O‘RTA ASRLARDA YAQIN VA O‘RTA SHARQ, JANUBIY VA SHARQIY
OSIYO MAMLAKATLARIDA MAFKURAVIY YO‘NALISHLAR,
OQIMLAR DINIY-SIYOSIY MAFKURALAR
REJA
1. Eronda zardushtiylikning hukmron mafkuraga aylanishi. Zardushtiylikda
ijtimoiy-siyosiy muammolar.
2. Moniy ta’limotining ijtimoiy mohiyati. Mazdakiylar mafkurasi.
3. Vizantiyada xristian dinining hukmron mafkuraga aylanishi.
Eng qadimiy kitob qayerda paydo bo`lgan? Bu savolga yaqin-yainlargacha
aniq javob berib bo`lmas. Tarixchi olimlar haqiqatni izlab topmoqdalar. Ularning
tadqiqoti natijasida, eng mo`tabar, qadimgi qo`lyozma Avesto ekanligi ma’lum
bo`ldi. Bu nodir kitob uzoq zaminimizda, aniqrog`i Xorazmda vujudga kelgan. U
ayni vaqtda O`rta Osiyo, Afg`oniston, Eron va Ozarbayjon xalqlarining birinchi
yozma yodgorlidir. “Avesto” kitobi va zardushtiylik dinining asoschisi
Zaratushtira(Zarduht, yunoncha Zoroastr) paydo bo`lgan. Avestoni fransuz olimi
Anketil dyu Perron birinchi bo`lib tadqiq etgan. 1755-1761-yillarda Dyu Perron
Hindistonnin Gujarat viloyatida eron zardushtiylarnin avlodlari – parslarning urf –
odatlari va diniy marosimlari bilan tanishib chiqadi hamda 1771
yilda<<Avesto>>ni fransuz tiliga tarjima qiladi. Dastlabki<<Avesto>>21 ta
kitobdan iborat bo`lgan. Bizgacha<<Avesto>>ning. Yasna – “qurbonlik keltirish:,
Visprat – “hamma hukmronlar”, Yasht – “qadrlash”, Videvdat – “devlarga qarshi
qonun” qismlari saqlanib qolgan. Bu qismlar Sosoniylar davrida (III-VI asrlar)
taxrir qilingan.
“Avesto” ma’lumotlariga ko`ra jamiyat to`rt asosiy qismga – uy, oila jamoasi
– “nmana” yoki “dmana”, urug` jamoasi – “vis”, qabila – “zantu”,qabilalar ittifoqi
– “daxiyu”ga bo`linadi. “Avesto” – qdimgi jamiyatning to`rt toifasini ajratib
beradi. Bular – kohinlar, harbiylar, chorvadorlar va hunarmandlardir. Avestoda ana
shu shu xalqlarning qadimgi davrdagi iqtisodiy-ijtimoy hayoti, diniy tasavvurlari,
urf-odatlari, tabiat va jamiyat haqidagi bilim va qarashlari bayon
etilgan.Avestomasus yozuvda yozilgan bo`lib, bu yozuv Sanskrit deb atalgan
yozuvga yaqin hisoblanadi. Kiob o`sha zamonlardayoq boshqa tillarga tarjima
qilingan. Avestoning asl nusxasi muqaddas yozuv sifatida zardushtiy ruhoniylari
qo`lida saqlangan. Kitobda keltirilgan ma’lumotlarning eng qadimgi qismlari
milodan
avvali
2-mingyillik
oxiri,
1-mingyillik
boshiga
oid
bo`lgan.Avestotarkibiga turli diniy urf-odatlar bayoni, axloqiy, huquqiy qonun-
qoidalar va boshqalar qo`shilib borgan. Avestodagi ko`p ma’lumotlar asosan
og`zaki tarzda valoddan-avlodga o`tib kelgan. Dastlabki yozma nusxasi esa 12
ming mol terisiga yozilgan deb rivoyat qilinadi. U axmoniylar sulolasining poytaxti
Sheroz yaqinidagi Taxti Jamshidga saqlangan. Makedoniyalik Iskandar Eronni zabt
etganda bu nusxa kuydirib yuborilgan. Hozir fanda ma’lum bo`lganAvestomilodiy
6-asrda Sosoniylar shohi Husrav I Anushirvondavri(531-579)da yozib olingangan.
7-asrda arablar Sosoniylarni mag`lubiyatga uchratgach, zardushtiy ruhoniylarining
bir qismi Hindistonga o`tib ketgan. Ularning avlodalari hozirgi Avestoninh asl
nusxasini saqlab kelmoqda. Bizgacha yetib kelganAvesto27 jilddan iborat bo`lib,
ular asarning yettidan bir qismi xolos.Avestoyana shu jihati bilan qimmatliki, unda
ilk falsafiy ta’limotlar bilan ya`ni olam ikki qarama-qarshi kuch, yorug`lik bilan
zulmatning, yaxshilik bilan yomonlikning to`xtovsiz kurashidan ibort. Yaxshilik va
ezgulik xudosi Axuramazda yer, o`simlik va boshqa hamma tabiiy boyliklarni
yaratgan. Yomonlik va yovuzlik timsoli Anxramaynu Ahuramazdaga qarshi
to`xtovsiz kurashadi, ammo uni yengishga ojizlik qiladi. Bu kurash abadiy davom
etadi. Yaxshilikni ifodalovchi kuchalr osmonda, yomonlikni ifodalovchi kuchlar
esa yer ostida joylashgan, yer sahni esa kurash maydonidir. Hayotdagi turli
o`zgarishlar qaysi kuchning g`alaba qilishiga bog`liq. Inson ham tana va ruhninh,
axloq esa yaxshi va yomon xulqning o`zaro kurashidan iborat.Avestota’limotiga
ko`ra, inson Govamard(ho`kiz-odam; forscha Qayumars) Undan barcha kishilar
tarqalgandeb, birinchi shoh Yima davri oltin davr hisoblangan. Chunki unda o`lim
bo`lmagan, Axuramazda doimiy bahor yaratgan. Kishilar bekam-u ko`sr, baxtiyor
yashgan. 900 yil o`tgach shoh Yima g`ururga berilib, manetilgan sigir go`shitini
yeydi va yovuzlik ramzi Anxramaynu hukmidagi kuchlar bosh ko`taradi. Olamni
muzlik qoplaydi. Yima Axuramazda amri bilanodamlar va hayvonlarni sovuqdan
saqlab qolish uchun qo`rg`on qurib, unga bir jonzotdan bir juftini joylashtirgan.
