O'simlikning tashqi belgilariga qarab ularning o’g’itlarga bo’lgan ehtiyojini
aniqlash
Mashg’ulotning maqsadi: O’simlik tarkibidagi azot, fosfor va kaliy hamda
mikroelementlar etishmasligini ularning tashqi belgilariga qarab aniqlashni va o’g’itlar
dozasiga tuzatish kiritishni o’rgatish
Kerakli jihoz, reaktiv va asbob-uskunalar: oziq moddalar etishmasligi
ifodalangan tarqatma materiallar
Vizual diagnostikada o’simliklardagi biokimyoviy va fiziologik jarayonlarni normal
kechishini buzilganligini ko’z bilan barglar rangini o’zgarishiga (dog’lar hosil bo’lishiga)
turgorning yo’qolishiga, o’simlikni tashqi kurinishiga qarab aniqlanadi. Bu yoki u element
yetishmasa yoki ortikchaligi belgilari ko’pincha bir xil tashqi ko’rinishga ega bo’ladi.
Misol uchun azot, xlor, bor, marganes, alyuminiyning o’simliklarda yetishmasligi yoki
ortiqchaligi barglar xlorozi, to’qimalarning yemirilishi, o’sishi sekinlashishi kabi
ko’rinishida kuzatiladi. Hayot faoliyati jarayonlari optimal o’tish uchun har xil
o’simliklarga mineral oziqlanish elementlarning har xil nisbati talab qilinadi.
Tabiatda indikator o’simliklar mavjud, ya’ni ularning tashqi ko’rinishiga qarab mineral
oziqlanish elementlarning yetishmasligi yoki ortiqchaligini aniqlash mumkin.Ular oziq
elementlarning yetishmasligiga juda sezgir bo’ladi va buni o’zining tashqi ko’rinishida
yaqqol namayon bo’ladi. Oziq elementlari yetishmasligining indikatori bo’lib:
Azot uchun – karam kartoshka makkajuxori, smorodina olma daraxti, qorali,( kuchsiz
o’sish, barglari mayda bo’lib, rangi och yashil, sariq-yashil, sariq bo’ladi, xloroz).
Fosfor uchun – turnej, bryukvva, tomat, olma daraxti, krijovnik (o’sishi
yomonlashishi, barg rangi tuq yashil, havo rangiroq, dog’i binafsha, qizilroq, qo’ng’irroq
rangda, keyin barg quriydi):
Kaliy uchun - kartoshka, lavlagi, loviya, beda, karam, krijovnik, smorodina, olma
daraxti (o’sish sekinlashadi, barg sarg’ayadi, qo’ng’irlashadi va kuriydi.O’simlik havo
rang, yashil rang, barg burishadi, tulqinli, yotib qoladi).
Magniy buyicha – kartoshka, karam, krыjovnik, smoradina, olma daraxti (pastki
barglari ochlashadi va och-yashil, yashil top sariq, sariqtop rangga kiradi, xloroz, tariq
barglari tuq sariq zarg’aldok) rangga kiradi, g’uza barglari qirmizi qizil bo’ladi).
Temir bo’yicha- kartoshka, mevali daraxtlar (o’sish kuchsizlangan, pastki barglar
normal holatda, eng balandgi barglar och-sariq yoki och yashil, barg tomirlari sariq):
Bor bo’yicha – kungaboqar, lavlagi, sholi, zig’ir, turneps, bryukva, tomat, selderey,
karam, dukkakli ekinlar, mevali va rezavor mevali daraxtlar (yukorgi o’sish nuqtasida
xloroz, qorayadi va quriydi, bakterioz, ichi g’ovaklashadi.).
Marganes bo’yicha – suli, bugdoy, lavlagi, kartoshka, ildizmevalilar, karam,
makkajo’xori, gorox, loviya, beda, kungabokar, savzovat ekinlari, malina, limon, gilos,
olxo’ri (qorali), abrikos (o’rik), olma daraxti (yosh barglar xlorozi, barg tomirlari yashil,
kul rangolachiporlik, dog’li sariqlik.)
Mis bo’yicha - Suli, bug’doy, arpa, o’tlar, zig’ir, kanop, xantal, lavlagi,ildizmevalar,
seberga, tariq, kungaboqar, dukkakli va sabzavot ekinlar (o’sishi sekinlashadi, xloroz,
turgor yuqoladi, qurish, gullash sekinlashadi, hosil kamayadi, barglar och yashil rangga
kiradi, kuchli tuplanish, boshoq rivojlanmay qoladi,tepa qurishi)
Rux bo’yicha – loviya soya, makkajo’xori, grechixa,marjumak, xmel, lavlagi,
kartoshka, sebarga, sitrusli o’simliklar, olma daraxti (barglari kichkina,
rozetkasimonlashishi barglari ola chiporligi, xloroz, barg plastinka va bandlarini buralib
qolishi, o’sishni sekinlashishi):
Molibden bo’yicha – karam, tomat, salat, ismaloq, dukkakli ekinlar, sitrus o’simliklari
(o’sish sekinlashadi, tuganaklar hosil bo’lmaydi, barglar ranggi och-yashil, barg
plastinkalari deformasiyalashadi va muddatidan oldin quriydi, barglarda sariq ola-
chiporlik (dog’lar) bo’ladi, xloroz) di.
