Amaliy mashg’ulot
OTOSKOPIYA
A) quloqni tekshirishni mashq qilish, kamertonlar yordamida tekshirish;
B) audiometriya prinsiplarini o‘zlashtirish;
V) o‘zaro bir-birlarida audiometriya qilish.
Otoskopiya tekshirish usulini o‘tkazish.
Talabaga topshiriq: bir vaqtning o‘zida nima qilayotganligingiz haqida gapiring va
ko‘rgan holatni sharxlang :
1.Ko‘rsatma: Quloqni tekshirish va davolash uchun.
2.Kerakli asboblar: peshona reflektori, yorg‘ulik manbai,
quloq voronkalari
3.Bemorga bajariladigan usul haqida tushuntiriladi.
4.bemor to‘g‘ri holatda o‘tkaziladi.
5.o‘tkazilayotgan usul haqida va o‘zini qay holatda tutishi
haqida ko‘rsatma beriladi.
6.peshona reflektori taqiladi va yorug‘lik yo‘naltiriladi.
7.otoskopiya qilishda quloq suprasi yuqoriga va orqaga
tortilib, tashqi eshituv yo‘li to‘g‘rilanadi. Kerakli hajmdagi quloq voronkasi tashqi
eshituv yo‘liga kiritiladi
8.yorug‘lik tashqi eshituv yo‘liga yo‘naltiriladi.
9.otosokopiyada ko‘ringan holat izoxlanadi.
Izox: tashqi eshituv yo‘lining tog‘ayli va suyakli qismlari,nog‘ora pardaning
belgilari ( bolg‘acha dastasi,kindik,yorug‘lik konusi,old va orqa burmalar) ko‘zga
tashlanadi.
Otoskopiya
Sinonimlar. Quloqni ko’zdan kechirish (grek so’zidan: otos — quloq, scopia
— ko’rish).
Asoslash. Otoskopiya - bu tashxisni aniqlash uchun tashqi eshituv yo’li va
nog’ora pardaning anatomik xususiyatlarini va holatini baholash imkonini beruvchi
tekshiruv usuli.
Maqsad. Tashqi quloqni (quloq suprasini, tashqi eshituv yo’lini, quloq orti
maydonini) va nog’ora pardani ko’zdan kechirish
Ko’rsatmalar. Bemorning shikoyatlari; Tashqi va o’rta quloqning
yallig’lanish kasalliklari; Dispanserizatsiya.
Qarshi ko’rsatmalar. Ushbu tekshiruv usulini bajarishga qarshi ko’rsatmalar
mavjud emas.
Tekshiruvni bajarilishi. Tekshiruv sog’lom quloqdan boshlanadi. Kasallik
ikki tomonlama bo’lgan hollarda avval ajralma oqmayotgan quloq tekshiriladi.
Birinchi bosqichda quloq suprasi, tashqi eshituv yo’lining tashqi teshigi, quloq orti
maydoni ko’zdan kechiriladi va paypaslanadi. Kattalarda o’ng tashqi eshituv
yo’lining tashqi teshigini ko’zdan kechirish uchun quloq suprasining buramasi chap
qo’lning bosh va ko’rsatkich barmoqlari bilan ushlanadi va quloqsuprasi orqaga va
yuqoriga tortiladi. Chap tashqi eshituv yo’lining tashqi teshigini ko’zdan kechirish
uchun quloq suprasi xuddi shunday o’ng qo’l bilan tortiladi. Quloq orqasidagi
so’rg’ichsimon o’simta sohasini ko’zdan kechirish uchun o’ng quloq suprasi qo’l
bilan oldinga tortiladi. Bunda quloq orqasi burmasiga (quloq suprasini
so’rg’ichsimon o’simtaga birikish joyi) e`tibor beriladi; me`yorda u aniq ko’rinadi.
Keyin quloq do’mbog’i bosh barmoq bilan yengil bosilib, paypaslanadi. Chap
so’rg’ichsimon o’simta sohasini paypaslash paytida quloq suprasi chap qo’l bilan
tortiladi, paypaslash esa o’ng qo’lning barmog’i bilan bajariladi. Tashqi eshituv
yo’lidan oldinda, pastda, orqada joylashgan limfa tugunlarni ham paypaslash lozim.
Papaslash o’ng quloq yonida chap qo’lning ko’rsatkich barmog’i bilan, chap quloq
yonida – o’ng qo’lning ko’rsatkich barmog’i bilan bajariladi. Me`yorda limfa
tugunlar paypaslanmaydi.
Tashqi eshituv yo’lining chuqur qismlarini va nog’ora pardani ko’zdan
kechirish uchun turli o’lchamdagi quloq ko’zgularidan foydalaniladi. Ular tashqi
eshituv yo’lining o’lchamiga qarab tanlanadi.
O’ng quloq suprasi chap qo’l bilan orqaga va yuqoriga tortiladi. O’ng qo’lning
bosh va ko’rsatkich barmoqlari bilan quloq ko’zgusi tashqi eshituv yo’lining parda-
tog’ay qismiga kiritiladi. Chap quloqni ko’zdan kechirish paytida quloq suprasi o’ng
qo’l bilan tortiladi, quloq ko’zgusi esa chap qo’lning barmoqlari bilan kiritiladi.
Quloq ko’zgusini tashqi eshituv yo’lining bo’yinchasidan ichkariga, uning suyak
qismiga kiritish man etiladi, chunki bu org’iqni paydo qiladi. Tashqi eshituv
yo’lining barcha qismlarini va nog’ora pardaning barcha qismlarini navbatma-
navbat ko’zdan kechirish uchun quloq ko’zgusining tashqi uchi yengil siljitiladi.
Natijalar tahlili. Me`yorda quloq orqasi burmasi yaxshi ko’rinadi,
so’rg’ichsimon o’simta maydoni paypaslanganda og’rimaydi. Quloq do’mboqchasi
ham bosilganda og’rimaydi. Kattalarda og’riq o’tkir tashqi otitda, bolalarda - o’rta
otitda kuzatiladi, bu bolalar qulog’ining o’ziga xos tuzilishi bilan bog’liq (ularda
tashqi eshituv yo’lining suyak qismi mavjud emas).
Quloq ko’zgularidan foydalangan holda bajarilgan otoskopiya tekshiruvi tashqi
eshituv yo’li va nog’ora pardaning holatini baholash imkonini beradi (22 rasm).
Me`yorda parda-tog’ay qismining terisi tuklarga ega, odatda shu joyda quloq chirki
aniqlanadi. Ayrim hollarda quloq chirki ko’p miqdorda to’planib, probka hosil
qiladi va nog’ora pardani ko’zdan kechirishga xalaqit beradi, shuning uchun tozalash
talab etiladi. Tashqi eshituv yo’lining uzunligi taxminan 2,5 sm ni tashkil qiladi.
Tashqi eshituv yo’lining quyidagi patologik holatlari kuzatilishi mumkin: torayishi,
yallig’lanishi, ekzema, chipqon, kista, dermatit, suyak o’smalari (osteomalar va
ekzostozlar), neoplastik jarayonlar. Tekshiruv paytida quloq poliplari eshituv
yo’lining devoridan yoki nog’ora pardadan o’sganligi aniqlanadi. Oxirgi vaziyat
surunkali o’rta otitdan dalolat beradi.
22 rasm. Otoskopiya
Nog’ora pardaning rangi me`yorda kulrang-yaltiroq bo’lib, unda bilish belgilari
ko’rinadi. Bilish belgilariga quyidagilar kiradi: 1- nog’ora pardada yotgan
bolg’acha suyakchasining kalta (tashqi) o’simtasi va dastasidan hosil bo’lgan
bolg’acha do’mboqchasi; 2- bolg’acha tasmasi; 3- old va orqa bolg’acha burmalari;
4- yorug’lik konusi (refleksi) va 5 - nog’ora pardaning kindigi (umbo membranae
tympanicae). Old va orqa bolg’acha burmalari orasida nog’ora pardaning
bo’shashgan qismi, ushbu burmalardan pastda - taranglashgan qismi ko’rinadi.
Xayolan o’tkazilgan ikki o’zaro perpendikulyar chiziqlar nog’ora pardani shartli
ravishda to’rt maydonga bo’ladi. Ularning biri bolg’acha dastasi bo’ylab pastga,
boshqasi - unga perpendikulyar holda nog’ora pardaning markazidan (kindigidan)
va bolg’acha dastasining pastki uchidan o’tkaziladi. Bunda hosil bo’lgan nog’ira
parda maydonlari old-yuqori va orqa-yuqori, old-pastki va orqa-pastki deb
nomlanadi.
Nog’ora parda o’rta quloqda (nog’ora bo’shlig’i, eshituv nayi va
so’rg’ichsimon o’simta kataklarida) sodir bo’layatgan jarayonlarni aks ettiradi.
Tekshiruvda nog’ora pardaning rangi (yallig’lanishda u qon tomirlar bo’rtishi bilan
birga qizarishi mumkin), teshiklar, chandiqlar, botiqliklar, polip va yosh to’qimalar,
xolesteatoma borligi aniqlanadi. Yorug’lik refleksining kalta bo’lishi, o’z holatini
o’zgar-tirishi, nog’ora bo’shlig’ining bosimi manfiy bo’lganda (eshituv nayining
faoliyati buzilganda) butunlay yo’qolishi mumkin.
Nog’ora pardaning harakatchanligini ko’z bilan baholash va chuqur retraktsion
cho’ntaklar (botiqliklar) va teshiklarni bir-biridan farqlash uchun otoskopiya
tekshiruvi Zigle quloq ko’zgusi yordamida bajariladi. U tashqi eshituv yo’liga havo
yuborish (havoni so’rib olish) uchun rezina baloncha ulangan lupa kiydirilgan metal
quloq ko’zgusidan iborat.
Nog’ora pardada teshik mavjud bo’lgan hollarda uning o’lchamlari, joylashuvi
(chetki yoki markaziy), shakli, kvadrantlardagi joylashuvi aniqlanadi. Shakli
bo’yicha u aylana, oval, buyraksimon; o’lchami bo’yicha - nuqtali yoki nog’ora
pardani butunlay qamrab olgan total bo’lishi mumkin. Chetki teshik suyakkacha
yetib borib, ko’pincha xolesteatomaning hosil bo’lishi uchun kirish darvozasi bo’lib
xizmat qiladi. Attik maydondagi teshik retraktsion cho’ntakka o’xshashi, epidermal
po’stloqcha yoki quloq chirki bo’lakchasi bilan yopilgan bo’lishimumkin va u
ko’pincha kattalashtiruvchi optik asboblar yordamida aniqlanadi. Chetki va attik
maydoni teshiklarida suyak to’qimasi chirishini va xolesteatomani aniqlash uchun
ushbu maydon ehtiyotkorlik bilan Voyachek zondi yordamida zondlanadi. Suyak
devorini g’adir-budir bo’lishi chirish jarayonidan dalolat beradi. Otoreyada
ajralmaning rangi, hidi (xolesteatomada chirishga xos hid keladi), agregat holati,
miqdori baholanadi.
Natijaga ta`sir etuvchi omillar. Tekshiruvchining tajribasi.
Nog’ora pardani ko’zdan kechirishni qiyinlashtiruvchi o’zgarishlar (eshituv
yo’lining torligi, ekzostozlar mavjudligi) yoki tashqi eshituv yo’li kasalliklari
(chipqon, diffuzli tashqi otit).
Asoratlar. Quloq ko’zgusining chuqur kiritilishi (tashqi eshituv yo’lining
bo’yin-chasidan ichkariga, suyak qismiga) tashqi eshituv yo’li terisini shilinishiga,
bosh aylanishi va quloqdan qon oqishiga sabab bo’ladi.
Alternativ usullar. Alternativ usullar mavjud emas, ammo shuni ta`kidlash
lozimki, quloq tekshiruvining eng aniq diagnostik usuli - bu kattalashtiruvchi
optika (pnevmatik otoskoplar, endoskoplar va jarrohlik mikroskoplari) yordamida
bajarilgan otoskopiya tekshiruvi hisoblanadi.
Tashqi eshituv yo‘li va o‘rta quloqni tozalash.
1.Ko‘rsatmalar: davolash maqsadida.
2.Kerakli asboblar: peshona reflektori, yorug‘lik manbai, quloq varonkasi, paxta,
zondlar, Janne shprisi iliq furatsilin, buyraksimon tog‘oracha.
3.Bemorga bajarilayotgan usul haqida va o‘zini kay xolatda
tutishi haqida tushuntiriladi
4.Tashqi eshituv yo‘lini yiringlan yoki qotgan epiteliy ,
oltingugurt tiqinidan tozalash ko‘ruv ostida maxsus kesiklik
zondiga bo‘lagi mo‘yqalam singari mahkam o‘ralib, quloq
suprasidan tortilib tashqi yo‘li to‘g‘rilanib zond ehtiyotkorlik bilan kiritiladi.
5.Tashqi eshituv yo‘lini pilikcha yoki tiqin kiritib tozalash ham mumkin. Muolaja
tashqi eshituv yo‘li toza bo‘lib nog‘ora parda ko‘ringuncha tozanaib turiladi.
6.Muolajani juda ehtiyotkorlik bilan qilish kerak, chunki tashki eshituv yo‘lining
terisi yupqa jaroxatlanuvchi bundan tashkari yiringli otitda yalliglanigan bulib,
tashki eshituv yulining terisini ozgina jaroxatlash qon ketishiga yoki keyinchalik
tashqi otitni chiqishiga sabab bo‘la oladi.
7.Bemorning o‘zi yoki hamshira bemorning qulog‘i ostiga buyraksimon
tog‘orachani yuzga mahkam ushlab tirab turadi. Quruq ostida tashqi eshituv yo‘li
to‘g‘rilanib, kattalarga quloq suprasi yuqoriga orqaga, yosh bolalarda esa pastga
orkaga tortiladi, shprisning uchi tashqi eshituv yo‘lining boshlang‘ich qismi orkaga
devori bo‘ylab kiritiladi.
