1
TARIX FAKULTETI
KURS ISHI
O‘RTA OSIYO XONLIKLARI DAVRIDA ARXIV ISHI
KIRISH.
I. Xonliklarda arxivlarning tashkil qilinishi.
1.1 O’‘rta Osiyo xonliklar davrida arxiv ishi (XVIII-XIX asr)
1.2 Buxoro amirligi Qo’shbegi arxivi.
II. O’rta Osiyoda xonliklar davrida hujjatlar yuritilishi.
2.1 Xiva xonligi arxivi.
2.2 Qo‘qon xonligi arxivi.
XULOSA.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
2
Kirish
Mustaqillik sharofati bilan bugun biz tarixiy bir davrda xalqimiz o‘z oldiga
ezgu va ulug‘ maqsadlar qo‘yib, tinch osoyishta hayot kechirayotgan, awalambor
o‘z kuch va imkoniyatlariga tayanib, demokratik davlat va fuqarolik jamiyat qurish
yo‘lida ulkan natijalami qo ‘ lga kiritilayotgan bir zamonda yashamoqdamiz. 0
‘zbekiston milliy mustaqilligini qo‘lga kiritganligi buyuk tarixiy voqea bo‘ldi.
Istiqlol tufayli jamiyat hayotining barcha sohalarida, jumladan tarix fanlari sohasida
ham tub o‘zgarishlar yuz bermoqda. 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.
Karimov o‘zining “Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q” asarida tarixchilar oldida turgan
vazifalar haqida gapirib shunday deydi: “Biz haqqoniy tariximizni tiklashimiz,
xalqimizni millatimizni ana shu tarix bilan qurollantirishimiz zarur.
Tarix bilan qurollantirish, yana bir bor qurollantirishimiz lozim”. Mana shu
ma’noda o‘zbek xalqining haqqoniy tarixini tiklashda arxiv hujjatlarining ahamiyati
kattadir. 0‘zbekistonning tarixini o‘rganishda arxivlarda saqlanayotgan arxiv
hujjatlari va yozishmalaming ahamiyati benihoyat kattadir. Bu ortiqcha tushuntirish
va izohga hojat bo‘lmagan haqiqat. Lekin, ularni topish, o‘rganish va o‘z o‘rnida
foydalanish o‘ta qiyin, bu tadqiqotchida chuqur bilim, maxsus malaka, sabot va
matonat talab qiladi. Arxiv hujjatlarini jamiyat hayotini o‘rganishda o‘mi
beqiyosdir. 0‘rta Osiyo xonliklari: Buxoro, Xiva va Qo‘qon xonliklarining davlat
arxivi o‘tgan asrda, ya’ni 1865, 1876-yillardan keyin, ya’ni xonliklar Rossiya
impyeriyasi harbiylari tomonidan bosib olinganidan keyin, Rossiyaga olib ketildi
hamda muzey va kutubxonalarda saqlandi. Ulaming - ijtimoiy-iqtisodiy hayotga oid
qismi, 1960-yildan keyin Toshkentga 0‘zbekiston Markaziy davlat tarix arxiviga
qaytarildi. Xiva xonligining arxivi va uning materiallari asosida asrimizning 60-
yillarida ozmi-ko‘pmi ilmiy ishlar olib borildi.
Biz bu 0‘rta Osiyo xalqlarinigg ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tarixini
o‘rganishda Qo‘qon xonligi arxivining ham ahamiyati kattadir. Bu muhim arxiv ham
o‘z vaqtida (1876-yildan keyin) Sankt-Peterburgga olib ketilgan va imperator
muzeyi (hozirgi Sharqshunoslik instituti) Sankt-Peterburg xalq kutubxonasi
fondlarida joylashtirilgan edi. Mazkur arxivga tegishli hujjatlar prof. A.L.
3
Troitskaya tomonidan o‘rganilib, 1968-yilda “Katalog arxiva kokandskix xanov
XIX veka” nomli ma’lumotnomasi e’lon qilindi. 0‘zbekiston Respublikasi
Markaziy davlat arxivida Qo‘qon, Xiva xonlari arxivlari, Buxoro amrrliginiBg
Qushbegi arxivi, Turkiston general-gubemjatorligi, uning barcha tashkilotlari
arxivlari, shuningdek, 0‘zbekistonning oktabr to‘ntarishidan keyingi davr, sovet
davri, mustaqillik davri tashkilotlarining arxiv materiallari saqlanadi.
Bu arxivda uch mingdan ortiq fondlar mavjud. Bu Markaziy Osiyodagi eng
katta va boy arxivdir. Buxoro amirligining arxivi eng eski davlat arxivlaridan biri
hisoblanadi. Uning Buxoro-Rossiya diplomatik va savdo munosabatlariga doir
qismi shu kunlarda Moskvada, qadimgi hujjatlar Markaziy davlat arxivida.
saqlanmoqda. Moskvada saqlanayotgan hujjatlar Buxoro, Xiva va Qo‘qon
xonliklarining Rossiya, Hindiston va boshqa mamlakatlar bilan siyosiy va iqtisodiy
aloqalari tarixini o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi. Demak, arxiv hujjatlari
tirik o‘tmish va xalqimizning tarixi bitilgan xotirasidir. Shuning uchun arxiv
hujjatlari xalqimizning bebaho noyob tarixiy boyligi hisoblanadi.
4
I. Xonliklarda arxivlarning tashkil qilinishi.
1.1 O’rta Osiyo xonliklar davrida arxiv ishi (XVIII-XIX asr)
O’rta Osiyo xonliklari hukmronligi davridagi ma’muriy boshqaruv tizimi
bilan bog‘liq muammolar ko‘plab vatanimiz va xorijiy tarixchilar hamda
sharqshunoslar tomonidan tadqiq qilingan bo‘lib, bu esa o‘sha davrlardagi ish
yuritish va hujjatshunoslik, hujjatlami saqlashni tahlil qilishni osonlashtiradi. 0 ‘z
navbatida, hujjatlar bilan ishlash va ulaming saqlovini tashkillashtirishga oid
ko‘plab jarayonlar hozirgacha to‘liq o‘rganilmagan. O‘rta Osiyo xonliklaridagi
hukumat institutlarining boshqamv funksiyalari, davlat hujjatlarini tizimlashtirish
tahlillari xonliklardagi hujjatshunoslikni va uning o‘ziga xos tomonlarini
o‘rganishimizga yordam beradi1.
