O'RTA OSIDAGI DASTLABKI VA TEMURIYLAR DAVRIGACHA BO'LGAN IQTISODIY G‘OYALAR

Yuklangan vaqt

2024-06-10

Yuklab olishlar soni

6

Sahifalar soni

50

Faytl hajmi

536,5 KB


 
 
 
 
 
 
 
O'RTA OSIDAGI DASTLABKI VA TEMURIYLAR DAVRIGACHA 
BO'LGAN IQTISODIY G‘OYALAR 
 
 
Reja: 
1. «Buyuk ipak yo'li»ning Markaziy Osiyoda iqtisodiy munosabatlar 
rivojlanishidagi o'rni.  
2. Markaziy Osiyo donishmandlari asarlarida islom ta'limotidagi iqtisodiy 
g'oyalarning bayon etilishi. Xalq og'zaki ijodidagi iqtisodiy qarashlar.  
3. Forobiy, Ibn Sino, Beruniy va Yusuf Xos Hojib asarlaridagi iqtisodiy g'oyalar 
mohiyati. 
4. Amir Temur davridagi iqtisodiy g'oyalar. 
5. Shoxruh Mirzo va Mirzo Ulug'bek davridagi iqtisodiy islohotlar 
6. Alisher Navoiy asarlaridagi iqtisodiy g'oyalarning mohiyati. Bobur va 
boburiylar davridagi iqtisodiy g'oyalar. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
O'RTA OSIDAGI DASTLABKI VA TEMURIYLAR DAVRIGACHA BO'LGAN IQTISODIY G‘OYALAR Reja: 1. «Buyuk ipak yo'li»ning Markaziy Osiyoda iqtisodiy munosabatlar rivojlanishidagi o'rni. 2. Markaziy Osiyo donishmandlari asarlarida islom ta'limotidagi iqtisodiy g'oyalarning bayon etilishi. Xalq og'zaki ijodidagi iqtisodiy qarashlar. 3. Forobiy, Ibn Sino, Beruniy va Yusuf Xos Hojib asarlaridagi iqtisodiy g'oyalar mohiyati. 4. Amir Temur davridagi iqtisodiy g'oyalar. 5. Shoxruh Mirzo va Mirzo Ulug'bek davridagi iqtisodiy islohotlar 6. Alisher Navoiy asarlaridagi iqtisodiy g'oyalarning mohiyati. Bobur va boburiylar davridagi iqtisodiy g'oyalar.
 
 
 
Xitoyning Tinch okeani bilan Hindiston, Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq, 
Evropa davlatlarini bog'lovchi qadimgi savdo yo'li - Buyuk ipak yo'lidir. Bu yo'l 
orqali asosan ipak eksport qilinganligi sababli «Ipak yo'li» nomi bilan shuhrat 
qozongan. Bu yo'l m.a. II asrdan to milodiy XV asrgacha, suv yo'llari rivojlanguncha 
Xitoy, Hindiston, Markaziy Osiyo, Eron, Yaqin Sharq hamda O'rta Er dengiz 
mamlakatlari o'rtasidagi savdo-sotiq va madaniy aloqalarning rivojida muhim rol 
o'ynagan.  
Manbalarga qaraganda, Sariq dengiz qirg'oqlaridan Xuanxe daryosidagi Sian 
shahridan boshlangan dastlabki yo'l Lanchjou orqali Dunxuanga kelgan (Xutan), u 
erda ikkiga ajralib ,biri shimoli-g'arbga ikkinchisi janubi-sharqqa yo'nalgan. Karvon 
yo'lining umumiy uzunligi 12 ming chaqirim atrofida bo'lgan. Nemis muarrixi 
K.Rixtgofen 1887 yil ushbu yo'nalishga ilk bor «Buyuk ipak yo'li» degan nisbat 
beradi va bu ibora muammola (istofoda) ga kiritiladi.  
Shimoliy yo'l Turfon orqali Tarim vohasiga va bu erdan qashg'ar, Dovon 
(Farg'ona vodiysi) ga borgan. U erdan So'g'dning markazi Samarqand va Marg'iyona 
(Marv) ga yo'nalgan. Ipak yo'li Farg'ona vodiysida yana juft tarmoqqa bo'lingan. 
Janubiy qismi O'zgandan O'sh, Quva, Marg'ilon, Qo'qon orqali Xo'jand, Samarqand, 
Buxoro sari uzaygan. Keyingisi Axsi (Andijon) va Qamchiq dovonidan o'tib, Iloq 
vohasi hamda Toshkent tarafga engan. Demak, qamchiq tarixiy yo'lning uzviy 
bo'lagi hisoblangan. Bu yo'l mohiyat-e'tibori bilan Sharq va Farbni turli jabhalarda 
bog'lovchi yo'ldir (savdo-sotiq, diplomatiya, madaniyat va boshqalar).  
Shu karvon yo'l orqali Xitoydan ipak, xitoyga esa har xil gazlamalar, gilam va 
poloslar, oyna, metall, zeb-ziynat buyumlari, qimmatbaho tosh va dorivorlar 
keltirilgan. Baqtriya va Dovon (Farg'ona ) dan ot va tuyalar olib borilgan. XV-XVI 
asrlardan bu yo'lning ahamiyati ancha pasaydi, ammo Markaziy Osiyo 
respublikalarining siyosiy mustaqillikka erishuvi tufayli, bu yo'lni yanada 
jonlantirishga katta ehtiyoj tug'ildi. Xitoy, Qirg'iziston, O'zbekiston, Turkmaniston, 
Kaspiy dengizi orqali Ozarbayjon, Gruziya, Qora dengizga chiquvchi undan Evropa 
Xitoyning Tinch okeani bilan Hindiston, Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq, Evropa davlatlarini bog'lovchi qadimgi savdo yo'li - Buyuk ipak yo'lidir. Bu yo'l orqali asosan ipak eksport qilinganligi sababli «Ipak yo'li» nomi bilan shuhrat qozongan. Bu yo'l m.a. II asrdan to milodiy XV asrgacha, suv yo'llari rivojlanguncha Xitoy, Hindiston, Markaziy Osiyo, Eron, Yaqin Sharq hamda O'rta Er dengiz mamlakatlari o'rtasidagi savdo-sotiq va madaniy aloqalarning rivojida muhim rol o'ynagan. Manbalarga qaraganda, Sariq dengiz qirg'oqlaridan Xuanxe daryosidagi Sian shahridan boshlangan dastlabki yo'l Lanchjou orqali Dunxuanga kelgan (Xutan), u erda ikkiga ajralib ,biri shimoli-g'arbga ikkinchisi janubi-sharqqa yo'nalgan. Karvon yo'lining umumiy uzunligi 12 ming chaqirim atrofida bo'lgan. Nemis muarrixi K.Rixtgofen 1887 yil ushbu yo'nalishga ilk bor «Buyuk ipak yo'li» degan nisbat beradi va bu ibora muammola (istofoda) ga kiritiladi. Shimoliy yo'l Turfon orqali Tarim vohasiga va bu erdan qashg'ar, Dovon (Farg'ona vodiysi) ga borgan. U erdan So'g'dning markazi Samarqand va Marg'iyona (Marv) ga yo'nalgan. Ipak yo'li Farg'ona vodiysida yana juft tarmoqqa bo'lingan. Janubiy qismi O'zgandan O'sh, Quva, Marg'ilon, Qo'qon orqali Xo'jand, Samarqand, Buxoro sari uzaygan. Keyingisi Axsi (Andijon) va Qamchiq dovonidan o'tib, Iloq vohasi hamda Toshkent tarafga engan. Demak, qamchiq tarixiy yo'lning uzviy bo'lagi hisoblangan. Bu yo'l mohiyat-e'tibori bilan Sharq va Farbni turli jabhalarda bog'lovchi yo'ldir (savdo-sotiq, diplomatiya, madaniyat va boshqalar). Shu karvon yo'l orqali Xitoydan ipak, xitoyga esa har xil gazlamalar, gilam va poloslar, oyna, metall, zeb-ziynat buyumlari, qimmatbaho tosh va dorivorlar keltirilgan. Baqtriya va Dovon (Farg'ona ) dan ot va tuyalar olib borilgan. XV-XVI asrlardan bu yo'lning ahamiyati ancha pasaydi, ammo Markaziy Osiyo respublikalarining siyosiy mustaqillikka erishuvi tufayli, bu yo'lni yanada jonlantirishga katta ehtiyoj tug'ildi. Xitoy, Qirg'iziston, O'zbekiston, Turkmaniston, Kaspiy dengizi orqali Ozarbayjon, Gruziya, Qora dengizga chiquvchi undan Evropa
 
 
(Parij, Rotterdam) ga etkazuvchi yo'l loyixa ishlab chiqildi va amalga oshirilmoqda, 
bu yo'lning kelajagi porloq.  
Endi esa, moziyga qaytib, O'rta Osiyoning Buyuk ipak yo'li o'rni va eksport 
potensialiga e'tiborni qaratsak. Markaziy Osiyoga, xususan, hozirgi O'zbekiston 
hududiga qiziqish avvaldan ma'lum va bu har tomonlama (siyosiy, iqtisodiy 
jihatdan) ahamiyatli bo'lgan. Tarixiy va hozirgi ma'lumotlarga ko'ra, bu hudud, er, 
suv, iqlim, tabiati, geografik o'rni, qazilma boyliklari, hayvonot dunyosi jihatidan 
ajralib turgan. Aholining mehnatsevarligi, mirishkorligi, bunyodkorligi, kasb-
hunarga mehr qo'yganligi va ijodkorligi muhim ahamiyatga ega.  
Hudud zaminida turli-tuman boyliklar, ayniqsa oltin, kumush, boshqa rangli 
metallar va javohirlarning mavjudligi va serobligi shu soha hunarmandchiligi 
rivojida hal qiluvchidir. Ayniqsa oltin ajnabiylarni magnit (oxangrabo) kabi 
tortganligi aniq.  
Bu o'lka eksport potensialida oltin, kumush va undan qilingan zebu-ziynatlar, 
zargarlik buyumlari, sifatli po'lat olish va undan yasalgan asbob-uskunalar, ayniqsa, 
qilich, qalqon va boshqa harbiy asbob-anjomlar, ipakdan to'qilgan xon atlas va 
boshqa nafis matolar, ajoyib ko'rinishli qorako'l terisi va undan tikilgan buyumlar 
xaridorgir bo'lgan. Markaziy Osiyo donishmandlarining kitoblari, diniy va ilmiy 
asarlar hammani qiziqtirgan. Kitob yozish (hattotlar) san'ati ham yuqori bo'lgan. 
Miniatyura san'ati yuqori darajada edi. 
  
Shu sababli bilim, ilm makoni bo'lgan kitob savdo-sotig'i etakchi o'rinni 
egallagan. Hozirgi davrda ko'plab taniqli mutafakkirlarimizning asarlari xorij davlat 
va 
shaxsiy 
kutubxonalaridan 
topilmoqda 
va 
o'z 
vatani, 
O'zbekistonga 
qaytarilmoqda. Bu fakt shundan dalolat beradiki, z davrida kitob savdosi Buyuk ipak 
yo'lining asosiy faoliyatidan biri bo'lgan, demak, bu erdan chetga ko'plab ilm va 
san'at asarlari chiqarilgan.  
Mamlakatimizda dunyodagi eng yaxshi ot zotlari bo'lganligi ma'lum, xalq 
eposida uchqur, ziyrak tulporlar haqidagi rivoyatlar haqiqatga juda yaqin. Masalan, 
Xitoy elchisidan uni qanday tuhfa qiziqtirishini so'ralganda, ot olishni afzal ko'rgan. 
Otlar xalq xo'jaligining barcha tarmoqlarida, harbiy xizmatda, transport vositasi 
(Parij, Rotterdam) ga etkazuvchi yo'l loyixa ishlab chiqildi va amalga oshirilmoqda, bu yo'lning kelajagi porloq. Endi esa, moziyga qaytib, O'rta Osiyoning Buyuk ipak yo'li o'rni va eksport potensialiga e'tiborni qaratsak. Markaziy Osiyoga, xususan, hozirgi O'zbekiston hududiga qiziqish avvaldan ma'lum va bu har tomonlama (siyosiy, iqtisodiy jihatdan) ahamiyatli bo'lgan. Tarixiy va hozirgi ma'lumotlarga ko'ra, bu hudud, er, suv, iqlim, tabiati, geografik o'rni, qazilma boyliklari, hayvonot dunyosi jihatidan ajralib turgan. Aholining mehnatsevarligi, mirishkorligi, bunyodkorligi, kasb- hunarga mehr qo'yganligi va ijodkorligi muhim ahamiyatga ega. Hudud zaminida turli-tuman boyliklar, ayniqsa oltin, kumush, boshqa rangli metallar va javohirlarning mavjudligi va serobligi shu soha hunarmandchiligi rivojida hal qiluvchidir. Ayniqsa oltin ajnabiylarni magnit (oxangrabo) kabi tortganligi aniq. Bu o'lka eksport potensialida oltin, kumush va undan qilingan zebu-ziynatlar, zargarlik buyumlari, sifatli po'lat olish va undan yasalgan asbob-uskunalar, ayniqsa, qilich, qalqon va boshqa harbiy asbob-anjomlar, ipakdan to'qilgan xon atlas va boshqa nafis matolar, ajoyib ko'rinishli qorako'l terisi va undan tikilgan buyumlar xaridorgir bo'lgan. Markaziy Osiyo donishmandlarining kitoblari, diniy va ilmiy asarlar hammani qiziqtirgan. Kitob yozish (hattotlar) san'ati ham yuqori bo'lgan. Miniatyura san'ati yuqori darajada edi. Shu sababli bilim, ilm makoni bo'lgan kitob savdo-sotig'i etakchi o'rinni egallagan. Hozirgi davrda ko'plab taniqli mutafakkirlarimizning asarlari xorij davlat va shaxsiy kutubxonalaridan topilmoqda va o'z vatani, O'zbekistonga qaytarilmoqda. Bu fakt shundan dalolat beradiki, z davrida kitob savdosi Buyuk ipak yo'lining asosiy faoliyatidan biri bo'lgan, demak, bu erdan chetga ko'plab ilm va san'at asarlari chiqarilgan. Mamlakatimizda dunyodagi eng yaxshi ot zotlari bo'lganligi ma'lum, xalq eposida uchqur, ziyrak tulporlar haqidagi rivoyatlar haqiqatga juda yaqin. Masalan, Xitoy elchisidan uni qanday tuhfa qiziqtirishini so'ralganda, ot olishni afzal ko'rgan. Otlar xalq xo'jaligining barcha tarmoqlarida, harbiy xizmatda, transport vositasi
 
 
sifatida, uloq chopish, chovgan o'ynash, zeb-ziynat sifatida nihoyatda qadrlangan. 
Shu sababli otlar eksportda etakchi o'rinni egallagan.  
Qishloq xo'jaligida paxta etishtirish va paxtadan olinadigan mahsulot asosiy 
o'rinda turgan. Polizchilik (ayniqsa, qovunchilik), bog'dorchilik (uzum) yaxshi 
rivojlangan. Agar bizga ipak etishtirish Xitoydan kirib kelgan bo'lsa, xitoyliklar 
bizdan zotli otlar sotib olgan, uzum va beda etishtirishni o'rganishgan.  
Vatanimiz hududida qorako'l teri beradigan qo'ylar parvarishi muhimdir. 
Ularning terisi bilan savdo qilish muhim ahamiyat kasb etgan. Hozirgi davrda ham 
bu sohaga e'tiborni kuchaytirish O'zbekiston mustaqilligini mustahkamlash uchun 
zarur vosita hisoblanadi.  
Tarixiy ma'lumotlarga qaraganda, bir karvonda 500-1000 tagacha odam, ot, 
tuya, boshqa ulovlar , savdogarlar bilan birga diplomatlar, elchilar, xajga 
boruvchilar, harbiy qo'riqchilar bo'lgan. Butun yo'l boshidan-oxirigacha 120-150 
kun davomida bosib o'tilgan.  
 
2. Markaziy Osiyo donishmandlari asarlarida islom ta'limotidagi iqtisodiy 
g'oyalarning bayon etilishi. 
Muqaddas kitob - Qur'oni Karimda kishilik jamiyatining faoliyat turlaridan 
biri iqtisodiyot sohasidagi munosabatlar muhim o'rin tutadi. Chunki iqtisodiy 
munosabatlarda insonlarning asosiy fe'l-atvorlari namoyon bo'ladi. Qur'oni Karim 
ahkomlari insonlarga ilohiy farmoyish sifatida zamindagi barcha insonlarning bir 
ota-ona Odam alayxissalom va Momo Havo farzandlari, binobarin aka-uka, opa-
singal ekanligiga asoslanadi. Jumladan, «Hujurot» surasining 13-oyatida «Ey 
insonlar, biz sizlarni bir ota (Odam alayxissalom) va bir ona (Momo Havo) dan 
yaratib er yuzi bo'ylab har xil xalq qabila va elatlar tarzida taratib qo'ydik, toki sizlar 
bir-birlaringiz bilan tanishib, mehr-muxabbat hosil qilgaysizlar. Albatta sizlaning 
Olloh nazdida eng hurmatltrog'ingiz taqvodorrog'ingizdir. Albatta Olloh bilguvchi 
va hamma narsadan ogoh zotdir». Islomda «taqvo» deganda - solih, hayrli ishlarni 
ado etib, munkar, man qilingan, insoniyatni zavolga boshlaydigan ishlarni qilmaslik 
tushuniladi. Demak, taqvo insonlarning bir-biridan afzalligini belgilashdagi asosiy 
sifatida, uloq chopish, chovgan o'ynash, zeb-ziynat sifatida nihoyatda qadrlangan. Shu sababli otlar eksportda etakchi o'rinni egallagan. Qishloq xo'jaligida paxta etishtirish va paxtadan olinadigan mahsulot asosiy o'rinda turgan. Polizchilik (ayniqsa, qovunchilik), bog'dorchilik (uzum) yaxshi rivojlangan. Agar bizga ipak etishtirish Xitoydan kirib kelgan bo'lsa, xitoyliklar bizdan zotli otlar sotib olgan, uzum va beda etishtirishni o'rganishgan. Vatanimiz hududida qorako'l teri beradigan qo'ylar parvarishi muhimdir. Ularning terisi bilan savdo qilish muhim ahamiyat kasb etgan. Hozirgi davrda ham bu sohaga e'tiborni kuchaytirish O'zbekiston mustaqilligini mustahkamlash uchun zarur vosita hisoblanadi. Tarixiy ma'lumotlarga qaraganda, bir karvonda 500-1000 tagacha odam, ot, tuya, boshqa ulovlar , savdogarlar bilan birga diplomatlar, elchilar, xajga boruvchilar, harbiy qo'riqchilar bo'lgan. Butun yo'l boshidan-oxirigacha 120-150 kun davomida bosib o'tilgan. 2. Markaziy Osiyo donishmandlari asarlarida islom ta'limotidagi iqtisodiy g'oyalarning bayon etilishi. Muqaddas kitob - Qur'oni Karimda kishilik jamiyatining faoliyat turlaridan biri iqtisodiyot sohasidagi munosabatlar muhim o'rin tutadi. Chunki iqtisodiy munosabatlarda insonlarning asosiy fe'l-atvorlari namoyon bo'ladi. Qur'oni Karim ahkomlari insonlarga ilohiy farmoyish sifatida zamindagi barcha insonlarning bir ota-ona Odam alayxissalom va Momo Havo farzandlari, binobarin aka-uka, opa- singal ekanligiga asoslanadi. Jumladan, «Hujurot» surasining 13-oyatida «Ey insonlar, biz sizlarni bir ota (Odam alayxissalom) va bir ona (Momo Havo) dan yaratib er yuzi bo'ylab har xil xalq qabila va elatlar tarzida taratib qo'ydik, toki sizlar bir-birlaringiz bilan tanishib, mehr-muxabbat hosil qilgaysizlar. Albatta sizlaning Olloh nazdida eng hurmatltrog'ingiz taqvodorrog'ingizdir. Albatta Olloh bilguvchi va hamma narsadan ogoh zotdir». Islomda «taqvo» deganda - solih, hayrli ishlarni ado etib, munkar, man qilingan, insoniyatni zavolga boshlaydigan ishlarni qilmaslik tushuniladi. Demak, taqvo insonlarning bir-biridan afzalligini belgilashdagi asosiy
 
 
o'lchovlardan biri hisoblanadi. Bu afzallik ma'naviy va ruhiy tarbiyalash bilan 
o'zgalarni yashash va turmush kechirish huquqlarini e'tirof etish bilan shakllanadi.  
Qur'oni Karimdagi iqtisodiy g'oyalarni bir necha guruhga ajratish mumkin. 
Ulardan biri eng avvalo halol mehnat, xususan dehqon, chorvador, hunarmandlar 
mehnati ulug'lanadi, peshona teri bilan halollik asosida hayot kechirishga da'vat 
etiladi, barcha boylikning asosida mehnat yotishi uqtiriladi.  
Ikkinchi guruh g'oyalar - tijorat, ya'ni kengroq ma'noda esa bozor 
munosabatlariga alohida e'tibor qaratiladi. Masalan, Niso surasida (29-oyat) 
«Mollaringizni o'rtalarinigizga nohaq (ya'ni o'g'rilik, qaroqchilik, sudxo'rlik, 
poraxo'rlik, qimor kabi) yo'llar bilan emangiz! Balki o'zaro rizolik bilan bo'lgan 
savdo-sotiq orqali mol-dunyo qilingiz», deyiladi. Biroq sudxo'rlik, poraxo'rlik kabi 
illatlar shar'iy jihatdan xarom ekanligi qayta-qayta ta'kidlanadi.  
Uchinchi guruh iqtisodiy g'oyalar esa, mulk va meros masalalariga qaratilgan. 
Mulkning muqaddasligi, birovning mulkiga xiyonat (ayniqsa omonatga xiyonat) 
qoralanadi, xatto biron odamning mol-mulkiga hasad qilish ham katta gunox deb 
hisoblanadi.  
Yerga mulkchilik munosabati to'g'risida ham alohida fikrlar lo'nda bayon 
etilgan. Masalan Moida surasining 40-oyatida erdan unumli foydalanib olingan 
narsalargina insonga tegishli ekanligi ta'kidlangan.  
Islomda jamiyatning tengsizligi taqdiri azaldan deb tan olinadi, ammo halollik 
va to'g'rilikka buyuriladi, yolg'on ishlatish, o'g'rilik, mehnatsiz daromad topish man 
etiladi. Bu xatoga yo'l qo'yganligi uchun qattiq jazo choralari belgilanadi (Moida 
surasi, 38-oyat), «ammo kim bunday jabru-zulmdan keyin tavba qilib, o'zini tuzatsa, 
albatta olloh tavbasini qabul qilar» (39-oyat). 
Alloh Taoloning Qur'oni Karimda qarz olish va berish, meros, uni taqsimlash 
(4-sura, 8-oyat), etim-esirlarga muruvvat, xayr-ehson qilish haqidagi oyat 
karimalaridan kelib chiqadigan g'oyalar hamda soliq turlari va miqdori ham katta 
ahamiyat kasb etadi. Etim-esirlar haqiga hiyonat qilish eng katta gunohlardan deb 
e'lon qilingan. Shuningdek, o'zaro yordam ham zarur, lekin yomon ishlarda va 
dushmanlikda emas, deyiladi.  
o'lchovlardan biri hisoblanadi. Bu afzallik ma'naviy va ruhiy tarbiyalash bilan o'zgalarni yashash va turmush kechirish huquqlarini e'tirof etish bilan shakllanadi. Qur'oni Karimdagi iqtisodiy g'oyalarni bir necha guruhga ajratish mumkin. Ulardan biri eng avvalo halol mehnat, xususan dehqon, chorvador, hunarmandlar mehnati ulug'lanadi, peshona teri bilan halollik asosida hayot kechirishga da'vat etiladi, barcha boylikning asosida mehnat yotishi uqtiriladi. Ikkinchi guruh g'oyalar - tijorat, ya'ni kengroq ma'noda esa bozor munosabatlariga alohida e'tibor qaratiladi. Masalan, Niso surasida (29-oyat) «Mollaringizni o'rtalarinigizga nohaq (ya'ni o'g'rilik, qaroqchilik, sudxo'rlik, poraxo'rlik, qimor kabi) yo'llar bilan emangiz! Balki o'zaro rizolik bilan bo'lgan savdo-sotiq orqali mol-dunyo qilingiz», deyiladi. Biroq sudxo'rlik, poraxo'rlik kabi illatlar shar'iy jihatdan xarom ekanligi qayta-qayta ta'kidlanadi. Uchinchi guruh iqtisodiy g'oyalar esa, mulk va meros masalalariga qaratilgan. Mulkning muqaddasligi, birovning mulkiga xiyonat (ayniqsa omonatga xiyonat) qoralanadi, xatto biron odamning mol-mulkiga hasad qilish ham katta gunox deb hisoblanadi. Yerga mulkchilik munosabati to'g'risida ham alohida fikrlar lo'nda bayon etilgan. Masalan Moida surasining 40-oyatida erdan unumli foydalanib olingan narsalargina insonga tegishli ekanligi ta'kidlangan. Islomda jamiyatning tengsizligi taqdiri azaldan deb tan olinadi, ammo halollik va to'g'rilikka buyuriladi, yolg'on ishlatish, o'g'rilik, mehnatsiz daromad topish man etiladi. Bu xatoga yo'l qo'yganligi uchun qattiq jazo choralari belgilanadi (Moida surasi, 38-oyat), «ammo kim bunday jabru-zulmdan keyin tavba qilib, o'zini tuzatsa, albatta olloh tavbasini qabul qilar» (39-oyat). Alloh Taoloning Qur'oni Karimda qarz olish va berish, meros, uni taqsimlash (4-sura, 8-oyat), etim-esirlarga muruvvat, xayr-ehson qilish haqidagi oyat karimalaridan kelib chiqadigan g'oyalar hamda soliq turlari va miqdori ham katta ahamiyat kasb etadi. Etim-esirlar haqiga hiyonat qilish eng katta gunohlardan deb e'lon qilingan. Shuningdek, o'zaro yordam ham zarur, lekin yomon ishlarda va dushmanlikda emas, deyiladi.
 