Insoniyat tarixining ilkoltin davri tugagach, Hayr bilan Sharr (yaxshilik va
yomonlik) o`rtasidagi kurash davri bo`lgan ikkinchi davr boshlangan edi. Uchinchi
davrda Axuramazda g`alaba qilib, ezgulik saltanati barqaror bo`ladi, adolatli
jamiyat yuzaga keladi. Ungacha kishilar tinch mehnat, oilaviy turmush bilan
mashg`ul bo`lishlari kerak.Avestova zardushtiylik dini ta’limoti keyingi barcha
dinlarga ta’sir ko`rsatadi.
Vatanimiz hududida yashab kelayotgan xalqlar dunyoning eng qadimiy
madaniyatiga ega bo`lgan xalqlardan biri ekanligini tarixda “Avesto” nomi bilan
ma’lum bo`lgan muqaddas kitob xam isbotlaydi. Dunyodagi eng qadimiy dinlardan
biri Zardushtiylik (Otashparastlik,zoroatsrizim) dinidir. “Avesto” ana shu
zardushtiylik dinining muqaddas kitobi hisoblanadi. Unda Markaziy Osiyo
hududlarida yashagan barcha turkiy xalqlar, fors-tojik, ozarbayjon, afg`on va
boshqa xalqlarning qadimgi davrlardagi ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, diniy qarashlari,
olam to`g`risidagi tasavurlari, urf-odatlari, ma’naviy madaniyatlari o`z aksini
topgan. Manbalarda “Avesto” kitobini muallifi Zardusht bo`lganlgi qayd etiladi. U
hayotda yashab o`tgan tarixiy shaxs hisoblanadi. Taniqli faylasuf olim Ibrohim
Karimov “Muloqot” oynomasining 1992 yil 11–12 (23–24) sonlarida chop etilgan
“Zardushtiylikhaqidahaqiqat” maqolasida Zardushtning miloddan avvalgi 589–512
yillarda, ya’ni bundan 2600 yil muqaddam yashabo`tganligini yozadi. Olimlarning
ta’kidlashicha, Zardusht Spitoma Markaziy Osiyo xududida faoliyat ko`rsatgan,
ilohiyotchi, faylasuf, shoir va tabiatshunos olim bo`lgan. Uning uch og`il va bir
qizi bo`lgan. Zardusht 40 yoshga yetganda o`zigacha bo`lgan ko`p xudolilik dini
aqidalariga hamda tabiat hodisalariga qarshi chiqib, yakka xudolikka asoslangan
birinchi diniy kitob “Avesto”ni yaratgan. Zardusht zardushtiylik dinining
payg`ambarlari sifatida tan olingan va e`tirof etilgan.
SHu paytga qadar zardushtiylikhaqidaolimlar o`rtasida turlicha qarash va
g`oyalar mavjud. Bu eng avvalo zardushtiy dini qaysi maskanda paydo bo`lgan?
Ikkinchisi, yakkaxudolik dini bo`lganmi yoki ko`pxudolik kabi ,masaladir. Ba`zilar
Zardushtiylik dinini Midiyada kelib chiqqan desalar, ayrimlar uni Eronda paydo
bo`lgan, deb, isbotlaydilar. Zardushtiylikning vatani Erondir deb isbotlovchi
olimlardan biriE. Berzinning fikricha, zadushtiylik dini “Hind – Eron qabilasi
dinidan kelib chiqqan”. Olimlarning katta bir guruhi: V. V. Struve, V. V. Trever, S.
T. Tolstov, N. Proxonov va boshqalar zardushtiylik dinining vatani Markaziy
Osiyo deb isbotlaydilar. A. O. Makovelskiy ham shu fikrga qo`shilishga moyildir.
Bu guruh olimlar zardushtiylik dinining muqaddas kitobi “Avesto”da yakkayu
xudo – Oxuramazda (“Oxuramazda” – “Yuksak daholi hukmron” demakdir)
yaratgan 16 mamlakatning nomi berilgan. Bu mamlakatlardan ikkitasi afsonaviy
bo`lsa, to`qqiztasi Markaziy Osiyoga tegishli bo`lgan viloyat va shaxarlardir.
Qolgan beshtasi Hindiston, Ozarbayjon, Armaniston hududlariga qarashlidir.
Masalan: So`g`diyona (Gava), Marg`iyona (Marv), Balx (Balxi), Nisoya
(Ashg`abot atrofi), Hirot, Qobul, Tus (Xuroson), Gurgon (Urganch), Varana
(Turkmaniston va Eron chegaralari oralig`i) tilga olinadi.”Avesto” kitobida Yer
dumaloq shaklda yaratilganligi, uning atrofi okeanlar bilan o`ralganligi, nomlari
keltirilgan mamlakatlarda xudo oxuramazda ezgulik qonunlarini Zardusht
orqalivahiy qilganligihaqidayozilgan. Iymonsiz odamlar yashayotgan mamlakatlar
jumlasiga Parfiyona podsholiginingmarkazi Nisoya va Midiyaning eng katta shaxri
aga kiritiladi. Fors tadqiqotchisi Kapadia fikricha, Zardushtning ilohiy faoliyati
Vishtaspa podsholigining poytaxti Balx shaxri bilan bog`liqdir. U podshoxlar
homiyligida Zardusht Baqtriya payg`ambarlariga aylanganligiga diqqat-e’tiborin
qaratadi. Zardushtiylik bo`yicha ilgarigi ko`pxudolik dinidan rasm – odat bo`lib
qolgan murdalarni olovda kuydirib, kulini dafn etishni qat’iy qoralab, marxum
suyaklarini maxsus ostadan (ossuar)larga solib, ko`mishdan iborat yangicha odatlar
joriy qilingan. Bunday ostadonlartadqiqotchi Yu. A. Rapoportning ta’kidlashicha,
asosanMarkaziy Osiyo hududlari yer ostidan topilayotir, Eron hududi esa bitta
yarimta uchramoqda, xolos. Bu hol zardushtiylikning vatani Markaziy Osiyo deb
aytish uchun tarixiy asos bo`la oladi. Zardusht yaratgan ilohiy kitobning o`zi
bigacha yetib kelmagan. Faqat u haqda yozilgan tarixiy manbalar bor, xolos…
Zardusht yashagan davrda kishilik jamiyati ilgarilab rivojlana bordi.
