O‘RTA QULOQ KASALLIKLARI
O‘rta quloq kasalliklari muhim klinik va ijtimoiy ahamiyatga ega. Ularning
patogenetik mexanizmi o‘rta quloqning anatomik va fiziologik xususiyati,
etiologik omil va organizmning immun holati bilan belgilanadi. Patologik jarayon
odatda o‘rta quloqning uch asosiy qismini qamrab oladi: nog‘ora bo‘shlig‘i,
eshituv nayi va so‘rg‘ichsimon o‘siqning patologik o‘zgarishlari bir-biridan keskin
farq qiladi. Masalan, o‘rta quloq yallig‘lanishida patologik o‘zgarishlar ko‘proq
nog‘ora bo‘shlig‘ida, kamroq eshituv nayida va juda kam hollarda - so‘rg‘ichsimon
o‘siq soxasida rivojlanadi. Tashxis qo‘yishda patologik jarayon o‘rta quloqning
qaysi qismida ko‘proq rivojlanganligi e’tiborga olinadi. Yallig‘lanish ko‘proq
nog‘ora bo‘shlig‘ini qamrab olganda kasallik “o‘tkir o‘rta otit”, eshituv nayida
joylashganda - ”yevstaxeit“, so‘rg‘ichsimon o‘sik sohasida rivojlanganda esa
”mastoidit” yoki “antrit” deb nomlanadi.
Kechimi bo‘yicha o‘rta quloq kasalliklari o‘tkir va surunkali, yallig‘lanish
jarayonining xarakteri bo‘yicha - kataral, seroz va yiringli o‘rta otitga bo‘linadi.
Ba’zan o‘rta quloq kasalliklari birlamchi kasallik sifatida namoyon bo‘lib, ularning
rivojlanishida eshituv nayining o‘tkazuvchanlik faoliyatini buzilishi muhim rol
o‘ynaydi. Bunday kasalliklarda davolash tadbirlari birinchi navbatda eshituv
nayining faoliyatini tiklashga qaratiladi.
Patologik jarayonni baholashda yallig‘lanishning qaysi morfologik shakli
yetakchilik qilishi e’tiborga olinadi: alterativ, ekssudativ, proliferativ. O‘rta
quloqning anatomik va morfologik xususiyatlari ekssudativ yallig‘lanish jarayoni
yetakchilik qilishini taqozo qiladi. Qon tomirlar o‘tkazuvchanligining buzilish
darajasiga qarab ekssudat turli xarakterga ega bo‘lishi va bir-biridan tarkibidagi
oqsil miqdori va hujayralarining soni bilan farq qiladi. O‘rta quloq shilliq
pardasining yallig‘lanishi ko‘proq kataral, serozli va yiringli shakllarda kechadi.
Kam hollarda fibrozli, gemorragik va aralash yallig‘lanish shakllari kuzatiladi.
O‘TKIR O‘RTA OTIT (otitis media acuta) - o‘rta quloqning o‘tkir
yallig‘lanishi nog‘ora bo‘shlig‘i shilliq pardasining o‘tkir yallig‘lanishi bo‘lib,
unda patologik jarayon o‘rta quloqning barcha qismlarini qisman yoki to‘liq
qamrab oladi. O‘tkir o‘rta otit barcha quloq kasalliklarining 25-30% ni tashkil
etadi va uch yoshgacha bo‘lgan bolalarda ko‘proq uchraydi.
Etiologiyasi. Kasallik organizmning umumiy va mahalliy immunitetining
susayishi va infeksiyani nog‘ora bo‘shlig‘iga tarqalishi natijasida rivojlanadi. O‘rta
quloqning o‘tkir yallig‘lanishini turli patogen mikroblar: streptokokk, stafilokokk,
pnevmokok, ichak va difteriya tayoqchalari, sil mikobakteriyasi, viruslar, og‘iz
bo‘shlig‘i spiroxetasi ko‘zg‘atadi. 80% hollarda kasallikni rivojlanishiga S.
pneumoniae va H. influenzae, kamroq hollarda M. catarrhalis, S. pyogenes, S.
aureus yoki aralash mikroflora sabab bo‘ladi. Virusli o‘rta otit esa asosan virusli
kasalliklar epidemiyasi paytida uchraydi.
O‘tkir o‘rta otitning rivojlanishida organizmning umumiy va mahalliy
immun holati muhim ahamiyatga ega. Sog‘lom va immuniteti me’yorda bo‘lgan
shaxslarda kasallik yengil kechadi va qisqa vaqt davom etadi, immuniteti susaygan
shaxslarda esa u og‘ir kechib, tez-tez qaytalanib turadi.
Nog‘ora bo‘shlig‘iga infeksiya ko‘pincha eshituv nayi orqali kiradi. Bunga
burun va burun yondosh bo‘shliqlarining yallig‘lanishi, ularda bajarilgan jarrohlik
amallari, old va orqa burun tiqmalari (tamponada) sabab bo‘ladi. Me’yorda eshituv
nayi shilliq pardasining ko‘p qavatli silindrik hilpillovchi epiteliysining faoliyati
tufayli o‘rta quloq bo‘shliqlarida mikroblar bo‘lmaydi, chunki eshituv nayida
mikroblarga qarshi ajralma ishlab chiqariladi, hilpillovchi epiteliy tuklari esa bu
ajralmani burunhalqum tomon siljitib turadi. Yuqori nafas yo‘llarining o‘tkir va
surunkali kasalliklarida hamda organizmning turli yuqumli kasalliklarida eshituv
nayi
epiteliy
qavatining
himoya
faoliyati
buzilib,
buning
natijasida
burunhalqumdagi mikroflora nog‘ora bo‘shlig‘iga tarqaladi. Ba’zan infeksiya
nog‘ora bo‘shlig‘ining shilliq pardasiga jarohatlangan nog‘ora parda orqali, ya’ni
tashqi eshituv yo‘li orqali kiradi. Bunday hollarda bemorda jarohatdan so‘nggi
o‘rta otit rivojlanadi. Turli yuqumli kasalliklarda (gripp, skarlatina, qizamiq, ich
terlama, sil) infeksiya o‘rta quloqqa gematogen yoki limfogen yo‘l bilan, juda kam
hollarda (bosh miya ho‘ppozi, yiringli meningit, yiringli labirintit) infeksiya
dahliz-chig‘anoq, yuz asab tolalari kanallari hamda so‘rg‘ichsimon o‘siq kataklari,
ya’ni retrograd yo‘l bilan tarqaladi.
Patogenezi va patologoanatomik o‘zgarishlar. O‘tkir o‘rta otitning
rivojlanishida burun va burunhalqum fiziologik holatining buzilishlari muhim
ahamiyatga ega. Bundan tashqari, so‘rg‘ichsimon o‘siqni anatomik tuzilishining
hususiyati ham (pnevmatik, diploetik, sklerotik, aralash) o‘tkir o‘rta otitning
kechishiga ta’sir ko‘rsatadi va mastoidit, sub-periostal ho‘ppoz hamda kalla ichi
asoratlarining rivojlanishida ahamiyati katta. Nog‘ora bo‘shlig‘ining shilliq pardasi
mukoperiostdan, ya’ni suyak usti pardasidan tashkil topganligi sababli uni
yallig‘lanishi o‘ziga xos xarakterga ega. Kasallik eshituv nayi va nog‘ora bo‘shlig‘i
shilliq pardalarining yallig‘lanishi bilan boshlanadi. Nog‘ora bo‘shlig‘i shilliq
pardasida mukoid shish, leykotsitli (neytrofilli va limfotsitli) infiltratsiya, arteriya
qon tomirlarini kengayishi sodir bo‘lib, shilliq parda 20-30 marta qalinlashadi.
Eshituv nayi faoliyatining buzilishi natijasida esa nog‘ora bo‘shlig‘i dastlab serozli
yoki gemorragik, keyin yiringli ekssudat (suyuq, quyuq yoki yopishqoq) bilan
to‘ladi. Shilliq pardaning maydonlarida epiteliy qavati ko‘chib, yuzasida yaralar
hosil bo‘ladi. Eshituv nayining chiqarish faoliyatini buzilishi natijasida nog‘ora
bo‘shliqda to‘plangan patologik suyuqlik nog‘ora pardani tashqi eshituv yo‘li
tomon bo‘rttirib chiqaradi; yiringli ajralma to‘plangan nog‘ora bo‘shlig‘ida
bosimni oshishi va qon aylanishining buzilishi natijasida nog‘ora pardaning ayrim
maydonlari teshilib,bemorda otoreya, ya’ni quloqdan qon aralash yiring oqishi
kuzatiladi.
Dastlab quloqdan ko‘p miqdorda qon aralash shilimshiq-yiringli ajralma
oqadi, keyin ajralma quyuqlashib, yiringli ajralmaga aylanadi. O‘tkir yallig‘lanish
jarayoni tugagandan so‘ng nog‘ora bo‘shlig‘ining shiliq pardasida tiklanish
jarayoni boshlanadi; ajralma miqdori kamayib, quloqdan yiring oqishi to‘xtaydi,
nog‘ora pardaning teshigi asoratsiz bitib ketadi; otoskopiya manzarasi
me’yorlashib,bemorning eshitish qobiliyati to‘liq tiklanadi. Tiklanish jarayoni sust
kechgan hollarda nog‘ora bo‘shlig‘ida chandiqlar hosil bo‘ladi. Infiltrat va
ekssudat to‘liq so‘rilmay qolganda nog‘ora bo‘shlig‘ining shilliq pardasida,
nog‘ora pardada va eshituv suyakchalarida chandiqli bitishmalar hosil bo‘ladi,
natijada eshituv suyakchalarning harakatchanligi buzilib, bemorning eshitish
qobiliyati har xil darajada pasayadi.
Patologoanatomik o‘zgarishlar bir tomondan organizmning immun
holatiga, ikkinchi tomondan mikrofloraning biologik xususiyatlariga bog‘liq
bo‘ladi. Masalan, streptokokk qo‘zg‘atgan o‘tkir o‘rta otit sust kechadi,
yallig‘lanish jarayoni chakka suyagi sohasiga tarqalib, ko‘pincha mastoidit asorati
rivojlanishiga olib keladi.
Sil kasalligining mikobakteriyalari o‘pka va limfa tugunlaridan nog‘ora
bo‘shlig‘iga gematogen yo‘l orqali tarqalishi natijasida rivojlangan yiringli o‘rta
otit og‘riqsiz kechadi, bemorning qulog‘idan badbo‘y hidli yiringli ajralma oqadi,
nog‘ora pardada esa bir nechta teshiklar hosil bo‘ladi. Sil kasalligining og‘ir
kechimida nog‘ora bo‘shlig‘ining devorlari va eshituv suyakchalari yemiriladi.