 
Islom ta'limotini chuqurroq tushunishda Qur'oni Karimdan keyingi xujjat 
payg'ambarimiz Muhammad Alayhis-Salomning Hadisi Shariflari hisoblanadi. 
Hadisi Shariflardan quyidagi namunalarni keltiramiz:  
  Munofiqlik belgisi uchtadir: yolg'on so'zlash, va'dasining ustidan chiqmaslik 
va omonatga hiyonat qilish.  
  Amirning sovg'a olishi xarom va qozining pora olishi dindan chiqishdir. • 
Boylarning uyiga kamroq kiringlar, aks holda Tangrining sizlarga bergan 
ne'matlarini pisand qilmagan bo'lasizlar.  
 Tilanchilik quyidagi uch toifadan birigagina joizdir:  
     1. Xun to'lovchiga;  
     2.Og'ir qarzdorga;  
     3.Miskin qashshoq kishiga.  
 Ekmoq niyatida qo'lingizda ko'chat turgan paytda behosdan qiyomat qoyim 
bo'lib qolishi aniq bo'lganda ham, ulgursangiz uni ekib qo'yavering.  
 Kimki hayotda tejamkor bo'lsa, zinhor qashshoqlikka tushmaydi.  
 Pora beruvchi ham uni oluvchi ham do'zahga maxkumdir.  
 Ilmga nisbatan go'yo go'pon kabi posbon bo'linglar, lekin ilmni faqat rivoyat 
qilguvchi bo'lmanglar.  
 Shuni alohida ta'kidlab o'tish kerakki, Markaziy Osiyo donishmandlaridan al-
Termiziy, al-Buxoriylarning to'plagan Hadisi Shariflari islom olamida eng ishonchli 
hisoblanadi.  
 Iqtisodiy munosabatlarning huquqiy asoslari islom ta'limotidagi fikhning 
tarkibiy qismini tashkil etadi. Vatandoshimiz Marg'inoniyning «Hidoya» asari 
shular jumlasidandir. Buyuk olim Burhoniddin al-Marg'inoniyning to'liq ismi Ali 
Ibn Bakr Ibn Abdul Jalil al-Farg'oniy ar-Rishtoniy al-Marg'iloniy bo'lib, ul zot 1123 
yil 23 sentyabrda tug'ulgan. Ul zot Qur'onni, Hadis ilmlarini mukammal egallab fikh 
- islom huquqshunosligi borasida benihoya chuqur bilimga ega bo'lganligi va bu 
sohada beqiyos durdonalar yaratganligi tufayli, Burhoniddin valmilla (Islom 
dinining dalili) va Burhoniddin al-Marg'inoniy nomlari bilan mashhurdir. Olim 
dastlabki ta'limni Marg'ilonda olib keyinchalik Movaraunnaxrning o'sha davrdagi 
Islom ta'limotini chuqurroq tushunishda Qur'oni Karimdan keyingi xujjat payg'ambarimiz Muhammad Alayhis-Salomning Hadisi Shariflari hisoblanadi. Hadisi Shariflardan quyidagi namunalarni keltiramiz:  Munofiqlik belgisi uchtadir: yolg'on so'zlash, va'dasining ustidan chiqmaslik va omonatga hiyonat qilish.  Amirning sovg'a olishi xarom va qozining pora olishi dindan chiqishdir. • Boylarning uyiga kamroq kiringlar, aks holda Tangrining sizlarga bergan ne'matlarini pisand qilmagan bo'lasizlar.  Tilanchilik quyidagi uch toifadan birigagina joizdir: 1. Xun to'lovchiga; 2.Og'ir qarzdorga; 3.Miskin qashshoq kishiga.  Ekmoq niyatida qo'lingizda ko'chat turgan paytda behosdan qiyomat qoyim bo'lib qolishi aniq bo'lganda ham, ulgursangiz uni ekib qo'yavering.  Kimki hayotda tejamkor bo'lsa, zinhor qashshoqlikka tushmaydi.  Pora beruvchi ham uni oluvchi ham do'zahga maxkumdir.  Ilmga nisbatan go'yo go'pon kabi posbon bo'linglar, lekin ilmni faqat rivoyat qilguvchi bo'lmanglar. Shuni alohida ta'kidlab o'tish kerakki, Markaziy Osiyo donishmandlaridan al- Termiziy, al-Buxoriylarning to'plagan Hadisi Shariflari islom olamida eng ishonchli hisoblanadi. Iqtisodiy munosabatlarning huquqiy asoslari islom ta'limotidagi fikhning tarkibiy qismini tashkil etadi. Vatandoshimiz Marg'inoniyning «Hidoya» asari shular jumlasidandir. Buyuk olim Burhoniddin al-Marg'inoniyning to'liq ismi Ali Ibn Bakr Ibn Abdul Jalil al-Farg'oniy ar-Rishtoniy al-Marg'iloniy bo'lib, ul zot 1123 yil 23 sentyabrda tug'ulgan. Ul zot Qur'onni, Hadis ilmlarini mukammal egallab fikh - islom huquqshunosligi borasida benihoya chuqur bilimga ega bo'lganligi va bu sohada beqiyos durdonalar yaratganligi tufayli, Burhoniddin valmilla (Islom dinining dalili) va Burhoniddin al-Marg'inoniy nomlari bilan mashhurdir. Olim dastlabki ta'limni Marg'ilonda olib keyinchalik Movaraunnaxrning o'sha davrdagi
 
 
diniy va ma'rifiy markazi bo'lgan Samarqandga ko'chib borgan va umrining 
ohirigacha o'sha erda yashagan. O'z asarlarini yaratishda Islom dinidagi 
sun'iylarning to'rt mashabi asoschilarning asarlarini o'rgangan. Bizgacha uning o'nga 
yaqin asari etib kelgan. «Alxidoya» asari esa 1178 yili Samarqandda yozilgan. Bu 
asar Xanafiya mashabining fikh masalalari bo'yicha asosiy qo'llanmaga aylangan. 
Keyinchalik esa butun musulmon olamiga mashhur bo'lib, musulmon huquqi fikh 
bo'yicha eng aniq izchil mukammal asar sifatida tan olingan. Asarda keltirilgan 
jumlalarning har biri puxta, sermazmun va qisqa so'zlar tarkibidan iborat. «Al-
Hidoya»ning birinchi kitobi to'rt jildan iborat bo'lib, har biri alohida muammolarni 
tahlil etadi. Bu kitob 1994 yildan professor A.X.Saidovning izohi bilan nashr etilgan. 
Kitobning tarkibi quyidagicha:  
1-jild - tahorat, namoz, ro'za, zakot va haj kabi farz amallarning ibodat 
masalalariga bag'ishlangan.  
2-jild - oila huquqi, qullar muammolari, sherikchilik va vaqf mulki kabi 
masalalarni yoritgan.  
3-jild - oldi-sotdi, pul muammolari, kafolat, qozilarning vazifalari, guvohlik, 
berilgan guvohlikdan qaytish, vakolat, da'vo, iqror bo'lish, sulh, bir ishda pul bilan 
sherik bo'lish, pulni saqlashga berish, qarz berish, sovg'a, ijara, muayyan shart 
asosida cheklangan ozodlik berilgan qullar, valiylik, majbur qilish, homiyliy, 
bosqinchilik hususidagi masalalar yoritilgan;  
4-jild - shafe'lik, meros taqsimlash, dehqonchilik va bog'dorchilik xususida 
shartnoma, qurbonlik qilish to'g'risida, shariatga zid yomon narsalar haqida, 
tashlandiq va qo'riq erlarni o'zlashtirish xususida, ovchilik, garovga qo'yish, 
jinoyatlar xususida, hun haqi to'lash, vasiyat kabi masalalarga bag'ishlangan.  
Ushbu asarda yoritilgan masalalar tarkibidan ko'rinadiki, u juda boy tarixiy 
tajribani o'zida mujassamlashtirgan. Chunonchi kishilar o'rtasidagi munosabatlarda 
insonparvarlik, adolat barqaror bo'lishida katta ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, tijorat 
ishlarida adolat, to'g'rilik, halollik, insonparvarlik qoidalariga rioya qilish nihoyatda 
zarur ekanligi qayd qilinadi. Birovning haqiga hiyonat qilish, kishilarni aldash 
gunohi kabr sifatida ta'riflanadi. Demak, «Al-Hidoya» sakkiz asrdan buyon Islom 
diniy va ma'rifiy markazi bo'lgan Samarqandga ko'chib borgan va umrining ohirigacha o'sha erda yashagan. O'z asarlarini yaratishda Islom dinidagi sun'iylarning to'rt mashabi asoschilarning asarlarini o'rgangan. Bizgacha uning o'nga yaqin asari etib kelgan. «Alxidoya» asari esa 1178 yili Samarqandda yozilgan. Bu asar Xanafiya mashabining fikh masalalari bo'yicha asosiy qo'llanmaga aylangan. Keyinchalik esa butun musulmon olamiga mashhur bo'lib, musulmon huquqi fikh bo'yicha eng aniq izchil mukammal asar sifatida tan olingan. Asarda keltirilgan jumlalarning har biri puxta, sermazmun va qisqa so'zlar tarkibidan iborat. «Al- Hidoya»ning birinchi kitobi to'rt jildan iborat bo'lib, har biri alohida muammolarni tahlil etadi. Bu kitob 1994 yildan professor A.X.Saidovning izohi bilan nashr etilgan. Kitobning tarkibi quyidagicha: 1-jild - tahorat, namoz, ro'za, zakot va haj kabi farz amallarning ibodat masalalariga bag'ishlangan. 2-jild - oila huquqi, qullar muammolari, sherikchilik va vaqf mulki kabi masalalarni yoritgan. 3-jild - oldi-sotdi, pul muammolari, kafolat, qozilarning vazifalari, guvohlik, berilgan guvohlikdan qaytish, vakolat, da'vo, iqror bo'lish, sulh, bir ishda pul bilan sherik bo'lish, pulni saqlashga berish, qarz berish, sovg'a, ijara, muayyan shart asosida cheklangan ozodlik berilgan qullar, valiylik, majbur qilish, homiyliy, bosqinchilik hususidagi masalalar yoritilgan; 4-jild - shafe'lik, meros taqsimlash, dehqonchilik va bog'dorchilik xususida shartnoma, qurbonlik qilish to'g'risida, shariatga zid yomon narsalar haqida, tashlandiq va qo'riq erlarni o'zlashtirish xususida, ovchilik, garovga qo'yish, jinoyatlar xususida, hun haqi to'lash, vasiyat kabi masalalarga bag'ishlangan. Ushbu asarda yoritilgan masalalar tarkibidan ko'rinadiki, u juda boy tarixiy tajribani o'zida mujassamlashtirgan. Chunonchi kishilar o'rtasidagi munosabatlarda insonparvarlik, adolat barqaror bo'lishida katta ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, tijorat ishlarida adolat, to'g'rilik, halollik, insonparvarlik qoidalariga rioya qilish nihoyatda zarur ekanligi qayd qilinadi. Birovning haqiga hiyonat qilish, kishilarni aldash gunohi kabr sifatida ta'riflanadi. Demak, «Al-Hidoya» sakkiz asrdan buyon Islom
 
 
dunyosi mamlakatlari uchun eng ishonarli manbalardan biri sifatida mo''tabar 
qo'llanma vazifasini o'tab kelmoqda.  
Asarda keltirilgan shariat hukmlarini bajarish yuksak ma'naviy, insoniy fazilatlarni 
shakllanishida muhim omil bo'lib hisoblanadi.  
Islom ahkomlariga mos ravishda paydo bo'lgan taffakkur taraqqiyotining 
muhim yo'nalishlaridan biri tasavvuf, ya'ni so'fiylik ta'limoti hisoblanadi. Bu 
ta'limotlar VIII-IX asrlarda arab dunyosida vujudga kelib, X-XI asrlarda 
Movaraunnaxr tuprog'iga etib keldi. Bu ta'limot insoniyatni ma'rifatga, insof va 
adolatga undashni, umuminsoniy qadriyatlarni e'zozlashni targ'ib qiladi. Nafs, xirs, 
boylik barcha yomon hislatlarga qarshi kurash tasavvufning mag'zi hisoblanadi. 
Uning maqsadi esa komil insonni tarbiyalashdan iborat. So''fiylik ta'limoti nafs 
deganda, inson fe'l-atvorida uning sha'nini bulg'aydigan illatlarni, jumladan, johillik, 
manmanlik, dunyoparstlik, poraho'rlik, o'g'rilik, ta'magirlik, xasislik, bahillik 
kabilarni tushunadi. Nafsni engish uchun inson imtihon qilinadi, buning uchun u 
o'zlikni anglashi kerak bo'ladi. Insondagi o'zlik ruhiy va jismoniy o'zlikdan iborat 
bo'ladi. Ruhiy o'zlik ilohiy makonda yaratilgan bo'lib, bu dunyoga imtihon va 
poklanish uchun yuborilgan. Mana shu ruhiy o'zlik nafs orqali imtihon qilinadi va 
ishq orqali poklanadi. Mana shu ikkita qarama-qarshi kuch doimo o'zaro kurashadi. 
Inson o'z nafsiga tobe bo'lgan sari ezgulikdan uzoqlashadi, ruhiy ifloslanib, o'zi esa 
tubanlashadi. Bu ta'limot vakillari jumlasiga Axmad Yassaviy, Sulaymon 
Baqirg'oniy, Najmiddin Kubro va Bahouddin Naqshbandlar kiradi. Ularning boy 
merosi bugungi kunda vatan, millat va komil inson tushunchalarini to'liq anglab 
etishda katta xizmat qiladi.  
Burhoniddin Al-Marg'inoniy. Mustaqillik sharofati ila allomaning boy 
ma'naviy merosi xalqqa qaytarildi. O'zining o'lmas asarlari bilan islom 
qonunchiligiga asos solgan Abul Hasan Ali ibn Abu Bakr ibn Abdujamil Farg'ona 
viloyatining Rishton qishlog'ida tavallud topib, u hijriy 511-593 (milodiy 1115-
1197) yillari yashab ijod etdi. Bo'lajak olim ilk ta'limni Rishton, Marg'ilonda olgan 
bo'lsa, keyinchalik Samarqand, Buxoro va Movarounnahrning yirik shaharlarida 
bilimini oshirdi. U fikhga oid «Bidoyat al-mubtait», «Nashr al-Masxad», «Kitob at-
dunyosi mamlakatlari uchun eng ishonarli manbalardan biri sifatida mo''tabar qo'llanma vazifasini o'tab kelmoqda. Asarda keltirilgan shariat hukmlarini bajarish yuksak ma'naviy, insoniy fazilatlarni shakllanishida muhim omil bo'lib hisoblanadi. Islom ahkomlariga mos ravishda paydo bo'lgan taffakkur taraqqiyotining muhim yo'nalishlaridan biri tasavvuf, ya'ni so'fiylik ta'limoti hisoblanadi. Bu ta'limotlar VIII-IX asrlarda arab dunyosida vujudga kelib, X-XI asrlarda Movaraunnaxr tuprog'iga etib keldi. Bu ta'limot insoniyatni ma'rifatga, insof va adolatga undashni, umuminsoniy qadriyatlarni e'zozlashni targ'ib qiladi. Nafs, xirs, boylik barcha yomon hislatlarga qarshi kurash tasavvufning mag'zi hisoblanadi. Uning maqsadi esa komil insonni tarbiyalashdan iborat. So''fiylik ta'limoti nafs deganda, inson fe'l-atvorida uning sha'nini bulg'aydigan illatlarni, jumladan, johillik, manmanlik, dunyoparstlik, poraho'rlik, o'g'rilik, ta'magirlik, xasislik, bahillik kabilarni tushunadi. Nafsni engish uchun inson imtihon qilinadi, buning uchun u o'zlikni anglashi kerak bo'ladi. Insondagi o'zlik ruhiy va jismoniy o'zlikdan iborat bo'ladi. Ruhiy o'zlik ilohiy makonda yaratilgan bo'lib, bu dunyoga imtihon va poklanish uchun yuborilgan. Mana shu ruhiy o'zlik nafs orqali imtihon qilinadi va ishq orqali poklanadi. Mana shu ikkita qarama-qarshi kuch doimo o'zaro kurashadi. Inson o'z nafsiga tobe bo'lgan sari ezgulikdan uzoqlashadi, ruhiy ifloslanib, o'zi esa tubanlashadi. Bu ta'limot vakillari jumlasiga Axmad Yassaviy, Sulaymon Baqirg'oniy, Najmiddin Kubro va Bahouddin Naqshbandlar kiradi. Ularning boy merosi bugungi kunda vatan, millat va komil inson tushunchalarini to'liq anglab etishda katta xizmat qiladi. Burhoniddin Al-Marg'inoniy. Mustaqillik sharofati ila allomaning boy ma'naviy merosi xalqqa qaytarildi. O'zining o'lmas asarlari bilan islom qonunchiligiga asos solgan Abul Hasan Ali ibn Abu Bakr ibn Abdujamil Farg'ona viloyatining Rishton qishlog'ida tavallud topib, u hijriy 511-593 (milodiy 1115- 1197) yillari yashab ijod etdi. Bo'lajak olim ilk ta'limni Rishton, Marg'ilonda olgan bo'lsa, keyinchalik Samarqand, Buxoro va Movarounnahrning yirik shaharlarida bilimini oshirdi. U fikhga oid «Bidoyat al-mubtait», «Nashr al-Masxad», «Kitob at-
 
 
tajnis», «Al-madad» kabi noyob asarlar yaratdi. Eng mashhur asari «Hidoya fi furi' 
al-fiqh» («Fiqh sohalari bo'yicha qo'llanma»). Bu asar islomda sunniylikning 
hanafiylar mashabida keng tarqalgan shariat qo'llanmasi, ya'ni kodeksi hisoblanadi.  
Fiqh sohasida kitob yozish harakati ilgari ham bo'lgan. 1048 yilda vafot etgan 
Abul Hasan al-Quduriy islom qonunchiligi borasida ilk qo'llanmani yozgan, ammo 
Burxoniddin al- Marg'inoniy yaratgan «Hidoya» o'z davrida hanafiylar mazhabi 
tarqalgan mamlakatlarda, xususan, Markaziy Osiyo, Shimoliy Kavkaz va Volga 
bo'yi musulmonlari orasida asosiy qo'llanma sifatida shuhrat topgan. Bu asar 4 jild, 
56 bobdan iborat. Unda Qur'oni karim oyatlaridan kelib chiqib, shariat masalalarida 
muallifning fikr va qisqacha xulosalarlari beriladi. Hanafiylar mazhabining barcha 
imom ismlari, shuningdek, boshqa mazhab vakillarining mulohazalari ham asarda 
keng talqin etilgan. Kitobda oila-nikoh masalalari bilan bog'liq nomalar (nikoh, 
ajralish) batafsil yoritiladi, ularni bajarish bilan bog'liq huquqiy qonun-qoida va jazo 
choralari belgilangan.  
Agarda islom nuqtai-nazaridan ijtimoiy-iqtisodiy, huququqiy masalalar: 
mulkiy va moliyaviy munosabatlar, ayniqsa meros, uni bo'lish yo'llari, jinoyat va 
jazo, fuqorolik huquqlari ham ko'rsatib berilgan. Shuningdek, faqat islomga xos 
bo'lgan bir qancha masalalar , xususan, jihod, o'lja olish va uni taqsimlash, turmush 
faoliyatidagi ayrim ta'qiblar, ijozatlar qayd etilgan.  
Burxoniddin al-Marg'inoniy nihoyatda keng bilim egasi bo'lish bilan birga 
haqsevar, adolatli qonunshunos, hadis ilmining donishmandlaridan biri edi. U 
Qur'onni yoddan bilgan, uni izohlay olgan, shoir, adabiyotchi bo'lgan. Tarixiy 
qo'lyozmalarda 
qayd 
etilishicha, 
olim 
avlod-ajdodi 
ham 
musulmonlar 
qonunchiligini yaxshi bilgan insonlar bo'lishgan.  
«Hidoya» asari musulmon qonunchiligining barcha qirralarini o'z ichiga oladi 
va nihoyatda keng tadqiqot manbai bo'lib hisoblanadi. Asarda, ayniqsa, zakot 
masalasiga katta e'tibor berilgan, unga maxsus bir bob ajratilgan. Chorva mollari, 
shaxsiy mulk shakllaridan olinadigan to'lovlar yuzasidan aytilgan fikrlar bag'oyat 
muhimdir.  
tajnis», «Al-madad» kabi noyob asarlar yaratdi. Eng mashhur asari «Hidoya fi furi' al-fiqh» («Fiqh sohalari bo'yicha qo'llanma»). Bu asar islomda sunniylikning hanafiylar mashabida keng tarqalgan shariat qo'llanmasi, ya'ni kodeksi hisoblanadi. Fiqh sohasida kitob yozish harakati ilgari ham bo'lgan. 1048 yilda vafot etgan Abul Hasan al-Quduriy islom qonunchiligi borasida ilk qo'llanmani yozgan, ammo Burxoniddin al- Marg'inoniy yaratgan «Hidoya» o'z davrida hanafiylar mazhabi tarqalgan mamlakatlarda, xususan, Markaziy Osiyo, Shimoliy Kavkaz va Volga bo'yi musulmonlari orasida asosiy qo'llanma sifatida shuhrat topgan. Bu asar 4 jild, 56 bobdan iborat. Unda Qur'oni karim oyatlaridan kelib chiqib, shariat masalalarida muallifning fikr va qisqacha xulosalarlari beriladi. Hanafiylar mazhabining barcha imom ismlari, shuningdek, boshqa mazhab vakillarining mulohazalari ham asarda keng talqin etilgan. Kitobda oila-nikoh masalalari bilan bog'liq nomalar (nikoh, ajralish) batafsil yoritiladi, ularni bajarish bilan bog'liq huquqiy qonun-qoida va jazo choralari belgilangan. Agarda islom nuqtai-nazaridan ijtimoiy-iqtisodiy, huququqiy masalalar: mulkiy va moliyaviy munosabatlar, ayniqsa meros, uni bo'lish yo'llari, jinoyat va jazo, fuqorolik huquqlari ham ko'rsatib berilgan. Shuningdek, faqat islomga xos bo'lgan bir qancha masalalar , xususan, jihod, o'lja olish va uni taqsimlash, turmush faoliyatidagi ayrim ta'qiblar, ijozatlar qayd etilgan. Burxoniddin al-Marg'inoniy nihoyatda keng bilim egasi bo'lish bilan birga haqsevar, adolatli qonunshunos, hadis ilmining donishmandlaridan biri edi. U Qur'onni yoddan bilgan, uni izohlay olgan, shoir, adabiyotchi bo'lgan. Tarixiy qo'lyozmalarda qayd etilishicha, olim avlod-ajdodi ham musulmonlar qonunchiligini yaxshi bilgan insonlar bo'lishgan. «Hidoya» asari musulmon qonunchiligining barcha qirralarini o'z ichiga oladi va nihoyatda keng tadqiqot manbai bo'lib hisoblanadi. Asarda, ayniqsa, zakot masalasiga katta e'tibor berilgan, unga maxsus bir bob ajratilgan. Chorva mollari, shaxsiy mulk shakllaridan olinadigan to'lovlar yuzasidan aytilgan fikrlar bag'oyat muhimdir.
 
