O‘simliklarni himoya qilishning zamonaviy usullari va atrof-muhit muhofazasi. (O‘simliklar karantini va bu sohada xalqaro bitimlarning ahamiyati)

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

16

File size

Fayl hajmi

74,5 KB


O‘simliklarni ximoya qilishning zamonaviy usullari va atrof-muhit
muxofazasi.
Reja:
1.O‘simliklar karantini va bu sohada xalqaro bitimlarning axamiyati
 2. Tashkiliy –xo‘jalik, agrotexnik va oldini olish tadbirlarini qo‘llash
 3. Agrotexnika tadbirlar
 4. Zararkunandalarga  qarshi  tabiiy  kushandalardan  hamda  mikrobiolo-gik
preparatlardan samarali foydalanish yo‘llari
Hozirgi  vaqtda  o‘simliklarni  uyg‘unlashtirilgan  ximoya  qilish
(integratsiyalashtirilgan)  tizimi  yaratilgan  bo‘lib,  bu  tizim  bir  qator  tadbirlari
yig‘indisini o‘tkazishni nazarda tutadi. Ularni o‘simlik karantini, tashkiliy-xo‘jalik,
oldini olish tadbirlari, agrotexnik, kimyoviy, biologik hamda mexanik va fizikaviy
tadbirlarga ajratish mumkin. 
Ekinlarni zararkunanda, kasallik va begona o‘tlardan muvaffaqiyatli ravishda
saqlamoq uchun mazkur tadbirlar muayyan maqsadga qaratilgan holda muntazam
amalga oshirishi lozim. 
Bundan  maqsad  –  etishtiriladigan  hosilni  himoya  qilishda
agrobiotsenozlardagi zararli va foydali turlarning buzilgan nisbatini tiklash, ya’ni
o‘simlikni  uyg‘unlashtirish  (integratsiyalash  deganda  lotinchasiga  integrare  -
tiklash,  to‘ldirish tushuniladi)  yo‘li  bilan  himoya  qilish,  ya’ni  o‘simliklar
bardoshliligini oshirishga qaratilgan qulay sharoit yaratilib, zararkunanda, kasallik
va begona o‘tlarning rivojlanishiga to‘siqlik qiladigan sharoit vujudga keltirish,
shuningdek  karantin  qilinadigan  ob’ektlarning  chetdan  kelib  qolishiga  yo‘l
qo‘ymaslikdir.
Logotip
O‘simliklarni ximoya qilishning zamonaviy usullari va atrof-muhit muxofazasi. Reja: 1.O‘simliklar karantini va bu sohada xalqaro bitimlarning axamiyati 2. Tashkiliy –xo‘jalik, agrotexnik va oldini olish tadbirlarini qo‘llash 3. Agrotexnika tadbirlar 4. Zararkunandalarga qarshi tabiiy kushandalardan hamda mikrobiolo-gik preparatlardan samarali foydalanish yo‘llari Hozirgi vaqtda o‘simliklarni uyg‘unlashtirilgan ximoya qilish (integratsiyalashtirilgan) tizimi yaratilgan bo‘lib, bu tizim bir qator tadbirlari yig‘indisini o‘tkazishni nazarda tutadi. Ularni o‘simlik karantini, tashkiliy-xo‘jalik, oldini olish tadbirlari, agrotexnik, kimyoviy, biologik hamda mexanik va fizikaviy tadbirlarga ajratish mumkin. Ekinlarni zararkunanda, kasallik va begona o‘tlardan muvaffaqiyatli ravishda saqlamoq uchun mazkur tadbirlar muayyan maqsadga qaratilgan holda muntazam amalga oshirishi lozim. Bundan maqsad – etishtiriladigan hosilni himoya qilishda agrobiotsenozlardagi zararli va foydali turlarning buzilgan nisbatini tiklash, ya’ni o‘simlikni uyg‘unlashtirish (integratsiyalash deganda lotinchasiga integrare - tiklash, to‘ldirish tushuniladi) yo‘li bilan himoya qilish, ya’ni o‘simliklar bardoshliligini oshirishga qaratilgan qulay sharoit yaratilib, zararkunanda, kasallik va begona o‘tlarning rivojlanishiga to‘siqlik qiladigan sharoit vujudga keltirish, shuningdek karantin qilinadigan ob’ektlarning chetdan kelib qolishiga yo‘l qo‘ymaslikdir.
O‘simliklarni  zararkunanda  va  kasalliklardan  uyg‘unlashtirilgan  usulda
saqlashning muqaddam himoyalash tadbirlaridan farq qiladigan asl yangilik tomoni
shundaki, M.N.Narziqulov, F.M.Uspenskiy, G.A.Viktorov (1979) va boshqalarning
ta’kidlashicha,  masalaga  biotsenotik  yo‘l  bilan  yondashilib,  o‘simliklarni
himoyalash hal qilinganda faqat jiddiy zarar etkazadigan ayrim turlargina hisobga
olinmay, balki o‘zaro bir-biriga bog‘liq bo‘lgan mavjudotlar ularning miqdoriga
jiddiy ta’sir etishini ham e’tiborga olinadi. 
Binobarin,  uyg‘unlashtirilgan  usulda  kurash  olib  borilganda  zararli
organizmlarga tanlab ta’sir etadigan vositalarni qidirib topish hamda bu vositalar
ularning  miqdorini  tabiiy  ravishda  kamaytirib  turadigan  foydali  mavjudotlarni
mumkin qadar saqlab qolishga katta e’tibor beriladi.
O‘simliklar karantini va bu sohada xalqaro bitimlarning axamiyati
O‘simliklar karantini o‘simliklarni himoya qilishning muayyan usuli hisoblanadi.
SHuni ham ta’kidlab o‘tish lozimki, karantin mamlakatlararo odamlar migratsiyasi
hamda  hasharotlar  o‘tishiga  davlat  chegarasi  ostonalariga  to‘sqinlik  qilib
bo‘lmaydigan omillarga ham bog‘liq. Jumladan, hasharotlar suv va havo yo‘nalishi
bilan ham davlat chegaralaridan ikkinchi qit’a yoki davlatga o‘tib ketishi mumkin.
YAngi joyga tushgan hasharot muxit sharoitlariga ko‘nika olmasdan qirilib ketishi
ham mumkin, lekin moslashib rivojlanib ketganlari ham kam emas.
Masalan, AQSHdagi asosiy zararkunandalar o‘zga mamlakatlardan, shu jumladan
Evropadan  kelgan.  Bular  qatoriga  olma  mevaxo‘ri,  makkajuxori  parvonasi,
kartoshka nematodasi (Evropadan), Avstraliya tarnovsimon qurti (Avstraliyadan)
yapon qo‘ng‘izi (YAponiyadan) va boshqalar kiradi. 1954 yilda AQSHda ombor
maxsulotlarining kuchli zararkunandasi bo‘lgan barg qo‘ng‘izi aniqlangan. SHu
bilan birga anchagina zararkunandalar Amerika qit’asidan Evropaga o‘tib qolgan.
Bular jumlasiga tok filloksirasi, kolorado qo‘ng‘izi va amerika oq kapalagi misol
bo‘la oladi. 
O‘zbekistonda tashkil etilgan karantin xizmatiga ko‘ra, mamlakatimizga ko‘pgina
qishloq xo‘jalik ekinlarining va ombor mahsulotlari ayrim zararkunandalarining
o‘tishiga to‘sqinlik qilingan. Bular jumlasiga g‘o‘za kuyasi, barg qo‘ng‘izi va
boshqalar kiradi. Davlat karantin inspeksiyasi vatanimizdagi barcha o‘simliklar
karantini bilan bog‘liq bo‘lgan ishlar ustidan nazoratni amalga oshiriladi. 
