O‘YIN TEXNOLOGIYASI VA UNING VAZIFALARI
MUNDARIJA:
KIRISH.......................................................................................................................
I BOB MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMIDA O‘YIN TEXNOLOGIYASI
…...............................................................................
1.1 O‘yinli texnologiyaning turlari va uning vazifalari ………...............................
1.2. Kompyuter o‘yin texnologiyalarini ta’lim jarayonidagi o‘rni va ahamyati
….............................................................................................
II BOB MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDABOLALARNING
O‘YIN KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH
.................
2.1. Ta’lim jarayonida o‘yin uslubidan foydalanish ………......................
2.2 Maktabgacha ta’lim jarayonida ijodiy, qoidali, milliy o‘yinlarda bolalarni
jismoniu va ruhiy tarbiyalash usuli ……………………………………………….
XULOSA....................................................................................................................
ADABIYOTLAR RO‘YXATI:................................................................................
I BOB MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMIDA O‘YIN TEXNOLOGIYASI
1.1 O‘yinli texnologiyaning turlari va uning vazifalari
Ta’lim texnologiyasi tushunchasi ta’lim maqsadiga erishish quroli, ya’ni
oldindan loyihalashtirilgan ta’lim jarayonini yaxlit tizim asosida bosqichma-
bosqich amaliyotga joriy etish va shu maqsadga erishishning metod, usul va
vositalari tizimini, ta’lim jarayonini boshqarishni ifodalaydi. Pedagogik
texnologiyaning markaziy muammosi bola shaxsini rivojlantirish orqali ta’lim
maqsadiga erishishni ta’minlashdan iborat. Pedagogik texnologiyaning tamoyillari
quyidagilardir: kafolatlangan yakuniy natija, ta’limning samaradorligi, qaytuvchan
aloqaning mavjudligi, ta’lim maqsadining aniq shakllanganligi. O‘yin
texnologiyasi ham o‘yin metodidan o‘zining aniq maqsadi, amalga oshirish kerak
bo‘lgan jarayonlarning mantiqiy ketma- ketligi va o‘zaro bog‘liqligi, oldindan
belgilangan natijalarga erishish kafolati bilan farq qiladi. L.S. Vigodskiy o‘yinni
bolaning ichki ijtimoiy dunyosi, ijtimoiy buyurtmalarni o‘zlashtirish vositasi
sifatida ta’riflaydi.
Har qanday o‘yin muayyan vazifalarni bajaradi:
maftunkorlik; kommunikativlik;
o‘z imkoniyatlarini amalga oshirish;
tashxis;
o‘yin ishtirokchilari o‘rtasidagi muloqot;
ijtimoiylashuvlik.
Ma’lumki, o‘yinlar quyidagi to‘rt asosiy xususiyatga ega:
- erkin rivojlantiruvchi faoliyat, ya’ni bola o‘yinni o‘zi tanlaydi, unda faol
ishtirok etadi. Bunda birinchi navbatda yakuniy natija emas, balki o‘yin jarayoni
muhim ahamiyatga ega;
- ijodiy xarakter, ya’ni o‘yin jarayonida bolalar uchun ijod qilishga katta
imkoniyatlar mavjud;
- emotsional ta’sir
- bola o‘yinda markaziy o‘rin egallashni xohlaydi, g‘olib bo‘lishga intiladi, bu
bolaning faolligini oshirishga yordam beradi;
2
- asosiy va qo‘shimcha qoidalar o‘yin mazmuni, uning mantiqiy ketma-
ketligini belgilaydi.O‘yin tuzilishiga
- maqsad, rejalashtirish, maqsadga erishish, natijalarni tahlil qilish kabi
komponentlar kiradi.
O‘yinning eng asosiy xususiyati uning ijodiyligidadir. U o‘zaro kurash,
musobaqalashish, raqobat shaklida namoyon bo‘ladi. Ilmiy tadqiqod ishlari natijasi
shuni ko‘rsatadiki, nazariy jihatdan o‘yinga faoliyat, jarayon va o‘qitish metodi
sifatida qarash mumkin. O‘yin faoliyat sifatida maqsadni belgilab olish,
rejalashtirish va amalga oshirish, natijalarni tahlil qilishni qamrab oladi va bunda
shaxs subyekt sifatida o‘z imkoniyatlarini to‘la amalga oshiradi. O‘yinli faoliyatni
motivatsiyalash o‘yin xarakterining musobaqalashish shartlari, shaxsning o‘zini
namoyon qila olishi, o‘z imkoniyatlarini amalga oshirish ehtiyojlarini qondirishdan
kelib chiqadi. Jarayon sifatida o‘yin tuzilmasi quyidagilarni qamrab oladi:
o‘ynash uchun olingan rollar;
bu rollarni ijro etish vositasi bo‘lgan o‘yin harakatlari;
haqiqiy narsalarni shartlilarga almashtirish;
o‘yinda ishtirok etuvchilarning real o‘zaro munosabatlari;
o‘yinda shartli ravishda yaratilgan sujet (mazmun).
Har qanday texnologiyada, jumladan, o‘yin texnologiyalarida ham, o‘quv
maqsadi aniq belgilanishi zarur. Bu texnologiyaning asosiy negizidir. Maqsad
to‘g‘ri qo‘yilishi uchun tarbiyachi bolaga nimani o‘rgatmoqchi bo‘lganligini bilishi
kerak. Bitta mashg‘ulotda bitta maqsad qo‘yilishi maqsadga muvofiq. Masalan,
bolalarni 3 raqami bilan tanishtirish yoki yil fasllari haqida tushuncha berish va
h.k.
O‘yin texnologiyalari (ayniqsa, bog‘cha bolalari uchun) rivojlantiruvchi
maqsadlarni (bolaning idrok, xotira, diqqat, tafakkurini rivojlantirish) amalga
oshirishi ham mumkin. Bunda o‘yin jarayonida yakuniy natija muhimroq bo‘ladi.
