O‘RTA OSIYODA TILSHUNOSLIK
Reja:
Kirish
1. O‘rta asrlarda Markaziy Osiyoda tilshunoslik
1.1. Abu Nasr Farobiyning lingvistik qarashlari
1.2. Abu Rayhon Beruniyning tilshunoslik ta’limoti
2. Abu Ali Ibn Sinoning tilshunoslik ta’limoti
2.1. M.Zamaxshariy va tilshunoslik
2.2. M.Koshg‘ariy va tilshunolsli
2.3. A.Navoiy va tilshunoslik
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Kirish
Mavzuning dolzarbligi: “Tilshunoslik nazariyasi” fani murakkab va ko‘p
qirrali, boshqa ijtimoiy fanlar bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan til haqidagi mustaqil va
aniq fan bo‘lib, tilshunoslik sohasining nazariy mavzularini yoritish, fan doirasida
o‘rganiladigan asosiy masalalarning mazmun mundarijasini belgilash, nazariy
tilshunoslikning muhim xususiyatlari borasida tasavvur hosil qilish, asosiy
lingvistik hodisalar, jarayonlar, til birliklari, til birliklarining tizim sifatidagi
qurilishi haqida ma’lumot keltirish, til mohiyatini nazariy muammolar asosida tahlil
qilish, tilning tabiati, ijtimoiy mohiyati, kishilik jamiyatida bajaradigani vazifasi,
til va so‘zlashuvchining ruhiy faoliyati, so‘zlovchi va suhbatdoshning o‘zaro
munosabati, tilning kommunikativ xususiyatlari, tilning kelib chiqishi, tarixiy
taraqqiyot jarayonlari va qonuniyatlarini, til va tafakkurning bir-biriga uzviy
bog‘liqligini, tilning belgili va belgisiz xususiyatlarini umumlashtirib, ilmiy
xulosalar chiqaradi va shu asosda til qonuniyatlarini aniqlab beradi.
Kurs ishining maqsadi va vazifalari: fanining maqsadi quyidagilardan iborat:
-lingvistikaning tabiati, mohiyati va predmetini belgilash;
obyektiv borliqdagi hodisalarga tilning munosabati, uning boshqa hodisalar
ichida tutgan o‘rnini o‘rganish;
- tilning nutq va nutq faoliyati bilan munosabatini o‘rganish;
- til strukturasi, bu strukturani tashkil etgan birliklarning o‘zaro munosabati,
uning ichki mexanizmi, ishlash qonuniyatlari kabi muhim masalalarni ilmiy
o‘rganish;
-til va jamiyat, tilning kishilik jamiyatidagi o‘rni, tilning ijtimoiy muhitga
ko‘ra o‘zgarish xususiyatlari, tillarning sotsiolingvistik tasnifi kabilarni o‘rganish;
- til va tafakkur, til va psixologiya, til va semiotika kabi tilga bog‘liq
masalalarni tadqiq etish;
-tildagi muammo va masalalarni sinxroniya va diaxroniya (ya’ni hozirgi va
tarixiy holati)da ilmiy tadqiq etish;
- mavjud metod va metodologiyalardan magistrlarni puxta xabardor etishdan
iborat.
1. O‘rta asrlarda Markaziy Osiyoda tilshunoslik
Arab tilshunosligi va fani rivojiga arablar bilan bir qatorda, eroniylar, greklar,
evreylar hamda arab xalifaligiga qarashli bo‘lgan Markaziy Osiyo xalqlarining
farzandlari ham katta hissa qo‘shganlar. Bu haqda o‘zbek qomusida shunday fikr
bildirilgan: «O‘rta asrlarda tilshunoslikning rivoji arab va arab tilida ijod etgan
filologlar tomonidan davom ettirildi. Arab tilshunosligi rivojida Abu Rayhon
Beruniy, Ibn Sino, Zamahshariy, Javhariy, Mahmud Koshg‘ariy singari O‘rta
Osiyolik olimlarning ham hissasi katta bo‘ldi» (1:102).
Abu Nasr Farobiyning lingvistik qarashlari. Abu Nasr Muhammad ibn
Muhammad ibn Tarxon ibn O‘zalik al - Forobiydir (873-950). Markaziy Osiyoning
yirik mutafakkiri.
Forobiy o‘z davrida mavjud bo‘lgan barcha ilmlardan bahramand bo‘lishga
intildi va bu yo‘lda Bog‘dod, Damashq, Halab, Harron kabi arab sharqining juda
ko‘p shaharlariga sayohat qildi, borgan shaharlarida olimlar bilan tanishib, ular bilan
suhbatlar uyushtirdi. Abu Nasr Forobiyni SHarqda ikkinchi Muallim (Muallimu
Soniy) deb yuritganlar.
Zamonasining ana shunday yirik mutafakkiri bo‘lishiga qaramay, Abu Nasr
Forobiy juda faqir yashagan. Hatto u yozishga qog‘oz, mutolaaga chiroq yog‘i ham
topa olmagan. SHunday bo‘lsa-da, u ilm yo‘lidan chekinmagan.
Abu Nasr Forobiy juda ko‘p fanlar, tillar va hunarlardan xabardor edi. Forobiy
shaharma-shahar kezib, nihoyat, Damashq shahriga keladi va shoh saroyiga kirib
boradi. U eshikni ochib, kirishga ruxsat so‘raydi. Hamma juldur kiyingan bu kishiga
tikilib qoladi. Forobiy to‘ppa-to‘g‘ri borib, shoh oldidagi bo‘sh joyga o‘tiradi. SHoh
saroyida maxsus bir tilda gaplashishar edi. Podshoh shu tilda uni chiqarib
kaltaklashni buyuradi. SHunda Forobiy shohga qarab:
-Taqsirim, shoshilinch ish qilish podshohga yarashmaydi, – deydi. Podshoh
esa Forobiyga qarab:-Cen bu tilni bilasanmi? – deydi.
Forobiy:-Etmish tilni bilaman, deb javob beradi. Podshoh shunday juldur
kiyingan, devonavash bir kishi qobiliyatini ko‘rib hayratlanadi.
Darhaqiqat, Abu Nasr Forobiy turli tillarni o‘rganish bilan shug‘ullangan.
Masalan, u tibbiyot va mantiq ilmini xristian vrachi YUxanno ibn Xaylon
Kunnoiydan, hikmat va yunon tilini xristian Abu Bashar Mattodan o‘rganadi.
Farobiy 70 tilni o‘rgangan va u tillarda bemalol so‘zlasha olgan.1
Podshoh va ommani hayratlantirish qobiliyatiga ega bo‘lgan Abu Nasr
Forobiy falsafa, mantiq, filologiya, ritorika, tibbiyot, musiqa, matematika,
zoologiya, botanika kabi fanlarga tegishli 180 dan ziyod asarlar yozgan. SHundan
ko‘rinadiki, Forobiyning ilmiy-falsafiy merosi nihoyatda boy va rang-barangdir.
Abu Nasr Forobiy tilshunoslik va adabiyotshunoslik, poetika va ritorikaga
tegishli bir qancha asarlar ijod etgan. U bu mavzuda «SHarh kitob-al-Xitoba li
Aristutilos («Aristotelning «Ritorika» asariga yozilgan sharh kitobi»), «Kitob al-
alfoz va al-xuruf» («Lafz-so‘zlar va harflar haqida kitob»), «Kalom lahu fi ma’no
ism al-falsafa»(«Falsafa nomining ma’nosi haqida»), «Kitob fi al-xitoba kabir,
ishrun majalladan»(«Ritorika» haqida yigirma jildlik katta kitob»), «Kitob fi sanoat
al-kitoba» («YOzuv san’ati haqida kitob»), «Kalom lahu fi ash-she’r va al-kavofiy»
(«SHe’r va qofiyalar haqida so‘z»), «Kitob fi al-lug‘at»(«Lug‘atlar haqida kitob»),
«Kitob fi ixso ikao» («Ritmlar tasnifi haqida kitob») kabi asarlar yozgan. Bu
asarlarda Forobiy shoir, tilshunos, adabiyotshunos sifatida namoyon bo‘ladi.
Abu Nasr Forobiy Aristotelning «Ritorika» asariga yozgan sharhida so‘z
turkumlarini ot, fe’l, bog‘lovchi deb uch guruhga ajratadi. Bu narsa uning so‘z
ma’nolari, tovushlar tahlili, yozuv tizimi, uslubiyat haqidagi fikrlarida o‘z ifodasini
topgan. Abu Nasr Forobiy har bir so‘z ifodalovchi tushuncha, tasavvur haqida fikr
bildirib shunday yozadi: «Bordi-yu agar o‘shanda u kishiga biror narsaninig o‘zini
so‘z bilan tavsiflab berilsa bormi, unda o‘sha so‘z mulohazalarda ishlatiladigan har
1 Хайруллаев М. Абу Наср Фаробий. – Тошкент, 1961, 13-бет.
bir narsa ichida yaxshilik va yomonlik, adolatsizlik yo tubanlik va yo bo‘lmasa,
halollikni tasavvur qilganiga o‘xshab ketadi.
