KURS ISHI
OT SO‘Z TURKUMINI O‘RGANISH JARAYONIDA O‘QUVCHILAR
NUTQINI O‘STIRISH
MUNDARIJA
KIRISH
I BOB. «OT» SO‘Z TURKUMINI O‘QITISHNING ZAMONAVIY
USULLARI
1.1. BOSHLANGʻICH SINFLARDA OT SOʻZ TURKUMINI OʻRGATISH
METODIKASI
1.2. BOSHLANG'ICH SINFLARDA OT SO'Z TURKUMI MAVZUSINI
O'QITISHDA ZAMONAVIY TA'LIM TEXNOLOGIYALARINING AHAMIYATI
II BOB.BOSHLANG’ICH SINFLARDA OT SO’Z TURKUMINI
O’RGATISH JARAYONIDA O’QUVCHILARNING NUTQINI O’STIRISH
2.1.O‘QUVCHILAR NUTQINI O‘STIRISH METODIKASI
2.2. BOSHLANG‘ICH SINFLARDA O‘QUVCHILAR NUTQINI
O‘STIRISH YO‘LLARI
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Prеzidеntimiz Shаvkаt Mirziyоyеv о‘qituvchi vа
murаbbiylаr kunigа bаg‘ishlаngаn tаntаnаli mаrоsimdаgi nutqlаridа, “Bugun hаr
bir о‘qituvchi vа tаrbiyаchi, оliygоh dоmlаsi tа’lim vа ilm – fаn sоhаsidаgi еng
sо‘nggi ijоbiy yаngiliklаrni о‘quv jаrаyоnlаrigа tаtbiq еtа оlаdigаn, chuqur bilim
vа dunyоqаrаsh еgаsi, bir sо‘z bilаn аytgаndа, zаmоnаmiz vа jаmiyаtimizning еng
ilg‘оr vаkillаri bо‘lishlаri kеrаk. Bundаy ustоzlаr qо‘lidа tа’lim оlgаn
fаrzаndlаrimiz biz оrzu qilgаn О‘zbеkistоnning yоrug‘ kеlаjаgini bunyоd еtishgа
qоdir аvlоd bо‘lib kаmоl tоpаdi. Lеkin bu yuksаk nаtijаlаrgа еrishish uchun tа’lim
tizimidаgi mаvjud muаmmоlаrni hаl qilishimiz lоzim”.
Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini hozirgi kun talablari asosida
tayyorlashda “Ona tili o‘qitish metodikasi“ fani ham ustuvor vazifalarni bajarishda
salmoqli o‘rinni egallaydi. Zamonaviy ta’limda ta’lim muassasalaridagi o‘qitish
sifatini ta’minlashga qaratilgan tizimli islohotlar zamirida bo‘lajak
o‘qituvchilarning kasbiy mahorati, ularning zamonaviy ta’lim va innovatsion
texnologiyalar, ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘zlashtirish borasidagi zamonaviy bilim,
ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish dolzarb vazifalardan sanaladi.
Kurs ishining maqsadi: ona tili darslarida ot so’z turkumini o’rgatish orqali
o’quvchilar nutqini o’stirishni tashkil etishning amaliy-nazariy asoslari.
Kurs ishi vazifalari:
—mavzuga oid adabiyotlarni o‘rganish, uning o‘rganilganlik darajasini
aniqlash;
—kurs ishning nazariy va amaliy asoslarini belgilash;
—o‘quvchilarining real bilish imkoniyatlarini tahlil qilish;
—darslarda mustaqil fikrlash kontseptsiyasini asoslash va o‘qish taʼlimi
mazmuniga mos biluv topshiriqlari tizimini ishlab chiqish;
2
—biluv topshiriqlari tizimini taʼlimga tatbiq qilish va uning samaradorligini
o‘rganish. Boshlang`ich sinflarda ot so’z turkumi o’rgatish va nutqni o’strish ustida
ishlash xususiyatlarini o‘rganish, taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Kurs ishining obyekti: boshlang’ich sinf darslarida ot so’z turkumini
o’qitish va uni tashkil qilish jarayoni ustida ishlash orqali o`quvchilar bilimini
shakllantirish jarayoni.
Kurs ishining predmeti: boshlang’ich sinf darslarida hikoya o’qitish tashkil
qilish va uni o’tkazish mazmuni, vositalari, shakl va metodlari
Kurs ishining tuzilishi vа hаjmi. Kirish, ikkitа bоb, xulоsа, fоydаlаnilgаn
аdаbiyоtlаr rоʻyhаtidan iborat.
I BOB. «OT» SO‘Z TURKUMINI O‘QITISHNING ZAMONAVIY
USULLARI
1.1
. BOSHLANGʻICH SINFLARDA OT SOʻZ TURKUMINI
OʻRGATISH METODIKASI
Ma’lumki, ta’lim tizimidagi barcha fanlar, xususan, ozbek tili darslarida
ham ta’limning didaktik materiallardan, o‘yin-mashq usullaridan, ko‘rgazmali
vositalardan foydalanish yaxshi natija beradi. Bu haqda qator mutaxassislar,
jumladan, R.Ishmuhamedov, A.Nisanbaeva, B.To‘xliev, K.Usmonova kabi
tilshunoslar o‘zlarining tadqiqot ishlarida, monografiyalar va maqolalarida fikr
yuritganlar. Ona tili darslarida so‘z turkumlari mavzularini, xususan ot so‘z
turkumini o‘qitishda grammatik topshiriqlar, ko‘rsatmali vositalar, tarqatma
materiallardan foydalanish orqali o‘quvchilarda ko‘nikma va malakalar hosil
3
qilish, didaktik vositalarning ta’lim jarayonidagi o‘rni, unga xos xususiyatlarni
tahlil qilish samarali natijalar beradi.