Mineral oziklanish elementlarining yetishmasligi hosilga tug’rilab (tuzatib)
bo’lmaydigan ziyon yetkazadi. Bu xolatni o’sha yili o’g’itlar bilan oziqlantirish hisobiga
faqat kisman tuzatish mumkin. Chunki bu ozik elementlar yetishmasligini bu belgilari
o’simlik metobolizmida chuqur o’zgarishlar kechgandan keyin kuzatiladi va buning
oqibatini o’sha yili to’liq yo’qotish mumkin emas. Ammo yanagi yil o’suv davrida ushbu
dalada o’simliklarni to’g’ri oziqlanishini ta’minlash uchun bu kuzatishlar katta axamiyatga
ega.O’simliklardagi azot, fosfor, kaliy va magniy ular tomonidan qayta ishlatilishi
mumkinligini ham hisobga olish kerak: Ular yetishmasligi oldin pastki eski barglarda
namoyon bo’ladi. Kalsiy temir va mikroelementlar qayta ishlatilmaydi, ya’ni
reutilizasiyaga uchramaydi va ular yetishmasligi oldin yosh barglar va o’sish nuqtasida
namoyon bo’ladi. Oltingugurt qisman reutilizasiyalanadi.
Barg diagnostikasi barglarni (butun o’simlikni yoki aloxida olingan organlarni) yalpi
analiz qilishga asoslangan. O’simlikning (indikator organnning) kimyoviy tarkibi bo’yicha
olingan ma’lumotlar jadval ma’lumotlari bilan taqqoslanadi. O’simlik holati, bo’yi, o’sishi
va rivojlanishi hisobga olingan xolda ularni mineral oziqlanish elementlari bilan
ta’minlanganligi aniqlanadi. Analizlar umum qabul qilingan uslublar bo’yicha bajariladi.
Nitratlar ekspres uslub bilan aniqlanganda o’simliklar ildiz sistemasida, poyada va
barglarda nitratlarni qaytarishni amalga oshrishni e’tiborga olish kerak. Bargli sabzavot
ekinlari, ildizmevalilar, tuganak mevalar, xashaki donli o’tlar, tamaki, karam, zigir, donli
ekinlar, g’o’za va boshqa ekinlar nitratlarning ko’p miqdorini yer ustki organlariga
transportirovka qiladi.
Nitratlarning ruxsat etilgan eng yuqori miqdori (konsentrasiyasi) (mg/kg maxsulotda):
kartoshka – 80, karam – 150, sabzi 400, bodring – 150, pomidor – 60, kovun va tarvuz -
45. O’simliklarning boshlang’ich rivojlanish fazalarida va o’simliklar ovqatga
ishlatilganda nitratlar miqdori nazorat qilinadi. Kuzga kelib nitratlar miqdori kamayadi.
Poya, barg bandi va asosiy barg tomirlari nitratlarga boy va shuning uchun nitratlarni bu
organda aniqlash kerak. Reproduktiv meva organlarda va merestematik to’qimalarda
nitratlar yo’q. O’simliklar kimyoviy tarkibi o’simlikning ayniqsa o’sishi va rivojlanishi
o’suv davrining hamma sharoitlarini hisobga olgan holda tuproq analizi natijalari, hosil
bilan solishtiriladi.
Olingan ma’lumotlar asosida ekin va tuproqlar bo’yicha o’simlikning mineral
oziqlanish elementlari bilan ta’minlanganlik darajasi gradasiyasi tuziladi. O’simlik analizi
tuproq analiziga qaraganda mineral oziq elementlar bilan ta’minlanganlik darajasini
aniqroq kursatadi. O’simliklarda elementlarning solishtirma miqdori ularning tuproqdan
o’simlikka o’tish tezligi va o’sish sur’atiga bog’liq. Shuning uchun elementlarning olib
chiqib ketishini element mikdorini o’simlik quruq massasiga ko’paytirish bilan topiladi va
keyin kg/ga da ifodalanadi ( bir gektardagi o’simliklar soniga xisoblash yo’li bilan).
Oziqlanishning balanslashganlik darajasini aniqlash uchun elementlar urtasidagi nisbat
hisoblanadi. Har qaysi nisbat bu yoki u ekindan yuqori hosil uchun olingan qiymatlar bilan
taqqoslanadi. Rejalashtirilgan hosilga ishlab chiqarishda qabul qilingan ug’itlar normasi
diagnostikasi ma’lumotlari bo’yicha qayta aniqlanadi:
Soptimal
D= N ---------------
Sfakt
Bu yerda: D - kayta aniqlangan o’g’it dozasi (normasi), kg/ga hisobida oziq modda.
N – xo’jalikda qo’llanilayotgan o’rtacha o’g’it normasi (dozasi), kg/ga.
Soptim – o’simlikda elementlarning optimal konsentrasiyasi , %.
Soptom – o’simliklarning ushbu elementga bo’lgan muhtojlik talab
Samal darajasi.
S fakt – o’simliklarda elementning amaldagi konsentrasiyasi,%
O’simliklarda elementlar o’rtasidagi nisbat balanslashgan bo’lmaganda bir o’g’it
dozasini boshqa elementning miqdori bo’yicha kayta aniqlashimiz mumkin. misol uchun
azot yetishmaganda va fosfor ortiqcha bo’lganda azot dozasi kuydagi formula buyicha
tuzatiladi.
SoptimalNxCamaliR
D =N-----------------------
SamalNx CoptimalR
Vizual diagnostika qilishdan oldin o’simlikda zararkunandalar, zambrug’ va boshqa
kasalliklar bor yuqligi kuzdan kechirish kerak. Chunki ular ham o’simlikni tashqi
ko’rinishini o’zgaritiradi.
Qurg’okchilik, ortiqcha namlanish, kislotalik va sho’rlanish o’simlikka oziq
moddalarni o’tishi va aylanishiga katta ta’sir kursatadi. Bunda o’simlik tashqi kurinishi
uzgaradi. Shuning uchun vizual diagnostikada iqlim, tuproq sharoiti va agrotexnika
xisobga olinadi.
Azot yetishmasligi: