OTLARNING YASALISHI, TUZILISH JIHATDAN TURLARI. OTLARDA MODAL MA’NOLAR

Yuklangan vaqt

2024-06-04

Yuklab olishlar soni

2

Sahifalar soni

6

Faytl hajmi

45,5 KB


Ilmiybaza.uz 
 
 
 
 
OTLARNING YASALISHI, TUZILISH JIHATDAN TURLARI. OTLARDA 
MODAL MA’NOLAR 
 
 
Reja: 
1.Otlarning yasalishi:1) morfologik usulda ot yasalishi; 2) sintaktik usulda ot 
yasalishi; 3) semantik usulda ot yasalishi; 4) abbreviatsiya usulida ot yasalishi.  
 2.Otlarning yasalishi, tuzilish jihatdan turlari.  
 3.Otlarda modal ma’no 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Ilmiybaza.uz OTLARNING YASALISHI, TUZILISH JIHATDAN TURLARI. OTLARDA MODAL MA’NOLAR Reja: 1.Otlarning yasalishi:1) morfologik usulda ot yasalishi; 2) sintaktik usulda ot yasalishi; 3) semantik usulda ot yasalishi; 4) abbreviatsiya usulida ot yasalishi. 2.Otlarning yasalishi, tuzilish jihatdan turlari. 3.Otlarda modal ma’no Ilmiybaza.uz 
 
