O’RTA ASRLARDA SHARQ MAMLAKATLARIDA TIBBIYOTNING
RIVOJLANISHI
Reja:
1. Kirish.
2. Vizantiya tibbiyoti.
3. Arab xalifaligi mamlakatlari tibbiyoti.
4. O’rta asr Eron tibbiyoti.
5. Abu Bakr ar-Roziy. Uning xayoti va faoliyati.
O’rta asrlarda Sharq mamlakatlarida iqtisodiy va madaniy rivojlanishda
yuksak darajaga etdi. Sharq mamlakatlarining ko’p shaxarlari qadimgi karvon
yo’llari bo’yida bunyod etilgan edi. Shuning uchun bu shaxarlarda, yo’lda betob
qolgan vasdogarlar va sayyoxlar uchun dastlab kichik shifoxonalar va yirik
kasalxonalar barpo etildi. Shunday kasalxonalar qadimgi Bog’dod, Ray,
Samarqand, Toshkent shaxarlarida qurilgan edi.
Tibbiyot fanining rivojlanishi, yangi kasalxonalar ochilishi – tabiblar sonini
ko’paytirishni taqozo etardi. Shu munosabat bilan madrasalarda boshqa bilimlar
qatorida tibbiyot ham o’qitila boshlandi.
Sharq mamlakatlarida tibbiyotning barcha soxalari rivojlandi. Ayniqsa, xar
xil dorivor o’simliklarni ishlatish, mineral moddalardan foydalanish borasida ko’p
ishlar qilindi. Dori tayyorlash, saqlash va ishlatish to’g’risidagi fan – farmatsiya
ham dastlab, Sharq mamlakatlarida kelib chiqqan edi.
Vizantiya tibbiyoti.
Bu mamlakatda fan va madaniyat IX-XI asarlarda ayniqsa, yuksak darajaga
ko’tarildi. Bu erda yirik olimlar, faylasuflar, san’at naomyandalari va tabiblar
etishib chiqdi. Tibbiyot soxasida yutuqlardan biri kasalxonalar va dorixonalar
ko’proq ibodatxonalar va roxibxonalar koshida tashkil qilinardi. O’sha vaqtda
Vizantiya shaxarlarida tibbiy maktablar ham bo’lgan. Bu maktablar ham
ibodatxonalar ta’sirida edi. U erda ta’lim-tarbiya ishlari ibodatxona dasturi asosida
olib boriladi. Ibodatxonalar qoshida kasalxona va tibbiy maktabdan tashqari etimlar
va kimsasiz qari-nogironlar uchun ayrim xonalar ajratilgan edi.
Vizantiya olimlarining eng asosiy xizmati shundan iborat bo’ldiki, ular
o’zlari yirik asarlar yaratish bilan birga antik dunyo fani va madaniyatini saqlab
qolishga katta xissa qo’shdilar. Masalan, ular Rim madaniyatining vorislari sifatida
antik dunyo faniga oid asarlarni ko’chirib, tarjima qilib va boyitib, kelgusi
avlodlarga etkazdilar. Shular jumlasida tibbiyotga oid asarlar ham bo’lgan.
Vizantiyada yashab ijod qilgan tabiblaridan Oribaziy, Aesiy Eginskiy va
Tralskiylar ayniqsa shuxrat qozondilar.
Oribaziy (326-403) asli pergamlik bo’lgan. U Vizantiya xoqoni Yo’lian
saroyida shoxning shaxsiy tabibi sifatida xizmat qilgan. Chuqur bilim va katta
tajribaga ega bo’lgan bu olim o’zidan oldin o’tgan Yunoniston, Rim va boshqa
mamlakatlar olimlarining asarlarini o’rganib, ularni bir erga jamlab, «Sinopsis»
(«To’plam») deb ataluvchi kitob yozgan. Bu kitobda tibbiyot fanining deyarli
hamma soxalari kiritilgan edi. Kitobda o’sha zamonda ma’lum bo’lgan asosiy
diagnostika va davolash usullari ko’rsatilgan, olimlarning bu masalalaridagi fikrlari
yoritilgan. Oribaziyning o’z fikr va tajribalari ham bayon eitlagan. Xususan, u ichki
kasalliklar, bolalar va ayollar kasalligi bo’yicha o’z tajribalarini yoritgan.