Logotip
O‘simliklarni zararkunanda va kasalliklardan uyg‘unlashtirilgan usulda saqlashning muqaddam himoyalash tadbirlaridan farq qiladigan asl yangilik tomoni shundaki, M.N.Narziqulov, F.M.Uspenskiy, G.A.Viktorov (1979) va boshqalarning ta’kidlashicha, masalaga biotsenotik yo‘l bilan yondashilib, o‘simliklarni himoyalash hal qilinganda faqat jiddiy zarar etkazadigan ayrim turlargina hisobga olinmay, balki o‘zaro bir-biriga bog‘liq bo‘lgan mavjudotlar ularning miqdoriga jiddiy ta’sir etishini ham e’tiborga olinadi. Binobarin, uyg‘unlashtirilgan usulda kurash olib borilganda zararli organizmlarga tanlab ta’sir etadigan vositalarni qidirib topish hamda bu vositalar ularning miqdorini tabiiy ravishda kamaytirib turadigan foydali mavjudotlarni mumkin qadar saqlab qolishga katta e’tibor beriladi. O‘simliklar karantini va bu sohada xalqaro bitimlarning axamiyati O‘simliklar karantini o‘simliklarni himoya qilishning muayyan usuli hisoblanadi. SHuni ham ta’kidlab o‘tish lozimki, karantin mamlakatlararo odamlar migratsiyasi hamda hasharotlar o‘tishiga davlat chegarasi ostonalariga to‘sqinlik qilib bo‘lmaydigan omillarga ham bog‘liq. Jumladan, hasharotlar suv va havo yo‘nalishi bilan ham davlat chegaralaridan ikkinchi qit’a yoki davlatga o‘tib ketishi mumkin. YAngi joyga tushgan hasharot muxit sharoitlariga ko‘nika olmasdan qirilib ketishi ham mumkin, lekin moslashib rivojlanib ketganlari ham kam emas. Masalan, AQSHdagi asosiy zararkunandalar o‘zga mamlakatlardan, shu jumladan Evropadan kelgan. Bular qatoriga olma mevaxo‘ri, makkajuxori parvonasi, kartoshka nematodasi (Evropadan), Avstraliya tarnovsimon qurti (Avstraliyadan) yapon qo‘ng‘izi (YAponiyadan) va boshqalar kiradi. 1954 yilda AQSHda ombor maxsulotlarining kuchli zararkunandasi bo‘lgan barg qo‘ng‘izi aniqlangan. SHu bilan birga anchagina zararkunandalar Amerika qit’asidan Evropaga o‘tib qolgan. Bular jumlasiga tok filloksirasi, kolorado qo‘ng‘izi va amerika oq kapalagi misol bo‘la oladi. O‘zbekistonda tashkil etilgan karantin xizmatiga ko‘ra, mamlakatimizga ko‘pgina qishloq xo‘jalik ekinlarining va ombor mahsulotlari ayrim zararkunandalarining o‘tishiga to‘sqinlik qilingan. Bular jumlasiga g‘o‘za kuyasi, barg qo‘ng‘izi va boshqalar kiradi. Davlat karantin inspeksiyasi vatanimizdagi barcha o‘simliklar karantini bilan bog‘liq bo‘lgan ishlar ustidan nazoratni amalga oshiriladi.
Tashkiliy –xo‘jalik, agrotexnik va oldini olish tadbirlarini qo‘llash.
Qishloq  xo‘jaligimiz  tashkiliy  tuzilish  nuqtai  nazaridan,  asosan  fermer
xo‘jaliklaridan iborat bo‘lib, o‘simliklarni himoya qilishda fermer oldiga quyidagi
asosiy vazifalar qo‘yiladi.
Ekin maydonlarida ilmiy asoslangan almashlab ekish tizimini joriy etish. Bunda er
unumdorligini va hosildorlikni oshirishni nazarda tutish bilan birga, erda turli
zararkunanda,  begona  o‘t  hamda  vilt  va boshqa  kasalliklarni  chaqiruvchi
mikroorganizmlar zahirasini kamaytirish nazarda tutiladi.
Barcha ekin ekiladigan erlarda va ularning atrofidagi uvatlarda hamda bog‘larda
zararkunandalarning muvaffaqiyatli qishlab chiqishining oldini olishga qaratilgan
chora-tadbirlarni rejalashtirish va amalga oshirish.
O‘simliklarni himoya qilish uchun kerak bo‘ladigan biologik va kimyoviy vositalar
ehtiyojini hisoblab chiqib, sarf bo‘ladigan xarajatlarni rejalashtirish. Purkagichlarni
jihozlab, kimyoviy vositalar zaxirasini yaratish. Buning uchun tuman o‘simliklarni
himoya qilish markazi hamda biolaboratoriyalar bilan shartnomalar tuzish.
4.  O‘simliklarni himoya qilish borasida eng so‘nggi tavsiyalarni nazarda tutib,
bilim saviyasini oshirib borish va unga qat’iy rioya qilish.
Agrotexnika tadbirlar
O‘simlik  zararkunandalariga  qarshi  kurash  yuzasidan  o‘tkaziladigan
agrotexnika tadbirlari asosan ogohlantiruvchi choralardir. Bu tadbirlar birinchidan,
dalalarni xavf-xatar tug‘diradigan miqdorda zararli organizmlar paydo bo‘lishidan
asraydi,  ikkinchidan  o‘simliklarning  zararlanishiga  bardoshliligini  oshiradi,
zararkunanda  va kasalliklar  xuruj  qilishiga,  shuningdek,  himoya  tadbirlarining
samaradorligini oshiradi. 
O‘simliklarni  turli  zararkunandalardan  saqlashga  doir  agrotexnika  tadbirlari
o‘simlik  o‘stirish  agrotexnikasining  umumiy  qoidalariga  zid  kelmaydi,  balki
umumiy agronomiya choralarining bir qismini tashkil qiladi. Agrotexnika tadbirlari
zararli organizmlarning ko‘payish xususiyatlari to‘g‘risidagi bilimga asoslangan
bo‘lib, eng samarali fursatlarni nazarda tutadi. Masalan, kuzgi shudgor g‘o‘za
tunlamining  erdagi  inlarini  buzib,  kapalak  uchib  chiqishining  oldini  oladi.
Agrotexnik tadbirlar turli usullardan tashkil topadi. 
Logotip
Tashkiliy –xo‘jalik, agrotexnik va oldini olish tadbirlarini qo‘llash. Qishloq xo‘jaligimiz tashkiliy tuzilish nuqtai nazaridan, asosan fermer xo‘jaliklaridan iborat bo‘lib, o‘simliklarni himoya qilishda fermer oldiga quyidagi asosiy vazifalar qo‘yiladi. Ekin maydonlarida ilmiy asoslangan almashlab ekish tizimini joriy etish. Bunda er unumdorligini va hosildorlikni oshirishni nazarda tutish bilan birga, erda turli zararkunanda, begona o‘t hamda vilt va boshqa kasalliklarni chaqiruvchi mikroorganizmlar zahirasini kamaytirish nazarda tutiladi. Barcha ekin ekiladigan erlarda va ularning atrofidagi uvatlarda hamda bog‘larda zararkunandalarning muvaffaqiyatli qishlab chiqishining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni rejalashtirish va amalga oshirish. O‘simliklarni himoya qilish uchun kerak bo‘ladigan biologik va kimyoviy vositalar ehtiyojini hisoblab chiqib, sarf bo‘ladigan xarajatlarni rejalashtirish. Purkagichlarni jihozlab, kimyoviy vositalar zaxirasini yaratish. Buning uchun tuman o‘simliklarni himoya qilish markazi hamda biolaboratoriyalar bilan shartnomalar tuzish. 4. O‘simliklarni himoya qilish borasida eng so‘nggi tavsiyalarni nazarda tutib, bilim saviyasini oshirib borish va unga qat’iy rioya qilish. Agrotexnika tadbirlar O‘simlik zararkunandalariga qarshi kurash yuzasidan o‘tkaziladigan agrotexnika tadbirlari asosan ogohlantiruvchi choralardir. Bu tadbirlar birinchidan, dalalarni xavf-xatar tug‘diradigan miqdorda zararli organizmlar paydo bo‘lishidan asraydi, ikkinchidan o‘simliklarning zararlanishiga bardoshliligini oshiradi, zararkunanda va kasalliklar xuruj qilishiga, shuningdek, himoya tadbirlarining samaradorligini oshiradi. O‘simliklarni turli zararkunandalardan saqlashga doir agrotexnika tadbirlari o‘simlik o‘stirish agrotexnikasining umumiy qoidalariga zid kelmaydi, balki umumiy agronomiya choralarining bir qismini tashkil qiladi. Agrotexnika tadbirlari zararli organizmlarning ko‘payish xususiyatlari to‘g‘risidagi bilimga asoslangan bo‘lib, eng samarali fursatlarni nazarda tutadi. Masalan, kuzgi shudgor g‘o‘za tunlamining erdagi inlarini buzib, kapalak uchib chiqishining oldini oladi. Agrotexnik tadbirlar turli usullardan tashkil topadi.
Almashlab ekish. Faol ravishda g‘o‘za-beda makkajuxori yoki oqjuxori
hamda oraliq ekin ekilgan dalalar birgalikda yuksak darajada umumagronomiya
samarasini berishidan tashqari, g‘o‘zani zararkunanda kasallik, jumladan vilt bilan
zararlanishini keskin kamaytirishga imkon beradi.