O‘quvchilar morfologiyaga oid dastlabki ma’lumotlar bilan boshlang‘ich
sinflarda tanishadilar. So‘zlarni otlar, sifatlar, sonlar, fe’llar, olmoshlar, yordamchi
so‘zlar kabi guruhlarga ajratish boshlang‘ich sinfdan ularga ma’lum. Ona tilining
izchil kursidan beriladigan bilim, malaka, ko‘nikmalar avvalo boshlang‘ich
sinflarda egallangan bilimlar, malaka va ko‘nikmalarning mantiqiy davomi
sanaladi. Maktabda morfologiyani o‘qitishning ham ilmiy, ham amaliy zaruriyati
bor. Uning ilmiy zaruriyati shundaki keyingi bosqichda o‘rganiladigan “Sintaksis”
bo‘limi bevosita morfologiya bilan bog‘langan. Chunki kelishik, egalik va shaxs-
son qo‘shimchalari garchand morfologiya obyekti sanalsa-da, ammo ular gap
qurilishida so‘z va so‘z birikmalari orasidagi sintaktik aloqani ta’minlovchi vosita
sanaladi. Qo‘shimcha gap sintaksisini o‘rganishning bevosita yordamchi so‘zlar
bajaradigan vazifalar bilan aloqadorligi hisobga olinsa, morfologiya yanada
muhimroq ahamiyat kasb etadi.
Shunday qilib, maktab morfologiya kursi quyidagi vazifalarni hal qilishni
ko‘zda tutadi:
- o‘quvchilarni so‘z yasashga, so‘zning yangi shakllarini hosil qilishga
o‘rgatish; so‘z zaxirasini oshirish, so‘zdan to‘g‘ri va o‘rinli foydalanish
malakalarini kengaytirish;
-so‘zlarning aloqa-munosabat shakllaridan foydalanish malakalarini
kengaytirish;
- ilmiy savodxonlikni takomillashtirish;
- gap guruh va matn yaratish malakalari ustida ishlash;
- DTSda ko‘zda tutilgan talablar asosida har bir mavzuni o‘rganish jarayonida
uni izchillik bilan amalga oshirish.
O‘qituvchi o‘quvchilarga so‘z turkumlari haqida ma’lumot beradi. Mavzu
bo‘yicha o‘rganilgan bilimlarni tkarorlash uchun lug‘at diktanti yozdirishi
mumkin. Lug‘at diktanti Uy, to‘y, tosh, chaqmoq, momaqaldiroq, daraxt, majlis,
odob, azob, do‘stlik, kitob, ishchi, go‘zal, kichik, shirin, bilimli, oq, o‘qi, yoz,
4
chok, kel, o‘yla, ishladi, uxladi, suhbatlashdi, so‘zladi. Diktant yozib bo‘lingach,
o‘quvchilar har bir so‘zning lug‘aviy ma’nosini sharhlashlari va uning qaysi so‘z
turkumlariga qarashli ekanligini aytishlari lozim bo‘ladi.
1 – topshiriq.
Uy – odamlar yashaydigan, deraza, eshik, tomi bor bino: uy – nima?
So‘rog‘iga javob bo‘ladi, ot – so‘z turkumiga kiradi.
2. To‘y – tantana, beshik to‘yi, nikoh to‘yi, xatna to‘yi, oltin to‘y kabi
tantanali marosim; to‘y – nima? so‘rog‘iga javob bo‘ladi, ot so‘z turkumiga kiradi.
3. Ishchi - biror foydali mehnat bilan shuІullanuvchi shaxs; kim? so‘roiga
javob bo‘ladi, ot.
4. Go‘zal – ma’nodoshlari: chiroyli, ko‘rkam, jozibali; qanday? so‘roІiga
javob bo‘ladi, sifat.
5. O‘qidi, ishladi – tugallangan harakat ma’nosini bildiradi: qiziqib o‘qidi,
tinmasdan ishladi, fe’l.
2 – topshiriq. Mazkur so‘zlar bilan so‘z birikmalari hosil qiling, gaplar tuzing.
Kim? nima? qanday? nima qildi? nima qiladi? so‘roqlariga javob bo‘lgan
so‘zlarning tagiga chizing. Ularning qanday so‘z turkumiga qarashli ekanligini
aytib bering.
3. Ot, sifat, fe’l turkumlariga oid so‘zlarni ajratib guruhlang.
Shu tariqa lug‘at diktanti tarkibidagi so‘zlar og‘zaki sharhlansa,
o‘quvchilarda:
- tafakkur doirasi kengayadi;
- fikr ifodalash ko‘nikmasi rivojlanadi;
- nutqda so‘z qo‘llash malakasi shakllanadi;
- so‘z turkumlari yuzasidan egallangan bilimlar umumlashtiriladi.
Mustaqil so’ z turkumlaridan biri ot so‘z turkumi hisoblanadi. Otning
predmet nomini bildirishi kim? nima? so‘roqlariga javob bo‘lishi, atoqli otlarning
bosh harf bilan yozilishi, otlarga qo‘shiladigan kelishik qo‘shimchalari
boshlang‘ich sinflardan o‘quvchilarga ma’lum. Mazkur so‘z turukumini
5
o‘rganishda avvalo ana shu o‘rganilganlarni xotirada tiklash maqsadida qayta
xotirlash va qisman ijodiylikka asoslangan ta’limiy mashqlar o‘tkaziladi.
Takrorlash jarayonida “predmet” tushunchasiga kengroq to‘xtalish lozim.
Predmet deganda nafaqat qo‘l bilan ishlash, ko‘z bilan ko‘rish yoki o‘lchash
mumkin bo‘lgan narsalar, balki umumiylikni ifodalovchi nomlar ( ovqat, imorat),
tabiat hodisalari va turli voqealarning nomi (toshqin, zilzila, momaqaldiroq),
harakat nomlari (bilim, terim), belgi-holat nomlari (baxillik, saxiylik, ozodlilik,
tashvish) ham tushiniladi. Otning lug‘aviy ma’nosi, morfologik belgilari va
sintiktik vazifalariga oid zaruriy bilim, malaka va ko‘nikmalar, asosan, amaliy
ishlar orqali o‘quvchilar ongiga singdiriladi. Dastur talabiga ko‘ra mazkur so‘z
turkumi yuzasidan o‘quvchilarni otning lug‘aviy shakllari (son shakli, kichraytirish
shakllari) atoqli va turdosh otlar, atoqli otlar, ularning turlari va imlosi, kishi
nomlari, o‘rin-joy nomlari (toponimlar) va ularning imlosi, mahsulot nomlari va
imlosi; turdosh otlar va ularning guruhlari (aniq va mavhum otlar, aniq otlarning
ma’noviy guruhlari, shaxs otlari, qavm-qarindoshlik otlari, kasb-koriga ko‘ra shaxs
otlari, shaxsni boshqa jihatlariga ko‘ra atovchi otlar, shaxs otli birikmalar,
hayvonot nomlari (zoonimlar), daraxt va o‘simlik nomlari, narsa-buyum otalari,
modda-ma’dan, xomashyo anglatuvchi otlar, o‘rin-joy (makon) otlari, payt
(zamon) anglatuvchi otlar, mavhum otlar yuzasidan zaruriy bilim, malaka va
ko‘nikmalar bilan qurollantirish ko‘zda tutilgan.
