O‘sish va rivojlanishning umumiy qonuniyatlari, organizm va muhit
Yuklangan vaqt
2024-06-09
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
12
Faytl hajmi
28,1 KB
Ilmiybaza.uz
O‘sish va rivojlanishning umumiy qonuniyatlari, organizm va muhit
Reja:
1. O`sish va rivojlanishning umumiy qonuniyatlari.
2. Ta’lim jarayonida ratsional usullarni qo`llashda, har bir o`quvchiga individual
yondoshishda, pedagoglarning bola organizmining o`ziga xos o`sish va rivojlanish
qonuniyatlari haqidagi bilimga ega bo`lishlari.
3. Yoshlik davrlari va yoshga oid o`zgarishlari haqida tushuncha.
4. Hujayraning umumiy tuzilishi. Irsiy kasalliklar va ularning turlari.
Tayanch so`z va iboralar: Jinsiy hujayralar, urug‘lanish, o‘sish, rivojlanish,
geteroxroniya, akseleratsiya, irsiyat, muhit, genetika fani, Mendel qonuni, dominanta,
retsessivlik, DNK va RNK, irsiy kasalliklar, biologik jarayonlar, mutatsiya
Bolaning o‘sish va rivojlanish qonuniyatlari. O‘sish va rivojlanish barcha
organizmlar, jumladan, odam organizmi uchun ham xos xususiyatdir. I. M. Sechenov
«Organizm tushunchasiga tashqi muhit tushunchasi ham kiradi» degan edi. Chunki
organizm tashqi muhitsiz yashay olmaydi.
O‘sish deganda, tana hujayralarining ko‘payishi natijasida tirik organizm hajmining,
moddalar massasining ortishi tushuniladi. Umumiy usish tana skeletining o‘sishi va
rivojlanishiga bog‘liq.
Organizm bir-biriga bog‘liq bo‘lgan qonuniyat asosi-da o‘sadi va rivojlanadi.
Shunga qaramasdan, bola ba’zan tez o‘sishi yoki rivojlanishdan orqada qolishi mumkin.
Tuxum hujayra urug‘langandan boshlab odam rivojlana boshlaydi, bu jarayon to umrining
oxirigacha davom etadi.
Embrionning rivojlanishini embriologiya, turli yosh davrlarini esa gerantologiya
fani o‘rganadi. Bolaning rivojlanishi deganda, embrionning yetuk organizmga aylanishi
tushuniladi.
O‘sib kelayotgan organizmni to‘g‘ri tarbiyalash uchun bola organizmini o‘sish va
rivojlanish kabi asosiy hususiyatlarini bilish zarur. O‘sish va rivojlanish barcha tirik
organizmlar kabi, odam organizmiga xos hususiyatdir. Organizmning har tomonlama
o‘sish va rivojlanishi uning paydo bo‘lgan vaqtidan boshlanadi. Bu ikki protsess murakkab
jarayon hisoblanib, bir butun va bir-biriga bog‘langandir.
Bolalar qanchalik erta salomatligi haqida tushunchaga ega bo’lsalar ular shunchalik
o’chmas iz qoldiradi. Yosh bolalarga ijobiy ta’sir ko’rsatish ularning salomatligiga ham
ta’sir ko’rsatishdir. Ularga zaxira ma’lumotlarini to’plashlariga yordam berish ularning
butun umrlarida foyda berishi mumkin, shu bilan birga zarar ham keltirishi mumkin. Agar
Anna va Damiana iqtisodiy qiyinchlikda, ota-onalari bilan munosabatdagi kuchsizlik ya’ni
kam munosabat qilish ularning hayoti, ruhiy va aqliy rivojlanishiga putur yetkazadi. Bu
o’z navbatida ularning jismoniy taraqqiyotiga ham ta’sir qilib butun hayotida saqlanib
qoladi1
O‘sish deganda o‘z tuzilishini saqlagan holda miqdor jihatdan ko‘payishdir. Unda
tana vazni, undagi hujayra va to‘qimalarning ko‘payishi hisobiga o‘lchamining
kattalashuvi
tushiniladi.
