O‘ta xavfli yuqumli kasalliklar: o‘lat, kuydirgi, brusellyoz, tulyarimiya va sibir yarasi qo‘zg‘atuvchilariga xarakteristika. Laboratoriya diagnostikasi
Yuklangan vaqt
2024-12-16
Yuklab olishlar soni
3
Sahifalar soni
21
Faytl hajmi
46,6 KB
O‘ta xavfli yuqumli kasalliklar: o‘lat, kuydirgi, brusellyoz, tulyarimiya va sibir
yarasi qo‘zg‘atuvchilariga xarakteristika. Laboratoriya diagnostikasi
Ma’ruza rejasi:
І. Brusellyoz, kuydirgi qo‘zg‘atuvchisi
- tuzilishi, tinktorial xususiyati va kimyoviy tarkibi.
- kultural xossalari va o‘stirilishi.
- odam va hayvonlar uchun patogenligi.
- laboratoriya diognostikasi, davolash va oldini olish.
Gippokrat (miloddan oldingi 160-377 yillarda yashagan) o‘z asarlarida
«to‘lqinsimon kasallik» deb ataluvchi kasallik haqida yozib, bu kasallikda yuqori
harorat, qattiq terlash, suyak, bo‘g‘im va muskullarning og‘rishi bilan o‘tishini aytib
o‘tgan. Bu kasallik cho‘ponlar orasida uchrab turish va bu kasallikda ham
bo‘g‘imlarni qo‘l-oyoq muskullarini, suyaklarini uzoq vaqt davomida og‘rishi bilan
o‘tib, bu kasallikni aholi «qora oqsoq» deb atay boshladilar. Bu belgilarni hammasi
esa brusellyoz kasalligiga to‘g‘ri keladi. Asosan O‘rta Osiyoda chorvachilik bilan
shug‘ullanadigan rayonlardagi aholi o‘rtasida kasallik uchrashi va bu kasallik
odamlarga hayvonlardan yuqishi o‘sha davrlardayoq aholiga ma’lum bo‘lgan. XIX
asrda Malta orolida turgan ingiliz askarlari o‘rtasida noma’lum isitma kasalligi
yildan-yilga ko‘payib borar va buni sababini esa hechkim bilmas edi. 1861-yilda
Merston (degan vrach) bu kasallikni simptomlarini atroflicha o‘rganib chiqib, bu
kasallikni mustaqil bir alohida kasallik ekanini aytib, bu kasallikni u «Malta
isitmasi» deb nomlashni taklif etdi. 1886-yilda ingiliz olimi David Bryus tomonidan
kasallik qo‘zg‘atuvchisini ajratib oldi va shu olim sharafiga Brusella deb nomlana
boshlandi. 1906-yilda «Malta isitmasi» ni odamlar echkilardan yuqishi aniqlandi.
O‘rta Osiyoda brusellyoz kasalligini aniqlandi. O‘rta Osiyoda brusellyoz kasalligini
juda kech, yani XX-asrining boshlarida o‘rganila boshlandi. Rayt reaksiyasi
yordamida 1912-yili Ashkabaddan vrach Kramnik ikkita bemorni malta isitmasi
bilan kasallanishi va bu kasallik echkilardan yuqqan deb shubhalangan. 1913-yili
Toshkentda Yakimov degan moldoktori (veterinar)bir echkini Rayt reaksiyasi bilan
tekshirib, unda «Malta isitmasi» borligini aniqladi. 1922-yilda yangi tashkil qilingan
Turkiston Davlat universiteti meditsina fakultetining professori Kryunov, Smirnov
bilan
birgalikda
beshta
bemorda
malta
isitmasi
borligini
aniqlashdi.
Respublikamizda brusellyozni ilmiy asosda tekshirish 1934-1935 yillardan
boshlanib, bu sohada professor P. F. Samsonov va professor N. I. Ragozaning
xizmati juda kattadir.
Morfologiyasi. Kasallik qo‘zg‘atuvchilarning Brucella avlodiga mansub 6ta
turi mavjud bo‘lib, shulardan 3tasi odamlarda kasallik keltirib chiqaradi:
Bular:
1) Brucella velitensis (qo‘y echkilar brusellasi qo‘zg‘).
2) Brucella abortusbovis (qoramol brusellasi qo‘zg‘at).
3) Brucella suis (cho‘chqalar brusellasi).
Brusella qo‘zg‘atuvchilari polimorf shaklli (ovalsimon, sharsimon yoki
tayoqchasimon) mayda-mayda tayoqcha hisoblanadi. Bazi paytlarda kapsula xosil
qiladi. Harakatsiz, spora xosil qilmaydigan, gram usulida grammanfiy bo‘yaladigan
mikroorganizmlar hisoblanadi. Romonovskiy-Gimza usulida mikroorganizmlar och
binafsha rangga bo‘yaladi. Patologik ashyodan surtma tayorlab yuqorida
ko‘rsatilgan usullar yordamida bo‘yab mikroskop ostida kuzatilsa, ko‘rish
maydonida mikroorganizmlar tartibsiz joylashganini ko‘ramiz.
Kultural xususiyati. Kasallik qo‘zg‘atuvchilarini optimal o‘sish harorati 370S
hisoblanib, asosan aerob sharoitlarda o‘stiriladi muhit RN 6,8-7,2 ni tashkil qiladi.
60Sdan past va 450Sdan yuqori haroratlarda mikroorganizmlar o‘sish kuzatilmaydi.
Mikroorganizmlar oddiy oziq muhitlarda ham o‘saveradi. Patogenlik materialdan
ajratib olinadigan dastlabki generatsiyalari bilan 1-3 hafta davomida o‘sadi,
laboratoriya kulturalari 24-48 soatdan keyin unib chiqadi. Elektiv muhitlar o‘rnida
jigarli muhitlar kartoshkali agar zardob dekstrozali agar va boshqalar ishlatiladi.
