O‘RTA OSIYONING QADIMIY MUSIQA MADANIYATI
1. O’rta Osiyo qadimgi xalqlari musiqali-poetik ijodi.
O’zbek xalqining musiqa tarixi ko’p asrlik tarixga ega. Ko’pgina
sozandalar va xonandalar avlodining faoliyatida qaror topgan xalq, hamda
og’zaki an’anadagi professional muzika san’ati bu xaqida guvohlik beradi.
Moddiy madaniyat yodgorliklarining tasdiqlashicha bugungi O’zbekiston
xududida O’rta Osiyo xalqlarining ajdodlari yaratgan qadimgi taraqqiyot mavjud
bo’lgan.
O’zbek xalqi ajdodlarining musiqa sarchashmalari O’rta osiyo xududida
yashagan qardosh xalqlar, birinchi navbatda tojik xalqi ijodi bilan mustahkam
bog’langan. Bu musiqa asarlari X-XI asrgacha ( chegaralanganliklarigacha)
o’zida bir butunlikni ifoda etdi, keyinchalik u o’zbek va tojik musiqa
madaniyatlarining shakllanishi uchun umumiy asos bo’lib xizmat qiladi.
O’rta Osiyo xalqlari hayotida tarixiy chegaralanish bosqichi taxminan bizning
eramizgacha bo’lgan birinchi ming yillikdan boshlanadi. Bular o’troq dehqonlar
(so’g’diylar,
baqtriyaliklar,
xorazmiylar)
hamda
ko’chmanchi
(saklar,
massagetlar va boshqa) qabilalar edi.Ular xaqidagi ma’lumotlar Avestoda ham
uchraydi. Xalq she’riyati va musiqa san’atining boshlanishi o’sha davrlarga borib
taqaladi. Xalq she’riyati va musiqa san’ati dastlab sinkretik( bir biridan
ajralmagan) holatda bo’lgani to’g’risida Avesto kitobi va boshqa qadimgi yozma
yodgorliklar, shuningdek O’rta osiyo xalqlarining revolyutsiyagacha bo’lgan
turmushi,
ularning
urf-odatlari,
to’y
tomoshalarining
arxaik
(san’at
taraqqiyotining qadimgi ilk bosqichi) elementlari guvoh beradi. Buni
arxeologiya,etnografiya va boshqa fanlar bergan ma’lumotlar ham tasdiqlaydi.
Sinfsiz jamiyat sharoitida O’rta Osiyoda musiqa asboblarining asosiy, ya’ni urib
chalinadigan, puflab chalinadigan va torli sozlar turlari vujudga kelgan edi. Xalq
cholg’ulari uzoq o’tmishda paydo bo’lgan. Urug’chilik jamiyatining emirilishi va
sinfiy jamiyatga o’tish Baqtriya, So’g’diyona va Xorazmda davlatlarning paydo
bo’lishi, axmoniylarning harbiy-ma’muriy jihatdan birlashuvlari, Aleksandr
Makedonskiy davlati Grek-Baqtriya podsholigining vujudga kelishi juda katta
davrni o’z ichiga oladi. Bu davr epik xarakterli, mifologik-qahramonlik ustun
bo’lgan, qadimgi og’zaki musiqali she’riyat ijodning yuzaga kelishi bilan
mashhurdir.Qahramonlik afsonalari, epik qo’shiqlar O’rta osiyo xalqlarining o’z
mustaqilliklari uchun olib borilgan mardonavor kurashlarining bo’yoqdor
tasvirlari bilan to’la. O’z xalqining ozodligi yo’lida jonini qurbon qilgan cho’pon
Shiroqning mislsiz jasorati vataniga bo’lgan muxabbati to’g’risida hikoya
qiluvchi, Sak afsonalaridan parchalar bizning kunlarimizgacha saqlanib kelgan.
Masalan, Rustam va uning janglari, malika Taxminaga bo’lgan muhabbati,
tanimagan otasi qo’lida qatl qilingan o’g’li Suhrobning o’limi to’g’risida hikoya
qiluvchi qo’shiqlar mustaqil marosim tomoshalariga aylanib ketgan. Keyinchalik
bu qo’shiqlar tojik xalqining ajoyib eposi - “ Shohnoma”da o’z aksini topdi.
