OTNING TA’RIFI VA LEKSIK-GRAMMATIK XUSUSIYATLARI. ATOQLI OTLARNING TURLARI. TURDOSH OTLARNING TURLARI

Yuklangan vaqt

2024-10-01

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

5

Faytl hajmi

19,8 KB


 
 
 
 
 
 
OTNING TA’RIFI VA LEKSIK-GRAMMATIK XUSUSIYATLARI. 
ATOQLI OTLARNING TURLARI. TURDOSH OTLARNING TURLARI 
 
 
 
Reja: 
1. Otning ta’rifi va leksik-grammatik xususiyatlari.  
2. Atoqli otlarning turlari.  
3. Turdosh otlarning turlari. 
 
  Otning ta’rifi va leksik-grammatik xususiyatlari 
 
Predmetning nomini (keng ma’noda) bildiruvchi mustaqil so`z turkumiga ot 
deyiladi. Ot so`z turkumiga oid so`zlar kim? nima? kimlar? nimalar? qayer? 
savollaridan biriga javob beradi: o`qituvchi, xonanda, tilshunos – kim?, yer, suv, tuz, 
non – nima?, shahar, joy – qayer? kabi. 
Keng ma’noda predmet ma’nosini ifodalash otning leksik xususiyatidir. 
Predmetlik ma’nosini tirik mavjudotlar (parranda, qush, chumoli kabi), yer va 
osmonga oid narsalarning nomi (quyosh, oy, tog`, tosh, daryo kabi), kundalik 
turmushga oid narsalarning nomi (tuz, non, choynak, qatiq kabi), o`simliklarning 
nomi (paxta, sholi, jo`xori, beda kabi), voqea-hodisa, belgi, xususiyat va 
munosabatlarning nomi (to`y, anjuman, majlis, shodlik, ishonch, kurash kabi), o`rin 
va vaqt nomlari (yoz, kuz, pastlik, tepalik kabi), shuningdek atab qo`yilgan shaxs va 
predmet nomlari (Toshkent, Zulfiya, Sirdaryo, «O`qituvchi» nashriyoti kabi) ifoda 
etadi. 
Ot shu ma’no xususiyati jihatidan ikki turga bo`linadi: turdosh otlar va atoqli 
otlar. Kitob, daftar, tinchlik – turdosh otlar; Samarqand, Akmal, «Qora ko`zlar» 
(roman), «Fan» (nashriyot) - atoqli otlar. 
OTNING TA’RIFI VA LEKSIK-GRAMMATIK XUSUSIYATLARI. ATOQLI OTLARNING TURLARI. TURDOSH OTLARNING TURLARI Reja: 1. Otning ta’rifi va leksik-grammatik xususiyatlari. 2. Atoqli otlarning turlari. 3. Turdosh otlarning turlari. Otning ta’rifi va leksik-grammatik xususiyatlari Predmetning nomini (keng ma’noda) bildiruvchi mustaqil so`z turkumiga ot deyiladi. Ot so`z turkumiga oid so`zlar kim? nima? kimlar? nimalar? qayer? savollaridan biriga javob beradi: o`qituvchi, xonanda, tilshunos – kim?, yer, suv, tuz, non – nima?, shahar, joy – qayer? kabi. Keng ma’noda predmet ma’nosini ifodalash otning leksik xususiyatidir. Predmetlik ma’nosini tirik mavjudotlar (parranda, qush, chumoli kabi), yer va osmonga oid narsalarning nomi (quyosh, oy, tog`, tosh, daryo kabi), kundalik turmushga oid narsalarning nomi (tuz, non, choynak, qatiq kabi), o`simliklarning nomi (paxta, sholi, jo`xori, beda kabi), voqea-hodisa, belgi, xususiyat va munosabatlarning nomi (to`y, anjuman, majlis, shodlik, ishonch, kurash kabi), o`rin va vaqt nomlari (yoz, kuz, pastlik, tepalik kabi), shuningdek atab qo`yilgan shaxs va predmet nomlari (Toshkent, Zulfiya, Sirdaryo, «O`qituvchi» nashriyoti kabi) ifoda etadi. Ot shu ma’no xususiyati jihatidan ikki turga bo`linadi: turdosh otlar va atoqli otlar. Kitob, daftar, tinchlik – turdosh otlar; Samarqand, Akmal, «Qora ko`zlar» (roman), «Fan» (nashriyot) - atoqli otlar.  
 
