Oshqozon ichaklarga ta’sir ko‘rsatuvchi moddalar, preparatlar va turli
shakllarda retseptlar yozish.
Darsning maqsadi: Oshqozon ichaklarga ta’sir ko‘rsatuvchi moddalar,
preparatlari, retseptning shakllari bo‘yicha hayvon turlari bo‘yicha retseptlar
yozish.
Darsning utkazish tartibi –Dars o‘qituvchi bilan talabalar o‘rtasidagi
muloqat asosida olib borilib, barcha ma’lumotlar yozib tushintirib beriladi.
retseptlar yozish.
Darsni utkazish uchun kerakli jixozlar va vositalar. Retsept shakli va turli
xil dori vositalarining lotincha nomlari qisqartirib yozilgan jadvallar. Kafedrada
mavjud bo‘lgan dori vositalari, retsept blankalari, adabiyotlar.
Surgi dorilar deb, ichaklar motorikasini kuchaytirib, hazm kanali bo‘yicha
ximusni chiqishini tezlatuvchi moddalarga aytiladi. Surgi dorilari ta’sir kuchi
bo‘yicha quyidagilarga bo‘linadi :
Kuchsiz ta’sir etuvchilar – o‘simlik surgilari.
O‘rta ta’sir etuvchilar - tuz surgilari.
Kuchli ta’sir etuvchilar – xolinomimetiklar.
Surgi dorilari ta’sir joyi bo‘yicha bo‘linadi:
Ichaklarni nisbatan ingichka bo‘limlariga ta’sir etuvchilar – moylar.
Ichaklarni nisbatan yo‘g‘on bo‘limlariga ta’sir etuvchilar – o‘simlik
surgilari.
Ichaklarni hamma bo‘limlariga ta’sir etuvchilar – tuz surgilari.
Surgi moddalari ta’sir mexanizmi bo‘yicha bo‘linadi:
Ichaklarda osmotik bosimni oshirib, ko‘p miqdorda suyuqliklar to‘plovchi va
ichaklar retseptorlarni qitiqlab defekatsiya akti chaqiruvchi vositalar – tuz
surgilari.
Ichaklar retseptorlarini qitiqlab, reflektor ravishda defekatsiya akti
chaqiruvchi vositalar – kalomel, o‘simlik surgilari va sintetik preparatlar.
Ichaklardagi qattiq massasini yumshatib, uni ichaklarda harakatini
engillashtiruvchi vositalar – moylar.
Qo‘llash: ich qotishlarda, zaharlanishlarda, antigelmentiklar qo‘llagandan
keyin, ichaklar aynigan va achigan oziqalar bilan to‘lib qolganda.
Qo‘llash ta’qiqlanadi: Ichaklarda yara va qon ketish holatlarida, ichaklar
buralib qolganda va toshlar bo‘lganda. Lekin bo‘g‘oz hayvonlarga extiyot bo‘lib
qo‘llash tavsiya qilinadi.
I.Moy surgilar.
Moylar og‘iz orqali qabul qilingach oshqozonga tushib, oshqozondagi ozuqa
massasini yumshatadi va bu massani ichaklarga o‘tishini tezlashtiradi. So‘ngra
ichaklardagi ishqoriy muhit va fermentlar ta’sirida parchalanadi, yangi birikmalar
hosil qilib, ichaklar retseptorlarini qitiqlaydi va surgi ta’sirini namoyon etadi.
Moy surgilariga qo‘yidagilar kiradi:
Kanakunjut moyi – Oleum Ricini
Paxta moyi – Oleum Gossypii
Bodom moyi – Oleum Amygdalarum
SHaftoli moyi – Oleum Persicorum
Zaytun moyi – Oleum Olivarum
Kungaboqar moyi – Oleum Helianthi
Zig‘ir moyi – Oleum Lini
Kanakunjut moyi – kanakunjut o‘simligi urug‘laridan olinadi, tarkibida uch
glitserid ritsinol kislota saqlaydi. Uchiglitserid ritsinol kislotasi o‘z o‘zadan surgi
ta’sir etmaydi. Og‘iz orqali qabul qilinganda kanakunjut moyi oshqozondagi
to‘plangan massani bo‘shatib ichaklar tomon harakat qilinishiga yordam qiladi.
SHundan keyin u o‘n ikki barmoq ichakning ishqorli suyuqligida ritsinol
kislotasining tuzlari va glitseringa parchalanadi. Mana shundan keyin o‘ziga xos
ta’sir ko‘rsata boshlaydi, ya’ni ichaklardagi sezuvchi nerv uchlari retseptorlarini
qitiqlaydi, natijada ingichka ichaklar qisqarishi tezlashadi va surgi ta’sirini
namoyon qiladi. Lekin ritsinol kislotasi tuzlari juda tez so‘riladi, shuning uchun
ham surgi ta’siri ingichka ichaklarda chegaralanib, yo‘g‘on ichaklar boshlanish
bilan tamom bo‘ladi. Kanakunjut moyini nisbatan ingichka ichaklarga ta’sir etishi
tufayli uni surgi ta’sirida ko‘proq go‘shtxo‘r va hammaxo‘r hayvonlarda qo‘llash
samarali ta’siri, 4-6 soatdan keyin boshlanadi. O‘txo‘r hayvonlarda surgi ta’sirini
namoyon etish uchun ko‘proq kanakunjut moyidan qo‘llash talab qilinadi.