Bas shunday ekan, xayolga kelgan so‘zlardan kuzatilgan maqsad ham
eshituvchini uning xayoliga kelgan narsani qilishga undashdan iborat bo‘ladi»2
Abu Nasr Forobiy o‘z asarlarida tillar va ularning lug‘atlari haqida ma’lumot
beradi. U falsafa so‘zining ma’nosi haqida shunday yozadi: «Falsafa yunoncha
bo‘lib, arab tiliga chetdan kirgan so‘zlardandir. Bu so‘z ularning tillarida filosufo
deb aytiladi. Uning lug‘aviy ma’nosi-hikmatni yoqtirish demakdir. Bu so‘z yunon
tilida «filo» bilan «sufiyo» so‘zlaridan tarkib topgan. «Filo» deganda yoqtirish,
sevish tushuniladi; «sufiyo» deganda esa hikmat, donolik tushuniladi. Faylasuf so‘zi
falsafadan olingan, bu yunonlarning tilida «filasufus» deyiladi. Bu o‘zgarish
yunonlarda ildizdan bo‘ladigan o‘zgarish sanaladi. Ularning tilida buning manosi
hikmatni sevish demakdir. Ular bu bilan hayotdan va umr ko‘rishdan maqsad
hikmatni ta’kidlashdan iboratdir, deyishadi.3
Forobiy o‘z asarlarida so‘z ma’nolarini tasniflaydi. Uningcha, so‘z ma’nosi
ikki xil bo‘ladi: sodda va murakkab. Bir turdagi narsa va hodisalarni atash vazifasini
bajaruvchi alohida so‘zlar sanaladi: odam, hayvon, uy, kitob kabi.
Har bir narsa va uning belgisini bildiruvchi so‘zlar murakkab hisoblanadi:
Bu odam hayvon.
U sodda ma’noli so‘zlarni ikkiga ajratadi:atoqli otlar, tur va jinsni
ko‘rsatadigan so‘zlar. Tur va jins bildiruvchi so‘zlar asosida Forobiy so‘z
turkumlarini ham tasnif etadi. U tur va jins bildiradigan so‘zlarni arab grammatik
maktablari an’analari asosida ot, fe’l va yuklamalarga ajratadi. Ot va fe’llarning
grammatik kategoriyalari haqida ma’lumot beradi. Xususan, otlar uchun jins (er-
xotin), son (birlik-ikkilik, ko‘plik) kategoriyalari, fe’llar uchun zamon (o‘tgan,
kelasi, hozirgi) kategoriyalari xosligini ta’kidlaydi.
2 Фаробий Абу Наср. Фозил одамлар шаҳри. – Тошкент, 1993, 114-бет.
3 Нурмонов А., Маҳмудов Н. Ўзбек тилшунослиги тарихи. – Тошкент, 2000, 208-бет.
Forobiy tilshunoslikning mundarijasi haqida qimmatli fikr bildirgan. U
tilshunoslikning mundarijasini olti bo‘limdan iborat deb belgilaydi: 1)sodda so‘z
haqidagi fan; 2) so‘z birikmalari haqidagi fan; 3)sodda so‘z qonunlari haqidagi fan;
4) so‘z birikmalari qonunlari haqidagi fan; 5) yozuv qonunlari va to‘g‘ri talaffuz
(orfoepiya) haqidagi fan; 6) she’r tuzilishi qoidalari haqidagi fan.
Forobiy har bir bo‘limda nimalar o‘rganilishi haqida ma’lumot beradi.4
Abu
Nasr
Forobiy
o‘z
davrining
etuk
adabiyotshunosi
sifatida
adabiyotshunoslik atamalaridan tragediya, komediya, drama, satira, poema,
epos, ritorika, akustika haqida ma’lumot berib, ularning hozirgi ma’nosidan
boshqa ma’noda ishlatilishini qayd etadi.
Abu Nasr Forobiy o‘zining «SHe’r va qofiyalar to‘g‘risida so‘z» nomli
asaridan bir xil tovushlar bilan tugallanadigan so‘zlar, lafzdosh so‘zlar, o‘zak va
qo‘shimchalar qofiyasi nomi bilan ataladigan qofiya haqida ma’lumot beradi. Qofiya
misra oxirini eslatish bilan ritmning shakllanishiga muhim hissa qo‘shadi, deb
ko‘rsatadi Forobiy.
Abu Nasr Forobiyning tilshunoslik, umuman, filologiya sohasida yaratgan
asarlari ko‘p zamonlar o‘tishiga qaramay, insonlarni so‘zni sevish kabi olijanob
ishga undaydi kelajakda katta-katta ishlar qilish va bunday vazifalarni amalga
oshirish uchun g‘ayrat ko‘rsatishga umidvorlik baxsh etadi.
Abu Rayhon Beruniyning tilshunoslik ta’limoti. Abu Rayhon Muhammad
ibn Ahmad Beruniy (973-1048)ning asarlari 152 ga boradi. Afsuski, bizgacha faqat
30 tachasigina etib kelgan. Ularni o‘rganish bu buyuk olimning astronomiya,
matematika, fizika, minerologiya, geodeziya, jug‘rofiya, falsafa, filologiya kabi
fanlar taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi nihoyatda ulkan ekanini ko‘rsatadi. Biroq
Beruniyning shu kungacha fanga ma’lum bo‘lgan asarlarining hammasi ham nashr
etilgan va to‘la o‘rganilgan deb aytolmaymiz, ularning ayrimlari hamon
qo‘lyozmaligicha qolib kelmokda. SHu sababli, ensiklopedist olim ijodining ayrim
4 Ўринбоев Б. Тилшунослик назарияси (Маърузалар матни). – Самарқанд, 2003, 10-12 –бетлар.
tomonlari, jumladan, tilshunoslik qarashlari etarli darajada yoritilmagan va munosib
baholanmagan.
Beruniyning «Tahqiq mo li-l-hind min maqula maqbula fi-l-aql av marzula»
(«Hindlarning aqlga sig‘adigan yoki sig‘maydigan ta’limotlarining haqiqatini
aniqlash»,
«Hindiston»),
«Al-Qonun
al-Mas’udiy»(«Qonuni
Mas’udiy»)
«Geodeziya», «Minerologiya», «Kitob-ul-Saydana fi-t-tib» asarlarida adabiyot,
tilshunoslik kabi sohalarga oid qimmatli ma’lumotlar bor.
Abu Rayhon Beruniy o‘zining «Hindiston» asarida hind tili haqida ham
qimmatli fikrlar beradi.
Uningcha, hindlar bilan oramizning uzilib qolishiga birmuncha sabablar bor.
Ulardan biri lug‘at-tilda o‘zgalik, undan keyin hindlarning tillari oddiy xalq
o‘rtasida ishlatiladigan va fozillar sarf (morfologiya), ishtiqoq (etimologiya), nahv
(sintaksis) va balog‘atning nozik qoidalariga asoslangan tilga bo‘lingan».5
Beruniy sanskrit tilining ancha qiyinligi, undan foydalanib yozilgan asarining
ko‘chiruvchisi juda ehtiyotkor bo‘lishi zarurligi, u tildagi xususiyatlarga e’tibor
berish kerakligini uqtiradi.
Hindlarning tillari, deydi Beruniy, arab va fors harflariga tegishli tovushlarga
to‘g‘ri kelmaydi va o‘xshamaydi, hatto, tilimiz u tovushlarni o‘z joyidan chiqarib
aytolmaydi, quloqlarimiz ularning nutq tovushlarini ajratib eshita olmaydi. Nutq
tovushlarini ifodalovchi harflarni hind kabi yoza olmaymiz. Natijada ularning
lug‘aviy birliklarini xatimiz bilan ifodalash qiyinlashadi.
Ko‘pincha hindlarning og‘zidan bir ismni yaxshilab talaffuz qilishni o‘rganib
olamiz, keyin shu ismni ularga qaytarib aytsak, anglamaydilar yoki zo‘rg‘a
anglaydilar. CHunki hindlarning tillarida 2 va 3 undosh harf ketma-ket keladi va
ularni talaffuz qilish biz uchun qiyin.
5 Беруний А.Р. Танланма асарлар. – Тошкент, 1965. II. 32-бет.
Beruniyning ko‘p tillarni bilish qobiliyatiga «Hindiston» asari bilan
tanishgach guvoh bo‘lamiz. U asarda keltirgan ma’lumotlarga qaraganda, ona tili -
xorazmiy tilidan va turk, fors, arab tillaridan tashqari yunon va suryoniy tillarini
mukammal bilgan. Natijada u o‘z kitobida 20 dan ortiq yunon tilidagi asarlarga
havola beradi va sitata keltiradi.
Abu Rayhon Beruniy o‘z asarlarida til, yozuvning ahamiyati, sinonimiya
hodisasi, hind atamalarini arab tilida berish usullari haqida atroflicha fikr yuritadi.