8. Yuvilgandan so‘ng bemorning boshi og‘rigan quloq tomoniga egiladi, qolgan
suyuqlik yordamida ikkinchi quloq tozalanadi. Bundan tashqari eshituv yo‘lini
havoli yoki elektr so‘rg‘ich yordamida ham tozalash mumkin.
Tashqi eshituv yo‘liga, burun bo‘shlig‘iga va halqumga dori kukunini
purkash.
1.Ko‘rsatmalar: davolash maksadida.
2.Kerakli asboblar: maxsus purkagich.
3.Bemorga bajarilayotgan usul hakida, bemor o‘zini qay xolatda tutishi haqida
tushuntiriladi.
4.Dori kukunlarni quloqqa , halqumga yoki burunga purkashdan oldin ularni
patologik ajralmalardan yaxshilab tozalash kerak.
5.Kukunlar maxsus kukun purkagich yoki katta bo‘lmagan rezinali balon yordamida
purkalanadi.
6.Kukun purgagichning metall uchlari qaynatib zararsizlantiriladi, rezinali yoki
polietilenli uchlari esa spirt bilan ishlov berilib zararsizlantiriladi.
7.Kukunni sepishdan oldin bemorga nafas olmaslik buyuriladi , chunki kukun nafas
yo‘llariga tushib, yo‘tal xuruji tutishi mumkin.
Tashqi eshituv yo‘liga dorilar shimdirilgan pilikchalar qo‘yish.
1.Kursatma: davolash maksadida.
2.Kerakli asboblar: peshona reflektori, yorug‘lik manbai, pinset pilikcha,dori
moddalari .
3.Bemorga bajarilayotgan usul haqida va o‘zini qay xolatda tutishi xakida
tushuntirish.
4.Tor tashki eshituv yo‘liga quloq tikinini o‘rniga bir kavatni kengligi 1 smgacha
va uzunligi 5 smgacha bo‘lgan pilikcha kiritiladi.
5.Ularni tashqi eshituv yo‘li to‘g‘rilanib va quloq pinseti bilan tikini oxirgi undan
bir oz qoldirib ushlanadi va ko‘ruv ostida ehtiyotkorlik bilan tashqi eshituv yo‘lining
butun chukurligi bo‘yiga yuboriladi.
6.Quloqdan kamrok yiring kelayotgan vaqtda kuniga pilikchalar 1-2 marta
almashritilsa, ko‘p yiring keladigan vaqtda 5-6 marta almashtiriladi.
Quloq suprasiga malhamlar surtish.
1.Ko‘rsatmalar:davolash maksadida.
2.Kerakli asboblar: paxta, malhamlar, qo‘lkop
3.Bemorga bajarilayotgan usul haqida va bemor o‘zini qay
holatda tutishi haqida tushuntirish.
4.Malxamlar quloq suprasi va tashqi eshituv yo‘lining terisining
kasalliklarida, jaroxlik amalidan keyingi bo‘shliqlarga
qo‘llaniladi.
5.Tashqi eshituv yo‘li avval aytilgan usullar bilan tozalangandan
so‘ng quloq zondiga paxta o‘ralib malham surtiladi bemor
o‘tirgan holda malhamni surtish mumkin.
6. Malxam tashki eshituv yo‘liga yupqa katlam bilan surkalishi lozim, nimagaki
tashki eshituv yo‘lidagi ajralmaga xalaqit kilmasin.
7.Ikkinchi marta malxam surkashdan oldin tashki eshituv yo‘lidagi malxam
qoldiklari tozalanishi kerak.
35.Savol: Quloqqa issituvchi va spirtli boylamlar qo‘yish.
1.Ko‘rsatmalar: davolash maksadida.
2. Kerakli asboblar: 10x10 razmerdagi bint yoki doka,70
gradusli spirt, polietilenli plenka, klenka.
3.Bemorga bajarilayotgan muolaja xakida bemor o‘zini qay
holatda tutishi haqida tunutiriladi.
4. 10x10 razmerdagi bint yoki doka bir necha qatlam kilinib
yig‘iladi. Quloq suprasi uchun teshik kirkib suv, arok. 70 gradusli
spirt yoki o‘simlik moyiga botirib quloq suprasining old tomoni
bilan so‘rg‘ichsimon o‘simta ustiga qo‘yiladi.
5.Ho‘llangan doka yoki bint ustidan issituvchi qog‘oz, polietilen plenka, klenka
qo‘yilib bir vaqtning o‘zida tashki eshituv yo‘liga borat spirtga botirilgan pilikcha
kiritilb va vazelinga botirilgan paxta bilan bekiladi.
6.Keyin issikliqni yomon o‘tkazuvchi paxta yoki junli mato qo‘yiladi va bularning
xammasi bint bilan o‘raladi. Kompress issiqlikni chiqarishni kamaytiradi.
7.Issituvchi kompress o‘rta quloqning o‘tkir yallig‘lanishida qo‘llaniladi.
Tashqi eshituv yo‘lidan oltingugurt tiqinini chiqarish.
1.Ko‘rsatmalar: davolash maqsadida
2.Kerakli asboblar: 100ml shpris, paxta, illiq eritma (furatsilin),
zond,buyraksimon tog‘oracha.
3.Bemorga bajarilayotgan muolaja haqida va bemor o‘zini qay
holatda tutishi haqida tushuntiriladi.
4.Tashqi eshituv yo‘lidan quloq kirini ishqorli tomchilar yoki
o‘simlik moyi iliq xolda kuniga 3 marta 10-15tomchidan 2-3 kun
mobaynida tomizilib yumshatilgandan keyin olinadi.
5.Quloq 100 ml shpris yordamida 370 iliq suv bilan yuviladi.
6.Buning uchun chap qo‘l bilan quloq suprasini ushlab orqaga va yuqoriga tortiladi
va tashqi eshituv yo‘li to‘g‘rilanib,shpris uchi tashki eshituv yo‘lining kirish qismiga
qo‘yiladi,eshituv yo‘lining orqa yuqori devori bo‘ylab bosim bilan suyuqlik
yuboriladi.
7.Yuvilgandan so‘ng tashqi eshituv yo‘li zondga o‘ralgan paxta yoki tiqin quritiladi
va tashqi eshituv yo‘liga bir necha minutga borat spirtli pilikcha kiritiladi.
Tashqi eshituv yo‘lidan yot jismlarni olish.
1.Ko‘rsatmalar: davolash maqsadida
2.Kerakli asboblar: peshona reflektori, yorug‘lik manbai,
100ml li shpris, furatsiliin, uchi tumtoq ilgak, buyraksimon
tog‘oracha.
3.Bemorga bajarilayotgan muolaja haqida va bemor o‘zini qay
holatda tutishi haqida tushuntiriladi.
4.Quloqdan yot jismlarnining olishning eng oddiy va xavfsiz
yo‘li ularni iliq suv, furatsilin (1:5000) yoki kaliy permanganatning kuchsiz
eritmasi bilan yuvish.
5.Muolaja bemor o‘tirgan holatida bajariladi, yoki bolalar yo‘rgaklanib, tizzaga
o‘tkaziladi va boshi mahkam ushlanadi.
6.Yuviladigan quloq tomondagi yelkaga sochiq tashlanadi va quloq suprasi ostiga
buyraksimon tog‘oracha qo‘yiladi. Chap qo‘l bilan quloq suprasi tortilib tashqi
eshituv yo‘li to‘g‘rilanadi, shprisga o‘rnatilgan rezinali nayning uchi tashqi eshituv
yo‘lining orqa oldingi devori bo‘ylab kiritiladi va turtkisimon kuch bilan suvni
eshituv yo‘lining orqa, yuqori devori bo‘ylab yuboriladi.
7.Agar yot jism yuvilganda chikmasa, unda uchi tumtoq ilgak bilan olinadi.
Eshituv nayining o‘tkazuvchanligini aniqlash usullari Valsalva, Toynbi,
Politser.
1.Ko‘rsatma:Quloqni davolash maksadida.
2.Kerakli asboblar: Politser balloni.
3.Bemorga bajarilayotgan muolaja haqida va bemor o‘zini qay
xolatda tutishi xakida tushuntiriladi.
4.Toynbi tajribasi: Tekshiruvchi burun qanotlarini barmog‘i
bilan burun to‘sig‘iga qisadi va og‘zni yopib yutinadi, bundan keyin tekshiriladigan
kishining qulog‘iga havo borganligi seziladi yoki,otoskopiyada nog‘ora pardaning
harakati aniqlanadi.
5. Valsava tajribasi: Tekshiriladigan kishiga quruq nafas olish so‘raladi,keyin burun
va og‘izni ko‘li bilan berkitgan holda lunjlarini shishirib va havo chiqarish
buyuriladi.Bosim bilan chiqayotgan havo ta’sirida eshituv naylari ochilib havo kuch
bilan nog‘ora bo‘shlig‘iga o‘tadi.Vrach otoskop orqali o‘ziga xos shovqinni eshitadi.
6. Politser tajribasi: burun katagining biriga rezinali nay bilan birlashtirilgan ballonli
oliva kiritiladi. Burunning ikkinchi tomoniga bosh barmoq bilan burun qanotlarini
burun to‘sig‘iga bosib turiladi.Bemorga “paroxod” yoki 1,2,3 deyish buyuriladi.
Oxirgi “3” degan so‘zni bemor aytishi zaxotiyoq, vrach qo‘li bilan ballonni tez va
kuchli qisadi.Agar eshituv nayining o‘tkazuvchanligi buzilgan bo‘lsa, unda vrach
uni sezmaydi. Nog‘ora pardada teshik bo‘lganda havo puflaganda quloqda xushtak
eshitiladi.
Savol:Eshituv nayini kateterlash.
1. Ko‘rsatma: davolash va diagnostika maqsadida.
2.Kerakli asboblar: kateter,Politser balloni, dikain eritmasi.
3. Bemorga bajarilayotgan muolaja haqida va bemor o‘zini qay
xolatda tutishi haqida tushuntiriladi.
4. Kateterning metall nayi bo‘lib,bir uchi qadoqchaga o‘xshab
kengaygan.
5. Avval burun bo‘shlig‘ining shilliq qavati 3% dikain eritmasi bilan
og‘riksizlantiriladi, otoskopning bir uchini tekshiradigan kishi o‘zini qulog‘iga va 2-
chi uchini barmoqlari orqali, ushlab oldingi rinoskopiyada kateter tumshug‘ini
pastga qilib burunga kiritiladi va ehtiyotkorlik bilan pastki burun yo‘li bo‘ylab burun
halqumning oxirigacha yuboriladi keyin dimoq suyagiga tiralguncha tortiladi.
6. Burun-halqumning yon tomoniga joylashgan eshituv nayining uchiga tushishi
uchun, kateterni tekshiriladigan quloqqa qarab pastga va tashqariga 180 gradusga
buriladi. Katerning kengaygan qismiga ballonning rezinali uchini kiritib va uni qisqa
yengil qisiladi. Eshituv nayiga havo kirishini va undan o‘tishini otoskop orqali
eshitiladi.
Eshitish o‘tkirligini nutq va kamertonlar yordamida aniqlash.
1.Ko‘rsatmalar: davolash va diagnostika maqsadida.
2.Kerakli asboblar: Kamertonlar, sekundomer
3.Bemorga bajarilayotgan muolaja haqida va bemor o‘zini qay
holatda tutishi haqida tushuntiriladi.
4.Veber tajribasi: (tovush laterilizatsiyasini tekshirish tajribasi)
Sado berayotgan S128 kamertonini bemorning boshi tepasiga
qo‘yiladi va tovushni kaysi qulog‘i bilan yaxshi eshitayotganini
so‘raladi. Tovush o‘tkazuvchi apparat zararlangan bo‘lsa (eshituv yo‘lida kir
to‘planganda, o‘rta quloq yallig‘langanda) kasal quloq kamerton tovushini
yaxshiroq eshitadi. Tovushni qabul qiladigan apparat zararlanganda kamerton
tebranishi sog‘ quloqda yaxshirok eshitiladi.
5.Rinne tajribasi: (suyak va havo o‘tkazuvchanligini taqqoslash). So‘rg‘ichsimon
o‘siq sohasiga qo‘yilgan S 128 kamertonni tebranish to‘lqinlari eshitilmay qolgach,
uni tashqi eshituv yuliga paralel ravishda tutiladi: bunda tovush to‘lqinlari suyakga
nisbatan havo orqali uzoqroq eshitilishi ma’lum bo‘ladi. Tovush o‘tkazuvchi
apparat zararlanganda suyak orqali eshitish havo orkali eshitish bilan bir xil va xatto
undan ko‘ra ancha uzoq davom etishi mumkin.
6.Shvabax tajribasi: bemorning suyak o‘tkazuvchanligi (boshning teppa suyagi yoki
so‘rg‘ichsimon
o‘sikda)
bilan
tekshiruvchining
suyak
o‘tkazuvchanligi
taqqoslanadi. Tovushni o‘tkazuvchi apparat zararlanganda suyak o‘tkazuvchanligi
uzaygan, tovush qabul qiladigan apparat zararlanganda esa- qisqargan bo‘ladi.
AD
Tekshirish usullari
AS
Sub’ektiv sezgilar(shovkin)
Shivirlash nutki.
So‘zlashish nutki
Qichqiriq
S 128 xavo ( -50”)
S 128 suyak ( -25”)
Rinne testini o‘tkazish.
Talabaga topshiriq: bir vaqtning o‘zida nima qilayotganligingiz
haqida gapiring va ko‘rgan holatni sharxlang.
1.Ko‘rsatma : Eshitish darajasini aniqlash uchun.
2.Kerakli asboblar: kamertonlar to‘plami, (kamerton S 128 )
sekundomer.