Rustam, Siyovush va boshqa bahodirlar to’g’risida afsonalar tsikli yaratildi.
Xudolarga sig’inish bilan bog’liq bo’lgan turli-xil marosimlarda ham
qo’shiq aytilgan. Bu haqda Avestoda bayon qilingan. Avesto madhiyalarinig o’zi
rechitativ (ohang bilan aytiladigan so’zlar)tarzida ijro etilgan. Madhiyalar xor
bo’lib aytish mumkin bo’lgan band va takrorlanuvchi naqoratli yarim nasriy,
yarim vaznli rivoyatlardan iborat bo’lgan. Xudolarga sig’inish bilan bog’liq
bo’lgan marosimlarda muqaddas olov atrofida qo’shiq aytilgan raqs tushilgan.
Xalqning bayram marosimlari masalan : bahorda kun va tunning
baravarlashuvi Navro’z keng tarqalgan edi. O’rta asr yozuvchilari musiqaning
mehnat marosimlaridagi roli, insonning musiqani olam tuzilishi bilan tabiatdagi
o’lish va tirilish xaqidagi miflar(afsonalar) bilan bog’lashga bo’lgan intilishlarini
ham ko’rsatib o’tganlar.
O’rta Osiyoning yirik davlatlari hududida vujudga kelgan zo’ravonlikning
mustahkamlanishi ularni atrofdagi davlatlar bilan yanada yaqinlashtirdi. O’rta
Osiyo Aleksandr Makedonskiy davlati tarkibiga, keyinchalik esa Grek-Baqtriya
podsholigi tarkibiga kirgan edi. O’rta Osiyo tarixida antik(qadimiy boshlanish)
deb nomlangan bu davr madaniyatida aks ettirilgan. Grek musiqa asboblarining
tasviri saqlanib qolgan. Masalan, Ayritom frizida( bino, devor, gilam peshonasi,
hoshiya) qo’sh avlosni uchratish mumkin.
Qadimgi O’rta Osiyodagi antik madaniyatning ko’pgina xususiyatlarini
aniqlagan holda sharqshunoslar uni bilishning o’ziga xosligini, aytaylik musiqa
asboblarida (nay, ud, doira) sof mahalliy xususiyatlar mavjudligini ko’rsatib
berdilar. Mahalliy udumlarning yunon, hind va an’analar bilan chatishib ketishi
sozlarda ham aks etgani o’sha davr madaniyatining o’ziga xos xarakterda
bo’lganini nazarda tutadi. Garchi Gretsiyaning O’rta Osiyo musiqa madaniyatiga
ta’sirini o’rta asrdagi O’rta osiyolik olimlarning musiqaga oid risolalarida
uchratish mumkin bo’lsa ham, vaqtlar o’tishi bilan bu ta’sir yo’qola bordi.
Nazorat topshiriqlari:
1. O’zbek xalqining musiqa sarchashmalari birinchi navbatda qaysi xalq ijodi
bilan mustahkamlangan?
A) Tojik
V) Hind
S) Yapon
D) Mongol
2. O’rta Osiyoda o’troq dehkonlar va ko’chmanchi qabilalar kimlar edi?
A) Saklar va massagetlar
V) Shotlandlar va niderlandlar
S) Xitoyliklar va yaponlar
D) Inglizlar va amerikaliklar
3. O’rta Osiyo epik-afsonaviy qahramonlari.
A) Shiroq va Rustam
V) Ram va Sita
S) Dionis va Ketrin
D) Jon Lennon va Pol Makkartni
4. Musiqachilikda dastlab paydo bo’lgan cholg’ular?
A) Nay, ud, doira
V) Arfa, chang, chanqovuz
S) Organ, klavesin, klavikord
D) Tsimbala, soz, tor
2-asosiy masala bo’yicha darsning maqsadi : So’g’d, Baqtriya, Parfiya, Xorazm
cholg’uchiligi yakka ansambl ijrochiligi xaqida ma’lumotga ega bo’ladilar.
Identiv o’quv maqsadlari:
2.1. So’g’d, Baqtriya, Parfiya, Xorazm cholg’uchiligi yakka ansambl ijrochiligi
xaqida aytib beradilar.