Er sho‘rini yuvish, dalalarni tekislash, kuzgi shudgor qilish qator oralarini ishlash,
o‘simliklarni  himoya  qilishda  ahamiyati  katta  bo‘lgan  muhim  usullardan
hisoblanadi. 
Urug‘likni  tayyorlash  va  uni  ekish  muddatlari.  Ekin  ekishda  yuqori
konditsiyali, faqat tumanlashtirilgan navlardan hamda turli kasalliklarga qarshi
ishlov  berilgan  urug‘lardan  foydalanish  lozim.  Ildiz  kemiruvchi  tunlamlar  va
so‘ruvchi  zararkunandalar,  shuningdek  kasalliklarga  bardoshli  sog‘lom,  tekis
o‘sgan nihollarni undirib olish uchun ekishni eng mo‘‘tadil muddatlarda o‘tkazish
zarur.
CHidamli  navlarni  yaratish.  Bu  yo‘nalish  seleksiya  usuli  ham  deb
yuritiladi  (I.F.Pavlov,  1983).  O‘simliklar  chidamliligi  deb  uning  zararlanishga
qarshi  bardoshliligiga  aytiladi.  I.D.SHapironing  (1979)  ko‘rsatishicha,
o‘simliklarda uch xil chidamlilik kuzatiladi.
O‘simliklar  ayrim  turlari  yoki  navlarining  ma’lum  hasharotlar  bilan  mutlaqo
shikastlanmasligi .
O‘simlikda zararkunanda mavjudligiga qaramay, uning mutlaqo shikastlanmasligi
yoki qisman shikastlanishi. Bunga sabab antibioz-ozuqani hasharot yoqtirmasligi.
O‘simlikning  yuqori  darajada  bardoshliligi  sababli,  unga  etkazilgan  shikastga
qaramay, u rivojlanib qimmatli va ahamiyatli hosil berishi (tolerantlik)
O‘simliklarni o‘g‘itlash ularni himoya qilish jihatidan ikki hil ahamiyatga
ega: o‘simlik dastlabki rivojlanish fazasida o‘g‘it (ayniqsa azotli) solish natijasida u
tez, sog‘lom o‘sishi bilan birga zararlanishdan birmuncha saqlanib qoladi. Fosforli
o‘g‘it ta’sirida esa hujayra shirasining osmotik bosimi ko‘tarilib hamda to‘qima
zichligi  oshib,  ayrim  zararkunandalarning  (o‘rgimchakkana,  shira)  rivojlanishi
pasayadi. Kaliyli o‘g‘itlar o‘simliklarni kasalliklarga nisbatan bardoshli qiladi.
Zararkunandalarni  yo‘qotishda sug‘orish muddatlari yuqori ahamiyatga
ega. Tuproqda namlikning oshishi bo‘g‘imoyoqlilarning ba’zi turlarida, jumladan
tunlam qurtlarida, epizootik kasalliklarni vujudga keltiradi. Tunlamlar tuproqda
Logotip
Almashlab ekish. Faol ravishda g‘o‘za-beda makkajuxori yoki oqjuxori hamda oraliq ekin ekilgan dalalar birgalikda yuksak darajada umumagronomiya samarasini berishidan tashqari, g‘o‘zani zararkunanda kasallik, jumladan vilt bilan zararlanishini keskin kamaytirishga imkon beradi. Er sho‘rini yuvish, dalalarni tekislash, kuzgi shudgor qilish qator oralarini ishlash, o‘simliklarni himoya qilishda ahamiyati katta bo‘lgan muhim usullardan hisoblanadi. Urug‘likni tayyorlash va uni ekish muddatlari. Ekin ekishda yuqori konditsiyali, faqat tumanlashtirilgan navlardan hamda turli kasalliklarga qarshi ishlov berilgan urug‘lardan foydalanish lozim. Ildiz kemiruvchi tunlamlar va so‘ruvchi zararkunandalar, shuningdek kasalliklarga bardoshli sog‘lom, tekis o‘sgan nihollarni undirib olish uchun ekishni eng mo‘‘tadil muddatlarda o‘tkazish zarur. CHidamli navlarni yaratish. Bu yo‘nalish seleksiya usuli ham deb yuritiladi (I.F.Pavlov, 1983). O‘simliklar chidamliligi deb uning zararlanishga qarshi bardoshliligiga aytiladi. I.D.SHapironing (1979) ko‘rsatishicha, o‘simliklarda uch xil chidamlilik kuzatiladi. O‘simliklar ayrim turlari yoki navlarining ma’lum hasharotlar bilan mutlaqo shikastlanmasligi . O‘simlikda zararkunanda mavjudligiga qaramay, uning mutlaqo shikastlanmasligi yoki qisman shikastlanishi. Bunga sabab antibioz-ozuqani hasharot yoqtirmasligi. O‘simlikning yuqori darajada bardoshliligi sababli, unga etkazilgan shikastga qaramay, u rivojlanib qimmatli va ahamiyatli hosil berishi (tolerantlik) O‘simliklarni o‘g‘itlash ularni himoya qilish jihatidan ikki hil ahamiyatga ega: o‘simlik dastlabki rivojlanish fazasida o‘g‘it (ayniqsa azotli) solish natijasida u tez, sog‘lom o‘sishi bilan birga zararlanishdan birmuncha saqlanib qoladi. Fosforli o‘g‘it ta’sirida esa hujayra shirasining osmotik bosimi ko‘tarilib hamda to‘qima zichligi oshib, ayrim zararkunandalarning (o‘rgimchakkana, shira) rivojlanishi pasayadi. Kaliyli o‘g‘itlar o‘simliklarni kasalliklarga nisbatan bardoshli qiladi. Zararkunandalarni yo‘qotishda sug‘orish muddatlari yuqori ahamiyatga ega. Tuproqda namlikning oshishi bo‘g‘imoyoqlilarning ba’zi turlarida, jumladan tunlam qurtlarida, epizootik kasalliklarni vujudga keltiradi. Tunlamlar tuproqda
g‘umbaklanayotgan  muddatlarda  sug‘orilsa,  ular  ko‘plab  qiriladi.  Ildizkesar
tunlamlarning qurtlari shikastlayotgan paytda sug‘orilganda esa, o‘zlari uchun ayni
noqulay paytda yorug‘likka chiqishga majbur bo‘lishadi, natijada ularni qushlar
cho‘qib yo‘qotadi, entomofaglar ham shikastlaydi.
Hosil  yig‘ib-terib olinganidan keyin g‘o‘zapoya va boshqa o‘simlik qoldiqlarini
yig‘ishtirib  daladan  olib  chiqib  tashlash  bajarilishi  zarur  tadbir  bo‘lib,  u
zararkunandalar va turli kasalliklarni kamaytiradi.
Oldini  olish  tadbirlari:  Bunday  ishlovlarning  ahamiyati  nazariy  va  amaliy
tasdiqlangan bo‘lib, o‘simliklarni himoya qilishda keng ishlatilib kelinadi. Har
qanday ekinni zararkunanda va kasalliklar bilan shikastlanishining oldini olish
mumkin. 
Masalan, g‘o‘za nihollari ildiz chirish hamda gommoz bilan kasallanmasligi
uchun, uning chigitini ekishdan oldin maxsus fungitsidlar (vitavaks, p-4, paxta,
panoktin)  hamda bakteritsid-bronotak bilan upalab ekiladi. Binobarin, bahorda
(may oyining oxirida, uvatlardagi tut daraxtlari hamda begona o‘tlar keng ta’sir
etuvchi (sipervos, fozalon, karate, talstar) insetkitsidlar-akaritsidlar bilan OVX
traktor purkagichi yordamida ishlansa, atrofidagi g‘o‘za yoki boshqa ekin shira,
o‘rgimchakkana, trips kabi zarurkunandalar bilan kamroq shikastlanishi mumkin.
G‘alla ekilgan maydonlar atrofidagi uvatlarni zararli xasvaning qishlab chiqqan
bo‘g‘iniga qarshi (agarda maxsus nazoratlar bilan tasdiqlangan bo‘lsa) martning
yarmida kimyoviy ishlov berish ham bu zararkunanda tarqab ketishining oldini
oladi.  Meva  daraxtlarini  kalmaraz,  antraknoz,  klyasterosporioz  va  boshqa
kasalliklar bilan shikastlanishining oldini olish maqsadida ularga noyabr yokti
fevralda (kurtak uyg‘onmasdan oldin) biror fungitsid bilan (mis kuporasi (1%)
temir kuparosi (2-3%) yoki bordo suyuqligi (3-4%) ishlov berish yaxshi natija
beradi. 
