O‘SIMLIK, HAYVONOT DUNYOSI VA ULARSI MUHOFAZA QILISH (Noyob va qirilib borayotgan organizmlar, O'zbekiston o'simliklar, O'simliklarni muhofaza qilish)
Yuklangan vaqt
2024-05-11
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
20
Faytl hajmi
65,6 KB
Ilmiybaza.uz
O‘SIMLIK, HAYVONOT DUNYOSI VA ULARSI MUHOFAZA
QILISH
Reja
1. O’simliklar xilma-xilligi va ahamiyati.
2. Noyob va qirilib borayotgan organizmlar.
3. O’zbekiston o’simliklar
4. O’simliklarni muhofaza qilish.
5. O’zbekiston “Qizil kitobi”
Tayanch so’zlar; fotosintez, o’rmon o’simliklari, tog’, cho’l, to’qayzor va
vodiy o’rmonlari.
Ilmiybaza.uz
Yo’qolgan turlar
Hech bir inson dinozavrlarning yo’q bo’lib ketish sababini aniq dallillar
bilan aytibberolmaydi. Bir narsa aniqqi, inson faoliyati va tabiatga ta’siri
dinozavrlardan keyin paydo bo’ldi. Bugun boshqacha hayot. Yo’qolib borish
arafasidagi turlar soni oshmoqda. 1980 yildan 2000 yilgacha AQSH da 40 ga
yaqin o’simlik va hayvon turlari yo’q bo’lib ketdi. Sababi, insoniyatning yer
yuzini katta maydonlarini egallashi va o’zlashtirish, ehtiyojlarini qondirishi
hisobiga turlar soni kamayibketmoqda.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, biologik xilma-xillik Yeryuzida barcha
ekotizimlarda mavjud. Biron bir turning yo‘qolishiyoki kamayib ketishi har xil
tur populyatsiyasi uchun noqulaylik keltiribchiqaradi, zero, turlar doimo bir-biri
bilan turlichao‘zaro bog‘langan. Suv ekotizimi va quruqlik ekotizimlarida turlar
xilma-xilligini saqlash hozirgi kunning dolzarb muammolaridan biri bo‘lib
qolmoqda.Tabiat
resurslaridan
oqilona
foydalanmasligimiz
oqibatida,
qanchadan-qancha turlar va notirik komponentlar xavf ostida qolayapti.
Tabiatning chiroyli manzarasi, ko‘rkam go‘shalari, o‘zining hayvonot va o‘simlik
olamining g‘aroyibotligi bilan ajralib turuvchi biosferani saqlash har birimizning
insoniylik burchimizdir.
Biologik xilma - xillik tropik o‘rmonlarda, ya’ni doimiy namiqlimli
hududlarda, jumladan, Ekvadordagi Yasuni milliy bog‘ida yuqoribioxilma-xillik
mavjud. Quruqlik bioxilma-xilligi okean bioxilma -xilligidan 25 marotaba
yuqori. Yeryuzida mavjud bo‘lgan 8,7 millionturning 2,1 millioni okean uchun
xos ekanligi baholandi. Kolumbiya yuqori bioxilma - xillikka ega bo‘lgan
mamlakathisoblanib, u yerda endemik turlar ko‘p. Ya’ni bu turlar boshqa
biromamlakatda uchramaydi. Yerda mavjdu bo‘lgan turlarning 10% gayaqini
Kolumbiyada uchraydi va 1900 dan ko‘proq qush turlari Yevropava Shimoliy
Ilmiybaza.uz
amerikaga qaraganda ko‘proq. Kolumbiyada dunyo sutemizuvchi turlarining
10% i uchraydi1.
Dunyoning suvda va quruqdayashovchilarining 14 % i va dunyo
qushlarining
18%i
Kolumbiyadauchraydi.
Indoneziya
dunyo
gulli
o‘simliklarining 10% ini, sutemizuvchilarning 12% ini, sudralib yuruvchilar,
amfibiyalar vaqushlarning 17% ini o‘z ichiga oladi. Madagaskar orolidagi florada
o‘simlik turlarining 66% iendemik, Yangi Zelandiya orolida esa 72 %, Gavaya
orollarida 82-90%. Janubiy Xitoy ning Chjetszyan proventsiyasida Sharqiy
osiyoningginko daraxti yovvoyi holda faqat shuyerda o‘sadi. AQSH
g‘arbidagibir qancha rayonlarda mamont daraxti faqat shuyerlarda o‘sadi.