 
Asarning yozilish uslubi shundayki, unda hammaga yaxshi ma'lum masalalar 
bilan birga, kam uchraydigan holatlar, u yoki bu masalaning nozik tomonlari ikir-
chikirigacha izohlab beriladi. Hozirgi davr tili bilan aytadigan bo'lsak, chiqarilgan 
asosiy qonunga to'la-to'kis sharhga o'xshaydi. Kitobda kimlar va qancha zakot 
to'lashi kerakligi haqida qiziq ma'lumotlar keltiriladi. Odatda daromadning qirqdan 
bir hissasi (2,5 foizi) hisobidan zakot to'lanishi kerak. Chorvachilikda 40 echkidan 
bittasi zakot hisobida beriladi, mol soni kam bo'lsa, olinmaydi. Zakot to'lashda bir 
yoshdan kichik qo'zilar hisobga kiritilmaydi.  
Otlarda esa boshqacha hisob-kitob qilinadi, ya'ni har otdan bir dinor yoki ot 
bahosining 9 foizi miqdorida zakot tlanishi kerak. Ammo eshak, xachir va boshqa 
ishchi hayvonlar (xo'kiz, tuya) dan to'lov olinmaydi. Agar ular oldi-sotdi 
muomalasida bo'lsa, ahvol o'zgaradi va zakot beriladi. Bir yoshga to'lmagan echki, 
buzoq va bo'taloqlar ham umumiy hisobga kiritilmaydi, ammo 25 ta tuyadan bittasi, 
66 tadan boshlab ikkita, 145 tadan ortig'idan uchta tuya zakot hisobiga berilishi 
kerak. Shu erda muhim bir fikr borki, agar mol egasi shu molning (natura) o'rniga 
uning bahosiga teng zakotni pul shaklida to'lashi ham mumkin, deyiladi. Yana 
muhim bir ko'rsatma diqqatga sazovorki, zakot yig'uvchi eng yaxshi (sara) molni 
emas, o'rtacha bahodagi molni olishi talab etiladi. Undan tashqari, zakotni oldindan 
ham to'lash mumkinligi ko'rsatiladi.  
Kumush narsalardan olinadigan zakotda o'rtacha nisob (soliq olinishi mumkin 
bo'lgan miqdori) 200 dirham deb belgilangan, bundan 2,5 foiz (ya'ni 5 dirham) zakot 
olinadi. Agar kumush miqdori 200 dirhamdan ortiq bo'lsa, har qo'shimcha 40 
dirhamdan yana zakot beriladi va hokazo.  
Oltindan olinadigan zakot miqdori o'ziga xosdir. 20 misqol-gacha zakot 
olinmaydi (bir misqol o'rtacha 4,5 gramm ), 20 misqoldan yarim misqol(2,5 foiz) 
zakot to'lanadi. 20 misqoldan ortiq har 4 misqoldan 2 karat, (ya'ni 12 dan 1 unsiya) 
zakot berish kerak.  
Shaxsiy, xususiy mulk hisob-kitobi kumush yoki ekvivalentiga qarab 
belgilanadi. Xatto kumush va oltin ham umumiy baho asosida yagona qiymatga 
keltirilishi mumkin.  
Asarning yozilish uslubi shundayki, unda hammaga yaxshi ma'lum masalalar bilan birga, kam uchraydigan holatlar, u yoki bu masalaning nozik tomonlari ikir- chikirigacha izohlab beriladi. Hozirgi davr tili bilan aytadigan bo'lsak, chiqarilgan asosiy qonunga to'la-to'kis sharhga o'xshaydi. Kitobda kimlar va qancha zakot to'lashi kerakligi haqida qiziq ma'lumotlar keltiriladi. Odatda daromadning qirqdan bir hissasi (2,5 foizi) hisobidan zakot to'lanishi kerak. Chorvachilikda 40 echkidan bittasi zakot hisobida beriladi, mol soni kam bo'lsa, olinmaydi. Zakot to'lashda bir yoshdan kichik qo'zilar hisobga kiritilmaydi. Otlarda esa boshqacha hisob-kitob qilinadi, ya'ni har otdan bir dinor yoki ot bahosining 9 foizi miqdorida zakot tlanishi kerak. Ammo eshak, xachir va boshqa ishchi hayvonlar (xo'kiz, tuya) dan to'lov olinmaydi. Agar ular oldi-sotdi muomalasida bo'lsa, ahvol o'zgaradi va zakot beriladi. Bir yoshga to'lmagan echki, buzoq va bo'taloqlar ham umumiy hisobga kiritilmaydi, ammo 25 ta tuyadan bittasi, 66 tadan boshlab ikkita, 145 tadan ortig'idan uchta tuya zakot hisobiga berilishi kerak. Shu erda muhim bir fikr borki, agar mol egasi shu molning (natura) o'rniga uning bahosiga teng zakotni pul shaklida to'lashi ham mumkin, deyiladi. Yana muhim bir ko'rsatma diqqatga sazovorki, zakot yig'uvchi eng yaxshi (sara) molni emas, o'rtacha bahodagi molni olishi talab etiladi. Undan tashqari, zakotni oldindan ham to'lash mumkinligi ko'rsatiladi. Kumush narsalardan olinadigan zakotda o'rtacha nisob (soliq olinishi mumkin bo'lgan miqdori) 200 dirham deb belgilangan, bundan 2,5 foiz (ya'ni 5 dirham) zakot olinadi. Agar kumush miqdori 200 dirhamdan ortiq bo'lsa, har qo'shimcha 40 dirhamdan yana zakot beriladi va hokazo. Oltindan olinadigan zakot miqdori o'ziga xosdir. 20 misqol-gacha zakot olinmaydi (bir misqol o'rtacha 4,5 gramm ), 20 misqoldan yarim misqol(2,5 foiz) zakot to'lanadi. 20 misqoldan ortiq har 4 misqoldan 2 karat, (ya'ni 12 dan 1 unsiya) zakot berish kerak. Shaxsiy, xususiy mulk hisob-kitobi kumush yoki ekvivalentiga qarab belgilanadi. Xatto kumush va oltin ham umumiy baho asosida yagona qiymatga keltirilishi mumkin.
 
 
Topilgan kon xazina uchun beshdan bir (20 foiz)zakot olinishi lozim. Masalan, biror 
erdan yoki ekilayotgan joydan xazina topilsa, shu usuldan foydalaniladi. 
Qimmatbaho toshlardan zakot to'lanmaydi, chunki toshlar zakotdan mustasnodir.  
Tabiiy (yomg'ir, qor suvi bilan) sug'oriladigan erlardagi hosilning o'ndan biri 
(10 foizi) ushr shaklida olinadi. Ammo o'rmon, yaylov, chalakalakzor zakotdan ozod 
etilgan. Sun'iy sug’oriladigan erlar isobidan ushrning yarmi (50 foizi) miqdorida 
soliq to'lanadi.  
Burhoniddin al-Marg'inoniy o'z asarida zakotni taqsimlash qonun-qoidalarini 
ham bayon etadi. Aholining ayrim toifa vakillari: faqir, miskin, zakot yig'uvchilar, 
qarzdorlar yig'ilgan zakotdan foydalanish imkoniyatlari egaligi haqida ham 
qimmatli fikrlar bildirilgan.  
O'ylaymizki, bobokolonimizning bu asari nihoyatda boy va qimmatli manba 
sifatida oliy o'quv yurtlarida o'qitilishi zarur. Hozircha bu asarning ruscha tarjimasi 
mavjud. Asarning birinchi va qolgan jildlarini o'zbek tiliga o'girish kerak.Shunday 
qilinsa, ayni muddao bo'lur edi. Chunki u yoshlarimiz qalbida insof va diyonat, 
adolat va xaqiqat tuyg'ularini uyg'otishda bebaho xazina bo'lib xizmat qilishi 
shubhasizdir.  
 
3. Xalq og'zaki ijodidagi iqtisodiy qarashlar. 
 
O'zbek xalqi iqtisodiy taffakkurining rivojlanishida muhim manbalardan biri 
- xalq og'zaki ijodi namunalari hisoblanadi. Bu namunalar jumlasiga dostonlar, xalq 
maqollari va qo'shiqlar kiradi. Tarixiy merosimizning noyob yodgorliklaridan biri 
Alpomish dostonidir. Bu doston shakllanganiga ming yildan ortiqroq bo'lganligini 
dalillar tasdiqlamoqda. Shuning uchun ham Alpomish dostonining ming yilligi 
Respublikamizda 2000 yilda keng nishonlandi. Asarning badiiy ahamiyatidan 
tashqari iqtisodiy qarashlar ham muhim o'rin tutadi. Alpomish dostonidagi iqtisodiy 
munosabatlar tarkibini quyidagicha guruhlash mumkin:  
1. Islom ta'limoti asosidagi iqtisodiy munosabatlar. Bu munosabatlarni 
negizini zakot va juzya to'lovlari bilan bog'liq masalalar tashkil etadi. Ya'ni, 
Topilgan kon xazina uchun beshdan bir (20 foiz)zakot olinishi lozim. Masalan, biror erdan yoki ekilayotgan joydan xazina topilsa, shu usuldan foydalaniladi. Qimmatbaho toshlardan zakot to'lanmaydi, chunki toshlar zakotdan mustasnodir. Tabiiy (yomg'ir, qor suvi bilan) sug'oriladigan erlardagi hosilning o'ndan biri (10 foizi) ushr shaklida olinadi. Ammo o'rmon, yaylov, chalakalakzor zakotdan ozod etilgan. Sun'iy sug’oriladigan erlar isobidan ushrning yarmi (50 foizi) miqdorida soliq to'lanadi. Burhoniddin al-Marg'inoniy o'z asarida zakotni taqsimlash qonun-qoidalarini ham bayon etadi. Aholining ayrim toifa vakillari: faqir, miskin, zakot yig'uvchilar, qarzdorlar yig'ilgan zakotdan foydalanish imkoniyatlari egaligi haqida ham qimmatli fikrlar bildirilgan. O'ylaymizki, bobokolonimizning bu asari nihoyatda boy va qimmatli manba sifatida oliy o'quv yurtlarida o'qitilishi zarur. Hozircha bu asarning ruscha tarjimasi mavjud. Asarning birinchi va qolgan jildlarini o'zbek tiliga o'girish kerak.Shunday qilinsa, ayni muddao bo'lur edi. Chunki u yoshlarimiz qalbida insof va diyonat, adolat va xaqiqat tuyg'ularini uyg'otishda bebaho xazina bo'lib xizmat qilishi shubhasizdir. 3. Xalq og'zaki ijodidagi iqtisodiy qarashlar. O'zbek xalqi iqtisodiy taffakkurining rivojlanishida muhim manbalardan biri - xalq og'zaki ijodi namunalari hisoblanadi. Bu namunalar jumlasiga dostonlar, xalq maqollari va qo'shiqlar kiradi. Tarixiy merosimizning noyob yodgorliklaridan biri Alpomish dostonidir. Bu doston shakllanganiga ming yildan ortiqroq bo'lganligini dalillar tasdiqlamoqda. Shuning uchun ham Alpomish dostonining ming yilligi Respublikamizda 2000 yilda keng nishonlandi. Asarning badiiy ahamiyatidan tashqari iqtisodiy qarashlar ham muhim o'rin tutadi. Alpomish dostonidagi iqtisodiy munosabatlar tarkibini quyidagicha guruhlash mumkin: 1. Islom ta'limoti asosidagi iqtisodiy munosabatlar. Bu munosabatlarni negizini zakot va juzya to'lovlari bilan bog'liq masalalar tashkil etadi. Ya'ni,
 
 
Qo'ng'irot elida xukmronlik qilgan Alpomishning otasi Boybo'ri bilan uning akasi 
Boysaribiyning zakot to'lovi bo'yicha nizolardir.  
2. Mehnat taqsimotining rivojlanganlik darajasi. Dostondan ko'rinadiki o'sha 
davrga 
kelib chorvachilik tarmog'i Qo'ng'irot 
elining 
ixtisoslashuvining 
ko'rsatkichidir.  
3. Tovar-pul va moliya tizimi munosabatlari. Dostonda keltirilishicha 
Qo'ng'irotliliklarning tovar-pul munosabatlarida natura to'lovlari ustuvorligi 
namoyon bo'ladi. Qalmiqlar davlatida esa daromad va harajatlarni tartibga solish 
muxrdor lavozimi orqali yuritiladi. Muxrdor daromad va harajatlar bo'yicha hisob 
kitoblar qilishda oqsoqollar tomonidan yig'ib topshiriladigan soliq va yig'imlarga 
tayanadi. Bu mamlakatda 500 ta oqsoqollik lavozimi joriy etilgan. Ularning maoshi 
to'plangan soliqlardan bir qismini tashkil etadi. Sipohiylar uchun esa 500 pul birligi 
miqdorida maosh tayinlangan. Muomila uchun ishlatiladigan pul birliklari qo'shni 
mamlakatlardagi zarb qilingan oltin va kumushlar ekanligi to'g'risida ma'lumotlar 
berilgan. Soliqlarning manbai bir tomondar er solig'i bo'lsa, ikkinchi tomondan esa 
savdo karvonlari va ichki bozordan olinadigan yig'imlar hisoblanadi.  
Umuman olganda xalq og'zaki ijodidagi asarlar millat tarixidagi iqtisodiy 
munosabatlarni bayon etishda muhim manbalardan biri hisoblanadi. O'zbek 
xalqining maqollari ham iqtisodiy aqidalarning tarkibiy qismini tashkil etadi. 
Demak, milliy iqtisodiy taffakkurning umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg'unligini 
ta'minlashda xalq og'zaki ijodi namunalaridan foydalanish muhim ahamiyatga ega.  
 
4. Forobiy, Ibn Sino, Beruniy va Yusuf Xos Hojib asarlaridagi iqtisodiy 
g'oyalar mohiyati. 
 X-XII asrlarga kelib O'rta Osiyo ilg'or ijtimoiy tafakkurning Sharqdagi yirik 
markazlaridan biriga aylandi. Bu davrda feodal davlat markazlashgan va eng 
rivojlangan pallaga kirdi. O'rta Osiyo Evropani Osiyo bilan bog'lovchi yirik moddiy, 
madaniy va savdo markaziga aylandi. Bu jarayonlar bir-biridan minglab chaqirim 
uzoqlikdagi davlatlar, xalqlar o'rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni shakllantirdi.  
Qo'ng'irot elida xukmronlik qilgan Alpomishning otasi Boybo'ri bilan uning akasi Boysaribiyning zakot to'lovi bo'yicha nizolardir. 2. Mehnat taqsimotining rivojlanganlik darajasi. Dostondan ko'rinadiki o'sha davrga kelib chorvachilik tarmog'i Qo'ng'irot elining ixtisoslashuvining ko'rsatkichidir. 3. Tovar-pul va moliya tizimi munosabatlari. Dostonda keltirilishicha Qo'ng'irotliliklarning tovar-pul munosabatlarida natura to'lovlari ustuvorligi namoyon bo'ladi. Qalmiqlar davlatida esa daromad va harajatlarni tartibga solish muxrdor lavozimi orqali yuritiladi. Muxrdor daromad va harajatlar bo'yicha hisob kitoblar qilishda oqsoqollar tomonidan yig'ib topshiriladigan soliq va yig'imlarga tayanadi. Bu mamlakatda 500 ta oqsoqollik lavozimi joriy etilgan. Ularning maoshi to'plangan soliqlardan bir qismini tashkil etadi. Sipohiylar uchun esa 500 pul birligi miqdorida maosh tayinlangan. Muomila uchun ishlatiladigan pul birliklari qo'shni mamlakatlardagi zarb qilingan oltin va kumushlar ekanligi to'g'risida ma'lumotlar berilgan. Soliqlarning manbai bir tomondar er solig'i bo'lsa, ikkinchi tomondan esa savdo karvonlari va ichki bozordan olinadigan yig'imlar hisoblanadi. Umuman olganda xalq og'zaki ijodidagi asarlar millat tarixidagi iqtisodiy munosabatlarni bayon etishda muhim manbalardan biri hisoblanadi. O'zbek xalqining maqollari ham iqtisodiy aqidalarning tarkibiy qismini tashkil etadi. Demak, milliy iqtisodiy taffakkurning umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg'unligini ta'minlashda xalq og'zaki ijodi namunalaridan foydalanish muhim ahamiyatga ega. 4. Forobiy, Ibn Sino, Beruniy va Yusuf Xos Hojib asarlaridagi iqtisodiy g'oyalar mohiyati. X-XII asrlarga kelib O'rta Osiyo ilg'or ijtimoiy tafakkurning Sharqdagi yirik markazlaridan biriga aylandi. Bu davrda feodal davlat markazlashgan va eng rivojlangan pallaga kirdi. O'rta Osiyo Evropani Osiyo bilan bog'lovchi yirik moddiy, madaniy va savdo markaziga aylandi. Bu jarayonlar bir-biridan minglab chaqirim uzoqlikdagi davlatlar, xalqlar o'rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni shakllantirdi.
 
 
Bu davrda butun dunyoga tanilgan Al-Farg'oniy, Al-Xorazmiy, Forobiy, Beruniy, 
Ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Nizom-ul-mulk va boshqa ko'plab mutafakkirlar 
yashab, ijod qilishdi. Ularning asarlarida iqtisodiy g'oyalar ham o'z aksini topgan. 
Sharq renessansi davridagi olimlar shu davrdagi tijorat, mulkdorlik hunari sirlarini 
bayon etganlar. Ularning asarlaridagi umumbashariy iqtisodiy taffakkur bugungi 
kunda ham dolzarbligi bilan muhim o'rin tutadi.  
Ibn Sino (980-1037)ning fikricha: «Hayvon tabiat ne'matlariga qanoat 
qiladi, odamlarga esa tabiat ne'matlari kamlik qiladi, u ovqat, kiyim-kechak va uy-
joyga ehtiyoj sezadi. Hayvon tabiat ne'matlarini o'zlashtirib 
oladi, odam esa o'z mehnati bilan o'ziga ovqat, kiyim, joy 
yaratadi. 
Shu 
maqsadda 
inson 
dehqonchilik 
va 
hunarmandchilik bilan shug'ullanishi kerak».  
Yusuf Xos Hojib «odamga foydasi tegmaydigan odam - o'lik, 
essiz o'tgan umr emas, essiz sarflangan mehnat», deydi (1069 
y. «Qutadg'u bilik» asarini yaratgan).  
IX-XII asrlarda Markaziy Osiyo ilg'or ijtimoiy tafakkurning Sharqdagi yirik 
markazlardan biriga aylandi. Bu davrda mazkur hududdagi davlat markazlashgan va 
eng rivojlangan pallaga kirdi. Buyuk ipak yo'li, Tinch okeani Ibn Sino atrofidagi 
mamlakatlar (Yaponiya, Xitoy, Koreya) ni Vizantiya va Farbiy Evropa bilan 
chambarchas bog'lar edi. Bu esa karvon yo'li orqali minglab odamlar, ot-ulovlar, 
turli-tuman tovarlarning qarama qarshi harakatini, almashuvini vujudga keltirdi. 
O'rta Osiyo Evropani Osiyo bilan bog'lovchi yirik moddiy-madaniy va savdo 
markaziga aylandi. Bu jarayonlar bir-biridan minglab chaqirim uzoqlikdagi 
davlatlar, xalqlar o'rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni shakllantirdi. Axir, Osiyodagi 
va Evropadagi tovarlarga bo'lgan talab va taklifni (bozorning asosiy unsurlarini) 
yaxshi bilmay turib, uzoq va xatarli yo'lga chiqish mumkinmidi, katta karvonlarni 
tog'u toshlardan, qum cho'llardan olib o'tish osonmidi, buning uchun ma'lum 
qoidalarga, amallarga tayanib ish ko'rish kerak bo'ldi. Evropaga qancha va qaysi 
tovarlarni olib borish, u erdan nima olib qaytish, karvon yo'lidagi davlatlar, xalqlar 
talab-etiyojini yaxshi bilish talab etilgan. Oqibatda turli bilim sohalari, matematika 
Bu davrda butun dunyoga tanilgan Al-Farg'oniy, Al-Xorazmiy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Nizom-ul-mulk va boshqa ko'plab mutafakkirlar yashab, ijod qilishdi. Ularning asarlarida iqtisodiy g'oyalar ham o'z aksini topgan. Sharq renessansi davridagi olimlar shu davrdagi tijorat, mulkdorlik hunari sirlarini bayon etganlar. Ularning asarlaridagi umumbashariy iqtisodiy taffakkur bugungi kunda ham dolzarbligi bilan muhim o'rin tutadi. Ibn Sino (980-1037)ning fikricha: «Hayvon tabiat ne'matlariga qanoat qiladi, odamlarga esa tabiat ne'matlari kamlik qiladi, u ovqat, kiyim-kechak va uy- joyga ehtiyoj sezadi. Hayvon tabiat ne'matlarini o'zlashtirib oladi, odam esa o'z mehnati bilan o'ziga ovqat, kiyim, joy yaratadi. Shu maqsadda inson dehqonchilik va hunarmandchilik bilan shug'ullanishi kerak». Yusuf Xos Hojib «odamga foydasi tegmaydigan odam - o'lik, essiz o'tgan umr emas, essiz sarflangan mehnat», deydi (1069 y. «Qutadg'u bilik» asarini yaratgan). IX-XII asrlarda Markaziy Osiyo ilg'or ijtimoiy tafakkurning Sharqdagi yirik markazlardan biriga aylandi. Bu davrda mazkur hududdagi davlat markazlashgan va eng rivojlangan pallaga kirdi. Buyuk ipak yo'li, Tinch okeani Ibn Sino atrofidagi mamlakatlar (Yaponiya, Xitoy, Koreya) ni Vizantiya va Farbiy Evropa bilan chambarchas bog'lar edi. Bu esa karvon yo'li orqali minglab odamlar, ot-ulovlar, turli-tuman tovarlarning qarama qarshi harakatini, almashuvini vujudga keltirdi. O'rta Osiyo Evropani Osiyo bilan bog'lovchi yirik moddiy-madaniy va savdo markaziga aylandi. Bu jarayonlar bir-biridan minglab chaqirim uzoqlikdagi davlatlar, xalqlar o'rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni shakllantirdi. Axir, Osiyodagi va Evropadagi tovarlarga bo'lgan talab va taklifni (bozorning asosiy unsurlarini) yaxshi bilmay turib, uzoq va xatarli yo'lga chiqish mumkinmidi, katta karvonlarni tog'u toshlardan, qum cho'llardan olib o'tish osonmidi, buning uchun ma'lum qoidalarga, amallarga tayanib ish ko'rish kerak bo'ldi. Evropaga qancha va qaysi tovarlarni olib borish, u erdan nima olib qaytish, karvon yo'lidagi davlatlar, xalqlar talab-etiyojini yaxshi bilish talab etilgan. Oqibatda turli bilim sohalari, matematika
 
