O‘SIMLIKLARNING RIVOJLANISH O‘RTACHA TEZLIKINI HISOBLASH

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

5

File size

Fayl hajmi

44,5 KB


O‘SIMLIKLARNING RIVOJLANISH O‘RTACHA TEZLIKINI
HISOBLASH
Mashg‘ulotning maqsadi: Ekinlarni fenologik prognoz qilish va 
prognozlash tartibini o‘rganish.
Topshiriqlar:
1. Agrometeorologik prognozlar haqida tushunchaga ega bo‘lish;
2. O‘simliklarning rivojlanish fazalarini prognoz qilishni o‘rganish;
3. Rivojlanish fazalarining boshlanish vaqtini prognoz qilishni o‘rganish.
1.1.
Agrometeorologik prognozlash haqida tushuncha
Qishloq  xo‘jaligiga  agrometeorologik  xizmat  ko‘rsatishning  muhim
turlaridan biri ekinlarning o‘sishi, rivojlanishi, hosildorligi, issiqlik va namlik bilan
ta’minlanishi bo‘yicha amalga oshiriladigan prognozlardir.
Agrometeorologik  stansiyalarda  ekinlarning  issiqlik  va  namlik  bilan
ta’minlanishi, o‘simliklarning qishlash sharoiti, fenologik fazalari prognoz qilib
boriladi. Bu prognozlar hosildorlikni oshirish uchun mavjud resurslardan to‘laroq
va unumli foydalanish imkonini beradi. Prognozlar o‘simliklarni oldindan noqulay
ob-havo  sharoitidan,  suvsizlikdan,  haroratlar  yig‘indisining  yetishmasligi  yoki
aksincha, harorat yuqori (ortiqcha) bo‘lishining oldini olish choralarini ko‘rish
imkonini beradi.
Agrometeorologik prognozlash usullari ichida ko‘p qo‘llaniladigani statistik
usuldir. Bu usul prognoz qilinadigan kattaliklarning agrometeorologik omillarga
Logotip
O‘SIMLIKLARNING RIVOJLANISH O‘RTACHA TEZLIKINI HISOBLASH Mashg‘ulotning maqsadi: Ekinlarni fenologik prognoz qilish va prognozlash tartibini o‘rganish. Topshiriqlar: 1. Agrometeorologik prognozlar haqida tushunchaga ega bo‘lish; 2. O‘simliklarning rivojlanish fazalarini prognoz qilishni o‘rganish; 3. Rivojlanish fazalarining boshlanish vaqtini prognoz qilishni o‘rganish. 1.1. Agrometeorologik prognozlash haqida tushuncha Qishloq xo‘jaligiga agrometeorologik xizmat ko‘rsatishning muhim turlaridan biri ekinlarning o‘sishi, rivojlanishi, hosildorligi, issiqlik va namlik bilan ta’minlanishi bo‘yicha amalga oshiriladigan prognozlardir. Agrometeorologik stansiyalarda ekinlarning issiqlik va namlik bilan ta’minlanishi, o‘simliklarning qishlash sharoiti, fenologik fazalari prognoz qilib boriladi. Bu prognozlar hosildorlikni oshirish uchun mavjud resurslardan to‘laroq va unumli foydalanish imkonini beradi. Prognozlar o‘simliklarni oldindan noqulay ob-havo sharoitidan, suvsizlikdan, haroratlar yig‘indisining yetishmasligi yoki aksincha, harorat yuqori (ortiqcha) bo‘lishining oldini olish choralarini ko‘rish imkonini beradi. Agrometeorologik prognozlash usullari ichida ko‘p qo‘llaniladigani statistik usuldir. Bu usul prognoz qilinadigan kattaliklarning agrometeorologik omillarga
bog‘liqligiga  asoslangan.  Keyingi  yillarda  dinamik  modellarga  asoslangan
prognozlar  qilish  ijobiy  natijalar  bermoqda.  Bu  xildagi  prognozlarda  barcha
omillar bo‘yicha prognozlar birlashtirilib, asosiy masala o‘simlikning rivojlanish
dinamikasini yaxshilash va hosildorligini oshirishga qaratiladi.
Qishloq xo‘jalik ekinlari to‘g‘risida prognoz qilish uchun agrometeorologik
sharoit va ekinlar rivojlanishi to‘g‘risida parallel ma’lumotlarga ega bo‘lish zarur.
Prognozni amalga oshirish uchun havo harorati, namligi, tuproq namligi, uzoq
muddatga mo‘ljallangan ob–havo prognozlari, agroiqlim spravochniklari, atlaslari
va meteorologik stansiyalarning ma’lumotlari zarur bo‘ladi.
15.2. O‘simliklarning rivojlanish fazalari prognozlari
Fenologik  prognozlar  deganda  o‘simliklar  rivojlanish  fazalarining
boshlanishini oldindan prognoz qilish tushuniladi. O‘simlikda tashqi morfologik
o‘zgarishlarning sodir bo‘lishi, yangi elementlarning paydo bo‘lishi rivojlanish
fazalarining boshlanishi vaqtini bildiradi. O‘simlikning rivojlanishida yorug‘lik,