Turlar qonun tomonidan saqlansada, toki ularning tabiiy muhiti
saqlanmaguncha ular hayot kechira olishmaydi. Atrof muhitni muhofaza qilish
ko’pincha, tabiiy muhitni yoki butun ekotizimni saqlashga asoslangan bo’ladi.
Buni bajarishning usullaridan biri bu tabiat muhofazasini yaratish bo’lib, u xuddi,
xalqaro bog’lar va yovvoyi hayot hududlarini saqlash kabi bo’ladi .
1872-yilda birinchi Xalqaro bog’ Yellow Stone National Park hisoblanib,
AQSH da tashkil qilingan. O’sha davrda Kulrang ayiq, loss va bug’ular Shimoliy
Amerika hududi tomonga ko`chirilib, joyi o’zgartirilgan edi. Bu hayvonlar ozuqa
to’plash uchun yerning ko’plab hududlarini darbadar kezardilar. Agar ularning
tabiiy muhiti kichik bo’lsa ular yashay olmaydilar. Misol uchun, kulrang ayiq
kuniga katta miqdorda ozuqaga muhtoj bo’ladi. Kulrang ayiqga o’z qornini
to`ydirishi uchun bir nechayuz km hududlar kerak bo’ladi. Milliy bog’lar va
yovvoyi hayot hududlarisiz ba’zi hayvonlar hozir mavjud bo’lgandan ancha kam
bo’lishlari mumkin edi 2.
O’simliklar dunyosi.
1Peter Rillero, Dinah Zike Ecology, 2005. (126-127; 129- bet)
2 Peter Rillero, Dinah Zike Ecology, 2005. (126-127; 129- bet)
Ilmiybaza.uz
O’simliklar dunyosi erdagi hayotning birlamchi manbaidir. Ular yiliga 380
mlrd. tonna organik modda hosil qiladi, buning 325 mlrd. t. dengiz va okean
o’simliklariga, 38 mlrd. t. o’rmonlarga, 6 mlrd. tonnasi o’tloqlarga to’g’ri keladi.
Bundan tashqari o’simliklar, ya’ni yashil o’simliklar tufayli fotosintez jarayoni
bo’lmasa, havodagi uglerod (CO2)ning miqdori ko’payib kishilar va hayvonlar
nobud bo’lur edi. Biroq atmosferadagi suv yuzasidan va tuproqdan kelayotgan
o’sha CO2 gazi o’simliklar tomonidan yutilib, fotosintez natijasida yashil
o’simliklar atrofga kislorodni chiqarib turadi.
Shunday qilib, fotosintez orqali er sharidagi suv 5,8 mln. yilda,
atmosferadagi kislorod 5800 yilda, karbonat angidrid 7 yilda bir marta yangilanib
turadi.
O’simliklar inson uchun oziq-ovqat, yem-xashak, dori-darmon, kiyim-
kechak va boshqa ko’pchilik moddalarning tabiiy manbalari hisoblanadi.
Halqimiz tomonidan ko’p ishlatiladigan va keng tarqalgan dorivor
o’simliklardan foydalaniladi. Bularga isiriq, ermon, chakanda, aloye, na’matak,
gazanda va boshqalar misol bo’la oladi.
O’simliklar inson organizmidagi turli yuqumli kasalliklarni davolashda katta
ahamiyatga ega.
Insonlar o’simliklardan chorva mollari uchun ham yem-xashak sifatida keng
ko’lamda foydalanadilar.
O’zbekistonda g’o’za o’simligi asosiy homashyo hisoblanib, undan turli
maqsadlarda foydalaniladi.
Insonlar o’simliklardan qurilish materiali sifatida ham foydalaniladi.
O’simliklarni inson hayotidagi muhim tomonlaridan biri, atrof-muhitni
ko’kalamzorlashtirishdir, chinor, terak, eman, igna bargli doim yashil o’simliklar
shular jumlasidandir. Bundan tashqari ular havodagi changni tozalab, uni kislorod
bilan boyitadi.
Ilmiybaza.uz
O’simliklar dunyosidan oqilona foydalanish va muhofaza qilishda o’rmon
o’simliklari alohida o’rin egallaydi. Respublikadagi o’rmonlar yagona davlat
o’rmon fondini tashkil etadi. O’zbekiston o’rmonlari o’zining xususiyatlari bilan
tog’, cho’l, to’qayzor va vodiy o’rmonlariga ajratiladi (1-sxema).
1-sxema
O’rmonlar
Tog’
o’rmonlari
Vodiy
o’rmonlari
To’qay
o’rmonlari
Cho’l
o’rmonlari
Ilmiybaza.uz
Hozirgi vaqtda tog’ o’rmonlari 311 ming ga maydonni egallaydi, asosiy
o’simligi archa hisoblanib, qolganlari turli-xil daraxt va butalardan iborat.
Cho’l o’rmonlari 2,4 mln. ga dan iborat. Bu o’rmonlarning asosiy o’simligi
saksovulzorlardir.
To’qay o’rmonlari ilgarilari juda zich bo’lib, hozirda atigi 25 ming ga
maydonda saqlanib qolgan.
Vodiy o’rmonlarini madaniy iqlimlashtirilgan daraxtlar tashkil etib, ular 12
ming ga dan iborat.
XX asr boshlarida O’zbekiston o’rmonlarining maydoni 4-5 martaga
qisqardi. Ayniqsa to’qay o’rmonlari antropogen tayziqqa duch keldi.
Dunyo bo’yi o’rmonlar xolati qoniqarli emas. Haddan tashqari o’rmonlarni
kesilishi avj olib, ularning tiklanishi etarli emas. O’rmonlar kesilishini yillik
hajmi 3 mlrd.m3 ni tashkil etadi. Bu FAO (BMTning oziq-ovqat va q/x
tashkiloti)ning ma’lumotlariga qaraganda 2000 yilga kelib 1,5 barobarga ortdi.
Ayniqsa tropik o’rmonlar (Yer yuzining 7%idan iborat) holati g’oyat
tashvishlidir.
Aniq ilmiy manbalarda keltirilishicha, biz yashab turgan yer kurasida
bundan 1,5 ming yil muqaddam o’rmonlar 47% maydonni tashkil qilgan bo’lsa,
hozir ular 27% ni tashkil qiladi. Ko’p mamlakatlardagi sanoat manbalarida foyda
ketidan quvish oqibatida juda ko’p o’rmonlar kesilib, ularning o’rniga katta-katta
zavod, fabrikalar qurilmoqda. Bu zavod va fabrikalarda chiqayotgan chiqindilar
atrof-muhitni ifloslanishi natijasida ko’plab nodir va noyob o’simlik turlari qirilib
ketishiga sabab bo’lmoqda. BMTning rasmiy ma’lumotlariga qaraganda sanoat
rivojlana boshlagan davrdan 250 ming xil o’simlik turi yo’q bo’lib ketishi xavotir
ostida ekanligi ta’kidlangan. O’zbekiston Respublikasida mustaqillikka
erishgach atrof-muhitni, hayvonot va o’simliklar dunyosini muhofaza qilishga
Ilmiybaza.uz
alohida e’tibor berildi. 1992 yil 9 dekabrda «Tabiatni muhofaza qilish»
to’g’risida, 1993 yil 7 mayda «Alohida muhofaza qilinadigan hududlar»
to’g’risida va nihoyat 1997 yil 26 dekabrda «O’simliklar dunyosini muhofaza
qilish va undan oqilona foydalanish» to’g’risida qonunlar qabul qilindi. Ushub
qonunlarda tabiiy sharoitda o’sadigan o’simliklar dunyosini shuningdek, takror
etishtirish va genetik fondini saqlash uchun ekib o’stiriladigan yovvoyi
o’simliklarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi munosabatlar
to’g’risida boradi.
2-modda – O’simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish
sohasidagi munosabatlar to’g’risida qonun hujjatlarini asosiy vazifalari
quyidagilardir:
- Floraning tur bo’yicha tarkibini va genetik fondini tabiiy sharoitlarda
saqlab qolish. Tabiiy o’simlik jamoalarining va yovvoyi o’simliklar o’sadigan
muhitning bir butunligini saqlab qolish.
- O’simlik dunyosidan oqilona foydalanish va uni takror etishtirishni
ta’minlash yuridik va jismoniy shaxslarni o’simliklar dunyosini muhofaza qilish
va undan foydalanish sohasidagi faoliyatini huquqiy tartibga solish.
4-modda - O’simliklar dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish
sohasidagi davlat boshqaruvi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi davlat hokimiyati organlari,
shuningdek, mahsus vakolat berilgan davlat organlari va davlat organlari
boshqaruv organlaridir. YUridik va jismoniy shaxslar o’simliklar dunyosini
muhofaza qilish va undan foydalanish to’g’risidagi qonun hujjatlarda belgilangan
tartibda va sharoitlarda qoplashlari shart.
Bu qonunlar barcha o’simliklar turlarini saqlab qolish, uni asrab avaylash va
muhofaza qilishda muhim hujjatlar bo’lib hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi
hududida 4,5 mingga yaqin o’simlik turlari mavjud. Ular orasida jiddiy
muhofazaga muhtoj ko’pgina kamyob, endem va relekt turlari ham. Unday
turlarning soni 301 ta bo’lib O’zbekiston Respublikasining «Qizil kitobi»ga
Ilmiybaza.uz
kiritilgan. Mustaqilligimiz sharofati bilan bunday muhofazaga muhtoj o’simliklar
borasida ko’pgina ishlar qilindi (1-2-jadval).
1-jadval
Bioxilma-xillikning boyligi
№
Tiplar
Turlar soni
%
1
Baktriyalar
1942
7,19
2
Viruslar
200
0,7
3
Soda organizmlar
870
3,2
4
Yassi chuvalchanglar
300
1,1
5
Yumaloq chuvalchanglar
930
3,4
6
Mollyuskalar
140
0,5
7
Bo’g’imoyoqlilar
11300
41,8
8
Umurtqalilar
664
2,5
9
Suv o’tlari
2008
7,4
10
Yuqori o’simliklar
4146
4500
15,3
16,6
O’zbekiston asosiy tabiiy-hududiy majmuasi florasining
xilma-xilligi
2-jadval
Majmualar
Maydoni
km2
%
Turlar
soni
Cho’llar
Qumli cho’llar
Taqirlar
Shag’alli
cho’llar
9870
13185
1700
1310
22
29
4
3
320
400
566
304
Ilmiybaza.uz
Sho’rxok
cho’llar
Namlangan
maydonlar
Daryo qayirlari
va ko’llar
1541,3
3,5
285
Dashtlar
Tog’oldi yarim
cho’l
Tog’ quruq
dashtlari
459
365
1
0,7
1180
634
O’rmon-
o’tloq dashtlar
Tog’ bargli
o’rmon va
butazorlar
Archazorlar
218
85,6
0,4
0,2
248
235
О‘zbekiston Respublikasi hududida 4,5 mingga yaqin yovvoyi о‘simlik
va 2000 dan ziyod zamburug‘ turlari mavjud. Shundan 577 tasi dorivor, 103 turi
bо‘yoqbop, 560 turi efir moyli о‘simliklar hisoblanadi. Ular orasida jiddiy
muhofazaga muhtoj kо‘pgina kamyob, endem va relikt turlar ham bor. Bunday
turlarning soni 400 ta atrofida bо‘lib, ular О‘zbekiston florasining 10-12 % ini
tashkil etadi.
Aholining tabiatga notо‘g‘ri munosabati ham о‘simliklarning kamayib
ketishiga sabab bо‘lmoqda. Ayniqsa, keyingi yillarda qizil lola, sallagul, shirach
va shunga о‘xshash nafis gulli о‘simliklarning juda kamayib ketganligining
guvohi bо‘lib turibmiz.
О‘simlik turlarini saqlash va muhofaza qilish uchun 1979 yilda
О‘zbekiston “Qizil kitobi” ta’sis etildi. Qizil rang - xavfli, ta’qiqlovchi va ma’n
qiluvchi ramziy ma’noni anglatadi. “Qizil kitob” nabotot olamining kamyob,
yо‘qolib ketish xavfi ostidagi turlari haqida mukammal ma’lumot beradi. Uning
Ilmiybaza.uz
vazifasi - jamoatchilik va davlat idoralarini tabiat muhofazasi masalasiga jalb
etishdan va turlar genofondini saqlab qolishga kо‘maklashishdan iborat.
О‘zbekiston florasining yо‘qolib ketish xavfi ostida turgan 163 turi
“Qizil kitob”ning 1984 yilgi nashriga kiritilgan. Shuni esda tutish kerakki, “Qizil
kitob” ning birinchi jildi (tomi) hayvonlar bо‘yicha bо‘lib, 1983 yilda nashr
qilingan. 1998 yilga kelib, О‘zbekiston “Qizil kitobi” ga kiritilgan о‘simlik
turlarining soni 301 taga yetdi. 2009 yilda nashr etilgan О‘zbekiston
Respublikasining «Qizil kitobi» ga esa 321 ta о‘simlik va 3 ta zamburug‘ turlari
kiritilgan.
О‘simlik dunyosini muhofaza qilish jarayonida keng omma ishtirok
etgan taqdirdagina ijobiy natijalarga ega bо‘lish mumkin. Shundagina, biz kelgusi
avlodlar uchun nabotot olamining bebaho boyligini saqlab qoldirgan bо‘lamiz.
