OT TURKUMINING TA’RIFI, LEKSIK-GRAMMATIK XUSUSIYATLARI, MA’NOLI TURLARI
Yuklangan vaqt
2024-06-04
Yuklab olishlar soni
3
Sahifalar soni
5
Faytl hajmi
48,0 KB
Ilmiybaza.uz
OT TURKUMINING TA’RIFI, LEKSIK-GRAMMATIK
XUSUSIYATLARI, MA’NOLI TURLARI
Reja:
1. Otning ta’rifi va leksik-grammatik xususiyatlari.
2. Otningma’-no turlari.Atoqli otlarning turlari.
3. Turdosh otlarning turlari.
4. Ot turkumining son kategoriyasi.
5. Son kategoriyasi haqida.
6. Mantiqiy son va grammatik son haqida.
7. Son kategoriyasining ikki shakli.
Ilmiybaza.uz
Ot va uning leksik-garmmatik xususiyatlari
Predmetning nomini (keng ma’nolida) bildiruvchi mustaqil so‘z turkumiga
ot deyladi. Ot so‘z turkumiga oid so‘zlar kim? Nima? Kimlar? Nimalar?
so‘rog‘laridan biriga javob berad:
Yer, quyidagi leksik-semantik xususiyati:
Keng ma’nolida predmet ma’nolisini ifoda etish otning leksik xususiyatidir.
Predmet ma’nolisini tirik mavjudotlar (parranda, qush, chumoli kabilar), yer va
osmonga, kundalik turmushga oid narsalarning nomi (quyosh, oy, tog‘, tosh, daryo,
tuz, non, choynak, qoshiq kabilar), o‘simliklarning nomi (paxta, sholi, jo‘xori, beda
kabi), voqea-hodisalarning nomi (to‘y, anjuman, majlis, shodlik, ishonch, kurash)
o‘rin vaqt nomlari (yoz, kuz, pastlik, tepalik), atab qo‘yilgan shaxs va
predmetlarning nomi (Toshkent, Zulfiya, Sirdaryo, «O‘qituvchi» nashriyot kabi)
ifoda etadi.
Shunga ko‘ra otlar ma’noli jihatdan 2 turga bo‘linadi: atoqli va turdosh otlar.
Samarqand, Akmal. “Qora ko‘zlar” (roman), “Fan” (nashriyoti) – atoqli otlar.
Kitob, daftar, kulgi, tinchlik, turdosh otlar.
Otning morfologik xususiyatlari:
1) Ot son kategoriyasiga ega, ya'ni predmet anglatuvchi so‘zlar birlik va
ko‘plik sonda qo‘llanadi.
2) Ot egalik kategoriyasiga ega, ya'ni predmetning (keng ma’nolida
predmetlik tushunchasi: shaxs voqea-hodisa va b) uch shaxsdan biriga taaluqligini,
qarashliligini, mansubligini bildiradi: menning daftarim, sening ukang, uning
quvonchi kabi
3) Ot kelishik kategoriyasiga ega. Otlar oltita kelishik ma’nolisiga ega
bo‘lib, kelishik qo‘shimchalari otning otga yoki otning fe'lga tobeligini ifodalaydi:
bosh kelshik – kitob, qaratgich kelishik – kitobning, tushum kelishigi – kitobni,
jo‘nalish kelishigi – kitobga, o‘rin-payt kelishigi – kitobda, chiqish kelishigi –
kitobdan. (Zulfiyaning kitobi, kitobni sevadi) kabi.
Ilmiybaza.uz
4) Ot so‘z yasalish xususiyatlariga ega. Ot va so‘z turkumi faol so‘z
yasalish usullari morfologik, sintaktik; shuningdek faqat ot so‘z turkumini
yasaydigan abbrevasiya usuli bilan yasaladi: xizmatchi, kulgi, taroq, gulzor,
quvonch (morfologik usul bilan); belbog‘, ko‘zoynak, baxt-saodat, ota-ona
(sintaktik usul); DAN, ToshDPU (abbreviasiya usuli bilan)
5) Otlarda modal forma yasalishi ham mavjud. Otlarda modal ma’noli
otning leksik ma’nolisiga kichraytirish, erkalash, hurmat, kuchaytirish, gumon,
noaniqlik, kesatiq kabi qo‘shimcha ma’nolilarni qo‘shish bilan hosil qilinadi:
qizcha, qo‘zichoq, bo‘taloq, bolagina, Karimjon, Ra'noxon, un-pun, non-pon kabi.
Ot quyidagi sintaktik xussuiyatlarga ega:
1) ot ot bilan bog‘lanadi. Bosh va qaratgich kelishigidagi otlar ana shunday
xususiyatga ega:
2) ot fe'l bilan bog‘lanadi. Tushum, jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishigi-
dagi otlar fe'l bilan bog‘lanadi: xatni o‘qidi, xatga qaradi, xatda yozilgan kabi;
3) ot ba'zan sifat, ravish, son, olmosh, undovga ham bog‘lanadi: osmon tiniq,
uylar ko‘p, maqsadim shu kabi
4) bosh kelishik shaklidagi ot gapda ega, kesim, sifatlovchi kabi gap
bo‘laklari vazifasida; undalma, nomenativ gap bo‘lib keladi.
Masalan: O‘zbekiston-kelajagi buyuk davlat (I.Karimov). Olim kishi
o‘zining ilmi va odobiga tayanadi. (Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur). Seni ulug‘-
layman, ey ona xalqim (A.O.) Subhidam. Quyosh yotog‘idan bosh ko‘tardi. (P.Q.)
6) Qaratgich kelishigidagi ot qaratuvchi-aniqlovchi vazifasida keladi; Sen
Pushkinning sevgan malagi (A.O.)
7) Tushum, jo‘nalish, o‘rin-prayt va chiqish kelishigi shaklidagi otlar
to‘ldiruvchi, hol, ba'zan kesim vazifasini bajaradi.
Masalan: Bayramni munosib mehnat tortiqlari bilan nishonlashdi. (S.A.)
Bog‘chada daraxtlar oltin rang bilan tovlanardi. (O) Oltin o‘tda bilinadi, odam
mehnatda (Maqol)
1.Otning ma’noli turlari.