OYBEK LIRIKASI (Oybek hayoti va ijodi orasidagi bogʻliqlik va asarlarga koʻchgan badiiy mukammallik, Oybek asarlaridagi yangicha ruh va falsafiy -badiiy qirralar tahlili)

Yuklangan vaqt

2024-04-28

Yuklab olishlar soni

8

Sahifalar soni

27

Faytl hajmi

52,0 KB


Ilmiybaza.uz 
 
 
 
 
 
 
“OYBEK LIRIKASI” 
 
mavzusidagi 
 
 
 
KURS ISHI 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Ilmiybaza.uz “OYBEK LIRIKASI” mavzusidagi KURS ISHI
Ilmiybaza.uz 
 
 
 
 
MUNDARIJA: 
KIRISH 
1. Oybek hayoti va ijodi orasidagi bogʻliqlik va asarlarga koʻchgan badiiy 
mukammallik 
2. Shoir  she’riyatida oʻzbekona xalqchillk ,vatan va yorga boʻlgan muhabbatning 
ifodasi 
3. Oybek  asarlaridagi yangicha ruh va falsafiy -badiiy qirralar tahlili 
XULOSA 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Ilmiybaza.uz MUNDARIJA: KIRISH 1. Oybek hayoti va ijodi orasidagi bogʻliqlik va asarlarga koʻchgan badiiy mukammallik 2. Shoir she’riyatida oʻzbekona xalqchillk ,vatan va yorga boʻlgan muhabbatning ifodasi 3. Oybek asarlaridagi yangicha ruh va falsafiy -badiiy qirralar tahlili XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
Ilmiybaza.uz 
 
KIRISH 
 
 Adabiyot — xalq mulki. U inson hayotida alohida ahamiyatga ega. Inson bor 
ekan, adabiyot ham boʻladi. Adabiyotning oʻlmasligini ta’minlovchi ikkita qudratli 
omil bor. Ularning biri adabiyotning gʻoyat buyuk tarbiyaviv-ma’rifiy ahamivati 
boʻlsa, ikkinchisi, uning insonlarga zavq-shavq berish xususivatiga egaligidir. Zero, 
inson har qanday davrda, har qanday sharoitda ham busiz yasholmaydi. U doimo 
tarbiyaga, doimo ma’rifatga va badiiy zavq olishga muhtoj. Shuning uchun ham 
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov oʻzining “Yuksak ma’naviyat – yengilmas 
kuch” deb nomlangan asarida: “Shu maqsadda mustaqillikning dastlabki kunlaridan 
boshlab yurtimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli ishlarning amaliy natijasi 
oʻlaroq, adabiyot va san’at, madaniyat, matbuot sohasi mafkuraviy tazyiqdan 
butunlay xalos boʻlganini qayd etish joiz. Har qanday ijod namunasi, badiiy asar 
sinfiy boʻlishi va qandaydir gʻoyaga, kommunistik mafkura manfaatlariga xizmat 
qilishi kerak, degan qarashlar bugun oʻtmishga aylandi. Erkin ijod uchun, milliy 
qadriyatlarimiz va boy ma’naviyatimizni, xalqimiz tarixini, uning bugungi 
sermazmun hayotini toʻlaqonli va haqqoniy aks ettirish uchun zarur sharoitlar 
yaratildi”1,  — deb  ta’kidlagan edi. Adabiyot shakllana boshlashi bilan ma’naviyat 
tushunchasiga ham alohida e’tobor qaratildi. “ Ma’naviyat – bu , avvalo, insonlar 
oʻrtasida oʻzaro ishonch, hurmat, e’tibor, xalq va davlat kelajagini birgalikda qurish 
yoʻlidagi ezgu intilishlar , ibratli fazilatlardir. Bir soʻz bilan aytganda , ma’naviyat 
– jamiyatdagi barcha siyosiy-ijtimoiy munosabatlarning mazmuni va sifatini 
belgilaydigan poydevordir. Bu poydevorni qurishda biz , avvalo, milliy 
adabiyotimizga suyanamiz, tayanamiz”2 
          Xayriyatki, adabiyotimizda davr sinovlaridan  uvaffaqiyat bilan о’tgan, 
ekanki hozirgi kunlarda ham kitobxonlar  tomonidan sevib о 'qilib kelinayotgan 
ajoyib asarlar koʻp. Sodda qilib aytganda, XX asrda yaratilgan oʻzbek adabiyoti 
namunalarining nuqsonidan yutugʻi , yomonidan vaxshisi koʻp. 
                                                 
1 Islom Karimov. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch , - T,  2008. – B. 76  
2 Shavkat Mirziyoyev. Insonparvarlik, ezgulik va bunyodkorlik – milliy gʻoyamizning poydevoridir. – Toshkent : 
Tasvir, 2021. -  B.13 
Ilmiybaza.uz KIRISH Adabiyot — xalq mulki. U inson hayotida alohida ahamiyatga ega. Inson bor ekan, adabiyot ham boʻladi. Adabiyotning oʻlmasligini ta’minlovchi ikkita qudratli omil bor. Ularning biri adabiyotning gʻoyat buyuk tarbiyaviv-ma’rifiy ahamivati boʻlsa, ikkinchisi, uning insonlarga zavq-shavq berish xususivatiga egaligidir. Zero, inson har qanday davrda, har qanday sharoitda ham busiz yasholmaydi. U doimo tarbiyaga, doimo ma’rifatga va badiiy zavq olishga muhtoj. Shuning uchun ham Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov oʻzining “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” deb nomlangan asarida: “Shu maqsadda mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab yurtimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli ishlarning amaliy natijasi oʻlaroq, adabiyot va san’at, madaniyat, matbuot sohasi mafkuraviy tazyiqdan butunlay xalos boʻlganini qayd etish joiz. Har qanday ijod namunasi, badiiy asar sinfiy boʻlishi va qandaydir gʻoyaga, kommunistik mafkura manfaatlariga xizmat qilishi kerak, degan qarashlar bugun oʻtmishga aylandi. Erkin ijod uchun, milliy qadriyatlarimiz va boy ma’naviyatimizni, xalqimiz tarixini, uning bugungi sermazmun hayotini toʻlaqonli va haqqoniy aks ettirish uchun zarur sharoitlar yaratildi”1, — deb ta’kidlagan edi. Adabiyot shakllana boshlashi bilan ma’naviyat tushunchasiga ham alohida e’tobor qaratildi. “ Ma’naviyat – bu , avvalo, insonlar oʻrtasida oʻzaro ishonch, hurmat, e’tibor, xalq va davlat kelajagini birgalikda qurish yoʻlidagi ezgu intilishlar , ibratli fazilatlardir. Bir soʻz bilan aytganda , ma’naviyat – jamiyatdagi barcha siyosiy-ijtimoiy munosabatlarning mazmuni va sifatini belgilaydigan poydevordir. Bu poydevorni qurishda biz , avvalo, milliy adabiyotimizga suyanamiz, tayanamiz”2 Xayriyatki, adabiyotimizda davr sinovlaridan uvaffaqiyat bilan о’tgan, ekanki hozirgi kunlarda ham kitobxonlar tomonidan sevib о 'qilib kelinayotgan ajoyib asarlar koʻp. Sodda qilib aytganda, XX asrda yaratilgan oʻzbek adabiyoti namunalarining nuqsonidan yutugʻi , yomonidan vaxshisi koʻp. 1 Islom Karimov. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch , - T, 2008. – B. 76 2 Shavkat Mirziyoyev. Insonparvarlik, ezgulik va bunyodkorlik – milliy gʻoyamizning poydevoridir. – Toshkent : Tasvir, 2021. - B.13
Ilmiybaza.uz 
         Atoqli munaqqid Ozod Sharafiddinov: “ XX asrda bizda jahonning har qanday 
yuksak talablariga javob bera oladigan yuksak adabiyot yaratildi deb baralla 
aytishimiz mumkin. Hikoyachilik. qissachilik, romannavislikda ham she’riyatda 
ham dramaturgiyada ham bunling isbotini koʻplab uchratish mumkin”. — deb 
yozgan edi. XX asr adabivotiga berilgan bunday adolatli bahoni Umarali 
Normatovning quyidagi soʻzlari ham tasdiqlaydi: “Hech qaysi soha XX asrda 
adabiyotchalik millat taqdiri, ijtimoiy adolat, inson erki, sha’nini, himoyasi yoʻlida 
izchil, muntazam kurash olib borgan emas. “Oʻtkan kunlar” romani, Choʻlpon 
she’riyati, Fitrat dram alaridan tortib, Oybekning “Navoiy” romaniyu Toʻgʻay 
Murodning “Otamdan qolgan dalalar” asari. Shavkat Rahmonning mardona eng 
vetuk badiiyat namunalarini koʻz oldingizga keltiring — el-yurt qaygʻusi, millat 
erki, ozodligi, mustaqilligi gʻoyalarini bu qadar yonib aks ettirilgan boshqa biror 
sohani topolmaysiz! Mustaqillik gʻoyasini mafkurasini birinchi galda XX asr buyuk 
soʻz ustalari tayvorladi degan qarashga toʻla qoʻshilaman. XX asr adabiyotining 
millat badiiy zavqi, goʻzallik tuygʻusini shakllantirishdagi xizmatlari esa 
beqiyosdir.3 
           30-yillarga kelib oʻzbek she’riyatida shakl va mazmun sohasida bir qancha 
yangiliklar vujudga keldi. Koʻplab chuqur mazmunli goʻzal poetik asarlar yaratildi. 
She’riyat yangi mavzu va yangi obrazlar bilan boyidi.  she’riyatning bunday 
xususiyatlari, Choʻlpon, Hamid Olimjon, Oybek, Gʻafur Gʻulom, Uygʻun, 
Shayxzoda, Mirtemir singari taniqli shoirlar ijodidagina emas, balki 30-yillarda 
adabiyotga kirib kelgan Usmon Nosir, Amin Umariy, Hasan Poʻlat. Sulton Joʻra. 
Elbek, Temur Fattoh, Zulfiya kabi yosh iste’dodlarning asarlarida ham yaqqol 
koʻrindi.4 
          Mana shunday davrda adabiyotda Oybek paydo boʻldi. 30-40- yillarda oʻz 
she’rlari bilan Oybek adabiyotshunoslikka oʻzgacha ruh va mazmun bagʻishladi. 
          Kur ishi mavzusining dolzarbligi: Oʻzbekiston Yozuvchilar Uyishmasi 
raisi, noyob iste’dod sohibi, betakror shoir, Muso Toshmuhammad oʻgʻli Oybek 
                                                 