Ko`chmanchilikka asoslangan Markaziy Osiyoda eski turmush tarzi o`rnini o`troq
yashash egallay boshladi, sug`oriladigan dehqonchilik, chorvachilik,
hunarmandchilik borgan sayin taraqqiy etdi. Yangi – yangi shaharlar, obod
qishloqlarning paydo bo`lishi o`troq yashash turmush tarzining afzalliklarini
ko`rsata bordi. Ana shu o`troqlik turmush tarzining odamlarga benihoya kulfatlar
keltirayotgan ko`chmanchilikka asoslangan turmush tarziga nisbatan afzalliklarini
ommaga yetkazish davrning asosiy muammosi bolgan. Ana shu zaruriy muammoni
Zardusht hammadan oldin ko`ra olgan va uni hal qilish yo`llarini topa olgan.
Xalqlarni, qabilalarni birlashtirib, farovonlikka erishtirishning birdan – bir yo`li –
yakka xudolik – vahdoniyatga o`tish, deb bildi va o`zining butun ongli faoliyatini
shu muqaddas ishga bag`ishlab, yakka xudolik uchun olib borilgan urush(jihod)da
o`zi ham halok bo`ldi. Zardushtiylikning muqaddas kitoblar to`plami “Avesto”
Iskandar Zulqarnayn hokimiyati inqirozga yuz tutgach, milodimizdan burungi 250
– yillarda, arshohiylar davrida yana tiklana boshlagan va u yangi matnlar bilan
to`ldirilgan. Sosoniylar hukmronligi davrida (milodning III–VII asrlarida) bu sih
poyoniga yetkazilgan. “Avesto”ning uchta kitobi qadimgi tilda va bittasipaxlaviy
tildatiklangan. Birinchi kitob “Videvdat”, ya’ni devlarga qarshi qonun deb ataladi.
“Yosun” va “Visparad”ni qo`shganda u “Videvdat” – “Sade” deb ham yuritiladi.
“Videvdat”ni poklanish qonun-qoidalari majmuasi deb aytsak bo`ladi. Ikkinchi
kitob ‘Yosin” bo`lib, Zardusht xat (noma)lari uning asosiy mazmunini tashkil etadi.
Bu kitob 72 bashoratdan iborat bo`lib, birinchi bashoratida tabiat va halolliklar
hukmdori, hamma narsani biladigan va hamma narsaga qodir Oxuramazdaning
vahiylari haqligiga imon keltirishga doir duolar bor. 19- bashoratda olam yuzaga
kelmasdan oldin mavjud bo`lgan xudo sha’nigashukronalar bayon qilinadi.
Kitobda poklanish (yuvinish gigiyenasi), yovuzlikni qarg`ayotgan paytda
tanani qanday maromda tutishlik, shayton – iblislarni haydashga
qaratilganharakatlar, gunohdan forih bo`lish, kechirim so`rashga doir duolar ham
katta o`rin olgan. Jumladan, imonni saqlab qolish, gunohdan forih bo`lishlik uchun
quyidagi duoni o`qish tavsiya qilinadi: ”Ey, olamning hukmdori Oxuramazada!
Men barcha gunohlarimga iqrorman, ularni takrorlamaslik uchun senga so`z
beraman, har qanday yomon niyat (fikr)lardan, har qanday yomon so`zlardan,har
qanday yomon amallardan voz kechaman; niyatlarim, so`zlarim va amaliy ishlarim
orqali bundan buyon ishonchingni oqlayman, qilgan gunohlarimni keng
qaramingila kechirgil, tanam va jonimni u dunyoyu bu dunyoda munavvar etgil, ey
parvardigorim”. Ikkinchi kitobning 7 ta bobidaZardusht orqali xabar berilgan
bashoratlar o`z ifodasini topgan. Zardusht xudo oxuramazdadan o`zahloqiy qonun-
qoidalarini ma’lum qilishni so`raydi. Oxuramazda butun mavjudlikning ikki oily
ibtidosi – ezgulik to`g`risidavahiy qiladi. Bir-biriga qarama-qarshi bu boshlang`ich
kuchlar doimo birgalikda mavjud bo`lib, ular hayot va o`lim, osmon va jahannam
ma’nolarini bildiradi. Jahannam Oxuramazda vahiysida “Hayotning eng yomon
onlari”, osmon esa ruhning eng yuksak holati sifatida gavdalanadi. Olamdagi
yovuzlik va notakomillik – hodisalar va ularning mohiyatidan kelib chiqadi. Ularni
bartaraf etish esa istiqboldagi ish bo`lib, imonli kishilarning faolligi tufayligina
bunga erishiladi. Imonli kishilar Oxuramazda yuborgan qonun – qoidalar ,
tartibotlar, nasihat va o`gitlariga amal qilsalar ezgulik yovuzlik ustidan albatta
g`alabaga erishib boraveradi.
Kitobda qayd etilishicha, olam qarama-qarshiliklar asosida qurilgan:
jismoniy narsalarda yorug`lik bilan zulmat, jonli tabiatda hayot bilan o`lim,
ma`naviy olamda ezgulik bilan yovuzlik, ijtimoiy hayotda adolatli qonunlar bialn
qonunsizliklar o`rtasida doimiy qarama-qarshiliklar bor. Diniy sohada ezgulikni
qaror toptirish ruhi bilan yovuzlik ruhi o`rtasida keskin kurash boradi. Oxuramazda
ezgulikni vujudga keltiraveradi,yovuzlik ruhi bo’lgan Axriman unga qarshi
kurashib odamlarni yomonlik sari, yovuzlik sari boshlayveradi.Kitobning 30-
bashoratida ta’kidlanishicha, ezgulik va yovuzlik o’rtasidagiabadiy kurashda oraliq
yo’q, har bir odam bu jarayonning u yoki bu tomonida ishtirok etishiga majbur.Shu
boisdan dindorlikda imon-e’tiqod barkamollik nishonasi sifatida muhim o’rin
tutadi. Imon-e’toqod odamlarga ezgulikni yovuzlikdan saqlash imkonini
beradi.Imonli-e’tiqodli odam albatta ezgulik, yaxshilik sari intiladi.Yovuz ruhlar-
dev, pari, iblis va boshqalar gunohlar, adashishlar, yolg’onlar, kasalliklar timsoli
sifatida tasvirlanadi.Oxuramazda odamlarni ulardan saqlanish, o’zini chetga
olishga da’vat etadi.Yosinning 14-bashoratida hudo : ``Men ezgu fikr
(niyat)larni,ezgu so’zlarni va ezgu amallarni yoqtiraman.Men mazdayosin
qonunlariga asoslangan tartibotlarni ulug’layman``, deydi. Bundan ko’rinadiki.