Hujayralarining
ko‘payishi
natijasida
tirik
organizm
o‘lchamlarining ortishi, ya'ni bo‘yning chizilishi, og‘irlikning ortishi tushuniladi. Bola
ma'lum yoshgacha to‘xtovsiz, ammo o‘sish davrida ayrim tana qismlarining nomunosib
o‘sishi (bosh, oyoq, va qo‘l suyaklari, ko‘krak qafasi va qorin bo‘shlig‘i va ichki organlari)
va turli yoshda har xil jadallikda bo‘lib bunda o‘sish prosesi barcha organizmlarda bir xil
kechmaydi, uning yoshga oid chegaralari mavjud bo‘lib, qizlar 18 yoshda o‘g‘il bolalar
esa 20 yoshga kelib o‘sishdan to‘xtaydi. Ba'zi hollarda xotin-qizlar 21-22 yoshgacha,
erkaklar esa 24-25 yoshga davr o‘sish mumkin.
O`sish va rivojlanishning umumiy qonuniyatlari
Jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlari. Jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlariga bo‘yning
o‘sishi, vazn, bosh aylanasi, ko‘krak qafasi aylanasi kiradi.
Tana vaznkning yoshga qarab o‘zgarishi. Yangi tug‘ilgan qiz bolalarning o‘rtacha
vazni 3,3 kg, o‘g‘il bolalarniki esa 3,4 kg bo‘ladi. Bolaning vazni tugilgandan keyingi
birinchi oyda 600 g, ikkinchi oyda 800 g ortadi. Bir yashar bolaning vazni 6-7 kg bo‘ladi.
2 yoshda bola vazniga 2,5-3,5 kg qo‘shiladi- 4, 5, 6 yoshlarda bola vaz-kiga har yili 1,5-2
kg qo‘shilib boradi. 7 yoshdan boshlab uning vazni tez ortib boradi. Ayniqsa jinsiy
balog‘at yoshida o‘smir vazniga har yili 6-7 kg dan qo‘shilib boradi.
Bolalarda yoshga qarab bo‘yining o‘zgarishi. Yangi tug‘ilgan bolaning bo‘yi 48-50 sm
bo‘ladi. Bir yilda bolaning bo‘yi 25 sm ga uzayadi. 2, 3 yoshida bo‘yi har yili 8 sm dan
cho‘ziladi, 4 dan 6 yoshgacha har yili 5-7 sm ortadi. Jinsiy balog‘at yosh'ida har yili
o‘smirning bo‘yi 7-8 sm ga ortadi.
Bosh miya va ko‘krak qafasi o‘lchamlarining yoshga qarab o‘zgarishi. Yangi
tug‘ilgan bola boshining aylanasi ko‘krak qafasining aylanasidan katta bo‘ladi. Yangi
tug‘ilgan chaqaloq boshining aylanasi 34 sm, ko‘krak qafasi aylanasi 33 sm bo‘ladi. Bola
hayotining birinchi yilida boshining aylanasi 12 sm bo‘ladi, keyin har yili 2 sm dan ortib
1The Right Start to a Healthy Life, Edited by Ingrid Stegeman and Caroline, Costongs EuroHealthNet,
Rue de la Loi 67, 1040 Brussels, Belgium, 2012. 32 бет
boradi, 6 yoshda bola boshining aylanasi 51 sm, 10 yoshda 52 sm, 15–16 yoshda 53 sm
bo‘ladi.
Tana proporsiyalarining o‘zgarishi. Yangi tug‘ilgan bola boshining uzunligi tana umumiy
uzunligining 1/4 qismini, 2 yoshda 1/5 qismini, 6 yoshda 1/6 qismni tashkil etadi. Yangi
tug‘ilgan bola qo‘llarining uzunligi oyoqlar uzunligiga teng bo‘ladi. Boshqa organlarga
qaraganda bosh miya tezroq o‘sadi. Yangi tug‘ilgan bolada katta odamnikiga nisbatan
bosh miyaning vazni 25%, 6 oyligida 50%, 2,5 yoshda 75%, 5 yoshda 90%, 10 yoshda
95% ni tashkil etadi.
Butun rivojlanish davrida oyoqlar uzunligi 5 marta, qo‘llarniki 4 marta, gavda esa
3 marta ortadi.O‘sish qatorida hujayrada ularning bajaradigan vazifasining ortishi
jarayoni kuzatiladi. Bu rivojlanish jarayonidir. Rivojlanish deganda esa sifat jihatdan
yangilanish bo‘lib, unda organizm tuzilishining murakkablashishi yoki to‘qima va
organlarning morfologik takomillashuvi tushiniladi. Rivojlangish tufayli butun bir
organizmlarning funktsiyalari va xulq-atvori mukammallashadi. Masalan: jismoniy
rivojlanish ko‘rsatkichlariga bo‘yning o‘sishi, vazn, bosh aylanasi, ko‘krak qafasi kabilar
kiradi.