Zararkunandalarga qarshi tabiiy kushandalardan hamda mikrobiologik
preparatlardan samarali foydalanish yo‘llari
 
Zararkunandalarga qarshi kurashning biologik usuli zararli organizmlarning
tabiiy  kushandalaridan  hamda  mikrobiologik  preparatlardan  foydalanishga
asoslangan.  Bo‘g‘imoyoqlilarning  tabiiy  kushandalari  oziqlanish  xususiyati
Logotip
g‘umbaklanayotgan muddatlarda sug‘orilsa, ular ko‘plab qiriladi. Ildizkesar tunlamlarning qurtlari shikastlayotgan paytda sug‘orilganda esa, o‘zlari uchun ayni noqulay paytda yorug‘likka chiqishga majbur bo‘lishadi, natijada ularni qushlar cho‘qib yo‘qotadi, entomofaglar ham shikastlaydi. Hosil yig‘ib-terib olinganidan keyin g‘o‘zapoya va boshqa o‘simlik qoldiqlarini yig‘ishtirib daladan olib chiqib tashlash bajarilishi zarur tadbir bo‘lib, u zararkunandalar va turli kasalliklarni kamaytiradi. Oldini olish tadbirlari: Bunday ishlovlarning ahamiyati nazariy va amaliy tasdiqlangan bo‘lib, o‘simliklarni himoya qilishda keng ishlatilib kelinadi. Har qanday ekinni zararkunanda va kasalliklar bilan shikastlanishining oldini olish mumkin. Masalan, g‘o‘za nihollari ildiz chirish hamda gommoz bilan kasallanmasligi uchun, uning chigitini ekishdan oldin maxsus fungitsidlar (vitavaks, p-4, paxta, panoktin) hamda bakteritsid-bronotak bilan upalab ekiladi. Binobarin, bahorda (may oyining oxirida, uvatlardagi tut daraxtlari hamda begona o‘tlar keng ta’sir etuvchi (sipervos, fozalon, karate, talstar) insetkitsidlar-akaritsidlar bilan OVX traktor purkagichi yordamida ishlansa, atrofidagi g‘o‘za yoki boshqa ekin shira, o‘rgimchakkana, trips kabi zarurkunandalar bilan kamroq shikastlanishi mumkin. G‘alla ekilgan maydonlar atrofidagi uvatlarni zararli xasvaning qishlab chiqqan bo‘g‘iniga qarshi (agarda maxsus nazoratlar bilan tasdiqlangan bo‘lsa) martning yarmida kimyoviy ishlov berish ham bu zararkunanda tarqab ketishining oldini oladi. Meva daraxtlarini kalmaraz, antraknoz, klyasterosporioz va boshqa kasalliklar bilan shikastlanishining oldini olish maqsadida ularga noyabr yokti fevralda (kurtak uyg‘onmasdan oldin) biror fungitsid bilan (mis kuporasi (1%) temir kuparosi (2-3%) yoki bordo suyuqligi (3-4%) ishlov berish yaxshi natija beradi. Zararkunandalarga qarshi tabiiy kushandalardan hamda mikrobiologik preparatlardan samarali foydalanish yo‘llari Zararkunandalarga qarshi kurashning biologik usuli zararli organizmlarning tabiiy kushandalaridan hamda mikrobiologik preparatlardan foydalanishga asoslangan. Bo‘g‘imoyoqlilarning tabiiy kushandalari oziqlanish xususiyati
jihatidan entomofaglar (hasharotlar bilan oziqlanuvchi) yoki akarifaglarga (kanalar
bilan oziqlanuvchi) bo‘linadi. 
Biologik  usul  amalda  biror  zararkunanda  ko‘payib  ketish  xavfi  bo‘lgan
joylarda muayyan hasharot va kanalarning kushandalarini sun’iy ravishda urchitib
tarqatish  yo‘li  bilan  amalga  oshiriladi.  Entomofaglardan  keng  ko‘lamda
foydalanishning 2 usuli mavjud: birinchisi – entomofaglarning mahalliy turlarini
topib, ularni samarali ishlatish, ikkinchisi – tajavuzkor turlarini chetdan keltirib
(introduksiya) mahalliy sharoitga moslashtirishdir.
Zararkunandalarning kushandalari parazitlik (tekinxo‘rlik) yoki yirtqichlik
qilishi  mumkin.  Parazitlari  ichki  (endo)ya’ni  o‘ljasining  ichida  rivojlanadigan
(trixogramma, apanteles va b) hamda tashqi (ekzo), ya’ni lichinkalari o‘ljasining
tashqarisida  oziqlanib  voyaga  etadigan  bo‘lishi  mumkin.  (ayrim  brakonidlar).
Yirtqichlik  qiladigan  entomofaglarning  (oltinko‘z,  koksinellidlar,  arilar  va  b)
parazitlardan  farqi  shundaki,  bular  o‘ljani  sekin-asta  emas,  balki  zudlik  bilan
o‘ldiradi. 
YUqorida aytib o‘tilganidek, parazit va yirtqichlarning mahalliy turlarini
laboratoriya  sharoitida  (biofabrikalarda)  urchitib  ko‘paytirish  va  zararkunanda
tushgan  dalalarga  qo‘yib  yuborish  (tarqatish)  yo‘li  bilan  zararli  hasharot  va
kanalarning zichligini xo‘jalik uchun bezarar darajada ushlab turish imkoniyati
yaratiladi.  O‘zbekiston  biolaboratoriyalarida  asosan  3  ta  ob’ekt-kushanda:
trixogramma,  brakon  va  oltinko‘z  ko‘paytiriladi.  Trixogramma  –  tunlam
tuxumlariga qarshi, brakon – hammaxo‘r yirtqich kushanda sifatida so‘ruvchi va
kemiruvchi zararkunandalariga qarshi ishlatiladi.
Trixogramma  –  pardaqanotlilar  (Hymenoptera)  turkumiga,  xalsidlar
(Chalsidoidae) bosh oilasiga va trixogramma (Trichgrammatidae) oilasiga mansub
hasharot. Tabiatda uning 100 ga yaqin turlari mavjud. O‘zbekiston sharoitida 12
turi aniqlangan. Trixogramma turli oilalarga mansub hasharotlarning tuxumiga o‘z
tuxumini qo‘yib hayot kechiradi.
 Trixogramma etuk zotining kattaligi 0,5 mm. Urg‘ochisi erkagidan kattaroq
bo‘ladi. Parazit tuxumdan etuk zotga aylangunga qadar o‘rtacha 10-15 kun o‘tadi.
SHuning uchun ham zararkunanda hasharotlar bir bo‘g‘in berguncha trixogramma
2-3  bo‘g‘in  berishi  mumkin.  Trixogramma  asosan  don  kuyasi  tuxumlarida
Logotip
jihatidan entomofaglar (hasharotlar bilan oziqlanuvchi) yoki akarifaglarga (kanalar bilan oziqlanuvchi) bo‘linadi. Biologik usul amalda biror zararkunanda ko‘payib ketish xavfi bo‘lgan joylarda muayyan hasharot va kanalarning kushandalarini sun’iy ravishda urchitib tarqatish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Entomofaglardan keng ko‘lamda foydalanishning 2 usuli mavjud: birinchisi – entomofaglarning mahalliy turlarini topib, ularni samarali ishlatish, ikkinchisi – tajavuzkor turlarini chetdan keltirib (introduksiya) mahalliy sharoitga moslashtirishdir. Zararkunandalarning kushandalari parazitlik (tekinxo‘rlik) yoki yirtqichlik qilishi mumkin. Parazitlari ichki (endo)ya’ni o‘ljasining ichida rivojlanadigan (trixogramma, apanteles va b) hamda tashqi (ekzo), ya’ni lichinkalari o‘ljasining tashqarisida oziqlanib voyaga etadigan bo‘lishi mumkin. (ayrim brakonidlar). Yirtqichlik qiladigan entomofaglarning (oltinko‘z, koksinellidlar, arilar va b) parazitlardan farqi shundaki, bular o‘ljani sekin-asta emas, balki zudlik bilan o‘ldiradi. YUqorida aytib o‘tilganidek, parazit va yirtqichlarning mahalliy turlarini laboratoriya sharoitida (biofabrikalarda) urchitib ko‘paytirish va zararkunanda tushgan dalalarga qo‘yib yuborish (tarqatish) yo‘li bilan zararli hasharot va kanalarning zichligini xo‘jalik uchun bezarar darajada ushlab turish imkoniyati yaratiladi. O‘zbekiston biolaboratoriyalarida asosan 3 ta ob’ekt-kushanda: trixogramma, brakon va oltinko‘z ko‘paytiriladi. Trixogramma – tunlam tuxumlariga qarshi, brakon – hammaxo‘r yirtqich kushanda sifatida so‘ruvchi va kemiruvchi zararkunandalariga qarshi ishlatiladi. Trixogramma – pardaqanotlilar (Hymenoptera) turkumiga, xalsidlar (Chalsidoidae) bosh oilasiga va trixogramma (Trichgrammatidae) oilasiga mansub hasharot. Tabiatda uning 100 ga yaqin turlari mavjud. O‘zbekiston sharoitida 12 turi aniqlangan. Trixogramma turli oilalarga mansub hasharotlarning tuxumiga o‘z tuxumini qo‘yib hayot kechiradi. Trixogramma etuk zotining kattaligi 0,5 mm. Urg‘ochisi erkagidan kattaroq bo‘ladi. Parazit tuxumdan etuk zotga aylangunga qadar o‘rtacha 10-15 kun o‘tadi. SHuning uchun ham zararkunanda hasharotlar bir bo‘g‘in berguncha trixogramma 2-3 bo‘g‘in berishi mumkin. Trixogramma asosan don kuyasi tuxumlarida
ko‘paytiriladi, chunki bu zararkunanda juda tez ko‘payadi. (bir yilda 14-15 bo‘g‘in
beradi) va biofabrikaning uzluksiz (potok) tizimlarida foydalanishga qulay keladi. 