Zartushtiylik imoni uch tayanchga asoslanadi:fikrlar sofligi, so’zning
sobitligi,amallarning insoniyligidir. Oxuramazda odamlarni<<…o’z istaklarida
xolis bo’lib, bir-birlari bilan murosa qilib yashashni odat qilishlari, g’arazgo’ylik,
hasadgo’ylik dimog’dorlik, shuhratparastlik qonunsiz ishlardan o’zlarini tiyib
yurishi uchun…>>intilishga chaqiradi.<<… Bergan so’zning ustidan chiqish, unga
sodiq qolish, savdo-sotiqda shartnomalarga qat’iy amal qilish, qarzni vaqtida
to’lash, aldamchilik va hiyonatdan holi bo’lish>>imonlik alomatlaridir,
deyiladi.Imonli odam o’g’rilik va talonchilikdan, begonalarning mol-dunyosiga
ko’z olaytirishdan, o’z-o’ziga hiyonat qilish, ya’ni imonga xilof ishlardan o’zini
saqlay biladigan komil insondir.<<Tanlaringizga nisbatan qalbingizhaqidako’proq
qayg’uring>>, ya’ni avval ma’naviy dunyoingiz musaffo bo’lsa, moddiy
turmushingiz ham mukammal bo’lib boraveradi, deydi Oxuramazda.
<<Avesto>>da shaxsning ahloqiy hislatlari, haqgo’ylik, adolatlilik
ulug’lanadi. Bunday ezgu sifatlarga Oxuramazdaning o’zi ham ega bo’lib, u shu
bilan birga ezgulikka zid bo’lgan yovuzlikka murosasiz dushmandir.
<<Avesto>>kitobida materialistic dunyo, borliq muqaddaslashtiriladi. Yer,
suv, havoni bug’lash, ifloslantirish eng yomon gunoxlar qatoriga
qo’shiladi.Oxuramazda<<… yerga yaxshi, sog’lom urug’lar sepishdan ortiq savob
ish yo’q…>>deydi.Hudoi taoloning bu aytganlariga amal qilish, 10 ming marta
ibodat etish yoki yuzlab jonivorni hudo yo’liga qurbonlikka so’yishdan afzalroq
hisoblangan.Oxuramazda yerga ekin ekishni yerdagi yovuzliklarga barham
berishdan iborat, deb hisoblaydi. Bashorotlardan birida:<<Olam go’zalligi
dehqondan, dehqonhilikdan, kimki yerga urug’ qadabdi, u odamiylikka imon
keltiradi, yagona shu yo’lgina haqiqat bo’lib, qolgani sarobdir>>, deyiladi. Boshqa
bir bashoratda esa quyidagi jumlalarni o’qiymi:<<Bug’doy o’stirila boshlasa,
devlarni ter bosadi, sovrilgan bugdoy tayyor bo’lsa, devlar zaiflashib qoladi. Un
tayyor bo’lgach, devlar nolayu fig’on chekishadi… Devlarni mag’kub etish uchun
xonadonda hamisha unli ovqat bo’lishi lozim. Bu ovqatni odam yegandan so’ng,
devlar juda qizishib ketishadi va qocha boshlashadi>>.
Oxuramazda qonunlarida qo’riq va bo’z yerlarni o’zlashtirish, uni jamoa
o’rtasida adolatli taqsimlash eng savobli ishlardan hisoblangan. Undan keyingi
savobli ish esa, oziq-ovqat tayyorlash, uy hayvonlari va chorva mollarini
ko’paytirishdan iborat bo’lgan.Zardusht hudo nomidan hukmronlarga qarata
bunday deydi:<<Yomon ovqatlangan xalq na yaxshi, kuchli ishlovchilarga na
og’lom, baquvvat bolalarga ega bo’ladi… Yomon ovqatlanishdan odob-ahloq ham
aynib ketadi. Agar non mo’l-ko’l bo’lsa, muqaddas so’zlar ham yaxshi qabul
qilinadi>>. Bir qarashda oddiygina ko’rinadiga so’zlarga juda katta falsafiy
ma’noli so’zlar, tarbiyaviy o’gitlar borligiga amin bo’lamiz. Zardushtiylik
o’gitlarida ona zaminga, dehqonchilika, hunarmandhilik, chorvachilik, Vatan va
xalqqa ulug’ muhabbat ruhi markaziy o’rinni agallaydi. Buni biz Zartushtiylikning
Navro’z, Ro’za, Mehr va boshqa barcha marosimlarida ohiq-oyin
ko’ramiz.Yosinning 29-bashorat 5-hikmati va 50-bashorat 8-hikmatida ibodatdan
so’ng ikki kaftni oldinga ochiq holda yozib ko’targan holda Ollohdan o’z
talablarini qondirishni iltijo qilish rasm-rusmihaqidagap boradi. Undagi
bashoratlarda yer, osmon, ummon boshlanishi, jannathaqidafikrlar bayon qilinadi.
Bashoratdagi Odam Ato haqidagi fikrlar o’ziga xos bir tarzda bayon etiladi.
Unda ta’kidlanishicha, Iyim nomi bilan atalgan birinchi odam Oxuramazda
idorasigako’ra 900 yil yashaydi va u shu davrda odamlarni, hayvon va qushlarni
parvarish qiladi, qizil shu’lali olovni ko’paytiradi. Oxuramazda Iyimga oltin nayza
bilan oltin qamchi sovg’a qiladi. Yer odamlar yashashi uchun torlik qilib qolganda
u nayzani yerga sanchib yerni kengaytirishni iltijo qilib hudodan so’raydi va unga
erishadi.Oxuramazda Odam Atoga yerga sovuq ofat kelayotganini va uni oldini
olish lozimligini aytadi.Iyim o’ziga bir uy qurib hatvonot va o’simlik zotlarining
eng yaxshilaridan bir juftdan olib bu uyda ularni saqlab qoladi va shu tariqa Odam
Ato tirik tabiatni ofatdan saqlab qolishga erishadi. Ammo odam ato o`z qilgan
ishlaridan ortiqcha mag`rurlanib ketadi va xudo tomonidan taqiqlangan ne’mat –
qoramol go`shtidan iste`mol qilib qo`yadi. U xudoning qahriga uchraydiva
abadiylikdan judo bo`ladi. Odamzod hayotining bu birinchi bosqichidan so`ng
ikkinchi bosqich boshlanadi. Ikkinchi davr Zardusht faoliyati va uning diniy
islohoti bilan bog`liq. Bu davr din va imon uchun kurash bilan xarakterlanadi. Oli
borilgan 3000 yillik kurashlardan so`ng Zardusht farzandi boshchiligida dunyoda
tinchlik, osoyishtalik va farovonlik yuzaga keladi. Yomonlik va yovuzlik kuchlari
timsoli bo`lgan dev – Axriman yengiladi. Uchinchi davrda qiyomat qoyim bo`ladi.