2.2. Kundalik turmushida rivojlangan xalq cholg’ulari xaqida gapirib beradilar
2.3. Shovqinli cholg’ular xaqida ma’lumotga ega bo’ladilar.
2-asosiy masalaning bayoni:
So’g’d, Baqtriya, Parfiya, Xorazm cholg’uchiligi yakka ansambl ijrochiligi.
O’zbek xalq cholg’ularida zamonaviy ijrochilik san’ati o’z taraqqiyotining ko’p
asrlik an’analarini meros qilib oldi. Ularning ildizlari qadim-qadim davrlarga
borib taqaladi. 1933-yilda Ayritom shahristoni arxeologik qazilmalarida topilgan
materiallar qadimiy, adabiy manbalar o’zidan ilgari turli musiqa asboblari
bo’lganligidan dalolat beradi.
Eramiz boshlarida turli-tuman xalq cholg’ularida kundalik turmushda, ovd,a
saroy hayotida, madaniy bayram marosimlarda, xalq sayillarida foydalanilgan.
Xalq cholg’ulari asrlar davomida insonlarning ma’naviy ehtiyojlarini qondirib,
tadrijiy ravishda rivojlandi va takomillashdi.
Moddiy madaniyat yodgorliklari, tasviriy san’at asarlari jumladan devordagi
rasmlar, sopol haykalchalar va turli miniatyuralar eramizning VII asridayoq ikki
turdagi xalq cholg’ulari ansambli mavjud bo’lganligi xaqida ma’lumot beradi.
Ulardan biri (damli) va urma zarbli cholg’ulardan, ikkinchisi torli va
mizrobli(chertma) cholg’ularidan iborat edi. Bulardan tashqari nay, surnay,
chang, tanbur, ud va g’ijjak kabi cholg’ularda yakkanavoz ijrochilik ham mavjud
ekanligi ma’lum.
Repertuar esa xalq ohanglari va cholg’uchilar bastalagan asarlardan tuzilgan.
Ijrochilik xalq og’zaki ijodi va mumtoz adabiyot bilan uzviy aloqada rivojlangan.
O’rta asarlarda xalq musiqa ijodining og’zaki an’analari keng tarqalgan bo’lib,
ular cholg’u musiqasining har xil janrlarini qamrab olgan edi. To’y-tomosha
bayramlar, ( Navro’z, Hosil bayrami) xalq og’zaki ijodining an’anaviy
intonatsion (talaffuz) tuzilishi bilan bog’liq maqom turkumlari singari rang-
barang musiqa san’ati turlari ulkan madaniy meros sifatida avloddan avlodga
o’tib kelgan. Chunonchi, yurish hamda taqlidga asoslangan uyg’un “harbiy
musiqa” shakllandi. U harbiy ko’riklarda, turli marosim va tantanalarda
shuningdek saroy a’yonlari huzurida ijro etilgan.
O’rta asrlarda musiqa ijrochiligi bir biridan farqli o’laroq uch xil mustaqil uslub
kasb etdi.Ularning birinchisi Farg’ona-Toshkent ijrochilik yo’nalishi, ikkinchisi
Xorazm ijrochilik yo’nalishi va nihoyat uchinchisi Buxoro-Samarqand ijrochilik
uslubidir. Tuzilishiga ko’ra oddiygina kuy va qo’shiqlar bilan bir qatorda lad
tonalligiga ko’ra murakkab vokal-cholg’u musiqa shakllari, maqom turkumlari
mavjud bo’lgan. Eramizdan avvalgi III asr o’rtalarida O’rta osiyoning g’arbiy
viloyatlarida Parfiyon sharqida esa Grek Baqtriya davlatlari tashkil topdi.
Eramizning I asrida O’rta Osiyoning janubiy qismida qudratli Kushon shohligi
tarkib topdi. Mahalliy Kushon sulolasi hokimiyati ostida bir qancha davlatlar
birlashdi, buning natijasi o’laroq shaharlar yuksaldi, madaniyat gullab yashnadi,
yangi-yangi musiqa cholg’ularining yaratilishiga shart sharoitlar yuzaga keldi.