3. Bemorga bajarilayotgan tekshirish usulini tushuntiriladi.
4.bemor to‘g‘ri holatda o‘tkaziladi va o‘tkazilayotgan sinama
haqida bemorga o‘zini qay holatda tutish uchun ko‘rsatma
beriladi.
5. tekshirish uchun kameron S128 tanlanadi.
6.sekundomer tayyorlanadi.
7.kamerton tebratiladi (kamertonni oyoqchasidan ushlab shoxchalari qo‘l kaftiga
ohista uriladi).
8. Sekundomer bosiladi .
9.havo o‘tkazuvchanligini aniqlash uchun kamerton to‘g‘ri yo‘naltiriladi
(shoxchalari frontal tekstlikda joylashishi kerak quloq suprasiga nisbatan).
10.suyak
o‘tkazuvchanligini
aniqlash
uchun
kamertonning
oyoqchasi
so‘rg‘ichsimon o‘simta sohasiga perpendikulyar qo‘yiladi.
11. O‘tkazilgan akumetriya izoxlanadi.
Izox: Suyak o‘tkazuvchanligi normada 18 -20 sekund, havo o‘tkazuvchanligi 55-
60 sekundga teng bo‘ladi. Suyak va havo orqali eshitish darajalari taqqoslanadi.
Veber testi o‘tkazish.
Talabaga topshiriq: bir vaqtning o‘zida nima qilayotganligingiz haqida gapiring va
ko‘rgan holatni sharxlang
1.Ko‘rsatma: Eshitish darajasini aniqlash uchun.
2.Kerakli asboblar: kamertonlar to‘plami.
3. Bemorga bajarilayotgan tekshirish usuli haqida tushuntirish.
4.bemor to‘g‘ri holatda o‘taziladi va o‘tkazilayotgan sinama
haqida bemorga o‘zini qay holatda tutishi uchun ko‘rsatma
beriladi.
5.tekshirish uchun kamerton tanlanadi.
6.kamertonS128 tebratiladi. (kamertonning shoxchalari qo‘l
kaftiga uriladi).
7. kamertonning oyoqchasi bosh va ko‘rsatgich barmoqlar bilan ushlanib teppa
suyagi ustiga qo‘yiladi.
8. kamertonning tebranishi qaysi quloq tomonga yo‘nalishi bemordan so‘raladi.
9. Akumetriya natijalari xulosalanadi.
Izox: sog‘ odamda laterilizatsiya ikkala tomonda bir xil bo‘ladi.
Quloqni Jane shprisi yordamida yuvish.
Talabaga topshiriq: bir vaqtning o‘zida nima qilayotganligingiz haqida gapiring va
ko‘rgan holatni sharxlang.
1.Ko‘rsatmalar: tashqi quloqni davolash diagnostika maqsadida.
2.Kerakli asboblar: sochiq, buyraksimon tog‘oracha, Jane
shpirsi, peshona reflektori, paxtali zond va yorug‘lik
manbai.
3. Bemorga bajarilayotgan muolaja haqida va o‘zini qay
holatda tutishi haqida tushuntiriladi.
iliq furatsilin yoki ilik fiziologik eritma bilan yuviladi.
(agar quloqda yallig‘lanish jarayoni, jaroxat yeki nog‘ora
parda
quruq tiniq bo‘lsa, vestibulyar o‘zgarishlar bo‘lsa, yuvish
mumkin emas.
Bemorni to‘g‘ri holatda o‘tkazib nima muolaja bajarilishi haqida tushuntirish:
bemor to‘g‘ri holatda o‘tkazilib qayta otoskopiya qilinadi. Kuloq suprasi pastki
qismida buyraksimon tog‘oracha yaqinlashtiriladi va bemor qo‘liga beriladi yoki
yordamchi hamshira ushlab turadi.
Isitilgan, tana harorati 36 gradusdan past bo‘lmagan suyuklikni Jane shprisiga
to‘ldirilib olinadi va issiqligi tekshirilib (kaftni orqa qismiga) ko‘riladi.
chap qo‘l bilan quloq suprasi orqa va yuqoriga (bolalarda esa orqa va pastga) tortilib
tashqi eshituv yo‘li to‘g‘rilanadi
ung qo‘lga shpris olinadi, bosh barmoq bilan shprisning porsheni ushlanadi,
ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi barmoklar bilan porshen harakat qildiriladi,
shprisning uchi tashqi eshituv yo‘lining yuqori devoriga asta sekinlik bilan
qo‘yiladi va yuqori devor orqali suyuqlik yuboriladi.
quloq yuvilgandan so‘ngra qayta otoskopiya qilinadi.
tashqi eshituv yo‘li pilikcha bilan tozalanadi va quruq paxta qo‘yiladi.
Eshituv naylari faoliyatini tekshirish
Asoslash. Eshituv (yevstaxiev) nayi nog’ora pardaning tashqi muhit bilan
aloqasini ta`minlaydi. U ovqat luqmasini chaynash, yutish paytida va esnashda
ochilib, nog’ora bo’shlig’idagi atmosfera bosimini ushlab turishga yordam beradi.
Nog’ora bo’shlig’ida havo almashinuvi buzilganda, undagi havo shilliq pardaga
so’riladi, eshituv nayining havo almashinuvi va chiqarish faoliyati buzilganda esa
undagi havoning miqdori tiklanmaydi. Nog’ora bo’shlig’idagi manfiy bosim
nog’ora pardaning ichkariga botishiga olib keladi, natijada uzangi dahliz darchasiga
botadi, bu esa tovush o’tkazish faoliyatining buzilishiga va konduktiv past
eshitishning rivojlanishiga olib keladi. Eshituv nayi faoliyatining turg’un buzilishi
o’rta quloqning ekssudativ yallig’lanishi rivojlanishiga sabab bo’ladi. Bundan
tashqari, nog’ora pardadagi bosimning tiklash qobiliyati buzilishi nog’ora
pardaning qizarishi, unda qontalashlarning paydo bo’lishi, keyinchalik uning
yirtilishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun o’rta quloqning patologik
holatlarida eshituv nayi faoliyatini baholash muhim ahamiyatga ega (otit, tubootit).
Maqsad. Eshituv nayining havo almashinuvi va chiqarish faoliyatlarini
baholash.
Ko’rsatmalar. Bemorning eshituv qobiliyati pasayganligi, qulog’i og’rishi,
bitishi, autofoniya hodisasiga shikoyatlari. Surunkali yiringli o’rta otitda jarrohlik
amalini tanlash, timpanoplastika jarrohlik amalidan oldin bemorni tekshirish.
Qarshi
ko’rsatmalar.
Qarshi
ko’rsatmalar
har
bir
sinama
haqidagima`lumotlarda bayon etilgan.
Tekshiruvni bajarilishi. Eshituv nayi ventilyatsiya faoliyatining tekshiruvi
nayni puflash va undan o’tayotgan havoning shovqinini eshitishga asoslangan.
Buning uchun ikkala uchida quloq moslamalariga ega maxsus elastik (rezina)
naycha (otoskop), uchida olivaga ega rezinali nokcha (Polittser balloni), turli
o’lchamlardagi quloq kateterlari (1-chi dan 6-chi gacha) kerak bo’ladi. Eshituv
nayini puflashning navbatma-navbat bajariluvchi 5 usuli mavjud. U yoki bu usulni
bajarish imkoniyati eshituv nayi o’tkazuvchanligining 5 darajasini aniqlash
imkonini beradi. Tekshiruv paytida otoskopning bir uchi bemorning, ikkinchisi –
shifokorning tashqi eshituv yo’liga o’rnatiladi. Shifokor otoskop orqali eshituv
nayidan o’tayotgan havonining shovqinini eshitib turadi.
Oddiy yutinish sinamasi eshituv nayining yutish harakatini bajarish
paytidagi o’tkazuvchanligini aniqlash imkonini beradi. Eshituv nayining yorig’i
ochilganda, shifokor otoskop orqali o’ziga xos yengil shovqin yoki qirsillashni
eshitadi. Bu hol me`yorda kuzatiladi.
Toynbi usuli. Bemor og’zini va burnini yopgan holatda yutish harakatini
bajaradi (burun qanotlari burun to’sig’iga bosiladi). Agar eshituv nayi o’tkazuvchan
bo’lsa, unda bemor qulog’ida turtkini his etadi, shifokor esa o’tayotgan havoning
o’ziga xos shovqinini eshitadi. Ushbu sinamani bajarish uchun qarshi ko’rsatmalar
yo’q.
Valsalva usuli. Bemorga chuqur nafas olish, keyin burun va og’iz zich
yopilgan holatida burun orqali kuchli nafas chiqarish harakatini bajarish buyuriladi.
Burun bo’shlig’iga chiqarilayotgan havo bosimi ostida eshituv naylari ochiladi va
havo kuch bilan nog’ora bo’shlig’iga kiradi, bu esa bemor his etadigan yengil
qirsillash bilan kechadi, shifokor esa otoskop orqali o’ziga xos shovqinni eshitadi.
Eshituv nayining o’tkazuvchanligi buzilganda, Valsalva sinamasini bajarib
bo’lmaydi. Nog’ora parda yupqalashganda, gematotimpanumda, nog’ora pardaga
qon quyilganda ushbu sinamani bajarish man etiladi, chunki u nog’ora pardaning
yirtilishiga olib kelishi mumkin.
Polittser usuli. Quloq ballonining olivasi o’ng burun dahliziga kiritiladi va
chap qo’lning qo’rsatkich barmog’i bilan ushlanadi, birinchi barmoq bilan esa chap
burun qanoti burun to’sig’iga bosib turiladi. Otoskopning bitta olivasi bemorning
tashqi eshituv yo’liga, ikkinchisi – shifokorning qulog’iga kiritilib, bemordan
“paroxod”, “bir, ikki, uch” so’zlarni aytish so’raladi. Unli tovushni chiqarish paytida
o’ng qo’lning to’rt barmog’i bilan ballon qisiladi, bunda birinchi barmoq tirgak
bo’lib xizmat qiladi. Puflash va unli tovushni chiqarish paytida yumshoq tanglay
orqaga egilib, burunxalqumni ajratadi. Havo burunxalqumning yopiq bo’shlig’iga
kiradi va uning barcha devorlariga bir xil bosim hosil qiladi, bunda havoning bir
qismi kuch bilan eshituv nayining xalqum teshiklariga kiradi, bu esa otoskop orqali
eshitilayotgan o’ziga xos tovush bilan namoyon bo’ladi.
Keyin chap burun dahlizi orqali xuddi shu usulda chap eshituv nayi Polittser
bo’yicha puflanadi. Burun bo’shlig’ining o’tkir yallig’lanish kasalliklarida (o’tkir
rinit, o’tkir gaymorit) ushbu usulni bajarish man etiladi, chunki burun bo’shlig’ining
patologik ajralmasi havo bilan birga nog’ora bo’shlig’iga kirishi va u yerda turli
yiringli yallig’lanishni keltirib chiqarishi mumkin.
23 rasm. Eshituv naylarini quloq naychalari orqali havo yuborish.
Eshituv naylarini quloq naychalari orqali havo yuborish. Dastlab burun
bo’shlig’ining shilliq pardasi anestetiklarning biri bilan og’riqsizlantiriladi (10%
lidokain aerozoli, 2% tetrakain eritmasi). Shifokorning va bemorning qulog’iga
otoskopning olivalari kiritiladi. Naycha xuddi yozuv ruchkasiday o’ng qo’lga
olinadi. Old rinoskopiyada naycha tumshug’i pastga qaratilgan holda burun
bo’shlig’ining tubi bo’ylab burunxalqumning orqa devorigacha o’tkaziladi. Keyin
tekshiruvchi naychani 90° ga ichkari tomonga buraydi va nachaning tumshug’i
dimog’ suyagiga tekkuncha o’zi tomon tortadi. Shundan so’ng, ehtiyotkorlik bilan
naychaning tumshug’i pastga va keyin yana taxminan 120° ga tekshirilayotgan
quloq tomonga buraydi, bunda naychaning halqasi va uning tumshug’i ham
taxminan teshirilayotgan tomondagi ko’zning tashqi burchagiga qaratilgan bo’lishi
lozim. Bunday holatda naychaning tumshug’i eshituv nayining xalqum teshigiga
tushadi, bu esa odatda barmoqlar bilan his etiladi (23 rasm). Naychaning bir uchi
ballonga ulangan bo’lib, u yengil qisiladi. Havo eshituv nayidan o’tayotganda
bemorning qulog’ida o’ziga xos shovqin eshitiladi.
Eshituv nayining havo almashinuvi faoliyati bilan bir qatorda, uning chiqarish
faoliyatini ham tekshirish lozim. Ushbu faoliyat turli rangli suyuqliklarni nog’ora
bo’shlig’idan burunxalqumga o’tish vaqti bilan baholanadi, buni esa faqat nog’ora
pardada teshik mavjud bo’lgandagina bajarish mumkin bo’ladi. Bunda endoskop
yordamida eshituv nayining xalqum teshigi sohasi ko’zdan kechiriladi. Tekshiruvda
turli bo’yoqlar, masalan, ko’k metilendan faydalaniladi. Chiqarish faoliyatini
bemorning ta'mni his etish qobiliyati yordamida (saxarin bilan sinama) yoki kontrast
suyuqliklardan foydalanib bajarilgan eshituv nayining rentgenografiyasi yordamida
ham baholash mumkin. Tekshiruv uchun tanlangan suyuqlik nog’ora pardadagi
teshik orqali nog’ora bo’shlig’idagi eshituv nayining timpanal teshigiga kiritiladi.
Eshituv nayining drenaj faoliyati yaxshi bo’lgan hollarda yuborilgan suyuqlik
burunxalqumda 8-10 daqiqadan so’ng, qoniqarli bo’lganda — 10-25 daqiqadan
so’ng, qoniqarsiz bo’lganda – 25 daqiqadan ko’p vaqtdan so’ng paydo bo’ladi.
