubhasiz, 
Mone ko‘rish bobida ixtirochi, geniy bo‘lgan. U nur va rang nisbatini, boshqalar ungacha 
ilg‘amagan uyg‘unligini ko‘ra olgan. Impressionistlar tabiatning tez o‘zgarayotgan 
holatini tasvirlay olishgan. Monening «Parijdagi Kaputsinalar bulvari» va Pissarroning 
«Monmartr bulvari» polotnolari o‘tgan asrdagi eng yaxshi shahar manzaralari 
hisoblanadi. Ogyust Renuar tasvirlagan go‘zal va maftunkor ayollar modellari, kam 
uchraydigan ranglar sofligi bilan odamlar ko‘zini quvontiradi. 
Pol Sezann (1839-1906), Vinsent Van-Gog (1853-1890) ularning 
davomchilari post-impressionistlar edi. 
XIX asrning birinchi yarmida haykaltaroshlikda klassitsizm uslubi rivojlandi. 
Bu davrning mashhur haykaltaroshlaridan italiyalik Antonio Kanovaning (1757-
1822) «Papa Kliment XIII ning qabr toshi», «Amur va Psixeya» va daniyalik Bertel 
Torvaldsenning (1770-1844) «Yason» va shu kabi asarlari mazkur uslubning go‘zal 
namunalari edi. Bu haykallarda antik davr unsurlaridan ijodiy foydalanilgan holda inson 
tasvirini ideallashtirishga harakat qilinganligi yaqqol ko‘zga tashlanadi. Musiqada ham 
impressionizm nozik kayfiyatlar, hissiyotlar, psixik holatlar, manzaralar tavsifiga 
qiziqish kuchaydi.  
Haykaltaroshlikda impressionizm fransiyalik O. Roden (1840-1917), 
italiyalik M. Rosso (1858-1928) ijodida o‘z ifodasini topdi. Bu sohada yirik 
ayniqsa fransuz rassomlari Eduard Mane (1832-1883), Klod Mone (1840-1926), Ogyust Renuar (1841-1919), E. Dega (1834-1917), K. Pissaro (1830-1903)lar ko‘pgina portretlar, natyurmortlar, peyzajlarida turli-tuman ranglar va soya ifodasi yordamida hayotni chaplamay, oniy va tasodifiydek tuyuluvchi harakatlar va holatlarni tasvirladilar. Ular san'atiga uzuq-yuluq, muvozanatsiz ko‘rinuvchi kompozitsiyalar, g‘alati nuqtai nazarlar, rakurslar, figuralar xos edi. Yangi yo‘nalishning ilk vakili fransuz rassomi Eduard Mane edi («O‘tloq ustidagi nonushta», «Olimpiya»), lekin impressionizm Mane bilan bir vaqtda ijod qilgan Mone, Renuar, Dega va Pissarro kabi rassomlarning asarlarida katta yutuqlarga erishdi. Impressionalistik asarlarning birinchi namunasi Klod Monening 1874-yilda yaratgan «Taassurot», «Quyosh chiqishi» polotnosi hisoblanadi. Mone chizgan rasmda sof optik obraz nozik nur sochib suvdan ko‘kga ko‘tarilayotgan quyosh tasvirlangan. Shubhasiz, Mone ko‘rish bobida ixtirochi, geniy bo‘lgan. U nur va rang nisbatini, boshqalar ungacha ilg‘amagan uyg‘unligini ko‘ra olgan. Impressionistlar tabiatning tez o‘zgarayotgan holatini tasvirlay olishgan. Monening «Parijdagi Kaputsinalar bulvari» va Pissarroning «Monmartr bulvari» polotnolari o‘tgan asrdagi eng yaxshi shahar manzaralari hisoblanadi. Ogyust Renuar tasvirlagan go‘zal va maftunkor ayollar modellari, kam uchraydigan ranglar sofligi bilan odamlar ko‘zini quvontiradi. Pol Sezann (1839-1906), Vinsent Van-Gog (1853-1890) ularning davomchilari post-impressionistlar edi. XIX asrning birinchi yarmida haykaltaroshlikda klassitsizm uslubi rivojlandi. Bu davrning mashhur haykaltaroshlaridan italiyalik Antonio Kanovaning (1757- 1822) «Papa Kliment XIII ning qabr toshi», «Amur va Psixeya» va daniyalik Bertel Torvaldsenning (1770-1844) «Yason» va shu kabi asarlari mazkur uslubning go‘zal namunalari edi. Bu haykallarda antik davr unsurlaridan ijodiy foydalanilgan holda inson tasvirini ideallashtirishga harakat qilinganligi yaqqol ko‘zga tashlanadi. Musiqada ham impressionizm nozik kayfiyatlar, hissiyotlar, psixik holatlar, manzaralar tavsifiga qiziqish kuchaydi. Haykaltaroshlikda impressionizm fransiyalik O. Roden (1840-1917), italiyalik M. Rosso (1858-1928) ijodida o‘z ifodasini topdi. Bu sohada yirik  
 
namoyondalar Klod Debyussi (1862-1918), qisman Moris Ravel (1875-1917), Pol 
Dyuka (1865-1935)lar edilar. 
Sanoat o‘zgarishining natijalari san'atning barcha turlariga, shu jumladan 
me'morchilikka ham o‘z ta'sirini ko‘rsatdi. Me'morchilik uslublari haqida 
gapirganda, ularga avvaliga dvoryan monarxiyalar hukmronligi, so‘ngra esa yangi 
davr hukmron doiralarining kuchayib borayotgan ta'siri va uning didini qayd etish 
lozim. XVII asrning oxiri va XVIII asrning birinchi yarmida me'morchilikda 
dvoryanlar klassitsizmi va barokko uslubi hukmronlik qildi. 
Klassitsizm – antik merosga me’yor va ideal namuna deb qarashdan iborat 
uslub va yo‘nalishdir. Arxitekturada shakllarning aniqligi va geometrizmi, 
loyihalashtirishning mantiqiyligi, devorlarning orderlari bilan uyg‘unlashtirilganligi 
bilan bino bezaklarining sipoligida namoyon bo‘ldi. Bu uslubda Versaldagi kichik 
Trianon saroyi (me'mor J. A. Gabriel), Katta saroy (me'mor Arduen-Mansar), 
Parijda invalidlar ibodatxonasi (me’mor Ar duen Mansar), Londondagi Avliyo Pavel 
sobori (me’mor K. Ren) qurilgandir. 
XVII-XVIII asrning birinchi yarmida Yevropaning bir qator mamla-katlarida, 
ayniqsa, Gollandiya, Germaniya va Polshada boshqacha uslub tarkib topdi. Bu 
arxitektura uslubi barokko nomi bilan mashhurdir. Barokko (italyancha – g‘alati) 
«hashamatli uslub»ga intilgan va arxitekturada ko‘p egri-bugri gumbazlari va 
karnizlari, ortiqcha hashamlari, tokcha va bo‘rtmalari, haykal bezaklari bilan ajralib 
turadi. Bu uslub zamirida sabrlilik, dinamizm, yuqori emotsionallik va ulug‘vorlik 
ko‘rinishlari aks etadi. Me’morlar o‘zlari yaratgan har qanday san’at asarida barcha 
narsalarni bo‘rttirib ko‘rsatishga harakat qilgan. Ular sokin to‘g‘ri chiziqlarni rad 
etadilar va turli xil bo‘rttirishlar, qiyin shakllar va egri-bugriliklardan 
foydalanganlar. Masalan, italiyalik me’mor va haykaltarosh L. Bernini binolardagi 
ustunlarga o‘rama shakllar beradi. Yana ushbu me’mor Rimda yaratgan «To‘rt daryo 
favvorasi» ansablida haykaltaroshlik kompozitsiyalari, qoyalar siniqlari va 
suvlarning zinapoyalarga o‘xshab tushishini bir butunlikda ishlagan. Barokko 
san’atida reallik hayolparastlik bilan chatishib ketgan, bir me’mor xayolparastlikda 
ikkinchisidan o‘zib ketishga harakat qilganga o‘xshaydi. Nemis knyazlarining 
namoyondalar Klod Debyussi (1862-1918), qisman Moris Ravel (1875-1917), Pol Dyuka (1865-1935)lar edilar. Sanoat o‘zgarishining natijalari san'atning barcha turlariga, shu jumladan me'morchilikka ham o‘z ta'sirini ko‘rsatdi. Me'morchilik uslublari haqida gapirganda, ularga avvaliga dvoryan monarxiyalar hukmronligi, so‘ngra esa yangi davr hukmron doiralarining kuchayib borayotgan ta'siri va uning didini qayd etish lozim. XVII asrning oxiri va XVIII asrning birinchi yarmida me'morchilikda dvoryanlar klassitsizmi va barokko uslubi hukmronlik qildi. Klassitsizm – antik merosga me’yor va ideal namuna deb qarashdan iborat uslub va yo‘nalishdir. Arxitekturada shakllarning aniqligi va geometrizmi, loyihalashtirishning mantiqiyligi, devorlarning orderlari bilan uyg‘unlashtirilganligi bilan bino bezaklarining sipoligida namoyon bo‘ldi. Bu uslubda Versaldagi kichik Trianon saroyi (me'mor J. A. Gabriel), Katta saroy (me'mor Arduen-Mansar), Parijda invalidlar ibodatxonasi (me’mor Ar duen Mansar), Londondagi Avliyo Pavel sobori (me’mor K. Ren) qurilgandir. XVII-XVIII asrning birinchi yarmida Yevropaning bir qator mamla-katlarida, ayniqsa, Gollandiya, Germaniya va Polshada boshqacha uslub tarkib topdi. Bu arxitektura uslubi barokko nomi bilan mashhurdir. Barokko (italyancha – g‘alati) «hashamatli uslub»ga intilgan va arxitekturada ko‘p egri-bugri gumbazlari va karnizlari, ortiqcha hashamlari, tokcha va bo‘rtmalari, haykal bezaklari bilan ajralib turadi. Bu uslub zamirida sabrlilik, dinamizm, yuqori emotsionallik va ulug‘vorlik ko‘rinishlari aks etadi. Me’morlar o‘zlari yaratgan har qanday san’at asarida barcha narsalarni bo‘rttirib ko‘rsatishga harakat qilgan. Ular sokin to‘g‘ri chiziqlarni rad etadilar va turli xil bo‘rttirishlar, qiyin shakllar va egri-bugriliklardan foydalanganlar. Masalan, italiyalik me’mor va haykaltarosh L. Bernini binolardagi ustunlarga o‘rama shakllar beradi. Yana ushbu me’mor Rimda yaratgan «To‘rt daryo favvorasi» ansablida haykaltaroshlik kompozitsiyalari, qoyalar siniqlari va suvlarning zinapoyalarga o‘xshab tushishini bir butunlikda ishlagan. Barokko san’atida reallik hayolparastlik bilan chatishib ketgan, bir me’mor xayolparastlikda ikkinchisidan o‘zib ketishga harakat qilganga o‘xshaydi. Nemis knyazlarining  
 