Qiya oziq muhitlarda mikroorganizmlar qavariq rangsiz va sadafga o‘xshab
tovlanib turadigan koloniyalar xosil qilib o‘ssa, suyuq oziq muhitlarda loyqa xosil
qilib o‘sadi. Koloniyalar katta-kichikligi har xil bo‘lib 0,5 mm dan 4 mm
gachaboradi. S shaklli va R shaklli koloniyalar xosil qiladi. Brucella abortus ni
o‘stirish uchun 10% karbonat angidrid bo‘lishi zarur.
Zahar xosil qilish. Brusellalarni patogenlik ta’siri sensibillovchi spesifik
xossalarga ega bo‘lgan endotoksinga aloqador hisoblanadi.
Chidamliligi. Brusellalar tashqi muhit omillarga chidamli hisoblanib, uzoq
muddatgacha saqlanib qoladi. Temperaturaga qarab ular tuproqda 3-4 oygacha
suvda 4-5 oygacha muz va qorda 2-4 oygacha bemor ajralmalari orqali ifloslangan
kiyimlarda go‘sht, go‘ngda 1 oygacha tirik saqlanadi. Sutda 10 kungacha,
sariyog‘da 50-55 kun, pishloqda 45 kungacha tirik saqlanadi. Yuqori haroratga
brusellalar chidamsiz bo‘lib, 600S da qaynatilganda 30 daqiqadan so‘ng bir lahzada
xalok bo‘ladi. Qaynatilganda esa o‘shaza xoti xalok bo‘ladi. Past haroratlarga ancha
chidamli hisoblanib 5-80S da 35 kungacha tirik qoladi. Quyosh nuri tikka tushish
ta’sirida brusellalar bir necha daqiqada xalok bo‘ladilar. Dezinfeksiyalovchi dori-
moddalari brusellalarni tez o‘ldiradi. Masalan: 2% karbol kislota, 1% li xlorli oxak,
0,1% li xloramin, 0,2 % li formalin ta’sirlarida ular bir necha daqiqadan keyin xalok
bo‘ladi.
Hayvonlar uchun patogenligi. Brusellyoz bilan hamma turdagi hayvon va
qushlar og‘rishi mumkin. Qoramol va qo‘y-echkilarda bu kasallik ko‘proq uchraydi.
Brusellalarning bir xil hayvonlardan ikkinchi xil hayvonlarga migratsiyasi o‘ta olishi
brusellyozning epidemiologiyasida juda kattaahamiyatga egadir. Br. Melitensis
qo‘y va echkilardan sigirlarga o‘ta olishi mumkin: bunday xollarda sigirdan odamga
sporadik brusellyoz emas balki epidemik brusellyoz yuqadi. Xuddi shuningdek Br.
Alortus lovis bilan Br. alortus suis ham boshqa hayvonlarga qo‘y echkilarga o‘tishi
mumkin. Xattoki Br. Alortus lovisning tovuqqa o‘ta olishi sunggi yillarda isbot
qilingan. Kasal hayvonning suti siydigi ahlati bilan ayniqsa hayvon bola tashlaganda
shu chala bola uning pardalari yo‘ldoshi va bola tevaragidagi suyuqlik bilan ko‘plab
brusellalar tashqariga chiqadi. Eksperimental sharoitda brusellyozga dengiz
cho‘chqalari
sezgir
hisoblanib,
bu
hayvonlarga
kasallik
qo‘zg‘atuvchisi
yuqtirilganda 3 oygacha suyuqlarni zararlanishi bo‘g‘im tog‘ay va ko‘zlarishi
kastlanib o‘lish bilan tugaydi. Hayvonlarda tez ariqlash, terisini tushishi, ortix teri
atrofiyasi kuzatiladi. Sichqonlarda esa brusellyoz septitsemiya bilan o‘tib mikroblar
ularni jigari va taloqida aniqlanadi.
Odamlarda kasallik patogenezi. Brusellyoz kasalligi zoonozinfeksiya
hisoblanib, kasallikni asosiy manbai kasal hayvonlar hisoblanadi. Odamlarga
brusellyozni yuqishi qo‘y va echkilar orasida epizotiyasiga bog‘liq bo‘ladi. Bundan
tashqari brusellyoz eshak, xachir, tuya, kuchuk, mushuk, kalamush va boshqa
parrandalarda uchrasada lekin bulardan odamlarga kam yuqadi. Brusellyoz bilan
kasallangan hayvonlar ko‘pincha bola tashlaydilar va o‘sha paytda ular odamlarga
xavfli hisoblanadilar. Kasallik yuqishi ko‘klam va yoz oylarida ko‘p uchraydi,
chunki o‘sha paytlarda hayvonlar tug‘ishi ko‘plab kuzatiladi. Bundan tashqari
qushxonalarda sut qabul qilish puntklari, sut zavodlari, pishloq sir pishiradigan
korxona xodimlari teri zavodini ishchilariga brusellyoz yuqishi mumkin. Yana
brusellyoz asosan podachilar, sut sog‘uvchilar, cho‘chqa boquvchilar veterinariya va
zootexniklarda uchrashi mumkin. Kasal hayvonning ahlati tushgan go‘ng, tuproq,
suv orqali ham tarqalishi mumkin.
Odam va hayvon organizmlariga brusellalar shilliq pardalar og‘iz bo‘shlig‘i
konyuktiviva jinsiy a’zo shilliq pardasi va teri orqali kiradi. Kasallik
qo‘zg‘atuvchilarining organizmga kirishi uchun shilliq pardalar va terining kesilgan
va shilingan bo‘lishi shart emas. Kasalllik qo‘zg‘atuvchisi organizmga qaysi yo‘l
bilan tushsa ham ular limfa yo‘llari orqali regionar limfa bezlariga yetib boradi va
bu bezlar kasallik qo‘zg‘atuvchilariga qarshi birinchi barer to‘siq rolini egallaydi.