issiqlik va namlik eng muhim omillardan hisoblanadi. Ayniqsa, issiqlik bilan
namlik bir - biriga bog‘liq bo‘lib, O‘zbekiston sharoitida ekinlar nam bilan sun’iy
sug‘orish orqali ta’minlanishini hisobga olsak, yetarli harorat bilan ta’minlanish
masalasi  asosiy  o‘ringa  chiqadi.  Har  bir  o‘simlik  o‘z  hayotini  ma’lum
diapazondagi havo haroratida davom ettiradi. Biologik minimumda urug‘ unib
chiqishi  boshlansa,  maksimumdan  keyin  o‘simlikning  rivojlanishi  to‘xtaydi.
Ko‘pchilik  madaniy  ekinlarning  biologik  minimum  +5oC  dan  boshlanadi.
Issiqsevar  o‘simliklar  uchun  biologik  minimum  harorat  +10–15oC  oralig‘ida
bo‘ladi (oshqovoq, g‘o‘za, makkajo‘xori va h.k.). 
Biologik minimum  va maksimum  haroratlar  o‘rtasida biologik  optimum
harorat yotadi. Bularning barchasi o‘simlik uchun samarali haroratlar yig‘indisiga
kiradi. Har qanday o‘simlik biomassa to‘plashi uchun ma’lum darajadagi samarali
haroratlar yig‘indisini to‘plashi lozim bo‘ladi. Har bir rivojlanish fazasi uchun ham
alohida miqdordagi samarali haroratlar yig‘indisi kerak bo‘ladi. Buni hisoblash
Logotip
bog‘liqligiga asoslangan. Keyingi yillarda dinamik modellarga asoslangan prognozlar qilish ijobiy natijalar bermoqda. Bu xildagi prognozlarda barcha omillar bo‘yicha prognozlar birlashtirilib, asosiy masala o‘simlikning rivojlanish dinamikasini yaxshilash va hosildorligini oshirishga qaratiladi. Qishloq xo‘jalik ekinlari to‘g‘risida prognoz qilish uchun agrometeorologik sharoit va ekinlar rivojlanishi to‘g‘risida parallel ma’lumotlarga ega bo‘lish zarur. Prognozni amalga oshirish uchun havo harorati, namligi, tuproq namligi, uzoq muddatga mo‘ljallangan ob–havo prognozlari, agroiqlim spravochniklari, atlaslari va meteorologik stansiyalarning ma’lumotlari zarur bo‘ladi. 15.2. O‘simliklarning rivojlanish fazalari prognozlari Fenologik prognozlar deganda o‘simliklar rivojlanish fazalarining boshlanishini oldindan prognoz qilish tushuniladi. O‘simlikda tashqi morfologik o‘zgarishlarning sodir bo‘lishi, yangi elementlarning paydo bo‘lishi rivojlanish fazalarining boshlanishi vaqtini bildiradi. O‘simlikning rivojlanishida yorug‘lik, issiqlik va namlik eng muhim omillardan hisoblanadi. Ayniqsa, issiqlik bilan namlik bir - biriga bog‘liq bo‘lib, O‘zbekiston sharoitida ekinlar nam bilan sun’iy sug‘orish orqali ta’minlanishini hisobga olsak, yetarli harorat bilan ta’minlanish masalasi asosiy o‘ringa chiqadi. Har bir o‘simlik o‘z hayotini ma’lum diapazondagi havo haroratida davom ettiradi. Biologik minimumda urug‘ unib chiqishi boshlansa, maksimumdan keyin o‘simlikning rivojlanishi to‘xtaydi. Ko‘pchilik madaniy ekinlarning biologik minimum +5oC dan boshlanadi. Issiqsevar o‘simliklar uchun biologik minimum harorat +10–15oC oralig‘ida bo‘ladi (oshqovoq, g‘o‘za, makkajo‘xori va h.k.). Biologik minimum va maksimum haroratlar o‘rtasida biologik optimum harorat yotadi. Bularning barchasi o‘simlik uchun samarali haroratlar yig‘indisiga kiradi. Har qanday o‘simlik biomassa to‘plashi uchun ma’lum darajadagi samarali haroratlar yig‘indisini to‘plashi lozim bo‘ladi. Har bir rivojlanish fazasi uchun ham alohida miqdordagi samarali haroratlar yig‘indisi kerak bo‘ladi. Buni hisoblash
uchun  fazalar  orasidagi  o‘rtacha  sutkalik  haroratlarning  samarali  haroratlarini
qo‘shib chiqish kerak.
O‘zbekiston  hududida  yetishtiriladigan  ko‘pchilik  qishloq  xo‘jalik
ekinlarining  rivojlanish  fazalari  bo‘yicha  
–  samarali  haroratlar  yig‘indisi
aniqlangan.  Kuzgi  bug‘doyning  naychalashdan  boshoqlashgacha  zarur  bo‘lgan
samarali haroratlari yig‘indisi 320–370oC, boshoqlashdan mum pishish davrigacha
500–550oC, arpa uchun muvofiq ravishda 330 va 388oC samarali harorat yig‘indisi
kerak bo‘ladi.
Biologik minimum havo harorati +5oC dan boshlanadigan o‘simliklar uchun
fenologik prognozlash quyidagi ifoda yordamida amalga oshiriladi:
 
