OTM TALABALARIDA IQTISODIY SAVODXONLIKNI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI

Yuklangan vaqt

2024-06-26

Yuklab olishlar soni

3

Sahifalar soni

31

Faytl hajmi

65,1 KB


 
 
 
 
 
OTM TALABALARIDA IQTISODIY SAVODXONLIKNI 
RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI 
 
 
REJA: 
1. Iqtisodiy savodxonlikning tarixiy-milliy va ijtimoiy asoslari tahlili. 
 2.Talabalarda iqtisodiy ta’lim berishning hozirgi holati 
 3. Bo‘lajak mutaxassislarda iqtisodiy savodxonlikni rivojlantirishning psixologik-
pedagogik omillari. 
 
Insoniyatning tarixiy taraqqiyoti ko‘rsatadiki, butun dunyoda savodxonlik 
masalasiga katta e’tibor berilgan. Savodxonlik aholi savodxonligi, savodxonlikni 
oshirish, savodsizlikni tugatish va boshqa tushunchalar bunga misol bo‘la oladi. 
Ammo ba’zi pedagog olimlarning e’tirof etishlaricha, keyingi yillarda ayrim 
guruhdagi yoshlarning savodxonlik darajasi biroz bo‘lsa-da pasaygan. Pomir davlat 
universiteti dekani, filologiya fanlari doktori Yelina Kotsovaning e’tirof etishicha, 
«bugungi yoshlar - vedeoavlodlardir». Bunga u videokliplarni, ommaviy axborot 
vositalarida yo‘l qo‘yiladigan xatolarni, haqiqiy savodxon o‘qituvchilarning 
kamayganligi va ayrim ota-onalarning farzandlari o‘qishiga unchalik e’tibor 
bermasligini sabab qilib ko‘rsatadi. Uning nazarida savodxonlikni oshirish 
yo‘llaridan biri bu - mashq (trening)dir. 
 
Savodxonlik, xususan, iqtisodiy savodxonlik qadimda nafaqat 
savdogarlarga, jamiyatni boshqaruvchilarga, din ahillariga, balki xo‘jalik faoliyati 
bilan mashg‘ul bo‘lgan barcha shaxslarga o‘ta zarur bo‘lgan. Buni qadimgi 
yodgorliklar, obidalar, qo‘lyozmalar va boshqa manbalar tasdiqlab beradi.  
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish mamlakat aholisi va ayniqsa, yoshlarning iqtisodiy 
bilimini oshirish hamda insonparvarlik g‘oyalari asosida yangicha fikrlaydigan 
OTM TALABALARIDA IQTISODIY SAVODXONLIKNI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI REJA: 1. Iqtisodiy savodxonlikning tarixiy-milliy va ijtimoiy asoslari tahlili. 2.Talabalarda iqtisodiy ta’lim berishning hozirgi holati 3. Bo‘lajak mutaxassislarda iqtisodiy savodxonlikni rivojlantirishning psixologik- pedagogik omillari. Insoniyatning tarixiy taraqqiyoti ko‘rsatadiki, butun dunyoda savodxonlik masalasiga katta e’tibor berilgan. Savodxonlik aholi savodxonligi, savodxonlikni oshirish, savodsizlikni tugatish va boshqa tushunchalar bunga misol bo‘la oladi. Ammo ba’zi pedagog olimlarning e’tirof etishlaricha, keyingi yillarda ayrim guruhdagi yoshlarning savodxonlik darajasi biroz bo‘lsa-da pasaygan. Pomir davlat universiteti dekani, filologiya fanlari doktori Yelina Kotsovaning e’tirof etishicha, «bugungi yoshlar - vedeoavlodlardir». Bunga u videokliplarni, ommaviy axborot vositalarida yo‘l qo‘yiladigan xatolarni, haqiqiy savodxon o‘qituvchilarning kamayganligi va ayrim ota-onalarning farzandlari o‘qishiga unchalik e’tibor bermasligini sabab qilib ko‘rsatadi. Uning nazarida savodxonlikni oshirish yo‘llaridan biri bu - mashq (trening)dir. Savodxonlik, xususan, iqtisodiy savodxonlik qadimda nafaqat savdogarlarga, jamiyatni boshqaruvchilarga, din ahillariga, balki xo‘jalik faoliyati bilan mashg‘ul bo‘lgan barcha shaxslarga o‘ta zarur bo‘lgan. Buni qadimgi yodgorliklar, obidalar, qo‘lyozmalar va boshqa manbalar tasdiqlab beradi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish mamlakat aholisi va ayniqsa, yoshlarning iqtisodiy bilimini oshirish hamda insonparvarlik g‘oyalari asosida yangicha fikrlaydigan
 
 
shaxs tadbirkorlarni rivojlantirish masalasni qo‘ydi. 
Zero, mamlakatni rivojlantirish uchun iqtisodiy ta’lim-tarbiyaning tarixiy 
ildizlarini, zamonaviy iqtisodiyot, biznes, marketing asoslarini yoshlarga chuqur 
o‘rgatish zarur.  
Tarixiy ma’lumotlardan ayonki, buyuk ajdodlarimiz iqtisod va iqtisodiy 
ta’lim-tarbiyaga oid ko‘plab g‘oyalarni ilgari surishgan. Chunki iqtisod har bir kishi, 
har bir oila, jamoa va jamiyat hayotida muhim o‘rin tutadi. U nafaqat insonning 
bugungi hayotini, balki kelajagini ham belgilab beradi. Axir, xalqimiz «etti o‘lchab, 
bir kes», «oldin iqtisod, keyin siyosat», degan hikmatlarni bejiz aytmagan. Demak, 
jamiyatda iqtisodiy tafakkurni rivojlantirish katta ahamiyatga ega ekanligini 
ajdodlarimiz juda yaxshi bilishgan. Qadimgi zardushtiylik dinining muqaddas kitobi 
bo‘limish «Avesto»da, islom ta’limotida, «Buyuk ipak yo‘li» haqidagi ilmiy-badiiy 
asarlarda iqtisodiy ta’lim-tarbiyaga oid ko‘plab mulohazalar ilgari surilgan.  
Iqtisodiy tafakkurni rivojlantirishda iqtisodiy ta’lim-tarbiyaning tarixiy 
ildizlari — ulug‘ ajdodlarimizdan meros bo‘lib qolgan o‘lmas asarlar bizga bebaho 
manba bo‘lib xizmat qiladi. O‘rta Osiyoda iqtisodiy fikrlarning shakllanishi buyuk 
ensiklopedist-allomalar va mutafakkirlar - Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu 
Rayhon Beruniy, Yusuf Xos Hojib, Alisher Navoiy, Zahriddin Muhammad Bobur 
va boshqalarning nomi bilan uzviy bog‘liq.  
Ular o‘z asarlarida mehnatning ijtimoiy taqsimotiga katta o‘rin ajratishgan. A. 
N. Forobiy boyliklarni insonning ishlab chiqarishda ishtirokiga qarab adolatli 
taqsimlash tarofdori bo‘lgan, urush va qullikni qarolagan, davlatlararo iqtisodiy 
munosabatlarni rivojlantirish g‘oyasini ilgari surgan 16, 144-b.  
Abu Rayhon Beruniy inson ehtiyojini faqat pul, mol-dunyo bilan emas, balki 
mehnat, izlanish, yaratish, qurish, bunyod qilish, ilm olish, bilish orqali qondirish 
lozimligini e’tirof etadi.  
Mutafakkir Yusuf Xos Hojib o‘zining «Qutadg‘u bilig» (Saodatga eltuvchi 
bilimlar) asarida bola tarbiyasi haqida to‘xtalib shunday yozadi: «Farzand qanchalik 
bilimli, aqlli-hushli bo‘lsa, iqtisodni yaxshi o‘zlashtirsa, ota-onaning yuzi 
shunchalik yorug‘ bo‘ladi» 124, - 250 b.  
shaxs tadbirkorlarni rivojlantirish masalasni qo‘ydi. Zero, mamlakatni rivojlantirish uchun iqtisodiy ta’lim-tarbiyaning tarixiy ildizlarini, zamonaviy iqtisodiyot, biznes, marketing asoslarini yoshlarga chuqur o‘rgatish zarur. Tarixiy ma’lumotlardan ayonki, buyuk ajdodlarimiz iqtisod va iqtisodiy ta’lim-tarbiyaga oid ko‘plab g‘oyalarni ilgari surishgan. Chunki iqtisod har bir kishi, har bir oila, jamoa va jamiyat hayotida muhim o‘rin tutadi. U nafaqat insonning bugungi hayotini, balki kelajagini ham belgilab beradi. Axir, xalqimiz «etti o‘lchab, bir kes», «oldin iqtisod, keyin siyosat», degan hikmatlarni bejiz aytmagan. Demak, jamiyatda iqtisodiy tafakkurni rivojlantirish katta ahamiyatga ega ekanligini ajdodlarimiz juda yaxshi bilishgan. Qadimgi zardushtiylik dinining muqaddas kitobi bo‘limish «Avesto»da, islom ta’limotida, «Buyuk ipak yo‘li» haqidagi ilmiy-badiiy asarlarda iqtisodiy ta’lim-tarbiyaga oid ko‘plab mulohazalar ilgari surilgan. Iqtisodiy tafakkurni rivojlantirishda iqtisodiy ta’lim-tarbiyaning tarixiy ildizlari — ulug‘ ajdodlarimizdan meros bo‘lib qolgan o‘lmas asarlar bizga bebaho manba bo‘lib xizmat qiladi. O‘rta Osiyoda iqtisodiy fikrlarning shakllanishi buyuk ensiklopedist-allomalar va mutafakkirlar - Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Yusuf Xos Hojib, Alisher Navoiy, Zahriddin Muhammad Bobur va boshqalarning nomi bilan uzviy bog‘liq. Ular o‘z asarlarida mehnatning ijtimoiy taqsimotiga katta o‘rin ajratishgan. A. N. Forobiy boyliklarni insonning ishlab chiqarishda ishtirokiga qarab adolatli taqsimlash tarofdori bo‘lgan, urush va qullikni qarolagan, davlatlararo iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish g‘oyasini ilgari surgan 16, 144-b. Abu Rayhon Beruniy inson ehtiyojini faqat pul, mol-dunyo bilan emas, balki mehnat, izlanish, yaratish, qurish, bunyod qilish, ilm olish, bilish orqali qondirish lozimligini e’tirof etadi. Mutafakkir Yusuf Xos Hojib o‘zining «Qutadg‘u bilig» (Saodatga eltuvchi bilimlar) asarida bola tarbiyasi haqida to‘xtalib shunday yozadi: «Farzand qanchalik bilimli, aqlli-hushli bo‘lsa, iqtisodni yaxshi o‘zlashtirsa, ota-onaning yuzi shunchalik yorug‘ bo‘ladi» 124, - 250 b.
 
 
Yuqorida aytilgan fikrlar asosida ulug‘ bobokolonlarimiz ota-onalarning o‘z 
farzandlariga kasb-hunar va bilim o‘rgatish kerakligini ta’kidlaydilar. Toki ular 
o‘zlari qiziqqan kasb va hunarni o‘rganib, hayotdan ta’lim olib, bilimdon bo‘lsinlar, 
chinakam insoniy go‘zallikka erishsinlar, boqimandalikka, yalqovlikka, o‘g‘irlik va 
boshqa yomon ishlarga o‘rganmasinlar.  
Bugungi kunda davlatimizning ta’lim-tarbiya muammosiga, ayniqsa, 
ta’limning yangi turi bo‘lmish o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limiga juda katta e’tibor 
berayotgani, zamonaviy kollejlar qurilayotgani yoshlarimizga bo‘lgan g‘amxo‘rlik 
timsolidir. Ulug‘ allomalarimizning e’tiroficha, kasb-hunar - daromad manbai. 
Ammo kasb-hunardan dunyoda faqat boylik va mol-dunyo to‘plash uchun emas, 
ezgulik va vatan taraqqiyoti uchun foydalanish kerak. Demak, boylik ham dono 
hunar egalariga va bilimdon tadbirkorlarga munosibdir.  
Ulug‘ shoirimiz Alisher Navoiyning iqtisodiy g‘oyalari uning «Chor devon» 
«Hamsa», «Mahbubul-qulub», «Vaqfiya», «Munshaat» va boshqa asarlarida o‘z 
ifodasini topgan. Uning fikricha, mehnat — jamiyatning asosiy belgisi, uni ishlab 
chiqaruvchilar rivojlantiradi. Shuning uchun ularga ortiqcha soliqlar solinmasligi, 
savdo-sotiqning rivojlanishi uchun bozorlardagi mahsulotlar bahosi me’yorida 
bo‘lishini ta’minlash lozim. Bundan ko‘rinadiki, shoir jamiyat boyligining manbaini 
mehnatda deb biladi va soliqlarni oshirishga qarshi chiqadi, moliyaviy tartib-
intizomni mustahkamlash, savdo-sotiqni rivojlantirish tarafdori.  A. Navoiyning 
fikricha, adolatli iqtisodiy siyosat feodal jamiyatidagi qiyinchiliklar, ziddiyat va 
muammolarni bartaraf qilish imkonini beradi15, 244 b.  
A. Navoiy o‘zining «Mahbubul-qulub» asarida jamiyatning rivojlanishida 
savdo-sotiq, tijorat ishlarining ahamiyatini alohida ta’kidlaydi. «Savdogar, — deb 
yozadi buyuk allomamiz,— yolg‘iz foydani niyat qilmasligi», «savdo qilib foyda 
topaman», «mol va pul ko‘paytiraman deb ortiqcha kema surmasligi», «mol va pul 
ko‘paytiraman deb jonsarak bo‘lmasligi kerak», «savdogar boj-xiroj berish o‘rniga 
o‘z molini yashirib, o‘z obro‘sini to‘kmasa yoki topgan-tutganini merosxo‘rlari sotib 
sovurishi uchun to‘plab qo‘ymasa yoki biror yomon hodisa qo‘zg‘ash uchun 
sarflamasa, jamg‘arma yaxshi bo‘ladi» 15, 244 b.  
Yuqorida aytilgan fikrlar asosida ulug‘ bobokolonlarimiz ota-onalarning o‘z farzandlariga kasb-hunar va bilim o‘rgatish kerakligini ta’kidlaydilar. Toki ular o‘zlari qiziqqan kasb va hunarni o‘rganib, hayotdan ta’lim olib, bilimdon bo‘lsinlar, chinakam insoniy go‘zallikka erishsinlar, boqimandalikka, yalqovlikka, o‘g‘irlik va boshqa yomon ishlarga o‘rganmasinlar. Bugungi kunda davlatimizning ta’lim-tarbiya muammosiga, ayniqsa, ta’limning yangi turi bo‘lmish o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limiga juda katta e’tibor berayotgani, zamonaviy kollejlar qurilayotgani yoshlarimizga bo‘lgan g‘amxo‘rlik timsolidir. Ulug‘ allomalarimizning e’tiroficha, kasb-hunar - daromad manbai. Ammo kasb-hunardan dunyoda faqat boylik va mol-dunyo to‘plash uchun emas, ezgulik va vatan taraqqiyoti uchun foydalanish kerak. Demak, boylik ham dono hunar egalariga va bilimdon tadbirkorlarga munosibdir. Ulug‘ shoirimiz Alisher Navoiyning iqtisodiy g‘oyalari uning «Chor devon» «Hamsa», «Mahbubul-qulub», «Vaqfiya», «Munshaat» va boshqa asarlarida o‘z ifodasini topgan. Uning fikricha, mehnat — jamiyatning asosiy belgisi, uni ishlab chiqaruvchilar rivojlantiradi. Shuning uchun ularga ortiqcha soliqlar solinmasligi, savdo-sotiqning rivojlanishi uchun bozorlardagi mahsulotlar bahosi me’yorida bo‘lishini ta’minlash lozim. Bundan ko‘rinadiki, shoir jamiyat boyligining manbaini mehnatda deb biladi va soliqlarni oshirishga qarshi chiqadi, moliyaviy tartib- intizomni mustahkamlash, savdo-sotiqni rivojlantirish tarafdori. A. Navoiyning fikricha, adolatli iqtisodiy siyosat feodal jamiyatidagi qiyinchiliklar, ziddiyat va muammolarni bartaraf qilish imkonini beradi15, 244 b. A. Navoiy o‘zining «Mahbubul-qulub» asarida jamiyatning rivojlanishida savdo-sotiq, tijorat ishlarining ahamiyatini alohida ta’kidlaydi. «Savdogar, — deb yozadi buyuk allomamiz,— yolg‘iz foydani niyat qilmasligi», «savdo qilib foyda topaman», «mol va pul ko‘paytiraman deb ortiqcha kema surmasligi», «mol va pul ko‘paytiraman deb jonsarak bo‘lmasligi kerak», «savdogar boj-xiroj berish o‘rniga o‘z molini yashirib, o‘z obro‘sini to‘kmasa yoki topgan-tutganini merosxo‘rlari sotib sovurishi uchun to‘plab qo‘ymasa yoki biror yomon hodisa qo‘zg‘ash uchun sarflamasa, jamg‘arma yaxshi bo‘ladi» 15, 244 b.
 
