Oshqozon va ichaklarga ta’sir etuvchi moddalar

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

9

File size

Fayl hajmi

26,8 KB


Oshqozon va ichaklarga ta’sir etuvchi moddalar
Reja:
1. Oshqozon ichaklarga surgi ta’sir ko‘rsatuvchi dori moddalari
2. Oshqozon ichaklarga ruminator ta’sir xususiyatli dori moddalari
3.  O‘t  haydovchi  moddalar-o‘n  ikki  barmoqli  ichakka  o‘t  suyuqligini  ajralib
chiqishini kuchaytiruvchi vositalar
Logotip
Oshqozon va ichaklarga ta’sir etuvchi moddalar Reja: 1. Oshqozon ichaklarga surgi ta’sir ko‘rsatuvchi dori moddalari 2. Oshqozon ichaklarga ruminator ta’sir xususiyatli dori moddalari 3. O‘t haydovchi moddalar-o‘n ikki barmoqli ichakka o‘t suyuqligini ajralib chiqishini kuchaytiruvchi vositalar
Tayanch tushunchalar:
► Surgi moddalariga umumiy tavsifnoma berish, ularning guruxlari. Har
xil guruxga kiruvchi  surgi  moddalarining o‘ziga xos xususiyatlari, ahamiyati,
vakillari, ta’sir mexanizmi, qo‘llash haqida tushuncha. 
►Ruminator moddalarga  umumiy tavsifnoma  berish,  ularning vakillari,
ahamiyati,  xususiyatlari,  qo‘llanilishi,  ta’sir  mexanizmi,  dozalari  haqida
tushunchalar. 
►Jigarga ta’sir qiluvchi moddalar vakillari ularning olinishi, qo‘llanilishi,
ta’sir mexanizmi, dozalari va ahamiyati haqida tushunchalar berish. 
Surgi dorilari to‘g‘risida qisqacha tushuncha: moy surgilari. antraxinon
unumlari, padofillin unumlari, tuz surgilari
Surgi dorilar deb, ichaklar motorikasini kuchaytirib, hazm kanali bo‘yicha
ximusni chiqishini tezlatuvchi moddalarga aytiladi. Surgi dorilari ta’sir kuchi
bo‘yicha quyidagilarga bo‘linadi :
Kuchsiz ta’sir etuvchilar – o‘simlik surgilari. 
O‘rta ta’sir etuvchilar - tuz surgilari. 
Kuchli ta’sir etuvchilar – xolinomimetiklar. 
Surgi dorilari ta’sir joyi bo‘yicha bo‘linadi: 
Ichaklarni nisbatan ingichka bo‘limlariga ta’sir etuvchilar – moylar. 
Ichaklarni  nisbatan  yo‘g‘on  bo‘limlariga  ta’sir  etuvchilar  –  o‘simlik
surgilari. 
Ichaklarni hamma bo‘limlariga ta’sir etuvchilar – tuz surgilari. 
Surgi moddalari ta’sir  mexanizmi bo‘yicha bo‘linadi: 
Ichaklarda osmotik bosimni oshirib, ko‘p miqdorda suyuqliklar to‘plovchi va
ichaklar  retseptorlarni  qitiqlab  defekatsiya  akti  chaqiruvchi  vositalar  –  tuz
surgilari. 
Ichaklar  retseptorlarini  qitiqlab,  reflektor  ravishda  defekatsiya  akti
chaqiruvchi vositalar – kalomel, o‘simlik surgilari va sintetik preparatlar.
 Ichaklardagi  qattiq  massasini  yumshatib,  uni  ichaklarda  harakatini
engillashtiruvchi vositalar – moylar. 