3 XX asr mening taqdirimda . – Jahon adabiyoti jurnali. 2009 – B.24 
4 Sharafiddinov O. Uch choʻqqining biri. – T,  2001. -  B.54 
Ilmiybaza.uz Atoqli munaqqid Ozod Sharafiddinov: “ XX asrda bizda jahonning har qanday yuksak talablariga javob bera oladigan yuksak adabiyot yaratildi deb baralla aytishimiz mumkin. Hikoyachilik. qissachilik, romannavislikda ham she’riyatda ham dramaturgiyada ham bunling isbotini koʻplab uchratish mumkin”. — deb yozgan edi. XX asr adabivotiga berilgan bunday adolatli bahoni Umarali Normatovning quyidagi soʻzlari ham tasdiqlaydi: “Hech qaysi soha XX asrda adabiyotchalik millat taqdiri, ijtimoiy adolat, inson erki, sha’nini, himoyasi yoʻlida izchil, muntazam kurash olib borgan emas. “Oʻtkan kunlar” romani, Choʻlpon she’riyati, Fitrat dram alaridan tortib, Oybekning “Navoiy” romaniyu Toʻgʻay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” asari. Shavkat Rahmonning mardona eng vetuk badiiyat namunalarini koʻz oldingizga keltiring — el-yurt qaygʻusi, millat erki, ozodligi, mustaqilligi gʻoyalarini bu qadar yonib aks ettirilgan boshqa biror sohani topolmaysiz! Mustaqillik gʻoyasini mafkurasini birinchi galda XX asr buyuk soʻz ustalari tayvorladi degan qarashga toʻla qoʻshilaman. XX asr adabiyotining millat badiiy zavqi, goʻzallik tuygʻusini shakllantirishdagi xizmatlari esa beqiyosdir.3 30-yillarga kelib oʻzbek she’riyatida shakl va mazmun sohasida bir qancha yangiliklar vujudga keldi. Koʻplab chuqur mazmunli goʻzal poetik asarlar yaratildi. She’riyat yangi mavzu va yangi obrazlar bilan boyidi. she’riyatning bunday xususiyatlari, Choʻlpon, Hamid Olimjon, Oybek, Gʻafur Gʻulom, Uygʻun, Shayxzoda, Mirtemir singari taniqli shoirlar ijodidagina emas, balki 30-yillarda adabiyotga kirib kelgan Usmon Nosir, Amin Umariy, Hasan Poʻlat. Sulton Joʻra. Elbek, Temur Fattoh, Zulfiya kabi yosh iste’dodlarning asarlarida ham yaqqol koʻrindi.4 Mana shunday davrda adabiyotda Oybek paydo boʻldi. 30-40- yillarda oʻz she’rlari bilan Oybek adabiyotshunoslikka oʻzgacha ruh va mazmun bagʻishladi. Kur ishi mavzusining dolzarbligi: Oʻzbekiston Yozuvchilar Uyishmasi raisi, noyob iste’dod sohibi, betakror shoir, Muso Toshmuhammad oʻgʻli Oybek 3 XX asr mening taqdirimda . – Jahon adabiyoti jurnali. 2009 – B.24 4 Sharafiddinov O. Uch choʻqqining biri. – T, 2001. - B.54
Ilmiybaza.uz 
xalqimiz va butun ezgu niyatli bashariyatning qalbiga quloq tuta olgan, ularning 
dardini chin dildan his eta olgan shoir, yozuvchi, olim edi. Oybek ijodiy merosining 
salmoqli qismini nasriy asarlari, xususan, romanlari bundan tashqari eng sodda va 
ravon yozilgan she’rlari  tashkil etadi. Uning ijodida davr va shaxs talqini nuqtayi 
nazaridan oʻrganish yoshlar tarbiyasi ularning madaniy merosga munosabatini 
shakllantirish, XX asr voqeligining badiiy talqinlarini yangicha qarashlar asosida 
oʻrganish muhim ahamiyat kasb etadi. Zotan, “…biz hali yurtimizni uning oʻziga 
xos tarixi, madaniyati, ulugʻ olim-u ulamolarini, bebaho ma’naviy merosimizni 
toʻliq oʻrganganimiz yoʻq. 
          Kurs ishining maqsadi. Oybek ijodi, lirikasining oʻzbek adabiyoti falsafiy, 
badiiy rivojidagi oʻrni va ahamiyatini oʻrganish, oʻziga xos xususiyatlarni 
aniqlashdan iborat. 
 
Kurs ishining vazifalari: 
-  shoir she’rlari va asarlarining tahlili orqali falsafiy intellektual lirikaning oʻziga 
xos tomonlarini oʻrganish; 
- Oybek asarlari va she’rlariyatining fikr va tuygʻu munosabati, hayot va inson 
muammosi talqinini ochib berish; - shoir lirikasidagi ijtimoiy-ruhiy hayotning 
badiiy-falsafiy talqinini ochib berish, shoirning turli davrlarda yaratilgan 
she’rlaridagi davr muammolarining lirik qahramonlari ruhiyatidagi ifodasi talqinini 
yoritish; 
- Oybek ijodida adabiy an’analarga munosabat, ijodkor dunyoqarashi va salohiyati 
bilan bogʻliq masalalar, ijoddagi badiiy mukammallikni ochib berish. 
 
Kurs ishining predmeti. Oybek she’rlaridagi falsafiy teranlik va badiiy 
mukammallik masalalarini oʻrganish tashkil etadi. 
 
Kurs ishining ob’yektini: Oybek  she’rlari, dostonlari, va  turli janrdagi 
asarlari tashkil etadi. 
 