 
(al-jabr), geometriya (xandasa), astronomiya (falakiyot) va boshqa ko'pgina fanlar 
rivojlandi. Bu davrda butun dunyoga tanilgan Xorazmiy , Farg'oniy, Ibn Sino, Ibn 
Ro'shd, Yusuf Xos Hojib, Nizomulmulk va boshqa ko'plab mutafikkirlar yashab, 
ijod qilishdi. Ularning asarlarida muhim iqtisodiy g'oyalar ham o'z aksini topgan. 
Sharq uyg'onishi davridagi olimlar shu davrdagi tijorat, mulkdorlik sirlarini bayon 
etganlar. Ularning ko'plari hozirgi kunda ham o'z ahamiyatini saqlab kelmoqda.  
Ana shundan kelib chiqib dastlab 873-950 yillarda yashab ijod etgan Abu Nosir Ibn 
Muhammad Forobiy haqida fikr yuritamiz.  
Bo'lajak buyuk olim Aris daryosi Sirdaryoga qo'yiladigan joyda Shosh-
hozirgi Toshkentdan 200-260 km. shimoli-g`arbda joylashgan Forob (O'tror) degan 
joyda tug'ilgan. U Forobda o'qigan, Shoshda bo'lgan, Buxoro va Samarqandda ta'lim 
olgan. Arab xalifaligining markazi-Bog'dodda o'qishi davom ettirgan, umrining 
oxirgi yillarida Xalabda, so'ngra Damashqda yashagan va shu erda vafot etgan.  
Forobiy O'rta asr davri tabiiy-ilmiy va ijtimoiy bilimlarning Qariyib barcha 
sohalarini o'z ichiga oluvchi 160 dan ortiq risola yaratgan Qomusiy olim sifatida tan 
olinadi. Uning Sharq olamidagi shuhrati shu darajaga etdiki, uni Aristotel 
(Arastu)dan keyingi yirik mutafakkir- «Muallimas -Soniy» - «Ikkinchi muallim» 
deb atay boshladilar.  
Olimning ayniqsa «Fozil odamlar shahri» asari diqqatga sazovar bo'lib, unda 
mamlakatni boshqarish, hokimlar faoliyati, iqtisodiyotni 
olib borish bilan bog'liq bo'lgan muhim g'oyalar keltiriladi. 
Shuni ham ta'kidlab o'tish kerakki, Forobiy o'z ustozi Arastu 
g'oyalarini har tomonlama talqin etadi va uni to'ldirishga 
harakat qiladi, jamiyat shakllanishi uchun moddiy 
ehtiyojlarning ahamiyati haqidagi ta'limotni yaratdi, 
iqtisodiyot fanida muhim blgan «Ehtiyoj» ni ta'riflab berdi. 
U moddiy boyliklar yaratishda mehnatning va mehnat 
qurollari o'rnini aniqlab berdi. Ayniqsa, «mehnat taqsimoti» masalalari mutafakkir 
asarlarida yaxshi yoritib berilgan. Mehnat taqsimoti tufayli ishlab chiqarish 
rivojlanadi, chunki vaqtdan yutiladi, ishlovchilarning kasb-mahorati ortadi, texnik 
(al-jabr), geometriya (xandasa), astronomiya (falakiyot) va boshqa ko'pgina fanlar rivojlandi. Bu davrda butun dunyoga tanilgan Xorazmiy , Farg'oniy, Ibn Sino, Ibn Ro'shd, Yusuf Xos Hojib, Nizomulmulk va boshqa ko'plab mutafikkirlar yashab, ijod qilishdi. Ularning asarlarida muhim iqtisodiy g'oyalar ham o'z aksini topgan. Sharq uyg'onishi davridagi olimlar shu davrdagi tijorat, mulkdorlik sirlarini bayon etganlar. Ularning ko'plari hozirgi kunda ham o'z ahamiyatini saqlab kelmoqda. Ana shundan kelib chiqib dastlab 873-950 yillarda yashab ijod etgan Abu Nosir Ibn Muhammad Forobiy haqida fikr yuritamiz. Bo'lajak buyuk olim Aris daryosi Sirdaryoga qo'yiladigan joyda Shosh- hozirgi Toshkentdan 200-260 km. shimoli-g`arbda joylashgan Forob (O'tror) degan joyda tug'ilgan. U Forobda o'qigan, Shoshda bo'lgan, Buxoro va Samarqandda ta'lim olgan. Arab xalifaligining markazi-Bog'dodda o'qishi davom ettirgan, umrining oxirgi yillarida Xalabda, so'ngra Damashqda yashagan va shu erda vafot etgan. Forobiy O'rta asr davri tabiiy-ilmiy va ijtimoiy bilimlarning Qariyib barcha sohalarini o'z ichiga oluvchi 160 dan ortiq risola yaratgan Qomusiy olim sifatida tan olinadi. Uning Sharq olamidagi shuhrati shu darajaga etdiki, uni Aristotel (Arastu)dan keyingi yirik mutafakkir- «Muallimas -Soniy» - «Ikkinchi muallim» deb atay boshladilar. Olimning ayniqsa «Fozil odamlar shahri» asari diqqatga sazovar bo'lib, unda mamlakatni boshqarish, hokimlar faoliyati, iqtisodiyotni olib borish bilan bog'liq bo'lgan muhim g'oyalar keltiriladi. Shuni ham ta'kidlab o'tish kerakki, Forobiy o'z ustozi Arastu g'oyalarini har tomonlama talqin etadi va uni to'ldirishga harakat qiladi, jamiyat shakllanishi uchun moddiy ehtiyojlarning ahamiyati haqidagi ta'limotni yaratdi, iqtisodiyot fanida muhim blgan «Ehtiyoj» ni ta'riflab berdi. U moddiy boyliklar yaratishda mehnatning va mehnat qurollari o'rnini aniqlab berdi. Ayniqsa, «mehnat taqsimoti» masalalari mutafakkir asarlarida yaxshi yoritib berilgan. Mehnat taqsimoti tufayli ishlab chiqarish rivojlanadi, chunki vaqtdan yutiladi, ishlovchilarning kasb-mahorati ortadi, texnik
 
 
moslamalar Farg’oniy kiritish uchun asos yuzaga keladi, ya'ni o'z davrida hamma 
ishni bir odam (usta) bajarishi mumkin bo'lgan holatdan, har bir operasiyani maxsus 
kishilarga bo'lib berish afzalligi ko'rsatiladi («Qushni so'ysa ham, qassob so'ysin»). 
Mehnat taqsimoti to'g'risidagi g'oya taniqli iqtisodchi Adam Smit ta'limotining 
(XVIII asr) asosidir.  
Forobiyning fozil (ideal) davlat, hokimlar to'g'risidagi g'oyalari nihoyatda 
ahamiyatlidir, o'zaro yordam va do'stlikning zarurligi ko'rsatiladi. Masalan, shahar 
tartibotida eng asosiy narsa mulk, noz-ne'matlarni to'g'ri taqsimlash ekanligi qayd 
etilgan. Arastu g'oyalari rivojlantirilib, avvalo er va joylarning miqdori, keyin 
ularning egalari va tutgan o'rinlari, so'ngra nihoyatda zarur hisoblanuvchi oziq-
ovqat, ekin ekiladigan erlar, saroy va shaxsiy uylarning miqdori hisobga olinishi 
kerakligi ko'rsatiladi.  
     Fozillar shahri hokimining fazilatlari haqidagi fikrlar nihoyatda qimmatlidir. 
Forobiy tadqiqotlarining yana bir muhim jihati shuki, u ko'p (yunon, arab va b. ) 
tillarni bilgan, boshqa olim asarlarini tahlil etgan, sharhlagan va izolagan.  
Tarixda shunday voqea bo'lib o'tganligi qayd etiladi. Qomusiy olim Ibn Sino 
Arastuning «Metafizika» asarini 40 marta o'qib ham tushuna olmagan ekan. U 
surunkali mutaoladan charchagan , bozor aylanishni ixtiyor etadi. Baxtli tasodifni 
qarangki, bozordan xarid qilgan kitobi Forobiyning Arastu asariga yozgan sharxlari 
ekan. Ibn Sino kitobni bir marta o'qib chiqishdayoq Arastuning «Metafizika» asari 
mohiyatiga to'la tushunib etadi.  
Donishmand hikmatlarida insonning kasb-unar, san'atdagi fazilatlari har doim 
ham tug'ma bo'lavermasligi, ko'pincha ular mehnat mashaqqati va iroda yo'li bilan 
ro'yobga chiqishi qayd etiladi. Shubhasiz, bu ikki qobiliyat o'zaro uyg'unlashganda 
rivojlanish bo'ladi.  
Forobiy fikricha , baxtga erishish maqsadida o'zaro yordam bergan xalq 
fazilatli xalqdir. Shu tartibda barcha xalqlar baxtga erishish uchun bir-biriga yordam 
berishsa, butun er yuzi fazilatli bo'ladi. O'ylashimizcha, yangi asr bo'sag'asida turgan 
deyarli barcha davlatlar ham shu to'xtamga kelmoqdalar.  
moslamalar Farg’oniy kiritish uchun asos yuzaga keladi, ya'ni o'z davrida hamma ishni bir odam (usta) bajarishi mumkin bo'lgan holatdan, har bir operasiyani maxsus kishilarga bo'lib berish afzalligi ko'rsatiladi («Qushni so'ysa ham, qassob so'ysin»). Mehnat taqsimoti to'g'risidagi g'oya taniqli iqtisodchi Adam Smit ta'limotining (XVIII asr) asosidir. Forobiyning fozil (ideal) davlat, hokimlar to'g'risidagi g'oyalari nihoyatda ahamiyatlidir, o'zaro yordam va do'stlikning zarurligi ko'rsatiladi. Masalan, shahar tartibotida eng asosiy narsa mulk, noz-ne'matlarni to'g'ri taqsimlash ekanligi qayd etilgan. Arastu g'oyalari rivojlantirilib, avvalo er va joylarning miqdori, keyin ularning egalari va tutgan o'rinlari, so'ngra nihoyatda zarur hisoblanuvchi oziq- ovqat, ekin ekiladigan erlar, saroy va shaxsiy uylarning miqdori hisobga olinishi kerakligi ko'rsatiladi. Fozillar shahri hokimining fazilatlari haqidagi fikrlar nihoyatda qimmatlidir. Forobiy tadqiqotlarining yana bir muhim jihati shuki, u ko'p (yunon, arab va b. ) tillarni bilgan, boshqa olim asarlarini tahlil etgan, sharhlagan va izolagan. Tarixda shunday voqea bo'lib o'tganligi qayd etiladi. Qomusiy olim Ibn Sino Arastuning «Metafizika» asarini 40 marta o'qib ham tushuna olmagan ekan. U surunkali mutaoladan charchagan , bozor aylanishni ixtiyor etadi. Baxtli tasodifni qarangki, bozordan xarid qilgan kitobi Forobiyning Arastu asariga yozgan sharxlari ekan. Ibn Sino kitobni bir marta o'qib chiqishdayoq Arastuning «Metafizika» asari mohiyatiga to'la tushunib etadi. Donishmand hikmatlarida insonning kasb-unar, san'atdagi fazilatlari har doim ham tug'ma bo'lavermasligi, ko'pincha ular mehnat mashaqqati va iroda yo'li bilan ro'yobga chiqishi qayd etiladi. Shubhasiz, bu ikki qobiliyat o'zaro uyg'unlashganda rivojlanish bo'ladi. Forobiy fikricha , baxtga erishish maqsadida o'zaro yordam bergan xalq fazilatli xalqdir. Shu tartibda barcha xalqlar baxtga erishish uchun bir-biriga yordam berishsa, butun er yuzi fazilatli bo'ladi. O'ylashimizcha, yangi asr bo'sag'asida turgan deyarli barcha davlatlar ham shu to'xtamga kelmoqdalar.
 
 
«Kim rahbar bo'la oladi?»degan savol bundan ming yillar avval ham buyuk 
donishmandlarni qiziqtirgan ekan. Abu Nasr ibn Muhammad Forobiy «Fozil 
odamlar shahri» nomli asarida bo'lajak rahbarlarning asosiy fazilatlari to'g'risida 
oqilona mushohada yuritgan.  
Bu fikrlar hozirgi davrda ham nihoyatda dolzarbligi tufayli ularni keng 
ommaga etkazishimiz o'rinli bo'ladi. Ana shu fazilatlarning mantiqiy ketma-ketligi 
ham diqqatga sazovardir. Birinchi navbatda rahbar «avvalo to'rt muchasi sog'-
salomat bo'lib, o'ziga yuklangan vazifalarni bajarishda biror a'zosidagi nuqson xalal 
bermasligi lozim, aksincha, u salomatligi tufayli bu vazifalarni oson bajarishi 
lozim». Naqadar to'g'ri fikr. Darhaqiqat, nosog'lom odamdan samarali ish kutish 
amri maxol. Keyingi fazilatlar ham nihoyatda qimmatlidir. Rahbar «tabiatan nozik 
farosatli bo'lib, suhbatdoshining so'zlarini, fikrlarini tez tushunib, tez ilg'ab olishi, 
ish sohasida umumiy ahvol qandayligini ravshan tasavvur qila olishi zarur». 
Uchinchidan «u anglagan, ko'rgan, eshitgan, idrok etgan narsalarni xotirasida to'la-
to'kis saqlab qolishi, barcha tafsilotlarini unutmasligi zarur». To'rtinchidan, 
rahbarning «zehni o'tkir, zukko bo'lib, har qanday narsaning bilinar-bilinmas 
alomatlarini va u alomatlar nimani anglatishini tez bilib, sezib olishi zarur». 
Beshinchidan, «u fikrini ravshan tushuntira olish maqsadida chiroyli so'zlar bilan 
ifodalay olishi zarur». Gap bu erda tilni yaxshi bilish, notiqlik san'ati haqida 
bormoqda. Keyingi muhim fazilat shuki, rahbar «ustozlardan ta'lim olishga, bilim, 
ma'rifatga havasli bo'lishi, o'qish, o'rganish jarayonida sira charchamaydigan, 
buning mashaqqatidan qochmaydigan bo'lishi zarur». Ayniqsa, hozirgi zamon 
rahbari uchun nihoyatda kerakli fazilat, chunki kelajak ilm-fan rivoji bilan 
chambarchas bog'liq. Endigi davrda chalasavod rahbarlar mamlakatni xarob qilishi 
aniq. Keyingi fazilat iymon, ahloq odob, to'g'rilik bilan bog'liq. «Taom eyishda, 
ichimlikda, ayollarga yaqinlik qilishda ochofat emas, aksincha o'zini tiya oladigan 
bo'lishi, (qimor yoki boshqa) o'yinlardan zavq, huzur olishdan uzoq bo'lishi zarur» 
degan nihoyatda muhim fikr beriladi. Sir emaski, keyingi paytlarda bunday illatlar 
keng tarqalmoqda.  
«Kim rahbar bo'la oladi?»degan savol bundan ming yillar avval ham buyuk donishmandlarni qiziqtirgan ekan. Abu Nasr ibn Muhammad Forobiy «Fozil odamlar shahri» nomli asarida bo'lajak rahbarlarning asosiy fazilatlari to'g'risida oqilona mushohada yuritgan. Bu fikrlar hozirgi davrda ham nihoyatda dolzarbligi tufayli ularni keng ommaga etkazishimiz o'rinli bo'ladi. Ana shu fazilatlarning mantiqiy ketma-ketligi ham diqqatga sazovardir. Birinchi navbatda rahbar «avvalo to'rt muchasi sog'- salomat bo'lib, o'ziga yuklangan vazifalarni bajarishda biror a'zosidagi nuqson xalal bermasligi lozim, aksincha, u salomatligi tufayli bu vazifalarni oson bajarishi lozim». Naqadar to'g'ri fikr. Darhaqiqat, nosog'lom odamdan samarali ish kutish amri maxol. Keyingi fazilatlar ham nihoyatda qimmatlidir. Rahbar «tabiatan nozik farosatli bo'lib, suhbatdoshining so'zlarini, fikrlarini tez tushunib, tez ilg'ab olishi, ish sohasida umumiy ahvol qandayligini ravshan tasavvur qila olishi zarur». Uchinchidan «u anglagan, ko'rgan, eshitgan, idrok etgan narsalarni xotirasida to'la- to'kis saqlab qolishi, barcha tafsilotlarini unutmasligi zarur». To'rtinchidan, rahbarning «zehni o'tkir, zukko bo'lib, har qanday narsaning bilinar-bilinmas alomatlarini va u alomatlar nimani anglatishini tez bilib, sezib olishi zarur». Beshinchidan, «u fikrini ravshan tushuntira olish maqsadida chiroyli so'zlar bilan ifodalay olishi zarur». Gap bu erda tilni yaxshi bilish, notiqlik san'ati haqida bormoqda. Keyingi muhim fazilat shuki, rahbar «ustozlardan ta'lim olishga, bilim, ma'rifatga havasli bo'lishi, o'qish, o'rganish jarayonida sira charchamaydigan, buning mashaqqatidan qochmaydigan bo'lishi zarur». Ayniqsa, hozirgi zamon rahbari uchun nihoyatda kerakli fazilat, chunki kelajak ilm-fan rivoji bilan chambarchas bog'liq. Endigi davrda chalasavod rahbarlar mamlakatni xarob qilishi aniq. Keyingi fazilat iymon, ahloq odob, to'g'rilik bilan bog'liq. «Taom eyishda, ichimlikda, ayollarga yaqinlik qilishda ochofat emas, aksincha o'zini tiya oladigan bo'lishi, (qimor yoki boshqa) o'yinlardan zavq, huzur olishdan uzoq bo'lishi zarur» degan nihoyatda muhim fikr beriladi. Sir emaski, keyingi paytlarda bunday illatlar keng tarqalmoqda.
 
 
Rahbarning oldiga qo'yiladigan muhim shart shuki, «u haq va haqiqatni, odil 
va haqgo'y odamlarni sevadigan, yolg'onni va yolg'onchilarni yomon ko'radigan 
bo'lishi zarur». Bunda ko'pgina rahbarlarga tekkan kasallaganbordorlik, 
ko'zbqo'yamachilik illat-larining oldi olinadi. Har bir rahbar «o'z qadrini biluvchi va 
nomus-oriyatli odam bo'lishi, pastkashliklardan yuqori turuvchi, tug'ma oliyhimmat 
bo'lishi, ulug', oliy ishlarga intilishi zarur». Ayniqsa «bu dunyo mollariga, dinor va 
dirhamlarga qiziqmaydigan (mol-dunyo ketidan quvmaydigan) bo'lishi zarur». Bu 
fazilatga ega bo'lish ancha mushkul, chunki respublikamizda rahbar bo'lib olgach, 
osmono'par dang'illama binolar qurish, minglab odamlarni to'plab bir necha kun to'y 
berish, qo'sha-qo'sha mashina, xotin olish faktlari namoyon bo'lmoqda, muhimi bu 
topilgan dunyo odatda xarom yo'llar bilan blganligi aniqlanadi. Bunday rahbarlarni 
hokimiyat ostonasiga yaqinlashtirmaslik kerak.  
Haqiqiy rahbar, albatta, «tabiatan adolatparvar bo'lib, odil odamlarni sevadigan, 
istibdod va jabr-zulmni, mustabid va zolimlarni yomon ko'ruvchi, o'z odamlariga 
ham, begonalarga ham haqiqat qiluvchi, barchani adolatga chaqiruvchi, nohaq 
jabrlanganlarga madad beruvchi, barchaga yaxshilikni va o'zi suygan go'zalliklarni 
ravo ko'ruvchi bo'lishi zarur. O'zi haq ish oldida o'jarlik qilmay, odil ish tutgani 
holda har qanday haqsizlik va razolatlarga murosasiz bo'lishi zarur». Naqadar 
qimmatli fazilatlar shodasi! Hozirgi rahbar bu fikrlarga amal qilgandagina unga 
bildirilgan ishonchni oqlay oladi. Qomusiy olim Abu Nasr Forobiy tomonidan 
rahbar oldiga qo'yiladigan navbatdagi fazilatda « o'zi zarur deb hisoblagan chora-
tadbirlarni amalga oshirishda qat'iyatli, savodli, jur'atli, jasur bo'lishi, qo'rqoqlik va 
hadiksirashlarga yo'l qo'ymasligi zarur» deb ko'rsatiladi.  
Yuqorida sanab o'tilgan 12 fazilatning barchasi bir 
odamda jamlanishi qiyin ekanligi ta'kidlanadi, «zero, bunda 
tug'ma fazilatlar sohibi bo'lgan odamlar juda kam uchraydi va 
ular nodir insonlardir». Bunday hollarda aytilgan hislatlardan 
6tasi yoki 5tasi kamol topsa ham, «u aql va zakovatda 
benazirligi tufayli fozilllar shahriga rahbarlik qila oladi».  
Rahbarning oldiga qo'yiladigan muhim shart shuki, «u haq va haqiqatni, odil va haqgo'y odamlarni sevadigan, yolg'onni va yolg'onchilarni yomon ko'radigan bo'lishi zarur». Bunda ko'pgina rahbarlarga tekkan kasallaganbordorlik, ko'zbqo'yamachilik illat-larining oldi olinadi. Har bir rahbar «o'z qadrini biluvchi va nomus-oriyatli odam bo'lishi, pastkashliklardan yuqori turuvchi, tug'ma oliyhimmat bo'lishi, ulug', oliy ishlarga intilishi zarur». Ayniqsa «bu dunyo mollariga, dinor va dirhamlarga qiziqmaydigan (mol-dunyo ketidan quvmaydigan) bo'lishi zarur». Bu fazilatga ega bo'lish ancha mushkul, chunki respublikamizda rahbar bo'lib olgach, osmono'par dang'illama binolar qurish, minglab odamlarni to'plab bir necha kun to'y berish, qo'sha-qo'sha mashina, xotin olish faktlari namoyon bo'lmoqda, muhimi bu topilgan dunyo odatda xarom yo'llar bilan blganligi aniqlanadi. Bunday rahbarlarni hokimiyat ostonasiga yaqinlashtirmaslik kerak. Haqiqiy rahbar, albatta, «tabiatan adolatparvar bo'lib, odil odamlarni sevadigan, istibdod va jabr-zulmni, mustabid va zolimlarni yomon ko'ruvchi, o'z odamlariga ham, begonalarga ham haqiqat qiluvchi, barchani adolatga chaqiruvchi, nohaq jabrlanganlarga madad beruvchi, barchaga yaxshilikni va o'zi suygan go'zalliklarni ravo ko'ruvchi bo'lishi zarur. O'zi haq ish oldida o'jarlik qilmay, odil ish tutgani holda har qanday haqsizlik va razolatlarga murosasiz bo'lishi zarur». Naqadar qimmatli fazilatlar shodasi! Hozirgi rahbar bu fikrlarga amal qilgandagina unga bildirilgan ishonchni oqlay oladi. Qomusiy olim Abu Nasr Forobiy tomonidan rahbar oldiga qo'yiladigan navbatdagi fazilatda « o'zi zarur deb hisoblagan chora- tadbirlarni amalga oshirishda qat'iyatli, savodli, jur'atli, jasur bo'lishi, qo'rqoqlik va hadiksirashlarga yo'l qo'ymasligi zarur» deb ko'rsatiladi. Yuqorida sanab o'tilgan 12 fazilatning barchasi bir odamda jamlanishi qiyin ekanligi ta'kidlanadi, «zero, bunda tug'ma fazilatlar sohibi bo'lgan odamlar juda kam uchraydi va ular nodir insonlardir». Bunday hollarda aytilgan hislatlardan 6tasi yoki 5tasi kamol topsa ham, «u aql va zakovatda benazirligi tufayli fozilllar shahriga rahbarlik qila oladi».
 
 
Yaxshi rahbar u yoki bu sababga ko'ra ishdan ketsa (kasallik, o'lim...), uning 
o'rniga kelgan inson yana 6ta fazilatga ega bo'lishi kerak. Bular donishmandlik, 
avvalgi o'rnatilgan odil  
Forobiy qonunlar va tartiblarni xotirada yaxshi saqlab qolish va ularga amal qilish 
uchun quvvai hofizaga ega bo'lishi kerak. Agar shunday qonunlar qolmagan bo'lsa, 
« bunday qonunni o'ylab topish uchun ijod,ixtiyor qilish quvvatiga ega bo'lishi 
kerak. Amaldagi haqiqiy ahvolni tez payqab olish va kelgusida ro'y beradigan, 
avvalgi rahbarlar ko'zda tutmagan voqealarni ko'ra bilishi uchun bashoratgo'ylik 
hislatiga ega bo'lish talab etiladi. Bu hislat unga xalq farovonligini yaxshilash yo'lida 
kerak bo'ladi».  
Hozirgi davr tili bilan aytganda, iqtisodiyotda prognoz, istiqbolni ko'ra bilish 
xaqida gap bormoqda. Avvalgi rahbarlar o'rnatgan qonunlarga, shuningdek, 
avvvalgilardan o'rnak, isbot olib o'zi to'qib chiqargan qonunlarga xalq amal qilishi 
uchun qizg'in so'zlash- notiqlik hislatiga ega bo'lish kerakligi ko'rsatiladi.  
Zarur hollarda harbiy ishlarga mohirona rahbarlik qilish uchun etarli jismoniy 
quvvatga ega bo'lish talab etiladi. Ham jang qilishni, ham sarkarda sifatida jangu 
jadalga rahbarlik qilish uchun harbiy san'atni yaxshi bilish kerakligi uqtiriladi.  
Mabodo, shu hislatlarning barchasini o'zida jamlagan odam topilmasa, lekin 2 kishi 
birgalashib, shu hislatlarga ega bo'lishsa (ya'ni bir donishmand, 2-qolgan hislatlar 
sohibi bo'lsa), shu ikkovini fozillar shahriga rahbarlikka qo'yish zarur. Demak, olim 
tomonidan amalda uchraydigan barcha holatlar e'tiborga olingan holda rahbar 
tanlash yo'l-yo'riqlari berilgan.  
Albatta, bo'lajak rahbar shu hislatlarga egami-yo'qmi ekanligi qanday 
aniqlanadi, degan savol tug'iladi. Buni har bir insonning umr-hayoti, avvalgi 
yillardagi faoliyati, xalq hukmiga havola etilayotgan dasturi, yaqin kishilarning 
bergan tafsilotlari orqali bilib olish va eng maqbul nomzodni qo'llab-quvvatlash 
kerak. Ibn Sino talqinidagi iqtisodiy karashlar.  
Ibn Sino (980-1037) tomonidan nioyatda katta ilmiy meros qoldirilgan, u 
yozgan asarlarning soni 280 dan ortiq. Shulardan 40 tadan ortig'i tibbiyotga oid, 30 
ga yaqin risola turli tabiiy fanlarga, 3 risola musiqaga, 185 risola falsafaga, mantiq, 
Yaxshi rahbar u yoki bu sababga ko'ra ishdan ketsa (kasallik, o'lim...), uning o'rniga kelgan inson yana 6ta fazilatga ega bo'lishi kerak. Bular donishmandlik, avvalgi o'rnatilgan odil Forobiy qonunlar va tartiblarni xotirada yaxshi saqlab qolish va ularga amal qilish uchun quvvai hofizaga ega bo'lishi kerak. Agar shunday qonunlar qolmagan bo'lsa, « bunday qonunni o'ylab topish uchun ijod,ixtiyor qilish quvvatiga ega bo'lishi kerak. Amaldagi haqiqiy ahvolni tez payqab olish va kelgusida ro'y beradigan, avvalgi rahbarlar ko'zda tutmagan voqealarni ko'ra bilishi uchun bashoratgo'ylik hislatiga ega bo'lish talab etiladi. Bu hislat unga xalq farovonligini yaxshilash yo'lida kerak bo'ladi». Hozirgi davr tili bilan aytganda, iqtisodiyotda prognoz, istiqbolni ko'ra bilish xaqida gap bormoqda. Avvalgi rahbarlar o'rnatgan qonunlarga, shuningdek, avvvalgilardan o'rnak, isbot olib o'zi to'qib chiqargan qonunlarga xalq amal qilishi uchun qizg'in so'zlash- notiqlik hislatiga ega bo'lish kerakligi ko'rsatiladi. Zarur hollarda harbiy ishlarga mohirona rahbarlik qilish uchun etarli jismoniy quvvatga ega bo'lish talab etiladi. Ham jang qilishni, ham sarkarda sifatida jangu jadalga rahbarlik qilish uchun harbiy san'atni yaxshi bilish kerakligi uqtiriladi. Mabodo, shu hislatlarning barchasini o'zida jamlagan odam topilmasa, lekin 2 kishi birgalashib, shu hislatlarga ega bo'lishsa (ya'ni bir donishmand, 2-qolgan hislatlar sohibi bo'lsa), shu ikkovini fozillar shahriga rahbarlikka qo'yish zarur. Demak, olim tomonidan amalda uchraydigan barcha holatlar e'tiborga olingan holda rahbar tanlash yo'l-yo'riqlari berilgan. Albatta, bo'lajak rahbar shu hislatlarga egami-yo'qmi ekanligi qanday aniqlanadi, degan savol tug'iladi. Buni har bir insonning umr-hayoti, avvalgi yillardagi faoliyati, xalq hukmiga havola etilayotgan dasturi, yaqin kishilarning bergan tafsilotlari orqali bilib olish va eng maqbul nomzodni qo'llab-quvvatlash kerak. Ibn Sino talqinidagi iqtisodiy karashlar. Ibn Sino (980-1037) tomonidan nioyatda katta ilmiy meros qoldirilgan, u yozgan asarlarning soni 280 dan ortiq. Shulardan 40 tadan ortig'i tibbiyotga oid, 30 ga yaqin risola turli tabiiy fanlarga, 3 risola musiqaga, 185 risola falsafaga, mantiq,
 