Logotip
Tayanch tushunchalar: ► Surgi moddalariga umumiy tavsifnoma berish, ularning guruxlari. Har xil guruxga kiruvchi surgi moddalarining o‘ziga xos xususiyatlari, ahamiyati, vakillari, ta’sir mexanizmi, qo‘llash haqida tushuncha. ►Ruminator moddalarga umumiy tavsifnoma berish, ularning vakillari, ahamiyati, xususiyatlari, qo‘llanilishi, ta’sir mexanizmi, dozalari haqida tushunchalar. ►Jigarga ta’sir qiluvchi moddalar vakillari ularning olinishi, qo‘llanilishi, ta’sir mexanizmi, dozalari va ahamiyati haqida tushunchalar berish. Surgi dorilari to‘g‘risida qisqacha tushuncha: moy surgilari. antraxinon unumlari, padofillin unumlari, tuz surgilari Surgi dorilar deb, ichaklar motorikasini kuchaytirib, hazm kanali bo‘yicha ximusni chiqishini tezlatuvchi moddalarga aytiladi. Surgi dorilari ta’sir kuchi bo‘yicha quyidagilarga bo‘linadi : Kuchsiz ta’sir etuvchilar – o‘simlik surgilari. O‘rta ta’sir etuvchilar - tuz surgilari. Kuchli ta’sir etuvchilar – xolinomimetiklar. Surgi dorilari ta’sir joyi bo‘yicha bo‘linadi: Ichaklarni nisbatan ingichka bo‘limlariga ta’sir etuvchilar – moylar. Ichaklarni nisbatan yo‘g‘on bo‘limlariga ta’sir etuvchilar – o‘simlik surgilari. Ichaklarni hamma bo‘limlariga ta’sir etuvchilar – tuz surgilari. Surgi moddalari ta’sir mexanizmi bo‘yicha bo‘linadi: Ichaklarda osmotik bosimni oshirib, ko‘p miqdorda suyuqliklar to‘plovchi va ichaklar retseptorlarni qitiqlab defekatsiya akti chaqiruvchi vositalar – tuz surgilari. Ichaklar retseptorlarini qitiqlab, reflektor ravishda defekatsiya akti chaqiruvchi vositalar – kalomel, o‘simlik surgilari va sintetik preparatlar. Ichaklardagi qattiq massasini yumshatib, uni ichaklarda harakatini engillashtiruvchi vositalar – moylar.
Qo‘llash:  ich qotishlarda, zaharlanishlarda, antigelmentiklar qo‘llagandan
keyin, ichaklar aynigan va achigan oziqalar bilan to‘lib qolganda. 
Qo‘llash ta’qiqlanadi:  Ichaklarda yara va qon ketish holatlarida, ichaklar
buralib qolganda va toshlar bo‘lganda. Lekin bo‘g‘oz hayvonlarga extiyot bo‘lib
qo‘llash tavsiya qilinadi. 
I.Moy surgilar.
Moylar og‘iz orqali qabul qilingach oshqozonga tushib, oshqozondagi ozuqa
massasini yumshatadi va bu massani ichaklarga o‘tishini tezlashtiradi. So‘ngra
ichaklardagi ishqoriy muhit va fermentlar ta’sirida parchalanadi, yangi birikmalar
hosil qilib, ichaklar retseptorlarini qitiqlaydi va surgi ta’sirini namoyon etadi. 
Moy surgilariga qo‘yidagilar kiradi:
Kanakunjut moyi – Oleum Ricini 
Paxta moyi – Oleum Gossypii 
Bodom moyi – Oleum Amygdalarum 
SHaftoli moyi – Oleum Persicorum 
Zaytun moyi – Oleum Olivarum 
Kungaboqar moyi – Oleum Helianthi 
Zig‘ir moyi – Oleum Lini
Kanakunjut moyi – kanakunjut o‘simligi urug‘laridan olinadi, tarkibida uch
glitserid ritsinol kislota saqlaydi. Uchiglitserid ritsinol kislotasi o‘z o‘zadan surgi
ta’sir  etmaydi.  Og‘iz  orqali  qabul  qilinganda  kanakunjut  moyi  oshqozondagi
to‘plangan massani bo‘shatib ichaklar tomon harakat qilinishiga yordam qiladi.
SHundan  keyin  u  o‘n  ikki  barmoq  ichakning  ishqorli  suyuqligida  ritsinol
kislotasining tuzlari va glitseringa parchalanadi. Mana shundan keyin o‘ziga xos
ta’sir ko‘rsata boshlaydi, ya’ni ichaklardagi sezuvchi nerv uchlari retseptorlarini
qitiqlaydi,  natijada   ingichka  ichaklar  qisqarishi  tezlashadi  va  surgi  ta’sirini
namoyon qiladi. Lekin ritsinol kislotasi tuzlari juda tez so‘riladi, shuning uchun
ham surgi ta’siri ingichka ichaklarda chegaralanib, yo‘g‘on ichaklar boshlanish
bilan tamom bo‘ladi. Kanakunjut moyini nisbatan ingichka ichaklarga ta’sir etishi
tufayli uni surgi ta’sirida ko‘proq go‘shtxo‘r va hammaxo‘r hayvonlarda qo‘llash
samarali ta’siri, 4-6 soatdan keyin boshlanadi. O‘txo‘r hayvonlarda surgi ta’sirini
namoyon  etish  uchun  ko‘proq  kanakunjut  moyidan  qo‘llash  talab  qilinadi.