 
A. Navoiyning savdogarlar to‘g‘risidagi ushbu so‘zlari xuddi bugungi 
kundagi tijoratchilar uchun aytilgandek tuyuladi. Yuqorida bayon etilgan fikrlarga 
asoslanib, iqtisodiy ta’lim jarayonida talabalarga quyidagi xulosalarni bayon etish 
mumkin: 
Birinchidan, savdo, bozor, tijorat, mahsulot ishlab chiqarish, muomala 
jarayoni (oldi-sotdi) iqtisodiyotni rivojlantirishda yetakchi ahamiyat kasb etadi, 
tovarlar taqchilligini tugatishga xizmat qiladi. 
Ikkinchidan, savdo-sotiq davlat byudjeti daromadining manbai, mamlakat 
iqtisodiy qudratining tayanchlaridan biridir. Zero, savdogarlar davlat xazinasiga boj-
xiroj to‘lab turishlari bilan moliyaviy munosabatlarda muhim o‘rin tutadilar. 
Uchinchidan, ulug‘ shoir savdogarlarni insofga, diyonatga chaqiradi, ulardan 
faqat o‘z foydasini ko‘zlab ish tutmasligini talab qiladi. 
Albatta, bunday mulohazalar ma’nosini kasb-hunar kollejlarini bitirib, 
iqtisodiyotning turli tarmoqlarida faoliyat ko‘rsatadigan yosh mutaxassis-
tadbirkorlarga tushuntirish foydadan xoli bo‘lmaydi. 
Tijoratning muhim nazariy asoslaridan biri qiymat qonuni bo‘lib, qiymatning 
o‘lchovi puldir. A.Navoiy baho mahsulot yetishtirishga sarflangan mehnatga emas, 
balki talab-taklifga ham bog‘liq ekani haqida fikr yuritadi. Shu bilan birga, ayrim 
savdogarlar o‘z tashabbusi bilan narx-navoni haddan tashqari oshirib yuborganini 
qayd qiladi. Tovar-mahsulot narxini bunday oshirgan sotuvchilarga nisbatan jazo 
choralarini ko‘rishni ko‘zda tutib, insof va adolat tarozisi bilan narxni tartibga 
solishni tavsiya qiladi. A. Navoiy mamlakat ichki bozorining rivojlanishi tashqi 
bozorga bog‘liqligini ko‘rsatib o‘tadi. Shu munosabat bilan shoirning Astroboddan 
Husayn Boyqaroga yo‘llagan xati diqqatga sazovardir. U xatda shunday yozilgan: 
«Yana ulkim, devoniylarga hukm bo‘lsakim, atrofdin kelgan bozurgon 
(savdogar)larning jonidan rioyat qilsalar (ularning manfaatiga zarar yetkazilma-
sin15, 244 b.  
Mashhur davlat arbobi va ulug‘ shoir Zaxriddin Muhammad Bobur o‘zining 
«Mubayn» nomli asarida iqtisodiy faoliyat va mehnat haqidagi fikrlarini ilgari 
surgan. Bu asar aholidan soliq undirishda asosiy qo‘llanma vazifasini o‘tagan. Unda 
A. Navoiyning savdogarlar to‘g‘risidagi ushbu so‘zlari xuddi bugungi kundagi tijoratchilar uchun aytilgandek tuyuladi. Yuqorida bayon etilgan fikrlarga asoslanib, iqtisodiy ta’lim jarayonida talabalarga quyidagi xulosalarni bayon etish mumkin: Birinchidan, savdo, bozor, tijorat, mahsulot ishlab chiqarish, muomala jarayoni (oldi-sotdi) iqtisodiyotni rivojlantirishda yetakchi ahamiyat kasb etadi, tovarlar taqchilligini tugatishga xizmat qiladi. Ikkinchidan, savdo-sotiq davlat byudjeti daromadining manbai, mamlakat iqtisodiy qudratining tayanchlaridan biridir. Zero, savdogarlar davlat xazinasiga boj- xiroj to‘lab turishlari bilan moliyaviy munosabatlarda muhim o‘rin tutadilar. Uchinchidan, ulug‘ shoir savdogarlarni insofga, diyonatga chaqiradi, ulardan faqat o‘z foydasini ko‘zlab ish tutmasligini talab qiladi. Albatta, bunday mulohazalar ma’nosini kasb-hunar kollejlarini bitirib, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida faoliyat ko‘rsatadigan yosh mutaxassis- tadbirkorlarga tushuntirish foydadan xoli bo‘lmaydi. Tijoratning muhim nazariy asoslaridan biri qiymat qonuni bo‘lib, qiymatning o‘lchovi puldir. A.Navoiy baho mahsulot yetishtirishga sarflangan mehnatga emas, balki talab-taklifga ham bog‘liq ekani haqida fikr yuritadi. Shu bilan birga, ayrim savdogarlar o‘z tashabbusi bilan narx-navoni haddan tashqari oshirib yuborganini qayd qiladi. Tovar-mahsulot narxini bunday oshirgan sotuvchilarga nisbatan jazo choralarini ko‘rishni ko‘zda tutib, insof va adolat tarozisi bilan narxni tartibga solishni tavsiya qiladi. A. Navoiy mamlakat ichki bozorining rivojlanishi tashqi bozorga bog‘liqligini ko‘rsatib o‘tadi. Shu munosabat bilan shoirning Astroboddan Husayn Boyqaroga yo‘llagan xati diqqatga sazovardir. U xatda shunday yozilgan: «Yana ulkim, devoniylarga hukm bo‘lsakim, atrofdin kelgan bozurgon (savdogar)larning jonidan rioyat qilsalar (ularning manfaatiga zarar yetkazilma- sin15, 244 b. Mashhur davlat arbobi va ulug‘ shoir Zaxriddin Muhammad Bobur o‘zining «Mubayn» nomli asarida iqtisodiy faoliyat va mehnat haqidagi fikrlarini ilgari surgan. Bu asar aholidan soliq undirishda asosiy qo‘llanma vazifasini o‘tagan. Unda
 
 
soliq tizimining tamoyillari bayon etilgan, soliq olish tartibi va hajmi ko‘rsatib 
berilgan.  
  
Ali Abu ibn Sino o‘zining buyuk «Tib qonunlari» asarida iqtisodiy tarbiya 
haqida so‘z yuritib, bola tarbiyasida mehnatning ahamiyatiga alohida urg‘u beradi. 
«Agar oila boshlig‘i, — deydi ibn Sino, — tajribasizlik yoki nohaqlik qilsa, u oila 
a’zolarini yaxshi tarbiyalay olmaydi va uning oqibatida bundan-da yomon natijalar 
kelib chiqadi». Uning fikricha, bola tarbiyasi yaxshi yo‘lga qo‘yilsa, oila baxtli 
bo‘ladi. Oilaning eng muhim vazifasi bola tarbiyasi hisoblanadi 13, 302 b.  
Olim o‘zining dono fikrlari bilan barcha boyliklar halol mehnat bilan 
ortirilishi, ota-onalar o‘z farzandlarini kasb-hunarga o‘rgatishi va undan olingan 
daromad orqali halol yashash kerakligini, iqtisodiy faoliyatsiz, iqtisodiy 
savodxonliksiz muvaffaqiyatga erishish mumkin emasligini ta’kidlaydi.  
Sohibqiron Amir Temur davrida xiroj yig‘ish va soliq olishda adolatli qonun-
qoidalariga to‘liq amal qilingan. O‘sha davrda hosil pishib yetilmasdan ilgari 
raiyatdan mol-xiroj olish man etilgan. Agar raiyat soliq yig‘uvchi bormasdan oldin 
soliqni o‘zi keltirib bersa, soliqchi yuborilmagan. Agar soliq yig‘uvchini yuborishga 
majbur bo‘lishsa, u holda soliqlarni buyruq berish yoki yaxshi so‘zlab olishlik, 
odamlarni kaltak, arqon bilan urib, so‘kmaslik zarurligi uqtirilgan. Soliq 
to‘lamaganlarni bandi etib, zanjir bilan kishanlashlik taqiqlangan. A. Temurdan 
qolgan merosni har tomonlama o‘rganib, uning dono pandu-nasihatlari ma’nosini 
tushunar ekanmiz, o‘sha davrda mamlakatda mehnatga bo‘lgan barcha yaroqli 
fuqarolarni ish bilan ta’minlash zarurligi aniq ko‘rsatilganini bilib olamiz. Bu har bir 
kishi qalbida g‘urur tuyg‘usini uyg‘otadi. 
Mirzo Ulug‘bekning iqtisodiy dunyoqarashida pul islohoti alohida o‘rin 
tutadi. Shuning uchun u pul zarb qiluvchi korxona qurdiradi. qizig‘i shundaki, pul 
birliklarining nomini ana shu korxona joylashgan shahar — Buxoro xalq atamasi 
bilan atashni lozim topadi (masalan, donaki, adliya, nimdonaki adliya, dudonaki 
adliya kabi). Pul birligining vazni pul qiymatiga qarab, 2,3 – 8,6 gramm og‘irlikda 
berilgan. Bunday iqtisodiy tadbir mamlakatda tovar-pul munosabatlarining 
rivojlanishiga, xalqaro savdo ravnaqiga, milliy mulkning barqaror bo‘lishiga xizmat 
soliq tizimining tamoyillari bayon etilgan, soliq olish tartibi va hajmi ko‘rsatib berilgan. Ali Abu ibn Sino o‘zining buyuk «Tib qonunlari» asarida iqtisodiy tarbiya haqida so‘z yuritib, bola tarbiyasida mehnatning ahamiyatiga alohida urg‘u beradi. «Agar oila boshlig‘i, — deydi ibn Sino, — tajribasizlik yoki nohaqlik qilsa, u oila a’zolarini yaxshi tarbiyalay olmaydi va uning oqibatida bundan-da yomon natijalar kelib chiqadi». Uning fikricha, bola tarbiyasi yaxshi yo‘lga qo‘yilsa, oila baxtli bo‘ladi. Oilaning eng muhim vazifasi bola tarbiyasi hisoblanadi 13, 302 b. Olim o‘zining dono fikrlari bilan barcha boyliklar halol mehnat bilan ortirilishi, ota-onalar o‘z farzandlarini kasb-hunarga o‘rgatishi va undan olingan daromad orqali halol yashash kerakligini, iqtisodiy faoliyatsiz, iqtisodiy savodxonliksiz muvaffaqiyatga erishish mumkin emasligini ta’kidlaydi. Sohibqiron Amir Temur davrida xiroj yig‘ish va soliq olishda adolatli qonun- qoidalariga to‘liq amal qilingan. O‘sha davrda hosil pishib yetilmasdan ilgari raiyatdan mol-xiroj olish man etilgan. Agar raiyat soliq yig‘uvchi bormasdan oldin soliqni o‘zi keltirib bersa, soliqchi yuborilmagan. Agar soliq yig‘uvchini yuborishga majbur bo‘lishsa, u holda soliqlarni buyruq berish yoki yaxshi so‘zlab olishlik, odamlarni kaltak, arqon bilan urib, so‘kmaslik zarurligi uqtirilgan. Soliq to‘lamaganlarni bandi etib, zanjir bilan kishanlashlik taqiqlangan. A. Temurdan qolgan merosni har tomonlama o‘rganib, uning dono pandu-nasihatlari ma’nosini tushunar ekanmiz, o‘sha davrda mamlakatda mehnatga bo‘lgan barcha yaroqli fuqarolarni ish bilan ta’minlash zarurligi aniq ko‘rsatilganini bilib olamiz. Bu har bir kishi qalbida g‘urur tuyg‘usini uyg‘otadi. Mirzo Ulug‘bekning iqtisodiy dunyoqarashida pul islohoti alohida o‘rin tutadi. Shuning uchun u pul zarb qiluvchi korxona qurdiradi. qizig‘i shundaki, pul birliklarining nomini ana shu korxona joylashgan shahar — Buxoro xalq atamasi bilan atashni lozim topadi (masalan, donaki, adliya, nimdonaki adliya, dudonaki adliya kabi). Pul birligining vazni pul qiymatiga qarab, 2,3 – 8,6 gramm og‘irlikda berilgan. Bunday iqtisodiy tadbir mamlakatda tovar-pul munosabatlarining rivojlanishiga, xalqaro savdo ravnaqiga, milliy mulkning barqaror bo‘lishiga xizmat
 