Odam organizmi bilan brusellalar o‘rtasidagi kurashni oqibati uch xil bo‘lishi
mumkin:
Birinchi varint. Brusellyoz mikroorganizmi ba’zi odamlarni organizmga tushsa
ham kasallik chaqirmaydi, rivojlanmaydi. Brusellyozli hayvonlar boqiladigan
maxsus chorva xo‘jaliklarini xodimlari hamma vaqt kasal hayvonlarni boqishi
sababli ular organizmiga brusellyoz qo‘zg‘atuvchilari kirib infeksiya yuqadi. Oz
miqdorda tushgan brusellalar makroorganizmning kuchli himoya mexanizmini
yengolmay regionar limfa bezlarida limfotsitlar va makrofaglar yordamida xalok
qilinadilar. Shuning uchun ham bunday olamdlar organizmiga ko‘p miqdorda
brusellalar tushsa ham kasallik avj olmaydi, chunki bularda brusellyoz infeksiyasiga
qarshi immunitet bor bo‘ladi.
Ikkinchi variant. Brusellalar odam organizmiga kirgandan keyin regionar limfa
bezlarida joylashib shu yerda qisman ko‘paya boshlaydi, lekin qonga o‘tishi uchun
qulay sharoit bo‘lmaydi. Bu barer brusellyozlarni qonga o‘tkazmay tursada ularni
xalok qilishga kuchi yetmaydi. Brusellalar esa shu regionar limfa bezlarida saqlanib
qolib bu odamning salomatligi o‘zgarmay qolaveradi. Shunday bo‘lsa ham ularni
organizmida turli immunologik jarayonlar sodir bo‘ladi. Laboratoriya usullari
yordamida bunday odamlarni tekshirilsa ularni natijalari musbat chiqadi. Organizm
bilan brusellalar o‘rtasidagi bunday holatni birlamchi latensiya holati deyiladi.
Ba’zida birlamchi latensiya holatining oqibati ikki xil bo‘lishi mumkin. Ba’zan
ma’lum vaqt o‘tgandan keyin har xil sabablarga binoan organizmni himoya
mexanizmlar kuchsizlanadi va brusellalar bilan makroorganizm muvozanati buzilib,
regionlar limfa bezlaridagi mikroblar qonga ko‘plab tushib brusellyoz infeksiyasi
boshlanadi. Boshqa holatlarda vaqt o‘tishi bilan makroorganizmdagi himoya
mexanizmlarni quvvati oshib borib brusellalar kamaya boshlaydi va mutlaqo
yo‘qoladi.
Uchinchi varinat. Bunda brusellalari regionar limfa bezlarida ko‘payib, keyin
qonga o‘tadi va infeksiya generalizatsiyasi boshlanadi. Odam organizmiga kirgan
brusellalar asosan limfogemopoez organlariga o‘rnashib olib ko‘paya boshlab har xil
patomorfologik o‘zgarishlarga sababchi bo‘ladi. Brusellyoz bilan og‘rigan
odamning qonidan, siydigidan va talog‘i, jigari ko‘migi turli limfa bezlaridan
brusella kulturasi olinadi. Ko‘miklardan brusella kulturasini olish lielokulturalar
klinikalarda diagnostika maqsadida qo‘llaniladi. Brusella kasalligi odamlarda va
turli hayvonlarda har xil muddatgacha davom eitishi mumkin. Masalan qo‘ylarda
brusellyozni o‘tkir davri 1,5-2 oydan so‘ng so‘na boshlaydi. 3-4 oydan so‘ng
brusellyoz qo‘ylarni ko‘pchiligi brusellalardan xalos bo‘ladi. Brusellyoz
infeksiyasinig yeneralizatsiyasi boshlangandan keyin bemor organizmidan spesifik
antitelolar ishlab chiqarish va fagotsitar faoliyat kuchayib organizmninghujayra va
to‘qimalarida brusellyoz antigeniga nisbatan o‘ta sezuvchanlik holati paydo bo‘ladi.
2-3 haftadan 2-3 oy vaqt o‘tgandan keyin generalizatsiya asta-sekin so‘na boshlaydi.
Shu bilan birga organizmni tayanch-harakat organlarida nerv sistemasida va
tanosil organlarida brusellalar o‘rnashib olishi natijasida mahalliy o‘zgarishlar-
metastazlar paydo bo‘ladi. Qon orqali aylanib yurgan brusellalarning sharoiti
organizmni himoya mexanizmlari ta’siri ostida yomonlashadi va ular noqulay
(sharoitlar) muhitdan chetlashib, retukulo-yendoteliy sistemasining organlariga
yashirinadi. Shunday qilib, brusellyoz infeksiyasining lokalizatsiyasi boshlanadi.