“Ot” so‘z turkumini o‘rganish bu turkum haqida umumiy ma`lumot berish
bilan boshlanadi. O‘quvchilar Toshkent, Buxoro, “G‘uncha”, “O‘zbekiston ovozi”,
Ro‘zimurodova, gul, qo‘shiq, non, tuz, go‘zallik, sog‘lik, san`at, nafosat singari
otlarning har biriga so‘roq berish va guruhlarni mustaqil davom ettirish, har bir
guruhdagi otlar uchun umumiy bo‘lgan ma’noni aniqlash va sharhlash orqali
boshlang‘ich sinflarda egallangan bilimlarni xotirada tiklash va uni mustahkamlash
imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu mustaqil ishlarni bajarish natijasida ular quyidagi
xulosaga keladilar: Kim? Nima? so‘roqlariga javob bo‘lib, yakka shaxs, narsa
nomlarini, bir turdagi jonli va jonsiz narsa-buyum, voqea-hodisa, harakat-
holatlarni atab keladigan so‘zlar ot turkumiga kiradi. Shundan so‘ng “Otlarning
6
lug‘aviy shakllari” mavzusi o‘rganiladi. O‘quvchilar otlarning son shakllari bilan
tanishar ekanlar, daraxt-daraxtlar, uy-uylar singari so‘zlarning shakli ustida
ishlaydilar, ko‘plik ma’nosini ifodalovchi boshqa vositalarni aniqlaydilar; bu
so‘zlar ishtirokida gaplar tuzib, ko‘plikni ifodalovchi qo‘shimchalar ma’nosini
sharhlaydilar. Atoqli otlar o‘rganilar ekan, avvalo atoqli otlar jumlasiga kiradigan
so‘zlar ustida ish olib boriladi. Chunonchi berilgan so‘zlarni:
1) kishilarning ismi, familyasi, taxallusini ifodalovchi otlar;
2) jug‘rofiy nomlar;
3) turli tashkilot, korxona, muassasa nomlari;
4) planeta va yulduzlarning nomi;
5) tarixiy hodisalar, ro‘znoma, oynoma va ilmiy muassasalarning nomlari;
6) hayvonlarga maxsus qo‘yilgan nomlar kabi guruhlarga ajratish, hosil
bo‘lgan guruhlarni mustaqil davom ettirish “belgi nomi-turdosh ot” qolipli
qo‘shma toponimlar, “belgi nomi atoqli ot” qolipli jug‘roviy nomlar ro‘yxatini
tuzish singari ijodiy-amaliy ishlar o‘quvchilarning imlo savodxonligini oshirish va
so‘z zaxirasini kengaytirishda muhim ahamiyatga ega.
O‘qituvchilarning so‘z zaxirasini shaxs otlari bilan boyitish uchun
matndan shaxs otlarini ajratish, tub va yasamalariga ko‘ra guruhlash, ajratilgan
so‘zlarga ma’nodosh va uyadosh so‘zlar tanlab guruhlarni kengaytirish, -chi, -vchi,
-uvchi, -dosh, -kor, -zor, - shunos kabi qo‘shimchalar yordamida shaxs otlari hosil
qilish, juft shaxs otlari lug‘atini tuzish ularning imlosi ustida ishlash kabi ijodiy-
amaliy topshiriqlar bajariladi. O‘quvchilar egallagan bilimlarga asoslanib,istagan
matndan otlarga so‘roq berish orqali ularni aniqlashga erishgach, bu otlar
predmetning aniqligi, ya`ni ishlash, ko‘rish o‘lchash mumkinligi va mumkin
emasligiga qarab aniq va mavhumlarga ajratadilar hamda hosil bo‘lgan guruhlarni
mustaqil davom ettiradilar.
O‘quvchilarning so‘z boyligini oshirishida otli birikmalar ustida ishlash
muhim o‘rin egallaydi. Matndan otli birikmalarni ajratish, berilgan so‘zlar
ishtirokida shunday birikmalar hosil qilish kabi ijodiy-amaliy ishlar o‘quvchilar
lug‘atini shunday birikmalar bilan boyitishda muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa,
7
berilgan bosh yoki tobe so‘zga muvofiq keladigan tobe yoki bosh so‘zlar tanlash
ancha samarali ish usullaridan biridir. Masalan, maktabimiz o‘quvchilari so‘z
dovrug‘i, g‘alabasi, to‘yi, yigitlari, qizlari kabi so‘zlarni topib qo‘shib, maktabimiz
kutubxonasi, maktabimiz qizlari kabi so‘z birikmalari hosil qiladilar. O‘quvchilar
uchun ancha qiyinchilik tug‘diradigan muammolardan biri qo‘shma otlar va
ularning imlosidir. Bu mavzuni o‘rganishda berilgan so‘z birikmalaridan joy
nomlari hosil qilish (qora ko‘l-qorako‘l, yangi er-yangier, etti o‘g‘il-ettio‘g‘il,
ko‘hna machit-Ko‘hnamachit, katta qo‘rg‘on-Kattaqo‘rg‘on v.h.) qo‘shma
so‘zlarni so‘z birikmalariga aylantirish (paxtagul-paxta guli, boshog‘riq-bosh
og‘rig‘i, badantarbiya-badan tarbiyasi, muzqaymoq-muz qaymog‘i, gulbozor-gul
bozori, otbozor-ot bozori v.h.) berilgan qo‘shma so‘zlar lug‘atini tuzish, ularning
imlosini sharhlash singari ijodiy-amaliy topshiriqlardan foydalanish bu mavzuning
puxta o‘zlashtirishini ta`minlaydi.
Ot so‘z turkumi haqida o‘rganilgan bilimlarni mustahkamlash, ularni
uslubiyat bilan bog‘lab rivojlantirish uchun turli mavzulardagi matnlardan ma’rifiy
foydalansa bo‘ladi. Matnni tahlil qilishda ta’limning oldingi bosqinchlarida
o‘rganilgan ot so‘z turkumi haqidagi ma’lumotlariga tayaniladi. Bunda quyidagi
amaliy topshiriqlar bajariladi.