Ot o`ziga xos morfologik xususiyatlarga ega, ya’ni: 
1) Ot son kategoriyasiga ega, ya’ni predmet anglatuvchi so`zlar birlik va 
ko`plik sonda qo`llanadi. Otlar birlik sonda yakka bir predmetni ifodalaydi: daraxt 
– yakka bir predmet, birlik son shaklida kelgan; daraxtlar - noaniq ko`plik son 
shaklida kelgan; 
2) ot egalik kategoriyasiga ega, ya’ni predmetning uch shaxsdan biriga 
(so`zlovchi, tinglovchi, o`zga shaxsga) taalluqliligini, qarashliligini, maksubligini 
bildiradi: mening daftarim, sening ukang, uning quvonchi kabi; 
3) ot kelishik kategoriyasiga ega. Otlar oltita kelishik ma’nosiga ega bo`lib, 
bu kelishik shakllari otning boshqa so`zlarga bo`lgan sintaktik munosabatini 
ifodalaydi (Barnoning kitobi, kitobni o`qidi, kitobdan foydalandi kabi); 
Ot o`ziga xos sintaktik belgilarga ham ega: 
1) ot ot bilan bog`lanadi. Bosh va qaratqich kelishigidagi otlar ana shunday 
xususiyatga ega: paxta g`ururimiz, farzandning baxti kabi; 
2) ot fe’l bilan bog`lanadi, ya’ni tushum, jo`nalish, o`rin-payt, chiqish 
kelishigidagi otlar fe’l bilan birikadi: xatni o`qidi, xatga qaradi, xatda yozilgan, 
xatdan ko`chirdi kabi; 
3) ot ba’zan sifat, ravish, son, olmosh, taqlid va undov so`zlar bilan ham birika 
oladi: osmon tiniq, uylar ko`p, beshta bola, maqsadim shu, dupur-dupur ovoz, holiga 
voy kabi; 
4) bosh kelishik shaklidagi ot gapda asosan, ega va kesim, ba’zan sifatlovchi-
aniqlovchi, izohlovchi kabi gap bo`laklari vazifasida, shuningdek, undalma, 
nominativ gap tarzida keladi. Masalan: O`zbekiston – kelajagi buyuk davlat 
(I.Karimov). Olim kishi o`zining ilmi va odobiga tayanadi. (Oz-oz o`rganib dono 
bo`lur). Seni ulug`layman, ey ona xalqim (A.O.) Subhidam. Quyosh yotog`idan bosh 
ko`tardi (P.Q.); 
5) Qaratqich kelishigidagi ot qaratuvchi-aniqlovchi vazifasida keladi: Sen 
Pushkinning sevgan malagi (A.O.); 
6) tushum, jo`nalish, o`rin-payt va chiqish kelishigi shaklidagi otlar 
to`ldiruvchi, hol, ba’zan kesim vazifasini bajaradi. Masalan: Bayramni munosib 
mehnat tortiqlari bilan nishonlashdi (S.A.). Bog`chada daraxtlar oltin rang bilan 
tovlanardi (O.). Oltin o`tda bilinadi, odam mehnatda. (Maqol). 
Ot o`ziga xos morfologik xususiyatlarga ega, ya’ni: 1) Ot son kategoriyasiga ega, ya’ni predmet anglatuvchi so`zlar birlik va ko`plik sonda qo`llanadi. Otlar birlik sonda yakka bir predmetni ifodalaydi: daraxt – yakka bir predmet, birlik son shaklida kelgan; daraxtlar - noaniq ko`plik son shaklida kelgan; 2) ot egalik kategoriyasiga ega, ya’ni predmetning uch shaxsdan biriga (so`zlovchi, tinglovchi, o`zga shaxsga) taalluqliligini, qarashliligini, maksubligini bildiradi: mening daftarim, sening ukang, uning quvonchi kabi; 3) ot kelishik kategoriyasiga ega. Otlar oltita kelishik ma’nosiga ega bo`lib, bu kelishik shakllari otning boshqa so`zlarga bo`lgan sintaktik munosabatini ifodalaydi (Barnoning kitobi, kitobni o`qidi, kitobdan foydalandi kabi); Ot o`ziga xos sintaktik belgilarga ham ega: 1) ot ot bilan bog`lanadi. Bosh va qaratqich kelishigidagi otlar ana shunday xususiyatga ega: paxta g`ururimiz, farzandning baxti kabi; 2) ot fe’l bilan bog`lanadi, ya’ni tushum, jo`nalish, o`rin-payt, chiqish kelishigidagi otlar fe’l bilan birikadi: xatni o`qidi, xatga qaradi, xatda yozilgan, xatdan ko`chirdi kabi; 3) ot ba’zan sifat, ravish, son, olmosh, taqlid va undov so`zlar bilan ham birika oladi: osmon tiniq, uylar ko`p, beshta bola, maqsadim shu, dupur-dupur ovoz, holiga voy kabi; 4) bosh kelishik shaklidagi ot gapda asosan, ega va kesim, ba’zan sifatlovchi- aniqlovchi, izohlovchi kabi gap bo`laklari vazifasida, shuningdek, undalma, nominativ gap tarzida keladi. Masalan: O`zbekiston – kelajagi buyuk davlat (I.Karimov). Olim kishi o`zining ilmi va odobiga tayanadi. (Oz-oz o`rganib dono bo`lur). Seni ulug`layman, ey ona xalqim (A.O.) Subhidam. Quyosh yotog`idan bosh ko`tardi (P.Q.); 5) Qaratqich kelishigidagi ot qaratuvchi-aniqlovchi vazifasida keladi: Sen Pushkinning sevgan malagi (A.O.); 6) tushum, jo`nalish, o`rin-payt va chiqish kelishigi shaklidagi otlar to`ldiruvchi, hol, ba’zan kesim vazifasini bajaradi. Masalan: Bayramni munosib mehnat tortiqlari bilan nishonlashdi (S.A.). Bog`chada daraxtlar oltin rang bilan tovlanardi (O.). Oltin o`tda bilinadi, odam mehnatda. (Maqol).  
 