 
psixologiya, teologiya, ahloq, boshqa ijtimoiy-siyosiy masalalarga bag'ishlangan. 
Lekin bizgacha uning faqat 160 ga yaqin asari etib kelgan. Olimni hurmatlab «Shayx 
ur-rais» deb ataganlar.  
Olimning tibbiyotga oid asarlarida iqtisodiyot bilan bog'liq muhim g'oyalar 
ilgari suriladi. Inson sog'lig'ining ichki va tashqi muhitga bevosita bog'liqligi, 
ayniqsa ovqatlanish, turmush sharoiti katta ahamiyat kasb etishi ko'rsatiladi. 
Iqtisodiyot fanida muhim bo'lgan kategoriya «etiyoj» ni ta'riflab, moddiy boyliklar 
yaratishda mehnatning va mehnat qurollarinining o'rnini aniqlab beradi. Uning 
asarlarida «mehnat taqsimoti»ga katta e'tibor qaratiladi, taqsimot tufayli unumdorlik 
oshuvi va mahsulot sifati yaxshilanishi isbotlab berilgan. Farbiy Evropada faqat 
1776 yilda Adam Smit bu masalaga alohida diqqatni jalb etadi.  
Ibn Sinoning fikricha: «Hayvon tabiat ne'matlariga qanoat qiladi, odamlarga 
esa tabiat ne'matlari kamlik qiladi, u ovqat, kiyim-kechak va uy-joyga ehtiyoj sezadi. 
Hayvon tabiat ne'matlari-ni o'zlashtirib oladi, odam esa o'z mehnati bilan o'ziga 
ovqat, kiyim, turar joy yaratadi. Shu maqsadda inson dehqonchilik va unarmand-
chilik bilan shug'ullanishi kerak».  
Olim asarlarida fozil davlat to'g'risidagi g'oyalar rivojlantirilib, o'zaro yordam 
do'stlik va hamkorlikka katta o'rin beriladi. Olim nazariy va amaliy ilmlarni ajratib 
ko'rsatadi, nazariy ishlarni inson faoliyati bilan bog'liq bo'lmagan narsalar 
to'g'risidagi haqiqiy ilmlar deb ta'riflaydi.  
Amaliy ilmlarning ob'ekti inson faoliyatidir. Nazariy ilmlarning haqiqatni 
bilishga, amaliy ilmlar esa yaxshi ishlarni bajarishga qaratilgan. Bunda insonning 
ahloqiy fazilatlari muhim o'rinni egallaydi. U insonlarning kundalik foydali amaliy 
ishlarini ulug'laydi, ahloqiy munosabatlarda kamtarlik, izzat-hurmat, jasurlik, 
ayniqsa to'g'rilik, sofdillik kabi hulqiy qoidalarga alohida e'tibor beradi. Bu 
xususiyatlar iqtisodiyotda inson omili to'g'risidagi g'oyaga mos keladi. Iqtisodiyot 
rivojlanishining ob'ektiv qonun-qoidalariga amal qilib, inson o'z baxtini o'zi yarata 
oladi. Yaxshi xulq va iqtisodiyot o'rtasida bevosita bog'liqlik borligini «Uy-joy 
tutish tadbiri» asarida ko'rsatib beradi. Bu risolada u ayollarning o'n etti hislatini 
sanab ko'rsatadi. Bularga dastlab ayol oqil va e'tiqodli, yoqimtoy, o'z eriga mehru-
psixologiya, teologiya, ahloq, boshqa ijtimoiy-siyosiy masalalarga bag'ishlangan. Lekin bizgacha uning faqat 160 ga yaqin asari etib kelgan. Olimni hurmatlab «Shayx ur-rais» deb ataganlar. Olimning tibbiyotga oid asarlarida iqtisodiyot bilan bog'liq muhim g'oyalar ilgari suriladi. Inson sog'lig'ining ichki va tashqi muhitga bevosita bog'liqligi, ayniqsa ovqatlanish, turmush sharoiti katta ahamiyat kasb etishi ko'rsatiladi. Iqtisodiyot fanida muhim bo'lgan kategoriya «etiyoj» ni ta'riflab, moddiy boyliklar yaratishda mehnatning va mehnat qurollarinining o'rnini aniqlab beradi. Uning asarlarida «mehnat taqsimoti»ga katta e'tibor qaratiladi, taqsimot tufayli unumdorlik oshuvi va mahsulot sifati yaxshilanishi isbotlab berilgan. Farbiy Evropada faqat 1776 yilda Adam Smit bu masalaga alohida diqqatni jalb etadi. Ibn Sinoning fikricha: «Hayvon tabiat ne'matlariga qanoat qiladi, odamlarga esa tabiat ne'matlari kamlik qiladi, u ovqat, kiyim-kechak va uy-joyga ehtiyoj sezadi. Hayvon tabiat ne'matlari-ni o'zlashtirib oladi, odam esa o'z mehnati bilan o'ziga ovqat, kiyim, turar joy yaratadi. Shu maqsadda inson dehqonchilik va unarmand- chilik bilan shug'ullanishi kerak». Olim asarlarida fozil davlat to'g'risidagi g'oyalar rivojlantirilib, o'zaro yordam do'stlik va hamkorlikka katta o'rin beriladi. Olim nazariy va amaliy ilmlarni ajratib ko'rsatadi, nazariy ishlarni inson faoliyati bilan bog'liq bo'lmagan narsalar to'g'risidagi haqiqiy ilmlar deb ta'riflaydi. Amaliy ilmlarning ob'ekti inson faoliyatidir. Nazariy ilmlarning haqiqatni bilishga, amaliy ilmlar esa yaxshi ishlarni bajarishga qaratilgan. Bunda insonning ahloqiy fazilatlari muhim o'rinni egallaydi. U insonlarning kundalik foydali amaliy ishlarini ulug'laydi, ahloqiy munosabatlarda kamtarlik, izzat-hurmat, jasurlik, ayniqsa to'g'rilik, sofdillik kabi hulqiy qoidalarga alohida e'tibor beradi. Bu xususiyatlar iqtisodiyotda inson omili to'g'risidagi g'oyaga mos keladi. Iqtisodiyot rivojlanishining ob'ektiv qonun-qoidalariga amal qilib, inson o'z baxtini o'zi yarata oladi. Yaxshi xulq va iqtisodiyot o'rtasida bevosita bog'liqlik borligini «Uy-joy tutish tadbiri» asarida ko'rsatib beradi. Bu risolada u ayollarning o'n etti hislatini sanab ko'rsatadi. Bularga dastlab ayol oqil va e'tiqodli, yoqimtoy, o'z eriga mehru-
 
 
muhabbat qo'ygan, farzand ko'ra oladigan, ezma bo'lmagan, itoatkor, dili pok, 
bexarxasha, pokiza, vazmin va o'zini tutib olgan jiddiy va ulug'vor, har bir xatti- 
harakatida o'zining yaxshi hislatlari bilan ajralib turadigan va eng muhimi, erining 
birini ikki qiladigan-tejamkor, og'ir damlarda unga malham bo'la oladigan mushfiqu 
mehribon bo'lishi kerak.  
Ibn Sino oddiy musulmon sifatida xudo borliliga to'la ishonadi, lekin dunyoda 
odamlarning ishi faqat toat-ibodat qilish, ro'za tutish, Qur'on o'qishdangina iborat 
emas, balki ularning fan, ma'rifat bayrog'ini ko'tarib, foydali (savobli) ishlar 
qilishlari ulug'lanadi. U bilimlarni egallasa, o'shandagina haqiqiy musulmon bo'la 
oladi, deb ta'kidlaydi.  
Mustaqillik sharofati tufayli biz bobimizni yana qaytadin kashf qilmoqdamiz, 
uning ilmiy merosi har tomonlama chuqur o'rganilmoqda va keng xalq ommasiga 
etkazilyapti.  
Musulmon huquqshunosligida tovarning iste'mol qiymati tan olingan, 
tovarning qiymati bilan so'ralayotgan baho (bozor narxi) farqlangan. Yirik din 
peshvosi Bahouddin Naqshbandiyning «Dil ba yoru, dast ba kor», ya'ni «dil yor 
(Alloh) bilan, qo'l ish bilan (band bo'lsin)» degan tezisi o'sha davr uchun muhim edi, 
chunki ilgari xudoga faqat e'tiqod qilishning o'zi kig’oya deb bilingan. Nizomulmulk 
(1018-1092) «Siyosatnoma» asarida hukmdorlar, amirlar, amaldorlar va qozilarning 
mansabni suiiste'mol qilishini, soliqlarning og'irligi, davlat 
mablag'larini saqlash va sarflashda hisob-kitob zarurligini 
qayd etgan. Saljuqiylar davlati arbobi sifatida iqto'ni tanqid 
qilgan. Iqto' - o'rta asrlarda O'rta Sharq, shu jumladan O'rta 
Osiyoda hukmdor tomonidan ayrim shaxslarga katta 
xizmatlari evaziga in'om qilingan chek yer (Temuriylar 
davlatida suyurg'ol).  
XIII asrning boshidan XIV asrning 70-yillarigacha bo'lgan davr bu mo'g'ullar 
istilosi davri bo'lib, ko'p sohalarda orqaga qaytish (regress) bo'ldi. Ammo 
bosqinchilar mahalliy xalq urf-odati, madaniyati, tili, dinini, xo'jalik tarzini qabul 
qilishga va ular bilan aralashib ketishga majbur bo'ldilar. Shu davrda boj, bojxona, 
muhabbat qo'ygan, farzand ko'ra oladigan, ezma bo'lmagan, itoatkor, dili pok, bexarxasha, pokiza, vazmin va o'zini tutib olgan jiddiy va ulug'vor, har bir xatti- harakatida o'zining yaxshi hislatlari bilan ajralib turadigan va eng muhimi, erining birini ikki qiladigan-tejamkor, og'ir damlarda unga malham bo'la oladigan mushfiqu mehribon bo'lishi kerak. Ibn Sino oddiy musulmon sifatida xudo borliliga to'la ishonadi, lekin dunyoda odamlarning ishi faqat toat-ibodat qilish, ro'za tutish, Qur'on o'qishdangina iborat emas, balki ularning fan, ma'rifat bayrog'ini ko'tarib, foydali (savobli) ishlar qilishlari ulug'lanadi. U bilimlarni egallasa, o'shandagina haqiqiy musulmon bo'la oladi, deb ta'kidlaydi. Mustaqillik sharofati tufayli biz bobimizni yana qaytadin kashf qilmoqdamiz, uning ilmiy merosi har tomonlama chuqur o'rganilmoqda va keng xalq ommasiga etkazilyapti. Musulmon huquqshunosligida tovarning iste'mol qiymati tan olingan, tovarning qiymati bilan so'ralayotgan baho (bozor narxi) farqlangan. Yirik din peshvosi Bahouddin Naqshbandiyning «Dil ba yoru, dast ba kor», ya'ni «dil yor (Alloh) bilan, qo'l ish bilan (band bo'lsin)» degan tezisi o'sha davr uchun muhim edi, chunki ilgari xudoga faqat e'tiqod qilishning o'zi kig’oya deb bilingan. Nizomulmulk (1018-1092) «Siyosatnoma» asarida hukmdorlar, amirlar, amaldorlar va qozilarning mansabni suiiste'mol qilishini, soliqlarning og'irligi, davlat mablag'larini saqlash va sarflashda hisob-kitob zarurligini qayd etgan. Saljuqiylar davlati arbobi sifatida iqto'ni tanqid qilgan. Iqto' - o'rta asrlarda O'rta Sharq, shu jumladan O'rta Osiyoda hukmdor tomonidan ayrim shaxslarga katta xizmatlari evaziga in'om qilingan chek yer (Temuriylar davlatida suyurg'ol). XIII asrning boshidan XIV asrning 70-yillarigacha bo'lgan davr bu mo'g'ullar istilosi davri bo'lib, ko'p sohalarda orqaga qaytish (regress) bo'ldi. Ammo bosqinchilar mahalliy xalq urf-odati, madaniyati, tili, dinini, xo'jalik tarzini qabul qilishga va ular bilan aralashib ketishga majbur bo'ldilar. Shu davrda boj, bojxona,
 
 
bojxona solig'i yuzaga keldi. Hozirgi ruscha «tamojnya» so'zi aslida mo'g'ulcha, 
keyinchalik turkchadagi «tamg'a» so'zidan olinganligi ma'lum.  
     Beruniy Beruniyning iqtisodiy g'oyalari. Buyuk qomusiy olim Abu Rayhon 
Beruniy (973-1048) 150 dan ortiq asar yaratgan bo'lib, ularda mehnat boylikning 
asosi ekanligi to'g'risidagi g'oya asosiydir. Uning ko'pgina fikr va qarashlari bugungi 
kun uchun ham ahamiyatini yo'qotmagan.  
Olim yashagan davrdagi munosabatlar, ishlab chiqarishning yuksalganligi, 
savdo-sotiqning rivojlanishi, sug'orish inshooatlari-ning ishga tushirilishi ana shu 
davr uchun xos edi.  
Shu asosda Beruniyda kishilik ehtiyojlarining paydo bo'lishi va uni qondirish 
asoslari, mehnat va hunarga munosabatlari uyg'unlashib ketadi. Uning fikriga ko'ra, 
kishilar o'z zaruriy ehtiyojlarini qondirish uchun uyushgan holda yashash va 
ishlashga majburdirlar. Ehtiyojlar turli-tuman va ko'p bo'lganligi uchun insonlar 
birlashgan holda turar joy va shaharlar yaratishga intiladilar, deb hisoblaydi. 
Shuningdek, u davlatning paydo bo'lishini ham ehtiyoj tufayli deb o'ylagan. Eng 
muhim g'oya shuki, barcha qimmatli narsalar inson mehnati bilan yaratiladi va 
insonning qadr-qimmati uning avlod-ajdodlarining kim bo'lganligi emas, balki 
uning mehnati, aqliy va jismoniy mahorati bilan belgilanadi. Har bir davrning urf-
odatlari o'ziga xos bladi va inson ahli ularga rioya qilmog'i darkordir, aks holda 
nizom va bir xillik yo'qolsa, tartib ham yo'q bo'ladi, deb uqtiradi buyuk donishmand.  
Olimning fikrlariga tayanib shunday muhim qisqacha xulosalar chiqarish 
mumkinki, inson erdagi bunyodkor va yaratuvchi kuchdir. Inson avvalo halol 
mehnati bilan ulug'lanadi, kishilik jamiyatining asl ibtidosi ham mehnatdandir.  
Beruniy qayd etishicha, bilimlarni egallamoq va hunar o'rganmoq uchun mehnat 
qilish zarur, bu esa doim davom etadigan va takomillashib boradigan jarayondir. U 
mehnatni turlarga ajratib, ularning har qaysisi alohida talab va ehtiyojlar asosida 
vujudga kelishini ko'rsatib berdi. Binokor, ko'mir qazuvchi, hunarmand, fan 
sohiblari mehnatini og'ir mehnat deb biladi. Ilm, ma'rifat zag'matkashlari mehnatiga 
ta'rif berish, ilm olish, o'qish eng kerakli mehnat ekanligini isbotlaydi. Shunga ko'ra 
olimlarning mehnatini qadrlash turli ilmlar ko'payishiga olib keladi. Olim 
bojxona solig'i yuzaga keldi. Hozirgi ruscha «tamojnya» so'zi aslida mo'g'ulcha, keyinchalik turkchadagi «tamg'a» so'zidan olinganligi ma'lum. Beruniy Beruniyning iqtisodiy g'oyalari. Buyuk qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy (973-1048) 150 dan ortiq asar yaratgan bo'lib, ularda mehnat boylikning asosi ekanligi to'g'risidagi g'oya asosiydir. Uning ko'pgina fikr va qarashlari bugungi kun uchun ham ahamiyatini yo'qotmagan. Olim yashagan davrdagi munosabatlar, ishlab chiqarishning yuksalganligi, savdo-sotiqning rivojlanishi, sug'orish inshooatlari-ning ishga tushirilishi ana shu davr uchun xos edi. Shu asosda Beruniyda kishilik ehtiyojlarining paydo bo'lishi va uni qondirish asoslari, mehnat va hunarga munosabatlari uyg'unlashib ketadi. Uning fikriga ko'ra, kishilar o'z zaruriy ehtiyojlarini qondirish uchun uyushgan holda yashash va ishlashga majburdirlar. Ehtiyojlar turli-tuman va ko'p bo'lganligi uchun insonlar birlashgan holda turar joy va shaharlar yaratishga intiladilar, deb hisoblaydi. Shuningdek, u davlatning paydo bo'lishini ham ehtiyoj tufayli deb o'ylagan. Eng muhim g'oya shuki, barcha qimmatli narsalar inson mehnati bilan yaratiladi va insonning qadr-qimmati uning avlod-ajdodlarining kim bo'lganligi emas, balki uning mehnati, aqliy va jismoniy mahorati bilan belgilanadi. Har bir davrning urf- odatlari o'ziga xos bladi va inson ahli ularga rioya qilmog'i darkordir, aks holda nizom va bir xillik yo'qolsa, tartib ham yo'q bo'ladi, deb uqtiradi buyuk donishmand. Olimning fikrlariga tayanib shunday muhim qisqacha xulosalar chiqarish mumkinki, inson erdagi bunyodkor va yaratuvchi kuchdir. Inson avvalo halol mehnati bilan ulug'lanadi, kishilik jamiyatining asl ibtidosi ham mehnatdandir. Beruniy qayd etishicha, bilimlarni egallamoq va hunar o'rganmoq uchun mehnat qilish zarur, bu esa doim davom etadigan va takomillashib boradigan jarayondir. U mehnatni turlarga ajratib, ularning har qaysisi alohida talab va ehtiyojlar asosida vujudga kelishini ko'rsatib berdi. Binokor, ko'mir qazuvchi, hunarmand, fan sohiblari mehnatini og'ir mehnat deb biladi. Ilm, ma'rifat zag'matkashlari mehnatiga ta'rif berish, ilm olish, o'qish eng kerakli mehnat ekanligini isbotlaydi. Shunga ko'ra olimlarning mehnatini qadrlash turli ilmlar ko'payishiga olib keladi. Olim
 
 
jamiyatning asosini moddiy ne'matlar uchun bo'lgan harakatlarda, mehnatda deb 
biladi.  
Qul mehnati, majburiy mehnatdan erkin kishilarning faoliyati usutunligi 
isbotlab beriladi (erkin bozor munosabatlarining asosi). Mehnatkashlarning xohish-
irodasiga qarshi, ularni majburlab ishlatishga qarshi bo'lgan, chunki bunday mehnat 
samarasi pastdir. Meros bo'lib avloddan avlodga o'tib keladigan hunarlar yuqori 
baholangan.  
Beruniy og'ir jismoniy mehnat qiluvchilar, ya'ni konda ishlovchilar, er ostida gavhar 
qidiruvchilar, dehqonlar to'g'risida, ularga berilishi kerak bo'lgan imtiyozlar va ish 
haqi haqida «Minerologiya» asarida keng muloaza yuritadi. Ayniqsa ochiq va er 
ostidagi kon ishlariga alohida e'tibor beriladi, yer osti konlarini mustahkamlash 
(falokat oldini olish uchun), yer osti suvlarini chiqarib tashlash, olingan rudani 
yuqoriga olib chiqish uchun maxsus moslamalardan foydalanish tavsiya etiladi. Kon 
atrofida konchilar qishlog'ini barpo etish zarurligi ko'rsatiladi.  
Yer osti boyliklarini qazib olish ishlari katta jismoniy mehnat, ixtirochilik, 
aqliy mehnat va bilim sarflashni talab etadi. Bu murakkab va og'ir ishlarni bajarish 
maxsus maktab, ularda ta'lim-tarbiya berish asosida yo'lga qo'yilmog'i kerak,deydi 
olim. Xuddi shu o'rinda Beruniy ilm ahllari, olimlar, tarbiyachilarning mehnati 
jamiyat uchun naqadar kerakli va zarurligini alohida uqtiradi. Beruniy ustalarning 
avoli, shogirdlarning faoliyati, ish haqlari borasida ham qimmatli g'oyalarni ilgari 
suradi, ish haqi miqdori samaradorlik bilan bevosita bog'lanadi. 
  