Mahalliy o‘zgarishlar (metastazlar) paydo bo‘lgan vaqtdan boshlab brusellyozning
o‘tkir davri surunkali davrga o‘tadi. Kasallikning surunkali davri boshlangandan
keyin ham brusellalar limfa-gemopoez organlaridan, vaqti-vaqti bilan qonga o‘tib
turadi. Kasalliknig yeperalizatsiya bilan boshlanishi, so‘ngra, organizmda turli
mahalliy o‘zgarishlar (metostozlar) paydo bo‘lishini va nixoyat, brusellalarining
vaqti-vaqti bilan qonga o‘tib turishini nazarda tutib, brusellyozni septik kasallik deb
hisoblasak bo‘ladi. Dastlabki septik o‘choq brusellyozda limfo-gemopoez
organlarida bo‘ladi. Bu septik o‘choqdan vaqti-vaqti bilan brusellalar ajratib qonga
o‘tib septik holatini davom ettirib turishadi. Tayanch-harakat organlari, nerv
sistemasi va tanosil organlarida paydo bo‘ladigan turli mahalliy o‘zgarishlarini
metostazlar deb hisoblanadi. Bemorda metostazlar paydo bo‘lguncha o‘tgan davr
brusellyozni o‘tkir septik davri bo‘lsa, undan so‘ng kasallikni surunkali septik davri
boshlanadi. O‘tkir-septik davrining qancha davom etishi asosan bemor
organizmining reaktiv qobiliyatiga bog‘liqdir. Mahalliy o‘zgarishlar qaerda
bo‘lmasin baribir metastaz paydo bo‘lgan organning patomorfologik o‘zgarishlari
biriktiruvchi to‘qimalarida yuz beradi. Brusellyozda patomorfologik o‘zgarishlar
boshqacha qilib aytganda mezenxima go‘sht biriktiruvchi to‘qima to‘qimasida sodir
bo‘ladi. Demak brusellyoz kasalligi bu mezenxima infeksiyasi emas organizmda
kasallik jarayonining gox zo‘rayib, gox so‘nib borishi bu brusellyoz kasalligiga xos
kasallik hisoblanadi. Brusellyoz infeksiyasi lokalizatsiyalana boshlagach kasallik
jarayoni asta-sekin so‘na boshlaydi va avvalambor simtonlar yo‘qola borib
brusellalar faqat limfogemopoez organlarida qoladi. Kasallik mikroblari go‘yo
limfagemopoez organlarga yashirinib oladi va bu davrni brusellyozning ikkilamchi
latent davri deyiladi. Makroorganizmning immunobiologik quvvati yetarli bo‘lganda
ikkilamchi latent davri ma’lum vaqtdan so‘ng kasallikning oxiri davriga
bakteriologik sog‘ayishi davriga o‘tadi; organizm brusellalardan butunlay xalos
bo‘ladi. Makroorganizmning infeksiyasiga qarshi reaktiv qobiliyati turli ekzogen va
endogen sabablar ta’sirida kamaygan taqdirda ikkilamchi latent davrdagi infeksiya
yana qo‘zg‘alish va qaytadan kasallik simptomlari paydo bo‘lishi kuzatiladi.
Umuman brusellyoz infeksiyasi organizmdan to butunlay yo‘qolib ketguncha bir
necha marta latent xalotga o‘tib turish holatlari bilan boradi. O‘rtacha brusellyoz
infeksiyasi odamlarda 2-3 yil davom etib, keyin butunlay yo‘qoladi. Bemorni
umumiy ahvoli va infeksion jarayonning qanday davrda ekaniga qarab kasallik
davomida uchta davr ajratiladi:
1) kompensatsiya davri – bunda kasallik yashirin xolda bo‘lib bemorlarda hech
qanday kasallik simptomlari bo‘lmay bemor bu xolda o‘zini sog‘lom sezadi.
2)dekompensatsiya davri infeksiyaning qo‘zg‘algan davri hisoblanib,
makroorganizm turli fiziologik jarayonlar buzilgan bo‘ladi.
3)subkompensatsiya davri organizmda kasallik jarayoni sal qo‘zg‘algan
bo‘ladi, bunda bemorni ahvoli yaxshi bo‘lib, kasallik simtomi bilinar bilinmas
bo‘ladi.
Brusellyozni dastlabki davrlarida aksari bemorning qoni siydigi va turli
organlaridan brusellalarni topish mumkin. Vaqt o‘tishi bilan kasallikni dastlabki
davriga xos simptomlari yo‘qolgach bemor organizmidan brusellalar kamroq
topiladigan bo‘lib qoladi. Organizmning individual holatiga mikroorganizmning
virulentligiga va miqdoriga qarab turli vaqtdan keyin odam organizmi bruselladan
butunlay xalos bo‘ladi. Brusellyozli bemorlarni ba’zilarida limfo-gemopoez
organlarida brusellalarning uzoq vaqt latent holatda saqlana olishi mumkin. Bu
brusellalar
vaqti-vaqti
bilan
kasallikning
qaytalanishiga
sabab
bo‘ladi.
Brusellyozning yashirin davri o‘rta hisob bilan 1 haftadan 2-3 haftagacha cho‘ziladi.
Yashirin davrdan so‘ng kasallik ba’zan to‘satdan ba’zan asta-sekin boshlanadi.
Brusellyozni prodromal davrida kishi darmonsizlanib qo‘l oyoqlarida og‘riq bo‘lishi
tana harorati subfebril ko‘tarilishi limfa bezlarining ozgina kattalashishi jigar va
taloqning salgina shishganligi aniqlanadi. Brusellyozga asosan isitma et uvishish,
qaltirash, terlash xamda retikulo endoteliy organlari harakat tayanch apparti nerv
sistemasi asosan periferik qismlar va tanosil organlarning zararlanishiga bog‘liq
simptomlar xarakterli hisoblanadi.
Isitma brusellyozining eng muhit kardinal simtomlaridan biri hisoblanib
ba’zida harorat 39-40 ga yetsa boshqalarida subfebril (37,1-37,2-37,3) bo‘ladi.
Shunga asosan brusellyoz kasalligida isitmani turli xil tiplari uchraydi.
1)tartibsiz ravishda retsediv beruvchi isitma. Bemorda turli muddatda isitma
davri 1-2 hafta va turli muddatda davom etadigan isitmasiz davr apireksiya 2-3
haftadan bir necha oylargacha cho‘zilishi mumkin.
Kuzatiladi.
2)intermittens isitma bunda ko‘pincha kechqurun ba’zan ertalab harorat 39-40
gacha ko‘tarilib yana normaga tushadi . Bunday isitma odatda 2-3 hafta davom etadi.