Beruniy kishilarning aloqa vositasi bo‘lgan tilning vazifasini, til va yozuvning
munosabatlarini, yozma til va og‘zaki tilning farqini, til taraqqiyotida yozuvning
o‘rnini izohlab shunday yozadi: «Til so‘zlovchi istagini eshituvchiga etkazuvchi
tarjimondir. SHuning uchun til zamonning bir ondek turg‘un qismi kabi cheklanib
qoladi. Agar insondagi so‘zlash quvvati hamma joyga shamol kabi yoyiluvchi
bo‘lmaganda edi va zamonlardan zamonlarga nafaslar singari o‘tuvchi xat yozish
san’atini keltirib chiqarmaganda edi, o‘tmish zamonning xabarini, ayniqsa, uzoq
zamonlar o‘tganda hozirgi zamon tillariga qanday ko‘chirib bo‘lar edi?».6
Sinonimiya tilning boy ekanligini, taraqqiyot darajasini ko‘rsatib turuvchi
hodisalardan biridir. Sinonimiya tufayli nozik ma’no ottenkalarni anglatishga, rang-
barang stilistik bo‘yoqlarni ifodalashga erishiladi.
Nozik ma’no va buyoqlarni bildirishdan tashqari, sinonimiya nutqni ravon
qilib tuzishda, qaytariqlarning, shuningdek, tovush noqulayligining oldini olishda
ham muhim rol o‘ynaydi. Bu haqda Beruniy shunday yozadi: «Ularning tili so‘zga
boy va keng; arab tili kabi, ma’lum bir narsa biron o‘zakdan olinib, o‘ziga xos qilib
belgilangan bir muncha ismlar bilan ataladi; maqsadni ifoda qilishda sifatlarni
ko‘proq aytishga ehtiyoj tug‘iladigan ko‘pgina narsalarga bitta ism beriladi».7
6 Беруний А.Р. Кўрсатилган асар, 138-бет.
7 Беруний А.Р. Кўрсатилган асар, 32-бет.
Beruniy narsa nomini bilish insonning ma’naviy boyligi emas, balki katta
moddiy boyligi bo‘lishi mumkinligini, shuning uchun ham til o‘rganishning tengsiz
amaliy ahamiyati mavjudligini ta’kidlaydi.
Fikrining isboti sifatida asarning V bobida shunday rivoyat keltiradi:»
Xorazm amirlaridan biri kasal bo‘lib uzoq qiynaladi. Nihoyat, nishopurlik bir tabib
uning kasaliga nima davo bo‘lishi mumkinligi haqida retsept yozib yuboradi. Bu
retseptni mahalliy dorishunoslarga ko‘rsatadilar. Ular tavsiya etilgan bir dorivor
o‘simlikni hech aniqlay olmaydilar. SHunda bir kishi ular qidirayotgan dorivor
o‘simlikni topib berishi mumkinligini, lekin narxi besh yuz dirham sof kumushdan
kam bo‘lmasligini aytadi. Amir mulozimlari rozi bo‘lishadi. U kishi mulozimlarga
o‘simlik tomirini tutqazadi. Bu o‘simlik tomiri har kuni o‘zlari ko‘rib yuradigan
oddiy bir chayon o‘tining tomiri edi. Mulozimlarning jahli chiqib, o‘n besh dirhamga
ham olmaydigan shu tomirni besh yuz dirhamga berasanmi? deb o‘shqirdilar.
SHunda giyohfurush javob beradi: «Dorivor moddalar nomini bilish bebaho
boylikdir. Sizlar shu o‘simlik nomini bilmaganliklaringiz tufayli kasalning
qanchalar qiynalishiga sababchi bo‘ldilaringiz, tilla bahosiga bo‘lsa ham sotib
olishga rozi edilaringiz».
Nomning jamiyat hayotida shu qadar katta ahamiyatga ega ekanligini
e’tiborga olib, Beruniy «Saydana» asarida ma’lum dorivor moddaning bir necha
tillarda qanday nomlanishini bayon qilish bilan birga, har qaysi tildagi mahalliy
nomlanishiga ham katta o‘rin beradi.
Abu Rayhon Beruniy ayrim mutaassib kishilar arab yozuvini Alloh tomonidan
yuborilgan, deb ilohiy tus berayotgan bir paytda, har qanday yozuv kabi bu yozuv
ham insoniyatning kashfiyoti ekanligini e’tirof etadi. Lekin bu yozuvda ancha
noqisliklar bor ekanligi, shuning uchun ham grek, lotin, hind tilidagi asarlarning arab
tiliga qilingan tarjimalarida ayrim nomlarni to‘g‘ri ifodalash qiyin, shu tufayli ko‘p
nomlar g‘aliz berilishini bayon qiladi.
Olimning aytishicha, arab yozuvida «katta baxtsizliklar» bor. Unli
fonemalarning ifodalanmasligi, ko‘p harflarning bir-biriga o‘xshashligi va ularning
ayrim nuqtalar orqaligina farqlanishi qator qiyinchiliklarga olib keladi. Dioskorid,
Galen, Pavel, Oribaziy kabi grek olimlarining familiyalari to‘liq va to‘g‘ri ifodalab
bo‘lmasligini originalni qiyoslagan holda transkripsiya qiladi. SHuningdek, hind
so‘zlarini berishda bir qancha hind fonemalarining arab tili fonologik sistemasida
yo‘q ekanligini, shuning uchun arab yozuvi orqali bu so‘zlarni to‘g‘ri ifodalab
bo‘lmasligini aytadi. Olim arab yozuviga forslardan foydalangan holda ayrim
qo‘shimcha harflar kiritadi.
«Saydana» asarini o‘qir ekanmiz, Beruniyning qanchalar chuqur filologik
bilimga ega ekanligining guvohi bo‘lamiz. U nazmning turli nazariy masalalariga
bag‘ishlab bir qator asarlar yozgan. SHu bilan birga, o‘zi ham arab tilida yaxshigina
she’rlar ijod qilgan.
Bundan tashqari, turli tilda so‘zlashuvchilarning o‘zaro aloqasi natijasida ham
tillar bir-birini boyitib boradi. Xalqlar orasidagi iqtisodiy, siyosiy, madaniy aloqalar
natijasida bir til qurilishining birliklari ikkinchi tilga kirib boradi, shu tilga singib,
uning o‘z til birligiga aylanib ketadi. Tildagi bu qonuniyat to‘g‘risidagi Abu Rayhon
Beruniy shunday yozgan edi:»Agar ism biron o‘zakdan olingan bo‘lib, arab so‘zi
bilan ularning ma’nosini berish mumkin bo‘lsa, bundan boshqa yo‘lga yurmayman.
Lekin hindchasini ishlatish engilroq bo‘lsa, uning yozilish shakli juda aniqlangandan
keyin, o‘sha hindchani ishlataman. YOki so‘z chetdan kirgan bo‘lib, o‘zi juda
mashhur bo‘lsa, uning ma’nosini aytgandan keyin o‘zini ishlataman. Agar u ism-
atama o‘rnida bizda ham mashhur ism bor bo‘lsa, bunda ish oson».8
Beruniy asari manbalarga chuqur asoslanganligi bilan xarakterlanadi. Bu
narsani hindlarning maxsus atamalari haqidagi fikrlarida ko‘rish mumkin. Asarda,
boshqa manbalarda berilgan ko‘p atamalar bilan bir qatorda, ilmiy tenglashtirib
bo‘lmaydigan so‘zlar ham ko‘pchilikni tashkil qiladi. Bular uzunlikni o‘lchash
8 Беруний А.Р. Кўрсатилган асар, 37-бет.
uchun ishlatiladigan rama, dasta va she’r turoqlariga oid bo‘lgan jvalana, madxya,
parvata kabi atamalardir.
Beruniy
hind
yozuvining
xususiyatlarini
nazarda
tutib,
hind
transkripsiyasining diqqatga sazovor tizimini ishlab chiqdi. Bu transkripsiyada
undoshlarni belgilashda arabcha talaffuz mos bo‘lmagan belgilarni qo‘llagan.
Masalan, u «gaf», «pe» va «chim» harflaridan hind tilidagi shunday harflarni
ifodalash uchun foydalangan. Ko‘pgina tadqiqotchilarning aytishicha, bu usul urdu
tilida faqat XV-XVI asrlarda keng me’yorda ishlatila boshlagan.
Beruniy umrining oxirgi yillarida Mahmud G‘aznaviyning vorisi Ma’dud
sultonligi davrida ya’ni, 1048 yilda dorivor o‘simliklar, hayvonlar va ma’danlar
tavsifiga bag‘ishlangan «Saydana» (Kitob us-saydana-fit-tibb) asarini yozdi.
Beruniyning tilga va tilshunoslikka bo‘lgan qarashlari mana shu asarida yaqqol
namoyon bo‘ladi.
«Saydana»ning kirish qismida muallifning yoshlik yillarida o‘zini qurshab
turgan olamni va ularining turli tillarda qanday nomlanishini bilishga naqadar
ishtiyoqmand ekanligi bayon qilinadi. Xususan, olimning bolaligida uning yurtiga
bir grek ko‘chib keladi. Abu Rayhon unga don, urug‘, meva, o‘simlik va boshqa
narsalar ko‘tarib kelib, bular grek tilida qanday nomlanishini so‘raganligi va grekcha
nomlarini daftariga yozib olganligini bayon qiladi.
