• Sinf: 10
Fan: Adabiyot
Mavzu: O‘tkir Hoshimov hayoti va ijodi
10-SINF
ADABIYOT
O‘rganganlarimizni yodga olamiz
1. ”Ota tarafdan katta bobolarim Norboy bobo, Boymurod
bobo,Ubaydullo bobolar bo‘lishgan. Undan keyin mening
bobom Orif bobo.Ona tarafdan bobomni Erdona karvon
deganlar…‘‘ Qaysi ijodkor o‘z bobolari haqida ushbu
ma’lumotni aytib o‘tgan.
2. ”Rubob va cholg`uchi‘‘ga murojaatdan boshlangan
she’r qanday nomlanadi?
3. O‘zini Karbalo dashtidagi Majnunga o‘xshatgan ijodkor
kim va she`r qanday nomlanadi?
4. Abdulla Oripovninig ’’hamisha bir hisga asir‘‘likni
eslatib turuvchi she’ri qanday nomlanadi?
Javoblar
1. Abdulla Oripov. ’’Ko‘rgan-bilganlarim‘‘maqola
2.’’Munojot‘‘ni tinglab‘‘ she’rida
3. Abdulla Oripov. ’’Yurtim shamoli‘‘ she’ri
4. ’’Birinchi muhabbatim‘‘ deb nomlanadi
O‘tkir Hoshimov
(1941-2013)
Taniqli o‘zbek yozuvchisi va
jamoat arbobi O‘tkir Hoshimov
1941-yil 5-avgustda Toshkent
shahrining Do‘mbirobod
qishlog‘ida tug‘ilgan
Otasi—Atulloxon Hoshimov
dehqonchilik qilgan.
To‘qimachilik kombinatida
hamda shu yerga qarashli
oromgohda ishlagan
Onasi—Hakima Hoshimova
mehribon va oqko‘ngil ayol
bo‘lgan.
Ilk kitobi —’’Po‘lat
chavandoz‘‘. 1962-yil
chop etilgan
Dastlabki badiiy asari
’’To‘rt maktub‘‘
hikoyasi. 1963-yil
’’Toshkent haqiqati‘‘
gazetasida bosildi
Birinchi yirik asari —
’’Cho‘l havosi‘‘ qissasi.
1963-yil oktabrda
’’Sharq yulduzi‘‘
jurnalida e’lon qilindi
MASHAQQATLI SAFAR
Kitobxon bilan ikki og‘iz suhbat
Menga qolsa, badiiy ijodda qandaydir ilohiy jarayon
bor, degan bo‘lur edim. Xudo ko‘ngliga solmaguncha
haqiqiy ijodkor qo‘liga qalam olmaydi! Haqiqiy asar
shunchaki yozilavermaydi, haqiqiy asar farzand kabi
tug‘iladi! «Dunyoning ishlari» va «Qalbingga quloq sol»,
«Nur borki, soya bor» va «Bahor qaytmaydi», «Ikki eshik
orasi» va «Tushda kechgan umrlar» asarlari, qator hikoya
va sahna asarlari ham shu tarzda tug‘ilgan...
’’Dunyoning
ishlari‘‘qissasi
(2016) muqovasi
Oyim qancha sodda bo‘lsalar, shuncha donishmand
ham edilar! Iloji boricha hammaga yaxshilik qilishni
xohlar, o‘ta oqko‘ngil, gina-kuduratni bilmaydigan ayol
edi («Dunyoning ishlari»da qanday tasvirlangan bo‘lsa,
onam xuddi shunday edi)…
Har
gal
yangi
kitobim
chiqishi
bilan
birinchi
nusxasini onamga taqdim etardim, «birinchi ustozim
Oyimga» deb yozib berardim.
1980-yili onamning to‘satdan vafot etishi menga juda
og‘ir ta’sir qildi. Farzandlik burchimni qay darajada ado
etdim, degan o‘kinchli xayol vujudimni larzaga soldi.
«Dunyoning ishlari» kitobi shu iztirobli tuyg‘ular tufayli
tug‘ildi…
’’Ikki eshik orasi‘‘
romani (2013) muqovasi
Oyim
bir
gapni
ko‘p
aytardi:
«Sen
tug‘ilganingda qiyomat qoyim bo‘lgan edi.