1– topshiriq. Matnda uchragan otlarning lug‘aviy ma’nosini sharhlang.
qanday so‘roqqa javob bo‘lishini ayting.
2– toshiriq. Ajratilgan so‘zlarga, ma’nodosh va uyadosh so‘zlar tanlang.
3– topshiriq. Kim? nima? qaer? So‘roqlariga javob bo‘lgan so‘zlar qaysi so‘z
turkumiga qarashli ekanligini ayting. Ular bilan ot+ot, sifat+ot, son+ot qolipli so‘z
birikmalarini tuzing.
4. Hosil qilingan so‘z birikmalari ishtirokida gaplar tuzing.
5. Muayyan mavzuga xos gaplar ishtirokida matn yarating.
Ona tili mashg‘ulotlarini ana shunday rivojlantiruvchi o‘quv topshiriqlari,
mashqlar va matn taqlillar vositasida olib borish tizimli va izchil bilim olishga
zamin hozirlaydi, ta’lim mazmunini takommillashtiradi, o‘quv biluv faoliyatini
jadallashtiradi. Nazariyani amaliyot zaminida o‘rganish mustaqil fikrlash hamda
8
ijodiy qobiliyatni o‘stirishga yordam beradi. O‘quvchilar so‘z yasovchi, so‘z
o‘zgartiruvchi, va shakl yasovchi qo‘shimchalar xususida zaruriy bilim, malaka va
ko‘nikmalarni egallashgach, so‘z tarkibi bilan tanishadilar hamda so‘zning asosi
xususida umumlashma hosil qiladilar. Bu so‘z turkumlarini puxta o‘rganish uchun
poydevordir. Ona tili mashg‘ulotlari o‘quvchida og‘zaki va yozma nutqni
mukammal egallash, til imkoniyatlaridan to‘g‘ri va unumli foydalanish
madaniyatini tarbiyalaydi. Nutq madaniyati oddiy salom-alikdan tortib, kimga,
nimaga, qachon, qaerda, qanday so‘zlashgacha bo‘lgan sharqona odob sirlarini
o‘rgatadi. Morfologiyani o‘rganish o‘quvchi mustaqil va ijodiy tafakkur doirasini
kengaytiradi, so‘zning turli shakllarini gap tarkibida hamda bog‘lanishli nutqda
o‘rinli ishlatish ko‘nikmalarini rivojlantiradi.
1.2
. BOSHLANG'ICH SINFLARDA OT SO'Z TURKUMI
MAVZUSINI O'QITISHDA ZAMONAVIY TA'LIM
TEXNOLOGIYALARINING AHAMIYATI
So'z turkumlari ustida ishlash metodikasining lingvistik asosi so'zlarning
leksik-grammatik, morfologik va sintaktik belgilariga ko'ra turli guruhlarga
ajratilishi, ya'ni so'z turkumlari haqidagi ilm hisoblanadi.
Boshlang'ich sinflar dasturi o'quvchilarni so'z turkumlari mustaqil va
yordamchi so'z turkumlariga bo'linishi bilan maxsus tanishtirishni ko'zda tutmaydi,
ammo o'qituvchi bolalarni so'z turkumlarining belgilari bilan amaliy tanishtiradi.
So'z turkumlarini o'rganishdagi asosiy vazifa o'quvchilarning og'zaki va
yozma nutqini o'stirish, lug'atini yangi ot, sifat, son, fe'l-lar bilan boyitish,
o'quvchilar shu vaqtgacha foydalanib kelayotgan so'zlarning ma'nosini aniq
9
tushunishiga erishish, bog'lanishli nutqda u yoki bu so'zdan o'rinli foydalanish
malakasini o'stirish hisoblanadi. Bu vazifalarni muvaffaqiyatli hal qilish uchun so'z
turkumlarini o'rganish jarayonida sinonim, antonimlar (atamalar berilmaydi) ustida
muntazam ish olib boriladi, o'quvchilar ko'p ma'noli so'zlar, ularning o'z va
ko'chma ma'noda ishlatilishi bilan tanishtiriladi. Bunda ta'limni o'quvchilarning
shaxsiy tajribalari, bevosita ko'rganlari, radiodan eshitganlari, kitobdan bilib
olganlari bilan bog'lash muhim ahamiyatga ega. O'quvchilarda kuzatish, muhim
narsalarni sezish ko'nikmalarini shakllantirish, atrof-muhit haqidagi bilimlarini
boyitish bilan bir vaqtda ularning nutqini o'stirish vazifasi ham amalga oshiriladi.
Ot" mavzusini o'rganish tizimi maqsadga yo'naltirilgan jarayon bo'lib,
bunda shu so'z turkumining umumlashtirilgan ma'nosi va grammatik belgilari aniq
izchillikda, bir-biri bilan ilmiy asoslangan bog'liqlikda o'rganiladi, shuningdek,
otdan nutqda to'g'ri foydalanish va to'g'ri yozish malakasini shakllantirish
maqsadida bajariladigan mashqlar asta murakkablashtira boriladi. Til hodisasi
sifatida otning xususiyatlari, uni o'rganish vazifalari, o'quvchilarning yosh
xususiyatlarini hisobga olgan holda, har bir sinf uchun material hajmi, ularni
o'rganish izchilligi belgilangan. Boshlang'ich sinflarda otni o'rganish vazifalari
quyidagilar:
1) ,,Ot" haqidagi grammatik tushunchani shakllantirish;
2) kim? so'rog'iga javob bo'lgan (shaxs bildirgan) otlardan so'rog'iga javob
bo'lgan (narsa, hayvon, jonivor va boshqalarni gan) otlarni farqlash ko'nikmasini
hosil qilish;
3) kishilarning familiyasi, ismi, otasining ismi, hayvonlarga qo'yilgan ornlar
va geografik nomlarni bosh harf bilan yozish ko'nikmasini shakllantirish;
4) otlarda son (otning birlik va ko'plikda qo'llanishi) bilan tanishtirish;
5) otlarni egalik qo'shimchalari bilan to'g'ri qo'llash ko'nikmasini
shakllantirish;
6) otlarning kelishiklar bilan turlanishi va kelishik qo'shimchalarining
yozilishi haqida malaka hosil qilish;
10
7) o'quvchilar lug'atini yangi otlar bilan boyitish va ulardan nutqda aniq,
o'rinli foydalanish malakasini o'stirish;
8) so'zlarni tahlil qilish, taqqoslash, umumlashtirishni bilish. Bu vazifalarning
har biri alohida etnas, balki bir-biri bilan o'zaro bog'liq holda hal etiladi.