Barcha o`lganlar tirilib xudo oldiga keladilar va o`z qilmish- kechirmishlari
bo`yicha unga hisobot beradilar. Xudoi taolo xamma ishlardan voqif va uni ko`rib
turibdi. Xudoni aldab bo`lmaydi. Zardushtiylik dini bo`yicha odamzod olamdan
o`tgach uch kunga joni uning tanasida saqlanadi. To`rtinchi kunida har biro dam
zoti go`zal qiz qiyofasidagi o`z mahrmi – farishta yo`lboshchiligida narigi
dunyodagi qilko`prik – “Chinvot”dan o`tadi. Yaxshi va ezgu ishlar qilgan
insonlarga bu ko`prik kengayib turadi va yo`l beradi. Undan omon-eson o`tganhar
bir zot abadiy rohat-farog`atga – jannatga yo`l oladi va o`liklar tiriladigan kunda
o`z tanasiga jon kirilishi kutib yotadi. Yomon va yovuz ishlar bilan
shug`ullanganlarga “Chinvot” qilday torayadi va ular jahannam azoblariga
mahkum
bo`ladilar,
do`zaxga
tushadilar.<<Avesto>>ning
uchinchi
kitobi<<Vasparat>>deb ataladi. Bu kitobda olamni, hamma narsani bilishga oid
pandu nasihatlar o`rin olgan. Kitob asosan ibodat namozlari yig`indisi bo`lib, 25
qismdan iboratdir. Bu kitob<<Bundaxash>>, qadimiy Eron tili paxlaviy tilidan
yozilgan. Yeshtlar va Yosinlar uch qatlamdan iborat; birinchisi xalq eposlarining
Zardushtgacha bo`lgan qo`shiqlari [she’rlari], ikkinchisi Zardusht xalt (noma)lari
va uchinchisi Zartusht urishda xalok bo`lgandan deyarli bir asr keyin kitob xoliga
keltirgan va “KichikAvesto” nomi bilan yuritiladigan qismi hisoblanadi. Shuning
uchun “Avesto”ning dastlabki ilk va kichik (so`ngi) qismlarida uning asosiy qismi
Zardusht nomlarini bir – biridan farq qila bilish kerak. Zardushtnomalar ko`p
xudolikni, o`tga va tabiatning stixiyali kuchlariga sajda qilib sig`inishni qoralaydi
vayakka xudolikka da’vat qiladi. Shu paytga qadar ilmiy adabiyotlarda bildirilgan
fikrlar asosan “KichikAvesto”ga asoslangan g`oyalar bo`lgan. Bunda ko`p
xudolilik bilan yakka xudolilik g`oyasi aralashib, qorishib ketganligidan
Zardushtiylikni ko`p xudolilik va ikki xudolilik dini sifatida qarab kelganlar. Bu
yakka xudolilikka asoslangan Zardushtiylikni asosiy yo`nalishi ko`p xudolilikdan
iborat bo`lgan mazdaniylik bilan aralashtirish oqibatidir. Zadushtgacha ham Ohura,
Matra, Mazda va boshqa xudolarhaqidafikrlar bo`lgan. Ammo u xudolar xuddi
odamlardek hayot kechirganlar. Zardusht talqinidagi Xudo – Oxuramazda esa Oliy
ibtido bo`lgan. Uning xotin, bol – chaqalari yo`q. u hamma narsani, buyun borliqni
yaratuvchi Oliy ruh bo`lib, barcha ezguliklar va yaxshiliklar bilan odamlar qalbini
munavvar qiladi. Zardusht asos slogan yakka xudolilik dini Eronda Ahamoniylar
hokimiyat tepasiga kelib, ular MarkaziyOsiyoni bosib olgach zavolga uchraydi.
To`g`ri, Eron shohlari o`z saltanatlarini barqaror qilishda zardushtiylik dinining
ahamiyativa o`rniga yetarli darajada baho berganlar. Ammo bu dindagi o`rtahol
dehqonchilik, mo’tadil kamtarona hayotdan iborat turmush tarzini ilohiylashtirib,
quldorlik munosabatlarini qoralash Eron shoxlariga yoqmaydi. “KichikAvesto”da
Axuramazda olamni yaratuvchi va tartib o`rnatuvchilikdan ko`ra ko`proq qabilaviy
xudolarni birlashtiruvchi bosh xudoga aylanib qoladi. Ahamoniylar Yunonistonni
bosib olish uchun olib borilgan urushlari hamda yunonlarning Eron va Turonni
ishg`ol qilishlari oqibatida Axuramazda Yunonistonda bosh xudo – Zevs, Zardusht
esa Aflotun (Platon) sifatida talqin etiladi. Ahamoniylar Zardushtiylikni o`z
e’tiqodlariga bo`ysundirgan bo`lsalar, Iskandar Zulqarnayn bu dinni butunlay yo`q
qilib tashlamoqchi bo`ldi, bu dinga oid kitoblarni butunlay yoqtirib yubordi.
“Avesto”haqidaAbu Rayhon Beruniyning “O`tmis xalqlardan qolgan
yodgorliklar” nomli asarida yozib qoldirgan ma’lumotlari diqqatni tortadi. Beruniy
bunday yozadi:<<podshoh Doro ibn Doro xazinasida o`n ikki ming qoramol
terisiga tillo bilan bitilgan bir nusxasi bor edi. Iskandar otashxonalarni vayron qilib,
ularda xizmat etuvchilarni o`ldirgan vaqtda uni kuydirib yubordi. Shuning uchun
“Abisto”ning beshdan uchi yo`qolib ketdi. “Abisto” o`ttiz nask (qism) edi.