1) Morfologik usul bilan ot yasash 
Bu usulga ko‘ra so‘zning leksik ma’noli ifoda etuvchi qismiga maxsus ot 
yasovchi qo‘shimchalarni qo‘shish bilan yangi ot yasaladi. 
Morfologik usul bilan yasalgan otlar ma’noli xususiyatlariga ko‘ra quyidagi 
guruhlarga bo‘linadi: 
a) Shaxs va kasb-hunar otlarini yasovchi qo‘shimchalar. Bu qo‘shimchalarga 
quyidagilar kiradi: -chi, -dosh, -kash, -bon, -boz, -paz, -dor, -shunos, -xon, -so‘z , -
do‘z, -gar, -xo‘r, -vachcha. 
Bu qo‘shimchalar, asosan, otga qo‘shilib, shaxs va kasb-hunarga (shu 
mashg‘ulot, kasb-hunar bilan shug‘ullanuvchi shaxs) oid yangi ot yasaydi: 
xizmatchi, suratkash, sinfdosh, bog‘bon, kaptarboz, oshpaz, chorvador, tilshunos, 
kitobxon, soatsoz, etikdo‘z, zargar, pivoxo‘r, xolavachcha kabi. 
b) Narsa, qurol, o‘lchov birligi  otlarini yasovchi qo‘shimchalar. Bu 
qo‘shimchalarga quyidagilar kiradi: -k (-ik), -ak, -q (-iq, -uq),  -oq. 
Bu qo‘shimchalar asosan, fe'lga qo‘shilib, fe'ldan  anglashilgan ish-harakatni 
bajarish uchun qo‘llanadigan predmet yoki harakat, holat natijasi bo‘lgan 
predmetning otini yasaydi: kurak, elak, ko‘rik, bo‘lak, taroq (tara  -q), chopiq, 
yutuq, o‘roq kabi 
d) O‘rin-joy otlarini yasovchi qo‘shimchalari. Bu qo‘shimchalarga 
quyidagilar kiradi: -zor, -loq, -iston, -qoq. 
Bu qo‘shimchalar otga qo‘shilib, otdan anglashilgan predmet mavjud 
bo‘lgan, ekiladigan yoki yashaydigan o‘rin- joy otini yasaydi: gulzor, o‘q 
O‘zbekiston, botqoq kabi. 
e) mavhum ot yasovchi qo‘shimchalar. Bu qo‘shimchalarga quyidagilar 
kiradi: -lik (-liq), -chilik (garchilik), -gilik (-kilik), -ch(inch). 
Bu qo‘shimchalar ot, sifat, son, olmosh, fe'l, ravish, modal so‘zlarga 
qo‘shilib yangi mavhum ma’nolidagi otlarni yasaydi: go‘zallik, borliq, paxtachilik, 
xafagarchilik, ko‘rgilik, ichkilik, ishonch, qo‘rqinch kabi. 
2) Sintaktik usul bilan ot yasash. 
Ilmiybaza.uz 1) Morfologik usul bilan ot yasash Bu usulga ko‘ra so‘zning leksik ma’noli ifoda etuvchi qismiga maxsus ot yasovchi qo‘shimchalarni qo‘shish bilan yangi ot yasaladi. Morfologik usul bilan yasalgan otlar ma’noli xususiyatlariga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘linadi: a) Shaxs va kasb-hunar otlarini yasovchi qo‘shimchalar. Bu qo‘shimchalarga quyidagilar kiradi: -chi, -dosh, -kash, -bon, -boz, -paz, -dor, -shunos, -xon, -so‘z , - do‘z, -gar, -xo‘r, -vachcha. Bu qo‘shimchalar, asosan, otga qo‘shilib, shaxs va kasb-hunarga (shu mashg‘ulot, kasb-hunar bilan shug‘ullanuvchi shaxs) oid yangi ot yasaydi: xizmatchi, suratkash, sinfdosh, bog‘bon, kaptarboz, oshpaz, chorvador, tilshunos, kitobxon, soatsoz, etikdo‘z, zargar, pivoxo‘r, xolavachcha kabi. b) Narsa, qurol, o‘lchov birligi otlarini yasovchi qo‘shimchalar. Bu qo‘shimchalarga quyidagilar kiradi: -k (-ik), -ak, -q (-iq, -uq), -oq. Bu qo‘shimchalar asosan, fe'lga qo‘shilib, fe'ldan anglashilgan ish-harakatni bajarish uchun qo‘llanadigan predmet yoki harakat, holat natijasi bo‘lgan predmetning otini yasaydi: kurak, elak, ko‘rik, bo‘lak, taroq (tara -q), chopiq, yutuq, o‘roq kabi d) O‘rin-joy otlarini yasovchi qo‘shimchalari. Bu qo‘shimchalarga quyidagilar kiradi: -zor, -loq, -iston, -qoq. Bu qo‘shimchalar otga qo‘shilib, otdan anglashilgan predmet mavjud bo‘lgan, ekiladigan yoki yashaydigan o‘rin- joy otini yasaydi: gulzor, o‘q O‘zbekiston, botqoq kabi. e) mavhum ot yasovchi qo‘shimchalar. Bu qo‘shimchalarga quyidagilar kiradi: -lik (-liq), -chilik (garchilik), -gilik (-kilik), -ch(inch). Bu qo‘shimchalar ot, sifat, son, olmosh, fe'l, ravish, modal so‘zlarga qo‘shilib yangi mavhum ma’nolidagi otlarni yasaydi: go‘zallik, borliq, paxtachilik, xafagarchilik, ko‘rgilik, ichkilik, ishonch, qo‘rqinch kabi. 2) Sintaktik usul bilan ot yasash. Ilmiybaza.uz 
 