ko‘pgina saroylari va qasrlari, soborlar va monastirlar barokko uslubida qurilgan. 
Polsha, Ukraina va Rossiyada ham barokko me’morchiligi o‘ziga xos belgilari bilan 
alohida nafosat va go‘zallik kashf etadi. Masalan, Venadagi katta darvoza, Shenburun 
saroyi va boshqalar shular jumlasidandir. Bu uslubda Rimdagi Avliyo Pyotr sobori, 
San-Karlo alle Kuatro Fontane cherkovi (me'mor Borromini), Rossiyada Qishki 
saroy (Sankt Peteburg) qurilgan. 
 XIX asr o‘rtalarida Fransiyada ikkinchi imperiya uslubi, Angliyada Viktoriya 
uslubi nomini olgan me’morchilik vujudga keldi. Bu uslub klassitsizmdan chekinish va 
undan ilgarigi davrlarning turli uslublarining qo‘shilib ketishi natijasi edi. Unda 
ganchkorlik, xashamdorlik keng o‘rin egallagan hamda haykallar tasvirida egri-
bugri tarxlar paydo bo‘lgan. Angliya va boshqa mamlakatlarda o‘rta asrlar gotikasi 
uslubiga taqlid qilish kuchayib ketdi. Bu uslub asosida Parijdagi Grant opera teatri va 
Londonning me’moriy qiyofasini belgilab turuvchi Parlament yangi binosi qurilgan. 
Bu davrda bulardan tashqari yangi tipdagi inshootlar – vokzallar, birjalar, 
banklar, teatrlar, uy-joy binolari, yangi teatrlar, muzeylar, kutubxonalar qurildi. 
Shuningdek, fan va texnikada qo‘lga kiritilgan yutuqlar katta binolarni, bahaybat 
ko‘priklarni va boshqa inshootlarni tezroq qurish imkonini berdi 
3.4.Исломий маданият. Масиҳийлик жамоатининг мавқеи Европа, 
Америка ва бошқа кўплаб қитъалардаги мамлакатларнинг ижтимоий, сиёсий 
ва ахлоқий маданиятида қанчалик рол ўйнаган бўлса, ислом маданияти 
Шарқда шунчалик катта рол ўйнади. Ислом - дунёда монотеизмга, яъни танҳо 
худолиликка асосланган учинчи ва охирги диндир. Бу дин ҳам Яқин Шарқда 
пайдо бўлди. Ислом фақат араб оламида эмас, балки Яқин Шарқ 
мамлакатларида, Эрон, Ўрта Осиё, Ҳиндистон, Индонезия, Кавказ, Волга 
бўйлари, Болқон, Африканинг катта қисмига ёйилиб, бу халқларнинг тарихи 
ва маданиятида катта рол ўйнади.Исломнинг тарихи, илк даврдаги фаолияти 
Муҳаммад с.а.в. ва тўрт халифа - Абу Бакр (ҳукмронлик даври 632 - 634 
йиллар), Умар (ҳукмронлик даври 634 - 644 йиллар), Усмон (ҳукмронлик 
даври 644 - 656 йиллар) ва Али (ҳукмронлик даври 656 - 661 йиллар) билан 
боғлиқ.Ислом илк даврдаёқ икки мазҳабга бўлинди. Тўртинчи халифа Али 
ko‘pgina saroylari va qasrlari, soborlar va monastirlar barokko uslubida qurilgan. Polsha, Ukraina va Rossiyada ham barokko me’morchiligi o‘ziga xos belgilari bilan alohida nafosat va go‘zallik kashf etadi. Masalan, Venadagi katta darvoza, Shenburun saroyi va boshqalar shular jumlasidandir. Bu uslubda Rimdagi Avliyo Pyotr sobori, San-Karlo alle Kuatro Fontane cherkovi (me'mor Borromini), Rossiyada Qishki saroy (Sankt Peteburg) qurilgan. XIX asr o‘rtalarida Fransiyada ikkinchi imperiya uslubi, Angliyada Viktoriya uslubi nomini olgan me’morchilik vujudga keldi. Bu uslub klassitsizmdan chekinish va undan ilgarigi davrlarning turli uslublarining qo‘shilib ketishi natijasi edi. Unda ganchkorlik, xashamdorlik keng o‘rin egallagan hamda haykallar tasvirida egri- bugri tarxlar paydo bo‘lgan. Angliya va boshqa mamlakatlarda o‘rta asrlar gotikasi uslubiga taqlid qilish kuchayib ketdi. Bu uslub asosida Parijdagi Grant opera teatri va Londonning me’moriy qiyofasini belgilab turuvchi Parlament yangi binosi qurilgan. Bu davrda bulardan tashqari yangi tipdagi inshootlar – vokzallar, birjalar, banklar, teatrlar, uy-joy binolari, yangi teatrlar, muzeylar, kutubxonalar qurildi. Shuningdek, fan va texnikada qo‘lga kiritilgan yutuqlar katta binolarni, bahaybat ko‘priklarni va boshqa inshootlarni tezroq qurish imkonini berdi 3.4.Исломий маданият. Масиҳийлик жамоатининг мавқеи Европа, Америка ва бошқа кўплаб қитъалардаги мамлакатларнинг ижтимоий, сиёсий ва ахлоқий маданиятида қанчалик рол ўйнаган бўлса, ислом маданияти Шарқда шунчалик катта рол ўйнади. Ислом - дунёда монотеизмга, яъни танҳо худолиликка асосланган учинчи ва охирги диндир. Бу дин ҳам Яқин Шарқда пайдо бўлди. Ислом фақат араб оламида эмас, балки Яқин Шарқ мамлакатларида, Эрон, Ўрта Осиё, Ҳиндистон, Индонезия, Кавказ, Волга бўйлари, Болқон, Африканинг катта қисмига ёйилиб, бу халқларнинг тарихи ва маданиятида катта рол ўйнади.Исломнинг тарихи, илк даврдаги фаолияти Муҳаммад с.а.в. ва тўрт халифа - Абу Бакр (ҳукмронлик даври 632 - 634 йиллар), Умар (ҳукмронлик даври 634 - 644 йиллар), Усмон (ҳукмронлик даври 644 - 656 йиллар) ва Али (ҳукмронлик даври 656 - 661 йиллар) билан боғлиқ.Ислом илк даврдаёқ икки мазҳабга бўлинди. Тўртинчи халифа Али  
 