Pedagogik ijrochilik o‘yinlarini bola uch yoshdan boshlab o‘zlashtira boshlaydi.
Shu yoshga kelib bola odamlar o‘rtasidagi munosabatlar bilan tanisha boshlaydi,
hodisalarning ichki va tashqi tomonlarini ajrata boshlaydi, o‘zida ichki
3
kechinmalarni seza boshlaydi. Ularga munosabat bildiradi. Maktabgacha yoshda
bolalar o‘yin faoliyatini o‘zlashtira borib ijtimoiy qadrli va ijtimoiy baholanuvchi
faoliyatga tayyorlana boshlaydilar.
Maktabgacha ta’lim tizimida qo‘llaniladigan pedagogik o‘yinlarning quyidagi
turlari mavjud:
1. Bolalar kayfiyatini ko‘taruvchi.
2. Hamkorlikka chorlovchi.
3. Bolalarni o‘zligini namoyon etishga chorlovchi.
4. Bolalarda o‘ziga ishonch hissini shakllantiruvchi, jismoniy va intellektual
muammolarni yo‘qotishga qaratilgan.
5. Maktabgacha bolalar xatti-harakatidagi cheklanishlarni tavsiflovchi
(diagnostika).
6. Bolalar shaxsi strukturasiga ijobiy korreksiyalar beruvchi.
7. Millatlararo bag‘rikenglikni shakllantiruvchi.
8. Bolalarda ijtimoiy, jamoaviy munosabatlarni shakllantiruvchi o‘yinlar.
Pedagogik o‘yinlarni quyidagicha tasniflash mumkin. Faoliyat turlariga
qarab: ijtimoiy intellektual, mehnat, ijtimoiy va psixologik o‘yinlar.
Pedagogik jarayonlarning xarakteriga qarab: ta’lim-tarbiyaviy,
rivojlantiruvchi, mahsuldor, ijodiy, psixotexnik o‘yinlar.
O‘yinlar metodlariga qarab: predmetli, sujetli, badiiy rolli, hodisalarni
tasavvur etuvchi va drammalashtiruvchi o‘yinlar. Predmetlar asosidagi o‘yinlar:
matematik, biologik, ekologik, musiqali, texnikaviy, jismoniy tarbiyalovchi,
iqtisodiy tejamkorlik va ishbilarmonlik, tadbirkorlikni rivojlantiruvchi o‘yinlar.
O‘yin vositalari bo‘yicha: o‘yin vositalari (koptok, piramida, kub va boshq.) bilan
amalga oshiriladigan o‘yinlar va o‘yin vositalarisiz amalga oshiriladigan o‘yinlar
xontaxta ustida, xonada va dalada o‘ynaladigan o‘yinlar, kompyuter va televizor
o‘yinlari kabi texnik vositalar.
Maktabgacha ta’limda yoshi kattalarning to‘plagan tajribasini kichik
yoshdagilarga singdirish jarayonida o‘yinlar ta’lim metodi sifatida namoyon
4
bo‘ladi. O‘yin metodlariga qarab maktabgacha ta’lim vazifalaridan kelib chiqib,
predmetli, sujetliishchan, drammalashtirilgan o‘yinlardan keng foydalaniladi.
Maktabgacha ta’limda rivojlantiruvchi pedagogik o‘yinlarni o‘quv tarbiya
jarayonida qo‘llash quyidagi o‘ziga xos xarakterga ega bo‘ladi. Birinchidan,
rivojlantiruvchi pedagogik o‘yinlar maxsus topshiriqlar majmuasidan iborat
bo‘ladi. Ikkinchidan, o‘yin faoliyatidagi topshiriqlar rangli kublar, g‘ishtchalar,
kvadratlar, plastilin, karton qog‘ozlar, konstmktor-mexanik majmualarida turli
ornament, rasm va jimjimador predmetlar vositasida amalga oshiriladi.
Uchinchidan, topshiriqlar mustaqil bajarilishini ta’minlash maqsadida ulrni
osondan qiyinga tomon, aniq vaqt oralig‘ida sifatli bajarilishini ta’minlash darkor.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida interfaol o‘yinlardan foydalanish ijobiy
natijalarga olib keladi. Bu o‘yinlar jarayonida bola passiv obyektdan faol
subyektga aylanadi.
Tarbiyachining asosiy vazifasi esa o‘yinni tashkil etish, bolalar ijodiga sharoit
yaratishdan iborat. Interfaol usul:
1. Pedagogik texnologiyaning ajralmas bir qismi sifatida ta’lim tarbiyaning
umumiy mohiyatini aks ettiruvchi yahlit jarayondir .
2. Ta’lim tarbiya jarayonini takommilashtiruvchi, optimallashtirishga bo‘lgan
ijtimoiy ehtiyoj.
3. Didaktik hamda tarbiyaviy xarakterdagi ta’lim tarbiya jarayonini samarali
mohorat tarza tashkil etishdur .
4. Yo‘naltiruvchanlik vazifasini bajaradi, yani shaxsni rivojlantirish
tarbiyalash shakillantirish uchun xizmat qiladi,
5. Shaxsiylik xususiyatga ega bo‘lib muayyan ta’lim tarbiya jarayonida
qo‘llashga nisbatan yagona, qat’iy, me’yorlar talab etilmaydigan jarayon.
Interfaol usullar o‘z navbatida maktabgacha yoshdagi bolalarda quidagi
psixologik xususiystlarini shakillantirish bilan ajralib turadi.
Fikrlash : - mantiqiy tafakkur ko‘rgazmali, tasvirli jarayon asosida rivojlanadi.
Nutq:- ichki nutqning rivojlanishiga ma’lum tasir etadi.