 
qilgan. Ulug‘ bobakalonimiz Mirzo Ulug‘bekning pul islohoti borasidagi birinchi 
tajribasi izsiz qolmadi. Mustaqil O‘zbekistonimiz ham o‘z milliy valyutasini 
chiqarishda ana shu tarixiy merosga asoslandi 145, -100 b). 
Ulug‘ ajdodlarimizning iqtisodiy qarashlarini o‘rganish nafaqat talabalarning 
nazariy bilimlarini boyitadi va chuqurlashtiradi, balki ularni milliy qadriyatlar, 
vatanparvarlik, tejamkorlik, iqtisodiy savodxonlik ruhida tarbiyalash uchun xizmat 
qiladi. Eng muhimi, talabalar o‘sha davr xususiyati va muammolari to‘g‘risida aniq 
tasavvurga ega bo‘ladilar. O‘tmishda ajdodlarimiz orttirgan tajribalarga tayanib, 
bugungi kundagi dolzarb iqtisodiy masalalar yechimini topish borasida mushohada 
yuritishga o‘rganadilar. 
O‘rta asrlarda islom dini Markaziy Osiyoda ilm-fan, savdo-sotiq, iqtisodiyot 
rivojiga katta ta’sir ko‘rsatdi. U vaqtlarda iqtisodiy faoliyat yuritishda islom 
qoidalariga qat’iy amal qilingan. Xususan, savdo-sotiqda aldash, sudxo‘rlik, 
birovning mulkiga xiyonat qilish katta gunoh hisoblangan. IX-XV asrlarda 
Markaziy Osiyo tafakkur markaziga aylandi. Bu davrlarda butun dunyoga tanilgan 
mutafakkirlar yashab ijod etdi. Ular asarlarida iqtisodiyot, tijorat, mulkdorlik, 
hunarmandchilik sirlari, qarz olish, qarz berish, meros taqsimlash, yetim-yesirlarga 
muruvvat ko‘rsatish, xayr-ehson qilish, soliq turlari va miqdori, halol mehnat qilish, 
kasb egallash, dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullanish haqida ibratli fikrlar 
bayon etilgan. Ular bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgan emas.  
Sharqda iqtisodiy tafakkurning rivojlanishida tarixchi va faylasuf Ibn Xaldun 
Abdurahmon Abu Zayd Muhammadning hissasi katta (Ibn Xoldun asli arab bo‘lib, 
tarix taqozosi bilan Amir Temur bilan uchrashgan (unga asir tushgan) va 
suhbatlashgan, uning g‘oyalaridan bahramand bo‘lgan). 
Uning mashhur «Kitob ul-ibar» («Ibratli misollar kitobi») asarida tarixiy-
ijtimoiy taraqqiyotning moddiy tamoyillarga asoslanishi, hamkorlikdagi ishlab 
chiqarish faoliyati, «jamiyatning moddiy tovarlar ishlab chiqaruvchilar jamoasidan 
iborat» ekani, hunarmandchilik, fan va san’atning rivojlanishi mehnat 
unumdorligining o‘sishi bilan bog‘liqligi haqida mulohazalar bildirilgan. U 
hunarmandlar o‘z kasbiy malakasini doimo oshirib borishi, iqtisodiy, diniy va 
qilgan. Ulug‘ bobakalonimiz Mirzo Ulug‘bekning pul islohoti borasidagi birinchi tajribasi izsiz qolmadi. Mustaqil O‘zbekistonimiz ham o‘z milliy valyutasini chiqarishda ana shu tarixiy merosga asoslandi 145, -100 b). Ulug‘ ajdodlarimizning iqtisodiy qarashlarini o‘rganish nafaqat talabalarning nazariy bilimlarini boyitadi va chuqurlashtiradi, balki ularni milliy qadriyatlar, vatanparvarlik, tejamkorlik, iqtisodiy savodxonlik ruhida tarbiyalash uchun xizmat qiladi. Eng muhimi, talabalar o‘sha davr xususiyati va muammolari to‘g‘risida aniq tasavvurga ega bo‘ladilar. O‘tmishda ajdodlarimiz orttirgan tajribalarga tayanib, bugungi kundagi dolzarb iqtisodiy masalalar yechimini topish borasida mushohada yuritishga o‘rganadilar. O‘rta asrlarda islom dini Markaziy Osiyoda ilm-fan, savdo-sotiq, iqtisodiyot rivojiga katta ta’sir ko‘rsatdi. U vaqtlarda iqtisodiy faoliyat yuritishda islom qoidalariga qat’iy amal qilingan. Xususan, savdo-sotiqda aldash, sudxo‘rlik, birovning mulkiga xiyonat qilish katta gunoh hisoblangan. IX-XV asrlarda Markaziy Osiyo tafakkur markaziga aylandi. Bu davrlarda butun dunyoga tanilgan mutafakkirlar yashab ijod etdi. Ular asarlarida iqtisodiyot, tijorat, mulkdorlik, hunarmandchilik sirlari, qarz olish, qarz berish, meros taqsimlash, yetim-yesirlarga muruvvat ko‘rsatish, xayr-ehson qilish, soliq turlari va miqdori, halol mehnat qilish, kasb egallash, dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullanish haqida ibratli fikrlar bayon etilgan. Ular bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgan emas. Sharqda iqtisodiy tafakkurning rivojlanishida tarixchi va faylasuf Ibn Xaldun Abdurahmon Abu Zayd Muhammadning hissasi katta (Ibn Xoldun asli arab bo‘lib, tarix taqozosi bilan Amir Temur bilan uchrashgan (unga asir tushgan) va suhbatlashgan, uning g‘oyalaridan bahramand bo‘lgan). Uning mashhur «Kitob ul-ibar» («Ibratli misollar kitobi») asarida tarixiy- ijtimoiy taraqqiyotning moddiy tamoyillarga asoslanishi, hamkorlikdagi ishlab chiqarish faoliyati, «jamiyatning moddiy tovarlar ishlab chiqaruvchilar jamoasidan iborat» ekani, hunarmandchilik, fan va san’atning rivojlanishi mehnat unumdorligining o‘sishi bilan bog‘liqligi haqida mulohazalar bildirilgan. U hunarmandlar o‘z kasbiy malakasini doimo oshirib borishi, iqtisodiy, diniy va
 
 
dunyoviy ilmlardan xabardor bo‘lishini e’tirof etib, ular uchun 12 banddan iborat 
axloqiy qoidalar ishlab chiqqan. Unda hunarmandlarning ust-boshini toza tutishi, 
pok vijdonli bo‘lishi, o‘z vaqtida toat-ibodat qilishi, piru-ustozdan yordam so‘rashi, 
olimlar bilan do‘st bo‘lishi, hisob-kitob ishlarini to‘g‘ri tashkil etishi, ertalab va 
kechqurun shogirdlarini o‘qitishi, xushmuomalali bo‘lishi, ehson-sadaqa berishi, 
ustaxonasini toza tutib, huzuriga keluvchilarni izzat-ikrom bilan kutib olishi va 
hurmat bilan kuzatishi haqida fikrlar bayon etilgan 134, 29-b.  
Ibn Xoldun Abdurahmon e’tirof etishicha, «oddiy» va «murakkab» mehnatni, 
yaxshi va yomon buyumni turlicha baholash, «zaruriy» va «qo‘shimcha mahsulot», 
«mehnat» va mehnat «qiymati» tushunchalarini bir-biridan farqlash lozim. U 
tovarning qiymati va iste’mol qiymati tushunchalarini ta’riflaydi. Uning fikricha, 
oldi-sotdi bitimida teng ayirboshlash qoidasiga amal qilinishi kerak. Bunda 
sarflangan mehnat e’tiborga olinadi. «Agar mahsulot hunarmandchilik ishi natijasi 
bo‘lsa, uning bahosi sarflangan mehnat qiymatiga teng», «daromad qiymati» esa, 
sarflangan mehnatga bog‘liq bo‘ladi. Buyumning boshqa buyumlar orasida tutgan 
o‘rni uning kishiga qanchalik zarurligi bilan belgilanadi. Tovar qiymatiga xom-
ashyo qiymati, mehnat vositalari, oraliq tovar ishlab chiqaruvchilar mehnatining 
qiymati kiradi. U tovar-pul munosabatlarini tahlil etib, narxlar bozorga olib 
chiqilgan tovarlarga bo‘lgan talab va ehtiyojga, sotuvchi bilan xaridorning o‘zaro 
manfaatli aloqalariga bog‘liqligini, shuningdek, soliq tizimini tartibga solish katta 
ijtimoiy ahamiyatga ega ekanini ta’kidlaydi. 
Demak, islom huqushunosligida tovarning iste’mol qiymati tan olingan, uning 
qiymati va bahosi bir-biridan farqlangan.  
Nizom ul-Mulkning «Siyosatnoma» asarida hukmdorlar, amirlar, amaldorlar 
va qozilarning mansabini suiste’mol qilib, isrofgarchilikka yo‘l qo‘yishi, soliq 
islohoti, davlat mablag‘larini saqlash va sarflash, hisob-kitob ishlari haqida aniq 
fikrlar bildirilgan. 
XIX asrda yashab ijod etgan Tilla Shayx ota ham Toshkentdagi Tilla Shayx 
masjidini o‘zining mablag‘iga qurdirib, uni mo‘min-musulmonlar ixtiyoriga bergan. 
dunyoviy ilmlardan xabardor bo‘lishini e’tirof etib, ular uchun 12 banddan iborat axloqiy qoidalar ishlab chiqqan. Unda hunarmandlarning ust-boshini toza tutishi, pok vijdonli bo‘lishi, o‘z vaqtida toat-ibodat qilishi, piru-ustozdan yordam so‘rashi, olimlar bilan do‘st bo‘lishi, hisob-kitob ishlarini to‘g‘ri tashkil etishi, ertalab va kechqurun shogirdlarini o‘qitishi, xushmuomalali bo‘lishi, ehson-sadaqa berishi, ustaxonasini toza tutib, huzuriga keluvchilarni izzat-ikrom bilan kutib olishi va hurmat bilan kuzatishi haqida fikrlar bayon etilgan 134, 29-b. Ibn Xoldun Abdurahmon e’tirof etishicha, «oddiy» va «murakkab» mehnatni, yaxshi va yomon buyumni turlicha baholash, «zaruriy» va «qo‘shimcha mahsulot», «mehnat» va mehnat «qiymati» tushunchalarini bir-biridan farqlash lozim. U tovarning qiymati va iste’mol qiymati tushunchalarini ta’riflaydi. Uning fikricha, oldi-sotdi bitimida teng ayirboshlash qoidasiga amal qilinishi kerak. Bunda sarflangan mehnat e’tiborga olinadi. «Agar mahsulot hunarmandchilik ishi natijasi bo‘lsa, uning bahosi sarflangan mehnat qiymatiga teng», «daromad qiymati» esa, sarflangan mehnatga bog‘liq bo‘ladi. Buyumning boshqa buyumlar orasida tutgan o‘rni uning kishiga qanchalik zarurligi bilan belgilanadi. Tovar qiymatiga xom- ashyo qiymati, mehnat vositalari, oraliq tovar ishlab chiqaruvchilar mehnatining qiymati kiradi. U tovar-pul munosabatlarini tahlil etib, narxlar bozorga olib chiqilgan tovarlarga bo‘lgan talab va ehtiyojga, sotuvchi bilan xaridorning o‘zaro manfaatli aloqalariga bog‘liqligini, shuningdek, soliq tizimini tartibga solish katta ijtimoiy ahamiyatga ega ekanini ta’kidlaydi. Demak, islom huqushunosligida tovarning iste’mol qiymati tan olingan, uning qiymati va bahosi bir-biridan farqlangan. Nizom ul-Mulkning «Siyosatnoma» asarida hukmdorlar, amirlar, amaldorlar va qozilarning mansabini suiste’mol qilib, isrofgarchilikka yo‘l qo‘yishi, soliq islohoti, davlat mablag‘larini saqlash va sarflash, hisob-kitob ishlari haqida aniq fikrlar bildirilgan. XIX asrda yashab ijod etgan Tilla Shayx ota ham Toshkentdagi Tilla Shayx masjidini o‘zining mablag‘iga qurdirib, uni mo‘min-musulmonlar ixtiyoriga bergan.
 
 
Bunday xayrli ishlar islom dini sharoitida savdogarlar va ulug‘ insonlarning oddiy 
xalqqa hurmati va yaxshilikka bo‘lgan mustahkam e’tiqodidan dalolat beradi. 
Yoshlarga iqtisodiy ta’lim-tarbiya berishda ulug‘ zotlarning ezgu amallari va 
ishlarini ibrat qilib ko‘rsatmoq lozim. Buning uchun esa oilada, xususan, ta’lim 
muassasalarida iqtisodiy ta’lim jarayonida iqtisodiy savodxonlikning tarixiy-milliy 
va ijtimoiy ildizlari haqida to‘laroq ma’lumot berish lozim.  
Albatta, Sobiq sho‘rolar ittifoqi davrida ham vatanimiz iqtisodiy ta’limi ancha 
rivojlandi. Lekin bunda iqtisodiyotni boshqarish buyruqbozlikka asoslangan bo‘lib, 
iqtisodiy faoliyat reja asosida va markazlashtirilgan holda olib borilardi. 
O‘zbekiston o‘z mustaqilligiga erishgach, iqtisodiy g‘oya mutlaqo yangi mazmun 
kashf etdi. Bu mamlakatimining birinchi Prezidenti I. A. Karimovning bozor 
iqtisodiyotiga o‘tishning «O‘zbek modeli»ning besh asosiy tamoyilida yorqin 
namoyon bo‘ladi. Unda O‘zbekiston Respublikasining bozor munosabatlariga 
o‘tishning o‘ziga xos xususiyatlari, mavjud muammolarni bartaraf etishning yo‘llari 
batafsil ifodalab berilgan. Bular: 
-iqtisodning siyosatdan xoli bo‘lishi; 
-davlat – bosh islohotchisi va tashabbuskor ekanligi; 
-qonun ustuvorligini ta’minlash –iqtisodiy islohotlarning asosi; 
-kuchli ijtimoiy siyosat –iqtisodiy islohotlar kafolati; 
-bozor 
munosabatlariga 
bosqichma-bosqich 
o‘tish 
– 
O‘zbekiston 
iqtisodiyotini isloh qilish modelining asosi. 
O‘zbekiston Respublikasining bozor munosabatlariga o‘tishning «O‘zbek 
modeli»ning nazariy asoslari birinchi Prezidentimiz I. A. Karimovning 
«O‘zbekiston. Yangilanish va taraqqiyot yo‘lidan», «O‘zbekiston – kelajagi buyuk 
davlat», «O‘zbekistoning bozor iqtisodiyotiga o‘tishining o‘ziga xos yo‘li», 
«O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lidan» kabi asarlarida keng 
yoritilgan.  
Shuningdek, bugungi kunda mamlakatimiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoev 
tomonidan ilgari surilayotgan «ochiq iqtisodiyot» tamoyili hamda innovatsion g‘oya 
va texnologiyalar asosida tezkor rivojlanish dasturlarini ishlab chiqishga qaratilgan 
Bunday xayrli ishlar islom dini sharoitida savdogarlar va ulug‘ insonlarning oddiy xalqqa hurmati va yaxshilikka bo‘lgan mustahkam e’tiqodidan dalolat beradi. Yoshlarga iqtisodiy ta’lim-tarbiya berishda ulug‘ zotlarning ezgu amallari va ishlarini ibrat qilib ko‘rsatmoq lozim. Buning uchun esa oilada, xususan, ta’lim muassasalarida iqtisodiy ta’lim jarayonida iqtisodiy savodxonlikning tarixiy-milliy va ijtimoiy ildizlari haqida to‘laroq ma’lumot berish lozim. Albatta, Sobiq sho‘rolar ittifoqi davrida ham vatanimiz iqtisodiy ta’limi ancha rivojlandi. Lekin bunda iqtisodiyotni boshqarish buyruqbozlikka asoslangan bo‘lib, iqtisodiy faoliyat reja asosida va markazlashtirilgan holda olib borilardi. O‘zbekiston o‘z mustaqilligiga erishgach, iqtisodiy g‘oya mutlaqo yangi mazmun kashf etdi. Bu mamlakatimining birinchi Prezidenti I. A. Karimovning bozor iqtisodiyotiga o‘tishning «O‘zbek modeli»ning besh asosiy tamoyilida yorqin namoyon bo‘ladi. Unda O‘zbekiston Respublikasining bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos xususiyatlari, mavjud muammolarni bartaraf etishning yo‘llari batafsil ifodalab berilgan. Bular: -iqtisodning siyosatdan xoli bo‘lishi; -davlat – bosh islohotchisi va tashabbuskor ekanligi; -qonun ustuvorligini ta’minlash –iqtisodiy islohotlarning asosi; -kuchli ijtimoiy siyosat –iqtisodiy islohotlar kafolati; -bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o‘tish – O‘zbekiston iqtisodiyotini isloh qilish modelining asosi. O‘zbekiston Respublikasining bozor munosabatlariga o‘tishning «O‘zbek modeli»ning nazariy asoslari birinchi Prezidentimiz I. A. Karimovning «O‘zbekiston. Yangilanish va taraqqiyot yo‘lidan», «O‘zbekiston – kelajagi buyuk davlat», «O‘zbekistoning bozor iqtisodiyotiga o‘tishining o‘ziga xos yo‘li», «O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lidan» kabi asarlarida keng yoritilgan. Shuningdek, bugungi kunda mamlakatimiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoev tomonidan ilgari surilayotgan «ochiq iqtisodiyot» tamoyili hamda innovatsion g‘oya va texnologiyalar asosida tezkor rivojlanish dasturlarini ishlab chiqishga qaratilgan
 