Shu bilan birga, ,,Ot" mavzusini o'rganishning muayyan bosqichida bajarish
lozim bo'lgan bir vazifani hal qilishga ko'proq ahamiyat beriladi. Masalan, 1-2-
sinflarda so'z turkumi sifatida otning belgilari (nimani bildirishi, so'roqlari)
o'rganiladi, 3-sinfda esa otga atama beriladi, birlik va ko'plikda qo'llanishini
o'zlashtirishga ahamiyat beriladi. 4-sinfda otning egalik qo'shimchalari bilan
qo'llanishi, kelishiklar bilan turlanishi va kelishik qo'shimchalarining yozilishini
o'rganishga e'tibor qaratiladi [8; 56]. O'quvchilarning nutqi va tafakkurini o'stirish
vazifasi esa mavzuni o'rganishning barcha bosqichlarida hal qilinadi. Grammatik
materialni o'rganish va orfografik malaka hosil qilishning butun jarayoni
o'quvchilar lug'atini boyitishga, bog'lanishli nutq malakalari va fikrlash
qobiliyatlarini o'stirishga qaratiladi. So'z turkumi sifatida ot muayyan leksik
ma'nolari va grammatik belgilari bilan ajralib turadi. Barcha otlarning umumiy
leksik ma'nosi shaxs va narsani ifodalash hisoblanadi. Ot jonli mavjudotlar (kishi,
(lush, hayvon, asalari), yer va osmonga oid narsalar (quyosh, yulduz, daryo, tog'),
o'simliklar (paxta, beda, gul), voqealar (yig'in, majlis), tabiat hodisalari (shamol,
bo'ron, yomg'ir, momaqaldiroq), belgi-xususiyat (ahillik, kuchlilik, samimiyat),
harakat-holat (uyqu, sevinch, kurash), o`rin va vaqt (yoz, bahor, joy) nomlarini
bildiradi. Otlarning grammatik belgilari: otlar birlik va ko'plikda qo'llanadi, egalik
qo'shimchalari bilan o'zgaradi, kelishiklar bilan turlanadi, gapda ko'proq ega,
to'ldiruvchi, aniqlovchi, shuningdek, hol vazifasida keladi. Ot nutqda sifat, son,
olmosh, fe'l bilan birika oladi. Otning ma'nolari va grammatik belgilari xiyla
murakkab, shuning uchun ham ot haqidagi bilim o'quvchilarda amaliy vazifalarni
bajarish jarayonida asta shakllantira boriladi. Boshlang’ich sinf ona tili darslarida
ot so’z turkumini o’rgatishda quyidagi didaktik o’yinlardan samarali foydalanish
mumkin.
11
«Maqollarda antonimlar» Ma’lumki, o’zbek xalq maqollarida antonimlar
ko’proq uchraydi. Shu bois bu shartda o’quvchilar navbatma-navbat ot antonimlar
ishtirok etgan maqollaridan aytadilar. Masalan, «yaxshiga yondash, yomondan
qoch», «do’st achitib gapirar, dushman kuldirib gapirar», «kattaga hurmatda bo’l,
kichikka izzatda» va x.k. «Zinapoya» usuli O’quvchilar ikki guruhga bo’linadi.
So’ng xattaxtaga ma’lum bir shaklda «zinapoya» chiziladi. Ma’lumki, antonimlar
o’z juftliklariga ega. Shundan kelib chiqib, ushbu juftlikning bittasi «zinapoya» ga
yozib qo’yiladi, ikkinchisini esa guruhlardagi o’quvchilarning o’zlari topadi, ular
zinalardan bosh zinaga chiqib borishadi. Bunda o’quvchilarda tezkorlik talab
etiladi. Chunki qaysi guruh o’quvchilari birinchi bo’lib bosh zinaga chiqsa, ular
g’olib bo’ladi. Sinfda nechta o’quvchi bo’lsa, zinalar soni shuncha bo’ladi.
Boshlang’ich sinf ona tili darslarida qo’llaniladigan interfaol usullardan biri
“Klaster” usulidir. Klaster so’zi bog’lam ma’nosini bildiradi.Klasterlardan
darsning da’vat, anglash va fikrlar bosqichlarida foydalanish mumkin. Bu metod
turli xil g’oyalar o’rtasidagi aloqalar tog’risida fikrlash imkoniyatini beruvchi
tuzilma. Bu metod mavzuning o’quvchilar tomonidan puxta o’zlashtirilishini
ta’minlaydi. “Klaster” metodidan o’quvchilar bilan yakka tartibda ishlash va
guruh-guruh bo’lib ishlashda foydalanish mumkin. Mazkur metod o’rganilayotgan
til hodisasini umumlashtirish va ular o’rtasidagi aloqalarni toppish imkoniyatini
yaratadi. “Klaster” da sinf yozuv doskasiga yoki katta varaqqa kalit so’zlar, so’z
birikmalari yoki gaplar yoziladi va kalit so’zlar til hodisasining aloqadorligiga
qarab bog’lab boriladi. Klaster tuzishda, agar u doska yoki katta varaqda sinf
jamoasi bilan bajarilayotgan bo’lsa, barcha o’quvchilarning ishtirok etishi shart.
Masalan, so’z turkumlarini o’rganishda tarmoqlash usulidan foydalanilganda
o’quvchilarda darsga bo’lgan qiziqishi kuchayadi.
Tarmoqlash usulidan 3-sinfda “So’z turkumi” tushunchasini hosil qilishda
foydalanish mumkin. Bunda o’quvchilarga quyidagi savolni beriladi:
- So’zlarni ma’nolariga ko’ra qanday turlarga bo’lib o’rganiladi? Ularning
javobini doskaga yozib boriladi. Shundan so’ng shaxs va narsa bildirgan so’zlar ot;
12
belgi bildirgan so’zlar sifat; harakat bildirgan so’zlar fe’l; miqdor bildirgan so’zlar
son degan atama bilan tanishtirildi va yuqoridagi so’zlar tarmoqqa kiritildi.
-O’ylang ot, sifat, fe’l, sonni bitta so’z bilan nima deb nomlash mumkin? So’z
turkumlari mavzusi bo’yicha klaster tuzishdan mavzuni o’rganmasdan oldin
foydalanish o’quvchilarni yangicha fikr yuritishga undaydi. Metodist olimlar
aytganidek, klasterni mavzuni o’rganishni boshlash jarayonida tuzish “ bilimlarga
yetib borish strategiyasi” ekanini isbotlaydi.