Logotip
Qo‘llash: ich qotishlarda, zaharlanishlarda, antigelmentiklar qo‘llagandan keyin, ichaklar aynigan va achigan oziqalar bilan to‘lib qolganda. Qo‘llash ta’qiqlanadi: Ichaklarda yara va qon ketish holatlarida, ichaklar buralib qolganda va toshlar bo‘lganda. Lekin bo‘g‘oz hayvonlarga extiyot bo‘lib qo‘llash tavsiya qilinadi. I.Moy surgilar. Moylar og‘iz orqali qabul qilingach oshqozonga tushib, oshqozondagi ozuqa massasini yumshatadi va bu massani ichaklarga o‘tishini tezlashtiradi. So‘ngra ichaklardagi ishqoriy muhit va fermentlar ta’sirida parchalanadi, yangi birikmalar hosil qilib, ichaklar retseptorlarini qitiqlaydi va surgi ta’sirini namoyon etadi. Moy surgilariga qo‘yidagilar kiradi: Kanakunjut moyi – Oleum Ricini Paxta moyi – Oleum Gossypii Bodom moyi – Oleum Amygdalarum SHaftoli moyi – Oleum Persicorum Zaytun moyi – Oleum Olivarum Kungaboqar moyi – Oleum Helianthi Zig‘ir moyi – Oleum Lini Kanakunjut moyi – kanakunjut o‘simligi urug‘laridan olinadi, tarkibida uch glitserid ritsinol kislota saqlaydi. Uchiglitserid ritsinol kislotasi o‘z o‘zadan surgi ta’sir etmaydi. Og‘iz orqali qabul qilinganda kanakunjut moyi oshqozondagi to‘plangan massani bo‘shatib ichaklar tomon harakat qilinishiga yordam qiladi. SHundan keyin u o‘n ikki barmoq ichakning ishqorli suyuqligida ritsinol kislotasining tuzlari va glitseringa parchalanadi. Mana shundan keyin o‘ziga xos ta’sir ko‘rsata boshlaydi, ya’ni ichaklardagi sezuvchi nerv uchlari retseptorlarini qitiqlaydi, natijada ingichka ichaklar qisqarishi tezlashadi va surgi ta’sirini namoyon qiladi. Lekin ritsinol kislotasi tuzlari juda tez so‘riladi, shuning uchun ham surgi ta’siri ingichka ichaklarda chegaralanib, yo‘g‘on ichaklar boshlanish bilan tamom bo‘ladi. Kanakunjut moyini nisbatan ingichka ichaklarga ta’sir etishi tufayli uni surgi ta’sirida ko‘proq go‘shtxo‘r va hammaxo‘r hayvonlarda qo‘llash samarali ta’siri, 4-6 soatdan keyin boshlanadi. O‘txo‘r hayvonlarda surgi ta’sirini namoyon etish uchun ko‘proq kanakunjut moyidan qo‘llash talab qilinadi.
Kanakunjut moyi ingichka ichakda ta’sir qilishi uchun qoramolga 400,0. agarda
yo‘g‘on ichaklarda bo‘lsa 1 kg berishga to‘g‘ri keladi, bu juda qimmatga tushib
ketadi, bunday hollarda boshqa surgi moddalar qo‘llaniladi. Kanakunjut urug‘ida
kanakunjut moyi bilan birgalikda zaharli modda - ritsin bo‘ladi. Bu modda ayrim
hollarda hayvonlarni zaharlaydi. Aniqrog‘i kanakunjut shroti bilan oziqlanganda.
Bir nechta urug‘idan iste’mol qilinganda odam va hayvonlarni o‘limga olib keladi.
Ritsin  oshqozon  va  ichaklardagi  retseptorlarni  juda  kuchli  qitiqlaydi,  natijada
qusish va oshqozon va ichaklarda o‘tkir kataral yallig‘lanish chaqiradi. 