Demak, otning qanday sintaktik vazifada kelishi uning qaysi kelishik shaklida 
kelishi bilan bog`liqdir. 
Shuningdek, ot so`z turkumi so`z yasalish xususiyatiga ega. Ot so`z turkumi 
faol so`z yasalish usullari morfologik, sintaktik va faqat ot so`z turkumi yasaydigan 
abbreviatsiya usuli bilan yasaladi: xizmatchi, kulgi, taroq, gulzor, sevinch 
(morfologik usul bilan); belbog`, ko`zoynak, baxt-saodat, ota-ona (sintaktik usul); 
DAN, ToshDPU (abbreviatsiya usuli bilan) kabi. 
Otlarda modal shakl yasalishi ham mavjud. Otlarda modal ma’no otning leksik 
ma’nosiga kengaytirish, erkalash, hurmat, kuchaytirish, gumon, noaniqlik, kesatiq, 
ta’kid, umumlashtirish kabi qo`shimcha ma’nolarni qo`shish bilan hosil qilinadi: 
qizcha, qo`zichoq, bo`taloq, bolagina, Karimjon, Ra’noxon, un-pun, non-pon kabi. 
   
Otlarning ma’no turlari 
 
Otlar ma’no jihatdan ikki turga bo`linadi: atoqli otlar va turdosh otlar. 
Bir xildagi predmet (shaxs) yoki hodisalardagi birinchi ayirib ko`rsatadigan 
otlar atoqli otlar deyiladi. Atoqli otlar atab qo`yilgan nomlardir. Atoqli otlarga 
quyidagilar kiradi: 
1) kishilarning ismi va familiyalari: Murod, O`ktam, O`tkir, Mahmudov, 
Ahmedov kabi; 
2) yozuvchi va shoirlarning taxalluslari: Oybek, Uyg`un, Muqimiy, Furqat 
kabi; 
3) uy hayvonlariga atab qo`yilgan nomlar: Olapar, To`rtko`z, Mosh kabi; 
4) planeta, yulduzva sayyoralarning nomi: Yer, Zuhra, Etti qaroqchi, Mirrix 
kabi. 
5) geografik nomlar (shahar, qishloq, tog`, daryo, ko`l, cho`l, qit’a nomlari): 
Samarqand, Chotqol, Pomir, Ohangaron, CHirchiq, Osiy kabi; 
6) oliy davlat va yuqori tashkilotlarning nomlari: O`zbekiston Vazirlar 
Mahkamasi, O`zbekiston Oliy Kengashi kabi; 
7) ilmiy muassasalar, oliy o`quv yurtlari, vazirliklar va korxonalar nomi: 
Paxtachilik ilmiy-tekshirish instituti, Toshkent Davlat Pedagogika universiteti, 
Moliya vazirligi, Davlat banki kabi; 
Demak, otning qanday sintaktik vazifada kelishi uning qaysi kelishik shaklida kelishi bilan bog`liqdir. Shuningdek, ot so`z turkumi so`z yasalish xususiyatiga ega. Ot so`z turkumi faol so`z yasalish usullari morfologik, sintaktik va faqat ot so`z turkumi yasaydigan abbreviatsiya usuli bilan yasaladi: xizmatchi, kulgi, taroq, gulzor, sevinch (morfologik usul bilan); belbog`, ko`zoynak, baxt-saodat, ota-ona (sintaktik usul); DAN, ToshDPU (abbreviatsiya usuli bilan) kabi. Otlarda modal shakl yasalishi ham mavjud. Otlarda modal ma’no otning leksik ma’nosiga kengaytirish, erkalash, hurmat, kuchaytirish, gumon, noaniqlik, kesatiq, ta’kid, umumlashtirish kabi qo`shimcha ma’nolarni qo`shish bilan hosil qilinadi: qizcha, qo`zichoq, bo`taloq, bolagina, Karimjon, Ra’noxon, un-pun, non-pon kabi. Otlarning ma’no turlari Otlar ma’no jihatdan ikki turga bo`linadi: atoqli otlar va turdosh otlar. Bir xildagi predmet (shaxs) yoki hodisalardagi birinchi ayirib ko`rsatadigan otlar atoqli otlar deyiladi. Atoqli otlar atab qo`yilgan nomlardir. Atoqli otlarga quyidagilar kiradi: 1) kishilarning ismi va familiyalari: Murod, O`ktam, O`tkir, Mahmudov, Ahmedov kabi; 2) yozuvchi va shoirlarning taxalluslari: Oybek, Uyg`un, Muqimiy, Furqat kabi; 3) uy hayvonlariga atab qo`yilgan nomlar: Olapar, To`rtko`z, Mosh kabi; 4) planeta, yulduzva sayyoralarning nomi: Yer, Zuhra, Etti qaroqchi, Mirrix kabi. 5) geografik nomlar (shahar, qishloq, tog`, daryo, ko`l, cho`l, qit’a nomlari): Samarqand, Chotqol, Pomir, Ohangaron, CHirchiq, Osiy kabi; 6) oliy davlat va yuqori tashkilotlarning nomlari: O`zbekiston Vazirlar Mahkamasi, O`zbekiston Oliy Kengashi kabi; 7) ilmiy muassasalar, oliy o`quv yurtlari, vazirliklar va korxonalar nomi: Paxtachilik ilmiy-tekshirish instituti, Toshkent Davlat Pedagogika universiteti, Moliya vazirligi, Davlat banki kabi;  
 