Olimning yozishicha: «Basrada billurdan idish-tovor va boshqa narsalar 
yasaydilar. Ish joyida belgilab-o'lchab beruvchi usta bo'lib, uning oldida billurning 
mayda va katta bo'lakchalari to'plangan. U ana shulardan chiroyli va keraklisini olib, 
undan eng chiroyli va yaxshi buyum yasashni o'ylab o'lchab belgilab chiqadi. 
Shundan keyin uni yasovchi hunarmandga beradi, bu birinchi usta aytganidek qilib 
buyumlarni yasay boshlaydi.  
Olim shu erda mehnat taqsimoti va uning ahamiyatini ko'rsatadi. Olim va 
mutaxassislar mehnatini mamlakat boshqaruvchilari tomonidan rag'banlantirib 
turish foydali ekanligi alohida ta'kidlanadi. Bu aslini olganda manfaatdorlik 
jamiyatning asosini moddiy ne'matlar uchun bo'lgan harakatlarda, mehnatda deb biladi. Qul mehnati, majburiy mehnatdan erkin kishilarning faoliyati usutunligi isbotlab beriladi (erkin bozor munosabatlarining asosi). Mehnatkashlarning xohish- irodasiga qarshi, ularni majburlab ishlatishga qarshi bo'lgan, chunki bunday mehnat samarasi pastdir. Meros bo'lib avloddan avlodga o'tib keladigan hunarlar yuqori baholangan. Beruniy og'ir jismoniy mehnat qiluvchilar, ya'ni konda ishlovchilar, er ostida gavhar qidiruvchilar, dehqonlar to'g'risida, ularga berilishi kerak bo'lgan imtiyozlar va ish haqi haqida «Minerologiya» asarida keng muloaza yuritadi. Ayniqsa ochiq va er ostidagi kon ishlariga alohida e'tibor beriladi, yer osti konlarini mustahkamlash (falokat oldini olish uchun), yer osti suvlarini chiqarib tashlash, olingan rudani yuqoriga olib chiqish uchun maxsus moslamalardan foydalanish tavsiya etiladi. Kon atrofida konchilar qishlog'ini barpo etish zarurligi ko'rsatiladi. Yer osti boyliklarini qazib olish ishlari katta jismoniy mehnat, ixtirochilik, aqliy mehnat va bilim sarflashni talab etadi. Bu murakkab va og'ir ishlarni bajarish maxsus maktab, ularda ta'lim-tarbiya berish asosida yo'lga qo'yilmog'i kerak,deydi olim. Xuddi shu o'rinda Beruniy ilm ahllari, olimlar, tarbiyachilarning mehnati jamiyat uchun naqadar kerakli va zarurligini alohida uqtiradi. Beruniy ustalarning avoli, shogirdlarning faoliyati, ish haqlari borasida ham qimmatli g'oyalarni ilgari suradi, ish haqi miqdori samaradorlik bilan bevosita bog'lanadi. Olimning yozishicha: «Basrada billurdan idish-tovor va boshqa narsalar yasaydilar. Ish joyida belgilab-o'lchab beruvchi usta bo'lib, uning oldida billurning mayda va katta bo'lakchalari to'plangan. U ana shulardan chiroyli va keraklisini olib, undan eng chiroyli va yaxshi buyum yasashni o'ylab o'lchab belgilab chiqadi. Shundan keyin uni yasovchi hunarmandga beradi, bu birinchi usta aytganidek qilib buyumlarni yasay boshlaydi. Olim shu erda mehnat taqsimoti va uning ahamiyatini ko'rsatadi. Olim va mutaxassislar mehnatini mamlakat boshqaruvchilari tomonidan rag'banlantirib turish foydali ekanligi alohida ta'kidlanadi. Bu aslini olganda manfaatdorlik
 
 
tamoyilining xuddi o'zidir. Uningcha, ayniqsa, erga ishlov berib, rizq-ro'z 
yaratuvchilarga mehribon bo'lish kerakligi ko'rsatiladi. Ana shu g'amxo'rlik 
oqibatida erga yaxshi ishlov beriladi va er hosildor bo'ladi, moddiy ne'matlar 
yaratiladi, ishlovchi va jamiyat manfaatlari bab-baravar himoya qilinadi (bu fikr 
XVIII asrda Adam Smit tomonidan to'laroq isbotlab berilgan). Moddiy ne'matlar esa 
tiriklik asosi. Ana shunday qilinganda hokimiyat ham mustahkam bo'ladi, deydi 
olim (bu erda davlatning iqtisodiyot bilan munosabati masalasi ko'tariladi).  
Agar kishilar to'q bo'lsa, davlat ham kuchlidir. Hukmdorlarning vazifasi yuqori 
tabaqalar bilan quyi tabaqalar o'rtasida haqiqatni, kuchli bilan kuchsiz o'rtasida 
tenglikni o'rnatishdan iboratdir, deb uqtiradi olim. Mehnatning ixtiriyligi, ozodligi, 
erkinligi kishilar o'rtasida hulq-atvor, hurmat-e'tibor uchun muhim va zarurdir. 
Bozor iqtisodiyotining eng zarur tamoyillaridan biri-bu tanlash va tadbirkorlik 
erkinligi masalasi ilgari surilgan. 
Yusuf Xos Hojib. Atoqli davlat arbobi, ilk turkiy dostonnavis Yusuf Xos Hojib 
1020 
yili 
Qoraxoniylarning 
markaziy 
shaharlaridan 
biri 
Bolasog'unda 
tug'ildi(olamdan o'tgan yili noma'lum). Bo'lajak mutafakkir o'z davridagi barcha 
bilimlarni, arab va forsiy tillar hamda undagi adabiyotlarni puxta egallaydi.  
U 1069-1070 yillar orasida «Qutadg'u bilig»(Qutga, ya'ni baxt saodatga erishtiruvchi 
bilim)asarini turk tilida yozib, Qoraxoniylar hukmdori Tabg'ochxon Bug'roxonga 
taqdim etadi. Xon Yusufga «Xos Hojib» (eshik og'asi ) degan martabani in'om etadi. 
Bu falsafiy didaktik asarda markazlashgan davlat tuzish, uni mustahkamlash, nizo 
va adolatga barham berish kabi ma'muriy- xo'jalik hamda ma'rifat, obodonchilik, 
moddiy-ma'naviy va boshqa adolatli hukmron, davlatni tadbir bilan boshqarish 
ishini o'rganish, kasb-hunar egallash, xalq g'amini eyish haqidagi fikrlar ilgari 
suriladi. Bizgacha donishmandning faqat bir asari etib kelgan, ammo bu asarda 
shunday durdonalar to'planganki, ularga qoyil qolmay iloj yo'q. Asar 13 ming misra 
(nasriy va nazmiy muqaddimadan tashqari)-73 bobdan iborat. Unda inson 
tafakkurining barcha jabalari bo'yicha so'z yuritiladi va nihoyatda qimmatli fikrlar 
bayon etilgan. Kitobda berilgan bu g'oyalar o'z davri uchun ham , hozirgi davr uchun 
ham nihoyatda qadrlidir. Ayniqsa iqtisodiyot masalalari bo'yicha davlat va raiyat 
tamoyilining xuddi o'zidir. Uningcha, ayniqsa, erga ishlov berib, rizq-ro'z yaratuvchilarga mehribon bo'lish kerakligi ko'rsatiladi. Ana shu g'amxo'rlik oqibatida erga yaxshi ishlov beriladi va er hosildor bo'ladi, moddiy ne'matlar yaratiladi, ishlovchi va jamiyat manfaatlari bab-baravar himoya qilinadi (bu fikr XVIII asrda Adam Smit tomonidan to'laroq isbotlab berilgan). Moddiy ne'matlar esa tiriklik asosi. Ana shunday qilinganda hokimiyat ham mustahkam bo'ladi, deydi olim (bu erda davlatning iqtisodiyot bilan munosabati masalasi ko'tariladi). Agar kishilar to'q bo'lsa, davlat ham kuchlidir. Hukmdorlarning vazifasi yuqori tabaqalar bilan quyi tabaqalar o'rtasida haqiqatni, kuchli bilan kuchsiz o'rtasida tenglikni o'rnatishdan iboratdir, deb uqtiradi olim. Mehnatning ixtiriyligi, ozodligi, erkinligi kishilar o'rtasida hulq-atvor, hurmat-e'tibor uchun muhim va zarurdir. Bozor iqtisodiyotining eng zarur tamoyillaridan biri-bu tanlash va tadbirkorlik erkinligi masalasi ilgari surilgan. Yusuf Xos Hojib. Atoqli davlat arbobi, ilk turkiy dostonnavis Yusuf Xos Hojib 1020 yili Qoraxoniylarning markaziy shaharlaridan biri Bolasog'unda tug'ildi(olamdan o'tgan yili noma'lum). Bo'lajak mutafakkir o'z davridagi barcha bilimlarni, arab va forsiy tillar hamda undagi adabiyotlarni puxta egallaydi. U 1069-1070 yillar orasida «Qutadg'u bilig»(Qutga, ya'ni baxt saodatga erishtiruvchi bilim)asarini turk tilida yozib, Qoraxoniylar hukmdori Tabg'ochxon Bug'roxonga taqdim etadi. Xon Yusufga «Xos Hojib» (eshik og'asi ) degan martabani in'om etadi. Bu falsafiy didaktik asarda markazlashgan davlat tuzish, uni mustahkamlash, nizo va adolatga barham berish kabi ma'muriy- xo'jalik hamda ma'rifat, obodonchilik, moddiy-ma'naviy va boshqa adolatli hukmron, davlatni tadbir bilan boshqarish ishini o'rganish, kasb-hunar egallash, xalq g'amini eyish haqidagi fikrlar ilgari suriladi. Bizgacha donishmandning faqat bir asari etib kelgan, ammo bu asarda shunday durdonalar to'planganki, ularga qoyil qolmay iloj yo'q. Asar 13 ming misra (nasriy va nazmiy muqaddimadan tashqari)-73 bobdan iborat. Unda inson tafakkurining barcha jabalari bo'yicha so'z yuritiladi va nihoyatda qimmatli fikrlar bayon etilgan. Kitobda berilgan bu g'oyalar o'z davri uchun ham , hozirgi davr uchun ham nihoyatda qadrlidir. Ayniqsa iqtisodiyot masalalari bo'yicha davlat va raiyat
 
 
munosabatlari sinchiklab o'rganilgan. Asar 18 oy- bir yarim yilda yozib tugallangan 
(Bolasog'unda boshlangan va Qashqarda nioyalangan) bo'lsa ham, uni yaratish 
uchun juda uzoq vaqt tayyorgarlik ko'rilgan.  
Donishmand fikricha, ezgu orzularga faqat toat- ibodat bilangina etishib 
bo'lmaydi. Buning uchun talay ezgu ishlar qilish, foydali faoliyat ko'rsatish kerak, 
degan fikrni ilgari suradi. Borliq haqidagi bilimlarga to'qnashib, odam bilishi 
mumkin bo'lmagan narsa, bilim bilan echilmaydigan jumboq yo'q, bilim tufayli 
osmon sari ham yo'l ochiladi, deydi. Bilish uchun esa tinmasdan o'rganish lozim, 
deb uqtiradi.  
Taniqli iqtisodchi Adam Smitning iqtisodiy ta'limotga ko'ra (XVIII asr), 
mamlakatni iqtisodiy bo'hrondan chiqarish uchun 3 narsa:  
1. Tinchlik-osoyishtalik;  
2. Me'yoridagi soliqlar;  
3. Iqtisodiy erkin faoliyat yuritish imkoni talab etiladi. Ana shu g'oya aslida bizning 
mutafakkir tomonidan etti asr avval bayon etilgan.  
Xalq, raiyat (soliq to'lovchilar) mamlakat hukmdoridan uch narsani kutadi, deb 
uqtiradi Yusuf Xos Hojib, bular: 1) pulning qadrini ko'tarish yoki (ushlab turish); 2) 
xalqqa xususiy mulk huquqini ta'minlovchi qonunlarni joriy etish va 3) yo'llarni 
o'g'ri-qaroqchilardan muhofaza qilish. Shoh esa fuqarolardan soliqni vaqtida 
to'lashni (hozirgi kunda ham nihoyatda dolzarb), chiqargan farmon qonunlarini 
bajarish hamda do'stiga do'st, dushmanga dushman bo'lishni talab qiladi, deb yozadi. 
Ko'rinib turibdiki, bunda jamiyat va siyosiy hokimiyat o'zaro mutanosib bo'lishi 
zarurligi g'oyasi aniq ifoda etiladi.  
Pulning qadrli bo'lishi haqidagi g'oya, aslini olganda inflyasiya muammosi 
bilan chambarchas bog'liq, baholarning m'tadilligi ham ta'min etiladi. U o'z 
navbatida inqirozsiz iqtisodiyot, erkin muomaladagi valyuta masalalariga borib 
taqaladi.  
Xususiy mulk huquqini ta'minlash bozor munosabatlarining bosh unsuridir, mulkka 
egallik hissi taraqqiyot omili sifatida butun jaon rivoji asosida isbotlangan va hozirgi 
davrda respublikamizda ham jadallik bilan amalga oshirilmoqda. Davlat, umumxalq 
munosabatlari sinchiklab o'rganilgan. Asar 18 oy- bir yarim yilda yozib tugallangan (Bolasog'unda boshlangan va Qashqarda nioyalangan) bo'lsa ham, uni yaratish uchun juda uzoq vaqt tayyorgarlik ko'rilgan. Donishmand fikricha, ezgu orzularga faqat toat- ibodat bilangina etishib bo'lmaydi. Buning uchun talay ezgu ishlar qilish, foydali faoliyat ko'rsatish kerak, degan fikrni ilgari suradi. Borliq haqidagi bilimlarga to'qnashib, odam bilishi mumkin bo'lmagan narsa, bilim bilan echilmaydigan jumboq yo'q, bilim tufayli osmon sari ham yo'l ochiladi, deydi. Bilish uchun esa tinmasdan o'rganish lozim, deb uqtiradi. Taniqli iqtisodchi Adam Smitning iqtisodiy ta'limotga ko'ra (XVIII asr), mamlakatni iqtisodiy bo'hrondan chiqarish uchun 3 narsa: 1. Tinchlik-osoyishtalik; 2. Me'yoridagi soliqlar; 3. Iqtisodiy erkin faoliyat yuritish imkoni talab etiladi. Ana shu g'oya aslida bizning mutafakkir tomonidan etti asr avval bayon etilgan. Xalq, raiyat (soliq to'lovchilar) mamlakat hukmdoridan uch narsani kutadi, deb uqtiradi Yusuf Xos Hojib, bular: 1) pulning qadrini ko'tarish yoki (ushlab turish); 2) xalqqa xususiy mulk huquqini ta'minlovchi qonunlarni joriy etish va 3) yo'llarni o'g'ri-qaroqchilardan muhofaza qilish. Shoh esa fuqarolardan soliqni vaqtida to'lashni (hozirgi kunda ham nihoyatda dolzarb), chiqargan farmon qonunlarini bajarish hamda do'stiga do'st, dushmanga dushman bo'lishni talab qiladi, deb yozadi. Ko'rinib turibdiki, bunda jamiyat va siyosiy hokimiyat o'zaro mutanosib bo'lishi zarurligi g'oyasi aniq ifoda etiladi. Pulning qadrli bo'lishi haqidagi g'oya, aslini olganda inflyasiya muammosi bilan chambarchas bog'liq, baholarning m'tadilligi ham ta'min etiladi. U o'z navbatida inqirozsiz iqtisodiyot, erkin muomaladagi valyuta masalalariga borib taqaladi. Xususiy mulk huquqini ta'minlash bozor munosabatlarining bosh unsuridir, mulkka egallik hissi taraqqiyot omili sifatida butun jaon rivoji asosida isbotlangan va hozirgi davrda respublikamizda ham jadallik bilan amalga oshirilmoqda. Davlat, umumxalq
 
 
mulkiga ommoviy o'tishning salbiy oqibatlarini sobiq sho'rolar davrida boshimizdan 
kechirganmiz.  
Yo'llarni o'g'rilardan muhofaza qilish ichki va ayniqsa tashqi savdo (eksport-
import)ni ta'minlash va qo'llab-quvvatlashning o'zginasidir. Bu erda savdoning xalq 
xo'jaligi uchun ustuvor ahamiyati to'g'risida gap yuritiladi.  
Hozirgi davrda bu g'oyalar mustaqil O'zbekiston iqtisodiy siyosatining asosini 
tashkil etadi. Bu g'oyalarning amaliy ahamiyati ayniqsa Sohibqiron Amir Temur 
faoliyatida yorqin namoyon bo'lgan.  
Yusuf Xos Hojib barcha imtiyozlardan mahrum kambag'al tabaqalar ahvoliga 
achinish hissini izhor qiladi. Donishmand hokimlarni quyi tabaqa vakillarini ularga 
nisbatan mehr shafqatli, insof-adolatli, marhamatli bo'lishiga, ayni paytda raiyatni 
hokimlarga bo'ysunuvchi, sadoqatli bo'lishiga chaqiradi. Mana shunday kelishtirish 
yo'li bilan osoyishta hayotga erishishga umid bildiriladi (bu esa iqtisodiy rivoj uchun 
ham zaruriy shartdir).  
Kitobdagi g'oyalar dunyodagi hamma ishlarda qo'l keladi. Unda mulk 
tutishning siru-asrorlari, mamlakatni idora qilish tartibi, sharti, shuningdek, molu-
mulk, el-yurtning mangu qolishi, gullab - yashnashi va uning xarob blish belgilari 
berilgan. Mutafakkir ayniqsa kasb-hunar ahlining faoliyatini yuqori baholaydi. «Bir 
yigitga qirq hunar oz» bobi xuddi shu masalaga bag'ishlangan. Vazir, qo'mondon, 
elchi va boshqa hukmdorlarning faoliyat mezonlari diqqatga sazovordir.  
Masalan, «Vazir ko'zining to'q bo'lishi uni har xil mol-mulk oldida 
suqlanishdan asraydi. Ko'zi och odam bor olamni esa ham tymaydi», deydi olim. 
Dehqon, savdogar, chorvador, oddiy mehnatkash ahli to'g'risida nodir fikrlar 
bildiriladi. «Bular bilan yaqin bo'lgin hamisha, to tomoq tashvishin bilmasdan 
yasha», deb aytiladi.  
Ayniqsa bilim va aql-idrokka, shu soha sohiblariga katta e'tibor beriladi. «Odamzod 
naslining ulug'ligi bilimdan. U aql-idrok tufayli ne-ne tugunlarni echishga qodir», 
deb yozadi alloma.  
Aql-idrok egalarining nafi har doim ko'pchilikka tegib turadi. Bilim egalari esa 
elda aziz bo'ladi, hurmat qozonadi. Butun ishlar o'quv-idrok bilan amalga oshadi. 
mulkiga ommoviy o'tishning salbiy oqibatlarini sobiq sho'rolar davrida boshimizdan kechirganmiz. Yo'llarni o'g'rilardan muhofaza qilish ichki va ayniqsa tashqi savdo (eksport- import)ni ta'minlash va qo'llab-quvvatlashning o'zginasidir. Bu erda savdoning xalq xo'jaligi uchun ustuvor ahamiyati to'g'risida gap yuritiladi. Hozirgi davrda bu g'oyalar mustaqil O'zbekiston iqtisodiy siyosatining asosini tashkil etadi. Bu g'oyalarning amaliy ahamiyati ayniqsa Sohibqiron Amir Temur faoliyatida yorqin namoyon bo'lgan. Yusuf Xos Hojib barcha imtiyozlardan mahrum kambag'al tabaqalar ahvoliga achinish hissini izhor qiladi. Donishmand hokimlarni quyi tabaqa vakillarini ularga nisbatan mehr shafqatli, insof-adolatli, marhamatli bo'lishiga, ayni paytda raiyatni hokimlarga bo'ysunuvchi, sadoqatli bo'lishiga chaqiradi. Mana shunday kelishtirish yo'li bilan osoyishta hayotga erishishga umid bildiriladi (bu esa iqtisodiy rivoj uchun ham zaruriy shartdir). Kitobdagi g'oyalar dunyodagi hamma ishlarda qo'l keladi. Unda mulk tutishning siru-asrorlari, mamlakatni idora qilish tartibi, sharti, shuningdek, molu- mulk, el-yurtning mangu qolishi, gullab - yashnashi va uning xarob blish belgilari berilgan. Mutafakkir ayniqsa kasb-hunar ahlining faoliyatini yuqori baholaydi. «Bir yigitga qirq hunar oz» bobi xuddi shu masalaga bag'ishlangan. Vazir, qo'mondon, elchi va boshqa hukmdorlarning faoliyat mezonlari diqqatga sazovordir. Masalan, «Vazir ko'zining to'q bo'lishi uni har xil mol-mulk oldida suqlanishdan asraydi. Ko'zi och odam bor olamni esa ham tymaydi», deydi olim. Dehqon, savdogar, chorvador, oddiy mehnatkash ahli to'g'risida nodir fikrlar bildiriladi. «Bular bilan yaqin bo'lgin hamisha, to tomoq tashvishin bilmasdan yasha», deb aytiladi. Ayniqsa bilim va aql-idrokka, shu soha sohiblariga katta e'tibor beriladi. «Odamzod naslining ulug'ligi bilimdan. U aql-idrok tufayli ne-ne tugunlarni echishga qodir», deb yozadi alloma. Aql-idrok egalarining nafi har doim ko'pchilikka tegib turadi. Bilim egalari esa elda aziz bo'ladi, hurmat qozonadi. Butun ishlar o'quv-idrok bilan amalga oshadi.
 
 
Barcha murakkab ishlar bilish bilan hal etiladi. Ko'rinib turibdiki, yurtimizda 
iqtisodiy rivojlanish bo'yicha tanlangan o'z yo'nalishimizda ham yoshlarning bilim 
olishiga, jahon xalqlari tajribasini o'rganishga keng imkoniyatlar yaratilayotir. Bu 
tanlangan yo'limizning to'g'riligidan dalolat beradi.  
 
4- AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRIDAGI IQTISODIY 
G`OYALAR VA IQTISODIY SIYOSAT 
Amir Temur va uning avlodlari davrida markazlashgan davlat barpo etildi, 
iqtisodiyotning barcha sohalarida (hunarmandchilik, qurilish, qishloq xo'jaligi, 
ayniqsa savdoda) muhim yutuqlar qo'lga kiritildi. Bunga to'g'ri tanlab olingan 
iqtisodiy g'oyalar va iqtisodiy siyosat yordam berdi.  
Amir Temur (1336-1405) davlat va iqtisodiyotni boshqarishda o'ziga xos 
maktab yaratgandi. Sohibqiron davlatida devoni buzurg (bosh vazir) dan tashqari har 
bir viloyatda Devon deyiluvchi boshqarma bo'lgan. U davlatning butkul ishlarini: 
soliq yig'ish, tartib saqlashni, ijtimoiy binolar - bozorlar, hammomlar, yo'llar, suv 
inshootlari tarmoqlarini nazorat qilardi.  
Xalqning hulq-ahloqi kuzatib turilardi. Uning xodimlari 
vaqti-vaqti bilan so'roq, tekshirish, taftish va tergov ishlarini 
olib borishardi. Ayniqsa, toshu-tarozi to'g'riligi, odil baho 
tekshirilgan, qallob va tovlamachilar qat'iy jazolangan, eng 
muhimi bu ish to'ppa-to'g'ri bozorda, xalq oldida amalga 
oshirilgan. Savdogarlarga olib kelingan mol ustiga 10 foiz 
narx qo'yish mumkin bo'lgan. Temur saltanatini idora qilish 
uchun turli vazirlar faoliyat ko'rsatgan. Shunday vazirlardan birinchisiga yer 
soliqlari, boj, o'lpon-soliq undirish hamda mirshablik yumushlarini boshqarish 
yuklatilgan. Bu vazir  
  Amir Temur   mamlakatdagi muhim ishlarni, kundalik muammolarni hal qilgan, 
raiyat ahvolini kuzatgan, viloyatlardan olingan hosil, soliq, o'lponlarni taqsimlagan.  
Barcha murakkab ishlar bilish bilan hal etiladi. Ko'rinib turibdiki, yurtimizda iqtisodiy rivojlanish bo'yicha tanlangan o'z yo'nalishimizda ham yoshlarning bilim olishiga, jahon xalqlari tajribasini o'rganishga keng imkoniyatlar yaratilayotir. Bu tanlangan yo'limizning to'g'riligidan dalolat beradi. 4- AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRIDAGI IQTISODIY G`OYALAR VA IQTISODIY SIYOSAT Amir Temur va uning avlodlari davrida markazlashgan davlat barpo etildi, iqtisodiyotning barcha sohalarida (hunarmandchilik, qurilish, qishloq xo'jaligi, ayniqsa savdoda) muhim yutuqlar qo'lga kiritildi. Bunga to'g'ri tanlab olingan iqtisodiy g'oyalar va iqtisodiy siyosat yordam berdi. Amir Temur (1336-1405) davlat va iqtisodiyotni boshqarishda o'ziga xos maktab yaratgandi. Sohibqiron davlatida devoni buzurg (bosh vazir) dan tashqari har bir viloyatda Devon deyiluvchi boshqarma bo'lgan. U davlatning butkul ishlarini: soliq yig'ish, tartib saqlashni, ijtimoiy binolar - bozorlar, hammomlar, yo'llar, suv inshootlari tarmoqlarini nazorat qilardi. Xalqning hulq-ahloqi kuzatib turilardi. Uning xodimlari vaqti-vaqti bilan so'roq, tekshirish, taftish va tergov ishlarini olib borishardi. Ayniqsa, toshu-tarozi to'g'riligi, odil baho tekshirilgan, qallob va tovlamachilar qat'iy jazolangan, eng muhimi bu ish to'ppa-to'g'ri bozorda, xalq oldida amalga oshirilgan. Savdogarlarga olib kelingan mol ustiga 10 foiz narx qo'yish mumkin bo'lgan. Temur saltanatini idora qilish uchun turli vazirlar faoliyat ko'rsatgan. Shunday vazirlardan birinchisiga yer soliqlari, boj, o'lpon-soliq undirish hamda mirshablik yumushlarini boshqarish yuklatilgan. Bu vazir Amir Temur mamlakatdagi muhim ishlarni, kundalik muammolarni hal qilgan, raiyat ahvolini kuzatgan, viloyatlardan olingan hosil, soliq, o'lponlarni taqsimlagan.
 