5
Ixtiyoriy bilish jarayoni;- o‘zlashtirish jarayonida ixtiyoriy ravishda o‘z fiktini
jamlashga kirishadi.
Fiziologik sezgirlik: - individual ravishda aksariyat, xolda past darajada.
Bilim orttirish obyekti:- predmet va hodisalar o‘rtasidagi sabab – oqibatli
bog‘liqlik .
Bilim ortirish usuli:- mustaqil faoliyat, kattalar va tengdoshlar bilan bilim
orttirish muloqot qilish.
Muvaffaqiyatli o‘zlashtirish shartlari:- shaxsiy dunyoqarashning kengligi, xar
bir ishda bilimdonlik.
Muloqot yuritish sharti:- vaziyatdan tashqari shaxsiy muloqot.
Tengdoshlari bilan munosabatlar:- hissiy ko‘mak manbai.
His-hayajonlar:- yuqori darajadagi his- tuyg‘ularga egalik.
O‘yin faoliyati:- o‘zini zimmasiga olgan ro‘lga muofiq tutish shakillanadi
Interfaol o‘yinlar jarayonida bola mustaqil fikrini to‘g‘ri bayon etishga,
boshqalarni tinglashga o‘rganadi, boshqacha qilib aytganda interfaol o‘yinlar orqali
kelajakda har bir bola uchun zamir bo‘lgan ijobiy sifatlar shakllantiriladi.
Interfaol o‘yinlarni samarali o‘tkazish uchun quyidagi qoidalarga e’tibor
berish lozim:
1. Mashg‘ulot oldidan bolalar o‘yin qoidalari va mazmunini qay darajada
tushunganliklarini aniqlash.
2. Bolalarning yosh xususiyatlari va bir-birlariga bo‘lgan munosabatlarini
hisobga olish.
3. Har bir bolaning qobiliyati va psixologik xususiyatlarini e’tiborga olish.
4. O‘yin jarayonida bolalarga qiziq bo‘lgan materiallardan foydalanish.
5. Diqqat va e’tiborni jalb etadigan uslublarni izlab topish.
6. Bolalarga rohami to‘g‘ri taqsimlash.
7. O‘yindan qanday maqsadda foydalanish mumkinligini bilish.
8. O‘yinning asosiy bosqichlari haqida tasavvurga ega bo‘lish va natijalarini
prognoz qilish.
6
Pedagogik nuqtayi nazardan to‘g‘ri tashkil etilgan o‘yin bolaning axloqiy,
irodaviy xususiyatlarini shakllantirish bilan birga unda bilim olishga, atrofdagi
olam sirlarini ochishga qiziqish uyg‘otadi. Shuning uchun maktabgacha ta’lim
muassasalarida o‘yin texnologiyalaridan keng foydalanish kerak.
O‘yinlar texnologiyasi tushunchasi pedagogik texnologiyaning tarkibiy
qismidir. O‘yin texnologiyasi an’anaviy tahimdagi o‘yin metodidan o‘zining aniq
maqsadi, amalga oshirish kerak bo‘lgan jarayonlarning mantiqiy ketma-ketligi va
o‘zaro bog‘liqligi, oldindan belgilangan natijalarga erishish kafolati bilan farq
qiladi.
7
1.2. Kompyuter o‘yin texnologiyalarini ta’lim jarayonidagi o‘rni va
ahamyati
Ta’limda o‘yin texnologiyalaridan foydalanish o‘quvchilarning
dunyoqarashini kengaytirishga, kognitiv faollikni rivojlantirishga, amaliy
faoliyatning turli ko‘nikma va ko‘nikmalarini shakllantirishga yordam beradi,
shuningdek, talabalarni o‘rganishga rag‘batlantirish va rag‘batlantirishning
samarali vositasidir. Qulay va quvonchli muhit yaratadi.
15 yil oldin, kompyuter hayratda qabul qilindi. Ammo bugun oddiy kundaik
qurilma sifatida qabul qilamiz va foydalanamiz. Kompyuter dasturlari sizga
musiqa, video va rasmlarni boshqarish, matn ko‘rinishdagi axborotlarni qisqa vaqt
ichida tahrirlash, turli ko‘ngil ochar mash’ulotlar ya’ni o‘yinlardan foydalana olish
imkoniyatini beradi. Uy kompyuterini sotib olishning asosiy tashabbuskorlari
maktab o‘quvchilari. Shuning uchun, o‘spirin farzand otaonalari kompyuterni sotib
olishning ijobiy va salbiy tomonlarida aniq tushunish kerak ...
Ayni paytda texnologiya jadal rivojlanmoqda, shuning uchun o‘smirlik
davrida kompyuter savodxonligini o‘zlashtirish juda foydali bo‘ladi. Maktabda
allaqachon bolalar ko‘p sonli ma’lumotlar bilan qanday ishlashni o‘rganish
imkoniyatiga ega. Olimlar maktab o‘quvchilarining hayotidagi kompyuter juda
foydali ekanligini isbotladilar. Masalan, aqlli o‘yinlar yoki strategiya o‘yinlari
bolaning aqliy rivojlanishiga hissa qo‘shadi. Bundan tashqari, kompyuter
texnologiyalari, shu jumladan Internet, yirik shahar va viloyatlarda hattoki
qishloqlarda ham foydalanish imkoniyati oshib bormoqda, chunki siz zamonaviy
o‘quv dasturlari va turli xil ma’lumotlar bilan tanishishingiz mumkin. Maktab
o‘quvchilari va hatto kattalar uchun juda ko‘p o‘zgarishlar mavjud. Shuni
ta’kidlandiki, kompyuter yordamida foydalanuvchi tezda ma’lumot almashish
imkoniyatiga ega bo‘ladi, chunki tez bajarilayotgan jarayon ularni hayratda
qoldiradi. Kompyuterda maktab o‘quvchilari har doim zavq bilan shug‘ullanishdi,
chunki u har qanday yangi o‘yinchoq kabi bolalarning e’tiborini tortadi.