Allergik kasalliklarga moyil bemorlarda o‘tkir o‘rta otit o‘ziga xos kechadi.
Kasallik to‘satdan boshlanib, bemorning tana harorati me’yorda yoki subfebril
bo‘ladi. Otoskopiyada nog‘ora parda shishganligi, tashqi eshituv yo‘lida tiniq
shilimshiq ajralma to‘planganligi aniqlanadi. Qon va patologik ajralmalarda
eozinofillar soni ko‘payadi.
Klinik belgilari. Odatda o‘tkir o‘rta otitning klinik kechimida o‘ziga xos
bosqichlar kuzatiladi. Kasallikning mahalliy va umumiy belgilari uning bosqichi
va jarayonning og‘irligiga bog‘liq. O‘tkir o‘rta otitning klinik manzarasida uch
bosqich tafovut qilinadi:
1-bosqich – nog‘ora pardani teshilishidan oldingi bosqich bo‘lib, o‘rta
quloqda yallig‘lanish jarayonini boshlanishi, nog‘ora bo‘shlig‘ida ekssudat
to‘planib, bemorda yallig‘lanishga xos umumiy va mahalliy belgilar kuzatiladi;
2- bosqich - nog‘ora pardani teshilishi bosqichi bo‘lib, bunda nog‘ora parda
teshilib, bemor quloqdan yiringli ajralma oqib, kasallikning umumiy va mahalliy
belgilari nisbatan cusayadi;
3-bosqich - reparatsiya yoki tiklanish bosqichida yallig‘lanish jarayoni asta-
sekin tugaydi va quloqning eshitish faoliyati tiklanadi.
Kasallikning birinchi, ya’ni nog‘ora pardani teshilishidan oldingi boskichi
keskin rivojlangan mahalliy va umumiy belgilar bilan namoyon bo‘ladi. Bemor
qulog‘i og‘rishiga va shang‘illashiga shikoyat qiladi. Tobora zo‘rayib borgan
og‘riq chakka va ensa sohalariga, tishlarga tarqaladi. Yutinganda, aksirganda,
yo‘talganda og‘riq chidab bo‘lmas darajada kuchayadi. Bunday og‘riq nog‘ora
pardaning yallig‘lanish infiltratsiyasi, nog‘ora bo‘shlig‘ida to‘plangan ekssudat
hamda uchshoxli va til halqum asab tolalari shoxchalarini ta’sirlanishi natijasida
yuzaga keladi. Ba’zan paypaslanganda yoki perkussiya qilinganda bemor
so‘rg‘ichsimon o‘siq sohasida og‘riq sezadi. Yuz asab tolasi ta’sirlanishi natijasida
yuz asab tolasi qisman falaji yoki falaji, bosh miya po‘stlog‘ining ta’sirlanishi
natijasida bolalarda meningizm yoki meningit belgilari kuzatiladi. Nog‘ora
bo‘shlig‘ida to‘plangan suyuqlik uning ichki devorini bosishi va zaharli
moddalarni qonga so‘rilishi natijasida bemorda bosh aylanishi, muvozanatni
buzilishi kabi belgilar ham kuzatilishi mumkin.
Bemornig umumiy ahvoli og‘irlashadi, uyqusi buziladi, tana harorati 38-390C
ga ko‘tariladi, tomir urishi tezlashadi, holsizlik, darmonsizlik, ishtahani pasayishi
kuzatiladi. Qonda neytrofilli leykotsitoz (leykotsitlar soni 12-15.10-9/l, bolalarda-
20.10-9/l yetadi), leykoformulaning chapga siljishi, eritrotsitlarning cho‘kish tezligi
oshganligi aniqlanadi. Bir vaqtning o‘zida nog‘ora parda va eshituv suyakchalari
harakatlarining cheklanishi tufayli bemorning eshitish qobiliyati pasayadi.
Otoskopiyada dastlab bolg‘acha dastasi va nog‘ora pardaning cheti bo‘ylab
joylashgan qon tomirlar kengayganligi, yorug‘lik konusi qisqarganligi, keyinchalik
nog‘ora pardaning qizarishi ko‘payib, bilish nuqtalari yo‘qolganligi, nog‘ora parda
bo‘rtgan va infiltratsiyalashganligi aniqlanadi (39-rasm). Ba’zan nog‘ora pardaning
bo‘rtgan joyi oqish rangli tus oladi. Nog‘ora parda va eshituv suyakchalarining
harakati qisman cheklanadi yoki butunlay xarakatsizlanadi. Nog‘ora bo‘shlig‘idagi
bosimning oshishi va ikkilamchi nog‘ora pardani bosilishi natijasida uzangichani
harakati cheklanadi.
39-rasm.
O‘tkir o‘rta otitda nog‘ora pardani teshilishigacha bo‘lgan davrning
otoskopiya manzarasi
Bu bosqichda bemorda suyak o‘tkazuvchanligining biroz yomonlashishi
bilan kechuvchi konduktiv past eshitishlik kuzatiladi. Gripp, ich terlama,
skarlatina, qizamiqda rivojlangan yiringli o‘rta otitlarda spiral a’zo va dahliz-
chig‘anoq asab tolasining zararlanishi natijasida bemorda tovush to‘lqinini qabul
qilish faoliyati ham buzilishi mumkin. Birinchi bochqichning dastlabki kunlarida
shilliq pardaning qizirishi va shishi aniqlangan, lekin nog‘ora bo‘shlig‘ida hali
yiringli ajralma paydo bo‘lmagan davrda bemorga “o‘tkir kataral o‘rta otit”,
nog‘ora bo‘shlig‘ida yiringli ekssudat yig‘ilib, uni bo‘shliq devorlariga bosim
ko‘rsatishi natijasida kasallik belgilari kuchaygan davrda - “o‘tkir yiringli
teshilmagan o‘rta otit” tashxisi qo‘yiladi.
Kasallikning ikkinchi, ya’ni nog‘ora pardani teshilishi bosqichida nog‘ora
parda teshilib, bemorning qulog‘idan dastlab ko‘p miqdorda shilimshiq-yiringli,
ba’zan qonli ajralma oqadi. Bu bosqichda quloqni og‘rishi kamayadi, bemorning
umumiy ahvoli biroz yaxshilanadi, tana harorati pasayadi. Bu davrda bemorga
“o‘tkir yiringli o‘rta otit” tashxisi qo‘yiladi. Otoskopiyada tashqi eshituv yo‘lida
qon aralash yiringli ajralma borligi, nog‘ora pardaning taranglashgan qismi
teshilganligi aniqlanadi. Teshik ko‘pincha nog‘ora pardaning old pastki qismida
joylashadi, uning o‘lchamlari turlicha bo‘ladi. Ba’zan otoskopiyada yiringli
ajralma
nog‘ora
parda
teshigidan
tomir
urishiga
mos
holda
ajralib
chiqayotganligini ko‘rish mumkin. Ayrim hollarda nog‘ora pardadagi teshik orqali
yallig‘lanish tufayli dag‘allashgan nog‘ora bo‘shlig‘ining shilliq pardasi ko‘rinadi
va u yallig‘lanish o‘smalarini eslatishi mumkin. Bir necha kundan so‘ng nog‘ora
bo‘shlig‘idagi ajralma quyuqlashib, yiringli ajralmaga aylanadi, uning miqdori
kamayadi. Quloqdan yiring oqishi odatda 5-7 kun davom etadi.
O‘tkir yiringli o‘rta otitning uchinchi, ya’ni reparatsiya (proliferatsiya)
bosqichida yallig‘lanish jarayoni tugab, quloqdan yiring oqishi to‘xtaydi,
bemorning eshitish qobiliyati asta-sekin tiklana boshlaydi. Nog‘ora pardaning
qizarishi va shishi kamayib, bilish nuqtalari asta-sekin ko‘rina boshlaydi. Nog‘ora
pardada hosil bo‘lgan kichik teshiklar qisqa vaqt ichida izsiz yopiladi, lekin teshik
katta bo‘lgan ayrim hollarda nog‘ora pardaning fibroz qavati tiklanmasligi sababli
u tashqaridan epidermis va ichkaridan shilliq parda hisobidan yopiladi. Shuning
uchun bu maydon otoskopiyada papiros qog‘oziga o‘xshash bo‘ladi, keyinchalik
bu joyda ohaklanish jarayoni rivojlanadi. Odatda nog‘ora pardaning yirik teshiklari
o‘z-o‘zidan bitmaydi va nog‘ora pardada doimiy quruq teshik qoladi. Ba’zan o‘tkir
yiringli o‘rta otitdan so‘ng nog‘ora bo‘shlig‘ining o‘zida ham fibrozli bitishmalar
hosil bo‘lib, eshituv suyakchalarining harakati chegaralanishi mumkin.
Kasallikning noaniq sust kechimida ikkinchi bosqich cho‘zilib, quloqdan
yiring oqishi 2-3 haftagacha davom etishi mumkin. Ayrim hollarda nog‘ora parda
teshilmay, nog‘ora bo‘shlig‘ida quyuq va yopishqoq ajralma to‘planadi. Kasallikni
bunday
kechishiga
davolashda
yo‘l
qo‘yilgan
xatolar,
mikroblarning
antibiotiklarga sezgirligi aniqlanmay o‘tkazilgan yallig‘lanishga qarshi terapiya,
parasentez jarrohlik amalini o‘z vaqtida bajarmaslik sabab bo‘ladi. Qator hollarda
nog‘ora bo‘shlig‘ida chandiqlanish jarayoni rivojlanishi mumkin.
Ba’zan esa, aksincha, kasallikning birinchi bosqichi o‘ta og‘ir kechadi;
bemorning tana harorati keskin ko‘tarilib, kuchli bosh og‘rig‘i, qusish, bosh
aylanishi, umumiy ahvolining keskin og‘irlashishi kuzatiladi. Bunday holat
nog‘ora parda teshilmaganligi va yiring tashqi eshituv yo‘liga oqib chiqmaganligi
natijasida yuzaga keladi. Ayrim hollarda infeksiya qisqa vaqt ichida o‘rta
quloqdan kalla bo‘shlig‘iga tarqalib, og‘ir kalla ichi asoratlari rivojlanishiga sabab
bo‘lishi mumkin. Ba’zan esa nog‘ora parda teshilganligiga qaramasdan, bemorning
tana harorati pasaymaydi, ahvoli yaxshilanmaydi. Kasallikning bunday kechimi
so‘rg‘ichsimon o‘siqning yallig‘lanishi, ya’ni mastoidit (antrit) asoratining
rivojlanishi bilan izohlanadi.