Ma’lumki, XVI asr boshlarida Shayboniyxon boshchiligidagi ko‘chmanchi
o‘zbeklar Movarounnahr va Xurosonni egallab, temuriy shahzodalar hukmronligi ga
chek qo‘ydilar va bu ulkan hududda o‘zlarining markazlashgan davlatiga asos
soldilar. 1583-yilda Abdullaxon II davrida Shayboniylar davlatining poytaxti
sifatida Buxoro mustahkamlandi va siyosiy, ma’muriy, iqtisodiy markazga tobe
bo‘lgan hududlar Buxoro xonligi deb atala boshlandi. Keyinchalik, mang‘itlar
sulolasi vakili Amir Shohmurod (1785-1800-yy.) davrida bu xonlik Buxoro amirligi
deb atalgap, Yangi hukmdorlar hokimiyatni rasman “Amir” unvoni bilan'boshqara
boshladilar va bu davlat Buxoro amirligi nomi bilan tarixda qoldi.
Buxoro amirligida uda murakkab davlat boshqaravi mavjud bo‘lgan. XVI
asrdan XX asming boshlariga qadar Buxoro amirligida uchta sulola: Shayboniylar,
Ashtarxoniylar va mang‘itlar hukmronlik qildilar. Ulardagi ma’muriy boshqaruv
tizimi Amir Temur va Temuriylar davlatidan me’ros qolgan va ko‘chmanchi
o‘zbeklarga xos an’analarga biroz o‘zgarishlar kiritilgan boshqaruv asosida qurilgan
edi. Awalida, Temuriylar davlatida mavjud boTgan dargoh va devonlar tizimi
Buxoro amirligida ham davom ettirildi. Shayboniyxon hukmronligi davrida
1 Jumayev.U - O’zbekistonda arxiv ishi. “Turon – Iqbol” T: 2016. 42-b
5
devonlar tizimi isloh qilinib, ularga tegishli vazifalaming ko‘p qismi dargohdagi
alohida lavozimli amaldorlarga berilgan. Shu jumladan, oliy hukmdoming
farmonlari, faxriy yorliqlar va boshqa rasmiy hujjatlami mas’ul shaxslarga yetkazish
va ijrosini ta’minlash vazifasi - “parvonachi”ga yuklangan. Dargohga yo‘llangan
ariza va shikoyatlami qabul qilish, ro‘yxatga olish va ularga javoblar berish -
“dodxoh” vazifasiga kirgan1.
Amirlik ma’muriy boshqamv tizimida davlat boshqaruvining turli xil shakl va
uslublaridan foydalanilgan. Davlat mutlaq qonun chiqamvchi va ijro etuvchi
hokimiyatga ega bo‘lgan - Amir tomonidan boshqarilar edi. Davlat hayotiga tegishli
siyosiy, iqtisodiy, diniy va boshqa masalalar Buxorodagi bosh qarorgoh - Arkda hal
etilar edi. Vaqti-vaqti bilan 5 tadan 20 tagacha eng yuqori amaldorlar a’zo botgan -
davlat Kengashida o‘ta muhim masalalar ко‘rib chiqilgan. Davlat boshqaruvida
Amir - davlat mahkamasi, soliq-majburiyatlar, diniy sud idoralari va kuzatish-
qidimv kabi davlat institutlariga ko‘proq tayanar edi. Biron-bir oliy hukmdor
buymq-farmonlarini bajarilishiga turli xil davlat idoralari mas’ul boTib, o‘z
navbatida ular bir-birini ustidan nazorat qilib borgan. Davlatdagi harbiy va fuqaroviy
amaldorlar quyidagicha bo ‘lingan edi: a) katta sipohi - oliy martabali amaldorlar;
b) o‘rta sipohi - o‘rta martabali amaldorlar va d) amagi-sipohi (sobitlar) va h.k.
Yuqorida ta’kidlangan birinchi va ikkinchi toifadagi amaldorlik lavozimlariga bir
urug‘ a’zolari qabul qilinib, maxsus yozma yorliqlar va sarpolar bilan ta’minlangan.
Uch xil turdagi yorliqlar mavjud edi: 1) amir va uning kotibi (munshiy) muhri
bilan va amir muhri yorliqning bosh sahifasiga, munshiy muhri esa yorliqning
oxiriga ilova qilingan; 2) amir va inoqi-xurd muhri bilan muhrlanish tartibi yuqorida
ta’kidlangan ta’moyillar asosida amalga oshirilgan; 3) faqat amir muhri bilan
imzolangan. Har bir yorliqni berilishiga munshiy foydasiga 3,5 tilla, inoqqa - 5 tilla
va parvonachiga - 7 tilladan badallik to‘lovijoriy qilingan edi. Hokimiyat tizimida
amaldorlar katta mavqega ega edilar. Amaldorlar ichida otaliq - shahzoda va
xonzodalarning tarbiyachisi mansabi eng asosiy lavozimlardan biri hisoblangan.
1 Alimov.I Butayev.A – Arxivshunoslik. And. 1997. 29-b
6
XVII asr hujjatlarida otaliq - birinchi vazir sifatida tilga olinib, u mamlakatdagi
sug‘orish ishlarini boshqargan1.
Otaliqdan so‘ng, ikkinchi mansabdor - devonbegi (devonbegi-kalon) bo‘lgan.
Sharqshunoslaming ma’lumotlariga ko'ra, u bir vaqtda devonxona mahkamasi
boshlig‘i va moliyaviy ishlar bo‘yicha vazir lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.