Trixogramma kuya kapalagining bitta tuxumiga bittadan bir nechtagacha
tuxum qo‘ya oladi. Parazitning barcha rivojlanish davri qanotli hasharot uchib
chiqqunga qadar o‘ljaning tuxumida o‘tadi. Parazit zararlangan tuxum yoki etuk
zot shaklida ishchilar qo‘l kuchi yordamida dalaga chiqarib tarqatiladi. Kelajakda
bu  jarayon  maxsus  moslamalar  –  traktor  yoki  deltaplan  yordamida  amalga
oshirilishi mumkin. Bu boradagi tadqiqotlar davom etmoqda. 
Ko‘plab urchishi, ekologik sharoitlarga yaxshi moslashishi va undan ko‘p
samarali natijalar olinishi tufayli 1930 yillardayoq bu parazitni sun’iy ravishda
ko‘paytirishga  urinib  ko‘rilgan.  1970  yillardan  keyin  biolaboratoriya  va
biofabrikalar  barpo  qilinishi  bilan  g‘o‘za  va  boshqa  ekinlarga  tushadigan
tunlamlarga qarshi mazkur usuldan foydalanish imkoni yaratildi. Hozirgi vaqtda
trixogramma biologik kurash usuli dasturlarida turli tunlamlarning tuxumiga qarshi
kurashda  muvaffaqiyatli  ishlatib  kelinmoqda.  Bu  maqsadda  trixogrammaning
O‘zbekistonning ekstremal iqlim sharoitiga mos keladigan turlari ajratib olinib
ko‘paytirilmoqda.
O‘zbekiston trixogramma ko‘paytirish industriyasi tashkil qilingan, hozirgi
vaqtda  respublika  viloyatlarida  700  dan  ortiq  biolaboratoriya  va  biofabrikalar
mavjud.  Bularda  ishlab  chiqilgan  mahsulot  butun  himoya  qilinadigan  ekin
maydonlarini bir mavsumda 7-7 marta (qayta) ishlov berishga etadi.
Brakon (Habrobracon hebetor)ni zararkunandalarga qarshi qo‘llash
Brakon – pardaqanotlilar  oziqlanish (Hymenoptera) turkumiga, brakonidlar
(Brasonidae)  oilasiga,  Brason  (Habrobracon  hebetor  Say)turiga  mansub.  Bu
entomofag asosan ko‘sak qurtiga qarshi biologik usulda qo‘llash uchun tavsiya
qilingan.
Ushbu ektoparazit ko‘sak qurtidan tashqari juda ko‘p boshqa kapalaklarning
ham qurtlarini zararlaydi. Brakon tashqi parazit bo‘lib, ko‘sak qurtining o‘rta va
katta yoshdagi qurtlarini falajlab, so‘ng ustiga 4-5 tadan 16 tagacha tuxum qo‘yadi.
O‘lja ko‘p bo‘lsa, barcha falajlangan qurtga tuxum qo‘yavermaydi. Tuxumlari
bitta-bitta yoki bir nechtalab joylashgan bo‘lishi mumkin. Har bir urg‘ochi zot 400
tagacha va undan ortiq tuxum qo‘yishi mumkin. 
Logotip
ko‘paytiriladi, chunki bu zararkunanda juda tez ko‘payadi. (bir yilda 14-15 bo‘g‘in beradi) va biofabrikaning uzluksiz (potok) tizimlarida foydalanishga qulay keladi. Trixogramma kuya kapalagining bitta tuxumiga bittadan bir nechtagacha tuxum qo‘ya oladi. Parazitning barcha rivojlanish davri qanotli hasharot uchib chiqqunga qadar o‘ljaning tuxumida o‘tadi. Parazit zararlangan tuxum yoki etuk zot shaklida ishchilar qo‘l kuchi yordamida dalaga chiqarib tarqatiladi. Kelajakda bu jarayon maxsus moslamalar – traktor yoki deltaplan yordamida amalga oshirilishi mumkin. Bu boradagi tadqiqotlar davom etmoqda. Ko‘plab urchishi, ekologik sharoitlarga yaxshi moslashishi va undan ko‘p samarali natijalar olinishi tufayli 1930 yillardayoq bu parazitni sun’iy ravishda ko‘paytirishga urinib ko‘rilgan. 1970 yillardan keyin biolaboratoriya va biofabrikalar barpo qilinishi bilan g‘o‘za va boshqa ekinlarga tushadigan tunlamlarga qarshi mazkur usuldan foydalanish imkoni yaratildi. Hozirgi vaqtda trixogramma biologik kurash usuli dasturlarida turli tunlamlarning tuxumiga qarshi kurashda muvaffaqiyatli ishlatib kelinmoqda. Bu maqsadda trixogrammaning O‘zbekistonning ekstremal iqlim sharoitiga mos keladigan turlari ajratib olinib ko‘paytirilmoqda. O‘zbekiston trixogramma ko‘paytirish industriyasi tashkil qilingan, hozirgi vaqtda respublika viloyatlarida 700 dan ortiq biolaboratoriya va biofabrikalar mavjud. Bularda ishlab chiqilgan mahsulot butun himoya qilinadigan ekin maydonlarini bir mavsumda 7-7 marta (qayta) ishlov berishga etadi. Brakon (Habrobracon hebetor)ni zararkunandalarga qarshi qo‘llash Brakon – pardaqanotlilar oziqlanish (Hymenoptera) turkumiga, brakonidlar (Brasonidae) oilasiga, Brason (Habrobracon hebetor Say)turiga mansub. Bu entomofag asosan ko‘sak qurtiga qarshi biologik usulda qo‘llash uchun tavsiya qilingan. Ushbu ektoparazit ko‘sak qurtidan tashqari juda ko‘p boshqa kapalaklarning ham qurtlarini zararlaydi. Brakon tashqi parazit bo‘lib, ko‘sak qurtining o‘rta va katta yoshdagi qurtlarini falajlab, so‘ng ustiga 4-5 tadan 16 tagacha tuxum qo‘yadi. O‘lja ko‘p bo‘lsa, barcha falajlangan qurtga tuxum qo‘yavermaydi. Tuxumlari bitta-bitta yoki bir nechtalab joylashgan bo‘lishi mumkin. Har bir urg‘ochi zot 400 tagacha va undan ortiq tuxum qo‘yishi mumkin.
Brakon  etuk  zot  shaklida  daraxt  po‘stloqlari,  o‘simlik  qoldiqlari  hamda
kesaklar ostida qishlaydi. Bu entomofag tabiatda uchrashi bilan bir qatorda uni
laboratoriya  sharoitida  mum  kuyasi  qurtlarida  ko‘paytiriladi.  Bu  entomofagni
laboratoriya  sharoitida  maxsus  mexanizatsiyalashtirilgan  moslamalarda
ko‘paytirish usullari yaratilgan. O‘simliklarda g‘o‘za tunlamining qurtlari paydo
bo‘lishi bilan biologik kurash dasturlarida har gektarga zararkunandaning soniga
qarab (10-14/1 nisbatda) 500 dan 2000 tagacha tarqatiladi.