Qator hollarda kasallikning oddiy kechimida nog‘ora parda teshilib,
bemorning ahvoli yaxshilangan va tana harorati pasaygandan so‘ng kasallikning
klinik belgilari qayta avj olishi kuzatiladi (tana harorati yana ko‘tariladi, quloq
og‘rig‘i kuchayadi). Bunday klinik manzara patologik ajralmani chiqarilishi
buzilganligi va uni o‘rta quloq bo‘shlig‘ida to‘planib qolishi natijasida yuzaga
keladi. Patologik ajralmani nog‘ora bo‘shlig‘ida to‘planishiga dag‘allashgan va
shishgan shilliq pardasi yoki so‘rg‘ichsimon o‘siqning yallig‘lanishi sabab bo‘ladi.
Uzoq vaqt davomida (3-4 hafta) quloqdan yiring oqishi davom etishi va
tozalagandan so‘ng tashqi eshituv yo‘lida tezda yana qayta to‘planishi
so‘rg‘ichsimon
o‘siq
empiemasi
(mastoidit)
va
suyak
to‘siqlari
yemirilayotganligidan dalolat beradi. Ba’zan yiringli ajralmani uzoq vaqt
davomida to‘lqinlanib oqishi bemorda ekstradural ho‘ppoz rivojlanganligini
bildiradi.
Kasallikning og‘ir klinik kechimida qondagi keskin leykotsitoz (ba’zan 15-
20 . 10 9/l va undan ortiq), leykoformulani keskin chapga siljishi, eozinofillarni
yo‘qolishi o‘rta quloqning yiringli yallig‘lanishi so‘rg‘ichsimon o‘siq kataklariga
yoki infeksiyani kalla bo‘shlig‘iga tarqalganligidan dalolat beradi.
O‘tkir yiringli o‘rta otit odatda 2-3 hafta davom etib, sog‘ayish bilan tugaydi.
Boshqa hollarda o‘rta quloqning o‘tkir yallig‘lanishi surunkali shakliga
aylanib,asoratlar beradi. Asoratlar rivojlanishiga organizmning mahalliy va
umumiy immunitetining susayishi, mikrofloraning virulentliligi va antibiotiklarga
chidamliligining yuqoriligi, o‘tkazilgan davolash tadbirlari yetarli darajada
bo‘lmaganligi sabab bo‘ladi.
Tashxis bemor shikoyatlari, anamnez ma’lumotlari, ko‘zdan kechirish,
paypaslash, otoskopiya manzarasi, akumetriya, audiometriya, vestibulometriya,
timpanopunksiya va laboratoriya tekshiruvlari natijalari, so‘rg‘ichsimon o‘siq
rentgenografiyasi, kompyuter tomografiyasi asosida qo‘yiladi.
Qiyosiy tashxis. O‘tkir yiringli o‘rta otit ekssudativ o‘rta otit, salpingootit, va
miringit kasalliklaridan farqlanadi.
Davolash. Kasallikning birinchi bosqichida bemor uy sharoitida
davolanadi. Unga darmondorilarga boy taomlar, burunga qon tomirlarni
toraytiruvchi
(0,05-
0,1%
naftizin,
sanorin,
galozolin,
0,1%
adrenalin
gidroxlorid),1-2% protargol eritmalarni tomizish, oyoqlariga issiq vanna qilish
tavsiya etiladi. Ushbu tadbirlar eshituv nayining chiqarish faoliyatini yaxshilab,
o‘rta quloqdagi ekssudatni burunhalqumga chiqarilishini yengillashtiradi,natijada
o‘rta quloqdagi bosim pasayib, og‘riq belgisi kamayadi.
Burunning ikki katagini berkitgan holda keskin qoqish, burun ajralmasini
og‘izga tortish ham maqsadga muvofiq emas, chunki bunday harakat infeksiyani
burundan burun-halqumga va eshituv nayiga tarqalishiga sabab bo‘ladi.
Tashqi eshituv yo‘liga 3% borat kislotasining spirtli eritmasi, Aurosan
tomchilari tomiziladi yoki shu dorilarga shimdirilgan pilikcha qo‘yiladi. Tashqi
eshituv yo‘liga spirtglitserinli aralashma (teng miqdorda olingan borat kilotasining
3% spirtli eritmasi va glitserin) bilan pilikcha kiritish og‘riqni biroz kamaytiradi.
Aralashmaga shimdirilgan paxta yoki doka pilikcha tashqi eshituv yo‘liga chuqur
kiritiladi va u yerda 2-3 kunga qoldiriladi. Har kuni pilikcha qo‘yilgan tashqi
eshituv yo‘liga aralashma 5-6 tomchidan kuniga 3-4 mahal tomizib turiladi.
Bemorning og‘riyotgan qulog‘iga va so‘rg‘ichsimon o‘simta sohasiga yarim spirtli
issiq boylam qo‘yiladi, UVCh, solluks fizioterapiya muolajalari tavsiya qilinadi.
Bemorga og‘riqsizlantiruvchi, tana haroratini pasaytiruvchi va tinchlantiruvchi
dorilar beriladi (parasetamol,analgin, baralgin, ketonal, sedalgin).
Patologik ajralma mikroflorasining antibiotiklarga sezgirligini e’tiborga
olgan xolda bemorga antibiotiklar buyuriladi. Asoratsiz kechgan o‘rta otitlarda
bemorga 5-7 kun davomida amoksitsillin ichish tavsiya etiladi ( 0,25-0,5 g dan 3
mahal ovqatdan oldin). Davolash tadbirlari samara bermaganda 3 kundan so‘ng
ushbu antibiotik augmentin (0,375 g yoki 625 g dan kuniga 3 mahal ichish) yoki
sefuroksim (0,25 g yoki 0,5 g dan kuniga 2 mahal ichish) bilan almashtiriladi.
Kasallikning og‘ir kechimida mushak orasiga yoki tomir ichiga kerakli miqdorda
ampitsillin, sefamizin, sefazolin va boshqa antibiotik eritmalari yuboriladi.
Bemorning ahvoli yaxshilanganligiga qaramasdan antibiotikoterapiya albatta 7-10
kun davom ettirilishi lozim! Antibiotikoterapiyani muddatdan oldin to‘xtatish
kasallikni qaytalanishiga, nog‘ora bo‘shliqda bitishmalar hosil bo‘lishiga va
eshitishi pasayishiga olib keladi. Antibiotiklar bilan birga disbakteriozni oldini
olish maqsadida bemorga nistatin va vitaminlar buyuriladi.
Antibiotiklarni meatotimpanal usulda yuborish, ya’ni novokainda eritilgan
ampitsillin natriy tuzini yoki boshqa antibiotikni quloq orqasi sohasiga yuborish
muolajasi ham samarali davolash usullaridan biri hisoblanadi. Bitta muolajaga 250
000-500 000 TB ampitsillin natriy tuzini 1,5-3 ml 1% novokainda eritilgan xolda
ishlatiladi. Nina quloq orqasiga, quloq suprasining birikish chizig‘i sohasidan
tashqi eshituv yo‘lining orqa va yuqori devorlarining chegarasiga sanchiladi.
Muolaja to‘g‘ri bajarilganda tashqi eshituv yo‘lining orqa va yuqori devorlarining
terisi va nog‘ora pardaning orqa qismi oqaradi.
O‘rta quloqda yallig‘lanish jarayonini tez bartaraf etish maqsadida
degidrotatsiya va giposensibilizatsiya tadbirlari o‘tkaziladi: vena ichiga 5% 3-5 ml
askorbin kislotasi, 1% kalsiy xlorid eritmasini kattalarga 400 ml gacha miqdorda
bir daqiqada 50 tomchidan vena ichiga tomchilab yuboriladi. Bolalarga 1% kalsiy
xlorid eritmasi 7-10 ml/kg hisobida buyuriladi. Masalan, 15 kg vaznli bolaga 105-
150 ml miqdorda 1% kalsiy xlor eritmasi bir daqiqada 40 tomchidan (2 ml dan)
yuboriladi. Kalsiy xlorid eritmasi organizga quyidagicha ta’sir ko‘rsatadi: 1)
suyuqlik holda yuborilishi tufayli organizmning zaharlanishi kamayadi; 2)
to‘qimalararo o‘tkazuvchanlikni mo‘tadillashtiradi; 3) immunitetni oshiradi.
Bundan tashqari bemorga pipolfen, suprastin, dimedrol bir tabletkadan 2-3 mahal,
ichish tavsiya etiladi.
O‘tkir yoki surunkali o‘rta otitlarni rivojlanishida burun yondosh
bo‘shliqlaridagi yiringli yallig‘lanishlarning ahamiyati katta. Shuning uchun
bemorni nafaqat qulog‘ini, balki burun yondosh bo‘shliqlarini rentgen tasvirini
e’tiborga olgan holda tashxis qo‘yish va o‘tkir yiringli o‘rta otit bilan birga
sinusitlarni ham davolash lozim.
Parenteral usulda ototoksik dori moddalarini yuborish taqiqlanadi!
Olib borilgan davolash tadbirlariga qaramasdan bemorning ahvoli
yaxshilanmagan, tana harorati pasaymay, quloq og‘rig‘i davom etgan,
so‘rg‘ichsimon o‘siq sohasi bosilganda og‘rigan va otoskopiyada nog‘ora parda
bo‘rtganligi aniqlanganda bemorga timpanopunksiya - nog‘ora pardani teshib,
ekssudat xarakterini aniqlash va parasentez - nog‘ora pardani kesish jarrohlik
amallari bajariladi.
O‘tkir yiringli teshilmagan o‘rta otitda bajariladigan parasentez jarrohlik
amaliga ko‘rsatmalar 2 - jadvalda keltirilgan.
2-jadval
Rejali ko‘rsatmalar (Besold
uchligi)
Shoshilinch ko‘rsatmalar
1) quloqni qattiq og‘rishi;
2) nog‘ora pardani qizarishi va
bo‘rtishi,
Shvars
belgisi
musbatligi;
3) tana haroratini keskin
ko‘tarilishi.
1) meningizm va meningial belgilar;
2) yuz asab tolasining nimfalaji yoki
falaji;
3)
labirint
faoliyatining
buzilish
belgilari
(quloqni
shang‘illashi,
eshituvni
pasayishi
yoki karlik, bosh aylanishi, nistagm,
gandi
raklab yurish, ko‘ngil aynishi,
qusish;
g) antrit yoki mastoidit belgilari.