Devonbegi mamlakatdagi xiroj yig‘imlarini nazorat qilgan. Viloyat va tumanlardan
ma’lum bir xiroj summasi о‘miga natural shaklida to‘lanadigan bug‘doy uchun
maxsus chek yoki berat rasmiylashtirilib, devonbegi va Amir muhri bilan
tasdiqlangan. 0‘z navbatida devonbegi hisob-kitoblar daftarini yuritishga ham
mas’ul edi. Ushbu daftardagi kirim-chiqim hisobotlari amirlikda sir tutilgan va
maxfiy saqlangan. Devonbegi amirlik hokimiyat tizimidagi to‘rtinchi pog‘onada
turuvchi - “ahli qalam”ning boshlig'i ham hisoblangan. Ushbu pog‘onadagi ikkinchi
o‘rindagi amaldor - mushrif-nazoratchi deb atalgan.
Uni “ikkinchi kotib” (kotibi soniy) ham deb atashib, u amir topshirig‘iga ko‘ra
mudri omborga boshchilik qilib, u yoki bu shaxslarga arizasiga ko‘ra - xalat va
qurol-yarog‘lar berish to‘g‘risida ruxsatnoma yozib bergan. Pog‘onadagi uchinchi
mansabni - daftardor egallagan. U devon tomonidan tayinlangan tanxo va suyurg'ol
egalarini lavozimga tayinlash yoki ozod qilish kabi masalalami nazorat qilgan.
To‘rtinchi pog‘onani tanob yig‘imlari devoni tashkil qilib, amir buyrug‘iga ko‘ra
ular yerdan olinadigan xiroj yig‘imlari, shuningdek, daromad va xarajatlarga mas’ul
edilar. Xizmat darajasining beshinchi pog'onasida - munshiy turgan. U Amiming
shaxsiy kotibi bo‘lib, yorliqlar tuzish, hukmdor hukmi va xohishidan kelib chiqib
uning xizmat ro‘yxatini yuritish, u yoki bu I shaxslaming biron-bir mansabga
tayinlanishi to‘g‘risida yorliqlar yozish hamda xizmatiga qarab ularga
taqdimnomalar yozish kabi masalalar bilan shug‘ullangan.
Bu lavozimga xattotlik san’atini yaxshi I biladigan va o‘z zamonasining
bilimdon kishilari tayinlangan. Ma’lumki, hatto ba’zi hollarda unga hukmdorga
bag‘ishlab she’rlar bitish va shoh shajarasini tuzish kabi ishlar ham topshirilgan.
1 Yakubov.A – Arxivshunoslik. Sam. 2015. 70-b
7
Buxoro xonlarini o‘zlari munshiylar ishini sifatini nazorat qilganlar. Masalan,
ashtarxoniy Abdulazizxon (1645-1680) davlatdan tashqariga yuboriladigan xat va
yorliqlami tuzgan munshiy ishidan qoniqmasdan, uning I ishiga tuzatishlar kiritgan,
ba’zi hollarda uning o‘zi xat va yorliqlami Bundan tashqari, saroyda quyi darajadagi
lavozimlar: kichik mushrif, paygemavis, maxramlar va yasovullar mansablari ham
bo‘lib, ular ham hujjatlami ro‘yxatlashtirish bilan shug‘ullanganlar. Masalan,
paygimavis-paygirlami rasmiylashtirish bilan shug‘ullangan. A.Semyonovning
fikricha, “paygir” atamasi Buxoroda uzun qog‘ozlar о‘rami (tumor)ni anglatib, unda
bir necha qog‘ozlar bir-biriga yopishtirilgan va truba shaklida o‘ralgan. Ayrim
hollarda paygirlar mustahkam bo‘lishi uchun teriga ham yopishtirilgan. Ko‘pincha
bunday paygirlar - vaqf yorliqlari uchun ham tuzilar edi1.
Muhim ahamiyatga ega bo-lgan vaqf hujjatlari va shajaranomalar ikki
nusxada tuzilgan. Ikkinchi nusxa davlat arxiviga saqlash uchun topshirilgan.
Birinchi nusxadagi hujjatning asl nusxasi yo‘qotilganda, ikkinchi nusxa asosida
hujjat tiklangan. Mahramlar saroy huzuridagi amaldorlaming turli xil lavozimlarga
tayinlanishi bo‘yieha hujjatlashtirish ishlarini olib borganlar. Fuqarolami
qushbegiga, qozi-kalon, viloyat hokimlariga yoki boshqa mansabdor amaldorlarga
yozgan turli xil arizalarini yetkazish bilan - yasovullar shug‘ullanishgan; Xonlikda
yashayotgan arablar ishi biian maxsus mahkama - devon-i arabxona mashg‘ul
bo‘lgan.
Devon boshlig‘i arablar o‘rtasidagi muammolami rasmiylashtirish va ulami
xonlikdagi boshqa tumanlarga ko‘chib o‘tishi, doimiy armiyaga chaqirilishi, soliqlar
to ‘ lovi kabi masalalami hal qilgan. Saroy huzurida va devonlar faoliyatida maxsus
ish yurituvchi xattotlar bo‘lib, ulami muharrir deb ataganlar. Muharrirlar quyidagi
uch turga bo‘lingan: 1) davlat devoni xattoti; 2) amlok yerlar tuzilishi bo‘yicha
xattot; 3) doimiy voqealami rasmiylashtiruvchi muharrirlar. Buxoro amirligida
markaziy hokimiyat va joylardagi mahalliy amaldorlar o‘rtasida doimiy axborot
almashinuvi yo‘lga qo‘yilgan. har bir ma’muriy amaldor (amir, hokim, amlokdor,
1 Yakubov.A – Arxivshunoslik. Sam. 2015. 72-b
8
oqsoqol) huzurida choparlar guruhi bo‘lib, jo‘natiladigan xabaming hududiy
kengligiga va yetkazilayotgan xabaming qancha ko‘p viloyatlarga tarqatilishini
hisobga olib, shuningdek, masofaning uzoq-yaqinligiga qarab - choparlar soni oshib
borgan.