3)doimiy isitma. Bunda bemor harorati hamma vaqt yuqori bo‘lib ertalabki
harorat bilan kechquringisi orasida 1 farq bo‘lishi mumkin.
4)to‘lqinsimon isitma. Bunda bemorni harorati kundan-kunga yuqori bo‘lib
ma’lum vaqtdan keyin pasayadi keyin ma’lum vaqtdan keyin yana yuqori bo‘lib
mana shunday to‘lqinsmion holatda bo‘lib, bu brusellyoz kasalligiga juda xarakterli
hisoblanadi.
Immunitet. Bemor organizmida paydo bo‘ladigan immunitet yetarlicha
mustahkam bo‘lmaydi, shuningdek juda uzoq davom etmaydi. Brusellyozni o‘tkir
davrida bemor organizmida infeksion immunitet holati bo‘ladi ya’ni bunday
organizmga brusellyoz yangidan yuqmaydi (buerda organizm super infeksiyaga
chidamli hisoblanadi). Organizm brusellyozdan butunlay xalos bo‘lgandan keyin
ma’lum vaqt davomida brusellarning ozgina dozalariga chidash beradigan ya’ni
organizmga ozgina brusellalar kirganda kasallik yuzbermaydi. Demak
brusellyozdan
sog‘aygan
odam
organizmda
absolyut
bo‘lmasada
nisbiy
infeksiyadan keyin immunitet ma’lumvaqt davom etadi. Shunday qilib brusellyozli
bemor organizmida avval infeksion immunitet paydo bo‘ladi vakeyinchalik bemor
organizmidan brusellalar butunlay yo‘qolgach postinfeksion immunitet vujudga
keladi. Bu immunitetlarni xosil bo‘lishida T limfotsitlar sistemasi ayniqsa
fagotsitoz, allergik holatlar muhim rol o‘ynaydi.
Laboratoriya tashxisi.
Davolash. Antibiotiklar levomitsetin tetratsiklin eretromitsin va boshqalar.
Profilaktikasi. Odamlar orasida brusellyozni yo‘qotish uchun avvalombor bu
kasallikni hayvonlar o‘rtasida tugatmoq zarurdir. Buning uchun turli chorva
xo‘jaliklari planli ravishda tekshirilib kasal hayvonlarni sog‘lom hayvonlardan
ajratib ular maxsus transport yordamida qushxonalarga jo‘natiladi.
KUYDIRGI. Kuydirgi- bu spesifik karbunkullar xosil bo‘lishi yoki o‘pka-
ichaklarning shikastlanishi bilan kechadigan o‘tkir yuqumli kasallikdir. Sibir yarasi
ko‘p yillar davomida odamzot boshiga ko‘p talafotlar keltirgan. Har yili bu kasallik
bilan ko‘p millionlab hayvonlar kasallanib xalok bo‘lishgan. Shu bilan bir qatorda
odamlar ham bu kasallik bilan kasallanishib, bu kasallikni ular muqaddas olov fors
olovi deb atab kelishgan. 1788 yilda rus olimi S. S. Andreevskiy Sibirdagi
epizootiya vaqtida bu kasallikni o‘ziga yuqtirib hayvonlar va odamlarda uchraydigan
kasallik bir xil ekanligini isbotlab bu kasallikni Sibir yarasi deb atashni taklif kilgan.
Kuydirgi qo‘zg‘atuvchisi Bacillaceae oilasiga mansub bo‘lib Bacillus ant’racis deb
nomlanadi. Kasallik qo‘zg‘atuvchisini 1849 yilda Pollender 1850 yilda Daven
tomonidan tasvirlab berilgan. 1876 yilda R. Kox kasallik qo‘zg‘atuvchilarini kasal
hayvonlarni qonida uchrashi aniqlab, bu mikroorganizmlarni toza kulturada o‘stirib,
spora xosil qilishini isbot qildi. 1881 yildaL. Paster bu mikroorganizmlardan vaksina
tayyorlash usulini ishlab chiqishga muvaffaq bo‘ldi. Osiyo mamlakatlardaAfrika,
Janubiy Amerika.
Morfologiyasi. Kuydirgi batsillalari boshqa patogen batsillalar orasida eng
yirik hisoblanib, uchlari kesilib tushgan tayoqcha shaklida bo‘lib uzunasiga 3-5
mkm, eniga 1-1. 2 mkm keladi. Mikroorganizm gramm usuli bo‘yicha grammusbat
bo‘yalib spora va kapsula xosil qiladigan harakatsiz hisoblanadi. Spora
mikroorganizmni o‘rta qismida joylashib, tuxumsimon shaklda ko‘rinadi. Spora
xosil bo‘lishi kislorodli sharoitda 30-400S haroratlarda yaxshi boradi. Kasallik
qo‘zg‘atuvchisi odam va hayvon organizmlarida spora xosil qilishmaydi faqat tashqi
muhitda spora xosil qilishadi. 430S dan yuqori va 150S dan past haroratlarda spora
xosil bo‘lmaydi. Issiq kunlarda mikroorganizmlar qora tuproqli joylarda sporali
holatdan vegetativ holatga o‘tishi va bahor kelishi bilan spora holatiga o‘tishi
aniqlangan. Kasallik qo‘zg‘atuvchisi odam va hayvon organizmlarida kapsula xosil
qiladi. Bundan tashqari tarkibida qon zardobi, tuxum oqsili va miya to‘qimalari bor
oziq muhitlardaham kapsula xosil qilishi kuzatiladi. Oddiy oziq muhitlarda
o‘stirilganda esa kapsulasi yo‘qolib ketadi. Ko‘rish maydonida yakka-yakka, juft-
juft yoki zanjir shaklida ko‘rinadi.