Bu usulga ko‘ra birdan ortiq so‘zni ma'lum bir yo‘sinda va biriktirish orqali 
yangi ot yasaladi. O‘zbek tilida qo‘shma va juft otlar shu usul bilan yasaladi. 
a) qo‘shma ot ikki yoki undan ortiq so‘zning ma’noli va grammatik jihatdan 
o‘zaro tobelanish yo‘li bilan birikib, keyinchalik bu sintaktik munosabat-ning 
yo‘qolishi natijasida hosil bo‘lgan va bir predmetni anglatadigan, bir bosh urg‘u 
bilan aytiladigan yangi so‘zdir. 
Bunday otlarga: belbog‘, bedapoya, oshqazon, gultojixo‘roz, Sirdaryo, so‘z 
boshi kabilar kiradi. 
b) juft otlar. So‘zlarning o‘zaro teng bog‘lanish yo‘li birikib, bir predmetni 
ifoda etadigan yangi so‘z. 
3) Abbreviasiya usuliga ko‘ra, bir butun holda qo‘llanadigan otlar yasaladi. 
Bu usulga ko‘ra yasalgan otlar qisqartma otlar-abbreviaturalar deyiladi. 
Masalan: DAN (Davlat avtomabil nazorati), AYOQSH (avtomabil ёqilg‘i quyish 
shohobchasi), Tosh DPU (Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti) kabi. 
Bu usul bilan faqat ot so‘z turkumiga oid so‘zlar yasaladi. Abbreviasiya 
usuli o‘zbek tiliga rus tilidan kirgan bo‘lsada, lekin hozirgi davr nuqtai-nazaridan 
qisqrtma otlar o‘zbek tilining o‘z ichki imkoniyatlari asosida yasalmoqda. 
2. Otlarda modal shakl yasalishi. 
Otlarda yangi leksik ma’nolili so‘z yasash bilan bir qatorda, otning leksik 
mag‘nosiga qo‘shimcha ma’noli qo‘shishga mos shakllar ham mavjud. bunday 
shaklga modal shakl deyiladi. Otlardagi so‘zning leksik ma’nolisiga qo‘shiladigan 
qo‘shimcha modal ma’nolilarga kichraytirish, erkalash, hurmat, kesatiq, gumon, 
kuchaytirish, noaniqlik kabi ma’nolilar kiradi. 
Otlarda modal shakl ikki usul bilan yasaladi: 
1) morfologik usul; 2) takrorlash usuli 
1. Morfologik usul bilan modal shakl hosil qilish. Bu usulga ko‘ra otlarga 
modal ma’noli ifodalovchi maxsus qo‘shimchalarni qo‘shish bilan modal shakl 
yasaladi. Bu qo‘shimchalarga quyidagilar kiradi: -cha, -chak, -choq, -loq, -aloq, -
gina (-kina, -qina), -xon, -oy, -jon. 
Ilmiybaza.uz Bu usulga ko‘ra birdan ortiq so‘zni ma'lum bir yo‘sinda va biriktirish orqali yangi ot yasaladi. O‘zbek tilida qo‘shma va juft otlar shu usul bilan yasaladi. a) qo‘shma ot ikki yoki undan ortiq so‘zning ma’noli va grammatik jihatdan o‘zaro tobelanish yo‘li bilan birikib, keyinchalik bu sintaktik munosabat-ning yo‘qolishi natijasida hosil bo‘lgan va bir predmetni anglatadigan, bir bosh urg‘u bilan aytiladigan yangi so‘zdir. Bunday otlarga: belbog‘, bedapoya, oshqazon, gultojixo‘roz, Sirdaryo, so‘z boshi kabilar kiradi. b) juft otlar. So‘zlarning o‘zaro teng bog‘lanish yo‘li birikib, bir predmetni ifoda etadigan yangi so‘z. 3) Abbreviasiya usuliga ko‘ra, bir butun holda qo‘llanadigan otlar yasaladi. Bu usulga ko‘ra yasalgan otlar qisqartma otlar-abbreviaturalar deyiladi. Masalan: DAN (Davlat avtomabil nazorati), AYOQSH (avtomabil ёqilg‘i quyish shohobchasi), Tosh DPU (Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti) kabi. Bu usul bilan faqat ot so‘z turkumiga oid so‘zlar yasaladi. Abbreviasiya usuli o‘zbek tiliga rus tilidan kirgan bo‘lsada, lekin hozirgi davr nuqtai-nazaridan qisqrtma otlar o‘zbek tilining o‘z ichki imkoniyatlari asosida yasalmoqda. 2. Otlarda modal shakl yasalishi. Otlarda yangi leksik ma’nolili so‘z yasash bilan bir qatorda, otning leksik mag‘nosiga qo‘shimcha ma’noli qo‘shishga mos shakllar ham mavjud. bunday shaklga modal shakl deyiladi. Otlardagi so‘zning leksik ma’nolisiga qo‘shiladigan qo‘shimcha modal ma’nolilarga kichraytirish, erkalash, hurmat, kesatiq, gumon, kuchaytirish, noaniqlik kabi ma’nolilar kiradi. Otlarda modal shakl ikki usul bilan yasaladi: 1) morfologik usul; 2) takrorlash usuli 1. Morfologik usul bilan modal shakl hosil qilish. Bu usulga ko‘ra otlarga modal ma’noli ifodalovchi maxsus qo‘shimchalarni qo‘shish bilan modal shakl yasaladi. Bu qo‘shimchalarga quyidagilar kiradi: -cha, -chak, -choq, -loq, -aloq, - gina (-kina, -qina), -xon, -oy, -jon. Ilmiybaza.uz 
 