«Saydana»ning qimmatli tomoni shundaki, unda dorivor moddalarning bir
necha tillardagi nomlari keltirilgan. Hatto bir o‘simlik yoki modda bir tilning turli
shevalarida turlicha nomlanishi, yoki, aksincha, bir nom turli shevalarda turli
o‘simlik nomini bildirishi mumkinligi aytilgan. Bu esa dorivor moddalardan amalda
foydalanishni ancha qiyinlashtiradi. Ana shuni e’tiborga olib, alohida foydalanish
oson bo‘lishi uchun u modda nomining dialektal variantlarini ham ko‘rsatadi.
O‘zigacha yashagan va zamondosh shoirlarning asarlarini yoddan bilgan va
bu she’rlardan ilmiy asarlarida fikrini dalillamoq uchun «Saydana» asarida shoirdan
141 ta she’riy namunalar keltirgan.
Beruniyning qadimgi arab poeziyasiga katta e’tibor berishi tasodifiy emas.
CHunki qadimda yozuv madaniyatiga ega bo‘lmay turib, arablar biron voqeani esda
saqlab qolish uchun uni she’rga solganlar. Natijada she’r kishiga estetik zavq
bag‘ishlovchi vositagina bo‘lib qolmay, axborotni avloddan-avlodga etkazuvchi,
bilimlarni o‘zida to‘plovchi vosita vazifasini ham bajargan. SHu bois biror bir
dorivor moddaning qanday fazilatga ega ekanligini ham she’rga solganlar. Natijada
she’riyat xalqning bilimlar to‘plamiga aylangan.
«Saydana» asarini yozish uchun muallif faqat o‘zi yoshligidan dunyoning turli
mintaqalarida bevosita ko‘rgan va yozib olgan dorivor moddalar haqida ma’lumot
berish bilangina cheklanmaydi. Balki o‘zigacha bo‘lgan barcha olimlarning
qoldirgan diniy merosini sinchiklab o‘rganib, ulardan samarali foydalanadi. Bu
modda haqidagi ularning fikrlari beriladi.
Asardagi 29 bob va 1116 maqolada dorivor moddalarning nomi izohlanadi.
Har bir bob bir harfga bag‘ishlanadi. Arab alifbosidagi 28 ta harfga lom-alifni ham
qo‘shib alohida bob qilib beradi. Beruniy o‘z asarida bu muammoning o‘ta
muhimligini sezgan holda, 4500 dan ortiq arabcha, xorazmiycha, sug‘dcha, turkcha
va boshqa tillardagi o‘simlik, hayvon, minerallar va ulardan tayyorlanadigan
dorivorlar atamalarini shakllantirishda, me’yorlashtirishda juda katta xizmat
ko‘rsatadi. Ularni izohlash uchun 250 dan ortiq olimlar asarlaridan iqtiboslar
keltiradi.
Xullas, Beruniyning «Saydana» asari dorivor moddalar lug‘atidir. Bu
lug‘atning xarakterli xususiyati shundaki, muallif foydalanuvchilarga oson bo‘lishi
uchun dorivor moddalar nomlarini arab alifbosi tartibida joylashtiradi. Bir harf bilan
boshlanuvchi bir necha so‘z bo‘lsa, ular shu harf bobida ichki alfavit asosida
beriladi. Natijada o‘zigacha arab leksikograflarining lug‘at tuzish tamoyillaridan
ancha farq qiladigan o‘ziga xos lug‘atga aylanadi.
Bu lug‘at bir vaqtning o‘zida ham izohli, ham tarjima, ham etimologik, ham
dialektologik lug‘atning ilk namunalaridan sanaladi. Beruniy dunyo tillari, bularning
farqli xususiyatlari, leksikografiya, etimologiya, grammatika masalalari bo‘yicha
o‘zining ma’lum qarashlarini bayon qildi va bu bilan tilshunoslikning fan sifatida
shakllanishi va lingvistik ta’limoti rivojiga o‘zining munosib hissasini qo‘shdi.
Ibn Sinonining til to‘g‘risidagi ta’limoti. Abu Ali Ibn Sino (980-1037) o‘rta
asr SHarqining buyuk mutafakkiri, qomusiy olimidir. Ibn Sinoning til haqidagi
qarashlari o‘zining ilmiy teranligi, voqelikka munosib baho berish xususiyati bilan
ajralib turadi. Ibn Sino dunyo kamoloti uchun jamiyat a’zolarining erkin faoliyatiga
ham katta ehtiyoj borligini asoslab beradi. U yaratilgan narsalarning barchasi insoniy
aql tomonidan idrok eta olinishi kerakligini ham asoslab beradi.
Ibn Sinoning «Kitob ash-shifo», «Kitob an-Najot», «Donishnoma», «Kitob
ishorat va tanbihot», «Asbobi xudud al-xuruf» asarlarida tilshunoslikka doir fikrlari
bayon etilgan.
Ibn Sinoning til haqidagi ta’limoti mantiqiy nuqtai nazarga asoslanadi.
Uningcha, fikr belgisi haqidagi ta’limot til haqidagi ta’limotdir. U tilni tabiiy va
sun’iy tillarga bo‘ladi. Tabiiy til tafakkur belgisi sifatida Ibn Sino tomonidan har
tomonlama o‘rganilgan. Ibn Sino ta’kidlashicha, fikr va nutq, til va tafakkur
o‘rtasida doimiy aloqa mavjud.
Ibn Sino o‘zining «SHifo kitobi»da inson fikri so‘zlarda, ya’ni tilda o‘z
ifodasini topadi, degan fikrni bayon etadi.
Biror narsa haqida bilim hosil qiluvchi tushuncha tasdiqlovchi, boshqa
predmet vositasida hosil qilingan bilim aniqlangan sanaladi, deydi Ibn Sino. Ushbu
bilimlar belgilar vositasida qabul qilinadi.
Ibn Sino fikricha, belgilar uch xil bo‘ladi: aqliy, tabiiy va aloqadorlik. Aqliy
belgi sabab va natijaning aloqadorligini ko‘rsatadi. Masalan, biz tutunni ko‘rishimiz
bilan olovning mavjudligini ko‘z oldimizga keltiramiz. Tabiiy belgi tabiiy fiziologik
yoki qalb holatini ifodalaydi. Masalan, yuzning oqarishi – qo‘rqish yoki
kamquvvatlik, yuzning qizarishi – isitma ko‘tarilishi yoki uyatchanlikni ifodalaydi.
Aloqadorlik belgisida biror predmetning belgisi boshqa predmetning belgisi sifatida
qabul qilinadi. Masalan, qora kiyim motam belgisini bildiradi.
Aql har uchala belgini anglab olishda ishtirok etadi. So‘z belgi sifatida biron
bir ma’noni ifodalaydi. SHunga ko‘ra ma’noni farqlashning uch turi mavjud: rozilik
belgi, mazmun belgi va zaruriyat belgisi.
Rozilik belgi so‘z-belgi hisoblanadiki, u qanday kelishgan bo‘lsa, shuni
ifodalaydi. Masalan, uy so‘zi keltirilganda, uning xonalari, eshigi, derazasi, tomi
ko‘z oldimizga keladi.
Mazmun belgi ham so‘z-belgi bo‘lib, u ma’noning qismini ifodalaydi.
Masalan, biror kishi uyining devori qulagan bo‘lsa, uyim quladi deyish bilan uning
devori nazarda tutiladi.
So‘z bilan aloqador bo‘lib, so‘z-belgi ifodalagan tushunchadan tashqi belgi
sanalib, u zaruriyat belgisidir. Masalan, biz har doim «shift» haqida gapirganimizda
«devor» so‘zi ko‘z oldimizga keladi.
Ibn Sino so‘zlarni ikki guruhga ajratadi: sodda va murakkab so‘zlar. Ibn Sino
sodda va murakkab so‘zlar yig‘indisi gapni tashkil qiladi, deydi.
Murakkab so‘zlar o‘zining quyidagi xususiyatiga ega:
1. Murakkab so‘zlar o‘z belgilariga ega. Masalan, Hasan matematikdir.
murakkab so‘z. U uch qismdan iborat: Hasan, matematik va dir.
2. Murakkab so‘zning ma’nosi va mohiyati ham bo‘laklarga ajraladi.
Masalan, Hasan matematikdir gapida bir necha obraz o‘z ifodasini topgan: «Hasan
« obrazi, «matematik» obrazi va matematiklik tushunchasining Hasanga tegishliligi.
3. Murakkab so‘zning qismi ma’noning qismini ko‘rsatadi. YUqorida
keltirilgan misolda «Hasan» ma’lum kishini, «matematik» uning faoliyatining turini
ko‘rsatadi.
Sanab o‘tilgan shartlarning birortasidan ajralgan so‘z Ibn Sino fikricha, sodda
so‘zga aylanadi.
Sodda so‘zlarni u uch guruhga ajratadi: ism, fe’l va yuklama.
Mustaqil ma’noga ega bo‘lgan alohida olingan so‘z ism sanaladi: ona, ota,
o‘g‘il, tosh kabilar.
Ma’lum zamon ma’nosini ifodalovchi so‘z fe’l hisoblanadi: keldi, o‘tdi,
ishladi kabi.
Bir so‘zning boshqasi bilan aloqasini ifodalashga xizmat qiluvchi mustaqil
ma’noga ega bo‘lmagan so‘zlar yuklama sanaladi: ammo, lekin, va, ham, bilan kabi.