8) yuqori mansab, oliy faxriy unvon nomlari: O`zbekiston Prezidenti, Vazirlar 
Mahkamasi raisi, Bosh Qo`mondon kabi; 
9) turli anjuman, hujjat va rezolyutsiyalar, tarixiy voqealar nomi: Ulug` Vatan 
urushi, Mustaqillik kuni, Toshkent anjumani kabi; 
10) fabrika, zavod, jamoa xo`jaligi, sport jamiyatlari, kino, teatr, kitob, gazeta, 
jurnal nomlari: «Sharq yulduzi» xo`jaligi, «O`rtoq» konditer fabrikasi, «Yosh kuch» 
sport jamiyati, «Turkiston» kontsert zali, «Yulduzli tunlar» romani, «Ma’rifat» 
gazetasi, «Guliston» jurnali kabi. 
Atoqli otlar, odatda, bosh harf bilan yoziladi, shuningdek, ko`plik son shaklida 
qo`llanmaydi. Shu xususiyatlari bilan turdosh otlardan farq qiladi. 
Bir turdagi predmet, hodisalarning umumlashtiruvchi nomi turdosh ot 
deyiladi: stol, kitob, tanbur, baxt, g`oya, anjuman kabi. Turdosh otlar atoqli otlarga 
nisbatan ko`p miqdorni tashkil etadi. Turdosh otlar kichik harf bilan yoziladi. 
Atoqli otlar turdosh otlarga yoki aksincha, turdosh otlar atoqli otga o`tishi 
mumkin. Masalan, frantsiyalik ustaning nomi Batist (atoqli ot) so`zi turdosh otga 
(matoning nomi) aylangan bo`lsa, muhabbat turdosh oti (abstrakt ot) atoqli otga 
(ismga) aylangan. 
Turdosh ot ifodalangan tushunchaning xususiyatiga ko`ra konkret (aniq) va 
abstrakt (mavhum) otlarga ajratiladi. Bevosita predmet anglatadigan otlar konkret 
otlar deyiladi: qalam, daftar, bola, tog` kabi. Konkret otlarni bevosita sanash va 
ko`rish mumkin: o`nta daftar, beshta bola kabi. Birlik va ko`plik shaklida kela oladi: 
bola (birlik) – bolalar (ko`plik) kabi. 
Mavhum tushunchani, belgini predmet sifatida ifodalaydigan otlar mavhum 
ot deyiladi: tinchlik, iroda, baxt, quvonch kabi. 
Abstrakt otlarni sanash va ko`rish mumkin emas. Ko`plik son shaklida 
qo`llanmaydi. 
Turdosh otlar birlik shaklda kelib yakka bir predmetni yoki predmetlarning 
to`dasini ifodalashi mumkin. Shu xususiyatga ko`ra turdosh otlarning ikki turi 
mavjud: yakka ot va jamlovchi ot. 
Birlik shaklda kelib bir turdagi predmetlardan bittasini ifodalaydigan ot yakka 
ot deyiladi: daraxt, stol, kishi, daryo kabi. 