Majusiylar qo`lida o`n ikki nask chamasi qoldi>>. O`lkamiz arab xalifaligi
qo`shinlari tomonlaridan fatx etilib, islom dining tarqalishi davrida ham
zardushtiylik va uning muqaddas kitobi “Avesto” qattiq ta’qib ostiga olindi.
Zardushtiylikning Markaziy Osiyoda vujudga kelganligiva uning jahon
madaniyatiga ko`rsatgan ijobiy ta`sirini inkor etib bo`lmaydi.<<Avesto>>ning
bizgacha yetib kelganligi uchun eng avvalo ingliz va fransuz olimlaridan minnatdor
bo`lishimiz kerak. Chunki, 1755 yilda fransuz olimi A. Dyupperon Xindistonga
ilmiy safar qilib, u yerdagi zardushtiy (mazdaiy)lar orasida uch yil yashadi,
ularning ibodatlari, urf – datlari bilan yaqindan tanishdi va<<Avesto>>ni fransuz
tiliga tarjima qildi.
<<Avesto>>G`arbiy Yevropa, Eron va Hindiston orqali bizga yetib
kelganligidan undagi nomlar, ismlar va terminlar asliga to`g`ri kelmaydi.
Beruniy yozgan rivoyatlarga qaraganda Zardusht Baqtriya podshohi Vishtasi
(Gushtasi) huzuriga kelib,<<Avesto>>ni unga tortiq qiladi. O`ng va so`l tomonlari
kesilgan ko`ylak kiygan, yuziga parda tortilga, qo`lida bir eski qog`ozni ko`kragiga
mahkam bosganicha Zardusht kunduz kuni Gushtasp qasriga tushadi. Shunda tom
ochilgan
va
Gushtasp
kunduzki
uyqudan
uyg`onib
ketgan.
Zardusht<<Avesto>>kitobini Gushtasp oldiga qo`ydi va xudoga ltijo
qildi.<<Avesto>>agar shu kitob haqiqatan seniki bo`lsa, sen shu kitob bilan meni
podshoh huzuriga yuborgan bo`lsang, meni misning zararidan saqlagin>>, dedi.
So`ng uning iltijosiga ko`ra, qizdirib eritilgan mis keltirildi, uni Zardushtning
ko`kragiga va qorni ustiga qo`ydilar. Mis tanasi ustidan oqib tuklarga donachalar
bo`lib yopishdi, lekin kuydirmadi. Shu mahaldan e’tiboran Gushtasp Zardusht
e’tiqodini qabul qildi va o`ziga tobe o`lkalarga bu e’tiqodni qabul qilishni buyurdi.
Tarixdan ma’lumki, zardushtiylik milddan oldingi VII asrdan milodimizning VII
asrigacha qariyib ming yil Markaziy Osiyo, Eron, Ozarbayjon va boshqa o`lkalarda
diniy e’tiqod sifatidayashdi. Zardusht yashagan va<<Avesto>>kitobi
yozilgandavrda Markaziy Osiyoda aholining asosiy qismi o`troq hayotga
dehqonchilik va hunarmandchilikka o`ta boshlagan, ko`chmanchi chorvachilikka
e`tibor kuchaygan, qadimgi shaharlar va dehqonchilik viloyatlari (Sug`diyona,
Marg`iyona, Baqtriya, Parfiya, Xorazm)ning shakllanish jarayoni kechayotgan
palla edi. Vatanimiz xalqlari hayotida yuz berayotgan bu ijtimoiy va iqtisodiy
o`zgarishlar uning taraqqiyot yo`liga g`ov bo`layotgan mafkurani yangilashni,
yangi jamiyat talablariga javob bera oladigan diniy islohiyatni amalgam oshirishni
talab etaredi.<<Avesto>>da ana shu islohiy talab o`z ifodasini topdi.
<<Avesto>>asarida patriarxal urug` jamoasihaqida, uning so`ngi qismi
Videvdotda iqtisodiy tengsizlik, sinfiy tabaqalanish haqidagi muammolar ochiladi.
Jamiyatning ijtimoiy tarkibi va undagi sinfiy tabaqalanish jarayoni to`g`risida
qimmatli ma’lumotlar beriladi. Shunday qilib,<<Avesto>>miloddan avvali IX –
VII asrlar ijtimoiy – iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayothaqidag`oyada muhim
ma`lumotlar beruvchi xalqimizning ma`naviy boyligidir.
<<Avesto>>da keltirilgan jamiyatning ijtimoiy tarkibihaqidama’lumotlarga
suyanib fikr yuritadigan bo`lsak, miloddan avvalgi I ming yillikning birinchi
choragida Markaziy Osiyo xududida ibtidoy jamoa tuzumi yemirilib, yangi, ilk
sinfiy jamiyat tarki topayotgan jarayonnin guvohi bo`lamiz.
Moniy hayoti va faoliyati. Sharq o’lkalarida yer mulkchiligiga asoslangan
ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar mustahkamlanayotgan o’rta asrlar davrining
boshlarida zardushtiylik, buddizm, xristianlik, hinduizm dinlari bilan bir qatorda
manixeizm dinining ham nufuzi kuchli edi. Arab xalifaligi tashkil topib, islom dini
Eron-Turon bo’ylab tarqalishi davomida Eron, G’arbiy Osiyoning anchagina
aholisi manixeizmni qabul qilib, bu din katta
ijtimoy ta’sir kuchiga ega bo’ldi. Ko’plab monaviy jamoalar shakllana
boshladi. Jumladan, ilk o’rta asrlarda turkiy xalqlar orasida manixeizm jamoalari
ko’pchilikni tashkil qilgan. Ular butun Markaziy Osiyo va Sharqiy Turkiston
bo’ylab tarqalgan edilar.
Manixeizm dinining asoschisi Surayk Patik (216-277) hisoblanadi.
Keyinchalik unga
Moniy
– «Ruh» laqabi berilgan. Uning nomining
arabiylashtirilgan to’la shakli X asr arab tarixchisi Ibn an-Nadimning «Fihrist»
kitobida Moniy ibn Fattaq Bobak ibn Abi Barzom deb zikr etilgan.