Agar biron-bir mahalliy joylardan hukmdor nomiga hisobot yoki ma’ruza
kelganda, shuningdek, biron-bir xat bilan elchi tashrif buyurganda, u holda ular
keltirgan hujjatlar eng awalo - kichik inoq qo‘liga tushgan. 0‘rta Osiyoda hozirgi
tushuncha bilan aytganda, hech qachon hujjatlami konvert ichiga solmaganlar.
Yozma murojaatlar trubaga o‘ralib, buxorocha - lifofa (arabcha o‘rama) deb atalgan.
Bu uchburchak qog‘oz bo‘lib, konvert vazifasini o‘tagan. hujjatlami biron-bir
manzilga jo‘natishayotganda milifofaga o‘rashib, uchburchak qog‘ozni oxiridan
tepaga qarab buklashgan va gummiarabik bilan yelimlangan hamda buklangan
lifofani eng tepa o‘tkir burchagiga xat jo‘natilayotgan shaxsning ismi va uning
manzili yozilgan.
9
1.2 Buxoro amirligi Qo’shbegi arxivi.
0‘zR MDA ilmiy xodimi K.V.Muhsinovaning ma’lumotlariga ko‘ra (1949-
yilda Buxoro amiri Qushbegi arxivi hujjatlari bo ‘yicha ilmiy-texnik faoliyat olib
borgan), amirlikdagi har bir xatning ustiga muallifning ismi bilan birgalikda sana va
muhr ham qo‘yilgan. Biroq, muhr amaldor shaxsning o‘z lavozimiga kelgan birinchi
yilida buyurtma qilib yasatilganligi uchun bir necha yillardan so‘ng ham u o‘sha
muhridan foydalanganligi sababli hujjatda ko‘rsatilgan sana doimo xat mazmuni va
haqiqiy sanasiga to‘g‘ri kelavermagan. 0‘z navbatida xabami tayyorlaganda uni
muallifi imzo qo‘ymagan, bu o‘sha davrdagi urf-odatlarga ko‘ra, xudoning ismi va
amirdan so‘ng imzo qo‘yish hurmatsizlik, hisoblangan1.
Oliy diniy mansabdor shaxslar: qozilar, raislar va ayrim hollarda obro‘li
viloyatlar hokimlari bundan mustasno bo‘lib, ularga hujjatlarga o‘z ismlarini
ko‘rsatishga ruxsat berilgan. Mang‘itlar sulolasi davrida viloyat hokimlari va qozilar
o‘tgan ishlar hisobotini amirga jo‘natib turishgan. Xabarlar har juma kuni bomdod
namozidan so‘ng amirga yetkazilgan. Oliy hukmdor beklaming hisobotlarini ко‘rib
chiqib, ulami hal etish choralari to‘g‘risida mas’ul shaxslarga buyruq bergan. Xat-
xabami zudlik bilan yetkazish zarur ho‘lganda viloyat hukmdorlari bu xabarlami
doimiy choparlar orqali emas, balki tezkor maxsus choparlar (“shatir-pari”) orqali
jo‘natishgan. Barcha yetkazilgan xabarlar uchun uning egasi markaziy hokimiyatdan
xizmat maktubi yoki topshiriqlar olgan.
Agar biror-bir topshiriq berilmasa, hukumat boshlig‘i xabami ma’qullaydigan
javob - “Muboraknoma” jo'natgan. Axborotni yetkazish hokimiyat tizimining quyi
tabaqasidan yuqori tabaqasiga yetkazish orqali amalga oshirilgan. Davlatdagi
ikkinchi shaxs hisoblanmish - “quli-i qushbegi” (Bosh vazir) orqali amiming o‘ziga
xabar yetkazilgan. Qushbegi mahkamasiga xabar kelib tushgach, maktubning yuqori
o‘ng burchagiga qora tush bilan xabar muallifining ismi yozib qo‘yilgan.
Ashtarxoniy Ubaydullaxon (1702-1711-yy.) hukmronligi davridan boshlab, “quli-i
1 Rashidov.O – O’zbekistonda arxiv ishi. T. 2019. 30-b
10
qushbegi” roli hokimiyat tizimida о‘sib borgan. Mang‘itlar hukmronligi davriga
kelib, XIX asming boshidan boshlab, to mang‘itlar sulolasining qulashiga qadar,
ya’ni 1920-yilgacha quli-i qushbegi lavozimi - “qushbegi-i bolo” deb o‘zgaitirilib
— “premerministr” lavozimini anglatgan.
Rossiya istilosiga qadar mang‘itlar sulolasi davrida qushbegi eng oliy mansab
hisoblangan. Aslida bu mansab egasi Bosh vazir vazifasini bajargan. U amirlikda
o‘z vazifasi va majburiyati bo‘yicha amirdan so‘ng birinchi mansabdor shaxs
hisoblangan. Amirlikdagi barcha hokimiyat tizimi uning qo‘lida bo‘lib, u davlatning
kirim-chiqiftilari ustidan oliy nazoratni o‘matgan, shuningdek, poytaxt tinchligi
uchun javobgar bo‘lgan qushbegi zimmasiga turli xildagi ko‘plab davlat ishlarining
yuklanishi va boshqaruv haq-huquqlarini berilishi, Buxoro amirligida alohida
idoralar
va
vazirliklar
bo‘yicha
davlat
apparati
funksiyalarini
taqsimlanmaganligidan dalolat beradi. Biroq, markaziy hokimiyat turli xil
ma’muriy-xo‘jalik masalalari bilan shug‘ullanadigan amaldorlar armiyasiga ega edi.
Samarqand o‘lkashunosi va sharqshunos V.L.Vyatkin o'zining V.V.Bartoldga XIX
asming oxirida yozgan xatida amirlikda saqlanayotgan davlat hujjatlari haqida
quyidagi xabami bergan edi: ‘‘Men tomonimdan to‘plangan ma’lumotlardan
amiming kutubxonasi borligi aniqlandi, biroq kutubxona to‘la tashlandiq va tartibsiz
ahvolda edi.