Bu ikki jarayon notekislik, uzluksizlik, geteroxronik va akseleratsiya jarayonlari asosida
yuzaga chiqadi. Bolaning o‘sishi va rivojlanishi muayyan qonuniyatlar asosida boradi,
bularga geteroxroniya va akselerasiya kiradi.
Boshqa organlarga qaraganda bosh miya tezroq o‘sadi. Yangi tug‘ilgan bolada katta
odamnikiga nisbatan bosh miyaning vazni 25%, 6 oyligida 50%, 2,5 yoshida 75%, 5
yoshda 90%, 10 yoshda 95% ni tashkil etadi.
Odam yoshi bilan birga boshning o‘sishi sekinlashadi, oyoq-qo‘llarning o‘sishi
tezlashadi. Jinsiy balog‘atga yetguncha qiz va o‘g‘il bolalar gavda proportsiyasida jinsiy
tafovut sezilmaydi, biroq, balog‘at yosh davri kelishi bilan jinsiy farq yuzaga chiqadi, ya'ni
o‘g‘il bolalarda oyoq-qo‘llari uzunlashadi, gavda kaltalashadi, tazi tor bula boshlaydi.
Bola bo‘yining uzunligi va massasining notekis o‘sishi va rivojlanishini quyidagi
misollarda ko‘rish mumkin.
Tana vaznining yoshga qarab o‘zgarishi. Tana vazni yoshga qarab quyidagicha
o‘zgaradi. Yangi tug‘ilgan qiz bolalarning o‘rtacha vazni 3 kg, o‘g‘il bolalarniki esa 3,4
kg., bo‘ladi. Bolaning vazni tug‘ilganidan keyingi birinchi oyda 600 g, ikkinchi oyda 800
g ortadi. Bir yashar bolaning vazni tug‘ilganidagi vaznidan uch marta ortib 9-10 kg ga
yetadi. 2 yoshda bolaning vazniga 2,5 – 3,5 kg qo‘shiladi. 4, 5, 6 yoshlarda bola vazniga
har yili 1,5 – 2 kg qo‘shilib boradi. 7 yoshdan boshlab uning vazni tez ortib boradi. 10
yoshgacha o‘g‘il bolalar bilan qiz bolalar tana vazni bir xilda o‘zgaradi. Jinsiy yetilish
boshlanishi bilan qizlarning vazni 4-5 kg dan 14-15 yoshda har yili 5-8 kg ortadi. O‘g‘il
bolalarda esa 13-14 yoshdan vazni 7-8 kg ortadi. 15 yoshdan boshlab ularning vazni
qizlarning vaznidan ortib ketadi.
Aqliy rivojlanishning notekisligini barcha sinf o‘quvchilarida ko‘rish mumkin. Bu
notekislik ayrim hollarda bolaning aqliy jihatdan orqada qolishi bo‘lsa, boshqa holda
shaxsning nisbatan tez o‘sib ketishi sabab bo‘ladi. Birinchi holda bu hususiyatning
ustunligi kichik maktab yoshidagi bolalarga xos bo‘lsa, boshqa holatda o‘qituvchining dars
berish mahoratiga ham bog‘liqdir. Ikkinchi holatda o‘quvchi o‘z sinfdoshlaridan o‘zib
ketgan holda, u mustaqil bo‘lishga va o‘zbilarmonlikka berilib o‘qituvchiga ham
buysinmay qoladi. Bunday o‘quvchilar o‘qituvchiga nisbatan tenglashishga harakat qilib,
o‘z sinfdoshlariga hurmatsizlik bilan qarab hayot tajribasidan orqada qoladi. Shuning
uchun bolalarni nisbatan o‘zib ketishiga nisbiy munosabatda bo‘lish kerak bo‘ladi.
