O‘simliklar karantinida fitosanitar sertifikatini berish yoki fitosanitar sertifikatini berishni rad etish, fitosanitar sertifikatining amal qilishini tugatish va uni bekor qilish tartiblari
Yuklangan vaqt
2024-04-05
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
10
Faytl hajmi
92,0 KB
O‘simliklar karantinida fitosanitar sertifikatini berish yoki fitosanitar
sertifikatini berishni rad etish, fitosanitar sertifikatining amal qilishini
tugatish va uni bekor qilish tartiblari
Reja:
1. Fitosanitar sertifikatini berish va uni rad etish
2. Fitosanitar sertifikatini qayta rasmiylashtirish va dublikatini berish
3. Fitosanitar sertifikatlari reyestri
5.1. Fitosanitar sertifikat — eksport qilayotgan mamlakatning vakolatli
davlat organlari tomonidan o‘simliklar karantini nazoratidagi mahsulotlarning har
bir transport birligiga beriladigan va o‘simliklar karantini nazoratidagi
mahsulotlarning o‘simliklar karantinidagi ob’ektlar bilan zararlanmaganligini
tasdiqlovchi hujjat.
Fitosanitar sertifikatini berish yoki berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror ariza
beruvchilar tomonidan ariza kelib tushgan kundan boshlab yetti ish kuni davomida
qabul qilinadi.
Hududiy inspektsiya fitosanitar sertifikatini berish yoki berishni rad etish
to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran bu haqidagi tegishli hujjatni
bir ish kunidan kechiktirmay ariza beruvchilarga berishi (yuborishi) yoki bunday
hujjatni berish rad etilganligi to‘g‘risida uni yozma shaklda, shu jumladan, axborot
tizimi orqali elektron shaklda xabardor qilishi shart.
Fitosanitar sertifikati berilgan kundan boshlab o‘simliklar karantini
nazoratidagi mahsulotlar O‘zbekiston Respublikasidan importyor mamlakatga
yetib borgan kungacha amal qiladi.
Quyidagilar fitosanitar sertifikatini berishni rad etish uchun asos
hisoblanadi:
fitosanitar sertifikati berilishi uchun zarur bo‘lgan hujjatlarning ariza
beruvchilar tomonidan to‘liq bo‘lmagan hajmda taqdim etilganligi;
ariza beruvchilarning ruxsat berishga doir talablar va shartlarga muvofiq
emasligi;
ariza beruvchilar tomonidan taqdim etilgan arizada noto‘g‘ri yoki buzib
ko‘rsatilgan ma’lumotlarning mavjudligi;
o‘rganishlar, tadqiqotlar, tekshirishlar yoki boshqa ilmiy va texnik
baholashlarning yakunlari bo‘yicha asoslantirilgan salbiy xulosa olinganligi.
Ushbu bandda nazarda tutilmagan boshqa holatlarda fitosanitar sertifikati
berishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Fitosanitar sertifikatini berishning rad etilganligi haqidagi xabarnoma ariza
beruvchiga yozma shaklda, rad etish sabablari, qonun hujjatlarining aniq normalari
va ariza beruvchi ko‘rsatilgan sabablarni bartaraf etib, takroran ko‘rib chiqish
uchun hujjatlarni taqdim etishi mumkin bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda
yuboriladi (topshiriladi). Ariza beruvchi rad etish sabablarini bartaraf etib va
hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish uchun taqdim etishi mumkin bo‘lgan muddat
fitosanitar sertifikatini berish rad etilganligi haqidagi yozma xabarnoma olingan
kundan e’tiboran o‘n ish kunidan kam bo‘lmasligi kerak.
Ariza beruvchi fitosanitar sertifikatini berishni rad etish uchun asos bo‘lgan
sabablarni belgilangan muddatda bartaraf etgan taqdirda, hujjatlar takroran ko‘rib
chiqish, fitosanitar sertifikati berish yoki uni berishni rad etish ariza beruvchidan
rad etish sabablari bartaraf etilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar olingan
kundan e’tiboran besh ish kuni ichida tegishli hududiy inspektsiya tomonidan
takroran ko‘rib chiqiladi. Ariza takroran ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im
undirilmaydi.