 
bir qator asarlarida taraqqiyotimizning nazariy va amaliy asoslari yanada boyitib 
borilmoqda. Bu dasturiy asarlar iqtisodiyot nazariyasining rivojlanishiga va 
iqtisodiy savodxonlikning ortishiga katta hissa qo‘shadi.  
Albatta, mustaqillikdan keyin iqtisodiy ta’lim-tarbiya muammosiga 
bag‘ishlangan qator kitoblar nashr etildi va ilmiy maqolalar e’lon qilindi. Bunda 
olimlardan S. S. G‘ulomov, Sh. Z. Abdullaeva, A. Qodirov, J. Jalolov, N. Tuxliev, 
A. Chjen, N. Beknzov va boshqalarning nomini tilga olib o‘tish mumkin. 
Mustaqillikdan 
keyin 
O‘zbekiston 
Respublikasining 
hamdo‘stlik 
mamlakatlari, xususan, Rossiya Federatsiyasi bilan do‘stona munosabatlari, turli 
sohalardagi o‘zaro aloqalari tobora chuqur ildiz otmoqda. Biz buni dunyodagi 
nufuzli oliy o‘quv yurtlaridan biri hisoblangan G. A. Plexanov nomidagi Rossiya 
iqtisodiyot akademiyasi misolida ko‘rishimiz mumkin. U Rossiya va O‘zbekistonda 
iqtisodiyot ta’limini rivojlantirishda ko‘prik vazifasini o‘taydi.  
Hozirda iqtisodiyot ta’limida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan «Iqtisodiyot 
nazariyasi» kitobi Rossiyaning ko‘zga ko‘ringan olimlari, xususan, akademiya 
prezidenti, akademik, V. I. Vidyapin, akademik G. P. Juravlyova, shuningdek, 
o‘zbekistonlik olimlar, akademiklar, S. S. G‘ulomov, M. Sh. Sharifxo‘jaev, Q. 
Abdurahmonov hamkorligida yaratilgan. Bu kitobdan har ikki davlat iqtisodchi 
mutaxassislari keng foydalanadilar. 
Jamiyatning 
ijtimoiy 
taraqqiyotida 
iqtisodiy 
savodxonlikning 
o‘rni 
beqiyosdir. Ayniqsa, hozirgi bozor iqtisodiyot sharoitida uning ahamiyati tobora 
ortib bormoqda. Iqtisodiy savodxonlikning ortishi esa, iqtisodiy ta’limning 
rivojlanayotgani va uning to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilayotganidan dalolat beradi. Aslida 
boshqarish usullarida fan-texnika yutuqlari va ilg‘or tajribalaridan foydalanib, 
samarali mehnat qila bilish ham iqtisodiy savodxonlik darajasini belgilaydi. Zero, 
keng ma’noda, iqtisodiy savodxonlik moddiy va ma’naviy boyliklarni ishlab 
chiqarish bilan bog‘liq. Chunki ularsiz inson ijtimoiy sub’ekt sifatida rivojlana 
olmaydi. 
Hozirgi zamon jamiyatidagi iqtisodiy savodxonlik iqtisodiy munosabatlardagi 
teran o‘zgarishlarni istifoda etadi. Buni iqtisodiy munosabatlar va iqtisodiy faoliyat 
bir qator asarlarida taraqqiyotimizning nazariy va amaliy asoslari yanada boyitib borilmoqda. Bu dasturiy asarlar iqtisodiyot nazariyasining rivojlanishiga va iqtisodiy savodxonlikning ortishiga katta hissa qo‘shadi. Albatta, mustaqillikdan keyin iqtisodiy ta’lim-tarbiya muammosiga bag‘ishlangan qator kitoblar nashr etildi va ilmiy maqolalar e’lon qilindi. Bunda olimlardan S. S. G‘ulomov, Sh. Z. Abdullaeva, A. Qodirov, J. Jalolov, N. Tuxliev, A. Chjen, N. Beknzov va boshqalarning nomini tilga olib o‘tish mumkin. Mustaqillikdan keyin O‘zbekiston Respublikasining hamdo‘stlik mamlakatlari, xususan, Rossiya Federatsiyasi bilan do‘stona munosabatlari, turli sohalardagi o‘zaro aloqalari tobora chuqur ildiz otmoqda. Biz buni dunyodagi nufuzli oliy o‘quv yurtlaridan biri hisoblangan G. A. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot akademiyasi misolida ko‘rishimiz mumkin. U Rossiya va O‘zbekistonda iqtisodiyot ta’limini rivojlantirishda ko‘prik vazifasini o‘taydi. Hozirda iqtisodiyot ta’limida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan «Iqtisodiyot nazariyasi» kitobi Rossiyaning ko‘zga ko‘ringan olimlari, xususan, akademiya prezidenti, akademik, V. I. Vidyapin, akademik G. P. Juravlyova, shuningdek, o‘zbekistonlik olimlar, akademiklar, S. S. G‘ulomov, M. Sh. Sharifxo‘jaev, Q. Abdurahmonov hamkorligida yaratilgan. Bu kitobdan har ikki davlat iqtisodchi mutaxassislari keng foydalanadilar. Jamiyatning ijtimoiy taraqqiyotida iqtisodiy savodxonlikning o‘rni beqiyosdir. Ayniqsa, hozirgi bozor iqtisodiyot sharoitida uning ahamiyati tobora ortib bormoqda. Iqtisodiy savodxonlikning ortishi esa, iqtisodiy ta’limning rivojlanayotgani va uning to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilayotganidan dalolat beradi. Aslida boshqarish usullarida fan-texnika yutuqlari va ilg‘or tajribalaridan foydalanib, samarali mehnat qila bilish ham iqtisodiy savodxonlik darajasini belgilaydi. Zero, keng ma’noda, iqtisodiy savodxonlik moddiy va ma’naviy boyliklarni ishlab chiqarish bilan bog‘liq. Chunki ularsiz inson ijtimoiy sub’ekt sifatida rivojlana olmaydi. Hozirgi zamon jamiyatidagi iqtisodiy savodxonlik iqtisodiy munosabatlardagi teran o‘zgarishlarni istifoda etadi. Buni iqtisodiy munosabatlar va iqtisodiy faoliyat
 
 
mazmuni ko‘rsatib turibdi. Iqtisodiy hayot iqtisodiy savodxonlik bilan o‘zaro 
chambarchas bog‘liq ekan, demak, hamisha jamiyat a’zolari, xususan, talaba-
yoshlarning iqtisodiy  savodxonligini rivojlantirish dorzarb masalalardan biri bo‘lib 
qolaveradi. 
Ammo gap shundaki, jamiyat a’zolarida iqtisodiy savodxonlikni rivojlantirish 
juda murakkab va ko‘p qirrali jarayondir. Bunda iqtisodiy ta’lim va tarbiyaning 
izchilligi va uzviyligi muhim o‘rin tutadi.  
 
2. Talabalarda iqtisodiy ta’lim berishning hozirgi holati 
 
  
O‘zbekiston 
o‘zining 
ijtimoiy–iqtisodiy 
rivojlanishining 
yangi 
bosqichiga qadam qo‘ydi. Uning taraqqiyotini ta’limning ko‘p qirrali va keng 
qamrovli 
takomillashuvisiz 
tasavvur 
qilish 
qiyin. 
Ta’lim 
mazmunini 
takomillashtirish va uning samaradorligini oshirish Kadrlar tayyorlash milliy dasturi 
mohiyatidan kelib chiqadi. Erkin fikrlovchi, ijodkor, milliy mustaqilligimiz 
g‘oyalariga sodiq bo‘lgan barkamol shaxsni tarbiyalash esa, uning iqtisodiy 
savodxonligini oshirish bilan uzviy bog‘liq. Ana shu nuqtai-nazardan qaraganda har 
tomonlama yetuk shaxsni tarbiyalab voyaga yetkazishda ta’lim samaradorligi 
alohida ahamiyat kasb etadi.  
  
Uzluksiz ta’limning yangi turi bo‘lmish o‘rta maxsus, kasb-hunar 
ta’limi tizimida bo‘lajak kichik mutaxassislarning iqtisodiy  savodxonligini oshirish 
dolzarb muammo hisoblanadi. 
Garchand talabalarda iqtisodiy bilimlarni rivojlantirish, iqtisodiy madaniyatni 
rivojlantirish, iqtisodiy savodxonlikni rivojlantirish, tadbirkorlik ko‘nikmalarini 
rivojlantirish  tushunchalari bir-birlari bilan uzviy bog‘liq bo‘lsa-da, lekin ular 
ma’no-mazmun jihatdan bir-birlaridan keskin farq qiladi. Ularning har biri muammo 
sifatida o‘rganish uchun o‘quv ob’ekt bo‘la oladi. N. Ye. Yasenkoning e’tirof 
e’tishicha, iqtisodiy savodxonlik talabaning umumiy  savodxonligining tarkibiy 
qismi bo‘lib, uning jamiyat xo‘jalik faoliyatida ongli ravishda ishtirok etishiga 
imkon beruvchi shaxsiy sifatlari, shuningdek, iqtisodiy bilimi, ko‘nikma va malakasi 
mazmuni ko‘rsatib turibdi. Iqtisodiy hayot iqtisodiy savodxonlik bilan o‘zaro chambarchas bog‘liq ekan, demak, hamisha jamiyat a’zolari, xususan, talaba- yoshlarning iqtisodiy savodxonligini rivojlantirish dorzarb masalalardan biri bo‘lib qolaveradi. Ammo gap shundaki, jamiyat a’zolarida iqtisodiy savodxonlikni rivojlantirish juda murakkab va ko‘p qirrali jarayondir. Bunda iqtisodiy ta’lim va tarbiyaning izchilligi va uzviyligi muhim o‘rin tutadi. 2. Talabalarda iqtisodiy ta’lim berishning hozirgi holati O‘zbekiston o‘zining ijtimoiy–iqtisodiy rivojlanishining yangi bosqichiga qadam qo‘ydi. Uning taraqqiyotini ta’limning ko‘p qirrali va keng qamrovli takomillashuvisiz tasavvur qilish qiyin. Ta’lim mazmunini takomillashtirish va uning samaradorligini oshirish Kadrlar tayyorlash milliy dasturi mohiyatidan kelib chiqadi. Erkin fikrlovchi, ijodkor, milliy mustaqilligimiz g‘oyalariga sodiq bo‘lgan barkamol shaxsni tarbiyalash esa, uning iqtisodiy savodxonligini oshirish bilan uzviy bog‘liq. Ana shu nuqtai-nazardan qaraganda har tomonlama yetuk shaxsni tarbiyalab voyaga yetkazishda ta’lim samaradorligi alohida ahamiyat kasb etadi. Uzluksiz ta’limning yangi turi bo‘lmish o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida bo‘lajak kichik mutaxassislarning iqtisodiy savodxonligini oshirish dolzarb muammo hisoblanadi. Garchand talabalarda iqtisodiy bilimlarni rivojlantirish, iqtisodiy madaniyatni rivojlantirish, iqtisodiy savodxonlikni rivojlantirish, tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish tushunchalari bir-birlari bilan uzviy bog‘liq bo‘lsa-da, lekin ular ma’no-mazmun jihatdan bir-birlaridan keskin farq qiladi. Ularning har biri muammo sifatida o‘rganish uchun o‘quv ob’ekt bo‘la oladi. N. Ye. Yasenkoning e’tirof e’tishicha, iqtisodiy savodxonlik talabaning umumiy savodxonligining tarkibiy qismi bo‘lib, uning jamiyat xo‘jalik faoliyatida ongli ravishda ishtirok etishiga imkon beruvchi shaxsiy sifatlari, shuningdek, iqtisodiy bilimi, ko‘nikma va malakasi
 