 
Ikkinchi vazir sipoh vaziri hisoblanib, sipohiylarning maoshlari va tanho (bu erda - 
toju-taxt uchun qilgan xizmatlari evaziga beriladigan in'om ma'nosida)larni 
boshqargan.  
Uchinchi vazir esa egasiz qolgan, o'lib ketgan va qochganlarga tegishli mollarni, 
kelib-ketayotganlar, savdogarlar mol-mulkidan olinadigan zakot va bojlarni, 
mamlakat chorvasini boshqarib, bularning barchasida to'plangan daromadlarni 
omonat tarzida saqlagan. Agar g'oyib bo'lganlar va vafot etganlarning mol-mulki 
bo'lsa, ularni o'z merosxo'rlariga topshirgan.  
To'rtinchi vazir saltanat ishlarini yurituvchi vazir bo'lib, u saltanatdagi jami 
idoralarning kirim-chiqimlari, xazinadan sarf qilingan harajat, hatto otxona va 
saroydagi boshqa jonzotlarga qilingan harajatlardan ogoh bo'lib borgan. Vazirlar 
Devonbegiga bo'ysungan.  
Sohibqiron Amir Temur, jumladan, shunday degan edilar: «Amr qildimki, 
sadrlar sadri (sadr, vaqf erlar va vaqf etilgan boshqa mulkning hisob-kitobini olib 
boruvchi mansabdor) sayyidlar va boshqa arboblarga suyurg'ol tariqasida berilgan 
erlar va vaqflarning ahvolini, ularning vazifalarini qay darajada ado 
etayotganliklarini tekshirib, menga arz qilib tursin... Saltanatning har bir idorasida 
kirim-chiqimlarni, kundalik harajatlarni yozib borish uchun bir kitob tayinlansin».  
Sohibqiron davrida erga egalikning beshta asosiy ko'rinishi bo'lgan:  
1. Suyurg'ol yyerlar. Katta hajmdagi bu yerlar davlat tomonidan ajratib berilib, 
bir avloddan ikkinchisiga o'tgan. Suyurg'ol egasi markaziy xazinaga 
to'lanadigan soliqdan ozod qilingan. Bunday yer egalari dehqonlarni ishlatib, 
yer solig'i - xiroj olganlar.  
2. Tarxon yerlar. Bu yerlar xususiy mulk bo'lib, ular odamlarga biron-bir xizmati 
uchun berilgan.  
3. Ushr yerlar. Sayyid va xo'jalarga mansub yerlardir. Bundan olingan hosilning 
undan biri davlatga berilgan.  
4. Vaqf erlar, masjid, madrasa, xonaqoh, qabriston va shu singari joylarga doir 
yerlardir. Vaqfda er, suv, bozor, qul, pullar va boshqalar mol-mulki bilan 
in'om etilardi. Masalan, Amir Temurning Axmad Yassaviy uchun qurdirgan 
Ikkinchi vazir sipoh vaziri hisoblanib, sipohiylarning maoshlari va tanho (bu erda - toju-taxt uchun qilgan xizmatlari evaziga beriladigan in'om ma'nosida)larni boshqargan. Uchinchi vazir esa egasiz qolgan, o'lib ketgan va qochganlarga tegishli mollarni, kelib-ketayotganlar, savdogarlar mol-mulkidan olinadigan zakot va bojlarni, mamlakat chorvasini boshqarib, bularning barchasida to'plangan daromadlarni omonat tarzida saqlagan. Agar g'oyib bo'lganlar va vafot etganlarning mol-mulki bo'lsa, ularni o'z merosxo'rlariga topshirgan. To'rtinchi vazir saltanat ishlarini yurituvchi vazir bo'lib, u saltanatdagi jami idoralarning kirim-chiqimlari, xazinadan sarf qilingan harajat, hatto otxona va saroydagi boshqa jonzotlarga qilingan harajatlardan ogoh bo'lib borgan. Vazirlar Devonbegiga bo'ysungan. Sohibqiron Amir Temur, jumladan, shunday degan edilar: «Amr qildimki, sadrlar sadri (sadr, vaqf erlar va vaqf etilgan boshqa mulkning hisob-kitobini olib boruvchi mansabdor) sayyidlar va boshqa arboblarga suyurg'ol tariqasida berilgan erlar va vaqflarning ahvolini, ularning vazifalarini qay darajada ado etayotganliklarini tekshirib, menga arz qilib tursin... Saltanatning har bir idorasida kirim-chiqimlarni, kundalik harajatlarni yozib borish uchun bir kitob tayinlansin». Sohibqiron davrida erga egalikning beshta asosiy ko'rinishi bo'lgan: 1. Suyurg'ol yyerlar. Katta hajmdagi bu yerlar davlat tomonidan ajratib berilib, bir avloddan ikkinchisiga o'tgan. Suyurg'ol egasi markaziy xazinaga to'lanadigan soliqdan ozod qilingan. Bunday yer egalari dehqonlarni ishlatib, yer solig'i - xiroj olganlar. 2. Tarxon yerlar. Bu yerlar xususiy mulk bo'lib, ular odamlarga biron-bir xizmati uchun berilgan. 3. Ushr yerlar. Sayyid va xo'jalarga mansub yerlardir. Bundan olingan hosilning undan biri davlatga berilgan. 4. Vaqf erlar, masjid, madrasa, xonaqoh, qabriston va shu singari joylarga doir yerlardir. Vaqfda er, suv, bozor, qul, pullar va boshqalar mol-mulki bilan in'om etilardi. Masalan, Amir Temurning Axmad Yassaviy uchun qurdirgan
 
 
vaqfnomasi katta ahamiyatga ega. Ahmad Yassaviy va boshqa avliyolar, din 
peshvolarining maqbaralari uchun vaqfdan mablag' ajratilgan.  
5. Askarlarga, askarlarning rahbarlariga beriladigan yerlar.  
Kimdakim biron sahroni obod qilsa yoki qoriz (yer osti suvlarini tortib chiqarish 
uchun qurilgan inshoot) qursa, biron bog' ko'kartirsa yohud birorta xarob bo'lib 
yotgan joyni obod qilsa, birinchi yili undan hech narsa olmaganlar. Ikkinchi yili 
raiyat o'z roziligi bilan berganini olgan. Uchinchi yildagina soliq qonun-qoidasiga 
muvofiq xiroj yig'ilgan.  
Amir Temur kattayu kichik har bir shahar, har bir qishloqda masjid, madrasa 
va xonaqohlar bino qilishni, faqiru miskinlarga langarxona (yo'lovchilar qo'nib 
o'tadigan, kambag'al etim-esirlarga ovqat beriladigan joy), g'aribxona qurishni, 
kasallar uchun shifoxona bunyod etishni va ularda ishlash uchun tabiblar tayinlashni 
buyurgan edi.  
Amir Temur Angliya va Farangiston qirollariga murojaat qilib, xalqaro savdo 
aloqalarini rivojlantirdi. Markaziy Osiyo orqali o'tadigan Buyuk ipak yo'lida 
karvonlarning xavfsizligini ta'minladi. Mashriqdan mag'ribgacha bo'lgan savdo-
sotiq ishlarini kuchaytirib, turli ravotlar, karvonsaroylar, savdo rastalari qurdirdi.  
Sohibqiron 1365-1366 yilning qishida Qarshi shahrining atrofini, 1370 yili 
Samarqandni devor bilan o'rab, qo'rg'on bunyod ettirgan. 1380 yilda Shahrisabzda 
Oqsaroyni qurishga kirishib, shahar atrofini devor bilan o'ragan. Bu misollar aytib 
turibdiki, devor va qo'rg'onlar bekorga barpo bo'lmagan. Ular chegara vazifasini 
o'tab, shahar aholisini do'st-dushmandan, bordi-keldidan muhofaza qilgan. Qarshi 
so'zi ichkari va tashqari degan ma'nolarga egadir. Ma'lumki, Amir Temur 
saltanatining chegarasi harbiy yurishlar vaqtida beqaror edi, lekin shunday bo'lishiga 
qaramay, uning yurtidan biron-bir narsa tashqariga so'roqsiz olib chiqib ketilmagan. 
Jahongir bu haqda: «Mamlakatni himoya qilib, dushmanni yo'latmagan navkarni 
yuqori martabaga ko'tarib, hurmatlasinlar. O'g'ri va qaroqchilarni jazolasinlar, 
fasodchi, buzuqi, nafsi yomon kishilarni mamlakatdan haydasinlar. Atrofdan 
kirgan-chiqqan mol-mulk, chetdan kirgan va chetga chiqadigan yot kishilar, har 
mamlakatdan kelgan karvonlar va hukmdorlik haqidagi xabarlar qo'shni podsholar, 
vaqfnomasi katta ahamiyatga ega. Ahmad Yassaviy va boshqa avliyolar, din peshvolarining maqbaralari uchun vaqfdan mablag' ajratilgan. 5. Askarlarga, askarlarning rahbarlariga beriladigan yerlar. Kimdakim biron sahroni obod qilsa yoki qoriz (yer osti suvlarini tortib chiqarish uchun qurilgan inshoot) qursa, biron bog' ko'kartirsa yohud birorta xarob bo'lib yotgan joyni obod qilsa, birinchi yili undan hech narsa olmaganlar. Ikkinchi yili raiyat o'z roziligi bilan berganini olgan. Uchinchi yildagina soliq qonun-qoidasiga muvofiq xiroj yig'ilgan. Amir Temur kattayu kichik har bir shahar, har bir qishloqda masjid, madrasa va xonaqohlar bino qilishni, faqiru miskinlarga langarxona (yo'lovchilar qo'nib o'tadigan, kambag'al etim-esirlarga ovqat beriladigan joy), g'aribxona qurishni, kasallar uchun shifoxona bunyod etishni va ularda ishlash uchun tabiblar tayinlashni buyurgan edi. Amir Temur Angliya va Farangiston qirollariga murojaat qilib, xalqaro savdo aloqalarini rivojlantirdi. Markaziy Osiyo orqali o'tadigan Buyuk ipak yo'lida karvonlarning xavfsizligini ta'minladi. Mashriqdan mag'ribgacha bo'lgan savdo- sotiq ishlarini kuchaytirib, turli ravotlar, karvonsaroylar, savdo rastalari qurdirdi. Sohibqiron 1365-1366 yilning qishida Qarshi shahrining atrofini, 1370 yili Samarqandni devor bilan o'rab, qo'rg'on bunyod ettirgan. 1380 yilda Shahrisabzda Oqsaroyni qurishga kirishib, shahar atrofini devor bilan o'ragan. Bu misollar aytib turibdiki, devor va qo'rg'onlar bekorga barpo bo'lmagan. Ular chegara vazifasini o'tab, shahar aholisini do'st-dushmandan, bordi-keldidan muhofaza qilgan. Qarshi so'zi ichkari va tashqari degan ma'nolarga egadir. Ma'lumki, Amir Temur saltanatining chegarasi harbiy yurishlar vaqtida beqaror edi, lekin shunday bo'lishiga qaramay, uning yurtidan biron-bir narsa tashqariga so'roqsiz olib chiqib ketilmagan. Jahongir bu haqda: «Mamlakatni himoya qilib, dushmanni yo'latmagan navkarni yuqori martabaga ko'tarib, hurmatlasinlar. O'g'ri va qaroqchilarni jazolasinlar, fasodchi, buzuqi, nafsi yomon kishilarni mamlakatdan haydasinlar. Atrofdan kirgan-chiqqan mol-mulk, chetdan kirgan va chetga chiqadigan yot kishilar, har mamlakatdan kelgan karvonlar va hukmdorlik haqidagi xabarlar qo'shni podsholar,
 
 
ularning gaplari, ishlari uzoq o'lkalardan bo'lib, mening dargohimda yuzlangan 
ulamo, fuzalo haqidagi batafsil xabarlarni (xabarnavislar) rostlik, to'g'rilik bilan 
menga yozib tursinlar. Xabarlarni kunma-kun, haftama-hafta, oyma-oy mening 
arzimga etkazib tursinlar», degan edi. Mazkur vazifalarni bajarmoq uchun har bir 
shahar va qishloqda qutvol (qal'a boshlig'i) tayinlanib, ular sipoh va raiyatga 
soqchilik qilganlar va yana yo'l ustiga kuzatuvchilar, zobit (idora etuvchi, 
boshqaruvchi, qo'shin boshlig'i)lar tayinlanib, ular yo'llarni qo'riqlab, o'tkinchilar, 
savdogarlar, musofirlarni kuzatib, mol-mulki va boshqa narsalarini manzildan-
manzilga etkazib qo'yganlar. Yo'l ustida bironta odamning biror narsasi yo'qolsa, 
o'zi o'ldirilsa yoki boshqa kor-hol yuz bersa, buning uchun javob berish ularning 
zimmasida bo'lgan.  
Buyuk jahongirning mana bu so'zlari yanada qimmatliroqdir: «Har mamlakat 
va diyor sayohatchilari musofirlarining boshini siladimki, turli mamlakatlardan 
menga xabar keltirib turdilar. Har bir mamlakat va diyorga savdogarlar va 
karvonboshilar tayinladimki, ular qaerga borishmasin: Xitoy, Xo'tan, Chinu 
Mochin, Hindiston, Arab mamlakatlari, Misr, Shom, Rum, Jazoir, Farangiston 
(Ovrupa), u erlarning nafis matolari va munosib tuxfalaridan keltirishsin. O'sha 
mamlakatda yashovchi kishilarning hol-ahvoli, turish-turmushlari haqida menga 
xabar olib kelsinlar, har bir mamlakat hukmdorining o'z raiyatiga qanday muomala-
yu munosabatda ekanligini aniqlasinlar».  
Amir Temur davrida ulufa (oziq-ovqat, maosh, soliq turi) berish quyidagicha 
edi. Amirlar, mingboshilar, yuzboshilar, o'nboshilar va sipohiylarga ushbu tartibda 
maosh berilgan: oddiy sipohiyga o'z vazifasini o'rinlatib bajarish sharti bilan maoshi 
mingan otining bahosiga teng bo'lgan. Bahodirlarning maoshi ikki ot bahosidan to'rt 
otgacha tayinlangan. O'nboshilar maoshi qo'l ostidagi oddiy sipohiylarnikidan o'n 
barobar ortiq bo'lgan. Yuzboshilar maoshi o'nboshilarnikiga qaraganda ikki barobar, 
mingboshilarniki esa yuzboshilarnikidan uch barobar ziyoda edi. Chorpilchor (urush 
vaqtida) xatoga yo'l qo'ygan sipohiylarning maoshi o'ndan birga kamaytirilgan. 
O'nboshi yuzboshi tasdig'i bilan, yuzboshi mingboshining tasdig'i bilan, mingboshi 
bosh amir tasdig'i bilan ulufa olganlar. Bosh amir - amir-ul-umaroning maoshi qo'l 
ularning gaplari, ishlari uzoq o'lkalardan bo'lib, mening dargohimda yuzlangan ulamo, fuzalo haqidagi batafsil xabarlarni (xabarnavislar) rostlik, to'g'rilik bilan menga yozib tursinlar. Xabarlarni kunma-kun, haftama-hafta, oyma-oy mening arzimga etkazib tursinlar», degan edi. Mazkur vazifalarni bajarmoq uchun har bir shahar va qishloqda qutvol (qal'a boshlig'i) tayinlanib, ular sipoh va raiyatga soqchilik qilganlar va yana yo'l ustiga kuzatuvchilar, zobit (idora etuvchi, boshqaruvchi, qo'shin boshlig'i)lar tayinlanib, ular yo'llarni qo'riqlab, o'tkinchilar, savdogarlar, musofirlarni kuzatib, mol-mulki va boshqa narsalarini manzildan- manzilga etkazib qo'yganlar. Yo'l ustida bironta odamning biror narsasi yo'qolsa, o'zi o'ldirilsa yoki boshqa kor-hol yuz bersa, buning uchun javob berish ularning zimmasida bo'lgan. Buyuk jahongirning mana bu so'zlari yanada qimmatliroqdir: «Har mamlakat va diyor sayohatchilari musofirlarining boshini siladimki, turli mamlakatlardan menga xabar keltirib turdilar. Har bir mamlakat va diyorga savdogarlar va karvonboshilar tayinladimki, ular qaerga borishmasin: Xitoy, Xo'tan, Chinu Mochin, Hindiston, Arab mamlakatlari, Misr, Shom, Rum, Jazoir, Farangiston (Ovrupa), u erlarning nafis matolari va munosib tuxfalaridan keltirishsin. O'sha mamlakatda yashovchi kishilarning hol-ahvoli, turish-turmushlari haqida menga xabar olib kelsinlar, har bir mamlakat hukmdorining o'z raiyatiga qanday muomala- yu munosabatda ekanligini aniqlasinlar». Amir Temur davrida ulufa (oziq-ovqat, maosh, soliq turi) berish quyidagicha edi. Amirlar, mingboshilar, yuzboshilar, o'nboshilar va sipohiylarga ushbu tartibda maosh berilgan: oddiy sipohiyga o'z vazifasini o'rinlatib bajarish sharti bilan maoshi mingan otining bahosiga teng bo'lgan. Bahodirlarning maoshi ikki ot bahosidan to'rt otgacha tayinlangan. O'nboshilar maoshi qo'l ostidagi oddiy sipohiylarnikidan o'n barobar ortiq bo'lgan. Yuzboshilar maoshi o'nboshilarnikiga qaraganda ikki barobar, mingboshilarniki esa yuzboshilarnikidan uch barobar ziyoda edi. Chorpilchor (urush vaqtida) xatoga yo'l qo'ygan sipohiylarning maoshi o'ndan birga kamaytirilgan. O'nboshi yuzboshi tasdig'i bilan, yuzboshi mingboshining tasdig'i bilan, mingboshi bosh amir tasdig'i bilan ulufa olganlar. Bosh amir - amir-ul-umaroning maoshi qo'l
 
 
ostidagilardan o'n barobar, devonbegi va vazirlarning maoshlari amirlarnikidan o'n 
barobar ortiq bo'lgan. Yasovul (xonlarning kichik xizmatchisi, qo'riqchi), chopovul 
(chopqunchi, asosan tunda o'tkaziladigan bosqin qatnashchisi), kalakchi (aholidan 
yig'ilgan hosildan xiroj miqdorini belgilovchi mansabdor)larning maoshi xizmatiga 
yarasha, mingdan o'n ming tangagacha bo'lgan. Sayyidlar, olimlar, fozil kishilar, 
hakimlar, tabiblar, munajjimlar, qissaxonlar, xabarchilar, tarixdonlarning o'z 
hollariga qarab suyurg'ol, vazifa va maosh belgilangan. Xizmatchilar, farrosh (bu 
erda palos to'shovchi ma'nosida)larga yuzdan ming tangagacha maosh berilardi.  
Umuman, davlat tomonidan beriladigan maoshlarning to'liq ma'lumotlarini 
Devonbegi va vazirlar Amir Temurga bildirib, so'ngra tanho (bu erda saroy 
xizmatchilari, lashkarboshilar va askarlar uchun maxsus xazinadan beriladigan 
maosh. Ba'zida alohida xizmat ko'rsatgan beklarga tanho sifatida er-suv berilgan) 
berganlar.  
Sohibqiron vasiyatiga ko'ra uning to'ng'ich o'g'li Muhammad Jahongir Mirzo 
valiahd va viloyat hokimi bo'lib, o'n ikki ming otlik askarga ulufa olib, bir viloyat 
olgandi. Uchinchi ug'li Mironshoh Mirzo to'qqiz ming otliq askarga teng ulufa 
olgan va bir viloyatni tasarruf qilgan. To'rtinchi o'g'li Shohruh Mirzo etti ming otlik 
askarga ulufa olgan va bir viloyat egasi bo'lgan. Nabiralari ham uch mingdan etti 
minggacha otliqqa ulufa va bir viloyat oladilar.  
Amir Temur davrida piyodalar, kalakchilar, yasovullar, chopovullarning bir 
yillik maoshlarini hisoblab, belgilangan mablag'ni devonxonaga keltirib, shu erda 
ularga tarqatilgan. Sipohiylar va bahodirlarning yarim yillik maoshlari ham 
hisoblanib, tanho xazinasidan olib berilgan.  
O'nboshi, yuzboshilarga maosh shahar aholisidan olinadigan soliqlardan 
yig'ilgan xazinadan va podsholiq mulki daromadidan naqd pul hisobida olingan. 
Mingboshilarga viloyat ichidagi erlardan tiyul (xiroj va soliq yig'ib olish haqi bilan 
in'om etiladigan er-mulk)lardan berilgan. Amirlar va amir-ul-umarolarga 
viloyatlardan biri tiyul etib belgilangan. Temur viloyatlardan tushgan daromadlarni 
taqsimlash haqida shunday degan edi: «Viloyatlar va mamlakatlardan olingan jami 
daromadni taqsimlab, maosh berish erliklariga biriga kam, biriga ortiq qilib 
ostidagilardan o'n barobar, devonbegi va vazirlarning maoshlari amirlarnikidan o'n barobar ortiq bo'lgan. Yasovul (xonlarning kichik xizmatchisi, qo'riqchi), chopovul (chopqunchi, asosan tunda o'tkaziladigan bosqin qatnashchisi), kalakchi (aholidan yig'ilgan hosildan xiroj miqdorini belgilovchi mansabdor)larning maoshi xizmatiga yarasha, mingdan o'n ming tangagacha bo'lgan. Sayyidlar, olimlar, fozil kishilar, hakimlar, tabiblar, munajjimlar, qissaxonlar, xabarchilar, tarixdonlarning o'z hollariga qarab suyurg'ol, vazifa va maosh belgilangan. Xizmatchilar, farrosh (bu erda palos to'shovchi ma'nosida)larga yuzdan ming tangagacha maosh berilardi. Umuman, davlat tomonidan beriladigan maoshlarning to'liq ma'lumotlarini Devonbegi va vazirlar Amir Temurga bildirib, so'ngra tanho (bu erda saroy xizmatchilari, lashkarboshilar va askarlar uchun maxsus xazinadan beriladigan maosh. Ba'zida alohida xizmat ko'rsatgan beklarga tanho sifatida er-suv berilgan) berganlar. Sohibqiron vasiyatiga ko'ra uning to'ng'ich o'g'li Muhammad Jahongir Mirzo valiahd va viloyat hokimi bo'lib, o'n ikki ming otlik askarga ulufa olib, bir viloyat olgandi. Uchinchi ug'li Mironshoh Mirzo to'qqiz ming otliq askarga teng ulufa olgan va bir viloyatni tasarruf qilgan. To'rtinchi o'g'li Shohruh Mirzo etti ming otlik askarga ulufa olgan va bir viloyat egasi bo'lgan. Nabiralari ham uch mingdan etti minggacha otliqqa ulufa va bir viloyat oladilar. Amir Temur davrida piyodalar, kalakchilar, yasovullar, chopovullarning bir yillik maoshlarini hisoblab, belgilangan mablag'ni devonxonaga keltirib, shu erda ularga tarqatilgan. Sipohiylar va bahodirlarning yarim yillik maoshlari ham hisoblanib, tanho xazinasidan olib berilgan. O'nboshi, yuzboshilarga maosh shahar aholisidan olinadigan soliqlardan yig'ilgan xazinadan va podsholiq mulki daromadidan naqd pul hisobida olingan. Mingboshilarga viloyat ichidagi erlardan tiyul (xiroj va soliq yig'ib olish haqi bilan in'om etiladigan er-mulk)lardan berilgan. Amirlar va amir-ul-umarolarga viloyatlardan biri tiyul etib belgilangan. Temur viloyatlardan tushgan daromadlarni taqsimlash haqida shunday degan edi: «Viloyatlar va mamlakatlardan olingan jami daromadni taqsimlab, maosh berish erliklariga biriga kam, biriga ortiq qilib
 
 
yozsinlar. So'ng erliklar devonxonaga keltirilsin. Amirlar, mingboshilar shu 
erliklardan birini chiqarib olsin».  
Amirlar, mingboshilar raiyatdan molu jihot (naqd pul va mahsulot bilan 
to'lanadigan soliq) yiqqanlarida, xirojdan ortiqcha sovariy (podsho va xonlar o'z 
viloyatlaridan o'tayotganlarida xalqdan talab qilinadigan tortiqlar), qo'nalg'a 
(choparlar va elchilarga qo'noq berish solig'i) va shilon (podshohlar va amirlarning 
ovqati uchun yig'iladigan soliq) talab qilinmagan. Tiyul qilib berilgan har bir 
mamlakatga ikkitadan vazir tayinlagan. Ularning birinchisi viloyatdan yig'ilgan 
mollarni yozib raiyat ahvolini tekshirib turib, tiyul egasi (jog'irdor) ning fuqarolarga 
zulm etkazmasligi uchun ularning holidan xabardor bo'lib turgan, yig'ilgan butun 
mol-mulklarni kirim daftariga yozgan. Ikkinchisi daromadning xarj etilgan qismini 
chiqim daftariga yozib, yig'ilgan mollardan sipohiylarning maoshiga taqsim 
qilingan.  
Amir Temur bu ishlar haqida yana quyidagilarni yozgan: «Qaysi amirga tiyul 
berilar ekan, uni uch yilgacha o'z holiga qo'ysinlar. Uch yil o'tgandan so'ng uni 
tekshirib ko'rsinlar. Agar mamlakat obod, raiyat rozi ekan, shu holicha qoldirsinlar. 
Agar ahvol bunga xilof ravishda bo'lsa, ul viloyat holisa (davlat ixtiyoridagi barcha 
soliqlardan ozod etilgan er-suv)ga o'tkazilib, uch yilgacha o'sha jog'irdorga ulufa 
berilmasin».  
Sohibqiron mamlakatlarni fath etish bilan birga, to'plangan mol-dunyoni, 
olinadigan boj soliqlarini xayrli maqsadlar uchun sarf qilgan: «To'plangan 
xazinadagi naqd pul va qimmatbaho buyumlarni sipohlarga taqsimlab berdim. 
Qo'shinga etarli darajada ozuka berdim», degan edi. Piri Amir Shamsiddin Kulol 
haqida: «Ular menga Xorazmga borishimni maslahat berdilar. Agar g'alaba 
qozonsam, Samarqandning bir yillik xirojini ularga nazr qilishga qaror qildim», - 
deydi.  
Ma'lumki, xiroj er solig'i uchun va umuman daromad solig'i uchun 
qo'llanilgan. Xiroj ayrim hollarda daromadning uchdan birini tashkil etgan. 
Shuningdek, xirojni «mol» deb ham atashgan. «Raiyatga haq-nohaq jarimalar 
soluvchi vazir saltanatni buzadi»,- degan edi sohibqiron.  
yozsinlar. So'ng erliklar devonxonaga keltirilsin. Amirlar, mingboshilar shu erliklardan birini chiqarib olsin». Amirlar, mingboshilar raiyatdan molu jihot (naqd pul va mahsulot bilan to'lanadigan soliq) yiqqanlarida, xirojdan ortiqcha sovariy (podsho va xonlar o'z viloyatlaridan o'tayotganlarida xalqdan talab qilinadigan tortiqlar), qo'nalg'a (choparlar va elchilarga qo'noq berish solig'i) va shilon (podshohlar va amirlarning ovqati uchun yig'iladigan soliq) talab qilinmagan. Tiyul qilib berilgan har bir mamlakatga ikkitadan vazir tayinlagan. Ularning birinchisi viloyatdan yig'ilgan mollarni yozib raiyat ahvolini tekshirib turib, tiyul egasi (jog'irdor) ning fuqarolarga zulm etkazmasligi uchun ularning holidan xabardor bo'lib turgan, yig'ilgan butun mol-mulklarni kirim daftariga yozgan. Ikkinchisi daromadning xarj etilgan qismini chiqim daftariga yozib, yig'ilgan mollardan sipohiylarning maoshiga taqsim qilingan. Amir Temur bu ishlar haqida yana quyidagilarni yozgan: «Qaysi amirga tiyul berilar ekan, uni uch yilgacha o'z holiga qo'ysinlar. Uch yil o'tgandan so'ng uni tekshirib ko'rsinlar. Agar mamlakat obod, raiyat rozi ekan, shu holicha qoldirsinlar. Agar ahvol bunga xilof ravishda bo'lsa, ul viloyat holisa (davlat ixtiyoridagi barcha soliqlardan ozod etilgan er-suv)ga o'tkazilib, uch yilgacha o'sha jog'irdorga ulufa berilmasin». Sohibqiron mamlakatlarni fath etish bilan birga, to'plangan mol-dunyoni, olinadigan boj soliqlarini xayrli maqsadlar uchun sarf qilgan: «To'plangan xazinadagi naqd pul va qimmatbaho buyumlarni sipohlarga taqsimlab berdim. Qo'shinga etarli darajada ozuka berdim», degan edi. Piri Amir Shamsiddin Kulol haqida: «Ular menga Xorazmga borishimni maslahat berdilar. Agar g'alaba qozonsam, Samarqandning bir yillik xirojini ularga nazr qilishga qaror qildim», - deydi. Ma'lumki, xiroj er solig'i uchun va umuman daromad solig'i uchun qo'llanilgan. Xiroj ayrim hollarda daromadning uchdan birini tashkil etgan. Shuningdek, xirojni «mol» deb ham atashgan. «Raiyatga haq-nohaq jarimalar soluvchi vazir saltanatni buzadi»,- degan edi sohibqiron.
 