Bir samarqandlik kishi bilan mahalliy kiyimda Arkka tashrif buyurganimda,
saroydagi amaldorlar diplomatik tarzda shubha uyg‘otmaslik uchun kutubxona
mavjudligini, ammo kutubxonadan faqat Amiming ruxsati bilan foydalanish yoki
qo‘lyozmalami ko‘rsatish mumkinligini ta’kidlashdi. Keyinchalik, Amir saroyida
remont ishlarini olib borgan bir tatar kishi, saroyda kitob, xabamomalar va qog‘ozlar
bilan tartibsiz to‘ldirilgan uchta katta xonalami ko‘rganligini - menga aytdi. Bir kishi
unga Arkdan keladigan kitoblar va eski qo‘lyozmalami muqovalayotganligini ham
ta’kidladi. Keyinchalik, Buxoroda bir-necha marotaba eshitdimki, Amir ms
fuqarolariga o‘z kutubxonasi va davlat arxivini ko‘rsatishni xohlamaydi.
U ehtiyotkorlik yuzasidan kutubxonada mslar uchun o‘ng‘aysiz biror-bir
hujjat chiqib qolishidan shubhalanadi yoki bu hujjatlami ko‘rsatishdanko‘ra,
11
maxfiylikda saqlashni afzal ko‘radi”. Amirga yaqin bo‘lgan mansabdor shaxslaming
mahkamalarida ularga tegishli faoliyatni yorituvchi hujjatlar to‘plangan. Shu
juiladan, hozirgi kungacha saqlanib qolgan va 0‘zbekiston Respublikasi Markaziy
davlat arxividagi “Buxoro amiri Qushbegi arxivi” sarlavhasi bilan I-126-
jamg‘armada saqlanayotgan hujjatlardan, turli mazmundagi axborot-ma’lumotnoma
materiallar (mamlakatdagi siyosiy ahvol haqidagi ma’ruza va xabarlar, harbiy
qismlar ro‘yxati va bo‘linmalari, soliq yig‘imlari to‘g‘risidagi hisobotlar)dan,
xizmat maktublari, vaqf hujjatlaridan Buxoro amirligidagi siyosiy, ijtimoiy-
iqtisodiy va diniy hayotni o‘rganishimiz mumkin. 1931-yilda Buxoro Arki
yerto‘lasidan “Qushbegi arxivi” topilgan1. Buxoro muzeyi xodimlari tomonidan
arxiv hujjatlarining ayrim qismlari turli xil joylardan yig‘ib, to‘plangan. Masalan,
Buxoro ichki ishlar boshqarmasidan va h.k. Awalida muzey xodimlari arxiv
hujjatlarini
tozalash
va
qayta
ta’mirlash
ishlarini
amalga
oshirishgan.
Masalan, muzey xodimi M.Xakimov arxiv hujjatlarini ajratayotganda ulami
quyidagi hujjatlar guruhiga taqsimlagan:
I 1. Moliyaviy masalalarga oid hujjatlar
2. Buxoro amiri va Rossiya hukumati o‘rtasidagi yozishmalar.
3. Xorij iy davlatlar bilan diplomatik munosabatlarga oid hujjatlar.
4. Xazinadan Amir xarajatlariga taalluqli xarajat hujjatlari.
5. Buxoro amirligidagi yer-suv munosabatlariga oid hujjatlar.
6. Turli xil yozishmalar: rivoyatlar, tariqa va h.k.
M.Xakimov tomonidan amalga oshirilgan ishlardan so‘ng, arxiv hujjatlariga
opis (ro‘yxat) tuzishga kirishildi. 1932-yilda Buxoro muzeyi ma’muriyati hujjatlami
klassifikatsiya qilishda yordam so‘rab 0‘zbekiston Markaziy arxiv ishi
boshqarmasiga murojaat qiladi. Qiyinchiliklami hisobga olib, shuningdek, maxsus
mutaxassislar - fors tilini biluvchilar, sharqshunoslami jalb etish va ajratish ishlarini
amalga oshirmasdan arxiv hujjatlarini Toshkentga olib kelish murakkabligini
hisobga olib, 1932-yil 22 avgustda 0‘zbekiston Markaziy Arxiv ishi boshqarmasi
1 Rashidov.O – O’zbekistonda arxiv ishi. T. 2019. 34-b
12
muzey ma’muriyati bilan maxsus bitim tuzdilar va unga o‘z arxiv hujijatlarini
tartibga keltirish uchun 4000 mbl ajratishdi. Imzolangan shartnomaning 6-punkti
bo‘yicha muzey bir yil ichida o‘z ishini yakunlashini; va 1933-yilning 1
noyabrigacha arxiv hujjatlarini respublika arxiv boshqarmasiga topshirishi shart edi.
“Qushbegi arxivi” 1933-yilda Toshkentga - Markaziy Davlat arxiviga olib kelingan.
1964 va 1968-yillarda shu hujjatlaming qisqa ilmiy tavsifi kitob qilingan. Topilgan
hujjatlar tartibsiz ahvolda uyum-uyum tarzda saqlanib, ulaming bir qismi o‘g‘irlab
ketilgan.
Hujjatlami saralash, ulami terminologik guruhlash va ro‘yxatlashtirish ishlari
muzeyning ilmiy xodimlari - Buxoro devbnxonasi ishi bilimdonlari qori Axmad
Muhammedov va Ibrohim Xalilovlar rahbarligida olib borildi. Hujjatlami
tizimlashtirishda ular xronologik tamoyillardan voz kechdilar, masalan, amir
devonxonasidan chiqqan hujjatlardan tashqari, ko‘plab hujjatlarda sana kunlari yo‘q
edi. Shuningdek, hujjatlarni yig‘majildlarga tikmaslikka qaror qilindi, chunki
hujjatlar nostandart formatli qog‘ozlarda yozilgan edi. Bundan tashqari, ayrim
hujjatlar uzunligi bir-necha metrli o‘ramlarga bog‘langan edi. Arxiv hujjatlarini
tartibga keltirish ishlari 1934-yilning 14 mayida yakunlandi. 77764 ta hujjat hisobga
olinib, ular 54 ta mavzudagi hujjatlarga bo‘linib, 268 ta bog‘lam qilib o‘raldi. Har
bir hujjatlar bog‘lanmasiga konvert yopishtirilib, ulaming har biriga maxsus raqamli
yorliqlar qo‘yildi va hujjatlaming soni hamda mazmuni belgilangan formada
ko‘rsatildi1.