Bolalarni individual o‘sish va rivojlanishini e'tiborga olmasdan turib ta'lim-tarbiya ishlarini
amalga oshirish mumkin emas. Bolalarning yoshlariga nisbatan aqliy kamol topishi
ularning shaxsiy qobiliyatiga va atrof muhit sharoitiga ham bog‘liqdir. Ularning aqliy va
psixologik rivojlanishi bolalarni o‘rab turgan muhitga va o‘quv-tarbiyaviy ishlarga ham
bog‘liqdir. Shuni yodda tutish kerakki, bolalarning nisbatan bir necha yil bir xil sharoitda
yashashi ularning shaxsiy o‘sish tempiga ta'sir etadi. Shu bilan birga kichik maktab
yoshidagi bolalar orasida o‘ta qobiliyatlilari ham uchrab turadi. Bularni vunderkinddar
(nemis tilida sexrli bolalar) deyiladi. Ko‘pgina atoqli odamlarning yoshligidanoq katta
qobiliyatga ega bo‘lganliklari bizga ma'lum. Jumladan, buyuk allomalarimizdan Abu
Rayxon Beruniy, Alisher Navoiy va Abu Ali ibn Sinolarni misol qilib keltirishimiz
mumkin. Abu Ali ibn Sino 16-17 yoshidanoq mashhur tabib-hakim bo‘lib tanilgan.
Dunyoning birinchi vunderkindi deb Italiya yozuvchisi Torkvato Tasso e'lon qilingan. U
13 yoshida Balon universiteti talabasi bo‘lgan. Viktor Gyugo esa Frantsiya
Akademiyasining rag‘batnomasini olgan. Yana buyuk kompozitor Motsartni misol
qilishimiz mumkin. U 4 yoshida musiqa yozgan. Bunday misollarni tarixda ko‘p
keltirishimiz mumkin. Hozirgi davrda bunday bolalarga davlatimizda katta e'tibor
berilmoqda. Ular uchun maxsus litsey va gimnaziyalar tashkil etilgan.
Bundan tashqari, ob-havo sharoiti, iqlim sharoiti, quyosh radiatsiyasi ham ularning
o‘sishi va rivojlanishiga katta ta'sir ko‘rsatadi. Bolalar yoz faslida (iyul' –avgust) hususan
tez o‘sadi. Agar bola kichikligidan muntazam ravishda jismoniy mashqlar va sport bilan
shug‘ullansa u sog‘-salomat o‘sadi, uning organlari uygun rivojlanadi. (m-n. bola nafas
organlarining takomillashuvi yurak – qon tomir tizimining rivojlanishiga ijobiy ta'sir
ko‘rsatadi.
Akseleratsiya. 19 asr oxiri 20 asr boshlarida ko‘p mamlakatlarda bolalarning bo‘yiga
o‘sishini tezlashganligi aniqlangan. Bu haqdagi ma'lumotlar 1876 yilda matbuotda e'lon
qilingan. 1935 yilga kelib nemis olimi R.Kox o‘sish va rivojlanishdagi sodir bo‘layotgan
tezlashuvni akseleratsiya deb atagan. Akseleratsiya – lotincha so‘z bo‘lib tezlashuv degan
ma'noni bildiradi.
Akseleratsiya yosh avlodning ruhan va jismonan tez o‘sishidir. Akseleratsiya 100
yil ya'ni bir asr ichida yaqqol ko‘zga tashlanganligi uchun, akseleratsiya keng ma'noda
"sekulyarniy trend" ya'ni asriy tendentsiya deyiladigan bo‘ldi. So‘nggi 100 yil ichida yangi
tugilgan chaqaloqlarning bo‘yi 5-6 smga, kichik va o‘rta maktab yoshidagi bolalarning
bo‘yi 10-15 sm ga, vazni esa 8-10 kg ga ortdi. Bundan tashqari akseleratsiya katta odamlar
tana o‘lchamlarining ortishini, odam umrining uzayishini, xayz kechroq tugashini, ruxiy
funktsiyalar va odam rivojlanishidagi boshqa o‘zgarishlarni o‘z ichiga oladi.