Yosh bolalarda nog‘ora parda kattalarnikiga nisbatan qalinroq bo‘lishi, o‘tkir
yiringli o‘rta otitda umumiy klinik belgilar keskinrok rivojlanishi, meningizm
belgilari, qusish, tutqanoq holatlari kuzatilishi tufayli timpanopunksiya va
parasentez amallari ko‘proq bajariladi.
Parasentez jarrohlik amali quyidagicha bajariladi: tashqi eshituv yo‘li spirt
bilan tozalangandan so‘ng mahalliy usulda og‘riqsizlantiriladi, ya’ni tashqi eshituv
yo‘lining tog‘ay-parda bo‘limi suyak bo‘limiga o‘tish joyida orqa devorining terisi
ostiga 1,5 - 2 ml 1-2% novokain eritmasi yuboriladi yoki 10% lidokain aerozoli
sepiladi. Bolalarda parasentez jarrohlik amali qisqa muddatli umumiy
og‘riqsizlantirish ostida bajarilishi mumkin. Yordamchi boshi yostiq ustiga
qo‘yilgan, yarim o‘tirgan yoki yotgan bemorning boshini ushlab turadi. Odatda
nog‘ora parda orqa yoki pastki qismi sohasida pastdan yuqoriga qarab kesiladi.
Parasentez ninasi 1 -1,5 mm chuqurlikka sanchiladi, chunki u haddan tashqari
chuqur sanchilganda labirintning ichki devori jarohatlanishi mumkin. Doimiy
teshik hosil qilmaslik maqsadida kesim nog‘ora parda halkasiga yetmasligi lozim.
Odatda parasentezda hosil qilingan sun’iy teshik nozik chandiq hosil qilib 7-10
kunda batamom bitib ketadi (40-rasm). Parasentez jarrohlik amali bajarilgandan
so‘ng tashqi eshituv yo‘lidan qon aralash yiringli ajralma oqadi, shunda unga toza
doka yoki paxta pilikcha kiritilib, kuniga 1-2 marta almashtirib turiladi. Quyuq
yiringli ajralmaga dastlab 3% vodorod peroksidi tomizilib, so‘ngra tashqi eshituv
yo‘li zondga o‘ralgan paxta bilan tozalanadi. O‘z vaqtida bajarilgan parasentez
amali og‘riqni va kasallikning umumiy belgilarini kamayishiga, yallig‘lanishni
tugashiga, asoratlarni oldini olishga va eshitish qobiliyatini tezda tiklanishiga
yordam beradi. Parasentez yoki mikromiringotomiya jarrohlik amalini optik asbob
yordamida bajarish juda yaxshi natija beradi.
Nog‘ora
parda
o‘z
o‘zidan
yoki
parasentez,
mikromiringotomiya yordamida teshilgandan so‘ng, ya’ni
kasallikning ikkinchi bosqichida, tashqi eshituv yo‘lidagi
yiringli ajralma bir necha marta paxta bilan tozalanib,
nog‘ora bo‘shlig‘iga transtimpanal yo‘l orqali gormon va
antibiotik aralashmasi (nog‘ora bo‘shlig‘ida chandiqlar
hosil bo‘lishini oldini olish maqsadida aralashmaga tripsin
yoki lidaza qo‘shish mumkin) yuboriladi. Tana
haroratigacha isitilgan aralashma bemor yotgan holatida tashqi eshituv yo‘liga 1 ml
40-rasm.
Parasentez
miqdorda qo‘yiladi va quloq do‘mboqchasi tashqi eshituv yo‘lining teshigiga
yengil bosiladi, shunda aralashma nog‘ora bo‘shlig‘iga tarqaladi. Aralashma
nog‘ora bo‘shlig‘i, eshituv nayi va burunhalqumga tarqalishini yaxshilash uchun
tashqi eshituv yo‘liga avval qon tomirlarni toraytiruvchi tomchi (naftizin,
adrenalin) tomiziladi. Tashqi eshituv yo‘li yiringdan tozalangandan so‘ng unga
birorta antibiotik, naftizin va gidrokortizon emulsiyasidan tayyorlangan aralashma
tomiziladi va bemor boshini qarama-qarshi tomonga egib turgan holatida quloq
do‘mboqchasi bir necha bor bosiladi. Bunday harakatlar tashqi eshituv yo‘lining
havo bosimini o‘zgartirib, nog‘ora bo‘shlig‘idagi dorilarni eshituv nayiga
tarqalishini ta’minlaydi. Dorilarni transtimpanal yo‘l orqali yuborish samarali
davolash usuli hisoblanadi.
O‘tkir yiringli o‘rta otitning ikkinchi bosqichida spirtli eritmalarni qo‘llash
mumkin emas, chunki spirt nog‘ora bo‘shlig‘ining shilliq pardasiga salbiy ta’sir
ko‘rsatib, og‘riqni kuchaytiradi va shilliq pardani dag‘allashtiradi.
Kasallikning
birinchi
bosqichida
bajariladigan
barcha
muolajalar
(og‘riqsizlantirishdan tashqari) uning ikkinchi bosqichida ham davom ettiriladi.
Bemorga antibiotiklar va antigistamin dorilar ichish buyuriladi, burniga qon
tomirlarini toraytiruvchi tomchilardan so‘ng 1-2% protorgol eritmasi tomiziladi.
Qulog‘idan ko‘p miqdorda quyuq yiringli ajralma oqayotgan bemorga mukolitiklar
(ambroben, bronxopret), yallig‘lanishga qarshi, gipersekresiyani va shilliq parda
shishini kamaytiruvchi hamda eshituv nayining hilpillovchi epiteliy faoliyatini
kuchaytiruvchi dorilar, fluimutsil, sinupret buyuriladi.
Quloq ajralmasida pH ko‘rsatkichini ishqoriy tomonga siljishi tashqi eshituv
yo‘li terisini yallig‘lanishiga olib keladi. Shuning uchun tashqi eshituv yo‘liga
birorta indefferent yog‘ (vazelin yoki paxta yog‘i ) surtish foydadan xoli emas.
Yiringli ajralmani o‘ziga so‘rib olishi uchun tashqi eshituv yo‘liga nog‘ora
pardagacha quruq bintli pilikcha joylanib, ho‘l bo‘lganda almashtiriladi.
Fizioterapevtik muolajalardan bemorga UBN, UVCh, SVCh va geliy-neon
lazer terapiyasi tavsiya qilinadi. Geliy-neon lazer tashqi quloq orqali 5 daqiqa
davomida ta’sir etiladi (lazerning dozasi 24 Dj/sm2 ). Jami 5-6 muolaja o‘tkaziladi
(lazerning umumiy dozasi 120-144 DJ/sm2).
Kasallikning uchinchi bosqichida nog‘ora pardaning teshigi odatda nozik
chandiq hosil qilib yopiladi. Ammo ba’zan nog‘ora bo‘shlig‘ining ichida chandiqli
bitishmalar rivojlanishi va eshituv suyakchalarining harakatini cheklab qo‘yishi
mumkin. Bu bosqichda bemorning eshitish qobiliyatini to‘liq tiklanishi muhim
ahamiyatga ega. Shuning uchun davolash tadbirlari eshituv nayining havoni
o‘tkazish faoliyatini tiklashga va organizmning ximoya kuchini oshirishga
qaratiladi. Bemorga vitaminlar, biostimulyatorlar (apilak, aktovegin) buyuriladi.
Eshituv va muvozanat a’zolarining faoliyati tiklanganligiga ishonch hosil qilish
maqsadida akumetriya, audiometriya, vestibulometriya tekshiruvlari o‘tkaziladi.
Yashirin yoki sust kechgan yiringli o‘rta otitlarda kasallik belgilarining
noaniqligiga qaramasdan parasentez jarrohlik amali mumkin kadar erta bajarilishi
foydadan xoli emas. Bunday hollarda parasentezdan so‘ng nog‘ora bo‘shlig‘ining
ajralmasi so‘rib olinib, keyin eshituv nayi faoliyati tiklanib, davolash muolajalari
o‘tkaziladi.
Zamburug‘lar ko‘zg‘atgan o‘rta otit nistatin, levorin va lamizil dori vositalari
bilan davolanadi (davolash 10 kunlik tanaffus bilan 2 hafta davomida olib boriladi
va 2 marta takrorlanadi). Mahalliy usulda lamizil malhami va nitrofungin eritmasi
qo‘llaniladi.
Grippdan so‘nggi o‘rta otitni davolashda yuqorida qayd etilgan tadbirlardan
tashqari, bemorga virusga qarshi dori vositalar buyuriladi. Grippda rivojlangan
o‘tkir o‘rta otit ko‘pincha o‘tkir sensonevral past eshitishlik bilan birga kechadi,
shuning uchun bemorda akumetriya, audiometriya tekshiruvlari va shoshilinch
davolash tadbirlari o‘tkaziladi.
O‘tkir yiringli o‘tra otitning rivojlanishiga allergik omillar sabab bo‘lganda
bemorlarga spetsefik va nospetsefik giposensebilizatsiya terapiyasi buyuriladi.
O‘rta quloqning o‘tkir yiringli yallig‘lanishi quyidagicha yakunlanishi
mumkin:
1. Sog‘ayish - bemorda otoskopiya manzarasi va eshitish kobiliyati to‘liq
tiklanadi, nog‘ora pardaning teshigi chandiqsiz bitib ketadi, ba’zan hosil bo‘lgan
chandiq ohakli tuzlar (petrifikatlar) bilan qoplanadi.
2. Nog‘ora bo‘shlig‘ida chandiqlanish jarayonini rivojlanishi - nog‘ora
pardada quruq teshik hosil bo‘ladi, eshituv suyakchalari orasida hosil bo‘lgan
chandiqli bitishmalar tufayli ularning harakatchanligi cheklanadi va bemorda o‘sib
boruvchi konduktiv past eshitishlik rivojlanadi.
3. Kasallik surunkali klinik kechimiga (surunkali yiringli o‘rta otitga)
aylanishi. Nog‘ora pardada doimiy teshik hosil bo‘lib, quloqdan yiringni qayta-
qayta oqishi kuzatilib, uning eshitish faoliyati pasayadi.
4. Bemorlarda u yoki bu asoratlarni rivojlanishi. O‘tkir yiringli o‘rta otitdan
so‘ng mastoidit (2 yoshgacha bo‘lgan bolalarda antrit), labirintit, yuz asab tolasi
falaji, meningit, bosh miya va miyacha ho‘ppozlari va sigmasimon sinus trombozi,
otogen sepsis kabi asoratlar rivojlanishi mumkin.
Profilaktikasi.