4- sinfda “ So’z turkumlari” bo’limi yuzasidan umumlashtiruvchi
takrorlash darsida “Zig- zag” metodi ham yaxshi samara berdi [8; 50]. Sinf
jamoasini kichik guruhlarga bo’ldik. Har bir jamoada oltitadan o’quvchi bo’ldi, har
bir guruhda boshqaruvchi belgilandi. U jamoasi tomonidan aytilgan fikrlarni
to’ldiradi va sistemaga soladi. Guruhlarga ajratishda rangli doirachalardan
foydalandik. Bir xildagi doiracha olgan bolalar bir stol atrofida birlashdilar. Bunda
kuchlarning teng bo’lishiga e’tibor berdik.
1- guruh uchun. 1. 4- sinfda qaysi so’z turkumlarini o’rgandingiz?
2. Ot so’z turkumidagi so’zlarga qaysi qo’shimchalar qo’shiladi? Otga
qo’shiladigan qo’shimchalarning vazifalarini ayting.
2- guruh uchun. 1. 4- sinfda qaysi so’z turkumlarini o’rgandingiz?
2. Otning belgilarini bildiradigan so’z turkumi qaysi?U otning qanday
belgilarini bildiradi? 3- guruh uchun. 1. 4- sinfda qaysi so’z turkumlarini
o’rgandingiz?
2. Ot , sifat, fe’l yasovchi qo’shimchalarni klasterda ifodalang va ularni
misollar bilan tushuntiring.
4- guruh uchun. 1. 4- sinfda qaysi so’z turkumlarini o’rgandingiz?
2. Ot, sifat, fe’l yasovchi qo’shimchalarni klasterda ifodalang va ularni
Misollar bilan tushuntiring.
5- guruh uchun. 1. 4- sinfda qaysi so’z turkumlarini o’rgandingiz?
2. Son so’z turkumining xususiyatlarini klasterda ifodalang.
Sonlar nimaning miqdori va tartibini bildiradi? O’quvchilarning jamoasi
vazifani bajarib bo’lishgach, guruhlar almashtirildi, ya’ni boshqaruvchi guruhidagi
13
o’quvchilarni ikkita va bitta qilib boshqa guruhlarga tarqatdi. Yangi tuzilgan
jamoada har bir guruh vakili tartib bilan o’z bilganlarini boshqalarga tushuntirib
berdi. Shundan so’ng o’rganilganlar yuzasidan taqdimot bo’ldi. O’qituvchi savollar
yordamida sinf o’quvchilarining bilimlarini aniqlaydi. O’quvchilar tuzgan
klasterlarini kalit so’zlarning ma’no va xususiyatlarini izohlab beradi.
O’quvchilarning nazariy bilimlarini amalga tadbiq etish ko’nikmalarini
aniqlash uchun mashqlar bajariladi. Bunda ham mustaqil ish metodidan
foydalanib, har bir guruh uchun alohida topshiriqlar beriladi.
1-guruh uchun topshiriq. ” O’qish kitobi” dagi Sh. Sa’dullaning ” Laqma
it” asaridan kim?, nima? so’rog’iga javob bo’lgan so’zlarni aniqlab jadvalga
joylang. Ularning imlosini esingizda tuting.
2- guruh uchun topshiriq. ” O’qish kitobida” dagi Abdulla Oripovning
Dehqonbobo va o’n uch bolakay” qissasi asaridan (4- sinf) fe’llarni topib, alifbo
tartibida yozing [8; 68]. Boshqa guruhlar uchun ham shu xildagi topshiriqlar
beriladi. Bu metod o’quvchilarni jamoa bo’lib ishlash ko’nikmasining
shakllanishiga, vaqtning tejalishiga yordam berdi. So’z turkumlarini o’rganishda ”
Qora quti” metodidan ham foydalandik. Bunda o’quvchilar juft bo’lib ishladilar.
Har bir juftlikka ” Ot, sifat, fe’l, son turkumining moniyatini yorituvchi tayanch
so’zlar, raqamlar, belgilarni kartochkalarga qayd eting” topshirig’i berildi.Ular turli
grammatik belgilar, sxemalar, raqmlar yozilgan kartochkalar tayyorladilar.
O’quvchilar hamkorlikda bajargan ishlardan (kartochkalardan) namunalar
keltiramiz:
1-kartochka. Chiziqlar o’rniga mos so’zlarni qo’yib gap tuzing.Tuzgan
gapingizdagi so’zlarning turkumini aniqlang.( kartochkada chiziqlar beriladi)
2- kartochka. O’zak so’z yasovchi qo’shimcha so’z o’zgartiruvchi
qo’shimchalarga mos so’z toping . Uning turkumini aniqlang.
3- kartochka. Berilgan tayanch so’zlar yordamida rasmdan foydalanib ” Ikki
do’st” mavzusida hikoya tuzing.
4- kartochka. 2, 2006,4, 7, 8, 11- raqamlarini harfiy ifodalar bilan yozib,
o’zingizning hayotingiz bilan bog’liq matn tuzing va yozing.
14
5- kartochka. To’lqinli chiziq, bitta to’g’ri chiziq, ikki to’g’ri chiziq belgilar
bo’yicha gap tuzing.
So’z turkumlarini o’rganishda ”Beshinchisi (oltinchisi, yettinchisi)
ortiqcha” metodidan ham foydalanish mumkin. Buni biz ” Ortiqchasini ajrat”
degan topshiriq bilan berdik. O’quvchilarga bir turkumdagi so’zlar ichiga boshqa
turkumga doir so’zlar arlashtirib berildi. O’quvchilar ular ichidan boshqa
turkumdagi so’zlarni ajratib olishdi va nima uchun ajratib olish sababiui izohlab
berishadi. Bu usulni biz kartochkalar yordamida va kompyuterda bajartirdik.
Ortiqchasini ajratishgandan so’ng mavzuga taalluqli so’zlarni husnixat bilan
daftarlariga yozdirdik. Berilgan topshiriqlardan namunalar keltiramiz: Otlar
ichidan ortiqchasini ajrat. Daraxt, suv, osmon, ko’k, mard, kamalak, yomg’ir, tiniq.