Ba'zi olimlar ul'trabinafsha nurlarning kuchli ta'siri bolalarning tez o‘sishiga sabab
bo‘lmoqda, desalar boshqalari esa magnit to‘lqinlarining ichki sekretsiya bezlariga ta'sirini
aytadilar. Yana birlari buni kosmik nurlarga bog‘laydilar. Oqsillar, yog‘’lar, uglevodlar,
mineral tuzlar va vitaminlarga bo‘lgan extiyojning ortishi, fan va texnikaning olg‘a siljishi,
ta'lim-tarbiya jarayonida yangi shakl va usullarning paydo bo‘lishi, sport va jismoniy
mehnat bilan shug‘ullanish, genetik omillarni ham misol qilib keltiradilar. Bu omillarni
biologik va ijtimoiy omillar deb atashimiz mumkin. Demak, o‘sish va rivojlanish
murakkab protsess bo‘lib, undagi yashirin miqdor o‘zgarishlari ochiqdan-ochiq sifat
o‘zgarishlari va ko‘rinishlariga olib keladi. M-n. bola balog‘atga yeta boshlashi bilan, atrof
muhitga, borliqqa, undagi o‘zgarishlarga qiziqish bilan e'tibor berishi, ayniqsa yasli va
maktabgacha yoshdagi bolalarda so‘z boyligini ortishini kuzatish mumkin.
Turli yosh davrining ta'rifi. Odam yoshini davrlarga ajratilish asosiy sababining
poydevorida barcha organ va sistemalarning anatomo-fiziologik hususiyatlari va ijtimoiy
kriteriyalari ya'ni bolaning yasli, bog‘cha va maktabdagi tarbiyalanish sharoiti yotadi.
Masalan, yaslida tarbiyalansa, yasli yoshi, bog‘chada bog‘cha yoshi, maktabda ta'lim olsa,
maktab yosh davrlari deb ataldi. Fanda rus gigiyenisti N.P.Gundobin tuzib bergan yoshlik
davrlari sxemasi qo‘llaniladi. U odamning yoshlik yillarini quyidagi davrlarga
birlashtirgan. Har bir davr o‘z ichiga bir necha yillarni qamrab oladi va har bir davrda
o‘ziga xos jarayonlar sodir bo‘ladi.
1.Ona qornidagi rivojlanish davri. Bu davrda homilaning oziqlanishi, nafas olishi
tana harorati va boshqalar bevosita ona organizmiga bog‘liq bo‘ladi.
2.Yangi tug‘ilgan chaqaloqlik davri. 1 kundan – 10 kungacha (kindik
tushguncha). Bu davrda bola yangi hayotga moslasha boshlaydi. Ilk bor mustaqil ravishda
nafas oladi. Analizatorlar tizimi mustaqil ishlay boshlaydi.
3. Ko‘krak yosh davri 1 yoshgacha. Bu davr bola hayotidagi katta ahamiyatga ega
bo‘lgan davr hisoblanadi. Bu davrda bolaning bo‘yiga o‘sishi 1,5 marta, og‘irligi 3 martaga
oshadi, nutq paydo bo‘ladi. Qalqonsimon, ayrisimon va gipofiz bezlarining funktsiyasi
kuchayadi. Ba'zi tizimlarning funktsional jihatdan mustahkam bo‘lmasligi, jumladan ovqat
hazm qilish va nafas olish, bu yoshdagi bolalar orasida oshqozon–ichak kasalliklari va
nafas olish organlarining kasalliklarining tarqalishiga olib keladi.
4. Bog‘cha yoshigacha bo‘lgan davr (1-3 yoshgacha). Bu davrda tananing bo‘yiga
o‘sishi, og‘irligining ortishi biroz susayadi. So‘z boyligi ortadi, o‘zligini taniydi,
taqlidchanligi ortadi, organ va tizimlar faoliyati takomillashadi.
5. Bog‘cha yosh davri (3-6, 7 yoshgacha). Bu davrda xotira, fikrlash tasavvur qilish
protsesslari rivojlanadi, intizom paydo bo‘ladi, miya po‘stlog‘i juda ko‘p shartli
bog‘lanishlar vujudga kela boshlaydi.
6. Kichik maktab yosh davri, (7-12 yosh). Skeletning suyaklashuvi davom
etadi, tana proportsiyasi o‘zgaradi, bosh miya katta yarim sharlari roli, jinsiy
bezlarning gormonal ta'siri orta boradi.
7.O‘rta maktab yosh davri (12-15 yosh). Bu davrda ikkilamchi jinsiy
belgilar paydo bo‘ladi, tormozlanish va qo‘zg‘alish protsesslari muvozanatlashadi,
umumlashtirish protsesslari ortadi.