1938-yilda hujjatlaming bir qismi muzeydan 0‘zbekiston Markaziy davlat
tarix arxiviga berildi. Hujjatlaming qolgan qismi 1959-yilning 10 dekabrida arxivga
topshirildi. Arxiv saqloviga hujjatlar topshirilishi bilanoq ulami texnik qayta ishlash
va ilmiy ro‘yxatlashtirish ishlari olib borildi. 0‘zSSR Markaziy davlat tarix arxivida
bu hujjatlardan foydalanishda quyidagi muammolarga duch kelindi: - birinchidan,
yuqorida ta’kidlanganidek, muzeyda bitta saqlov birligi uchun alohida bir hujjat
1 Jumayev.U - O’zbekistonda arxiv ishi. “Turon – Iqbol” T: 2016. 45-b
13
emas, balki o'ramlarga bog‘langan ko‘plab hujjatlar olingan edi; - ikkinchidan,
hujjatlaming bir bog‘lam qilib o‘ralganligi mavzili: savollar bilan bog‘liq
tocborotlami izlashni qiyinlashtirar edi. Masalan, tadqiqotchini rus-buxoro
munosabatlari qiziqtirsa, u barcha bog‘langan hujjatlami ko‘rib chiqishi kerak
bo‘lganr Sharqshunoslar tomonidan o‘tkazilgan ko‘plab ilmiy muhokamalardan
so‘ng, 1955-yilning may oyida 0‘zbekiston Bosh arxivi qoshidagi ilmiy kengash maj
lisidahar bir hujjatga annotasiya tuzish va keyinchalik,bir mavzuga taalluqli
hujjatlarni guruhlab,yig‘majildlari shakllantirishga qaror qilindi.
1967-yilning
yozida
0‘zbekiston
arkaziy
davlat
arxivi
xodimlari
K.Ubaydullayev va A.Babayanslar romonidan “Buxoro amiri Qushbegi arxivi”
katalog fondini tuzish ishlari yakunlandi va bu ish tarix fanlari doktori
M.Abduraimov tomonidan yuqori baholandi. Ikki yildan so‘ng fond laming aniq
ro‘yxati (opis) tuzildi. 1988-yilning aprelida arxiv fondi - eng nodir fond deb, tan
olindi. Bugungi kunda fondda Buxoro amirligining XIX asming oxiri - XX asming
boshlari tarixini yorituvchi 5 mingga yaqin yig‘majild to‘plangan.
14
II. O’rta Osiyoda xonliklar davrida hujjatlar yuritilishi.
2.1 Xiva xonligi arxivi.
Ma’lumki, XIX asr ikkinchi yarmi 0 ‘rta Osiyo xalqlari taqdirida keskin va
fojeali burilish yasagan davri bo‘ldi. 1873-yilda Rossiya imperiyasining Xiva
xonligi ustidan protektorati o‘rnatilib, xonlik va xonning faoliyati ustidan nazorat
giluvchi imperiya ma’muriyati Kengashi (Devon) joriy qilindi, Kengash a’zolari 7
kishidan tashkil topib, ulardan to‘rt kishi Rossiya ma’muriyati vakillari, uchtasi esa
- Xiva xonligi (xonning o‘zi, devonbegi va mehtar)dan iborat edi. Devonning raisi
xon hisoblangan. U tomonidan qabul qilinadigan muhim qarorlar Turkiston general-
gubematori tomonidan albatta tasdiqlanishi shart edi. Xiva xonligini ikkita mustaqil
ma’muriy birliklarga bo‘linishi natijasida- devon tizimi bekor qilindi.
1886-yildagi “Turkiston o‘lkasini boshqarish to‘g‘risidagi Nizom”ga ko‘ra
Amudaryo bo’limi Sirdaryo viloyati tarkibiga kiritilib, viloyat harbiy gubernatori
boshqarmasiga
bo‘ysunadigan
bo’ldi.
U
fuqaroviy
boshqaruv
bo‘yicha
kengaytirilgan uyezd boshlig‘i huquq va majburiyatlaridan foydalanib, mahalliy
ma’muriyat va xalq sudiga amaldorlami tayinlashi hamda o‘z vazifasidan ozod
qilishi mumkin edi. Bo‘lim boshlig‘i huzurida uning yordamchisi va mahkama
faoliyat ko‘rsatgan. Ma’lumki, rus-xiva shartfiomasi (1873-y.) xonlikdagi
ma’muriydavlat tuzilishini o‘z holicha saqlab qoldi1.
0‘ziga qoldirilgan hududda Xiva xoni xuddi Buxoro amiri singari xonlikning
ichida cheklanmagan hokimiyatni saqlab qolgan edi. Xonlik saroyida xuddi Buxoro
amirligidagi vazifalami bajaruvchi bir guruh amaldorlar lavozimlari mavjud edi. U
yoki bu amaldoming hokimiyat tizimidagi rnavqei va darajasi uning xonga yaqinligi
bilan belgilangan. Shaxsan xonning o‘zining farmoni bilan saroydagi turli davlat
lavozimlari taqsimlanib, ko‘p hollarda bu lavozimlar avloddan-avlodga meros bo‘lib
qolar edi. XIX asming birinchi yarmida Xiva xonligida qushbegi lavozimidagi shaxs
xonning topshirig‘iga ko‘ra xonlikning janubiy qismidagi aholisini boshqarar edi.