Oltinko‘z (Shrysopidae) oilasiga mansub turlarni qo‘llash
Oltinko‘zlar  to‘rqanotlilar  (Neuroptera)  turkumiga,  oltinko‘z  (Shrysopidae)
oilasiga  mansub  hasharotlardir.  Bu  oilaga  mansub  hasharotlar  Evropa,  Osiyo,
Afrika va Amerikada keng tarqalgan. Hozirgi vaqtda o‘rta Osiyoda uning 24,
Ozarboyjonda  33,  Qozog‘istonda  15  turi  aniqlangan.  O‘zbekiston  sharoitida
oltinko‘zlarning tur tarkibi hamda eng ko‘p tarqalgan va istiqbolli turlarining ba’zi
bioekologik xususiyatlarini A.K.Mansurov, F.M.Uspenskiy, O.SH.YUzbashyan va
boshqalar o‘rganishgan. Ular oltinko‘zlarning qariyb 11 turini aniqlashgan. Bu
oltinko‘zlar tabiiy biotsenozlardagina emas, balki har xil ekinlarda va daraxtlarda
ham uchraydi. 
Oltinko‘zlar tillasimon och yashil tusli juda nozik hasharotlar hisoblanadi.
Ularning  ancha  keng,  sadafsimon  yoki  kamalaksimon  tovlanadigan  qanotlari
yoyilganda 19 dan 55 mm gacha etadi. Mo‘ylovlari tuksimon, peshonasi yassi
bo‘ladi. YOrug‘lik tomon yaxshi uchadi. Endigina qo‘yilgan tuxumlari och yashil
tusli, keyin esa asta-sekin qorayadi. Urg‘ochisi tuxumlarini g‘o‘zaning shoxiga,
barglariga yoki shona tugunchalariga bittadan yoki to‘p-to‘p qilib, nozik ipaksimon
asosga qo‘yadi. 
Oltinko‘z qurtining tanasi old va orqa tomonidan ixcham bo‘lib, tez yugurishga
rivojlangan  oyoqlari  yordam  beradi.  Tusi  och  yashildan  och  sariqgacha.
Panjalaridagi tirnoqlari o‘rtasida empodiyalari bor. Ko‘krak va qorin segmentlarida
tananing  yonlarida  uchi  ilmoqli  yirik  tuklar  bilan  qoplangan  juft  bo‘rtiklari
rivojlangan. Lichinkaning katta yalpoq boshidagi uzunchoq, o‘roqsimon egilgan
yuqori  jag‘lari  o‘ljani  tutib  olishga  moslashgan.  Pastki  jag‘lari  yuqorisiga
zichlashib, yopiq nay hosil qiladi.
Logotip
Brakon etuk zot shaklida daraxt po‘stloqlari, o‘simlik qoldiqlari hamda kesaklar ostida qishlaydi. Bu entomofag tabiatda uchrashi bilan bir qatorda uni laboratoriya sharoitida mum kuyasi qurtlarida ko‘paytiriladi. Bu entomofagni laboratoriya sharoitida maxsus mexanizatsiyalashtirilgan moslamalarda ko‘paytirish usullari yaratilgan. O‘simliklarda g‘o‘za tunlamining qurtlari paydo bo‘lishi bilan biologik kurash dasturlarida har gektarga zararkunandaning soniga qarab (10-14/1 nisbatda) 500 dan 2000 tagacha tarqatiladi. Oltinko‘z (Shrysopidae) oilasiga mansub turlarni qo‘llash Oltinko‘zlar to‘rqanotlilar (Neuroptera) turkumiga, oltinko‘z (Shrysopidae) oilasiga mansub hasharotlardir. Bu oilaga mansub hasharotlar Evropa, Osiyo, Afrika va Amerikada keng tarqalgan. Hozirgi vaqtda o‘rta Osiyoda uning 24, Ozarboyjonda 33, Qozog‘istonda 15 turi aniqlangan. O‘zbekiston sharoitida oltinko‘zlarning tur tarkibi hamda eng ko‘p tarqalgan va istiqbolli turlarining ba’zi bioekologik xususiyatlarini A.K.Mansurov, F.M.Uspenskiy, O.SH.YUzbashyan va boshqalar o‘rganishgan. Ular oltinko‘zlarning qariyb 11 turini aniqlashgan. Bu oltinko‘zlar tabiiy biotsenozlardagina emas, balki har xil ekinlarda va daraxtlarda ham uchraydi. Oltinko‘zlar tillasimon och yashil tusli juda nozik hasharotlar hisoblanadi. Ularning ancha keng, sadafsimon yoki kamalaksimon tovlanadigan qanotlari yoyilganda 19 dan 55 mm gacha etadi. Mo‘ylovlari tuksimon, peshonasi yassi bo‘ladi. YOrug‘lik tomon yaxshi uchadi. Endigina qo‘yilgan tuxumlari och yashil tusli, keyin esa asta-sekin qorayadi. Urg‘ochisi tuxumlarini g‘o‘zaning shoxiga, barglariga yoki shona tugunchalariga bittadan yoki to‘p-to‘p qilib, nozik ipaksimon asosga qo‘yadi. Oltinko‘z qurtining tanasi old va orqa tomonidan ixcham bo‘lib, tez yugurishga rivojlangan oyoqlari yordam beradi. Tusi och yashildan och sariqgacha. Panjalaridagi tirnoqlari o‘rtasida empodiyalari bor. Ko‘krak va qorin segmentlarida tananing yonlarida uchi ilmoqli yirik tuklar bilan qoplangan juft bo‘rtiklari rivojlangan. Lichinkaning katta yalpoq boshidagi uzunchoq, o‘roqsimon egilgan yuqori jag‘lari o‘ljani tutib olishga moslashgan. Pastki jag‘lari yuqorisiga zichlashib, yopiq nay hosil qiladi.
Bu naycha orqali yuborilgan maxsus hazm qilish shirasi vositasida oldindan
eritilgan  o‘lja  ichki  a’zolari  va  to‘qimalari  mazkur  nay  orqali  so‘riladi.
Lichinkaning  og‘iz  bo‘shlig‘iga  parda  tortilgan.  Oziqlanib  bo‘lgan  uchinchi
yoshdagi qurt malpigi naychalari mahsuli bo‘lmish ipaksimon iplardan yumaloq oq
pilla o‘raydi. 
Bir necha kun o‘tgach, qurt oxirgi marta po‘st tashlab g‘umbakka aylanadi.
Ochiq tipda tuzilgan g‘umbak yashil tusli bo‘ladi. Rivojlanish oxirida harakatchan
bo‘lib qoladi, pillaning yuqori qismini  kemiradi va shu qismi qopqoq singari
ochiladi. 
Hosil bo‘lgan teshikdan g‘umbak tashqariga chiqadi va qulay joyni tanlab,
substratga mahkam yopishib oladi va tullaydi, pirovardida etuk zot uchib chiqadi.
Oltinko‘zning qurtlarigina yirtqichlik qilib hayot kechirishadi, ular nihoyatda xo‘ra
bo‘ladi, joydan-joyga tez ko‘chish va a’lo darajada izlash xususiyatlariga ega. Juda
hammaxo‘r bo‘lib, bo‘g‘imoyoqlilarning 70 dan ziyod turlari bilan, jumladan,
kanalarning 11 turi bilan oziqlanadi.
Oltinko‘zning  hayot  kechirish  davri  quyidagicha  kechadi.  U  etuk  zot
shaklida va qisman pilla ichidagi g‘umbak holida tuproq kesaklarda, o‘simlik
qoldiqlari
 
ostida,
 
daraxt
 
va
 
bino
 
yoriqlari
 
kavaklarida
qishlaydi.O.YU.YUzbashyanning  ma’lumotlariga  boshqa  imoratlar  ichida  faqat
etuk zot shaklida qishlab chiqadi. Qishlab chiqqan oltinko‘zlar tabiiy sharoitlarda
erta bahorda, mart oxiri –aprel boshlarida, o‘rtacha bir kecha-kunduzlik harorat 10-
110 ga etganda faollashadi. 