Ushbu tekshiruvni rejalashtirilgan jarrohlik amalidan 3-4 haftadan kam bo’lmagan
muddatda o’tkazish talab etiladi.
Natijalarni baholash. Agar bajarilgan barcha sinamalar musbat natija bersa,
unda eshituv nayining o’tkazuvchanligi I darajali deb baholanadi; agar musbat
natija faqat naycha orqali havo yuborilganda olingan bo’lsa, unda nayning
o’tkazuvchanligi V darajali deb baholanadi.
Natijaga ta`sir etuvchi omillar. Tekshiruvchining tajribasi.
Burun to’sig’i qiyshiqligi, unda chandiqlar, tishchalar, tikanchalar mavjudligi,
burun polipozi, burun yo’llarining tug’ma torligi eshituv nayiga naycha orqali havo
yuborish tekshiruvini bajarish paytida qiyinchiliklar tug’dirishi mumkin.
Asoratlar. Burunxalqum yon devorlari shilliq pardasining shikastlanishi va
oqibatda emfizema.
Alternativ usullar. Dinamik timpanometriya tekshiruvi eshituv nayining
faoliyatini baholashda ob'ektiv usul hisoblanadi va nog’ora bo’shlig’idagi bosim
miqdorini aniqlash, u yoki bu sinamani bajarish paytida uning gradientini hisoblab
chiqish imkonini beradi.
Eshituvni shivirlash va oddiy ovozdagi nutq yordamida tekshirish
Sinonimlari. Akumetriya.
Asoslash. Eshituv faoliyatini baholash quloqning turli kasalliklarini aniqlash,
jarrohlik amalini bajarish maqsadga muvofiqligi masalasini hal etish, kasbiy tanlov,
profilaktik ko’riklarda past eshituvchi bolalarni aniqlab, ularni erta reabilitatsiya
qilish maqsadini ko’zlaydi. Eshituv faoliyatini nutq yordamida tekshirish usuli
ijtimoiy eshituvni baholash uchun eng adekvat usul hisoblanadi. Ushbu usul oddiy
bo’lib, maxsus uskunalarni talab qilmaydi.
Maqsad. Bemor qaysi masofadan shivirlab va oddiy ovozda aytilgan nutqni
yoki qichqiriqni eshitishini aniqlash.
Ko’rsatmalar. Eshituv pasayishiga doir shikoyatlar. Eshituv faoliyatining
buzilishi bilan kechuvchi turli kasalliklar. Dispanserizatsiya.
Qarshi ko’rsatmalar. Tekshiruvni bajarishga xalaqit berayotgan bemorning
umumiy holati (koma, umumiy holatining og’irligi, es-hushining yo’qotilishi,
nutqining buzilishi, karlik).
Tekshiruvni bajarilishi. Tinch va tovushlarni keraksiz yutilishi yoki aks
ettirilishini bartaraf etish uchun ortiqcha jismlardan xoli bo’lgan yetarlicha
o’lchamdagi xona bo’lishi maqsadga muvofiq. Bemor tekshirilayotgan qulog’ini
shifokorga qaratib, undan 6 metr masofada joylashadi. Uning qarama qarshi qulog’i
do’mboqchasini tashqi eshituv yo’liga bosish yo’li bilan zich berkitiladi (buni
bemorning o’zi yoki yordamchi bajaradi). II va III barmoqlarni bir-biriga ishqalash
bilan shitirlash tovushini hosil qilib, eshituvni “o’chirish” usulidan foydalanishi
mumkin.
Bemorga eshitgan so’zlarni baland ovozda qaytarish zarurligi tushun-tiriladi.
Lablardan o’qish imkonini bartaraf etish uchun bemor shifokor tomonga emas,
boshqa tomonga qarab turadi. Tekshiruvchi nafas chiqarilgandan keyin qolgan
havodan foydalanibavval shivirlab past basli tovushdagi so’zlarni, keyin baland
tovushli so’zlarni aytadi. Buning uchun K.A.Agzamov tomonidan tuzilgan maxsus
so’zlar jadvalidan foydalaniladi (Jadval 1).
Ushbu so’zlar tabiiy nutqni to’liq aks ettirmasligi tufayli tekshiruvga murakkab
so’zlar kiritiladi, masalan: parovoz, aeroport, muvaffaqiyat va boshqalar.
Xususiy belgilar bo’yicha so’zlar tanlovini yengillashtirish uchun maxsus
jadvallar mavjud, masalan Voyachek jadvali. Agar bemor 6 metrmasofadan
eshitmasa, unda shifokor masofani 1 metrga qisqartiradi (taxminan bir qadamga) va
tekshiruvni qayta takrorlaydi. Bemor shifokor tomonidan aytilgan barcha so’zlarni
takrorlaguncha masofa qisqartirib borilaveradi. Ushbu tekshiruvning miqdoriy
natijasi bemor shivirlab aytilgan so’zlarni eshita boshlagan masofani aks ettiruvchi
metrlarda ifodalanadi. Oddiy ovozdagi nutq yordamida tekshiruv ham xuddi shu
qoidalar bo’yicha bajariladi.
Jadval 1
Maxsus so’zlar jadvali (K.A.Agzamov)
Shivirlaganda
eshitish
qobiliyati
me’yorda bo’lgan quloqning tahminan
6 metr masofadan eshitiladigan so’zlar
Shivirlaganda
eshitish
qobiliyati
me’yorda bo’lgan quloqning tahminan
20 metr masofadan eshitiladigan so’zlar
O’n
Non
aya
Archa
Un
Nor
Soya
Aziza
O’r
Omor
Ziya
Ariza
Ur
Osmon
Yana
Jizza
Nur
O’rmon
Yara
Jiyda
Umr
Unvon
Yasa
Joy
Unum
O’rov
Yasha
Choy
Umum
O’mrov
Shisha
Soy
Mum
O’rin
Aka
Ishchi
Nom
urin
Sirka
Yassi
Natijalar tahlili. Me`yorda shivirlab aytilgan so’zlarni bemor 6 metr
masofadan, odatdagi nutq bilan aytilgan so’zlarni — 20 metr masofadan eshitadi.
Tovushni o’tkazish tizimi zararlangan konduktiv past eshitishda bemorlar past
tovushlarni, tovushni qabul qilish tizimi zararlangan sensonevral past eshitishda esa
bemorlar baland tovushlarni yomonroq eshitadilar.
Natijaga ta`sir etuvchi omillar. Tekshiruv sub'ektiv usul bo’lib, bemorning
umumiy holati, tekshiruvchi nutqining o’ziga xosligi, tekshiruv o’tkazilayotgan
xonaning akustik xususiyatlari kabi qator omillarga bog’liq bo’ladi.
Bemorning sub'ektiv holati, aytilayotgan so’zlarning balandligini boshqarib
bo’lmasligi, shifokor nutqining o’ziga xos xususiyatlari, begona shovqinlarning
mavjudligi kabi omillar tekshiruvni qiyinlashtirishi mumkin.
Asoratlar. Yo’q.
Alternativ usullar. Nutqiy audiometriya.
Eshituvni kamertonlar yordamida tekshirish
Asoslash. Eshituvning holatiga doir ma`lumotlar quloq kasalliklari
diagnostikasi, jarrohlik amalini tanlash masalasini hal etish, kasbiy tanlov va eshituv
apparatini tanlash uchun zarur. Eshituv tekshiruvlari past eshitishlikni erta aniqlash
va bemorning ijtimoiy faoliyati tiklanishi uchun muhim ahamiyatga ega.
Tovushni o’tkazish va tovushni qabul qilish tizimining zararlanishini aniqlash
uchun havo va suyak o’tkazuvchanligi bo’yicha har bir quloqning past, o’rtacha va
yuqori to’lqinli tovushlarni qabul qilish darajasini aniqlash.
Ko’rsatmalar. Etiologiyasi turlicha bo’lgan eshituv buzilishlari, kasbiy tanlov,
dispanserizatsiya, eshituvni yaxshilash jarrohlik amalining hajmini tanlash uchun
jarrohlik amalidan oldingi tekshiruv.
Qarshi ko’rsatmalar. Yo’q.
Tekshiruvni bajarilishi. Tekshiruv kamertonlarning tovush to’lqinlarini
tarqatish vaqtini hisobga olgan holda turli sinamalarni bajarishdan iborat.
Havo o’tkazuvchanligini tekshirish uchun girkali C-128 va girkasiz C-2048
kamertonlardan foydalaniladi. Pastto’lqinli C-128 kamertoni shoxchalarini kaftning
tepachasigaurish orqali tebratiladi. C-2048 kamertoni ikki barmoqlar bilan uzlukli
bosish yoki tirnoq bilan chertib urish orqali tebratiladi. Tebranib turgan kamerton
tashqi eshituv yo’liga 0,5 sm. masofada shunday ushlab turiladiki, bunda uning
branshlari tashqi eshituv yo’li o’qi tekisligi bo’yicha tebranishi lozim. Kamerton
urilgan paytidan bemor uning tovushini eshitib turishigacha bo’lgan vaqt o’lchanadi.
Bemor kamerton tebranishini eshitmay qolgandan keyin, u qoloqdan uzoqlashtiriladi
va qayta tebratmasdan yana yaqinlashtiriladi. Bemorning oxirgi javobiga qarab vaqt
belgilanadi. Suyak o’tkazuvchanligi faqat C-128 kamertoni yordamida tekshiriladi,
chunki yuqorito’lqinli kamertonlarni quloq havo orqali eshitadi. Tebranib turgan
C-128 kamertoni oyoqchasi bilan so’rg’ichsimon o’simta sohasiga qo’yiladi,
tebranishining muddati sekundomer yordamida o’lchanadi.
Klinik amaliyotda kamertonlar yordamidagi quyidagi sinamalar yoki tajribalar
keng tarqalgan:— Rinne, Veber, Jelle, Federichi tajribalari. Ushbu tajribalarni
bajarish uchun C-128 kamertonidan foydalaniladi. Ayrim mualliflar C-512
kamertonidan ham foydalanishni tavsiya qiladilar.
Rinne tajribasi (R) havo va suyak o’tkazuvchanligi muddatlarini
taqqoslashdan iborat. Jaranglab turgan kamerton so’rg’ichsimon o’simta sohasiga
qo’yiladi; uning tebranishi to’xtagandan keyin (bemorning javobiga ko’ra)
kamerton qayta tebratilmagan holda tashqi eshituv yo’li sohasiga yaqinlashtiriladi.
Agar bemor uni havo orqali eshitishni davom etsa, unda test “R+”, ya'ni musbat deb
baholanadi. Bu esa havo orqali o’tkazuvchanlik suyak orqali o’tkazuvchanlikdan
ko’proq ekanligini anglatadi.
Veber tajribasi (W) tovush to’lqinlarining yo’nalishini baholash imkonini
beradi. Tebranib turgan C-128 yoki C-512 kamertoni boshning tepa,peshona,burun
negizi yoki iyak sohasimarkaziga qo’yiladi. Bunda kamerton yumshoq to’qimali
tekislikda joylashishi muhim ahamiyatga ega, chunki aks holda yuqorito’lqinli
obertonlar (shovqinlar) hosil bo’lishi kuzatiladi. Tebranib turgan kamertonning
branshlari frontal tekislikda joylashishlari lozim.
Jelle tajribasi (G) xususan otosklerozdagi uzangichaning harakatsizlanishi
bilan bog’liq bo’lgan konduktiv past eshitishlikni aniqlash imkonini beradi.
Tebranib turgan kamerton bosh teppasiga qo’yiladi va bir vaqtning o’zida pnevmatik
quloq ko’zgusi yordamida tashqi eshituv yo’lidagi havoning zichligi oshiriladi.
Kompressiya paytida bemor eshituvi pasayganligini his etadi, bu esa uzangini dahliz
darchasi chuqurchasiga botishi hisobidan tovush o’tkazilishining pasayishi bilan
izohlanadi. Bunday hollarda tajriba (G+), ya`ni musbat deb baholanadi.
Federichi tajribasida (F) tebranib turgan C-128 kamertoni tovushining
so’rg’ichsimon o’simta va quloq do’mboqchasi sohalaridan eshitish muddatlari
taqqoslanadi, bunda quloq do’mboqchasi tashqi eshituv yo’lini berkitib turgan
holatda bo’lishi lozim. Tebranishi tugagandan keyin kamerton oyoqchasi
so’rg’ichsimon o’simta sohasidan olinib, quloq do’mboqchasiga qo’yiladi.
Natijalar tahlili. Tovushni o’tkazish tizimi zararlanganda (konduktiv past
eshitishlik) pastto’lqinli C-128 kamertonini havo orqali eshitilishi yomonlashadi,
suyak o’tkazuvchanligi tekshirilganda esa uning tovushi davomliroq eshitiladi.
Tovushni qabul qilish tizimi zararlanganda (sensonevral past eshitishlik)
yuqorito’lqinli C-2048 kamertoni havo orqali eshitilishi buziladi. Bunda kamerton
tebranishining muddati hamhavo, ham suyak orqali proportsional tarzda kamayadi.
Ushbu ko’rsatkichlarning nisbati me`yorligicha qoladi (taxminan 2:1).
Rinne musbat (R+) natija me`yoriy eshituvda va sensonevral past eshitishlikda
kuzatiladi. So’rg’ichsimon o’simtava tashqi eshituv yo’li sohalarida kamerton
tebranishini eshitish to’xtagandan keyin (bemor uni eshitmaydi), test manfiy deb
baholanadi. Bu holat konduktiv past eshitishlikda kuzatiladi. Ba`zan Rinne testi
“musbat”
yoki
“manfiy”
atamalari
tekshiruvchini
chalkashtiradi.