O‘tkir
o‘rta
otit
kasalligini
oldini
olish
tadbirlari
quyidagilardan iborat: 1) gigiena qoidalariga rioya qilish; 2) bolani to‘g‘ri
ovqatlanish; 3) bola organizmini chiniqtirish; 4)yuqumli kasalliklarga qarshi o‘z
vaqtida emlash; 5) yuqori nafas yo‘llari kasalliklarini to‘g‘ri davolash; 6) burun va
burun yondosh bo‘shliqlari kasalliklarini o‘z vaqtida aniqlash; 7) burun orqali
nafas orlish faoliyatini tiklash; 8) organizmning umumiy va mahalliy immunitetini
kuchaytirish.
YOSh BOLALARDA O‘TKIR YIRINGLI O‘RTA OTIT ayniqsa ko‘p
uchraydi va barcha ambulator va statsionar bemorlarning 15-16% tashkil etadi.
Chaqaloqlarda yiringli o‘rta otitning rivojlanishiga Enterobacteriacae oilasiga
mansub grammanfiy tayoqchalar (E.coli, S. Pneumoniae va boshk.) sabab bo‘lsa,
bir oylik va undan katta bolalarda kasallikni S. pneumoniae va H. influencae
qo‘zg‘atadi.
Bolalarda o‘rta quloqning o‘tkir yallig‘lanishi ko‘p uchrashini va o‘ziga xos
belgilar bilan kechishini quyidagi omillar bilan izohlash mumkin:
- yosh bolalarda o‘rta quloqning anatomik tuzilishi va fiziologiyasi o‘ziga
xos xususiyatlarga egaligi: a) kichik yoshdagi bolalarda eshituv nayi kalta, keng
va biroz gorizontal holatda joylashishi; b) chaqaloqlarda va erta yoshdagi bolalarda
nog‘ora bo‘shlig‘ida havo va yupqa shilliq parda o‘rnida mikroblar ko‘payishiga
qulay sharoit yaratuvchi yumshoq miksoid to‘qima va homila atrofi suyuqligi
qoldiqlarini borligi;
- yosh bolalarda o‘rta quloq shilliq padasining mahalliy va organizmning
umumiy immuniteti yaxshi rivojlanmaganligi;
- chaqaloq ko‘p vaqt davomida gorizontal holatda yotishi va uning eshituv
nayi keng va katta bo‘lganligi sababli sut va suyuq ovqat nog‘ora bo‘shlig‘iga
kirib, uni yallig‘lanishiga olib kelishi mumkinligi;
- yosh bolalarda qizamiq, skarlatina, difteriya kabi yuqumli kasalliklar ko‘p
uchraydi va ularda rivojlangan o‘tkir yiringli o‘rta otit og‘ir kechadi.
- katta yoshdagi bolalarda o‘tkir tonzillit, halqum murtagi gipertrofiyasi va
uni yallig‘lanishi eshituv nayining burunhalqum teshigini yopib qo‘yishi natijasida
uning faoliyati buzilib, o‘rta quloqni yallig‘lanishiga sabab bo‘ladi.
- homila davrini va tug‘ilish jarayonini og‘ir kechishi, chala tug‘ilish,
akusherlik muolajaci paytida jarohat olish chaqaloqda o‘tkir o‘rta otitni
rivojlanishiga yordam beradi.
- sun’iy ovqatlantirish, gipotrofiya, gipovitaminoz, raxit va boshqa kasalliklar
bolalarda o‘tkir yiringli o‘rta otitni noaniq va sust kechishiga sabab bo‘ladi.
Klinik belgilari. Yosh bolalarda o‘tkir yiringli o‘rta otit o‘ziga xos kechadi.
U ko‘pincha ikkilamchi kasallik sifatida o‘tkir respirator virusli infeksiyalarda,
qizamiqda, skarlatinada, difteriyada va sepsisdan so‘ng rivojlanib, to‘satdan
boshlanadi. Bolaning tana harorati dastlab subfebril, 1 -2 kundan so‘ng 39,5 -
400C ko‘tariladi. Quloq dumbog‘i bosilganda og‘riq paydo bo‘lishi kasallikning
muhim belgilaridan biri hisoblanadi. Qulog‘i og‘rigan bolaning hatti-harakati
kattalarnikidan farq qiladi; dastlabki kunlarda u bezovtalanib ko‘p yig‘laydi,
ko‘krakni emolmaydi, og‘rigan qulog‘ini onasining qo‘liga ishqalaydi,uyqusi
buziladi. 4-5 oylik bola boshini har tomonga tashlab yig‘laydi.
O‘rta quloq qon tomirlari kalla ichi bo‘shlig‘i qon tomirlari bilan aloqa hosil
qilishi va yosh bolalarda toshsimon-tangacha suyak tirqishi ochiqligi tufayli ularda
bosh miya pardalarining ta’sirlanish belgilari, ya’ni meningizm belgilari (qusish,
bosh aylanishi, ensa mushagini tortilishi, boshni orqaga tashlab yig‘lash, oyoq-qo‘l
mushaklari tonusining oshishi, tutqanoq) paydo bo‘ladi. Bunday belgilar bosh
miya pardalarini bakteriya toksinlaridan ta’sirlanishi natijasida yuzaga keladi.
Nog‘ora parda teshilib, o‘rta quloq bo‘shliqlari yiringli ajralmadan bo‘shagandan
so‘ng meningizm belgilari tez orada yo‘qoladi.
O‘tkir o‘rta otit bilan og‘rigan yosh bolalarda ba’zan oshqozon-ichak
faoliyatining buzilishi, ya’ni o‘tkir diarreyaning belgilari (qusish, ich ketishi)
kuzatiladi.
Tashxis bemor shikoyatlari, kasallikni boshlanishi, klinik belgilari,
otoskopiya
manzarasi,
rentgenografiya,
kompyuterli
tomografiya,
timpanopunksiya, antropunksiya, parasentez, bakteriologik va boshqa laboratoriya
tekshiruvlari natijasi asosida qo‘yiladi. Yosh bolalarda otoskopiya manzarasiga
to‘g‘ri baho berish kasallikni o‘z vaqtida aniqlash uchun muhim ahamiyatga ega.
Yosh bolalarda tashqi eshituv yo‘lining shakli tirqishsimon bo‘lishi, unda ko‘chgan
epidermis to‘plami mavjudligi, nog‘ora pardaning deyarli gorizontal joylashganligi
otoskopiya tekshiruvini ancha qiyinlashtiradi. Bundan tashqari yosh bolalarda
nog‘ora parda nisbatan qalin bo‘lib, u quloqni tozalash paytida yoki bola
yig‘laganda oson qizaradi. Yig‘layotgan yosh bolalardagi otoskopiya manzarasida
nog‘ora pardani qizarishini o‘tkir o‘rta otitdagi yorqin giperemiyadan farqlash
uchun bemorni bir necha vaqt kuzatish lozim. Agar yig‘layotgan bola tinchlanib
nafas olgan paytida nog‘ora pardani rangi o‘zgarib, biroz oqarsa, u holda o‘rta
quloqda yallig‘lanish yo‘q deb hisoblash mumkin.
Nog‘ora pardaning tarqoq qizarishi, infiltratsiyasi, bilish nuqtalarining
noaniqligi o‘rta quloqning o‘tkir yallig‘lanishdan dalolat beradi. Bolada o‘tkir
yiringli o‘rta otitning boshqa klinik belgilari aniqlangan hollarda shoshilinch
timpanopunksiya yoki parasentez jarrohlik amali bajariladi. Ayrim hollarda
nog‘ora parda xiralashib, kulrang yoki sarg‘ish ko‘chgan epidermis bilan
qoplangan bo‘lsa, boshqa hollarda u yupqalashadi, old qismlari orqali xira dog‘ga
o‘xshash yiring ko‘rinadi. To‘rt qismlarining birida infiltratsiya va bo‘rtish borligi
ham o‘tkir yiringli o‘rta otitga xos belgi hisoblanadi.
Yosh bolalarda ham o‘tkir yiringli o‘rta otit uch bosqichda kechadi. Ammo
yosh bolalarda nog‘ora parda qalin bo‘lganligi, nog‘ora bo‘shlig‘ining shilliq
pardasi ajralmani o‘z ichiga tez singdirib olish qobiliyatiga ega ekanligi va o‘rta
quloq ajralmasi keng va kalta eshituv nayi orqali oson chiqarilishi cababli ularda
nog‘ora parda ko‘pincha teshilmaydi va jarayon ko‘p hollarda sog‘ayish bilan
tugaydi.
Qonda leykotsitoz, EChT oshishi, immunologik ko‘rsatkichlarni o‘zgarishi,
so‘rg‘ichsimon o‘siq sohasining termometriyasi ham to‘g‘ri tashxis ko‘yishda
muhim ahamiyatga ega.
Davolashda klinik belgilarning keskinligi, mavjud bo‘lgan asoratlar va
bolaning umumiy ahvoli e’tiborga olinadi. O‘tkir yiringli o‘rta otitni kompleks
davolashda antibiotikoterapiya muxim o‘rinni egallaydi. Masalan, 2 yoshgacha
bo‘lgan va kasallikning klinik belgilari keskin rivojlangan, tana harorati 380C va
undan ortiq bo‘lgan bolaga albatta antibiotik buyuriladi. Bolaning yoshi va vazniga
qarab kerakli miqdorda antibiotiklar (augmentin, sefuroksim, sefozolin) buyuriladi.
Yosh bolalarda o‘tkir yiringli o‘rta otit ko‘pincha burun va burunhalqum
kasalliklari bilan birga kechishi sababli eshituv nayi o‘tkazuvchanligini yaxshilash,
ajralmani nog‘ora bo‘shlig‘idan chiqarish uchun burun va burun-halqum shilliq
pardasi shishini kamaytirish tadbirlari o‘tkaziladi. Buning uchun bolaning burniga
0,05% naftizin, sanorin, nazivin kabi qon tomirlarni toraytiruvchi tomchilar
tomiziladi. Bir yoshgacha bo‘lgan bolaning burniga emishidan 10 daqiqa oldin bir
tomchi 0,1% adrenalin gidroxlorid qo‘shilgan izotonik eritma tomiziladi.
Tomchilarni tomizishdan oldin bolaning burni tozalanadi, yosh bolalarda burun
ajralmasi rezina balloncha yordamida so‘rib olinadi. Yallig‘lanishga qarshi
tadbirlar bilan bir qatorda burunga 1% protargol yoki kollargol eritmalarini
tomizish tavsiya qilinadi. Quloqdagi yallig‘lanish jarayoni tugagandan so‘ng
halqum murtagi gipertrofiyasi aniqlansa, u holda adenotomiya jarrohlik amali
bajarilib, eshituv nayining faoliyati tiklanadi.