Moniyning ajdodlari Parfiya podsholari Arshakiylar xonadoniga qarindosh
bo’lgan va o’z davrida Parfiyaga qaram Bobil yurtiga yuqori mansablardan biriga
tayinlab yuborilgan. Moniyning milodiy 216 yilda (Arshakiylar podsholigi tugab,
Sosoniylar hukmronligi boshlanishiga o’n yil qolgan bir paytda) Bobil yaqinidagi
Mardinu qishlog’ida tug’ilganiga mana shuni sabab qilib ko’rsatiladi. Moniyning
onasi Maryam yozma manbalarda xabar berilishicha, Parfiyada nufuzli Ashg’oniya
urug’idan bo’lib, u ham Arshakiy podsholari xonadonidan bo’lgan.
Moniyning bolalik va yoshlik yillari Bobilning shimoliy hududlarida, somiy
tilli xalqlar orasida o’tgan. Ziyrak, qiziquvchan, ko’pincha o’z fikrlari og’ushida
o’ychan yuruvchi Moniy yosh chog’ida otasining xizmati taqozosi bilan Bobil
yaqinidagi Ktesifon (al-Madoin) shahriga ko’chib keladi. Shahar markazidagi
majusiylar ibodatxonasi o’zining salobati, hashamati bilan bolani maftun etadi.
Moniy qadimgi dinlarning qonun-qoidalari va mazhablarini yaxshi bilar, o’zi
majusiylikka e’tiqod qilgani uchun ular ibodatxonasiga tez-tez borib turar edi.
Kunlardan birida ibodatxonaga kelgan Moniy ongiga sirli ilohiy tovush eshitiladi.
Ibodatxonadagi turli diniy marosimlar yosh Moniy uchun o’z mazmunini
yo’qotadi. Avvaliga u o’sha zamonda rasm bo’lgan gnostiklarning «Mug’tasila»
(yuvinuvchilar) nomli jamoasiga a’zo bo’ladi. Tezda bu jamoadan ham ko’ngli
to’lmay qoladi. Nihoyat, chuqur tafakkurga berilgan Moniy 12 yoshga to’lganda
o’ziga ilohiy xabar (vahy) kelganini ma’lum qiladi. O’zidan xabar bergan ilohning
nomini Moniy «Ikki mohiyat Ruhi» deb ataydi. Shunga ko’ra, Moniy dinini
dualistik g’oyaga asoslangan deb aytish mumkin. 241 yilda – Moniy 24 yoshga
yetganda – unga o’z ilohidan yana xabar keladi. Shundan so’ng Moniy o’zining
da’vatchilik faoliyatini boshlaydi. Bu paytda Eronda Arshakiylar (Parfiya)
podsholigi tugab, Sosoniylar sulolasining asoschisi Ardashir Popak o’g’lining
xukmronligi nihoyalab qolgan edi. Uning o’g’li Shopur I (242-273) Moniy
ta’limotining ilk homiysiga aylanadi. Podshoh Shopurning taxtga o’tirish marosimi
paytida Moniy o’z ta’limotini birinchi marta oshkora bayon etib, va’z aytadi. U
o’zini «Samo nuri elchisi» deb hisoblagan hamda o’z ta’limotida odamlarni
urushmaslikka, mol-dunyo to’plamaslikka da’vat etgan.
Moniy ta’limoti. Moniy targ’ib qilgan dinning asosi – nur va zulmat
o’rtasidagi azaliy kurash ta’limoti. Uning mazmun-mohiyati esa nurning zulmat
ustidan g’alaba qozonishiga ishonish g’oyasidir. U butun borliq – jonli va jonsiz
tabiat insoniyat jamiyati o’z ibtidosidan boshlab ana shu ikki qarama-qarshi
dunyoning qutblarida turib kurashib keladilar, deb tushutiradi. Manixeizmdagi nur
va zulmat tushunchalari ezgulik va yovuzlik kabi ijtimoiy-axloqiy
kategoriyalarning timsoli sifatida ifodalanadi.
Manixeizm zardushtiylik va xristianlikning xususiyatlarini o’zida jam qilgan.
Moniy o’zini avvalgi dinlarni to’g’rilovchi payg’ambar (xotam al-anbiyo’) deb
e’lon qildi. Manixeizm xristianlikdan messiya g’oyalarini olgan. Zardushtiylikdagi
dualizm – yaxshilik bilan yomonlik, nur bilan qorong’ulik, ruhiy olam bilan
moddiylik orasidagi kurash – manixeizm e’tiqodining asosini tashkil etadi. Birinchi
olamda xudo, ikkinchisida – shayton hukm suradi. Bu ikki olam kurashi falokat
bilan tugaydi. Natijada moddiylik halokatga uchrab, ruh ozodlikka chiqadi.
Manixeizm ta’limotiga ko’ra, bu dunyo – yovuzlik dunyosi. Inson ikki
unsurdan – nur farzandi bo’lgan ruh va zulmat farzandi hisoblanmish jismdan
iborat. Shuning uchun ham u zulmatga qarshi kurashda nur kuchlariga madad bera
oladi. Moniy o’zini Iso ishining davomchisi, Injildagi Paraklet deb atadi.
Zurvanizmdan farqli o’laroq, dualizm ta’limotiga ko’ra, nur va zulmat
azaliydir. Zardushtiylar ta’limotida esa zulmat keyin paydo bo’ladi. Manixeizmda
nur va zulmat azaliylik jihatidan teng bo’lib, javhar (yadro), tabiat (xarakter), fe’l-
harakat, joylashgan taraf va o’rni, unsurlari, jism va ruhlari jihatidan turlichadir.
Hech bir narsa – yo’qdan bor bo’lmaydi. Azalda bor narsa – yo’q bo’lmaydi.
Shuning uchun ham nur va qorong’ulik azaliy va abadiydir. Bu ikkala kuch ham
qudratli, eshituvchi, ko’ruvchi, sezgir, bilimdondirlar. Ammo, o’zlariga xos
xususiyatlarga ko’ra, bir-birlariga qarama-qarshidirlar.
Muqaddas kitoblari. Ular Moniy tarafidan tuzilgan «Shopurakon», «Tirik
Yevangelie», «Pragmateyya», «Kefalayya» va boshqa kitoblardan iborat. Ularda
yangi din ta’limoti asoslab berilgan.
Manixeizmning tarqalishi. Moniy o’z diniga targ’ibotni, avvalo, o’z oilasi
va yaqinlarini da’vat qilishdan boshladi. Bobil va Eron xalqlari orasida an’anaviy
dinlarning mavqei kuchli bo’lganligi sababli Moniy ta’limoti u yerlarda katta
muvaffaqiyatga erisha olmadi. Natijada Moniy o’z dinini targ’ib qilish maqsadida
sharqqa safarlar qildi. U Xuroson, Hind, Turon, Sharqiy Turkiston o’lkalarida
bo’ldi va muvaffaqiyat qozondi. Bu o’lkalarda Moniy ta’limotini qo’llab-
quvvatlovchi jamoalar paydo bo’la boshladi.