шиа мазҳабига асос солди. Бу мазҳаб тарафдорлари ҳам, суннийлар каби, 
Куръонни илоҳий деб эътироф этадилар, аммо халифалар даврида унинг 
айрим 
қисмлари 
тушириб 
қолдирилган, 
деб 
ҳисоблайдилар. 
Шиа 
тарафдорлари фақат Али ва унинг тарафдорлари номи билан боғлиқ бўлган 
ҳодисаларни тан олганлар ва шундай ҳодисалардан иборат мажмуалар 
тузганлар. Бу тўпламлар Ахбор деб аталган. Шиа мазҳабида тавҳид 
(Оллоҳнинг ягоналигини эътироф этиш), адл (Оллоҳнинг одиллиги), нубувват 
(пайғамбарлик), қиёмат ёки маод (охират кунининг келиши ва марҳумларнинг 
тирилиши) асосан суннийлик мазҳаби билан мос келади. Яна шиа мазҳабида 
бешинчи ақида ҳам борки, улар имомат (имомлар) ҳокимиятини эътироф 
этадилар. Бу мазҳаб Али ва унинг авлодларидан иборат ўн икки имом 
ҳокимиятини тан олади. Шу муносабат билан барча халифаларни, хусусан, 
дастлабки халифалар Абу Бакр, Умар ва Усмонни ҳокимиятни зўрлик билан 
билан эгаллаб олган шахслар сифатида қоралайди. 874–878 йиллар орасида 7– 
9 ёшида бедарак йўқолган ўн иккинчи имом Муҳаммад ал–Маҳдийни улар 
“яширинган” деб ҳисоблайдилар. Замона охир бўлганда, у қайтиб келади, 
адолат ўрнатади, деб кутадилар.Уммавийлар сулоласи (661–750 йиллар) 
халифа Али ҳукмронлиги ўрнига келгандан кейин, суннийлик мазҳаби ҳам 
пайдо бўлди. Суннийлик шиаликка қараганда кенг тарқалган. Суннийлар 
Қуръон билан бирга, суннага ҳам эътиқод қиладилар. Сунна - исломда 
мусулмонлар учун ибрат ҳисобланган Муҳаммад с.а.в.нинг сўзлари ва 
амалларидан иборат. Пайғамбаримиз ҳаёт вақтларида: “Менинг сўзларимни 
ёзманглар, фақат Оллоҳ оятларини ёзиб олинглар”, деб буюрган эдилар. 
Шундай қилинди ҳам. Албатта, кимлардир ўз ташаббуси билан у ҳазратнинг 
айтган гаплари ва қилган ишлари ҳақида аниқ маълумотларни қайд этиб 
борган бўлиши мумкин. Аммо Оллоҳнинг китоби бут бўлмай, ягона ўзгармас 
матн ҳолига келтирилмай туриб, унга бошқа сўзлар аралашиб кетиш хавфига 
йўл қўйиб бўлмас эди. Расулуллоҳнинг сўзларини ва амалларини ёзиб олиш 
651 йили — халифа Усмон даврида бажарилди. Мусҳаф тузилиб, ундан бир 
неча нусха кўчирилиб, кўпайтирилди. Ана шундан сўнг VII асрнинг II ярмидан 
шиа мазҳабига асос солди. Бу мазҳаб тарафдорлари ҳам, суннийлар каби, Куръонни илоҳий деб эътироф этадилар, аммо халифалар даврида унинг айрим қисмлари тушириб қолдирилган, деб ҳисоблайдилар. Шиа тарафдорлари фақат Али ва унинг тарафдорлари номи билан боғлиқ бўлган ҳодисаларни тан олганлар ва шундай ҳодисалардан иборат мажмуалар тузганлар. Бу тўпламлар Ахбор деб аталган. Шиа мазҳабида тавҳид (Оллоҳнинг ягоналигини эътироф этиш), адл (Оллоҳнинг одиллиги), нубувват (пайғамбарлик), қиёмат ёки маод (охират кунининг келиши ва марҳумларнинг тирилиши) асосан суннийлик мазҳаби билан мос келади. Яна шиа мазҳабида бешинчи ақида ҳам борки, улар имомат (имомлар) ҳокимиятини эътироф этадилар. Бу мазҳаб Али ва унинг авлодларидан иборат ўн икки имом ҳокимиятини тан олади. Шу муносабат билан барча халифаларни, хусусан, дастлабки халифалар Абу Бакр, Умар ва Усмонни ҳокимиятни зўрлик билан билан эгаллаб олган шахслар сифатида қоралайди. 874–878 йиллар орасида 7– 9 ёшида бедарак йўқолган ўн иккинчи имом Муҳаммад ал–Маҳдийни улар “яширинган” деб ҳисоблайдилар. Замона охир бўлганда, у қайтиб келади, адолат ўрнатади, деб кутадилар.Уммавийлар сулоласи (661–750 йиллар) халифа Али ҳукмронлиги ўрнига келгандан кейин, суннийлик мазҳаби ҳам пайдо бўлди. Суннийлик шиаликка қараганда кенг тарқалган. Суннийлар Қуръон билан бирга, суннага ҳам эътиқод қиладилар. Сунна - исломда мусулмонлар учун ибрат ҳисобланган Муҳаммад с.а.в.нинг сўзлари ва амалларидан иборат. Пайғамбаримиз ҳаёт вақтларида: “Менинг сўзларимни ёзманглар, фақат Оллоҳ оятларини ёзиб олинглар”, деб буюрган эдилар. Шундай қилинди ҳам. Албатта, кимлардир ўз ташаббуси билан у ҳазратнинг айтган гаплари ва қилган ишлари ҳақида аниқ маълумотларни қайд этиб борган бўлиши мумкин. Аммо Оллоҳнинг китоби бут бўлмай, ягона ўзгармас матн ҳолига келтирилмай туриб, унга бошқа сўзлар аралашиб кетиш хавфига йўл қўйиб бўлмас эди. Расулуллоҳнинг сўзларини ва амалларини ёзиб олиш 651 йили — халифа Усмон даврида бажарилди. Мусҳаф тузилиб, ундан бир неча нусха кўчирилиб, кўпайтирилди. Ана шундан сўнг VII асрнинг II ярмидан  
 
бошлаб Абу Хурайра (вафоти 676 йил), Анас ибн Молик (вафоти 710 йил), 
Абдуллоҳ ибн Аббос (619 - 686 йиллар), Абдуллоҳ ибн Умар, Жобир ибн 
Абдуллоҳ каби илк ровийлардан Расулуллоҳ сўзлари ва амаллари хусусида 
минглаб ҳадислар ёзиб олинди. VIII аср бошларида Уммавий халифаларидан 
Умар ибн Абдулазиз (717 - 720) ноибларига Муҳаммад с. а. в. нинг 
ҳадисларини жамлаш ҳақида фармон берди. Натижада ҳадис илми ривож 
топиб, йирик ҳадис тўпламлари яратилди. Имом Малик ибн Анас (713 - 
795)нинг “ал–Муватта”, имом Шофеъий (767–820) ва имом ибн Ханбал (780 - 
855)ларнинг “Муснад” номли ҳадис тўпламлари бунга мисолдир. Дастлаб 
имом Аъзам Абу Ханифа ан–Нуъмон ибн Собит (699 - 767) таълимоти асосида 
сунний йўналишида Ханафия мазҳаби шаклланди. Кейин унинг шогирдлари 
ва издошлари имом Малик – Моликия мазҳабини, имом Шофеъий - Шофеъия, 
имом Ханбал - Ханбалия мазҳабларини шакллантирдилар. Шиа мазҳабида эса 
пайғамбаримиз авлодидан олтинчи имом Жаъфар ас-Содиқ (700 - 765) 
Жаъфария мазҳабини юзага келтирди1.  
          Ислом, ўзидан олдинги динлар каби, ижтимоий қайта қуришга даъват 
қилмайди. Аксинча, бу дин итоаткорликка, мўминликка ўргатади. Қуллар 
хўжайинларига итоат этишлари лозим, хўжайинлар ҳам ўз қулларига мулойим 
муносабатда бўлишлари керак. Оллоҳ олдида гарчи ҳамма тенг бўлса ҳам, 
ҳаётда бундай тенглик йўқ. Солиҳ инсон ижтимоий тизим иерархиясига риоя 
қилмоғи даркор. 
Исломий маданиятнинг яна бир муҳим жиҳати шуки, ислом зулмни қаттиқ 
қоралайди, зулм куфрликдир: “Оллоҳ зулм қилгувчи қавмни ҳидоят 
қилмайди” (Ол имрон, 86 - оят). 
Ахлоқий қонун - қоидалар, жисмоний ва маънавий томондан пок ҳаёт 
кечиришга оид ўгитлар, нопоклик учун бериладиган жазо, маиший ҳаётнинг 
бошқа томонларига оид барча йўл - йўриқлар билан ислом ижтимоий ахлоқни 
такомиллаштиришга катта ҳисса қўшди. “Зинокор аёл ва зинокор эркак - 
улардан ҳар бирини юз даррадан уринглар. Агар сизлар Оллоҳга ва охират 
кунига иймон келтирувчи бўлсангизлар, Оллоҳ (бу) ҳукмида (яъни 
бошлаб Абу Хурайра (вафоти 676 йил), Анас ибн Молик (вафоти 710 йил), Абдуллоҳ ибн Аббос (619 - 686 йиллар), Абдуллоҳ ибн Умар, Жобир ибн Абдуллоҳ каби илк ровийлардан Расулуллоҳ сўзлари ва амаллари хусусида минглаб ҳадислар ёзиб олинди. VIII аср бошларида Уммавий халифаларидан Умар ибн Абдулазиз (717 - 720) ноибларига Муҳаммад с. а. в. нинг ҳадисларини жамлаш ҳақида фармон берди. Натижада ҳадис илми ривож топиб, йирик ҳадис тўпламлари яратилди. Имом Малик ибн Анас (713 - 795)нинг “ал–Муватта”, имом Шофеъий (767–820) ва имом ибн Ханбал (780 - 855)ларнинг “Муснад” номли ҳадис тўпламлари бунга мисолдир. Дастлаб имом Аъзам Абу Ханифа ан–Нуъмон ибн Собит (699 - 767) таълимоти асосида сунний йўналишида Ханафия мазҳаби шаклланди. Кейин унинг шогирдлари ва издошлари имом Малик – Моликия мазҳабини, имом Шофеъий - Шофеъия, имом Ханбал - Ханбалия мазҳабларини шакллантирдилар. Шиа мазҳабида эса пайғамбаримиз авлодидан олтинчи имом Жаъфар ас-Содиқ (700 - 765) Жаъфария мазҳабини юзага келтирди1. Ислом, ўзидан олдинги динлар каби, ижтимоий қайта қуришга даъват қилмайди. Аксинча, бу дин итоаткорликка, мўминликка ўргатади. Қуллар хўжайинларига итоат этишлари лозим, хўжайинлар ҳам ўз қулларига мулойим муносабатда бўлишлари керак. Оллоҳ олдида гарчи ҳамма тенг бўлса ҳам, ҳаётда бундай тенглик йўқ. Солиҳ инсон ижтимоий тизим иерархиясига риоя қилмоғи даркор. Исломий маданиятнинг яна бир муҳим жиҳати шуки, ислом зулмни қаттиқ қоралайди, зулм куфрликдир: “Оллоҳ зулм қилгувчи қавмни ҳидоят қилмайди” (Ол имрон, 86 - оят). Ахлоқий қонун - қоидалар, жисмоний ва маънавий томондан пок ҳаёт кечиришга оид ўгитлар, нопоклик учун бериладиган жазо, маиший ҳаётнинг бошқа томонларига оид барча йўл - йўриқлар билан ислом ижтимоий ахлоқни такомиллаштиришга катта ҳисса қўшди. “Зинокор аёл ва зинокор эркак - улардан ҳар бирини юз даррадан уринглар. Агар сизлар Оллоҳга ва охират кунига иймон келтирувчи бўлсангизлар, Оллоҳ (бу) ҳукмида (яъни  
 