 
darajasini belgilaydi 147, -345 b. Shuningdek, iqtisodiy savodxonlik yoki iqtisodiy 
ma’rifat tushunchasi S. Garaev, Ye. Yu. Nikonova, A. S. Nisimchuk va 
boshqalarning ishlarida qarab o‘tilgan. 
Bundan tashqari, G. P. Basharina, E. S. Belyaeva, L. La, N.B. Melnikova, V. 
M.Manoxov, Sh. A. Muzentov va boshqa ko‘plab olimlarning ishlari fakultativ 
mashg‘ulotlarda matematik hisob-kitoblarni qo‘llash orqali talabalarning iqtisodiy 
savodxonligini oshirish masalasiga bag‘ishlangan. 
Iqtisodiy savodxonligini oshirish deyilganda talabalarga faqat chuqur va 
murakkab iqtisodiy bilimlar berishni emas, balki ularni axborot-kommunikatsion 
texnologiyalardan va zamonaviy ta’lim usullaridan foydalanib, zaruriy o‘quv 
materiallari asosida o‘qitish, mustaqil bilim olish va amaliy faoliyatga o‘rgatish 
nazarda tutiladi. Chunki endilikda talabalarga minimum bilim berish va ularni turli 
xil amaliy faoliyatda qo‘llash uchun maksimum imkoniyat yaratish tamoyiliga amal 
qilinmoqda. Ushbu hol ham pedagogik, ham didaktik jihatdan dolzarb hisoblangan 
muammolarni yuzaga keltirdi. Bu esa, pedagogika fanida erishilgan yutuqlarni 
yangicha sharoitda ijodiy qo‘llashni taqozo etadi.  
Noiqtisodiy OTM talabalarining iqtisodiy savodxonligini oshirish yo‘llarini 
izlash, ularni amalga joriy etish iqtisodiy ta’lim nazariyasi va uslubiyatining dolzarb 
muammosi bo‘lib turibdi.  Talabalarning iqtisodiy savodxonligini oshirish 
muammosi keng qamrovli bo‘lib, u o‘ziga xos yechimlarini talab etadi. 
Bugungi kunda nafaqat umumiy o‘rta ta’lim maktablari, balki noiqtisodiy 
OTM talabalining ham iqtisodiyot fanidan olgan bilimi davr talabi darajasida emas. 
Bu muammoning sabablarini ilmiy-pedagogik nuqtai-nazardan tahlil etish va 
iqtisodiy savodxonligini oshirish zaruratini ko‘rsatadi.  
Noiqtisodiy OTM talabalarining iqtisodiy savodxonligini oshirishdan maqsad 
ularning fanga bo‘lgan qiziqishini rivojlantirish, ularni vatanparvarlik va 
insonparvarlik ruhida tarbiyalashdir.  Ilmiy -o‘quv ishimizning asosiy g‘oyasi ham 
iqtisodiy savodxonligini oshirish orqali barkamol avlodni tarbiyalashga hissa 
qo‘shishdan iborat. 
Talabalarga iqtisodiy ta’lim-tarbiya berish muammosi ko‘pgina pedagog-
darajasini belgilaydi 147, -345 b. Shuningdek, iqtisodiy savodxonlik yoki iqtisodiy ma’rifat tushunchasi S. Garaev, Ye. Yu. Nikonova, A. S. Nisimchuk va boshqalarning ishlarida qarab o‘tilgan. Bundan tashqari, G. P. Basharina, E. S. Belyaeva, L. La, N.B. Melnikova, V. M.Manoxov, Sh. A. Muzentov va boshqa ko‘plab olimlarning ishlari fakultativ mashg‘ulotlarda matematik hisob-kitoblarni qo‘llash orqali talabalarning iqtisodiy savodxonligini oshirish masalasiga bag‘ishlangan. Iqtisodiy savodxonligini oshirish deyilganda talabalarga faqat chuqur va murakkab iqtisodiy bilimlar berishni emas, balki ularni axborot-kommunikatsion texnologiyalardan va zamonaviy ta’lim usullaridan foydalanib, zaruriy o‘quv materiallari asosida o‘qitish, mustaqil bilim olish va amaliy faoliyatga o‘rgatish nazarda tutiladi. Chunki endilikda talabalarga minimum bilim berish va ularni turli xil amaliy faoliyatda qo‘llash uchun maksimum imkoniyat yaratish tamoyiliga amal qilinmoqda. Ushbu hol ham pedagogik, ham didaktik jihatdan dolzarb hisoblangan muammolarni yuzaga keltirdi. Bu esa, pedagogika fanida erishilgan yutuqlarni yangicha sharoitda ijodiy qo‘llashni taqozo etadi. Noiqtisodiy OTM talabalarining iqtisodiy savodxonligini oshirish yo‘llarini izlash, ularni amalga joriy etish iqtisodiy ta’lim nazariyasi va uslubiyatining dolzarb muammosi bo‘lib turibdi. Talabalarning iqtisodiy savodxonligini oshirish muammosi keng qamrovli bo‘lib, u o‘ziga xos yechimlarini talab etadi. Bugungi kunda nafaqat umumiy o‘rta ta’lim maktablari, balki noiqtisodiy OTM talabalining ham iqtisodiyot fanidan olgan bilimi davr talabi darajasida emas. Bu muammoning sabablarini ilmiy-pedagogik nuqtai-nazardan tahlil etish va iqtisodiy savodxonligini oshirish zaruratini ko‘rsatadi. Noiqtisodiy OTM talabalarining iqtisodiy savodxonligini oshirishdan maqsad ularning fanga bo‘lgan qiziqishini rivojlantirish, ularni vatanparvarlik va insonparvarlik ruhida tarbiyalashdir. Ilmiy -o‘quv ishimizning asosiy g‘oyasi ham iqtisodiy savodxonligini oshirish orqali barkamol avlodni tarbiyalashga hissa qo‘shishdan iborat. Talabalarga iqtisodiy ta’lim-tarbiya berish muammosi ko‘pgina pedagog-
 
 
olimlar tomonidan tadqiq etilgan. 
Biz o‘z pedagogik faoliyatimizda orttirgan tajriba va kuzatishlarimizga 
asoslanib, muammoni o‘z nuqtai-nazarimizdan tadqiq etishga harakat qildik. 
Ilmiy adabiyotlar va dissertatsiya ishlarini tahlil etish natijalari shuni 
ko‘rsatdiki, birinchidan, bugungi kunda ta’lim mazmuniga, o‘qitish uslubiyatiga, 
amaliy ta’limga talab mutlaqo o‘zgargan, ikkinchidan, talabalarning iqtisodiy 
savodxonligini oshirish ko‘p qirrali bo‘lib, kadrlar tayyorlash milliy dasturi va yangi 
yaratilgan davlat ta’lim standartlari asosida pedagogik muammo sifatida 
o‘rganilmagan, uchinchidan, uzluksiz ta’lim tizimidagi mustaqil ta’lim turi bo‘lmish 
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi, xususan, noiqtisodiy yo‘nalishdagi 
noiqtisodiy OTM talabalarining iqtisodiy savodxonligini oshirish masalasi tadqiq 
etilmagan.  
 Kasbga oid fanlarni o‘qitishga bag‘ishlangan ilmiy-metodik ishlapni 
o‘rganish natijalari ko‘rsatadiki, o‘quv mashg‘ulotlapini o‘qitishning yangi 
usullapidan foydalanib, aniq amaliy ishlanmalapga tayangan holda tashkil etish 
lozim. Talabalar iqtisodiy savodxonligining shakllanish darajasi shundagina jadal 
kechadi. Bu esa, ta’lim muassasalarida iqtisodiy yo‘nalishdagi dapsliklapning jiddiy 
pavishda qayta ishlab chiqilishini taqozo etadi. Kelgusida yapatiladigan o‘quv 
qo‘llanmalap, ayni paytda mavjud qo‘llanmalapdan tuzilishi va mazmuni, o‘quv 
matepiallapining takomillashganligi bilan fapq qilishi kepak. 
Yangicha iqtisodiy fikrlash tapbiya japayonining tamoyillari, vosita va 
usullapini qayta ko‘pib chiqishni, savodxonlikka odatdagi va zaruriy me’yor sifatida 
yondoshishni talab etadi. Chunki ta’lim muassasalaridagi tapbiya funksiyasi bilim 
bepish, hap tomonlama pivojlangan shaxsni shakllantipish kabi me’yoriy vazifalarni 
amalga oshirishni taqozo etadi. 
Iqtisodiy savodxonlik nafaqat o‘zlashtirilgan iqtisodiy bilimlar hajmi, balki 
ulardan amalda qanday foydalana olish uquvi bilan ham xarakterlanadi.  
Biroq pedagogik o‘quv natijalari shuni ko‘rsatadiki, ta’lim muassasalari 
talaba-yoshlarida iqtisodiy savodxonlikni rivojlantirish borasida o‘ziga xos qator 
muammolar mavjud. 
olimlar tomonidan tadqiq etilgan. Biz o‘z pedagogik faoliyatimizda orttirgan tajriba va kuzatishlarimizga asoslanib, muammoni o‘z nuqtai-nazarimizdan tadqiq etishga harakat qildik. Ilmiy adabiyotlar va dissertatsiya ishlarini tahlil etish natijalari shuni ko‘rsatdiki, birinchidan, bugungi kunda ta’lim mazmuniga, o‘qitish uslubiyatiga, amaliy ta’limga talab mutlaqo o‘zgargan, ikkinchidan, talabalarning iqtisodiy savodxonligini oshirish ko‘p qirrali bo‘lib, kadrlar tayyorlash milliy dasturi va yangi yaratilgan davlat ta’lim standartlari asosida pedagogik muammo sifatida o‘rganilmagan, uchinchidan, uzluksiz ta’lim tizimidagi mustaqil ta’lim turi bo‘lmish o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi, xususan, noiqtisodiy yo‘nalishdagi noiqtisodiy OTM talabalarining iqtisodiy savodxonligini oshirish masalasi tadqiq etilmagan. Kasbga oid fanlarni o‘qitishga bag‘ishlangan ilmiy-metodik ishlapni o‘rganish natijalari ko‘rsatadiki, o‘quv mashg‘ulotlapini o‘qitishning yangi usullapidan foydalanib, aniq amaliy ishlanmalapga tayangan holda tashkil etish lozim. Talabalar iqtisodiy savodxonligining shakllanish darajasi shundagina jadal kechadi. Bu esa, ta’lim muassasalarida iqtisodiy yo‘nalishdagi dapsliklapning jiddiy pavishda qayta ishlab chiqilishini taqozo etadi. Kelgusida yapatiladigan o‘quv qo‘llanmalap, ayni paytda mavjud qo‘llanmalapdan tuzilishi va mazmuni, o‘quv matepiallapining takomillashganligi bilan fapq qilishi kepak. Yangicha iqtisodiy fikrlash tapbiya japayonining tamoyillari, vosita va usullapini qayta ko‘pib chiqishni, savodxonlikka odatdagi va zaruriy me’yor sifatida yondoshishni talab etadi. Chunki ta’lim muassasalaridagi tapbiya funksiyasi bilim bepish, hap tomonlama pivojlangan shaxsni shakllantipish kabi me’yoriy vazifalarni amalga oshirishni taqozo etadi. Iqtisodiy savodxonlik nafaqat o‘zlashtirilgan iqtisodiy bilimlar hajmi, balki ulardan amalda qanday foydalana olish uquvi bilan ham xarakterlanadi. Biroq pedagogik o‘quv natijalari shuni ko‘rsatadiki, ta’lim muassasalari talaba-yoshlarida iqtisodiy savodxonlikni rivojlantirish borasida o‘ziga xos qator muammolar mavjud.
 
 
Birinchidan, ta’lim muassasalarida zamonaviy pedagogik texnologiyalar 
asosida iqtisodiy ta’lim-tarbiya berish metodikasi, uning usul va shakllari, didaktik 
ishlanmalar bugungi zamon talablari darajasida ishlab chiqilmagan. 
  Ikkinchidan, ko‘pincha iqtisodiy savodxonlik talaba-yoshlarning iqtisodiy 
yo‘nalishdagi fan (yoki kurs)larni o‘zlashtirish natijalari va pedagogik kuzatishlar 
natijasi orqaligina baholanadi. Holbuki bo‘lajak mutaxassislarda iqtisodiy 
savodxonlikning yuqori darajada shakllanishi juda uzoq vaqtni taqozo etadi. 
  Uchinchidan, iqtisodiy savodxonlikni rivojlantirish tizimi, garchand chuqur 
o‘ylanib ishlab chiqilgan yoki aniq maqsadga qaratilgan bo‘lsa-da, lekin u darhol 
o‘z natijalarini bermasligi mumkin. Chunki uning natijalari ob’ektiv va sub’ektiv 
sabablarga bog‘liq bo‘ladi. 
  To‘rtinchidan, talaba-yoshlarning savodxonligi va shaxsining shakllanishi 
boshqa kishilar, oila, ijtimoiy muhit, qolaversa, butun jamiyatning ta’siri ostida 
kechadi. 
Demak, bundan kelib chiqadiki, noiqtisodiy OTM talabalarida iqtisodiy 
savodxonlikni rivojlantirish vazifalarini belgilashda hozirgi vaqtda iqtisodiy 
savodxonlikning turli ijtimoiy-madaniy vositalar va kuchlar ta’sirida shakllanishini 
e’tiborga olish zarur. 
Bizningcha, ushbu vazifani amalga oshirish uchun pedagogika va boshqa 
o‘quv fanlari, xususan, iqtisodiy yo‘nalishdagi fanlardan tayyorlanadigan dastur, 
darslik va qo‘llanmalarga iqtisodiy savodxonlikni rivojlantirish bilan bog‘liq 
mavzular, o‘quv materiallari va ularning nazariy tahlillari kiritilishi zarur. 
Bugungi kundagi yangicha iqtisodiy fikrlash tarzi iqtisodiy ta’lim-tarbiyani 
tashkil etish jarayonini, uning tamoyillari, vosita va usullarini mutlaqo qayta ko‘rib 
chiqishni taqozo etmoqda.  
Bizning nazarimizda iqtisodiy tarbiya iqtisodiy ta’limdan bir muncha orqada 
qolgandek tuyuladi. Shuning uchun ham, iqtisodiy tarbiya iqtisodiy savodxonlikka 
bo‘lgan yangicha munosabatni o‘z ichiga olmog‘i lozim. Chunki iqtisodiy ta’lim-
tarbiyaga faqat bilim berish, har tomonlama rivojlangan shaxsni rivojlantirish 
vazifalarigina emas, balki yana qator ijtimoiy-madaniy funksiyalar ham yuklanadi. 
Birinchidan, ta’lim muassasalarida zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida iqtisodiy ta’lim-tarbiya berish metodikasi, uning usul va shakllari, didaktik ishlanmalar bugungi zamon talablari darajasida ishlab chiqilmagan. Ikkinchidan, ko‘pincha iqtisodiy savodxonlik talaba-yoshlarning iqtisodiy yo‘nalishdagi fan (yoki kurs)larni o‘zlashtirish natijalari va pedagogik kuzatishlar natijasi orqaligina baholanadi. Holbuki bo‘lajak mutaxassislarda iqtisodiy savodxonlikning yuqori darajada shakllanishi juda uzoq vaqtni taqozo etadi. Uchinchidan, iqtisodiy savodxonlikni rivojlantirish tizimi, garchand chuqur o‘ylanib ishlab chiqilgan yoki aniq maqsadga qaratilgan bo‘lsa-da, lekin u darhol o‘z natijalarini bermasligi mumkin. Chunki uning natijalari ob’ektiv va sub’ektiv sabablarga bog‘liq bo‘ladi. To‘rtinchidan, talaba-yoshlarning savodxonligi va shaxsining shakllanishi boshqa kishilar, oila, ijtimoiy muhit, qolaversa, butun jamiyatning ta’siri ostida kechadi. Demak, bundan kelib chiqadiki, noiqtisodiy OTM talabalarida iqtisodiy savodxonlikni rivojlantirish vazifalarini belgilashda hozirgi vaqtda iqtisodiy savodxonlikning turli ijtimoiy-madaniy vositalar va kuchlar ta’sirida shakllanishini e’tiborga olish zarur. Bizningcha, ushbu vazifani amalga oshirish uchun pedagogika va boshqa o‘quv fanlari, xususan, iqtisodiy yo‘nalishdagi fanlardan tayyorlanadigan dastur, darslik va qo‘llanmalarga iqtisodiy savodxonlikni rivojlantirish bilan bog‘liq mavzular, o‘quv materiallari va ularning nazariy tahlillari kiritilishi zarur. Bugungi kundagi yangicha iqtisodiy fikrlash tarzi iqtisodiy ta’lim-tarbiyani tashkil etish jarayonini, uning tamoyillari, vosita va usullarini mutlaqo qayta ko‘rib chiqishni taqozo etmoqda. Bizning nazarimizda iqtisodiy tarbiya iqtisodiy ta’limdan bir muncha orqada qolgandek tuyuladi. Shuning uchun ham, iqtisodiy tarbiya iqtisodiy savodxonlikka bo‘lgan yangicha munosabatni o‘z ichiga olmog‘i lozim. Chunki iqtisodiy ta’lim- tarbiyaga faqat bilim berish, har tomonlama rivojlangan shaxsni rivojlantirish vazifalarigina emas, balki yana qator ijtimoiy-madaniy funksiyalar ham yuklanadi.
 