Kurs ishining tadqioqt usullari: biografik, adabiyotlar bilan ishlash, 
qiyosiy-tarixiy, tahliliy metodlaridan foydalanildi. 
1. Oybek hayoti va ijodi orasidagi bogʻliqlik va                              
asarlarga  koʻchgan badiiy mukammallik 
Ilmiybaza.uz xalqimiz va butun ezgu niyatli bashariyatning qalbiga quloq tuta olgan, ularning dardini chin dildan his eta olgan shoir, yozuvchi, olim edi. Oybek ijodiy merosining salmoqli qismini nasriy asarlari, xususan, romanlari bundan tashqari eng sodda va ravon yozilgan she’rlari tashkil etadi. Uning ijodida davr va shaxs talqini nuqtayi nazaridan oʻrganish yoshlar tarbiyasi ularning madaniy merosga munosabatini shakllantirish, XX asr voqeligining badiiy talqinlarini yangicha qarashlar asosida oʻrganish muhim ahamiyat kasb etadi. Zotan, “…biz hali yurtimizni uning oʻziga xos tarixi, madaniyati, ulugʻ olim-u ulamolarini, bebaho ma’naviy merosimizni toʻliq oʻrganganimiz yoʻq. Kurs ishining maqsadi. Oybek ijodi, lirikasining oʻzbek adabiyoti falsafiy, badiiy rivojidagi oʻrni va ahamiyatini oʻrganish, oʻziga xos xususiyatlarni aniqlashdan iborat. Kurs ishining vazifalari: - shoir she’rlari va asarlarining tahlili orqali falsafiy intellektual lirikaning oʻziga xos tomonlarini oʻrganish; - Oybek asarlari va she’rlariyatining fikr va tuygʻu munosabati, hayot va inson muammosi talqinini ochib berish; - shoir lirikasidagi ijtimoiy-ruhiy hayotning badiiy-falsafiy talqinini ochib berish, shoirning turli davrlarda yaratilgan she’rlaridagi davr muammolarining lirik qahramonlari ruhiyatidagi ifodasi talqinini yoritish; - Oybek ijodida adabiy an’analarga munosabat, ijodkor dunyoqarashi va salohiyati bilan bogʻliq masalalar, ijoddagi badiiy mukammallikni ochib berish. Kurs ishining predmeti. Oybek she’rlaridagi falsafiy teranlik va badiiy mukammallik masalalarini oʻrganish tashkil etadi. Kurs ishining ob’yektini: Oybek she’rlari, dostonlari, va turli janrdagi asarlari tashkil etadi. Kurs ishining tadqioqt usullari: biografik, adabiyotlar bilan ishlash, qiyosiy-tarixiy, tahliliy metodlaridan foydalanildi. 1. Oybek hayoti va ijodi orasidagi bogʻliqlik va asarlarga koʻchgan badiiy mukammallik
Ilmiybaza.uz 
          Oybek adabiyotshunoslikka , xususan, she’riyatga hayotida roʻy berayotgan 
rang-barang voqealar va hissiyotlarni koʻchirdi. Oybek adabiy faoliyatini shoir 
sifatida boshlagan. „Cholgʻu tovushi“ degan birinchi sheʼri 1922-yil “ Armugʻon ” 
jurnalida bosilgan. Bu vaqtda u Choʻlpon, shuningdek, „yosh usmonlilar“ sheʼriyati 
taʼsirida boʻlib, ular ruhidagi sheʼrlaridan iborat “Tuygʻular” nva “Koʻngil 
naylari”  toʻplamlarini eʼlon qilgan.5  
          Oybek dastlabki ijodida davrning oʻtkinchi mavzulariga bagʻishlangan sarbast 
sheʼrlar yaratgan, ularning aksariyati „Mashʼala“ toʻplamidan oʻrin olgan. 
Keyinchalik shoir lirik tuygʻu va kechinmalar tasviriga katta eʼtibor berib, „koʻngil 
lirikasi“ namunalarini yaratishga intildi. Uning bu boradagi izlanishlari, 
ayniqsa, „Yevgeniy Onegin“ sheʼriy romanini tarjima qilishi jarayonida orttirgan 
tajribasi tufayli va Aleksandr Pushkin asarlaridagi lirizm taʼsirida yaxshi samaralar 
berdi. Oybekning „Chimyon daftari“ turkumiga kirgan, oʻzbek tabiatining fusunkor 
tarovati va betakror ranglarini oʻziga simirgan sheʼrlari nafaqat shoir sheʼriy 
ijodining, balki umuman oʻzbek lirikasining shoh namunalaridan biri boʻldi. Shoir 
bu sheʼrlari bilan oʻzbek sheʼriyatiga oybekona nafis lirizmni olib kirdi, nozik tuygʻu 
va kechinmalarni tasvirlash madaniyatini yanada mukammallashtirdi, lirik sheʼriyat 
tilini nafosat yogʻdulari bilan jilolantirib yubordi.6 
          Asl shoir, Belinskiy ta’biri bilan aytganda, “mangu yashovchi va harakat 
qiluvchi hodisalar turkumiga mansubdir. Bunday hodisalar hatto oʻlimga duch 
kelgan nuqtada ham sira toʻxtamaydilar, balki jamiyat oldida rivojlanaveradilar”. 
Oybek shaxsiyati va faoliyati xuddi mana shu hodisalar turkumidandir. Oybek 
vafotidan keyin necha yillar oʻtmasin, uning ijodi, uning oʻlmas satrlari xalqimiz 
yuragida qon kabi gupillab yashab turibdi. 
         Oybekka munosabatimizga, Oybek dunyosini anglashimizga, unga boʻlgan 
soʻnmas muhabbatimizga faqat bir fazilat sabab: “Oybekning bizga ta’sirida 
hamisha ijodiy — ruhimizni ozod va pok qiluvchi, ma’naviyatimizni tartibga 
                                                 
5 Karimov N . Oybek . – T:  Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti , 1985  
6 Yoqubov H.  Adibning mahorati . – T , 1966 
Ilmiybaza.uz Oybek adabiyotshunoslikka , xususan, she’riyatga hayotida roʻy berayotgan rang-barang voqealar va hissiyotlarni koʻchirdi. Oybek adabiy faoliyatini shoir sifatida boshlagan. „Cholgʻu tovushi“ degan birinchi sheʼri 1922-yil “ Armugʻon ” jurnalida bosilgan. Bu vaqtda u Choʻlpon, shuningdek, „yosh usmonlilar“ sheʼriyati taʼsirida boʻlib, ular ruhidagi sheʼrlaridan iborat “Tuygʻular” nva “Koʻngil naylari” toʻplamlarini eʼlon qilgan.5 Oybek dastlabki ijodida davrning oʻtkinchi mavzulariga bagʻishlangan sarbast sheʼrlar yaratgan, ularning aksariyati „Mashʼala“ toʻplamidan oʻrin olgan. Keyinchalik shoir lirik tuygʻu va kechinmalar tasviriga katta eʼtibor berib, „koʻngil lirikasi“ namunalarini yaratishga intildi. Uning bu boradagi izlanishlari, ayniqsa, „Yevgeniy Onegin“ sheʼriy romanini tarjima qilishi jarayonida orttirgan tajribasi tufayli va Aleksandr Pushkin asarlaridagi lirizm taʼsirida yaxshi samaralar berdi. Oybekning „Chimyon daftari“ turkumiga kirgan, oʻzbek tabiatining fusunkor tarovati va betakror ranglarini oʻziga simirgan sheʼrlari nafaqat shoir sheʼriy ijodining, balki umuman oʻzbek lirikasining shoh namunalaridan biri boʻldi. Shoir bu sheʼrlari bilan oʻzbek sheʼriyatiga oybekona nafis lirizmni olib kirdi, nozik tuygʻu va kechinmalarni tasvirlash madaniyatini yanada mukammallashtirdi, lirik sheʼriyat tilini nafosat yogʻdulari bilan jilolantirib yubordi.6 Asl shoir, Belinskiy ta’biri bilan aytganda, “mangu yashovchi va harakat qiluvchi hodisalar turkumiga mansubdir. Bunday hodisalar hatto oʻlimga duch kelgan nuqtada ham sira toʻxtamaydilar, balki jamiyat oldida rivojlanaveradilar”. Oybek shaxsiyati va faoliyati xuddi mana shu hodisalar turkumidandir. Oybek vafotidan keyin necha yillar oʻtmasin, uning ijodi, uning oʻlmas satrlari xalqimiz yuragida qon kabi gupillab yashab turibdi. Oybekka munosabatimizga, Oybek dunyosini anglashimizga, unga boʻlgan soʻnmas muhabbatimizga faqat bir fazilat sabab: “Oybekning bizga ta’sirida hamisha ijodiy — ruhimizni ozod va pok qiluvchi, ma’naviyatimizni tartibga 5 Karimov N . Oybek . – T: Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti , 1985 6 Yoqubov H. Adibning mahorati . – T , 1966