Buni
yengillashtirish uchun AC (air conduction – tovushni havo orqali o’tkazuvchanlik)
va BC (bone conduction —tovushni suyak orqali o’tkazuvchanlik) belgilari
qo’llaniladi. Bu holda test AC > BC ( Rinne musbat) yoki BC > AC ( Rinne manfiy)
deb baholanadi.
Veber tajribasining natijalari baholanganda shuni ta'kidlash lozimki, me`yorda
bemor tovushini boshining o’rtasi yoki ikkala quloq bilan bir xil eshitadi. Bir
tomonlama konduktiv past eshitishda tovushto’lqinlarini yo’nalishi zararlangan,
ya`ni yomon eshitadigan quloq tomon, bir tomonlama sensonevral past eshitishlikda
esa sog’lom, ya`ni yaxshi eshitadigan quloq tomonda bo’ladi. Ikki tomonlama
konduktiv past eshitishda tovushni yo’nalishi yomonroq eshitadigan quloq tomonga,
ikki tomonlama sensonevral past eshitishda esa yaxshiroq eshitadigan quloq
tomonga bo’ladi. Tajriba juda sezgir bo’lib, hatto eshituv bo’sag’asi 5 dB ga oshgan
yengil konduktiv past eshitishda tovush to’lqinlarini yo’nalishi kuzatiladi. Ushbu
test amaliyotda keng qo’llanilishiga qaramasdan, chunki u diagnostik jihatdan
ishonchli va ahamiyatli, uning akustik tabiati yetarlicha tushunarli emas.
Jelle musbat (G+) natija, ya`ni kompressiya paytida tovush eshitish
qobiliyatining pasayishi me`yorda va sensonevral past eshitishlikda kuzatiladi.
Uzangi harakatsizlanganda, tovushning eshitilishida hech qanday o’zgarish
kuzatilmaydi, ya'ni Jelle testi manfiy (G-) bo’ladi.
Federichi musbat (F+) natija me`yorda va sensonevral past eshitishlikda (quloq
do’mboqchasi sohasida kamertonning tebranishi davomliroq eshitiladi), manfiy
(F-) natija esa tovushni o’tkazish tizimi zararlanganda kuzatiladi.
Tekshiruv imkoniyatlari. Ushbu tekshiruv usullari sub'ektiv bo’lib,
kamertonning tebratish paytidagi tovushining kuchiga, uning xususiyatlariga bog’liq
bo’ladi. Rinne testining sezgirligi shundan iboratki, otosklerozning boshlang’ich
bosqichlarida u faqatgina pastto’lqinli C-128 kamerton yordamida bajarilganda
manfiy bo’lsa, jarayon keskinlashgan davrida va 20 dB ortiq konduktiv past
eshitishlikda C-128, C-512 va C-1024 kamertonlar yordamida bajarilganda ham
manfiy bo’ladi. Veber testining sezgirligi eng yuqori deb baholanadi, chunki eshituv
bo’sag’asi 5 dB ga oshgan konduktiv past eshitishlikda ham tovushni og’ishi
(lateralizatsiyasi) hodisasi qayd etiladi. Eshituv buzilishining xarakterini (konduktiv
yoki sensonevral past eshitishlik) to’g’ri baholanishi faqat yuqorida qayd etilgan
testlar natijalari asosida bo’ladi.
Natijaga ta`sir etuvchi omillar. Shuni ta`kidlab o’tish lozimki, vaqt o’tgan
sari kamertonlar o’z xususiyatlarini o’zgartiradilar. Ularning jaranglashiga havoning
namligi, bosimning o’zgarishi ta`sir qilishi mumkin, bu esa olingan natijalarning
sub'ektiv xarakterini oshiradi.
ESHITUV A`ZOSI FAOLIYATINI TEKSHIRISH USULLARI
Asoslash. Eshituv faoliyatini buzilishi bilan kechgan kasalliklar keng
tarqalganligi hamda o’z vaqtida davolash va reabilitatsiya tadbirlarini o’tkazish
uchun ularni erta aniqlash zarurligi ushbu kasalliklarni aniqlashdamuhim
ahamiyatga ega. Hozirgi kunda surdologik markazlar va xonalarning zamonaviy
asbob-uskunalar bilan jihozlanishi sub`yektiv va ob`yektiv tekshiruv usullardan
foydalanib eshituv buzilishlarini o’z vaqtida aniqlash imkonini beradi.
Eshituvni buzilishi eshituv a`zosining tovushni o’tkazish (tashqi eshituv yo’li,
o’rta quloq, ichki quloqning perilimfasi) va tovushni qabul qilish qismlariga salbiy
ta`sir etuvchi patologik jarayon bilan bog’liq bo’lishi mumkin. Tovushni qabul qilish
qismi eshituv tizimining periferik qismi - Korti a`zosi va eshituv retseptorlari
(tashqi va ichki tukli hujayralar), spiral gangliy, eshituvni o’tkazish yo’lining turli
maydonida joylashgan tuzilmalari (eshituv o’zaklari, tashqi sirtmoq, to’rt
tepachaning orqa tepachalari, ichki tizzali tanacha, bosh miyaning chakka bo’lagi
(Geshle egati) dan tashkil topgan.
Eshitish qobiliyati yomonlashganligiga shikoyat qilgan bemorni tekshirish
paytida birinchi navbatda, eshituvni o’tkazish yo’lining topografik anatomiyasiga
asoslanib past eshitishning turi (konduktiv, sensonevral, aralash) va eshituvni
buzilish darajasi aniqlanadi. Qiyosiy tashxisniesa faqat eshituv va muvozanat
qismlaridan tashkil topgan statoakustik a`zoningchuqur tekshiruvidan so’ng bajarish
mumkin bo’ladi. Eshituvni tekshirishdan oldin anamnez ma`lumotlari batafsil
yig’ish va bemorni ko’zdan kechirish (quloq, tomoq va burunni tekshirish va
otomikroskopiya) talab etiladi. Shunday qilib, eshitish qobiliyati buzilganiga
shikoyat qilgan barcha bemorlarni audiologik teshiruvdan o’tkazish paytida
quyidagi tartibga rioya qilish lozim:
1) anamnez ma`lumotlarini yig’ish (past eshitishni mavjudligi, uning
imkoniyatlari, boshdan kechirgan quloqning o’tkir va surunkali kasalliklari va
shikastlari bilan bog’liqligi; sub'ektiv shovqinni his etish va uning xarakteri; shovqin
sharoitida eshituvni yaxshilanishi; doimiy va xurujli bosh aylanishlar, ko’ngil
aynishi; kasallikning davomiyligini aniqlash va h.k.).
2) quloq, tomoq, burunni ko’zdan kechirish va imkon qadar otomikroskopiyani
bajarib, burun va burunxalqumning yo’ldosh kasalliklariga alohida e`tibor berish;
3) shivirlash va oddiy ovoz nutqini eshitish qobiliyatini tekshirish;
4) kamerton yordamida tekshirish;
5) audiometriya tekshiruvi.
Zamonaviy audiometrik testlar quyidagi asosiy guruhlarga bo’linadi:
psixoakustik usullar (tonal bo’sag’ali, bo’sag’austi va nutqiy audiometriya); akustik
impedansometriya (timpanometriya va uzangi mushagining akustik refleksini qayd
qilish); chaqirilgan eshituv potentsiallarining turli sinflarini va otoakustik emissiyani
qayd qilish.
Tonal bo’sag’ali audiometriya tekshiruvi
Maqsad. Tonal bo’sag’ali audiometriya tekshiruvining maqsadi 50%
tovushlar orasida bemor eshitgan eng kuchsiz eshituv bo’sag’alarini (eshitish
qobiliyati bo’sag’alarini) aniqlashdan iborat.
Ko’rsatmalar. Bemorning eshituvi pasayganligiga shikoyatlari.
Tayyorgarlik. Audiometrik testlarni bajarish uchun ma'lum sharoit yaratilishi
lozim. Audiometriyani tovush to’lqinlaridan himoyalangan maxsus xonada
o’tkazish maqsadga muvofiq. Agar tekshiruv talabga javob bermagan sharoitda
o’tkazilsa, unda ma'lum eshituv bo’sag’alarini oshishiga sabab bo’lganatrof
shovqinlar audiometriya natijalariga ta`sir etishi mumkin. Buni bartaraf etish uchun
tekshiruvni tovush to’lqinlarini so’ndiruvchi kameralarda o’tkazish va maxsus
quloq ichi telefonlaridan foydalanish lozim. Quloq ichi telefonlari audiometrik
tekshiruv aniqligini oshirish vaatrof shovqinlarni 30-40 dB ga kamaytirish imkonini
beradi. Bunda bemorning eshituv qulayligi ko’rsatkichi oshib, niqobli shovqindan
foydalanish zarurati 70-100 dB gacha pasayadi va testlarni takrorlash darajasi yuqori
bo’ladi.
Tekshiruvni
bajarilishi.
Tonal
bo’sag’ali
audiometriya
tekshiruvi
audiometrlar
yordamida
bajariladi.
Audiometrlar
ishlashi
va
boshqaruv
imkoniyatlari bilan bir-biridan farq qiladi. Audiometrlarda 125 dan 8000 Gts gacha
tovush to’lqinlarining to’plami mavjud (ayrim audiometrlarga qo’shimcha 10 000,
12 000 va 16 000 Gts tovush to’lqinlari kiritilgan bo’lib, tovush to’lqinlarini 67,5
Gts qadam bilan o’zgartirish imkoniga ega). Akustik signal — bu sof ton yoki
tortasmali shovqindan iborat bo’lib, yuborilayotgan signalning shiddati me`yoriy
eshituv bo’sag’alariga nisbatan 5 dB li qadam bilan O dB dan 110 dB gacha (ayrim
audiometrlarda 120 dB gacha) o’zgartirib boriladi. Shiddatni 1 va 2 db qadam bilan
o’zgartirish imkoniga ega audiometrlar ishlab chiqilgan. Barcha audiometrlarga esa
125, 250 va 8000 Gts tovush to’lqinlarida shiddatni cheklash imkoni kiritilgan.
Audiometrlar ikki havoli telefonlarga ega bosh qismi, suyak o’tkazuvchanligini
tekshirish uchun suyak tebratgichi, bemor uchun tugmacha va nutqiy
audiometriyada magnitafonga (yoki kompakt disklarni ishlatish uchun asbobni)
ulanadigan pastto’lqinli mikrofon bilan jihozlangan (24 rasm).
24 rasm. Audiometriya tekshiruvi
Tovushni havo orqali o’tkazuvchanligini tekshirish. Tekshiruv yaxshiroq
eshitadigan quloqdan boshlanadi. Agar bemor qaysi qulog’i yaxshiroq eshitishini
bilmasa, unda tekshiruv o’ng quloqdan (chapaqaylarda chap tomondan) boshlanadi.
Havoli telefonlar orqali bemorning qulog’iga bir to’lqinli sof (sinusoidal) tovush
tonlari uzatiladi. Tekshiruv bemor oson aniqlaydigan shiddatdan boshlanib, asta-
sekin signalning shiddati 10 dB qadam bilan to eshituv hissiyoti yo’qolguncha
pasaytirib boriladi, keyin u eshituv hissiyoti paydo bo’lguncha 5dB qadam bilan
oshirib boriladi. Bo’sag’a ko’rsatkichlari audio-grammalarda qayd qilinadi.
Tovushni suyak orqali o’tkazuvchanligini tekshirish. Tovushni suyak
orqali o’tkazuvchanligini tekshirish chig’anoq sezgirligini baholash va tovush
to’lqinlarining har birida konduktiv qism mavjudligini (suyak-havo oralig’i)
aniqlash imkonini beradi. Bunda so’rg’ichsimon o’simtada o’rnatilgan suyak
tebratgichdan foydalaniladi.
Eshituv bo’sag’alarini tekshirish paytidagiuzatilayotgan tovush to’lqinlari
havo o’tkazuvchanlik tekshiruviga o’xshash bo’ladi. Tekshiruv 1000 Gts tovush
to’lqinlaridan boshlanib, 2000 va 4000 Gts gacha oshirib boriladi va keyin 500 va
250 Gts gacha pasaytirib boriladi. Ko’pgina audiometrlar 125, 6000 va 8000 Gts
tovush to’lqinlarida suyak orqali eshitish bo’sag’alarini aniqlash imkoniga ega emas,
ayrim zamonaviy asboblarda esa 6000 Gts tovush to’lqinlari mavjud.
Niqoblash. Sof tonlar yordamida bajarilgan tekshiruv eshitish qobiliyati
me`yorda va ikki tomonlama past eshitish bilan og’rigan insonlarda qo’llaniladi.
Ammo bunday tekshiruvni bir tomonlama past eshitishi yoki karlik, simmetrik
bo’lmagan ikki tomonlama past eshitish (quloqlararo eshituv bo’sag’alarining farqi
ko’p bo’lganda) bilan og’rigan bemorlarda qo’llab bo’lmaydi. Bemorni (yoki
yomonroq eshitadigan quloqni) tekshirish paytida uzatilayotgan tovush to’lqinining
shiddati shu qadar ulkan bo’ladiki, hatto u kalla suyagi orqali qarama-qarshi
(sog’lom yoki yaxshiroq eshitadigan) quloqga tarqalib, u zararlangan quloqga
nisbatan ertaroq eshitadi. Shundaeshituv bo’sag’alari qaydqilinishi mumkin.