Moniy safardan qaytgach, ilk Sosoniy podshohi Ardashir Popakning Firuz
(Peroz), Mirshoh ismli o’g’illari uning diniga kirdilar. Sulolaning ikkinchi vakili
Shopur I davrida Moniyning saroydagi martabasi yana ham ortda va u davlatining
diniy-g’oyaviy rahnamosiga aylandi. Shundan boshlab Moniy saroy a’yonlari
safida Shopur bilan birga ko’p yillar yonma-yon yashadi. Moniy barcha
tadbirlarda, shuningdek, safarlarda podshohga hamrohlik qildi.
244-261 yillar mobaynida Moniy Misr va bir qator G’arbiy Yevropa
mamlakatlarida, Markaziy Osiyo va Sharqiy Osiyo o’lkalarida o’z dinining
missionerlik targ’ibotlarini g’oyat samarali olib bordi. Bu ishda uning Mar Ammo
singari izdoshlari katta xizmat qildilar. Moniy o’zining asarlaridan birida: «Mening
dinim har bir elda, har bir yurtda va har qanday tilda barcha uchun quyoshday
ravshan bo’ladi va uzoq mamlakatlarga tarqaladi», deya bashorat qilgan edi.
MarkaziyOsiyodamanixeizm.
Manixeizmning tarqalishida Erondan
sharqda joylashgan o’lkalar, sobiq Parfiya yerlari hamda Markaziy Osiyo tayanch
maydoni bo’lib xizmat qildi. VIII-IX asrlarga kelib xuddi shu o’lkalar orqali Moniy
dini Sharqiy Turkiston (Turfon podshohligi), Sharqiy Osiyo bo’ylab keng tarqaldi.
Uyg’ur, turkiy, so’g’diy, parfiya tillaridagi ko’plab yozma yodgorliklar
manixeizmning ham Buyuk ipak yo’li bo’ylab yoyilib, xalqaro din darajasiga
yetganligidan dalolat beradi.
Manixeizm Sosoniylar davlati bilan bir qatorda Kushon imperiyasida ham
tarqalgan edi. Bu haqda ko’plab tarixiy yozma manbalar guvohlik beradi. Moniy
dini Markaziy Osiyo o’lkalari bo’ylab III asrdan to XV asrgacha o’z jamoalariga
ega bo’lib kelgan. Bu dinning tarqalishi va taqdiri haqida Abu Rayhon Beruniy
shunday deydi: «Moniy da’vatini qabul qilganlarning qoldiqlari islom
shaharlarining biror joyida jam bo’lishlari mumkin bo’lmaydigan darajada tarqalib
ketganlar. Islom mamlakatidan tashqarida esa, sharq turklarining, Xitoy, Tibet
aholisining aksari, hindlarning ba’zilari Moniy diniga e’tiqod qiladilar».
Markaziy Osiyoda manixeizmning yirik markazlari Marv va Samarqandda
bo’lib, bu dinning sharqda keng tarqalishida ushbu markazlarning mavqesi katta
edi.
Olib borilgan ko’plab tadqiqotlar natijasi shuni ko’rsatadiki, Moniy hayotlik
paytida uning jamoasi vakillari Marvda, Kushon imperiyasi chegaralarida
bo’lganlar. Manixeizmning Sharqdagi birinchi targ’ibotchisi Mar Ammo
hisoblanadi. Sharqiy Turkistondan topilgan manixeizmga oid ikki hujjat shundan
darak beradiki, Moniy o’z ta’limotini Erondan sharqda yoyishni juda ham orzu
qilgan. Shu maqsadda o’z missionerlarini Sharqning turli o’lkalariga jo’natgan. Bu
hujjatlarning birida ko’plab monaviy missionerlarning Marvdan Zammga (hozirgi
Turkmenobodga yaqin) jo’natilganligi haqida gapiriladi. Ikkinchi hujjatda esa, Mar
Ammoning Xurosonga, Kushon chegaralari yaqiniga aynan Moniyning o’zi
tomonidan uning ta’limotini yoyish uchun yuborilganligi haqida xabar berilgan.
Unda aytilishicha, Mar Ammoning yo’lini ilohiy pari Bag Ard (Xuroson
chegaralarining ruhi) to’sib turganligi va uzoq davom etgan muzokaralardan keyin
Xurosonning barcha darvozalari unga ochilganligi tilga olinadi.
Mazkur yodgorliklarning birinchisida monaviy missionerlarining So’g’ddagi
faoliyatlari haqida gap boradi. Balki Sharqiy Turkistonga ham ular orqali
manixeizm kirib borgandir. Hujjatlarning ikkinchisi III-IV asrlardagi Baqtriya va
undagi manixeizmning holati haqida xabar beradi.
Parfiya manixeizmiga oid bir qator yodgorliklar xabar qilishicha, monaviylar
bilan buddistlarning Eron va Hindiston chegaralarida yaqin aloqada bo’lganlar. VI
asrning o’zida Balx va uning atrofida tarqalgan monaviy jamoalar yuz yillardan
beri mavjud edi.
Shundan kelib chiqib xulosa qilish mumkinki, VI asrda manixeizm jamoalari
Balxda mavjud bo’lgan. Lekin bu hujjatlar Kushon Baqtriyasida bunday
jamoalarning borligi haqida asosli ma’lumot bermaydi. Biroq, monaviy
jamoalarining Kushon imperiyasi hududlariga shu davrda kirib kelganliklari
haqidagi taxminlarni ham inkor etmaydi.
Manixeizmning Erondagi taqdiri. Shopur I vafot etgach, Eron taxtini
uning o’g’li Ho’rmizd I (272-273) egalladi. Lekin uning podshohligi uzoqqa
cho’zilmay, Shopurning boshqa o’g’li Varahron I (Bahrom) taxtga keldi. U
zardushtiylik diniga e’tiqod qiluvchilardan edi. Shuning uchun uning humronligi
davrida zardushtiylikning mavqei mavjud barcha dinlar, jumladan, manixeizmga
nisbatan ancha baland edi. Zardushtiylik dinining kohinlari Moniyning ta’limotiga