Ilmiybaza.uz 
soluvchi zoʻr qudrat bor. Oybek she’riyatida, Oybek shaxsiyatida, Oybek dahosining 
tabiatida hamisha haqiqiy san’atga xizmat qiluvchi mana shu buyuk ma’naviy 
qudratni koʻramiz. 
          Oybek she’riyati sirli, moʻjizalarga boy, tasviri gʻoyat zalvor tugʻyonlar jo 
gʻalayondir, oy shu’lasiday yorugʻ hislar bekingan qoʻshiqdir. Shu bilan birga, 
otashin yurak kechinmalarining yodnomasidir. Men bu she’rlarni oʻqigan paytimda 
vujudimda shunday bir tasviri noayon hayrat va dard sezamankim, bu bunyoda 
yashashdan maqsadim — olayotgan huzurlarimning eng goʻzali va yoqimlisi boʻlib 
tuyuladi. Tasavvurimda keyingi yillar she’riyatida Oybekday shoir yoʻqdirkim, bir-
ikki satrini (uqtiraman: satrini) soatlab oʻqib maroqlanish mumkin boʻlsa: “Qani, 
she’r, soʻyla abadiyatdan”; “Oʻtdi vahshiy goʻzal kunlar”; “Shu kecham umrimda 
oʻlmasin”; “Yulduz kabi jimirlaydi jon”; “Ariqda oqar notinch, qora sas”; “Choʻpon 
uyqusiga tomchilar tomdi”; “Bulutlarning alvoni — boʻronlarga bayroqdir!” Yana 
qanchadan qancha goʻzal, buyuk satrlar… 
          She’riyat — yurakning poklanish vositasi. U insonni idrok etish va his etishga 
undaydi, oʻrgatadi, inson ma’naviy dunyosi chegaralarini tobora kengaytiradi, 
insondagi estetik qarashlarni tarbiyalaydi. Oybek she’riyati xuddi shunday asl 
she’riyatdir. 
          Haqiqiy shoirning istagi va talablari hamisha xalqning istak va talablari bilan 
hamnafas. Shoir oʻz asarlarida bu istak va talablarni oʻzining yurak tuygʻulariga 
emakdosh qilib singdirmogʻi lozim. Haqiqiy shoir dunyoni oʻzgartirish jarayonining 
faol ishtirokchisidir. U butun umri davomida nohaqlikka, jaholatga, tengsizlikka 
qarshi kurashdi. “Asl shoir yolgʻiz kurashchi boʻlib tuyulsa-da, aslida u ommaviy 
kurash ishtirokchisidir” (Yanis Ritsos). Agar shoir faoliyatining qadr-qiymati boʻlsa, 
u shoirning inson qaygʻu-iztiroblarini toʻla anglashi, insoniyatni ogʻriqlar 
changalidan olib chiqa olishi va zulmat qoʻynida yonib turgan, tafakkur va muhabbat 
chirogʻini shamolu boʻronlar hamlasidan asrab, uning zuhurli yogʻdusini odamlarga 
yetkaza bilishi bilan oʻlchanadi. Oybek xuddi ana shunday asl shoir edi. 
Ilmiybaza.uz soluvchi zoʻr qudrat bor. Oybek she’riyatida, Oybek shaxsiyatida, Oybek dahosining tabiatida hamisha haqiqiy san’atga xizmat qiluvchi mana shu buyuk ma’naviy qudratni koʻramiz. Oybek she’riyati sirli, moʻjizalarga boy, tasviri gʻoyat zalvor tugʻyonlar jo gʻalayondir, oy shu’lasiday yorugʻ hislar bekingan qoʻshiqdir. Shu bilan birga, otashin yurak kechinmalarining yodnomasidir. Men bu she’rlarni oʻqigan paytimda vujudimda shunday bir tasviri noayon hayrat va dard sezamankim, bu bunyoda yashashdan maqsadim — olayotgan huzurlarimning eng goʻzali va yoqimlisi boʻlib tuyuladi. Tasavvurimda keyingi yillar she’riyatida Oybekday shoir yoʻqdirkim, bir- ikki satrini (uqtiraman: satrini) soatlab oʻqib maroqlanish mumkin boʻlsa: “Qani, she’r, soʻyla abadiyatdan”; “Oʻtdi vahshiy goʻzal kunlar”; “Shu kecham umrimda oʻlmasin”; “Yulduz kabi jimirlaydi jon”; “Ariqda oqar notinch, qora sas”; “Choʻpon uyqusiga tomchilar tomdi”; “Bulutlarning alvoni — boʻronlarga bayroqdir!” Yana qanchadan qancha goʻzal, buyuk satrlar… She’riyat — yurakning poklanish vositasi. U insonni idrok etish va his etishga undaydi, oʻrgatadi, inson ma’naviy dunyosi chegaralarini tobora kengaytiradi, insondagi estetik qarashlarni tarbiyalaydi. Oybek she’riyati xuddi shunday asl she’riyatdir. Haqiqiy shoirning istagi va talablari hamisha xalqning istak va talablari bilan hamnafas. Shoir oʻz asarlarida bu istak va talablarni oʻzining yurak tuygʻulariga emakdosh qilib singdirmogʻi lozim. Haqiqiy shoir dunyoni oʻzgartirish jarayonining faol ishtirokchisidir. U butun umri davomida nohaqlikka, jaholatga, tengsizlikka qarshi kurashdi. “Asl shoir yolgʻiz kurashchi boʻlib tuyulsa-da, aslida u ommaviy kurash ishtirokchisidir” (Yanis Ritsos). Agar shoir faoliyatining qadr-qiymati boʻlsa, u shoirning inson qaygʻu-iztiroblarini toʻla anglashi, insoniyatni ogʻriqlar changalidan olib chiqa olishi va zulmat qoʻynida yonib turgan, tafakkur va muhabbat chirogʻini shamolu boʻronlar hamlasidan asrab, uning zuhurli yogʻdusini odamlarga yetkaza bilishi bilan oʻlchanadi. Oybek xuddi ana shunday asl shoir edi.
Ilmiybaza.uz 
            She’riyatning ijtimoiy tomoni, albatta, uning bosh xususiyati emas. Lekin, u 
eng soʻnggi va belgilovchi kuchga ega. She’r shoirning shaxsiy kechinmalarini 
buzib chiqaolgandagina, ozodlik, haqiqat, baxt, oʻlim haqidagi umumbashariy oʻylar 
darajasiga koʻtariladi. Faqat shundagina ijtimoiylik  estetik  qarashlar bilan 
kesishadi. Haqiqiy san’atning, haqiqiy she’riyatning oxir-avvali ham shundadir. 
Buni Oybek oʻz ijodi bilan isbot etdi.7 
  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
2. Shoir  she’riyatida oʻzbekona xalqchillk , vatan va yorga boʻlgan 
muhabbatning ifodasi 
 Oybekning hayoti she’rlarida mujassam: “Yotma, oʻgʻlon, uygʻon, koʻz och, 
uxlama”; “Abadiy yashamoq, kulmoq istayman”; “Kurashadi ikki toʻlqin, qarab 
turaymi?”; “Assalom, Navoiy!”; “Gulxanga otdilar doʻstlar kitobim”; “Toʻyib 
yozajakman bir kun sogʻaysam”; “Koʻnglimda haqiqat bir oz soʻnmadi…”; “Koinot 
ertaga bitmaydi…” Ushbu satrlarida uning tarjimai holi singib ketgan. 
                                                 