1 Rashidov.O – O’zbekistonda arxiv ishi. T. 2019. 39-b
15
Undan so‘ng - mehtar lavozimi bo‘lib, mehtarga xonlikning shimoliy qismidagi
o‘troq aholi bo‘ysungan.
Chin inoq lavozimi ilgarilari xondan keyingi o‘rinda turuvchi lavozim
hisoblansa-da, huddi Buxorodagi chin otaliq mansabi bu davrga kelib o‘z
ahamiyatini yo‘qotgan edi. Ulaming har birining huzurida ularga tobe amaldorlar va
mahkama bo‘lib, u yerda davlat ahamiyatiga molik muhim hujjatlar to‘plangan.
Shuningdek, xon huzurida ham huddi Buxorodagidek - devonbegi, parvonachi,
shotir, kitobbardor lavozimlari bo‘lib, ular faoliyati o‘z-o‘zidan ish yuritish va
hujjatlami saqlash bilan uzviy bog‘liq edi. 0‘zR MDAda saqlanayotgafl Xiva xonlari
arxiv hujjatlarida xonlikdagi arxiv ishi va ish yuritish tartiblari yoritilgan. Xiva
xonligi arxivi hujjatlarini butlash tarixiga ruslar katta e’tibor qaratishgan. 1864-
1865-yillarda Rossiya harbiylarining Toshkentga qilgan yurishidan farqli o‘laroq,
Xiva xonligini zabt etishda harbiy qo‘shinlar bilan birgalikda harbiy-topografik va
madaniy-tarixiy mu’lumotlaf to‘plovchi olimlar guruhi ham safarbar etilgan.
Buholat bosib olingan hududlarga nisbatan Rossiya imperiyasi hukumatining va
ilmiy jamiyat vakillarinmg o‘ziga xos qiziqishini ortib borishi bilan bogiiqdir.
Masalan, rus geografik jamiyati tomonidan o‘lkani tadqiq etish yuzasidan “Xiva
xonligi geografik, etnografik va madaniy-tarixiy munosabatlarini o‘rganish
bo‘yicha” loyiha ishlab chiqildi. Loyihaning alohida boTimlari tarixiy geografiya va
yozma manbalami to‘plashga yo‘naltirilgan edi. Unda qanday sharoitlarda va
kimlardan (bozorlar va kitob rastalaridan, mansabdor shaxslardan) xonlikdagi sharq
qo‘lyozmalarini fan manfaatlariga o‘zlashtirish to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham
qo‘shilgan.
0‘z o‘mida loyihada rasmiy hujjatlami to‘plashga katta e’tibor berish alohida
ta’kidlangan. Loyihaning IV bo‘limida quyidagilar ta’kidlangan: “hujjatlar nafaqat
rasmiy. shaxslarga tegishli binolardan, balki o‘zlari yoki ota-onalari yuqori
mansabda ishlamagan oddiy fuqarolaming uylaridan ham topilishi mumkin.
Ulaming uylarida faxriy yorliqlami, shartnoma yoki ulaming nusxalarini uchratish
mumkin. Oqsoqollar tomonidan soliqlar yig‘imi hisoboti olib borilgan... Shunga
16
o‘xshash barcha qog‘ozlar ilmiy qiziqish kasb etadi”1.
Ushbu
loyihani
amalga
oshirishda
Turkiston
general-gubematori
K.P.Kaufmanning buyrug‘iga binoan Xiva yurishida faxriy maslahatchi va
sharqshunos - A.L.Kun ham ishtirok etgan. 1873-yilning 5 oktyabrida A.Kun
Turkiston general-gubematori fon Kaufinanga xat yo‘llab, ishi yuzasidan
quyidagilar to‘planganini jnaTum qildi: 1) Xonlik to‘g‘risidagi etnografik-statistik
materiallar; 2) xon saroyidan sharq qo ‘ lyozmalari, tangalar va hujj atli materiallami
konfiskatsiya qilinganligi; 3) kumushdan yasalgan ayollar taqinchoqlarining bir
qismi - sotib olish yo‘li bilan, bir qismi - mulkning kontributsiyasidan
to‘planganligini; turkman va turkman ayoliga tegishli ikkita manekenlarga
mo‘ljallangan kostyumlar; 4) Xiva xonlari taxtini musodara qilinganligi; 5)
tangalami zarb qilish uchun Xiva xonlari tomonidan qo‘llanilgan muhrlar; 6) ko‘xna
Urganchdan keltirilgan Xiva xonlari muhrlari va sharq qo ‘ lyozmalarining bir qismi,
shuningdek xonning taxti - Osiyo muzeyiga jo‘natilgan bo‘lsa, kitoblar, hujjatlar,
kumush buyumlar, kiyimlar, qadimgi tangalar va muhrlar Imperatorning oilaviy
kutubxonasiga topshirilgan. A.Kunning ma’lumotlariga ko‘ra, Xiva xoni saroyi
egallanganligining ikkinchi kunida turli xil mazmundagi 300 ga yaqin qo‘l~
yozmalar konfiskatsiya qilingan.
Ulardan 129 tasi-140 jildli tarixiy to‘plamlar, yigirmaga yaqin sharq
shoirlarining 30 jildli asarlari, 40 ta huquqiy-diniy 50 jildli to‘plamlar, shuningdek,
Qur’onning 18 nusxasi va 50 ta o‘quv qo‘llanmalardan iborat edi. A.Kunning
fikricha, bu qo‘lyozmalar orasida xon saroyi yilnomachisi vazifasida ishlagan Yunus
Mirobning “Xiva xonlari tarixi” asari qimmatli manbalardan biri hisoblangan.