Kasallarni davolashda tabiat faktorlari – sof xavo va mineral suvlardan keng
foydalangan.
Aesiy, Tralskiy, Eginskiy ham Vizantiyaning yirik tibbiyot olimlaridan edi.
Aesiyning tibbiyotga 16 jildlik asari bo’lgan. Kitobda ichki kasalliklar bayon
etilgan. Tralkiyning otasi ham tabib bo’lgan. Bu olim 12 jildlik tibbiy asar yozgan.
Pavel Eginskiy ham mashxur tabib bo’lgan. U ayniqsa, jarrox sifatida tanilgan. Bu
olimlar qadimdan Vizantiya tibbiyotning klassiklari xisoblanadilar.
Arab xalifaligi mamlakatlaridagi tibbiyot.
Yana bir yirik davlat Arabiston yarim orolida paydo bo’ldi. VII asrning
boshlarida tarkok arab kabilalari birlashtirilib, markazlashgan arab davlati barpo
etildi. U arab xalifaligi nomini oldi. Arablar islom dini bayrogi astida urush qilib,
asta-sekin boshqa mamlakatlarni bosib ola boshladilar. Sharqda-Xindiston va
Xitoygacha, G’arbda-Ispaniya va Portugaliyacha bo’lgan erlarni zabt etdilar. Ular
o’zlari bosib olgan mamlakatlardagi fan, madaniyat va texnika yangiliklarini
o’zlariniki qilib oldilar, maxalliy olim va fozillarni esa ko’pini ko’rib tashladilar.
Tibbiyot soxasidagi yutuqlarni ham o’zlashtirdilar.
Arablarning diniy muqaddas kitoblari bo’lmish «Ko’r’on» va «Xadis» dir.
Bu kitoblarda tibbiyot, salomatlik va kasallikdan xoli bo’lish masalalariga oid ko’p
xikmatli so’zlar, maslaxatlar va tavsiyanomalar bor.
Salomatlik saqlash masalasida birinchi o’ringa poklik (ozodlik) va
sanitariya-gigiena qoidalariga rioya qilish qo’yilgan. Ko’r’onda bunday deyilgan:
«O’zlarini doimo ozoda va pokiza to’tib yuruvchi bandalarni xudo o’ziga dust
tutadi». «Xadis» da aytilgan-ki, pokizalik kishining zexn-idrokini oshiradi, tabiatini
ravshan qiladi, chiroyiga chiroy ko’shadi, uni xar xil kasalliklardan asraydi.
Kasalliklarni davolashda musulmon dini boshqa dinlardan farqli ravishda
faqat toat-ibodatdangina emas, balki xar xil davo usullaridan ham foydalanishni
tavsiya etadi. Xususan, dori-darmonlarga ahamiyat berilgan.
«Xadis» da yoqumli kasalliklarning oldini olish choralariga aloxida ahamiyat
berilgan. Bu xaqida «Xadis» da bunday deyilgan: «Agar biror joyda vabo paydo
bo’lgan bo’lsa, bemor etgan uyga kirmangiz».
Eron tibbiyoti.
O’rta asrlarda rivoj topgan Sharq mamlakatlaridan yana biri Erondir. Mamlakatda
O’rta asrlarda ijtimoiy –iqtisodiy xayot, fan va madaniyat yuksak darajaga ko’tarildi.
Unlab yirik olimlar, faylasuflar, shoiralar etishib chiqdi. Ular ulmas asarlar yaratdilar.
Buyuk Firdavsiyning «SHoxnoma» si, SHayx sa’diy SHeroziyning «Buston» va
«Guliston» poemalari shular jumlasidandir. Yirik shaxarlarda shifoxonalar,
dorixonalar, ko’tibxonalar, hammomlar va boshqa foydali binolar ko’rildi. Masalan,
IX-X asrlarda Ray, hamadon, Isfaxon va yana boshqa shaxarlarda bir necha
kasalxonalar ko’rildi.
O’sha davrda Eronda yashab ijod qilgan tibbiyot olimlari qatorida Abu Bakr ar –
Roziy ayniqsa, katta shuxrat qozondi.