8
Multimedia kompyuter texnologiyalari o‘qituvchiga o‘rganilayotgan
materialni chuqurroq va ongli ravishda o‘zlashtirishga hissa qo‘shadigan turli xil
vositalarni tezda birlashtirish, dars vaqtini tejash va uni ma’lumot bilan to‘ldirish
imkoniyatini beradi. Ko‘p bosqichli akademik yondashuvda foydalanilganda,
ta’lim texnologiyasi nogiron yoki xavf ostida bo‘lgan o‘quvchilar uchun
matematika va savodxonlik yo‘riqnomalarini farqlash va kuchaytirish qobiliyatiga
ega. Misol uchun, texnologiyaga asoslangan o‘yin tadbirlari individuallashtirilgan
ko‘rsatma va amaliyotni ta’minlash va butun yoki kichik guruhlarda o‘qitiladigan
tushunchalarni umumlashtirishni osonlashtirish uchun ishlatilishi mumkin. Ushbu
individuallashtirilgan tadbirlardan to‘plangan ma’lumotlar o‘qituvchilar uchun
umumlashtirilishi va butun va kichik guruhlardagi ko‘rsatmalarni xabardor qilish
uchun ishlatilishi mumkin.
Qo‘shimcha texnologiya aralashuvini o‘qituvchi tomonidan beriladigan
ta’lim bilan birlashtirish orqali sinfda texnologiyadan foydalanish o‘qituvchilar va
o‘quvchilar uchun yanada mazmunli bo‘ladi. Kompyuterning o‘quv faoliyati
vositasi sifatidagi vazifalari uning faktlarni to‘g‘ri qayd etish, katta hajmdagi
axborotni saqlash va uzatish, ma’lumotlarni guruhlash va statistik qayta ishlash
qobiliyatiga asoslanadi. O‘yin haqiqiy hayotiy vaziyatlarga imkon qadar yaqin
bo‘lsa foydali bo‘ladi. Shuning uchun u ta’lim jarayoniga kiritilishi kerak. O‘yin
texnologiyalari mustaqil ravishda va umumiyroq, an’anaviy o‘qitish
metodologiyasining elementi sifatida qo‘llaniladi. Ular bolalarga o‘quv fanlari
mavzularini osonroq o‘zlashtirishga yordam beradi va o‘qituvchi yoki sinfdan
tashqari ish olib boruvchi o‘qituvchi uchun jarayonni nazorat qilish va boshqarish
osonroq bo‘ladi. Biroq, o‘yinning usuli ta’sir qilishi uchun foydalanish imkoniyati
bo‘lishi kerak. Bunday texnologiyalarni amalda qo‘llash uchun quyidagilar zarur:
1. rejalar, maqsadlarni oldindan tuzing va o‘yinning tarkibiy qismlarini - tasvirlar,
shartlar, jarayonlar, syujet, ishtirokchilar o‘rtasidagi aloqani diqqat bilan ishlab
chiqing;
2.ishtirokchilar oldiga didaktik maqsad qo‘ying, lekin qoidalarni faqat o‘ynoqi
tarzda takrorlang;
9
3. o‘quv materialidan o‘yin vositasi sifatida foydalanish;
4. o‘yin natijasini o‘quv topshirig‘ini bajarish bilan bog‘lash - masalan, mashqni
yuqori sifatli hal qilish yoki she’rni yodlash orqali g‘alaba qozonishingiz mumkin;
5. darsni o‘yin qoidalariga muvofiq qurish - o‘quvchilarning ishi va xatti-harakati
ularga bog‘liq bo‘lishi kerak;
6.o‘quv jarayoniga raqobatbardosh elementni kiritish - bu didaktik vazifani o‘yinga
aylantirishga yordam beradi.
O‘yin texnologiyalaridan foydalangan holda, ular ma’lum bir mavzuga,
o‘rganish mavzusiga tegishli yoki yo‘qligini hal qilish va ko‘ngilochar komponent
va haqiqiy o‘rganish balansini kuzatish muhimdir. Mashg‘ulotlarning dars shaklida
o‘yin texnikasi va vaziyatlarni amalga oshirish quyidagi asosiy yo‘nalishlarda
sodir bo‘ladi: o‘yin topshirig‘i shaklida o‘quvchilar oldiga didaktik maqsad
qo‘yiladi; o‘quv faoliyati o‘yin qoidalariga bo‘ysunadi; o‘quv materiali uning
vositasi sifatida ishlatiladi, o‘quv faoliyatiga didaktik vazifani o‘yinga
aylantiradigan raqobat elementi kiritiladi; didaktik vazifaning muvaffaqiyatli
bajarilishi o‘yin natijasi bilan bog‘liq. O‘yin - bu shaxsning tasavvuridagi erkinligi,
"amalga oshirib bo‘lmaydigan manfaatlarni xayoliy tarzda amalga oshirish" (A.N.
Leontyev).
O‘yinlar - bu o‘zaro ta’sir, fikrlash, o‘rganish va muammolarni
rivojlantirishga yordam beradigan qiziqarli mashg‘ulotlar jamlamasidir. Ko‘pincha
o‘yinlar o‘yinchilarga qisqa vaqt ichida natija ishlab chiqarish imkonini beradigan
jihatga ega ma’lumot. Ba’zi o‘yinlar o‘yinchilardan aql bilan shug‘ullanishni talab
qiladi. Har bir o‘yin texnologiyasi alohida texnikalardan - ya’ni o‘yinlardan iborat.