зинокорларни дарралашда) сизларни уларга нисбатан раҳм - шафқат 
(туйғулари) тутмасин” (Нур сураси, 2–оят). Аммо миш–миш ҳам оғир гуноҳ 
эканлиги, миш - миш тарқатган одам ҳам, зинокорлар сингари, жазога 
лойиқдир. Ундай тоифадаги одамлар фосиқлар деб ном олган, итоатсиз 
кимсалардир. “Покиза аёлларни (зинокорлар деб) бадном қилиб,сўнгра (бу 
даволарига) тўртта гувоҳ келтира олмаган кимсалар(ни) - уларни саксон дарра 
уринглар ва ҳеч қачон уларнинг гувоҳликларини қабул қилманглар“ (Нур 
сураси, 4–оят). Мазкур ахлоқий тушунчалар Шарқ оламида азалий ва ҳамма 
динлар учун умумий бўлиб, зардуштийликда, иудаизмда ва масиҳийликда ҳам 
қаттиқ қораланади. Кундалик ҳаётда ахлоқ ва маданият уйғун, доимо бири 
иккинчисини талаб қилган, соғлом маънавий, маданий муҳит жамиятнинг 
илгарилаб бориши учун хизмат қилган. Ислом пок ҳаёт кечиришга оид мавжуд 
ақида ва қонун–қоидаларни такомиллаштирди.Умуман, исломда ахлоқ кенг 
тушунча, жамиятнинг ҳамма томонларини қамраб олиб, маънавий соғлом 
муҳит яратиш учун хизмат қилади.Исломда илм ўрганиш ташвиқи ва 
тарғиботи алоҳида таъкидланади. Қуръон ҳам Муҳаммад с.а.в.нинг илоҳий 
ҳикматларини англашга даъват этди. Ислом ҳам, якка худолиликка асосланган 
бошқа динлар каби, инсониятни тубан кетишдан сақлашга, пок ҳаётга 
йўллашга қаратилган. 
Ислом қадимий Шарқ, Юнонистон, Эрон, Туркистон ва қисман Ҳиндистону 
Чиннинг тафаккур маҳсулидан янги маданият юзага келтирди. Илм маданий 
босқичнинг олий чўққиси эканига даъват қилиб, илм таҳсилини мусулмон 
аҳлига даъват этди. Олим билан жоҳилнинг тенг бўлмаслигини уқтирди. 
Дарвоқе, одам илм эгаллагандагина, у маданиятли тоифа қаторига 
қўшилади. Туркий қавмлар яшайдиган ўлкаларда исломнинг тарихи ўзига хос 
кечди. Ислом Мовароуннаҳрда қарор топгач, шимолда хазарлар, булғорлар 
орасигача ёйилди. Туркий маданиятнинг узлуксиз ривожига ислом маданияти 
таъсир этди. Айниқса, ўғуз ва қорлуқлар орасида ислом динининг ёйилиши 
нафақат туркий халқлар тарихида, балки жаҳон тарихида ҳам улкан натижалар 
зинокорларни дарралашда) сизларни уларга нисбатан раҳм - шафқат (туйғулари) тутмасин” (Нур сураси, 2–оят). Аммо миш–миш ҳам оғир гуноҳ эканлиги, миш - миш тарқатган одам ҳам, зинокорлар сингари, жазога лойиқдир. Ундай тоифадаги одамлар фосиқлар деб ном олган, итоатсиз кимсалардир. “Покиза аёлларни (зинокорлар деб) бадном қилиб,сўнгра (бу даволарига) тўртта гувоҳ келтира олмаган кимсалар(ни) - уларни саксон дарра уринглар ва ҳеч қачон уларнинг гувоҳликларини қабул қилманглар“ (Нур сураси, 4–оят). Мазкур ахлоқий тушунчалар Шарқ оламида азалий ва ҳамма динлар учун умумий бўлиб, зардуштийликда, иудаизмда ва масиҳийликда ҳам қаттиқ қораланади. Кундалик ҳаётда ахлоқ ва маданият уйғун, доимо бири иккинчисини талаб қилган, соғлом маънавий, маданий муҳит жамиятнинг илгарилаб бориши учун хизмат қилган. Ислом пок ҳаёт кечиришга оид мавжуд ақида ва қонун–қоидаларни такомиллаштирди.Умуман, исломда ахлоқ кенг тушунча, жамиятнинг ҳамма томонларини қамраб олиб, маънавий соғлом муҳит яратиш учун хизмат қилади.Исломда илм ўрганиш ташвиқи ва тарғиботи алоҳида таъкидланади. Қуръон ҳам Муҳаммад с.а.в.нинг илоҳий ҳикматларини англашга даъват этди. Ислом ҳам, якка худолиликка асосланган бошқа динлар каби, инсониятни тубан кетишдан сақлашга, пок ҳаётга йўллашга қаратилган. Ислом қадимий Шарқ, Юнонистон, Эрон, Туркистон ва қисман Ҳиндистону Чиннинг тафаккур маҳсулидан янги маданият юзага келтирди. Илм маданий босқичнинг олий чўққиси эканига даъват қилиб, илм таҳсилини мусулмон аҳлига даъват этди. Олим билан жоҳилнинг тенг бўлмаслигини уқтирди. Дарвоқе, одам илм эгаллагандагина, у маданиятли тоифа қаторига қўшилади. Туркий қавмлар яшайдиган ўлкаларда исломнинг тарихи ўзига хос кечди. Ислом Мовароуннаҳрда қарор топгач, шимолда хазарлар, булғорлар орасигача ёйилди. Туркий маданиятнинг узлуксиз ривожига ислом маданияти таъсир этди. Айниқса, ўғуз ва қорлуқлар орасида ислом динининг ёйилиши нафақат туркий халқлар тарихида, балки жаҳон тарихида ҳам улкан натижалар  
 