7 https://azkurs.org › reja-oybek... 
 
 
Ilmiybaza.uz She’riyatning ijtimoiy tomoni, albatta, uning bosh xususiyati emas. Lekin, u eng soʻnggi va belgilovchi kuchga ega. She’r shoirning shaxsiy kechinmalarini buzib chiqaolgandagina, ozodlik, haqiqat, baxt, oʻlim haqidagi umumbashariy oʻylar darajasiga koʻtariladi. Faqat shundagina ijtimoiylik estetik qarashlar bilan kesishadi. Haqiqiy san’atning, haqiqiy she’riyatning oxir-avvali ham shundadir. Buni Oybek oʻz ijodi bilan isbot etdi.7 2. Shoir she’riyatida oʻzbekona xalqchillk , vatan va yorga boʻlgan muhabbatning ifodasi Oybekning hayoti she’rlarida mujassam: “Yotma, oʻgʻlon, uygʻon, koʻz och, uxlama”; “Abadiy yashamoq, kulmoq istayman”; “Kurashadi ikki toʻlqin, qarab turaymi?”; “Assalom, Navoiy!”; “Gulxanga otdilar doʻstlar kitobim”; “Toʻyib yozajakman bir kun sogʻaysam”; “Koʻnglimda haqiqat bir oz soʻnmadi…”; “Koinot ertaga bitmaydi…” Ushbu satrlarida uning tarjimai holi singib ketgan. 7 https://azkurs.org › reja-oybek...
Ilmiybaza.uz 
          Oybek tunni sevadi. Ismi butun ijodiga yarashigʻligʻ shoir xuddi oyday toʻlib, 
tun ustida turib uni sergak kuzatadi. Tun haqidagi she’rlarining ajib fazilati: shoir 
tunni sukut va uyqu bilan emas, bedorlik va harakat bilan bogʻlaydi. Shoir bedor va 
harakatli tunda quyosh yuzini koʻradi. Shoir bizga tirik tabiat bilan suhbat qurishga, 
uni sevishga, uni anglashga oʻrgatadi. Yuksak chinorlar uchi quyosh sochlari bilan 
sekin oʻynash ham, yaproqlar betida mudragan oy nurlari ham, uchgan yaproq 
sasidagi bahorning yodi ham yuragimizdan oʻtarkan, beiz ketmaydi. Oybek 
she’rlaridagi tabiat, kecha, kunduz, maysa xuddi inson yangligʻ nafas oladi, 
nafasimizga nafas qoʻshadi, dilimizga yulduz boʻlib kiradi. 
          Jukovskiy she’riyatni bekorga tasviriy san’at bilan muqoyasa qilmagan edi. 
Oybek she’rlari tasviriy san’atning tengsiz namunalariga yaqin, ulardagi rangin 
tashbehlar goʻzal suratlar chizadi: 
        Togʻlarda ilindi quyosh etagi, 
        Ogʻochlar uzoqda bir toʻplam koʻlka. 
         Dengizda porlagan gʻurub chechagi — 
         Suvlarning qoʻynida qizil mash’ala. 
        Kitobxon Oybek she’rlarini oʻqir ekanman, uning satrlarida jahonning zabardast 
shoirlari she’rlari bilan uygʻunlik, ohangdoshlikni koʻrib hayratga tushadi. 
          Oltin quyosh nuridan, 
          Yaproqlar sururidan 
          Toʻqilgan xotiralar 
          Ketmas mangu men bilan… 
Ilmiybaza.uz Oybek tunni sevadi. Ismi butun ijodiga yarashigʻligʻ shoir xuddi oyday toʻlib, tun ustida turib uni sergak kuzatadi. Tun haqidagi she’rlarining ajib fazilati: shoir tunni sukut va uyqu bilan emas, bedorlik va harakat bilan bogʻlaydi. Shoir bedor va harakatli tunda quyosh yuzini koʻradi. Shoir bizga tirik tabiat bilan suhbat qurishga, uni sevishga, uni anglashga oʻrgatadi. Yuksak chinorlar uchi quyosh sochlari bilan sekin oʻynash ham, yaproqlar betida mudragan oy nurlari ham, uchgan yaproq sasidagi bahorning yodi ham yuragimizdan oʻtarkan, beiz ketmaydi. Oybek she’rlaridagi tabiat, kecha, kunduz, maysa xuddi inson yangligʻ nafas oladi, nafasimizga nafas qoʻshadi, dilimizga yulduz boʻlib kiradi. Jukovskiy she’riyatni bekorga tasviriy san’at bilan muqoyasa qilmagan edi. Oybek she’rlari tasviriy san’atning tengsiz namunalariga yaqin, ulardagi rangin tashbehlar goʻzal suratlar chizadi: Togʻlarda ilindi quyosh etagi, Ogʻochlar uzoqda bir toʻplam koʻlka. Dengizda porlagan gʻurub chechagi — Suvlarning qoʻynida qizil mash’ala. Kitobxon Oybek she’rlarini oʻqir ekanman, uning satrlarida jahonning zabardast shoirlari she’rlari bilan uygʻunlik, ohangdoshlikni koʻrib hayratga tushadi. Oltin quyosh nuridan, Yaproqlar sururidan Toʻqilgan xotiralar Ketmas mangu men bilan…
Ilmiybaza.uz 
         Bu satrlar inson yodiga buyuk ispan shoiri Federiko Garsia Lorkaning ushbu 
satrlarini tushiradi: 
           Teraklar ham oʻtar ketar, 
           Ammo izi koʻldek zilol. 
           Teraklar ham oʻtar ketar, 
            Bizga esa qolar shamol… 
            Bu yerda tuygʻuning yaqinligini nazarda tutyapman. Garchi fikrlar goʻyo bir-
biridan juda uzoqda boʻlib koʻrinsada, ularda yashiringan ogʻriq-tuygʻu hamohang. 
           Yoki “Kech kuzda” she’ri: 
           Havo bulut… shamollar yana yigʻlaydi sekin, 
           Boʻsh dalalar koʻksida alam mudrab yotadi. 
           Eshagiga yuk ortib, bir bola oldin-ketin 
           Ufqlar-da oʻpishgan yoʻlda ketib boradi. 
            Bu she’r asrimiz boshida fransuz she’riyatining yangi oqimiga asos solgan 
ulugʻ shoir Giyom Apollinerning “Kuz” she’ri bilan ohangdosh: 
           Tuman oralab borar, balchiqqa botib borar 
           Oyogʻi qiyshiq dehqon hoʻkizini yetaklab. 
          Qishloqlar xarobasi tumanlarga koʻmilgan. 
          Dehqon gʻamgin qoʻshiqni sekingina mingʻirlar— 
Ilmiybaza.uz Bu satrlar inson yodiga buyuk ispan shoiri Federiko Garsia Lorkaning ushbu satrlarini tushiradi: Teraklar ham oʻtar ketar, Ammo izi koʻldek zilol. Teraklar ham oʻtar ketar, Bizga esa qolar shamol… Bu yerda tuygʻuning yaqinligini nazarda tutyapman. Garchi fikrlar goʻyo bir- biridan juda uzoqda boʻlib koʻrinsada, ularda yashiringan ogʻriq-tuygʻu hamohang. Yoki “Kech kuzda” she’ri: Havo bulut… shamollar yana yigʻlaydi sekin, Boʻsh dalalar koʻksida alam mudrab yotadi. Eshagiga yuk ortib, bir bola oldin-ketin Ufqlar-da oʻpishgan yoʻlda ketib boradi. Bu she’r asrimiz boshida fransuz she’riyatining yangi oqimiga asos solgan ulugʻ shoir Giyom Apollinerning “Kuz” she’ri bilan ohangdosh: Tuman oralab borar, balchiqqa botib borar Oyogʻi qiyshiq dehqon hoʻkizini yetaklab. Qishloqlar xarobasi tumanlarga koʻmilgan. Dehqon gʻamgin qoʻshiqni sekingina mingʻirlar—
Ilmiybaza.uz 
          Sodiq sevgi haqida gʻamgin qoʻshiqni kuylar, 
          Kuylar hijron, ma’yus qalb va xiyonat haqida… 
          Oybek she’riyatidagi ulugʻ fazilat: soddalik, dunyo-dunyo his, hayajon, fikr 
oddiy soʻzlarga singdirilganki, oʻqib yoqa ushlaysan. “Qoraxat” she’ridan: 
           Bexosdan uzilgan shoda dur kabi 
          Toʻkildi umidning rangli barglari. 
          Osildi bir onda qoʻllar madorsiz, 
          Yer qochdi, qoraydi quyosh zarlari. 
        Adib bir suhbatida aytgan edi: “Muhim va murakkab masalalar haqida 
soddagina qilib soʻz aytish mumkin ekan. Qalbni zabt etgan his-tuygʻularni,chuqur 
lirizmni ifoda etmoq uchun dabdabali shakl shart emas ekan… Kundalik hayot 
predmetlari, odatiy nutq poetik olamning butun dabdabasini va jozibasini yoʻqqa 
chiqarib qoʻyadiganday koʻrinardi… amalda esa chinakam jozibadorlik ana shu 
soddalikda”. Oybek yuragining, she’riyatining qudrati xususan quyidagi eng sodda 
satrlarda (ularning ortida nimalar borligini oʻylasang, qoʻrqib ketasan) namoyon 
boʻladi: 
         Kechasi osmonga sekin boqaman, 
         Kiprigim ustida cheksizlik oʻynar. 
          Oybekning ijodiy sabogʻi xususan yosh avlod asarlarida mukammal 
koʻrinishlar berayotganiniaytib oʻtish burchim. 
         Oybek saboqlari har kun, har lahzada davom etmoqda. U bizni bedorlikka, 
harakatga, izlanishlarga chaqirib shunday yozadi: “Ilk kitob har kim uchun ham 
Ilmiybaza.uz Sodiq sevgi haqida gʻamgin qoʻshiqni kuylar, Kuylar hijron, ma’yus qalb va xiyonat haqida… Oybek she’riyatidagi ulugʻ fazilat: soddalik, dunyo-dunyo his, hayajon, fikr oddiy soʻzlarga singdirilganki, oʻqib yoqa ushlaysan. “Qoraxat” she’ridan: Bexosdan uzilgan shoda dur kabi Toʻkildi umidning rangli barglari. Osildi bir onda qoʻllar madorsiz, Yer qochdi, qoraydi quyosh zarlari. Adib bir suhbatida aytgan edi: “Muhim va murakkab masalalar haqida soddagina qilib soʻz aytish mumkin ekan. Qalbni zabt etgan his-tuygʻularni,chuqur lirizmni ifoda etmoq uchun dabdabali shakl shart emas ekan… Kundalik hayot predmetlari, odatiy nutq poetik olamning butun dabdabasini va jozibasini yoʻqqa chiqarib qoʻyadiganday koʻrinardi… amalda esa chinakam jozibadorlik ana shu soddalikda”. Oybek yuragining, she’riyatining qudrati xususan quyidagi eng sodda satrlarda (ularning ortida nimalar borligini oʻylasang, qoʻrqib ketasan) namoyon boʻladi: Kechasi osmonga sekin boqaman, Kiprigim ustida cheksizlik oʻynar. Oybekning ijodiy sabogʻi xususan yosh avlod asarlarida mukammal koʻrinishlar berayotganiniaytib oʻtish burchim. Oybek saboqlari har kun, har lahzada davom etmoqda. U bizni bedorlikka, harakatga, izlanishlarga chaqirib shunday yozadi: “Ilk kitob har kim uchun ham
Ilmiybaza.uz 
quvonarli hodisadir. Shunday boʻlsayam men endi butunlay boshqacha yozish 
kerakligini tushunardim…”8 
            Oybekning yuragi giyohday sodda, togʻday zalvorli his-tuygʻularga — she’rga 
toʻla edi. Ammo uning jismoniy qudrati koʻproq qora kuchlar, xastalik bilan olishdi. 
Oybekning ushbu satrlarida farzandi oʻlib, koʻkragi sutga toʻlgan, ogʻriqdan-
hasratdan yuragi zardobga chulgʻangan yosh onaning iztirobiga uyqash dardni 
tuyaman, koʻzimga yosh keladi: 
          Xastaman… Fikrga, tuygʻuga toʻlib— 
          Oy menga hamqadam — sokin yuraman. 
          Sogʻaysam bir kuni yozaman toʻyib, 
          Hislarga qalbimni qoʻshib yozaman. 
          Kechalar yurarman telbaday horib, 
          Boshimda oy borur, menga hamqadam. 
          Xayollar uchadi mash’alday yonib, 
          Toʻyib yozajakman bir kun sogʻaysam. 
          “Ijod dardini tugʻruq dardi bilan qiyos etadilar, ijod dardi — qalbning qa’rida 
uygʻonib, butun vujudni larzaga solgan ogʻriq…” Bu ogʻriq “eng shirin lazzat, ona 
allasi kabi yupantiruvchi, quyosh kabi hayot va quvonch bagʻishlovchi bir kuch”. 
Mana shu kuch, mana shu ogʻriq xasta Oybekda toʻlgʻin edi. Bu kuchni, bu ogʻriqni 
idora qilish uchun katta ma’naviy qudrat zarur edi. Tildan qolgan, qoʻllaridan kuch 
ketgan shoir bu qudratni xalqidan, muhabbatdan oldi. Muhabbatdan yaralgan bu 
                                                 