8. Katta maktab yosh davri yoki balog‘at yosh davri. Qizlar uchun 15 –yosh, o‘g‘il
bolalar uchun 15-20 yoshgacha. Bu davrda jinsiy bezlar kuchaygan bo‘ladi, ikkinchi
darajali jinsiy belgilar rivojlanadi, tananing bo‘yiga o‘sishi va og‘irligining ortishi
tezlashadi. Barcha organ va sietsmalarning funktsiyasi takomillashadi. Bolaning ruxiy
xolati o‘zgaradi.
1965 yili Moskvada yosh davrlariga bag‘ishlangan kengashda quyidagi yosh
davrlari sxemasi qabul qilingan:
1. Yangi tug‘ilgan davr 1-10 kun
2. Emizikli davr 10-1 yoshgacha
3. Go‘daklik davri 1-3 yosh
4. Birinchi bolalik davri 4-7 yosh
5. Ikkinchi bolalik davri (o‘g‘il bolalar) 8-12 yosh
6. Ikkinchi bolalik davri (qiz bolalar) 8-11 yosh
7. O‘smirlik davri (o‘g‘il bolalar) 13-16 yosh
8. O‘smirlik davri (qiz bolalar) 12-15 yosh
9. Navqironlik davri (qiz bolalar) 16-20 yosh
10. Navqironlik davri (o‘g‘il bolalar) 17-21 yosh
11. Yetuklik I davri (erkaklar) 22-35 yosh
12. Yetuklik I davri (ayollar) 21-35 yosh
13. Yetuklik (to‘lishgan yosh) II davri (erkaklar) 36-60 yosh
14. Yetuklik (to‘lishgan yosh) II davri (ayollar) 35-55 yosh
15. Keksalik yoshi (erkaklar) 61-74 yosh
16. Keksalik yoshi (ayollar) 56-74 yosh
17. Qarilik yoshi (ayollar va erkaklar) 75-90 yosh
18. Uzoq umr ko‘ruvchilar 90 yosh va undan ortiq
Chet el olimlari Giorgio Barbareschi, Aagje Leven ning fikrichaham, bola – 18 –
yoshga yetmagan har bir inson. 18 yoshdan katta bo‘lgan, hali kattalar hayotiga moslashib
ulgurmagan yoshlar toifaga kiritiladi2
Zamonaviy biologiyaning asosiy muammolaridan biri organizmning rivojlanishini
boshqarish yo‘llarini bilib olishdir. Irsiyat organizmlarning o‘z belgi va xususiyatlarini
nasldan-naslga o‘tkazish xossasidir. Irsiyat tufayli organizmning belgi-xususiyatlari
nasldan-naslga o‘zgarmagan holda o‘tadi.
Organizm belgi-xususiyatlarining bir qancha avlodda turg‘un saqlanib kelishi
irsiyatning bir tomoni bo‘lib, ikkinchi tomoni organizmlarnivg ontogenezida ma’lum
moddalar almashinuvini harakterini va rivojlanish tipini ta’minlashdir. Bularning hammasi
irsiyat tufayli aniqlanadi. Har bir organizmning aniq rivojlanish tartibi uning irsiyati bilan
aniqlanadi. Aks holda organizmlar avlodida o‘zgarish vujudga kelgan bo‘lur edi. (M-n
bug‘doydan arpa, tovuqdan o‘rdak).
Organizmning ikki xususiyati irsiyat va o‘zgaruvchanlikni o‘rganadigan fanga
genetika fani deyiladi.
Irsiyat organizmning o‘z belgi va xususiyatlarini nasldan-naslga o‘tkazish
xususiyati.
Dominant - nasldan-naslga o‘tganda yuzaga chiqadigan belgilar
Retsessivlik – nasldan-naslga o‘tganda yuzaga chiqmaydigan belgilar har bir hujayra
sitoplazmasi, membrana, yadro, hujayra orgonoidlaridan tashkil topgan. Hujayra
orgonoidlariga maxsus tuzilishga ega bo‘lgan va ma’lum funksiyalarni bajaradigan
tuzilmalar kiradi. Hujayra membranasi tashqi va ichki muhit orasidagi modda
almashinuvini boshqara- di. Zamonaviy genetikaning vujudga kelgan vaqti 1865 yil
hisoblanadi, shu yili chex olimi Gregor Mendel’ bir va ikki belgisi jihatidan bir-biridan
farq qiladigan no‘xat navlarini chatishtirib, belgilarning irsiy yo‘l bilan nasldan- naslga
o‘tish qonuniyatlarini aniqlagan. U qizil gulli sariq no‘hatni oq gulli yashil no‘xat bilan
changlatadi. Qizil va gulli oq o‘simliklar 3 : 1 nisbatda vedominant va retsessiv belgi
2The Right Start to a Healthy Life, Edited by Ingrid Stegeman and Caroline, Costongs EuroHealthNet,
Rue de la Loi 67, 1040 Brussels, Belgium, 2012. 221 бет
asosida yuzaga chiqadi. Mendelning bu buyuk ishlariga zamondoshlari munosib baho bera
olmadi. O‘z tajribalarida xuddi shunday natijalarni olgan golland olimi De Friz unutib
yuborilgan Mendel’ tajribalarini qayta tahlil qilib, uning tadqiqotlarini to‘la to‘kis
tasdiqladi. Shunday qilib, Mendel’ qonunlari tan olindi va genetika faniga asos solindi.