Hujjatlarni takroran ko‘rib chiqishda ariza beruvchiga ilgari yozma
xabarnomada bayon qilinmagan rad etish sabablarining tegishli hududiy
inspektsiya tomonidan keltirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, ilgari ko‘rsatilgan sabablar
bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bog‘liq rad etish sabablarining
keltirilishi bundan mustasno.
Fitosanitar sertifikatini berish rad etilganligi haqidagi xabarnomada
ko‘rsatilgan muddat o‘tgandan keyin ariza beruvchi tomonidan topshirilgan ariza
yangidan topshirilgan hisoblanadi va tegishli hududiy inspektsiya tomonidan
umumiy asoslarda ko‘rib chiqiladi.
Ariza beruvchi fitosanitar sertifikatini berishning rad etilganligi, shuningdek
tegishli
hududiy
inspektsiya
mansabdor
(vakolatli)
shaxsining
harakati
(harakatsizligi) yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
5.2. Fitosanitar sertifikatini qayta rasmiylashtirish va dublikatini berish
Fitosanitar sertifikatini olgan yuridik shaxs qayta ro‘yxatdan o‘tganda, uning
nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgarganda, yetti ish kuni davomida
tegishli hududiy inspektsiyaga fitosanitar sertifikatini qayta rasmiylashtirish
to‘g‘risidagi arizani, ko‘rsatilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova
qilgan holda topshirishi shart.
Fitosanitar
sertifikatini
olgan
jismoniy
shaxs
davlat
ro‘yxatidan
o‘tkazilganligi haqida berilgan guvohnomada ko‘rsatilgan familiyasi, ismi,
otasining ismi yoki faoliyat ko‘rsatadigan joyi o‘zgargan taqdirda yetti ish kuni
davomida
tegishli
hududiy
inspektsiyaga
fitosanitar
sertifikatini
qayta
rasmiylashtirish to‘g‘risidagi arizani, ko‘rsatilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi
hujjatlarni ilova qilgan holda topshirishi shart.
Fitosanitar
sertifikati
qayta
rasmiylashtirilguniga
qadar,
uni
qayta
rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza bergan yuridik va jismoniy shaxslar yoki ularning
huquqiy vorisi (merosxo‘ri) fitosanitar sertifikatini qayta rasmiylashtirish
to‘g‘risida berilgan, qabul qilib olingan sanasi haqida tegishli hududiy
inspektsiyaning belgisi qo‘yilgan ariza asosida unda ko‘rsatilgan harakatni va
(yoki) faoliyatni amalga oshiradi.
Fitosanitar sertifikati qayta rasmiylashtirilganda tegishli hududiy inspektsiya
tomonidan fitosanitar sertifikatlari reyestriga tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi.
Fitosanitar sertifikatini qayta rasmiylashtirish arizaga tegishli hujjatlar ilova
qilingan holda hududiy inspektsiya tomonidan qabul qilib olingan ish kuni
davomida amalga oshiriladi.
Fitosanitar sertifikatini qayta rasmiylashtirish uchun ariza beruvchilarning
fitosanitar sertifikatini berish to‘g‘risidagi arizasi hududiy inspektsiya tomonidan
ko‘rib chiqilganda va fitosanitar sertifikati qayta rasmiylashtirib berilganda mazkur
Nizomning 15-bandida nazarda tutilgan summaning yarim miqdorida yig‘im
undiriladi.
Hududiy inspektsiyalar fitosanitar sertifikati yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga
kelgan taqdirda, yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat olingan kundan
e’tiboran bir ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda fitosanitar sertifikatining
dublikatini
berishi
shart.
Hududiy
inspektsiyalar
tomonidan
fitosanitar
sertifikatining dublikatini berganlik uchun mazkur Nizomning 15-bandida nazarda
tutilgan summaning yarim miqdorida yig‘im undiriladi.
Fitosanitar sertifikatining amal qilishini to‘xtatib turish, tugatish va uni
bekor qilish
Fitosanitar sertifikatining amal qilishini to‘xtatib turish, tugatish hamda uni
bekor qilish «Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari
to‘g‘risida»gi
O‘zbekiston
Respublikasi
Qonunining 22, 23 va 25-
moddalarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
5.3. Fitosanitar sertifikatlari reyestri
Hududiy inspektsiyalar Fitosanitar sertifikatlari reyestrini yuritadi va ularni
o‘z rasmiy veb-saytlariga joylashtiradi.