берди. 960 йилда икки юз минг кўчманчи ўғуз ва қорлуқ қабилалари ёппасига 
исломни қабул қилди. 
Ислом ва илмий билимлар ривожи. Исломнинг ёйилиши ва Ўрта Осиёда 
мустаҳкам қарор топишида араб тили асосий ролни ўйнади. “Тарихда 
фавқулодда бўлган ва биз Уйғониш деб атайдиган даврни яратган кучлар”2 
худди шу даврда юзага келди. Уйғониш даврининг буюк намояндалари 
ўзларининг амалий фаолияти, тарих, фалсафа, мантиқ, шунингдек, аниқ 
фанлар соҳасидаги кашифиётлари билан Ўрта Осиё тарихида чуқур из 
қолдирдилар. 
Муҳаммад ибн Мусо ал–Хоразмий (780, Хива - 850, Бағдод). Бағдодга таклиф 
қилинган. Аввал халифа ал–Маъмун (813–833), сўнгра ал–Мутасим (833 - 842), 
ал–Восиқ (842 - 847) саройида ишлади. У Шарқнинг илк академияси - “Байт 
ул-ҳикма” (Донолар уйи)да фаол меҳнат қилди. Бу ерда унинг раҳбарлигида 
Аҳмад Фарғоний, Аҳмад ибн Абдуллоҳ Марвазий каби Ўрта Осиёлик олимлар 
тардқиқотлар олиб борганлар. Хоразмий “Ал–жабр вал–муқобала”, “Китобу 
сурат ал–арз” каби асарлари билан математика, астрономия фанларининг 
асосчиларидан бўлди.  
Хоразмий “Ал–жабр” асарида олимларни уч тоифага бўлади: Биринчи 
тоифаси ўзигача қилинмаган ишларни қилиб, ўша ишларни келажак 
авлодларга қолдириб, бошқалардан ўзиб кетадилар. Иккинчи тоифаси 
ўтмишдошларининг меҳнатларини шарҳлаб берадилар ва бу билан 
қийинчиликларни енгиллаштирадилар, қулфларни очадилар, йўлларни 
ёритадилар. Бу эса тушунишни енгиллаштиради. Учинчи тоифаси баъзи 
китоблардаги нуқсонларни топади ва узилган жойларини улайди.  
Шу тасниф бўйича Хоразмийнинг ўзини “Алгебра”нинг муаллифи сифатида 
биринчи гуруҳга, “арифметика”си билан иккинчи гуруҳга киритиш мумкин.  
Хоразмий астрономия соҳасида ҳам ишлар яратган. Бағдод расадхонасида 
ўтказилган кузатишлари ва ҳиндларнинг астрономия жадвалларини ҳар 
томонлама танқидий таҳлил қилиш асосида янги “Астрономия жадвали”ни 
берди. 960 йилда икки юз минг кўчманчи ўғуз ва қорлуқ қабилалари ёппасига исломни қабул қилди. Ислом ва илмий билимлар ривожи. Исломнинг ёйилиши ва Ўрта Осиёда мустаҳкам қарор топишида араб тили асосий ролни ўйнади. “Тарихда фавқулодда бўлган ва биз Уйғониш деб атайдиган даврни яратган кучлар”2 худди шу даврда юзага келди. Уйғониш даврининг буюк намояндалари ўзларининг амалий фаолияти, тарих, фалсафа, мантиқ, шунингдек, аниқ фанлар соҳасидаги кашифиётлари билан Ўрта Осиё тарихида чуқур из қолдирдилар. Муҳаммад ибн Мусо ал–Хоразмий (780, Хива - 850, Бағдод). Бағдодга таклиф қилинган. Аввал халифа ал–Маъмун (813–833), сўнгра ал–Мутасим (833 - 842), ал–Восиқ (842 - 847) саройида ишлади. У Шарқнинг илк академияси - “Байт ул-ҳикма” (Донолар уйи)да фаол меҳнат қилди. Бу ерда унинг раҳбарлигида Аҳмад Фарғоний, Аҳмад ибн Абдуллоҳ Марвазий каби Ўрта Осиёлик олимлар тардқиқотлар олиб борганлар. Хоразмий “Ал–жабр вал–муқобала”, “Китобу сурат ал–арз” каби асарлари билан математика, астрономия фанларининг асосчиларидан бўлди. Хоразмий “Ал–жабр” асарида олимларни уч тоифага бўлади: Биринчи тоифаси ўзигача қилинмаган ишларни қилиб, ўша ишларни келажак авлодларга қолдириб, бошқалардан ўзиб кетадилар. Иккинчи тоифаси ўтмишдошларининг меҳнатларини шарҳлаб берадилар ва бу билан қийинчиликларни енгиллаштирадилар, қулфларни очадилар, йўлларни ёритадилар. Бу эса тушунишни енгиллаштиради. Учинчи тоифаси баъзи китоблардаги нуқсонларни топади ва узилган жойларини улайди. Шу тасниф бўйича Хоразмийнинг ўзини “Алгебра”нинг муаллифи сифатида биринчи гуруҳга, “арифметика”си билан иккинчи гуруҳга киритиш мумкин. Хоразмий астрономия соҳасида ҳам ишлар яратган. Бағдод расадхонасида ўтказилган кузатишлари ва ҳиндларнинг астрономия жадвалларини ҳар томонлама танқидий таҳлил қилиш асосида янги “Астрономия жадвали”ни  
 
тузди. Бу асар ХШ асрда араб тилидан лотин тилига италян олими Аделард 
Батский томонидан таржима қилинди. 
Хоразмий “Устурлоб ҳақида рисола”, “Қуёш соатлари тўғрисида рисола”, 
“Тарих рисоласи”, “Мусиқа рисоласи” каби асарлар ҳам ёзганлиги тўғрисида 
маълумотлар бор. 
Абу Наср Форобий (873, Ўтрор - 950, Дамашқ) Форобда ўқиган, Шошда 
бўлган, Бухоро, Самарқанд, Бағдодда таълим олган. Ҳалабда, Дамашқда 
яшаган. 160 дан ортиқ ишлар яратган. 
     Форобий қомусий олим сифатида фалсафа, мантиқ, мусиқа, тиббиёт, 
математика, астрономия, тилшунослик ва бошқа бир қатор фанларга оид 
рисолалар билан Шарқ оламида машҳурдир.Форобий қадимий фалсафа билан 
танишар экан, аввало Аристотел асарларини синчиклаб мутолаа қилган. Зотан, 
Аристотелнинг асарлари Шарқ тилларига таржима қилиниб, кенг кўламда 
ўрганилар эди. Лекин Аристотелдан кейин фалсафа соҳасида Шарқда 
Форобий сингари зот чиқмади. У фикр доираси кенглиги учун Аристотелдан 
кейинги мутафаккир-“муаллими ас–соний” деб аталади. Муаррихларнинг 
хабар беришларича, Дамашқнинг ўзида Форобийнинг ўзидан таълим 
олувчиларнинг сони ўн мингга етган.Форобий шуғулланган ҳар бир соҳа, у 
ёзган ҳар бир асар ўрта асрларда олимлар таҳсинига сазовор бўлган. Мантиқ 
илмининг буюк устози, араб олими Ибн ал–Қифтий (1172 - 1248) 
Форобийнинг “Иҳсо ал–улум ва ат–таъриф” (Илм саноғи ва уларнинг 
таърифи) асарига таъриф бериб: “Бундай асарни ёзишда ҳеч ким Абу Насрдан 
ўзиб кета олмаган”, дейди. Байҳақий (вафоти 1169) Форобийни исломдан 
кейин ўтган энг буюк ҳаким деб таърифлайди: “Ҳакимлар аслида тўртта 
бўлган экан. Иккитаси исломда олдин чиққан - Арасту ва Искандар 
(Афрудусий) бўлганлар. Иккитаси ислом даврида етишган. Улар Абу Наср 
билан Абу Али ибн Синодир... Ибн Сино Абу Насрнинг китоблар орқали унга 
шогирд саналган”3.Шарқдаги яна бир машҳур тарихчи ва библиограф Ибн 
Халликон (1211 - 1282) ёзади: “Абу Наср Форобий мантиқ, мусиқа ва бу иккала 
фандан ташқари яна бир қанча соҳаларга оид асарлар муаллифи ва у 
тузди. Бу асар ХШ асрда араб тилидан лотин тилига италян олими Аделард Батский томонидан таржима қилинди. Хоразмий “Устурлоб ҳақида рисола”, “Қуёш соатлари тўғрисида рисола”, “Тарих рисоласи”, “Мусиқа рисоласи” каби асарлар ҳам ёзганлиги тўғрисида маълумотлар бор. Абу Наср Форобий (873, Ўтрор - 950, Дамашқ) Форобда ўқиган, Шошда бўлган, Бухоро, Самарқанд, Бағдодда таълим олган. Ҳалабда, Дамашқда яшаган. 160 дан ортиқ ишлар яратган. Форобий қомусий олим сифатида фалсафа, мантиқ, мусиқа, тиббиёт, математика, астрономия, тилшунослик ва бошқа бир қатор фанларга оид рисолалар билан Шарқ оламида машҳурдир.Форобий қадимий фалсафа билан танишар экан, аввало Аристотел асарларини синчиклаб мутолаа қилган. Зотан, Аристотелнинг асарлари Шарқ тилларига таржима қилиниб, кенг кўламда ўрганилар эди. Лекин Аристотелдан кейин фалсафа соҳасида Шарқда Форобий сингари зот чиқмади. У фикр доираси кенглиги учун Аристотелдан кейинги мутафаккир-“муаллими ас–соний” деб аталади. Муаррихларнинг хабар беришларича, Дамашқнинг ўзида Форобийнинг ўзидан таълим олувчиларнинг сони ўн мингга етган.Форобий шуғулланган ҳар бир соҳа, у ёзган ҳар бир асар ўрта асрларда олимлар таҳсинига сазовор бўлган. Мантиқ илмининг буюк устози, араб олими Ибн ал–Қифтий (1172 - 1248) Форобийнинг “Иҳсо ал–улум ва ат–таъриф” (Илм саноғи ва уларнинг таърифи) асарига таъриф бериб: “Бундай асарни ёзишда ҳеч ким Абу Насрдан ўзиб кета олмаган”, дейди. Байҳақий (вафоти 1169) Форобийни исломдан кейин ўтган энг буюк ҳаким деб таърифлайди: “Ҳакимлар аслида тўртта бўлган экан. Иккитаси исломда олдин чиққан - Арасту ва Искандар (Афрудусий) бўлганлар. Иккитаси ислом даврида етишган. Улар Абу Наср билан Абу Али ибн Синодир... Ибн Сино Абу Насрнинг китоблар орқали унга шогирд саналган”3.Шарқдаги яна бир машҳур тарихчи ва библиограф Ибн Халликон (1211 - 1282) ёзади: “Абу Наср Форобий мантиқ, мусиқа ва бу иккала фандан ташқари яна бир қанча соҳаларга оид асарлар муаллифи ва у  
 