Bu qo‘shimchalar otlarga qo‘shilib, erkalash, kichraytirish, hurmat, kesatiq, 
kabi ma’nolilarni ifodalaydi: kitobcha, kelinchak, qo‘zichoq, toychoq, qizaloq, 
bolagina, Ahmadjon, Saidaxon, O‘g‘iloy kabi. 
Masalan: O‘yinchi yosh qiz kabi tarovatli kelinchak kabi ko‘rkam, yor kabi 
dildor edi. (M.Ismoiliy). Qizaloq qo‘g‘irchoqni mashinaga o‘tqazdi. (E.Usmonov). 
Oppoq kapalakchalar yeru-ko‘kni to‘ldirib to‘zib ketgan, kumush 
qanotchalarini ohista silkitib charx urishadi. (E.Usmonov). 
2. Takrorlash usuli bilan modal shakl hosil qilish. Bu usulga ko‘ra modal 
ma’noli otni maxsus takrorlash yo‘li bilan yasalali. Otni takrorlash yo‘li bilan 
umumlashtirish, jamlik, ko‘plik, gumon, kamsitish kuchaytirish kabi qo‘shimcha 
ma’nolilarni ifodalaydi: un-pun, ish-pish, imi-jimi, ombor-ombor, irim-sirim kabi. 
Masalan: Kolxozida ombor-ombor Qallasi (Habibiy). O‘g‘it G‘o‘zaning 
tomir-tomirlariga singsin (O). 
3. Otlarning tuzilish jihatdan turlari. 
Otlar tuzilish jihatdan 4 turga bo‘linadi: 
1) Sodda otlar; 2) qo‘shma otlar; 3) juft otlar; 4) qisqartma otlar; 
1) Birgina o‘zak morfemadan tashkil topgan ot sodda ot deyiladi: tog‘, 
osmon, daryo, non, uylar, kabi. Sodda otlar tub va yasama bo‘la oladi.  
Sodda tub otlar so‘z yasovchi qo‘shimchalarga ega bo‘lmaydi: bola, daraxt, 
asal, kitob kabi. Sodda yasama otlarda so‘z yasovchi-qo‘shimchlar qo‘shilgan 
bo‘ladi: darslik, dehqonchilik, gulzor, ishonch kabi. 
2) Ikki yoki undan ortiq o‘zak morfemaning qo‘shilishi, birikuvidan hosil 
bo‘lgan otlar qo‘shma ot deyiladi: bedapof, oshqazon, bilakuzuk kabi 
3) Ikki otning o‘zaro teng bog‘lanishidan tuzilgan otlar juft otlar deyiladi: 
yer-ko‘k, o‘g‘il-qiz, tog‘-tosh kabi. 
4) Abbreviatsiya usuli bilan yasalgan otlar tuzilishiga ko‘ra qisqartma ot 
deyiladi: BMT (Birlashgan Millatlar Tashkiloti), SamDU (Samarqand Davlat 
Universiteti) kabi. 
Nazorat uchun savollar: 