Ularning turlari juda ko‘p, bu sizga o‘qitish vositalarini moslashuvchan tanlash,
mavzuni chuqurroq o‘rganish uchun didaktik usullar bilan birlashtirish imkonini
beradi. O‘yinlar bir nechta mezonlarga ko‘ra tasniflanadi:
1. unga jalb qilingan talabalarning "resurslari" bo‘yicha - o‘yinlar jismoniy, aqliy,
hissiy-psixologik yoki kombinatsiyalangan bo‘lishi mumkin;
2. pedagogik jarayonning turlari bo‘yicha - ta’lim, kommunikativ, kognitiv,
reproduktiv;
10
3. jarayonni tashkil etishning turi va uslubiga ko‘ra - so‘roq va test, tanlov va
bellashuv,
teatrlashtirilgan tomosha va dramatizatsiya o‘yini, bayram, trening;
4.qoidalarning jiddiylik darajasiga ko‘ra - oldindan belgilangan chegaralar bilan,
o‘yin davomida belgilangan shartlar bilan va improvizatsiya;
5. jarayonning qurilishi bo‘yicha - syujet, rol o‘ynash, mavzu, simulyatsiya, biznes.
Ta’lim jarayonida o‘yinlarni tashkil etishda sport jihozlari, ob’ektlar,
kompyuter uskunalari yoki virtual maydondan foydalanishi mumkin. Ko‘pincha
jismoniy va intellektual shakllar uchun qat’iy qoidalar o‘rnatiladi. Jarayonning
erkin yo‘nalishi ijodiy turlarga xosdir - musiqiy, teatrlashtirilgan, bayramona.
O‘qituvchi o‘yinning o‘ziga xos xususiyatlari va qo‘shimcha shartlarini belgilaydi,
talabalar (o‘quvchilar) va o‘rganilayotgan materialning xususiyatlariga e’tibor
beradi.
O‘yin usullari darsning turli bosqichlarida qo‘llaniladi: axborot o‘yinlari -
yangi bilimlarni joriy etish (dars-sayohat); o‘quv o‘yinlari - ko‘nikma va
ko‘nikmalarni shakllantirish uchun ("domino", "xatoni top", "kim ortiqcha"
o‘yinlari va boshqalar); mustahkamlovchi o‘yinlar – bilimlarni mustahkamlash
(krossvordlar, boshqotirmalar, o‘rganilgan materialni konferentsiya, seminarlar va
boshqalar shaklida umumlashtirish bo‘yicha darslar); nazorat o‘yinlari - olingan
bilimlarni sinab ko‘rish (musobaqalar). Darsning barcha bosqichlarida o‘yin
usullaridan foydalanish majburiy shart emas. Har bir o‘qituvchi o‘yinlardan faqat
darsning u yoki bu bosqichida foydalanishi mumkin. O‘yin natijalari ikki
tomonlama - o‘yin sifatida va ta’lim va kognitiv natija sifatida ishlaydi. O‘yinning
didaktik funktsiyasi o‘yin harakatini muhokama qilish, o‘yin vaziyatining
modellashtirish sifatidagi o‘zaro bog‘liqligini tahlil qilish, uning voqelik bilan
aloqasi orqali amalga oshiriladi. Ushbu modelda eng muhim rol yakuniy
retrospektiv muhokamaga tegishli bo‘lib, unda talabalar o‘yinning borishi va
natijalarini, o‘yin (simulyatsiya) modeli va haqiqat o‘rtasidagi munosabatlarni,
shuningdek, o‘quv-o‘yin o‘zaro ta’siri kursini birgalikda tahlil qiladilar. Didaktik
o‘yinlarning samaradorligi, birinchidan, ulardan tizimli foydalanishga,
11
ikkinchidan, odatiy didaktik mashqlar bilan birgalikda o‘yin dasturining maqsadga
muvofiqligiga bog‘liq.
Yosh o‘quvchilar o‘ynashni yaxshi ko‘radilar va ular o‘yinda boshqa
sinfdagi vazifalarga qaraganda ko‘proq ishtiyoq va xohish bilan qatnashadilar.
Shunga qaramay, ba’zida o‘yinlar bolalar haqiqatan ham o‘rganmaydigan qiziqarli
faoliyat sifatida qabul qilinadi. Umuman olganda, bolalar faol bo‘lganda yaxshiroq
o‘rganadilar.Har bir inson ma’lumotni turli yo‘llar bilan o‘zlashtiradi, shuning
uchun barcha ta’lim sohalarida zamonaviy AKT vositalaridan foydalanish butun
ta’lim tizimini rivojlantirishga muhim hissa qo‘shadi. Amaliyot shuni ko‘rsatadiki,
ta’lim jarayoni haqida o‘yinlashtirish mavzuni to‘liq, batafsil va uch o‘lchovli
o‘rganishni ta’minlaydi g‘alabalar va mag‘lubiyatlar, bonuslar va o‘tishlar
imkoniyati orqali virtual makon, o‘yin tajribasi bilan mustahkamlangan va
tashqarida optimal va tez ishlatilishi mumkin bo‘lgan bilim va ko‘nikmalar
shakllantiriladi.
Shakllantiradi, mustaqil ravishda kashfiyotlar qilishga, materialni yangi
tushunishga imkon beradi. Shu bilan birga, o‘rganilgan material mustahkam esda
qoladi. O‘quv o‘yinlari ancha vaqtdan beri ishlatilgan bo‘lsa-da, ularning haqiqiy
imkoniyatlari muvaffaqiyat va motivatsiyani oshirish hali ham o‘rganilmoqda.
12
II BOB MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDABOLALARNING
O‘YIN KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH
2.1.Ta’lim jarayonida o‘yin uslubidan foydalanish
“O‘yin - o‘sib borayotgan bolaning tanasi uchun ehtiyoj. O‘yinda bolaning
jismoniy kuchi rivojlanadi, qo‘llari mustahkamlanadi, tanasi yanada
moslashuvchan bo‘ladi, aniqrog‘i ko‘z, aql, zukkolik, tashabbuskorlik rivojlanadi
", deb yozgan edi N.K. Krupskaya.