Esda tuting!
Flora lotincha “flora” - gullar, bahor va yoshlikning
xudosi; о‘simlik turlarinnig majmui.
Ilmiybaza.uz
Nazorat savollari:
1. О‘simliklar dunyosi tabiatda qanday ahamiyatga ega?
2. Yer yuzida qancha tur о‘simliklar bor?
3. О‘zbekiston о‘simliklar dunyosida qancha о‘simliklar turi mavjud?
4. “Qizil kitob” haqida fikr yuriting.
Bilib qо‘ygan yaxshi!
Botanika bog‘i 1950 yilda Toshkent shahrining
shimoliy-g‘arbiy qismida tashkil etilgan. Uning asoschisi
botanik F.N.Rusanov hisoblanadi. Bu yerda dunyoning turli
mamlakatlardan keltirilgan daraxtlarni iqlimlashtirish,
О‘rta Osiyoda noyob va yо‘qolib borayotgan о‘simlik
turlarini saqlash, gulli о‘simliklarni iqlimlashtirish, tropik va
subtropik о‘simliklarni kо‘paytirish maqsadida tibbiy
botanika,
sanoat
botanika,
geobotanika,
о‘simliklar
ekologiyasi kabi ilmiy laboratoriyalar ishlab turibdi.
Ilmiybaza.uz
5. О‘zbekistonda о‘simliklarni muhofaza qilish borasida davlatimiz
tomonidan qanday ishlar olib borilmoqda?
HAYVONOT DUNYOSI VA UNI MUHOFAZA QILISH
Reja:
1. Hayvonlar xilma-xilligi va ahamiyati.
Ilmiybaza.uz
2. Noyob va qirilib borayotgan organizmlar.
3. O’zbekiston hayvonlari.
4. Hayvonlarni muhofaza qilish.
Tayanch so’zlar: biologik resurs, Qizil kitob, sahro-cho’l muhiti, noyob
hayvonlar, krevetka, kondor, suvsar, pelikan
Ko’lmakdagi krevetka balig’i
Yo’qolib borayorgan turlar Kaliforniyaning markaziy vodiysidagi
mavsumiy suv havzalarida yashaydi. Ifloslanish shahar urbanizatsiyasi
kengayishi va boshqa ta’sirlar vodiydagi 90 % bahoriy ko’lmaklarni yo’qolib
ketishiga olib kelmoqda. Bu turlarning yo’qolib borishi ularning kelib chiqishi va
paydo bolishi holatlarining beqaror bo’lib borishga sabab bo’lmoqda.
1-rasm. Kaliforniya kondori
Bu noyob tur - Kondorning yoqolib ketish xavfi 20-asr oxirlariga kelib
kuchayib ketdi. Ba’zi kondorlar yovvoyi tabiat qo’ynida asrab qolindi.
Ilmiybaza.uz
Cho’l toshbaqasi
Yo’qolib borayotgan cho’l toshbaqasi kelajagi beqaror bo’lib bormoqda.
Insoniyat taraqqiyoti AQSHning janubi-g’arbida yashaydigan cho’l toshbaqasi
hududlarining qisqarib borishiga sabab bo’lmoqda.
Janubiy dengiz suvsari
Dengiz suvsari Tinch okeanining AQSHga tegishli qismidagi sayoz suv
havzalarida yashaydi. Asrlardan buyon dengiz suvsarlari noyob juni uchun
ovlanib kelingan.
Pelikanlarni saqlab qolish muammosi
Pelikanlar baliq va akvatik o’simliklarni yeyishga moslashgan qushlardir. 20
asr o’rtalarida DDT preparatidan foydalanish kengayibketdi. 1972 yilda AQSH
da DDT preparati qishloq xo’jalik ekinlariga qiron keltiruvchi hashoratlarni yo’q
qilish uchun nazorat sifatida keng ko’lamda ishlatila boshlandi. Bu holat
pelikanlarning kamayib ketishiga sabab bo’ldi. CHunki pelikanlarning tuxumlari
ingichka shaklga o’tdi. SHuningdek, palaponlarni erta tuxumdan chiqish holati
ruy berdi. Jigarrang pelikanlar Luizana shtati va Texasdan butunlay yo’qoldi.
2000 yillardan buyon Luizana va Texasda yashaydigan 7000 dan ortiq jigarrang
pelikanlar yashamoqda 3 .
Hayvonot dunyosi
1Peter Rillero, Dinah ZikeEcology, 2005 (132, 143-bet)