Ibn Sinoning tilshunoslik qarashlari mantiq asosida qurilgan bo‘lib, har
qanday tushuncha, hukm so‘z, so‘z birikmasi, gap orqali ifodalanadi.
Ibn Sinoning fonetikaga tegishli fikrlari ham diqqatga sazovordir. Abu Ali Ibn
Sinoning fonetikaga bag‘ishlangan «Asbobi xudud al-xuruf « (yoki»Asbob») asari
mavjud bo‘lib, uning bir necha qo‘lyozmalari bizgacha etib kelgan. Uning eng
qadimgi qo‘lyozma nusxasi 1024 yilda ko‘chirilgan.
Garchi bu asar arab tili fonetikasiga bag‘ishlangan bo‘lsa ham, lekin uning V
bobida fors, turk va boshqa tillar materiallari ham qamrab olinadi. SHuning uchun
ham Ibn Sinoning mazkur asari Sibaveyhiy asari singari o‘ziga qadar bo‘lgan
filologlarning asarlaridan farqli ravishda umumiy fonetika masalalarini yoritishga
bag‘ishlanganligi bilan ajralib turadi.
«Asbob» asari arab tilshunosligi an’anasidan tovushlarning fiziologik va
akustik tomoni o‘rganilishi bilan farqlanadi. Asarning arab tilshunosligi asarlaridan
yana bir farqli jihati shundaki, unda artikulyasiya tomonidan yaqin bo‘lgan va
akustik belgisiga ko‘ra farqlanuvchi undoshlarning o‘xshash va farqli belgilari
ochiladi. Masalan, k-g, q-g‘ kabi. Bu shuni ko‘rsatadiki, N. S. Trubetskoydan bir
necha asrlar oldin Markaziy Osiyo filologlari tomonidan korrelyativ undoshlar
ajratilgan va undosh fonemalarni belgilashda asosiy tamoyil sifatida foydalanilgan.
Ibn Sino asarida turli o‘zgarishlar bilan talaffuz qilinuvchi tovushlar variant
bilan farqlanishi ko‘rsatiladi. Xususan, r-r, i-i tovushlari bir umumiylikning ikki xil
ko‘rinishi ekanligini bayon qiladi.
Ibn Sinoning «Asbob» asari kirish va olti bobdan iborat. Asarning kirish
qismida uning yozilish sabablari, an’anaga ko‘ra kimning sharafiga yozilganligi
bayon qilinadi. Asar Abu Mansur Muhammad ibn Ali ibn Umarga bag‘ishlangan.
Muallif shu qismda risolani quyidagi olti bobga ajratganini bayon qiladi:
1. Tovushning paydo bo‘lish sabablari haqida.
2. Nutq tovushlarining paydo bo‘lish sabablari haqida.
3. Bo‘g‘iz va tilning anatomiyasi haqida.
4. Ayrim arab tovushlarining paydo bo‘lishidagi o‘ziga xos xususiyatlar
haqida.
5.Bu tovushlarga o‘xshash nutq tovushlari haqida.
6.Bu tovushlarning nutqiy bo‘lmagan harakatlarda eshitilishi haqida.
Risolaning birinchi bobida, umuman, tovushning paydo bo‘lishi to‘g‘risida
fikr yuritiladi. Uning ta’kidlashicha, har qanday tovush havoning to‘lqinsimon
tebranishi natijasida paydo bo‘ladi. Havoning tebranishida esa bir jismning ikkinchi
jism bilan to‘qnashuvi (kar) yoki har bir jismning ikkinchi jismdan uzilishi(kal)
muhim rol o‘ynaydi. Har ikki holda ham havoning to‘lqinsimon tebranishi ro‘y
beradi. Ikki jismning to‘qnashuvi jarayonida to‘qnashuvchi jismlar havoni qisib,
muayyan kuch va tezlik bilan harakat yo‘nalishi tomon tezroq fazoni bo‘shatishga
majbur qiladi. Bu jismning ikkinchi jismdan uzilishi natijasida ham uzilayotgan
jismlar qisilgan havoni muayyan kuch va tezlik bilan havoni bo‘shatishga majbur
bo‘ladi.
Har ikki holda ham uzoqlashayotgan havo shakl va to‘lqinni hosil qilishi lozim
bo‘ladi. To‘qnashuv natijasida hosil bo‘lgan to‘lqin uzilish natijasida hosil bo‘lgan
to‘lqindan kuchliroq tarqaladi. Ko‘rinadiki, u tabiatdagi tovushlarning qanday paydo
bo‘lishini birinchilardan bo‘lib ilmiy asoslab bergan.
Muallif fizik tovushlar bilan nutq tovushlarini bir-biridan farqlaydi va fizik
tovushni savt, nutq tovushlarini harf atamasi bilan nomlaydi.
Uning fikricha, savt va harf paydo bo‘lishiga ko‘ra o‘zaro umumiy va, shu
bilan birga, o‘ziga xos belgilarga ega. Umumiyligi shundaki, har ikki jismning
qisilishi yoki ochilishi, havoning tebranishi natijasida hosil bo‘ladi. O‘ziga xos
tomoni shundaki, harf nutq organlari tomonidan talaffuz qilinadi. Asarda
ta’kidlanishicha, harf - balandlik va ton bo‘yicha, o‘xshash tovushlarning eshitilishi
bo‘yicha bir-biridan farqlanadi.
Ibn Sino nutq tovushlarini hosil qiluvchi uch jihatni ko‘rsatib o‘tadi:
1. Ko‘krak qafasida hosil bo‘ladigan diafragma va ko‘krak muskullari orqali
harakatga keladigan havo to‘lqini.
2. Havo to‘lqini nutq organlarining turli nuqtasida to‘siqqa uchraydi.
3. Tovush turlicha tembr ottenkani beradigan va turli akustik belgi (masalan,
dinai «aks-sado» gunna «nazallik») hosil qiladigan rezonator. YUqoridagi uch jihat
bugungacha fonetikaga bag‘ishlangan asarlarda takrorlanib kelmoqda.
Ibn Sino nutq tovushlarini tasniflar ekan, unli va undosh tovushlarni bir-
biridan farqlaydi. Unlilar uchun musannita, undoshlar uchun samita atamalarini
qo‘llaydi. U arab tilidagi yigirma sakkizta undosh, uchta unli fonemalarni ajratadi.
Bu o‘rinda shuni alohida ta’kidlash kerakki, arab tilshunosligida Ibn Sinoga
qadar unlilar alohida fonologik birlik sifatida qaralmasdan, undoshlarning tarkibiy
qismi sifatida o‘rganilgan. Fonemalarni undosh va unlilarga ajratish Ibn Sinoning
jahon tilshunosligi rivojidagi katta xizmati, deb baholanmog‘i lozim.
Undoshlar paydo bo‘lish o‘rni, usuli, akustik xossasi hamda cho‘ziqlik, sifat
va miqdor belgilariga ko‘ra portlovchi va sirg‘aluvchilarga bo‘linadi. Portlovchilar
«bi hams tam» to‘liq to‘siqni yorib o‘tish orqali hosil bo‘ladi. Sirg‘aluvchilar «bi
hams gair tamm» esa, muallif fikricha, o‘pkadan chiqayotgan havoning to‘liq
bo‘lmagan to‘siqdan sirg‘alib o‘tishi orqali paydo bo‘ladi. Arab tilidagi 12 undosh
portlovchi sanaladi: q, g, d, d, t, t, b, m, n, l; quyidagi 16 ta sirg‘aluvchi sanaladi:h,
g, h, h, g, s, s, z, t, d, z, t, u, i, r.
Akustik belgisiga ko‘ra undoshlarni jarangli (maghura) va jarangsiz
(magmusa)larga bo‘ladi. Lekin bu belgilarga ko‘ra undoshlarga izchil tavsif
bermaydi.
Ibn Sino undoshlarni paydo bo‘lish o‘rniga ko‘ra sharhlaydi. Arab
tilshunosligi undoshlarning tasnifida artikulyasiya o‘rni (mahraj)ga etakchi belgi
sifatida qarab, 16ta paydo bo‘lish o‘rnini ajratadi. Lekin Ibn Sino o‘ziga xos yo‘ldan
boradi. U har bir undoshning o‘ziga alohida tavsif beradi. Undoshlar tavsifi bo‘g‘iz
undoshlaridan boshlanib, lab undoshlari bilan tugaydi.
Undoshlar cho‘ziqlik belgisiga ko‘ra, sodda undoshlar (mufrada) va
murakkab undosh (murakkaba)ga bo‘linadi.
O‘pkadan chiqayotgan havo to‘liq to‘siqni yorib o‘tishidan hosil bo‘lgan
undosh sodda undosh hisoblanadi; to‘liq bo‘lmagan to‘siqdan qisilib o‘tishi
natijasida paydo bo‘lgan undosh esa murakkab undosh hisoblanadi. SHunday qilib,
sirg‘aluvchi undoshlar murakkab undoshlarga to‘g‘ri keladi. SHuni ta’kidlash joizki,
Ibn Sino undoshlarning artikulyasiyasiga to‘xtalar ekan, nazallashishga ham alohida
e’tibor beradi. Nazallikni ifodalash uchun gunna atamasini qo‘llaydi. M va N
undoshlar talaffuz qilinganda bir qism havo burun orqali o‘tishini va bunday
undoshlar nazal (gunna) undoshlar ekanligini ta’kidlaydi.