Fitosanitar sertifikatlar reyestrida yuridik va jismoniy shaxslar to‘g‘risida
quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
fitosanitar
sertifikati
berilgan
yuridik
shaxslar
to‘g‘risidagi
asosiy
ma’lumotlar: nomi, ularning tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan joyi (pochta
manzili), telefon raqami;
fitosanitar sertifikati berilgan jismoniy shaxslarning familiyasi, ismi, otasining
ismi, joylashgan yeri (pochta manzili), telefon raqami;
fitosanitar sertifikatining berilgan sanasi va raqami;
fitosanitar sertifikatining amal qilish muddati;
fitosanitar sertifikatini qayta rasmiylashtirishning asosi va sanasi, amal
qilishini to‘xtatib turish yoki tiklash;
fitosanitar sertifikatining amal qilishini to‘xtatish uchun asos va sana;
fitosanitar sertifikatini bekor qilishning asosi va sanasi;
fitosanitar sertifikatini to‘xtatib turish, tugatish, qayta rasmiylashtirish hamda
bekor qilishning asoslari va sanasi;
fitosanitar sertifikati dublikatini berishning asoslari va sanasi.
Fitosanitar sertifikatlar reyestridagi ma’lumotlar yuridik va jismoniy shaxslar
uchun ochiq hisoblanadi hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona
qo‘mitasining «Ruxsatnoma hujjatlari avtomatlashtirilgan axborot tizimi»ga «real
vaqt» rejimida ikki ish kunidan kechiktirilmagan muddatda joylashtirib boriladi.
Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor shaxslar qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda javob beradilar.
Savollar:
1. Fitosanitar sertifikati muddati qancha?
2. Qanday hollarda fitosanitariya sertifikati rad etiladi?
3. Fitosanitariya sertifikatini dublikatini olish tartibi qanday?
6-mavzu: Chetdan kirib kelish xavfi bo‘lgan zararli organizmlarni hisobga
olish uslublari va kimyoviy vositalar bilan zararsizlantirish (2soat)
Reja:
1. Karantin ostidagi yuklardan nuqtali namunalar olish
2. Kochatlardan namuna olish
3. Oziq-ovqat va texnik maqsadlar uchun mo‘ljallangan mahsulotlar dan
namunalarni olish
4. Zararsizlantirish tartibi
6.1. O‘zbekiston Respublikasiga chetdan keladigan, chetga chiqariladigan,
hududidan tranzit orqali o‘tadigan va mahalliy, mamalakat ichkarisida
tashiladigan, yetishtiriladigan qishloq ho‘jalik mahsulotlarini karantin tekshiruvida,
ekspertizaida namunalarni tanlashda qo‘llaniladigan usullari va asosiy tushuncha
mohiyati qanday?
Mahsulotning karantin holati, barcha mahsulotlarni ko‘zdan kechirish va
undan olingan namunalarni ekspertiza qilish asosida aniqlanadi.
Tekshirib ko‘rish-avtoulovlarni, qishloq xo‘jalik mahsulotlarni, idishlarni
tashqi nazoratdan o‘tqazish, karantinga loyiq materiallardan aniq miqdordagi
namunalarni tanlash, zararkunandalarni, aniqlash uchun, ularni joyida ko‘zdan
kechiriladi.
Karantin ob’ektlari yoki boshqa xavfli qishloq hojalik zararkunandalari
aniqlangan taqdirda tekshirish to‘htatiladi va zararlangan to‘plar zararsizlantiriladi.
Bunday materiallardan namunalarni tanlash, zararsizlantirilgandan keyin bajariladi.
Namunalarni ekspertiza qilish zararkunandalarning, o‘simliklarning va
begona o‘tlarning turlarini aniqlashga, karantin materiallarning to‘plaridan olingan
namunalarning laboratoriya tahlili asosida amalga oshiriladi.