Qishlovdan chiqqan hasharotlar bu vaqtda gulli o‘simliklarning gul changi bilan
oziqlanishadi,  juftlashadi,  so‘ngra  esa  tuxum  qo‘yishga  kirishadi.  Tuxumlarni
o‘simlik barglarining yuzasi va ost tomonlariga va boshqa joylarga bittadan yoki
bir nechtadan to‘p-to‘p qilib qo‘yadi, ular ingichka poyacha holida substratga
ilashadi. 
Ko‘pincha oltinko‘z tuxumlarini shira juda ko‘paygan joylarda, lichinkalari
uchun ozuqa oson topiladigan erlarga qo‘yadi. Tuxum qo‘yish tekis kechadi. Bitta
urg‘ochi kun davomida 65 tagacha, butun umri davomida esa 500-750 tagacha
tuxum qo‘ya oladi. 
Logotip
Bu naycha orqali yuborilgan maxsus hazm qilish shirasi vositasida oldindan eritilgan o‘lja ichki a’zolari va to‘qimalari mazkur nay orqali so‘riladi. Lichinkaning og‘iz bo‘shlig‘iga parda tortilgan. Oziqlanib bo‘lgan uchinchi yoshdagi qurt malpigi naychalari mahsuli bo‘lmish ipaksimon iplardan yumaloq oq pilla o‘raydi. Bir necha kun o‘tgach, qurt oxirgi marta po‘st tashlab g‘umbakka aylanadi. Ochiq tipda tuzilgan g‘umbak yashil tusli bo‘ladi. Rivojlanish oxirida harakatchan bo‘lib qoladi, pillaning yuqori qismini kemiradi va shu qismi qopqoq singari ochiladi. Hosil bo‘lgan teshikdan g‘umbak tashqariga chiqadi va qulay joyni tanlab, substratga mahkam yopishib oladi va tullaydi, pirovardida etuk zot uchib chiqadi. Oltinko‘zning qurtlarigina yirtqichlik qilib hayot kechirishadi, ular nihoyatda xo‘ra bo‘ladi, joydan-joyga tez ko‘chish va a’lo darajada izlash xususiyatlariga ega. Juda hammaxo‘r bo‘lib, bo‘g‘imoyoqlilarning 70 dan ziyod turlari bilan, jumladan, kanalarning 11 turi bilan oziqlanadi. Oltinko‘zning hayot kechirish davri quyidagicha kechadi. U etuk zot shaklida va qisman pilla ichidagi g‘umbak holida tuproq kesaklarda, o‘simlik qoldiqlari ostida, daraxt va bino yoriqlari kavaklarida qishlaydi.O.YU.YUzbashyanning ma’lumotlariga boshqa imoratlar ichida faqat etuk zot shaklida qishlab chiqadi. Qishlab chiqqan oltinko‘zlar tabiiy sharoitlarda erta bahorda, mart oxiri –aprel boshlarida, o‘rtacha bir kecha-kunduzlik harorat 10- 110 ga etganda faollashadi. Qishlovdan chiqqan hasharotlar bu vaqtda gulli o‘simliklarning gul changi bilan oziqlanishadi, juftlashadi, so‘ngra esa tuxum qo‘yishga kirishadi. Tuxumlarni o‘simlik barglarining yuzasi va ost tomonlariga va boshqa joylarga bittadan yoki bir nechtadan to‘p-to‘p qilib qo‘yadi, ular ingichka poyacha holida substratga ilashadi. Ko‘pincha oltinko‘z tuxumlarini shira juda ko‘paygan joylarda, lichinkalari uchun ozuqa oson topiladigan erlarga qo‘yadi. Tuxum qo‘yish tekis kechadi. Bitta urg‘ochi kun davomida 65 tagacha, butun umri davomida esa 500-750 tagacha tuxum qo‘ya oladi.
Birinchi yoshdagi lichinkalar asosan hasharotlarning tuxumlari, shiralar va
kanalar bilan oziqlanadi. 
Ikkinchi  va  uchinchi  yoshdagilari  kam  harakat  bo‘ladi  hamda  yirikroq
o‘ljalari  afzal  ko‘radi  rivojlanish  davri  davomida  lichinka  300  tagacha  shira,
o‘rgimchakkana va zararli tunlamlarning tuxumlarini eydi.
Katta yoshdagi lichinkalari oziqlanishni poyoniga etkazib pilla o‘raydi va
bevosita o‘simliklarda, uning turli pana joylarida g‘umbaklanadi. 
O‘zbekiston  sharoitida  oltinko‘zlarning  asosiy  turlari  4-5  bo‘g‘un  berib
ko‘payadi. Tabiatda oltinko‘zning bo‘g‘in berish miqdori iqlim sharoitlariga hamda
atrofdagi o‘simliklarda bo‘g‘imoyoqli jonivorlarning zichligiga bog‘liq bo‘ladi. 
Xonqizi (Sossinellidae) oilasiga mansub turlarni qo‘llash
Koksinellidlar  –  qattiq  qanotlilar  (Soleoptera)  turkumining  xonqizi  oilasiga
mansub hasharotlar. Koksinellidlar oilasiga mansub vakillar keng tarqalgan bo‘lib,
ular ekinlarga tushadigan xavfli zararkunandalarni yo‘qotishda katta ahamiyatga
ega. SHiralar, kanalar, qurtlar, qalqondorlar, fitonomus qurtlari ana shunday xavfli
zararkunandalar qatoriga kiradi. 
Qo‘ng‘izning tanasi yumaloq, tepasi qubbali, osti elkasi va qanot ustligi ravon
qubbali holda ko‘zga tashlanadi. Tuxumlari sariq rangli birmuncha yirik, uzunchoq
shaklda bo‘ladi. Rasm.
Koksinella oilasiga mansub qo‘ng‘izlar tuxumlarini shiralar koloniyalari yonidagi
o‘simliklarning har xil qismlariga to‘p-to‘p qilib qo‘yadi. Yirtqich tuxumdan ochib
chiqqan lichinkalari shiralar bilan oziqlanadi. Endigina ochib chiqqan lichinklar
birmuncha vaqt tuxum po‘stloqlarida (bir-biriga qattiq qisilib) o‘tiradi va shirani
topishi bilanoq uni eyishga kirishadi. 
Kichik yoshdagi qurtlar u qadar harakatchan bo‘lmaydi. YOshi oshgan sayin juda
harakatchan  bo‘lib,  shiralarning  to‘pidan  to‘piga  o‘taveradi.  Lichinkalar  to‘rt
yoshni  o‘taydi.  G‘umbaklanish  payti  kelganda  lichinkalar  tanasining  keyingi
tomoni bilan biror narsaga ilinib oladi.
G‘umbaklar  kam  harakat  bo‘ladi,  lekin  bezovtalanganda  tanasining  old
qismini qo‘qqisdan ko‘tarib, perpendikulyar holatda turib oladi. G‘umbaklanadigan
joylar  har  xil  bo‘lishi  mumkin.  G‘umbaklar  ko‘pincha  lichinkalar  oziqlangan
o‘simliklarning barglarida yoki shoxchalarida joylashadi. G‘umbaklardan chiqqan
Logotip
Birinchi yoshdagi lichinkalar asosan hasharotlarning tuxumlari, shiralar va kanalar bilan oziqlanadi. Ikkinchi va uchinchi yoshdagilari kam harakat bo‘ladi hamda yirikroq o‘ljalari afzal ko‘radi rivojlanish davri davomida lichinka 300 tagacha shira, o‘rgimchakkana va zararli tunlamlarning tuxumlarini eydi. Katta yoshdagi lichinkalari oziqlanishni poyoniga etkazib pilla o‘raydi va bevosita o‘simliklarda, uning turli pana joylarida g‘umbaklanadi. O‘zbekiston sharoitida oltinko‘zlarning asosiy turlari 4-5 bo‘g‘un berib ko‘payadi. Tabiatda oltinko‘zning bo‘g‘in berish miqdori iqlim sharoitlariga hamda atrofdagi o‘simliklarda bo‘g‘imoyoqli jonivorlarning zichligiga bog‘liq bo‘ladi. Xonqizi (Sossinellidae) oilasiga mansub turlarni qo‘llash Koksinellidlar – qattiq qanotlilar (Soleoptera) turkumining xonqizi oilasiga mansub hasharotlar. Koksinellidlar oilasiga mansub vakillar keng tarqalgan bo‘lib, ular ekinlarga tushadigan xavfli zararkunandalarni yo‘qotishda katta ahamiyatga ega. SHiralar, kanalar, qurtlar, qalqondorlar, fitonomus qurtlari ana shunday xavfli zararkunandalar qatoriga kiradi. Qo‘ng‘izning tanasi yumaloq, tepasi qubbali, osti elkasi va qanot ustligi ravon qubbali holda ko‘zga tashlanadi. Tuxumlari sariq rangli birmuncha yirik, uzunchoq shaklda bo‘ladi. Rasm. Koksinella oilasiga mansub qo‘ng‘izlar tuxumlarini shiralar koloniyalari yonidagi o‘simliklarning har xil qismlariga to‘p-to‘p qilib qo‘yadi. Yirtqich tuxumdan ochib chiqqan lichinkalari shiralar bilan oziqlanadi. Endigina ochib chiqqan lichinklar birmuncha vaqt tuxum po‘stloqlarida (bir-biriga qattiq qisilib) o‘tiradi va shirani topishi bilanoq uni eyishga kirishadi. Kichik yoshdagi qurtlar u qadar harakatchan bo‘lmaydi. YOshi oshgan sayin juda harakatchan bo‘lib, shiralarning to‘pidan to‘piga o‘taveradi. Lichinkalar to‘rt yoshni o‘taydi. G‘umbaklanish payti kelganda lichinkalar tanasining keyingi tomoni bilan biror narsaga ilinib oladi. G‘umbaklar kam harakat bo‘ladi, lekin bezovtalanganda tanasining old qismini qo‘qqisdan ko‘tarib, perpendikulyar holatda turib oladi. G‘umbaklanadigan joylar har xil bo‘lishi mumkin. G‘umbaklar ko‘pincha lichinkalar oziqlangan o‘simliklarning barglarida yoki shoxchalarida joylashadi. G‘umbaklardan chiqqan
qo‘ng‘iz shiralarni zo‘r berib qiradi va 10-12 kun o‘tgach juftlashishga kirishadi,
bir-ikki kun o‘tishi bilan tuxum qo‘ya boshlaydi. Urg‘ochilari tuxumlarini ravon
qo‘ymaydi. 