Bolalarda otoskopiya manzarasi ishonchli bo‘lmagan, ammo ahvoli tobora
yomonlashib borgan hollarda timpanopunksiya yoki parasentez jarrohlik amalini
imkon qadar ertaroq bajarish lozim. Bunda nog‘ora parda orqa-pastki kvadrantida
kesiladi. Parasentezdan so‘ng tashqi eshituv yo‘lida yiringni paydo bo‘lishi o‘rta
otitning eng ishonchli belgisi hisoblanadi. Ba’zan yiring tashqi eshituv yo‘lida bir
necha soatdan so‘ng paydo bo‘lishi mumkin. Parasentez jarrohlik amalidan so‘ng
bolaning umumiy ahvoli tez orada yaxshilanadi. Ayrim hollarda kasallik bir necha
kundan keyin yana avj olishi mumkin, shunda parasentez jarrohlik amalini takroran
bajarishga to‘g‘ri keladi. Bu ham kerakli natija bermagan va so‘rg‘ichsimon o‘siq
katakchalarining yallig‘lanishi rivojlanganligiga shubha tug‘ilgan hollarda
bemorda antrotomiya jarrohlik amali bajariladi.
Nog‘ora parda teshilgandan so‘ng yosh bolalarda nog‘ora bo‘shlig‘ida
yallig‘lanish o‘smalarini hosil bo‘lishi kattalarga nisbatan ko‘proq uchraydi. Ular
nog‘ora parda teshigini yopib, ajralma chiqarilishini qiyinlashtiradi. Shuning uchun
bolaning qulog‘iga qon tomirlarni toraytiruvchi tomchi, masalan 0,1% adrenalin
gidroxlorid yoki naftizin tomizilib (2 tomchidan kuniga 3 mahal), quloq
dumboqchasi bir necha bor yengil bosilgandan so‘ng tashqi eshituv yo‘li tozalanib,
nog‘ora bo‘shlig‘iga xuddi shu usulda antibiotik va gidrokortizon emulsiyasi
aralashmasi yuboriladi.
Profilaktikasi. O‘rta quloq kasalliklarini oldini olish choralari bola
tug‘ilgandan boshlab olib borilishi lozim. Gigiena qoidalariga rioya qilish, to‘g‘ri
ovqatlantirish, organizm himoya kuchini oshirish, o‘tkir respirator kasalliklarni
oldini olish, chiniqtirish, suv muolajalarini qo‘llash tadbirlari bolalarda o‘tkir
yiringli o‘rta otitni oldini olishga yordam beradi. Emizikli bolalarda quloq
kasalliklari nisbatan kamroq uchraydi.
Bolalardagi burun, burun yondosh bo‘shliqlari va halqum kasalliklari
ham o‘rta quloqning yallig‘lanishiga olib kelishi mumkinligi sababli ularda ushbu
a’zolar kasalliklarini oldini olish tadbirlarini o‘tkazish muhim ahamiyatga ega.
O‘tkir respirator kasallik bilan og‘rigan bolada birinchi navbatda burun orqali
nafas olish faoliyati tiklanishi lozim. Eshituv nayining anatomik tuzilishini hisobga
olib emizikli bolalarni ovqatlantirish paytida boshi biroz yuqoriroq holatda
bo‘lgani maqul.
Ko‘pincha yosh bolalarda o‘rta quloqning o‘tkir yiringli yallig‘lanishi boshqa
umumiy kasalliklarning belgilari ostida yashirin kechadi. Ularda otoskopiya
manzarasini noaniqligi, bezovtalik, tana vazninini yo‘qotish, qusish, ich ketish,
tutqanoq, boshini orqaga tashlash, ona ko‘kragini ema olmaslik belgilarini
kuzatilishi davolashda otorinolaringolog va pediatrni ishtiroq etishini taqozo
qiladi.
YUQUMLI KASALLIKLARDA RIVOJLANGAN O‘RTA OTIT odatda
og‘ir kechadi va organizm himoya kuchining pasayishi hamda qo‘zg‘atuvchi
mikroorganizmning virulentligiga bog‘liq bo‘ladi. Infeksiya nog‘ora bo‘shlig‘iga
eshituv nayi orqali, ba’zan gematogen yoki limfogen yo‘llar orqali tarqaladi.
Yuqumli kasalliklarda yallig‘lanish jarayoni ikkala quloqda bir vaqtda rivojlanib,
o‘rta va ba’zan ichki quloq tuzilmalariga tez tarqaladi.
O‘rta quloqning o‘tkir yallig‘lanishi yuqumli kasallikning boshlang‘ich
davrida rivojlanishi va asosiy kasallikning barcha belgilari bilan birga kechishi
mumkin; ba’zan esa u ikkilamchi jarayon sifatida yuqumli kasallikning keyingi
bosqichlarida rivojlanadi.
Grippdan so‘ng rivojlangan o‘rta otit odatda gripp epidemiyasi paytida
kuzatilib, yallig‘lanish jarayoni gemorragik shaklda kechadi. Tashqi eshituv
yo‘lining suyak qismi terisining epidermisi ostiga va nog‘ora pardada teri osti
qontalashishlari paydo bo‘lib, gemorragik pufakcha yoki bulla deb ataladi. Shuning
uchun bunday otit bullyoz otit deb yuritiladi. Otoskopiyada nog‘ora parda va
tashqi eshituv yo‘lining terisi tarqoq qizarishi ostida 2-3 dona aylana to‘q-qizil
gemorragik pufakchalar ko‘rinadi. Pufakchalar ochilganda kam miqdorda qon
aralash suyuq ajralma paydo bo‘ladi.
Grippdan so‘nggi o‘rta otitda yallig‘lanish jarayoni ko‘pincha nog‘ora usti
chuqurligida (epitimpanumda) joylashadi va og‘ir kechadi. Ba’zan bemorda
jarayon ichki quloqqa tarqalishi va bemorda meningit kasalligining rivojlanishiga
olib kelishi mumkin.
Bunday otitni davolash taktikasi parasentez jarrohlik amalini bajarish va o‘rta
quloqdan yiringli ajralmani chiqarish, davolashda antibiotiklarni (amoksiklav,
amoksitsilin, klofaran), kortikosteroidlarni, dezintoksikatsiya va desensibilizatsiya
tadbirlarini (kalsiy glyukonat, suprastin) hamda vitaminlarni keng qo‘llashdan
iborat. Bir vaqtning o‘zida maxalliy usulda burun bo‘shlig‘iga interferon tomizish
va ingalyatsiya qilish, eshituv nayi faoliyatini yaxshilash maqsadida naftizin,
sanorin eritmalarini tomizish, oyoqlarga issiq vanna qilish, so‘rg‘ichsimon o‘siq
sohasiga issiq yoki yarimspirtli boylam qo‘yish va simptomatik davolash tadbirlari
(tana haroratini me’yorlashtirish, og‘riqni kamaytirish va boshq.) olib boriladi.
Yiringli ajralmaning miqdori ko‘payib, suyak to‘qimasining o‘zgarish
belgilari paydo bo‘lgandagina so‘rg‘ichsimon o‘siq sohasida jarroxlik amali
bajarilishi lozim. Agar grippdan keyin rivojlangan o‘rta otitda nog‘ora bo‘shlig‘ida
yiringli ajralma yo‘qligi isbotlansa, unda bemorda asorat sifatida rivojlangan
meningit nima bilan bog‘liqligi aniqlanishi lozim. Grippdan keyin rivojlangan o‘rta
otitda bemorning eshitish qobiliyati tekshirilib turiladi, chunki ularda kech
rivojlangan konduktiv past eshitishlik bilan birga sensonevral past eshitishlik
belgilari paydo bo‘lishi mumkin.
Skarlatinadan so‘ng rivojlangan o‘rta otit ko‘proq kichik yoshdagi
bolalarda uchraydi. Jarayon o‘rta quloqning suyak va yumshoq to‘qimalarining
nekrotik yallig‘lanishi bilan kechadi. Skarlatina va qizamiqdagi nekrotik o‘rta otit
odatda yuqumli kasallikning dastlabki kunlarida rivojlanib, ko‘pincha burun va
halqumning nekrotik jarayonlari bilan birga kechadi.
Nekrotik o‘rta otitda yuzaga kelgan o‘rta quloq qon tomirlarining trombozi
nog‘ora bo‘shlig‘ining shilliq pardasi, eshituv suyakchalari va so‘rg‘ichsimon
o‘siqning suyak to‘qimasi nekroziga olib keladi. Infeksiya toshsimon - tangacha
tirqishi yoki nekrotik jarayon hosil qilgan yo‘l orqali kalla bo‘shlig‘iga tarqalishi
va bolada og‘ir kalla ichi asorati (yiringli meningit, sigmasimon sinus trombozi,
bosh miya va miyacha ho‘ppozi), ba’zan yuz asab tolasi falaji rivojlanishiga sabab
bo‘lishi mumkin.
Klinik belgilari. Skarlatinada va qizamiqda o‘rta quloqni yallig‘lanishi
klinik belgilarsiz boshlanadi, chunki bu davrda bemorda asosiy kasallikning
belgilari yetakchilik qiladi. Quloqning patologik jarayoni yashirin boshlanib,
nog‘ora parda tez orada nekrozga uchrashi tufayli bolaning qulog‘i og‘rimaydi.
Kasallikning birinchi belgisi - bu quloqdan ko‘p mikdorda badbo‘y hidli yiring
oqishi bo‘lib, so‘rg‘ichsimon o‘simta sohasini og‘rishi va eshitish qobiliyatining
pasayishi esa bemorda suyak to‘qimasi yallig‘langanligini bildiradi. Otoskopiyada
nog‘ora pardada yirik teshik hosil bo‘lganligi, hatto butunlay yemirilganligi
aniqlanadi; ba’zan nog‘ora pardani teshilishi bir kun ichida sodir bo‘lishi mumkin.
O‘rta quloqning o‘tkir yallig‘lanishi ko‘p hollarda surunkali shaklga aylanadi.
Nekrotik jarayon ichki quloqqa tarqalganda bemorda serozli yoki yiringli
labirintit rivojlanib, ba’zan quloqning eshituv va muvozanatni saqlash faoliyatlari
to‘liq izdan chiqishi mumkin. Ikki tomonlama nekrotik labirintit bemorda
sensonevral karlikni rivojlanishiga olib keladi.