Ba’zi bir karantin materiallarni (charm, jun, to‘qima-tolalar madaniy
o‘simliklarning tolalari, quruq mevalar, ta’m beruvchilar, mahsus qo‘shimchalar,
dorivor va efir beruvchi o‘simliklar, shuningdek transport vositalari, idishlar, o‘rab
joylash vosialari, idishlar, o‘rab joylash vositalari) tashqi karantin tekshiruvidan
o‘tkaziladi, qolgan karantin materiallarni tekshirib ko‘rish va ekspertizadan
o‘tkaziladi.
To‘p-bir vaqtda qabul qilishga va jo‘natishga mo‘ljallangan yoki bitta silosda,
omborda, hirmonda saqlanayotgan, bir turdagi materialning har qanday miqdori.
Bunday to‘plardan nuqtali namunalar olinadi.
Nuqtali namuna – birlashtirilgan namunani hosil qilish uchun, bir yo‘la
to‘pdan bir qancha joyidan olingan, karantin materiallarning ozgina miqdori.
Nuqtali
namunalar
umumlashtirilib birlashtirilgan namuna
deyiladi.
Bu
laborortoriya ekspertizasini o‘tkazish uchun ajratilgan, birlashtirilgan namunaning
qismi.
Namuna- tekshirib ko‘rishda va ekspertizada tanlab olingan, karantinli-
hasharotlarning, parazit nematodalarning turlari, begona o‘tlarning urug‘lari,
kasalliklarni va zararkunandalarni qo‘zg‘atuvchi mikropreparatla, zararkunandalar
va kasalliklar bilan shikastlangan, o‘simliklarning qismlarini mahsulotning
karantinli holatini tasdiqlovchi namuna.
Qishloq
xo‘jalik
mahsulotlarining
urug‘lik
materiallaridan
urug‘lik
materiallaridan karantin tekshiruvi va ekspertizasi uchun nuqtali namunalarni,
tekshirilayotgan har bitta vagondan, avtomashinadan, kemadan, ombordan va
uyumdan olinadi.
Yirik urug‘li madaniy o‘simliklardan olingan har bitta nuqtali namuna kamida
20-25 gr, mayda urug‘liklardan – kamida 10gr miqdorda bo‘lishi kerak.
Jo‘natishga tayyorlangan yoki yoyib saqlanayotgan urug‘lardan namunalar olishda
uning yuzasining hajmi va qalinlig-i e’tiborga olinishi kerak. Avtomashinalardagi
urug‘larning nuqtali namunalarni, yoyma yuzasining beshta nuqtasidan konusli
shup bilan burchaklaridan va markazdan (A nushasi) olinadi. Har bitta ko‘rsatilgan
nuqtalardan namunalarni uchta qatlamdan: ustki qismini -10 sm chuqurlikda,
o‘rtachasini va pastkisini, kuzov tubidan 10-15sm maasofada olinadi.
Vagonga to‘la ortilgan yuklardan nuqtali namunalarni, har bir tonna urug‘ga,
namunalarning umumiy massasi kamida 100gr ni tashkil qiladigan hisob bilan bir
hil vaqt oraliqlarida, mahsus kovsh bilan, transportyordan tushayotgan oqimdan
olinadi.
Yuk vagonga to‘liq ortilmaganda, nuqtali namunalarni quyidagi tarzda
konusli shup bilan aynan vagonning o‘zidan olinadi; 16-20 t sig‘imli vagonlarda
yoyma yuzasidan beshta nuqtasidan (A sxemasi); ikki hissa ko‘p yuk
ko‘taruvchanlik bagonlarda 33-40 t yoyma yuzasining sakkizta nuqtasidan (B
sxemasi);
X X X X X X X X
X X X X X
X X X X X X X X
A B V
Har bitta ko‘rsatilgan nuqtalardan nuqtali namunalarni, uchta qatlamdan
olinadi: Ustki namunani 10 sm chuqurlikda, o‘rtachasini va pastkisini –vagon
polidan 10-15 sm masofadan olinadi. Urug‘lardan olinadigan nuqtali
namunalarning umumiy og‘irligi, ikkita o‘qli vagondan 2 kg ga yaqin va to‘rtta
o‘qli vagondan 3-4,5kg bo‘lish kerak.