O‘stirish. Kuydirgi qo‘zg‘atuvchisi aerob va fakultetiv anaerob hisoblanib,
optimal o‘sish harorati 37-380S,chegaraviy o‘sish nuqtalari esa 12-450S dir, muhit
rNi esa 7,2-7,6 ni tashkil qiladi. Oziq muhitlarga talabchan emas. Kasallik
qo‘zg‘atuvchilarini go‘sht peptonli agarda o‘sishi muhim diagnostik ahamiyatga ega
bo‘lib,bunda ular diametri 3-5 mm keladigan chetlari shaklli kumush rangli, kul
rangli koloniyalar ya’ni meduza boshiga yoki arslon yo‘liga o‘xshab ketadigan iplar
chiqib o‘sishi kuzatiladi. Bulonlarda esa mikroorganizmlar probirka tagida cho‘kma
(ipir-ipir) xuddi paxta bo‘lakchalarini eslatuvchi cho‘kma xosil qilib, bulon
tiniqligicha qolaveradi. Kuydirgi batsillalari R-ko‘rinishdan S ko‘rinishli
koloniyalarga
o‘tganda
o‘zlarini
morfologiyasini
o‘zgartirib
surtmalarda
zanjirsimon emas balki diplobatsiller ko‘rinishli yoki koksimon ko‘rinishda bo‘lishi
kuzatiladi.
Fermentativ xususiyati. Kuydirgi batsillalari yuqori biokimyoviy aktivlikka
ega bo‘lib ular linaza, diastaza, peroksidaza, katalaza, va degidraza fermentlariga
egadirlar. Jelatin ustunchasida batsillalar o‘sganda to‘nkarilgan archa ko‘rinishida
o‘sib,keyinchalik jelatin voronkaga o‘xshab suyuladi. Glyukoza, saxaroza,
maltozani parchalab kislota xosil qiladi. Sutni asta-sekin ivitadi. Ammiak
serovodorod xosil qiladi va asta-sekin nitratlarni nitritlargacha parchalaydi. Qonli-
agarlarda gemoliz zona xosil qilmasligi bilan o‘ziga o‘xshagan tuproq batsillalari va
soxta kuydirgi batsillalaridan farq qiladi.
Zahar xosil qilishi. Odam va hayvon organizmilarida va maxsus oziq
muhitlarda kuydirgi batsillalari alohida zaharli kompleks ekzotoksin xosil qilib, bu
kompleks
uchta
faktordan:
yallig‘lanish,
letal
va
immunogen
faktor
(protektivantigendan iborat bo‘ladi). Kasallik patogeneri va immunitet xosil
bo‘lishida shu kompleks katta rol o‘ynaydi.
Antigen tuzilishi. Kuydirgi batsillasining hujayra devorida polisaxarid AG va
kapsulali protein AG bo‘ladi. Somatik polisaxarid AG termostabil, protenli AG esa
termolabil hisoblanadi. Organizmda shu ikkala AGlarga nisbatan AT lar ishlanib
chiqadi-yu lekin ular himoya xossalariga ega emasdirlar. Hayvonlar va odamlar
organizmida mikroorganizm alohida AG ya’ni protektiv himoya AG xosil qiladi va
shu AG immunitet holatini keltirib chiqaradi.
Chidamliligi. Kuydirgi qo‘zg‘atuvchilari ampulaga joylashib berkitilgan
bulonlarda 40 yilgacha sporalilari 65 yilgacha tirik saqlanadilar. Quritilgan holatda
sporali turlari 28 yilgacha, tuproqlarda 10 yillab tirik saqlanib qoladilar. Vegetativ
holatdagilari 550S haroratda 40 minutda, 600S haroratda 15 minutda, kaynatilganda
1-2 minut davomida xalok bo‘ladilar. Sporali holatdagilari issiqqa chidamli bo‘lib,
qaynatilganda 15-20 minutdan keyin 1100S da, avtoklavlashda 5-10 minutda keyin
120-1400S keladigan quruq issiqqa 2-3 soat davomida chidash bera oladi.
Dezinfeksiyalovchi dorilardan 1% formalin aralashmasi ta’sirida 2 soatdan keyin,
5% li karbol kislota, 5-10% li xloramin eritmalari ularni bir necha soat mobaynida
25% dan to absolyut konsentratsiyagacha bo‘lgan etil spirt ta’sirida esa 50 kundan
so‘ng xalok bo‘ladi.
Hayvonlar uchun patogenligi. Uy hayvonlaridan mollar, echkilar, otlar,
tuyalar, cho‘chqalar bu kasallikka moyil hisoblanib, ular spora aralashgan ya’ni
tushib qolgan ozuqalarni yeganlarida og‘iz orqali yuqishi mumkin. Yana
qonso‘ruvchi bo‘g‘im oyoqlilar orqali ham yuqishi mumkin. Laboratoriya
hayvonlaridan ko‘proq dengiz cho‘chqalari, quyonlar, oq sichqonlar sezgir
hisoblanadi. Agarda ular organizmiga kasallik qo‘zg‘atuvchisi kiritilsa 2-3 kundan
so‘ng xalok bo‘lishlari mumkin. Mikroorganizm kiritilgan joylarda shish, qon
quyilishi, talokni kattalashganini va septitsemiya rivojlanganligini kuzatamiz.
O‘lgan hayvonlarni qonlari kuydirgi batsillalari antikoagulyatsiyalovchi ta’siri
natijasida quyilmaydi ya’ni suyuq qora,qizil rangda bo‘ladi shuning uchun ant’rax
ko‘mir deyiladilar.
Patogenezi.