8) yuqori mansab, oliy faxriy unvon nomlari: O`zbekiston Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi raisi, Bosh Qo`mondon kabi; 9) turli anjuman, hujjat va rezolyutsiyalar, tarixiy voqealar nomi: Ulug` Vatan urushi, Mustaqillik kuni, Toshkent anjumani kabi; 10) fabrika, zavod, jamoa xo`jaligi, sport jamiyatlari, kino, teatr, kitob, gazeta, jurnal nomlari: «Sharq yulduzi» xo`jaligi, «O`rtoq» konditer fabrikasi, «Yosh kuch» sport jamiyati, «Turkiston» kontsert zali, «Yulduzli tunlar» romani, «Ma’rifat» gazetasi, «Guliston» jurnali kabi. Atoqli otlar, odatda, bosh harf bilan yoziladi, shuningdek, ko`plik son shaklida qo`llanmaydi. Shu xususiyatlari bilan turdosh otlardan farq qiladi. Bir turdagi predmet, hodisalarning umumlashtiruvchi nomi turdosh ot deyiladi: stol, kitob, tanbur, baxt, g`oya, anjuman kabi. Turdosh otlar atoqli otlarga nisbatan ko`p miqdorni tashkil etadi. Turdosh otlar kichik harf bilan yoziladi. Atoqli otlar turdosh otlarga yoki aksincha, turdosh otlar atoqli otga o`tishi mumkin. Masalan, frantsiyalik ustaning nomi Batist (atoqli ot) so`zi turdosh otga (matoning nomi) aylangan bo`lsa, muhabbat turdosh oti (abstrakt ot) atoqli otga (ismga) aylangan. Turdosh ot ifodalangan tushunchaning xususiyatiga ko`ra konkret (aniq) va abstrakt (mavhum) otlarga ajratiladi. Bevosita predmet anglatadigan otlar konkret otlar deyiladi: qalam, daftar, bola, tog` kabi. Konkret otlarni bevosita sanash va ko`rish mumkin: o`nta daftar, beshta bola kabi. Birlik va ko`plik shaklida kela oladi: bola (birlik) – bolalar (ko`plik) kabi. Mavhum tushunchani, belgini predmet sifatida ifodalaydigan otlar mavhum ot deyiladi: tinchlik, iroda, baxt, quvonch kabi. Abstrakt otlarni sanash va ko`rish mumkin emas. Ko`plik son shaklida qo`llanmaydi. Turdosh otlar birlik shaklda kelib yakka bir predmetni yoki predmetlarning to`dasini ifodalashi mumkin. Shu xususiyatga ko`ra turdosh otlarning ikki turi mavjud: yakka ot va jamlovchi ot. Birlik shaklda kelib bir turdagi predmetlardan bittasini ifodalaydigan ot yakka ot deyiladi: daraxt, stol, kishi, daryo kabi.  
 
Birlik shaklda kelsa ham, lekin bir turdagi predmetlarning jamini, to`dasini 
ifodalaydigan ot jamlovchi ot deyiladi: xalq, lashkar, to`da, olomon, ko`pchilik, 
ozchilik kabi. 
 
Birlik shaklda kelsa ham, lekin bir turdagi predmetlarning jamini, to`dasini ifodalaydigan ot jamlovchi ot deyiladi: xalq, lashkar, to`da, olomon, ko`pchilik, ozchilik kabi.