8 https://kh-davron.uz/ijod/maqolalar/xurshid-davron-ochmagan-ovoz.html 
Ilmiybaza.uz quvonarli hodisadir. Shunday boʻlsayam men endi butunlay boshqacha yozish kerakligini tushunardim…”8 Oybekning yuragi giyohday sodda, togʻday zalvorli his-tuygʻularga — she’rga toʻla edi. Ammo uning jismoniy qudrati koʻproq qora kuchlar, xastalik bilan olishdi. Oybekning ushbu satrlarida farzandi oʻlib, koʻkragi sutga toʻlgan, ogʻriqdan- hasratdan yuragi zardobga chulgʻangan yosh onaning iztirobiga uyqash dardni tuyaman, koʻzimga yosh keladi: Xastaman… Fikrga, tuygʻuga toʻlib— Oy menga hamqadam — sokin yuraman. Sogʻaysam bir kuni yozaman toʻyib, Hislarga qalbimni qoʻshib yozaman. Kechalar yurarman telbaday horib, Boshimda oy borur, menga hamqadam. Xayollar uchadi mash’alday yonib, Toʻyib yozajakman bir kun sogʻaysam. “Ijod dardini tugʻruq dardi bilan qiyos etadilar, ijod dardi — qalbning qa’rida uygʻonib, butun vujudni larzaga solgan ogʻriq…” Bu ogʻriq “eng shirin lazzat, ona allasi kabi yupantiruvchi, quyosh kabi hayot va quvonch bagʻishlovchi bir kuch”. Mana shu kuch, mana shu ogʻriq xasta Oybekda toʻlgʻin edi. Bu kuchni, bu ogʻriqni idora qilish uchun katta ma’naviy qudrat zarur edi. Tildan qolgan, qoʻllaridan kuch ketgan shoir bu qudratni xalqidan, muhabbatdan oldi. Muhabbatdan yaralgan bu 8 https://kh-davron.uz/ijod/maqolalar/xurshid-davron-ochmagan-ovoz.html
Ilmiybaza.uz 
qudratli ilhom har qanday oʻjar fikrni, ruhning eng ingichka, eng tutqich bermas — 
“oltin quyosh nuridan, yaproqlar sururidan” tugʻilgan jilvalarini, “ariq yoqalarida 
yashil koʻzli boychechakday moʻralagan”, “uyqusi yoʻq barglarning chuchuk lapari 
yoqqan” hislarni soʻz orqali yolqinlantirar, qatrada daryolarni mavjlantirar, 
uchqunda quyoshlarni aylantirar, ishqdan hayot yasar, oddiy hayotdan esa ulugʻ, 
tiyran afsonalar toʻqir edi. 
          21 yoshida ilk she’riy toʻplami nashr etilga, 32 yoshida “Qutlugʻ qon”ni, 37 
yoshida “Alisher Navoiy”ni yozgan oʻzbek prozasining ilk yoʻlchilaridan boʻlgan 
Oybek yoʻli tekis kechmadi. Uning umr yoʻli shon-shuhrat gullari oralab emas, 
toshlar ustidan, jarlar yoqasidan oʻtdi. Uning yoʻli (garchi yuqorida aytgan edik) 
she’rida qoldi! Mana she’rning ulugʻligi, mana she’rning jasorati! She’r — yurak 
hayotining larzalari ekanligiga bundan keyin ishonmasdan boʻladimi. Oybekning 
ushbu dahshatli satrlari shu ogʻir yoʻlni oʻtishda namoyon boʻlgan buyuk jasorat 
soʻzlari emasmi: 
         Gulxanga otdilar doʻstlar kitobim, 
          Yigʻlab qalblaridan toʻkdilar koʻz yosh. 
          Qogʻozlar-ku yondi — yonmadi she’rim, 
          Qalb soʻzi — oltin soʻz, unda zoʻr bardosh. 
          Gulxanga otdilar dasta kitobim, 
          Qalbim poralari kuydi naq kabob. 
          Kuydi, kul boʻlmadi, chiqmadi jonim, 
          Oʻchmadi ovozim, soʻnmadi qonim. 
Ilmiybaza.uz qudratli ilhom har qanday oʻjar fikrni, ruhning eng ingichka, eng tutqich bermas — “oltin quyosh nuridan, yaproqlar sururidan” tugʻilgan jilvalarini, “ariq yoqalarida yashil koʻzli boychechakday moʻralagan”, “uyqusi yoʻq barglarning chuchuk lapari yoqqan” hislarni soʻz orqali yolqinlantirar, qatrada daryolarni mavjlantirar, uchqunda quyoshlarni aylantirar, ishqdan hayot yasar, oddiy hayotdan esa ulugʻ, tiyran afsonalar toʻqir edi. 21 yoshida ilk she’riy toʻplami nashr etilga, 32 yoshida “Qutlugʻ qon”ni, 37 yoshida “Alisher Navoiy”ni yozgan oʻzbek prozasining ilk yoʻlchilaridan boʻlgan Oybek yoʻli tekis kechmadi. Uning umr yoʻli shon-shuhrat gullari oralab emas, toshlar ustidan, jarlar yoqasidan oʻtdi. Uning yoʻli (garchi yuqorida aytgan edik) she’rida qoldi! Mana she’rning ulugʻligi, mana she’rning jasorati! She’r — yurak hayotining larzalari ekanligiga bundan keyin ishonmasdan boʻladimi. Oybekning ushbu dahshatli satrlari shu ogʻir yoʻlni oʻtishda namoyon boʻlgan buyuk jasorat soʻzlari emasmi: Gulxanga otdilar doʻstlar kitobim, Yigʻlab qalblaridan toʻkdilar koʻz yosh. Qogʻozlar-ku yondi — yonmadi she’rim, Qalb soʻzi — oltin soʻz, unda zoʻr bardosh. Gulxanga otdilar dasta kitobim, Qalbim poralari kuydi naq kabob. Kuydi, kul boʻlmadi, chiqmadi jonim, Oʻchmadi ovozim, soʻnmadi qonim.
Ilmiybaza.uz 
          Bu soʻzlar insoning jaholat ustidan qozongan gʻalabasining, oʻziga boʻlgan 
ishonchning, koʻngil haqiqatining daragi emasmi: 
          Tosh ekan boshim, 
          Hech yorilmadi — 
          Yogʻildi ming tosh, 
          Qalam hamdardim, 
          Bir sirqimadi 
          Koʻzdan qatra yosh. 
         Gar qoldim nonsiz 
         Va bosh panohsix — 
         Darz ketmadi qalb: 
         Koʻnglimda haqiqat 
         Bir on soʻnmadi, 
         Goʻyo zoʻr quyosh. 
    Oybek haqida soʻz yuritganda uni romanist sifatida koʻrsatishni koʻproq 
sevaveramiz. Lekin, Oybek, birinchi navbatda, buyuk shoir edi. Oybek she’riyatini 
yuzaki talqin qiluvchilar ham uchraydi. Koʻpchilik Oybekning boʻsh she’rlari juda 
koʻp-ku deydi.  Ha, koʻp. Lekin, buning juda jiddiy sabablari bor. Aslida uning 
oʻzbek she’riyati daftariga har birini oltin harflar bilan yozib qoldirsa boʻladigan 
she’rlari sanoqli boʻlgandayam, bu uning buyukligidan dalolat berib turadi. 
Ilmiybaza.uz Bu soʻzlar insoning jaholat ustidan qozongan gʻalabasining, oʻziga boʻlgan ishonchning, koʻngil haqiqatining daragi emasmi: Tosh ekan boshim, Hech yorilmadi — Yogʻildi ming tosh, Qalam hamdardim, Bir sirqimadi Koʻzdan qatra yosh. Gar qoldim nonsiz Va bosh panohsix — Darz ketmadi qalb: Koʻnglimda haqiqat Bir on soʻnmadi, Goʻyo zoʻr quyosh. Oybek haqida soʻz yuritganda uni romanist sifatida koʻrsatishni koʻproq sevaveramiz. Lekin, Oybek, birinchi navbatda, buyuk shoir edi. Oybek she’riyatini yuzaki talqin qiluvchilar ham uchraydi. Koʻpchilik Oybekning boʻsh she’rlari juda koʻp-ku deydi. Ha, koʻp. Lekin, buning juda jiddiy sabablari bor. Aslida uning oʻzbek she’riyati daftariga har birini oltin harflar bilan yozib qoldirsa boʻladigan she’rlari sanoqli boʻlgandayam, bu uning buyukligidan dalolat berib turadi.
Ilmiybaza.uz 
Adabiyot tarixida shunday ijodkorlar borki, ular yolgʻiz bir she’ri bilan, yolgʻiz uch-
toʻrt satri bilan abadiy barhayotlar safiga qoʻshilganlar. Yuqorida ta’kidlangan 
notoʻgʻri tasavvur paydo boʻlishda Oybekdan koʻra boshqalar aybdor: biz aybdor! 
Biz Oybekni yaxshi bilmaymiz. Lekin, shu narsa aniqki, Gʻarbdan oʻrganyapti deb 
nomi ta’naga uchragan yoshlar Oybekdan oʻrganyaptilar. 
          U bizga bu hayotni, bu dunyoni sevishni, uning pokligi, tinchligi uchun 
kurashish zarurligini anglatdi. Biz undan tarixga, ona xalqimizga boʻlgan 
muhabbatni oʻrgandik. Vatanni sevishni oʻrgandik: 
          Vatanni sev, tuprogʻini oʻp, 
          Har qarichi muqaddas bizga. 
          Choʻlidagi hatto quruq choʻp 
          Jondan yaqin yuragimizga. 
         Biz 
undan 
qoʻlimizni, 
dilimizni 
pok 
tutishni 
oʻrgandik 
va 
oʻrganamiz…“Yozuvchi umri yil bilan oʻlchanmaydi — ijodiy faoliyatning 
samarasi bilan oʻlchanadi. Oybek 400 yilga teng keladigan 40 yillik faoliyatining bir 
lahzasini ham samarasiz oʻtkazgani yoʻq. Oybek bu jihatdan ham hozirgi va kelajak 
adabiy avlod qarshisida ustod boʻlib gavdalanadi”. Abdulla Qahhorning haqqoniyat 
toʻla bu soʻzlarida Oybek hayoti va ijodining samarasi toʻla namoyondir. Oybek 
hamisha biz va kelgusi avlod uchun ustod boʻlib qolaveradi, bugungi va kelgusi 
avlodlar uni qayta-qayta, hatto biz borib yetmagan qirralarini kashf etaveradilar.  
 