 
Bu masalalar esa, iqtisodiy madaniyatni rivojlantirish bilan uzviy bog‘liqdir.  
Albatta, noiqtisodiy OTM talabalarida iqtisodiy savodxonlikning shakllanishi 
juda ko‘p omillarga, xususan, iqtisodiy ta’lim-tarbiyaga va ayniqsa, quyidagi 
yo‘nalishdagi amaliy faoliyatlar sifatiga bog‘liq: 
1. Talabalarning muomala-muloqot qila olish madaniyatini rivojlantirish 
orqali ularni madaniy-ijodiy faoliyat sohasida iqtisodiy savodxonlikka o‘rgatish; 
2. O‘qituvchi va talabaning birgalikdagi iqtisodiy-madaniy faoliyati; iqtisodiy 
faoliyat bilan bog‘liq mustaqil ishlarni tashkil etish, bashariyatning madaniy 
tajribasiga hissa qo‘shish ehtiyojini qondirish; 
3. Talabalarda keng iqtisodiy-madaniy tafakkurni rivojlantirish . 
Iqtisodiy tarbiya tizimida quyidagilar nazarda tutiladi: 
-iqtisodiy va mehnat tarbiyasi birligini ta’minlash, nazariyani amaliyot bilan 
bog‘lash; 
-ishlab chiqarish ta’limini, talabalarning yozgi ta’tildagi ijtimoiy foydali 
mehnatini iqtisodiy bilim va topshiriqlar bilan boyitish; 
-sinfdan tashqari ishlarda iqtisodiy ta’lim-tarbiyani  rivojlantirish (ta’lim 
muassasasi moddiy boyliklarini asrab-avaylash haqida suhbatlar, xo‘jalik yuritish, 
soliq, sarf-xarajatlar, moddiy boyliklarni tejash bilan bog‘liq turli musobaqalar, 
tadbirlar tashkil qilish). 
Shubhasiz, bularning barchasi talabalar faolligini oshirib, iqtisodiy 
savodxonligini rivojlantirishga xizmat qiladi. 
Professor A. O‘lmasovning ta’kidlashicha, ko‘pgina o‘qituvchilar iqtisodiy 
bilim berishning an’anaviy, ya’ni ilgari qo‘llanilgan usullarni yaxshi o‘zlashtirib 
olishgan, lekin ular o‘qitishning yangi texnologiyasidan yetarli darajada xabardor 
emaslar. Shuning uchun nazariy darslarda dialog usulini qo‘llash, iqtisodiy 
topshiriqlarni bajarish va masalalar yechish, ko‘rgazma vositalaridan foydalanish, 
kichik guruhlar bahsini tashkil etish, videolavhalarni sharhlash, rolli o‘yinlar, amaliy 
o‘yinlar, kompyuter o‘yinlari, mustaqil bilim olish va boshqalar iqtisodiy ta’lim 
samaradorligi oshiradi.  
Noiqtisodiy yo‘nalishdagi ta’lim muassasalarida iqtisodiy ta’lim berish holati 
Bu masalalar esa, iqtisodiy madaniyatni rivojlantirish bilan uzviy bog‘liqdir. Albatta, noiqtisodiy OTM talabalarida iqtisodiy savodxonlikning shakllanishi juda ko‘p omillarga, xususan, iqtisodiy ta’lim-tarbiyaga va ayniqsa, quyidagi yo‘nalishdagi amaliy faoliyatlar sifatiga bog‘liq: 1. Talabalarning muomala-muloqot qila olish madaniyatini rivojlantirish orqali ularni madaniy-ijodiy faoliyat sohasida iqtisodiy savodxonlikka o‘rgatish; 2. O‘qituvchi va talabaning birgalikdagi iqtisodiy-madaniy faoliyati; iqtisodiy faoliyat bilan bog‘liq mustaqil ishlarni tashkil etish, bashariyatning madaniy tajribasiga hissa qo‘shish ehtiyojini qondirish; 3. Talabalarda keng iqtisodiy-madaniy tafakkurni rivojlantirish . Iqtisodiy tarbiya tizimida quyidagilar nazarda tutiladi: -iqtisodiy va mehnat tarbiyasi birligini ta’minlash, nazariyani amaliyot bilan bog‘lash; -ishlab chiqarish ta’limini, talabalarning yozgi ta’tildagi ijtimoiy foydali mehnatini iqtisodiy bilim va topshiriqlar bilan boyitish; -sinfdan tashqari ishlarda iqtisodiy ta’lim-tarbiyani rivojlantirish (ta’lim muassasasi moddiy boyliklarini asrab-avaylash haqida suhbatlar, xo‘jalik yuritish, soliq, sarf-xarajatlar, moddiy boyliklarni tejash bilan bog‘liq turli musobaqalar, tadbirlar tashkil qilish). Shubhasiz, bularning barchasi talabalar faolligini oshirib, iqtisodiy savodxonligini rivojlantirishga xizmat qiladi. Professor A. O‘lmasovning ta’kidlashicha, ko‘pgina o‘qituvchilar iqtisodiy bilim berishning an’anaviy, ya’ni ilgari qo‘llanilgan usullarni yaxshi o‘zlashtirib olishgan, lekin ular o‘qitishning yangi texnologiyasidan yetarli darajada xabardor emaslar. Shuning uchun nazariy darslarda dialog usulini qo‘llash, iqtisodiy topshiriqlarni bajarish va masalalar yechish, ko‘rgazma vositalaridan foydalanish, kichik guruhlar bahsini tashkil etish, videolavhalarni sharhlash, rolli o‘yinlar, amaliy o‘yinlar, kompyuter o‘yinlari, mustaqil bilim olish va boshqalar iqtisodiy ta’lim samaradorligi oshiradi. Noiqtisodiy yo‘nalishdagi ta’lim muassasalarida iqtisodiy ta’lim berish holati
 
 
va mazmunini nazariy o‘rganish va mazkur ta’lim  muassasaslari talabalarining 
iqtisodiy savodxonligini rivojlantirish jarayonining tahlili muayyan muammolar 
mavjudligini ko‘rsatdi. Bizning nazarimizda, noiqtisodiy yo‘nalishdagi noiqtisodiy 
OTM talabalarida iqtisodiy savodxonlikni rivojlantirish, ularga iqtisodiy ta’lim-
tarbiya berish borasidagi muammolar quyidagilardan iborat:  
-noiqtisodiy 
yo‘nalishdagi 
noiqtisodiy 
OTM 
talabalarida 
iqtisodiy 
savodxonlikni rivojlantirish masalasi hali shu paytgacha maxsus tadqiq 
etilmaganligi, mazkur pedagogik jarayondagi ahamiyatga molik  masalalarning 
nazariy va amaliy jihatdan o‘rganilmaganligi; 
-noiqtisodiy yo‘nalishdagi noiqtisodiy OTM talabalariga iqtisodiy fanlardan 
saboq beradigan o‘qituvchilarning zamonaviy pedagogik texnologiyalar bilan 
qurollanmagani, o‘qitishning faol usullaridan, fanlararo bog‘liqlik va o‘zaro 
aloqadorlikdan samarali  foydalanilmayotganligi; 
-iqtisodiy ta’lim va o‘quv amaliyoti o‘rtasida mustahkam  integratsiyaning 
shakllanmaganligi; 
-talabalar bilan hozirgi zamon sharoitida iqtisodiy bilimlar va iqtisodiy 
savodxonlikning ahamiyatini tushuntirish borasida muntazam ishlar olib 
borilmasligi ; 
-butun uzluksiz iqtisodiy ta’lim jarayonida (bog‘cha, maktab, kasb-hunar 
kolleji, oliy o‘quv yurtida) ta’lim oluvchilarda iqtisodiy savodxonlikni rivojlantirish 
borasida tizimli tarbiyaviy ishlarning olib borilmasligi va tadbirlarning izchil 
o‘tkazilmasligi; 
-noiqtisodiy OTM talabalarida iqtisodiy savodxonlikni rivojlantirish borasida 
korxona va tashkilotlar, muassasalar, ijtimoiy hamkorlar bilan uzviy aloqaning 
yo‘lga qo‘yilmaganligi; 
-noiqtisodiy ta’lim muassasalari talabalariga iqtisodiy ta’lim-tarbiya berish, 
ularda iqtisodiy savodxonlikni rivojlantirish bo‘yicha ilmiy-uslubiy adabiyotlarning 
juda kam yaratilganligi, iqtisodiy savodxonlikni rivojlantirish bo‘yicha ijtimoiy 
hamkorlikning huquqiy asoslari ishlab chiqilmaganligi va boshqalar. 
Zamonaviy ta’lim muassasalarida talabalarning iqtisodiy savodxonligini 
va mazmunini nazariy o‘rganish va mazkur ta’lim muassasaslari talabalarining iqtisodiy savodxonligini rivojlantirish jarayonining tahlili muayyan muammolar mavjudligini ko‘rsatdi. Bizning nazarimizda, noiqtisodiy yo‘nalishdagi noiqtisodiy OTM talabalarida iqtisodiy savodxonlikni rivojlantirish, ularga iqtisodiy ta’lim- tarbiya berish borasidagi muammolar quyidagilardan iborat: -noiqtisodiy yo‘nalishdagi noiqtisodiy OTM talabalarida iqtisodiy savodxonlikni rivojlantirish masalasi hali shu paytgacha maxsus tadqiq etilmaganligi, mazkur pedagogik jarayondagi ahamiyatga molik masalalarning nazariy va amaliy jihatdan o‘rganilmaganligi; -noiqtisodiy yo‘nalishdagi noiqtisodiy OTM talabalariga iqtisodiy fanlardan saboq beradigan o‘qituvchilarning zamonaviy pedagogik texnologiyalar bilan qurollanmagani, o‘qitishning faol usullaridan, fanlararo bog‘liqlik va o‘zaro aloqadorlikdan samarali foydalanilmayotganligi; -iqtisodiy ta’lim va o‘quv amaliyoti o‘rtasida mustahkam integratsiyaning shakllanmaganligi; -talabalar bilan hozirgi zamon sharoitida iqtisodiy bilimlar va iqtisodiy savodxonlikning ahamiyatini tushuntirish borasida muntazam ishlar olib borilmasligi ; -butun uzluksiz iqtisodiy ta’lim jarayonida (bog‘cha, maktab, kasb-hunar kolleji, oliy o‘quv yurtida) ta’lim oluvchilarda iqtisodiy savodxonlikni rivojlantirish borasida tizimli tarbiyaviy ishlarning olib borilmasligi va tadbirlarning izchil o‘tkazilmasligi; -noiqtisodiy OTM talabalarida iqtisodiy savodxonlikni rivojlantirish borasida korxona va tashkilotlar, muassasalar, ijtimoiy hamkorlar bilan uzviy aloqaning yo‘lga qo‘yilmaganligi; -noiqtisodiy ta’lim muassasalari talabalariga iqtisodiy ta’lim-tarbiya berish, ularda iqtisodiy savodxonlikni rivojlantirish bo‘yicha ilmiy-uslubiy adabiyotlarning juda kam yaratilganligi, iqtisodiy savodxonlikni rivojlantirish bo‘yicha ijtimoiy hamkorlikning huquqiy asoslari ishlab chiqilmaganligi va boshqalar. Zamonaviy ta’lim muassasalarida talabalarning iqtisodiy savodxonligini
 
 
yanada oshirish masalasini ilmiy-pedagogik nuqtai- nazardan chuqur tahlil qilib, 
uning metodologik asoslarini ishlab chiqish zarurati mazkur o‘quv mavzusini 
belgilab beradi. 
Noiqtisodiy OTM talabalarining iqtisodiy savodxonligini oshirish o‘qitish 
mazmuni va metodikasi bilan bog‘liq jihatlarni qamrab oladi. Iqtisodiy ta’lim bilan 
bog‘liq vaziyatni o‘rganish, teran tahlil etish va o‘z vaqtida to‘g‘ri xulosa qilish o‘ta 
muhim hisoblanadi.  
Talabalarning iqtisodiy savodxonligini oshiruvchi asosiy omillar, uzluksiz 
ta’lim bo‘g‘inlarida iqtisodiy ta’lim uzviyligi va izchilligi bilan bog‘liq bo‘lgan 
didaktik tamoyillarning ustuvorligi haqidagi fikr-mulohazalar tahlil etildi. Yangi 
turdagi o‘quv muassasalarining shakllanishi, ta’lim mazmuni milliy mafkuraga 
tayangan holda  takomillashib borayotganligiga urg‘u berildi. Talabalarning 
iqtisodiy savodxonligini oshirish keng qamrovli didaktik jarayon sifatida qaraldi, 
tegishli ilmiy izlanish va adabiyotlar tahlil etildi.  
Iqtisodiy ta’lim mazmunining takomillashuvi uning uzviyligini ta’minlash, 
yangilash, to‘ldirish va o‘zgartirishlar kiritishni taqozo etadi. O‘quv dasturi, reja 
mazmuni davr talabi asosida qayta ko‘rib chiqilishi zarurligi haqidagi taklif 
dissertatsiya matnida o‘z aksini topgan. Xususan, noiqtisodiy yo‘nalishidagi kasb-
hunar kollejlarga moslab yaratilgan iqtisodiyot fanidan ma’ruza matnlari to‘plami, 
o‘quv reja va dasturlari ulardan keskin farq qiluvchi kasb-hunar kollej talabalari 
uchun ham tavsiya etilganligi «yaratilgan iqtisodiyot fani o‘quv dasturidagi 
mavzular barcha ta’lim yo‘nalishlar uchun ham o‘rinli bo‘laveradi», degan 
munozarali qarashlarni paydo qildi. Shu kabi tanqidiy yondashuvlar umumiy o‘rta 
ta’lim maktablari, noiqtisodiy OTM talabalari va iqtisodiyot fani asosiy o‘quv 
predmeti hisoblangan kasb-hunar kollej talabalari uchun rejalashtirilgan mashqlar, 
topshiriqlar va masalalar tanlash jarayonida ham uchrab turganligi o‘quv jarayonida 
kuzatildi. 
O‘quv jarayoni davomida shu narsa aniqlandiki, birinchidan, noiqtisodiy 
OTM talabalarining iqtisodiyot fani ta’lim yo‘nalishlari (bank ishi, buxgalteriya, 
iqtisod-moliya yo‘nalishi), ya’ni talabalarning tanlagan ixtisosligini hisobga olgan 
yanada oshirish masalasini ilmiy-pedagogik nuqtai- nazardan chuqur tahlil qilib, uning metodologik asoslarini ishlab chiqish zarurati mazkur o‘quv mavzusini belgilab beradi. Noiqtisodiy OTM talabalarining iqtisodiy savodxonligini oshirish o‘qitish mazmuni va metodikasi bilan bog‘liq jihatlarni qamrab oladi. Iqtisodiy ta’lim bilan bog‘liq vaziyatni o‘rganish, teran tahlil etish va o‘z vaqtida to‘g‘ri xulosa qilish o‘ta muhim hisoblanadi. Talabalarning iqtisodiy savodxonligini oshiruvchi asosiy omillar, uzluksiz ta’lim bo‘g‘inlarida iqtisodiy ta’lim uzviyligi va izchilligi bilan bog‘liq bo‘lgan didaktik tamoyillarning ustuvorligi haqidagi fikr-mulohazalar tahlil etildi. Yangi turdagi o‘quv muassasalarining shakllanishi, ta’lim mazmuni milliy mafkuraga tayangan holda takomillashib borayotganligiga urg‘u berildi. Talabalarning iqtisodiy savodxonligini oshirish keng qamrovli didaktik jarayon sifatida qaraldi, tegishli ilmiy izlanish va adabiyotlar tahlil etildi. Iqtisodiy ta’lim mazmunining takomillashuvi uning uzviyligini ta’minlash, yangilash, to‘ldirish va o‘zgartirishlar kiritishni taqozo etadi. O‘quv dasturi, reja mazmuni davr talabi asosida qayta ko‘rib chiqilishi zarurligi haqidagi taklif dissertatsiya matnida o‘z aksini topgan. Xususan, noiqtisodiy yo‘nalishidagi kasb- hunar kollejlarga moslab yaratilgan iqtisodiyot fanidan ma’ruza matnlari to‘plami, o‘quv reja va dasturlari ulardan keskin farq qiluvchi kasb-hunar kollej talabalari uchun ham tavsiya etilganligi «yaratilgan iqtisodiyot fani o‘quv dasturidagi mavzular barcha ta’lim yo‘nalishlar uchun ham o‘rinli bo‘laveradi», degan munozarali qarashlarni paydo qildi. Shu kabi tanqidiy yondashuvlar umumiy o‘rta ta’lim maktablari, noiqtisodiy OTM talabalari va iqtisodiyot fani asosiy o‘quv predmeti hisoblangan kasb-hunar kollej talabalari uchun rejalashtirilgan mashqlar, topshiriqlar va masalalar tanlash jarayonida ham uchrab turganligi o‘quv jarayonida kuzatildi. O‘quv jarayoni davomida shu narsa aniqlandiki, birinchidan, noiqtisodiy OTM talabalarining iqtisodiyot fani ta’lim yo‘nalishlari (bank ishi, buxgalteriya, iqtisod-moliya yo‘nalishi), ya’ni talabalarning tanlagan ixtisosligini hisobga olgan
 