Qo‘llanilishi.  Surgi  dori  sifatida  mayda  hayvonlarga  ich  qotishlarda,
oshqozon va ichaklarda ozuqalar tiqilib qolganda, zaharlanishlarda qo‘llaniladi.
Tashqi tomonga spirt bilan 1:2 nisbatda sochlarni o‘stirish uchun qo‘llaniladi.
Bundan tashqari Vishnevskiy mazi tarkibida yaralar va dermatitlarni davolashda 
ishlatiladi. 
Dozalari: (og‘iz orqali), Qoramollarga– 250,0-800,0, otlarga – 250,0-500,0,
mayda shoxli mollarga – 50,0-200,0. cho‘chqalarga – 20,0-100,0, itlarga – 15,0-
50,0. 
II. Antraxinon unumlari
Ichaklarni yo‘g‘on bo‘limlari surgi ta’sir etuvchi moddalarga antraxinon
unumlari saqlovchi ba’zi bir o‘simliklar kiradi: 
Sabur             – Aloe 
Sabur nastoykasi  – Tinctura aloe 
Senna bargi       – Folium senne 
Ravoch ildizi      – Radix Rhei 
Emodin           – Emodinum 
Sabur – Aloe – aloe o‘simligi shirasi, achchiq ta’mli, o‘ziga xos hidli. 
Aloe dori sifatida juda qadimdan ishlatilib kelingan, uni misrliklar bundan
3300 yil  oldin  ishlatganlar,  keyinchalik bu  dorini  hindlar,  rimliklar, yunonlar
ishlatganlar. Surgi dori sifatida saburni nemis farmakologi 
Paratsels
 
keng
qo‘llagan. Hozirgi vaqtda ham ushbu dorini ahamiyati, dorivorlik kuchi yo‘qolgani
yo‘q
Aloe ta’siri
Logotip
Kanakunjut moyi ingichka ichakda ta’sir qilishi uchun qoramolga 400,0. agarda yo‘g‘on ichaklarda bo‘lsa 1 kg berishga to‘g‘ri keladi, bu juda qimmatga tushib ketadi, bunday hollarda boshqa surgi moddalar qo‘llaniladi. Kanakunjut urug‘ida kanakunjut moyi bilan birgalikda zaharli modda - ritsin bo‘ladi. Bu modda ayrim hollarda hayvonlarni zaharlaydi. Aniqrog‘i kanakunjut shroti bilan oziqlanganda. Bir nechta urug‘idan iste’mol qilinganda odam va hayvonlarni o‘limga olib keladi. Ritsin oshqozon va ichaklardagi retseptorlarni juda kuchli qitiqlaydi, natijada qusish va oshqozon va ichaklarda o‘tkir kataral yallig‘lanish chaqiradi. Qo‘llanilishi. Surgi dori sifatida mayda hayvonlarga ich qotishlarda, oshqozon va ichaklarda ozuqalar tiqilib qolganda, zaharlanishlarda qo‘llaniladi. Tashqi tomonga spirt bilan 1:2 nisbatda sochlarni o‘stirish uchun qo‘llaniladi. Bundan tashqari Vishnevskiy mazi tarkibida yaralar va dermatitlarni davolashda ishlatiladi. Dozalari: (og‘iz orqali), Qoramollarga– 250,0-800,0, otlarga – 250,0-500,0, mayda shoxli mollarga – 50,0-200,0. cho‘chqalarga – 20,0-100,0, itlarga – 15,0- 50,0. II. Antraxinon unumlari Ichaklarni yo‘g‘on bo‘limlari surgi ta’sir etuvchi moddalarga antraxinon unumlari saqlovchi ba’zi bir o‘simliklar kiradi: Sabur – Aloe Sabur nastoykasi – Tinctura aloe Senna bargi – Folium senne Ravoch ildizi – Radix Rhei Emodin – Emodinum Sabur – Aloe – aloe o‘simligi shirasi, achchiq ta’mli, o‘ziga xos hidli. Aloe dori sifatida juda qadimdan ishlatilib kelingan, uni misrliklar bundan 3300 yil oldin ishlatganlar, keyinchalik bu dorini hindlar, rimliklar, yunonlar ishlatganlar. Surgi dori sifatida saburni nemis farmakologi Paratsels keng qo‘llagan. Hozirgi vaqtda ham ushbu dorini ahamiyati, dorivorlik kuchi yo‘qolgani yo‘q Aloe ta’siri
Aloe o‘simlik tarkibida asosiy ta’sir  etuvchi moddasi  – antroglikozidlar
hisoblanadi. Bu birikmalar ichaklarga tushgach emodin va alainga parchalanib,
ichaklardagi retseptorlarni qitiqlaydi va surgi ta’sir ko‘rsatadi. Kichik dozalarda
ishtaxani  ochadi, ovqat hazm  qilishni  yaxshilaydi, o‘t  ajralishini  kuchaytiradi.