(1)
bunda:  D –  prognoz  qilinayotgan  fazaning  boshlanish  muddati;  D1 –  oldingi
fazaning boshlanishi muddati yoki hisob olib borishning boshlang‘ich muddati; A –
fazalar orasidagi davr uchun foydali haroratlar yig‘indisi; to‘rt – kutilayotgan fazalar
orasidagi davr uchun havoning o‘rtacha sutkalik harorati; tb.m.– berilgan faza uchun
haroratning biologik minimumi.
Havoning o‘rtacha sutkalik harorati kutilayotgan ob–havo ma’lumotlaridan
olinadi.
Prognoz bo‘yicha yaqinlashib kelayotgan oy uchun o‘simlikning rivojlanish
fazasining prognoz qilish uchun o‘rtacha sutkalik havo  haroratini bilgan holda,
berilgan  fazalar  orasidagi  ekinlar  uchun  zarur  bo‘lgan  samarali  haroratlar
yig‘indisini to‘plash uchun necha kun n kerak bo‘lishini aniqlash mumkin
 
 
(2)
Logotip
uchun fazalar orasidagi o‘rtacha sutkalik haroratlarning samarali haroratlarini qo‘shib chiqish kerak. O‘zbekiston hududida yetishtiriladigan ko‘pchilik qishloq xo‘jalik ekinlarining rivojlanish fazalari bo‘yicha – samarali haroratlar yig‘indisi aniqlangan. Kuzgi bug‘doyning naychalashdan boshoqlashgacha zarur bo‘lgan samarali haroratlari yig‘indisi 320–370oC, boshoqlashdan mum pishish davrigacha 500–550oC, arpa uchun muvofiq ravishda 330 va 388oC samarali harorat yig‘indisi kerak bo‘ladi. Biologik minimum havo harorati +5oC dan boshlanadigan o‘simliklar uchun fenologik prognozlash quyidagi ifoda yordamida amalga oshiriladi: (1) bunda: D – prognoz qilinayotgan fazaning boshlanish muddati; D1 – oldingi fazaning boshlanishi muddati yoki hisob olib borishning boshlang‘ich muddati; A – fazalar orasidagi davr uchun foydali haroratlar yig‘indisi; to‘rt – kutilayotgan fazalar orasidagi davr uchun havoning o‘rtacha sutkalik harorati; tb.m.– berilgan faza uchun haroratning biologik minimumi. Havoning o‘rtacha sutkalik harorati kutilayotgan ob–havo ma’lumotlaridan olinadi. Prognoz bo‘yicha yaqinlashib kelayotgan oy uchun o‘simlikning rivojlanish fazasining prognoz qilish uchun o‘rtacha sutkalik havo haroratini bilgan holda, berilgan fazalar orasidagi ekinlar uchun zarur bo‘lgan samarali haroratlar yig‘indisini to‘plash uchun necha kun n kerak bo‘lishini aniqlash mumkin (2)