 
 
 
Ilmiybaza.uz Adabiyot tarixida shunday ijodkorlar borki, ular yolgʻiz bir she’ri bilan, yolgʻiz uch- toʻrt satri bilan abadiy barhayotlar safiga qoʻshilganlar. Yuqorida ta’kidlangan notoʻgʻri tasavvur paydo boʻlishda Oybekdan koʻra boshqalar aybdor: biz aybdor! Biz Oybekni yaxshi bilmaymiz. Lekin, shu narsa aniqki, Gʻarbdan oʻrganyapti deb nomi ta’naga uchragan yoshlar Oybekdan oʻrganyaptilar. U bizga bu hayotni, bu dunyoni sevishni, uning pokligi, tinchligi uchun kurashish zarurligini anglatdi. Biz undan tarixga, ona xalqimizga boʻlgan muhabbatni oʻrgandik. Vatanni sevishni oʻrgandik: Vatanni sev, tuprogʻini oʻp, Har qarichi muqaddas bizga. Choʻlidagi hatto quruq choʻp Jondan yaqin yuragimizga. Biz undan qoʻlimizni, dilimizni pok tutishni oʻrgandik va oʻrganamiz…“Yozuvchi umri yil bilan oʻlchanmaydi — ijodiy faoliyatning samarasi bilan oʻlchanadi. Oybek 400 yilga teng keladigan 40 yillik faoliyatining bir lahzasini ham samarasiz oʻtkazgani yoʻq. Oybek bu jihatdan ham hozirgi va kelajak adabiy avlod qarshisida ustod boʻlib gavdalanadi”. Abdulla Qahhorning haqqoniyat toʻla bu soʻzlarida Oybek hayoti va ijodining samarasi toʻla namoyondir. Oybek hamisha biz va kelgusi avlod uchun ustod boʻlib qolaveradi, bugungi va kelgusi avlodlar uni qayta-qayta, hatto biz borib yetmagan qirralarini kashf etaveradilar.
Ilmiybaza.uz 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
3. Oybek  asarlaridagi yangicha ruh va falsafiy -badiiy qirralar 
tahlili 
          Oybekning nasriy merosi 5 roman („Qutlugʻ qon“, „Navoiy“, „Oltin vodiydan 
shabadalar“, „Quyosh qoraymas“ va „Ulugʻ yoʻl“), 4 qissa („Shonli yoʻl“, „Nur 
qidirib“, „Bolalik xotiralarim“ va „Bola Alisher“) hamda bir qancha hikoya va 
ocherklardan iborat. 
          Oybekning roman janridagi dastlabki tajribasi — „Qutlugʻ qon“ asari 
yozuvchi hayotining eng tahlikali kezlarida, 1938-yilda, qisqa muddatda yozilgan 
va 1940-yilda nashr etilgan. Yozuvchining bolalik xotiralari bilan toʻyingan bu 
asarda oʻzbek xalqining Birinchi jahon urushi arafasidagi mashaqqatli hayoti 
qalamga olingan. Bu davrda, bir tomondan, mustamlakachilik siyosati, ikkinchi 
tomondan, oʻlkaga kirib kela boshlagan kapitalistik munosabatlar tufayli 
mehnatkashlar ommasi gʻoyat qashshoqlashgan edi. Shunday vaqtda sabr kosasi 
toʻlgan xalqning norozilik namoyishi bilan chiqishi yoki qoʻzgʻolon koʻtarishi tabiiy 
edi. Chor hokimiyatining Oʻrta Osiyo aholisini mardikorlikka olish toʻgʻrisidagi 
Ilmiybaza.uz 3. Oybek asarlaridagi yangicha ruh va falsafiy -badiiy qirralar tahlili Oybekning nasriy merosi 5 roman („Qutlugʻ qon“, „Navoiy“, „Oltin vodiydan shabadalar“, „Quyosh qoraymas“ va „Ulugʻ yoʻl“), 4 qissa („Shonli yoʻl“, „Nur qidirib“, „Bolalik xotiralarim“ va „Bola Alisher“) hamda bir qancha hikoya va ocherklardan iborat. Oybekning roman janridagi dastlabki tajribasi — „Qutlugʻ qon“ asari yozuvchi hayotining eng tahlikali kezlarida, 1938-yilda, qisqa muddatda yozilgan va 1940-yilda nashr etilgan. Yozuvchining bolalik xotiralari bilan toʻyingan bu asarda oʻzbek xalqining Birinchi jahon urushi arafasidagi mashaqqatli hayoti qalamga olingan. Bu davrda, bir tomondan, mustamlakachilik siyosati, ikkinchi tomondan, oʻlkaga kirib kela boshlagan kapitalistik munosabatlar tufayli mehnatkashlar ommasi gʻoyat qashshoqlashgan edi. Shunday vaqtda sabr kosasi toʻlgan xalqning norozilik namoyishi bilan chiqishi yoki qoʻzgʻolon koʻtarishi tabiiy edi. Chor hokimiyatining Oʻrta Osiyo aholisini mardikorlikka olish toʻgʻrisidagi
Ilmiybaza.uz 
farmoni 1916-yil qoʻzgʻolonining gurullab yonishi uchun bir turtki boʻldi. Oybek 
romanda Yoʻlchi boshlik, mehnatkashlar, Mirzakarimboy boshliq boylarning oʻzaro 
munosabatlarini tasvirlash orqali mazkur qoʻzgʻolonning kelib chiqish sabablarini 
badiiy tahlil etdi. Jamiyatning shu davrdagi qutblashgan holatini taʼkidlab koʻrsatish 
maqsadida va sovet mafkurasining talabi bilan boylar obrazini, ayniqsa, 
Mirzakarimboy obrazini yaratishda qora boʻyoqlardan koʻproq foydalandi. 1937-yil 
tegirmonidan arang omon qolgan adibning romanni busiz nashr etishi amri mahol 
edi. 
          Oybek bu asari bilan Abdulla Qodiriy, Choʻlpon va Sadriddin Ayniy boshlab 
bergan tarixiy romannavislik anʼanasini rivojlantirib, uni mehnatkash xalq 
harakterini oʻzida mujassamlantirgan Yoʻlchi, Gulnor kabi qahramonlarning yorqin 
obrazlari bilan boyitdi. „Qutlugʻ qon“ oʻzbek adabiyotidagi badiiy jihatdan eng 
yuksak romanlardan biridir. 
         Oybek shoir, nosir, adabiyotshunos olim sifatida ham Navoiy hayotiga koʻp 
bor murojaat etgan. Uning 1942-yil Ikkinchi jahon urushining qizgʻin bir paytida 
„Navoiy“ romanini yozib tugatgani tasodifiy emas. Nafaqat ulugʻ shoir, balki 15-
asrdagi Xuroson hayotini ham puxta oʻrgangan adib bu asarda Navoiyning shoir va 
inson sifatidagi gumanizmi — insonparvarlik mohiyatini katta mahorat bilan 
gavdalantirib bergan. Oybek Navoiy obrazini XXV asr Xurosonida roʻy bergan 
muhim tarixiy voqealar fonida gavdalantirar ekan, shu davrda Temuriylar 
davlatini harakatga keltirgan, keyinchalik esa uni tanazzulga olib kelgan kuchlar va 
ularning oʻzaro kurashini xaqqoniy aks ettirgan. Oybek mazkur asari bilan oʻzbek 
adabiyotida tarixiy-biografik roman janrini boshlab, uning asosiy tamoyillarini 
belgilab berdi. „Navoiy“ romani keyinchalik oʻzbek adabiyotida „Ulugʻbek 
xazinasi“, „Koʻhna 
dunyo“ (Odil 
Yoqubov), „Yulduzli 
tunlar“, „Avlodlar 
dovoni“ (Pirimqul Qodirov) singari tarixiy-biografik romanlarning maydonga 
kelishiga zamin hozirladi. 
          Oybekning nasriy asarlari orasida oʻzbek xalqining Ikkinchi jahon urushidagi 
jasorati tasviriga bagʻishlangan „Quyosh qoraymas“ (1943-1959) romani alohida 