мусулмонларнинг энг йирик файласуфидан саналади. Ҳеч ким бу кишичалик 
илм–фан даражасига эришолмаган”4. Абу Наср шеърлар ҳам ёзгани тўғрисида 
Ибн Абу Усайбия хабар бериб, унинг шеърларидан намуналар ҳам 
келтиради5. Форобий юнон олимларининг асарларини таржима қилиб, ўша 
асарларга шарҳ ёзгани ҳам маълум. У Эпикур, Зенон, Птоломей, Парфирий 
асарларига шарҳлар ёзган, турли фалсафий мактаблар-эпикурчилар6, 
стоиклар7, пифагорчилар8 мактабларини яхши билган. 
       Форобийнинг фандаги энг катта хизматларидан бири “Афлотун қонунлари 
моҳияти” 
ва 
“Аристотель 
фалсафаси” 
асарларини 
яратгани 
бўлди. 
Форобийнинг ҳар икки асари ҳам Афлотун ва Аристотелнинг асарларига 
шарҳдир.Араб тили, қолаверса, форс тили ҳам, Ўрта Осиё маданий ва илмий 
ҳаётида катта рол ўйнади. Ўрта Осиё Шарқдаги илм–фаннинг энг муҳим 
марказларидан бирига айланишида араб ва форс тиллари катта омил бўлди. 
Қолаверса, алоҳида диний–фалсафий оқим - тасаввуфнинг шаклланиб, ривож 
топиши ҳам араб ва форс тилларидаги асарларга боғлиқ бўлди. 
     Тасаввуф ва маданият. Ислом ва унинг воситаси бўлган араб тили аниқ 
фанлар ривожида ўрта асрларда муҳим рол ўйнади. Албатта, илк ўрта асрлар - 
кескин бурилишлар, кўтарилишлари давридир. Мафкурани белгиловчи 
омиллардан бири бўлган жаҳон динлари инсоният тараққиётининг муайян 
босқичида янни маънавий–руҳий зарурат, фикрий ва ҳиссий изланишлар 
эҳтиёжига жавоб тариқасида пайдо бўлди. Ислом Шарқда, Марказий Осиёда 
катта маданий кўтарилиш пайдо қилиши билан бирга, қабилачилик 
хурофотларига барҳам бергани билан аҳамиятлидир.  
Ислом маданиятининг энг юксак қадрияти тавҳид эътиқодидир. Шунингдек, 
шариат ҳам ислом маданиятида муҳим, ҳар бир мусулмон фарзанди бажариши 
керак бўлган анъанавий амаллар, ақидалардир.Тавҳид эътиқоди шубҳасиз, 
исломдан олдин ҳам шаклланган эди. Тавҳид тасаввуфни вужудга келтирди. 
Тасаввуф тўғрисида сўз юритар эканмиз, ислом тасаввуфининг шаклланиши 
ўзига хос, алоҳида диний фалсафий оқим сифатида жаҳолат ва худбинликка 
қарши ўлароқ майдонга чиққанини таъкидлаш лозим. 
мусулмонларнинг энг йирик файласуфидан саналади. Ҳеч ким бу кишичалик илм–фан даражасига эришолмаган”4. Абу Наср шеърлар ҳам ёзгани тўғрисида Ибн Абу Усайбия хабар бериб, унинг шеърларидан намуналар ҳам келтиради5. Форобий юнон олимларининг асарларини таржима қилиб, ўша асарларга шарҳ ёзгани ҳам маълум. У Эпикур, Зенон, Птоломей, Парфирий асарларига шарҳлар ёзган, турли фалсафий мактаблар-эпикурчилар6, стоиклар7, пифагорчилар8 мактабларини яхши билган. Форобийнинг фандаги энг катта хизматларидан бири “Афлотун қонунлари моҳияти” ва “Аристотель фалсафаси” асарларини яратгани бўлди. Форобийнинг ҳар икки асари ҳам Афлотун ва Аристотелнинг асарларига шарҳдир.Араб тили, қолаверса, форс тили ҳам, Ўрта Осиё маданий ва илмий ҳаётида катта рол ўйнади. Ўрта Осиё Шарқдаги илм–фаннинг энг муҳим марказларидан бирига айланишида араб ва форс тиллари катта омил бўлди. Қолаверса, алоҳида диний–фалсафий оқим - тасаввуфнинг шаклланиб, ривож топиши ҳам араб ва форс тилларидаги асарларга боғлиқ бўлди. Тасаввуф ва маданият. Ислом ва унинг воситаси бўлган араб тили аниқ фанлар ривожида ўрта асрларда муҳим рол ўйнади. Албатта, илк ўрта асрлар - кескин бурилишлар, кўтарилишлари давридир. Мафкурани белгиловчи омиллардан бири бўлган жаҳон динлари инсоният тараққиётининг муайян босқичида янни маънавий–руҳий зарурат, фикрий ва ҳиссий изланишлар эҳтиёжига жавоб тариқасида пайдо бўлди. Ислом Шарқда, Марказий Осиёда катта маданий кўтарилиш пайдо қилиши билан бирга, қабилачилик хурофотларига барҳам бергани билан аҳамиятлидир. Ислом маданиятининг энг юксак қадрияти тавҳид эътиқодидир. Шунингдек, шариат ҳам ислом маданиятида муҳим, ҳар бир мусулмон фарзанди бажариши керак бўлган анъанавий амаллар, ақидалардир.Тавҳид эътиқоди шубҳасиз, исломдан олдин ҳам шаклланган эди. Тавҳид тасаввуфни вужудга келтирди. Тасаввуф тўғрисида сўз юритар эканмиз, ислом тасаввуфининг шаклланиши ўзига хос, алоҳида диний фалсафий оқим сифатида жаҳолат ва худбинликка қарши ўлароқ майдонга чиққанини таъкидлаш лозим.  
 