O‘yin - bu maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash, ularga turli xil
harakatlarni obyektlar, usullar va aloqa vositalari bilan o‘rgatish uchun kattalar
tomonidan qo‘llaniladigan bolalar faoliyati turlaridan biridir.
O‘yinda bola shaxs sifatida rivojlanadi, u psixikaning o‘ziga xos
tomonlarini shakllantiradi, uning ta’lim va mehnat faoliyati muvaffaqiyati, odamlar
bilan munosabatlariga ham bog‘liq bo‘ladi. Masalan, o‘yinda bolaning
shaxsiyatining bunday sifati jamoaviy faoliyatning vazifalarini hisobga olgan holda
harakatlarni o‘z-o‘zini tartibga solish kabi shakllanadi.
Eng muhim yutuq - bu bolalarda kirishimlilik tuyg‘usini egallashdir. Bu
nafaqat bolaning axloqiy xarakterini tavsiflaydi, balki uning intellektual sohasini
sezilarli darajada qayta tashkil qiladi, chunki jamoaviy o‘yinda turli g‘oyalarning
o‘zaro ta’siri, voqea mazmunini rivojlantirish va umumiy o‘yin maqsadiga erishish
mavjud. Maktabgacha yoshdagi (6-7 yosh) bolaning umumiy muhim
kompetensiyalari quyidagilar:
Kommunikativ kompetensiya – muloqot vositalaridan turli vaziyatlarda
foydalana bilish ko‘nikmasi.
O‘yin kompetensiyasi – bolaning o‘yin jarayoni va uni tashkil qilishda
tajriba, bilim va ko‘nikmalardan ijodiy foydalanishi.
13
O‘quv-tarbiyaviy jarayon uchun asos hisoblanadi Ijtimoiy kompetensiya –
hayotiy vaziyatlarda kattalar va tengdoshlar bilan muloqotda axloq qoidalari va
me'yorlariga rioya qilgan holda o‘zini tuta olish mahorati.
Bilish kompetensiyasi – atrofdagi olamni ongli ravishda idrok qilish va
olingan bilim, ko‘nikma, malaka va qadriyatlardan o‘quv va amaliy vazifalarni hal
qilish uchun foydalanish. Bolaning rivojlanish sohalari kompetensiyalari
Bolaning kompetensiyalari bola rivojining quyidagi sohalarida belgilanadi:
• jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi;
• ijtimoiy-hissiy rivojlanish;
• nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari;
• bilish jarayonining rivojlanishi;
• ijodiy rivojlanish.
O‘yin - buyumli, predmentli va ijtimoiy voqelikda harakat qilish va uni
anglashga yo‘naltirilgan jarayondir. O‘yin orqali bolalarga nafaqat xursandchilik
balki tarbiya va ta’lim ham berish mumkin. Har bir tarbiyachi o‘z mahoratidan
kelib chiqqan holda bolalarga turli mashg‘ulotlar orqali ta’lim beradi.
O‘yin faoliyatining turlari juda ko‘p. Ular ichida ta’limiy o‘yin sifatida
bolalarning yosh xususiyatlariga mos keladigan o‘yinlar sirasiga kiruvchi o‘yin bu-
Didaktik o‘yin hisoblanadi. Didaktik o‘yinlarning muhim belgilaridan biri undagi
qoidalarning mavjudligidir. O‘yinda o‘yin niyati, o‘yin qoidalari, o‘yin harakatlari
o‘rtasida uzviy aloqa mavjud.
Didaktik o‘yinlar orqali bolalarga yangi bilimlar, tushunchalar berib
boriladi. Bu o‘yinlarda bolaning har tomonlama rivojlanishi, bilim jarayoni, sensor
madaniyati, nutq faoliyati, aqliy qobiliyatlari takomillashadi. O‘yin qoidasiga rioya
qilish, unga amal qilish o‘yin mazmunini boyitadi.
O‘qituvchi - pedagog didaktik o‘yinli mashg‘ulotlarni o‘tkazishda qizg‘in
tayyorgarlik ko‘rishi va uni o‘tkazishda quyidagi didaktik talablarga rioya qilishi
talab etiladi:
14
✓ Didaktik o‘yinli mashg‘ulotlar dasturida qayd etilgan mavzularning
ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsad hamda vazifalarni hal qilishga
qaratilgan bo‘lishi;
✓ Jamiyatdagi va kundalik hayotdagi muhim muammolarga bag‘ishlanib,
ular o‘yin davomida hal qilishi;
✓ Barkamol shaxsni musiqiy tarbiyalash tamoyillariga va sharqona odob-
ahloq normalariga mos kelishi;
✓ O‘yin tuzilishi jihatidan mantiqiy ketma-ketlikda bo‘lishi;
Mashg‘ulotlar davomida musiqiy didaktik prinsiplarga amal qilinishi va eng
kam vaqt sarflanishiga erishishi kerak.
Qoidali-harakatli o‘yinlar asosini bolaning jismoniy rivojlanishiga qaratilgan
harakatlar tizimi egallaydi. Bunda asosan yurish, yugurish, sakrash, chirmashib
chiqish, uloqtirish, emaklash kabi harakatlar o‘yin mazmunini belgilaydi.
Qoidali-harakatli o‘yinlar kelib chiqishiga ko‘ra:
a) Xalq milliy o‘yinlari
b) Mualliflik o‘yin turlariga bo‘linadi.
Har ikki o‘yin turida ham asosiy mezon- o‘yin qoidasi bo‘lib hisoblanadi.
Harakatli o‘yinlar harakatlarning aniqligi, ifodaliligi, bolalarda tezkorlik, epchillik,
qo‘rqmaslik, mardlik kabi oliyjanob fazilatlarni tarbiyalab boradi.