Quloqlararo susayish hodisasi tovush to’lqinlarini kalla suyagi to’qimalaridan
qarama-qarshi quloq tomonga o’tayotganda akustik energiyani yo’qotilishini
bildiradi. Havo orqali o’tkazuvchanlikdagi quloqlararo susayish xodisasi me`yoriy
eshituv bo’sag’alarining 40-60 dB ni tashkil qilsa (tovush to’lqiniga qarab), suyak
orqali o’tkazuvchanlikda ushbu ko’rsatkich pastroq bo’lib, 250 Gts to’lqinda 0 dB
dan 4000 Gts to’lqinda 15 dB gacha bo’ladi. Quloq ichi telefonlaridan
foydalanilganda, quloqlararo susayish hodisasini eshituv bo’sag’alariga nisbatan 70
dB gacha ko’payishiga erishish mumkin, shuning uchun turli darajali past
eshitishlarda o’ng va chap quloqlarda “haddan tashqari eshitish” hodisasi xavfi
mavjud bo’ladi. Masalan, bir tomonlama sensonevral past eshitishda aniqlangan
soxta konduktiv past eshitish qayd qilish mumkin. Tekshirilmayotgan quloqni 60-
70 dB kuchga ega keng yoki tortasmali shovqin yordamida o’chirish (niqoblash)
soxta natijalarni bartaraf etishga yordam beradi.
Niqoblovchi shovqinlar turlari:
- Oq shovqin. U barcha tovush to’lqinlarida bir xil keng tasmali spektrga ega
bo’lib, amaliyotda ayniqsa keng foydalaniladi. Oq shovqinni uzatish tonal va nutqiy
audiometriyada
yetarlicha
samara
beradi,
ammo
bunda
eshituvni
tez
toliqishikuzatiladi. Past to’lqinlarda oq shovqinning niqoblovchi ta`siri yuqorida
aytib o’tilgan sabablar tufayli pasayadi.
- Tor tasmali shovqin. U audiometriyada tanlangan teng kuchli to’lqinlarning
tor diapozonidan iborat bo’lib, oq shovqinga nisbatan samaraliroq, ammo nutqiy
audiometriyani bajarish paytida uning samaradorligi sezilarli pasayadi.
- Nutq tovush to’lqinlarining spektriga ega shovqin. U oq shovqinni past va
o’rta tovush to’lqinlarida filtrlash yo’li bilan olinadi va nutqiy audiometriyada
qo’llaniladi.
Niqoblash usullari samarali, yetarlicha samarali bo’lmagan va haddan tashqari
niqoblashlarga bo’linadi.
- Samarali niqoblash “haddan tashqari eshitish” hodisasini bartaraf qilib,
tekshirilmayotgan yoki yaxshiroq eshitadigan quloqni o’chirish uchun kerakli
bo’lgan shovqin sathini aniqlashga yordam beradi.
- Yetarli bo’lmagan niqoblash yaxshiroq eshitadigan quloqga uzatilayotgan
shovqin “haddan tashqari eshitish” hodisasini bartaraf etish uchun yetarlicha
balandlikka ega bo’lmaganda paydo bo’ladi. Bemor tekshirilmayotgan qulog’i bilan
tonni niqoblovchi shovqinni ham birga eshitadi. Niqoblovchi shovqin kuchining
oshirilishi tekshirilmayotgan quloqda “soxta” eshituv bo’sag’alarinibartaraf etishga
va tekshirilayotgan quloqda chin eshituv bo’sag’alarini aniqlashga yordam beradi.
- Haddan tashqari niqoblash kuchi har safar 10 dB ga oshirilganda eshituv
bo’sag’asini 10 dB ga yoki undan ortiq oshishiga olib kelganda paydo bo’lib,
odatda havo o’tkazuvchanligi bo’sag’asini aniqlash tekshiruvida kuzatiladi.
Natijalar tahlili. Audiogramma – bu turli tovush to’lqinlari uchun eshituv
bo’sag’alarni me`yoriy bo’sag’alardan og’ishini aks ettiruvchi qiyshiq chiziq, ya'ni
bemorning turli to’lqinli sof tonlarni eshitish va nutqni aniq qabul qilish
qobiliyatining grafik manzarasi. Audiogrammadagi vertikal chiziqlar tovush
to’lqinlarini, gorizontal chiziqlar – ularning 0 dB dan (audiogrammaning yuqori
qismida), to 110 dB gacha (asosida) bo’lgan shiddatini aks ettiradi.
O’rta quloq kasalligida tovush cignallarini tashqi eshituv yo’lidan ichki
quloqga o’tkazilishini buzilishi sabali havo orqali o’tkazuvchanlikda eshituv
bo’sag’alari u yoki bu darajada oshadi. Bunda suyak orqali o’tkazuvchanlik
tekshirilgandatovush signallarni eshitish qobiliyati me`yorda qoladi, chunki
chig’anoqning retseptor a`zosi va eshituv yo’lining tuzilmalari saqlanib qolgan
bo’ladi.
Me`yorda havo va suyak orqali o’tkazuvchanliklarni tekshirish paytida eshituv
eshituv bo’sag’alari bir-biriga mos kelib, 5-10 dB orasida jaylashadi (25 rasm).
25 rasm. Me`yoriy audiogramma.
26 rasm. Konduktiv past eshitish bilan og’rigan bemorning audiogrammasi
Havo va suyak orqali o’tkazuvchanliklarni tekshirish paytida aniqlangan
eshituv bo’sag’alari orasidagi farq audiogrammada suyak-havo oralig’i shaklida
namoyon bo’ladi (26 rasm). Konduktiv past eshitishda ko’pincha havo orqali
o’tayotgan past to’lqinli tovushlarga nisbatag eshituv bo’sag’alarini oshishi qayd
etiladi. Masalan, ekssudativ o’rta otitda eshituv bo’sag’alari past to’lqinlarda 20-40
dB ga oshadi.
Aralash past eshitishda eshituv bo’sag’alarini bir xil oshishi kuzatiladi.
Shuni ta`kidlash lozimki, suyak orqali o’tkazuvchalik tekshiruvidagi eshituv
bo’sag’alarning
ko’rsatkichlari
havo
orqali
o’tkazuvchanlikda
olingan
ko’rsatkichlaridan oshmaydi. Bundan tashqari, havo orqali o’tkazuvchanlik
bo’sag’alari ancha yuqori bo’lganda va kalla suyagining ayrim kasalliklarida
(masalan, zahm jarayonida suyak to’qimalarini yemirilishida) suyak orqali
o’tkazilgan tovushlarni eshitmaslik hollari uchrashi mumkin. Bu telefon (110-120
dB) va suyak tebratkichining (tovush to’lqiniga qarab 45-70 dB) eng yuqori
shiddatlarorasidagi tafovut bilan bog’liq.
Havo orqali o’tkazuvchanlik bo’yicha eshituv bo’sag’alarini 45 dB atrofida
oshishi hamda shu to’lqinlarda suyak orqali o’tkazuvchanlikni yo’qligini aks
ettiruvchi audiogramma xato audiogramma,deb baholanadi (27 rasm).
Pastda tovush to’lqinlarini o’tkazish tizimining buzilishlarida olingan ayrim
audiogrammalar namunalari keltirilgan.
27 rasm. Xato audiogramma.
Otoskleroz kasalligida 2 kGts maydonida tovush to’lqinini qabul qilish
bo’sag’alarining oshishi bilan kechuvchiqo’shimcha konduktiv past eshitish
(audiogrammada suyak orqali o’tkazuvchanlik bo’yicha 500 dan 4000 Gts tovush
to’lqinlarini eshitishni pasayishi bilan bog’liq Karxart chuqurchasini paydo bo’lishi)
kuzatiladi (28 rasm).
28 rasm. Otoskleroz bilan og’rigan bemorning audiogrammasi.
Anamnez ma`lumotlari (eshituvning bir tomonlama asta-sekin pasayib borishi
va keyinchalik ikki tomonlama past eshitishlikga o’tishi, quloqlar shang’illashi,
shovqin sharoitida nutqni anglash qobiliyatini yaxshilanishi) va otoskopiya
natijalari (nog’ora pardalar o’zgarmagan yoki yupqalashganligi) aniq tashxis
qo’yishda yordam beradi.
Sensonevral past eshitishda (Korti a`zosining sezuvchan hujayralari
zararlanganda) va tovush to’lqinini o’tkazish tizimi buzilmagan hollarda havo va
suyak orqali o’tkazuvchanliklar bo’yicha bo’sag’alar bir–biriga mos keladi (29
rasm).
29 rasm. Sensonevral past eshitish bilan og’rigan bemorning audiogrammasi.
Sensonevral past eshitish 4 kGts maydonida tovushni qabul qilish
bo’sag’alarini ikki tomonlama oshishi bilan namoyon bo’lib, ko’pincha shovqin
yoki tebranish ta`sirini natijasi hisoblanadi (30 rasm).
30 rasm. Shovqin va tebranish sharoitida mehnat qiluvchi bemorning
audiogrammasi.
31 rasm. Labirint gidropsi (Men’er kasalligi) bilan og’rigan bemorning
audiogrammasi
Mener kasalligida o’ziga xos audiogramma kuzatiladi. Kasallikning asosida
tukli hujayralar faoliyatini buzilishiga olib keluvchi labirint gidropsi yotishi tufayli
tovush to’lqinini qabul qilish bo’sag’alari ham havo, ham suyak orqali
o’tkazuvchanliklar bo’yicha barcha to’lqinlarda 50-60 dB gacha bir xil oshadi.
Qator hollarda past to’lqinlar maydonida birozgina suyak-havo oralig’i qayd
qilinishi mumkin va ichki quloqda tovush o’tkazilishini buzilishi bilan bog’liq
bo’ladi. Audiometrik chiziqlar gorizontal holatda joylashadi (31 rasm). Mener kasal-
ligining boshlang’ich bosqichida tukli hujayralarning aksariyat qismi saqlanib
qolganligi tufayli eshituvni keskin pasayishi faqat xuruj paytida kuzatiladi. Xurujlar
orasida esa labirint ichi bosimi me`yorlashib, eshituv yaxshilanadi.
Keyinchalik ichki quloqning retseptor a`zosida chuqur tiklanmas o’zgarishlar
sodir bo’lib, bemorning eshitish qobiliyati xurujdan keyingi xurujgacha
yomonlashib boraveradi. Balandlik faoliyatini keskin buzilishi Mener kasalligiga
xos belgi hisoblanadi.
2 jadvalda nutq tovush to’lqinlarida eshituv bo’sag’alarining o’rtacha
ko’rsatkichlariga asoslangan past eshitish darajalarining xalqaro tasnifi keltirilgan.
2 jadval
Past eshitishlarning xalqaro tasnifi
Past eshitish darajasi
Nutq to’lqinlarida eshituv bo’sag’alarining
o’rtacha ko’rsatkichlari, dB
I
II
III
IY
Karlik
26-40
41-55
56-70
71-90
91 dan ko’p
Ichki quloq kasalligi bilan bog’liq sensonevral past eshitishda odatda tovush
balandligini tezkor oshish fenomeni (TBTOF) yoki rekrutment (recruitment
phenomenon), ya'ni zararlangan quloqda sog’lom quloqqa nisbatan eshituv
bo’sag’asidan yufori tovush balandligini tezkor oshishi qayd etiladi. Sub'ektiv tarzda
tovush balandligining tezkor oshishi fenomeni baland tovush to’lqinlari keltirib
chiqaruvchi noxush hissiyotlar bilan kechib, ichki quloqni yallig’lanishi va dorilar
ta`sirida zaharlanishi holatlarida hamda labirint gidropsida ko’p kuzatiladi.
Retrokoxlear patologiyada (masalan, eshituv asab tolasi nevrinomasi),
aksincha, tovush balandligini tezkor oshishi fenomeni qayd qilinmaydi, shuning
uchun bir tomonlama sensonevral past eshitish bilan og’rigan bemorlarda ushbu
fenomenni aniqlanishi juda muhim ahamiyatga ega. Shuni e`tiborga olish lozimki,
qon tomir-asab tolasi to’plami o’sma jarayoni bilan bosilganda va buni oqibatida
ichki quloqda qon aylanishi buzilganda tovush balandligini tezkor oshishi fenomeni
retrokoxlear zararlanishda ham qayd qilinishi mumkin.
Tonal bo’sag’a usti audiometriya tekshiruvi
Tovush balandligini tezkor oshishi fenomenini aniqlash uchun umumlashtirib
“bo’sag’a usti audiometriya tekshiruvi” sinamalariishlab chiqilgan. Ulardan tovush
kuchini farqlash eshituv bo’sag’asini Lyusher bo’yicha aniqlash, tovush kuchini
kichik o’sishlari indeksini aniqlash (ko’pincha u SiSi shaklida belgilanadi - Short
Increment Sensitivity Index), Fauler bo’yicha balandlikni tenglashtirish (bir
tomonlama past eshitishda) va noqulaylik bo’sag’asini aniqlash usullari keng
tarqargan.
Maqsad. Eshituv faoliyatini teshirish
Ko’rsatmalar. Bemorning eshitishi pasayganligiga shikoyatlari
Tekshiruvni bajarilishi. Lyusher sinamasida audiometriyada bemor tovush
balandligi o’zgarishini his etganakustik signal kuchining minimal ko’rsatkichi, ya'ni
tovush kuchini farqlash eshituv bo’sag’asi aniqlanadi. Bunda bemorga kuchi 0,2
dan 6 dB gacha bo’lgan diapo-zonlarda eshituv bo’sag’asidan 40 dB ga yuqori
kuchga ega modul tovush signali uzatiladi. Sinamani modul chuqurligini asta-
sekinlik bilan oshirib bajarish tavsiya etiladi.
Tovush kuchining kichik o’sishlari indeksini aniqlash usuli kuchi eshituv
bo’sag’asidan 20 dB ortiq bo’lgan tovush to’lqinlari yordamida aniqlanadi. Har 4
soniyada tonning kuchi 1 dB ga isqa muddatli (200 ms davomli) oshiriladi.
Bemordan tovush kuchi o’sishlarini his etganligini aytish so’raladi va to’g’ri
javoblarning foizi hisoblab chiqiladi. Bemorga tekshiruvni tushuntirish maqsadida
sinamaning boshida tovush kuchining amplitudasi 3-6 dB gacha oshiriladi, keyin 1
dB yetkazilib hisoblashjarayoni boshlanadi.