To‘plardan urug‘larning nuqtali namualarini, urug‘ning har bir tonnasiga,
olingan nuqtali namunalarning umumiy og‘irligi kamida 100 gr ni tashkil qiladigan
hisobda, bir hil vaqt oralig‘ida mahsus kovsh yoki namuna tanlagich bilan
tushayotgan oqimdan olinadi.
Omborlarda urug‘larning yuzasini har qaysisi tahminan 20m2 bo‘lgan
seksiyalarga bo‘linadi. Har bir seksiyalardan nuqtali namunalarni uchta qatlamdan
(ustki, o‘rta va polda) beshta nuqtalardan olinadi. Vagonlarda joylashgan
makkajo‘hori urug‘larining nuqtali namunalarni, bir hil vaqt oralig‘ida tushirish
(ortish) vaqtida olinadi. Tanlangan so‘talarning umumiy soni, har qaysi 15
tonnadan 30 donani tashkil qilishi kerak.
Idishlarda tashilayotgan yoki saqlanayotgan urug‘lardan namunalar
tanlash. Qoplarga solingan mayda urug‘li o‘simliklardan nuqtali namunalarni,
keyinchalik qoplardagi teshiklarni tikib, qop shupi, ochilgan qoplardan konusli
shup bilan olinadi. Nuqtali namunalar tanlanishi kerak bo‘lgan qoplarning sonini
(donalarda) to‘pning kattaligiga qarab aniqlanadi.
To‘pdagi qoplarning soni
Nuqtali namunalar olinadigan
qoplarning soni
10ta gacha
11tadan 100 tagacha
101dan 1000 tagacha
1000tadan ko‘p
Har bir qopdan uchtadan (tepasi,
o‘rtasi va tubi)
Har beshinchi qopdan bittadan
namuna olinadi
Har 10 qopdan bittadan nuqtali
namuna olinadi
Har 25 qopdan bittadan nuqtali
namuna olinadi
Vagonlarda joylashgan qoplardan, yuzaroqdagilardan nuqtali namunalarni
tanlash amalga oshiriladi.
Izoh: Qopdan bittadan nuqtali namuna olingan taqdirda, ularni olish joylari
almashtiriladi (ustki, o‘rtasi va pastdagisi). Kichkina qopchalarga yoki 1kg dan 3
kg gacha haltalarga joylangan urug‘larning to‘pida, qopchaning yoki haltaning
butun ichidagisi ko‘rib chiqiladi.
To‘pdagi ko‘rib chiqiladigan
qopchalarning (haltalarning ) soni
Nuqtali namunalar olinadigan
qoplarning soni
25ta gacha
26 tadan 100 tagacha
101tadan 500 tagacha
500 tadan
Hamma qopchalardan va
Har to‘rtinchisi
Har o‘ninchisi
Har yigirmanchisi
6.2. Ko‘chatlik materialning tupidan, tupning o‘lchmiga bog‘liq holda
(ko‘chatlar, qalamchalar, ildizbachkilar, to‘plar, piyozboshlar, ildiz poyalar) ko‘rib
chiqiladi:
500 ta gacha
501dan 100 tagacha
101tadan 3000 tagacha
1000 tadan lщez
Barcha ekiladigan
material
Har beshinchisi
Har yigirmanchisi
Har yuzinchi
Qoplarga joylangan (yashiklarga) piyozboshdan nuqtali namunalarni, har bitta
qopdan (yashikdan) 80-100 grammdan, taraning butun chuqurligi bo‘yicha bir
me’yorda, qo‘l bilan olinadi. Namunalar tanlanishi kerak bo;lgan qoplarning
(yashiklarning) donalardagi sonini, to‘pning kattaligiga qarab aniqlanadi.
Tupdagi qoplarning (yashiklarning
soni)
Namunalar olinadigan qoplarning
(yashiklarning soni)
500 tadan ko‘p
500 tadan 1000 tagacha
1000 tadan ko‘p
Har yigirmanchisidan
Har o‘ttizinchidan
Har qirqinchisidan
6.3.
Vagonlarda
joylangan
qoplardan
(yashiklardan),
yuzaroqda
joylashganilaridan nuqtali namunalarni tanlash amalga oshiriladi. Yoyib
saqlanayotgan yoki transportga tashilayotgan urug‘lik kartoshkadan nuqtali
namunalarni, oldindan tahminan 20m2 seksiyalarga bo‘lingan to‘pdan, 11ta
nuqtasidan olinadi (G sxemasi) ustidan va 40sm chuqurlikdan.