Tuxum  qo‘yishga  kirishgandan  keyin  10-15  kun  o‘tgachgina  eng  ko‘p
(kuniga  38-42  ta)  tuxum  qo‘yiladi.  Urg‘ochilarning  tuxum  qo‘yish  davri  45
kungacha cho‘ziladi. Bitta urg‘ochi zot 250 dan 2900 tagacha tuxum qo‘yishi
mumkin. Koksinellid qo‘ng‘izlari turli balandlikdagi tog‘larda qishlaydi. 
Bahorda  qishlov  joylaridan  ancha  barvaqt  uchib  chiqadi.  Bahorda  qishlov
joylaridan ancha barqat uchib chiqadilar. Qishlov joylaridagi havoning harorati va
namligi qo‘ng‘izlar faol holatga o‘tishiga olib keladigan asosiy shartlardandir.
Qishlovdan chiqqan qo‘ng‘izlar aprel boshida yoki o‘rtalarida ya’ni o‘rtacha
bir kecha-kunduzlik harorat 12-15 0 ga etganda bedazorda, shaftolizor bog‘larda va
yovvoyi o‘simliklarda paydo bo‘ladi. Ozuqaning miqdori va sifatiga hamda ob-
havo sharoitlariga qarab ularning qo‘shimcha oziqlanishi 10-22 kunga cho‘ziladi.
So‘ngra ular juftlashish va tuxum qo‘yishga kirishadi
Yirtqich xonqizlar orasida eng hammaxo‘ri 7 nuqtali qo‘ng‘izlar hisoblanadi. Har
bir qo‘ng‘iz bir kecha-kunduz davomida 50 dan 100 tagacha shira eydi, lichinkalari
ayniqsa  badnafs bo‘ladi.  Barcha  makonlarda shiralar  nufuzi  keskin  kamayishi
natijasida iyul oxiri avgust boshlarida qo‘ng‘izlarning ko‘pi yozgi uyquga ketish
uchun tog‘li tumanlarga uchib ketadi. 
Etti  nuqtali  va  o‘zgaruvchan  xonqizi  qo‘ng‘izlari  Toshkent  viloyatidagi
Oqtosh, Xo‘jakent, Xumson, Suvko‘kda, ya’ni dengiz sathidan 800-2500 metr
balandlikda to‘planadi. Ular ko‘pincha yakka holda, ba’zan esa 15-20 tadan bo‘lib,
o‘tlar va butalar tagida, hazon va ezilgan barglar ostida joylashib qoladi.
Kuzgi sovuqlar tushishi bilan qo‘ng‘izlar to‘plangan joylaridan to‘g‘onlar
yonidagi  eng  bahavo  joylarga  va  tog‘larga  uchib  borib,  u  erlarda  minglab
yig‘ilishadi. Qishlovga to‘plangan ayrim to‘plari bir-birlariga yaqin joylashadi. 
Ular  odatda  har  yili  bir  xil  joylarga  qishlaydi,  bu  esa  qishlaydigan
to‘plarning  joylanishini  kartaga  olish  imkonini  beradi.  O‘zbekistonda
koksinellidlarning eng samarali turlariga quyidagilar kiradi: 7 nuqtali xonqizi,
o‘zgaruvchan besh nuqtali, 2 nuqtali semiadaliya hamda brumus. Boshqa xil turlari
kam uchraydi.
Logotip
qo‘ng‘iz shiralarni zo‘r berib qiradi va 10-12 kun o‘tgach juftlashishga kirishadi, bir-ikki kun o‘tishi bilan tuxum qo‘ya boshlaydi. Urg‘ochilari tuxumlarini ravon qo‘ymaydi. Tuxum qo‘yishga kirishgandan keyin 10-15 kun o‘tgachgina eng ko‘p (kuniga 38-42 ta) tuxum qo‘yiladi. Urg‘ochilarning tuxum qo‘yish davri 45 kungacha cho‘ziladi. Bitta urg‘ochi zot 250 dan 2900 tagacha tuxum qo‘yishi mumkin. Koksinellid qo‘ng‘izlari turli balandlikdagi tog‘larda qishlaydi. Bahorda qishlov joylaridan ancha barvaqt uchib chiqadi. Bahorda qishlov joylaridan ancha barqat uchib chiqadilar. Qishlov joylaridagi havoning harorati va namligi qo‘ng‘izlar faol holatga o‘tishiga olib keladigan asosiy shartlardandir. Qishlovdan chiqqan qo‘ng‘izlar aprel boshida yoki o‘rtalarida ya’ni o‘rtacha bir kecha-kunduzlik harorat 12-15 0 ga etganda bedazorda, shaftolizor bog‘larda va yovvoyi o‘simliklarda paydo bo‘ladi. Ozuqaning miqdori va sifatiga hamda ob- havo sharoitlariga qarab ularning qo‘shimcha oziqlanishi 10-22 kunga cho‘ziladi. So‘ngra ular juftlashish va tuxum qo‘yishga kirishadi Yirtqich xonqizlar orasida eng hammaxo‘ri 7 nuqtali qo‘ng‘izlar hisoblanadi. Har bir qo‘ng‘iz bir kecha-kunduz davomida 50 dan 100 tagacha shira eydi, lichinkalari ayniqsa badnafs bo‘ladi. Barcha makonlarda shiralar nufuzi keskin kamayishi natijasida iyul oxiri avgust boshlarida qo‘ng‘izlarning ko‘pi yozgi uyquga ketish uchun tog‘li tumanlarga uchib ketadi. Etti nuqtali va o‘zgaruvchan xonqizi qo‘ng‘izlari Toshkent viloyatidagi Oqtosh, Xo‘jakent, Xumson, Suvko‘kda, ya’ni dengiz sathidan 800-2500 metr balandlikda to‘planadi. Ular ko‘pincha yakka holda, ba’zan esa 15-20 tadan bo‘lib, o‘tlar va butalar tagida, hazon va ezilgan barglar ostida joylashib qoladi. Kuzgi sovuqlar tushishi bilan qo‘ng‘izlar to‘plangan joylaridan to‘g‘onlar yonidagi eng bahavo joylarga va tog‘larga uchib borib, u erlarda minglab yig‘ilishadi. Qishlovga to‘plangan ayrim to‘plari bir-birlariga yaqin joylashadi. Ular odatda har yili bir xil joylarga qishlaydi, bu esa qishlaydigan to‘plarning joylanishini kartaga olish imkonini beradi. O‘zbekistonda koksinellidlarning eng samarali turlariga quyidagilar kiradi: 7 nuqtali xonqizi, o‘zgaruvchan besh nuqtali, 2 nuqtali semiadaliya hamda brumus. Boshqa xil turlari kam uchraydi.