Xalq cholg’ulari uzoq o’tmishda paydo bo’lgan.Ma’lumotlarga qaraganda
dastlabki musiqa cholg’ulari eramizdan avvalgi XIII ming yillikda dunyoga
kelgan deb taxmin qilinadi Musiqachilikda dastlab urma zarbli cholg’ular paydo
bo’gan . Bu tushunarli, chunki eng qadimgi mehnat qo’shiqlari ishning ritmik
tuzilishi bilan bevosita bog’liq. Keyin shovqinli cholg’ular paydo bo’ladi.
Ijrochilar qarsak chalib, ritmni ta’kidladilar,shovqinli cholg’ular ta’sirini
kuchaytirdilar. Ijrochi ayollarning chapak zarblari o’ziga xos takrorlanmas go’zal
holatni keltirar edi.
Keyinroq xalq ustalari tomonidan qamish yoki bambuk poyasidan surnay-
hushtak, yana biroz o’tgach esa nay (bo’ylama, ko’ndalang, ko’p yo’lli, naysimon
hushtaklar, shiqildoqlar, chiltorlar, (arfa, lira) va kifaralar yasaldi. Vaqt o’tib u
cholg’ular yanada takomillashib,(ko’p yo’lli, shuningdek zamonaviy ko’p
teshikli ) naylar yuzaga keldi. So’ngroq torli-mizrobli va torli-kamonchali
musiqali cholg’ulari paydo bo’ldi . Ulardan saroy a’yonlarining marosimlarida,
harbiy yurishlarida foydalanilgan.
Qadimgi sharq madaniyati quchog’ida o’zbek xalq cholg’ulari shakllandi. Ular
ko’p asrlik taraqqiyot davomida o’ziga xos xususiyatlarni, tovush tusini saqlab
qoldi. O’ziga xos tuzilishi tufayli nay, surnay, tanbur, dutor, rubob, g’ijjak,
qobuzlar an’anaviy shakllarda bizgacha etib keldi.
Xalq cholg’ulari O’rta osiyo aholisining turmushi va mehnat faoliyatiga singib,
inson faoliyatining ajralmas tarkibiy qismiga aylandi. Cholg’ular jo’rligida
qo’shiq, o’yin va kuylar xalqning katta-katta marosimlari va oilaviy bayramlarida
ijro etilgani bizga ma’lum. Bayramlar ko’proq yil fasllari bilan bog’liq bo’lgan.
O’rta Osiyoda “Navro’z”, “Lola sayli”, “Hosil bayrami”, “Qovun sayli”, “Uzum
sayli” kabi mavsumiy bayramlar keng tarqalgan. Bunda ommaviy bayramlarni
xalq cholg’u ansambllari, xonanda va sozandalar, hamda raqqosalarsiz tasavvur
qilish qiyin. Bayramlarda, madaniy marosimlarda, ayniqsa karnay, surnay, doira,
nog’ora va chindoul kabi va urma-zarbli musiqa cholg’ulari keng qo’llanilgan.
Xalq raqslari aslida qosh o’yini, elka o’yini, bosh o’yini kabilarni o’z ichiga
olgan. Ular qarsak jo’rligida ham ijro etilgan.
Nazorat topshiriqlari:
1. Musiqachilikda dastlab qanday cholg’ular paydo bo’lgan?
A) Urma zarbli cholg’ular
V) Puflama cholg’ular
S) Mizrobli chertma cholg’ular
D) Tirnama cholg’ular
2. O’rta Osiyoda asosan qanday bayramlar o’tkazilgan?
A) “ Navro’z” “ Hosil bayrami”
V) “ Rojdestvo Xristovo”
S) Yangi yil bayrami
D) Mustaqillik bayrami
3. Xalq raqslari qanday o’yinlarni o’z ichiga olgan?
A) Qosh elka bosh o’yini
V) Qarsak chalish o’yini
S) Kim o’zarga yugurish o’yini
D) Kashta tikish o’yini
3-asosiy masala bo’yicha darsning maqsadi : O’rta Osiyo arxeologik noyob
topilmalari xaqida ma’lumotga ega bo’ladilar.