 
holda o‘qitilsa, ikkinchidan, iqtisodiyot fanini 160 soatlik dastur asosida 
o‘qitiladigan yo‘nalishlarda ikkinchi o‘quv yili boshidan emas, balki birinchi 
bosqichdanoq o‘rgatilsa,  talabalarning amaliy bilim olish samaradorligi oshadi.  
 Izlanish jarayonida kasb-hunar kollej talabalarining iqtisodiyot fanidan olgan 
bilimlari zamon talabi darajasida bo‘lishi uchun:  a) umumta’lim va o‘rta maxsus 
ta’lim muassasalari uchun iqtisodiyot fanini o‘qitish bo‘yicha yaratilgan ta’lim 
standartlari o‘rtasida o‘zaro  mutanosiblikni o‘rnatish; b) iqtisodiyot fanidan o‘quv 
dasturlari uzviyligini takomillashtirish; v) yangi o‘quv reja va dasturlar asosida 
yaratiladigan darslik va qo‘llanmalarning amaliy va kasbiy yo‘nalishlariga yetarli 
darajada ekanligiga e’tibor berish; g) alternativ o‘quv-uslubiy majmualar yaratish; 
d) yangi iqtisodiy dastur va qo‘llanmalar yaratish va ulardan foydalanish bo‘yicha 
uslubiy ko‘rsatmalar ishlab chiqish; ye) iqtisodiyot fani darslarida talabalarning 
mustaqil faoliyat ko‘rsatishlarini rag‘batlantirish; yo) iqtisodiyot fanidan amaliy 
mashg‘ulot o‘tkazishga e’tiborni kuchaytirish; j) ma’ruza matnlarini tayyorlashda 
o‘qituvchilarning o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish; z) yangi pedagogik 
texnologiyalarga asoslangan o‘quv-uslubiy adabiyotlarni yaratish va boshqalarga 
katta e’tibor berish kerakligi aniqlandi. 
 V. G. Matveevning akademik litsey va noiqtisodiy OTM talabalari uchun nashr 
etilgan «Iqtisodiy bilim asoslari» qo‘llanmasida bozor iqtisodiyoti va tadbirkorlik 
asoslari, unda mikro va makrodarajadagi iqtisodiyot, marketing, menejment va 
biznes haqida so‘z yuritiladi. Qo‘llanmaning yangiligi shundan iboratki, unda bozor 
munosabatlariga o‘tishning «O‘zbekiston modeli» to‘liq bayon etilgan. Nazorat 
savollari talabalarning olgan bilimlarini mustahkamlash uchun reproduktiv 
faoliyatiga imkoniyat yaratadi. 
Q. Yo‘ldoshev, Sh. Mamatqulov, Q Mufaydinov qo‘llanmasida iqtisodiyot 
ilmining shakllanishi, iqtisodiyotning tarkibi, qonunlari, kategoriyalari, mulkiy 
munosabatlar, ishlab chiqarish omillari, ehtiyojlar, jamg‘arish, iqtisodiy o‘sish va 
resurslarga oid iqtisodiyotning umumiy asoslari nazariy va amaliy jihatdan izohlab 
berilgan, shuningdek, unda bozor iqtisodiyotining asoslari bo‘lgan tovar-pul 
munosabatlari, menejment, marketing, biznes va tadbirkorlik, bank munosabatlari, 
holda o‘qitilsa, ikkinchidan, iqtisodiyot fanini 160 soatlik dastur asosida o‘qitiladigan yo‘nalishlarda ikkinchi o‘quv yili boshidan emas, balki birinchi bosqichdanoq o‘rgatilsa, talabalarning amaliy bilim olish samaradorligi oshadi. Izlanish jarayonida kasb-hunar kollej talabalarining iqtisodiyot fanidan olgan bilimlari zamon talabi darajasida bo‘lishi uchun: a) umumta’lim va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari uchun iqtisodiyot fanini o‘qitish bo‘yicha yaratilgan ta’lim standartlari o‘rtasida o‘zaro mutanosiblikni o‘rnatish; b) iqtisodiyot fanidan o‘quv dasturlari uzviyligini takomillashtirish; v) yangi o‘quv reja va dasturlar asosida yaratiladigan darslik va qo‘llanmalarning amaliy va kasbiy yo‘nalishlariga yetarli darajada ekanligiga e’tibor berish; g) alternativ o‘quv-uslubiy majmualar yaratish; d) yangi iqtisodiy dastur va qo‘llanmalar yaratish va ulardan foydalanish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar ishlab chiqish; ye) iqtisodiyot fani darslarida talabalarning mustaqil faoliyat ko‘rsatishlarini rag‘batlantirish; yo) iqtisodiyot fanidan amaliy mashg‘ulot o‘tkazishga e’tiborni kuchaytirish; j) ma’ruza matnlarini tayyorlashda o‘qituvchilarning o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish; z) yangi pedagogik texnologiyalarga asoslangan o‘quv-uslubiy adabiyotlarni yaratish va boshqalarga katta e’tibor berish kerakligi aniqlandi. V. G. Matveevning akademik litsey va noiqtisodiy OTM talabalari uchun nashr etilgan «Iqtisodiy bilim asoslari» qo‘llanmasida bozor iqtisodiyoti va tadbirkorlik asoslari, unda mikro va makrodarajadagi iqtisodiyot, marketing, menejment va biznes haqida so‘z yuritiladi. Qo‘llanmaning yangiligi shundan iboratki, unda bozor munosabatlariga o‘tishning «O‘zbekiston modeli» to‘liq bayon etilgan. Nazorat savollari talabalarning olgan bilimlarini mustahkamlash uchun reproduktiv faoliyatiga imkoniyat yaratadi. Q. Yo‘ldoshev, Sh. Mamatqulov, Q Mufaydinov qo‘llanmasida iqtisodiyot ilmining shakllanishi, iqtisodiyotning tarkibi, qonunlari, kategoriyalari, mulkiy munosabatlar, ishlab chiqarish omillari, ehtiyojlar, jamg‘arish, iqtisodiy o‘sish va resurslarga oid iqtisodiyotning umumiy asoslari nazariy va amaliy jihatdan izohlab berilgan, shuningdek, unda bozor iqtisodiyotining asoslari bo‘lgan tovar-pul munosabatlari, menejment, marketing, biznes va tadbirkorlik, bank munosabatlari,
 
 
bozorni boshqarish mexanizmi kabi mavzular, milliy iqtisodiyotning rivojlanishi va 
uning umumjahon iqtisodiyoti bilan integratsiyashuvi masalalari o‘rin olgan.  
Professor A. O‘lmasovning uslubiy qo‘llanmasida «Iqtisodiy bilim asoslari» 
predmetining barcha mavzulari bo‘yicha dars o‘tishda foydalanish uchun 
qo‘shimcha nazariy bilimlar va uslubiy ko‘rsatmalar berilgan. Undagi uslubiy 
ko‘rsatmalar nazariy va amaliy darslarni o‘tish, talabalarning mustaqil ishini tashkil 
etish, ularning bilimini test usulida baholashga taalluqlidir. Muallif o‘qitishning 
yangi texnologiyalari, chunonchi videotexnologiyalar, kompyuter o‘yinlari, amaliy 
o‘yinlar, ish o‘yinlari uchun tavsiyalar, kichik guruhlar bahsini tashkil etish, 
usullarni qo‘llash bo‘yicha yaxshi tavsiyalar berilgan. 
A. Abdullaev, U. Inoyatov, N. Sanaev o‘z ishlarida iqtisodiy ta’lim berishda 
amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish masalalarni yoritib beradi.  
Yuqoridagi ta’kidlab o‘tilgan ishlarda va boshqa mualliflarning qo‘llanma, 
darslik va uslubiy qo‘llanmalari hamda tadqiqotlarida iqtisodiy ta’lim berish va 
amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha garchand tavsiyalar, uslubiy 
ko‘rsatmalar berilsa-da, talaba larda iqtisodiy savodxonlikni rivojlantirish , kasbiy-
iqtisodiy ta’lim berish masalalari bo‘yicha so‘z yuritilmaydi.  
Noiqtisodiy OTM talabalariga iqtisodiy ta’lim berish jarayonini va ularda 
iqtisodiy savodxonlikni rivojlantirish masalasini o‘rganish ma’lum muammolar 
mavjudligini ko‘rsatdi. Bizning nazarimizda, bu muammolar quyidagilardan iborat: 
-iqtisodiy ta’lim jarayonida yangi pedagogik texnologiyalar va axborot-
kommunikatsion texnologiyalaridan hamda o‘qitishning faol vositalaridan samarali 
foydalanilmayotganligi; 
-kasb-hunar kollejlariga iqtisodiy ta’lim berishda kasbiy-amaliy yo‘nalishga 
kamroq e’tibor berilganligi; 
-iqtisodiy yo‘nalishdagi maxsus fanlardan saboq beradigan o‘qituvchilarning 
amaliy-iqtisodiy bilimlari yetarli emasligi hamda fanlararo aloqadorlik va 
bog‘liqlikdan unumli foydalanilmayotganligi; 
-talabalarda iqtisodiy savodxonlikni rivojlantirish bo‘yicha uzluksiz va izchil 
tarzda rejali ta’lim-tarbiya ishlari oila, ta’lim muassasasi, ishlab chiqarish va jamoat 
bozorni boshqarish mexanizmi kabi mavzular, milliy iqtisodiyotning rivojlanishi va uning umumjahon iqtisodiyoti bilan integratsiyashuvi masalalari o‘rin olgan. Professor A. O‘lmasovning uslubiy qo‘llanmasida «Iqtisodiy bilim asoslari» predmetining barcha mavzulari bo‘yicha dars o‘tishda foydalanish uchun qo‘shimcha nazariy bilimlar va uslubiy ko‘rsatmalar berilgan. Undagi uslubiy ko‘rsatmalar nazariy va amaliy darslarni o‘tish, talabalarning mustaqil ishini tashkil etish, ularning bilimini test usulida baholashga taalluqlidir. Muallif o‘qitishning yangi texnologiyalari, chunonchi videotexnologiyalar, kompyuter o‘yinlari, amaliy o‘yinlar, ish o‘yinlari uchun tavsiyalar, kichik guruhlar bahsini tashkil etish, usullarni qo‘llash bo‘yicha yaxshi tavsiyalar berilgan. A. Abdullaev, U. Inoyatov, N. Sanaev o‘z ishlarida iqtisodiy ta’lim berishda amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish masalalarni yoritib beradi. Yuqoridagi ta’kidlab o‘tilgan ishlarda va boshqa mualliflarning qo‘llanma, darslik va uslubiy qo‘llanmalari hamda tadqiqotlarida iqtisodiy ta’lim berish va amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha garchand tavsiyalar, uslubiy ko‘rsatmalar berilsa-da, talaba larda iqtisodiy savodxonlikni rivojlantirish , kasbiy- iqtisodiy ta’lim berish masalalari bo‘yicha so‘z yuritilmaydi. Noiqtisodiy OTM talabalariga iqtisodiy ta’lim berish jarayonini va ularda iqtisodiy savodxonlikni rivojlantirish masalasini o‘rganish ma’lum muammolar mavjudligini ko‘rsatdi. Bizning nazarimizda, bu muammolar quyidagilardan iborat: -iqtisodiy ta’lim jarayonida yangi pedagogik texnologiyalar va axborot- kommunikatsion texnologiyalaridan hamda o‘qitishning faol vositalaridan samarali foydalanilmayotganligi; -kasb-hunar kollejlariga iqtisodiy ta’lim berishda kasbiy-amaliy yo‘nalishga kamroq e’tibor berilganligi; -iqtisodiy yo‘nalishdagi maxsus fanlardan saboq beradigan o‘qituvchilarning amaliy-iqtisodiy bilimlari yetarli emasligi hamda fanlararo aloqadorlik va bog‘liqlikdan unumli foydalanilmayotganligi; -talabalarda iqtisodiy savodxonlikni rivojlantirish bo‘yicha uzluksiz va izchil tarzda rejali ta’lim-tarbiya ishlari oila, ta’lim muassasasi, ishlab chiqarish va jamoat
 