Ibn Sino bo‘g‘iz va til haqida batafsil ma’lumot beradi. Bo‘g‘iz (handara) uch
tog‘aydan (gudruf) iborat ekanligini ko‘rsatadi: 1) qalqonsimon (dd-daragi); 2)
nomsiz (adim al-ism, al-ladi la smi ladu); 3) cho‘michsimon (al-targahali). Asarda
bo‘g‘izning quyidagi harakatlari ko‘rsatiladi:
1. Bo‘g‘izning torayishi. Nomsiz tog‘ay qalqonsimon tog‘ayga yaqinlashib,
unga qisilishi natijasida bo‘g‘izning torayishi yuz beradi.
2. Bo‘g‘izning kengayishi. Nomsiz tog‘ay qalqonsimon tog‘aydan
uzoqlashishi natijasida yuzaga chiqadi.
3. Bo‘g‘izning yopilishi. CHo‘michsimon tog‘ayning qalqonsimon tog‘ay
ustiga yopilishi natijasida ro‘y beradi.
4. Bo‘g‘izning ochilishi. CHo‘michsimon tog‘ayning qalqonsimon tog‘aydan
uzilishi natijasida hosil bo‘ladi.
YUqoridagi harakatlar bevosita bo‘g‘iz mushaklari ishtirokida amalga oshadi.
Bo‘g‘iz mushaklari esa ikki guruhga bo‘linadi: 1) bo‘g‘izning o‘z mushaklari; 2
bo‘g‘izning tashqi mushaklari. Muallifning ko‘rsatishicha, bo‘g‘iz harakatida 22ta
mushak ishtirok etadi. Ulardan oltitasi bo‘g‘izning ochilishi, to‘rttasi yopilishida,
oltitasi torayishida, oltitasi kengayishida qatnashadi.
Ibn Sino tilning (lisan) nutq organi sifatida tuzilishiga ham atroflicha
ma’lumot beradi. U tilni quyidagi qismlarga bo‘ladi:
1. Til asosi, tilning orqa qismi(Asl al-lisan);
2. Tilning tanasi. U bevosita chuqur til orqa bilan tutashadi (Garm al-lisan). Til
tanasining o‘zi quyidagi qismlardan iborat:
1)Til orqa (Al-guz al).
2)Til o‘rta (Wosat al-lisan).
3)Til uchi (Toraf al-lisan).
4)Til usti (Soth al-lisan).
5)Til yoni (Dil al-lisan).
Muallif tilning harakatida sakkiz mushak ishtirok etishini bayon qiladi.
Bu ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, Ibn Sinoning nutq tovushlarida ishtirok
etadigan nutq organlari haqida keng ma’lumot berishida uning odam anatomiyasidan
katta tajribaga ega bo‘lganligi sabab bo‘lgan.
Xullas, Ibn Sino beqiyos tabib, hassos shoir, ulkan musiqashunos, yirik
faylasuf, fiziolog olim bo‘lishi bilan birga, arab, fors, turk, lotin, sug‘d tillarining
bilimdoni, ajoyib tilshunos ham edi. O‘rta asrlar fanining rivojiga beqiyos hissa
qo‘shgan buyuk faylasuf sifatida fanning turli sohalarida qalam tebratib, ulkan
muvaffaqiyatlarga erishgan. Qomusiy olim sifatida faqat SHarqdagina emas, balki
G‘arbda ham ma’lum va mashhur bo‘ldi. Uning ilmdagi buyuk xizmatlariga mahliyo
bo‘lgan Mikelanjelo: «Boshqa olimlarni ma’qullab haq bo‘lgandan ko‘ra, Galen va
Ibn Sinolar orqasidan ergashib xato qilgan yaxshiroqdir», -degan edi.
Arab grammatik nazariyasi taraqqiyotida xorazmlik Mahmud
Zamahshariyning ham hissasi kattadir. Ilmu fan xazinasiga bebaho durdonalar
qo‘shgan Mahmud ibn Umar az-Zamahshariy (1075-1144) Xorazm viloyatining
Zamahshar qishlog‘ida dunyoga keldi va voyaga etdi.
Zamahshariyning fan olamidagi ulkan xizmati hisobga olinib, unga SHarq
olimlari tomonidan «Ustoz-ul-arab va-l-ajam» (arab va g‘ayri arablar ustozi), «Faxr-
i Xorazm», «Jorulloh» kabi unvonlar berilgan. U arab tilida nazm va nasrda yozilgan
badiiy asarlardan tashqari tilshunoslik, adabiyotshunoslik, falsafa, tarix kabi
fanlarga oid ellikdan ortiq asar yozgan.
Zamahshariy
arab
tilshunosligi
an’analarini
davom
ettirgan
etuk
tilshunoslardandir. U arab leksikografiyasining tematik prinsipidan mohirlik bilan
foydalanib, tematik guruh ichida so‘zlarni alfavit tartibida joylashtirishni joriy qildi.
Zamahshariy yirik tilshunos sifatida arab tilshunosligining rivojiga katta hissa
qo‘shdi. U o‘zining «Asos-ul-balog‘a» («CHechanlik poydevori») deb atalgan
lug‘ati bilan arab lug‘atchiligini bir necha pog‘ona yuqori ko‘tardi. U lug‘atda
so‘zlarning birinchi harfini va undan keyingi harflarini nazarga olgan holda alifbo
tartibida berdi. Bu usul sal o‘zgargan shaklda hozirgi zamon leksikografiyasida ham
qo‘llanilmoqda. So‘zlarni izohlashda ham Zamahshariyning yutug‘i katta. U
so‘zlarning asl ma’nolarini berib, shu ma’noni tasdiqlovchi misollar keltiradi. Olim
so‘zning qaysi iborada qanday ma’noda qo‘llanilishiga e’tibor beradi, so‘z ko‘chma
ma’nolarining paydo bo‘lish sabablarini ko‘rsatib o‘tadi. Zamahshariyning «Al-
foik-fi-g‘arib-il-hadis» («Hadisdagi notanish so‘zlarni o‘zlashtiruvchi») asari ham
lug‘at bo‘lib, hadis va adabiy asarlarda uchraydigan, ma’nosini anglash qiyin
bo‘lgan so‘zlarni izohlashga bag‘ishlangan. Bunda ham so‘zlar alifbo tartibida
berilib, uning ma’nosi izohlanadi va ma’noni ochuvchi she’riy yoki nasriy misollar
keltiriladi. Zamahshariy «Al-jibol va-l-amkina va - miyoh» («Tog‘, manzil va
suvlar») degan ajoyib toponimik asar ham yaratgan. Bu kitobda geografik atamalar
alifbo tartibida berilib, avval shu atama qaysi er, tog‘ yoki suvning nomi ekanligi
aytiladi, so‘ngra shu nomning qo‘yilish sababi va u bilan bog‘liq rivoyat va she’rlar
keltiriladi.
Zamahshariyning
«Muqaddimat-ul-adab»
(«Nafis
so‘zlarga
mukqadima») asarida arab tili leksikasi va grammatikasiga oid fikrlari o‘z ifodasini
topgan. Lekin bu asar arab tili tarixini o‘rganishdagina emas, balki turkiy, forsiy,
mo‘g‘ul xalqlari tillari tarixini o‘rganishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.
«Muqaddimat-ul-adab» asari besh qismdan iborat bo‘lib, birinchisida ism turkumiga
kiruvchi so‘zlar, ikkinchisida fe’llar, uchinchisida ko‘makchilar, to‘rtinchisida
ismlarning turlanishi, beshinchisida fe’l tuslanishi berilgan. Arabcha so‘zlarning
ostida forscha, ba’zilarida turkiy, hatto mo‘g‘ulcha tarjimalari ham berilgan. Bu asar
xorazmiy tiliga ham tarjima qilingan.
Xullas, M. Zamahshariy lug‘atining turkiycha qismida XII-XIII asrlar
Markaziy Osiyo turkiy adabiy tilining leksikasi o‘z aksini topgan.
Zamahshariy arab maqollarini yig‘ib o‘rganish borasida ham katta ilmiy
tadqiqot ishlari olib borib, «Al-mustasno- fi-amsol-al-arab» («Arab maqollarini
nihoyasiga etkazuvchi») asarida uch yarim mingga yaqin arab maqolalari alifbo
tartibida berilgan.
Zamahshariy ulug‘ olim bo‘lish bilan birga, iste’dodli yozuvchi va shoir ham
edi. Olimning arab tili, adabiyoti va uslubi sohasidagi bilimlari uning badiiy
asarlarida aks etgan. Zamahshariyning «Navobig‘ ul-kalim» («Hikmatli so‘zlar»),
«Maqomat o‘z-Zamahshariy» («Zamahshariy maqollari»), «Atvoq o‘z-zahab fi-l-
mavo’iz va-l xutab» («O‘git va nasihatlarning oltin munchoqlari») kabi asarlari
badiiy nasrning yuksak namunalari hisoblanadi.