Katta dozalarda yo‘g‘on ichaklarga tushgach, surgi ta’sirini namoyon etadi, surgi
ta’siri 12-16 soatdan keyin boshlanadi va 8-24 soat davom etadi. Sabur otlar uchun
eng yaxshi surgi dori hisoblanadi. Qoramollar, qo‘y-echkilar va cho‘chqalarda esa
bu dorilarga nisbatan sezuvchanlik sust. Lekin, sabur bo‘g‘oz hayvonlarga surgi
dori sifatida qo‘llash tavsiya etilmaydi, chunki yo‘g‘on ichaklarni kuchli qitiqlash
natijasida reflektor yo‘l bilan orqa toz qismida joylashgan organlarga kuchli qon
oqishini ta’minlaydi, bunday holat bola tashlashgacha olib keladi.
Qo‘llanilishi: Surgi dori sifatida ich qotishlarida, ichaklarda oziqa tiqilib
qolganda yoki gaz to‘planganda qo‘llaniladi, bundan tashqari o‘t haydovchi sifatida
jigar kasalliklarida. Hayvonlarga og‘iz orqali xabdori shaklida, bo‘tqa shaklida,
kukun shaklida qo‘llaniladi. 
Qo‘llanilmaydi: o‘tkir gastrit va enterit, Yurak ishini buzilishi bo‘lganda,
bug‘ozlik davrida, sigirlar sog‘ilishi davrida, chunki sabur ta’sirida sutda achchiq
ta’m paydo bo‘ladi.
Dozalari;  (og‘iz orqali), Qoramollarga – 20,0-35,0, otlarga – 20,0-35,0,
mayda shoxli hayvonlarga – 10,0-15,0, cho‘chqalarga – 5,0-10,0, itlarga – 1,0-3,0. 
III.Padofillin tipidagi surgi moddalar.
1. Podofillin – phodophyllinum.  Bu modda podofillin o‘simligi ildizidan
olinadi. Sariq rangli poroshok, achchiq ta’mli, suvda erimaydi, spirtda eriydi. Bu
moddani surgi ta’siri hazm yo‘li sezuvchan nerv oxirlarini qitiqlash bilan yuzaga
keladi,  ya’ni  oshqozondan  boshlab,  to  yo‘g‘on  ichaklargacha.  Biroq  yo‘g‘on
ichaklarda bu moddani ta’siri oshqozon va ingichka ichaklarga qaraganda kuchli
namoyon bo‘ladi. Sababi, podofillin yo‘g‘on ichaklarda ko‘proq to‘planadi. Surgi
ta’siri 16 soatdan keyin boshlanadi. 
Qo‘llanilishi. Podofillin surunkali ich qotishlarda, ya’ni ingichka va yo‘g‘on
ichaklar funksiyasi buzilganda ham o‘t ajralishini kuchaytirish uchun qo‘llaniladi. 