Тасаввуф ўрта асрлар ижтимоий ҳаётида катта куч бўлди. Бу оқимнинг 
шаклланишида аслида кундалик турмушдаги оддий ҳаётий воқеалар, 
тушунчалар ҳам муҳим рол ўйнаганини айтиб ўтишимизга тўғри келади. Ана 
шундай ҳаётий тушунчалардан бири - мурувватдир.Мурувват - тасаввуфнинг 
илк кўринишларидан бири, худбинликка қарши майдонга келган футувват 
(ёки жавонмардлик) оқимининг илк ибтидосидир. Мурувват - биронтасига ўзи 
учун, яқинлари ва мол–мулки учун мажбурият юклайди. Мурувватли одам 
бошқаларнинг бурчини ҳам ўз зиммасига олгач, уларнинг роҳат–фароғати 
йўлида машаққатларга дуч келади. Шу тариқа бу одам футувватли инсонга 
айланади. 
        Футувват - тариқатнинг бир бўлаги, футувват асослари билан тасаввуф 
ғоялари бир–бирига мувофиқдир. Футувват ҳам, тасаввуф ҳам инсон ахлоқини 
поклаш, меҳру шафқат, ҳиммат ва мардлик кўрсатишни тарғиб этади. Содда 
қилиб айтсак, футувватнинг зоҳирий ва ботиний рукнлари инсониятни 
маънавий соғлом бўлишга даъват этадиган, комилликка етаклайдиган, умуман 
бугунги тил билан айтганда, энг маданиятли одам, деб таъриф беришга лойиқ 
инсон қилиб тарбиялайдиган тариқатдир.  
Футувватнинг зоҳирий рукнлари қуйидагилар:  
Биринчиси - ғийбат, ёлғон, бўҳтон ва беҳуда сўзлардан тилни тийиш. Зеро 
тилидан халққа озор етмайдиган одамгина футувватга даъво қила олади. 
Иккинчиси - ножўя, номақбул сўзлар, бўҳтон, ғийбатдан қулоқни беркитиш. 
Учинчиси - кўриш ножоиз ҳисобланган нарсалардан кўзни юмиш. Тўртинчиси 
- ҳаром нарсалардан, халқ озоридан қўлни тортиш. Бешинчиси - бориш манъ 
қилинган ношоистажойлардан оёқни тортиш. Ҳақорат ва гуноҳга сабаб 
бўладиган, гап ташиш ва зиён–заҳмат, озорга етаклайдиган ишларга қадам 
қўймаслик. Олтинчиси - ҳаром овқатлардан оғизни, зинодан аъзони беркитиш. 
Зино - футувват аҳдини бузиш, ҳаромхўрлик ва футувват риштасини узишдир. 
Ботиний рукнлар мана булардир: биринчиси – саховат, яъни тиламасдан бурун 
ўз маҳалида бағишламоқ ва оқибатини ўйламаслик, лаёқату қобилиятни 
андеша қилмаслик. Иккинчиси – тавозеъ, яъни бошқаларни ўзидан афзал 
Тасаввуф ўрта асрлар ижтимоий ҳаётида катта куч бўлди. Бу оқимнинг шаклланишида аслида кундалик турмушдаги оддий ҳаётий воқеалар, тушунчалар ҳам муҳим рол ўйнаганини айтиб ўтишимизга тўғри келади. Ана шундай ҳаётий тушунчалардан бири - мурувватдир.Мурувват - тасаввуфнинг илк кўринишларидан бири, худбинликка қарши майдонга келган футувват (ёки жавонмардлик) оқимининг илк ибтидосидир. Мурувват - биронтасига ўзи учун, яқинлари ва мол–мулки учун мажбурият юклайди. Мурувватли одам бошқаларнинг бурчини ҳам ўз зиммасига олгач, уларнинг роҳат–фароғати йўлида машаққатларга дуч келади. Шу тариқа бу одам футувватли инсонга айланади. Футувват - тариқатнинг бир бўлаги, футувват асослари билан тасаввуф ғоялари бир–бирига мувофиқдир. Футувват ҳам, тасаввуф ҳам инсон ахлоқини поклаш, меҳру шафқат, ҳиммат ва мардлик кўрсатишни тарғиб этади. Содда қилиб айтсак, футувватнинг зоҳирий ва ботиний рукнлари инсониятни маънавий соғлом бўлишга даъват этадиган, комилликка етаклайдиган, умуман бугунги тил билан айтганда, энг маданиятли одам, деб таъриф беришга лойиқ инсон қилиб тарбиялайдиган тариқатдир. Футувватнинг зоҳирий рукнлари қуйидагилар: Биринчиси - ғийбат, ёлғон, бўҳтон ва беҳуда сўзлардан тилни тийиш. Зеро тилидан халққа озор етмайдиган одамгина футувватга даъво қила олади. Иккинчиси - ножўя, номақбул сўзлар, бўҳтон, ғийбатдан қулоқни беркитиш. Учинчиси - кўриш ножоиз ҳисобланган нарсалардан кўзни юмиш. Тўртинчиси - ҳаром нарсалардан, халқ озоридан қўлни тортиш. Бешинчиси - бориш манъ қилинган ношоистажойлардан оёқни тортиш. Ҳақорат ва гуноҳга сабаб бўладиган, гап ташиш ва зиён–заҳмат, озорга етаклайдиган ишларга қадам қўймаслик. Олтинчиси - ҳаром овқатлардан оғизни, зинодан аъзони беркитиш. Зино - футувват аҳдини бузиш, ҳаромхўрлик ва футувват риштасини узишдир. Ботиний рукнлар мана булардир: биринчиси – саховат, яъни тиламасдан бурун ўз маҳалида бағишламоқ ва оқибатини ўйламаслик, лаёқату қобилиятни андеша қилмаслик. Иккинчиси – тавозеъ, яъни бошқаларни ўзидан афзал  
 
билмоқ, барчага камтар, хоксор муносабатда бўлиш. Учинчиси - қаноат... 
Тўртинчиси - авф ва марҳамат, яъни халққа шафқат кўргазмоқ, кишилар 
гуноҳини кечирмоқ ва иложи борича уларга яхшилик, мурувват билан 
муомала қилиш... Бешинчиси - ҳавобаландлик ва ғурурни тарк этиш, яъни 
қанчалик маъқул ва мақбул ишларни амалга оширса ҳам мағрур бўлмаслик. 
Зеро иблис кибру ҳаво туфайли жаннатдан бадарға бўлди. Олтинчиси - қурб 
(илоҳиётга яқинлашиш) ва васлат (йўл) мақомига бутун вужуди, дилу жони 
билан интилиш9.  
Футувват тариқатига мансуб одамлар жамоа бўлиб уюшиб, ўзларининг эзгу 
мақсадларини амалга оширганлар. Хуросон ва Мовароуннаҳрда Х асрдан 
бошлаб футувват анча кенг ёйила бошлади. Бу тариқатга мансуб одамлар 
муайян қоида ва талабларга риоя этар, маънавий ва жисмоний етукликка 
интилар, нима иш қилсалар ҳам, мардлик, олийжаноблик намунасини 
кўрсатар, зулмга, ҳақсизликка қарши курашардилар.  
Тасаввуфнинг шаклланишида зоҳидлик ҳаракати ҳам муҳим рол ўйнаган. 
Куфа, Боғдод шаҳарларида таркидунё қилган зоҳидлар кўп эди. Қолаверса, 
уларнинг халқ орасида обрўйи ҳам катта бўлди. Чунончи, Увайс Қораний, 
Ҳасан Басрий каби сўфийлар аслида зоҳид кишилар эдилар. Зоҳидларнинг 
нияти ибодат билан охират мағфиратини қозониш, Қуръонда ваъда қилинган 
жаннатнинг ҳузур–ҳаловатига етишиш эди. Сўфийлар назарида эса жаннат 
умидида тоат–ибодат қилиш ҳам таъманинг бир кўринишидир. Сўфий учун на 
дунёдан, на охиратдан таъма бўлмаслиги керак. Уларнинг ягона истаги - Худо 
дийдоридир, холос. Зоҳидлик тушунчаси ва ҳаракатини фақат ислом билан 
боғлаш бирёқламадир. Асли зоҳидлик Буддадан бошланган. Будданинг ҳаёти 
тўғрисидаги ривоят шундан далолат беради.Будда - ҳақиқат нажоткори 
демакдир. 
Унинг 
асл 
номи 
Сиддхартха. 
Сиддхартханинг 
онаси 
– 
шакийларнинг ҳукмдори Майянинг хотини бир куни тушида ёнига оқ филнинг 
кириб ётганини кўрди. Маълум вақтдан сўнг у ўғил туғди. У бошқа аёллар 
сингари туғмай, қўлтиғидан туғди. Унинг овозини коинотдаги ҳамма худолар 
эшитди. Борлиқдаги уқубатларнинг олдини оладиган одам келди, деб хурсанд 
билмоқ, барчага камтар, хоксор муносабатда бўлиш. Учинчиси - қаноат... Тўртинчиси - авф ва марҳамат, яъни халққа шафқат кўргазмоқ, кишилар гуноҳини кечирмоқ ва иложи борича уларга яхшилик, мурувват билан муомала қилиш... Бешинчиси - ҳавобаландлик ва ғурурни тарк этиш, яъни қанчалик маъқул ва мақбул ишларни амалга оширса ҳам мағрур бўлмаслик. Зеро иблис кибру ҳаво туфайли жаннатдан бадарға бўлди. Олтинчиси - қурб (илоҳиётга яқинлашиш) ва васлат (йўл) мақомига бутун вужуди, дилу жони билан интилиш9. Футувват тариқатига мансуб одамлар жамоа бўлиб уюшиб, ўзларининг эзгу мақсадларини амалга оширганлар. Хуросон ва Мовароуннаҳрда Х асрдан бошлаб футувват анча кенг ёйила бошлади. Бу тариқатга мансуб одамлар муайян қоида ва талабларга риоя этар, маънавий ва жисмоний етукликка интилар, нима иш қилсалар ҳам, мардлик, олийжаноблик намунасини кўрсатар, зулмга, ҳақсизликка қарши курашардилар. Тасаввуфнинг шаклланишида зоҳидлик ҳаракати ҳам муҳим рол ўйнаган. Куфа, Боғдод шаҳарларида таркидунё қилган зоҳидлар кўп эди. Қолаверса, уларнинг халқ орасида обрўйи ҳам катта бўлди. Чунончи, Увайс Қораний, Ҳасан Басрий каби сўфийлар аслида зоҳид кишилар эдилар. Зоҳидларнинг нияти ибодат билан охират мағфиратини қозониш, Қуръонда ваъда қилинган жаннатнинг ҳузур–ҳаловатига етишиш эди. Сўфийлар назарида эса жаннат умидида тоат–ибодат қилиш ҳам таъманинг бир кўринишидир. Сўфий учун на дунёдан, на охиратдан таъма бўлмаслиги керак. Уларнинг ягона истаги - Худо дийдоридир, холос. Зоҳидлик тушунчаси ва ҳаракатини фақат ислом билан боғлаш бирёқламадир. Асли зоҳидлик Буддадан бошланган. Будданинг ҳаёти тўғрисидаги ривоят шундан далолат беради.Будда - ҳақиқат нажоткори демакдир. Унинг асл номи Сиддхартха. Сиддхартханинг онаси – шакийларнинг ҳукмдори Майянинг хотини бир куни тушида ёнига оқ филнинг кириб ётганини кўрди. Маълум вақтдан сўнг у ўғил туғди. У бошқа аёллар сингари туғмай, қўлтиғидан туғди. Унинг овозини коинотдаги ҳамма худолар эшитди. Борлиқдаги уқубатларнинг олдини оладиган одам келди, деб хурсанд  
 