Uning «Navobig‘ ul-kalim» asari aforizmlardan iborat. Undagi hikmatli
iboralar g‘oyaviy va badiiy jihatdan yuksak. Masalan, Zamahshariy molu mulkka
mukkasidan ketganlarga nisbatan: «Ey molu mulk talabgori, sening ko‘krak
emuving muddati cho‘zilib ketdi, bas, etarli, qachon, ko‘krakdan ajralasan. Tag‘in
bu foyda seni jahannamga solmasin». M.Zamahshariyning arabcha devoni ham
bo‘lib, unga lirik va falsafiy she’rlari kiritilgan.
Tillarning qardoshligidan qat’iy nazar ulardagi o‘xshash va farqli alomatlarni
aniqlash, qiyoslash usulidan o‘zbek tilshunosligi tarixida Mahmud Qoshg‘ariy va
undan so‘ng Alisher Navoiy, Zahriddin Muhammad Bobur ustalik bilan
foydalanganlar. Qiyosiy usul nomi bilan ular ikki yoki undan ortiq tillarning fonetik,
grammatik, leksik va uslubiy xususiyatlarini chog‘ishtirib o‘rganganlar.
M. Koshg‘ariy turkiy tillar qurilishini tasvirlashda qiyosiy usuldan
foydalanib, tilshunoslikda qiyosiy-tarixiy metodning asoschilaridan biri bo‘lib qoldi.
M. Koshg‘ariyning turkiy tillar leksikasi, fonetikasi va morfologiyasini bir-
biriga qiyoslab, ular orasidagi o‘xshash va farqli tomonlarini ko‘rsatdi. Bu faktlarni
izohlashga tarixiy aspektda yondashdi. Til faktlari asosida qabilalarning bir-biriga
bo‘lgan munosabatlarini ko‘rsatdi va o‘sha davrdagi iqtisodiy, ijtimoiy sharoitlar
asosida qabilalarning bir-birlari bilan birika boshlashi natijasida yuzaga kelgan xalq
tilining ilk davri materiallaridan namunalar keltirdi. U o‘zbeklar, qozoqlar,
qirg‘izlar, turkmanlar, uyg‘urlar, tatarlar va boshqa xalqlarning, qadimgi
qabilalarning sodda tillaridagi so‘zlari qaysi xalq va qabila tiliga oid ekanligini
izohladi. SHu nuqtai-nazardan lug‘atdagi so‘zlarni bir necha guruhga ajratish
mumkin:
Hamma turkiy tillarda qo‘llaniladigan so‘zlar: ish, esh, yo‘l, bosh, boy kabilar.
Bu so‘zlar fonetik variantlari bilan farqlansa-da, bir xil shakl va ma’noda ishlatiladi.
Bir xil shakl va ma’noda bir necha turkiy tillarda qo‘llaniladigan turkiy
so‘zlar: bol (suvor va qipchoq tilida), keraklamoq-o‘g‘irlamoq (yag‘mo tilida),
gejak-kokil (arg‘u tilida) kabilar.
M. Koshg‘ariy «Devonu lug‘otit turk» asarida turkiy tillarning birinchi
tasnifini bergan va bunda ikki tamoyilga asoslanib ish ko‘radi: 1) qabilaviy tillarning
sofligiga (to‘g‘riligiga) ko‘ra; 2) qabilaviy tillardagi fonetik va morfologik farqlarga
ko‘ra.
M. Koshg‘ariy qabilaviy tillarning sofligi tushunchasi ostida turkiy bo‘lmagan
tillar ta’siri darajasini tushunadi. SHunga ko‘ra turkiy tillarni ikki guruhga ajratadi:
a) sof to‘g‘ri til; b) aralashgan turkiy qabila tillari.
Sof, to‘g‘ri tilga fors va boshqa o‘lkalar bilan aloqa qilmaydigan yag‘mo,
to‘xsi va Itil (Volga), YAmar (Irtish) daryolari bo‘yidan boshlab uyg‘ur
shaharlarigacha bo‘lgan hududlarda yashovchi qabilalar va «hoqoniy» turkchasi
tilini kiritadi. Bundan tashqari qirg‘iz, qipchoq, o‘g‘uz, chigil, ig‘roq, jaruq, bulg‘or,
suvor, pecheneg qabilalarining tilida turkiy bo‘lmagan tillarning ta’siri sezilmaydi.
Aralashgan turkiy qabila tillarini M. Koshg‘ariy o‘z navbatida ikki guruhga
bo‘ladi: 1.Sug‘d tili ta’sirida bo‘lgan, sug‘d va turkiy tillarda gapirisha oladigan
sug‘dak, qanjak, arg‘u qabilalarining tili. 2. Ikki tilli bo‘lgan, turklashgan xitoy-tibet
xalqlari: xutanliklar, tibetliklar (tubut) va tangutlar tili.
M. Koshg‘ariy turkiy tillarning boshqa tillar ta’siri darajasiga ko‘ra tasnifi
tamoyillari hozir ham shevalar tasnifida qo‘llaniladi.
M. Koshg‘ariy turkiy tillarni fonetik va morfologik farqlariga ko‘ra tasnif
qilishda tillarning geografik tarqalishi tamoyilini ko‘zda tutadi. U fonetik va
morfologik tamoyilga asosan turkiy tillarni ikki guruhga ajratadi:
1. CHigil, yag‘mo, to‘xsi, qarluq, uyg‘urlardan boshlab yuqori CHingacha
(Mochingacha) bo‘lgan qabilalar tili.
2. O‘g‘uz, arg‘u, qipchoq, totor, yamak, suvorin va rusdan Vizantiyagacha
(Rumgacha) joylashgan qabilalar tili.
SHartli ravishda birinchi guruhni sharqiy tillar, ikkinchi guruhni esa g‘arbiy
tillar deb ataymiz. SHarqiy va g‘arbiy turk qabila tillari orasida fonetik hamda
morfologik farqlar mavjud.
Fonetik jihatdan sharqiy turklar tilida so‘z boshida jarangsiz t kelsa, g‘arbiy
turklar tilida d tovushi keladi: tevey-devey, tag‘-dag‘.
SHarqiy turklar tilida y tovushi kelsa, g‘arbiy turklar tilida j tovushi bilan y
tovushi parallel qo‘llaniladi: yinju-jinju, yelkin-elkin kabi. SHarqiy turklar tilida
sonor m tovushi kelsa, g‘arbiy turklar tilida portlovchi b tovushi keladi: men-ben,
mun-bun.
SHarqiy turklar tilida so‘z o‘rtasida tish o‘rta (interdental) jarangli z tovushi
kelsa, g‘arbiy turklar tilida dz (z), z (j), y tovushlari keladi: qazin-qayin qozdi-qo‘ydi,
qazg‘u-qayg‘u, azaq-ayaq, qazin-qadin-qayin.
SHarqiy turklar tilida lab-tish v tovushi kelsa, g‘arbiy turklar tilida lab-lab v
(w) tovushi keladi: tovar-towar kabi.
Mahmud Koshg‘ariy ma’lumotiga ko‘ra, sharqiy guruh tillari uchun tor
unlilar (bardim, cin, sen, teviy), g‘arbiy guruh tillari uchun esa keng unlilar
xarakterlidir (bardim, san, tavay). M.Koshg‘ariyning ko‘rsatishicha, ayrim sharqiy
turklar tilida so‘z oxirida y tovushi kelsa, g‘arbiy turklar tarkibiga kiruvchi arg‘ular
tilida n keladi: qoy-qon, chig‘ay-chigan (2:I, 67).
Morfologik jihatdan sharqiy va g‘arbiy turklar tilida quyidagi farqlarni
ko‘rsatadi:
1.Zamon, makon va qurol nomi sharqiy guruh tillarida -gu (-g‘u, -ku, -qu)
qo‘shimchaci bilan yasalsa, g‘arbiy guruh tillarida -(y) asi, -(y)esi affiksi bilan
yasaladi: barg‘u-barasi, kelgu-kelasi kabi.
2. SHaxs oti sharqiy turklar tillarida -guchi, -kuchi, -g‘uchi, quchi
qo‘shimchasi bilan, g‘arbiy guruhda -dachi, -tachi, -dechi, techi qo‘shimchalari
bilan yasaladi: barg‘uchi-bardachi, turg‘uchi-turdachi kabi.
3. SHarqiy tillardagi -gan, -g‘an, -kan, -qan, -gen, -ken sifatdosh shakliga
g‘arbiy guruhda -(y) an, -(y) en shakli muvofiq keladi: bargan-baran kabi.
4. SHarqiy guruh tillarida o‘tgan zamon -di va shaxs-son ko‘rsatkichlari bilan
yasalsa, g‘arbiy guruhda sifatdoshning -duk, -duq shakli bilan yasalishini ko‘ramiz:
men yay qurdum - ben yay qurduq.
Umuman, M.Koshg‘ariy XI asrdagi turkiy qabila tillarining tasnifi uchun 6
fonetik va 4 morfologik xususiyatni asos qilib olgan va qo‘llagan. Bularning
barchasi M.Koshg‘ariyning turkiy tillarning asosiy xususiyatlarini, ular orasida
o‘xshashlik va farqlarini yaxshi tushuna olganligidan, uning chuqur va har
tomonlama bilimga ega ekanligidan dalolat beradi.