Kichik yoshdagi bolalar uchun o‘yin sujeti ochiq xarakterga ega bo‘ladi.
Masalan, “To‘pni quvla!”, “To‘pni ushlab ol!”. Katta yoshdagi bolalar uchun o‘yin
maqsadi, qoidasi va o‘yinni tashkil etish murakkablashadi. Shuningdek har bir
o‘yin faoliyatida bolaning har tomonlama qobiliyatlari rivojlanadi. Shuning uchun
har bir tarbiyachi yosh xususiyatlariga mos o‘yin tanlashi va bolalarga ta’lim –
tarbiya berishi lozim Maktabgacha ta’lim tizimini isloh qilishning zamonaviy
sharoitida tarbiyachining maqomi tubdan o‘zgarib bormoqda, uning ta’lim
funksiyalari, shunga muvofiq, uning kasbiy va pedagogik kompetensiyasiga, uning
kasbiy mahorat darajasi talablari o‘zgaradi. Bugungi kunda maktabgacha yoshdagi
bolani tarbiyalash va rivojlantirishning zamonaviy tizimida o‘zining shaxsiy
15
salohiyatini safarbar qilish qobiliyatlarini rivojlantirishga qodir bo‘lgan ijodkor,
mahoratli tarbiyachi talab etiladi.
Bolaning ijodiy iste’dodini, xotira va diqqatini, kattalarga ma’lum bo‘lgan
jihatlarni qayta kashf etadi. Vaqtni bo‘sh o‘tkazish emas, aksincha, ta’lim
olishning eng samarali uslubidir. Chex pedagogi Ya.A.Komenskiy uyinni bola
faoliyatining asosiy shakli ekanligini ta’kidlab, aynan uyin bolaning tabiati va kuzu
-qishlariga mos kelishini aytgan edi1. Bolalar bir-biri bilan muloqatda bo‘lishni,
ma’lum tartib qoidalarni saqlashni, o‘zini boshqara bilishni, hamkorlikda bo‘lishni,
boshqalarning fikri bilan xisoblashishni, ularning xohish-istaklarini e’tiborga
olishni, bir narsani diqqat bilan bajarishni va boshlagan ishini oxiriga yetkazishga
o‘rganadi.
O‘yin - ijtimoiy tajribalarni o‘zlashtirish va qayta yaratishga yo‘naltirilgan
vaziyatlarda, faoliyat turi sifatida belgilanadi va unda shaxsning o‘z xulqini
boshqarishi shakllanadi va takomillashadi.
O‘yin bolalarning mustaqil faoliyati bo‘lib, unda bolaning ruhiyati namoyon
bo‘ladi. 1.Xarakatli o‘yinlar: bolalarda sezgirlik, ildamlik, chaqqonlik, ishora va
qoidalarga amal qilish, epchillik, intilish, hamjixatlilik, o‘zaro yordam berish,
qayg‘urish, xushchaqchaqlik, chamalash, mo‘ljalga olishga o‘rgatadi v
1 Зиёмухаммадов Б., Абдуллаева Ш., Илғор педагогик технологиялар. -
Т.: «Абу Али Ибн Сино», 2001. -188-б.
2.Tinch o‘yin: bu o‘yin turi bolalar harakatli o‘yinlardan olgan energiyani
pasaytiradi va yurak – qon tomirlarini harakatini me’yor holatiga olib keladi.
Harakatli o‘yinlardan keyin albatta tinch o‘yin berish lozim. Bundan tashqari
xotira va nutqlarini rivojlantirish maqsadida ayrim so‘z o‘yinlari ham tinch
o‘yinlar sifatiga kiradi.
3.Ta’limiy o‘yin: bolalarda eshitish,ko‘rish,sezish a’zolari orqali turli narsa
va buyumlarni xossalarini bilishga,ularni taqqoslashga, sinchiklab
o‘rganish,umumlashtirishga, guruxlarga ajratish, kuzatuvchanlik, zukko, bilimdon,
mustaqil, dono bo‘lishga, narsa va xodisalarni taxlil qila olishga, xulosa
chiqarishga o‘rgatadi. O‘z nomidan kelib chiqib ta’lim beradi.
16
4.Mazmunli – qoidali o‘yinlar: ijtimoiy hayotga tayyorlaydi, muloqotga
kirishishni o‘rgatadi,kattalar mehnati bilan tanishtiradi, dunyoni anglaydi
Didaktik o‘yinlarga izoh beradigan bo‘lsak, bolalar bilan maxsus ta’limiy
o‘yinlar shaklida mashq qilish usulida bolaning bilim doirasini rivojlantirishdir.
Didaktik o‘yinlar ham o‘yin, ham ta’lim vositasi. Bunday o‘yin jarayonida bola
barcha aqliy jarayonlarni rivojlantiradi va individual xususiyatlarini shakllantiradi.
Mulьtimedia-didaktika o‘yinlaridan foydalangan holda maktabgacha yoshdagi
bolalarning bilish jarayonini rivojlantirish bugun jahonda e’tirof etilayotgan eng
samarali yo‘llardan biri.
Multimedia — zamonaviy texnik va dasturiy vositalardan foydalanish. U
interaktiv dasturiy ta’minot boshqaruvi ostida o‘zaro vizual va audio samara
ta’siridan iborat bo‘lib, u matn, tovush, grafika, foto, videoni raqamli taqdim etish
usulida birlashtiradi.