Ilmiybaza.uz farmoni 1916-yil qoʻzgʻolonining gurullab yonishi uchun bir turtki boʻldi. Oybek romanda Yoʻlchi boshlik, mehnatkashlar, Mirzakarimboy boshliq boylarning oʻzaro munosabatlarini tasvirlash orqali mazkur qoʻzgʻolonning kelib chiqish sabablarini badiiy tahlil etdi. Jamiyatning shu davrdagi qutblashgan holatini taʼkidlab koʻrsatish maqsadida va sovet mafkurasining talabi bilan boylar obrazini, ayniqsa, Mirzakarimboy obrazini yaratishda qora boʻyoqlardan koʻproq foydalandi. 1937-yil tegirmonidan arang omon qolgan adibning romanni busiz nashr etishi amri mahol edi. Oybek bu asari bilan Abdulla Qodiriy, Choʻlpon va Sadriddin Ayniy boshlab bergan tarixiy romannavislik anʼanasini rivojlantirib, uni mehnatkash xalq harakterini oʻzida mujassamlantirgan Yoʻlchi, Gulnor kabi qahramonlarning yorqin obrazlari bilan boyitdi. „Qutlugʻ qon“ oʻzbek adabiyotidagi badiiy jihatdan eng yuksak romanlardan biridir. Oybek shoir, nosir, adabiyotshunos olim sifatida ham Navoiy hayotiga koʻp bor murojaat etgan. Uning 1942-yil Ikkinchi jahon urushining qizgʻin bir paytida „Navoiy“ romanini yozib tugatgani tasodifiy emas. Nafaqat ulugʻ shoir, balki 15- asrdagi Xuroson hayotini ham puxta oʻrgangan adib bu asarda Navoiyning shoir va inson sifatidagi gumanizmi — insonparvarlik mohiyatini katta mahorat bilan gavdalantirib bergan. Oybek Navoiy obrazini XXV asr Xurosonida roʻy bergan muhim tarixiy voqealar fonida gavdalantirar ekan, shu davrda Temuriylar davlatini harakatga keltirgan, keyinchalik esa uni tanazzulga olib kelgan kuchlar va ularning oʻzaro kurashini xaqqoniy aks ettirgan. Oybek mazkur asari bilan oʻzbek adabiyotida tarixiy-biografik roman janrini boshlab, uning asosiy tamoyillarini belgilab berdi. „Navoiy“ romani keyinchalik oʻzbek adabiyotida „Ulugʻbek xazinasi“, „Koʻhna dunyo“ (Odil Yoqubov), „Yulduzli tunlar“, „Avlodlar dovoni“ (Pirimqul Qodirov) singari tarixiy-biografik romanlarning maydonga kelishiga zamin hozirladi. Oybekning nasriy asarlari orasida oʻzbek xalqining Ikkinchi jahon urushidagi jasorati tasviriga bagʻishlangan „Quyosh qoraymas“ (1943-1959) romani alohida
Ilmiybaza.uz 
eʼtiborga loyiq. Adib mazkur romanini garchand Gʻarbiy frontga qilgan safaridan 
qaytiboq yoza boshlagan boʻlsada, urush toʻgʻrisidagi dahshatli haqiqatni aytish iloji 
boʻlmagani uchun, uni 50-yillarda — xastalik paytida yozib tugatdi. Oybek 
Bektemir va uning ikki jangovar doʻstining obrazini yaratish orqali Sovet 
davlatining urushga tayyorgarliksiz kirgani va sarkardalarning qoʻpol xatolari 
tufayli millionlab kishilar, shu jumladan, oʻzbek jangchilarining „toʻp yemi“ 
boʻlayotgani haqidagi haqiqatni badiiy mujassamlantirib berdi. 
          Adib „Oltin vodiydan shabadalar“ (1949) romanida urushdan keyingi davr 
qahramoni obrazini, „Qutlugʻ qon“ romanining davomi sifatida yozilgan „Ulugʻ 
yoʻl“ (1967) asarida esa Yulchi va Gulnorlarning 20-yillardagi izdoshlari obrazini 
yaratishga intildi. 
          Oybek qalamiga mansub roman va qissalar qaysi davr hayotidan olingan 
boʻlmasin, adib shu davr hayotini mukammal oʻrgangan, ayniqsa, tarixiy davr va 
tarixiy shaxs hayoti bilan birlamchi manbalar asosida yaqindan tanishgan yozuvchi 
sifatida namoyon boʻladi. Oybekning nasriy asarlariga xos muhim xususiyatlardan 
yana biri shundaki, u asar qahramoni yoki tarixiy shaxsni Vatan va xalq manfaatlari 
yoʻlida kurashuvchi, mehnatkash xalq orzu-armonlarining roʻyobga chiqishi yoʻlida 
zahmat chekuvchi siymo sifatida tasvirlaydi. 
          Oybek ozgina boʻlsada, oʻz kuchini dramaturgiyada ham sinab koʻrdi. U urush 
yillarida Chingizxon istilosiga qarshi koʻtarilgan xalq harakatlaridan biriga murojaat 
etib vatandoshlarida fashizmga qarshi kurash maylini ragʻbatlantiruvchi „Mahmud 
Torobiy“ operasi librettosini yozdi (1944) va shu mavzu boʻyicha drama teatrlari 
uchun „Gʻalvirchi“, rus adibi va adabiyotshunosi A. Deych bilan hamkorlikda 
esa rus tilida „Xalq qalqoni“ pyesalari ustida ishladi. Oybek bu asarlarida ham 
tarixiy jarayon qonuniyatlarini yaxshi bilgan, tarixga xalq manfaatlari nuqtai 
nazaridan yondashuvchi yirik olim sifatida namoyon boʻldi. 
         Oybek adabiy faoliyatining muhim qismini adabiyotshunoslikka oid tadqiqot 
va maqolalar tashkil etadi. Oʻzbek xalqi tarixi va oʻzbek mumtoz adabiyotining 
Ilmiybaza.uz eʼtiborga loyiq. Adib mazkur romanini garchand Gʻarbiy frontga qilgan safaridan qaytiboq yoza boshlagan boʻlsada, urush toʻgʻrisidagi dahshatli haqiqatni aytish iloji boʻlmagani uchun, uni 50-yillarda — xastalik paytida yozib tugatdi. Oybek Bektemir va uning ikki jangovar doʻstining obrazini yaratish orqali Sovet davlatining urushga tayyorgarliksiz kirgani va sarkardalarning qoʻpol xatolari tufayli millionlab kishilar, shu jumladan, oʻzbek jangchilarining „toʻp yemi“ boʻlayotgani haqidagi haqiqatni badiiy mujassamlantirib berdi. Adib „Oltin vodiydan shabadalar“ (1949) romanida urushdan keyingi davr qahramoni obrazini, „Qutlugʻ qon“ romanining davomi sifatida yozilgan „Ulugʻ yoʻl“ (1967) asarida esa Yulchi va Gulnorlarning 20-yillardagi izdoshlari obrazini yaratishga intildi. Oybek qalamiga mansub roman va qissalar qaysi davr hayotidan olingan boʻlmasin, adib shu davr hayotini mukammal oʻrgangan, ayniqsa, tarixiy davr va tarixiy shaxs hayoti bilan birlamchi manbalar asosida yaqindan tanishgan yozuvchi sifatida namoyon boʻladi. Oybekning nasriy asarlariga xos muhim xususiyatlardan yana biri shundaki, u asar qahramoni yoki tarixiy shaxsni Vatan va xalq manfaatlari yoʻlida kurashuvchi, mehnatkash xalq orzu-armonlarining roʻyobga chiqishi yoʻlida zahmat chekuvchi siymo sifatida tasvirlaydi. Oybek ozgina boʻlsada, oʻz kuchini dramaturgiyada ham sinab koʻrdi. U urush yillarida Chingizxon istilosiga qarshi koʻtarilgan xalq harakatlaridan biriga murojaat etib vatandoshlarida fashizmga qarshi kurash maylini ragʻbatlantiruvchi „Mahmud Torobiy“ operasi librettosini yozdi (1944) va shu mavzu boʻyicha drama teatrlari uchun „Gʻalvirchi“, rus adibi va adabiyotshunosi A. Deych bilan hamkorlikda esa rus tilida „Xalq qalqoni“ pyesalari ustida ishladi. Oybek bu asarlarida ham tarixiy jarayon qonuniyatlarini yaxshi bilgan, tarixga xalq manfaatlari nuqtai nazaridan yondashuvchi yirik olim sifatida namoyon boʻldi. Oybek adabiy faoliyatining muhim qismini adabiyotshunoslikka oid tadqiqot va maqolalar tashkil etadi. Oʻzbek xalqi tarixi va oʻzbek mumtoz adabiyotining