Kuydirgikasalliginimanbai
uy
hayvonlari,
asosan
yirikvamaydashoxli hayvonlar shuningdekitlar hisoblanadi. Kuydirgibilan og‘rigan
hayvonlar
kasallik
qo‘zg‘atuvchilarini
o‘zlariniahlatibilan
tashqarigaajratibchiqaradilar. Hayvonlar shu kasallikdan o‘lsa ularni terisi, juni,
ichki organlariva qoni uzoq muddatgachayuqumlibo‘lib turadi. Sog‘lom
odamlargakasallik tirikyoki o‘lgan hayvonlardan yuqadi. Kuydirgibilan og‘rigan
hayvongayaqin
yurish
uniboqish
paytidakasallikyuqishimumkin.
Kuydirgikasalligibilan kasallanib o‘lgan hayvonlar terisivajunidan tayyorlangan har
xilkiyimlar orqali hamkasallikyuqishikuzatiladi. Asosan kuydirgicho‘pon,
veterinariya xodimlari, qushxona, terizavodiishchilari, mo‘ynado‘zlar, eski-tuski
qabul qiladigan punkt xodimlarida uchraydi. Kuydirgi qo‘zg‘atuvchisi
organizmgashilingan teri, me’da, ichakshilliq pardalariva havo yo‘llari orqali o‘tadi.
Kasallikniyashirin davri o‘rtacha 2-3 kunni tashkil qiladi. Kuydirgi qo‘zg‘atuvchisi
qanday usulbilan yuqqaniga qarabkasallikni teri, o‘pkavaichak formalari farqlanadi.
Kasallikni teri formasi asosan 98% xollarda uchrab, mikroorganizm kirgan
joyda kichik qizil dog‘lar xosil bo‘lib, so‘ngra ular papula, pustula va yallig‘lanish
protsessi rivojlangandan keyin kuydirgi karbunkuliga aylanadi. Kuydirgi chiqqan
joyning yon atrofi shishgan nekrozlashgan bo‘lib karbunkulin tevarak atrofini bir
qancha pufakchalar o‘rab olgan bo‘ladi. Asosan karbunkul gavdani ochiq
qismlarida, yuz, qo‘llarda joylashadi. Yaraga yaqin joylarda limfa bezlarini shishishi
bezdan kuydurgi yarasini odamni betida yoki bo‘ynida bo‘lsa kasallik og‘ir o‘tishi
va sepsissga olib keladi vabu o‘lim bilan tugaydi. Kasallikning o‘pka formasi faqat
odamlarda uchrab, kasal hayvonning shuni bilan kasalning qo‘zg‘atuvchisi sporalari
o‘pkaga kirganda paydo bo‘ladi. Bemorlarda tana haroratini 400S ga ko‘tarilishi,
kontaktiv (ko‘z yoshi oqishi, yorug‘likdan cho‘chish, konyuktivit gipereliyasi),
yuqori nafas yo‘llari tomonidan kaytar alalomatlar (ancha urish, ovozni xiralashishi,
yo‘tal) kuzatiladi. Kasalliknibirinchi soatlarida bemorni ahvoli yomonlashib
ko‘krak qafasida qattiq og‘riq, nafas qisishi, sianoz, taxikardiya, AD pasayishi
kuzatiladi. Balg‘amda ko‘pincha qon aralashmasi bo‘ladi. Bunday bemorlarda
kollagen 2-3 kundan keyin o‘lish bilan tugaydi. Kasallikni ichak formasida bemor
tana haroratini yuqori bo‘lishi, eniga strop qismida og‘riq bo‘lishi, ich ketish va qayt
qilishlar kuzatiladi. Ichak formasida qorini dam bo‘lib ketishi xollari ham kuzatilib
o‘lim bilan tugashi mumkin.
Immunitet. Kuydirgi immunitet turg‘un bo‘lmaydi, kasallik takrorlanishi
mumkin. Organizmni saqlanishida asosiy rolni protektiv va fagotsitar reaksiya
o‘ynaydi.
Laboratoriya tashxisi. Laboratoriyaga bemorlardan olinadigan ashyolar:
karbunkuldan chiqqan yiring, balg‘am, bemorni ahlati, qoni, hayvonlardan
olinadigan ashyo: shuni terisi, go‘shti, jasadidan material va boshqalar, suv, tuproq,
tashqi muhitning turli ob’ektlarini qazib olingan suv yuboriladi.
Laboratoriya usullari: Bakteriologik, bakterioskopik, biologik, allergik
reaksiyalar, serologik reaksiyalar. Bakteriologik usulda kasallikni teri formasida
pufakchalar suyuqligi, septik xilida bemor qoni, balg‘ami, ahlati va siydigi olinadi.
Olingan ashyo oziqli agarda, qonli-agarli kosachaga, oziq bulonli probirkaga ekilib
370S li termostatga 18-20 soat davomida qo‘yiladi. Bulonlarda ular parcha-parcha
cho‘kma xosil qilib o‘sadi. Kuydirgi tayoqchalari penitsillin tasirida «marvaridga»
o‘xshash sferoplastlar xosil qiladi. Bu holat esa Bae. Auf’cacis ni patogen
bo‘lmagan batsillalardan ajratish imkonini beradi.
Bakteriologik usul. Patologik ashyodan surtma tayyorlab gramm usulida
bo‘yab mikroskop ostida kuzatiladi. Agar mikroskopni kichik ob’ektividan qarasa
unda «sher yo‘li» yoki «merduzani boshi»ga o‘xshash ko‘rinishda bo‘ladi.
Biologik sinama. Tekshiruvchi ashyo oq sichqon, dengiz cho‘chqasi yoki
quyonlar teri ostiga yuboriladi. Hayvonlar 1-2 kundan keyin o‘lib qoladi. O‘lgan
hayvonlar yorilib, qon va ichki organlaridan surtma tayyorlab mikroskopda
tekshirish va kapsulali kuydirgi qo‘zg‘atuvchisini ko‘rinishi diagnoz qo‘yishga
yordam beradi.