Mendelning birinchi qonuni dominanta va retsessivlik konuni bo‘lib, yuzaga chiadan
bedgilar dominanta belgilari yuzaga chiqmagan belgilar retsessiv belgilar deb yuritiladi.
Ikkinchi qonuni ota-ona belgilari 3:1 nisbatda avloddan- avlodga O‘tadi, ya’ni 75%
dominant, 25% retsessiv belgilar yuzaga chiqadi.
Irsiyatning moddiy negizi bu hujayraning o‘z nusxasini qayta vujudga keltira
oladigan va bo‘linish protsessida qiz hujayralarga taqsimlanish xususiyatiga ega bo‘lgan
barcha, elementlari hisoblanadi.
Organizmning bir butunligi. Organizm – bu yaxlit, barcha hujayralar, to‘qimalar,
apzolar va apzolar tiziminixig tuzilishi va funksiyalari jihatidan o‘zaro bog‘langan. Har
qanday hujayra, to‘qima, apzolar va apzolar tizimlari funksiyasi moddalar
almashinuvining o‘zgarishi bilan o‘zgaradi va bu opzgarish opz navbatida boshqa
hujayralar, to‘qimalar, apzolar va a’zolar tizimida moddalar almashinuvi o‘zgarishini
keltirib chiqaradi. Shu sababli organizmdan ajratilgan hujayralar, to‘qimalar va
apzolarning funksiyasi hamda moddalar almashinuvi, organizmda kechayotgan
jarayonlardan farq qiladi. Shunday ekan, organizmning izolyasiya qilingan qismlaridan
olingan ma’lumotlarni - qonuniyatlarni bevosita butun organizmga o‘tkazish va so‘z
yuritish mumkin emas.
Masalan, butun organizmga xos bo‘lgan yangi organizmlarni hosil bo‘lishiga olib
keluvchi ko‘payish, xulq-atvor va Fikrlash kabi funksiyalar izolyasiya qilingan qismlar
uchun xos bo‘lmagan funksiyalardir.
Funksiyalar birligi va shakllari. Quyi va oliy darajada rivojlangan odam va
hayvonlar organizmining hayotiyligi yoki tirikligi faqatgina unga tashqi muhitdan
moddalar tushib turishi hisobiga tapmin ctiladi. Bu moddalar yuqori darajada rivojlangan
hayvonlar organizmiga nafas olish va ovqat hazm qilish apzolari orqali tushadi, ulardan
qonga o‘tadi, so‘ngra ulardan foydalanuvchi a’zolar va to‘qimalarga yetkaziladi.
Organizm va undagi a’zolar mahsulotlar iste’molisiz faoliyat ko‘rsata olmaydilar.
Moddalar almashinuvi. apzolar funksiyasi va organizm xulq-atvoriga jiddiy
ravishda bog‘liqdir. Bu esa organizmni faoliyati va tuzilishini, shaklini va uning apzolari
namoyon qiladi. Organizmnig funksiyasi va tuzilishi chambarchas bog‘liqdir va ular bir-
birini o‘zaro topldiradi. Lekin funksiyalarning birligi va shaklida, funksiya asosiy-
boshlovchi rolni opynaydi, ya’ni bevosita moddalar almashinuvi bilan aniqlanadi.
Organizmning funksiyalari va shakli-uning tarixiy va xususiy rivojlanishi natijasidir.
Organizmning, apzolarning fuknsiyasi nisbatan juda tez o‘zgaradi, uning tuzilishi esa
aksincha jiddiy darajada sekin o‘zgaradi.