Sifatlar ichidan ortiqchasini ajrat. Baland, keng, choynak, piyola, tor, katta, past,
cho’mich, kapkir, kichik. Fe’llar ichidan ortiqchasini ajrat. Yuvindi, tebrandi,
yugurdi, dutor, rubob, chrchadi, yangradi. Ma’lumki, savod o’rgatish jarayonida
o’quvchilar tovush, bo’g’in, so’z va gaplarni grafik ifodalar ostida anglab, tushunib
boradilar [5; 10]. Ona tili darsliklarida ham grafik ifodalardan foydalaniladi.
Masalan, 1-sinfda ayrim harflar imlosi katakchalar ifodasidan joy nomlarini topib
qo’llashda, topishmoq she’rning javobi o’rnida belgi bildirgan so’zlarni gap
mazmuniga mos va o’rinli qo’llashga o’rgatishda gap mazmuniga mos harakat
bildirgan so’zlarni qo’yishda, narsa va harakatni bildirgan so’zlardan gap
mazmuniga mosini tanlashga o’rgatishda to’g’ri chiziq ifodasidan foydalanilgan.
2- sinf ” Ona tili” darsligida ayrim harflar imlosida grafik belgi sifatida
nuqta belgisidan , krossvorddan, shaxs va narsa nomini, belgini, sanoq va tartibni,
harakatni bildirgan, so’zlarni gap mazmuniga mosini tanlab qo’yishda uch nuqta
belgisidan foydalanilgan.
3- sinfda ”Ona tili” darsligida so’z tarkibini o’rganishda, otning ma’no
turlarini o’rganishda, gap bo’laklarining bog’lanishida grafik tasvirdan
foydalanilgan.
4- sinf ”Ona tili” darsligida ham shu kabi grafik tasvirlar qo’llangan.
Yuqoridagi tahlil shuni ko’rsatadiki, ona tili darsliklarida grafik tasvirlardan
15
grammatik qoidasini anglatishdagina foydalanilgan. Lekin bu grafik tasvirlarda
maqsadga yo’naltirilgan holda izchil rivojlantiruvchi tamoyil nazrada tutilmagan.
Grafik tasvirlar boshlang’ich sinf o’quvchilarining mavhum tafakkurini o’stirishda
juda qo’l kelishi bilan birga, o’quvchining tilning yozma shaklini egallashga
bo’lgan qiziqishini oshiradi, tilning bir butun qoliplangan Sistema ekanini
anglashlarini ta’minlaydi. Ayniqsa, o’zlashtirishi qiyin o’quvchilarga kata metodik
yordam bo’ladi. Grafik tasvir ijodiy xarakterda bo’lsa, ular o’quvchilarning ijodiy
fikrlashlarini rivojlantiradi, aktivlashtiradi. Topshiriqni bajarishda o’z kuchiga
ishonchni paydo qiladi. Grafik tasvirlardan foydalanishni to’g’ri yo’lga qo’yishda
ona tili ta limi oldida turgan masalalar sifatida quyidagilarni ko’rsatish mumkin:
Birinchidan, grafik tasvirlarning turini belgilab olish; Ikkinchidan, grafik
tasvirlarning grammatik mavzular bo’yicha izchil tizimini ishlab chiqish;
Uchinchidan, grafik tasvirlardan ta’lim jarayonining qaysi bosqichida foydalanish
zarurligini belgilab olish; To’rtinchidan, grafik tasvirlardan foydalanish usulini
ishlab chiqish. Hozirgi kunda grafik tasvirlardan tovush ifodasi bo’lgan katakcha ,
bo’g’in ifodasini, so’z ifodasi, o’zak, qo’shimchalar ifodasi, gap ifodasi,gap
bo’laklari ifodasi mavjud [8; 4]. Ko’rinadiki, grafik tasvirlardan ona tilidan
o’rganiladigan barcha mavzularda foydalanish mumkin. Buning uchun grafik
tasvirning izchil sistemasini ishlab chiqish lozim. Ishlab chiqilayotgan grafik
tasvirli topshiriqlar ko’zlangan ta’limiy maqsadga yo’naltiriladi. Grafik tasvirlari
yangi nazariy qoidani o’rganishda, mustahkamlashda qo’llab ko’rdik. Ular
mavzuni yaxshi o’zlashtirishlariga katta yordam berdi. Masalan, 4- sinfda ot
turkumini o’rganish jarayonida asosiy ta’limiy maqsad o’quvchilarning ot
turkumiga oid so’zlarni o’z so’ziga aylantirish, ularning grammatik shakllaridan
nutqda to’g’ri foydalanishga o’rgatish bo’ldi. Buning uchun quyidagi tizimdagi
grafik tasvirlardan foydalanildi:
1. Yil fasllarining nomi, harakati, belgisi ham adashdi.Sxemalariga qarab, kim
birinchi ularni tartiblashtiradi? Oppoq, yoz, yog’adi, qish, kuz, bahor, muzlaydi,
ko’karadi, yashil, isiydi, issiq, sarg’ayadi, to’kiladi, sariq.
16
2. O’zingizga yoqqan fasl haqida matn tuzib yozing. ( o’quvchilarga matn
sxemasi berilishi mumkin) Kim sxemalarni tez to’ldiradi? Yil qaysi fasl bilan
boshlanadi? Qishda qushlar qayoqqa uchib ketadi? So’zlardan sxemaga mos gap
tuzing. (Sxemalar tavsiya etiladi) Qor, qish, oppoq, oq, choyshabga, yerni, o’ragan,
keldi. Gapni birikmalarga ajrating. Rasmlarni kuzating. Ularni biror tartibda
qo’ying. Ulardan bir voqeani ifodalovchi hikoya tuzish mumkin bo’lsin.Ikkala
guruhga bir xil rasmlar beriladi. Hikoya yuzasidan grammatik topshiriqlar ham
beriladi. Ularning ijodiy ishlari taqqoslanadi va baholanadi. “Kim ko’p so’z
tuzadi?“ o’yini. Kartochkalarga bosma harflar tarqoqlikda yozib qo’yiladi.
O’quvchilar shu harflar ishtirok etgan so’z tuzadilar. Bu o’yin kompyuter dasturiga
ham kiritilishi mumkin. 1. Berilgan harflar ishtirokida otlar tuzib yozing.