Asarda qo‘ng‘irotlar sulolasining asoschisi Eltuzarxon davridan to Rossiya
imperiyasi bosqiniga qadar hukmronlik qilgan xonlar tarixi yoritilgan. Davlatda
mavjud bo‘lgan urf-odatlar bo‘yicha bu asar rasmiy yilnomachilar tomonidan
avloddan-avlodga merosiy asar qilib qoldirilgan. Xiva yurishi vaqtida turli xil
1 Alimov.I Butayev.A – Arxivshunoslik. And. 1997. 44-b
17
mazmundagi quyidagi arxiv hujjatlari to'plangan: 1) moliyaviy ishlarga (xonlikdagi
kirim va chiqimlar muallif) oid hujjatlar; 2) mulk va vaqf yerlari to‘g‘risidagi
hujjatlar; 3) xizmat xatlari (turli xil diplomatik yozishmalar va iltimosnomalar) va
h.k. Birinchi guruhda soliq yig‘imlari haqidagi qaydnoma juniallar (salg‘uta)
to‘plangan. Ikkmchisi - devonbegi Matmurodning xonlik xarajatlari to‘g‘risidagi
hisobotlaridan tashkil topgan.
Uchinchisiga, Buxoro, Qazali, Konstantinopol va boshqa shahaiiarda
yashovchi Xiva savdogarlarining xonga yozgan iltimosnomalari; yer to‘g‘risidagi
bahs nizolami hal qilib berish to‘g‘risidagi so‘rovnomalar, yer-joy olish to‘g‘risidagi
arznomalar kirgan. Diplomatik yozishmalar orasida quyidagi hujjatlar aniqlandi:
Ost-Indiya general-gubematori Nors Brunning xati; turk sultonining xat va
farmonlari; rus elchisi va generali Danilevskiy va Xiva xoni o‘rtasida imzolangan
shartnoma; Turkiston general-gubeinatori bilan olib borilgan turli xil maktublar va
h.k. A.Kunyuqoridato‘planganarxivmateriallarinitahlilqilib,ulardagi ma’lumotlami
to‘liq bo‘lmaganligi omillarini ham ko‘rsatib o‘tdi. Birinchisi - Rossiya
imperiyasining bosqinchilik harakatlftri va yuzaga kelgan siyosiy voqealar bilan
bog‘liq bo‘Isa, ikkinchisi - 0‘rta Osiyo xonliklarida yozma manbalarni saqlovvni
yo'lga qo‘yilmaganligi hamda davlat arxivlari yoki shunga o‘xshash arxiv :
saqlovxonalarining yo'qligida edi. Biroq, A.Kun tomonidan to‘plangan sharq
qo‘lyozmalarmi, shuningdek, ular orasidagi Xiva xonlari kitoblarining o‘z manziliga
yetkazish taqdiri fojiali bo‘lgan. N.P.Ostroumovning kundalik xotiralarida
ta’kidlanishicha, 1891-yilning 5 sentabridau Xiva xonining bosh kotibi Polvon
Miiza boshi bilan uchrashganda, Polvon Mingboshi unga quyidagi larni ma’lum
qilgan:
“Kun Xivadan 1500 ta turli xil qo‘lyozmalami olib ketgan, biroq bu
qo‘lyozmalami qayiqda olib ketishi mobaynida ulaming ko‘pchilik qismi suvdan
nam bo‘lib qoladi. Nam bo‘lib qolgan huijatlami quritish uchun 150 ta mulla
madrasadan chaqirilgan. Yordamga chaqirilgan mullalar tomonidan ayrim
qo‘lyozmalar yashirib qoljngan va bu qo‘lyozmalami keyinchalik u Buxoroda
ko‘rgan”. Umuman, Xiva xonlari arxivi asosan qushbegi jnahkamasi, devonbegi va
18
mehtar hujjatlaridan tashkil topgan edi. 1948-yilning iyulida Xorazm viloyat davlat
arxiv fondida to'plangan “Xiva xoni devonxonasi”ning 1874-1917-yillardagi
voqealami aks ettiruvchi 98 saqlov birligidagi hujjatli materiallari 0‘zR MDAga
qabul qilindi1.
Bu hujjatlar Amudaryo bo‘limi boshlig‘i va Xiva xoni mahkamasi o'rtasida
soliq yig‘imlari, jinoiy va fuqaroviy ishlar to‘g‘risidagi hamda boshqa hujjatlardan
iborat edi. Bir yildan so‘ng fondga Qoraqalpog‘istondan keltirilgan qozilik va vaqf
hujjatlari, mahalliy xalqning xonga murojaatlari, devonxonaning soliq tushumlari
haqida ma’lumotberavchi daftarlari, alohida yeregalariqaramog‘idagi yerlar va
sug‘orish kanallarida tozalashga qatnashgan ishchilar haqidagi statistik ma’lumotlar
ham topshirildi. 1960-yilda respublika arxiv boshqarmasi xodimi S. Davletshina va
Xorazm viloyati davlat arxivi xodimlari tashabbusi bilan mahalliy aholidan Xiva
xonlari arxiv hujjatlarini to‘plash bo‘yicha ekspeditsiya tuzildi. 0‘tkazilgan
tadqiqotlar natijasida 1961 -yilningiyimida Xiva aholisidan 111 ta hujjat sotib olindi
va 120 ta hujjatlar bepul qabul qilindi, Bundan tashqari, Qoraqalpog‘iston aholisidan
15 ta hujjat bepul va 35 ta hujjat sotib olindi2. 1962 yilda 0‘zRMDAfondi
M.E.Saltikov-Shedrin nomidagi davlat ommaviy kutubxonasi (sobiq Imperator
ommaviy kutubxonasi, hozirda esa - Rossiya Milliy kutubxonasi)dan berilgan 10158
ta varaqdan iborat hujjatlar bilan to‘Idirildi. Keyingi yillarda yuqoridagi arxiv
hujjatlari qaytadan ta’mirlanib, ulaming opis ro‘yxatlari va yig‘majildlari tuzildi.
1988-yilnihg 20 aprelida fond-nodir hujjatlar fondi deb tan blindi. Bugungi kunda
fondda 1269 saqlov birligidagi hujjatlar saqlanmoqda.
1 Alimov.I Butayev.A – Arxivshunoslik. And. 1997. 29-b
2 Hamidova M.S. Arxiv ishi nazariyasi va amaliyoti. O‘quv-uslubiy majmua. – T., 2011. 55 - b