Vagonlardan, kemalardan tushirilayotgan yoki ortayotgan yuklardan nuqtali
namunalarni, har qaysi 10 t dan 200 ta to‘p olinadigan hisob bilan, teng vaqt
oralig‘ida tanlanadi. Kartoshkani taralarda (korzina, mesh, qop) tashiganda va
saqlanganda, nuqtali namunalarni, butun chuqurlikda har joyning kamida 5% da
tanlanadi. Har bir alohida nuqtali namuna 5-8 to‘pni tashkil qilishi kerak.
Ekspertiza uchun toplardan to‘kilgan tuproq namunasini ham olish kerak
X X X X
X X X
X X X X
G sxema
Kartoshka to‘plaridan to‘kilgan tuproqni (smetkani) tanlash
uchun
saqlanayotgan kartoshkaning to‘pidan (burtlar, omborlar) smetkalarni ustki
qatlamidan (30 sm gacha) olinadi. Tashilayotgan kartoshkaning to‘pidan, har bitta
transport birligidan smetkalarni, kartoshka tushirilgandan keyin, to‘pning pastki
qatlamidan yoki polidan tanlanadi. Saqlanayotgan yoki tashilayotgan kartoshkadan
smetkalarni, teng vaqt oralig‘ida, yoymaning butun yuzasidan 5-10 joylaridan
tanlanadi. Smetkalarning o‘rtacha namunasi, to‘plardan to‘kilgan yoki tozalangan
tuproqning 200 ml hajmidan oshmasligi kerak. 50 t gacha massali ortilmasdan
tashiladigan
kartoshkadan
olinadigan
o‘rtacha
namunalarning
miqdori,
kartoshkaning massasini 0,05 koeffitsiyentga ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi.
100 tadan ko‘p joylar soni bo‘lgan ortib tashiladigan kartoshkadan olinadigan
o‘rtacha namunalarning soni, to‘pdagi joylar sonini 0,003 koeffitsiyentga
ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi.
Vagonlarda va avtomashinalarda tashilayotgan yoki yoyib saqlanayotgan don
mahsulotlarining nuqtali namunalarini tanlash, urug‘lardan nuqtali namunalarni
tanlashga o‘hshab bajariladi. Buning uchun nuqtali namunalar olinishi kerak
bo‘lgan, vagonlarning (avtomashinalarning ) soni, to‘pning kattaligiga qarab
aniqlanadi.
Bug‘doyni tushirguncha, kemalarning tryumida uning yuzasini har qaysi
tahminan 100 m2 bo‘lgan seksiyalarga bo‘linadi. Bug‘doyning nuqtali
namunalarini, to‘kilgan bug‘doyning 1 va 2 m chuqurligida tashqi qatlamida, A
sxemasi bo‘yicha bashta nuqtasidan olinadi. Bug‘doy tryumlardan tushirishda
(ortishda) nuqtali namunalarni, bug‘doyni butun harakat vaqti davomida, bir hil
vaqt oralig‘ida oqimni kesib o‘tish yo‘li bilan, mexanik namuna tanlagich yoki
mahsus kovsh yordamida, qiya joylaridan, to‘kilayotgan bug‘doyning oqimidan
olinadi. Nuqtali namunalarni tanlashning davriyligini, to‘p massasini harakat
tezligiga qarab o‘rtaniladi. Har bitta nuqtali namunalarning massasi, bug‘doyning
har qaysi 5 tonnasiga kamida 100 g bo‘lishi kerak.
To‘pdagi
vagonlarning
(avtomashinalarning) soni
Nuqtali
namunalar
olinayotgan
vagonlarning (avtomashinalarning) soni
5tagacha
6 tadan 15 tagacha
15 tadan kop
Har qaysi vagondan
Har uchinchisidan
Har beshinchisidan
Tryumdagi yoyilgan bitta qatlamdan (bitta seksiyadan) olingan nuqtali
namunalarning umumiy massasi, tahminan 4,5 kg bo‘lishi kerak.