2. Berilgan harflar ishtirokida sifatlar tuzib yozing.
3. Berilgan harflar ishtirokida fe’llar tuzib yozing.
4. Berilgan harflar ishtirokida turli turkumga oid so’zlar tuzib yozing.
Kartochkalardan namunalar:
T X N O A B L K I U
Tuzilgan so’zlar: Non, nok, ota, ona, bola, kaklik, kakku, tulki, ukki, tok,
bobo, aka, uka, xon va hokazo.
Bu o’yin bajarilgach, Grammatik mavzu bilan bog’liq topshiriqlar
beriladi.Masalan, tuzgan so’zlaringizga so’roq bering. Ularni ma’nosiga ko’ra
turlarga ajrating. Xulosa Mamlakatimizda ijtimoiy sohadagi o’zgarishlar va
intellektual salohiyatning oshib borishi zamonaviy bilimlarning egallanishiga turtki
bo’ladi. Ta’lim-tarbiya sohasidagi innovasion o’zgarishlar va ularni
zamonamizning yangi ilg’or talablariga javob beradigan darajaga olib chiqish
muhim vazifa va maqsadlardan biribir.
Bu borada “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ning qabul qilinishi va
to’plangan tajribani tahlil qilish, umumlashtirish asosida mamlakatimizni ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirishda zamonaviy axborot texnalogiyalaridan foydalanishga
e’tibor qaratilmoqda. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tashabbusi bilan jamiyatning
barcha jabhalari, xususan, ta’lim tizimida zamonaviy axborot texnalogiyalaridan
17
keng foydalanishni yo’lga qo’yishga qaratilayotgan e’tibor samarasi o’laroq, bugun
jamiyatning barcha sohalari va xalqimiz turmush tarziga kompyuter texnalogiyalari
chuqur kirib borayapti [3; 30]. Jamiyat hayotiga kompyuterning keng miqiyosda
kirib kelishi fuqarolarga axborot olishga bo’lgan imkoniyatlar eshigini ochib berdi.
Tobora shakllanib borayotgan kompyuter texnologiya axborotni yetkazish va qabul
qilishda yangi munosabatlarni vujudga keltiradi, fikrlashning yangi turini hosil
qiladi. Ta’lim-tarbiya jarayonida qo’llaniladigan axborot vositalaridan texnikalar
alohida ahamiyatga egadir. Texnika “Inson-kompyuter” interaktiv (dialogik)
muloqotning yangi takomillashgan pog’onasi bo’lib, bunda foydalanuvchi juda
keng va har taraflama axborot oladi [6; 440]. Texnika vositalari asosida
o’quvchilarga ta’lim va tarbiya berish hozirgi kunning dolzarb masalasidandir.
Texnika vositalari uning mazmun-mohiyati, kichik maktab yoshidagi o’quvchilar
bilan olib boriladigan dars undan foydalanish metodikasi, multimediali didaktik
o’yinlardan foydalanish usullari, tavsiyalar, amaliy ma’lumotlar muhimdir. Mazkur
texnika vositalaridan foydalanish, o’sib kelayotgan yosh avlodni intellektual
salohiyatli hamda faol shaxs qilib tarbiyalash uchun zamin yaratish, ijtimoiy,
iqtisodiy, ma’naviy, aqliy, axloqiy xislatlarini shakllantirishga ko’maklashishdir.
II BOB. BOSHLANG’ICH SINFLARDA OT SO’Z TURKUMINI
O’RGATISH JARAYONIDA O’QUVCHILARNING NUTQINI O’STIRISH
2.1. O‘QUVCHILAR NUTQINI O‘STIRISH METODIKASI
Nutq va uni o‘stirish tushunchasi. Nutq-kishi faoliyatining turi, titl
vositalari (so‘z, so‘z birikmasi, gap) asosida tafakkurni ishga solishdir. Nutq o‘zaro
aloqa va xabar funktsiyasini, o‘zaro fikrni his-hayajon bilan ifodalash va
boshqalarga ta’siretish vazifasini bajaradi.
18
Yaxshi rivojlangan nutq jamiyatda kishining aktiv faoliyatining muhim
vositalaridan biri sifatida xizmat qiladi. O‘quvchi uchun esa nutq maktabda
muvafaqqiyatli ta’limolish qurolidir.
Nutq –ustirish nima?Agar o‘quvchi va uning tildan bajargan ishlari ko‘zda
tutilsa, nutq o‘stirish deganda tilni har tomonlama (talaffuzi, lug‘ati, sintaktik
qurilishi, bog‘lanishli nutqni) aktiv amaliy o‘zlashtirish tushuniladi. Agar
o‘qituvchi ko‘zda tutilsa, nutq o‘stirish deganda, o‘quvchilar tilning talaffuzi,
lug‘ati, sintaktik qurilishi va bog‘lanishli nutqni aktiv egallashlariga yordam
beradigan metod va priyomlarni qo‘llash tushuniladi. Nutq faoliyati uchun,
shuningdek, o‘quvchilar nutqini o‘stirish uchun bir necha shartga rioya qilish
zarur:
1. Kishi nutqining yuzaga chiqishi uchun talab bo‘lishi kerak. O‘quvchilar
nutqini o‘stirishning metodik talabi o‘quvchi o‘z fikrini, nimanidir og‘zaki va
yozma bayon xohishi va zaruriyatni yuzaga keltiradigan vaziyat yaratish
hisoblanadi.
2. Har qanday nutqning mazmuni, materiali bo‘lishi lozim. Bu material
qanchalik to‘liq, boy, qimmatli bo‘lsa, uning bayoni shunchalik mazmunli bo‘ladi.
3. Fikr tinglovchi tushunadigan so‘z, so‘z birikmasi, gap, nutq oborotlari
yordamida ifodalasagina tushunarli bo‘ladi. Shuning uchun nutqni muvaffaqiyatli
o‘stirishning uchinchi sharti –nutqni til vositalari bilan qurollantirish hisoblanadi.
Nutqni egallashning qator aspektlari mavjud. Bular:
1. Adabiy til normalarini o‘zlashtirish.
2. Jamiyatimizning har bir a’zosi uchun zarur bo‘lgan muhim nutq
malakalarini, ya’ni o‘qish va yozish malakalarini o‘zlashtirish.
3. O‘quvchilar nutq madaniyatini takomillashtirish.
Nutq o‘stirishda uch yunalish aniq ajraladi:
1) so‘z ustida ishlash;
2)so‘z birikmasi va gap ustida ishlash;
3) bog‘lanishli nutq ustida ishlash.
19