 
tashkilotlarining hamkorligida olib borilmaganligi; 
-iqtisodiy savodxonlikni rivojlantirishning zamonaviy ilmiy-uslubiy asoslari, 
metod va shakllari, tartib-qoidari ishlab chiqilmaganligi va uning ahamiyati 
yetarlicha yoritilmaganligi; 
-iqtisodiy savodxonlikni oshirishga yordam beruvchi ilmiy-uslubiy maxsus va 
qo‘shimcha adabiyotlarning yo‘qligi hamda bu boradi  ilmiy-pedagogik o‘quv 
jarayonlarining olib borilmaganligi va boshqalar. 
Noiqtisodiy 
yo‘nalishdagi 
noiqtisodiy 
OTM 
talabalarida 
iqtisodiy 
savodxonlikni rivojlantirish juda murakkab jarayon bo‘lib, uning mazmun-mohiyati 
jamiyat va inson ehtiyojlari asosida belgilanadi. Talabalarida iqtisodiy 
savodxonlikni rivojlantirish jarayonida ularga nazariy va amaliy bilimlar berilishi 
bilan birgalikda bir qator tushunchalar muhim ahamiyatga ega. Masalan: 
savodxonlik, iqtisodiy savodxonlik, iqtisodiy madaniyat, iqtisodiy ta’lim, iqtisodiy 
tarbiya, iqtisodiy savodxonlikni rivojlantirish, noiqtisodiy OTM talabalarida 
iqtisodiy savodxonlikni rivojlantirish va boshqalar. 
Zamonaviy texnik jihozlar bilan ta’minlangan ishlab chiqarish korxonalari, 
muassasalar o‘rta maxsus-kasb hunar kollejlari  bitiruvchilariga katta talablar 
qo‘ymoqda.  
 Iqtisodiyot sohasida faoliyat ko‘rsatadigan mutaxassislarning mehnat faoliyati 
ishlab chiqarish, hisob-kitob, biznes reja tuzish, hisobot topshirish, tahlil va 
boshqalar bilan uzviy bog‘liq bo‘lgani uchun ularga iqtisodiy savodxonlik o‘ta 
muhim sanaladi. 
O‘tgan asrning 60-yillariga qadar hukm surib kelgan an’anaviy (klassik) 
pedagogika nazariyasi va tegishli didaktik tamoyillar o‘z o‘rnini bugungi kunda 
hamkorlik pedagogikasining tamoyillariga bo‘shatib berar ekan, iqtisodiy ta’lim 
mazmuni va metodikasida ham mutlaqo yangi qarashlar shakllanmoqda. Albatta, 
noiqtisodiy OTM talabalarining iqtisodiy ta’lim savodxonligini va ta’lim mazmunini 
rivojlantirishda an’anaviy iqtisodiy ta’lim metodikasida to‘plangan ijobiy  
tajribalardan yetarlicha foydalanish lozim. 
Bugungi kunda kasb-hunar kollejlarida iqtisodiy ta’limning nazariy jihatlari 
tashkilotlarining hamkorligida olib borilmaganligi; -iqtisodiy savodxonlikni rivojlantirishning zamonaviy ilmiy-uslubiy asoslari, metod va shakllari, tartib-qoidari ishlab chiqilmaganligi va uning ahamiyati yetarlicha yoritilmaganligi; -iqtisodiy savodxonlikni oshirishga yordam beruvchi ilmiy-uslubiy maxsus va qo‘shimcha adabiyotlarning yo‘qligi hamda bu boradi ilmiy-pedagogik o‘quv jarayonlarining olib borilmaganligi va boshqalar. Noiqtisodiy yo‘nalishdagi noiqtisodiy OTM talabalarida iqtisodiy savodxonlikni rivojlantirish juda murakkab jarayon bo‘lib, uning mazmun-mohiyati jamiyat va inson ehtiyojlari asosida belgilanadi. Talabalarida iqtisodiy savodxonlikni rivojlantirish jarayonida ularga nazariy va amaliy bilimlar berilishi bilan birgalikda bir qator tushunchalar muhim ahamiyatga ega. Masalan: savodxonlik, iqtisodiy savodxonlik, iqtisodiy madaniyat, iqtisodiy ta’lim, iqtisodiy tarbiya, iqtisodiy savodxonlikni rivojlantirish, noiqtisodiy OTM talabalarida iqtisodiy savodxonlikni rivojlantirish va boshqalar. Zamonaviy texnik jihozlar bilan ta’minlangan ishlab chiqarish korxonalari, muassasalar o‘rta maxsus-kasb hunar kollejlari bitiruvchilariga katta talablar qo‘ymoqda. Iqtisodiyot sohasida faoliyat ko‘rsatadigan mutaxassislarning mehnat faoliyati ishlab chiqarish, hisob-kitob, biznes reja tuzish, hisobot topshirish, tahlil va boshqalar bilan uzviy bog‘liq bo‘lgani uchun ularga iqtisodiy savodxonlik o‘ta muhim sanaladi. O‘tgan asrning 60-yillariga qadar hukm surib kelgan an’anaviy (klassik) pedagogika nazariyasi va tegishli didaktik tamoyillar o‘z o‘rnini bugungi kunda hamkorlik pedagogikasining tamoyillariga bo‘shatib berar ekan, iqtisodiy ta’lim mazmuni va metodikasida ham mutlaqo yangi qarashlar shakllanmoqda. Albatta, noiqtisodiy OTM talabalarining iqtisodiy ta’lim savodxonligini va ta’lim mazmunini rivojlantirishda an’anaviy iqtisodiy ta’lim metodikasida to‘plangan ijobiy tajribalardan yetarlicha foydalanish lozim. Bugungi kunda kasb-hunar kollejlarida iqtisodiy ta’limning nazariy jihatlari
 
 
ustuvorlik kashf etgan, biroq nazariya bilan amaliyotning uzviy birligi zaruratdir. 
Iqtisodiyot sohasida yangi-yangi kasbiy yo‘nalishlar va ixtisosliklarning yuzaga 
kelishi 
iqtisodiy 
ta’limning 
amaliy 
tomonlarini 
kuchaytirish 
zarurati 
tug‘ilayotganligidan dalolatdir. Zero, ishlab chiqarish pedagogikasining yirik 
namoyondalaridan biri S. Ya. Batishev iqtisodiy bilim mutaxassisning kasbiy  
xususiyatlaridan biri ekanini alohida ko‘rsatib o‘tadi. 
Inson butun umri davomida oddiy turmush voqealari va iqtisodiy hodisalarni 
kuzatib, o‘rganib o‘zining iqtisodiy bilimlarini yangilab, to‘ldirib, takomillashib 
borishini hisobga olish kerak. Iqtisodiy ta’lim mazmunining asosiy tashkil 
etuvchilari hisoblangan fundamental va amaliy xarakterdagi o‘quv materiallari har 
bir ta’lim muassasasining ta’lim va ixtisoslik yo‘nalishidan kelib chiqadi. O‘quv 
materiallari milliy qadriyatlar zamirida yetakchi nazariya va qonuniyatlar atrofida 
umumlashtiriladi, boshqacha aytganda generalizatsiyalashtiriladi. Shu asosda 
iqtisodiy ta’lim davomiyligi ta’minlanadi. 
Iqtisodiy ta’limdan mavjud bo‘lgan o‘quv reja va dasturlarni qiyosiy tahlil 
etish, pedagogikadagi yangi texnologiyalar asosida iqtisodiy ta’lim mazmunini 
amalda joriy etish yo‘llarini muhokama etish hamda predmetlararo bog‘lanish 
asosida iqtisodiy ta’lim berish usullarini o‘rganish shundan dalolat beradiki, 
talabalarning iqtisodiy  savodxonligini rivojlantirishga yo‘naltirilgan nazariy va 
amaliy yo‘nalishda maxsus mashg‘ulotlar haligacha tashkil etilmagan. Iqtisodiy 
yo‘nalishdagi kasb-hunar kollejlarida iqtisodiy ta’lim uchun ajratilgan vaqt jami 
1500 soatni tashkil etadi. Shundan 1000 soati–nazariy mashg‘ulotlar uchun, 500 
soati- amaliy mashg‘ulotlar uchun.  
Noiqtisodiy yo‘nalishdagi ta’lim muassasaalarida iqtisodiy ta’lim uchun atigi 
24 soat vaqt ajratilgan bo‘lib, ularning 16 soati nazariy mashg‘ulotlar uchun, amaliy 
mashg‘ulotlar uchun esa atigi 8 soat ajratilgan. Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan 
ko‘rinib turibdiki, noiqtisodiy yo‘nalishdagi noiqtisodiy OTM talabalarining 
iqtisodiy savodxonligini rivojlantirish uchun 24 soatga mo‘ljallangan iqtisodiy 
ta’lim kursi yetarli emas. Biz ular uchun maxsus «Iqtisodiy savodxondlik» kursini 
tashkil etish zarur deb hisoblaymiz. Albatta, talabalarga chuqur iqtisodiy bilim 
ustuvorlik kashf etgan, biroq nazariya bilan amaliyotning uzviy birligi zaruratdir. Iqtisodiyot sohasida yangi-yangi kasbiy yo‘nalishlar va ixtisosliklarning yuzaga kelishi iqtisodiy ta’limning amaliy tomonlarini kuchaytirish zarurati tug‘ilayotganligidan dalolatdir. Zero, ishlab chiqarish pedagogikasining yirik namoyondalaridan biri S. Ya. Batishev iqtisodiy bilim mutaxassisning kasbiy xususiyatlaridan biri ekanini alohida ko‘rsatib o‘tadi. Inson butun umri davomida oddiy turmush voqealari va iqtisodiy hodisalarni kuzatib, o‘rganib o‘zining iqtisodiy bilimlarini yangilab, to‘ldirib, takomillashib borishini hisobga olish kerak. Iqtisodiy ta’lim mazmunining asosiy tashkil etuvchilari hisoblangan fundamental va amaliy xarakterdagi o‘quv materiallari har bir ta’lim muassasasining ta’lim va ixtisoslik yo‘nalishidan kelib chiqadi. O‘quv materiallari milliy qadriyatlar zamirida yetakchi nazariya va qonuniyatlar atrofida umumlashtiriladi, boshqacha aytganda generalizatsiyalashtiriladi. Shu asosda iqtisodiy ta’lim davomiyligi ta’minlanadi. Iqtisodiy ta’limdan mavjud bo‘lgan o‘quv reja va dasturlarni qiyosiy tahlil etish, pedagogikadagi yangi texnologiyalar asosida iqtisodiy ta’lim mazmunini amalda joriy etish yo‘llarini muhokama etish hamda predmetlararo bog‘lanish asosida iqtisodiy ta’lim berish usullarini o‘rganish shundan dalolat beradiki, talabalarning iqtisodiy savodxonligini rivojlantirishga yo‘naltirilgan nazariy va amaliy yo‘nalishda maxsus mashg‘ulotlar haligacha tashkil etilmagan. Iqtisodiy yo‘nalishdagi kasb-hunar kollejlarida iqtisodiy ta’lim uchun ajratilgan vaqt jami 1500 soatni tashkil etadi. Shundan 1000 soati–nazariy mashg‘ulotlar uchun, 500 soati- amaliy mashg‘ulotlar uchun. Noiqtisodiy yo‘nalishdagi ta’lim muassasaalarida iqtisodiy ta’lim uchun atigi 24 soat vaqt ajratilgan bo‘lib, ularning 16 soati nazariy mashg‘ulotlar uchun, amaliy mashg‘ulotlar uchun esa atigi 8 soat ajratilgan. Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, noiqtisodiy yo‘nalishdagi noiqtisodiy OTM talabalarining iqtisodiy savodxonligini rivojlantirish uchun 24 soatga mo‘ljallangan iqtisodiy ta’lim kursi yetarli emas. Biz ular uchun maxsus «Iqtisodiy savodxondlik» kursini tashkil etish zarur deb hisoblaymiz. Albatta, talabalarga chuqur iqtisodiy bilim
 
 
berishni o‘quv soatini ko‘paytirish hisobiga amalga oshirishga qaratilgan urinish 
asosli emasligini ham ta’kidlab o‘tish joiz. Bundan ko‘rinadiki, kasb-hunar 
kollejlarida talabalar uchun bo‘lajak ixtisoslik bo‘yicha kasbiy bilimlarini 
chuqurlashtirishga ko‘mak beruvchi alohida iqtisodiy o‘quv dasturi-«Iqtisodiy 
savodxonlik» dasturini yaratish ehtiyoji mavjud. Shuningdek, iqtisodiy ta’limdagi 
ba’zi  nomutanosibliklar va noo‘rin takrorlanishlarning mavjudligi va ularning 
bartaraf etilishi lozimligini ta’kidlab o‘tish lozim.  
Izlanish jarayonida quyidagilar muhim yo‘nalish sifatida aniqlandi:  
-jamiyat taraqqiyoti talablari bilan iqtisodiy ta’lim mazmuni o‘rtasidagi 
mutanosiblik; 
-iqtisodiy ta’lim mazmunining amaliy yo‘naltirilganligi; 
-umum ta’lim fanlari va iqtisodiy bilimlarning uzviyligi; 
-iqtisodiy ta’lim mazmunining boshqa kasbiy fanlar bilan o‘zaro uyg‘unligi; 
-iqtisodiy ta’limning yaxlitligi (bir butunligi) va uni bosqichli tizim asosida 
joriy etilishi (umumiy iqtisodiy ta’lim o‘quv predmeti sifatida); 
-iqtisodiy bilimlarning kasb-hunar ta’limidagi ixtisoslik fanlarini o‘rganish 
uchun istiqbolli ekanligi; 
-iqtisodiy bilimlar (qonun va nazariyalar)ning insonparvarlik jihatdaligi; 
-iqtisodiy bilim, ko‘nikma va malakalarning ekologik mazmun kasb etishi; 
-iqtisodiy ta’lim mazmunining umuminsoniy qadriyatlar bilan boyitilishi; 
-iqtisodiy ta’lim mazmunida invariant (o‘zgarmas) tashkil etuvchilarning 
mavjudligi va ularning iqtisodiy ta’lim asosini tashkil etishi; 
-ta’limda ilmiy-texnik jarayonlarning iqtisodiy asoslari, iqtisodga oid muhim 
yo‘nalishlarning aks etishi; 
-iqtisodiy ta’lim mazmunida jahon iqtisodiyoti sohasidagi olimlar qatorida 
o‘zbek iqtisodchi olimlari va O‘zbekistondagi iqtisodiyot fani yutuqlarining yoritib 
borilishi.  
Talabalarning mustaqil o‘quv mehnatini tashkil etish, an’anaviy bo‘lmagan 
nostandart iqtisodiy darslarni uyushtirish orqali noiqtisodiy OTM talabalarining 
iqtisodiy savodxonligini oshirish imkoniyatlari aniqlandi. 
berishni o‘quv soatini ko‘paytirish hisobiga amalga oshirishga qaratilgan urinish asosli emasligini ham ta’kidlab o‘tish joiz. Bundan ko‘rinadiki, kasb-hunar kollejlarida talabalar uchun bo‘lajak ixtisoslik bo‘yicha kasbiy bilimlarini chuqurlashtirishga ko‘mak beruvchi alohida iqtisodiy o‘quv dasturi-«Iqtisodiy savodxonlik» dasturini yaratish ehtiyoji mavjud. Shuningdek, iqtisodiy ta’limdagi ba’zi nomutanosibliklar va noo‘rin takrorlanishlarning mavjudligi va ularning bartaraf etilishi lozimligini ta’kidlab o‘tish lozim. Izlanish jarayonida quyidagilar muhim yo‘nalish sifatida aniqlandi: -jamiyat taraqqiyoti talablari bilan iqtisodiy ta’lim mazmuni o‘rtasidagi mutanosiblik; -iqtisodiy ta’lim mazmunining amaliy yo‘naltirilganligi; -umum ta’lim fanlari va iqtisodiy bilimlarning uzviyligi; -iqtisodiy ta’lim mazmunining boshqa kasbiy fanlar bilan o‘zaro uyg‘unligi; -iqtisodiy ta’limning yaxlitligi (bir butunligi) va uni bosqichli tizim asosida joriy etilishi (umumiy iqtisodiy ta’lim o‘quv predmeti sifatida); -iqtisodiy bilimlarning kasb-hunar ta’limidagi ixtisoslik fanlarini o‘rganish uchun istiqbolli ekanligi; -iqtisodiy bilimlar (qonun va nazariyalar)ning insonparvarlik jihatdaligi; -iqtisodiy bilim, ko‘nikma va malakalarning ekologik mazmun kasb etishi; -iqtisodiy ta’lim mazmunining umuminsoniy qadriyatlar bilan boyitilishi; -iqtisodiy ta’lim mazmunida invariant (o‘zgarmas) tashkil etuvchilarning mavjudligi va ularning iqtisodiy ta’lim asosini tashkil etishi; -ta’limda ilmiy-texnik jarayonlarning iqtisodiy asoslari, iqtisodga oid muhim yo‘nalishlarning aks etishi; -iqtisodiy ta’lim mazmunida jahon iqtisodiyoti sohasidagi olimlar qatorida o‘zbek iqtisodchi olimlari va O‘zbekistondagi iqtisodiyot fani yutuqlarining yoritib borilishi. Talabalarning mustaqil o‘quv mehnatini tashkil etish, an’anaviy bo‘lmagan nostandart iqtisodiy darslarni uyushtirish orqali noiqtisodiy OTM talabalarining iqtisodiy savodxonligini oshirish imkoniyatlari aniqlandi.