Kanakunjut moyi ingichka ichakda ta’sir qilishi uchun qoramolga 400,0. agarda
yo‘g‘on ichaklarda bo‘lsa 1 kg berishga to‘g‘ri keladi, bu juda qimmatga tushib
ketadi, bunday hollarda boshqa surgi moddalar qo‘llaniladi. Kanakunjut urug‘ida
kanakunjut moyi bilan birgalikda zaharli modda - ritsin bo‘ladi. Bu modda ayrim
hollarda hayvonlarni zaharlaydi. Aniqrog‘i kanakunjut shroti bilan oziqlanganda.
Bir nechta urug‘idan iste’mol qilinganda odam va hayvonlarni o‘limga olib keladi.
Ritsin oshqozon va ichaklardagi retseptorlarni juda kuchli qitiqlaydi, natijada
qusish va oshqozon va ichaklarda o‘tkir kataral yallig‘lanish chaqiradi.
Qo‘llanilishi. Surgi dori sifatida mayda hayvonlarga ich qotishlarda,
oshqozon va ichaklarda ozuqalar tiqilib qolganda, zaharlanishlarda qo‘llaniladi.
Tashqi tomonga spirt bilan 1:2 nisbatda sochlarni o‘stirish uchun qo‘llaniladi.
Bundan tashqari Vishnevskiy mazi tarkibida yaralar va dermatitlarni davolashda
ishlatiladi.
Dozalari: (og‘iz orqali), Qoramollarga– 250,0-800,0, otlarga – 250,0-500,0,
mayda shoxli mollarga – 50,0-200,0. cho‘chqalarga – 20,0-100,0, itlarga – 15,0-
50,0.
II. Antraxinon unumlari
Ichaklarni yo‘g‘on bo‘limlari surgi ta’sir etuvchi moddalarga antraxinon
unumlari saqlovchi ba’zi bir o‘simliklar kiradi:
Sabur – Aloe
Sabur nastoykasi – Tinctura aloe
Senna bargi – Folium senne
Ravoch ildizi – Radix Rhei
Emodin – Emodinum
Sabur – Aloe – aloe o‘simligi shirasi, achchiq ta’mli, o‘ziga xos hidli.
Aloe dori sifatida juda qadimdan ishlatilib kelingan, uni misrliklar bundan
3300 yil oldin ishlatganlar, keyinchalik bu dorini hindlar, rimliklar, yunonlar
ishlatganlar. Surgi dori sifatida saburni nemis farmakologi
Paratsels
keng
qo‘llagan. Hozirgi vaqtda ham ushbu dorini ahamiyati, dorivorlik kuchi yo‘qolgani
yo‘q
Aloe ta’siri
Aloe o‘simlik tarkibida asosiy ta’sir etuvchi moddasi – antroglikozidlar
hisoblanadi. Bu birikmalar ichaklarga tushgach emodin va alainga parchalanib,
ichaklardagi retseptorlarni qitiqlaydi va surgi ta’sir ko‘rsatadi. Kichik dozalarda
ishtaxani ochadi, ovqat hazm qilishni yaxshilaydi, o‘t ajralishini kuchaytiradi.
Katta dozalarda yo‘g‘on ichaklarga tushgach, surgi ta’sirini namoyon etadi, surgi
ta’siri 12-16 soatdan keyin boshlanadi va 8-24 soat davom etadi. Sabur otlar uchun
eng yaxshi surgi dori hisoblanadi. Qoramollar, qo‘y-echkilar va cho‘chqalarda esa
bu dorilarga nisbatan sezuvchanlik sust. Lekin, sabur bo‘g‘oz hayvonlarga surgi
dori sifatida qo‘llash tavsiya etilmaydi, chunki yo‘g‘on ichaklarni kuchli qitiqlash
natijasida reflektor yo‘l bilan orqa toz qismida joylashgan organlarga kuchli qon
oqishini ta’minlaydi, bunday holat bola tashlashgacha olib keladi.
Qo‘llanilishi: Surgi dori sifatida ich qotishlarida, ichaklarda oziqa tiqilib
qolganda yoki gaz to‘planganda qo‘llaniladi, bundan tashqari o‘t haydovchi sifatida
jigar kasalliklarida. Hayvonlarga og‘iz orqali xabdori shaklida, bo‘tqa shaklida,
kukun shaklida qo‘llaniladi.
Qo‘llanilmaydi: o‘tkir gastrit va enterit, Yurak ishini buzilishi bo‘lganda,
bug‘ozlik davrida, sigirlar sog‘ilishi davrida, chunki sabur ta’sirida sutda achchiq
ta’m paydo bo‘ladi.
Dozalari; (og‘iz orqali), Qoramollarga – 20,0-35,0, otlarga – 20,0-35,0,
mayda shoxli hayvonlarga – 10,0-15,0, cho‘chqalarga – 5,0-10,0, itlarga – 1,0-3,0.
III.Padofillin tipidagi surgi moddalar.
1. Podofillin – phodophyllinum. Bu modda podofillin o‘simligi ildizidan
olinadi. Sariq rangli poroshok, achchiq ta’mli, suvda erimaydi, spirtda eriydi. Bu
moddani surgi ta’siri hazm yo‘li sezuvchan nerv oxirlarini qitiqlash bilan yuzaga
keladi, ya’ni oshqozondan boshlab, to yo‘g‘on ichaklargacha. Biroq yo‘g‘on
ichaklarda bu moddani ta’siri oshqozon va ingichka ichaklarga qaraganda kuchli