“O‘yin faoliyati”ni kuzatishda qo‘yiladigan me’zonlar:
1.Guruxlardagi o‘yin burchaklarining mavjudligi
2.O‘yin burchaklaridagi jihozlarning ahvoli
3.O‘yin va o‘yinchoqlarning bola yoshiga mosligi
4.Ertalabki soat o‘yinlarning rejalashtirilishi
5.O‘yinli ta’lim faoliyatlarida o‘yinlarning rejalashtirilishi
6.Sayrlarda o‘yinlarning rejalashtirilishi
7.Kechki soatlarda o‘yinlarning rejalashtirilishi
8.O‘yinlarning maqsadga yo‘naltirilganligi
9.Ta’limiy faoliyatda o‘yinlardan foydalanilishi
10.O‘yin faoliyatini tashkil etishda tarbiyachining faolligi va xk.
O‘yin faoliyatida tarbiyachining vazifasi. Bolalarning faol qatnashishi
tashkil etishi Qo‘yilgan maqsadga erishish uchun yordam beruvchi o‘yin turlarini
o‘ylab topishi Faoliyat jarayonida har bir bolaning faol qatnashishi uchun shart-
sharoitni yaratishi Passiv bolalar bilan olib boriladigan ishni tashkil qilishi
Tarbiyachi bolalar bilan erkin muloqot qilishi shart.
17
O‘yin faoliyat sifatida - maqsadni belgilab olish, rejalashtirish va amalga
oshirish, natijalarni tahlil qilishni qamrab oladi va bunda shaxs sub’ekt sifatida o‘z
imkoniyatlarini to‘la amalga oshiradi. O‘yin texnologiyalarning mohiyati:
-O‘yin jarayon sifatida
- o‘yin tuzilmasida o‘ynash uchun olingan rollar;
-Rollarni ijro etish vositasi bo‘lgan o‘yin xarakatlari;
-O‘yin tushunchalarni o‘zlashtirishda o‘qitish metodi va mustaqil
texnologiya sifatida foydalaniladi.
O‘yinlarining modifikatsiyalari:
Immitatsion o‘yinlar - Bunday o‘yinlardan maqsad qaysidir tashkilot,
muassasa va uning qismlari faoliyati andoza qilinadi.
Voqealar, kishilarnig biror faoliyati (ish bitirish majlislari, rejani muhokama
qilish, suhbatlar o‘tkazish va b. faoliyat holati va shartlari andoza qilib olinishi
mumkin. Senariyda bo‘nday o‘ynash to‘la tuzilmasi yozib chiqilgan va immitatsiya
qilinadigan ob’ektlar va jarayonlar belgilanadi.
Operatsion o‘yinlar - Bunday o‘yinlarda aniq o‘ziga xos voqea xodisaning
bajarilishi mashq qilinadi. Operatsion o‘yinlar ish jarayoniga xos
modellashtiriladi . Rol ijro etish o‘yinlari - Unda konkret shaxsning hulqi, hatti-
harakati, o‘z vazifalari va majburiyatlarini bajarilish taktikasi mashq qilinadi.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, maktabgacha ta’limi tizimida
pedagogik jarayonni tashkil etishda bolaning va tarbiyachining munosabatiga
alohida e’tibor qaratish zarurati jarayonga yangicha yondoshuvni talab etib
bormoqda. Yangicha yondoshuvning mohiyati - pedagogik texnologiya mohiyati
bilan mazmunan birlikni tashkil etadi. Shuning uchun tarbiyachilar tomonidan
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim olishning o‘yinli texnologiyalaridan
unumli foydalanish talab etiladi.
18
2.2Maktabgacha ta’lim jarayonida ijodiy, qoidali, milliy o‘yinlarda bolalarni
jismoniy va ruhiy tarbiyalash usuli
Daraxtning ildizi qanchalik chuqur va tarmoqlangan bo‘lsa, u shunchalik
mustahkam, uning umri shunchalik davomli, hosili esa mo‘l-ko‘l bo‘ladi. Insoniyat
ko‘p ming yillik taraqqiyoti davomida jamiyatni rivojlantirishning ta’lim, ilm va
hunardan samaraliroq vositasini kashf qila olgan emas. Shu sababli ham ta’lim,
ilm-fan har qanday jamiyat, millat va davlatning kelajagini belgilab beradigan,
uning taraqqiyotiga xizmat qiladigan muhim omildir. Shu sababdan bugungi kunda
tarbiyani maktabgacha ta’lim tizimidan shakillantirib borish lozim. Shu ma’noda
mamlakatimiz bog‘chalari bolalariga kompyuter texnologiyalari asosida o‘quv
mashg‘ulotlarni tashkil qilish yanada samarali natijalarga erishishga ko‘mak
bo‘ladi. Bunda biz, milliy ertaklarimiz qahramonlaridan (Masalan: Nasriddin
Afandi, Zumrad, Qimmat va b.) foydalanib, ingliz tilida zamonaviy didaktik o‘yin
dasturlarini tashkillashtirish bolalarning so‘z boyligini oshirishda yordam beradi.
Ayrim tadqiqotchilar o‘yinlarni tashkil etishda quyidagi bosqichlarni ajratib
ko‘rsatadilar:
a) tayyorgarlik;
b) tashkiliy;
v) o‘yin harakatlari;
g) yakuniy.
Bu bosqichlar o‘z xususiyatlari, o‘yinga sarflangan vaqt, bolalarning
mustaqilligi va tarbiyachi faoliyatiga ko‘ra bir-biridan farq qiladi. Bu bosqichlarni
metodik jihatdan quyidagicha ta’minlash maqsadga muvofiq:
Birinchi bosqich – tayyorgarlik bosqichi. Bu bosqich uchun vaqt ko‘proq
ajratiladi. An’anaviy darsdan ko‘ra didaktik o‘yin tashkil etish murakkabroq
jarayondir. Bu bosqichda o‘qituvchining asosiy vazifasi o‘yin qoidasini ishlab
chiqish, bolalarga ana shu qoidani o‘rgatish, o‘yinning maqsadi va vazifalarini
tushuntirishdan iboratdir.
19