Logotip
Aloe o‘simlik tarkibida asosiy ta’sir etuvchi moddasi – antroglikozidlar hisoblanadi. Bu birikmalar ichaklarga tushgach emodin va alainga parchalanib, ichaklardagi retseptorlarni qitiqlaydi va surgi ta’sir ko‘rsatadi. Kichik dozalarda ishtaxani ochadi, ovqat hazm qilishni yaxshilaydi, o‘t ajralishini kuchaytiradi. Katta dozalarda yo‘g‘on ichaklarga tushgach, surgi ta’sirini namoyon etadi, surgi ta’siri 12-16 soatdan keyin boshlanadi va 8-24 soat davom etadi. Sabur otlar uchun eng yaxshi surgi dori hisoblanadi. Qoramollar, qo‘y-echkilar va cho‘chqalarda esa bu dorilarga nisbatan sezuvchanlik sust. Lekin, sabur bo‘g‘oz hayvonlarga surgi dori sifatida qo‘llash tavsiya etilmaydi, chunki yo‘g‘on ichaklarni kuchli qitiqlash natijasida reflektor yo‘l bilan orqa toz qismida joylashgan organlarga kuchli qon oqishini ta’minlaydi, bunday holat bola tashlashgacha olib keladi. Qo‘llanilishi: Surgi dori sifatida ich qotishlarida, ichaklarda oziqa tiqilib qolganda yoki gaz to‘planganda qo‘llaniladi, bundan tashqari o‘t haydovchi sifatida jigar kasalliklarida. Hayvonlarga og‘iz orqali xabdori shaklida, bo‘tqa shaklida, kukun shaklida qo‘llaniladi. Qo‘llanilmaydi: o‘tkir gastrit va enterit, Yurak ishini buzilishi bo‘lganda, bug‘ozlik davrida, sigirlar sog‘ilishi davrida, chunki sabur ta’sirida sutda achchiq ta’m paydo bo‘ladi. Dozalari; (og‘iz orqali), Qoramollarga – 20,0-35,0, otlarga – 20,0-35,0, mayda shoxli hayvonlarga – 10,0-15,0, cho‘chqalarga – 5,0-10,0, itlarga – 1,0-3,0. III.Padofillin tipidagi surgi moddalar. 1. Podofillin – phodophyllinum. Bu modda podofillin o‘simligi ildizidan olinadi. Sariq rangli poroshok, achchiq ta’mli, suvda erimaydi, spirtda eriydi. Bu moddani surgi ta’siri hazm yo‘li sezuvchan nerv oxirlarini qitiqlash bilan yuzaga keladi, ya’ni oshqozondan boshlab, to yo‘g‘on ichaklargacha. Biroq yo‘g‘on ichaklarda bu moddani ta’siri oshqozon va ingichka ichaklarga qaraganda kuchli namoyon bo‘ladi. Sababi, podofillin yo‘g‘on ichaklarda ko‘proq to‘planadi. Surgi ta’siri 16 soatdan keyin boshlanadi. Qo‘llanilishi. Podofillin surunkali ich qotishlarda, ya’ni ingichka va yo‘g‘on ichaklar funksiyasi buzilganda ham o‘t ajralishini kuchaytirish uchun qo‘llaniladi.
Dozalari;(og‘iz orqali), Qoramollarga - 5-15,0 , mayda shoxli hayvonlar -
1,0-3,0, otlarga – 20,0-35,0, cho‘chqalarga – 5,0-10,0, itlarga – 1,0-3,0. 
2. Fenol-ftalein
Oq  rangli  poroshok,  hidsiz  va  ta’msiz,  suvda  erimaydi,  spirtda
eriydi.meditsinada  purgshen  nomi  bilan  tabletka  holida  ishlab  chiqiladi.
Oshqozonga ta’siri yo‘q, lekin ichaklarda ishqor va o‘t suyuqligi ta’sirida erib,
qitiqlovchi  ta’sir  etadi.  Bu  dorini  ichaklardan  so‘rilishi  qiyin,  shuning  uchun
ichaklarda to‘planib surgi ta’sirini ko‘rsatadi. Ayniqsa, yo‘g‘on ichaklarda ta’siri,
ingichka ichaklarga nisbatan 5-10 barobar kuchli va ta’siri 3-5 kun cho‘zilishi
mumkin. Fenolftalein  faqat  it  va mushuklarga  surgi  dori  sifatida qo‘llaniladi,
o‘txo‘r hayvonlarda ta’siri kuchsiz. 
Dozalari;(og‘iz orqali) itlarga - 0,05-0,1, mushuklarga – 0,01-0,02.
3.  Izofenin.  Oq poroshok, sirka kislota hidiga o‘xshash, suvda va spirtda
erimaydi. Ta’siri fenolftolenga o‘xshash, og‘iz orqali qo‘llanilganda oshqozonda
o‘zgarmaydi, lekin ichaklarda shilliq pardalarni qitiqlab surgi ta’sirini namoyon
qiladi. Ot va itlarga pillyula va bo‘tqa shaklida beriladi.