Fauler bo’yicha balandlikni tenglashtirish sinamasi ko’pincha Mener
kasalligi va eshituv asab tolasi nevrinomasida qiyosiy tashxisotni o’tkazish uchun
ko’llaniladi. Odatda, u bir tomonlama sensonevral past eshitishda bajariladi, ammo
ushbu sinamani eshituv bo’sag’alarining quloqlar aro farqi 30-40 dB ortiq ikki
tomonlama pasta eshitishda ham bajarsa bo’ladi. Dastlab ikkala quloqlarga kuchi
eshituv bo’sag’asi ko’rsatkichlariga teng tovush signaliuzatiladi (masalan, o’ng
quloqqa 5 dB va chap quloqqa 45 dB). Keyin zararlangan quloqga uzatilayotgan
tovushning kuchi 10 dB ga oshiriladi, sog’lom quloqga esa balandligi bo’yicha teng
hissiyot uyg’otuvchi tovush kuchi tanlanadi. Keyin zararlangan quloqga
uzatilayotgan tovushning kuchi yana 10 dB ga oshiriladi va sinama takrorlanadi.
Ton parchalanishi sinamasi retrolabirint zararlanishlarning qiyosiy
tashxisotida muhim ahamiyatga ega. Bunda ton kuchini eshituv bo’sag’asidan to
eshitish hissiyoti turg’un bo’lgunicha bosqichma-bosqich (5 dB dan) oshirib
boriladi.
Noqulaylik bo’sag’asini aniqlash sinamasi. Eshituv noqulayligi sathi 250-
8000 Gts to’lqinlar diapozonida aniqlanadi. Tovushning kuchi eshituv bo’sag’asidan
boshlab asta-sekin dastlabki noqulaylik belgilari paydo bo’lguncha, ya`ni bemor
o’z sub`yektiv hissiyotlarini “noxush” deb baholaguncha, oshirib boriladi. Tovush
kuchini og’riq hissiyotigacha oshirib borish man etiladi.
Natijalar tahlili. Me`yorda va konduktiv past eashitishda differentsial
bo’sag’ani aniqlash paytida inson taxminan 1,0-1,5 dB modullash chuqurligini
farqlasa, tekshirilayotgan tovush to’lqinida eshituv bo’sag’asi 40 dB kam bo’lmagan
koxlear past eshitishda - farqlanadigan modullar bo’sag’asi ancha past bo’lib,
taxminan 0,4 dB ga teng bo’ladi. Me`yorda va tovush to’lqinini o’tkazish tizimining
buzilishlarida tovush kuchining kichik o’sishlari indeksini baholash paytida inson 0
dan 20% gacha tovush kuchining o’sishlarini farqlash qobiliyatiga ega. Balandlik
faoliyatini buzilishi bilan kechuvchi sensonevral past eshitishda ushbu ko’rsatkich
ancha yuqori bo’lib, eshituv bo’sag’alari taxminan 40 dB ga oshirilganda 100% ga
yetishi mumkin.
Bemorda tovush balandligining tezkor oshish fenomeni mavjud bo’lganda
balandlikni tenglashtirish sinamasida yomonroq eshituvchi quloqda tovush kuchini
20 30 dB oshirilishi sog’lom quloqda tovush kuchini 45-50 dB ga oshirishga to’g’ri
kelganda Fauler sinamasi “musbat “deb baholanadi. Me`yorda yoki retrolabirint
zararlanishlarida tovushning teng balandligiga ikkala quloqlarda tovush kuchini bir
xil oshirish orqali erishiladi. Bu holda sinama “manfiy”, deb baholanadi.
Labirint ichi patologiyasida tonning parchalanishi sinamasini bajarish paytida
tovushni turg’un eshitishga (1 daqiqa davomida) bo’sag’a usti tovush kuchini 5-10
dB ga yetkazish bilan erishilsa, retrolabirint patologiya bilan og’rigan bemorlarda -
turg’un eshitishga erishish uchun bo’sag’a usti tovush kuchini bosqichma-bosqich
35-40 dB gacha oshirish lozim bo’ladi.
Me`yorda va tovush balandligini tezkor oshishi fenomeni bilan kechuvchi
sensonevral past eshitishda noqulaylik bo’sag’alari 80-90 dB tashkil qiladi. Ammo
shuni e`tiborga olish lozimki, sensonevral past eshitish bilan og’rigan bemorlarda
eshituv bo’sag’alari yuqori bo’ladi, bu esa noqulaylik va eshituv bo’sag’alarini
yaqinlashishiga olib keladi. Konduktiv past eshitishda noqulaylik bo’sag’alari 110
dB va undan ortiq bo’ladi yoki umuman aniqlanmaydi.
Tekshiruv imkoniyatlari. Bo’sag’a usti audiometrik cinamalarning har biri
o’zi uchun optimal bo’lgan hollarda qo’llaniladi. Bajarilishi oddiy bo’lishi tufayli
tovushkuchining kichik o’sishlari indeksi sinamasi keng qo’llaniladi. Agar bemor
eshituv bo’sag’asiga yaqin tovushlarini tahlil qilishda qiynalsa, unda farqlash
bo’sag’asini aniqlash sinamasi bajariladi. Fauler sinamasi hozirgi kunda nisbatan
kam qo’llaniladi, uni bir tomonlama yoki assimetrik past eshitishda qo’llash
mumkin.
Eshituv noqulayligi bo’sag’asini aniqlash sinamasieshituv maydonining
hajmini va shaklini aniqlash imkonini berib, eshituvni protezlash ishlarida muhim
ahamiyatga ega. Tonning parchalanish sinamasitovush balandligini tezkor oshishi
fenomeni mavjudligini va darajasini aniqlash imkonini bermaydi, ammo u tovushni
o’tkazish yo’llarining retrokoxlear buzilishlarida qiyosiy tashxisot uchun muhim
ahamiyatga ega.
Nutqli audiometriya
Asoslash. Nutqni farqlash bo’sag’asi tovush signali sifatida qabul qilingan
nutqning eng kichik ko’rsatkichiga to’g’ri keladi. Bemor birov gapirayotganini
eshitadi, ammo eshitilayotgan tovush to’lqinlari so’zlarni tushunish uchun yetarli
bo’lmaydi. Nutqni farqlash bo’sag’asiga 1000 Gts tonining eshituv bo’sag’asi usti
tovush kuchi 5-10 dB ga teng bo’lgan sharoitda erishiladi va nutqni aniq
tushunishga bog’liq bo’lmaydi. Shuningdek, bemorda nutqning 20, 50, 80 va 100%
ni tushunish bo’sag’alari aniqlanadi. Me`yorda bemor 50% nutqni tushunishi tovush
kuchi 25-30 dB, 80% - 35-40 dB, 100% - 45-50 dB teng bo’lgan hollarda aniqlanadi.
Noqulaylik bo’sag’asi yuqori chegara deb hisoblanib, me`yoriy eshituvga ega
insonlarda tovush bosimining sathi 130 dB teng keladi. Tovush kuchi sathini
yuqoriroq bo’lishi tovush noqulayligini, keyin og’riqni keltirib chiqarishi mumkin.
Dinamik diapazon yoki tovush to’lqini balandligining qulay diapozoni – bu
nutqni eshitish bo’sag’asi va noqulaylik bo’sag’asi orasida foydalanilgan eshituv
diapazonining ayirmasi hisoblanadi.
Tovush to’lqini va kuchi ushbu diapazonga to’g’ri kelsa, inson bunday
tovushlarni eshitadi, qolganini esa eshitmaydi.
Me`yorda qulaylik bo’sag’asi tovush bosimi sathining 65 dB ga to’g’ri keladi.
Ammo eshituv bo’sag’asi va qulaylik bo’sag’asi orasidagi diapozon ham turli tovush
to’lqinlarida bir–biridan farq qiladi. Past tovush to’lqinlarida qulay eshitishga
erishish uchun bo’sag’a ustida kamroq bo’lgan tovush kuchlaridan foydalanish
lozim (1000 Gts va undan ortiq to’lqinlarga nisbatan).
Maqsad. Eshitish qobiliyatini tekshirish
Tekshiruvni bajarilishi. Nutqli audiometriya tekshiruvida murakkab shaklga
ega va akustik ko’rsatkichlari uzluksiz o’zgarib turuvchi tovush to’lqinlaridan
foydalaniladi.
Nutqni farqlash bo’sag’asini aniqlashda va boshqa nutq sinamalaridabemorga
so’zlar to’plami uzatiladi va javobiga qarab bo’sag’alar yoki to’g’ri javoblar foizi
qayd etiladi. Qulaylik va noqulaylik bo’sag’alarini aniqlashda nutq signaliuzluksiz
uzatib turiladi, bunda noqulaylik bo’sag’asi har bir to’lqinda boshqa signal
yordamida ham aniqlanishi mumkin.
Nutqli audiometrda ovoz telefonlaridan yoki erkin tovush maydonida
dinamiklardanuzatiladigan jonli ovoz va plyonka yoki kompakt-diskda yozilgan
maxsus so’zlar to’plamidan foydalaniladi. Yozuvlardan foydalanilganda, uning
kuchi audiometr yordamida boshqariladi. Magnitofon yozuvlari va kompakt-disklar
tekshiruvchiga “nol” sathiga keltirish imkonini beruvchi 1000 Gts to’lqinli tonga
ega.
Nutqli
audiometriyada
havo
orqali
o’tkazuvchanlik bo’yicha
tonal
audiometriya tekshiruviga o’xshash oq shovqin yoki nutq yordamida niqoblash
qo’llaniladi. Tor tasmali niqoblash samara bermaydi.
Nutqni aniq eshitish qobiliyatiga ega inson foydalanilgan 50 ta so’z ro’yxatidan
to’g’ri qaytargan bitta so’zi 2% ni va 25 so’zlardan - 4% ni tashkil qiladi. So’zni
takrorlash jarayonida har bir o’zgartirish, masalan, birlik sonini ko’plik songa
o’zgartirish noto’g’ri javob, deb baholanadi.
Binaural sinama. Ba`zan simmetrik audiogrammalar va boshqa nutq
sinamalaribajarilgan bemorlardaikki quloqlarining aniq eshitishibir-biridan farq
qiladi. Ikki kanalli audiometr yordamida nutqning binaural aniq eshitish qobiliyatini
tekshirish mumkin. Nutqni aniq eshitish sinamalari protezlash usulini tanlashda
muhim ahamiyatga ega.
Natijalar tahlili. Konduktiv past eshitish bilan og’rigan bemorda havo orqali
o’tkazuvchanlik bo’yicha eshituv bo’sag’alariko’pincha past to’lqinlar maydonida
baland bo’ladi. Bunda qulaylik va noqulaylik bo’sag’alari ham shu miqdorda oshadi.
Konduktiv past eshitishda dinamik diapazon o’zgarmadi, eshituv, qulaylik va
noqulaylik bo’sag’alari esa past eshitish darajasiga to’g’ri keladi.
32 rasm. Eshitish qobiliyati me`yoriy bo’lgan inson hamda konduktiv va
sensonevral past eshitish bilan og’rigan bemorlarning nutq audiogrammalari.
Sensonevral past eshitish bilan og’rigan bemorlarda eshituv bo’sag’alarini
yuqori to’lqinlar maydonida keskin oshishi kuzatiladi. Tovush diapozonning pastki
chegarasi bilan nisbat eng qulay sathda saqlanib qolinadi, ammo grafik chizig’i
pastga tushuvchi harakterga ega bo’ladi. Shu bilan bir paytda eshituv bo’sag’alarini
oshishi dinamik diapozonni keskin pasayishi bilan kechadi. Sensonevral past
eshitishda nutqni aniq eshitish ko’rsatkichi xech qachon 100% ga yetmaydi. 32
rasmda me`yoriy, konduktiv, aralash va sensonevral past eshitishlardagi nutq
audiogrammalari keltirilgan.
Tekshiruv imkoniyatlari. Jonli ovoz yordamida bajarilgan tekshiruvlarni
kamchiligi shundan iboratki, tekshiruvchi test so’zlarini doimo bir xil kuch bilan
ayta olmaydi. Turli talaffuzlar ham tekshiruv natijalariga sezilarli ta`sir ko’rsatadi.
Bolalarda audiometriya tekshiruvi
Sinonimlar. Xulq-atvor audiometriyasi (4 oylikdan 3 yoshgacha), vizual
boyitilgan audiometriya — Visual Reinforcement Audiometry (1 dan 3 yoshgacha),
o’yinli audiometriya (3 dan 5 yoshgacha).
Tekshiruvni bajarilishi. Xulq-atvor audiometriyada bola ota-onasi bilan
tovushlar so’ndirilgan maxsus xonada o’tiradi, ovoz manbalariesa uning ikki
tomoniga o’rnatiladi. Tekshiruvchi 30 dB kuch bilan gapira boshlaydi va bolaning
tovushlarga javoban hatti-harakatini kuzatadi. Odatda bolaning ismi aytiladi yoki
unga qiziqarli bo’lgan tovushlar chiqariladi. Eshituv bo’sag’alarikattalarda qanday
aniqlansa, bolalarda ham shunday aniqlanadi. Bolani tekshirish paytida telefondan
emas, tovush manbaidan foydalanganligi sababli aniq javob yaxshiroq eshitadigan
quloq tomondan olinadi.