Alisher Navoiy o‘zining lug‘atchilik va tilchilik sohasidagi yarim asrlik
tajribasini «Sab’at abhur», «Muhokamat ul-lug‘atayn» asarlarida umumlashtirdi.
Bu asarlarida turli tillarning paydo bo‘lishi va rivojlanishi, til va tafakkur birligi,
tillarni qiyoslab o‘rganish haqida tushuncha beradi.
O‘zbek tilini fors-tojik tili bilan chog‘ishtirib, uning fors tilidan
qolishmasligini ko‘rsatib, o‘zbek tilida asarlar yozishga rag‘batlantiradi. Alisher
Navoiy ikki tilni chog‘ishtirish jarayonida 100 ta fe’lni keltirib, ularni tahlil qiladi.
Masalan, fors-tojik tilidagi «girya kardan» birikmasi o‘zbek tilida yig‘lamoq,
ingramoq, singramoq, yig‘lamsinmoq, sixtamoq, o‘kurmoq, inchkiramoq fe’lari
bilan, «nushidan» so‘zi o‘zbek tilidagi ichmoq, sipqormoq, tamshimoq so‘zlari bilan
berilishini izohlaydi.
Zohid ishqin desaki, qilg‘ay fosh,
Yig‘lamsinuru ko‘ziga kelmas yosh.
Istamas davr ahlidin ishqingni pinhon aylamak,
Kechalari gah ingramakdur odatim, gah singramak.
Ikki tilni qiyoslar ekan, ot yasovchi -chi, -vul; fe’l yasovchi -sh,-t,-l affikslari
haqidagi fikrlari diqqatga sazovordir. O‘zbek tilini yangi so‘z yasash imkoniyati va
usularini misollar asosida izohlaydi. Masalan, o‘zbek tilida shin (sh) harfi bilan
chopishmoq, topishmoq kabi so‘zlar, -chi vositasida qurchi, suvchi, kuchli kabi so‘zlar,
lom (l) qo‘shish bilan yasol, qabol kabi so‘zlar vujudga keladi, deydi.
Alisher Navoiy o‘zbek va fors-tojik tillarini chog‘ishtirish jarayonida o‘zbek
tili tarixiy stilistikasiga xos xususiyatlarni ham bayon etadi. U tilshunoslikka doir
fikr-mulohazalarini adabiyot faktlari bilan yoritadi. SHoirning har bir asarini
ko‘zdan kechirsak, unda so‘zlardan ustalik bilan foydalanganligi yaqqol ko‘zga
tashlanib turadi. Masalan, uning quyidagi ruboiysini o‘qisak, unda may, mayxona,
soqiy, paymona so‘zlari bor. Ularni ruboiyda istiora sifatida qo‘llanganini ko‘ramiz:
Zohid senga huru menga jonona kerak,
Jannat senga bo‘lsin, menga mayxona kerak.
Mayxona aro soqiyu paymona kerak,
Paymona necha bo‘lsa to‘la yona kerak.
Bu ruboiyni o‘qiganda Navoiy ichkilik tarafdori ekan, degan xulosaga kelish
noo‘rin. Navoiy «ma’no ahli ma’noga, suvrat ahli suvratga boqar», deydi.
«Mayxona» deganda ichkilikxonani emas, haqiqat oshiqlarining vaslgohini nazarda
tutgan. Ma’rifat hosil bo‘ladigan erni tushunib va uni jannatdan afzal ko‘radi. Bunda
«jonona» so‘zi «hur» so‘ziga qarama-qarshi qo‘yilgan. «Hur» «havro» so‘zining
ko‘pligi. Havro -sochi, qoshi, kiprigi qop-qora, ko‘zi ham tim qora va katta bo‘lgan
oppoq qiz. Diniy e’tiqodga ko‘ra jannat qizlari «havro» ko‘rinishida. Jonon, jonona
jonga tegishli muayyan vujud yoki shaxs degani. Bu ma’no mazkur sifatni jonga
o‘xshatib, uni borliqning joni deb tasavvur qilish yoki tushuntirish natijasida
vujudga keladi. Paymona- qadah, may piyolasi.
Xullas, Alisher Navoiy o‘zbek va fors-tojik tillarini qiyoslash bilan qiyosiy
tilshunoslikka munosib hissa qo‘shgandir.
Zahiriddin Muhammad Bobur o‘zining «Boburnoma»sida tilshunoslikka
yangi nazariyani– uch oilaga kiruvchi bir necha tillarni qiyoslab o‘rganish
nazariyasini yaratuvchi sifatida ko‘zga tashlanadi (4:26).
«Boburnoma»da uch oilaga kiruvchi bir necha tilni solishtirib o‘rganishning
ajoyib namunasini ko‘rsatib, dunyo tilshunosligida yangi nazariyaning asoschisi
sifatida maydonga keldi. CHunonchi, Hind-Evropa tillari oilasiga mansub bo‘lgan
hind, fors va afg‘on, xom-som tillari oilasiga mansub arab tillarini turkiy tillar
oilasiga kiruvchi o‘zbek tili bilan qiyoslab o‘rgandi.
Bobur fors-tojik tiliga xos bo‘lgan pos so‘zini izohlar ekan, sutkaning
sakkizdan bir qismini, ya’ni uch soatni bildirishini, posbon so‘zi esa posdan xabar
beruvchilar ekanligini izohlaydi. Darhaqiqat, -bon (-von) qo‘shimchasi asos
so‘zidan anglashilgan predmet yoki ob’ektga ega shaxs nomini yasaydi. Bu
qo‘shimcha asl turkiy so‘zlar tarkibida kamdan-kam uchraydi: «Hind eli kecha-
kunduzni bir giri deb turlar, yana kechani to‘rt va kunduzni to‘rt qismat qilibturlar.
Har qaysisi bir paxr deb turlarkim, forsida pos bo‘lgan. Ul viloyatlarda pos va
posbon eshitilur edi. Bu xususiyat bila ma’lum emas edi».
Xullas, Bobur tilshunoslikda yangi nazariya yaratgan etuk tilshunos olim
bo‘lgan. Bu uning tovushlar tahlili, grammatik vositalar, lahja va adabiy til
munosabati, uslubiyat va so‘z ma’nolari haqidagi fikrlarida o‘z ifodasini topgan.
Tavsiya etilgan adabiyotlar ro‘yxati
Ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar
1.Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan
birga quramiz. – Toshkent: O‘zbekiston, 2017.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini
yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” to‘g‘risidagi Farmoni (Xalq
so‘zi 2017-yil, 8-fevral)
3.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori “Oliy ta’lim tizimini
yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida (Xalq so‘zi 2017-yil, 21-aprel)
4.2019-yil 21-oktyabrdagi “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va
mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni. –Toshkent, 2019.
5.Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Тошкент:
“Маънавият”, 2008. – 176 б
Asosiy adabiyotlar
1.Baskakov N. A., Sodiqov A. S., Abduazizov A. Umumiy tilshunoslik. – T. 1979.
2.Rasulov R.Umumiy tilshunoslik. –T., 2013.
3.Sodiqov A., Abduazizov A., Irisqulov M. Tilshunoslikka kirish. Universitet
va Pedagogika institutlarining filologiya fakultetlari uchun darslik. – T.:O‘qituvchi,
1981
4.Tilshunoslik nazariyasi va metodologiyasi. Tuzuvchi: H. Dadaboev. - T. 2004.
5.Usmonov S. Umumiy tilshunoslik. - T., 1972.
6.Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish.-Toshkent, 2007.
Qo‘shimcha adabiyotlar
1. Abduazizov A. Tilshunoslik nazariyasiga kirish. –Toshkent: Sharq, 2010.
2.Azizov О. Tilshunoslikka kirish. –Toshkent, 1995.
3.Ne’matov V.I., Bozorov O. Til va nutq.- T.: O‘qituvchi, 1993.
4.Nurmonov A. O‘zbek tili fonologiyasi va morfologiyasi.- T.: O‘qituvchi, 1982.
5.Pardayev A. Tilshunoslik nazariyasi. Uslubiy qo‘llanma. – Samarqand, 2015.
6.Rajabov N. Til va jamiyat. – Toshkent: Fan, 1984.
7.Tursunov U., O‘rinboev B. O‘zbek adabiy tili tarixi.- T.: O‘qituvchi, 1982.
8.O‘rinboyev B. O‘zbek tilshunosligi tarixi.- Samarqand, 1999.
9.O‘rinboyev B. Tilshunoslik nazariyasi. (ma’ruzalar matni)- Samarqand, 2003.
10.O‘rinboyev B., Karimov S.Tilshunoslik nazariyasi. (ma’ruzalar matni)-
Samarqand, 2004.
Internet saytlari
1.
http:// www.lingvist.tu
2.
http:// www.til.sk.uz
3.
http:// www.ziyouz.com
4.
www.jstor.org/stable/4167399// www.ling-phil.ox.ac.uk/bib_hist_ling.
5.
http://www.ling.ed.ac.uk/linguist/