Davolash tadbirlari yiringli o‘rta otitni davolash tadbirlariga o‘xshash bo‘lib,
asosiy kasallikni davolash va o‘rta quloqdagi mahalliy bergilarni bartaraf etishga
qaratiladi. Qizamiq va skarlatinada antibiotiklarni o‘z vaqtida va to‘g‘ri qo‘llash
nekrotik otit va uning asoratlarini oldini olishga yordam beradi. So‘rg‘ichsimon
o‘siq katakchalarining chirishi va kariesi rivojlangan bemorda jarrohlik davolash
usuli qo‘llanilib, chirigan va kariesga uchragan to‘qimalar sog‘lom suyak
to‘qimasigacha tozalanadi. Quloq ortidagi jarohat maydoni ochiq usulda
davolanadi, granulyatsiya to‘qimasi o‘sib borishi bilan minerallardan xoli
qo‘zichoq suyagi yoki konservatsiya qilingan tog‘ay to‘qimasi bilan to‘ldirilib
(mastoido-plastika), yumshoq to‘qimalar o‘zaro tikiladi.
O‘tkir yuqumli kasallik bilan og‘rigan bemorlarda burun, og‘iz va halqum
bo‘shliqlarini sog‘lomlashtirish, o‘rta quloq yallig‘lanishining klinik belgilari
paydo bo‘lganda tegishli davolash tadbirlarini o‘tkazish zarur.
ANTRIT - so‘rg‘ichsimon o‘siq g‘orining shiliq qavati va g‘or atrofi suyak
to‘qimalarining yiringli yallig‘lanishi. So‘rg‘ichsimon o‘siq katakchalari uch
yoshli bolalarda to‘liq shakllangan bo‘ladi. Chaqaloq va yosh bolalarda esa chakka
suyagining so‘rg‘ichsimon o‘siqda yagona bo‘shliq, ya’ni antrum bo‘shlig‘i
(so‘rg‘ichsimon o‘siq g‘ori) bo‘lganligi sababli bu yoshdagi bolalarda
so‘rg‘ichsimon o‘siqning yallig‘lanishi “antrit” deb nomlanadi. Yosh bolalarda
o‘tkir yiringli o‘rta otit va antrit kasalliklari bir vaqtda kechishi mumkin. Bunday
hollarda kasallik “otoantrit” deb yuritiladi. Antrit ko‘pincha sun’iy ovqatlanuvchi,
gipotrofiya, raxit, dizenteriya, zotiljam bilan og‘rigan bolalarda ko‘proq uchraydi.
Antritda subperiostal ho‘ppoz asorati mastoiditdagiga nisbatan ko‘proq uchraydi
va ba’zan suyak to‘qimasi yemirilishidan oldin hosil bo‘ladi; yiring bitmay qolgan
tirqishlar (tangacha-so‘rg‘ich va nog‘ora-so‘rg‘ich tirqishlar) orqali ichki quloqqa
va kalla ichiga tarqaladi.
Klinik belgilari. Antrit ayon va yashirin (notipik) klinik shakllarda kechishi
mumkin. Kasallikning ayon shaklida bolada o‘tkir yiringli o‘rta otitning barcha
belgilari: qulog‘idan yiringli ajralmani oqishi, uyqusini buzilishi, ishtahasini
pasayishi, tana haroratini 38-390 S ga ko‘tarilishi, ko‘krakni emmasligi,
bezovtalanishi, ko‘p yig‘lashi, meningizm belgilari kuzatiladi. Antritning yashirin
klinik kechimida bola karaxt va holsiz bo‘lishi, qulog‘ini biroz og‘rishi (bola
qo‘lini qulog‘iga ko‘p olib boradi va uni ushlab, tortadi), tana haroratini subfebril
yoki me’yorda bo‘lishi, vaznini kamayishi, tez-tez ich ketishi, qusish belgilari
kuzatiladi.
Co‘rg‘ichsimon
o‘siq
sohasining
terisi
biroz
qizarganligi,
paypaslanganda va bosib ko‘rilganda og‘rishi aniqlanadi.
Otoskopiyada tashqi eshituv yo‘lida quyuq-oqish yiringli ajralma borligi va
tozalangandan so‘ng qayta to‘planishi kuzatiladi. Nog‘ora parda to‘q qizil, pushti
yoki kulrang, bilish nuqtalari noaniq, ba’zan nog‘ora pardaning orqa yuqori
qismini bo‘rtganligi ko‘rinadi. Nog‘ora parda teshilgan xollarda teshik orqali
yiringli ajralmani tomir urishiga monand to‘lqinlanib chiqishi kuzatiladi. Bundan
tashqari, tashqi eshituv yo‘lining yuqori va orqa devorlari orasidagi burchak
tekislanganligi, ba’zan uning orqa yuqori devori osilganligi (Shvars belgisi)
ko‘rinadi. Quloq suprasi birikish joyida teri burmasi biroz tekislanib,
paypaslanganda og‘riydigan shish borligi (shish barmoq bilan yengil bosilganda
barmoq izi qolmaydi) aniqlanadi.
Tashxis bemor shikoyatlari, anamnez ma’lumotlari, kasallikni boshlanishi,
uning mahalliy va umumiy belgilari, tashqi ko‘ruv, otoskopiya, mikrootoskopiya,
timpanopunksiya,
parasentez,
antropunksiya,
rentgenografiya,
kompyuterli
tomografiya va klinik tekshiruvlarning natijalari asosida qo‘yiladi. Antrit ayon
klinik belgilar bilan kechgan hollarda tashxis qo‘yish qiyin bo‘lmaydi, ammo
mahalliy belgilari sust rivojlangan notipik shaklini aniqlash ancha qiyin. Chakka
suyagi rentgenogrammasi yoki kompyuterli tomogrammasida so‘rg‘ichsimon o‘siq
g‘ori xiralashganligi ko‘rinadi. Ammo antrit kasalligida rentgenografiya tekshiruvi
hal qiluvchi ahamiyatga ega emas. Shuning uchun tashxis qo‘yish va davolash
maqsadida parasentez, timpanopunksiya va antropunksiya jarrohlik amallari
bajariladi.
Antrotomiya
jarrohlik
amali
umumiy
og‘riqsizlantirish
ostida
konservativ davolash tadbirlari natija bermagan va bemorda periantral maydonning
osteomieliti belgilari paydo bo‘lgan hollarda bajariladi. Quloq orqasida, quloq
suprasining birikish joyidan 0,5 sm orqada, birikish chizig‘iga parallel ravishda teri
1,5 sm uzunlikda yoysimon kesiladi (43-rasm).
Qon oqishi to‘xtatilgandan so‘ng maxsus asbob yordamida yumshoq to‘qima
orqaga, oldinga siljitiladi va so‘rg‘ichsimon o‘siq g‘ori sathida joylashgan Shipo
uchburchagi maydoni ochiladi. Bu maydon tashqi eshituv yo‘lining orqa-yuqori
burchagidan biroz yuqorida va orqaroqda joylashadi. So‘rgichsimon o‘siq g‘orini
ochish, ya’ni antrotomiya jarrohlik amali o‘tkir tibbiy qoshiqcha, o‘tkir uchli va
novsimon iskana, bolg‘acha, Voyachek iskanasi, parma yoki stomatologik
bormashina yordamida bajarilishi mumkin. Bunda bolalarda so‘rg‘ichsimon o‘siq
g‘ori nisbatan katta va yuza joylashganligini inobatga olish lozim. So‘rg‘ichsimon
o‘siq katakchalari yallig‘langan va yemirilgan suyak to‘qimalaridan, yiring va
yallig‘lanish o‘smalaridan tozalanadi. Bolalarda so‘rg‘ichsimon o‘siq g‘ori odatda
1,0-1,5 sm chuqurlikda joylashgan bo‘ladi. Ochilgan bo‘shliq so‘rg‘ichsimon o‘siq
g‘ori, ya’ni antrum ekanligiga ishonch hosil qilish uchun bo‘shliq ichiga
tugmachali zond kiritiladi.
Odatda zond so‘rg‘ichsimon o‘siq tomondan,
ya’ni aditus at antrum orqali nog‘ora bo‘shlig‘iga oson
kiradi. Bundan tashqari, antrum bo‘shlig‘ining tubida
tashqi yarim doira kanal ampulasining bo‘rtish
maydoni ko‘rinadi. G‘orga kirish teshigini tozalash
paytida
uzangichani
o‘z
o‘rnidan
chiqarib
yubormaslikka harakat qilish lozim, chunki uning kalta
o‘simtasi g‘orga kirish joyining tubida joylashgan
bo‘ladi. Bundan tashqari, yuz asab tolasi, sigmasimon
sinus va yarim doira kanallar atrofini yallig‘langan
suyak to‘qimalaridan tozalash paytida ham asoratlar
yuz berishi mumkinligini esda tutish va extiyotkorlik bilan harakat qilish talab
etiladi.
Jarrohlik amalidan so‘ng bo‘shliq iliq antiseptik eritmalar (furatsilin,
dioksidin) bilan yuvilib, bo‘shliq ichiga gipertonik yoki antibiotik eritmasiga
shimdirilgan tiqma joylanadi va aseptik boylam qo‘yiladi. Boylam har kuni
almashtirib
turiladi.
Bemorga
antibiotikoterapiya,
dezintoksikatsiya,
desensibilizatsiya,mahalliy davolash tadbirlari va fizioterapiya muolajalari tavsiya
qilinadi. Odatda bemor jarrohlik amalidan so‘ng 10-12 kun ichida sog‘ayib ketadi.
Bolalarda o‘rta quloqning yallig‘lanishi va mastoiditni oldini olish uchun
gigiena qoidalarga rioya qilish, bolani to‘g‘ri ovqatlantirish va yuqumli
kasalliklarni oldini olish chora-tadbirlari o‘tkazilishi lozim. Bolani ona suti bilan
ovqatlantirish va chiniqtirish uni sog‘lom o‘sishiga yordam beradi. Burun, burun
yondosh va halqum kasalliklarini davolash, o‘tkir yiringli o‘rta otitni o‘z vaqtida
va to‘g‘ri davolash keyingi asoratlarni oldini olishga yordam beradi.
MASTOIDIT (mastoiditis) - so‘rg‘ichsimon o‘siq shilliq pardasi va suyak
to‘qimasining yiringli yallig‘lanishi. Kasallik o‘tkir yiringli o‘rta otit va surunkali
43-
rasm.Antrotomiyada
terini kesish chizig‘i
o‘rta otitning asorati sifatida rivojlanadi. Mastoiditning quyidagi shakllari tafovut
qilinadi:
1)
birlamchi mastoidit - o‘tkir yiringli o‘rta otitni rivojlanishi bilan
bog‘liq bo‘lmagan so‘rg‘ichsimon o‘simta kataklarining yallig‘lanishi;
2)
ikkilamchi mastoidit:
a) o‘tkir yiringli o‘rta otitda rivojlangan oddiy mastoidit, shu jumladan
cho‘qqi-bo‘yin (Betseld) mastoiditi;
b) notipik mastoidit - nog‘ora parda teshilishidan oldin rivojlangan
mastoidit va qaytalanuvchi mastoidit.