 
Muruvvatli jahongir: «Kimki mening xizmatimni qilgan bo'lsa, xizmat haqini 
ado etdim. Farzandlar, qarindoshlar, oshna-og'aynilar, qo'ni-qo'shnilar va men 
bilan bir vaqtlar do'stlik qilgan barcha odamlarni davlatu ne'mat martabasiga 
erishganimda unutmadim, molu mulk va naqd pul bilan haqlarini ado etdim»,-deydi. 
Shuningdek, u amirlar va sipohiylarni martaba va unvonlar, zaru zarvarlar bilan 
xushnud etgan, bazmlarda o'z yonidan joy bergan, xullas, ularning jang vaqtidagi 
qahramonliklarini hech vaqt unutmagan.  
Sohibqiron hayr-ehson ishlari bilan odamlarning ko'nglini olgan. Sipoh va 
raiyatga bir ko'z bilan qarab, bahodirlar, dovyuraklarga maxsus faxriy o'tova (bosh 
kiyimiga taqiladigan qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan ziynatli belgi), kamar va 
tarkash (sadoq - o'qdon) taqdim etib, martabalarini yanada yuqori ko'tartirdi. Har el 
va har mamlakatning ulug'larini, boshliq-oqsoqollarini qadrladi. Ularga sovg'a-
salomlar berib, xizmatlaridan foydalandi. Sipohiylarni hamisha jangda tayyor 
turishlari uchun oylik haqlarini so'rattirmay, vaqtida bergan. Sarmoyasi qo'lidan 
chiqib ketgan savdogarga o'z sarmoyasini qaytadan tiklab olishi uchun xazinadan 
etarli miqdorda oltin berilgan. 
U vaqtlarda bozor ahlidan soliq olish qal'a boshlig'i zimmasiga yuklangan. 
Soliq olish Qur'oni karim ta'limotiga muvofiq edi. Hadis va «Hidoya» kitoblarida bu 
to'g'rida to'la ma'lumotlar berilgan. Hech bir shahar va qishloqqa odamlardan sari 
shumor (jon boshidan olinadigan soliq) va xonashumor (har bir xonadondan 
olinadigan soliq) olinmagan. Raiyatdan mol-xiroj yig'ishda ularni og'ir ahvolga 
solishdan yoki mamlakatni qashshoqlikka tushirib qo'yishdan saqlanilgan. Negaki, 
Amir Temur «Raiyatni xonavayron qilish davlat xazinasining kambag'allashishiga 
olib keladi. Xazinaning kamayib qolishi esa sipohning tarqalib ketishiga sabab 
bo'ladi. Sipohning tarqoqligi esa, o'z navbatida saltanatning kuchsizlanishiga olib 
boradi. Fath etilgan erlik fuqaro azaldan berib kelingan xiroj miqdoridan rozi 
bo'lsa, ularning roziligi bilan ish ko'rsinlar. Xirojni ekindan olingan hosilga va 
erning unumdorligiga qarab yig'sinlar. Fatx etilgan har bir mamlakatning mol-
mulkini, buyumlarini talon-tarojdan saqlasinlar. O'sha mamlakatdan tushgan o'lja 
mollarni hisob-kitob qilsinlar», - degan edi.  
Muruvvatli jahongir: «Kimki mening xizmatimni qilgan bo'lsa, xizmat haqini ado etdim. Farzandlar, qarindoshlar, oshna-og'aynilar, qo'ni-qo'shnilar va men bilan bir vaqtlar do'stlik qilgan barcha odamlarni davlatu ne'mat martabasiga erishganimda unutmadim, molu mulk va naqd pul bilan haqlarini ado etdim»,-deydi. Shuningdek, u amirlar va sipohiylarni martaba va unvonlar, zaru zarvarlar bilan xushnud etgan, bazmlarda o'z yonidan joy bergan, xullas, ularning jang vaqtidagi qahramonliklarini hech vaqt unutmagan. Sohibqiron hayr-ehson ishlari bilan odamlarning ko'nglini olgan. Sipoh va raiyatga bir ko'z bilan qarab, bahodirlar, dovyuraklarga maxsus faxriy o'tova (bosh kiyimiga taqiladigan qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan ziynatli belgi), kamar va tarkash (sadoq - o'qdon) taqdim etib, martabalarini yanada yuqori ko'tartirdi. Har el va har mamlakatning ulug'larini, boshliq-oqsoqollarini qadrladi. Ularga sovg'a- salomlar berib, xizmatlaridan foydalandi. Sipohiylarni hamisha jangda tayyor turishlari uchun oylik haqlarini so'rattirmay, vaqtida bergan. Sarmoyasi qo'lidan chiqib ketgan savdogarga o'z sarmoyasini qaytadan tiklab olishi uchun xazinadan etarli miqdorda oltin berilgan. U vaqtlarda bozor ahlidan soliq olish qal'a boshlig'i zimmasiga yuklangan. Soliq olish Qur'oni karim ta'limotiga muvofiq edi. Hadis va «Hidoya» kitoblarida bu to'g'rida to'la ma'lumotlar berilgan. Hech bir shahar va qishloqqa odamlardan sari shumor (jon boshidan olinadigan soliq) va xonashumor (har bir xonadondan olinadigan soliq) olinmagan. Raiyatdan mol-xiroj yig'ishda ularni og'ir ahvolga solishdan yoki mamlakatni qashshoqlikka tushirib qo'yishdan saqlanilgan. Negaki, Amir Temur «Raiyatni xonavayron qilish davlat xazinasining kambag'allashishiga olib keladi. Xazinaning kamayib qolishi esa sipohning tarqalib ketishiga sabab bo'ladi. Sipohning tarqoqligi esa, o'z navbatida saltanatning kuchsizlanishiga olib boradi. Fath etilgan erlik fuqaro azaldan berib kelingan xiroj miqdoridan rozi bo'lsa, ularning roziligi bilan ish ko'rsinlar. Xirojni ekindan olingan hosilga va erning unumdorligiga qarab yig'sinlar. Fatx etilgan har bir mamlakatning mol- mulkini, buyumlarini talon-tarojdan saqlasinlar. O'sha mamlakatdan tushgan o'lja mollarni hisob-kitob qilsinlar», - degan edi.
 
 
Yevropadan ancha ilgari bu davlatda byudjet tushunchasi bo'lgan. Davlat 
xazinasi, kirim, chiqim, hisob-kitob qat'iy olib borilgan, taftish yo'lga qo'yilgan edi. 
Buning uchun ma'lum mas'ul shaxslar ajratilgan va doim hisob berib borganlar.  
A.Temurning davlat va iqtisodiyot sohasidagi asosiy fikrlari «Temur 
tuzuklari»da to'la bayon etilgan. Tuzuklar Amir Temurning 1342-1405 yillar 
oralig'idagi faoliyatini aks ettiradi va ikki qismdan (maqoladan) iborat. Birinchi 
qismda asosan yagona davlat barpo etish, uni mustahkamlash, qo'shni (27) yurt va 
mamlakatlarni zabt etish masalalari yoritilgan bo'lsa, ikkinchi qismda sohibqiron 
nomidan aytilgan o'ziga xos vasiyat, pand-nasihat, turli sohalardagi, shu jumladan 
ijtimoiy-iqtisodiyotga oid fikr-mulohazalar keltirilgan.  
A.Temur mamlakatda gadoylar bo'lmasligi kerak, degan qoidaga amal qilgan 
va uning yo'lini ham belgilab bergan. Gadoylarning barchasi to'plangan va ularga 
bir yillik kerakli emish, kiyim-kechak berilgan, ularni biror foydali ish bilan 
shug'ullanishga jalb etilgan. Odatda, ko'pchilik gadoylikni tark etib, biror faoliyat 
bilan kun ko'rgan. Gadoylikni tark etmaganlar qul qilib sotilgan yoki mamlakatdan 
chiqarib yuborilgan.  
2. Shoxruh Mirzo va Mirzo Ulug'bek davridagi iqtisodiy islohotlar 
A.Temur vafotidan keyin Shohruh va Ulug'bek (1394-1449) podsholigi (1409-1449) 
davrida iqtisodiyot yaxshi rivojlandi. Ayniqsa qo'shni mamlakatlar bilan savdo-sotiq 
munosabatlari o'sdi. Bu Movarounnahrda (arabcha «daryo ortidagi» (mamlakat) 
degani) 1428 yilda Ulug'bek tomonidan o'tkazilgan pul islohoti bilan bog'liqdir. 
Jamiyatda pulning ahamiyatini yaxshi tushungan holda uning qadr-qimmatini 
oshirish uchun harakat qilingan. 
O'sha davrda muomaladagi fulusiy chaqa pullar engil vaznda bo'lib, savdo rivojiga 
to'siqlik qilgan. Ulug'bek engil vaznda zarb etilgan va muomalada yurgan barcha 
chaqa pullarni man etdi. Eski chaqalarni yangisiga almashtirib, ichki savdoning 
mayda mis pullarga bo'lgan talabini qondirish uchun u bir vaqtning o'zida Buxoro, 
Samarqand, Qarshi, Termiz, Toshkent, Shohruhiya va Andijon shaharlarida 
zarbxonalar tashkil etib, bir xil vazndagi salmoqli fuluslarni zarb ettirib, muomalaga 
kiritdi. Eski chaqalar qisqa vaqt davomida yangi pullarga almashtirilib olingach, mis 
Yevropadan ancha ilgari bu davlatda byudjet tushunchasi bo'lgan. Davlat xazinasi, kirim, chiqim, hisob-kitob qat'iy olib borilgan, taftish yo'lga qo'yilgan edi. Buning uchun ma'lum mas'ul shaxslar ajratilgan va doim hisob berib borganlar. A.Temurning davlat va iqtisodiyot sohasidagi asosiy fikrlari «Temur tuzuklari»da to'la bayon etilgan. Tuzuklar Amir Temurning 1342-1405 yillar oralig'idagi faoliyatini aks ettiradi va ikki qismdan (maqoladan) iborat. Birinchi qismda asosan yagona davlat barpo etish, uni mustahkamlash, qo'shni (27) yurt va mamlakatlarni zabt etish masalalari yoritilgan bo'lsa, ikkinchi qismda sohibqiron nomidan aytilgan o'ziga xos vasiyat, pand-nasihat, turli sohalardagi, shu jumladan ijtimoiy-iqtisodiyotga oid fikr-mulohazalar keltirilgan. A.Temur mamlakatda gadoylar bo'lmasligi kerak, degan qoidaga amal qilgan va uning yo'lini ham belgilab bergan. Gadoylarning barchasi to'plangan va ularga bir yillik kerakli emish, kiyim-kechak berilgan, ularni biror foydali ish bilan shug'ullanishga jalb etilgan. Odatda, ko'pchilik gadoylikni tark etib, biror faoliyat bilan kun ko'rgan. Gadoylikni tark etmaganlar qul qilib sotilgan yoki mamlakatdan chiqarib yuborilgan. 2. Shoxruh Mirzo va Mirzo Ulug'bek davridagi iqtisodiy islohotlar A.Temur vafotidan keyin Shohruh va Ulug'bek (1394-1449) podsholigi (1409-1449) davrida iqtisodiyot yaxshi rivojlandi. Ayniqsa qo'shni mamlakatlar bilan savdo-sotiq munosabatlari o'sdi. Bu Movarounnahrda (arabcha «daryo ortidagi» (mamlakat) degani) 1428 yilda Ulug'bek tomonidan o'tkazilgan pul islohoti bilan bog'liqdir. Jamiyatda pulning ahamiyatini yaxshi tushungan holda uning qadr-qimmatini oshirish uchun harakat qilingan. O'sha davrda muomaladagi fulusiy chaqa pullar engil vaznda bo'lib, savdo rivojiga to'siqlik qilgan. Ulug'bek engil vaznda zarb etilgan va muomalada yurgan barcha chaqa pullarni man etdi. Eski chaqalarni yangisiga almashtirib, ichki savdoning mayda mis pullarga bo'lgan talabini qondirish uchun u bir vaqtning o'zida Buxoro, Samarqand, Qarshi, Termiz, Toshkent, Shohruhiya va Andijon shaharlarida zarbxonalar tashkil etib, bir xil vazndagi salmoqli fuluslarni zarb ettirib, muomalaga kiritdi. Eski chaqalar qisqa vaqt davomida yangi pullarga almashtirilib olingach, mis
 
 
pullar 
zarbini 
markazlashtirish 
maqsadida 
boshqa 
shaharlardagi zarbxonalarga barham berildi. Faqat Buxoro 
zarbxonasi (poytaxt Samarqandda emas) saqlab qolindi. Xalq 
orasida «fulusi adliya», ya'ni adolatli chaqa nomi bilan shuhrat 
qozongan bu yangi mis fuluslar mamlakatning barcha shahar 
va qishloqlarida keng muomalaga kirib, davlatning ichki 
savdosini naqdina bilan to'la ta'minlay boshladi. Ichki chakana 
savdo-pul munosabatlaridagi tanqislikni fulusning vazni va qiymatini Ulug’bek 
oshirish bilan hal etilishi o'rta asrlar sharoitida nodir va favqulodda voqea bo'lsa-da, 
har 
holda 
Ulug'bekning 
bunday 
islohoti 
mamlakatda 
hunarmandchilik 
buyumlarining ichki chakana savdosi uchun keng yo'l ochib berdi. Ayni vaqtda 
tashqi savdodan keladigan daromadni oshirish maqsadida «tamg'a» boji ham 
birmuncha oshirildi, ya'ni hozirgi til bilan aytilganda proteksionizm siyosatidan 
foydalanildi.  
Ulug'bek (1394-1449) tarixda ko'proq davlat arbobi sifatida emas, bunyodkor 
inson, yuksak zehnli olim sifatida mashhurdir. Uning dong'i dunyoga ketgan, 
astronomiya, tarix ilmlariga oid asarlari mavjud. Bu erda biz Ulug'bekning ijtimoiy-
iqtisodiy faoliyatiga alohida e'tibor bermoqchimiz. Bu davrda mamlakat 
iqtisodiyotining asoslariga alohida qunt qilinadi, busiz rivojlanish bo'lmasligini 
hokimlar yaxshi tushunishgan. Sug'orish tarmoqlari qurilib, ular toshhovuz, darg'ot, 
navo, chig'ir, charxpalak, qaynama,sharshara, osma ko'prik, handoq, tazar va 
sardobalar kabi turli-tuman suv inshoatlari bilan jihozlandi.  
O'sha davrda ham iqtisodiy rivojlanishning soliq tizimi bilan chambarchas 
bog'liqligi yaxshi ma'lum edi. Soliq yig'imi qancha yuqori bo'lsa, ishlab 
chiqaruvchilar manfaatdorligi kamdir, ammo soliqning pastligi aholi uchun qulay 
bo'lgani bilan, davlatning boshqaruv, mudofaa va boshqa maqsadlariga doimo to'g'ri 
kelavermaydi. Shularni yaxshi tushungan ukmdorlar soliqni iloji boricha me'yorida 
saqlash 
va 
uni 
yig'ishning 
ma'lum 
adolatli 
usullarini 
qo'llanganlar. 
Masalan,Ulug'bek hukmronligi davrida g'alla g'aram qilinmasdan avval soliq 
to'plash qat'iyan man' etilgan, chunki dehqon hosil yig'ib olgachgina real soliq to'lash 
pullar zarbini markazlashtirish maqsadida boshqa shaharlardagi zarbxonalarga barham berildi. Faqat Buxoro zarbxonasi (poytaxt Samarqandda emas) saqlab qolindi. Xalq orasida «fulusi adliya», ya'ni adolatli chaqa nomi bilan shuhrat qozongan bu yangi mis fuluslar mamlakatning barcha shahar va qishloqlarida keng muomalaga kirib, davlatning ichki savdosini naqdina bilan to'la ta'minlay boshladi. Ichki chakana savdo-pul munosabatlaridagi tanqislikni fulusning vazni va qiymatini Ulug’bek oshirish bilan hal etilishi o'rta asrlar sharoitida nodir va favqulodda voqea bo'lsa-da, har holda Ulug'bekning bunday islohoti mamlakatda hunarmandchilik buyumlarining ichki chakana savdosi uchun keng yo'l ochib berdi. Ayni vaqtda tashqi savdodan keladigan daromadni oshirish maqsadida «tamg'a» boji ham birmuncha oshirildi, ya'ni hozirgi til bilan aytilganda proteksionizm siyosatidan foydalanildi. Ulug'bek (1394-1449) tarixda ko'proq davlat arbobi sifatida emas, bunyodkor inson, yuksak zehnli olim sifatida mashhurdir. Uning dong'i dunyoga ketgan, astronomiya, tarix ilmlariga oid asarlari mavjud. Bu erda biz Ulug'bekning ijtimoiy- iqtisodiy faoliyatiga alohida e'tibor bermoqchimiz. Bu davrda mamlakat iqtisodiyotining asoslariga alohida qunt qilinadi, busiz rivojlanish bo'lmasligini hokimlar yaxshi tushunishgan. Sug'orish tarmoqlari qurilib, ular toshhovuz, darg'ot, navo, chig'ir, charxpalak, qaynama,sharshara, osma ko'prik, handoq, tazar va sardobalar kabi turli-tuman suv inshoatlari bilan jihozlandi. O'sha davrda ham iqtisodiy rivojlanishning soliq tizimi bilan chambarchas bog'liqligi yaxshi ma'lum edi. Soliq yig'imi qancha yuqori bo'lsa, ishlab chiqaruvchilar manfaatdorligi kamdir, ammo soliqning pastligi aholi uchun qulay bo'lgani bilan, davlatning boshqaruv, mudofaa va boshqa maqsadlariga doimo to'g'ri kelavermaydi. Shularni yaxshi tushungan ukmdorlar soliqni iloji boricha me'yorida saqlash va uni yig'ishning ma'lum adolatli usullarini qo'llanganlar. Masalan,Ulug'bek hukmronligi davrida g'alla g'aram qilinmasdan avval soliq to'plash qat'iyan man' etilgan, chunki dehqon hosil yig'ib olgachgina real soliq to'lash
 
 
imkoniga ega bo'ladi. Soliq aniq uch muddatda, dehqon hosili pishishiga qarab 
bo'lingan:  
1) saraton (iyun-iyul);  
2) sumbula mezon(avgust va sentyabr);  
3) qavs(noyabr).  
Yana bir muhim masala shuki, soliqlarni yig'ish paytida soliqchilar dehqon, 
chorvador yoki bog'bonga nisbatan zug'um o'tkazmasligi, jismoniy kuch 
ishlatmasligi va ishni urush-janjalgacha olib bormasligi zarur qilib qo'yilgan. Bu 
bilan insonning haq-huquqi, yashashga bo'lgan daxlsizligi ta'minlangan.  
Umuman, soliq bo'yicha qarzdorlarni bandi qilish va zanjir bilan kishonlab, 
ularga nisbatan qattiq choralar ko'rishga soliqchilarning haqqi yo'q edi. Soliq 
miqdori va to'lov tartibini buzmaslikka, suiiste'mollikning oldini olishga harakat 
qilingan. Tartibga amal qilmagan ayrim ma'murlar jazoga tortilgani ma'lum. Bu 
davrda ichki va tashqi savdoga katta ahamiyat berilgan. Xitoy, indiston, Tibet va 
boshqa ko'pgina davlatlar bilan savdo aloqalari olib borilgan. Bu borada savdogarlar 
uchun qulay sharoitlar yaratilganligini alohida ta'kidlab o'tish kerak. Elchilar 
«Buyuk ipak yo'li» xafvsizligini ta'minlash borasida katta ishlarni amalga 
oshirganlar.  
Mamlakat iqtisodiyotining ahvoli, ayniqsa, hunarmandchilik va savdoning 
rivojlanishi, tovar-pul munosabatlari, milliy valyuta mustahkamligiga bevosita 
bog'liq. Ma'lumki, pulning uchta asosiy vazifasi mavjud:1) qiymat lchovi; 2) 
almashuv vositasi; 3) jamg'arma vositasi. Agar pulning miqdori, uning nufuzi 
mustahkam bo'lmasa, iqtisodiyot posongisi, muvozanati buziladi. Shularni hisobga 
olib, vaqti-vaqti bilan pul islohotlari o'tkazib turiladi. 1428 yili Ulug'bek tomonidan 
o'tkazilgan islohot katta ijobiy ahamiyatga ega bo'ldi. Muomaladagi fulusiy pullar 
almashtirildi. Ulug'bek davridagi islohotlar tovar pul munosabatlari rivojiga muhim 
hissa qo'shdi. Iqtisodiyotning barqarorligiga erishildi.  
imkoniga ega bo'ladi. Soliq aniq uch muddatda, dehqon hosili pishishiga qarab bo'lingan: 1) saraton (iyun-iyul); 2) sumbula mezon(avgust va sentyabr); 3) qavs(noyabr). Yana bir muhim masala shuki, soliqlarni yig'ish paytida soliqchilar dehqon, chorvador yoki bog'bonga nisbatan zug'um o'tkazmasligi, jismoniy kuch ishlatmasligi va ishni urush-janjalgacha olib bormasligi zarur qilib qo'yilgan. Bu bilan insonning haq-huquqi, yashashga bo'lgan daxlsizligi ta'minlangan. Umuman, soliq bo'yicha qarzdorlarni bandi qilish va zanjir bilan kishonlab, ularga nisbatan qattiq choralar ko'rishga soliqchilarning haqqi yo'q edi. Soliq miqdori va to'lov tartibini buzmaslikka, suiiste'mollikning oldini olishga harakat qilingan. Tartibga amal qilmagan ayrim ma'murlar jazoga tortilgani ma'lum. Bu davrda ichki va tashqi savdoga katta ahamiyat berilgan. Xitoy, indiston, Tibet va boshqa ko'pgina davlatlar bilan savdo aloqalari olib borilgan. Bu borada savdogarlar uchun qulay sharoitlar yaratilganligini alohida ta'kidlab o'tish kerak. Elchilar «Buyuk ipak yo'li» xafvsizligini ta'minlash borasida katta ishlarni amalga oshirganlar. Mamlakat iqtisodiyotining ahvoli, ayniqsa, hunarmandchilik va savdoning rivojlanishi, tovar-pul munosabatlari, milliy valyuta mustahkamligiga bevosita bog'liq. Ma'lumki, pulning uchta asosiy vazifasi mavjud:1) qiymat lchovi; 2) almashuv vositasi; 3) jamg'arma vositasi. Agar pulning miqdori, uning nufuzi mustahkam bo'lmasa, iqtisodiyot posongisi, muvozanati buziladi. Shularni hisobga olib, vaqti-vaqti bilan pul islohotlari o'tkazib turiladi. 1428 yili Ulug'bek tomonidan o'tkazilgan islohot katta ijobiy ahamiyatga ega bo'ldi. Muomaladagi fulusiy pullar almashtirildi. Ulug'bek davridagi islohotlar tovar pul munosabatlari rivojiga muhim hissa qo'shdi. Iqtisodiyotning barqarorligiga erishildi.