Ayrim apzolar va funksional tizimlar fiziologiyasi. Turli a’zolardagi moddalar
almashinuvi o‘xshashlik tomonlaridan tashqari, ularning funksiyalarini xarakterli
xususiyatlarini aniqlovchi jiddiy farqlari ham mavjud. Bundan tashqari a’zolarni tashkil
qiluvchi turli to‘qimalarning moddalar almashinuvida ham jiddiy farqlar bor.
Har bir organ ma’lum funksiyani bajaradi. Lekin apzolarning mustaqilligi nisbiy,
chunki u apzolar tizimiga kiradi va uning faoliyati organizm tomonidan to‘lig‘icha
boshqariladi. Apzolar butun hayot davomida faoliyat ko‘rsaruvchi doimiy va xususiy
rivojlanishni ma’lum bosqichida hosil bo‘lib, so‘ngra ma’lum muddatdan keyin yo‘qolib
ketiradi. A’zolar ma’lum funksiyalarni bajaruvchi tizimlarga birikishadi, masalan, asab,
yurak-tomirlar, nafas, ovqat hazmi ajratuvchi va hokazo.
Hayvonlar organizmining tarixiy rivojlanish jarayonida asab tizimi muhim
ahamiyatga ega, ya’ni bu tizim barcha tizimlar faoliyatini birlashtiradi va atrof muhitdagi
organizmni xulq-atvorini, uning tashqi muhit ta’siriga qarshi kurashini ta’minlab beradi.
Organizmningyaxlitligivauninghayotsharoitlarinita’minlanishjarayonlaridabirnecha
apzolartiziminingfaoliyatitanlanibbirikadilar. Bunday vaqtinchalik apzolar tizimining
birikishi - funksional birikish deb ataladi. Masalan, xulq-atvor aktlarida asab tizimi,
harakat apparatlari. yurak-tomirlar va nafas tizimlari funksiyalari birikadi. Funksional
tizimlar apzolar tizimidan organizmning uning talab darajasiga qarab opzgaruvchan turli-
tuman fiinksiyalarni bajarilishida ishtirok etishi bilan farq qiladi.
Organizmning a’zolari va funksional tizimlari uning tinimsiz opzgaruvchan atrof
muhitdagi hayotining rivojlanishini tapminlashda, yagona funksiyani bajamvchi yaxlit
jonzot bu organizmdir. Bu funksiya tashqi sharoitni jiddiy o‘zgarishiga qaramasdan,
asosan asab tizimi ta’sirida ma’lum chegarada opzgaruvchan, nisbatan doimiy o‘rtacha
darajaga qaytuvchi barcha apzolar, apzolar tizimi va funksional tizimning nisbatan
mustaqil faoliyatidir. Organizm ichki apzolar funksiyalarini nisbatan dinamik doimiyligini
va ichki muhitni tashkil qiluvchi suyuqliklaming biokimyoviy tarkibini bir xilda
saqlanishini tapminlab turadi, bu gomeostaz deb ataladi.
Biologik va ijtimoiy jarayonlar birligi. Odamlar boshqa barcha tirik mavjudotlar
ichida turli-tuman juda nozik harakatlarini bajarish qobiliyati bilan ajralib turadi. Bu
qobiliyat esa mehnat jarayonida rivojlanadi va mukammalashadi. Odam o‘zining yashashi
uchun xomashyo vositalarini yaratishi, o‘zining talablarini qondirish maqsadida, tabiat
ehseklaridan unumli foydalanish uchun tabiatni qayta shakllantiradi (opsimliklarning
yangi navlari, hayvonlaming yangi zotlarini yaratadilar, foydali qazilmalarni izlab
topadilar va hokazo). Odamlar sezgi a’zolari, asab tizimi va skelet mushaklari ishtirokida
tabiatga ta’sir ko‘rsatib, o‘zining tabiatini opz organizmining tuzilish va runksiyasini.
ayniqsa sezgi a’zolari, asab tizimi va skelet mushaklari faoliyatini ham o‘zgartiradi.
Odam organizmi bilan hayvonlar organizmi orasidagi asosiy sifatiy farq qadimgi
odamsimon maymunlar tanasidagi funksiyalarni va tuzilishini filogenez o‘zgarishini
o‘rganishda aniq ko‘rish mumkin.