Zigomatitsit, skvamit va petrozitlar mastoiditning alohida shakllari
hisoblanadi. Mastoidit ko‘pincha so‘rg‘ichsimon o‘siq katakchalarining pnevmatik
tuzilishida rivojlanadi.
Etiologiyasi. Mastoiditning rivojlanishiga o‘tkir yiringli o‘rta otitni
qo‘zgatgan mikroblar (streptokokk, stafilokokk, pnevmokokk, ichak va difteriya
tayoqchalari,
sil
mikobakteriyasi,
filtrlanuvchi
viruslar,
og‘iz
bo‘shlig‘i
spiroxetasi, S. Pneumoniae, H. Influenzae, M.catarrhalis, S.pyogenes, S.aureus
yoki aralash mikroflora) sabab bo‘ladi.
Patogenezi. Quyidagi omillar yallig‘lanish jarayonini so‘rg‘ichsimon o‘siq
kataklariga tarqalishiga yordam beradi:
1) yallig‘lanishga sabab bo‘lgan qo‘zg‘atuvchining yuqori virulentliligi;
2) organizmning umumiy va mahalliy immuniteti sustligi;
3) o‘tkir yiringli o‘rta otitni yetarlicha davolamaslik va parasentez jarrohlik
amalini kechiktirilishi;
4) nog‘ora bo‘shlig‘i va so‘rg‘ichsimon o‘siq kataklaridagi patologik
ajralmani tashqi eshituv yo‘liga chiqarilmasligi;
5) qandli diabet, kamqonlik, sil, buyrak kasalliklari va boshqalar.
Patologoanatomik o‘zgarishlar So‘rg‘ichsimon o‘simtaning yallig‘lanishida
rivojlangan patologoanatomik o‘zgarishlar uning klinik bosqichlariga bog‘liq
bo‘ladi:
1) kasallikning ekssudativ bosqichida so‘rg‘ichsimon o‘siq katakchalarida
mukoperiostit, ya’ni so‘rg‘ichsimon o‘siq katakchalarining shilliq va mukoperiost
(suyak usti) pardasining yallig‘lanishi rivojlanadi. Shilliq pardada qon
aylanishining buzilishi natijasida qizarish va shish, so‘rg‘ichsimon o‘siq
katakchalarida serozli, yiringli va qon aralash yiringli ekssudatni to‘planishi
kuzatiladi;
2) alteratsiya bosqichida suyak to‘qimalarining yallig‘lanishi, ya’ni osteit
rivojlanadi. Yallig‘lanish jarayoni so‘rg‘ichsimon o‘siq katakchalari orasidagi
suyak to‘siqlariga tarqalib, ularni yemiradi;
3) so‘rg‘ichsimon o‘siq empiemasi bosqichida so‘rg‘ichsimon o‘siq
katakchalari orasidagi suyak to‘siqlari yemirilib, yiringli ajralma bilan to‘lgan
umumiy bo‘shliq hosil bo‘ladi.
Suyak to‘qimasining yemirilish jarayoni kallaning o‘rta va orqa chuqurchalari
sohasidagi bosh miya qattiq pardasigacha tarqalishi va turli kalla ichi asoratlarini
rivojlanishiga olib kelishi mumkin.
Klinik belgilari. O‘tkir yiringli o‘rta otitning 2-3- haftasida bemorning ahvoli
to‘satdan og‘irlashib, tana harorati ko‘tarilib, boshi og‘rib, qon va siydikda
yallig‘lanishga xos o‘zgarishlar paydo bo‘ladi. So‘rg‘ichsimon o‘siq sohasi
shishib, paypaslanganda og‘riydi, quloq orti burmasi tekislanib, quloq suprasi old-
tashqi tomonga bo‘rtib turadi. Bemor qulog‘i orqasi shishganligiga, og‘rishiga,
qulog‘idan yiring oqishiga, tana harorati ko‘tarilishiga, og‘rigan qulog‘i
shang‘illashi va past eshitishiga, boshi og‘rishiga shikoyat qiladi.
Otoskopiyada quloqdan tomir urishiga mos ko‘p miqdorda quyuq yiring
oqayotganligi ko‘rinadi; tashqi eshituv yo‘li tozalangandan so‘ng u tez orada yana
yiringga to‘ladi. Ba’zan yiring nafaqat nog‘ora pardadagi teshik orqali, balki tashqi
eshituv yo‘lining yemirilgan orqa suyak devori orqali oqib chiqishi mumkin.
Ko‘zga tashlangan tashqi eshituv yo‘lining orqa-yuqori devorining osilishi (Shvars
belgisi) mastoiditning muhim otoskopik belgisi hisoblanadi (41-rasm).
Bu belgi so‘rg‘ichsimon o‘siq katakchalarida rivojlangan yallig‘lanish
jarayoni natijasida so‘rg‘ichsimon o‘siqning old devori va g‘orga kirish joyini
patologik ajralma bilan bosilishi natijasida yuzaga keladi. Qator hollarda bu
maydonda oqma hosil bo‘lib, yiring tashqi eshituv yo‘liga oqma orqali oqib
chiqadi va masdoiditning absolyut belgisi hisoblanadi.
Ayrim hollarda, masalan, nog‘ora pardaning teshigi yopilib, nog‘ora
bo‘shlig‘idan yiringni chiqarilishi buzilgan yoki so‘rg‘ichsimon o‘siq g‘origa
kirish joyi yopilib qolgan hollarda bemorning qulog‘idan yiring oqishi to‘xtab
qolishi mumkin. Ba’zan yiring so‘rg‘ichsimon o‘siq katakchalari va suyak
to‘qimasining yemirilishi natijasida suyak usti pardasi ostida to‘planib,
subperiostal ho‘ppozning rivojlanishiga olib keladi; bunda quloq orti terisining
shishishi hisobiga burmasi tekislanib, quloq suprasi old tomonga bo‘rtib turadi.
Bundan tashqari, yiring o‘z-o‘zidan antrumning tashqi devori sohasiga yoki
boshqa maydonlarga tarqalishi mumkin. Masalan, yiring so‘rg‘ichsimon o‘siq
cho‘qqisining ichki yuzasidan bo‘yin fassiyalari orasiga tarqalganda cho‘qqi-
bo‘yin (Besold) mastoiditi, so‘rg‘ichsimon o‘siq cho‘qqisining tashqi devoriga
tarqalganda - Orleanskiy mastoiditi, ikki qorinchali mushakning ichki tomoniga
tarqalganda – bo‘yinning chuqur ho‘ppozi, ya’ni Mure mastoiditi deb belgilanadi.
Yallig‘lanish jarayoni chakka suyagining yonoq o‘sig‘i asosiga tarqalganda -
zigomatitsit, uning tangacha qismiga tarqalganda - skvamit, toshsimon qismiga
tarqalganda - petrozit deb ataladi (42-rasm).
Cho‘qqi-bo‘yin mastoiditida bo‘yinning yumshoq to‘qimalari shishadi, ba’zan
shish so‘rg‘ichsimon o‘siq cho‘qqisidan o‘mrov cuyagi sohasigacha tarqaladi.
Boshini yon tomonga burganda keskin og‘riq paydo bo‘lishi sababli bemor boshini
majburan
yallig‘langan
tomonga
egib
turadi.
Ba’zan
yiringni
bo‘yin
bo‘shliqlaridan ko‘ks oralig‘iga tarqalishi natijasida bemorda mediastenit
rivojlanishi mumkin.
Zigomatitsit va skvamatitda yallig‘langan maydon terisining qizarishi,
shish va maxalliy og‘riq kuzatiladi. Petrozitda Gradenigoning uch belgisi
(quloqdan yiring oqishi, trigeminit - uch shoxli asab tolasi bo‘ylab tarqalgan
kuchli og‘riq va uzoqlashtiruvchi asab tolasi bilan ta’minlangan mushaklarning
qisman falaji yoki falaji) kuzatiladi.
So‘rg‘ichsimon
o‘siq
yallig‘lanishida
otoskopiyada ko‘pincha nog‘ora pardaning orqa
yuqori qismi qizarib, shishganligi aniqlanadi.
Yashirin
mastoiditning
rivojlanishida
bemorning
yoshi,
umumiy
va
mahalliy
immunitetinining
holati,
mikrobning
virulentliligi,
co‘rg‘ichsimon
o‘siq
katakchalarining o‘ziga xos anatomik tuzilishi,
davolashda
yo‘l
qo‘yilgan
hatolar
muhim
ahamiyatga ega. Bunday mastoidit ko‘pincha
og‘riqsiz va deyarli doimo so‘rg‘ichsimon o‘siqning suyak tuzilmalarining
yallig‘lanishi va yemirilishi bilan kechadi.
Tashxis bemor shikoyatlari,kasallikni boshlanishi, anamnez ma’lumotlari,
tashqi quloqni ko‘zdan kechirish, paypaslash, otoskopiya, mikrootoskopiya,
akumetriya,
audiometriya,
vestibulometriya,
rentgenografiya,
kompyuter
tomografiya, MRT, timpanopunksiya, parasentez, antropunksiya, klinik va
bakteriologik tekshiruvlar natijalari asosida qo‘yiladi. Aniq klinik belgilar bilan
kechgan mastoiditda tashxis qo‘yish qiyinchilik tug‘dirmaydi. Kasallik yashirin
noaniq belgilar bilan kechgan xollarda tashxis qo‘yishda uning barcha ob’ektiv
belgilari e’tiborga olinadi. Shumskiy yoki Shyuller bo‘yicha chakka suyagi
rentgenografiyasida
yallig‘langan
va
sog‘lom
quloqlar
so‘rg‘ichsimon
o‘simtalarining tasviri bir-biriga taqqoslanadi; yallig‘langan tomonda rentgen
tasvirida so‘rg‘ichsimon o‘siq g‘ori va katakchalarining havo saqlash holati
pasayganligi, katakchalar orasidagi suyak to‘siqlari yemirilganligi, yiring va
yallig‘lanish o‘smalari bilan to‘lgan bo‘shliq hosil bo‘lganligi ko‘rinadi. Zarur
bo‘lsa KT va MRT tekshiruvlari o‘tkaziladi, tashxis qo‘yishda ularning ham
natijalari inobatga olinadi.
Ba’zan mastoiditni quyidagi kasalliklardan farqlash kerak bo‘ladi:
42-rasm. Mastoiditda
yiringni tarqalish yo‘llari