Vizual boyitilgan audiometriya tekshiruvini bajarish paytida bola ota-onasi
bilan tovushlar so’ndirilgan maxsus xonada o’tiradi, ovoz manbalari uning ikki
tomoniga o’rnatiladi (33 rasm). Ovoz manbalarining ustida yoki ostida
harakatlanuvchi, yonib-o’chuvchi o’yinchoqlar yoki rasmlarni aks etgan
monitorqo’yiladi. Erkin tovush maydonida me`yoriy eshituv bo’sag’asida tovush
to’lqini 1000 Gts ga, kuchi 50 dB ga teng “huruvchi” ton uzatiladi. Bola dinamik
tomonga qaragan paytda o’yinchoqlar harakatga keltiriladi. Bola dinamiklarga
e`tibor bermaganda tovush kuchi bolada javob reaktsiyasi paydo bo’lguncha oshirib
boriladi. Tekshiruvda bola tovushni eshitishiga va uni o’yinchoqlarni yoki rasmlarni
harakatlanishi bilan bog’lashiga erishish talab etiladi. Tekshiruv 2000, 4000, 500 va
250 Gts to’lqinlarda takrorlanadi. Agar tekshiruvda telefonlardan foydalanish
imkoni bo’lsa, unda har bir quloqga doir ma`lumot olinadi, agar bunday imkoniyat
bo’lmasa (tekshiruv erkin tovush maydonida bajarilsa) unda javob yaxshiroq
eshituvchi quloqdan olingan, deb hisoblanadi.
33 rasm. Vizual boyitilgan audiometriya.
O’yinli audiometriyada boladan tovushni eshitgan paytda halqani nayzaga
ildirish yoki boshqa shunga o’xshash harakatlarni bajarish buyuriladi. Tekshiruv
tovush to’lqini 1000 Gts ga, kuchi 30 va 40 dB ga teng diapozonda boshlanadi. Usul
an'anaviy audiometriyaga o’xshaydi. Eshitish bo’sag’alari har bir quloq uchun 250-
4000 Gts to’lqinlarda aniqlanadi.
Akustik impedansmetriya
Sinonimlar. Akustik immidansmetriya.
Asoslash. Har qanday tebranuvchi tizimning akustik impedansi uchta tarkibiy
qismdan iborat: og’irligi, qattiqligi va ishqalanishi. Og’irlik va qattiqlikning tarkibiy
qismlari ushbu tizimga ta`sir etuvchi tovush to’lqiniga bog’liq bo’lib, u qancha
yuqori bo’lsa, unga nisbatan ushbu og’irlik ko’rsatgan qarshiligi hamshuncha ko’p
bo’ladi. Qattiqlik qismi tovush to’lqiniga nisbatan teskari proportsional. Akustik
impedans vektor qiymatidan iborat bo’lib, ikki tarkibiy qismdan tashkil topgan –
rezistentlik va reaktivlik. Uni o’lchash uchun ikkala tarkibiy qismi yoki vektor
impedansining ko’rsatkichi ma'lum bo’lishi lozim. Ushbu ko’rsatkich esa tovush
to’lqinining amplitudasi va fazasidan hosil bo’ladi. Nog’ora pardaga ta`sir etuvchi
va uni tebratuvchi tovush to’lqinlari qisman undan o’tib, qisman yuzasidan aks
ettiriladi. Bunda aks ettirilgan tovush to’lqinlarining amplitudasi qasqarib, fazasi
siljiydi. Fazani siljishi tebranuvchi tizimning qattiqligiga bo’g’liq bo’ladi. Demak,
nog’ora pardadan aks ettirilgan tovushning shiddatini (yoki amplitudasini) va fazaci
siljishini o’lchab tovush o’tkazuvchi tizimning akustik impedansini aniqlaca bo’ladi.
Me`yoriyda qattiqlik yig’indisi nog’ora pardaning tarangligi va o’rta quloqning
boshqa tuzilmalaridan (eshituv suyakchalari, boylamlari va mushaklaridan) hosil
bo’ladi. Uzangi aylanma boylamining va chig’anoq darchasi membranasining
tarangligi, ichki quloq suyuqligi va to’qimalarning akustik qarshiligi ham ma'lum
ahamiyatga ega.
Oddiy mexanik tizimning og’irlik, elastik va ishqalanish xususiyatlariga ega
ayrim qismlarining o’zgarishi tizimning o’tkazuvchanlik va uzatish ko’rsatikichlari
orasidagi muvozanatni o’zgarishiga olib keladi. Akustik impedans rezistentlik va
reaktivlik qismlaridan tashkil topgan bo’lib, uning rezistentligi asosan chig’anoq
bilan, reaktivligi - nog’ora parda va eshituv suyakchalarining og’irligiga va
qattiqligiga bog’liq bo’ladi. Impedansning rezistentlik va reaktivlik qismlari alohida
aks ettirilganda sandoncha - uzangi bo’g’imini uzilishi rezistentlik qismiga ko’proq
ta`sir qilishi aniqlangan bo’lib, u “0” ko’rsatkichiga yaqinlashadi. Ushbu tekshiruv
natijalari chig’anoq impedansning rezistentlik (ishqalanishi) qismiga ko’proq,
reaktivlik qismiga (qattiqligi va og’irligi) - kamroq ta`sir ko’rsatishini ko’rsatadi.
Impedansli audiometriyada eshituv bo’sag’alarini aniqlash usuli uzangi
mushagi akustik refleksining sof tonlarga va keng tasmali shovqinlarga
nisbataneshituv bo’sag’alarini taqqoslashga asoslangan. Ushbu bo’sag’alar
orasidagi “dB” birligida ifodalangan farq eshituvning pasayish darajasini ko’rsatadi.
Tekshiruv birinchi navbatda bolalar eshituv bo’sag’alarini va audiometrik
bo’sag’alarni aniqlash imkoni bo’lmagan vaziyatlarda qo’laniladi. Akustik refleks
bo’sag’alariga qarab eshituv bo’sag’alarini aniqlash uchun ko’pgina formulalar
ishlab chiqilgan, ular 500, 1000 va 2000 Gts tovush to’lqinlarida ( qator formulalarda
— 500, 1000, 2000 va 4000 Gts to’lqilarda) u yoki bu aniqlik darajasida
eshituvning o’rtacha bo’sag’asini aniqlash imkonini beradi.
Tekshiruvni bajarilishi. Akustik impedansni aniqlash uchun mo’ljallangan
qator asboblar akustik “Om” bilan ifodalanuvchi akustik impedansni emas, hajm
“ml” bilan ifodalanuvchi yumshoqlikni o’lchash imkonini beradi. Past tovush
to’lqinida yumshoqlik miqdori akustik impedansga (uning reaktivlik qismiga)
teskari proportsional hisoblanadi (34 rasm).
34 rasm. Akustik impedansometriya
Uchta naychadan iborat impedansmetrning zondi bemorning tashqi eshituv
yo’liga kiritiladi. Tashqi eshituv yo’lining zich yopilishi impedansmetriya
tekshiruvining asosiy sharti hisoblanadi. Birinchi naychadan zondlovchi tovush toni
uzatiladi (turli asboblarda 1 dan 3 va undan ortiq tovush to’lqinlaridan
foydalaniladi), uning shiddati esa uzangi mushagining qisqarishiga olib keluvchi
shiddatdan kamroq bo’ladi. Ikkinchi naychadan tashqi eshituv yo’lidagi bosim
o’lchanadi (qo’l yordamida yoki avtomatik usulda), uchinchi naychadan esa nog’ora
pardadan aks etgan tovush to’lqinlari sezuvchan mikrofonga o’tkaziladi.
Akustik impedansometriyada quyidagi tekshiruvlar bajariladi: timpanometriya;
statik salqilanishni aniqlash; akustik refleksmetriya (uzangi mushagi refleksini
aniqlash); fizikaviy hajmni aniqlash.
Timpanometriyada tashqi eshituv yo’lida havo bosimi o’zgartirilganda
(odatda + 200 dan - 400 mm.suv.ust.) akustik qarshilik yoki akustik yumshoqlik
aniqlanadi. Yumshoqlikni bosim bilan bog’liqligini aks ettiruvchi chiziq
timpanogramma deb nomlanadi.
Yumshoqlik —bu yopiq tashqi eshituv yo’lida havo bosimi oshganda va
pasayganda tovush bosimi sathida nisbiy o’zgarishni sodir bo’lishi. Tovush to’lqini
nog’ora pardaga ta`sir qilgandatovush energiyasining bir qismi aks etca, bir
qismio’rta quloq tizimidan o’tadi va yana bir qismi yutiladi. Bunda aks etgan tovush
to’lqini zondlovchi tonning to’lqiniga mos kelsa, ularning fazalari va amplitudalari
bir-biridan farq qiladi. Ushbu farq nog’ora parda va o’rta quloq tizimining impedans
ko’rsatkichlariga bog’liq bo’ladi. Timpanogrammadagi eng yuqori yumshoqlik
nuqtasi nog’ora bo’shlig’idagi havo bosimi yopiq tashqi eshituv yo’lining havo
bosimiga mos kelgan sharoitda aniqlanadi.
Bosimni Q200 mm suv.ust. gacha oshishi bilan nog’ora pardaning (va o’rta
quloq tizimining) qattiqligi keskin oshadi, bu esa tovush energiyasining ko’p qismini
aks etishi bilan kechadi – natijada tovush bosimining eng yuqori ko’rsatkichi qayd
qilinadi. Bosimni kamayishi esa nog’ora parda yumshoqligini oshishi va tovush
bosimi ko’rsatkichlarini pasayishi bilan kechadi. Timpanogrammani +200 mm. suv
ust. bosimda aniqlangan me`yoriy ko’rsatkichga nisbatan baholash paytida tashqi
eshituv yo’lining hajmi timpanogramma amplitudasiga ta`sir ko’rsatmaydi.
Timpanogramma gradienti timpanogrammada cho’qqidan (eng yuqori
yumshoqlikdan) bosimlarni musbat (ar) va manfiy (bp) tomondagi 50 mm suv ust.
da joylashgan o’rtacha arifmetik yumshoqlik ko’rsatkichini butun yumshoqlik
ko’rsatkichiga (ht) bo’lgan nisbatini bildiradi.
Statik yumshoqlik- bu o’rta quloq tizimi harakatchanligini ifodalovchi
ko’rsatkich bo’lib, u to’liq yumshoqlik va +200 mm suv ust. bosimida o’lchangan
yumshoqlik ko’rsatkichlarining ayirmasiga teng. Bunda tashqi eshituv yo’li bilan
bog’liq yumshoqlik qismi inkor etiladi. Shuni esda tutish lozimki, statik
yumshoqlikning faqat 0,28 ml kam va 2.5 ml dan ortiq bo’lgan ko’rsatkichlari
diagnostik ahamiyatga ega.
Akustik refleks bo’sag’asi. Akustik signal bitta quloqga uzatilgandaikki
tomonda ham uzangi mushagini qisqarishi sodir bo’ladi. Ko’pgina tadqiqotlar shuni
ko’rsatadiki, uzangi mushagining akustik refleksini (uni qisqarishini) qo’zg’atish
uchun eshituv bo’sag’alariga nisbatan 70 dan 100 dB ga ga teng tovush kuchi kerak
bo’ladi. Refleks bo’sag’asining sof tonlarga o’rtacha ko’rsatkichlari taxminan 85
dB ni, oq shovqinga - 63 dB ni tashkil qiladi.
Refleksmetriya tekshiruvida uzangi mushagining qisqarishi tufayli o’rta quloq
tizimi yumshoqligini kamayishi bilan bog’liq tovush bosimining o’zgarishlari
o’lchanadi. Akustik refleks ko’rsatkichiakustik signal uzatilayotgan va zond
o’rnatilgan quloq tomonida qayd etiladi. Masalan, zond orqali akustik signal
yuborilgandaipsilateral akustik reflekslar qayd etilsa, qarama-qarshi quloqga telefon
orqali akustik signal yuborilganda -kontrlateral refleks qayd etiladi. Xatoga yo’l
qo’ymaslik uchun, zond o’rnatilgan quloq refleksi emas, balki akustik
signaluzatilgan quloq refleksini kontrlateral refleks, deb hisoblash lozim.
Akustik refleksmetriya tekshiruvida uzangi mushagini qisqarishida tovush
o’tkazish tizimi yumshoqligini o’zgarishi qayd etiladi. Akustik refleksni qo’zg’atish
uchun tonal va shovqin akstik signallari adekvat signal bo’lib xizmat qiladi, bunda
ularning shiddati bo’sag’a ko’rsatkichidan yuqori bo’ladi (xar bemor uchun
alohida). Akustik signal qo’zg’atgan asab impulslari eshituvni o’tkazish yo’llari
bo’ylab yuqori olivalargacha yetib borib, u yerda yuz asab tolasining harakat
o’zagiga o’tadi. Keyin impuls ushbu asab tolasining poyasi bo’ylab to tizzali
tugungacha tarqalib, uzangi asab tolasi bo’ylab o’zagi mushagiga yetib boradi.
Ushbu mushaklarning qisqarishi har ikki tomonda sodir bo’ladi. Akustik refleksni
ham akustik signaluzatilayotgan (ipsilateral) tomonda, ham unga qarama-qarshi
tomonda (kontralateral) qayd qilish mumkin.
Fizikaviy hajmni o’lchash. Elektrakustik ko’prikning ish tamoili bo’shliq
hajmining faoliyatishiddat ekanligiga asoslangan. Demak, doimiy shiddat paytida
hajmi kichik bo’shliqda tovush bosimining sathi ko’proq bo’ladi, hajmi yirik
bo’shliqda- kamroq bo’ladi. Me`yorda hajm ko’rsatkichi kattalarda 1,0-1,5 ml
ni,bolalarda – 0,7–1,0 ml ni tashkil qiladi. Nog’ora parda teshilganda ushbu
ko’rsatkichlar 5,0 ml gacha oshadi. Ammo ushbutekshiruv amaliyotda keng
qo’llanilmaydi.
Natijalar tahlili. Timpanometriyaga doir birinchi tadqiqotlar u yoki bu
kasallikga xos timpanogrammalarni ko’rsatishdan iborat bo’lsa, keyinchalik
ularning tasnifi ishlab chiqildi. Jergerva hammualliflari (1970) ishlab chiqgan tasnif
amaliyotda keng qo’llaniladi (35 rasm).
35 rasm. Jerger (1970) tasnifi bo’yicha timpanogrammalarning asosiy turlari