Ilmiybaza.uz Bu qo‘shimchalar otlarga qo‘shilib, erkalash, kichraytirish, hurmat, kesatiq, kabi ma’nolilarni ifodalaydi: kitobcha, kelinchak, qo‘zichoq, toychoq, qizaloq, bolagina, Ahmadjon, Saidaxon, O‘g‘iloy kabi. Masalan: O‘yinchi yosh qiz kabi tarovatli kelinchak kabi ko‘rkam, yor kabi dildor edi. (M.Ismoiliy). Qizaloq qo‘g‘irchoqni mashinaga o‘tqazdi. (E.Usmonov). Oppoq kapalakchalar yeru-ko‘kni to‘ldirib to‘zib ketgan, kumush qanotchalarini ohista silkitib charx urishadi. (E.Usmonov). 2. Takrorlash usuli bilan modal shakl hosil qilish. Bu usulga ko‘ra modal ma’noli otni maxsus takrorlash yo‘li bilan yasalali. Otni takrorlash yo‘li bilan umumlashtirish, jamlik, ko‘plik, gumon, kamsitish kuchaytirish kabi qo‘shimcha ma’nolilarni ifodalaydi: un-pun, ish-pish, imi-jimi, ombor-ombor, irim-sirim kabi. Masalan: Kolxozida ombor-ombor Qallasi (Habibiy). O‘g‘it G‘o‘zaning tomir-tomirlariga singsin (O). 3. Otlarning tuzilish jihatdan turlari. Otlar tuzilish jihatdan 4 turga bo‘linadi: 1) Sodda otlar; 2) qo‘shma otlar; 3) juft otlar; 4) qisqartma otlar; 1) Birgina o‘zak morfemadan tashkil topgan ot sodda ot deyiladi: tog‘, osmon, daryo, non, uylar, kabi. Sodda otlar tub va yasama bo‘la oladi. Sodda tub otlar so‘z yasovchi qo‘shimchalarga ega bo‘lmaydi: bola, daraxt, asal, kitob kabi. Sodda yasama otlarda so‘z yasovchi-qo‘shimchlar qo‘shilgan bo‘ladi: darslik, dehqonchilik, gulzor, ishonch kabi. 2) Ikki yoki undan ortiq o‘zak morfemaning qo‘shilishi, birikuvidan hosil bo‘lgan otlar qo‘shma ot deyiladi: bedapof, oshqazon, bilakuzuk kabi 3) Ikki otning o‘zaro teng bog‘lanishidan tuzilgan otlar juft otlar deyiladi: yer-ko‘k, o‘g‘il-qiz, tog‘-tosh kabi. 4) Abbreviatsiya usuli bilan yasalgan otlar tuzilishiga ko‘ra qisqartma ot deyiladi: BMT (Birlashgan Millatlar Tashkiloti), SamDU (Samarqand Davlat Universiteti) kabi. Nazorat uchun savollar: Ilmiybaza.uz 
 
1. Otlar qanday yasaladi? 
2. Otlar tuzilish jihatdan necha turga bo‘linadi? 
3. Otlarda modal ma’no shakli qanday usullar bilan yasaladi? 
4. Morfologik usulda otlarning yasalishini tushuntirib bering. 
5. Qisqartma ot deganda nimani tushunasiz? 
Ilmiybaza.uz 1. Otlar qanday yasaladi? 2. Otlar tuzilish jihatdan necha turga bo‘linadi? 3. Otlarda modal ma’no shakli qanday usullar bilan yasaladi? 4. Morfologik usulda otlarning yasalishini tushuntirib bering. 5. Qisqartma ot deganda nimani tushunasiz? Ilmiybaza.uz 
 
 
 
Ilmiybaza.uz