Identiv o’quv maqsadlari:
3.1. O’rta Osiyo arxeologik noyob topilmalari xaqida aytib beradilar.
3.2. Arxeologik noyob topilmalarda qanday cholg’ular tasviri borligi xaqida gapirib
beradilar
3-asosiy masalaning bayoni:
O’rta Osiyo arxeologik noyob topilmalari. Arxeologiya ma’lumotlari tasviriy
san’at asarlari, (sharq poetik ijodiyoti asarlarida tasvirlangan miniatyuralar )
sovet sharqshunoslarining yangi tadqiqotlari va nihoyat, o’rta asrdagi O’rta
Osiyo olimlarining musiqiy risolalari tarjimasi o’zbek xalqi musiqa madaniyati
taraqqiyotining tarixiy jarayonini tasavvur qilishimizga yordam beradi. XX asr
boshlarida Ashxobod yaqinida Pampelli ekspeditsiyasi tomonidan olib borilgan
qazishlar M.E. Masson, S.P. Tolstov va boshqalar rahbarligida Sovet davrida
Janubiy Turkmaniston, Xorazm, Quyi Zarafshonda olib borilgan arxeologik
ishlar ko’rsatdiki, eramizdan bir necha ming yillar ilgari ham O’rta Osiyo
xududida yuqori darajada rivojlangan madaniyat mavjud bo’lgan. Quldorlik
tuzumi davrida Marokand, Niso, Tuproqqal’a, Termiz va boshqa shaharlar
mavjud edi. Ushbu shaharlar hududida olib borilgan qazilma ishlar chog’ida
badiiy hunarmandchilik buyumlari, turli- xil cholg’ularining tasvirlari topildi.
XX asrimizning 30-40 yillarida uyushtirilgan arxeologik ekspeditsiyalar
natijasida O’rta osiyo madaniyatini, shu jumladan xalq cholg’ularini o’rganishda
qimmatli ma’lumotlarga ega bo’lindi. Topilgan madaniy yodgorliklar: nay,
rubobsimon cholg’u, hozirgi doiraga o’xshash do’mbira va shu singari
cholg’ularni
chalayotgan
mashshoqlar
tasvirlangan.
Bular
Afrosiyob,
Tuproqqal’a, Ayritom ( Ayritom frizi(bino, devor peshonasi, hoshiya) deb
ataladi) kabi shaharlardan topilgan sopol idishlardagi mashshoq haykalchalardir.
Ularda turli xil musiqa asboblari : lyutnya, tanbur, rubobsimon cholg’u, qonun,
ud, rud, shemane(musiqor), chag’ona, chiltor, nay, burg’u, surnay, karnay,
doirasimon cholg’ularida mashq qilishlari tasvirlangan.
Kichik terrakotiv (kuydirilgan qizg’ish jigarrang, gil, balchiq) haykaltaroshlik
O’rta Osiyo antik madaniyatining yorqin yodgorligi hisoblanadi. Afrosiyob (
qadimgi Samarqand shahrining o’rni)dan topilgan ko’pgina haykalchalarda
aksariyat nay, ud, doira chalayotgan sozandalar tasvirlangan. Ko’plab topilgan
haykalchalar musiqaning so’g’dlar va ularning poytaxti bo’lgan Samarqand
hayotidagi ahamiyati to’g’risida guvohlik beradi. O’zbek mumtoz adabiyoti
asarlarida qayta-qayta ta’kidlanganidek, Xorazm musiqasi ham boy va rang-
barangligi bilan ajralib turadi.
Nazorat savollari:
1. Quldorlik tuzumi davrida qanday shaharlar mavjud bo’lgan?
A) Marokand, Tuproqqal’a
V) Gretsiya, Afina
S) Xitoya, Yaponiya
D) Guliston ,Toshkent
2. So’g’dlarning poytaxti bo’lgan shahar?
A) Samarqand
V) Farg’ona
D) Dehli
E) Tokio
Adabiyotlar:
1. O’zbek musiqasi tarixi. Tuzuvchi T.E. Solomonova T.”O’qituvchi” 1981.y.
2. Axmad Odilov.”O’zbek xalq cholg’ularida ijrochilik tarixi” T. ”O’qituvchi”
1995 y.
3. Yu. Rajabiy “Musiqa merosimizga bir nazar” T. 1970.
4. X. Xamidov “Avesto fayzlari” T.2001 y.
5. “O’zbekiston tarixi” T.1994 y.