Dozalari;(og‘iz orqali) otlarga – 0,15-0,2, itlarga - 0,005-0,012. 
IV.TUZ SURGI DORILARI.
Tuz  surgi  dorilari  veterinariya  amaliyotida  surgi  dori  sifatida  eng  ko‘p
qo‘llaniladigan  samarali  vositalardan  hisoblanadi,  chunki  bu  dorilar  hamma
hayvonlarga va ichaklarning hamma bo‘limlariga bir xilda ta’sir qiladigan zararsiz
vositalar hisoblanadi. 
Tuz surgi dorilariga qo‘yidagilar kiradi:
Natriy sulfat (glouber tuzi) 
Magniy sulfat (achchik tuz) – Magnesii sulfas. 
Kaliy sulfat - Kalii sulfas 
Sun’iy karlovar tuzi – Sal. Carolinum factitum
1. Natriy sulfat (glouber tuzi). Oq kristall poroshok, hidsiz, sho‘r ta’mli,
suvda eriydi. Natriy sulfat kichik dozalarda oshqozon va ichaklar sekretsiyasi,
motorikasini kuchaytiradi, ovqat hazm qilishni yaxshilaydi. Natriy sulfat katta
dozalarda surgi ta’sirini namoyon qiladi. Natriy sulfat juda aktiv va kam zaharli
Logotip
Dozalari;(og‘iz orqali), Qoramollarga - 5-15,0 , mayda shoxli hayvonlar - 1,0-3,0, otlarga – 20,0-35,0, cho‘chqalarga – 5,0-10,0, itlarga – 1,0-3,0. 2. Fenol-ftalein Oq rangli poroshok, hidsiz va ta’msiz, suvda erimaydi, spirtda eriydi.meditsinada purgshen nomi bilan tabletka holida ishlab chiqiladi. Oshqozonga ta’siri yo‘q, lekin ichaklarda ishqor va o‘t suyuqligi ta’sirida erib, qitiqlovchi ta’sir etadi. Bu dorini ichaklardan so‘rilishi qiyin, shuning uchun ichaklarda to‘planib surgi ta’sirini ko‘rsatadi. Ayniqsa, yo‘g‘on ichaklarda ta’siri, ingichka ichaklarga nisbatan 5-10 barobar kuchli va ta’siri 3-5 kun cho‘zilishi mumkin. Fenolftalein faqat it va mushuklarga surgi dori sifatida qo‘llaniladi, o‘txo‘r hayvonlarda ta’siri kuchsiz. Dozalari;(og‘iz orqali) itlarga - 0,05-0,1, mushuklarga – 0,01-0,02. 3. Izofenin. Oq poroshok, sirka kislota hidiga o‘xshash, suvda va spirtda erimaydi. Ta’siri fenolftolenga o‘xshash, og‘iz orqali qo‘llanilganda oshqozonda o‘zgarmaydi, lekin ichaklarda shilliq pardalarni qitiqlab surgi ta’sirini namoyon qiladi. Ot va itlarga pillyula va bo‘tqa shaklida beriladi. Dozalari;(og‘iz orqali) otlarga – 0,15-0,2, itlarga - 0,005-0,012. IV.TUZ SURGI DORILARI. Tuz surgi dorilari veterinariya amaliyotida surgi dori sifatida eng ko‘p qo‘llaniladigan samarali vositalardan hisoblanadi, chunki bu dorilar hamma hayvonlarga va ichaklarning hamma bo‘limlariga bir xilda ta’sir qiladigan zararsiz vositalar hisoblanadi. Tuz surgi dorilariga qo‘yidagilar kiradi: Natriy sulfat (glouber tuzi) Magniy sulfat (achchik tuz) – Magnesii sulfas. Kaliy sulfat - Kalii sulfas Sun’iy karlovar tuzi – Sal. Carolinum factitum 1. Natriy sulfat (glouber tuzi). Oq kristall poroshok, hidsiz, sho‘r ta’mli, suvda eriydi. Natriy sulfat kichik dozalarda oshqozon va ichaklar sekretsiyasi, motorikasini kuchaytiradi, ovqat hazm qilishni yaxshilaydi. Natriy sulfat katta dozalarda surgi ta’sirini namoyon qiladi. Natriy sulfat juda aktiv va kam zaharli