Teri allergik reaksiyasida 0,1 ml miqdoridagi antraksin bemor bilakining
ichki tarafidagi teri orasiga yuboriladi. 24-48 soatdan so‘ng ukol qilingan joyda
yallig‘lanish alomatlari paydo bo‘lsa, reaksiya + hisoblanadi. Qizargan va shishgan
joyining satxi 15 mm gacha bo‘lsa reaksiya sal musbat (+), 20-25 mm bo‘lsa musbat
(++) va 20-40 mm va undan katta bo‘lsa o‘ta musbat (+++) deb baholanadi.
Serologik usul. Kuydirgi kasalligiga tez diagnoz qo‘yish uchun
immunoflbressensiya usulidan foydalaniladi. Bu usulda Vas ant’acisni kapsulali
turlarini aniqlash imkonini beradi. O‘lgan hayvonlarda yoki kuydirgining visseral
turini eslatuvchi noma’lum kasallikdan o‘lgan odamlarda kuydirgini aniqlash hamda
mahsulotlarni
teri
molik
jun
zararlanganini
aniqlash
uchun
Askoli
termopresipitatsiya reaksiyasi qo‘yiladi.
Davolash. Antibiotiklar va kuydirgiga qarshi immunoglobulin va boshqalar.
Profilaktikasi. Uy hayvonlari orasida kuydirgi kasalligiga qarshi kurash
veterinariya sanitariya chora-tadbirlarini o‘tkazish: zararlangan hayvonlarni o‘z
vaqtida aniqlash, ularni ajratish va davolash, ularni xashorat chaqishidan saqlash,
ajralmalarini yukumsizlantirishdan iborat. Kuydirgi bilan kasalllangan hayvonlar
jasadi kuydirib tashlanadi. Kuydirgiga shubha tug‘ilgan joylarda hayvonlarni
o‘tlatish, zararlangan suv havzalaridan foydalanish man etiladi. Hayvonlar o‘rtasida
kuchsizlantirilgan tirikvaksina STIbilan profilaktika emlashlar o‘tkaziladi. Odamlar
o‘rtasida profilaktik hayvonlarni parvarish qilishda, so‘yishda ular mahsuloti teri,
go‘sht, mo‘yna, dag‘al sochni qayta ishlashda gigiena qoidalariga rioya qilishdan
iborat. Terini dezinfeksiya qilish uchun 2,5% li vodorod xlorid kislota va 15%li
natriy xlorid eritmasi bilan 300S haroratda qayta ishlab 40 soat davomida
ekspozitsiya qilib qo‘yiladi. Jun 100-1100S haroratda yonib turadigan bug‘da yoki
poraformalin kameralarida 62-650S da 2,5 soat davomida ekspozitsiya qilinadi.
Mo‘ynalar ham paraformalin kameralarida qayta ishlanadi. Kuydirgi jihatdan
noqulay bo‘lgan punktlarda kasallikni oldini olish maqsadida chorvachilik
xo‘jaliklarida, hayvonlar so‘yiladigan qushxonalarda, hayvon mahsulotlari va
xomashyosini qayta ishlaydigan zavodlarda, ularni tayyorlaydigan va tashuvchi
barcha transport vositalarida yil davomida ikki marta dezinfeksiya o‘tkaziladi.
Sanitariya maorifi ishlari keng ko‘lamda olib borilib tegishli korxona ishchilari
maxsus kiyimlar, dezinfeksiyalovchi eritmalar zarur bo‘lgan xollarda individual
himoya vositalari ko‘zoynak, niqob va x. k. bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak. Aholi
o‘rtasida spesifik profilaktikada maxsus tayyorlangan tirik STI vaksinasi ishlatiladi.
O‘choqda ko‘riladigan choralar. Kasallik davrida bemor kasalxonaga yotqizilishi
lozim. Teri formasida rekonvalessentlar yara bitib yarachasi tushib ketganda septik
formasida klinik jihatdan tuzalgandan so‘ng kasalxonadan chiqariladi. Bemor bilan
kontaktda bo‘lganlar alohida ajratib qo‘yilmaydi, lekin ular 8 kun davomida
meditsina kuzatuvida bo‘ladi. Profilaktik maqsadda kuydirgiga qarshi
immunoglobulin qo‘llaniladi. Uni kasal hayvonlarni ko‘mishda qatnashgan, kasal
hayvonlar go‘shtini tayyorlangan va uni ovqat bilan iste’mol qilgan shaxslarga
yuboriladi. Kuydirgiga qarshi antibiotiklar va immunoglobulin qo‘llaniladi.
Fenoksimetilpensillin sutkasiga 2 marta 5 kun davomida 1 gramdan yoki 0,5
gramdan tetratsiklin 5 kun davomida beriladi. Ichish uchun 1 gramdan ampitsillin
sutkasiga 2 marta beriladi. Globulin profilaktikasida esa katta yoshdagi kishilarga
20-25 ml immunoglobulin yuborish tavsiya etiladi. 14-17 yashar o‘smirlar uchun
uning dozasi 12 ml gacha bolalarda 5-8 ml gacha kamaytirib yuboriladi.
Immunoglobulin isitilgan xolda mushaklar orasiga yuboriladi.
TOUN YOKI O‘LAT (CHUMA), TULYAREMIYA
QO‘ZG‘ATUVCHILARIGA TA’RIF
Toun kasalligi o‘ta xavfli yuqumli kasallik bo‘lib, kuchli intoksiatsiya
boshlanishi va limfa tugunlarining teri va boshqa organlarni yallig‘lanishi bilan
ta’riflanadi. Toun pandemiyasi 1820 yildabo‘lib o‘tdiva shundan keyin ham 3 ta
pandemiya kuzatildi. Albatta bu pandemiyalarda bir necha millionlab odamlar