бўлдилар. Доно Асита чақалоқнинг буюк қаҳрамонликлар кўрсатиши ҳақида 
каромат қилди. Чақалоққа Сиддхартра деб от қўйдилар. Бу “топшириқни 
бажарувчи” деганидир.      Отаси ўғлининг диний руҳда тарбия топишини 
истамади. У ҳаётнинг салбий томонларини ўғлидан яшириб, дабдабали ҳаётни 
муҳайё қилди. Ўғлига ҳақиқий дунёвий тарбия берди, чиройли қизга 
уйлантирди. Хотини ўғил туғиб берди.  
Бир куни Сиддхартха Гаутама шаҳри бўйлаб сайр қилиб юрган эди, қартайган 
бир чолни кўрди. Унинг бутун танасига яра тошган, тарки дунё қилган, йиллар 
давомида 
қадди 
букилган 
эди. 
Шу 
тариқа 
Сиддхартра 
жонли 
мавжудотларнинг муқаррар азоб чекишини билди. Шу кечаси у ҳеч кимга 
билдирмай саройни тарк этди, зоҳидликда ҳаёт кечиришни бошлади ва 
азоблардан қутқариш йўлларини излай бошлади. Етти йил давомида у азоб–
уқубат билан тер тўкиб, коҳин брахманларнинг муқаддас китобларини ўқиди. 
Очликни бас қилиб ва ёлғон доноликдан воз кечиб, узоқ мушоҳадалардан 
кейин қутқаришга йўл очди. У “тўрт олийжаноб ҳақиқат”ни фаҳмлади. 
          Исо Масиҳнинг таълимоти ва фаолияти ҳам аслида зоҳидликнинг энг 
мукаммал кўринишидир. Масиҳийлик таълимоти аслида заминий бойлик ва 
ҳашаматдан воз кечиб, Худо йўлида хизмат қилиш, жамики гуноҳлардан 
тийилиш ва шу орқали Худо берадиган Самовий Шоҳликка эришишга даъват 
қилишдан иборатдир. Масиҳнинг энг буюк ақидаларидан бири- фақирликни 
ихтиёр қилиш борасида шахсий намуна кўрсатганидир. Зоҳидлардан кейинги 
давр сўфийлари тафаккурий–шуурий ривожланишни - дунёни ва илоҳни 
билишни, танишни асосий мақсад деб ҳисоблаганлар. Бу давр орифлик даври 
деб аталади.Тасаввуфнинг пайдо бўлишида яна бошқа омиллар ҳам бор. Булар 
- 
шиа 
мазҳаби, 
юнон 
фалсафаси, 
ҳинд 
фалсафий 
қарашлари, 
зардуштийликдир. Тасаввуф амалиёти ва фалсафасида буларнинг самарали 
таъсири бўлди.Тасаввуф тарихи ислом тарихи билан бирга ривожланиб, ислом 
маданияти ва маърифатига улкан ҳисса бўлиб қўшилди. Дастлабки пайтларда 
Куфа, Басра ва Бағдод шаҳарларида саноқли даражада зоҳид ва сўфийлар 
яшаган бўлсалар, бора–бора мусулмон оламида шайху машойихлар, сўфий 
бўлдилар. Доно Асита чақалоқнинг буюк қаҳрамонликлар кўрсатиши ҳақида каромат қилди. Чақалоққа Сиддхартра деб от қўйдилар. Бу “топшириқни бажарувчи” деганидир. Отаси ўғлининг диний руҳда тарбия топишини истамади. У ҳаётнинг салбий томонларини ўғлидан яшириб, дабдабали ҳаётни муҳайё қилди. Ўғлига ҳақиқий дунёвий тарбия берди, чиройли қизга уйлантирди. Хотини ўғил туғиб берди. Бир куни Сиддхартха Гаутама шаҳри бўйлаб сайр қилиб юрган эди, қартайган бир чолни кўрди. Унинг бутун танасига яра тошган, тарки дунё қилган, йиллар давомида қадди букилган эди. Шу тариқа Сиддхартра жонли мавжудотларнинг муқаррар азоб чекишини билди. Шу кечаси у ҳеч кимга билдирмай саройни тарк этди, зоҳидликда ҳаёт кечиришни бошлади ва азоблардан қутқариш йўлларини излай бошлади. Етти йил давомида у азоб– уқубат билан тер тўкиб, коҳин брахманларнинг муқаддас китобларини ўқиди. Очликни бас қилиб ва ёлғон доноликдан воз кечиб, узоқ мушоҳадалардан кейин қутқаришга йўл очди. У “тўрт олийжаноб ҳақиқат”ни фаҳмлади. Исо Масиҳнинг таълимоти ва фаолияти ҳам аслида зоҳидликнинг энг мукаммал кўринишидир. Масиҳийлик таълимоти аслида заминий бойлик ва ҳашаматдан воз кечиб, Худо йўлида хизмат қилиш, жамики гуноҳлардан тийилиш ва шу орқали Худо берадиган Самовий Шоҳликка эришишга даъват қилишдан иборатдир. Масиҳнинг энг буюк ақидаларидан бири- фақирликни ихтиёр қилиш борасида шахсий намуна кўрсатганидир. Зоҳидлардан кейинги давр сўфийлари тафаккурий–шуурий ривожланишни - дунёни ва илоҳни билишни, танишни асосий мақсад деб ҳисоблаганлар. Бу давр орифлик даври деб аталади.Тасаввуфнинг пайдо бўлишида яна бошқа омиллар ҳам бор. Булар - шиа мазҳаби, юнон фалсафаси, ҳинд фалсафий қарашлари, зардуштийликдир. Тасаввуф амалиёти ва фалсафасида буларнинг самарали таъсири бўлди.Тасаввуф тарихи ислом тарихи билан бирга ривожланиб, ислом маданияти ва маърифатига улкан ҳисса бўлиб қўшилди. Дастлабки пайтларда Куфа, Басра ва Бағдод шаҳарларида саноқли даражада зоҳид ва сўфийлар яшаган бўлсалар, бора–бора мусулмон оламида шайху машойихлар, сўфий  
 
давешлар, қаландарларнинг сони кўпайди, ўзига зос ҳаракатга айланди. 
Биргина Абдураҳмон Жомийнинг “Нафаҳот ул–унс” китобида 664 шайх ва 
сўфийларнинг номи зикр этилади. Бу китобга кирган сўфийлар фақат ХV 
асргача яшаб ўтганларидир. ХV асрдан кейин ҳам кўплаб авлиёлар яшаб 
ўтганлар. 
  
Nazorat va muhokama uchun savollar: 
 
1. 
O‘rta asrlarda ilm-fan va ma’rifatdan din hamda cherkovning ustunligi 
sabablarini izohlab bering? 
2. 
Universitetlar paydo bo‘lishining asosiy omillarini tavsiflab bering. 
3. 
O‘rta asrlardagi san’at taraqqiyotining o‘ziga xos xususiyatlari 
nimalarda namoyon bo‘lgan edi? 
4. 
O’rta asrlar adabiyoti, san'ati va me'morchiligiga oid yodgorliklar 
haqida so’zlab bering. 
5. 
Uyg’onish davri taraqqiyotining ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlari 
haqida gapirib bering. 
 
 
 
 
давешлар, қаландарларнинг сони кўпайди, ўзига зос ҳаракатга айланди. Биргина Абдураҳмон Жомийнинг “Нафаҳот ул–унс” китобида 664 шайх ва сўфийларнинг номи зикр этилади. Бу китобга кирган сўфийлар фақат ХV асргача яшаб ўтганларидир. ХV асрдан кейин ҳам кўплаб авлиёлар яшаб ўтганлар. Nazorat va muhokama uchun savollar: 1. O‘rta asrlarda ilm-fan va ma’rifatdan din hamda cherkovning ustunligi sabablarini izohlab bering? 2. Universitetlar paydo bo‘lishining asosiy omillarini tavsiflab bering. 3. O‘rta asrlardagi san’at taraqqiyotining o‘ziga xos xususiyatlari nimalarda namoyon bo‘lgan edi? 4. O’rta asrlar adabiyoti, san'ati va me'morchiligiga oid yodgorliklar haqida so’zlab bering. 5. Uyg’onish davri taraqqiyotining ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlari haqida gapirib bering.