Kemalarning tanklaridan (tankerlardan), nuqtali namunalarni yuzaning 3ta
nuqtasidan va ko‘rsatilgan nuqtalarning har biridan-ikki qatlamda: yuzadan 10 sm
masofada va 1 m chuqurlikda olinadi. Tushirish vaqtida har qaysi 4 m da bu
jarayon qaytariladi.
Uyumlardan bug‘doyning nuqtali namunalarini oqayotgan oqimdan, to‘kish
vaqtida, har qaysi 5 t bug‘doyga tanlangan nuqtali namunalarning umumiy massasi
kamida 100g ni tashkil qiladigan hisob bilan teng vaqtlar oralig‘ida, mahsus kovsh
yoki namuna tanlagich bilan tanlanadi. Omborlardan A sxema bo‘yicha
olinadi.yangi uzilgan mevalardan va sabzavotlardan nuqtali namunalarni, to‘pdagi
joylarning soniga qarab olinadi.
To‘pdagi joylarning soni
Nuqtali
namunalar
olinayotgan
vagonlarning (avtomashinalarning) soni
100 tadan 5000 tagacha
501 tadan 1000 tagacha
1000tadan ko‘p
Har qaysi yigirmanchidan
Har elliginchisidan
Har yuzinchisidan
Har qaysi joydan nuqtali namunalarning o‘lchami kartoshkada 5-10 dona,
mevalar, piyozlarda 200-300g ni tashkil qilishi kerak.
6.4. Karantin materiallarni zararsizlantirish fizik va kimyoviy (fumigatsiya)
usullaridan foydaalniladi.
Fizik usulda termik ishlov berish (quruq bug‘ bilan, qaynoq suvda ivitish,
issiq ug‘ bilan ishlov berish), mikroto‘lqinli ishlov berish va gamma nurlarida
nurlash usullari keng qo‘llaniladi.
Kimyoviy usulda brom metil, fosfin, formalin va ko‘mir uglerodidan
foydalaniladi.
Respublika miqyosida o‘tlaziladigan karantin tadbirlariqatoriga zararli
hasharot va kasalliklarni o‘zida saq;agan horijiy mamlakatlardan keltirilgan
qishloq xo‘jalik ekinlarining ko‘chatlarini, urug‘larini, o‘simlik mahsulotlarini,
transport vositalarini zararsizlantirish tadbiri hisoblanadi.
Yuklarni karantin zararsizlantirish usullari: pestitsidlarning eritmalari bilan
ishlov berish, yuqori va past haroratda termik ishlov berish, bosimli vs bosimsiz
fumigatsiya, zaharli gazlar bilan ishlov berish. Karantin zararsizlantirish usullari
qo‘llanilgan yuklar 100% zararli organizmlardan tozalangan bo‘lishi kerak.
Issiq nam bug‘da va quruq bug‘da ishlov berish yog‘och materiallarini
hashaoratlardan tozalashda ishlatiladi. Quruq bug‘ harorati 71°S bo‘lganda 4,5-9
cm hajmdagi yog‘och materiallar 1 soat, 14x14sm bo‘lganda 4soat ishlov beriladi.
Quruq bug‘ harorati 82°S bo‘lganda yog‘och materiallar 30 minut davomida
ishlov beriladi.
Mikroto‘lqinli ishlov berish yog‘och materiallarini 500dan bir necha ming
megogerts ul’trato‘lqinida magnit maydonida ishlov beriladi. Ko‘pchilik
hashoratlar 50°S haroratda 1500 vattda to‘liq nobud bo‘ladi.
Gamma nurlarida nurlatish usuli 1m2 yog‘ochga ishlov berilganda harajatlar
80 sentni tashkil qiladi.
Fumigatsiya usuli mamlakatimizda 1926 yildan buyon qo‘llanib kelinmoqda.
1950 yilga kelib brom metil gazini qo‘llashni boshlanishi bilan bu usulni samarasi
yanada ortib bordi.
Savollar:
1. B sxemada nechta nuqtadan namunalar olinadi?
2. Yoyma holda omborlarda saqlanayotgan bug‘doydan namuna olish qaysi
tartibda bo‘ladi?
3. Ho‘l mevalardan qanday tartibda namuna olinadi?