O‘ris
xotinlar
urush
boshlanibdi,
deb
yig‘lagan, men– ammamning buzog‘i hayron
bo‘lgandim. Urush allaqayoqda bo‘layotibdi-
yu, bular nega dod soladi, degandim. Keyin
aqlim yetdi».
«Ikki eshik orasi» romanida Qora amma
ham urush haqidagi xabarni shunday qabul
qiladi.
O‘g‘li
Kimsan
frontga
ketmoqchi
bo‘lganidan
keyingina
vahimaga
tushib
qoladi.
Ba’zi
do‘stlarim
roman
qo‘lyozmasining
muhokamasida
«urush
boshlangani
haqidagi
xabarni
bu
qadar
soddalashtirib
tasvirlamaslik
kerak
edi»,
degan mulohazani aytdi. Biroq men uchun bu
hodisa
kinolarda
tasvirlanganidan
ko‘ra,
onam
aytib
bergan
hikoyada
hayotga
yaqinroq ko‘rindi. ..
ASARLARI
HIKOYALARI
•
’’Urushning so‘nggi
qurboni‘‘
•
’’ Yanga‘‘
•
’’Muhabbat‘‘
•
’’Dehqonning bir kuni‘‘
•
’’Umr savdosi‘‘
•
’’Quyosh tarozusi‘‘
•
’’Oq bulut, oppoq bulut‘‘
QISSALARI
’’Cho‘l havosi‘‘
’’Odamlar nima derkin‘‘
’’Shamol esaveradi‘‘
’’Qalbingga quloq sol‘‘
’’Kvazarlar ‘‘
’’Dunyoning ishlari‘‘
’’Ikki karra ikki besh‘‘
ROMANLARI
•
’’Nur borki, soya bor‘‘
•
’’Ikki eshik orasi‘‘
•
’’Tushda kechgan umrlar‘‘
DRAMALARI
• ’’Xazon bo‘lgan bahor‘‘
• ’’Inson sadoqati‘‘
• ’’Sizdan ugina‘‘. Satirik
komediya
• ’’To‘ylar muborak‘‘
Komediya
• ’’Qatag‘on‘‘. Fojia
’’DAFTAR HOSHIYASIDAGI BITIKLAR‘‘
Mazkur to‘plamning
2001-yilgi nashrida muallif
shunday yozadi:
’’Bu kitobchani qariyib
qirq yil yozdim. Bular–
mening Kuzatuvlarim.
O‘ylarim. Bir qadar armonli,
bir qadar istehzoli, bir qadar
tabassumli Xulosalarim…‘‘
Yaratganga shukr, oilam ijod mashaqqatini chuqur anglaydi.
Umr yo‘ldoshim – pedagog. Ikki farzandim, besh nabiram bor.
MASHAQQATLI SAFAR
Kitobxon bilan ikki og‘iz suhbat
Hamisha bir orzu bilan yashayman. Shunaqa kitob
yozsangki, uni o‘qigan kitobxon, hamma narsani unutsa,
asar qahramonlari hayoti bilan yashasa. Kitobni o‘qib
bo‘lgan kuni kechasi bilan uxlolmay, to‘lg‘onib chiqsa.
Oradan yillar o‘tib asarni qaytadan qo‘liga olganda tag‘in
hayajonlansa... Eng katta orzum – shu.
Uyga vazifa
Yozuvchining
o‘zi
haqida
yozgan ’’Mashaqqatli safar‘‘ nomli
avtobiografik
hikoyasining to‘liq
matnini topib o‘qing.
e-adabiyot.uz
SAVOLLAR
1.
O‘tkir Hoshimovning bolalik davrida yozgan ilk she’ri qanday
nomlangan?
2.
Yozuvchi o‘z shajarasi to‘g‘risidagi ma’lumotni nechanchi
yilda, kimdan olgan?
3.
Yozuvchi ijod haqida qanday fikrlarni bildirgan?
4.
‘’’Daftar hoshiyasidagi bitiklar‘‘ to‘plamini adib necha yil
davomida yozganman deb aytib o‘tadi?
5.
Yozuvchi otasidan qattiq hayiqishi haqida qanday fikrlarni
keltirib o‘tgan?